Press "Enter" to skip to content

4-sinf ona tili fanidan “FE’L SO’Z TURKUMI”

2022−2023-o‘quv yilidan 1−2-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifalar olib tashlanadi hamda ularni baholash bekor qilinadi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva ma’lum qildi.

4 sinf ona tili uyga vazifa javoblari

Foto: Jonibek Qo‘zimurodov / O‘zA

2022−2023-o‘quv yilidan 1−2-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifa berish va baholash bekor qilinadi. Qolaversa, ushbu darslikdan yillik bahoni choraklik baholar asosida qo‘yish amaliyoti tugatiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tez o‘qish talabi qo‘yilmaydi. Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva yangi tartiblar bo‘yicha tushuntirish berdi.

Кириллчада 10 fevral 2022, 19:02 Jamiyat

2022−2023-o‘quv yilidan 1−2-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifalar olib tashlanadi hamda ularni baholash bekor qilinadi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva ma’lum qildi.

Uyga vazifalarning olib tashlanishiga avvalo sabab ularning amalda samarasiz topshiriqqa aylangani, qolaversa, darslardan charchab borgan quyi sinf o‘quvchilari uyda ko‘proq dam olishlari lozimligi keltirilgan.

Qolaversa o‘quvchi bajarib kelgan uyga vazifalar yo‘l-yo‘lakay tekshirilayotgani yoki deyarli tekshirilmayotgani, o‘quvchi xato va yutuqlarini yetarli anglab olishi uchun vaqtning yetishmasligi hamda o‘quvchilar “a’lo” baho olish uchun vazifalarni ko‘r-korona ko‘chirib kelish holatlari ko‘paygan.

“Uy vazidalar baholanmaydi degani bu bola uyda umuman dars qilmaydi degani emas. Fan dasturiga ko‘nikmalarni shakllantiruvchi ayrim loyihaviy topshiriqlar kiritilgan. Ota-onasi va yaqinlaridan tegishli mavzularda ma’lumot olib kelish, do‘stiga tabrik xati yozish kabilar shular jumlasidandir”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, endi “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga sinflar kesimida o‘qish tezligi bo‘yicha ma’lum miqdordagi so‘zni o‘qishi kerak degan talab qo‘yilmaydi. Boisi o‘quvchilar uchun matnni o‘qish tezligi emas, uni tushunish darajasi birlamchi ko‘rsatkich sanaladi.

Bundan tashqari, “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi bo‘yicha choraklik baholarni kundalik olingan baholarga qarab, yillik bahoni choraklik baholar asosida qo‘yish amaliyoti bekor qilinadi.

“2022−2023-o‘quv yilidan boshlab kundalik yig‘ilgan baholar choraklik bahoga ta’sir qilmaydi. Chunki kundalik baho rivojlantiruvchi ahamiyatga ega, choraklik baho esa erishilgan marrani tekshirish uchun xizmat qiladi. Bu ikki baholashni o‘zaro qorishtirish sifatga ta’sir qiladi”, — deya ta’kidlangan brifingda.

Respublika ta’lim markazi bahoga jazo yoki rag‘bat quroli emas, rivojlantirish vositasi sifatida qarash kerakligini qayd etdi. Bolalarni baho bilan qo‘rqitishni bas qilish, ularga imkon qadar past baho qo‘ymaslik, toki topshiriqni yaxshi bahoga bajarib kelmaguncha baholamay turish tavsiya qilindi.

«Газета.uz» 2 272

  • # dtm
  • # ona tili va o‘qish savodxonligi
  • # respublika ta’lim markazi

4-sinf ona tili fanidan “FE’L SO’Z TURKUMI”

Yomon bolaning tuzalmasligini bilib, etiklar uy egalaridan qochishdi...

Просмотр содержимого документа
«4-sinf ona tili fanidan “FE’L SO’Z TURKUMI”»

QASHQADARYO VILOYATI G’UZOR TUMANIDAGI

18-UMUMIY O’RTA TA’LIM

boshlang’ich sinf O’QITUVCHISI

aliquloVA mahliyoNING

ONA TILI FANIDAN “fe’l so’z turkumi”

MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

Darsning mavzusi: Fe’l so’z turkumi

  • a) fe’l haqidagi tushunchasini boyitish;
  • b) ilmga chanqoqlik tuyg’usini oshirish;
  • v) nutqiy ko’nikmasini rivojlantirish.
  1. Tashkiliy qism. O’quvchilarning darsga hozirligi tekshiriladi.”Tartib posboni” va “Orasta qiz” hisob beradi.
  2. Ma’naviyat daqiqasi. Bunda o’quvchilar quyidagi savollarga javob berishadi:
  1. Kim topqir?” musobaqasi o’tkaziladi.. O’quvchilarga 375-mashqdagi gaplar birma-bir o’qiladi. Ular matndagi ajratilgan so’zlarga so’roq beradilar:

Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar harakatni bildiradi. Ular fe’l so’z turkumiga kiradi.

  1. 376-mashq asosida “Bilimdonlar bahsi” o’tkaziladi. Mashq matnidan fe’llarni topish va tagiga chizish. O’quvchilardan saralab doskaga chiqariladi. Ular birma-bir gaplarni yozib, fe’llarning tagiga chizadi.
  • Senxafa bo’lma, hammamzning uyimizbuziladi.Bu yerga kattakon teatrquriladi,-dediMannon aka.

F e’llar gapda asosan kesim bo’lib keladi!Bundan tashqari: Ega. O’qish-ulg’ayish. Aniqlovchi. Birlashgan odamlar o’zarlar. To’ldiruvchi. O’qimoqni o’rgan. Hol. U yura-yura charchadi.

  1. Ifodali o’qish , ruhiy hordiq berish . 377-mashqdagi she’rni o’quvchilardan biri ifodali yoddan aytib beradi.
  1. Men bilaman” topshirig’i. 378-mashq. Og’zaki bajariladi. O’qituvchi matnni o’qib beradi va mazmunini o’quvchilardan so’raydi.

So’ngra o’quvchilar fe’llarni aniqlab, ularning gapdagi vazifasini og’zaki aytib berishadi. Qo’shimcha topshiriq. Darsni yakunlash. Faol qatnashganlarni baholash. Uyga vazifani tushuntirib berish: qoidalarni yodlash, 378-mashqdagi ayrim so’zlarning izohini o’rganib kelish.Matndan 3 ta gapni yozib, fe’llarini aniqlab, tagiga tegishlicha chizish.