5 sinf o’zbek tili ish reja
Ona tili bo`yicha hosil qilinadigan malakani ikkiga ajratish mumkin:
Yangi — 2020-2021-o`quv yili uchun tayanch o`quv rejasi tasdiqlandi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy majlisga murojaatida maktab o`quv dasturlarini ilg`or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o`quv yuklamalari va fanlarni qayta ko`rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur ekanligini ta`kidlagan edi.
Bundan tashqari, 2018 yilning 14 avgust kuni «Yoshlarni ma`naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilingan bo`lib, unda umumiy o`rta ta`limning amaldagi tayanch o`quv rejasini qayta ko`rib chiqib, 10 foizga qisqartirish vazifasi belgilab berilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda O`zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha Yo`l xaritasi”ning 12-bandida “2019 yil dekabr oyidan boshlab, ilg`or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda davlat ta`lim standartlari, o`quv dasturlari va o`quv adabiyotlari mazmuniga bosqichma-bosqich o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish” vazifasi belgilangan.
Shuningdek, PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturida o`quvchilarning savodxonlik darajalarini aniqlashda kompyuter simulyasiyali interfaol topshiriqlardan foydalaniladi va barcha sinovlar kompyuter texnikasi yordamida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf o`quvchilarining haftalik o`quv soati jami 88 soat etib belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me`yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang`ich sinflarning o`quv soati Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqlashtirildi.
Endilikda asosiy e`tibor fanlarga ajratilgan soatlarga emas, balki ulardan samarali foydalangan holda sifatli ta`lim berishga qaratiladi.
Yuqoridagilar inobatga olinib, quyidagi ishlar amalga oshirildi:
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev huzurida 2019 yil 23 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan yig`ilish bayonining 24-bandida “Milliy g`oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg`usi” fanlarini birlashtirgan holda 2020-2021 o`quv yilidan yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish belgilangan.
Shu munosabat bilan, “Milliy g`oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg`usi” fanlarini birlashtirilib, yagona “Tarbiya” fani joriy qilindi. 2020-2021 o`quv yilidan boshlab 1-11-sinflarida “Tarbiya” faniga 1 soatdan ajratilmoqda.
“Ona tili va adabiyoti” fani
Ona tili va adabiyot fani bo`yicha etakchi olimlar, soha mutaxassislari va amaliyotchi o`qituvchilardan iborat ishchi guruhi tomonidan xorijiy davlatlarda ona tili va adabiyot fanining o`qitilishi tahlil qilindi.
Xususan, ona tili va adabiyoti fanining haftalik o`quv soati Estoniyada 39 soat, Germaniyada 41 soat, Finlyandiyada 42 soat, Angliyada 43 soat, Janubiy Koreyada 46 soat, Belorussiyada 42 soat, Qozog`istonda 58 soatni tashkil etadi.
Mazkur davlatlar umumta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fani umumta`lim davrida Estoniyada 1365 soat, Germaniyada 1230 soat, Finlyandiyada 1596 soat, Angliyada 1591 soat, Janubiy Koreyada 1886 soat, Belorussiyada 1428 soat, Qozog`istonda 1914 soat o`qitiladi.
O`zbekiston umumta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fanining o`quv dasturlari xorijiy tajribalar asosida o`quvchilarda tinglab tushunish, o`qib tushunish, yozish va og`zaki nutq ko`nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga yo`naltirilgan holda takomillashtirildi.
Yangi umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun 2020-2021 o`quv yiliga mo`ljallangan tayanch o`quv rejada ona tili va adabiyot fanini haftada 57 soat, yillik jami 1938 soat o`qitilishi belgilangan.
O`quv dasturlarni chuqur tahlil qilish natijasida muomalada ishlatilmaydigan qoidalar, murakkab grammatikaga oid, oliy ma`lumotli filolog mutaxassisini tayyorlashga yo`naltirilgan mavzular o`quv dasturlaridan qisqartirildi.
Xususan, 5-sinfda ona tili va adabiyoti fanidan 30 ta mavzu, 6-sinfdan 17 ta mavzu chiqarib tashlandi. Shuningdek, 5-sinfdagi 40 ta mavzu, 6-sinfda 23 ta mavzu yuqori sinflarga o`tkazildi.
Shuningdek, yangi o`quv yili uchun tasdiqlangan tayanch o`quv rejasidagi o`quv soatlari O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga moslashtirildi.
Bundan tashqari, bu borada mutaxassis olimlarning fikrlari ham o`rganildi, xususan, filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliev bu haqida shunday deydi:
Ona tili bo`yicha hosil qilinadigan malakani ikkiga ajratish mumkin:
1) til jamiyatidan o`zlashtiriladigan malaka (fonetik va grammatik malaka);
2) maktabda egallanadigan malaka (imlo, punktuasiya, leksika va b.)
Fonetika va grammatikaning imlo bilan bog`liq jihatidagina ta`limga ehtiyoj sezamiz. Fonetika va grammatikaga doir bundan boshqa bilimlarni keraksiz bilim deyish mumkin. Shu asosda ona tilidan “kerakli” (ishlaydigan) va “keraksiz” (ishlamaydigan) bilimni farqlash lozim. Ona tili darsliklariga yillar davomida kirib qolgan va “ishlamaydigan”, ta`limiga davlat mablag`i, o`quvchining vaqti va ota-onaning puli behuda sarflanayotgan bunday mavzularni qanday ajratamiz?
Shuningdek, olim tomonidan keltirilgan ayrim dalillarga ko`ra:
1. Urg`u bilan bog`liq mavzular. O`zbek tili – agglyutinativ til. Bunday tillarda grammatika juda rivojlangan, shuning uchun so`z ma`nolarini urg`u farqlamaydi va u nutqda sezilarsiz bo`ladi (ko`zlar – “ko`p ko`z”; ko`zlar – “mo`ljallar”). Uni ta`lim bilan rivojlantirish imkonsiz. O`zbek tilidagi so`z urg`usi qoidalar asosida aniqlanadi, nafaqat o`quvchi, hatto o`qituvchining o`zi ham uni topishda qiynalishining sababi ana shunda. Uni o`qitishga hech qanday hojat yo`q. Bu mavzu 1-sinfdan 11-sinfgacha taxminan 5 soat hajmida o`qitiladi.
2. So`z yasalishi bilan bog`liq mavzular. Til egalari nutqida so`z yasamaydi, balki (tubmi, yasamami) tayyor so`zdan foydalanadi. So`z yasamas ekanmiz, bu bo`yicha bilimlar ham ishlamaydi. Demak, bu mavzu ta`limi ham keraksiz. Mavzu 1-11-sinflarda taxminan 12 soat o`qitiladi.
3. So`zlarning birikish usullari (boshqaruv, moslashuv, bitishuv) bilan bog`liq mavzular. Og`zaki va yozma nutq uchun bu bilimlar ham mutlaqo ishlamaydi. Bu mavzular rus tili grammatikasidan aynan ko`chirilgan, o`zbek tili tabiatiga sira ham mos emas. Bu mavzuga ham 1-sinfdan 11-sinfgacha taxminan 5 soat ajratilgan.
Afsuski, mazkur fanlarni o`qitishga ajratilayotgan soatlar hajmi, jalb etilayotgan o`qituvchilar soniga ko`ra xalq ta`limi tizimiga o`qitish uchun ajratilayotgan mablag`larning eng katta qismi sarflanayotgan bo`lsa-da, o`quvchilarning savodxonlik darajasi pastligicha qolmoqda. Eng achinarlisi, o`qituvchilarning o`zlari ham o`z mutaxassisligi bo`yicha etarli kompetentlikka ega emasligi Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida o`tkazilgan test sinovlari natijasida ma`lum bo`ldi.
Aslida o`quvchilarga biror bilimni o`rgatish unga ajratilgan soatda emas, balki uni o`rgatish metodikasiga bog`liq. Masalan, ayrim o`qituvchilar bitta mavzuni soatlab o`quvchilarga tushuntiradi, lekin o`quvchilar bu mavzuni etarlicha tushunmaydi. Bu borada tajribali o`qituvchi esa o`sha mavzuni 10-15 minutda qiziqarli tarzda o`quvchilarga tushuntiradi. Shunday ekan, fanga ajratilgan soatga emas, balki uni o`qitish metodikasini kuchaytirish zarur bo`ladi.
“Ona tili” darsliklarini tahlil qilish natijasida keraksiz, til malakasi uchun “ishlamaydigan” juda ko`p mavzular chiqarib tashlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag`ishlangan yig`ilishida ilm-fan sohasida islohotlarni tizimli tashkil etish maqsadida va yurtimizda azaldan rivojlangan ilmiy maktablar, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda ilm-fanning ustuvor yo`nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.
Shuningdek, oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga “Matematika” fani majburiy fan sifatida kiritildi.
Shu sababli, o`quvchilarga matematika fanini chuqurroq o`rgatish maqsadida 10-sinfda “Algebra” faniga haftasiga 1 soat qo`shib berildi va ushbu fanning haftalik o`quv soati miqdori 3 soatga keltirildi.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma`naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko`tarish maqsadida 2020 yil “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlandi.
Joriy yilda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha tub burilish qilish, bu soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, ta`limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to`liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi rejalashtirilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan qo`shib berildi va ularning haftalik o`quv soatlari miqdori 1 soatga keltirildi.
Bu orqali o`quvchilarning xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish maqsad qilingan.
“Kimyo” va “Biologiya” fanlari
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag`ishlangan yig`ilishida ilm-fan sohasida islohotlarni tizimli tashkil etish maqsadida va yurtimizda azaldan rivojlangan ilmiy maktablar, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda ilm-fanning ustuvor yo`nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.
Shu sababli, o`quvchilarga STEAM ta`limi yo`nalishidagi fanlarni chuqurroq o`rgatish maqsadida 10-11-sinflarda “Kimyo” va “Biologiya” fanlariga 1 soatdan qo`shib berildi va ularning haftalik o`quv soatlari miqdori 3 soatga keltirildi.
“Geografiya va iqtisodiyot” fani
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 8-bandida “Bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lmagan fanlar asosida tuzilgan o`quv dasturidan bosqichma-bosqich voz kechish va o`quv fanlari sonini optimallashtirish” vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan, “Geografiya”, “Iqtisodiy bilim asoslari”, “Tadbirkorlik asoslari” fanlarini birlashtirgan holda, yagona “Geografiya va iqtisodiyot” fani kiritildi. Bu orqali o`quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish va Xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda O`zbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish maqsad qilingan. Shuningdek, PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturida o`quvchilarning moliyaviy savodxonlik darajasi baholanishi nazarda tutilgan.
“Jismoniy tarbiya” fani
O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf o`quvchilarining haftalik o`quv soati jami 88 soat belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me`yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang`ich sinflarning o`quv soatlari Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqlashtirildi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 2019 yil 30 sentyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalga oshirish to`g`risida”gi majlis bayoni ijrosini ta`minlash maqsadida umumiy o`rta ta`lim maktablarida doimiy tarzda ommaviy sport turlari musobaqalarini o`tkazish orqali o`quvchilarning jismoniy sog`lom bo`lishlari, ular o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ishlari yo`lga qo`yilgan.
Shu sababli, 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanining haftalik o`quv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.
“Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fani
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida maktab o`quv yuklamalari va fanlarni qayta ko`rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish ta`kidlandi.
Bu borada ilg`or xorijiy davlatlarning umumta`lim fanlari va o`quv yuklamalari o`rganib chiqildi.
O`rganish natijalarida ilg`or xorijiy (Angliya, Germaniya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Estoniya kabi) davlatlarda mazkur fan o`tilmasligi aniqlandi. Shuningdek, “Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fani o`qituvchisi “Jismoniy tarbiya” fani o`qituvchisi bilan hamkorlikda o`quvchilar o`rtasida turli sport musobaqalarini o`tkazadi.
Shu sababli, 10-11-sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fanining haftalik o`quv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.
5 sinf o’zbek tili ish reja
Reja: 1. Hozirgi o‘zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal sostavi haqida ma’lumot. 2. Umumxalq leksikasi va dialektal leksika. 3. Kasb-hunar leksikasi; terminologik leksika. 4. Jargon va argonlar. Tayanch so‘zlar: 1. Ҳozirgi o‘zbek tilining lug’at tarkibini o‘rganish tilni yaxshi bilishdir. 2. Ҳozirgi o‘zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibini bilish – adabiy tildan foydalanish imkoniyatini belgilab beradi. O`zbek tili leksikasi shu tilda gaplashuvchi kishilar tomonidan bir xilda qo`llanmaydi. Ayrim so`z keng jamoatchilik tilida qo`llansa, ba’zilari esa ma’lum territoriyada yashovchi yoki ma’lum kasb-hunar bilan shug`ullanuvchi kishilar nutqida ishlatiladi. SHunga ko`ra o`zbek tilidagi so`zlar ikki guruhga ajratiladi: 1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika. 2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika. O`zbek tili lug`at tarkibining asosiy qismini ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika tashkil etadi. O`zbek tilida gaplashuvchi barcha kishilar tilida qo`llanadigan so`zlar ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika deyiladi. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikadan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat’iy nazar barcha o`zbek millatiga mansub kishilar foydalanadi, shunga ko`ra ular umumiste’moldagi so`zlar deb ham yuritiladi. Umumiste’moldagi so`zlarning ma’nosi hammaga tushunarli bo`ladi. Bu so`zlar ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, barcha so`z turkumlariga oid bo`ladi. Umumiste’moldagi so`zlarning ko`p qismini umumturkiy so`zlar va o`zbekcha so`zlar tashkil etadi. Boshqa tillardan kirgan so`zlar ham o`zbek xalqining barchasiga tushunarli bo`lsa, ular ishlatilish doirasiga ko`ra chegaralanmaydi. Masalan, arab tilidan o`zlashgan shamol, soat, inoq, dohiy, mag`rur, hafa, maqol, hayot, millat, hikoya so`zlari; tojik tilidan o`zlashgan go`sht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi so`zlar; rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, tsirk, kartoshka, fabrika, zavod kabi so`zlar umumxalq tilida qo`llanadi. Demak, ishlatilish doirasi chegaralanmagan so`zlar o`z qatlamga ham,…
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
O`zbek tili leksikasida o`z va o`zlashgan qatlam
Reja: 1. O`z qatlam 2. O`zlashgan qatlam 3. O`zbek tili leksikasining boyish manbalari Tayanch so‘z va iboralar Umumturkiy so’zlar, o`zlashgan so`zlar, tojikcha so`zlar, arab tilidan o`zlashgan so`zlar, ruscha-internotsional so`zlar Ma’lumki, o`zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo`lib kelgan. Bu aloqalar o`zaro aloqada bo`lgan xalqning tiliga ma’lum darajada o`z ta’sirini o`tkazadi. O`zaro ta’sir natijasida tilning barcha bo`limlarida: fonetika, leksika, grammatika kabilarda o`zgarishlar yuz beradi. Tildagi o`zgarish va rivojlanish tilning leksikasida kuchli bo`ladi. O`zbek xalqi qardosh bo`lmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada bo`ldi. SHuning tarixiy sabablar bilan bog`liq holda arab, ruslar bilan aloqada bo`ldi. Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do`stona aloqalar o`rnatgan. Bular o`zbek tili leksikasiga ko`plab so`zlarning o`zlashishiga sabab bo`lmoqda. Hozirgi o`zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi: 1. O`z qatlam. 2. O`zlashgan qatlam. O`z qatlam. O`z qatlamga umumturkiy so`zlar va o`zbekcha so`zlar kiradi. 1. Umumturkiy so`zlar. Ko`pchilik turkum xalqlar tilida qo`llanadigan, barcha turkiy tillar uchun umumiy bo`lgan so`zlar umumturkiy so`zlar deyiladi. Bu so`zlar turkiy qabilalarning goh qo`shilishi, goh ajralishi natijasida yuzaga kelgan, hozirda turkiy xalqlar deb nomlanadigan kishilar tiliga mansub so`zlardir. Oltoy tillar oilasining turkiy guruhida (turkumida) 24 ta til: o`zbek, qozoq, uyg`ur, boshqird, qirg`iz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, no`g`oy, tatar, chuvash, yoqut, tuva, shor, qoraim, qo`miq, gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, turk, qorachoy, oltoy turklari tillari mavjud. Umumturkiy so`zlar hozirgi o`zbek tili leksikasining asosiy qismini, deyarli yarmini tashkil qiladi. Umumturkiy so`zlar turli sohalarga oid bo`lib, ularga narsa-shaxs, belgi, miqdor, harakat, his-tuyg`u bildiradigan so`zlar kiradi: kishi, oyoq, qo`l, bosh, ko`z, qosh, qizil,…
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
O`zbek milliy kurashning turkumlarga bo`linishi, tizimga tushirilishi va atamalari
Reja: 1. Sport unvonlari va razryadlari 2. Toifani bajarish talablari 3. Kurashchilarga qo`yiladigan gigenik talablar Jismoniy mashqlarni klassifikatsiyalash ularni bir-biriga bog`liq bo`lgan guruxlarga bo`lish demakdir. Bu guruhlardagi mashqlarning ba`zi xususiyatlari umumiy bo`lishi lozim. Jismoniy mashqlarni klassifikatsiyalashni amaliy qiymatni bu mashqning umumiy qaysi xususiyati umumiy xususiyat sifatida qabul qilinishi hamda mazkur xususiyat qanday muhim jixatlari bilan klassifikatsiyalashning asosi qilib olinishi bilan belgilanadi. Hozirgi kunda jismoniy tarbiya vositalarining tarixan tarkib topgan tizim va ularning qo`llanilish metodlari asos qilib olingan klassifikatsiya amaliy jixatdan o`zini oqlagan klassifikatsiyalardan biri sifatida namayon bo`ladi. Milliy sport kurashida ham mashq materiallarining ko`pligi hamda xilma-xilligiga ko`ra, o`z navbatida yana ham mayday klassifikatsion birikmalarga bo`linadi. Amalda ko`pincha mashqlarning ularning jismoniy qobiliyatlari (kuch, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlikni) o`stirish uchun bo`lgan ahamiyatga qarab klassifikatsiya qilinadi. Turli belgilarga qarab tuziladigan klassifikatsiyalashning ko`p turlari ularni amaliy ahamiyatini inkor etmay, mavjud ko`p mashqlarni bilib olishga, tizimga tushirishga yordamlashadi. Kurashda qo`llaniladigan amallarni, uslublarni guruhlari bo`yicha klassifikatsiya chegarasidan chiqmasdan bir xil tartibga solishni tuzimga tushirilgan deyishadi. Respublika sport qo`mitasi, butunitifoq sport klassifikatsiyasiga asoslanib milliy sport kurashi bo`yicha musobaqalar qoidasini va sport ustasi unvonini tasdiqlash to`g`risida 1997 yil qaror qabul qildi. Shundan keyin milliy kurash respublikada to`liq huquqli sport turiga aylandi. Hozirgi vaqtda jamoa birinchiligidan tortib, jumhuriyat miqiyosigacha musobaqalar o`tkazilmoqda. O`zbek milliy kurash sport klassifikatsiyasi butunittifoq sport klassifikatsiyasiga qarab tuzilgan. Milliy kurash bo`yicha yangi sport klassifikatsiyasi respublika milliy kurashini yanada rivojlantirishga, jismoniy tayorgarlikni o`quv va tarbiya ishlari sifatini oshirishga ta`sir ko`rsatish kerak. 1. Sport unvonlari va razryadlari: Milliy kurash bo`yicha quyidagi unvonlar va sport razrydlari beriladi: Sport unvonlari:…
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
O`spirinlik davrining psixologik xususiyatlari
RЕJA: 1. O`spirinlik davri haqida umumiy tushuncha. 2. O`spirinlik yoshi davrida jismoniy taraqqiyot. 3. O`spirinlik davrida psixik rivojlanish. 4. O`spirinlik va kasb tanlash. 5. O`spirinlik davrida yoshlarning shaxsiy xususiyatlari. Tayanch so`z va iboralar: Uspirinlik. Kasb tanlash. Kasbga yullash. Urtoklik. Do`stlik. Oila xakida kayg`urish. Jamiyatga foyda kеltirish orzusi. Usmirlikdan kеyingi navbatdagi boskichni uspirinlik davri dеb bir boskich xisoblashimiz xam mumkin, lеkin xozirgi kupchilik psixologlar klassifikatsiyasi buyicha ikki boskichga ajratishimiz xam mumkin. Avval usmirlikdan kеyingi boskichni usmirlik, kеyingisi ilk uspirinlik yoki yigitlik davri dеb aytilardi–da 14 yoshdan 21 yoshgacha bo`lgan davrlarni qamrab olar edi. Xozir kupchilik psixologlar 15–18 yoshni qamrab oladigan davrni ilk uspirinlik dеb atashni ma’qo`l kurmokdalar, bu umumta’lim maktabining 8–9 sinfi-dan boshlab, kasb–xunar kollеji va litsеylarining 1–2–sinflariga, ya’ni 8–10 sinf yoshiga to`g`ri kеladi. Bu davrda o`quvchi jismonan bakuvvat, ukishni tugatgach mutsakil mеxnat kila oladigan, oliy maktabda o`zini sinab ko`radigan imkoniyatga ega bo`ladi. Mazkur davrning yana bir xususiyati – mеxnat bilan ta’lim faoliyatining bir xil axamiyat kasb etishidan iborat. Ijtimoiy xayotda faol katnashish, ta’lim xaraktеrining uzgarishi, yigit va kizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e’tikodning shakllanishiga, yuksak insoniy xis–tuyguning vujudga kеlishiga, bilimni uzlashtirishga ijodiy yondoshuv kuchayishiga olib kеladi. Xayotda uz urnini topishga intilish kasb – xunar urganish, ixtisoslikni tanlash, itsikbol rеjasini to`zish, kеlajakka jiddiy munosabatda bulishni kеltirib chikaradi. Birok bu davr kuch-gayrat, shijoat, kaxramonlik kursatishga urinish, jamoat, jamiyat va tabiat xodisalariga romantik munosabatda bulish bilan boshka yosh davrlaridan kеskin farklanadi. Ilk uspirinning psixik rivojlanishini xarakatga kеltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, ta’lim jarayoni kuyadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot urtasidagi…
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
O`smirlik davrining psixologik xususiyatlari
RЕJA: 1. O`smirlik davri haqida tushuncha. 2. O`smirlarning anatomik fiziologik xususiyatlari. 3. O`smirlarning bilish jarayonlarining xususiyatlari. 4. O`smirlarning emotsional xayoti va o`smirlar shaxsining tarkib topishi. 5. O`smirlik davrida o`quvchilarning o`qish faoliyati va kasb tanlashi. O`qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o`smirlik davri psixologiyasini bilish psixologik nuqtai nazaridan ham pеdagogik nuqtai nazaridan ham muximdir. Bu davrni biz yana o`tish davri ham dеb ataymiz. O`smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o`z ichiga qamrab oladi, ya’ni 5-8 sinf o`quvchilarini. O`smir o`quvchilarni ta’lim va tarbiya bеrish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba’zan еtarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kеlib chiqadi. Kichik va katta yoshdagi maktab o`quvchilariga qaraganda o`smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko`p qiyinchiliklar bo`ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda kiyin kеchadi. Bu jarayon o`smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo`lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o`zgarishi, hamda hayot sharoitining o`zgarishi bilan bog`liqdir. Bu davrda o`smirlarning o`z shaxsiy fikrlari paydo bo`ladi. Ularda o`z qadr-qimmatlari haqidagi tushuncha kеngayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo`yicha o`smirlarningpsixik taraqqiyotini xarakatga kеltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug`iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o`rtasidagi dialеktik qarama-qarshiliklarni yuzaga kеlishi va bartaraf qilinishidan iboratdir. Qarama-qarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik taraqqiyotini, ancha murakkab shakldagi faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi psixologik hususiyatlarini tarkib toptirish orqali bartaraf qilishdan iboratdar.Shundan kеyin psixik taraqqiyotning yuksakroq bosqichiga o`tiladi.sana shu nuqtai nazardan o`smirlik yoshini yanada oydinroq qarab chiqaylik. Bola boshlang`ich sinfni tugatadi. Bolaning o`rta maktabda o`qishga o`tishi uning hayotida burilish davri hisoblanadi.O`smirlarning yangi ijtimoiy jixatdan tashkil topgan va rang-baranglantirilgan faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning…
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
O`rta Osiyoda tilshunoslik
Reja: 1. Abu Nasr Forobiyning tilshunoslikka oid qarashlari. 2. Beruniyning lingvistik qarashlari. 3. Abu Ali ibn Sinoning tilshunoslikka doir qarashlari. 4. Mahmud Qoshg`ariyning tilshunoslik rivojida tutgan o`rni. 5. Zamaxshariy va tilshunoslikka oid asarlari. 6. A.Navoiy – tilshunos olim. 7. Mirzo Mehdixon tilshunoslikka oid qarashlari. Asosiy tayanch tushunchalar: «Fanlar tasnifi» (yoki «Fanlar tasnifi haqidagi so`z») kitobi haqida; Til – so`zlovchi istagini eshituvchiga etkazuvchi tarjimon; nutq tovushlari va nutq organlarih; «savt» va «harf» tushunchalari; «Devon»dagi turkiy til va dialektlar tasnifi; Koshg`ariy metafora – o`xshashlik asosida ma`no ko`chishi haqida; Zamaxshariyning «Al-Mufassal» asari haqida. O`rta Osiyolik mashur allomalarning jahon madaniyati, ma`rifati, ilm-faniga qo`shgan hissasi ulkandir. Jahon tan olgan buyuk allomalar: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg`ariy, Mahmud az- Zamahshariy, Alisher Navoiy va boshqalarning tilshunoslik fani taraqqiyotidagi xizmatlari kattadir. Abu Nasr Forobiy. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy (873-930) yaratgan asarlar ichida «Fanlar tasnifi» (yoki «Fanlar tasnifi haqidagi so`z») kitobi tilshunoslik masalalariga bag`ishlanganligi bilan ajralib turadi. Buyuk alloma tilshunoslikning fonetika, morfologiya, sintaksis, orfografiya, orfoepiya va stilistika kabi bo`limlari haqida dastlabki tushunchalarni bergan. Forobiy fonetika haqida fikr yuritar ekan, nutq tovushlari, tovushlarning undosh va unli turlari, undosh tovushlarning paydo bo`lishi, o`rni, unli tovushlar va ularning xususiyatlari, so`zga qo`shimchalar qo`shganda yuz beradigan tovush o`zgarishlari, so`zning fonetik me`yori haqida fikr yuritadi. U leksika yuzasidan ma`lumot berar ekan, leksik birlik bo`lgan so`z masalasiga, so`z ma`nolarining tasnifi masalasiga to`xtaladi. Ya`ni so`z ma`nosining ikki turini: sodda va murakkab bo`lishini ko`rsatadi. Sodda ma`noli so`zlarga: odam, hayvon, gul, ovqat, osmon kabi atash vazifasini bajaruvchi alohida so`zlarni kiritsa, murakkab…
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
O’zbekistonning xo’jaligiga umumiy ta’rif
REJA: 1. Xalq xo’jaligiga umumiy ta’rif. 2. Sanoati va uning yetakchi tarmoqlari. 3.Qishloq xo’jaligi, uning yetakchi tarmoqlari. 1. Xalq xo’jaligi, uning umumiy ta’rifi. Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning iqtisodiy rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, O’zbekiston o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat qizІin kechgan eng qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning ўarb bilan Sharq o’rtasidagi iqtisodiy taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’Іrofiy o’rni, saxiy tabiati, boy va rang-barang tabiiy resurslari, mehnatkash va dono xalqi umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha o’z ulushini qo’shimcha ob’yektiv sharoit yaratgan. Bundan ming yil burun Sharqning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy tomonidan Ma’mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari va boshqalar xalqimizning boy madaniy merosidan guvohlik beradi. Binobarin, O’zbekistonda uzoq o’tmishda ilm-fan rivojlangan emas, uning zamirida qudratli davlat va iqtisod bo’lmasligi shubhasiz, mamlakatimiz xalq xo’jaligi XX asrda rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Biroq mamlakat xalq xo’jaligi va uning tarmoqlar taraqqiyoti yo’nalishlarini belgilash o’zgalar qo’lida edi. Negaki, 1860 yillarning o’rtalarida ruslar tomonidan mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920 yillarda esa ikkinchi marta bosib olinishini va yurtimizda o’ziga xos mustamlakachilikning qaror topishi xalq xo’jaligining o’zgalar ehtiyojiga muvofiqlashtirib rivojlantirishga olib keldi. Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama rivojlantirildi. Ya’ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi hosilini birlamchi qayta ishlash (ya’ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo – paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e’tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud…
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
O’zbekiston respublikasining uzluksiz ta’lim tizimi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli.
Reja: · O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (1997 yil). Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. · Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. · Ta’lim muassasalarining turlari va faoliyati. · Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari. Zamonaviy sharoitda jahon ta’limi: muammolar, yechimlar. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 9 sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Shu munosabat bilan yurtboshimiz «Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida nutq so’zlab, ta’lim-tarbiya tizimida islohatlar o’tkazish zarurati va omillarini asoslab berdilar. “Ta’lim to’g’risidagi” ushbu qonun 5 bo’lim, 34 moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashdan iboratdir. 1-bo’lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta’lim sog’asidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish xuquqlari, ta’lim muassasasining xuquqiy maqomi, DTS, ta’lim berish tili kabi masalalar o’z ifodasini topgan. 2- bo’limda ta’lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan. Masalan, 9 -moddada ta’lim tizimining mohiyati ifodalangan. Qonunga ko’ra ta’lim tizimimiz quyidagilarni o’z ichiga oladi: Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini; ta’lim tizimini rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta’lim sog’asidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni. Qonunning 3- bo’limida ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya kilish, 4-bo’limida ta’lim tizimini boshqarish masalalari yoritilgan, 5- bo’limda esa Yakuniy qoidalar ifodalab berilgan. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi –…
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
O’zbek tili o’qitish metodikasi fanining maqsadi, vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi.
Reja: 1.O’zbek tili o’qitish metodikasi – pedagogik fan sifatida. 2.O’zbek tili o’qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari. 3. O’zbek tili o’qitish metodikasi fanining ilmiy-tadqiqot usullari. 4. O’zbek tili o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. 5.Xulosa. Tayanch tushunchalar Til imkoniyatlari, ijodiy tafakkur sohibi, kommunikativ savodxonlik, pedagogik texnologiya, ongli verbal kognitiv ta’lim (OVKT), MYBT (matn yaratishning bosqichli tizimi), “o’quvchi – ta’lim – o’qituvchi” tizimi, amaliy maqsad, ta’limiy maqsad, rivojlantiruvchi maqsad, tarbiyaviy maqsad, yo’naltiruvchi maqsad, analiz – sintez, modellashtirish, metodik meros, tasnif etish. Mustaqillik sharofati bilan ta’lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq yosh avlod tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratildi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Davlat ta’lim standartlari”ning joriy qilinishi ushbu jarayonlardagi eng muhim bosqich sifatida xarakterlanadi. Bu hujjatlarda ona tili ta’limi oldiga ham qator talablar qo’yildi. Shu asosda ona tili dastur va darsliklari ham yangilandi. Yangilangan ona tili darsliklarining ikki avlodi nashr qilindi va o’qitishga joriy etildi. Ona tili o’qitishga bo’lgan qarashlar, talablar o’zgardi. Darsliklar ana shu talablar asosida tuzildi. Ona tili o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida boy tajriba to’plagan bo’lsa-da, bu fanning o’qitilishi bilan bog’liq bir qator muammolar ham yuzaga keldi. Buning sababi shundaki, ta’lim jarayoniga bir qator zamonaviy texnologiyalar kirib keldi va kirib kelmoqda, umumiy o’rta ta’lim maktablarining ona tili darsliklari yangilandi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar yaratildi. Bular bilan bog’liq qarashlar va tahlillar, uslubiy ko’rsatmalar o’zbek tili o’qitish metodikasining o’rganish obyektiga aylanishi kerak. Shu ma’noda bu fanning mazmunini quydagicha belgilash mumkin: ona tili ta’limining izchil tizimini ishlab chiqish, ona tili darslarini tashkil etishiga…
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
O’simlik va hayvonot dunyosini muxofaza qilish .
Reja 1.o’zbekistonning o’simlik dunyosini muxofaza qilish. 2.o’zbekistonning hayvonot dunyosini muxofaza qilish. 3. O’simlik va hayvonot dunyosi biologik xilma xilligini muxofaza qilish . 4. Xulosalar. Foydalanilgan adabiyotlar. O’simlik va hayvonot dunyosini muxofaza qilish . O’zbekiston hududidagi balanlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar O’zbekiston Fanlar akademiyasining akkademigi K.Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K.Z. Zokirov tavsiya qilgan to’rtta: cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalarining har biri o’ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o’simlik va xayvonot dunyosiga ega. Ularning xar birida ro’y beradigan tabiiy geografik jarayonlar ham bir-biridan farq qiladi. O’zbekistonning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Respublikamiz hududida 3000 tadan ziyod o’simlik turi mavjud bo’lib, bularning 9 foizi faqat O’zbekistonda uchraydigan endemik o’simliklardir. O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi Kavkaz va Old Osiyo, xususan Eron mamlakatlari hududi bilan muayyan umumiylikka ega. Respublikamizda sut emizuvchilarning 91 ta turi, sudralib yuruvchilarning 57 ta turi, qushlarning 400 ta turi, baliqlarning 40 tadan ortiq turi bor. Ular muayyan qonuniyatlar bo’yicha tarqalgan. O’zbekiston hududi yer yuzasining g’arb va shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa va sharqqa tomon ko’tarila borishi sizga malum. Toqqa tomon havo harorati pasayib, yog’inlar miqdori ortadi, tuproq o’simlik qoplami o’zgaradi. Shuning uchun hami respublikamiz tabiat zonalari janubdan shimolga emas, balki g’arbdan sharqqa, yani tekislikdan toqqa tomon o’zgarib, balanlik mintaqalarini hosil qiladi. Yer yuzasi okean sathidan balanlashgan sari iqlim umuman bir butun tabiatning o’zgarib borishini ulug’ allomalar Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar X asrdayoq idrok etgan edilar. Tuproq turlari. Respublikamiz hududida turli tabiiy sharoit tasirida hilma-hil tuproq turlari tarkib topgan. Bular:…