Press "Enter" to skip to content

Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda noan’anaviy metodlardan foydalanish haqida tavsiyalar berib o‘tgan.

2018-2019 yil test sinovlari uchun tasdiqlangan darsliklar ro`yxati

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga 2018/2019-o‘quv yili qabuli uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha tavsiya etiladigan test savollari bazasi O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2017/2018-o‘quv yilida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida foydalanishga tavsiya etilgan quyidagi darsliklar asosida shakllantiriladi.

Yangi nashr munosabati bilan O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxatiga to‘ldirishlar kiritiladi.

Darslik nomi Sinf Yil Muallif
O‘zbek tilidagi adabiyotlar
Ona tili va adabiyot
Ona tili 5 sinf 2015 N.Mahmudov va b.
Ona tili 6 sinf 2017 N.Mahmudov va b.
Ona tili 7 sinf 2017 N.Mahmudov va b.
Ona tili 8 sinf 2014 M.Qodirov va b.
Ona tili 9 sinf 2014 N.Mahmudov va b.
Ona tili va adabiyot AL-kol 2014 A.Rafiyev va b.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili (1-3 qism) AL-kol 2011 A.Nurmonov va b.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili AL-kol 2010 G‘.Abduraxmanov
Adabiyot (1, 2 qism) 5 sinf 2015 S.Axmedov va b.
Adabiyot (1, 2 qism) 6 sinf 2017 S.Axmedov va b.
Adabiyot 7 sinf 2017 Q.Yo‘ldoshev va b.
Adabiyot (1, 2 qism) 8 sinf 2014 S.Olimov va b.
Adabiyot (1, 2 qism) 9 sinf 2014 Q.Yo‘ldoshev va b.
Adabiyot AL-kol 2010 B.To‘xliyev
Adabiyot (majmua 1-3 qism) AL-kol 2010 B.To‘xliyev va b.
Adabiyot qoidalari AL-kol 2011 X. Umirov
Ingliz tili
Ingliz tili «Fly High English» 5 sinf 2017 L.Jo‘rayev va b.
Ingliz tili «Fly High English» 6 sinf 2013 L.Jo‘rayev va b.
Ingliz tili «Fly High English» 7 sinf 2013 L.Tsoy va b.
Ingliz tili «Fly High English» 8 sinf 2014 L.Jo‘rayev va b.
Ingliz tili «Fly High English» 9 sinf 2014 L.Jo‘rayev va b.
Ingliz tili «English B1» (1 qism) AL-kol 2014 G.Bakiyeva va b.
Ingliz tili «English B1» (2 qism) AL-kol 2015 G.Bakiyeva va b.
Ingliz tili «English B1» (3 qism) AL-kol 2016 F.Rashidova va b.
Ingliz tili (1-3 qism) AL-kol 2007 M.Gadoyeva va b.
Ingliz tili (1 qism) AL-kol 2011 Q.Sattorov va b.
Ingliz tili (2 qism) AL-kol 2011 O.Mo‘minov va b.
Ingliz tili (3 qism) AL-kol 2011 G.Bakiyeva va b.
Ingliz tili gramatikasi AL-kol 2011 M.Gapparov
Nemis tili
Nemis tili «Deutsch» 5 sinf 2017 M.Qiyomova va b.
Nemis tili «Assalom, Deutsch!» 6 sinf 2013 N.Suxanova va b.
Nemis tili «Assalom, Deutsch!» 7 sinf 2013 N.Suxanova va b.
Nemis tili «Assalom, Deutsch!» 8 sinf 2014 N.Suxanova va b.
Nemis tili «Deutsch» 9 sinf 2014 M.Dadaxodjayeva.va b.
Nemis tili «Deutsch» (1 qism) AL-kol 2014 S.Abdullayeva va b.
Nemis tili «Deutsch» (2 qism) AL-kol 2015 S.Abdullayeva va b.
Nemis tili «Deutsch» (3 qism) AL-kol 2016 S.Abdullayeva va b.
Nemis tili (1 qism) AL-kol 2011 M.Dadaxo‘jayeva
Nemis tili (2 qism) AL-kol 2011 A.Abdullayeva
Nemis tili (3 qism) AL-kol 2011 G.Pan
Nemis tili AL-kol 2010 V.Zardinova
Nemis tili grammatikasi AL-kol 2002 K.Tanikulova
Fransuz tili
Fransuz tili «Bonjour la France» 5 sinf 2017 A.Nosirov va b.
Fransuz tili «Voyage en France» 6 sinf 2013 Z.Abdushukurova va b.
Fransuz tili «Bon voyage» 7 sinf 2013 V.Buxin va b.
Fransuz tili «Le nouveau voyage en France» 8 sinf 2014 Z. Abdushukurova va b.
Fransuz tili «D’un Etat a l’autre» 9 sinf 2014 S. Raxmonov va b.
Fransuz tili «Job ou Formation?» (1 qism) AL-kol 2014 Z.Davronova va b.
Fransuz tili «Job ou Formation?» (2 qism) AL-kol 2015 S.Umarova va b.
Fransuz tili «Job ou Formation?» (3 qism) AL-kol 2016 M.Jo`rayeva va b.
Fransuz tili (1 qism) AL-kol 2011 M. Ubaydullayeva
Fransuz tili (2 qism) AL-kol 2011 J.Yoqubov
Fransuz tili (3 qism) AL-kol 2011 L.Abdushukurova
Fransuz tili AL-kol 2002 S.Mirsagatova
Tarix
Tarix 6 sinf 2017 A.Sagdullayev va b.
O‘zbekiston tarixi 7 sinf 2017 A.Muhammadjonov
O‘zbekiston tarixi 8 sinf 2014 Q.Usmonov va b.
O‘zbekiston tarixi 9 sinf 2014 S.Tillayev va b.
O‘zbekiston tarixi (1 qism) AL-kol 2014 Q.Usmonov va b.
O‘zbekiston tarixi (2 qism) AL-kol 2012 Q.Usmonov va b.
Jahon tarixi 7 sinf 2017 T.Salimov va b.
Jahon tarixi 8 sinf 2014 U.Jo‘rayev va b.
Jahon tarixi 9 sinf 2014 M.Lafasov va b.
Jahon tarixi AL-kol 2013, 2014 M.Lafasov va b.
Matematika
Matematika 5 sinf 2015 B.Haydarov
Matematika 6 sinf 2017 M.Mirzaahmedov va b.
Algebra 7 sinf 2017 Sh.Alimov va b.
Algebra 8 sinf 2014 Sh.Alimov va b.
Algebra 9 sinf 2014 Sh.Alimov va b.
Algebra va matematik analiz asoslari (1, 2 qism) AL-kol 2014 A.Abduxamidov va b.
Algebra va analiz asoslari AL-kol 2003 R.Vafoyev va b.
Matematika (1, 2 qism) AL-kol 2014 A.Meliqulov va b.
Geometriya 7 sinf 2017 A.Azamov va b.
Geometriya 8 sinf 2014 A.Raximqoriyev
Geometriya 9 sinf 2014 B.Haydarov va b.
Geometriya (1, 2 qism) AL-kol 2010 I.Isroilov va b.
Geometriya AL-kol 2005 X.Sayfullayeva
Informatika
Informatika 5 sinf 2016 D.Kamoliddinova
Informatika 6 sinf 2017 B.Boltayev va b.
Informatika 7 sinf 2017 B.Boltayev va b.
Informatika 8 sinf 2015 B.Boltayev va b.
Informatika 9 sinf 2015 B.Boltayev va b.
Informatika va axborot texnologiyalari AL-kol 2013, 2014 A.Sattorov
Informatika AL-kol 2002 A.Ahmedov va b.
Informatika AL-kol 2002 M.Aripov va b.
Informatika AL-kol 2012 R.Boqiyev
Informatika AL-kol 2005 U.Yo‘ldoshev va b.
Fizika
Fizika 6 sinf 2017 N.Turdiyev
Fizika 7 sinf 2017 P.Xabibullayev va b.
Fizika 8 sinf 2014 P.Xabibullayev va b.
Fizika 9 sinf 2014 P.Xabibullayev va b.
Fizika (1, 2 qism) AL-kol 2014 A.G‘aniyev va b.
Mexanika va molekular fizika AL-kol 2010 M.O‘lmasova
Fizika AL-kol 2010 M.O‘lmasova
Fizika (optika, atom va yadro fizika) AL-kol 2010 M.O‘lmasova
Fizika (1-3 qism) AL-kol 2002-2004 A.No‘monxo‘jayev va b.
Biologiya
Botanika 5 sinf 2015 O‘.Pratov va b.
Biologiya(Botanika) 6 sinf 2017 O‘.Pratov va b.
Biologiya(Zoologiya) 7 sinf 2017 O.Mavlonov
Odam va uning salomatligi 8 sinf 2014 B.Aminov va b.
Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari 9 sinf 2014 A.Zikiryayev va b.
Biologiya AL-kol 2014 A.Gofurov va b.
Kimyo
Kimyo 7 sinf 2017 I.Asqarov va b
Kimyo 8 sinf 2014 I.Asqarov va b.
Kimyo 9 sinf 2014 I.Asqarov va b.
Kimyo AL-kol 2010 M.Abdullayeva
Kimyo AL-kol 2014 I.Tirkashev va b
Anorganik kimyo AL-kol 2016 I.Toshev va b.
Organik kimyo AL-kol 2011 A.Abdusamatov
Geografiya
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi 5 sinf 2015 P.G‘ulomov va b.
Geografiya 6 sinf 2017 A.Soatov va b.
Geografiya 7 sinf 2017 P.G‘ulomov va b.
Geografiya 8 sinf 2014 P. Musayev va b.
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi 9 sinf 2014 A. Qayumov va b
Amaliy geografiya AL-kol 2013 A.Rafiyev va b.
Iqtisodiy va siyosiy geografiya asoslari AL-kol 2003 A.Soliyev va b.
Литературы на русском языке
Русский язык и литература
Русский язык 5 класс 2015 В.Зеленина и др.
Русский язык 6 класс 2017 В.Зеленина
Русский язык 7 класс 2017 М.Рожнова
Русский язык 8 класс 2014 В.Зеленина и др.
Русский язык 9 класс 2014 В.Зеленина и др.
Рус тили (рус тилида) для колледжей АЛ-кол 2011 Д.Жураева
Родной язык (академ лицей) АЛ-кол 2011 Т.Кельдиев и др.
Учебное пособие по русскому языку АЛ-кол 2013 Е.Маслова, И.Циндидис
Литература 5 класс 2015 Н.Сергеева и др.
Литература (1,2 часть) 6 класс 2017 И.Стыркас и др.
Литература 7 класс 2017 В.Андрианова и др.
Литература (1,2 часть) 8 класс 2014 И.П.Варфоломеев и др
Литература (1,2 часть) 9 класс 2014 Г.Гарипова и др.
Учебник литературы (вторая половина ХIХ века) АЛ-кол 2013 Е.Маслова, И.Циндидис
Узбекская литература АЛ-кол 2013 С.А.Камилова
Литература АЛ-кол 2011 Н.Миркурбанов
Литературы (Русская литература ХХ начала XXI в.) АЛ-кол 2016 И.Циндидис, Е.Маслова
Литературы (Русская литература ХVIII первая половина XIX в.) АЛ-кол 2016 И.Циндидис, Е.Маслова
Английский язык
Английский язык «Fly High English» 5 класс 2017 Л.Жураев и др.
Английский язык «Fly High English» 6 класс 2013 Л.Жураев и др.
Английский язык «Fly High English» 7 класс 2013 Л.Цой и др.
Английский язык «Fly High English» 8 класс 2014 Л.Жураев и др.
Английский язык «Fly High English» 9 класс 2014 Л.Жураев и др.
Английский язык «English B1» (1 часть) AL-kol 2014 Г.Бакиева и др.
Английский язык «English B1» (2 часть) AL-kol 2015 Г.Бакиева и др.
Английский язык «English B1» (3 часть) AL-kol 2016 Ф.Рашидова и др.
Английский язык (1-3 часть) АЛ-кол 2007 М.Гадоева и др.
Английский язык (1 часть) АЛ-кол 2011 К.Саттаров и др.
Английский язык (2 часть) АЛ-кол 2011 О.Муминов и др.
Английский язык (3 часть) АЛ-кол 2011 Г.Бакиева и др.
Грамматика английского языка АЛ-кол 2011 М.Гаппаров
Немецкий язык
Немецкий язык «Deutsch» 5 класс 2017 М.Киямова и др.
Немецкий язык «Assalom, Deutsch!» 6 класс 2013 Н.Суханова и др.
Немецкий язык «Assalom, Deutsch!» 7 класс 2013 Н.Суханова и др.
Немецкий язык «Assalom, Deutsch!» 8 класс 2014 Н.Суханова и др.
Немецкий язык «Deutsch» 9 класс 2014 М.Дадаходжаева и др.
Немецкий язык «Deutsch» (1 часть) AL-kol 2014 С.Абдуллаева и др.
Немецкий язык «Deutsch» (2 часть) AL-kol 2015 С.Абдуллаева и др.
Немецкий язык «Deutsch» (3 часть) AL-kol 2016 С.Абдуллаева и др.
Немецкий язык (1 часть) АЛ-кол 2011 М.Дадаходжаева
Немецкий язык (2 часть) АЛ-кол 2011 А.Абдуллаева
Немецкий язык (3 часть) АЛ-кол 2011 Г.Пан
Немецкий язык АЛ-кол 2010 В.Зардинова
Немецкий язык grammatikasi АЛ-кол 2002 К.Таникулова
Французский язык
Французский язык «Bonjour la France» 5 класс 2017 А.Носиров и др.
Французский язык «Voyage en France» 6 класс 2013 З.Абдушукурова и др.
Французский язык «Bon voyage» 7 класс 2013 В.Бухин и др.
Французский язык «Le nouveau voyage en France» 8 класс 2014 З.Абдушукурова и др.
Французский язык «D’un Etat a l’autre» 9 класс 2014 С.Рахмонов и др.
Французский язык «Job ou Formation?» (1 часть) AL-kol 2014 З.Давронова и др.
Французский язык «Job ou Formation?» (2 часть) AL-kol 2015 С.Умарова и др.
Французский язык «Job ou Formation?» (3 часть) AL-kol 2016 М.Жураева и др.
Французский язык (1 часть) АЛ-кол 2011 М.Убайдуллаева
Французский язык (2 часть) АЛ-кол 2011 Ж.Якубов
Французский язык (3 часть) АЛ-кол 2011 Л.Абдушукурова
Французский язык АЛ-кол 2002 С.Мирсагатова
История
История 6 класс 2017 А.Сагдуллаев и др.
История Узбекистана 7 класс 2017 А.Мухаммаджанов
История Узбекистана 8 класс 2014 К.Усманов и др.
История Узбекистана 9 класс 2014 С.Тиллаев и др.
История Узбекистона (1 часть) АЛ-кол 2011 К.Усманов и др.
История Узбекистона (2 часть) АЛ-кол 2011 К.Усманов и др.
Всемирная история 7 класс 2017 Т.Салимов и др.
Всемирная история 8 класс 2014 У.Жураев и др.
Всемирная история 9 класс 2014 М.Лафасов и др.
Всемирная история АЛ-кол 2009, 2011 М.Лафасов и др.
Математика
Математика 5 класс 2015 Б.Хайдаров
Математика 6 класс 2017 М.Мирзаахмедов и др.
Алгебра 7 класс 2017 Ш.Алимов и др.
Алгебра 8 класс 2014 Ш.Алимов и др.
Алгебра 9 класс 2014 Ш.Алимов и др.
Алгебра и основы математического анализа (1, 2 часть) АЛ-кол 2016 Э.Сайдаматов и др.
Геометрия 7 класс 2017 А.Азамов и др.
Геометрия 8 класс 2014 А..Рахимкориев
Геометрия 9 класс 2014 Б.Хайдаров и др.
Геометрия (1 часть) АЛ-кол 2005, 2010 И.Исроилов
Геометрия АЛ-кол 2002 К.Абдуллаeв
Информатика
Информатика 5 класс 2016 Д.Камолиддинова
Информатика 6 класс 2017 Б.Болтаев и др.
Информатика 7 класс 2017 Б.Болтаев и др.
Информатика 8 класс 2015 Б.Болтаев и др.
Информатика 9 класс 2015 Б.Болтаев и др.
Информатика и информационные технологии АЛ-кол 2016 А.Сатторов
Информатика АЛ-кол 2003 Ш.Комилов
Информатика АЛ-кол 2004 Т.Косимова и др
Физика
Физика 6 класс 2017 Н.Турдиев
Физика 7 класс 2017 П.Хабибуллаев и др.
Физика 8 класс 2014 П.Хабибуллаев и др.
Физика 9 класс 2014 П.Хабибуллаев и др.
Физика (1 часть) АЛ-кол 2016 Т.Оплачко и др
Физика (2часть) АЛ-кол 2016 Т.Оплачко и др
Биология
Ботаника 5 класс 2015 У.Пратов и др.
Биология(Ботаника) 6 класс 2017 У.Пратов и др.
Биология(Зоология) 7 класс 2017 О.Мавлонов
Человек и его здоровье 8 класс 2014 Б.Аминов и др.
Биология. Основы цитологии и генетики 9 класс 2014 А.Зикиряев и др.
Биология АЛ-кол 2013 Абдукаримов
Химия
Химия 7 класс 2017 И.Аскаров и др.
Химия 8 класс 2014 И.Аскаров и др.
Химия 9 класс 2014 И.Аскаров и др.
Химия АЛ-кол 2016 С.Машарипов и.др.
Химия АЛ-кол 2011 И.Тиркашев и.др.
География
Физическая география начальный курс 5 класс 2015 П.Гулямов и др.
География 6 класс 2017 А.Соатов и др.
География 7 класс 2017 П.Гулямов и др.
География 8 класс 2014 П. Мусаев и др.
Экономическая и социальная география мира 9 класс 2014 А.Каюмов и др.
Прикладная география АЛ-кол 2016 А.Рафиков
Qaraqalpaq tilindegi adebiyatlar
Qaraqalpaq tili ham debiyat
Ana tili (Qaraqalpaq tili) 5-klass 2015 E.Berdimuratov ham b.
Ana tili (Qaraqalpaq tili) 6-klass 2017 M.Davletov ham b.
Ana tili (Qaraqalpaq tili) 7-klass 2017 M.Davletov ham b.
Qaraqalpaq tili 8-klass 2014 M.Davletov ham b.
Qaraqalpaq tili 9-klass 2014 M.Davletov ham b.
Qaraqalpaq tili AL-kol 2010 M.Davletov ham b.
A’debiyat 5-klass 2015 J.Pirniyazov ham b.
adebiyat 6-klass 2017 Z.Ayjanova ham b.
adebiyat 7-klass 2017 K.Mambetov ham b.
adebiyat 8-klass 2014 K.Mambetov ham b.
adebiyat 9-klass 2014 T.Mambetniyazov ham b.
Qaraqalpaq adebiyatı AL-kol 2010 Q.Jarimbetov
Ingliz tili
Ingliz tili «Fly High English» 5-klass 2017 L.Jo‘rayev ham b.
Ingliz tili «Fly High English» 6-klass 2013 L.Jo‘rayev ham b.
Ingliz tili «Fly High English» 7-klass 2013 L.Tsoy ham b.
Ingliz tili «Fly High English» 8-klass 2014 L.Jo‘rayev ham b.
Ingliz tili «Fly High English» 9-klass 2014 L.Jo‘rayev ham b.
Ingliz tili «English B1» (1 bo‘lim) AL-kol 2014 G.Bakiyeva ham b.
Ingliz tili «English B1» (2 bo‘lim) AL-kol 2015 G.Bakiyeva ham b.
Ingliz tili «English B1» (3 bo‘lim) AL-kol 2016 F.Rashidova ham b.
Ingliz tili (1-3 bo‘lim) AL-kol 2007 M.Gadoyeva ham b.
Ingliz tili (1 bo‘lim) AL-kol 2011 Q.Sattorov ham b.
Ingliz tili (2 bo‘lim) AL-kol 2011 O.Mo‘minov ham b.
Ingliz tili (3 bo‘lim) AL-kol 2011 G.Bakiyeva ham b.
Ingliz tili gramatikasi AL-kol 2011 M.Gapparov
Nemis tili
Nemis tili «Deutsch» 5-klass 2017 Z.Qiyamova ham b.
Nemis tili «Assalom, Deutsch!» 6-klass 2013 N.Suxanova ham b.
Nemis tili «Assalom, Deutsch!» 7-klass 2013 N.Suxanova ham b.
Nemis tili «Assalom, Deutsch!» 8-klass 2014 N.Suxanova ham b.
Nemis tili «Deutsch» 9-klass 2014 M.Dadaxodjayeva ham b.
Nemis tili «Deutsch» (1 bo‘lim) AL-kol 2014 S.Abdullayeva ham b.
Nemis tili «Deutsch» (2 bo‘lim) AL-kol 2015 S.Abdullayeva ham b.
Nemis tili «Deutsch» (3 bo‘lim) AL-kol 2016 S.Abdullayeva ham b.
Nemis tili (1 bo‘lim) AL-kol 2011 M.Dadaxo‘jayeva
Nemis tili (2 bo‘lim) AL-kol 2011 A.Abdullayeva
Nemis tili (3 bo‘lim) AL-kol 2011 G.Pan
Nemis tili AL-kol 2010 V.Zardinova
Nemis tili grammatikasi AL-kol 2002 K.Taniqulova
Francuz tili
Fransuz tili «Bonjour la France» 5-klass 2017 A.Nosirov ham b.
Fransuz tili 6-klass 2013 Z.Abdushukurova ham b.
Fransuz tili 7-klass 2013 V.Buxin ham b.
Fransuz tili «Le nouveau voyage en France» 8-klass 2014 Z. Abdushukurova ham b.
Fransuz tili «D’un Etat a l’autre» 9-klass 2014 S. Raxmonov ham b.
Fransuz tili «Job ou Formation?» (1 bo‘lim) AL-kol 2014 Z.Davronova ham b.
Fransuz tili «Job ou Formation?» (2 bo‘lim) AL-kol 2015 S.Umarova ham b.
Fransuz tili «Job ou Formation?» (3 bo‘lim) AL-kol 2016 M.Jo`rayeva ham b.
Fransuz tili (1 bo‘lim) AL-kol 2011 M. Ubaydullayeva
Fransuz tili (2 bo‘lim) AL-kol 2011 J.Yoqubov
Fransuz tili (3 bo‘lim) AL-kol 2011 L.Abdushukurova
Fransuz tili AL-kol 2002 S.Mirsagatova
Tariyx
Tariyxtan gúrrińler 5-klass 2015 U.Jo‘rayev ham b.
Tariyx 6-klass 2017 A.Sagdullaev ham b.
o‘zbekistan tariyxı 7-klass 2017 A.Muhammadjonov
o‘zbekistan tariyxı 8-klass 2014 Q.Usmonov ham b.
o‘zbekistan tariyxı 9-klass 2014 S.Tillayev ham b.
o‘zbekistan tariyxı (1, 2 bo‘lim) AL-kol 2012 Q.Usmonov ham b.
Jahan tariyxı 7-klass 2017 T.Salimov ham b.
Jahan tariyxı 8-klass 2014 U.Jo‘rayev ham b.
Jahan tariyxı 9-klass 2014 M.Lafasov ham b.
Jahan tariyxı AL-kol 2006 M.Lafasov ham b.
Qaraqalpaqstan tariyxı boyınsha gúrrińler 5-klass 2014 S.Kamolov ham b.
Qaraqalpaqstan tariyxı 6-klass 2014 А.Koshanov
Qaraqalpaqstan tariyxı 7-klass 2014 А.Koshanov
Qaraqalpaqstan tariyxı 8-klass 2014 М.Тlewmuratov ham b.
Qaraqalpaqstan tariyxı 9-klass 2015 S.Kamalov ham b.
Matematika
Matematika 5-klass 2015 B.Haydarov
Matematika 6-klass 2017 M.Mirzaahmedov ham b.
Algebra 7-klass 2017 Sh.Alimov ham b.
Algebra 8-klass 2014 Sh.Alimov ham b.
Algebra 9-klass 2014 Sh.Alimov ham b.
Algebra ham matematikalıq analiz tiykarları (1, 2 bo‘lim) AL-kol 2005 A.Abduxamidov ham b.
Matematika (1, 2 bo‘lim) AL-kol 2004 A.Meliqulov ham b.
Geometriya 7-klass 2017 A.Azamov ham b.
Geometriya 8-klass 2014 А.Rahimqoriyev
Geometriya 9-klass 2014 B.Haydarov ham b.
Geometriya AL-kol 2006 X.Sayfullayeva
Informatika
Informatika 5-klass 2016 D.Kamoliddinova
Informatika 6-klass 2017 B.Boltayev ham b.
Informatika 7-klass 2017 B.Boltayev ham b.
Informatika 8-klass 2015 B.Boltayev ham b.
Informatika 9-klass 2015 B.Boltayev ham b.
Informatika AL-kol 2006 A.Sattorov
Fizika
Fizika 6-klass 2017 N.Turdiyev
Fizika 7-klass 2017 P.Xabibullayev ham b.
Fizika 8-klass 2014 P.Xabibullayev ham b.
Fizika 9-klass 2014 P.Xabibullayev ham b.
Fizika (1 ham 2 bo‘lim) AL-kol 2010 A.G‘aniyev ham b.
Biologiya
Botanika 5-klass 2015 O‘.Pratov ham b.
Biologiya(Botanika) 6-klass 2017 O‘.Pratov ham b.
Biologiya(Zoologiya) 7-klass 2017 О.Mavlonov
Odam ham onıń den sawlıģı 8-klass 2014 B.Aminov ham b.
Biologiya. Sitologiya ham genetika tiykarları 9-klass 2014 A.Zikiryayev ham b.
Biologiya AL-kol 2012 A.Gofurov ham b.
Ximiya
Ximiya 7-klass 2017 I.Asqarov ham b.
Ximiya 8-klass 2014 I.Asqarov ham b.
Ximiya 9-klass 2014 I.Asqarov ham b.
Ximiya AL-kol 2005 I.Tirkashev ham b
Geografiya
Tabiyiy geografiya daslepki kursı 5-klass 2015 P.G‘ulomov ham b.
Geografiya 6-klass 2017 A.Soatov ham b.
Geografiya 7-klass 2017 P.G‘ulomov ham b.
Geografiya 8-klass 2014 P.Musayev ham b.
Jahan ekonomikalıq – sociallıq geografiyası 9-klass 2014 A. Qayumov ham b.
Qaraqalpaqstan tabiyiy geografiyası 7-klass 2005 Jabbarbergenov ham b.
Qaraqalpaqstan ekonomikalıq ham sociallıq geografiyası 8-klass 2004, 2008 E.Umarov ham b.
Amaliy geografiya AL-kol 2006 A.Rafiyev ham b.

Mavzuga doir

Davlat test markazi veb-sayti boshqa manzilga ko‘chmoqda

Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari

Ниёзова, Муаззам. Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari / Муаззам Ниёзова, Давлатхон Рустамова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 4 (294). — С. 480-481. — URL: https://moluch.ru/archive/294/66754/ (дата обращения: 05.03.2023).

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda noan’anaviy metodlardan foydalanish haqida tavsiyalar berib o‘tgan.

Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiya, interaktiv metod, qobiliyat, uslub, topqirlik, ijodkorlik, noan’anaviy metodlar.

В статье рассмотрены вопросы использования интерактивных методов обучения на уроках родного языка. Автор отмечает, что использование интерактивных методов на уроках родного языка существенно повышает их качество. Также предлaгает нетрадиционные методы концентрации внимания учащихся общеобразовательных школ.

Ключевые слова: педагогические технологии, интерактивные методы, способность, находчивость, творческая деятельность.

The article deals with interactive teaching approaches in mother tongue lessons. On the basis of concrete examples the author states that applying interactive methods significantly improves the quality of mother tongue lessons and offers nontraditional methods focused on elementary school children.

Key words: pedagogical technology, interactive methods, ability, style, resourcefulness, creative work.

Ma`lumki, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab, o‘quvchilarga chuqur bilim berish boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirildi. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchisining aqlan rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib, o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, zarur xulosalarga kelishga, tahlil qilish va olingan bilimlarni amaliyotga qo‘llashga o‘rgatadi. O‘qituvchining asosiy vazifasi esa, o‘quvchilarga aniq yo‘nalish berish, to‘g‘ri xulosalarni aytishdan iborat. Interaktiv metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, o‘qituvchi o‘quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina to‘g‘ri xulosani aytadi, natijada o‘quvchi o‘z xatosini tushunib, fikrlashdan to‘xtamaydi va ular o‘rtasidagi doimiy faollik ta’minlanadi. Ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar diqqati beqaror bo‘lib, 1-sinf o‘quvchisi uchun biroz muammolar yuzaga kelishiga olib keladi. Ana shu vaziyatda o‘quvchilar diqqatini jamlashda qiziqarli interaktiv metodlarning ahamiyati katta. O‘quvchilarga rasmli topshiriqlarni bajartirish, ularni fikrlashga, topqirlikka, ijodkorlikka undaydi hamda yozma va og‘zaki nutqini o‘stirib, lug‘at boyligini oshiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining topqirligini, harflarni eslab qolish qobiliyatini o‘stirishda quyidagi metodlar samarali natijalar beradi:

“Kungaboqar” metodi. Kungaboqar rasmi o‘rtasida ova uunlilari, uning atrofida esa, undosh harflar yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar undosh va bitta unli harflarni qo‘shib, bir necha so‘zlar tuzishadi. O‘yin davomida o‘rtadagi unlilarni almashtirish ham mumkin. O‘quvchilar mustaqil ravishda daftarlariga tuzgan so‘zlarini yozadilar. Bu jarayonda hamma o‘quvchilar baravar ishtirok etishadi. O‘qituvchi esa mashg‘ulot davomida eng faol qatnashganlarni rag‘batlantirib, baholab boradi. Ushbu usuldan yozuv darslarida ham, alifbe darslarida ham foydalanishimiz mumkin. O‘quvchi qancha ko‘p harf o‘rgansa shu harflarni qo‘shib so‘z yasay oladi. Birinchi va ikkinchi kungaboqarda berilgan harflardan shunday so‘zlar yasashimiz mumkin. Masalan: olam, olcha, ota, osmon, usta, uka, uxla. Alifbe darsligi tugagandan so‘ng 1-sinf ona tili kitobida dastlab o‘quvchilarga “Tovush va harf” haqida ma’lumotlar beriladi. Mavzular sekin-asta murakkablashib boradi. Bu holat muayyan qiyinchilik tug‘dirib, biroz bo‘lsa-da o‘quvchilarning darsdan zerikishiga sabab bo‘ladi. Shunday holatlarda interaktiv metodlardan foydalanish samarali natija beradi. Yuqorida ko‘rsatilgan kungaboqar metodimiz ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.

“Tovush va harf” bo‘limining dastlabki mashqlari ham o‘quvchilarning og‘zaki nutqini shakllantirish uchun berilgan. Ushbu metod orqali darsni mustahkamlash mumkin. Bu usul ona tili darslarini qiziqarli tashkil etish, darslarda o‘quvchilarning toliqib qolishlarining oldini olish va qisqa vaqt davomida ko‘proq o‘quvchilarni baholashga xizmat qiladi.

“Sinkveyn” metodi. Sinkveyn so‘zining ma’nosi “beshlik” bo‘lib, “Qofiyalanmagan besh qatorlik she’r” degan ma’noni anglatadi. O‘quvchilar “Sinkveyn” metodidan foydalanib, qofiyalanmagan besh qatordan iborat she’r yozadilar. Bunga ko‘ra birinchi qator bitta so‘zdan iborat bo‘lishi va bu ot so‘z turkumiga oid so‘z bo‘lishi, ikkinchi qator ikkita so‘zdan iborat bo‘lishi va bu sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar bo‘lishi, uchinchi qator uchta so‘zdan iborat bo‘lishi va bu fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlar bo‘lishi, to‘rtinchi qatorda to‘liq bir maqol keltirilishi va beshinchi qatorda birinchi qatordagi so‘zga sinonim bo‘lgan bir so‘z qo‘yilishi mumkin. Ushbu metoddan 2-, 3-sinflarga o‘tgandan keyin o‘quvchilar so‘z turkumlari haqida tushunchalarga ega bo‘lganlaridan so‘ng foydalanishi mumkin. 2-sinf ona tili darsligida so‘z bo‘limida shaxs va narsaning nomini, harakatini, belgisini, sanoq va tartibini bildirgan so‘zlar haqida ilk morfologik tushunchalar berilgan. O‘qituvchi o‘quvchining fikrini tinglaydi va shu bilan birga, o‘quvchilarni ham birbirlarining so‘zlariga e’tibor bilan qarashga o‘rgatadi. E’tiroz yoki qo‘shimchalar ham “hurmatli”, “sizlarning fikringizga qo‘shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so‘zlar orqali bildiriladi. Bu tarzda tashkil etilgan darsda o‘quvchi hech qanday tazyiqsiz erkin fikrlay boshlaydi va o‘z fikrlarini ochiq bayon etadi, boshqalarni ham hurmat qilishga o‘rganadi. Boshlang‘ich ta’limda ona tili o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, lug‘at boyligini oshirish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish (ya’ni to‘g‘ri o‘qish va yozish)ga, fonetika, leksika, so‘z yasalishi va gramatikaga oid bilimlarni o‘rganish uchun zamin yaratishga xizmat qilishi lozim. Ma’lumki, ona tili darsida ham lug‘at ishlarini o‘tkazish o‘quvchilarda o‘zi uchun notanish bo‘lgan so‘zni izohi haqida qiziqish paydo bo‘ladi. Bu so‘zlarning izohini topishda o‘quvchining o‘zi mustaqil izlanishi maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi metod o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish bilan bir qatorda lug‘at bilan ishlashga ham o‘rgatadi.

Darslarda interaktiv usullar qo‘llashni shunday tashkil etish kerakki, bunda sinfdagi barcha o‘quvchilar faollashishi zarur, ya’ni dars o‘tish jarayonida o‘quv materiallarining ma’lum bir qismi o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘rganiladi. O‘qituvchi o‘quv jarayoni tashkilotchisi, rahbari, nazoratchisi hamdir. O‘quvchilarning sinfda o‘zini erkin his qilishi va o‘quv faoliyati uni emotsional jihatdan qoniqtirishi lozim, ana shundagina u o‘zining fikrlarini erkin bayon qila oladi.

Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi bunday texnologiyani puxta bilishi, hamda uni amaliyotda o‘rganiladigan til materiallarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni to‘g‘ri qo‘llay olishi lozim. Darsning samarali shakllari qanchalik ko‘p qo‘llansa, o‘quvchilarning ona tili faniga qiziqish darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

  1. G‘afforova T., Shodmonova E., Eshturdiyeva T. Ona tili. 1-sinf uchun darslik.
  2. Qosimova K, Fuzailov S, Ne’matova A. Ona tili.

Maktablarda “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan fan tashkil etiladi

Shu paytgacha Ona tili va Oʻqish fanlari alohida oʻqitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan yagona fan tashkil etiladi, deya xabar bermoqda Respublika taʼlim markazi matbuot xizmati.

Oʻqish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va sheʼrlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida koʻmaklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat.

Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan boʻlsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan.

Oʻqib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda oʻqib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar boʻladi.

Shu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga koʻproq urgʻu berilgan.

Ahamiyatli tomoni endi oʻqituvchilar uchun “Oʻqituvchi kitobi”, oʻquvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham boʻladi.

Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urgʻu berilgan. Yaʼni asosiy eʼtibor soʻz, uning maʼnolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lugʻat boyligi kabi tomonlarga qaratilgan.

Amaldagi darslikdan oʻrin olgan matnlarda bola yoshiga mos boʻlishidan koʻra, didaktik ahamiyatiga urgʻu berilgan. Taqdim etilayotgan didaktika esa yoshga mos, qiziqarli mavzulardagi matnlar hamda sheʼrlarga singdirilgan. Yozuvchilar bilan birgalikda matnlar qayta ishlab chiqilgan.

Darsliklardagi tushunarsiz boʻlishi mumkin boʻlgan soʻzlar izohsiz qoldirilar edi. Yangi darsliklarda bolaning tushunishi uchun qiyin boʻlgan soʻzlar darslikning orqa qismida maxsus lugʻatga joylashtirilgan. Bundan tashqari ular ustida alohida mashqlar ishlab chiqilgan.

Tayyorlanayotgan darslikda gapdan to yaxlit matn yaratishgacha boʻlgan jarayon tizimli ravishda ishlab chiqilgan. Avval gaplardagi boʻsh oʻrinlarni toʻldirishni boshlagan bola maʼlum mavzu doirasida kichik matn yarata olish darajasiga olib chiqiladi.

Shuningdek, darslikda oʻquvchilarning eng ogʻriqli muammosi boʻlgan ogʻzaki javob beriladigan, oʻgzaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ham ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan sheʼrni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan.

Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini toʻldiradigan, oʻzi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.

Maʼlum mavzu doirasida assotsiativ tasavvur darajasidan ogʻzaki yoki yozma matn yaratish darajasiga olib chiqishga qaratilgan taʼlim mazmuni ishlab chiqilgan.

Badiiy matnlar bilan ishlashda muallifning soʻz qoʻllash mahorati amaliy topshiriqlar orqali ochib berilgan.