4 sinf matematika test to’plami
dengan negara lain. Buku Matematika Kelas VIII SMP/MTs Kurikulum 2013 ini ditulis dengan berdasarkan .
Matematika. 4-sinf
On Food and Cooking: The Science and Lore of the Kitchen
3,160 Pages · 2017 · 7.38 MB · 146,817 Downloads · New!
On_Food_and_Cooking_-_Harold_Mcgee.pdf On Food and Cooking Harold Mcgee .
Matematika SD kelas 3
220 Pages · 2008 · 4.24 MB · 9,755 Downloads · Indonesian
memperoleh seorang nama tokoh matematika. Coba tebak, siapakah dia? 3.344. 3.335. 3.336. 3.348 .
Eat Right for your Type – 4 Blood Types, 4 Diets; The individualized Diet Solution to Staying Healthy, Living Longer, & Achieving your Ideal Weight – Penguin-Putnam
290 Pages · 2016 · 4.1 MB · 59,208 Downloads · New!
Eat Right for your Type – 4 Blood Types, 4 Diets; The individualized Diet Solution to Staying .
matematika matematika
448 Pages · 2013 · 10.56 MB · 1,008 Downloads · Indonesian
matematika matematika .
buku ajar matematika dasar
114 Pages · 2012 · 4.71 MB · 5,921 Downloads · Indonesian
Matematika Dasar untuk Tingkat Perguruan Tinggi ini dapat terselesaikan dengan baik. Buku ajar Matematika .
Matematika Matematika Ekonomi Oleh
90 Pages · 2014 · 20.06 MB · 1,518 Downloads · Indonesian
minimum? c. Berapa nilai biaya rata-rata minimum tersebut? 17 Matematika Matematika Ekonomi Oleh .
Professional Visual Basic 2010 and .NET 4 Visual Basic 2010 and .NET 4 = Professional Visual Basic 2010 and .NET Four = Visual Basic 2010 and .NET Four
1,269 Pages · 2010 · 22.5 MB · 23,760 Downloads · New!
Intermediate and advanced coverage of Visual Basic 2010 and .NET 4 for professional developersIf .
Matematika. 5-sinf
240 Pages · 2017 · 4.08 MB · 25 Downloads · Indonesian · New!
, yo’lovchi poyezdining tezligi 1,5 Matematika. 5-sinf .
Buku Pegangan Siswa Matematika SMP Kelas 8 Semester 1 Kurikulum 2013
200 Pages · 2014 · 43.31 MB · 3,970 Downloads · Indonesian
dengan negara lain. Buku Matematika Kelas VIII SMP/MTs Kurikulum 2013 ini ditulis dengan berdasarkan .
Buku Pegangan Siswa Matematika SMP Kelas 9 Kurikulum 2013 Semester 1
281 Pages · 2015 · 14.37 MB · 3,517 Downloads · Indonesian
Menurut Namu apaNah ABC dan AFD sebangun? UntuN menjawabnya coba Buku Pegangan Siswa Matematika SMP .
Psychology – A Self-Teaching Guide
289 Pages · 2002 · 2.06 MB · 724,777 Downloads
To help you learn psychology on your own, Psychology: A Self-Teaching Guide Following each section there are one or se .
CRITICAL THINKING: Consider the Verdict Sixth Edition
472 Pages · 2012 · 4.08 MB · 343,600 Downloads
from this work, please submit a written request to Pearson Education, Inc., .. when something that was difficult to und .
Load more similar PDF files
PDF Drive investigated dozens of problems and listed the biggest global issues facing the world today. Let’s Change The World Together
- Editor’s Picks
- Most Popular
- Academic & Education
- Art
- Biography
- Business & Career
- Children & Youth
- Environment
- Fiction & Literature
- Health & Fitness
- Lifestyle
- Personal Growth
- Politics & Laws
- Religion
- Science & Research
- Technology
Test. 4-sinf matematika
9.4 kg 500g =…g. Nuqtalar o’rniga kerakli javobni qo’ying.
10.Uchta sisternada 10 427 l benzin bor edi.Birinchisida sisternada 4574 litr,ikkinchisida birinchisidagiga qaraganda 1696 litr kam benzin bor.Uchinchi sisternada necha litr benzin bor?
A)7452litr. B)2975litr. D)17769litr.
11.Nozima berilgan 36 ta misolning to’rtdan bir qismini bajardi.Nechta misol qoldi?
A)40 ta. B)9 ta. D)27 ta.
12.To’g’ri to’rtburchakning bo’yi 32sm,eni esa4 marta qisqa.To’g’ri to’rtburchakning yuzini toping.
A)256sm.kv. B)126sm.kv. D)36sm.kv.
13.To’g’ri javobni toping.Masofani toppish uchun tezlikni vaqtga. A)ko’paytirish kerak. B)bo’lish kerak. D)qo’shish kerak.
14.X:36=195 tenglamani yeching. A)7010. B)720. D)7020.
15.Taqqoslang. 9413…9430. A) . D)=.
16.Berilgan sonni xona qo’shiluvchilarining yig’indisi ko’rinishida yozing:570000=.
A)500000+70000. B) 5000+7000. D) 50000+7000.
17 Ustaxonada 1971m gazlama bor edi. 1095m gazlama ayollar kastumlarini tikish uchun sarflandi. Bolalar kastumlariga ayollar kastumlariga sarflanganining beshdan bir qismi sarflandi. Qancha gazlama qolgan?
A) 219. B) 1314. D) 657.
- 325(1 q) B) 326(1 q) D) 236, (1 q)
20.Bo’linmahi toping 6300;7= A. 100. B.90. D 900.
4 sinf matematika test to’plami
4-sinf
O’qish
1. Davlatimiz o’z mustaqilligiga qachon erishdi?
a)1992 yil 8-dekabr b) 1991 yil 31-avgust
s) 1989 yil 21-oktabr d) 1992 yil 18-noyabr
2. Safar Barnoyevning “Mangulikka tatigulik kun” asarida qaysi shaharlar nomlari tilga olingan?
a) Toshkent, Samarqand, Xiva, Buxoro
b) Andijon, Xiva, Farg’ona, Jizzax
s) Toshkent, Xiva, Andijon, Buxoro
d) Buxoro, Namangan, Qashqadaryo
3. “Sen o’zbek elining farzandi,
Istiqlol yurtining dilbandi…” ushbu misralar qaysi she’rdan olingan?
a) Oripovning “Iqboli buyuksan” she’ridan olingan
b) Dilshod Rajabning “Istiqlol boplalari” she’ridan
s) Mirtemirning “Qush tili” she’ridan
d) Tursunboy Adashboyevning “Navoiy bobomlar” she’ridan
4. To’lqin Hayitning “Qodir boboning orzusi” hikoyasidagi Qodir boboning kasbi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.
a) o’qituvchi b) haydovchi
s) iqtisodchi d) mashinasoz usta
5. To’lqin Hayitning “Qodir boboning orzusi” hikoyasida Qodir bobo necha yoshga to’ladi deyilgan?
a) 70 yoshga b) 90 yoshga
s) 80 yoshga d) 60 yoshga
6. Davlatimizning qaysi shahrida yengil avtomobillar ishlab chiqariladi?
a) Toshkent b) Asaka
s) Qarshi d) Samarqand
7. To’lqin Hayitning “Qodir boboning orzusi” hikoyasidan Po’latjon qaysi mashinalarningrasmlarini chizdi?
a) “Neksiya”, “Matiz” b) “Spark”, “Matiz”
s) “Tiko”, “Damas” d) “Damas”, “Neksiya”
8. To’lqin Hayitning “Qodir boboning orzusi” hikoyasida boboning kasbini kim egallamoqchi?
a) qizi b) katta o’g’li
s) nabirasi d) kichik o’gli
9. “Istiqlol bolalari” she’rining muallifi kim?
a) Tursunboy Adashboyev b) Abdulla Oripov
s) Zafar Diyor d) Dilshod Rajab
O’zbekiston –Vatanim manim.
10. Do’stlar mening yurtimni…. deydilar,Dong’i tutgan dunyoni
Bog’i bo’ston deydilar. She’rning ikkinchi misrasidagi nuqtalar o’rniga mos so’zni topib qo’ying.
a) Toshkent b) O’zbekiston
s) Andijon d) Samarqand
11. Zafar Diyorning “Serquyosh o’lka” she’rida yurtimizning nimasi shifobaxsh deyilgan?
a) havosi b) dorilari
s) mevalari d) suvlari
12.Normurod Norqobilning “Xarita” hikoyasida Rasul qaysi darsni yoqtirmas edi?
a) matematika b) ingliz tilis) rasm d) musiqa
13. Normurod Norqobilning “Xarita” hikoyasida Rasul darslarini birga tayyorlaydigan do’stining nomini toping.
s) Nodir d) Samad
14. Normurod Norqobilning “Xarita” hikoyasida Rasul va Samad nima uchun tortishib qoldilar?
- a) Rasul dars qilmayman degani uchun
- b) Samad Rasulga xarita chiza olmaysan degani uchun
- s) Samad dars qilmayman degani uchun
- d) Rasul maktabga kelmagani uchun
- Normurod Norqobilning “Xarita” hikoyasida Rasul o’zi chizgan xaritaga qanday nom qo’ydi?
- a) O’zbekiston b) Yurtim chegarasi
- s) Ona Vatan d) Toshkent
- Miraziz A’zamning “Mardlik va aql yorug’ligi” she’rida bolaga o’g’lon qanday savol berdi?
- a) maktabda o’qish zarurmi? b) o’g’il bolaga o’qish juda zarurmi?
- s) “5” baho olish zarurmi? d) o’g’il bolaga sport zarurmi?
- Miraziz A’zamning “Mardlik va aql yorug’ligi” she’rida nima Vatanni olg’a boshlaydi deyilgan?
- a) aqlsiz b) yorug’ aql
- s) nomardlik d) mardlik
- Miraziz A’zamning “Mardlik va aql yorug’ligi” she’rida kimning holiga maymun yig’laydi?
- a) jasur kishining b) ilmli mardning
- s) mard o’g’lonning d) ilmsiz mardning
- Ashurali Jo’rayevning “Kichik Vatan” hikoyasida bobo nima uchun bezovtalandi?
- a) uyini tashlab, boshqa uyga ko’chayotgani uchun
- b) kasal bo’lib qolgani uchun
- s) o’g’li ishdan qaytmagani uchun
- d) uyiga odamlar kelgani uchun
- Ashurali Jo’rayevning “Kichik Vatan” hikoyasida Jora boboning uyini kim sotib oldi?
- a) Samad tog’a b) Shoyim tog’a
- s) Erdon tog’a d) Jo’ra bobo
- Ashurali Jo’rayevning “Kichik Vatan” hikoyasida Jo’ra bobo “Kichik Vatan” deb qaysi joyni aytdi?
- a) odamning yashaydigan uyi, hovlisi
- b) yashaydigan shahri
- s) yangi sotib olgan uyi
- d) O’zbekiston
- Muhiddin Omonning “Gulg’unchalarmiz” she’rida bizlarga ona deya nima aytilgan?
- a) Ona b) Ozod O’zbekiston
- s) Vatan d) Andijon
Oltin kuz
- Sahovatli fasl deb nom olgan faslni belgilang.
- a) bahor b) yoz
- s) qish d) kuz
- Mehrjon bayramini qaysi faslda nishonlaymiz?
- a) kuz b) bahor
- s) yoz d) qish
- Milliy boyligimiz bo’lgan paxtaxosili kuz faslining qaysi oyidan boshlab yig’ishtiriladi?
- a) may b) noyabr
- s) sentabr d) oktabr
- Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’rida o’g’il-qizlar qayerga boradilar?
- a) dalaga b) maktabga
- s) bog’ga d) bayramga
- Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’rida qaysi faslga zamin solinar deyilgan?
- a) bahor b) kuz
- s) yoz d) qish
- Shukur Sa’dullaning “Qovun sayli” hikoyasida bolalarni kim polizga taklif etdi?
- a) rais buva b) tog’asi
- s) dadasi d) bobosi
- Shukur Sa’dullaning “Qovun sayli” hikoyasida bolalar qayerga bordilar?
- a) cho’lga qovun sayliga b) qishloqqa
- s) shaharga qovun sotgani d) maktabga
- Shukur Sa’dullaning “Qovun sayli” hikoyasida tunda nima uchun polizni chirillagan ovozlar tutdi?
- a) chigirtkalar chirilladi
- b) odamlar qovunlarni uzgani uchun
- s) pishgan qovunlarning bandi uziladi
- d) qushlar polizda yemish izlaydi
- Shukur Sa’dullaning “Qovun sayli” hikoyasida polizda kimlar garov o’ynadilar?
- a) bolalarning tog’asi va Ali polvon
- b) Hasan va Husan
- s) Rais buva va Hasan
- d) Rais buva va Ali polvon
- Shukur Sa’dullaning “Qovun sayli” hikoyasida rais buva va Ali polvon nima uchun garov o’ynadilar?
- a) “Kimning qovuni shirin chiqadi?”- deb garov o’ynadilar
- b) “Kimning qovuni ko’p?”- deb garov o’ynadilar
- s) “Kim ko’p qovun uzish”, deb garov o’ynadilar
- d) “Kimning polizi katta?”- deb garov o’ynadilar
- Sulaymon Rahmonning “Dehqon” she’rida dehqonga qanday ta’rif berilgan?
- a) mohir ishchi b) yer naqqoshi
- s) yer rassomi d) yer musiqachisi
Ma’naviyat— qalb quyoshi
- Husayn Voiz Koshifiyning “Salomlashish odobi” matnida salom qanday ma’noni anglatadi deyilgan?
- a) do’stlik b) qarindoshlik
- s) salomatlik d) mehribonlik
- Husayn Voiz Koshifiyning “Salomlashish odobi” matnida necha holatda salomlashish kerak deyilgan?
- a) 8 holatda b) 5 holatda
- s) 4 holatda d) 7 holatda
- Husayn Voiz Koshifiyning “Salomlashish odobi” matnida salom berishning 3-holatida nima deyilgan?
- a) jamoat joylariga borganingda salom berishing lozim
- b) biror xonadonga borsang, u yerga salom berib kirgin
- s) bir yerda jamoa bo’lib o’tirgan kishilar davrasiga kirsang salom bergin
- d) maqbaraga, qabristonga borsang, salom bergin
- Yusuf Xos Hojibning “Odamdan nima qoladi?” dostonida podshoning ham, oddiy odamning ham vafotidan keyin qoladigan narsasi nima deyilgan?
- a) boyligi b) kiyimlari
- s) nomi d) uylari
- Yusuf Xos Hojibning “Odamdan nima qoladi?” dostonida bilimli va dono boshliq haqida nima deyilgan?
- a) bilimli va dono boshliq elini boyitadi
- b) bilimli boshliq pul to’playdi
- s) bilimli boshliq ko’p uylar quradi
- d) bilimli boshliq muhtojlarga yordam beradi
- Yusuf Xos Hojibning “Odamdan nima qoladi?” dostonida bilimsiz kishilar kimga qiyoslanadi?
- a) aqlli odamga b) ko’zi ojiz odamga
- s) chiroyli odamga d) puli ko’p odamga
- “Eng ulug’ fazilat” ertagida mo’tabar odamning necha o’g’li bor edi?
- a) 2 ta b) 4 ta
- s) 1 ta d) 3 ta
- “Eng ulug’ fazilat” ertagida mo’tabar odam o’g’illariga qancha muhlat berdi?
- a) 2 oy b) 3 oy
- s) bir oy d) 4 oy
- “Eng ulug’ fazilat” ertagida mo’tabar odam nima uchun o’g’illariga muhlat berdi?
- a) o’g’illarining qanday inson ekanliklarini sinash uchun
- b) boylik to’plash uchun
- s) uylar qurish uchun
- d) maktab qurishlari uchun
- “Eng ulug’ fazilat” ertagida mo’tabar odamning 2-o’g’li nima ish qildi?
- a) yosh bolani suvga cho’kishdan qutqardi
- b) do’stiga yordam berdi
- s) yo’qolgan olmosni egasiga qaytardi
- d) dushmaniga yordam berdi
- “Eng ulug’ fazilat” ertagida ota qaysi o’g’liga uzugini berdi?
- a) uzukni o’g’illariga bermadi b) uchinchi o’g’liga
- s) ikkinchi o’g’liga d) birinchi o’g’liga
- “Eng ulug’ fazilat” ertagida eng ulug’ fazilat nima deyilgan?
- a) do’stlariga yordam berish b) boylikni ko’paytirish
- s) yomonlikka yaxshilik qilish d) ko’p kitob o’qish
- Munavvarqori Abdurashidxonovning “Har kim ekkanin o’rar” ertagi nima haqida?
- a) otalarini qadrlamagan farzandlar haqida
- b) ota-onani e’zozlagan farzand haqida
- s) boylikka o’ch odamlar haqida
- d) bilim haqida
- Munavvarqori Abdurashidxonovning “Har kim ekkanin o’rar” ertagida ota o’g’liga nima dedi?
- a) uylar qur dedi b) uzugimni beraman dedi
- s) maktabda o’qi dedi d) har kim ekkanin o’rar dedi
- “Chaqimchiga mukofot” ertagida hokim kim bilan ot choptirdi?
- a) otboqar bilan b) ukasi bilan
- s) vaziri bilan d) o’g’li bilan
- “Chaqimchiga mukofot” ertagida otboqar hokimning sirini kimga sotdi?
- a) vazirga b) hokimning ukasiga
- s) hokimning o’g’liga d) podshohga
- “Chaqimchiga mukofot” ertagida hokim chaqimchiga qanday mukofot berdi?
- a) saroydan quvdi b) cho’lga haydadi
- s) dorga osdirdi d) boyliklarini olib qo’ydi
- “Omonatga hiyonat” ertagidagi kishiga kim hiyonat qildi?
- a) o’g’li b) akasi
- s) ukasi d) do’sti
- “Omonatga hiyonat” ertagidagi do’st nima uchun hiyonat qildi?
- a) boylik ilinjida b) do’stini yomon ko’rgani uchun
- s) do’sti qoziga arz qilgani uchun d) do’sti uni hafa qilgani uchun
- “Omonatga hiyonat” ertagida hiyonat qilgan kishiga qanday jazo berildi?
- a) pullarini olib qo’ydilar
- b) dorga osdilar
- s) haydab yubordilar
- d) eshakka teskari mindirilib, xalq orasida sharmanda qildilar
- “Ikki sahiy” ertagida odamlar nima uchun donishmand cholning yoniga bordilar?
- a) bilim olish uchun
- b) ikki sahiy haqidagi savollariga javob olish uchun
- s) pullarini omonat qoldirish uchun
- d) donishmanddan kitob so’rash uchun
- “Ikki sahiy” ertagida donishmand chol kimni ko’proq sahiy deb hisobladi?
- a) ikkisini ham sahiy deb hisoblamadi
- b) ikkinchi sahiyni
- s) birinchi sahiyni
- d) men ulardan ko’proq sahiyman dedi
- Rauf Tolibning “Qo’zichoq” masalidagi Qo’zichoq nega taltayib ketdi?
- a) egasining erkalashidan
- b) atrofdagi qo’ylarning maqtovidan
- s) ota qo’yning mehribonligidan
- d) do’stlarining o’zidan kichikligidan
- Rauf Tolibning “Qo’zichoq” masalida Ona Qo’y bolasiga nima deb nasihat qildi?
- a) o’zingni bos, kekkayma, bo’rilar yomon dedi
- b) do’stlaring bilan o’yna
- s) shoxlaringni ehtiyot qil
- d) chiroyli yunglaringni avayla
- Rauf Tolibning “Qo’zichoq” masalida Ona Qo’y Qozichoqning terisini qayerdan topdi?
- a) o’tlar orasidan
- b) toshlar orasidan
- s) yaylovdan
- d) Do’ng orqasidagi pastqam jarlikdan
Xalq og’zaki ijodi
- “Boychechak” she’rida qozonda nima bor deyilgan?
- a) sumalak b) palov
- s) ayron d) sho’rva
- “Boychechak” she’rida boychechakni nima bilan yopdilar?
- a) bahmal bilan b) qopqoq bilan
- s) qor bilan d) yog’och bilan
- “Oftob chiqdi olamga” she’rida bolakay kimning yoniga bordi?
- a) xolasini b) ustozini
- s) onasini d) buvisini
- “Oftob chiqdi olamga” she’rida bolakay kim bilan o’tin tergani chiqdi?
- a) xolasi bilan b) akasi bilan
- s) dadasi bilan d) o’rtog’i bilan
- “Sen po’stidan judo qil,
… senga foyda.” “Xo’p hayda” she’ridan olingan ushbu misralardagi nuqtalar o’rniga mos so’zni qo’ying.
- jonivorim b) somoni
- s) joningga d) hirmonni
- Xalq og’zaki ijodi turkumiga kiruvchi she’rlar qatorini belgilang.
- a) “Iqboli buyuksan”, “Xo’p hayda”
- b) “Oftob chiqdi olamga”, “Boychechak”
- s) “Boychechak”, “So’zlovchi yomg’ir”
- d) “Xo’p hayda”, “To’g’ri so’z bola”
- “Ilm afzal” ertagidagi cholning qanday orzusi bor edi?
- a) farzandlari uchun saroy qurmoqchi edi
- b) boshqa yurtlarga safar qilmoqchi edi
- s) farzandlarini ilmli qilmoqchi edi
- d) maktab qurmoqchi edi
- “Ilm afzal” ertagidagi cholning katta o’g’illari otasining “Ilm afzalmi, yoki davlat” degan savoliga qanday javob berdilar?
- a) ilm afzal dedilar
- b) ilm ham, boylik ham kerak dedilar
- s) ilm ham, boylik ham afzal emas dedilar
- d) davlat afzal deb javob berdilar
- “Ilm afzal” ertagida chol qaysi farzandlarini maktabga berdi?
- a) kenja o’g’lini va qizini b) 1- va 2- o’g’lini
- s) 3-va 4-o’g’lini d) 6-o’g’li va qizini
- “Davlat” ertagida Dehqon nima uchun hafa bo’ldi?
- a) farzandlari mehnat qilamiz degani uchun
- b) Davlat ketmoqchi bo’lgani uchun
- s) mol-dunyosi ko’payib ketgani uchun
- d) Davlat siznikida yashayman degani uchun
- . “Davlat” ertagida Davlat nima uchun Dehqonning uyida qoldi?
- a) Dehqon iltimos qilgani uchun
- b) boshqa odamlar Davlatni qabul qilmagani uchun
- s) Dehqonning oilasi hafa bo’lgani uchun
- d) Dehqonning oilasi ahil bo’lgani uchun
- “Ko’zacha bilan tulki” ertagida tulkini nima uchun g’am bosdi?
- a) ovqat topa olmagani uchun
- b) karvondagilar ini yoniga ko’za tashlagani uchun
- s) karvonboshi tulkining ini yonida uch kun qolamiz degani uchun
- d) karvondagilar ovqat bergani uchun
- “Ko’zacha bilan tulki” ertagida qaysi hayvon qopqonga tushib qoldi?
- a) bo’ri b) ayiq
- s) tulki d) quyon
- “Ochko’z boy” ertagida chol qaysi qushni ko’rib qoldi?
- a) laylak b) turna
- s) o’rdak d) bedana
- “Ochko’z boy” ertagida o’rdak boyga nima tashlab ketdi?
- a) loviya urug’i b) gavhar
- s) qovun urug’i d) bir dona tarvuz urug’i
- “Hiylagarning jazosi” ertagida Hiylagar qanday jazo oldi?
- a) qozi shahardan haydab yubordi
- b) ham otasi, ham oltinlardan ayrildi
- s) odamlar uni ustidan kuldi
- d) qozi qamab qo’ydi
- “Ziyrak bola” ertagida Ibrohim nimani yo’qotib qo’ydi?
- a) bir ko’za oltinni b) kiyimlarini
- s) safar haltasini d) do’stini
- “Ziyrak bola” ertagida Ibrohim oltinlarni qayerga ko’mgan edi?
- a) g’orga b) terakning tagiga
- s) tolning tagiga d) daladagi jiyda tagiga
- “Ziyrak bola” ertagida Ibrohimning pullarini kim olgan edi?
- a) Ibrohimning do’sti b) Hoji Haydar
- s) ziyrak bola d) tabib
- “Hunarsiz kishi o’limga yaqin” ertagida podsho qanday hunar o’rgandi?
- a) gilam to’qish b) kulolchilik
- s) kosibchilik d) duradgorlik
- “Hunarsiz kishi o’limga yaqin” ertagida podshoga nima bo’ldi?
- a) dushmanga asir bo’ldi
- b) kabobchining zindoniga tushib qoldi
- s) kasallanib qoldi
- d) uhlab qoldi
- “Hunarsizkishio’limgayaqin” ertagidapodshokabobchiningzindonidanqandayqutuldi?
- a) kabobchining hizmatkori yordamida
- b) kabobchi qo’yib yubordi
- s) hunari yordamida
- d) do’sti yordam berdi
- “Ziyrak uch yigit” ertagida yigitlarni kim zindonga tashladi?
- a) podsho b) zindonga tushmadilar
- s) qozi d) hokim
- “Ziyrak uch yigit” ertagidagi kishi yo’qolgan tuyasini qayerdan topdi?
- a) qo’shni qabiladan b) daladan
- s) uch yigitning uyidan d) tuyasini topa olmadi
- “Ziyrak uch yigit” ertagidagi yigitlarning ismlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.
- a) Ibrohim, Ismoil, Sodiq b) Ibrohim, Ismoil, Umar
- s) Ismoil, Umar, Abdullo d) Ibrohim, Umar, Kozim
- “Ziyrak uch yigit” ertagidagi Hokim aslida kimning farzandi?
- a) hokimning b) etikdo’zning
- s) kulolning d) oshpazning
- Anvar Obidjonning “Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertagi” da tabib Bo’rining yoniga birinchi qaysi hayvon keldi?
- a) Tulki b) Ayiq
- s) Quyon d) Sher
- Anvar Obidjonning “Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertagi” da Tulki qanday hastalikka chalingan edi?
- a) qoliga tikon kirgan edi b) qorni og’riyotgan edi
- s) tomog’i og’rib qoldi d) oshqozoni og’riyotgan edi
- “Baqa bilan taqa” ertagida baqa kimni yaxshi ko’rar edi?
- a) Kulolni b) Taqachini
- s) Taqachining shogirdini d) Kosibni
- “Laqma it” ertagida it birinchi qaysi hayvondan yordam so’radi?
- a) mushukdan b) sigirdan
- s) echkidan d) tulkidan
- “Laqma it” ertagida nima uchun hayvonlar itni uylariga kiritmadilar?
- a) hayvonlarni hafa qilgani uchun
- b) dangasa va yolg’onchi bo’lgani uchun
- s) ko’p mehnat qilgani uchun
- d) itning o’zini uyi bo’lgani uchun
- Mehnatli non … ,
Mehnatsiz non zahar. Quyidagi so’zlardan maqolga mos so’zni toping.
- a) qand b) asal
- s) novvot d) shaker
- Qat-qat qatlama
Aqling bo’lsa tashlama. Topishmoqning javobini toping.
- karam b) qatlama
- s) kitob d) daftar
Kumush qish
- “Qish to’zg’itar momiq par” she’rining muallifi kim?
- a) Quddus Muhammadiy b) Qudrat Hikmat
- s) Zafar Diyor d) Abdulla Oripov
- “Rangin qorlar” ertagida savdogarning yoniga birinchi qaysi fasl keldi?
- a) Bahor b) Kuz
- s) Yoz d) Qish
- “Rangin qorlar” ertagida Qish Buyuk bo’yoqchining yoniga kelganda qaysi rang qolgan edi?
- a) yashil b) zafar rang
- s) oq d) qizil
58.
- TursunboyAdashboyevning “Qish” she’ridashox-shabbaorasidankimmo’ralaydi?
- a) quyon b) ayiq
- s) bolalar d) ovchi
- Oqiljon Husanovning “Qor odamning sovg’asi” hikoyasida Komil chaylaga kimlar bilan bordi?
- a) do’stlari bilan b) akasi va dosti Alisher bilan
- s) bobosi bilan d) dadasi bilan
- Oqiljon Husanovning “Qor odamning sovg’asi” hikoyasida bolalar nima qildilar?
- a) qorbo’ron o’ynadilar b) akasiga yordam berdilar
- s) Qor odam yasadilar d) dadasiga yordam berdilar
- Oqiljon Husanovning “Qor odamning sovg’asi” hikoyasida Qor odamning sovg’asi nima edi?
- a) tol daraxti b) shirinliklar
- s) o’yinchoqlar d) archa daraxti
- 14-yanvarda qanday bayramni nishonlaymiz?
- a) Navro’z bayrami b) Yangi yil bayrami
- s) Xotin qizlar bayrami d) Vatan himoyachilari kuni
Vatanimiz o’tmishidan
- Mirkarim Osimning “Kitobga ixlos” qissadan parchasi kim haqida?
- a) Ibn Sino b) Z. M. Bobur
- s) Mirzo Ulug’bek d) Amir Temur
- Mirkarim Osimning “Kitobga ixlos” qissadan parchasida Registon maydonida qanday hodisaro’y berdi?
- a) Ibn Sinoni asir oldilar b) uylar yonib ketdi
- s) askarlar jang qilishdi d) kutubxonaga o’t ketdi
- Mirkarim Osimning “Kitobga ixlos” qissadan parchasida kim Husaynni Buxorodan ketsin dedi?
- a) Buxoro xoni b) bosqinchilar
- s) qo’shnisi Abu Bakr bobo d) qo’shnisi Ahmad bobo
- Hamidjon Hamidovning “Paxlavon va shoir” rivoyatida Mahmud qayerga bordi?
- a) Toshkentga b) Dehliga
- s) Buxoroga d) Agraga
- Hamidjon Hamidovning “Paxlavon va shoir” rivoyatida Mahmud sultondan nimani so’radi?
- a) sarpolar so’radi
- b) oltinlar hadyaqilishini so’radi
- s) Xorazmlik asirlarni ozod qilishini so’radi
- d) kurash tushishni so’radi
- Oybekning “Alisherning yoshligi” qissadan parchasida qushlarni kuzatib yurgan Alisherning yoniga kim keldi?
- a) G’iyosiddin Kichkina b) shahzoda Husayn
- s) Gulbegim d) xizmatkor
- Oybekning “Alisherning yoshligi” qissadan parchasida shahzoda Husayn kim bo’lmoqchi?
- a) shoh b) olim
- s) hunarmand d) qilichboz
- Oybekning “Alisherning yoshligi” qissadan parchasida do’stlari bilan o’ynayotgan Alisherning yoniga nima keldi?
- a) kiyik b) kabutar
- s) tovuqlar d) ot
- Oybekning “Alisherning yoshligi” qissadan parchasida kiyikni Alisherga kim olib keldi?
- a) bobosi b) otasi
- s) tog’asi d) xizmatkori
- “Shum bola” qissadan parchasining muallifi kim?
- a) Oybek b) Pirimqul Qodirov
- s) G’afur G’ulom d) Hamdam Sodiqov
- G’afur G’ulomning “Shum bola” qissadan parchasida domla bolaga qanday ish buyurdi?
- a) uylarini tozalashni buyurdi
- b) bo’kib qolgan xo’kiziga qarab yotishini buyurdi
- s) og’ilxonani tozalashni buyurdi
- d) asboblarni tozalashni buyurdi
- G’afur G’ulomning “Shum bola” qissadan parchasida domla nima uchun bolani kaltakladi?
- a) asboblarni tozalamagani uchun
- b) uxlab qolgani uchun
- s) xo’kizni so’ygani uchun
- d) xo’kizni o’rniga eshakni so’yib qo’ygani uchun
- Erkin Samandarning “Shahzodaning bolaligi” hikoyasi kim haqida?
- a) Xorazmshoh valiahdi Jaloliddin haqida
- b) Alisher Navoiy haqida
- s) shahzoda Husayn haqida
- d) Mirzo Bobur haqida
- Erkin Samandarning “Shahzodaning bolaligi” hikoyasida malika Oychechak Jaloliddinni kimgashogirdlikka berdi?
- a) hunarmandga b) Kuzbor Malikka
- s) domlaga d) Takish boboga
Nima yaxshi-yu, nima yomon.
- Anvar Obidjonning “Odobli bo’lish osonmi? Ertagida Sichqonchaga onasi nima deb nasihat qildi?
- a) tashqarida o’ynama dedi
- b) ko’p ovqat yemagin dedi
- s) mushukni ko’rganingda qoch dedi
- d) kattalarni ko’rganda salom bergin dedi
- Anvar Obidjonning “Odobli bo’lish osonmi? Ertagida tashqariga chiqqan Sichqoncha birinchi qaysi hayvonga duch keldi?
- a) echki b) toshbaqa
- s) mushuk d) Olapar
- Anvar Obidjonning “Odobli bo’lish osonmi? Ertagida qaysi jonivorlar Sichqonchaningsalomidan norozi bo’lishdi?
- a) Mushuk, Echki b) Echki, Toshbaqa
- s) Toshbaqa, To’rtko’z d) To’rtko’z, Mushuk
- Yayra Sa’dullayevaning “Hozir buvijon” hikoyasidagi qizaloqning ismi nima?
- a) Nigora b) Nargiza
- s) Saida d) Dilbar
- Yayra Sa’dullayevaning “Hozir buvijon” hikoyasida Malika xolaning “Yordamlashib yubor qizim”- degan so’zlariga Dilbar qanday javob qaytardi?
- a) ishlariga qarashib yubordi
- b) hozir buvijon dedi, ammo yordam bermadi
- s) javob bermay o’ynayverdi
- d) hozir buvijon, deb yordamga shoshildi
- Hakim Nazirning “Qodir bilan Sobir” hikoyasida Qodirni do’stlari qanday nom bilan atar edilar?
- a) bilimdon b) aqlli
- s) zo’ravon, do’mbirachi d) botir, kuchli
- Hakim Nazirning “Qodir bilan Sobir” hikoyasida o’qituvchi bolalarga nima dedi?
- a) zo’r odam kuchini o’qishda ko’rsatadi
- b) zo’ravonlik yomon odat
- s) darsga kech qolma
- d) vazifangni bajar
- XudoyberdiTo’xtaboyevning “Xatosinitushunganbola” hikoyasidaQosimjonnikimtug’ilgankunigataklifetmadi?
- a) ustozi b) sinfdoshi Muhabbat
- s) o’rtog’i Tohir d) sinfdoshi Odil
- Xudoyberdi To’xtaboyevning “Xatosini tushungan bola” hikoyasida Qosimjonning gazetada qanday she’ri bosilib chiqdi?
- a) “Kichik nihollar” b) “Ustozim”
- s) “Mening maktabim” d) “Men ekkan nihol”
- Xudoyberdi To’xtaboyevning “Xatosini tushungan bola” hikoyasida sinf rahbari va o’rtoqlari Qosimjonni nima uchun muhokama qilmoqchi bo’ldi?
- a) darsga kelmagani uchun
- b) o’rtog’i Muhabbatni urmoqchi bo’lgani uchun
- s) o’qituvchisiga noto’g’ri javob bergani uchun
- d) gazetaga she’r yozgani uchun
- Xudoyberdi To’xtaboyevning “Xatosini tushungan bola” hikoyasida Qosimjon sinf rahbarining qaysi so’zlariga amal qildi?
- a) xatosini tushunib, kechirim so’ragan kishilarni hamma hurmat qiladi
- b) yaxshi o’qish kerak
- s) maktabga vaqtida kel
- d) mehnat qilishni o’rgan
- Miraziz A’zamning “Nurxon bilan Burxon” she’rida qizaloqqa nima bo’ldi?
- a) darsga kech qoldi
- b) savatini yo’qotib qo’ydi
- s) Burhon bilan tortishib qoldi
- d) munkib, qo’lidagi savati uchib ketdi
- Miraziz A’zamning “Nurxon bilan Burxon” she’rida qizaloqning savatida nima bor edi?
- a) qo’ziqorin b) olma
- s) qulupnay d) nok
- Miraziz A’zamning “Nurxon bilan Burhon” she’rida Burxon nima uchun qizardi?
- a) Nurxonning odobidan, o’zining odobsizligidan
- b) darsga kech qolgani uchun
- s) o’rtog’ini kuttirgani uchun
- d) Nurxonning savatini tushirib yuborgani uchun
- Sunnatilla Anorboyevning “Qo’rqoq” hikoyasidagi Bahromjonning dadasiga nima bo’lgan?
- a) tog’da adashib qolgan b) kasal bo’lib qolgan
- s) otdan yiqilib tushgan d) tog’da och bo’rilar yeb yetgan
- Sunnatilla Anorboyevning “Qo’rqoq” hikoyasidagi Bahrom nimani ko’rib qoldi?
- a) yomg’irda qolgan do’stlarini
- b) selda oqib borayotgan qo’zichoqni
- s) tog’da bo’rini ko’rdi
- d) tulkini ko’rib qoldi
- Sunnatilla Anorboyevning “Qo’rqoq” hikoyasida maktabga kelgan Bahromjonni do’stlari nima uchun qo’rqoq deyishmadi?
- a) Bahromning qo’zichoqqa qanday yordam berganini eshitishgan, uni qo’rqoq emasligini bilishgani uchun
- b) Bahromdan qo’rqishgani uchun
- s) ustozi tanbeh bergani uchun
- d) Bahromning onasi tanbeh bergani uchun
- Hamza Hakimzoda Niyoziyning “To’g’ri so’z bola” she’ridagi kishilar nima uchun bolaga pul bermoqchi bo’ldilar?
- a) kitobini sotgani uchun
- b) agar yolg’on so’zlasang pul beramiz deyishdi
- s) ularga yordam bergani uchun
- d) kiyimlarini sotgani uchun
- Nosir Fozilovning “Yaxshi bo’ldi” hikoyasida ko’cha husnini buzib turgan dang’illama uy kimniki edi?
- a) Iso boboniki b) Safarniki
- s) Husanlarniki d) G’aniniki
- Nosir Fozilovning “Yaxshi bo’ldi” hikoyasida qaysi bola yaxshi edi?
- a) Husan b) Safar
- s) G’ani d) ustalar
- “Sharq hikoyasi” ertagining muallifi kim?
- a) Aziz Abdurazzoq b) Xudoyberdi To’xtaboyev
- s) Anvar Obidjon d) Abdulla Oripov
- Abdulla Oripovning “Sharq hikoyasi” ertagi nima haqida?
- a) do’stlik haqida b) bir eshak bilan sayohatga chiqqan ota-o’g’il haqida
- s) maktab haqida d) o’quvchilar haqida
- Muhammad Avfiyning “Saxiy” rivoyatida Hotamtoy o’zidan saxiy deb kimni aytdi?
- a) cho’ldagi mo’ysafidni b) shahar hokimini
- s) qo’shnisini d) daladagi dehqonni
- Aziz Abdurazzoqning “Chumchuq bilan Chumoli” ertagida Chumchuq Chumolidan nima so’radi?
- a) yong’oq b) arpa doni
- s) bug’doy d) non uvog’i
- Aziz Abdurazzoqning “Chumchuq bilan Chumoli” ertagidagi maqtanchoq chumchuqning xoli nima kechdi?
- a) chumoli chaqib oldi b) mushuk tutib oldi
- s) oyog’i sinib qoldi d) bolalar tutib oldi
- “Yolg’onchining izza bo’lishi” rivoyati kimlar haqida?
- a) Mirzo Bobur va ikki do’st haqida
- b) Alisher Navoiy haqida
- s) Mirzo Ulug’bek va ikki do’st haqida
- d) Amir Temur haqida
- “Yolg’onchining izza bo’lishi” rivoyatida ikki do’st nima uchun tortishib qoldilar?
- a) omonat qilib qoldirilgan pullar ustida tortishib qoldilar
- b) yer talashib qoldilar
- s) kim boy deya tortishib qoldilar
- d) kimning uyi katta deb tortishib qoldilar
- “Qush tili” she’rining muallifi kim?
- a) Tursunboy Adashboyev b) Abdulla Oripov
- s) Zafar Diyor d) Mirtemir
- Farhod Musajonovning “Yomg’ir” hikoyasidagi bolaning ismi nima?
- a) Kozimjon b) Erkinjon
- s) Nodirjon d) Halimjon
- Farhod Musajonovning “Yomg’ir” hikoyasida onasi Erkinjondan nima uchun hafa bo’ldi?
- a) kasalman deb onasiga yolg’on gapirgani uchun
- b) uy ishlarini bajarmagani uchun
- s) darslarini bajarmagani uchun
- d) o’rtoqlari bilan janjallashgani uchun
- Habib Po’latovning “Ikki irmoq” masalida katta irmoqning holi nima kechdi?
- a) o’ziga bir qancha do’st topdi
- b) ko’lmakka tushib qoldi
- s) hech kimga do’st bo’lmadi, oqibatda cho’lda qurib qoldi
- d) daryoga qo’shildi
- Habib Po’latovning “Ikki irmoq” masalida kichik irmoq nimalar bilan do’stlashdi?
- a) daraxtlar, daryo bilan b) qushlar bilan
- s) odamlar bilan d) katta irmoq bilan
Hayvonot olamida
- Rahim Bekniyozning “Mo’jiza” hikoyasida ovchini qaysi hayvon dog’da qoldirdi?
- a) bo’ri b) tulki
- s) quyon d) ayiq
- Rahim Bekniyozning “Mo’jiza” hikoyasida ovchi yo’lda kimga duch keldi?
- a) quyon ovlayotgan yigitga b) ovchi bolalarga
- s) do’stiga d) qamish o’rib yurgan cholga
- Pirimqul Qodirovning “Xatarli uchrashuv” hikoyasida bola yo’lda nimaga duch keldi?
- a) tulkiga b) bo’rilarga
- s) itlarga d) ayiqqa
- Pirimqul Qodirovning “Xatarli uchrashuv” hikoyasida bo’rilarga duch kelgan bola qanday yo’l tutdi?
- a) bo’rilarni ko’rib qochdi
- b) bo’rilarni ko’rmaganday yo’lida davom etdi
- s) bo’rilar bilan jang qildi
- d) odamlarni yordamga chaqirdi
- G’afur G’ulomning “Ola buzoq” she’rida buzoqning tili nimaga o’xshatilgan?
- a) qulupnay b) pomidorga
- s) lola yaprog’iga d) atirgul yaprog’iga
- G’afur G’ulomning “Ola buzoq” she’rida buzoqning ko’zlari qaysi mevadek tasvirlangan?
- a) gilos b) olxo’ri
- s) olma d) o’rik
- Nosir Fozilovning “Tushovli toy” hikoyasida Saman nima uchun yilqilar yoniga bora olmadi?
- a) Qo’chqor Samanning oyog’iga tushov slogan edi
- b) Saman daraxtga bog’lab qo’yilgan edi
- s) yilqilardan qo’rqib bora olmadi
- d) egasining yonida edi, shuning uchun bora olmadi
- Nosir Fozilovning “Tushovli toy” hikoyasida Saman bo’rilardan qanday qutuldi?
- a) qochib qutuldi b) Qo’chqor yordam berdi
- s) Qudrat aka yordam berdi d) Ko’kqashqa yordam berdi
- Nosir Fozilovning “Tushovli toy” hikoyasida Samanni kim tushovlagan edi?
- a) Qudrat aka b) Karim
- s) Qo’chqor d) Nozim
- “Jo’ja” she’rining muallifi kim?
- a) Mirtemir b) Tursunboy Adashboyev
- s) Zafar Diyor d) Anvar Obidjon
- Anvar Obidjonning “Jo’ja” she’rida jo’javoy o’zini qaysi qushga o’xshatgan?
- a) sa’va b) bulbul
- s) qarg’a d) bedana
- Pirimqul Qodirovning “Ayiqni yengan cho’pon” hikoyasida kim ayiq bilan olishgan?
- a) Suyun ota b) Sanjar aka
- s) Akrom d) Ikrom
- Pirimqul Qodirovning “Ayiqni yengan cho’pon” hikoyasida ayiq kimni yaraladi?
- a) Sanjar akani b) Akromni
- s) Suyun otani d) Chaqmoqni
- Pirimqul Qodirovning “Ayiqni yengan cho’pon” hikoyasida cho’ponlar nima uchun g’azablandilar?
- a) qo’raga bo’rilarning kirishi g’azablantirdi
- b) qo’ylarning yaylovga tarqab ketishidan jahllari chiqdi
- s) Chaqmoqning halok bo’lishi cho’ponlarni g’azablantirdi
- d) itlari ayiqni ko’rib qochib ketgani uch
- NosirFozilovning “Ko’kyol” hikoyasidacho’ponlarbahorfaslidaqayergako’chibo’tadilar?
- a) tog’ etagiga
- b) Amudaryo bo’yiga
- s) yaylovdan uylariga ko’chib o’tadilar
- d) Sirdaryo bo’yidagi yassi yaylovga ko’chib o’tadilar
- Nosir Fozilovning “Ko’kyol” hikoyasida Qochqor aka bo’rilarni tutish uchun nima qildi?
- a) Samanning o’lik tanasiga shprisda bo’rilarni halok qiladigan dori yubordi
- b) miltiqlarini tayyorladi
- s) nayzasini tayyorladi
- d) Pachchaxon amakini chaqirib keldi
- Nosir Fozilovning “Ko’kyol” hikoyasida bo’rining iziga solish uchun olib kelingan itning nomi nima?
- a) Qashqa b) Ko’kyol
- s) Oqshunqor d) Olapar
- Nosir Fozilovning “Ko’kyol” hikoyasida bo’rining iziga qayerda tushdilar?
- a) qishloqda b) tog’da
- s) chaylaning orqasida d) Bo’rijarda
- Nosir Fozilovning “Ko’kyol” hikoyasida bo’rini kim otib o’ldirdi?
- a) Qo’chqor amaki b) Pachchaxon amaki
- s) Mansur d) Iso bobo
Zumrad bahor
- Qudrat Hikmatning “Bahor” she’rida qaysi daraxtlar nomi tilga olingan?
- a) tol, chinor, jiyda, terak b) o’rik, olma, tol
- s) chinor, terak, olma d) jiyda, chinor, majnuntol, gilos
- Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
- a) qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadi
- b) daraxtlarning barglari sarg’ayadi
- s) tabiat uyg’onadi
- d) havo soviy boshlaydi
- Yusuf Xos Hojibning “Bahor ta’rifida” hikoyasida daraxtlarga qanday ta’rif berilgan?
- a) daraxtlar oppoq qorga burkandi
- b) daraxtlarning barglari oltin tusga kirdi
- s) daraxtlarning barglari to’kila boshladi
- d) uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to’n kiydi
- Habib Rahmatning “Jala darakchisi” she’rida nima jaladan darak beradi?
- a) momaqaldiroqning gumburlashi
- b) qora bulutlar
- s) qushlarning inlariga berkinishi
- d) hayvonlaning pana joylarga berkinishi
- Xudoyberdi To’xtaboyevning “Erkacholning o’rigi” hikoyasida yigitchalar suhbatdoshiga qanday o’rik berdilar?
- a) Qashqar o’rik b) Qoraqandak
- s) Sariq o’rik d) Oq o’rik
- Xudoyberdi To’xtaboyevning “Erkacholning o’rigi” hikoyasida bob ova nabira o’rikko’chatlarini qayerdan olib keldilar?
- a) Xorazmdan b) Qarshidan
- s) Qashqardan d) Do’rmondan
- 21-mart sanasida qaysi bayramni nishonlaymiz?
- a) Vatan himoyachilari kuni b) Onalar bayrami
- s) Yangi yil bayrami d) Navro’z bayramini
- Muzayyana Alaviyaning “Navro’z—bahor bayrami” hikoyasida qadimda yil qaysi sanadan boshlanadi deyilgan?
- a) 21-martdan b) 1-yanvardan
- s) 31-dekabrdan d) 1-sentabrdan
- “Yaxshidan bog’ qoladi” rivoyati kimlar haqida?
- a) Mirzo Ulug’bek b) Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy
- s) Mirzo Bobur d) Amir Temur
- “Yaxshidan bog’ qoladi” rivoyatida Sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning uyiga borganda, u kishi nima qilayotgan edilar?
- a) g’azal bitayotgan edilar
- b) shoirlar bilan suhbatlashayotgan edilar
- s) ko’chat ekayotgan edilar
- d) vazirlar bilan davlat ishlari haqida so’zlashayotgan edilar
- “Yaxshidan bog’ qoladi” rivoyatida Sulton Husayn Navoiyning yoniga borganda bobomiz qaysi daraxt nihollarini ekayotgan edilar?
- a) olma b) gilos
- s) o’rik d) yong’oq
- “Ishim o’zi shunaqa:
Hamma joyda yog’aman.
Qarindoshman qor bilan,
Shudringvoyga tog’aman.” Ushbu misralar qaysi tabiat hodisasi tilidan aytilgan?
- a) yomg’r b) do’l
- s) dovul d) qor
- Abdurahmon Akbarning “So’zlovchi yomg’ir” she’rida yomg’ir Ona deb nimani aytgan?
- a) tabiat b) bulut
- s) osmon d) quyosh
- Abdurahmon Akbarning “So’zlovchi yomg’ir” she’rida ona Bulut farzandi Yomg’irga ko’proq qaysi faslda yog’gin dedi?
- a) kuz b) yoz
- s) qish d) bahor
- Aziz Abdurazzoqning “Danak ichidagi daraxt” ertagida Ra’noning hovlisidagi asaldan ham totli meva nomini toping.
- a) o’rik b) nok
- s) olma d) shaftoli
- Aziz Abdurazzoqning “Danak ichidagi daraxt” ertagida Ra’no oyisi bilan orikdan nimatayyorlar edi?
- a) murabbo tayyorlaydilar
- b) sharbat tayyorlaydilar
- s) o’rikni quritib, turshak tayyorlar edilar
- d) o’riklarni sotar edilar
- Aziz Abdurazzoqning “Danak ichidagi daraxt” ertagida Ra’no nima bilan suhbatlashdi?
- a) quyosh bilan b) qushlar bilan
- s) tabiat bilan d) danak ichidagi mag’iz bilan
- Aziz Abdurazzoqning “Danak ichidagi daraxt” ertagida Ra’no bahorda hovlisida nimani ko’rib qoldi?
- a) olma daraxtini ko’rdi b) niholni ko’rib qoldi
- s) qushlarni ko’rib qoldi d) o’rik daraxtini ko’rib qoldi
- Mirtemirning “Tut” she’rida tut mevasining ta’mi nimaga o’xshatilgan?
- a) shakarga b) novvotga
- s) asalga d) murabboga
- Mirtemirning “Tut” she’rida kimning mehnati halol deyilgan?
- a) dehqon cholning b) tut tergan bolalarning
- s) pillakorning d) tut daraxtining
- G’ayratiyning “Buzilmagan uya” hikoyasida bola o’qishdan so’ng qaysi to’garak mashg’ulotiga qatnashar edi?
- a) ingliz tili b) mehnat
- s) matematika d) rasm
- G’ayratiyning “Buzilmagan uya” hikoyasida bobosiga ovqat olib ketayotgan bolaning do’stlarinima qilmoqchi edilar?a) qush ovlamoqchi edilar b) varrak uchirmoqchi edilar
- s) soyda cho’milmoqchi edilar d) ko’chat ekmoqchi edilar
- G’ayratiyning “Buzilmagan uya” hikoyasida Mahkamga nima bo’ldi?
- a) bolalar bilan urishdi b) qush cho’qib oldi
- s) daraxtdan yiqildi d) ilon chaqdi
- G’ayratiyning “Buzilmagan uya” hikoyasida Mahkam daraxtning ustida nimani ko’rib qoldi?
- a) qush bolasini b) ilonni
- s) qushning tuxumini d) qush inini
Yashasin tinchlik,
Bor bo’lsin do’stlik
- Shukur Sa’dullaning “Tinchlik qushi haqida men o’qigan she’r” i qaysi qush haqida aytilgan?
- a) xumo qushi b) qaldirg’och
- s) kaptar d) laylak
- Shukur Sa’dullaning “Tinchlik qushi haqida men o’qigan she’r” ida yosh avlod nima istaydi deyilgan?
- a) kaptar uchirishni b) o’yinchoqlar
- s) shirinlik d) tinchlik
- Hakim Nazirning “Shoira” hikoyasidagi qizaloqning onasini ismi nima?
- a) Habiba opa b) Karima opa
- s) Hakima opa d) Qutbi opa
- Hakim Nazirning “Shoira” hikoyasida Habiba opa Qutbining uyida qanday voqeaga guvoh bo’ldi?
- a) qizi Qutbinikida yo’q edi
- b) qizlar birgalikda dars tayyorlayotgan edi
- s) qizi o’rtog’i bilan o’ynayotgan edi
- d) qizi o’rtog’i bilan kir yuvayotgan edi
- Xudoyberdi To’xtaboyevning “Do’stlik” hikoyasida Abduqodir kimga xat yozdi?
- a) do’sti Kozimga b) askar akasiga
- s) do’sti Vovaga d) safardagi dadasiga
- Xudoyberdi To’xtaboyevning “Do’stlik” hikoyasida Abduqodir va Vova nima uchun adashib qolishdi?
- a) qum o’ynab kech bo’lganini unutishdi
- b) quyonni quvlab kech bo’lganini unutishdi
- s) bog’dan olma teramiz deb adashib qolishdi
- d) sayrga borishdi va adashib qolishdi
- “Mangu olov” she’rining muallifi kim?
- a) Zafar Diyor b) Ravshan Isoqov
- s) Tursunboy Adashboyev d) Abdulla Oripov
Ajdodlarimiz faxrimiz
- Hamdam Sodiqovning “To’maris” rivoyatida uning o’g’li Sparangiz necha yoshda deyilgan?
- a) 18 yoshda b) 19 yosh
- s) 17 yosh d) 20 yosh
- To’maris qaysi qabilaning malikasi?
- a) saklar b) forslar
- s) massagetlar d) arablar
- Hamdam Sodiqovning “To’maris” rivoyatida malikaga kim elchi jo’natdi?
- a) fors hukumdori Kurush b) saklar malikasi
- s) arablar hukmdori d) Xind qabilasi boshlig’i
- Hamdam Sodiqovning “To’maris” rivoyatida malika Kurushning elchisiga qanday javob qaytardi?
a) turmushga chiqishga roziman
- b) oltinlarimizni beramiz
- s) biz yengildik
- d) o’z ona yurtimizni himoya qilamiz
- “Najmiddin Kubro” rivoyatida bu kishi qaysi yurtdan deyilgan?
- a) Farg’ona b) Xorazm
- s) Andijon d) Toshkent
- “Najmiddin Kubro” rivoyatida mo’g’ul xoniga bobomiz qanday javob qaytardi?
- a) sen bizni yengolmaysan
- b) siz tomonga o’taman
- s) mening yaqinlarim butun xalqimdir
- d) biz yengildik
- “Najmiddin Kubro” rivoyatida mo’g’ullar bilan jangda bu kishi birinchi nimaga tashlandilar?
- a) xonning otiga tashlandilar b) dushmanning bayrog’iga
- s) dushmanlarning qurollariga d) xonni qurolsizlantirdi
- Nizomi Aruzi Samarqandiyning “Sulton Mahmud va Beruniy” rivoyatida sulton Beruniyga qanday savol berdi?
- a) “Men shu bolaxonaning qaysi eshigidan chiqishim mumkin?”
- b) “Mening keyingi hayotim qanday kechadi?”
- s) “Hozir nima ish bilan mashg’ulsan?”
- d) “Inson hayotini qanday bashorat qilasan?”
- Nizomi Aruzi Samarqandiyning “Sulton Mahmud va Beruniy” rivoyatida sulton g’ulomiga qanday buyruq berdi?
- a) Abu Rayhonni saroyga keltiring
- b) Abu Rayhonga oltinlar hadya qiling
- s) Abu Rayhonni saroy tomiga olib chiqib, yerga uloqtiring
- “Navoiy bobomlar” she’rining muallifi kim?
- a) Habib Rahmat b) Abdulla Oripov
- s) Zafar Diyor d) Tursunboy Adashboyev
- Tursunboy Adashboyevning “Navoiy bobomlar” she’rida bobomiz nimani munavvar etgan deyilgan?
- a) dostonlarni b) g’azallarni
- s) “Qush tili”ni d) baytlarni
- “Hidi, tilimi va mazasidan” rivoyatida Bobur Mirzo qanday bog’ barpo etdi deyilgan?
- a) Xalq bog’i b) Xindiston bog’i
- s) Farg’ona bog’i d) Bog’i Boburiy
- “Hidi, tilimi va mazasidan” rivoyatida Boburshoh bogbondan nima yetishtirishni so’radi?
- a) qovun b) olma
- s) tarvuz d) anor
- “Hidi, tilimi va mazasidan” rivoyatida bog’bon qovunni qayerdan keltirdi?
- a) Samarqand viloyatidan b) Farg’ona viloyatidan
- s) Buxoro viloyatidan d) Toshkent viloyatidan
- Naim Karimovning “Rivoyat”ida Usmon Nosir cholga ko’proq nimaga qiziqishini aytdi?
- a) she’r yozishga b) matematikaga
- s) kitob o’qishga d) tabiatga
- Naim Karimovning “Rivoyat”ida nuroniy chol Usmon Nosirga dunyoni qanday tasvirladi?
- a) shavqatsiz dunyo b) keng dunyo
- a) go’zal dunyo d) yorug’ olam
Jahon bolalar adabiyoti
- Hans Kristian Andersenning “Bolalar gurungi” ertagida o’zini “Kamer-yunker” qizi deb atagan qizaloq familiyasi”sen” bilan tugaydigan odamlarga qanday ta’rif berdi?
- a) ular ulug’vor boyonlar
- b) ularning tomirida toza qon oqadi
- s) ular aslzodalar
- d) bunday kishilardan odam chiqmaydi
- Hans Kristian Andersenning “Bolalar gurungi” ertagida otasining familiyasi Massen bo’lgan qizaloq nima deb maqtandi?
- a) otam yuzta bolaga novvot sotib olishi mumkin
- b) mening otam hammaning otasi haqida yozadi
- s) men Kamer-yunker qiziman
- d) mening otam aslzoda
- Hans Kristian Andersenning “Bolalar gurungi” ertagida yasan-tusan qilib o’yin-kulgu qilayotgan bolalarni devor orqasida kim kuzatayotgan edi?
- a) bolalarning otalari b) bolalarning onalari
- s) kambag’al bir bola d) uy egasi
- Hans Kristian Andersenning “Bolalar gurungi” ertagidagi xazinalarga liq to’la, hamma kirishni, tomosha qilishni xohlagan uy kimniki edi?
- a) savdogarning qiziniki b) kambag’al bolaniki
- s) yozuvchining qiziniki d) kamer-yunkerning qizini uyi
- Aka-uka Grimmlarning “Bir xurmacha shovla” ertagida kampir qizchadan nima so’radi?
- a) kulcha b) qulupnay
- s) gullar d) maymunjon
- Aka-uka Grimmlarning “Bir xurmacha shovla” ertagida kampir qizchaga nima sovg’a qildi?
- a) savatcha b) gul
- s) shavla pishiradigan xurmacha d) qulupnay
- Aka-uka Grimmlarning “Bir xurmacha shovla” ertagida xurmacha nima uchun shavla pishirishdan to’xtamadi?
- a) qizcha sehrli so’zlarni unutib qo’ygani uchun
- b) qizchaning onasi sehrli so’zlarni unutib qo’ydi
- s) qizcha kampirdan sehrli so’zlarni so’rashni unutdi
- d) xurmachaga sehrli so’zlar ta’sir qilmay qoldi
- Faxri Erdinchning “Rustam” hikoyasida bolakay nima uchun turmaxonaga o’t qo’ymoqchi bo’ldi?
- a) otasi turmada bo’lgani uchun
- b) akasi turmada bo’lgani uchun
- s) onasi turmada bo’lgani uchun
- d) bobosi turmada bo’lgani uchun
- Faxri Erdinchning “Rustam” hikoyasidagi voqealar qaysi shaharda sodir bo’lgan?
- a) Istanbulda b) Toshkentda
- s) Anqarada d) Andijonda
- Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” qissadan parchasida Gulliver uyg’onganda o’zini qanday holatda ko’rdi?
- a) o’rmonga kelib qolgan edi
- b) atrofi to’la ovqat edi
- s) uyiga kelib qolgan edi
- d) butun tanasi chilvir bilan bog’langan edi
- Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” qissadan parchasida Gulliver elchidan nima so’radi?
- a) kiyim b) ovqat
- s) qurol d) kitob
- Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” qissadan parchasida Gulliver odamchalarning vino bochkalarini nimaga o’xshatdi?
- a) stakan b) kosa
- s) piyola d) suv bochkasiga
- Chingiz Aytmatovning “Jimjiloq” ertagida Jimjiloq nimaning tagida uxlab qoldi?
- a) atirgul bargaining b) lola bargaining
- s) otquloq bargaining d) tut bargaining
- Chingiz Aytmatovning “Jimjiloq” ertagida Jimjiloqni yeb qo’yib pushaymon bo’lgan hayvon nomini toping.
- a) ayiq b) tulki
- s) sher d) bo’ri
- Shukur Sa’dullaning “Yoz” she’rida bu faslda necha xil meva pishadi deyilgan?
- a) 10 xil b) 90 xil
- s) 50 xil d) 40 xil
- “Non qayerdan keladi?” she’rining muallifi kim?
- a) Shukur Sa’dulla b) Zafar Diyor
- s) Qambar O’tayev d) Abdulla Oripov
- Murod Xidirning “Oydin kecha” hikoyasidagi voqealar qayerda sodir bo’ladi?
- a) tog’da b) shaharda
- s) qishloqda d) maktabda
- Murod Xidirning “Oydin kecha” hikoyasida bolalar tunni qayerda o’tkazdilar?
- a) g’orda b) oromgohda
- s) tut daraxtining kovagida d) tol daraxtining kovagida
- G’ayratiyning “Bobomning sovg’asi” hikoyasida Obid do’sti Murodga bobosining bog’ida nimani ko’rsatdi?
- a) bobosining bo’rsig’ini b) maynani
- s) sa’vani d) bulbulni
- G’ayratiyning “Bobomning sovg’asi” hikoyasida Rustam aka olib chiqqan qafaslarda qanday qushlar bor edi?
- a) to’ti, mayna b) bulbul, sa’va
- s) kaptar, bulbul d) sa’va, mayna
- Xudoyberdi To’xtaboyevning “Nihollarning nolasi” hikoyasidagi nihollarga nima bo’ldi?
- a) bolalar uzib ketishdi b) o’z yerlariga qaytarib olib borishdi
- s) o’sib daraxt bo’ldi d) suvsizlikdan qurib qolishdi
- Zafar Diyorning “Suv bilan suhbat” she’rida bolakay suvga qanday savol berdi?
- a) Nega buncha shoshasan? b) Nega ariqda oqasan?
- s) Nega buncha tiniqsan? d) Tog’dan kelyapsanmi?
- Rauf Tolibning “Quyosh sevgan yurt” ertagida Quyosh nima bilan suhbatlashdi?
- a) Oy bilan b) Oq bulut bilan
- s) bolalar bilan d) Osmon bilan
4-sinf o’qish fanidan test savollarining javoblari