Press "Enter" to skip to content

Презентация на тему Mavzu: “AVESTO” – Zardushtiylikning muqaddas kitobi sifatidaNavoiy dalat pedagogika institutiTarix fakulteti 3 kurs talabasiRavshanova Dilrabo

2017 yilning 19 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi dunyo hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi. Undagi “Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz”, degan so‘zlari O‘zbekistonning bu boradagi pozisiyasini aniq va ravshan ko‘rsatib berdi. Nutqda, jumladan, shunday deyiladi: “Markaziy Osiyo Uyg‘onish davri namoyandalarining islom va jahon sivilizasiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan “Sahihi Buxoriy”ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan. Bu ulug‘ zotning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma’rifatiy islom to‘g‘risidagi ta’limotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildik”.

Qur’ondan keyingi muqaddas kitob muallifi qanday umr kechirgan edi?

2017 yilning 19 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi dunyo hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi. Undagi “Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz”, degan so‘zlari O‘zbekistonning bu boradagi pozisiyasini aniq va ravshan ko‘rsatib berdi. Nutqda, jumladan, shunday deyiladi: “Markaziy Osiyo Uyg‘onish davri namoyandalarining islom va jahon sivilizasiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan “Sahihi Buxoriy”ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan. Bu ulug‘ zotning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma’rifatiy islom to‘g‘risidagi ta’limotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildik”.

Hadis ilmining sultoni Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib etishda ushbu xalqaro Markazning o‘rni katta. Markaz ilmiy tadqiqotlar va malaka oshirish o‘quvlari yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Yiliga to‘rt marta “Imom al-Buxoriy saboqlari” jurnali chop etiladi.

Ta’kidlash joizki, Hazratning shoh asarlari “Al-Jome’ as-sahiyh” (4 jildlik) va “Al-adab al-mufrad” to‘lig‘icha o‘zbek tiliga o‘girilib, keng kitobxonlar ommasiga tortiq etilgan. Bugungi kunda Imom Buxoriy nomi bilan Toshkent islom instituti faoliyat yuritmoqda. Qolaversa, bir necha jome masjidlar hadis bilimdonining nomi bilan ataladi.

Samarqandning Xartang qishlog‘ida, alloma dafn etilgan go‘shada muhtasham majmua barpo etilgan. Bu yodgorlik majmuasi Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‘qon va Shahrisabz xalq ustalari tomonidan qisqa muddat, ya’ni sakkiz oy mobaynida barpo etilgan ekan. Majmua tarkibida hazratning maqbaralari, katta jome masjid, muzey va boshqa inshootlar bor. Ta’kidlash joizki, muzeyda birinchi yurtboshimizga o‘sha paytlardagi Saudiya Arabistoni podshosi tomonidan sovg‘a qilingan ka’bapo‘sh saqlanadi. Shuningdek, majmua xududida beshta chinor daraxti va ular bo‘yidagi hovuz ham tarixiy ahamiyatga ega. Ushbu daraxtlar 16-asrda Buxoro xoni Ablullaxon tomonidan ekilgan. Hozirda chinorlarning yoshi 570 dan oshganini mutaxassislar ta’kidlashadi. Bugungi kunda yer sharining turli nuqtalaridan kelayotgan ziyoratchilarni ko‘rganda, Qur’oni karimdan keyin ikkinchi o‘rindagi muqaddas kitob “Sahihi Buxoriy”ni tuzgan zot bilan vatandoshligingdan faxrlanib ketasan kishi.

Imom Buxoriy hazratlari dunyo miqyosida nechog‘lik ulkan martabaga ega bo‘lishiga qaramasdan, sobiq sho‘ro tuzumi davrida o‘zining munosib qadr-qimmatini topmagan siymolardan biri edi. Eng ayanchlisi, xorijiy yurtlarda, ayniqsa, musulmon olamida yuksak extiromu cheksiz mehr-muhabbatga sazovor bo‘lgan alloma o‘z yurtida e’tibordan chetda edi. Uning hayoti va bebaho merosi deyarli o‘rganilmas, alloma abadiy qo‘nim topgan maskan tashlandiq va o‘ta ayanchli holatda bo‘lganini mahalliy aholining yoshi ulug‘lari yaxshi eslashadi.

— O‘zligimizni, milliy qadriyatlarimizni anglash yo‘liga kirishar ekanmiz, bu ishlarning debochasida Imom Buxoriy hazratlarining ma’naviy merosini o‘rganish vazifasi turishi tabiiy holdir, — deb yozadi Imom Buxoriy jome masjidi imom xatibi Zayniddin Eshonqulov. — Chunki bu zotning islom diniga qilgan xazmati barcha zamon ulamolari tomonidan e’tirof etib kelingan. Birgina misol tariqasida qatarlik olim Doktor Muhammad Ali Donaviyning “Al-Umma” jurnalidagi (1982 yil, avgust) “. Darhaqiqat, Islom ummati ko‘pgina fazilatlar, ilm va hidoyat evaziga Buxoriydan qarzdordir. Bu ummat zimmasiga yuklatilgan vazifa shuki, ular o‘z farzandlariga maktablarda, oliygohlarda va majlislarda Buxoriy hazratlari o‘zi kim ekanliklarini o‘rgatmoqlari lozim”, degan e’tirofini keltirib o‘tish kifoya.

Bu ulug‘ zotning benihoya nodir quvvayi hofizasi va hadisshunosligi xususida el orasida bir qancha rivoyatlar yuradi. Alloma umri davomida juda ko‘p safarlarda bo‘lgani ma’lum. Imom Buxoriy Basra shahriga kelganlarida jarchi “Ey ahli ilmlar! Muhammad ibn Ismoil Buxoriy keldi!”, deya hamyurtlariga xabar qiladi.
Uni izlab borganlar Basra jome masjidida, ustun ortida namoz o‘qiyotgan yosh yigitni ko‘radilar. U namozini o‘qib bo‘lishi bilan atrofini o‘rab olib, ular uchun imlo majlisi qurishini iltimos qilishadi. U kishi rozi bo‘ladi.
Shunda jarchi ikkinchi marta “Batahqiq, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy keldi! Biz undan imlo majlisi qurishni so‘radik! U ertaga falon joyda majlis qurishga rozi bo‘ldi!”, deb jar soladi. Ertasiga faqihlar, muhaddislar, hofizlar va nozirlardan minglab odam jamlanadi.

Manbalarda ta’kidlanilishicha, Bog‘dodda ham ulug‘ allomaning ko‘plab shogirdlari bo‘lgan. Abu Ali Solih ibn Muhammad Bog‘dodiy shunday degan ekan:
“Muhammad ibn Ismoil Bog‘dodda majlis qurar edi. Men uning imlosini odamlarga yetkazib turar edim. Uning majlisiga yigirma mingdan ziyod odam jamlanar edi. Xulosa shuki, hadis ilmining sultoni o‘z davrida ham, keyin ham ustozlarning eng ulug‘i bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, o‘z bilimini xalqqa yetkazishda benihoya bag‘rikeng va bokaram inson sifatida hurmat qozongan.

Muhammad ibn Yusuf Firabriy aytgan ekan:
«Bir kecha Muhammad ibn Ismoilning uyida qoldim. U zotning o‘sha kecha o‘n sakkiz marta turib yodiga tushgan narsalarni yozib qo‘yganini hisobladim». Bundan ko‘rinadiki, hazrat ilm yo‘lida nafaqat dunyoviy manfaatlaridan voz kechgan, balki bunday zahmatdan lazzat topgan komil inson bo‘lgan.

Yaqinda Muqaddas Ka’ba ziyoratiga borib qaytgan hoji otalarimizdan biri bilan suhbatlashib qoldim. Uning aytishicha, bizning otaxonu onaxonlarimiz u muborak joyni tavof qilishni qanchalik istashsa, Saudiya Arabistonidagi insonlar Imom Buxoriy dafn etilgan tuproqni bir ko‘rishga orzumand ekan.

Chindan ham, hozirda Imom Buxoriy majmuasiga dunyoning turli burchaklaridan ziyorat umididagilar tashrif buyurishmoqda. Mahorat bilan bezatilgan koshinli ayvonlar, mahobatli maqbara, serfayz hovliyu, salobatli masjid va boshqa tarix va bugunni o‘zida akslantirgan binolar har qanday sayyohni befarq qoldirmasligi shubhasiz.

Презентация на тему Mavzu: “AVESTO” – Zardushtiylikning muqaddas kitobi sifatidaNavoiy dalat pedagogika institutiTarix fakulteti 3 kurs talabasiRavshanova Dilrabo

“Avesto” bundan XXX asr muqaddam ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir”. I.

  • Главная
  • Разное
  • Mavzu: “AVESTO” – Zardushtiylikning muqaddas kitobi sifatidaNavoiy dalat pedagogika institutiTarix fakulteti 3 kurs talabasiRavshanova Dilrabo

Слайды и текст этой презентации

Слайд 1 Mavzu: “AVESTO” – Zardushtiylikning muqaddas kitobi sifatida Navoiy dalat pedagogika instituti Tarix fakulteti

3 kurs talabasi Ravshanova Dilrabo

Слайд 2 “Avesto” bundan XXX asr muqaddam ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy

merosidir”. I. Karimov

Слайд 3Zardushtiylik o’tmish dinlarining eng kuchlilaridandir. Uning budda , xristianlik va islomga

ma’lum darajada ta’siri bor . Yu . A . Rapoport
Zardushtiylik o’z davrida insonning yer yuzida faravon yashashiga katta ahamiyat bergan eng oqilona dindir. S. F. Oldenburg.
Zardushtiylik yorug’lik va mehr – oqibat dinidir. U yovuzlik va qorong’ilikka qarshi turadi . Gegel
“Osiyoning barcha farzandlari ichidan g’arb birinchi o’rinda zardushtni o’ziga ma’naviy ustoz qilib tanladi. Uning g’oyalari Iso Masih ta’limotidan ilgari Yunonishtonni boyitgan edi. Zardushtni Platon ham bilar edi. Budda va Konfutsiylarning ovozlari Yevropaga yetib kelishi uchun ko’p vaqtlar kerak bo’ldi . Shu sababli Zardusht g’arbda qadim Osiyoning yagona donishmandi bo’lib qoldi“. Jan Dyushe

Слайд 4 ZARDUSHTIYLIK DINI UMUMIY MA’LUMOT:
Asoschisi: Zardusht (Zoroastra,Zarastra, Zaratushtra)
Paydo

bo’lgan vaqti: m.a. VI asr
Din asoslari bayon etilgan manba: “Avesto”
Hozirda bu dinga e’tiqod qiluvchi aholi yashaydigan joylar: Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyod aholi, Eron
Muqaddas unsurlari: suv, olov, tuproq, havo

Слайд 5 Zardushtning hayoti taxminan mil.av. VI asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Otasining

ismi Porushasp, onasining ismi Dug’dova edi.Zardushtning tarixiy shaxs ekanligi fanda hali ham tortuvshuvli masala bo’lib qolmaoqda. U Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ning eng qadimiy qismi “Got”ni ijod etgan.Zardushtiylik o’z ta’limotini Sharqiy Eron va O’rta Osiyoda targ’ib etgan, deb taxmin qilinadi. Sharq rivoyatlariga ko’ra, ZardushtBaqtriyada shoh Vishtaspa davrida yashagan, yangi diniy ta’limotni targ’ib qilgan, Vishatspa birinchi bo’lib uning ta’limotini qabul qildi. “Avesto”ning keyinroq yozilgan boblarida Zardushtning shaytonlarga qarshi so’zi, mo’jizalar bilangina emas, qurol bilan ham jang qilgan afsonaviy kurashchi sifatida tasvirlangan.

Слайд 6 Olimlarning aniqlashicha, jannatdagi hurlar to’g’risidagi rivoyatlar “Avesto”obrazlari orqali (asosida)shakllanadi. Zardushtiylikning

hozirgi shakli forsiylik. Hozirgi paytlargacha saqlanib qolgan dafn marosimlari o’ziga xos xususiyatlari mavjud: murdalar bir necha past- baland “sukunat minoralari” ”dahmalar”ga solinadi, u yerda murdalarning go’shtlarini qushlar yeydi; go’shtdan tozalangan suyaklar minora o’rtasidagi chuqur quduqga sochib yuboriladi. Bunda “halol” bilan “harom”ning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik ibodatxonalarida mangu olov yonib turadi. Zardushtiylikning asrlar mobaynida mazmun- mohiyati o’zgarib keldi, Arshakiylar va Sosoniylar davrida davlat diniga aylangan.

Слайд 7O’zbekistonda chop qilingan “Avesto” kitobida chizilgan ushbu rasmda darvish qiyofasi tasvirlangan.

Hamda uning ostida shunday so’zlar yozilgan: “Darvishlarning anduhlarni yaratguvchi mehribonlik va javonmardligini olqishlaymiz”. “Yetti buyuk yasht”

Слайд 8“Avesto” dagi ma’lumotlarga ko’ra, O’rta Osiyo aholisining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar quyidagicha bo’lgan.

Слайд 9“AVESTO” UMUMIY MA’LUMOT:
Yaratilgan vaqti va joyi: 2 ming yil davomida og’zaki tarzda

shakllanib, m.a. III asrda Arshakiylar tomonidan kitob holiga keltirilgan
Ma’lumotlar keltirilgan xalqlar: Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston va O’rta Osiyo
Saqlanib qolgan qismlari: 4ta

Слайд 10 “Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga

tegishli deb taxmin qiladi olimlar. Podsho Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. Iskandar esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni tazyiq ostiga olib , ularni o’ldirib yuboradilar. Shuning uchun ham “Avesto” ning 3/5 qismi yo’qolib ketdi. Lekin, Iskandar falsafa, tibbiyot, astronomiyaga tegishli qismini saqlab qolgan. Bu qo’lyozmalardan keng foydalanilgan va uni yunon tiliga tarjima qildirgan.

Слайд 11″Tiriklikka darmon baxsh etguvchi malhamni menga oshkor aylagil. Izn bergil, ilohiy

kalom va Ezgu Niyat Sening irodangni muvofiq istagan kimsaga yuz ko’rsatsin”. Yasna

Слайд 12 Iskandarning hukmronligi tugagach, m.a 250-yilda Arshaxiylar davrida “Avesto” yana yo’qotilgan qismlari

tiklangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrida sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib, to’la kitob holiga keltirilgan. Eron va Turon zaminining Arab xalifaligi tomonidan bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilmaganlar Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Ular “Avesto”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar.

Слайд 13“AVESTO”ning arab tilidagi nusxasi

Слайд 14Bu kitob birinchi bora 30 ta kitobdan,keyin 21 ta kitobdan iborat

edi. Bizgacha bu kitobning 4 tasi saqlanib qolgan. Bu kitoblar quyidagilar:

“Vadovdot” (Vendidat). Bu kitob 22 bobdan iborat bo’lgan holda, payg’ambar Zardusht va xudo Ahura Mazdalarning savol- javoblari bayon etilgan.
“Yasna”. Bu yerda asosan Zardushtning xatlari va barcha savollarga 72 ta ”Ha” degan bashoratlardan iborat.
“Vispart”. 24 bobdan iborat. U pand- nasihatlar yig’indisidan tashkil topgan.

“Bundaxash” (YASHTA). Bunda Ahuramazdaning zolim kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi 22 ta qo’shiqdan tashkil topgan.

Слайд 15“AVESTO”ning arab tilidagi nusxasi

Слайд 16“AVESTO”dagi xudolar:
Ahura Mazda – asl Avestodagi shakli “Ahura Mazdax”. Haqiqat va

ezgulik olamining yaratuvchisi. Uning nomlari “Xurmazd”, “Urzmad”,”Ahura Mazda”, ”Hurmuz”, ”Ahura Mazd “ kabi va “Avesto“ matnlarida bu nom uch holatda ishlatilgan: “Ahura”, “Mazda” “Ahura – Mazda” va bu nom “Avesto”da Ahura buyuklik va haqqoniyat timsoli. U xudolar va odamlar orasida faqat ezgulik, adolat, mardlik va poklik himoyachisi. Ahuramazdaning 6 nafar eng yaqin yordamchilari : 1)Vohu Manax — chorva mollari va ezgu fikr xudosi 2) Asha Vahihsta — olov va yuksak haqiqat homiysi 3) Xshatra Varya — ma’dan va hokimiyat, qudrat homiysi 4)Sienta Armati — yer va diyonat homiysi 5) Xarvatat — suv va salomatlik (Anahita — hosildorlik va suv ilohi
6) Ameretat — o’simlik va mangulik homiysi . Ahura- Mazda bu yordamchilarini muqaddas ruh yordamida yaratgan
Ular ham Ahura-Mazda kabi abadiylar.

Слайд 17Ama – kuch –qudrat va bahodirlik ilohi. U aksariyat hollarda iloh

Bahromning nomi bilan baqamti qo’llaniladi va “mahluqlar sarasi , yaxshisi “ yoxud “”zabardast” sifatlari bilan ziynatlanadi. “Bahrom yasht”da iloh Bahrom novvos va ot jasadning oldida namoyon bo’ladi. Shunda iloh Ama novvos shohida va ot peshonasida ko’zga tashlanadi.
Ashah (Asha)—to’g’rilik ma’nosini anglatib, Amshosipandlardan biri Ardabihisht. “Avesto”da “Ashah- Vahiyshta “ nomining o’zidir. “Ashah” hindiy va forsiy nusxalarida rostlik , haqiqat, hakam, olam tartibi, yaratilishning abadiy qonuni, mukammal nazm va tartib , murakkab kabi ma’nolarni anglatadi. “Ashah” ba’zida mazdaparastlarning o’rnida qo’llaniladi. Ehtimol o’zbek vafors tillarida “shoh “ so’zining o’zagi ham “ashah” dir.
Amurdod—“Avesto”da “Amirmitota” pahlaviyda “Amurdod” ,forsiyda “Amurdod”yoki “Murdod” . Ma’nosi –“umrboqiylik “, “abadiyat” . Ahuramazdaning ilohlaridan, “Yangi Avesto”da esa Amshoasipandlardan biri deyiladi.

Слайд 18«Sen Unga (odamzotga) yo’l tanlash ozodligini in’om etding, toki Haqiqat rahbariga

yoxud yolg’on sarvariga itoat aylasin”. Yasna, 31-hot.

Слайд 19“AVESTO”DA OILA
Zardushtiylarda nikoh bir umrga muhrlangan, bir erkakka ikki nikoh yoki

vaqtincha nikoh ravo bo’lgan emas. Er-u xotinning bir-biriga xiyonati la’natlangan, begona erkak bilan juftlashgan ayol badnon qilinib, jazolangan va nikohdagi eri uchun “harom” hisoblangan. Bundan tashqari, “Avesto”da oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma-shosharlikga yo’l qo’ymaslik, ota-ona keksalar maslahatiga quloq solingan va ularga ravshan andisha bilan qaralgan. Yaxshi bilan yomonni ajratishga diqqat qilingan. Har bir erkak va ayol fursatni boy bermay, o’zi to’g’ri yo’lni tanlashi, tokim hayoti pok xiradmand yor bilan o’tadishi maslahat qilingan. Zardushtiylikda ko’pxotinlik qat’iy man etilgan. Ayni paytda hayotni bo’ydoq o’tkazish ham qoralangan. Balog’atga yetgan qiz bola ota-ona, jamoaning ra’yini pisand qilmay, o’zidan zurriyot qoldirishni istamay, qasddan turmushga chiqmay umrguzaronlik qilib yursa, u qopga solinib, 25 darra kaltaklanish bilan jazolangan; yigit zurriyot qoldirish qobiliyati bo’la turib, ataylab uylanmay yursa, uni badnom qilinish maqsadida har doim temir kamar bog’lab yurishga majbur qilingan.

Слайд 20 Zardusht quyidagicha murojaat etadi:“Endi men sizlarga shaxsan murojaat etaman: pandimga quloq

soling va aytganlarimni xotirangizga muhrlab qo’ying. Halollik bilan kun kechirish yo’lida g’ayrat va shijoatli bo’ling. Har biringiz yaxshi xulqingiz bilan mehr qo’ying, tokim muqaddas er-xotinlikni xursandlik va xushbaxtlik bilan o’tkazing. Ayol huquqini tahqir etmoq yomon amaldir, u nodonlik belgisidir. Ey mardum, o’zgalarnng yaxshi maslahatlariga quloq tuting va ularga ravshan andisha bilan qarang. Yaxshi bilan yomonni farqlashga diqqat qiling. Har bir erkak va ayol fursatni boy bermay, o’zi to’g’ri yo’lni tanlasin, tokim hayoti pok va xiradmand yor bilan o’tadigan bo’lsin ”.

Слайд 21
“Har bir ayol va er o’zi durust va yaxshi, deb bilgan

narsasiga amal qilishlari va boshqalarni ham ogohlantirishlari hamda ular ham o’sha narsaga amal qilishlari kerak”. “Yetti buyuk yasht”.

Слайд 22“AVESTO”DA TASVIRLANGAN UYLARNING TUZILISHI:

Слайд 23“AVESTO” ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk

madaniyat bo’lganligidan guvohlik beruvchi tarixy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta olmaydi. Islom Karimov