Press "Enter" to skip to content

Maktablarda “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan fan tashkil etiladi

28/02/2023, 14:21:57

4 sinf ona tili darslik 2023 скачать

Muallif: Muborak Primova

Viloyat: Samarqand viloyati

Shahar yoki tuman: Kattaqo`rg`on

Maktab: 15-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi

Ko’rishlar soni: 960

Yuklab olishlar soni: 521

Baholagan o’qituvchilar soni : 214

Yuklab olish

Barcha sinflarda ona tili darslarida uyga berilgan topshiriqlar orqali ta’lim-tarbiya birligiga erishish bo’yicha uslubiy qo’llanma

Baholash

Reyting: 7.84 ball

Izohlar

Moxidaxon Axmadaliyeva

Bugungi kun talabiga javob beradi

28/02/2023, 15:46:46

Nuridil Zokirova

Ish faoliyatimda foydalanaman

28/02/2023, 15:24:34

Fotima Xo‘janazarova

Ishizga rivoj omad tilayman

28/02/2023, 14:21:57

Zoxidaxon Mamatqulova

Juda kerakli fikrlar berilgan

28/02/2023, 11:51:12

Zoxidaxon Mamatqulova

Juda kerakli fikrlar berilgan

28/02/2023, 11:50:24

Gulnoza Boqiyeva

Ushbu qo’llanmadan albatta darslarda foydalanamiz! Muallifga katta rahmat.

28/02/2023, 11:21:33

Shoxistaxon Qorayeva

Judayam chiroyli ommalashtirish bo‘libdi

28/02/2023, 11:18:12

Moxinisaxon Alibekova

Bu tavsiyalar menga yoqdi. Foydalanaman. Omad

28/02/2023, 09:23:42

Umidaxon Mamasoliyeva

Ustoz juda zo‘r tavsiyalar berilibdi

28/02/2023, 08:15:15

Dilorom Vakilova

Zor ajoyib

27/02/2023, 17:14:23

Gulchehra Amonova

Ustoz,omad tilayman

27/02/2023, 16:32:56

Iroda Rustamova

Ustoz ishingizda omad.

27/02/2023, 15:15:03

Iroda Tursunova

27/02/2023, 07:10:47

Iroda Tursunova

27/02/2023, 07:10:26

Sanobar Rajabova

Amalda qo’llab ko’ramiz

27/02/2023, 05:41:44

Anora Sattarova

Sattarova Anora, ishingiz zor, Omad

27/02/2023, 05:26:02

Munavvar Karimova

Ustoz omad

27/02/2023, 05:00:07

Dilnavoz Nazarova

Kerakli tavsiya chiqibdi

27/02/2023, 01:17:04

Baxtiyor Xolmatov

Assalomu alaykum ustozlar! Ustoz ishingiz zo‘r chiqqan omad ! Ajoyib ma‘lumotlar!

27/02/2023, 01:16:30

Nargiza Valiyeva

Tavsiya juda yaxshi, amalda qo’llaymiz

26/02/2023, 20:40:00

Soxiba Yunusova

25/02/2023, 21:28:59

Muyassar Sotvoldiyeva

Tavsiyalar o‘quv jarayoni uchun juda foydali

25/02/2023, 12:10:46

Shaxzoda Tadjimatova

Omadingizni bersin

25/02/2023, 04:54:33

Zulfiya Muxanbetova

Ishingizga omad��

25/02/2023, 02:26:18

Manzuraxon Abduraximova

Samarali usullarga boy bo’libdi

25/02/2023, 02:07:50

Bashorat Haqberdiyeva

25/02/2023, 01:45:44

Umida Hamroyeva

Uslubiy qo’llanma ajoyib.Omad

25/02/2023, 00:34:52

Shoxsanam Aslanova

Ushbu uslubiy qo‘llanmadan barcha fanlarda qo‘llasa,samarali natijalarga ega bo‘lamiz

24/02/2023, 16:44:20

Dildora Shamsiddinova

Juda yaxshi

24/02/2023, 15:52:56

Umida Hamroyeva

Uslubiy qo’llanma ajoyib.Omad!

24/02/2023, 15:51:22

Muxayyo Baxronova

Ajoyib, omad tilayman

24/02/2023, 15:05:31

Umida Hamroyeva

Uslubiy qo’llanma ajoyib.Omad

24/02/2023, 14:03:03

Bahora Axmedova

Iashingizga omad mavzu zamon talabiga mos

24/02/2023, 13:26:49

Gulchiroy Yuldasheva

Bugungi kun talabiga mos

23/02/2023, 15:40:13

Maxbuba Maxamatova

omad ustoz

23/02/2023, 09:19:11

Adiba Bekchanova

Qõllanmadan darslarimda foydalanaman

22/02/2023, 18:16:56

Surayyo Axmedova

Omadingizni bersin

22/02/2023, 16:36:22

Maxliyo Saidova

22/02/2023, 16:10:45

Munavvar Karimova

Ustoz ishingizni baholagan ekanman.Charchamang

22/02/2023, 15:52:36

Laylo Raxmanova

Omad ishingizga

22/02/2023, 14:51:13

Gulshoda Xakimova

Juda yaxshi chiqibdi

22/02/2023, 12:07:24

Munavvar Karimova

Baholadim ustoz,omad

22/02/2023, 11:47:48

Hulkar Boboqulova

Ommalashtirishga tavsiya qilaman

22/02/2023, 07:55:37

Madina Murodova

Ustoz , rahmat ! Ajoyib tezis .

09/02/2023, 06:29:15

Lobar Dagarova

06/02/2023, 17:44:17

Adiba Obloqulova

Juda ham ajoyib

03/02/2023, 15:52:01

Jasur Yo‘ldashov

Bu ommalashtirilayotgan ishda keng tajribalar asosidagi fikrlar bayon qilingan. Unda fakt va amaliy xulosalarga asoslanib kerakli ma‘lumotlarni berilganini ko‘rish mumkin.

01/02/2023, 05:30:27

Maktablarda “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan fan tashkil etiladi

Shu paytgacha Ona tili va Oʻqish fanlari alohida oʻqitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan yagona fan tashkil etiladi, deya xabar bermoqda Respublika taʼlim markazi matbuot xizmati.

Oʻqish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va sheʼrlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida koʻmaklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat.

Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan boʻlsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan.

Oʻqib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda oʻqib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar boʻladi.

Shu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga koʻproq urgʻu berilgan.

Ahamiyatli tomoni endi oʻqituvchilar uchun “Oʻqituvchi kitobi”, oʻquvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham boʻladi.

Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urgʻu berilgan. Yaʼni asosiy eʼtibor soʻz, uning maʼnolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lugʻat boyligi kabi tomonlarga qaratilgan.

Amaldagi darslikdan oʻrin olgan matnlarda bola yoshiga mos boʻlishidan koʻra, didaktik ahamiyatiga urgʻu berilgan. Taqdim etilayotgan didaktika esa yoshga mos, qiziqarli mavzulardagi matnlar hamda sheʼrlarga singdirilgan. Yozuvchilar bilan birgalikda matnlar qayta ishlab chiqilgan.

Darsliklardagi tushunarsiz boʻlishi mumkin boʻlgan soʻzlar izohsiz qoldirilar edi. Yangi darsliklarda bolaning tushunishi uchun qiyin boʻlgan soʻzlar darslikning orqa qismida maxsus lugʻatga joylashtirilgan. Bundan tashqari ular ustida alohida mashqlar ishlab chiqilgan.

Tayyorlanayotgan darslikda gapdan to yaxlit matn yaratishgacha boʻlgan jarayon tizimli ravishda ishlab chiqilgan. Avval gaplardagi boʻsh oʻrinlarni toʻldirishni boshlagan bola maʼlum mavzu doirasida kichik matn yarata olish darajasiga olib chiqiladi.

Shuningdek, darslikda oʻquvchilarning eng ogʻriqli muammosi boʻlgan ogʻzaki javob beriladigan, oʻgzaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ham ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan sheʼrni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan.

Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini toʻldiradigan, oʻzi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.

Maʼlum mavzu doirasida assotsiativ tasavvur darajasidan ogʻzaki yoki yozma matn yaratish darajasiga olib chiqishga qaratilgan taʼlim mazmuni ishlab chiqilgan.

Badiiy matnlar bilan ishlashda muallifning soʻz qoʻllash mahorati amaliy topshiriqlar orqali ochib berilgan.