Boshlang‘ich sinflar DTS, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning yoritilishi
2. Kitobni mustaqil o`qiy oladigan, uni tushunadigan kitobxonni tarbiyalaydi.
4 sinf ona tili 81 mashq javobi
8. y = x 2 funksiyaning grafigini millimetrli qog`ozda yasang. Grafik bo`yicha:
1) x = 0,8; x = 1,5; x = 1,9; x = �2,3; x = �1,5 bo`lganda y ning qiymatini taqriban toping .
2) agar y = 2; y = 3; y = 4,5; y = 6,5 bo`lsa, x ning qiymatini taqriban toping.
9. y = x 2 funksuya grafigini yasamasdan: A(2; 6), B(�1; 1), C(12, 144), D(�3; �9) nuqtalardan qaysilari parabolaga tegishli bo`lishini aniqlang.
10. (Og�zaki.) A(3; 9), B(�5; 25), C(4, 15), D( ; 9) nuqtalarga ordinatalar o`qiga nisbatan simmetrik bo`lgan nuqtalarni toping. Bu nuqtalar y = x 2 funksiyaning grafigiga tegishli bo`ladimi?
11. (Og`zaki.) y = x 2 funksiyaning qiymatlarini
1) x = 2,5 va y = ; 2) x = 0,4 va y = 0,3 ;
3) x = �0,2 va y = �0,1; 4) x = 4,1 va y = �5,2
13. y = x 2 parabolaning:
1) y = 25; 2) y = 5; 3) y = �x;
4) y = 2x; 5) y = 3 � 2x; 6) y = 2x � 1
to`g`ri chiziq bilan kesishish nuqtalrining koordinatalarini toping.
14. A nuqta y = x 2 parabola bilan
1) y = �x � 6, A (�3; 9); 2) y = 5x � 6, A (2; 4)
to`g`ri chiziqning kesishish nuqtasi bo`ladimi?
15. Tasdiq to`g`rimi: y = x 2 funksiya:
1) [1; 4] kesmada; 2) (2; 5) intervalda;
3) x > 3 intervalda; 4) [�3; 4] kesmada o`sadi?
16. Bitta koordinata tekisligida y = x 2 parabola bilan y = 3 to`g`ri chiziqni yasang . x ning qanday qiymatlarida parabolaning nuqtalari to`g`ri chiziqdan yuqorida bo`ladi; pastda bo`ladi?
17. x ning qanday qiymatlarida y = x 2 funksiyaning qiymat:
1) 9 dan katta; 2) 25 dan katta emas; 3) 16 dan kichik emas; 4) 36 dan kichik emas.
Boshlang‘ich sinflar DTS, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning yoritilishi
1.2 Boshlang‘ich sinflar DTS, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning yoritilishi.
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o`ziga xos yo`liga ega bo`ldi.Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan yangilash zaruratini vujudga keltirdi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari” asosida ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi. Natijada 1999 yilda umumiy o`rta ta`limning davlat standartlari tasdiqlandi. Davlat ta`lim statdartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb- hunar va oliy ta`lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilab berdi. 13
Davlat ta`lim statdarti amaliyotga joriy qilinib, bir qator tajribalar to`plandi. 2005 yilda to`plangan tajribalar asosida Davlat ta`lim statdarti takomillashtirildi. 14
Boshlang`ich ta`lim bosqichida o`quvchilarning ona tili ta`lim sohasi bo`yicha tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametrli standart o`lchovi orqali aks ettirildi. O`qish texnikasi, o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash hamda fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.
Boshlang`ich ta`lim Davlat standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari iborasi aynan qo`llanilgan bo`lsada, ko`rsatigan uch parametrli statdart talabini bajarish o`quvchilarda ma`lum darajada mustaqil o`qish ko`nikmalini talab qiladi.
Davlat ta`lim standarti asosida o`quv dasturlari va darsliklar yaratiladi.
Boshlang`ich sinflar ona tili dasturi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi.
1.Savod o`rgatish, sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.
2.Sinfda va sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.
3.Fotenika, grammatika, imlo va nutq o`stirish.
Bu bo`lim materiallarini birlashtiruvchi asosiy tamoyil nutq o`stirish hisoblanadi. Nutq o`stirish boshlang`ich sinf ona tili ta`limiga aniq amaliy yo`nalish beradi va bolalarga ongli o`qish, o`qiganlarini ravon gapirish va yozishga o`rgatadi. Ona tili va adabiyotdan bolalarning yosh xususiyatlari va saviyalarini hisobga olgan holda boshlang`ich bilim berishni, shu asosda nutqni boyitish, boshqalar nutqini e`tibor bilan eshita olish hamda kitob o`qishga qiziqish uyg`otishga yo`naltirishi zarur.
Ona tili o`quv dasturining ikki bo`limida sinfdan tashqari o`qish atamasi qo`llangan.Nafaqat 1-4 sinflarda, balki yuqori sinflarda ham sinfdan tashqari o`qish atamasi qo`llangan. Demak, 1-4 sinflarda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyushtiriladi.
Sinfda o`qish darslarida barcha o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida ayni bir asarni o`rganadilar: asar mazmuni, qurilishi, badiiy til vositalari ustida ish olib boradilar
Sinfdan tashqari o`qish darslarda esa o`quvchilar bir mavzuga oid bir necha asarni o`qib o`rganadilar. Sinfdan tashqari o`qishning maqsadi o`qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qigan kitobini to`g`ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. 15
Albatta, sinfda o`qish darslarida ham mustaqil o`qish ishlari uyushtiriladi, o`quvchilarda ma`lum ko`nikmalar hosil qilinadi.Biroq sinfdan tashqari o`qish atamasining ma`nosi ancha keng bo`lib, o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari ayni shu darslarda shakllantirib boriladi.
- Birinchi bosqichda o`qish doirasi, ya`ni o`qitiladigan kitoblar va ularning qaysi tartibda o`qish bilan tanishtirish yuzasidan o`quvchilarga ko`rsatma beriladi.
- Ikkinchi bosqichda shu o`quv materiallari asosida bilim, ko`nikma va malakalar shakllantiriladi.
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) boshlang`ich bosqich;
Tayyorgarlik davrida sinfdan tashqari o`qish uchun maxsus soat ajratiladi. Haftada 1 marta savod o`rgatish darsidan 15-20 daqiqa ajratiladi. Ikkinchi bosqichda sinfdan tashqari o`qish darslari hajmi ko`rsatilmagan. O`qish materiali, mavzular vazifalari yuzasidan ko`rsatmalar berilgan..
2-sinflarda sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish materiali, o`qish mavzulari, hosil qilinadigan bilim, ko`nikma va malakalar ko`rsatilgan.
3-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish doirasi, o`quv materiali, o`qish mavzulari aniq ko`rsatilgan.
4-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan.Bu sinf dasturida sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil qilish yuzasidan qisqacha umumiy tavsiya beriladi. Ammo o`quv materiali, o`qish mavzulari ko`rsatilmaydi.
Boshlang`ich ta’limda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyg`un holda tashkil etiladi. Sinfda o`qish darslari amalga oshiradigan quyidagi vazifalar sinfdan tashqari o`qish uchun ham taalluqlidir. Ular:
1. O`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlari: to`g`ri, tеz, ongli, ifodali o`qish malakalarini shakllantirish.
2. O`quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kеrakli bilimlarni olishga o`rgatish, kitobga muhabbat uyg`otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko`tarish.
3. O`quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kеngaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O`quvchilarni axloqiy, estеtik jihatdan yеtuk va mеhnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
5. O`quvchilarning bog`lanishli nutqini va adabiy-estеtik tafakkurini o`stirish.
6. O`quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elеmеntar adabiy tasavvurlarni shakllantirish.
Sinfdan tashqari o`qish darslari esa yuqoridagi qo`shimcha sifatida yana quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:
1. Kichik yoshdagi o`quvchilarni o`qish malakasini takomllashtiradi.
2. Kitobni mustaqil o`qiy oladigan, uni tushunadigan kitobxonni tarbiyalaydi.
3. Ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazеta va jurnallarni ham mustaqil o`qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi.
4. Sinfdan tashqari o`qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi.
5. Mustaqil kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qilgan kitobni to`g`ri baqolay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalaydi.
Mustаqillik tufаyli tа`lim tizimidаgi аmаlgа оshirilаyotgаn islоhоtlаr, tа`lim mаzmunidаgi o`zgаrishlаr bеvоsitа sinfdаn tashqai o`qish dаrslаrini tаshkil etishni tаkоmillаshtirishgа turtki bo`ldi. Bоshlаng`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish dаrslаrini tаshkil etish usullаrigа yangichа yondаshishni tаlаb etdi. Bu bоshlаng`ich sinf o`quv dаsturlаri vа dаrsliklаri, o‘quv qo‘llanmalarining yangi аvlоdini yarаtish zаruriyatini yazаgа kеltirdi. Аnа shu ehtiyoj bilаn 1-3- sinflar uchun ”Kitоbim – oftobim” 16 qo‘llanmalarining qayta ishlangan nashri chop etildi.
”Kitоbim – oftobim” qo‘llanmasi yangi yaratilgan badiiy adabiyot namunalari bilan doimiy ravishda boyib borilishi lozim. ”Kitоbim – oftobim” qo‘llanmasidа vа ulаrgа ishlаngаn mеtоdik qo`llаnmаlаrdа o`quvchilаrning mustаqil o‘qishga va mustaqil fikrlаshgа, bаdiiy аsаr mаtni ustidа izlаnishgа undаydigаn sаvоl-tоpshiriqlаr, ularni tashkil etish usullari ishlаb chiqilishi lоzim. Sinfdan tashqari o‘qish uchun nashr qilingan metodik adabiyotlardа matn ustida ishlash talab dаrаjаsidа dеb bo`lmаydi. ”Kitоbim – oftobim” qo‘llanmasidagi bаrchа sаvоllаrning tuzilishi vа mаzmuni DTS tаlаblаrigа to`liq mоs kеlishidаn qаt`i nаzаr ulаrni mukаmmаllаshtirа bоrish hаyotiy zаrurаtdir. Dаrsliklаrdа bеrilgаn sаvоl vа tоpshiriqlаr o`qituvchilаrning vа o`quvchilаrning qo`shimchа sаvоllаr-tоpshiriqlаri аsоsidа to`ldirilib bоrilsа, tа`limning yanа hаm mukаmmаlligigа erishilgаn bo`lаrdi.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish yuzasidan DTS, o`quv dasturi va “Kitobim-oftobim qo`llanmasi” tahlili natijalaridan quyidagilar aniqlandi:
- Boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari xususida alohida ko`rsatkich va talablar qo`yilmagan. Bizningcha, bu xususda o`ylab ko`rish lozim.
- Amaldagi o`quv dasturiga muvofiq o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini xosil qilish uchun 1-sinfda har haftada 15-20 daqiqa, 2-3-4- sinflarda esa 17 soatdan jami 51 soat ajratiladi. Demak, o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish uchun alohida ahamiyat berilgan.
- Dasturda har bir sinfda “Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi ajratilgan. Mana shu bo`limda berilgan metodik ko`rsatmalarda bir xillik, aniqlik, uzviylikka rioya qilinmagan.
- Boshlang`ich sinflar dasturida o`qish uchun adabiyotlar ro`yxati ko`rsatilmagan. Bu esa sinfdan tashqari o`qish darslarini samarali tashkil qilinishiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda.
I BOB BO`YICHA XULOSALAR
1. Sinfdan tashqari o`qishning jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan tizimi o`quvchilarni o`qishga qiziqtirish, ularning fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob bilan ishlash usullarini o`rgatish, og`zaki nutqini o`stirish, muntazam ravishda kitob o`qib borishga rag`bat uyg`otish – ma`naviy madaniyatini yuksaltira borish kelajak avlodni o`qitish va tarbiyalash jarayonidagi asosiy masalalardan hisoblanadi.
2. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari STO` darslarida shakllantirib boriladi. Amaldagi dasturda STO` darslariga 1-4- sinflarda jami 50 soatdan ortiq vaqt ajratiladi. Biroq dasturda shu ko`rsatilgan soatlarda o`rganiladigan asarlar ro`yxati berilmagan.
3. 1-4- sinflar ona tili o`quv dasturidagi ”Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi qayta ko`rib chiqilishi, unga aniqlik kiritilishi lozim.
4. Boshlang`ich sinflarda Davlat ta`lim standartiga o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikma va malakalarini belgilovchi ko`rsatkich va talablar kiritilishi maqsadga muvofiq bo`lar edi.
II BOB.BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
2.1 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil o‘qishga tayyorlash
Ulug` yozuvchilar tarixiga nazar tashlansa, iste`dodning tug`ulishi har kimda har xil kechganini ko`rish mumkin. Alisher Navoiy ilk yoshlaridanoq Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarini yod olgan, hali o`smirlik davridayoq ilk asarlari bilan mavlono Lutfiydek benazir shoirni hayratlarga solgan bo`lsa, Usmon Nosir balog`at yoshidayoq mashhurlik darajasiga erishgan edi. Taniqli bolalar shoiri Samuil Marshak 4-5 yoshlaridanoq she`r mashq qilib 11-12 yoshlarida ilk poemalarini yaratgan bo`lsa, Quddus Muhammadiy «O`quvchiga esdalik» nomli birinchi she`riy kitobini e`lon qilganida sal kam 40 yoshda bo`lgan.
Kichkintoylarning sevimli shoiri Tursunboy Adashboev so`zni so`zga juftlab, o`z hayrati-yu bor g`ayratini qog`ozga tushira boshlaganida 12-13 yoshlarda bo`lganini sog`inch bilan xotirlaydi. «Mening adabiyotga kirib kelishim, – deb yozadi shoir, – avvalo, muallimlarimning, qolaversa, Abdullajon Haitovday fidoiy, adabiyotga juda mehr qo`ygan odamlarning ta`siri tufayli bo`lgan, desam adashmayman.
Oltinchi sinfda o`qib yurgan kezlarim «Qizil O`zbekiston» (hozirgi «O`zbekiston ovozi») gazetasida mashhur olim Hodi Zarifning bir xati chiqdi. Xatda gazetxonlarga xalq ichidagi dostonlarni yozib olishga yordam so`rab murojaat etilgandi. Maktabimiz direktori gazetani olib kelib, qishloqdagi to`ylarda doston aytib yuradigan Olim qarg`a degan kishini topib, dostonini yozib jo`natgin, dedilar menga. Men bu haqda Hodi Zarifga xat yozdim. Hodi akadan: Uka, dostonning hech qayeriga qo`shmasdan, og`zidan qanday chiqsa shundayligicha yozib jo`natishingizni iltimos qilaman, degan javob keldi.
Bu «Yozi bilan Zebo» dostoni edi. Xullas, men Olim qarg`ani izladim, u kishi qo`shni qishloqda paxsa urayotgan ekan. Olim akani ish ustida topdim, tanishdim, maqsadimni aytdim. «Bo`ldi, menga bir hafta qog`oz qoralasam, senga doston aytib o`tirsam, tirikchiligim qolib ketadi. Kechqurunlari yozamiz», dedi. Kelishdik. Bir hafta deganda dostonni qoralab oldim va Hodi Zarif domlaga jo`natdim. Mana shu o`quvchilik yillaridagi qiziqishlarim meni katta adabiyotga yetaklagan bo`lsa, ajabmas».
Ko`rinadiki, ko`pchilik ijodkorlar mustaqil o`qish va izlanish natijasida buyuk kishilarga aylangan. Bu borada mustaqil o`qishga o`rgatuvchi sinfdan tashqari o`qish darslari bolalarni kichik yoshdan boshlab kitob o`qishga tayyorlaydi.
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish o`zining lingvodidaktik, pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko`ra bosqichlarga bo`lib o`rganishni taqozo etadi.
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishni guruhlash masalasi o`zbek olimlari K.Qosimovaning “Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi” kabi darsliklari va B. Ma`qulovaning “Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishning mazmuni va uni tashkil etish” nomli nomzodlik dissertatsiyasida o`z tatqiqot ob`yektlari nuqtai- nazardan yoritilgan.
B.Ma`qulova boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo`lgan:
1. Tayyorlov bosqichi (Bu bosqichga 1-sinf davrini kiritadi).
2. Ilk mutoala bosqichi (Bu bosqichga 2-3-sinf davrini kiritadi).
3. Mustaqil mutoala bosqichi (Bu bosqichga 4-sinf davrini kiritadi).
Biz ham sinfdan tashqari o`qish jarayonini shartli ravishda 3 davrga bo`ldik va unga quyidagicha yondashdek:
1. Tayyorlov bosqichi. Bunga 1-sinfning 1-yarim yilligida o`quvchilarni badiiy kitoblar bilan tanishtirish, badiiy asardan zavq ola bilishi, uni mustaqil o`qishga havas uyg`otish, o`qish texnikasi yuzasidan izchil tushunchalar berib borish, to`g`ri talaffuzga o`rgatish masalalar kiritildi.
2. Ilk mutoala bosqichi. Bu bosqichga 1-2-sinf o`quvchilarini badiiy kitoblar bilan tanishtirishdan mustaqil mutolaaga, tez, to`g`ri, ravon va ifodali o`qishga, o`qiganlari yuzasidan o`z taassurotlarini shakllantirishga oid masalalar kiritildi.
3. Mustaqil mutolaa bosqichi. Bu bosqichga 3-4-sinf o`quvchilarining badiiy asar mutoalasi bo`yicha dastlabki ikki sinfda egallagan ko`nikma va malakalari asosidagi kitobxonlik madaniyati darajasi, chunonchi, asar mavzusini to`g`ri belgilash, sujet voqealari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni aniqlash, adabiy qahramonlarning xatti-harakatiga o`zining shaxsiy munosabatini bildirish, tegishli xulosalar chiqarish, so`z zahirasini boyitish, badiiy asardan olgan taassurotlari asosida og`zaki hikoya tuzish, bayon, insho, taqriz, annotatsiya, tezis kabi yozma ijodiy ishlar yozish bilan bog`liq masalalar kiritildi. Avvalo maktabgacha tarbiya muassasida bolalarda baddiiy asarlarni eshitish ishtiyoqini va undan zavq olish tuyg`ularini uygotish lozim. Bog`cha yoshidagi bolalar xalq og`zaki ijodiga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bunga sabab tevarak-atrofida hayvonlarga, o`simlik, dov-daraxtlarga, meva-chevalarga bo`lgan mehr sabab bo`ladi. Ular ota-onalari, buvi-buvalaridan ertak, topishmoq eshitishni, hayotlarida yuz bergan voqealarni so`zlab berishlarini istaydi, yoqtiradi. Bu borada Hamid Olimjonning esdaliklarini eslash kifoya:
Ko`p ertak eshitardim,
So`ylab berardi buvim.
O`zi uchar gilamlar,
Bola bo`p qolgan chollar…
Bolalardagi bu ishtiyoqni so`ndirmaslik boshlang`ich sinf o`qituvchilarning zimmasidadir. Boshlang`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish bosqichlarining maqsad va vazifalarini anglagan holda o`qituvchi unga tayyorgalik ko`rishi lozim.
O`qituvchi sinfdan tashqari o`qishning qaysi bosqichi uchun reja tuzsa ham, o`quvchilarga mustaqil o`qish uchun tavsiya etadigan asarlarini o`zi o`qib- o`rganishi, mavzusiga ko`ra guruhlashi, miqdorini belgilab olishi va taqvim rejaga kiritishi, asar matnlari ustida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishi, sujeti, kompozitsiyasi, badiiy san`at vositalari, g`oyasi ustida ishlash mazmuni hamda usullarini aniqlab olmog`i zarur. Asar tavsiya qilishda yozuvchining ijodini qunt bilan o`rganishi, tavsiya qilgan asarlarida nimalarga diqqat qaratishlari yuzasidan yo`llanmalar berishi kerak.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlari va bilim saviyalari hisobga olinib ajratilgan har bir bosqichning o`z xususiyati mavjudligini ko`rib chiqdik. Bu haqda o`quv dasturida ham, darslikda ham ta`kidlab o`tilgan. Asosiy metodik muammo bu nimani o`qitish kerak va nima uchun aynan shunday o`qitish kerak savollariga javob topishdir.Ishimizning bu faslida yuqoridagi savol mohiyatini ochishga harakat qilamiz.
- Savod o`rgatish davri tayyorlov bosqichi uchun tavqim reja.
2-jadval
Birinchi bosqich- tayyorlov davri STO` darslarining texnologiyasi
1. Kirish suhbatlashish.
2. “Cho`pon yigit Shiroq” afsonasini eshittirish.
3. Afsona yuzasidan suhbat
1.Mashg`ulot maqsadini aytadi, o`quvchilarni mashg`ulotga
2.Kirish suhbatini uyushtiradi.(1-ilova)
3. Kitobni targ`ib qiladilar.
4. Matnni o`qib eshittiradi
5. Lug`at ishi “2-ilova”
6. O`qigan matn yuzasidan kichik suhbatni tashkil qiladi “3-ilova”
7. Rasm asosida matnni qayta hikoya qildiradi. (4-ilova)
Eshitadilar
Suhbatni tinglaydilar.
O`quvchilar kitobni varaqlab ko`radilar
Suhbatda ishtirok etadilar.
Matnni hikoya qilib beradilar.
Vazifani bilib oldilar
Darsning jihozi: asarga ishlangan rasmlar
- ilova
- Afsona sizga yoqdimi?
- Unda kimning qahramonligi hikoya qilingan?
- Shiroq nima uchun quloq, burnini kesdi?
- Shuroq kimning oldiga bordi?
- U shoh Doroga nima dedi?
- Shiroq Doro qo`shinlarini qayerga olib bordi?
- Shiroq nima deb qayqirdi.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling