Press "Enter" to skip to content

5 sinf ona tili fanidan ko’rgazmalar

Mustaqillikka erishganimizdan keyin o’zbek tilining ijtimoiy vazifalari yanada kengaydi.

Toshova Shozoda Rayimovnaning mashgulotidan lavhalar

Ona tili va adabiyot fanidan o’kaziladigan o’quv mashg’ulotlarida o’rganiladi- gan mavzular:
1-mavzu:
Ona tilini o’qitishda ta’limiy o’yinlardan foydalanish
(5-10-sinf o’quv dasturlaridagi til sathlari)

MUQADDIMA

Ona tilini o’qitish jarayonida ta’limiy va didaktik o’yinlarni qo’llash vositasida o’quvchilarda faol harakat va qiziqish uyg’otiladi. O’quv-uslubiy qo’llanma mualliflari kashf etgan ta’limiy va didaktik o’yinlardan uzluksiz ta’lim jarayonida ijodiy foydalanish mumkin.

Ta’lim jarayoni, uni rivojlantirish va o`zgartirish o`qituvchi va sinf o`quvchilarining o`zaro ochiq muloqoti va ishonchi muhitida samarali bo`ladi. Ta’lim jarayonida qo`llanadigan o`yinlar qisqa vaqtga mo`ljallangan bo`lib, guruh bo`lib mashq qilishga odatlantiradi, oldindan tayyorgarlikni talab etmaydi. O`yinlar vaqtida kichik guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarining diqqati ishga (ta’lim jarayoniga) to`liq jalb etiladi.

O`yinlar vositasida o`quvchilarga yangi bilimlar berish, ko`nikma hosil qilish, kichik guruhlar a’zolarining ijodiy qobiliyatlarini rag`batlantirish mumkin. O`yinlarni darsning kirish yoki yakunlovchi qismida o`tkazish mumkin. O`yinlarni maqsadiga ko`ra 7 turga ajratish mumkin:

    1. Guruh bo`lib ishlash uchun sog`lom muhit tashkil etishga qaratilgan o`yinlar:
      • guruh a’zolarining o`zaro tanishishlariga yordam beradi;
      • guruh bo`lib ishlash ishtiyoqini tug`diradi;
      • guruh a’zolarining o`zini erkin his etishlarini ta’minlaydi, charchoqni tarqatadi.
    2. Umumiy qiziqishlarni aniqlashga yo`naltirilgan o`yinlar:
      • guruh a’zolarining ichki munosabatlarini tezda tiklashga yordam beradi (umumiy qiziqishlar, orzularni aniqlash orqali);
      • guruhga yangi qo`shilgan a’zolarning (o`quvchilarning) yangi sharoitga moslashishlariga yordam beradi.
    3. Guruhning birligini qo`llab-quvvatlovchi o`yinlar:
      • o`zaro munosabat me’yorlarini o`rnatishga yordam beradi;
      • guruhning birligini, jipsligini mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi.
    4. O`zaro bog`lovchi o`yinlar:
      • bir mavzudan ikkinchi mavzuga yengillik bilan, tabiiy o`tishni ta’minlaydi;
      • turli tushunchalarni o`zaro bog`lash uchun xizmat qiladi;
      • yangi mavzuni o`rganishni yakunlash bosqichini faollashtiradi.
    5. Rag`batlantiruvchi o`yinlar:
      • guruh bo`lib ishlashga rag`batlantiradi;
      • murakkab mavzularni muhokama qilishga yordam beradi;
      • dars davomida “nafasni rostlab”, ishni davom ettirishga yordam beradi.
    6. Ijodkorlikni rag`batlantiruvchi o`yinlar:
      • dunyoga boshqacha ko`z bilan qarash, ta’limda innovatsion metodlarni qo`llashga yordam beradi;
      • o`yin qatnashchilari o`zlarining yangi qirralarini kashf etadilar, yangilikni qabul qilish ko`nikmasini hosil qiladilar.
        1. Yakunlovchi o`yinlar:
          • katta mavzularni o`rganishni yakunlash, egallangan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi;
          • katta mavzularni o`rganishni yakunlash, egallangan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi;
          • ta’limning innovatsion metodlarini baholash va unga munosabat bildirishga o`rgatadi.

        Ta’lim jarayonida qo`llangan har bir o`yin yakunida o`qituvchining sharhiga vaqt ajratiladi. Bunda u yoki bu o`yin guruh a’zolari tomonidan qanday qabul qilingani, guruhda qanday g`oyalar tug`dirganini sharhlashga e’tibor beriladi.

        1. Bingo

        Dars mashg`ulotidan oldin o`qituvchi bingo-jadval tuzadi. 25 ta kvadratga eng muhim ma’lumotlar va topshiriqlar joylashtiriladi. Dars davomida bingo-jadval har bir o`quvchiga tarqatiladi. Uni to`ldirish uchun 20 minut vaqt beriladi. Qaysi o`quvchi gorizontal, perpendikulyar yoki diagonal joylashgan kvadratlardagi topshiriqlarni birinchi bo`lib bajarsa, “bingo” deb xitob qiladi. G`olib o`quvchiga rag`batlantiruvchi sovg`a beriladi (kitob, jurnal kabi).

        5-sinfning I choragida gap bo`laklari o`rganiladi. Yakunlovchi mashg`ulotda “Bingo” o`yinini o`tkazish mumkin. Buning uchun quyidagicha bingo-jadval tuziladi va o`quvchilarga yetarli tarzda ko`paytiriladi:

        • ta’limning innovatsion metodlarini baholash va unga munosabat bildirishga o`rgatadi.

        Ta’lim jarayonida qo`llangan har bir o`yin yakunida o`qituvchining sharhiga vaqt ajratiladi. Bunda u yoki bu o`yin guruh a’zolari tomonidan qanday qabul qilingani, guruhda qanday g`oyalar tug`dirganini sharhlashga e’tibor beriladi.

        2. O`z xotiralari bilan o`rtoqlashish

        O`yinni o`tkazishdan maqsad:

        1. Sinfda o`quvchilarning o`zaro hamkorligini, o`zaro ishonch muhitini ta’minlaydi.
        2. O`quvchilarning fikrlash qobiliyatini o`stiradi.
        3. Sinf o`quvchilariga bir-birlarini yaxshi anglash uchun sharoit tug`diradi. Kichik guruhlardagi o`quvchilar soni 10-12 tadan oshmasligi kerak. O`yinga 10 minut vaqt ajratiladi.

        5-sinf o`zbek tili darslarida bu o`yin o`tkazilganda o`quvchilardan 5 yil oldin maktabga ilk qadam qo`ygan kunlarini xotirlash so`raladi. Xotirlash jarayoni dastlab noverbal bajariladi (ichki nutq). So`ngra xotiralar og`zaki bayon etiladi. Mazkur o`yin o`quvchilar xotirasini mustahkamlaydi, mustaqil fikrlash va bog`lanishli og`zaki nutq ko`nikmalarini o`stiradi. Xotirlash jarayoniga turtki bo`ladigan manbalardan (rasm, “Alifbe” kitobi, qo`ng`iroq) foydalanish mumkin.

        3.»O`z o`rningni top» o`yini

        Didaktik o`yinlar o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O`quvchilar mashg`ulot jarayonida o`tkaziladigan didaktik o`yinlarga qiziqib ishtirok etadilar. Shu orqali o`tilayotgan mavzuni oson va tez tushunib oladilar. To`g`ri tashkil qilingan didaktik o`yin o`quvchini dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi, uni zerikishdan va toliqishdan asraydi.

        Didaktik o`yinlardan barcha fanlarni o`tishda foydalanish mumkin. Ona tili darslarida ham bunday o`yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ona tili ta’limining “Fonetika”, “Leksikologiya”, “Morfologiya” kabi bo`limlarida didaktik o`yinlardan foydalanish imkoniyatlari keng. Biz 7-sinfda «Olmosh» so`z turkumini o`rganish jarayonida o`tkaziladigan didaktik o`yinlar haqida so`z yuritamiz. Olmosh turkumi bir necha ma’noviy guruhlarga bo`lib o`rganiladi. Olmoshning ma’noviy guruhlari o`rganib bo`lingach, o`quvchilarning bilimlarini mustahkamlash va sinash maqsadida bir qator o`yinlar o`tkazish mumkin. Shunday o`yinlardan biri «O`z o`rningni top» o`yinidir. O`yin quyidagi tartibda o`tkaziladi. O`qituvchi olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlarni bir necha qog`ozlarga alohida – alohida yozib, ularni stol ustiga teskari holda qo`yadi. Olmoshning ma’noviy guruhlari nomlari yozilgan qog`ozlarni esa bir necha o`quvchiga berib, ularni doska oldiga chiqaradi. O`quvchilar qo`llarida olmoshning biror ma’noviy guruhi nomi yozilgan qog`ozni ushlagan holda qator turadilar. Qolgan o`quvchilar esa bir necha kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh olmoshning biror ma’no guruhi nomi bilan nomlanadi. Guruh a’zolari tartib bilan stol oldiga kelib, qog`ozlarni olib, undagi so`z bilan tanishadilar va mazkur so`z olmoshning qaysi turiga mansub bo`lsa, o`sha ma’noviy guruh nomini ushlab turgan o`quvchi qatoridan o`rin oladilar. Shu tariqa barcha o`quvchilar o`z o`rnini topadilar. O`yin yakunlangach, o`qituvchi o`quvchilar qatori bilan tanishib chiqadi va adashgan o`quvchilarni safdan chiqarib, o`z o`rniga o`tishiga yordam beradi. Adashmasdan o`z o`rnini topgan guruh o`yin g`olibi deb e’lon qilinadi. O`quvchilar bu o`yinda ishtirok etishlari uchun olmoshning ma’noviy guruhlari bilan yaxshi tanish bo`lishlari lozim. Aks holda o`yinda yaxshi ishtirok eta olmaydilar.

        O`yinning keyingi bosqichida topshiriq bir oz murakkablashadi va tartibiga o`zgartirish kiritiladi. Olmoshning ma’noviy guruhlari doskaga yozib qo`yiladi. Stol ustiga esa olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlar bilan bir qatorda boshqa turkumga mansub so`zlar ham aralash holda qo`yiladi. O`quvchi endi o`zi olgan so`zning olmosh turkumiga mansub yoki mansub emasligini ham o`ylab ko`rishi kerak. Olmosh turkumini yaxshi o`rgangan o`quvchi o`yinning bu bosqichida ham qiynalmaydi. Guruh a’zolari navbat bilan chiqib so`zlar yozilgan kartochkalarni oladilar va bu so`z olmoshning qaysi guruhiga mansub bo`lsa, uni o`sha guruhga yozib qo`yadilar. Guruhning qolgan a’zolari ham o`yinni shu tartibda davom ettiradilar. O`yin yakunlangach, o`qituvchi yozilgan so`zlarni ko`rib chiqadi va qaysi guruh xatoga yo`l qo`yganligini aniqlaydi. So`zlarni o`z o`rniga xatosiz holda qo`ygan guruhni g`olib sifatida e’lon qiladi. Har bir guruhga tegishli ballarni qo`yadi.

        Bu o`yin ham “Olmosh” turkumini o`rganishda qo`llanishi mumkin. Bu o`yin yakunlovchi o`yinlardan biri bo`lib, biror bo`lim yoki so`z turkumi yakunida o`tkazilishi mumkin. O`yinning o`ziga xos o`tkazilish texnologiyasi mavjud. “Olmosh” so`z turkumining ma’noviy guruhlari o`rganib bo`lingach, shu o`yindan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. O`qituvchi bu o`yinni o`tkazishga puxta tayyorlanishi lozim. Buning uchun olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlar to`rt burchak shaklida qirqilgan qog`ozlarga yoziladi. Xuddi shunday qog`ozlarga ot, sifat, son, fe’l, ravish turkumiga mansub bir necha so`zlar ham yoziladi. Ular aralashtirilib yuboriladi. Masalan: hamma, u, kim, kitob, omad, siz, yaxshi, necha, bordi, kelyapti, onam, kim uchun, nima qilyapti, o`qiyapti, hech kim, bolalar, har kim, inson, o`zim, do`stim, qo`qqisdan, qanday.

        Bunday so`zlar bir necha guruhga mo`ljallab tuziladi va har bir guruhga alohida yuqoridagi kabi turli turkumga mansub bo`lgan so`zlar beriladi. Guruh a’zolari berilgan bir necha so`zlar ichidan olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlarni saralab oladilar va ularni ma’noviy guruhlarga ajratadilar. Saralab olingan so`zlar guruhning biror a’zosi tomonidan o`qib eshittiriladi. Qolgan guruh a’zolari esa bunga o`z munosabatini bildiradi. Shu tarzda guruhlarning topshiriqni qanday bajarganliklari aniqlab olinadi. Xatolikka yo`l qo`ygan guruhlarning xatolari tuzatiladi. G`olib bo`lgan guruh alohida rag`batlantiriladi.

        Bunday o`yinlar orqali o`quvchilar guruh bo`lib ishlashga o`rganadilar, o`yinlar vositasida kichik guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarining diqqati ta’lim jarayoniga to`liq jalb etiladi. Bu o`yinlardan boshqa so`z turkumlarini o`tishda ham foydalanish mumkin.

        Bu o`yin ta’lim jarayonida bir necha yillardan beri qo`llanib kelmoqda. Bu o`yinda bir so`zdan bir necha so`zlar keltirib chiqarish talab qilinadi. Bu o`yin turi o`quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi, ularda topqirlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi. Biz bu o`yinni aynan takrorlamoqchi emasmiz, balki uni ma’lum bir mavzuga bog`liq holda o`tkazish yo`llari xususida fikr yuritmoqchimiz. Berilgan so`z tarkibidagi harflarning turli kombinatsiyasidan foydalanib, bir necha so`zlar hosil qilish mumkin. Demak, bu o`yinni ma’lum bir mavzu bilan bog`liq holda o`tkazsa ham bo`ladi. «So`zdan-so`z» o`yinidan tilning barcha sathlarini o`qitishda foydalanish mumkin.

        Leksikologiya bo`limida shakldosh, zid ma’noli so`zlar mavzularini o`rganishda bu o`yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o`qituvchi shakldosh yoki zid ma’noli so`zlarni keltirib chiqarish mumkin bo`lgan so`zlarni tanlay bilishi va shundan keyin uni o`quvchilar e’tiboriga havola qilishi lozim.

        Omonim (shakldosh) so`zlar mavzusi o`rganilgach, o`quvchilarga quyidagi so`zlarni berish va ulardan shakldosh so`zlarni keltirib chiqarish vazifasi topshiriladi.

        Mustaqil, ishtirokida, sayozliklardan.

        Mustaqil so`zidan qil (qilmoq fe’li, sochning qili), til (tilmoq fe’li, tana a’zosi nomi), ishtirokida so`zidan tor (cholg`u asbobi, sifat turkumiga xos so`z), kir (kirmoq fe’li, sifat turkumiga xos so`z), ot (ism, hayvon nomi, otmoq fe’li), osh (taom nomi, oshmoq fe’li) shakldosh so`zlari keltirib chiqariladi.

        Zid ma’noli so`zlar mavzusida bu o`yindan qisman foydalanish mumkin.

        Mavzu yuzasidan mashqlar ishlanib, kerakli tushunchalar berilgandan so`ng o`quvchilarga qarag`ayzorlar, ko`zmunchoq so`zlarini berib, antonim so`zlari keltirib chiqarish topshiriladi.

        Qarag`ayzorlar so`zidan oq-qora, ko`zmunchoq so`zidan och-ko`mmoq so`zlarini hosil qilish mumkin.

        Bu o`yindan morfologiya bo`limida ham keng foydalanish mumkin.

        Ot so`z turkumida berilgan so`zlardan atoqli otlar hosil qilish topshirig`i beriladi.

        Bilimdorlarga so`zidan quyidagicha otlar hosil qilish mumkin:

        1. Atoqli otlar. Nodir, Rim, Ali, Dilbar, Lola, Nil, Narimon.
        2. Turdosh otlar. a) qavm-qarindoshlik otlari: aka, ona, bola;
        3. b) mahsulot nomlari: don, limon, in, bino, bol;
        4. v) mavhum otlar: darmon, ilm, ishon.

        Qolgan so`z turkumlarida ham o`yinni shu tarzda o`tkazish mumkin.

        Sintaksis bo`limiga xos bo`limlarni mustahkamlashda ham bu o`yindan foydalanish imkoniyati bor. Faqat bu bo`limda «So`zdan-gap» tarzida o`tkaziladi. 5-sinfda «Sodda yig`iq gap», «Sodda yoyiq gap» mavzulari o`rganilganda, shu o`yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o`quvchilarga bilimdonlarimizga so`zi beriladi va undan sodda gaplar keltirib chiqarish topshiriladi. O`quvchilar quyidagicha sodda yig`iq gap va sodda yoyiq gaplar tuzish mumkin: Nodir oldi. Ona bo`ldi. Ona Rimga bordi. Bolalar Lolani izladi va hokazo. Umuman olganda, «So`zdan-so`z» o`yini qiziqarli o`yinlardan bo`lib, undan qay darajada foydalanish o`qituvchining mahoratiga bog`liq.

        1. «Parashyutdan sakrash» o`yini
        2. Ushbu o`yinni yangi mavzuni mustahkamlash, takrorlash – mustahkamlash darslarida qo`llash mumkin. «Parashyutdan sakrash» o`yini uchun magnitli doska, qalin qog`ozdan yasalgan parashyutlar va topshiriqqa muvofiq gap yoki so`zlar yozilgan qog`ozlar kerak bo`ladi. Berilgan topshiriqqa muvofiq so`zlarning javobi parashyutlarning pastki qismiga yoziladi. Parashyutlar soni varaqlar soniga teng bo`ladi.“Sifatning ma’noviy guruhlari” mavzusini o`tishda yoki ma’noviy guruhlar o`rganib bo`lingach, takrorlash va mustahkamlash darslarida parashyutdan sakrash o`yinini quyidagicha tashkil etish mumkin. Doskaning yuqori qismiga parashyutlar, parashyutlarning ostki qismiga sifatning ma’noviy guruhlari nomi yozib qo`yiladi. Doskaning pastki qismiga esa sifat ma’noviy guruhiga kiruvchi so`zlar yozilgan varaqlar yopishtiriladi. Bu o`yinda ishtirok etuvchi o`quvchilar sifatning ma’noviy guruhiga kiruvchi so`zlar yozilgan qog`ozni o`sha so`z mansub bo`lgan guruh nomi yozilgan parashyut to`g`risiga yoki pastiga qo`yishlari kerak. O`yin aksincha tashkil etilishi mumkin, ya’ni sifat ma’noviy guruhi nomi yozilgan parashyutni, shu guruhga kiruvchi so`zlar yozilgan qog`oz oldiga yopishtirilishi ham mumkin. Qolgan o`quvchilar javoblar to`g`riligini kuzatib borishadi. Agar o`quvchi parashyutlar to`g`risiga, shu parashyutga tegishli bo`lgan so`zlar yozilgan qog`ozni to`g`ri joylashtira olsa, parashyutdan sakragan hisoblanadi va o`qituvchi tomonidan rag`batlantiriladi. Bu o`yin juda qiziqarli bo`lib, o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishini va faolligini oshiradi. O`yinga xos kerakli jihozlarni va ularning to`g`ri bajarilish holatini chizmada quyidagicha ko`rsatish mumkin.
          Ma’za-ta’m sifatlari shirin, achchiq, nordon, taxir Miqdor sifatlari ko`p, mo`l, oz
          Hid bildiruvchi sifatlar muattar, qo`lansa Holat bildiruvchi sifatlar xursand, ho`l, issiq
          Shakl bildiruvchi sifatlar baland, do`mboq, uzun Rang-tus bildiruvchi sifatlar Qo`ng`ir, oq, qizil, yashil, ko`k
          Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar sodda, quvnoq, sho`x, kamtar

          “Parashyutdan sakrash o`yini”ni “Fe’lning ma’noviy guruhlari”, “Otlarning ma’noviy guruhlari”, “Yuklamalar” mavzularini o`rganishda ham qo`llash mumkin.

          1. «Juftini toping» o`yini
          2. Bu o`yin ijodkorlikka undovchi o`yinlardan bo`lib, undan yangi mavzuni mustahkamlashda, takrorlash va mustahkamlash darslarida foydalanish mumkin.5 – sinfda «Morfologiya» bo`limining «So`zlarning tuzilish jihatdan turlari» mavzusi o`rganiladi. So`zlar tuzilish jihatdan sodda, qo`shma, juft va takroriy so`zlarga bo`linadi. “Qo`shma so`zlar” mavzusi o`rganilganda, shu o`yindan foydalanish yaxshi samara beradi. O`yin quyidagi tartibda o`tkaziladi. Sinf o`quvchilari beshta kichik guruhga bo`linadi. Har bir guruhga qo`shma so`zlarning bir qismi beriladi va ikkinchi qismini topish topshiriladi. O`quvchilarga bitta yoki bir nechta so`z berilishi mumkin. Agar bitta so`z berilib, shu so`zdan bir necha qo`shma so`zlar hosil qilish topshirilsa, o`quvchilar ko`proq izlanadilar. O`yin ikki bosqichda o`tkaziladi. Birinchi bosqichda qo`shma so`zning birinchi qismi berilib, undan qo`shma so`zlar hosil qilinadi. Guruh a’zolari topshiriqni quyidagi tartibda bajaradilar.
            «Tengdosh» «Yog`du» «Tafakkur» «Umid» «Nihol»
            gul gulbeor gulbahor gulbog` gulqaychi gultojixo`roz ko`z ko`zoynak ko`zmunchoq ko`zbo`yamachi ko`zboyloqchi qora qorabayir qorabotir qoramol qorakuya oq oqsaroy oqtepa oqqo`rg`on oqsoqol bir bir mahal bir oz bir ma’noli bir necha
            3

            Guruhlar topshiriqni o`z o`rinlarida yoki yozuv taxtasida bajarishlari mumkin. O`qituvchi guruhlarning javoblarini ko`rib chiqadi va o`z munosabatini bildiradi. O`yinning ikkinchi bosqichida qo`shma so`zlarning ikkinchi qismi beriladi va undan qo`shma so`zlar hosil qilish topshiriladi. Bu bosqichda topshiriq murakkabroq bo`lib, guruh a’zolarini ko`proq fikrlashga, izlanishga va o`zaro maslahatlashishga undaydi. O`quvchilar berilgan so`z ishtirokida qo`shma so`zlar hosil qiladilar.

            «Tengdosh» «Yog`du» «Tafakkur» «Umid» «Nihol»
            gul qoqigul karnaygul pechakgul kelmoq olib kelmoq borib kelmoq ko`rib kelmoq qilmoq qabul qilmoq e’lon qilmoq ta’zim qilmoq rang havo rang jigar rang bug`doy rang suv oqsuv qorasuv yettisuv

            O`quvchilar shu tartibda o`yinda ishtirok etib, berilgan so`zlarning juftini topadilar va qo`shma so`zlar hosil qiladilar. Bu o`yin o`quvchilarning o`rganilayotgan mavzuni yaxshiroq yodda saqlab qolishlariga yordam beradi, ularning ijodiy tafakkurini o`stiradi. «Juftini toping» o`yinidan «Juft so`zlar», «Antonim so`zlar», «Paronimlar» mavzularini o`rganishda ham foydalanish mumkin.

            1. “O`yla, izla, top”

            Bu o`yin sinonim va omonimlar uchun qo`llansa, ko`proq o`rinli bo`ladi. Bu mavzulardan tashqari, o`zakdosh so`zlar, atamalar, tarixiy, olinma, uyadosh so`zlar mavzularini o`tganda ham qo`llasa bo`ladi. Bu o`yin o`quvchilarni topqirlikka, chaqqonlikka o`rgatadi va eng asosiysi, ularning darsga bo`lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi.

            Masalan: Sinonim so`zlar mavzusi o`tilganda o`quvchilarga jadval berilib, unda bir sinonim so`zning ma’nodoshlarini topish topshirig`i beriladi.

            j a n m yu a m b t o a t
            yo m o l z f t a m a r a
            s o t u r q o r ch e h n
            x u n b s i l a z o r a

            5 sinf ona tili fanidan ko’rgazmalar

            –>

            Adabiyot [561]
            Arxitektura [40]
            Astranomiya [38]
            Axborot [71]
            Biologiya [387]
            Biznes [47]
            Bojxona [42]
            Davlat Huquq Asoslari [4]
            Dunyo din tarixi [32]
            Ekologiya [109]
            Estetika va Etika [30]
            Falsafa [48]
            Fizika [254]
            Fransuz-Tili [22]
            Geografiya [141]
            Geometriya [6]
            Huquqshunoslik [281]
            Informatika [643]
            Texnologiya [274]
            Internet [43]
            Ingliz tili [680]
            Iqtisodiyot [1133]
            Jahon tarixi [276]
            Jamiyatshunoslik [24]
            Kimyo [82]
            Kasbiy Ta’lim [11]
            Konsitutsiya [60]
            Ma’naviyat [48]
            Matematika [89]
            Milliy G’oya [128]
            Musiqa [2]
            Nemis-tili [30]
            Ona-tili [50]
            Oshpazlik [39]
            O’zbekiston tarixi [197]
            Pedagogika [104]
            Prezident Asarlari [17]
            Psixologiya [149]
            Rus-tili [44]
            Qishloq xo’jaligi [92]
            Siyosatshunoslik [25]
            Soliq va Soliqga tortish [18]
            Tilshunoslik [9]
            Tibbiyot [64]
            Turizm [172]
            va Boshqalar. [332]
            Sport [7]
            Sxemotexnika [13]

            –>

            ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA VAZIFALARI RO’XATI

            Yukladi: routerboy Fan: Adabiyot

            Diqqat! Agar referat yuklashda muammo bo’lsa ushbu silka orqali YUKLAB oling!

            Qaytish Yuklandi: 10616

            • Adabiyot fanidan savollar
            • Adabiyot fanidan takomillashtirilgan Davlat ta’lim standarti
            • Ona tili va adabiyot boshlang’ich 1-2kurs
            • 5-sinf adabiyot
            • Abdulla Qahhor adabiyot va hayot haqida (adabiyot)
            • Abdulla Qahhor adabiyot va hayot haqida
            • Adabiyot qoidalari
            • ADABIYOT – SO’Z SAN’ATI
            • Adabiyot 1 kurs 2 semestr reja bo’yicha
            • Adabiyot janrlari
            • Adabiyot -so’z san’ati
            • Adabiyot test
            • ADABIYOT YASHASA-MILLAT YASHAR
            • Adabiyot
            • Adabiyot test
            • ADABIYOT YASHASA-MILLAT YASHAR
            • ADABIYOT YASHASA-MILLAT YASHAR
            • Adabiyot
            • BADIIY ADABIYOT HAQIDA TA’LIMOT
            • Istiqlol davri o’zbek adabiyot

            Hurmatli sayti foydalanuvchisi.Saytdan to’liq foydalanish uchun
            Biz sizga ro’yhatdan o’tishni yoki saytga kirishingizni tavsiya etamiz.

            5-“ ” sinf ona tili fani ” 201

            1-topshiriq. Ertalab turib ota-onangizga, oila a’zolaringizga nima deysiz? Ular bilan gaplashayotganda qaysitildan foydalanasiz? Ona tili deyilishi sababini izohlang.

            2-topshiriq. Nima uchun Rossiyada yoki Amerikada o’zbek tilida gapla- shishmaydi? Nega rus, ingliz, nemis, arab tillarini maxsus o’rganamiz? Shu til sohiblari qayerlarda yashashini ayting.

            Rossiyada rus tilida, Fransiyada fransuz tilida, Eronda fors tilida gaplashishadi.

            Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi. Jamiyatdan uzilgan, insonlarning o’zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til o’lik tildir.

            Siz kitoblar, kinofilmlar orqali yovvoyi hayvonlar orasida o’sgan bolalar haqida ma’lumot olgansiz. O’shanda bir narsaga e’tibor berganmisiz? Bunday bolalar hayvoniy qiliqlarga ega bo’lib, eng muhim

            insoniy fazilatdan-so’zlashdan mahrum edilar.

            Demak, til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosa- batga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi.

            Mustaqillikka erishganimizdan keyin o’zbek tilining ijtimoiy vazifalari yanada kengaydi.

            1-mashq. Quyidagi so’zlarning o’zbek tilida paydo bo’lish sabablarini aniqlang.

            Yer yuzida tillar ko’p. Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra ularning miqdori 3000 dan ortib ketadi. Masalan: rus, ingliz, nemis, arab, fors, koreys va boshqa tillar. Tillarning barchasi insonlar o’rtasidagi aloqa- aralashuvni ta’minlash vazifasinibajaradi.

            kollej, litsey, tadbirkor, fermer, tuman, viloyat.

            2-mashq. Matnni o’qing va undagi g’oya haqida o’z fikringizni bayon qiling.

            Podshoh bir kuni vazirlariga:

            – Menga eng lazzatli taom pishirib keltiringlar,-dedi.

            Vazirlar maslahatlashib unga til go’shtidan taom pishirib keldilar.

            Taom podshohga ma’qul bo’ldi.

            U: – Endi esa menga eng achchiq narsadan tayyorlangan ovqat olib kelinglar, – deb farmon berdi.

            Bu gal ham unga til go’shtidan ovqat pishirib keldilar.

            Podshohga topshiriqning ijrosi maqbul bo’ldi. Nima uchun?

            3-mashq. Quyidagi maqollarni daftaringizga yozib oling va yodlang.

            Tig’ yarasi bitadi, lekin til yarasi bitmaydi. Odobning boshi – til. Yaxshi so’z-jon ozig’i, yomon so’z – bosh qozig’i. Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqadi, yomon so’z bilan pichoq – qinidan. Til – dil kaliti.

            4-mashq. Topishmoqlarning javobini toping. O’zingiz ham til, so’z, ilm, kitob haqida bilgan topishmoqlaringizni o’rtoqlaringizga aytib bering.

            1. Tilsiz aql o’rgatar. 2. Og’izdan chiqquncha meniki, og’izdan chiqqani elniki. 3. Asaldan shirin, zahardan achchiq. 4. Temir qo’rg’on ichida qizil toychoq o’ynaydi. 5. Bir nafasda olamni kezar.

            Savollarga javob bering

            1. Yer yuzidagi xalqlar nima uchun har xil tilda gaplashishadi?

            2. Til-ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunasiz?

            3. Nima uchun yowoyi hayvonlar ichida o’sgan bolalar gapira olmaydi?

            4.0’zbeklarning qayerlarda istiqomat qilishi haqida so’zlab bering.

            5.Ijtimoiy so’ziga izoh bering.

            6.O’zingiz o’rganayotgan xorijiy til haqida nimalarni bilasiz?

            V. O`quvchilarni baholash:
            VI. UYGA VAZIFA:

            5-mashq. Uyga topshiriq. Bugungi ozod va obod hayotimiz haqida fikrlaringizni yozing.
            5-________________” SINF ONA TILI

            FANI
            «____”____________201___

            Mavzu: 2-dars. O’ZBEK TILI – DAVLAT TILI

            Maqsad: A) ta`limiy maqsad-______________________________________

            B) tarbiyaviy maqsad-____________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

            S) rivojlantiruvchi maqsad –_______________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

            Dars turi: ______________________________________________________

            Darsda foydalanilaniladigan

            metod: ____________________________________________

            Darsda foydalaniladigan jihoz: ____________________________________________
            DARSNING BORISHI:

            I.Tashkiliy qism:

            B) Davomatni aniqlash.

            V) o`quvchilarni darsga tayyorlash

            II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH

            1. Yer yuzidagi xalqlar nima uchun har xil tilda gaplashishadi?

            2. Til-ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunasiz?

            3. Nima uchun yowoyi hayvonlar ichida o’sgan bolalar gapira olmaydi?

            4.0’zbeklarning qayerlarda istiqomat qilishi haqida so’zlab bering.

            5.Ijtimoiy so’ziga izoh bering.

            6.O’zingiz o’rganayotgan xorijiy til haqida nimalarni bilasiz?

            III. YANGI MAVZU BAYONI.
            2-dars. O’ZBEK TILI – DAVLAT TILI

            1- topshiriq. Nima uchun ota, aka-uka yoki opa-singil tili emas, aynan onaga nisbat berib ona tili atamasidan foydalanamiz? Shu haqda bahs yuriting.

            2- topshiriq. Siz yashayotgan yoki Sizga yaqin bo’lgan ko’cha, mahallaning 10—15 yil oldin qanday nom bilan yuritilganini eshitganmisiz? Agar farqlansa, buning sababini aytib bering.

            Har bir millat o’z hayoti davomida aloqa-aralashuv quroli sifatida, asosan, bitta tildan foydalanadi. Farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda onaning o’rni beqiyos bo’lganligi, bola ilk tovushlarni, so’zlarni onasidan eshitganligi bois, bu tilga ona tili deyiladi.

            Ota-bobolarimiz asrlar davomida ona tilimizni asrab-avaylab kelganlar.

            1989-yilning 21-oktabr kuni o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab ta’lim-tarbiya ishlari, majlislar, ish qog’ozlari, asosan, o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi.

            Mustaqillik tufayli bu ish yanada jadallashdi.

            Milliy qadriyatlarimizni, tariximizni o’rganish uchun keng yo’l ochildi.

            6-mashq. Quyidagi hikmatli so’zlarni daftaringizga ko’chirib yozing. O’zingiz ham shunday misollar toping.

            Ona tilim – jon-u dilim.

            Ona tilim – jonimga masih.

            Ona tilisini unutganlar xor bo’ladi.

            7-mashq. She’rni o’qing va unda ilgari surilgan g’oyani aniqlang. Uning mustaqillik g’oyasiga birlashadigan jihatlari haqida gapiring.

            Ona tilim – onajonim tili bu- Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa. El-u yurtim xonumonim tili bu, Qadimlikda o’xshar ona tuproqqa.

            Tayanch so’ z 1 ar: ona, bola, chaqaloq, beshik, alia, mehr, Vatan, munosib, farzand, ulg’aymoq, tarbiyalamoq, sevmoq, duosini olmoq, xizmat qilmoq

            Savol va topshiriqlar

            IV. MUSTAHKAMLASH

            1. Ona tili deganda nimani tushunasiz?

            2. O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?

            3. Tilimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlar haqida nima deysiz?

            V. O`quvchilarni baholash:
            VI. UYGA VAZIFA:

            9-mashq. Uyga topshiriq. Mustaqillik tufayli tilimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlar haqida hikoyacha yozing.

            5-________________” SINF ONA TILI

            FANI
            «____”____________201___

            Mavzu: TAKRORLASH AYRIM UNLILAR IMLOSI

            Maqsad: A) ta`limiy maqsad-______________________________________

            B) tarbiyaviy maqsad-____________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

            S) rivojlantiruvchi maqsad –_______________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

            Dars turi: ______________________________________________________

            Darsda foydalanilaniladigan

            metod: ____________________________________________

            Darsda foydalaniladigan jihoz: ____________________________________________
            DARSNING BORISHI:

            I.Tashkiliy qism:

            B) Davomatni aniqlash.

            V) o`quvchilarni darsga tayyorlash

            II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH

            1. Ona tili deganda nimani tushunasiz?

            2. O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?

            3. Tilimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlar haqida nima deysiz?

            III. YANGI MAVZU BAYONI.

            AYRIM UNLILAR IMLOSI

            10-mashq. Maqollarni o’qing, unlisining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.

            1. Vatanni sevmoq iymondandir. 2. Ona yurting omon bo’lsa, rang-u ro’ying somon bo’lmas. 3. Bulbul chamanini sevar, odam- Vatanini. 4. O’z yurtingning qadri o’zga yurtda bilinadi. 5. Qush ham iniga qarab intiladi.

            11-mashq. Nuqtalar o’rniga i yoki u harflaridan mosini qo’yib ko’chiring.

            But. n, sov. q, uyq. kulg. shov. llamoq, sup. rmoq, quv. r, uch. n, qiz. q, . st. qlol.

              1. mashq. Quyidagi so’zlarni daftaringizga ko’chirib yozing. E harfining yozilish o’rinlariga diqqat qiling.
              1. mashq. Gaplarni o’qing, o’ unlisining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.

            IV. MUSTAHKAMLASH

            Takrorlash uchun savollar

            1. O’zbek tilida nechta unli tovush bor?

            2. i unlilarining imlosi haqida ayting.

            3.E va u unlilarining imlosi haqida so’zlab bering.

            4.A va o unlilarining imlosi haqida gapiring.

            14-mashq. Uyga topshiriq. Boshqotirmaning javobini toping. A harfining aytilishi va yozilishiga diqqat filing.

            5-________________” SINF ONA TILI

            FANI
            «____”____________201___

            Mavzu: 4-dars. AYRIM UNDOSHLARNING YOZILISHI

            Maqsad: A) ta`limiy maqsad-______________________________________

            B) tarbiyaviy maqsad-____________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

            S) rivojlantiruvchi maqsad –_______________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

            Dars turi: ______________________________________________________

            Darsda foydalanilaniladigan

            metod: ____________________________________________

            Darsda foydalaniladigan jihoz: ____________________________________________
            DARSNING BORISHI:

            I.Tashkiliy qism:

            B) Davomatni aniqlash.

            V) o`quvchilarni darsga tayyorlash

            II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH

            III. YANGI MAVZU BAYONI.

            4-dars. AYRIM UNDOSHLARNING YOZILISHI

            15-mashq. So’zlarni daftaringizga ko’chirib yozing va ular o’rtasidagi farqlarni aytib bering.

            Bob-bop, bol-pol, besh-pesh, barcha-parcha,dala-tala, dil – til, dur-tur, oz-os, eg-ek, mard-mart.

            16-mashq. Tez aytishlarni mashq qiling. Qaysi tovushga ta’kid tushayotganini toping va shu tovushga ta’rif bering.

            Turg’un turib tarozida turp tortdi. O’zim uzum uzdim. Sharif Sharofatni sharaflab she’r o’qidi. Qayiqqa ayiq chiqdimi, qayiq qirg’oqqa chiqdimi?

            17-mashq.Gaplarni ko’chirib yozing. Undosh tovushlarning imlosiga diqqat qiling.

            1. Obod va ozod Vatan bizniki. 2. Daraxtni yer ko’kartiradi, odamni- el. 3. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l. 4. Sayoq yursang, tayoq yeysan. 5. Do’stsiz boshim-tuzsiz oshim. 6. Sog’lom tanda sog’ aql.

            18-mashq.Nuqtalar o’rniga jc yoki h harflaridan mosini qo’yib ko’chiring.

            . ushyor, sa-..iy, ma..*sulot, . ulosa, . arakat, . urmatli, . ukm,

            . oziijavob, ta_.t, sa. na, . ayol, .».ar kim, .».ech qachon.

            19-mashq. O’qing. Undosh tovushlarning imlosiga diqqat qiling.

            1. Falak-palak, faqir-paqir, sof-sop, tuf-tup, to’fon-to’pon. 2. Juma, jurnal, jirafa, jonsarak, hayajon, jajji, g’ijjak. 3. Ong, tong, bong, hang- mang, ko’ngil, singil, dengiz, kelingiz. 4. G’ujg’on, og’a, tog’, ag’darmoq.

            IV. MUSTAHKAMLASH

            1. O’zbek tilida nechta undosh tovush bor va ular yozuvda nechta • harf bilan ifodalanadi?

            2.B-p, v-f, d-t, g-k undoshlarining yozilishi haqida gapirib bering.

            3.H va jc undoshlarining yozilish o’rinlari qanday?

            4.Q, g’, ng undoshlarining imlosi haqida so’zlab bering.

            V. O`quvchilarni baholash:
            VI. UYGA VAZIFA:

            20-mashq Uyga topshiriq. «Ozod va obod diyorim» mavzusida kichik hikoya yozib keling.

            5-________________” SINF ONA TILI

            FANI
            «____”____________201___

            Mavzu: 5-dars. BOSH VA KICHIK HARFLARNING QO’LLANILISHI

            Maqsad: A) ta`limiy maqsad-______________________________________

            B) tarbiyaviy maqsad-____________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

            S) rivojlantiruvchi maqsad –_______________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

            Dars turi: ______________________________________________________

            Darsda foydalanilaniladigan

            metod: ____________________________________________

            Darsda foydalaniladigan jihoz: ____________________________________________
            DARSNING BORISHI:

            I.Tashkiliy qism:

            B) Davomatni aniqlash.

            V) o`quvchilarni darsga tayyorlash

            II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH

            1. O’zbek tilida nechta undosh tovush bor va ular yozuvda nechta • harf bilan ifodalanadi?

            2.B-p, v-f, d-t, g-k undoshlarining yozilishi haqida gapirib bering.

            3.H va jc undoshlarining yozilish o’rinlari qanday?

            4.Q, g’, ng undoshlarining imlosi haqida so’zlab bering.
            III. YANGI MAVZU BAYONI.

            5-dars. BOSH VA KICHIK HARFLARNING QO’LLANILISHI

            21-mashq. Bosh harflarning ishlatilish sababini aniqlang, matnni ko’chirib yozing.

            O’zbekiston-yer yuzining jannati.U bizning jonajon Vatanimizdir.

            Yam-yashil bog’-rog’larga burkangan Farg’ona vodiysi, ko’hna Samarqand-u Buxoro, Xiva, azim Qashqadaryo va Surxondaryo yurtimizning maftunkor maskanlaridir.

            O’zbekistonda Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon kabi daryolar, Chotqol, Qurama, Hisor, Nurota, Chimyon singari tog’lar bor.

            22-mashq. «Mening ona shahrim» (yoki qishlog’im) mavzusida matn tuzing. Bosh harflarning ishlatilish o’rinlariga izoh bering.

            23-mashq. Mashqimiz «Xato toping» deb nomlanadi. Matnda kichik harflar bilan berilgan so’zlarni to’g’rilab bosh harflar bilan yozing.

            Mening bolalik yillarim Farg’ona vodiysining yaypan, nursuq, qudash, buvayda, tolliq, olqor, yulg’unzor, oqqo’ig’on degan qishloqlarida o’tgan. o’ttizinchi yillarning o’rtalarida bolaligimni o’ylaganimda chalakam-chatti tush ko’rganday edim: dumli yulduz chiqqan edi; Babar (Bobir bo’lsa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o’lmagan edi. (Abdulla Qahhor)

            24-mashq. Buxoro, Hamid Olimjon, «Tong yulduzi» kabi so’z va so’z birikmalarining bosh harflar bilan yozilish sabablarini tushuntirib bering.

            IV. MUSTAHKAMLASH

            Takrorlash uchun savollar

            1. Joy nomlari nima uchun bosh harf bilan yoziladi?

            2.Kishilarning ism-familiyalari, taxalluslariga misollar keltirib, ularning qanday harf bilan yozilishini tushuntirib bering.

            3.Korxona, tashkilot, gazeta, jurnal nomlari qanday yoziladi?

            V. O`quvchilarni baholash:

            VI. UYGA VAZIFA:

            25-mashq. Uyga topshiriq. O’zingiz istiqomat qilayotgan ko’cha (mahalla) yoki qishloq atrofiga joylashgan korxona va tashkilot nomlarini dafitaringizga yozing va ularning bosh harflar bilan yozilish sabablarini izohlang.

            5-________________” SINF ONA TILI

            FANI
            «____”____________201___

            Mavzu : BIR TOVUSH BILAN FARQ QILADIGAN SO’ZLAR MA’NOSI VA IMLOSI

            Maqsad: A) ta`limiy maqsad-______________________________________

            B) tarbiyaviy maqsad-____________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

            S) rivojlantiruvchi maqsad –_______________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

            Dars turi: ______________________________________________________

            Darsda foydalanilaniladigan

            metod: ____________________________________________

            Darsda foydalaniladigan jihoz: ____________________________________________
            DARSNING BORISHI:

            I.Tashkiliy qism:

            B) Davomatni aniqlash.

            V) o`quvchilarni darsga tayyorlash

            II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH

            1. Joy nomlari nima uchun bosh harf bilan yoziladi?

            2.Kishilarning ism-familiyalari, taxalluslariga misollar keltirib, ularning qanday harf bilan yozilishini tushuntirib bering.

            3.Korxona, tashkilot, gazeta, jurnal nomlari qanday yoziladi?

            III. YANGI MAVZU BAYONI.

            6-dars. BIR TOVUSH BILAN FARQ QILADIGAN SO’ZLAR MA’NOSI VA IMLOSI

            26-mashq. Gaplarni o’qing. Nuqtalar o’rniga quyida berilgan so’zlardan mosini qo’yib ko’chiring.

            . bir o’lar, nomard-ming. Og’zi kuygan . ni ham puflab ichadi. . shamol esdi. Sakkizinchi . – onamlarning bayrami. Onangni . ingda tutsang, singlingni . da tut. . soat sakkiz yarimda boshlanadi. Oynaga . ketdi.

            So’zlar: mard, mart, qatiq, qattiq, kift,kaft,dars, darz.

            27-mashq. So’zlarni izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.

            Barmoq-bormoq, da’vo-davo, sa’va-sava, yod-yot, odim-odam.

            28-mashq. So’zlarni o’qing. Ularning o’rtasidagi farqlarni aniqlang.

            azm-azim xalos-xolos urush-urish

            ahl-ahil sut-sud paxta-puxta

            Sanat saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.

              1. Chop yoni bilan turmoq.
              2. Urish, noming o’chsin jahonda. (Zulfiya)

            1- Tilla-tila, qatiq-qattiq kabi so’zlarning yozilishini va ma’nosini ayting.

            2. Qarz-qars, darz-dars, yod-yot kabi so’zlardagi o’zgarishlarni belgilab, ularning ma’nosini tushuntiring.

            3. Yuqoridagi so’zlarni bir xil yozsak bo’ladimi?

            Do’stlaringiz bilan baham:

            Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
            ma’muriyatiga murojaat qiling

            Tutuq ( ‘ ) belgisi 55-56- mashqlar

            FK 1:- Nutqiy kompententsiya:-tinglab tushunish, so’zlash, o’qish, tutuq belgili so’zlarni o’qiy oladi.

            Tarbiyaviy: O`quvchilarni mashqdagi matn orqali Vatanimiz poytaxti bilan tanishtirish, Vatanga mehr uyg`otish;

            TK 4:- O’zidan kattaga yordam berish ;

            Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning bog’lanishli nutq, og`zaki va yozma nutq , lug`at ustida ishlash, mantiqiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

            Dars turi: O`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarni rivojlantiruvchi

            Dars uslubi: suhbat, tushuntirish, “Davom ettir” usuli, “Qismning butuni” mashqi, ”Quvnoq harflar”, “Fazoviy sayohat” o`yini.

            Dars jihozi: darslik, videoroliklar, ko`rgazmalar, xatjild va topshiriqlar.

            Darsning borishi.

            I.Darsni tashkil etish: (2 min)

            O`quvchilarni dars maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish.

            O`quvchilarni darsga hozirlash.

            1. Uy vazifasini so`rash va o`tilganlarni mustahkamlash. (10 min)

            Uyga vazifa darslikdagi 54-mashqni hazorat qilish baholash.

            “ Tarmoqlash “ o’yini orqali mustahkamlash 54- mashq izohlanadi Javoblar: shahri, faxri, baxti, har, dasturxon, mehmon.

            “Quvnoq harflar” o`yini.

            Bu o`yinni o`tkazish uchun she’rni eng ifodali yoddan aytgan 8 nafar o`quvchi tanlanib xattaxta yoniga taklif qilinadi. O`qituvchi stolida teskari holatda qo`yilgan Q, O`, R, G`, O, N, I, M kesma harflardan bittadan tanlab olishadi. “Qo`rg`onim” so`zini o`quvchilar qarsak yordamida tovush chiqarib hosil qiladilar.

            O`quvchilarga umumlashtiruvchi savollar beriladi.

            1. “Qo`rg`onim” so`zi nechta harf va tovushdan iborat? (8 ta harf, 8ta tovush)
            2. So`z necha bo`g`inli ekan? (3 bo`g`inli, 3-unli tovushlar soni)
            3. 8 va 3 ning ayirmasini toping. (5-undosh tovushlar soni)
            4. “Qo`rg`onim” so`zining ma’nosi nima ekan? (Vatan)

            -Bugungi darsimizda biz Tutuq (‘) belgisi bilan tanishamiz va Vatanimiz haqida olgan bilimlarimizni yangi ma’lumotlar bilan to`ldirib boramiz. Tayyormisiz?

            III. Yangi mavzuni tushuntirish. (14min)

            -Bugun biz sizlar bilan Tutuq (‘) belgisi bilan tanishamiz.

            Multimedia ilovada matn mazmuniga mos lavhalar, matn ovozi bilan audio va videorolik namoyish qilinadi.

            -Aziz bolajonlar, hozir namoyish etilgan lavhalarga mos ma’lumotlar darsligimizda ham bormikin? Keling tekshirib ko`ramiz.

            (O`qituvchi tutuq belgisi bilan tanishtirib qoidani o`qiydi. O`quvchilarga qoida haqida tushuncha beriladi, kuzatib boradilar)

            55-mashq. Sur’at, Jur’at, Tal’at, San’at, qal’a, qat’iy, mash’al.

            Topshiriq: tutuq belgili bo’g’inlarni tagiga chizing.

            56-mashq Ra’-no, ba’-zi. va’ –da, ma’-no, ma’-qul , sa’-va, ta’-zim, ta’-lim, e’-lon

            Topshiriq: Tutuq belgili so’zlarni bo’g’inga bo’lib chiziqcha bilan yozing

            Dam olish daqiqasi :

            Multimeda ilovada Erkatoy guruhining “O`zbekiston” qo`shig`iga mos harakatlar ko`rsatilgan bo`lib, o`quvchilar ko`rib birgalikda bajaradilar.

            -Vatanimizni madh etuvchi qo`shiqni tinglab, kayfiyatimizni ko`tarib oldik. O’zbek tilimiz haqida she’rlar aytish, maqollarni bilasiz? (O`quvchilar bilgan maqollarini aytadilar. Darslikda berilgan maqol tanishtiriladi va mazmuni tushuntiriladi.)

            Maqol: Ona yurting-oltin beshiging

            IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. (15 min)

            Darslik bilan ishlash :

            “Davom ettir” usuli

            O`qituvchi o`quvchilarga darslikning mashqlarni umumlashtirib tutuq belgili so’zlar topib aytish: Masalan: sa’va – sava, ta’na – tana, da’vo – davo,sur’at – surat…..

            “Fazoviy sayohat” o`yini

            Multimedia ilovada o`yin o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi.

            – Aziz bolajonlar! Yosh fazogirlar fazoviy kemada sayohatga chiqmoqdalar. Savollarga javob bersangiz, yosh fazogirlar sayohatga yo`l oladilar. Sizlarga omad tilayman!

            1. Darsga yakun yasash va o`quvchilarni baholash. (2min)
            1. Darsimizda nimalarni bilib oldingiz?

            O`quvchilarni darsda ishtirok etishlariga qarab baholanadilar.

            Darslikdagi 57 – mashq ajratib ko’rsatilgan so’zlarni ma’nosi,aytilishi, yozilishini qiyoslang.