Press "Enter" to skip to content

4-sinf Matematika fanidan 1-2-chorak ko rgazmalar 2022-2023

diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish.uchta sonning o‘rta arifmetigini topa olish.

4-sinf uchun 2020-2021-O’quv yili

Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Boshlang‘ich ta’limning Matematika fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi.

Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;

milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.

Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;

inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;

o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.

Amaliy-tajriba va sinov mashqlarida matematika darslarda kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni yengillashtirishga va unumdorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.

Ushbu o‘quv dasturida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar kiritilgan.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:

  1. TK1 – kommunikativ kompetensiya
  2. TK2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  3. TK3 – o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  4. TK4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  5. TK5 – milliy va umummadaniy kompetensiya
  6. TK6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  1. FK1 – matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya
  2. FK2- kognetiv kompetensiya

Kommunikativ kompetensiya: A1 matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;

so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;

matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish;

matematik qoidalarni yoddan ayta olish.

matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish, tegishli munosabat bildira olish.

A1+ matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish, mazmunini aytib bera olish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1 tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;

diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish.uchta sonning o‘rta arifmetigini topa olish.

axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish.

A1+ media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1 o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish, qismlarga ajratish;

masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish;

Ko’rgazmalar

4-sinf Matematika fanidan 1-2-chorak ko’rgazmalar 2022-2023

Mazkur sahifada 4-sinf Matematika fanidan 1-2-chorak ko’rgazmalar 2022-2023 faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material PDF formatda bo’lib, 2.47 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.

Bo’lim: Ko’rgazmalar
Versiya: 3
Hajmi: 2.47 MB
Fayl turi: application/pdf
Ko’rishlar: 40 marotaba
Ko’chirishlar: 3 marotaba
Yuklovchi: Ustoz
Yaratilgan: 20-11-2022
Yangilangan: 20-11-2022
Teglar: 2022-2023

Yuklab olish
Fayl hajmi: 2.47 MB

Sifat bizning ustunligimiz! 4-sinf matematika fanidan 1-2-chorak ko’rgazmalar 2022-2023 faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek ko’rgazmalar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.

Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein