Press "Enter" to skip to content

O’quvchilar siz qaysi fanga qiziqasiz ?

1-sinf Matematika fanidan dars ishlanma

Mavzu: 20 soni tarkibi .1- 7-misol va masalani yechish.

Darsning maqsadi :

  1. Ta’limiy:O’quvchilarning bir va ikki xonali sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib boorish , 20 sonining tarkibi haqida tushuncha berish ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrata olish .
  2. Tarbiyaviy:Dars o’tish jarayonida hamjihatlik , birodarlik va do’stlik tuyg’ularini singdirish .

d)Rivojlantiruvchi:Matematik nutq , xotirani va mustaqil fikrlab yechishni rivojlantirish.

Dars turi:Yangi bilimni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi :Ko’rgazmalilik , amaliy mashg’ulot , BBB metodidan foydalanish va guruhlarda ishlash .

Dars jihozi:1- sinf matematika darsligi , sonly kartochkalar , sanoq cho’plar va AKT dan foydalanish.

Darsning borishi :

Tashkiliy qism: Darsda bilaman.

-Navbatchi sinf haqida hisobot beradi .

Bizning shior:

O’rgat — o’rgan shiori

Sog’ tanda sog’lom aql ,

Biz bunga doim kafil !

Darsimiz:

Hisob – kitobsiz hayot ,

Aniq ravshan bo’lmaydi .

O’quvchilar siz qaysi fanga qiziqasiz ?

Matematikaga .

Matematikadan siz nimalarni bilasiz ?

-Juda , juda ko’p narsalarni .

Prezidentimiz tomonidan 2016-yil qanday nomlandi ?

-Sog’lom ona va bola yili.

O’quvchilar siz qanday tilni o’rganmoqdasiz ?

-Ingliz tilini o’rganmoqdamiz .

Ingliz tilida yil fasllari haqida nimalarni bilasiz ?

-Yil fasllari haqida qo’shiq aytiladi . (o’quvchilar ijrosida )

O’quvchilarni guruhlarga ajratib olish uchun , maymun yiliga atab o’yin tashkil qilamiz. 2016 – yil maymun yili .

Mana qish fasli . Yerlar oppoq qor . Havo sovuq . Maymunlar u daraxtdan bu daraxtga sakrashadi .

Maymunning eng sevimli taomi nima ?

Mana har bir to’daga bittadan banan .

Fevral oyida qanday buyuk kishilar tug’ilishgan ?

  1. Navoiy soz mulkining sultoni . 1441- yilda 9- fevralda tug’ilgan.

Z.M. Bobur shoh va shoir. 1483-yil 14- fevralda tug’ilganlar.

To’ra Sulaymon shoir . 1934-yil 15- fevralda tug’ilganlar .

1-guruh:A. Navoiy

2-guruh;M.Bobur.

3-guruh:T.Sulaymon.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash :

O’ quvchilarni 11 dan 19 gacha bo’lgan sonlarni tartib bilan terib joylashtirish.

(o’quvchilar bittadan sonni qo’lida olib tartib bilan ushlab turadi ).

Har bir o’quvchi sanoq cho’plar yordamida bittadan o’nlik hosil qiladilar.

Yangi mavzu bayoni :Darsda bilmoqchimah .

Bugun biz siz bilan 20 soni tarkibi bilan tanishamiz . 20- sonida 2 ta o’nlik va o ta birlik borligi aytiladi .

Yoningizdagi sanoq cho’plardan 2 ta o’nlik hosil qiling .

20 sonidan bir qator yozamiz .

3 ta guruh musobaqa tarzida 20 sonini hosil qilish uchun misol yechadilar .

10+10=20

19+1=20

1+19=20

G’olib guruhga rag’bat kartochkalari beriladi .

Darslikda berilgan misol asosida misol yechamiz .

Biz tabiatni sevish va asrashimiz kerak . Chunki mevalar tabiat ne’matidir . Meva vitaminga boy . Meva yeyishda gigenaga amal qilishimiz kerak .Shundagina sog’lom bo’lamiz. Yurtboshimiz aytganlaridek sog’lom bola bo’lib yetishamiz .

10+10=20

Qo’shishning hadlarini ayting.

20-10=10

2-masala.

Masalani doskada yozib yechamiz.

Bor edi — 20 ta t.

Sotildi – 10 ta t.

Qoldi — ? ta

Yechish: 20-10=10 ta

Javob : 10 ta televizor qoldi

Siz kelajakda qanday kasb egasi bo’lishni xohlaysiz ?

Kim sotuvchi bo’moqchi ?

3-Misol

Darslikda berilgan doirachalar sonini sanang .

19+1=20

20-1=19

20 sonida 2 ta o’nlik bor , birlik o ta .

19 sonida 1 ta o’nlik , 9 ta birlik bor .

Dam olish daqiqasi:

4-masala.

1-poyezdda -19 ta

2-poyezdda — ?, 1 ta ortiq

Yechish :19+1=20 ta

Javob : 2- poyezdda 20 ta vagon bor.

Kelajakda kim haydovchi bo’lmoqchi ?

Poyezdni kim boshqaradi ?

Poyezd qayerdan yuradi ?

5- misol .

Zanjir usulida misol yechamiz . Doskada bajaramiz .

10+1=20

20-10=10

10+9=19

19+1=20

Har bir guruhdan o’quvchilar misolni doskada bajaradilar va rag’bat kartochkalari beriladi .

Dam olish daqiqasi :

Ingliz tilida barmoq haqidagi she’r qo’shig’I aytiladi .

6-misol.

Mustaqil ish .

Taqqoslang .

Har bir o’quvchiga tarqatma material tarqailib chiqiladi . Yulduzchalar o’rniga kerakli belgini o’quvchilar mustaqil belgilaydilar .

Har bir o’quvchi o’z o’zini baholaydi .Yulduzchalar yopishtiradilar.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

Darsda bilib oldim.

1.20 sonini sanoq cho’plar yordamida parta ustida yozish. 20.

  1. 3 ta qatorga shakllarni orqasiga misol yozib tarqataman . Yechgan o’quvchilarga rag’bat kartochkasi beriladi .

19+1=* 15+5=* 20-10=*

18+2=* 20+0=* 10+10=*

Uchburchak

To’rtburchak

Doira

Qaysi shakl boshqalaridan farq qiladi ?

Nimasi bilan farq qiladi ?

-Doirada burchak yo’q.

O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish . G’olib guruhni aniqlash .

O’quvchilar kayfiyatini aniqlash uchun o’quvchilar daftarlariga rasm chizadilar .

(quyosh , bulut , yomg’ir )

Uyga vazifa : 7- misol .