Press "Enter" to skip to content

4 sinf o’zbek tili darslik 2023

Sifat bizning ustunligimiz! 4-sinf o’zbek tili fanidan konspekt faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek konspektlar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.

4-sinf O’zbek tili fanidan konspekt

Mazkur sahifada 4-sinf O’zbek tili fanidan konspekt faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material ZIP formatda bo’lib, 106.03 KB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.

Bo’lim: Konspektlar
Versiya: 1
Hajmi: 106.03 KB
Fayl turi: application/zip
Ko’rishlar: 45 marotaba
Ko’chirishlar: 3 marotaba
Yuklovchi: Ustoz
Yaratilgan: 19-08-2022
Yangilangan: 19-08-2022

Yuklab olish
Fayl hajmi: 106.03 KB

Sifat bizning ustunligimiz! 4-sinf o’zbek tili fanidan konspekt faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek konspektlar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.

Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein

O ‘ zbek tili

X.S. Muxitdinova, G.Z. Muxamedjanova,
F.S. Talipova, R.B. Eshbayeva
O

zbek tili
Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan o‘rta ta’lim
muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik
1-nashri
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan

«DAVR NASHRIYOTI»
Toshkent – 2017

Shartli belgilar
Bilib oling!
Uyga vazifa
Topshiriq
Adabiy o‘qish
Mashq
Lug‘at
Suhbat
Amaliy ish
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
Aziz o‘quvchilar!
O‘zbek tilida egallagan bilimlaringizni og‘zaki va yozma nutqda mustaqil qo‘llashga,
ko‘nikmalaringizni yanada oshirishga intilyapsiz. 10-sinfda o‘zbek tilidan ijtimoiy vaziyatlarga
o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotga muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy mosla-
shuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali mustaqil ishlay olish layoqatlarini o‘zlashtirasiz.
Og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalaringizni o‘stirish maqsadida yangi nutqiy mavzular, ularni
ifodalashga xizmat qiluvchi leksik va grammatik vositalarni egallaysiz.
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiborli
bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal
qilishni o‘rganasiz.
Nutqiy mavzuni izchil va oson o‘zlashtirishingizni ko‘zda tutib, mavzularni 1-3 darsga ajratilgan
holda tavsiya etdik. 1- va 2-darslarda nutqiy hamda grammatik mavzular berilgan bo‘lsa, 3-darsda
“Adabiy o‘qish” ruknida yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodiga oid materiallar berildi.
Mavzu doirasida unga xos nutqiy qolipni aks ettirgan matn, matn yuzasidan topshiriq, grammatik
mashqlar va uy vazifasini bajarish tavsiya etildi.
O‘quvchilar, nutqingizni yuqori darajada o‘stirish, avvalo, o‘zingizga bog‘liq ekanligini aslo
unutmang. Darsda faol bo‘lishga intiling.
Taqrizchilar:
O‘. Lafasov – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.
M. Qoraxo‘jayeva – Toshkent kimyo-texnologiya instituti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.
D. Bobakalonova – Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54-maktab o‘qituvchisi.
D. Izbosarova – Toshkent shahri, Sergeli tumanidagi 104-maktab o‘qituvchisi.
Z. Ganieva – Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 71-maktab o‘qituvchisi.
O‘ 16
O‘zbek tili : ta’lim rus tilida olib boriladigan
o‘
rta ta’lim muassasalarining
10 sinfi va
o‘
rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o

quvchilari
uchun darslik / X.S. Muxitdinova [va boshq.].

Toshkent : DAVR NASHRI-
YOTI
, 2017. – 192 b.
ISBN 978
–9943–4708–9–7
© «DAVR NASHRIYOTI» MChJ, 2017
UOK:811,512.133(075.3)=161.1
KBK
81.2O‘zb-922
UOK: 811,512.133(075.3)=161.1
KBK 81.2O‘zb-922

O‘zbek tili 10-sinf
1-mavzu. O‘zbekiston – jannatmakon o‘lka
(O‘tilganlarni takrorlash. O‘zbek tilining orfoepik va orfografik me’yorlari)
1-dars
1-topshiriq. Berilgan rasmlar asosida respublikamizda bo‘layotgan
o‘zgarishlar haqida suhbatlashing. Mustaqillik yillarida siz yashab turgan viloyat,
shahar, tumandagi o‘zgarishlar, voqealar haqida so‘zlab bering.
2-topshiriq. Matnni o‘qing, ajratb ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini tushun-
tiring.
3

Bilib oling!
Talaffuz jarayonida so‘z tarkibidagi tovushlar turli o‘zgarishlarga uchrashi mum-
kin. Bu fonetik tovush o‘zgarishlari deb atalib, ularga tovush tushishi, tovush
ortishi, tovush alma shinishi hodisalari kiradi.
Masalan:
sing
i
l + im = singlim (2-bo‘g‘indagi i unlisi tushgan)
o‘rto
q
+ im = o‘rto
g‘
im (q undoshi g‘ ga almashyapti)
Vatan ona kabi azizdir. Shuning uchun ham
uni – ona Vatan deymiz. Inson o‘z vatanida kamol
topadi, qadrlanadi, baxt-saodatga erishadi.
Vatanni asrab-avaylash har birimizning muqad-
das burchimizdir.
Mustaqillik tufayli xalqimizning asriy orzulari
amalga oshdi. Yurtimiz O‘zbekiston butun dunyo-
ga tanildi. Turli mamlakatlar bilan barcha sohalarda
ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar o‘rnatildi. O‘zbekiston
oltin, mis, neft, gaz kabi foydali qazilmalari va shi-
rin mevalari, paxta ipaklari bilan jahon bozorida
o‘z o‘rnini topdi.
Qadimiy va navqiron shaharlarni ko‘rgani kelgan sayyohlar jannatmakon
o‘lkamizda xalqimizning mehmondo‘stligidan bahramand bo‘lmoqdalar.
O‘zbek xalqi vatan qadrini hamisha yuksak tutgan. Vatanni xuddi ota-onani
sevgan kabi sevish, uning tinchligi, taraqqiyoti uchun kurashish kerak. Shu bois
Jannatmakon o‘lkamizning kelajagi sizning qo‘lingizda. Vatanni har jihatdan
yuksaltirishingiz, ko‘z qorachig‘iday avaylab, asrashingiz kerak.
Lug‘at
tuyg‘u – чувство
burch – обязанность, долг
asriy orzu – вековая мечта
qadrlamoq – ценить
yuksaltirmoq – возвышать, поднимать
beg‘ubor – чистый, с открытой душой
ko‘z qorachig‘iday asramoq – беречь
как зеницу ока
talqin etmoq – истолкование
kamol topmoq – совершенствовать
mehmondo‘st – гостеприимный
4

O‘zbek tili 10-sinf
xursan
d
– xursan (d undoshi tushyapti)
u + ga = u
n
ga (n undoshi orttirilyapti)
bila
k
+
g
a = bilakka (g tovushi k ga almashyapti)
chiro
q
+
g
a = chiroqqa (g tovushi q ga almashyapti)
Tovush o‘zgarishi
Tovush tushishi
Tovush almashinishi
Terak, qishloq, bolalik

singari ikki va ko‘p
bo‘g‘nli so‘zlarga
egalik qo‘shimchasi
qo‘shilganda, asos
qismining oxirgi
k
,
q

tovushi
g
va
g‘
tarzida
talaffuz qilinadi va
shunday yoziladi:
tera
gi,
qishlo
g‘i,
bolali
gi
Qorin, o‘g‘il, shahar
kabi ikkinchi bo‘g‘inida
i
unlishi ishtiroq
etgan so‘zlarga
egalik qo‘shimchasi
qo‘shilganda ikkinchi
bo‘g‘indagi
i
yoki
a

unlisi tushib qoladi
va shunday yoziladi:
qorn
i
,
shahr
i
Chiroq, qirq, kurak,
bilak
kabi oxiri
k

tovushi bilan tugagan
so‘zlarga jo‘nalish
kelishigi
-ka
shaklida,
q
tovushi bilan
tugagan so‘zlarga
-qa

shaklida qo‘shiladi va
shunday yoziladi.
1-mashq. Berilgan so‘zlarga -ga, -ka, -qa qo‘shimchalaridan mosini
qo‘shing, so‘ng ushbu so‘zlarning qanday aytilishi va yozilishini tushuntiring.
Bog‘, chiroq, etak, chek, o‘rtoq, barg, qirq, soliq, kiyik, chelak, kurak, quloq.
2-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘yib
yozing. Qanday tovush o‘zgarishi yuz berganini ayting.
1. U otgan koptok chiroq. (-qa, -ga) tegdi. 2. Sayohatchilar qaynar buloq. (-qa,
-ga) borishdi. 3. Sardorning dadasi bilak. (-ga, -ka) taqiladigan soat olib berdi.
4. Sardor juda xursan. (-d, -t) bo‘ldi. 5. U o‘rto. lariga (-q, -g‘) soatini ko‘rsatdi.
6. Sing. lim maktabda a’lo baholarga o‘qiydi.
3-mashq. Matnni nuqtalar o‘rniga foydalanish uchun berilgan so‘zlardan
mosini qo‘yib yozing.
Men . xalqining farzandiman. Mening xalqim . va . biladi. O‘z o‘g‘il-qizlarini
. bilan tarbiya qiladi. Mening xalqim . , . yaxshi ko‘radi. Ona o‘z . uchun par-
vona bo‘ladi, ota o‘z bolalarini doim o‘z . olib yuradi. Mening xalqim . . qadrini
biladi (Hamid Olimjon).
Foydalanish uchun so‘zlar: o‘zbek, or, nomusni, nomus va hayo, birlik, ahillik-
ni, hamjixatlikni, farzandlari, qanoti ostiga, do‘stlik, birodarlikning.
5

3-topshiriq. She’rni ifodali o‘qing va mazmunini tushuntiring.
Vatan faxri
Osmonlarda parvoz etgan sor burgut
Qaytib qo‘nar o‘zi uchgan tog‘iga
Alp yigitlar, Barchin qizlar el-u yurt
Nomin yoyar dunyoning har yog‘iga
Ruhi sog‘lom, fikri teran, jur’atli
Farzandi bor el ko‘kragi tog‘ bo‘lur.
O‘g‘lonlari sog‘lom vatan qudratli,
Qudratli yurt farzandlari sog‘ bo‘lur
Sharaflaydi Vatanini har qachon
Mard yurtboshi, oqil baxshi, chin o‘g‘lon
Xizmatingda asl o‘g‘il – qizlaring,
Yashna, yuksal O‘zbekiston – onajon.
Ko‘rkam qizlar, bobur, botir yigitlar
Vatan faxri, millat yoqqan chirog‘i
Yangra, diyor madhi jahon elida,
Porla, g‘olib vatanimning bayrog‘i!
Sa’dulla Hakim
Lug‘at
burgut – орёл
dunyo – вселенная, земной шар
jur’at – смелость, решимость
vatan faxri – гордость отечества
porlamoq – блестеть, сиять
qudratli – мощный
Uyga vazifa. She’rni yod oling.
2-dars
4-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing va davom ettiring.
Sayyoh: Аssalomu аlaykum, bu sayyohlik agentligimi?
6

O‘zbek tili 10-sinf
Xodim: Vааlaykum аssalom, ha, sayyohlik agentligi. Sizni eshitaman.
Sayyoh: Men O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga sayohat qilmoqchiman. Qay-
si shaharlarni tavsiya qilasiz?
Xodim: Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent qadimiy shaharlar hisoblanadi.
Sayyoh: Bu shaharlarga qanday transportlarda borish mumkin?
Xodim: Bu shaharlarga hamma transportda borsa bo‘ladi. Men sizga «Afrosiyob»
tezyurar poezdida borishni tavsiya qilaman.
Sayyoh: Rahmat, yana bir necha savol. Bu shaharlarda mehmonxonalarda tir-
bandlik bo‘lmaydimi? Qadimiy obidalar mehmonxonaga yaqinmi? Bozorlarga qan-
day chiqsa bo‘ladi?
Xodim: Bizda servis xizmati yuqori darajada tashkil etilgan. Hamma sharoitlar
bor. Siz ham dam olasiz, ham sayohat qilasiz.
Sayyoh: Tashakkur.
Xodim: Sizga yordamim tekkanidan juda mamnunman. Xayr, salomat bo‘ling.
5-topshiriq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
Lug‘at
tezyurar – скоростной
tashakkur – благодарность
sharoit – условия, обстановка
tirbandlik – затор, давка
mamnun – довольный
Vatanparvarlik nima?
Vatanparvarlik – bu ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uning ravnaqiga o‘z hissa-
sini qo‘shishdir. Haqiqiy vatanparvar insonlar har qanday vaziyatda ham xalqiga,
vataniga xiyonat qilmaydi, vatanini sotmaydi. Vatani
qiynalgan vaqtida, uni tashlab o‘zga yurtlardan rohat-
farog‘at qidirgan insonlar bir kun kelib yurtining bir
siqim tuprog‘iga zor bo‘ladilar. Aksincha, vatanini
rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shganlar, o‘z xalqi-
ni, milliy qadriyatlarini e’zozlagan insonlar vatanda
obro‘-e’tibor topadilar, sharaflanadilar.
Demak, vatanparvarlik bu jonkuyarlikdir. Vatan-
parvar inson o‘z xalqi oldidagi mas’uliyati, millati-
ning manfaati bilan yashaydi. Ajdodlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy
boyliklarni asrab-avaylab, xalqiga foyda keltirgan, fidoyilik, halollik bilan mehnat
qilgan inson haqiqiy vatanparvar hisoblanadi.
7

Bilib oling!
To‘g‘ri yozish qoidalari orfografiya bo‘limida, to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari
esa orfoepiya bo‘limida o‘rganiladi. Bu qoidalar bilan tanish bo‘lish so‘zlarni
to‘g‘ri talaffuz qilish va to‘g‘ri yozishni o‘rgatadi. Masalan:
To‘g‘ri talaffuz
To
‘g‘ri yozish
ketti
ketdi
Toshkenttan
Toshkentdan
xursan
xursand
4-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga

qo‘yib yozing.
1. Alisher ertalab qishlo. iga (-q, -g‘) kirib keldi. 2. Bolali. im (-g, -k) shu qish-
loqda o‘tgan. 3. Uning ekkan tera. i (-k, -g) baland bo‘lib ketgan. 4. Men javon-
dan toza ko‘yla. imni (-k, -g) oldim. 5. Kundali. imga (-g, -k) olgan baholarimni
qo‘ydirdim.
5-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib yozing.
1. Tushlikka yaqin u shaharga . (ketti, ketdi). 2. (Toshkentdan, Toshkenttan)
. chiqqanimizda havo issiq edi. 3. Salima . (bo‘yoq, bo‘yo) larni olib tabiatning
rasmini chiza boshladi. 4. . (burnim, burunum) sovuqdan qizarib ketgan edi. 5. .
(sinif, sinf) ga o‘quvchilar kirib kelishdi.
Mustaqil ish. Ona tilingizga tarjima qiling va daftaringizga ko‘chiring.
1. Vatanimizning har bir qarich yeri biz uchun qadrli va qimmatlidir. 2. Vatani-
mizning qudrati yil sayin oshib bormoqda. 3. Vatanimizda yoshlarning bilim olishlari
uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. 4. Kim o‘z Vataniga dahldor bo‘lmasa, u insoni-
yatga ham dahldor emas. 5. O‘zbekistonning kelajagi yoshlarga bog‘liq.
Lug‘at
vatanparvarlik – патриотизм
xiyonat – измена, предательство
rivojlanmoq – развиваться
tuproq – земля, глина (сухая)
obro‘-e’tibor – авторитет, уважение
mas’uliyat – ответственность
manfaat – выгода
foyda keltirmoq – принести пользу
halollik – честность
8

O‘zbek tili 10-sinf
6-topshiriq. Berilgan matn mazmuni asosida bahs-munozara o‘tkazing.
Uyga vazifa. Vatanparvarlik haqidagi maqollardan yozing va ma’nosini
izohlang.
3-dars
7-topshiriq. Quyida keltirilgan maqollarni o‘qing. Ularning ma’nosini
tushuntirib bering.
1. Vataning tinch – sen tinch.
2. O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l.
3. Otang – el, onag – el.
4. Vatan sajdagoh kabi muqaddas.
8-topshiriq.

Matnni
o
‘qing. Matn yuzasidan berilgan savol va topshiriqlarni
bajaring.
Qadim o‘zbek o‘g‘lonlari uzoq safarga ketganda bir
hovuch vatan tuprog‘ini doim yonlarida olib yurganlar.
Chunki bu tuproq ularga o‘z tug‘ilgan yerlarini eslatib
turgan, xalq oldida bergan va’dasini yodga solgan. Va-
tanga bo‘lgan muhabbatini bir nafas ham unuttirmagan.
Bu bir hovuch tuproq ularga o‘z ota-onasini, qarindosh-
larini, xalqini eslatgan va uzoq o‘lkalarda bo‘lsalar ham
o‘z xalqi sha’niga isnod keltirmaslikka o‘z xalqining so-
diq o‘g‘lonlari bo‘lishga chaqirgan.
Shiroq
(afsonadan parcha)
Qadim zamonlarda Eron shohi Doro Turon hududlariga
hujum qilibdi. Bu yerda massaget, sak va so‘g‘d qabilalari
yashar edi. Qabila boshliqlari dushmanni yengish to‘g‘risida
maslahatga to‘planishibdi. Shunda ularning huzuriga oddiy
cho‘pon Shiroq kelibdi va maqsadini aytibdi. U Eron shohi-
ning lashkarlari ko‘pligi, ularni jangda yengib bo‘lmasligini,
ulardan faqat hiyla bilan qutulish mumkin debdi.
9

Shiroq xanjari bilan o‘z quloqlarini, burnini kesibdi va dushman tomonga yo‘l
olibdi.
– Shohim, men qulingiz Shiroq bo‘laman. Qabila yig‘ilishida sizga taslim
bo‘lishni aytgan edim, quloq-burnimni kesib, shu ahvolga solishdi. Ulardan
o‘chimni olmoqchiman.
– Ularni qayerdaligini bilasanmi?
– Ha, albatta.
– Bizni o‘sha yerga boshlab bora olasanmi?
– Jonim bilan. Sizlarni faqat podachilar biladigan so‘qmoqlar bilan olib bora-
man. Yetti kunlik oziq-ovqat, suv g‘amlang.
Doro Shiroqning so‘zlariga ishonibdi va uni o‘z qo‘shiniga yo‘lboshlovchi qi-
lib tayinlabdi.
Cho‘pon yigit ularni sahroga boshlab boribdi. Eron lashkarlari yo‘lboshlov-
chining maslahati bilan yetti kun-
ga g‘amlagan suv, oziq-ovqat, yem-
xashaklari tugabdi. Sakkizinchi kun
ochlik, to‘qqizinchi kuni tashnalik
boshlanibdi. Shunda Doro aldanganini
tushunibdi.
– Bizni qayerga olib kelding? Qani
saklar? – so‘rabdi u Shiroqdan.
– Men yengdim. Doroning qo‘shinini
bir o‘zim yengdim! – deb javob beradi
cho‘pon.
– Sizlarni aldab sahroning qoq
o‘rtasiga olib keldim.
Shiroq qo‘li bilan kun chiqish va
kun botish tomonini ko‘rsatib yana
shunday debdi:
– Bu yog‘i ham yetti kunlik yo‘l, u
yog‘i ham. Istagan tomonga boravering! Baribir barchangiz halok bo‘lasiz.
Ilojsiz qolgan dushman:
– Agar sen sahro quduqlari va chashmalarni bizga ko‘rsatsang gunohing-
dan kechib, So‘g‘diyonada istagan qishloqlaringdan birini senga in’om qilar
edik, – debdi.
10

O‘zbek tili 10-sinf
Uyga vazifa. Shiroq kabi vatanparvar qahramonlardan yana kimlarni bila-
siz? Ular haqida so‘zlab bering.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Sak qabilasining boshiga qanday kulfat tushdi?
2. Shiroq qanday hiyla ishlatganini aytib bering.
3. Shiroq o‘limi oldidan o‘zini qanday tutdi va nimalar dedi?
4. Siz Shiroqning o‘rnida bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lar edingiz?
6. Afsonadan chiqargan xulosangizni ayting.
Lug‘at
kulfat – несчастье, горе
qabila – племя
halol (odam) – честный
o‘tov – юрта
sodiq – преданный
tashnalik – жажда
hiyla – хитрость
lashkar – войскo
sarkarda – полководец
jarohat – рана
azob-uqubat – мучение, мука
timsol – знак, символ
qo‘shin tortib kelish – наступать
с войском
maslahat – совет
maqsad – цель
yo‘lboshlovchi – путеводитель
ochlik – голод
suvsizlik – безводье
qilich – сабля
xanjar – кинжал
taslim bo‘lmoq – сдаваться
saqlab qolmoq – спасти
halok bo‘lmoq – погибнуть
– O‘z elimning dushmanlariga yordam uchun cho‘zadigan qo‘limni kesib tash-
laganim ma’qul, – deb javob beradi Shiroq.
Halokat yoqasida qolgan eroniylar chiday olmay, fidoyi cho‘ponni azoblab
o‘ldirdilar va o‘zlari ham suvsizlikdan halok bo‘ldilar.
Oddiy cho‘pon Shiroqning o‘z elini qullikdan qutqarib qolish uchun o‘z
jonidan kechgani, ming turli azob-uqubatni bo‘yniga olgani yuksak vatanpar-
varlik timsoli edi.
11

2-mavzu. Oilam tayanchim, faxrim
(O‘zbek tilida so‘z tarkibi va qo‘shimchalarning asosga qo‘shilish tartibi)
1-dars

1-topshiriq. Berilgan so‘z va so‘z birikmalaridan foydalanib rasm asosida
suhbatlashing.
Foydalanish uchun so‘z va so‘z birikmalari: mening oilam, oilamiz an’analri,
ahil-mehribon, ota-onaga hurmat, oila ahilligi, faxrlanmoq, eng sevimli insonim,
g‘amxo‘r va mehrbon.
2-topshiriq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
Oilam – tayanchim va faxrim
Men O‘zbekistonda tug‘ilganman. O‘zbekistonda turli millat vakillari bir oila
bo‘lib yashaydilar. Aytishilaricha, qaldirg‘ochlar xosiyatli xonadonlarga in qurar
ekan. Osoyishta, fayzli xonadonni qushlar ham sevadi, unga talpinadi, deydi xal-
qimiz. Oilaning fayzli va farovon bo‘lishi esa, albatta, unda yashaydigan kishi-
12

O‘zbek tili 10-sinf
3-topshiriq. «Oilam – tayanchim va faxrim» matni asosida savollarga ja-
vob bering.
– Qaldirg‘ochlar qanday xonadonlarga in qurishadi?
– __________. __________ __________.
– Oilaning fayzli va farovon bo‘lishi kimlarga bog‘liq?
– __________. __________ __________.
– Sharqda qadim-qadimdan oilaga qanday munosabatda bo‘lishgan?
– __________. __________ __________.
– Qachon mahallada tinchlik va xotirjamlikka erishiladi?
– __________. __________ __________.
– Qanday fazilatlar oilada shakllanadi?
– __________. __________ __________.
Lug‘at
qaldirg‘och – ласточка
xosiyatli – приносящий счастье
osoyishta – спокойный
muqaddas – священный
mustahkam – прочный, крепкий
xotirjamlik – душевный покой
mehr-muruvvati – доброта и
великодушие
g‘amxo‘rlik – заботливость
lar, oila a’zolariga bog‘liq. Ular o‘zaro
hamjihat bo‘lib yashasalar, bir maqsadni
ko‘zlasalar, bu xonadon obod bo‘ladi.
O‘zbekistonda oilaga e’tibor kat-
ta. O‘zbek oilalarida ota-ona, bobo-
buvilarni e’zozlash, farzandlarga
g‘amxo‘rlik qilish asosiy burch hi-
soblanadi. Oila – jamiyatning aso-
siy bo‘g‘inidir. Oila hayotning
abadiyligini, avlodlarning davomiy-
ligini ta’minlaydi. Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas sanalgan. Agar
oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va xotirjamlikka eris-
hiladi. Mahalla, yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik, rivojlanish
bo‘ladi. Eng qimmatli ahloqiy fazilatlar: halollik, rostgo‘ylik, mehr-oqibat,
mehnatsevarlik avvalo oilada shakllanadi.
13

Bilib oling!
So‘zlar asos va qo‘shimchalardan tuziladi. So‘zning asosiy ma’nosini ifodalab,
mustaqil qo‘llana oladigan qismi asos deb ataladi. Mustaqil qo‘llana olmaydi-
gan, asosga qo‘shilib, unga yangi yoki qo‘shimcha ma’no yuklaydigan, so‘zlarni
bog‘lashga xizmat qiladigan qismi esa qo‘shimcha deb ataladi.
Masalan: tilshunos – (til – asos, –shunos qo‘shimcha); guldon – ( gul – asos,
-don – qo‘shimcha)