Press "Enter" to skip to content

Matematika fanidan 4-sinflar uchun dars ishlanmasi

VI.Uyga vazifa berish.

4-sinf matematika darsligining soxta nusxasi tarqalmoqda. Rasmiylar vaziyatga oydinlik kiritdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 4-sinf matematika darsligining soxta nusxasi tarqalgani jamoatchilikning bahs-munozaralariga sabab bo`lmoqda. Mazkur masala yuzasidan Respublika ta`lim markazi munosabat bildirdi.

Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika ta`lim markazi ijtimoiy tarmoqlarda 4-sinf matematika darsligi deya tarqatilayotgan turli fikr va skrinshotlar yuzasidan tekshirishlar o`tkazdi.

Mazkur darslik dastlab 2011 yilda chop etilgan bo`lib, uslubiy g`alizliklar tufayli jamoatchilik tomonidan ko`p marotaba e`tirozlarga sabab bo`lgan edi.

Biroq bu xato va kamchiliklar yillar davomida bartaraf qilinmagan.

Joriy yilda darslik etakchi ekspertlar ishtirokida tahlil qilinib, mutaxassislar va keng jamoatchilikdan @darslikka_taklif_bot kanaliga kelib tushgan takliflar asosida nashrga qayta tayyorlandi.

Ayni paytda darslikning o`zbek tilidagi original maketini o`rnatilgan tartibda tasdiqlash ishlari davom etmoqda. Ya`ni 4-sinf matematika darsligi hali boshqa tillarga tarjima qilinmagan.

Xususan, darslikning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan soxta nusxalarda aks etgan rus tilidagi maketi hali tayyorlanmagan.

Respublika ta`lim markazi darsliklarda kuzatiladigan xato va kamchiliklar, ularni takomillashtirish bo`yicha takliflar @darslikka_taklif_bot orqali qabul qilinishini eslatgan holda, jamoatchilikdan darsliklarga nisbatan uyushtirilayotgan maqsadli axborot xurujlariga ishonish va ularni tarqatishdan avval, bu ma`lumotlarga nisbatan tanqidiy yondashishni so`raydi.

Matematika fanidan 4-sinflar uchun dars ishlanmasi

Ekran orqali tushuntirish bilan bajariladi.SHu o’rinda sotuvchi va xaridor o’rtasidagi munosabatlar asosida suhbat o’tkaziladi.O’quvchi ekran orqali masalani tushunib olgach,uni birgalikda bajaradilar.

Echish: 1) 400*2=800 (so’m) 2) 800+160=960 (so’m)

1000-960=40(so’m) Javob: xaridor 40 so’m qaytim olishi kerak.

Doskada bajariladi.

Bor edi – 4 t.

Bir do’konda -1265 kg

Ikkinchi do’konda -? Birinchi do’kondan 375 kg ortiq.

Echish: 4t =400 kg

1265+375= 1640 kg bu ikkinchi ombordagi shakat.

1265+1640=2905 kg bu ikkala ombordagi shakar

4000-2905=1095 kg omborda qolgan shakar.

Javob: omborda 1095 kilogramm shakar qoldi.

Doskada amallar tartibiga ko’ra bajariladi.

24894-(12504+9847)=24894-22351=2543

480:8*6=60*6=360

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilar bilan savol- javob o’tkaziladi.

V.O’quvchilarni baholash va darsga yakun yasash.Bugungi darsda nimalarni o’rganganlari so’raladi. Dars haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashiladi.O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi va rag’batlantiriladi.

VI.Uyga vazifa berish.

204-masala va 205- misol sharti tushuntiriladi.