Aхборот технологиялари
tashkillashtirish imkoniyatini beradi.
Ispring dasturidan foydalanib elektron test savollarini yaratish metodikasi
Malaka ishida informatika va axborot texnologiyalari fanidan test sinovi topshiriqlarini tuzish va o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar, o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini baholashning zamonaviy dasturiy vositalaridan foydalanish,informatika va axborot texnologiyalari fanidan testlarni tuzish metodikasi,Ispring dasturida test yaratish usullari haqida ma’lumot berilgan.
Просмотр содержимого документа
«Ispring dasturidan foydalanib elektron test savollarini yaratish metodikasi»
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NАMАNGАN VILOYAT
XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QАYTА TАYYORLАSH VА ULARNING MАLАKАSINI ОSHIRISH
HUDUDIY MARKAZI
ANIQ VA TABIIY FANLAR METODIKASI KAFEDRASI
Informatika va Axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari
masofadan malaka oshirish (I-guruh) kursi tinglovchisi
IBRAGIMOVA NAIMANING
Mavzu: Ispring dasturidan foydalanib elektron test savollarini yaratish metodikasi
Kafedra mudiri: M.Mo’minov
Malaka ishi rahbari: D.Vohobov
ANNOTATSIYA
Ushbu malaka ishi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishda yordam beradi.Malaka ishida informatika va axborot texnologiyalari fanidan test sinovi topshiriqlarini tuzish va o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar, o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini baholashning zamonaviy dasturiy vositalaridan foydalanish,informatika va axborot texnologiyalari fanidan testlarni tuzish metodikasi,Ispring dasturida test yaratish usullari haqida ma’lumot berilgan.
II.Asosiy qism.
1.Ispring dasturi va uning imkoniyatlari…………………………………………8
2.Informatika fanidan test savollarini tuzish metodikasi……………. 10
3.Ispring dasturida elektron testlar yaratish……………………………………….14
4.Elektron test yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilish……………………25
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………31
Jahondagi ko‘p mamlakatlarning taraqqiyot darajasi mеzonlaridan biri- bu ta’limning nеchog‘lik rivojlanganligi, yangi innovatsion tеxnologiyalarni ta’lim olish jarayonida qo‘llanilishi bilan o‘lchanishi bеjiz emas. Qaysiki mamlakatda ta’lim davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab – quvvatlansa, o‘sha mamlakatning rivojlangan mamlakatga aylanishi uchun mustahkam poydеvor shakllanadi. Shuningdеk, rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning muhim shartlaridan biri ham ularning zamonaviy ta’lim tizimini nеchog‘lik rivojlantira olganligiga bog‘liq ekanligi bеjiz emas. Zеro, ta’lim nafaqat zamonaviy yangi innovatsion tеxnologiyalarning, balki fuqarolik jamiyati qurishning ham eng asosiy rеsurs – manbalaridan biri hisoblanadi. Muhimi, ta’lim alohida olingan insonning rivojlanishiga, uning har tomonlama barkamol bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, uning o‘zini-o‘zi anglashida asosiy o‘rin tutadi.
Shuning uchun ham har bir davlatning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsata oladigan omillardan biri ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy yangi innovatsion tеxnologiyalardan foydalanish, uni islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri dеb qarash taomilga kirgani bеjiz emas.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishni huquqiy asoslari belgilab berilgan. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi 187-son qaroriga Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti orqali zamonaviy kompetensiyaviy yondashuv orqali darslarni tashkil etish va unga qo’yilayotgan zamonaviy yondashuvlar ko’rsatib o’tilgan.
Respublikamizda ta’lim islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda, kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan va islohotning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, ta’lim muassasalari talabalarida muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish, kerakli ma’lumotlarni izlab topish va tahlil qilishga o’rgatish hamda shu asosda ma’suliyatli yechimlar qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish vazifa qilib qo’yilgan.
Davlatimiz tomonidan ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ta’lim standartlari va dasturlarini takomillashtirish, maktablar, litseylar, oily o’quv yurtlarining moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalariga katta e’tibor berib kelinmoqda.
Ta’limning bugungi vazifasi kun sayin oshib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida bilim oluvchilarga axborotlar oqimidan samarali foydalanishni o’rgatish va ularga mustaqil ishlash imkoniyatini yaratib berishdir.
Hozirgi kunda davlatimizda ta’limga e’tibor kuchaytirilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning: “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan so’zlari buning yaqqol isbotidir.
Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish,ularni madaniyat,san’at,jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish,yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish,yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish,xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida ilgari surilgan “beshta tashabbus” ham ta’limga bo’lgan e’tibordan darak beradi.
Xususan tashabbusning 3-yo’nalishi yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish yo’nalishida aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratish ko’zda tutilgan.
Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni ayniqsa, kelajagi uchun g’oyat muhim bo’lgan sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasini o’z oldimizga maqsad qilib qo’yar ekanmiz, avvalambor, biz yashayotgan XXI – asr intelektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan, aynan shu qadriyatlar ustuvor ahamiyat kasb etadigan asr, degan hayotiy haqiqat kelib chiqadi.
A.Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir” degan so’zlari bizning doimiy e’tibor markazimizda turishi zarur.
Jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda yosh avlodning bilim darajasini jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay oladigan , hayotga dadillik bilan kirisha oladigan, tadbirkor, ma’naviy jihatdan barkamol qilib voyaga etkazish, mustaqil O’zbekistonimizda ta’lim standartlari asosida ta’lim -tarbiya jarayonini kompetensiyaviy qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o’qituvchi faoliyatiga, uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda.
Sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liqdir. O’qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o’qituvchi muayyan ijtimoiy – siyosiy, pedagogik talablarga javob berishi lozim. O’qituvchi mustaqillik g’oyasiga etiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma’lumoti bor, ya’ni o’z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik, uslubiy bilim va malakani egallagan bo’lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda aniqlay bilishi, o’rganishi va baholay olishi zarur.
Zamonaviy kompyuter tehnologiyalaridan foydalanish, dars jarayonlarida dars o’tishning yangi pedagogik tehnologiyalariga asoslangan holda interfaol usulda darslarni tashkil qilish, dars mobaynida o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lgan kompyuter dasturlariga asoslangan multimediyali va prezentatsion vositalardan foydalanib darslarni tashkil etish zarur.
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarni o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kеrak. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari – intеrfaol uslublar, innovatsion tеxnologiyalarning o‘rni va ahamiyati bеqiyosdir. Innovatsion tеxnologiyalar pеdagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan intеrfaol mеtodlardan foydalaniladi.
Mavzuning dolzarbligi.
Ta’limni kompyuterlashtirish bilan bog’liq muammolarni tadqiq qilishda ko’plab yutuqlarga erishilganligini qayd qilgan holda bu sohada yechimini kutayotgan masalalari ko’p ekanligini ham ta’kidlash joiz. Chunonchi, ta’limni kompyuterlashtirishga bir necha yil oldin kirishilgan va qator ishlar qilingan bo’lsa-da, ko’pchilik uchun bu ta’limni tashkil qilishning yangi, noan’anaviy shakli sifatida taassurot qoldirib kelmoqda. Albatta, kompyuter ta’lim sifati va samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkoniyatiga ega, buning uchun sifatli pedagogik dasturlar va mukammal uslubiyotdan foydalanish lozim.
Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab elektron o’quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o’quv qo’llanma, elektron test,o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Olimlarning o’tkazgan tajribalarining tahlillariga ko’ra ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, ya’ni talaba ko’rib, eshitib va bajarib ko’rish natijasida o’zlashtirish ko’rsatkichi 90% ga ortgani aniqlangan. Hozirda dasturiy vositalar doiymiy rivojlanib bormoqda va yanada yangi, imkoniyatlari kengaytirilgan dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ana shunday dasturlardan biri Ispring dasturidir. Ushbu dastur yordamida juda qulay taqdimotlar yaratish mumkin. Dasturni o’rganish qulayligi shundaki, dastur Power Point negizida ishlaydi. Dastur imkoniyatlaridan yana biri testlar tuzishdir. Testlarni turli shakllarda tuzish mumkindir. Taqdimot tayyorlash jarayonida ovozlarni yozish, videotasvir yozib olish ham mumkin. Tayyor taqdimotlarni flash xolatga o’tkazish imkoniyati mavjud. Yuqoridagilardan ushbu dastur yordamida tez va sifatli elektron ishlanmalar, elektron testlar,turli taqdimotlar yaratish mumkinligi ko’rinib turibdi.
Mavzuning maqsad va vazifalari :
Malaka ishining maqsadi shundan iboratki, ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda o’quv vositalaridan, o’quvchilar bilimini sinash va mustahkamlash uchun elektron testlardan foydalanish,elektron testlar tuzish,zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarni o‘rganish,didaktik materiallardan foydalanib ta’lim jarayoniga tadbiq etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tadbiq qilish va qo‘llash.
XXI asr fan tеxnika ta`lim, mеditsina, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda katta o`zgarishlar olib kirdi. Hayotimizni barcha sohalariga axborot tеxnologiyalarini joriy qilinishi, fan tеxnika sohasidagi yangiliklarni sеkund sayin yaratilishi, dunyoda axborotlarni chеgara bilmay qolganligi insoniyat ongini yana bir daraja ko`tarilib rivojlanishiga sabab bo`lmoqda. E`tibor bеrsak, axborot asri dеb atalmish ushbu asrda tug`ilayotgan farzandlarimiz aql-idrok jihatdan ustunroq ekanligini ko`rishimiz mumkin. Bunday yoshlarga shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatda ta`lim-tarbiya bеrish, ularni mustaqil fikrlaydigan, o`z fikrini mustaqil ayta oladigan qilib tarbiyalash, ularni shaxsini rivojlantirish uchun ta`lim sohasida ham o`zgarishlarni talab qilmoqda.
An`anaviy o`qitishdan zamonaviy o`qitish, ya`ni yangi pеdagogik tеxnologiyalar, o`qitishning yangi axborot tеxnologiyalari asosida o`qitishga o`tish zamon talabidir. O`quv jarayonini pеdagogik tеxnologiyalar asosida tashkil etish natijasida ta`lim maqsadlari bеlgilanadi yoki loyihalanadi, kutilayotgan natija-ijobiy sifat o`zgarishi kafolatlanadi, o`quv jarayonining takrorlanuvchi sikli yaratiladi.
Didaktlarni fikri va amaliyotning ko`rsatishicha, o`quv maqsadlarining, erishiladigan natijasi aniq va osonroq ifodalaydigan shakllardan biri-tеst topshiriqlaridir. testlarni kompyuter yordamida avtomatlashtirilgan holda o’tkazish uning asosiy afzalliklaridandir. Kompyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o’quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to’plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlangan. Bu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi.Ispring dasturida tuzilgan testlar orqali o’quvchilarni fanlardan o’zlashtirgan bilim,ko’nikma,malakalarini baholash mumkin.
Malaka ishining vazifasi Ispring dasturida informatika fanidan testlar tuzish metodikasi haqida ma’lumotlar beradi.
Asosiy qism
1.Ispring dasturi va uning imkoniyatlari.
Elektron axborot ta’lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi.Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring QuizMarker, iSpring PRO va iSpring Kinetics kabi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi.
iSpring Suite – bu PowerPoint dasturida elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi professional vosita hisoblanadi. iSpring dasturi yordamida foydalanuvchi bir nechta bosqichdagi o‘quv kurslarini yaratishi va nashr qildirishi mumkin:
a) Power Point- taqdimotlar bazasida o‘quv kurslarini yaratish;
b) Audio va video fayllarni birlashritish;
c) Interaktiv testlar yaratish;
d) Interaktiv bloklar yaratish;
e) Masofaviy ta’lim tizimi uchun ma’lumotlar tayyorlash.
iSpring Suite dasturi o‘zida iSpring Pro, iSpring QuizMaker va iSpring Kinetics dasturlarini jamlagan. iSpring dasturini uskunalari PowerPiont dasturining menyular satriga sozlanadi. iSpringning o’rnatilishi muvofaqqiyatli bajarilgandan so’ng, Power Pointga iSpring insturimental qatori qo’shiladi. iSpringning funksiyalaridan tayyorlangan fayli Flash formatga o’ziga xos playback (boshqarilish)ni yuzaga keltiradi. Audio va videolar bilan Flahda tayyorlangan fayl yaxshiroq bo’ladi. Eslatma, aytish kerakki iSpring Proga qo’shiladigan xar bir ma’lumot Windows uchun o’ziga xoss ahamiyatga ega.
iSpring Pro yordamida:
- Windowsda Flashni muomilaga chiqarish;
- Prezentatsiyani tadqiq etish;
- Window bilan bog’lanish;
- Windowni taqdim etish;
- Windowda audio yozish;
- Windowda vidio yozish;
- Windowda sinxron qilish;
- Windowga so’rovlar qo’yish;
- Windowni Flashga kiritish mumkin.
- tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
- taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
- taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
- video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
- elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
- masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;
- taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
- videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
- YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.
- birоr-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy,
- ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish;
- vaqt shkalasini yaratish;
- 3 o‘lchovli kitob yaratish;
- FAQ yaratish mumkin.
- tаrmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni
- yaratish) imkoniyati;
- ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri,
- ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
- bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;
- ochiq test topshiriqlari;
- o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;
- to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati
- Test topshirig‘i mazmunining to‘g‘riligi;
- Savolning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri tanlanishi;
- Test topshirig‘i shaklining to‘g‘riligi;
- Test topshirig‘ining savol va javobning qisqaligi;
- Test topshirig‘i elementlarining to‘g‘ri joylashganligi;
- Test topshirig‘ining to‘g‘ri javoblari bir xil baholanishi;
- Tahsil oluvchilarga test topshirig‘ining bajarish bo‘yicha bir xil ko‘rsatma berilishi;
- Ko‘rsatmalarning test topshirig‘i va mazmuniga mosligi.
- Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim, ko‘nikma va malakalariga aniq baholash imkonini beradi;
- Ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etgan ko‘psonli respondentlarning fikr va mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mavjud;
- Tahsil oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni ob’ektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan sub’ektivizmga yo‘l qo‘yish oldini oladi.
- Turli guruh respondentlaridan olingan ma’lumotlarni qiyosiy statistik tahlilini o‘tkazish imkon berishi kabilar zamin yaratgan.
- Reproduktiv daraja;
- Produktiv daraja;
- Qisman-izlanishli daraja;
- Ijodiy (kreativ) darajada bo‘lishi mumkin.
- dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va ishlashi mumkin;
- juda kam amallar ketma ketligi bajariladi;
- maxsus bilimlar talab etilmaydi;
- testlarning 11 xil turini yaratish mumkin;
- test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin;
- test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga jo’natiladi;
- dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi.
- Ta’limda qo‘llaniladigan elektron o‘quv vositalari turlari va tavsifi.
- Hot Potatoes, iSpring dasturlari va uning imkoniyatlari.
- iSpring Suite asbob uskunalari orqali elektron darslik, videoma’ruzalar, elektron nazorat testlari, so‘rovnomalar, tarmoqlangan dialogli elektron kurslarni va onlayn-perezentatsiyalarni yaratish.
- Prezi onlayn-perezentatsiyalarni yaratish dasturi. CoursLab dasturi va uning imkoniyatlari. Mytest – test yaratish va o‘tqazish dasturlari.
- O‘zlashtirishni nazorat qilishda AKTning o‘rnini izohlang.
- iSpring dasturi va uning imkoniyatlari haqida ma’lumotlarni keltiring.
- iSpring Free dasturi.
- SCORM va TinCan tizimlari haqida tushuncha.
- iSpring Suite asbob uskunalari orqali elektron darslik va videoma’ruzalar yaratish qanday amalga oshiriladi?
- QuizMaker orqali elektron nazorat testlari, so‘rovnomalar yaratish qanday ketma-ketlikda bajariladi?
- iSpring DialogTrainer – tarmoqlangan dialogli elektron kurslarni yaratish ketma-ketligini keltiring.
- iSpring DialogTrainer – tarmoqlangan dialogli elektron onlayn-perezentatsiyalarni yaratish qanday ketma-ketlikda bajariladi?
- Elektron on-line kurslarini LMS, iSpring-server yoki virtual server yordamida mobil aloqa vositalaridan foylalangan holda tashkil etish ketma-ketligini keltiring.
- Mustaqil ta’lim va til o‘rganuvchilarning o‘z-o‘zini baholash usullarini keltiring.
- Ta’limda baholash turlari va bu jarayonda AKTning o‘rnini baholang, hamda misollar bilan tushuntiring.
- Chet tilini o‘zlashtirishni nazorat qilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan online kompyuter dasturlari haqida ma’lumot bering.
- Chet tilini o‘zlashtirishni nazorat qilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan offline kompyuter dasturlari haqida ma’lumot bering.
- Chet tilini o‘zlashtirishni nazorat qilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan Internet saytlari haqida nimalarni bilasiz?
Testlar bazasi yaratilgach, darsning qaysi qismida foydalanishiga qarab testlar soni va test o‘tkazish vaqti belgilanadi. Interfeys ko‘rinishini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Tayyor testlar bazasini yaratib bo‘lgach, uni lokal tarmoq uchun, global tarmoq uchun, xujjat shaklda (MS Word) yoki LMS tizimi uchun saqlash imkoniyati mavjud. Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli .swf formatda saqlanadi. Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun kompyuterda Adobe Flash Player dasturi mavjudligi etarli. Bu oynadan Создать новый тест bo’limini tanlasak
testlarni tuzish uchun oyna ochiladi. Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning Добавить тест bo’limidan test yaratish amali boshlanadi. Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin: 1. Bitta javobli test: bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga bog‘liq. Bu test turida javob variantlarini keraklicha “добавить” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.
2. Ko‘p javobli test: bu test turi yordamida bir necha ma’lumotlar yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin.
3. “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test: bunda anketa savoli ko‘rinishiga mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi; 4. Yopiq test: bunda javob varianti o‘quvchi tomonidan kiritiladi; 5. O‘zaro moslik o‘rnatish: bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari bilan birlashtiriladi; 6. Javoblarni tartiblash: savolning ushbu turida javob variantlari o‘zaro tartiblanadi; 7. Sonni kiriting: savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni kiritishi kerak; 8. Bo‘sh joylarni to‘ldiring: matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh joylarni kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi; 9. Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida javoblar variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin. 10. So‘zlar banki: Matnning bo‘sh joylariga berilgan so‘zlardan keraklilarini tanlab joylashtiriladi. Savolni qiyinlashtirish uchun so‘zlar sonini bo‘sh joylar sonidan ko‘paytirish mumkin.
11. Faol hududni aniqlovchi savol: Savolda rasmdagi qaysidir maydonni belgilash vazifasi joylashtirilgan bo‘lib, ushbu rasmdagi hudud o‘quvchi tomonidan javob berish jarayonida tanlanadi.
Testlar bazasiga barcha savollarni kiritib bo‘linganidan so‘ng, bajarilgan ishni elektron shaklda saqlash kerak bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan elektron testni saqlashdan oldin ayrim sozlashlarni bajarish kerak. Chunki bu sozlashlar elektron testdan foydalanilayotgan vaqtda katta ahamiyatga ega. Buning uchun Ispring dasturining yuqori chap tomonida joylashgan “Настройка” tugmasi bosiladi. Natijada yangi oyna hosil bo‘ladi. Bu oyna ro‘yxatining birinchi bandi “Основные“ deb nomlangan. Bu bandda elektron testga nom berish, testdan o‘tish balini o‘rnatish, testni bajarishning maksimal vaqtini o‘rnatish va test boshlanishdan oldin tizim topshiruvchining ismini va elektron pochtasini so‘rash funksiyalarini qo‘shish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari har bir to‘g‘ri javob uchun maksimal ball, tizim test topshiruvchisi tomonidan barcha testlar topshirilmagan holatda ham testni tugatish imkoniyatini va har bir savolga javob berilgandan so‘ng to‘plangan ballni ko‘rish imkoniyatini ham o‘rnatish mumkin. Testga “Informatika fanidan test” deb nom berildi. O‘tish balini umumiy ballning 55 % miqdorida belgiladik. 20 ta savol uchun 30 daqiqa etib belgilandi. Test vaqtida qolgan vaqtni ko‘rsatib turishi belgilanib qo‘yildi. “Основные” bandini sozlashlarni bajarish “Навигация” bandi yordamida test savollariga javob berish usullari sozlanadi.
Bunda bazada mavjud barcha savollarga javob berish yoki aniq miqdordagi savollar to‘plamiga javob berish, har bir savolga to‘gri yoki noto‘g‘riligi haqida ma’lumot berish, javob berilmagan test savollari mavjud bo‘lsada testni yakunlash imkoniyatlarini sozlash mumkin. Har bir javobda uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini foydalanuvchiga ko‘rsatib ketish mumkin. Yoki test topshiruvchi bu xabarni testning oxirida olishi ham mumkin. “Результаты” bandi yordamida test natijasiga tegishli ma’lumotlarni sozlash imkoniyatini beradi.
Agar test topshiriqlarni yaxshi topshirgan bo‘lsa yoki etarli ball to‘play olmasa, qanday xabar chiqishi, javoblarni qog‘ozga chop qilish imkoniyatini sozlash mumkin. Bundan tashqari test javoblarini test topshiruvchining elektron pochtasiga jo‘natish imkoniyati mavjud. “Настройка плеера” bandi yordami elektron test topshirish interfeysini rangi aniqlanadi.
Barcha sozlashlarni bajargandan so‘ng OK tugmasi bosiladi. Endi bemalol elektron testni saqlash mumkin. Buning uchun dasturning yuqori chap tomonida joylashgan “Публиковать” tugmasi bosiladi. Keyin yangi oyna paydo bo‘ladi. Bu oynada elektron test dasturini saqlash kerak bo‘lgan joyni (bizning misolimizda ish stoli ko‘rsatilgan), fayl nomini (bizning misolimizda Informatikadan test savollari), fayl tipini (bizning misolimizda .exe) va dastur oynasi o‘lchamini ko‘rsatish mumkin. Fayl tipi .exe deb belgilanganda, avtomatik ravishda .swf formatda elektron test saqlanadi. Shuning uchun bu elektron testdan foydalanish uchun Adobe Flash Player dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.So‘ngra “Публиковать” tugmasi bosiladi. Dastur faylni avtomatik ravishda ko‘rsatilgan joyga saqlaydi. Dasturning “Публиковать” bandida sozlashlarni bajarish:
Ishchi stolda yaratilgan ushbu faylni ishga tushirib, test topshirig‘ini topshirish mumkin.
4.Elektron test yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilish.
Yuqorida Ispring dasturida tuzilgan testdan ko’rinib turibdiki, bu test an’naviy testlarga qaraganda bu testda bir xillik bo’lmaydi va talabalarga bir muncha qiziqarliroq tarzda testlar beriladi. Undan tashqari bu interaktiv testlarni rasm, ovoz va formulalar yordamida testlarni tuzish imkoniyati mavjudligi ularni yanada
qiziqarli va qolaversa o’quvchini katta intuziazm bilan ishlashga chorlaydi.
Oddiy testlardan chegaralangan yo’nalishlardan foydalanib test nazorati o’tkazish
mumkin edi, misol uchun musiqa yo’nalishi talabalari uchun faqat nazariyadan
savollar berish mumkin edi, bu dasturda esa ovozlar qo’yish yordamida test tuzish
imkoniyati borligi biror bir musiqadan parcha qo’yib savollar tuzish
imkoniyatini yaratadi. Boshqa yo’nalishdagi fanlar : matematika, fizika,
biologiya, geografiya va h.k. lar uchun ham juda qiziqarli, interaktiv testlar
tuzish imkoniyati mavjud.Undan tashqari testni kompyuter tarmoqlari orqali ham o’tkazish imkoniyati va elektron pochta orqali yo’llab yuborish imkoniyatlari mavjudligi hozirgi zamonaviy ta’lim talablariga ham javob bera oladi.
Yuqorida keltirilgan imkoniyatlardan ushbu dasturdan elektron darslik,
elektron vositalar yaratishda foydalanish qulayligi ko’rinib turibdi.Elektron testlar orqali o’quvchilarni mavzularning ma’lum bobi tugaganda yoki yangi mavzuni mustahkamlashda qo’llash yaxshi samara beradi.Ispring dasturidan barcha fan o’qituvchilari foydalanishi mumkin.Test dasturi orqali bir vaqtda sinf o’quvchilarining barchasi baholanadi.Vaqtdan yutiladi.O’quvchilar yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarini bilib oladilar.Quyida Ispring dasturi yordamida tuzilgan testlardan namunalar keltirilgan.Bizning misolimizda Ispring Suite 8 dan foydalanilgan. Quyida test dasturini tuzish va ishlash prinsiplari keltirilgan.
Xulosa va takliflar
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda ,Informatika fanidan ispring dasturi yordamida testlar yaratib,ularni dars jarayonida qo’llash darslarning samaradorligini oshiradi. O’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi,ularning mantiqiy fikrlashlari faollashadi,bilishga intilishi va ijobiy qobiliyati rivojlanadi,o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’ladi,bilishga bo’lgan qiziqishi rivojlanadi,darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish ko’nikma va malakalari shakllanadi,o’quvchilarni ilmiy izlanishga yo’naltiradi. Men ushbu malakaviy ishini bajarish davomida o’zim uchun qimmatli bo’lgan juda qiziqarli va o’rganish uchun loyiq bo’lgan ko’plab ma’lumotlarni to’pladim. iSpring QuizMaker dasturida Informatika fanidan tеstlar komplеksini ishlab chiqish va uni umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilariga qo`llash natijasida ularga bilim bеrish uchun elеktron qo`llanmalardan foydalanib, dars samaradorligini oshirishga erishish mumkinligini o`z ishimni bajarish jarayonida ko`rib o`tdim.
Shuningdеk, o’quvchilarga doimiy ravishda bilim bеrib borishda elеktron tеstlar komplеkslarini yaratish va ulardan o`quv jarayonida foydalanish lozimligi, shuningdеk testlar saviyasini yanada takomillashtirish va yangi loyihalarini yaratish bo`yicha zaruriy tasavvurlarni oldim. Kеlgusida bu ishlarimni davom ettirib, zamonaviy yangi pеdagogik tеxnologiyalar asosida o`quvchilarga bilim bеrish uchun albatta o’z fanim bo’yicha electron testlar, turli xil elеktron sahifalar, elеktron qo`llanmalar, uslubiy ko`rsatmalar yaratib,o’quvchilarning bilimini yanada mustahkam bo`lishida o`zimni olgan bilimlarim bilan javob
bеrishga harakat qilaman .
Takliflar.
Prеzidеntimiz alohida ta’kidlaganlaridеk, “. biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nеchog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kеrak”. Shu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kеngaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, tеvarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g‘oyasi kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi. Bu mas’ulyatli vazifani amalga oshirishda pedagoglarga katta vazifalar yuklatiladi, ular o’z o’quvchilarining programma hajmida bilim olishlariga mas’uldirlar. Bu vazifani amalga oshirish o’z – o’zidan bo’lmaydi, buning uchun muallim tinmay izlanishda bo’lishi, o’quvchilarni o’ta jiddiy, murakkab shu bilan birga juda qiziqarli bo’lgan informatika va AT faniga qiziqishlarni, turli yo’llar bilan, orttirishga erishishlari lozim. O’quvchilarning informatika va AT fanidan namunali bilimga ega bo’lishlari uchun birgina darslarda berilgan ma’lumotlar kamlik qiladi, buning uchun sinfdan tashqari ishlar,to’garaklarni namunali tashkil etish zarurdir. Informatika va AT fani o‘qituvchisi dars jarayonida, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garaklarda, turli kеchalar, uchrashuvlar, qiziqarli mavzular yoki mashhur olimlarning ijodi, faoliyatiga bag‘ishlab turli tadbirlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Bular bilan bir qatorda o‘qituvchi dars vaqtida, mavzuga bog‘liq bo‘lgan tushunchalarning fanga kiritilishi ularning rivojlanib borishi va bu sohadagi qomusiy olimlarning hissalarini tushuntirishi lozim. Malaka ishimizda keltirilgan Ispring dasturida electron testlarni,electron o’quv qo’llanmalarni yaratib,ularni dars jarayonida qo’llash orqali o’quvchilarni mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantiriladi,ularni fandan o’zlashtirishlari aniqlanadi.Ispring dasturidan ta’lim muassasalarining barcha fan o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.1997-yil 29-avgust
2.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta va o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori.2017-yil,6-aprel.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta talim to’g’risida ”gi 140-son qarori,2017-yil,15-mart.
4.Sh.Mirziyoyev “Erkin va farovon ,demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. “O’zbekiston” nashriyoti,2016-yil.
5.Sh.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”,”O’zbekiston”nashriyoti,2017-yil.
6.M.Aripov “Informatika”,Universitet nashriyoti,2001-yil.
7. А.А.Абдуқодиров, Р.Ишмухамедов, А.Пардаев. Таълимда инновацион
технологиялар (таълим муассасалари педагог-ўқитувчилари учун амалий тавсиялар).-Т.:Истеъдод, 2008.-180 бет.
8. Muhammadiyev J.O’. , Nazirova D.X. Power Point programmasida ishlash.
O’quv uslubiy qo’llanma TDYI- 2003 yil.
9. Razzoqov Sh.I. , Yo’ldoshev Sh.S. , Ibragimov U.M. “Kompyuter grafikasi”
Kasb- hunar kollejlari uchun “NOSHIR”- TOSHKENT-2013 yil.
10.J.F.Yo’ldoshev, S.Usmonov “Ilg’or pedagogic texnologiyalar”.Toshkent sh. “O’qituvchi” 2004 y
11.T. Madumarov, M. Kamoldinov “Innovasion pеdagogik tеxnologiya
asoslari va uni ta`lim tarbiya jaraѐnida qo`llash”, T. “Talqin”, 2012yil.
12. A. Abduqodirov, A. Pardaеv “Masofali ta`lim nazariyasi va amaliѐti”, T.
2010y, 136 B.
13. A.R.Maraximov, S. I. Raxmonqulova «Intеrnеt va undan foydalanish asoslari». Toshkеnt-2001. O`quv qo`llanma.
14.“Uchеbniki i spravochno`y matеrial po wеb-tеxnologiyam”. Elеktroniy uchеbnik.
Elektron ta’lim resurslari:
Aхборот технологиялари
ikki xil ko’rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo’lsa, ikkinchi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir.
Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik : kompyuterlar, tarmoq qurilmalar i,
yuqori tezlikdagi Internet tarmoqlari, videokonferentsiya jihozlari va hokazo.
Dasturiy ta’minotga: mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta’minotlardan tortib, shu soha uchun mo’ljallangan dasturlar to’pami kiradi.
So’nggi yillarda G’arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo’llanilib kelinayotgan Internet yoki Intranet tarmog’i orqali elektron shakldagi ta’lim turi e-learning
(elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta’lim – axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko’rinishlarini angl atuvchi keng
tushunchadir. Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko’pgina manbalari orasidan quyidagilarni k o’ rsatish mumkin:
• Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools);
• Virtual ta’lim jarayonini bosh qaruvchi tizimlar LMS (Learning
• Ichki kontentni boshqaruvchi tizimlar CMS (Content Management
MOODLE tizimining asosiy xususiyatlari
MOODLE tizimi masofadan turib o’qitish kurslari va web -saytlarni yaratishni dasturiy ta’minlash paketidan iboratdir. Tizimning asosiy xususiyatlari
– Tizim hozirgi zamon pedagogika yutuqlari va o’quvchilar orasidagi hamkorlikka bo’lgan ehtibor, muhokamani hisobga olingan holda loyihalashtirilgan.
– Masofadan turib o’qitish uchun ham, kunduzgi o’qitish uchun ham
– Oddiy va samarali web-interfeysga ega.
– Dizayn modul strukturasiga ega va osongina modifikatsiya qilinadi.
– Ulanadigan til paketlari to’liq mahalliylashtirish imkoniyatini beradi. Ayni ‘aytda 43 ta til qo’llab -quvvatlanoqda.
– Talabalar o’zlari hisob yozuvlarini tahrir etishlari, fotosuratlar qo’shishlari va ko’plab o’z shaxsiy ma’lumotlar va rekvizitlarini o’zgartirishlari mumkin.
– Har bir foydalanuvchi o’z mahalliy vaqtini ko’rsatishi mumkin. Bunda tizimdagi barcha sanalar uni ng uchun mahalliy vaqtga o’tkaziladi (forumlarda xabar
berish vaqtlari, topshiriqlarni
bajarish vaqtlari va boshqalar).
“kalendarniy” (taqvimiy), “forum”, “tematik”.
– Har bir kurs qo’shimcha ravishda kod so’zi bilan himoyalanishi mumkin.
– Chat, O’ros (So’rov), Forum, Glossariy, Rabochaya tetrad (Ish daftari), Urok
(Dars), Test, Anketa, Scorm, Survey, Wiki, Seminar, Resurs (matn yoki web sahifa yoki katalog ko’rinishida) kurslari uchun modul tuzuvchilar boy to’pami mavjud.
– Foydalanuvchi oxirgi marta kirganidan keyingi kursda ro’y bergan o’zgarishlar, kurs birinchi varag’ida aks ettirilishi mumkin.
– Deyarli barcha teriladigan matnlar (resurslar, forumga xabarlar, daftarlarga yozuvlar) ichiga joy lashtirib qo’yilgan WYSIWYG Rich Text – muharrir tomonidan
tahrir etilishi mumkin.
– Barcha baholar (Forumlardan, Ish daftarlaridan, Testlar va Topshiriqlardan) bitta sahifada to’’lanishi mumkin (yoki fayl ko’rinishida).
– Foydalanuvchining tizimga kirishi va ishi bo’yicha, jadvallar va turli
modullar detallari (jihatlari) ustida olib borgan ishlari to’g’risidagi to’liq hisobot (oxirgi kirish, o’qish sonlari, xabarlar, daftarlardagi yozuvlar) ni olish mumkin.
– E- mail ni yo’naltirish mumkin – xabarlar, forumlar va o’qituvchilar baho va sharhlarini jo’natish mumkin.
LMS MOODLE tizimining strukturasi
Tizim imkoniyatlaridan foydalanish uchun Internet tarmog ’ iga ulangan kom з yuterga ega bo ’ lish lozim, Ishni boshlash uchun qatorda web – brauzer URL server adresini terish lozim. Unda CDO – http:// localhost o ’ rnatilgan bo ’ lishi kerak.
So ’ rovga ishlov berilgandan keyin brauzer tizim start sahifa sini ko ’ rsatadi.
Hozirgi kunda o’quv jarayonini tashkil etishda masofaviy ta’lim
texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Masofaviy texnologiyalarni tizimli tarzda tadbiq etish ta’lim samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega. O’quv
jarayoniga masofaviy texnologiyalarni tizimli tarzda joriy etish uchun eng avvalo, maqsad va vazifalarni aniqlash, kerakli usul va v ositalarni tanlash, qo’yilgan
vazifalarni amalga oshirish hamda erishilgan natijalarni tahlil qilish va kamchiliklarni bartaraf etish bosqichlari amalga oshiriladi.
MOODLE platformasining masofaviy ta’limni boshqarish imkoniyatlari
MOODLE platformasining masofaviy ta’limni boshqarishdagi
MOODLE tizimi. MOODLE (http://www.moodle.org) – web- saytda o’qitish va online rejimidagi darslarni tashkil qiluvchi ilova. Bu proekt ta’limga sottsio –
konstruktiv qarashni tarqatish uchun ishlab chiqarilgan.
Qisqacha qilib quyidagilarni aytish mumkin:
• Yangi bilimlar oldingi olingan bilim va individual tajribalar asosida
• O’quv jarayonida o’quvchi olgan bilimini boshqalarga tushuntirib
berishida ko’proq samaraga ega. Bu qarashni qo’llaganda siz o’quvchining tajribasiga suyanasiz, bu kerakli o’quv materialini o’zlas htirishdagi eng samarali usul. Bu usul
o’quv jarayonidagi o’quvchini ham o’quvchi ham o’qituvchi sifatida qatnashishini ta’minlaydi.
• O’qituvchining funktsiyasi o’zgarishi mumkin: bilim manbai o’rniga, “ta’sir markaziga” va sinf madaniyatining modeliga aylanadi. O’qituvchi har bir
o’quvchining bilim talabiga qarab individual munosabatda bo’lishi kerak.
MOODLE tizimining umumiy interfeysi
LMS MOODLE tizimlari masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda quyidagi funktsiyalarni o’z ichiga oladi:
• o’quvchilarni (o’qituvchilarni, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqalarni) ro’yxatga olishi;
• foydalanuvchilarni o’quv kurslardan chetlashtirish, o’quvchilarning mustaqil
ta’lim olish muhitini yaratish;
• o’quvchi va o’qituvchilarning o’zaro individual yoki guruh bo’lib, hamkorlikda ishlashini (Web elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish;
• guruhlar yaratish va ularni boshqarish;
• oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat,
moslikni to’ishga oid, ketma – ketlikni to’g’ri joylashtirish, bo’sh qoldirilgan joyni to’ldirish va boshqa turlari k iradi);
• har xil turdagi ijtimoiy so’rovlar tashkillashtirish , o’quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish;
• sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati;
• elektron axborot resurslarini ( elektron kutubxonalar ) tashkillashtirish;
• elektron o’quv resurslarini eksport/import qilish imkoniyatlari;
• tizim foydalanuvchilarining (o’quvchilar, o’qituvchilar -tyutorlar, kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o’quv kontentlar
bilan tanishganligi, qaysi IP-manzil orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud foydalanuvchilarning faolligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati;
• o’qituvchi (tyutor yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o’quv resurslarni yarat ishi ;
• Authoring tools larda SCORM , TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron o’quv resurslarini yuklashi;
• o’quvchilarning boshqa o’quvchilar/o’qituvchilar bilan ( Chat, Forum,
videokonferentsiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali ) muloqotini tashkillashtirish;
• o’quv jarayonida bo’ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi;
• iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o’tish mumkin.
MOODLE tizimidagi o’qitish modullari
MOODLE masofaviy o’qitish jarayonini to’la qo’llab -quvvatlash uchun keng
doiradagi imkoniyatlarni beradi – o’quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o’zlashtirish nazorati alohida tahkidlab o’tish maqsadga
MOODLE da 15 turdagi interaktiv o’quv modullari mavjud bo’lib, ularning
soni oshib bormoqda. Kurs yaratuvchisi tizimning bunday imkoniyatidan foydalangan holda o’qitiladigan fanni talabalarga (bilim oluvchilarga) interaktiv ko’rinishda
taqdim etish imkoniyatini yaratadi.
Tizimda mavjud o’qitish modullari:
Student tracking va ancha ko’p bo’lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo’llab
quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko’p
qo’shimcha plagin va modullari mavjud bo’lgan dasturiy majmua aynan, MOODLE dasturiy majmuasi hisoblanadi.
SCORM yoki AICC standart paketlari
Bu o’quv materiallari orqali bilim oluvchining o’rganilayotgan o’quv kontent
ustida bajaradigan xarakatlarini tizimga hisobot ko’rinishda yuborib turadi.
Masalan bilim oluvchi kontentda mavjud bo’lgan slayd(bet)larning hammasi
bilan tanishgan yoki tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni talaba qancha vaqt davomida o’rganganligini, bu standartda (ya’niy SCORM yoki AICC) yaratilgan
o’quv kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud.
Hozirgi vaqtda mavjud
bo’lgan taniqli muallif lik uskunalarining (authoring
tools) ko’pchiligi yaratiladigan
o’quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti
ko’rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta’lim resurslarini aynan SCORM yoki AICC standart paketlari asosida yaratish tavsiya etiladi.
MOODLE tizimi masofaviy o’quv kursiga qo’yiladigan resurs va elementlar
Wiki (Viki) – bir nechta foydalanuvchi tomonidan elektron materiallar ni qo’shishi, kengaytirishi va o’zgartirish imkoniyatini beruvchi, Web 2. Kontseptsiyasi
asosida yaratilayotgan hujjat ustida bir vaqtda hamkorlikda ishlash imkoniyatini
So’rovlar – tizimdagi foydalanuvchilar orasida o’quv maqsadidan kelib chiqqan holda har xil ko’rinishdagi so’rovlarni tashkillashtirish imkoniyatini beradi.
Ma’lumotlar bazasi – o’rganilayotgan fan bo’yicha ma’lumotlar bazasini
xamkorlikda yoki yakka tartibda shakllantirish imkoniyatini beruvchi modul.
Glossariy – kursning barcha hujjatlari bo’yicha havolalarni avtomatik tashkil qiladigan tahriflar ro’ yxati. Agar tahrif glossariyga kiritilgan bo’lsa, u holda agar u
kurs matnlarida uchrasa, havola glossariyning yordamchi elementiga avtomatikta’minlanadi. Yaratilgan glossariy orqali elektron nazorat turlarini
tashkillashtirish imkoniyatini beradi.
Topshiriq – o’qituvchi javobni elektron ko’rinishda olish uchun ishlatish
mumkin (ixtiyoiy formatda).
Ma’ruza – har bir sahifasi talaba javob berishi lozim bo’lgan savol bilan tugaydigan sahifalar to’plami. Javobning to’g’riligiga bog’liq holda, talaba keyingi sahifaga o’tadi yoki oldingi sahifaga qaytadi.
Bu Ta’lim yo’nalishini aniqlashni va o’qitiladigan fan tushunarsiz bo’lib qolmasligini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda ta’limni individulalashtirish
imkoniyatini beradi. Bu turdagi o’quv element orqali bilim oluvchining shaxsiy tayyorgarligidan kelib chiqqan holda o’rganilayotgan o’quv kursi tizim orqali tanl ab
Sharh – kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.
Ish daftari – berilgan mavzu bo’yicha talaba fikrini bildiradigan joy.
Resurs – avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash vositasi. Masalan, Ma’ruza audioyozuvini yukla shda u mediapleyr sifatida
Seminar – qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq.
Testlar – turli variantli testlar to’plami. Savollar bir nechta variantli
javoblardan, to’g’ri/noto’g’ri tanlovdan, qisqa matnli javobdan va boshqa lardan iborat bo’lishi mumkin.
Forum – forumning 3 ko’rinishi mavjud (savol – javob, hammaning o’z mavzusi, standart muzokara).
Chat – real vaqtdagi muzokara olib borish imkoniyatini beradi.
MOODLE ning asosiy yutuqlari:
Keng tarqalgan: 160 mamlakatda 72 xil tilda(o’zbek tilini ham qo’shgan holda) 37.000 versiyasi joriy qilingan
Yuqori hajimda (masshtabda): Oksford universiteti (OUUK), Kaliforniya universiteti (HSU California ) va Yangi Zelandiya ochiq politexnik (Open polytechnic
NZ) markazlari tomonidan 100,000 dan ortiq foydalanuvchilar qayd etilgan Bepul
imkoniyat: GpL Code(kod) Ta’lim maskanlariga litsenziya uchun hech qanday haq to’lamasdan, uzoq muddatli egalik qilish, hatto kelgusida yangilab turish imkonini
beruvchi qurilmani o’rnatishga ruxsat beradi.
1. Internetga asoslangan o’quv muhiti: tartiblashtirilgan o’quv mashqlari va o’quv mazmuni bilan ta’minlash.
2. O’qishni Boshqaruv Tizimi (OpBT): Kursning dizayni va o’tkazilishini qo’llab quvvatlash( tyutorlik, monitoring va sertifikatsiya).
Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo’llab quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko’p
qo’shimcha plagin va modullari mavjud bo’lgan dasturiy majmua aynan, MOODLE
dasturiy majmuasi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyoning aksariyat ta’lim muassasalari o`z masofaviy ta’lim
tizimilarini tashkil etishda MOODLE dasturiy majmuasini joriy etmoqdalar.
Ochiq kodli MOODLE dasturiy majmuasi o’quv jarayonini boshqaruvchi Web ga yo’naltirilgan maxsus tizim bo’lib, Internet (interanet) tarmog’ida foydalanishga
Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan
foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki postgreSQL), pHp protsessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Opertsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OSX, Novwll Netware).
1. Wiki (Viki) – bir nechta foydalanuvchi tomonidan elektron materiallar ni qo’shishi, kengaytirishi va o’zgartirish imkoniyatini beradi.
2. So’rovlar – tizimdagi foydalanuvchilar orasida so’rovlarni
tashkillashtirish imkoniyatini beradi.
3. Glossariy – kursning barcha hujjatlari bo’yicha havolalarni avtomatik tashkil qiladigan tahriflar ro’yxati.
4. Topshiriq – o’qituvchi javobni elektron ko’rinishda olish uchun
5. Ma’ruza – har bir sahifasi talaba javob berishi lozim bo’lgan savol bilan tugaydigan sahifalar to’plami.
6. Sharh – kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.
7. Ish daftari – berilgan mavzu bo’yicha talaba fikrini bildiradigan joy.
8. Resurs – avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash
9. Seminar – qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq.
10. Testlar – turli variantli testlar to’plami.
11. Forum – forumning 3 ko’rinishi mavjud (savol – javob, hammaning o’z
mavzusi, standart muzokara).
12. Chat – real vaqtdagi muzokara olib borish imkoniyatini beradi.
1. MOODLE qanday dasturiy majmua hisoblanadi?
2. MOODLE –abbrеviaturasi nima?
3. Tizim qanday munosabatini tashkillashtirishga yo’natirilgan ?
4. MOODLE avtori kim?
5. Qanday operatsion tizimlarda ishlay oladi?
6. SCO, SCORM nima?
7. MOODLE qanday obhektlari va standartlar bilan ishlay oladi?
9. Virtual ta’limni boshqaruvchi tizimla rning qanday funktsiyalari mavjud?
10. MOODLE tizimi qanday xususiyatlardan tashkil topgan?
11. LMS MOODLE tizimi qanday strukturadan iborat?
12. MOODLE platformasining masofaviy ta’limni boshqarish ning qanday
13. LMS MOODLE tizimlari masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda qanday funktsiyalarni o’z ichiga oladi?
14. MOODLE tizimida qanday o’qitish modullari mavjud?
15. SCORM yoki AICC standart paketlari deb nimaga aytiladi?
16. LMS MOODLE tizimlari masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda qanday funk tsiyalarni o’z ichiga oladi?
17. MOODLE tizimi masofaviy o’quv kursiga qanday resurs va elementlar
18. So’rovlar deb nimaga aytiladi?
19. Wiki deb nimaga aytiladi?
20. Ma’lumotlar bazasi deb nimaga aytiladi?
21. Glossariy deb nimaga aytiladi?
22. Topshiriq deb nimaga aytiladi?
23. Ma’ruza deb nimaga aytiladi?
24. Sharh deb nimaga aytiladi?
25. Ish daftari deb nimaga aytiladi?
26. Resurs deb nimaga aytiladi?
27. Seminar deb nimaga aytiladi?
28. Testlar deb nimaga aytiladi?
29. Forum deb nimaga aytiladi?
30. Chat deb nimaga aytiladi?
31. MOODLE ning asosiy yutug’i nimadan iborat?
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
1. Agaponov S. V. i dr.Sr е dstva distantsionnogo obuch е niya. M е todika, t ех nologiya, instrum е ntariy. / Avtor ы : Agaponov S. V., Djaliashvili 3. O., Kr е chman D. L., Nikiforov I. S, CH е nosova Е . S, Yurkov A. V. / Pod r е d. Z.O. Djaliashvili. — SPb.: B Х V-P е t е rburg, 2003. — 336 s: il.
2. B е gimqulov U.Sh. Zamonaviy a х borot t ех nologiyalari muhitida p е dagogik ta’limni tashkil etish.// “Pеdagogik ta’lim” jur, № 1, 2004.– 25-25 b е tlar.
3. Nishonov A. Х. va boshqalar. Ta’lima erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar, Aх borot t ех nologiyalari va t е l е kommunikatsiya muammolari, r е spublika
ilmiy-t ех nik konf е r е ntsiyasi, Toshk е nt 2012.121-123 b.
4. Х amidov V.S. Erkin va ochiq kodli LMS tizimlar tahlili, infocom.uz jurnali №7,8. 14 bе t, 2013 y.
5. Hamdamov R.H., Masofadan o’qitish tizimlarini yaratishdagi yuzaga
k еladigan muammolar haqida. «Fan va ta’limda aх borot-kommunikatsiya t ехnologiyalari» Rе spublika ilmiy-t ех nik konf е r е ntsiyasining mat е riallari. Toshk е nt.
6-7 apr е l 2006 y.
VI. Intеrnеt saytlari
6-MODUL. SMART-O’QITISHNI RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI
1. Elektron o’qitish haqida:
a. Elektron o’qitish muhiti, elektron o’quv hamjamiyati,
b. elektron o’quv muhitining boshqa elektron muhitlar bilan bog’lanishi,
c. Smart-kitob, elektron darslik,
d. Smart-o’quv jarayoni, Onlayn Smart o’qitish muhiti,
e. Smart texnologiyalari,
f. elektron o’qitish muhitini yaratish va foydalanish tartibi.
2. Turli Smart texnologiyalari tasnifi va ulardan foydalanish usul va
3. Smart-o’quv muhiti uchun elektron kontent yaratish usullari.
Smart ta’lim texnologiyasi
Axborot asrining kirib kelish davri haqida so‘z borganda, axborot – kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), ularni real o‘quv jarayoniga qo‘llash,
zamonaviy axborot infrastrukturasini yaratish, mutlaq y angi multimedia o‘quv dasturlarini yaratish va ta’limga tatbiq etish bosqichlari asta -sekin nihoyasiga yetib
Shu o‘rinda, tabiiy bir savol paydo bo‘ladi: ortirilgan bilim va tajribalarni qanday
baholash mumkin, keyingi qo‘yiladigan qa dam qanday bo‘lmog‘i kerak?! Masalan, an’anaviy o‘quv jarayonlarining AKT qo‘llash bilan bog‘liq muammolari, jumladan:
dunyo internet tarmoqlarida tobora taraqqiy etib borayotgan turli ko‘ri nishdagi noformal ta’lim birlashmalari, «real» ta’lim maskanlarini «virtual» lari bilan
masofaviy ta’lim va boshqalar.
nafaqat klassik ta’lim
texnologiyalari, balki elektron
ta’lim (e -learning) ham
ehtiyojlar kuzatiladi. Ayni vaqtda e-learning tizimidan Smart (engl. — aqilli, mushohadali, harakatchan) e-learning hamda Smart Education (aqilli ta’lim) ga
o‘tish jarayoni bormoqda. Bu konsepsiya ta’lim sohasining barcha jarayonlarini, shuningdek, bu jarayonda qo‘llaniluvchi barcha usul va texnolo giyalarni kompleks
Smart konsepsiyasi ta’lim kesimida o‘zi bilan birga, «aqilli taxta», «aqilli ekran», ixtiyoriy nuqtadan Internetga chiqish kabi texnologiyalarni
shakllantiradi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni ishlab chiqish jarayonini yangidan qurish, yetkazib berish va aktuallashtirish imkonini beradi. Natijada ta’lim
olishni nafaqat sinfda, balki uyda, ish joyida, jamoat joylarida, dam olish joylarida ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bunda ta’lim ja rayonini baholovchi asosiy element
sifatida faol ta’lim beruvchi kontent maydonga chiqadi. Uning asosida vaqt va fazo tushunchalari to‘sig‘idan holi qiluvchi yagona repozitor yaratiladi.
Smart ta’lim konsepsiyasi — mavjud manbalarga tez moslashuvchanlik, multimedianing maksimal xilma-xilligi, tinglovchining saviyasi va talabi
darajasiga tezkorlikda moslashuvchanlikdan iborat. Kompetentlikning uzluksiz rivojlanishi, bilimlarni doimiy o‘sishi va yangilanib borishi zamonaviy ta’lim
tizimidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi . Sababi bilimni rivojlantirish uchun endi inson kapitalining ta’siri kamlik qila boshlaydi.
Bu kabi masalalarni hal qilishda nafaqat ta’lim muhitining o‘zini, balki ta’lim
tizimining tarkibi, instrumentlari, usullari tubdan o‘zgartiril ishi shart. Analitik kompetensiyalar, kompleks muammolarni yechish mahorati, yangi g‘oyalarni
rivojlantiruvchi — innovatsion xususiyatlar, o‘zaro kommunikatsiya madaniyati kabi bilimlarni takomillashtirish zarur. Chunki an’anaviy ta’lim parametrlari asosid a bilim
berish insonlarni Smart — jamiyat uchun tayyorlamaydi (1- rasm). O‘z navbatida,
Smart — texnologiyasisiz, innovatsion faoliyat yuritib bo‘lmaydi. Agar ta’lim shu
yo‘nalishda ortda qolsa, u tormozlanib, qotib qoladi.
Hozirgi kunda, o‘quv darslarida, multimedia vositalaridan foydalangan holda,
Microsoft Power Point yoki Macromedia Flash dasturiy paketlarida tayyorlangan taqdimotlarni qo‘llash oddatiy holga aylanib bormoqda, biroq shu bilan birga, ta’lim
sohasiga shunday interfaol texnologiyalar kirib kelmoqdaki, ular slayd-shou turkumidagi taqdimotlarni siqib chiqarmoqda. Axborotlarni talabalarga yangi
interfaol uskunalar (i nterfaol taxta — Smart Boards, interaktiv displey — Sympodium) yordamida uzatish, ma’ruzachiga dars jarayonining o‘zida taqdimotla r
yaratish imkonini beradi.
Interfaol Smart Boards taxtalariga maxsus markerlar yordamida yozish, o‘quv materiallarini namoyish etish, ekrandagi tasvir ustidan yozma sharhlar
berish mumkin . Shu bilan birga, interfaol Smart Board taxtasiga yozilgan ma’lumotlarni magnit tashuvchilarda saqlanib qolib, ularni bosib chiqarish, darsga
kelmagan talabaning elektron pochtasiga yuborish amalga oshiriladi. Ma’ruza davomida Smart Board taxtasida yarati lgan o‘quv materiallini esa, o‘rnatilgan
videokoderga yozib olib, ko‘p martta qayta qo‘llanishi mumkin.
Albatta bugungi kunda interfaol smart taxtalar imkoniyatlaridan maksimal foydalanish uchun maxsus dasturiy ta’minotlar (Smart Notebook, Bridgit, Synhro n
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan dasturiy vositalar
Elektron axborot ta‘lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta‘minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni o’tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta‘minotidan foydalaniladi.
Majitov Sherzod Akramovich, Nasirova Shaira Narmuradovna
Содержимое разработки
3-MAVZU. TA’LIM JARAYONIDA QO‘LLANILADIGAN DASTURIY VOSITALAR