Press "Enter" to skip to content

Опытные онлайн-репетиторы

Zamonaviy boshlang’ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lgan qarorlardan biri bu O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-1875-sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini, asosan, ingliz tilini o’rganish umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’qitish bosqichma-bosqich boshlanadi. Qarorga ko’ra, Chet tillarni o’rganishni yanada rivojlantirish bo’yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash boshchiligida ta’li­m sohasining barcha yo’nalishlarida beqiyos ko’lamli ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Masalan, 2013-2014 o’quv yilidan e’tiboran umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni o’yin tarzidagi mashg’ulotlar va og’zaki nutq darslari shaklida uzluksiz o’rgatish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, ushbu sinflarga mo’ljallangan darslik hamda o’quv-metodik majmualar yaratildi. Diqqatga molik jihati, birinchi sinflar uchun yaratilgan majmualardagi o’yin-mashg’ulotlarning kichkintoylar yoshiga mutanosibligi ta’minlanadi. Bolalar xorijiy til bilan ilk tanishishni salomlashish madaniyati, ranglar va kundalik so’zlarni dialog shaklida o’rganishdan boshladilar.

«Ingliz tili grammatikasi»

Qoʻlingizdagi ingliz tili mutaxassislari tomonidan yaratilgan ushbu qoʻllanma koʻp yillik tajribalar asosida hamda aholining, ayniqsa, yoshlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda tayyorlangan. Asosan abiturientlar uchun moʻljallangan mazkur qoʻllanma hozirgi zamon ingliz tili grammatikasining barcha boʻlimlarini qamrab olgan. Qoʻllanma oʻzining sodda va ravon tili, qulay dizayni, eng asosiysi, grammatikaning barcha boʻlimlari haqida juda chuqur, keng koʻlamli, gʻoyatda puxta maʼlumot berishi bilan shu kunga qadar yaratilgan boshqa barcha qoʻllanmalardan tubdan farq qiladi. Mualliflar har bir grammatik birlik, har bir qoida ustida alohida toʻxtalib oʻtib, batafsil maʼlumot berganlarki, bu ingliz tili grammatikasini chuqur oʻrganish hamda test topshiriqlarini osonlik bilan ishlash ishtiyoqidagi oʻquvchilar uchun ayni muddaodir. Foydalanuvchining imkoniyatlari hisobga olingan holda asosiy grammatik qoidalar bayoni oʻzbek tilida berilgan va eng murakkab holatlar va strukturalar soddalik bilan tushuntirilganki, bu qoʻllanmadan foydalanishni osonlashtiradi va oʻquvchiga oʻqituvchi yordamisiz mustaqil tarzda ham qoʻllanmadan foydalanish imkonini beradi.

Muallif: Sardor Hafizov, Omonulloh Abdullayev
Nashriyot: «Yosh kuch»
Sana: 2019 yil
Hajmi: 232 bet
ISBN: 978-9943-5473-6-0
O’lchami 60×84 1/8
Muqovasi: yumshoq

BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O’QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar usullarni qo’llash natijasida, o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi, nutqi ravonlashishi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanishi, bilimga ishtiyoq uyg’otishi, darslarga puxta hozirlik ko’rishga intilishi haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar: zamonaviy, innovatsiya, boshlang’ich, o’yin, ta’limiy, ta’lim

Zamonaviy boshlang’ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lgan qarorlardan biri bu O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-1875-sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini, asosan, ingliz tilini o’rganish umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’qitish bosqichma-bosqich boshlanadi. Qarorga ko’ra, Chet tillarni o’rganishni yanada rivojlantirish bo’yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash boshchiligida ta’li­m sohasining barcha yo’nalishlarida beqiyos ko’lamli ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Masalan, 2013-2014 o’quv yilidan e’tiboran umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni o’yin tarzidagi mashg’ulotlar va og’zaki nutq darslari shaklida uzluksiz o’rgatish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, ushbu sinflarga mo’ljallangan darslik hamda o’quv-metodik majmualar yaratildi. Diqqatga molik jihati, birinchi sinflar uchun yaratilgan majmualardagi o’yin-mashg’ulotlarning kichkintoylar yoshiga mutanosibligi ta’minlanadi. Bolalar xorijiy til bilan ilk tanishishni salomlashish madaniyati, ranglar va kundalik so’zlarni dialog shaklida o’rganishdan boshladilar.

Shubhasiz, mamlakatimiz ta’lim dargohlarida xorijiy tillar xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o’qitishning ilg’or texnik vositalari bilan jihozlash, teleradiokanallarda bolalar va o’smirlarni xorijiy tillarga o’rgatuvchi ko’rsatuv va eshittirishlarni berib borish, boshqa mamlakatlar tarixi va madaniyati, jahon ilm-fani va texnik yangiliklariga bag’ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy va multiplikatsion filmlarni o’zbekcha subtitr yordamida muntazam namoyish etish yoshlarimizga dunyo xalq­larining o’tmishi, madaniyati, ilm-fani bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Boshlang’ich sinflarda, ayniqsa, birinchi sinfda o’quvchilarga chet tillarni o’rgatishda o’quvchining yoshi, fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. Qarorda ta’kidlanganidek, birinchi sinflarda o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida chet tillarini o’rgatishni amalga oshirish, haqiqatan, kichik yoshdagi o’quvchilarga mosligidir. Ta’limda o’yin texnologiyalaridan foydalanish, eng samarali vositalardan biridir. O’yin davomida ularning tafakkuri, dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlar ta’limga o’yin orqali yondashuv ta’lim jarayonida osonlashtiradi, deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu fanga qiziqishini kuchaytirib,bolani chuqur bilim olishiga undaydi. O’yin tarzidagi darslar bolalarning og’zaki nutqini rivojlanishiga yordam beradi. Birinchi sinf o’quvchilari rasmli yoki videoli turli ko’rishlarni juda yaxshi ko’rishadi. Turli xil rangli rasmlar orqali, ularning nutqlarini o’stirishda o’yinlardan muntazam foydalanib turish lozim. Masalan, Bu nima?, Bu kim?, Kim ko’p so’z biladi?” kabi o’yinlardan foydalanish mumkin. O’yin jarayonida bolalarning so’zlarni eslab qolishi, to’g’ri talaffuz etishiga qarab rag’batlantirib borish zarur. Bolalarning so’z boyliklarini ortib borishiga qarab boshqa turdagi o’yinlar, turli xil musobaqalarni tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. B olalarga dastlab “Meva nomlari”, “Kasblar”, “Uy jihozlari” kabi mavzulardagi mashqlarni o’yinlar yordamida bajartirish mumkin. So’ngra ular kompyuterdagi rang-barang tasvirlarga uyg’un holatda ko’rsatilsa, o’quvchilarning nutqi rivojlanib, atrof-muhitga munosabat doirasi kengayadi. Yangi mavzuni namoyish etish bosqichida ekranda so’zlar va uni aks ettiruvchi rasmlar paydo bo’ladi. O’quvchilar so’zlarni tinglab, ularni talaffuz etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Mavzuni kompyuter yordamida taqdim etishda ta’limni individuallashtirish printsipiga e’tibor berish lozim. Ayrim o’quvchilar so’zning grafik, ayrimlari esa tovushli obrazni qabul qilishda qiyinchilikka uchraydilar. Kompyuter u yoki bu qiyinchilikni mashqlar vositasida bartaraf etib, o’quvchining ingliz tilidan o’zlashtirishga qiynala yo tgan jihatlarini topishga va ularni bartaraf etishga yordam beradi.

Ikkinchi sinfdan boshlab grammatikani o’zlashtirishga qaratilgan boshqa ta’limiy o’yinlarni ham tashkil etish mumkin. Masalan, “Kim savodxon?”, Kim zukko?, “Men kimman?“, “Zanjir“, “Rolli o’yin“, “So’z o’rnini top kabi qiziqarli o’yinlar shular jumlasidandir. “Kim zukko? “ o’yini imlo savodxonlikni oshirishda yaxshi natija beradi. Bunda karton qog’ozga 5-6 ta so’z yozilgan bo’lib, so’zlar to’g’ri va noto’g’ri yozilgan bo’ladi. O’quvchilardan noto’g’ri yozilgan so’zni topib, to’g’ri yozib berish talab qilinadi. Qaysi o’quvchi noto’g’ri yozilgan so’zlarni to’g’ri va birinchi bo’lib yozib berishga qarab o’yin g’olibi aniqlanadi.

Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jaroyonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Bunda ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda, quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelmoqda:

“Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish. Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar.“Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi.“Chigil yozdi” (Warm-up exercises) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o’yinlardan foydalanish. “Pantomima” (Pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, o’quvchilar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi. “Hikoya zanjiri” (A chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini oshirishda va xotirani mustahkamlashda yordam beradi. “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda, o’quvchilarning o’g’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim. “Kviz kartochkalari” (Quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma o’quvchilar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi.

“So’z o’rnini top“ o’yinida so’zlarning o’rni almashtirib qo’yiladi hamda so’zlarni o’z o’rniga to’g’ri qo’yish orqali gap hosil qilinadi. “To’plam“o’yini ma’lum bir mavzu asosida o’quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi. O’yin qatorlar musobaqasi yoki kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etiladi. Masalan, belgini bildirgan so’zlarni toping deb, guruhlarga topshiriq beriladi. Berilgan vaqt i с hida qaysi guruh ko‘p topa olsa g‘olib bo‘ladi. Multfilmlar. Bolalar chet tilini o’rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilmdagi qahramonlarning harakatlari orqali ular ishlatayotgan so’zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun til o’rganishda qiziq va samarali yo’l hisoblanadi. Bolalar uchun ingliz tili qo’shiqlaridan tortib she’r va hikoyalar, videoroliklar orqali o’rgatib kelinmoqda.

“Rasmli” o’yin. O’quvchilar Present Continious tarkibini yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun rasmli o’yinni qo’llash mumkin. O’quvchilarga hali ko’rmagan rasmlaridagi personaj nima qilayotganini topish taklif etiladi. Masalan, P1: Is the girl sitting at the table? P 2 : No, she is not.

P1: Is the girl standing? P 2:: Yes, she is

Rasmda ifodalangan harakatni to’g’ri topgan o’quvchi g’olib xisoblanadi. U boshlovchi bo’lib boshqa rasmni oladi.

“Rasmdagi gaplar”o’yini. Bu o’yin grammatik formalarni mashq qildirish uchun yaxshi ko’rgazmali vosita hisoblanadi. Kartalarda odamni qandaydir harakatlarini ifodalovchi bir necha rasmlar bor, masalan: konkida uchayotgan, shaxmat o’ynayotgan, kitob o’qiyotgan rasmlar bor. O’qituvchi rasmli kartalarni ko’rsatadi (bola konkida uchayapti) va so’raydi: What is he doing? O’quvchilar o’zlarida xuddi shunday rasmni topadilar va javob beradilar: He is skating.

Xulosa o‘rnida ta‘kidlash joizki, ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchilarni yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ulardagi chet tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyojni to‘la qondirishga yordam beruvchi pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy didaktik ishlanmalarni tayyorlash va ularni amalga oshirishning mustahkam mexanizmini ishlab chiqish muaommoning amaliy yechimini ta‘minlaydi.

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «CHet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-1875-sonli qarori.

2.Iriskulov A.T va boshqalar Kids‘ English pupil‘s book 2sinf –Toshkent ―O’zbekiston;2014

3.Passov Ye.I. Kommunikativniy metod obucheniya inoyazichnomu govoreniyu. M.: Prosve щ enie,1991

4. Xoshimov O‘. Yoqubov I. Ingliz tili o‘qitish metodikasi. T., – 2003

5. Vyatyutnev M.N. Obuchenie inostrannomu yaziku v nachalnoy shkole. /inostranniy yazik v shkole, 1990

4 sinf ingliz tili kitob pdf

Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

  • Bosh sahifa
  • Maslahat
  • Ingliz tilida bepul kitob o‘qish uchun.

Ingliz tilida bepul kitob o‘qish uchun eng yaxshi 15 onlayn-kutubxona

11.06.2018 14:00 0 13243

Ingliz tili grammatikasini o‘rganishingiz va lug‘at boyligingizni oshirish uchun eng yaxshi yo‘l — asarlarni asl tilida o‘qish. Bu usul muallifni, uning uslubi va «tili»ni tushunishda ham yordam beradi. Albatta, «Harri Potter»ni ingliz tilida mutolaa qilish osonmas, biroq qiziqroq. «Alisa mo‘’jizalar mamlakatida» qancha tarjima qilinmasin, muallif o‘quvchiga nimani yetkazmoqchi bo‘lgani hanuz to‘liq ochib berilmagan. Xullas, «Vse-kursy» yozishicha, ingliz tilida mutolaa — eng foydali, to‘g‘ri va maroqli tanlov.

Ingliz tilidagi kitoblarni o‘qish mumkin bo‘lgan bepul onlayn-kutubxonalar:

  1. «Free-ebooks.net». Bu kutubxonada elektron kitoblar katta jamlanmasi janrlar bo‘yicha taqsimlangan. Kitoblardan tashqari, jurnallar ham bor. Foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tilsa bas. Foydalanish — bepul.
  2. «FreeBookSpot» — 5000 dan ortiq elektron kitob joylangan onlayn-resurs. Hammasi bepul, 95 kategoriyaga ajratilgan. Nafaqat badiiy adabiyotlar, ta’lim va biznesga oid kitoblar ham bor. Ularni ko‘chirib olish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi.
  3. «ManyBooks» — 33000 dan ortiq elektron kitoblari bor. Adabiyotlarni nomlari orqali qidirib topish mumkin. Kitoblar kompyuterda, «Kindle», «Nook», «iPad»da o‘qish uchun formatlangan. Asosiy afzalligi — ko‘plab kitoblar 20 dan ortiq formatda taqdim etilgan.
  4. «GetFreeEBooks» — bu mualliflar o‘z asarlarini kitobxonlarga taqdim etuvchi hamjamiyat. Milliondan ortiq kitoblar bor va ular ko‘payishda davom etyapti. Ko‘p kitoblar EPUB, MOBI, PDF, TXT formatlarida taqdim etilgan.
  5. «FreeComputerBooks» — dasturlash va matematika bo‘yicha kitoblarning ulkan jamlanmasi. Ularning orasidan ma’ruzalar va o‘quv-qo‘llanmalarni ham topish mumkin. Barcha kitoblar mavzulari bo‘yicha toifalangan, topish oson.
  6. «FreeTechBooks» — informatika, injeneriya va dasturlash bo‘yicha bepul kitoblar, darsliklar va ma’ruzalarni shu saytdan topib foydalanishingiz mumkin.
  7. «Wikibooks» — «Vikimedia»ning bu hamjamiyati o‘quv-qo‘llanmalarning bepul kutubxonasini yaratish uchun tuzilgan. Adabiyotlarni istalgan foydalanuvchi tahrir qilishi mumkin.
  8. «The Online Books Page» — internetdagi 30 000 dan ortiq bepul kitoblar ro‘yxati.
  9. «Baen Free Library» — ilmiy-fantastik romanlar to‘plami. Onlayn o‘qish yoki ko‘chirib olish mumkin.
  10. «eBookLobby». Bu saytdagi bepul elektron kitoblar turli janrlarga bo‘lingan: biznes, san’at, ta’lim. Kerakli kategoriyani topib, o‘zingizga yoqqan kitobni ko‘chirib olaverasiz.
  11. «Project Gutenberg» — ushbu mashhur loyiha 75 000 mingdan ortiq kitoblarni raqamlashtirgan. Qidiruv qatoriga muallif yoki asar nomini kiritib, topilgan adabiyotlarni onlayn o‘qishingiz yoki kerakli formatda ko‘chirib olishingiz mumkin.
  12. «Planet eBook» — bepul mumtoz adabiyotlar kutubxonasi. Kitoblarni ko‘chirib olish oson.
  13. «e-Library» — elektron kutubxonaga 91 kategoriyadagi 8000 dan ziyod kitob joylangan. Shulardan 500 dan ortig‘i bepul. Kitoblarni qidiruv yoki reyting orqali oson topa olasiz.
  14. «BookBoon» — talabalar va sayyohlar uchun PDF formatidagi kitoblar. Ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi.
  15. «Classicshorts.com» — mumtoz yozuvchilarning kichik hikoyalarini shu saytdan topasiz. Barcha kitoblarni onlaynda bepul o‘qiysiz.