2022 yil 30 dekabr – qisqartirilgan ish kuni boʻladimi
Natijada, 76 ta maktabda fransuz tili, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy va 3 tasida yapon tillari ikkinchi xorijiy til sifatida o`qitiladi. Shuningdek, o`quvchilar 10-sinfdan boshlab 64 ta ishchi kasb, 21 ta sohada tadbirkorlikka, 10 ta IT va “kreativ industriya” yo`nalishidagi kasblarga o`rgatiladi. Ushbu jarayonga yoshlar etakchilari va hududdagi taniqli tadbirkorlar jalb qilinadi.
O`zbekistonda yuqori sinf o`quvchilari o`zlari xohlagan fanni o`qishi mumkin bo`ladi
O`zbekistonda 2023/2024 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta ta`lim muassasalarida bosqichma-bosqich 10–11-sinf o`quvchilari 2 ta tanlov fanini (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu haqda 2022–2026 yillarga mo`ljallangan O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida nazarda tutilgan.
Davlat dasturiga ko`ra, 2023/2024 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta ta`lim muassasalarida bosqichma-bosqich o`quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko`nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko`nikmalarni shakllantirishga yo`naltirilgan yangi o`quv dasturlari amaliyotga kiritadi.
Yangi o`quv dasturi bo`yicha 10–11-sinf o`quvchilari o`qiydigan 14 ta majburiy fan 8 taga qisqartiriladi. Shu paytgacha 14 ta fanning haftalik yuklamasi 31 soatni tashkil etib, takomillashtirilgan o`quv rejasi asosida ushbu yuklama ham qisqartiriladi.
Bundan tashqari, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o`rta ta`lim muassasasida o`quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o`rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo`lga qo`yilishi belgilangan.
Natijada, 76 ta maktabda fransuz tili, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy va 3 tasida yapon tillari ikkinchi xorijiy til sifatida o`qitiladi. Shuningdek, o`quvchilar 10-sinfdan boshlab 64 ta ishchi kasb, 21 ta sohada tadbirkorlikka, 10 ta IT va “kreativ industriya” yo`nalishidagi kasblarga o`rgatiladi. Ushbu jarayonga yoshlar etakchilari va hududdagi taniqli tadbirkorlar jalb qilinadi.
- umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 1–4-sinflarida o`quvchilarni ilg`or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo`yicha o`qitish;
- 5–9-sinflarda o`quvchilarga umumta`lim fanlaridan tayanch bilimlar berish;
- 10–11-sinf o`quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo`lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.
2022 yil 30 dekabr – qisqartirilgan ish kuni boʻladimi
2022 yil 31 dekabr – ishla n maydigan kun. Shu munosabat bilan 2022 yil 30 dekabr dagi kundalik ish davomiyligi kamayadimi? Savolga ekspert va «Norm a » kadrlar хizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi :
– Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq, MKning 131-moddasida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati kamida bir soatga qisqartiriladi 28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 208-m. . Ushbu modda boʻyicha bizni 1 yanvar (Yangi yil) bayram kuni qiziqtiradi. Ushbu bayram arafasidagi kun – 31 dekabr – ishlanmaydigan kun, lekin bunda u MKning 131-moddasida nazarda tutilgan bayramlar roʻyхatiga kiritilmagan. Tegishincha, 2021 yil 30 dekabr хodimlarda qisqartirilgan emas, balki oddiy ish kuni sanaladi. 2021 yil dekabrda esa – 167 ish soati bor.
Shu bilan birga, tashkilotlar oʻzlarining moliyaviy imkoniyatlari va ishlab chiqarish sharoitlaridan kelib chiqib, MKning 4-modda 2-qismiga muvofiq хodimlar uchun qisqartirilgan ish kunini belgilashlari mumkin.
Davomini kadrovik.uz . da oʻqing.