Yangi maktab darsliklari eskilaridan nimasi bilan farq qiladi? Farqlar juda ko‘p
мактаб кутубхона жам ғ армасига қ абул қ илинадиган ЎМ Қ ларнинг ўрнатилган ҳ исоб бирликларида умумий ва индивидуал ҳ исоб-китобини юритади.
5 sinf ona tili metodik qo’llanma 2022
Darsliklarni ijaraga berish to‘g‘risida
ShARTNOMA
ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Ijaraga beruvchi” deb yuritiluvchi __________________ shaxsida hamda ikkinchi tomondan ta’lim _______ tilida olib boriladigan ____-sinf o‘quvchisining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud homiy, bundan buyon matnda “Ijaraga oluvchi” deb yuritiluvchi ____________________________ mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. ShARTNOMA PREDMETI
1.1. Ijaraga beruvchi, 20__/20__ o‘quv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur
Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan darsliklar to‘plamini Ijaraga oluvchiga beradi, Ijaraga oluvchi esa, mazkur Shartnomaning 2.1 va 2.2-bandlarida ko‘rsatilgan miqdorda va muddatlarda ijara to‘lovini to‘lash va 20___ yil ________ gacha darsliklar to‘plamini foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti bo‘lgan darsliklar to‘plami Ijaraga oluvchiga
II. IJARA TO‘LOVINI TO‘LASh TARTIBI VA MUDDATLARI
2.1. Mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan darsliklar to‘plamidan
foydalanganlik uchun Ijaraga oluvchi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Va�iylik kengashi tomonidan 20____/20_____ o‘quv yiliga jami ____________ so‘m miqdorida belgilangan ijara to‘lovini Ijaraga beruvchiga to‘laydi.
2.2. Ijara to‘lovi mablag‘lari to‘liq hajmda joriy o‘quv yilining 30-sentabridan
Ijaraga oluvchi pul mablag‘lari vaqtinchalik yo‘qligi sababli, ijara to‘lovi
muddatini uzaytirish to‘g‘risida umumta’lim maktabi ma’muriyatiga murojaat qilishi mumkin. Bunda ijara to‘lovi muddati umumta’lim maktabi vasiylik kengashi qarori va direktor buyrug‘i bilan uzaytiriladi. Ijara to‘lovi muddati uzaytirilgan taqdirda, mazkur to‘lovning 50 foizi joriy yilning 30-sentabrigacha, qolgan qismi esa, 30-noyabrgacha to‘lanishi lozim.
III. TOMONLARNING HUQUQLARI
3.1.1. Ijara to‘lovining mazkur Nizomning 2.1 va 2.2-bandlarida nazarda tutilgan
3.1.2. Ijaraga oluvchining aybi bilan darslik yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz
holatga kelib qolganda, zararni xuddi shunday darslik bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.4-bandida ko‘rsatilgan tartibda to‘lashni talab qilish;
3.2.1. Ijara to‘lovini to‘laganidan keyin, Ijaraga beruvchidan tegishli
darsliklarni foydalanishga yaroqli bo‘lgan holatda va to‘liq to‘plamda Ijaraga beruvchidan talab qilish;
3.2.2. Ijara to‘lovi muddatini uzaytirish to‘g‘risida Ijaraga beruvchiga murojaat
3.2.3. Mazkur Shartnomaning 2.1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan ijara to‘lovi summasini
Ijaraga beruvchining yoki tegishli bankning kassasiga naqd pul mablag‘larini to‘lash yoki Ijaraga beruvchining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lash.
IV. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
4.1.1. Ijara to‘lovi to‘langandan keyin, mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib
o‘tilgan darsliklar to‘plamidan 20__/20__ o‘quv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun Ijaraga oluvchiga berish;
4.1.2. Ijaraga oluvchini ijara to‘lovi miqdorlari, darsliklar to‘plamlarini
ijaraga berish va ijara to‘lovini to‘lash tartibi, shuningdek darsliklar to‘plamlaridan foydalanish shartlari va muddatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlash.
4.2.1. Mazkur Shartnomaning 2.1 va 2.2-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan miqdorda va
4.2.2. Olingan darsliklar to‘plamining to‘liq va foydalanishga yaroqli holatda
4.2.3. Darsliklar to‘plamini foydalanishga yaroqli holatda Ijaraga beruvchiga
4.2.4. Darsliklar yo‘qolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelib
qolgan holatlarda zararni xuddi shunday darslik bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘lash:
birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darsligi uchun — uning bir baravari
2 — 4-sinf o‘quvchilarining har bir darsligi uchun — uning ikki baravari
5 — 9-sinf o‘quvchilarining har bir darsligi uchun — uning to‘rt baravari
V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. Mazkur Shartnoma bo‘yicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun
Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganliklari uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
VI. NIZOLARNI BARTARAF ETISh
6.2. Nizolarni hal qilishda kelishuvga erishilmagan taqdirda, ular qonunchilik
VII. YAKUNIY QOIDALAR
VIII. TOMONLARNING REKVIZITLARI
Pasport seriyasi, raqami, kim
TOMONLARNING IMZOLARI
(lavozim, F.I.O., imzo)
Darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni bepul
foydalanishga berish to‘g‘risidagi
ShARTNOMA
ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Maktab” deb yuritiluvchi _________________________ shaxsida hamda ikkinchi tomondan ta’lim ________________ tilida olib boriladigan ____-sinf o‘quvchisining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud umumta’lim maktabi o‘qituvchisi, bundan buyon matnda “Foydalanuvchi” deb yuritiluvchi __________________________________________ mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. ShARTNOMA PREDMETI
Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 20___ yil _____________ gacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
II. TOMONLARNING HUQUQLARI
yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida ko‘rsatilgan tartibda to‘lashni talab qilish huquqiga ega.
ko‘rsatilgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni foydalanishga yaroqli bo‘lgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli bo‘lgan holatda bepul berish;
foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanma bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘lash:
V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
VI. NIZOLARNI BARTARAF ETISh
VII. YAKUNIY QOIDALAR
VIII. TOMONLARNING REKVIZITLARI
TOMONLARNING IMZOLARI
(lavozimi, F.I.O., imzo)
M.O‘.
Yangi maktab darsliklari eskilaridan nimasi bilan farq qiladi? Farqlar juda ko‘p
O‘quv yili boshida ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda maktab darsliklari ijarasi narxlari oshgani haqidagi shikoyatlar paydo bo‘ldi. (Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, darsliklar ijarasi narxlari Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.) Xalq ta’limi vazirligi narxlarning ko‘tarilganini jahon bozorida qog‘oz narxining keskin oshgani va qog‘ozni mamlakatga yetkazib berish uchun transport xarajatlari oshishi bilan izohladi. Prezidentning darsliklarni bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan bergan topshirig‘idan so‘ng XTV maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lovlar bekor qilinishini bildirdi.
Ijara narxlaridan boshlangan muhokamalar o‘quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiquvchi Respublika ta’lim markazi (RTM) va shaxsan RTM direktori Shuhrat Sattorov faoliyati muhokamasiga aylanib ketdi. (RTM darsliklarning asl maketlarini tayyorlaydi, ularni nashr etish (ko‘paytirish) esa XTV tomonidan o‘tkazilgan tenderlarda g‘olib bo‘lgan nashriyotlar tomonidan amalga oshiriladi. RTM o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarni nashr etmaydi, ularning narxini belgilamaydi.) RTMga qarshi «axborot kampaniyasi»da ayniqsa kompromatuzb anonim telegram kanali faol bo‘ldi.
21 avgust kuni prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov o‘zining Feysbuk-sahifasida o‘zbek maktablari bitiruvchilariga qo‘yilgan talablarni sanab o‘tar ekan, Sardor Umrzoqov boshchiligidagi komanda prezidentdan bu yo‘nalishda aniq topshiriq olgani va ishlar boshlanganini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, u gap qaysi ta’lim dasturi haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi: davlat rahbarining 2022 yil 11 maydagi qarori bilan 2022−2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida to‘liq joriy qilinishi belgilangan Milliy o‘quv dasturi to‘g‘risidami yoki boshqa, mutlaqo yangisi to‘g‘risida?
Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishga BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) xalqaro ekspertlari jalb qilindi, dasturning o‘zi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida bir necha bosqichlarda muhokamadan o‘tdi hamda inspeksiya tomonidan Ta’lim uzluksizligini ta’minlash konsepsiyasiga kiritildi.
Xullas, 31 avgust kuni «aniq topshiriq» olingani va «ish boshlangani» ma’lum qilingan bo‘lsa, 5 sentabr kuni Komil Allamjonov «barcha maktab darsliklarini kompleks tekshiruvdan o‘tkazish, ulardagi mavjud xato va kamchiliklarni aniqlash, sifatini yaxshilash bo‘yicha» katta ishchi guruh tuzilganini e’lon qildi. Ertasi kuni u «maktab ta’limi sifatiga befarq bo‘lmagan har kimdan bu boradagi muammolar, ularning yechimi haqida takliflar»ni yuborishni so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «to‘rt soat ichida pochtaga 1278 ta murojaat kelib tushgan va bu ko‘rsatkich har daqiqada oshib bormoqda».
Darslik muhokamasiga boshqa taniqli shaxslar ham qo‘shildi. Jumladan, Fayzbog‘ telegram-kanali muallifi (Temur Malik), shuningdek, blogerlar Nurbek Alimov va Ali Kaxxarov mashhur tadbirkor Murod Nazarov haqidagi ma’lumotlarning darslikka kiritilgani haqida yozdi. Taniqli jamoat arbobi va bloger Aziza Umarova darsliklarni kraudsorsing orqali qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi: uning fikricha, «chet tilini bilmaydigan, Future of jobs/kasblarning kelajagi (shu nomdagi an’anaviy anjuman — tarj.)ni to‘liq tushunmaydigan, xorijdagi ta’lim tizimini ko‘rmagan odamlar 2022 yilda o‘tirib, mustaqil ravishda yaxshi narsa yaratgan bo‘lishlari dargumon». (RTM ma’lumotlariga ko‘ra, darsliklarni yozish yoki ularni ekspertizadan o‘tkazish uchun jalb qilingan mutaxassislarning aksariyati xorijda o‘qishgan, YUNISEF tomonidan jalb qilingan xalqaro ekspertlar esa jarayonda maslahatchi sifatida ishtirok etishgan.
Ushbu maqola tayyorlanayotgan bir paytda, 14 sentabr kuni kompromatuzb anonim kanali ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning 2-sinflari uchun «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darsligidan (2021 yilda Milliy o‘quv dasturiga o‘tish doirasida nashr etilgan) sahifalaridan birini e’lon qilib, o‘quvchilardan «Katta bo‘lsam, Nobel olaman» mavzusida hikoya yozishlari so‘ralgan vazifaga e’tiborni qaratadi. Kanal muallifi «Nobel haqida 2-sinf o‘quvchisida tushuncha onasini qornida paydo bo‘lganmi?!» degan savolni ko‘tardi.
RTM matbuot xizmatining tushuntirishicha, mazkur sahifa Nobel mukofotiga bag‘ishlangan bo‘limning yakunidir. Ungacha o‘quvchilar Nobel mukofoti haqidagi audio matnni tinglaydilar, matnga oid topshiriqlar ustida ishlaydilar va hikoya yozish mazkur mavzu bo‘yicha oldingi topshiriqlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Darslik muallifi Iroda Azimova o‘zining Feysbuk-sahifasida bu kabi topshiriqlardan ko‘zlangan maqsad bolalarda ilmga qiziqish uyg‘otish ekanini tushuntirib, bunday ig‘volardan charchaganini ta’kidladi. U Sherzod Shermatov (sobiq xalq ta’limi vaziri, o‘sha paytda vazir yangi darsliklar yaratish jarayonini boshlagan edi) va XTVning amaldagi rahbariyati vakillarini vaziyatga munosabat bildirishga chaqirdi.
Muhokamalar fonida yangi maktab darsliklari mualliflari prezidentga murojaat qilib chiqishdi. Ular darsliklarga zamonaviy metodikani, metodikadagi zamonaviy tendensiyalarni hozirgi zamon bolasiga nimani qanday o‘rgatish kerakligini tushunadigan mutaxassislar, xolis ekspertlar baho berishlarini so‘rashdi. Yurist va bloger Xushnudbek Xudayberdiyev bunday qadamni «straxovka» deb atadi va «Qo‘rqoq oldin musht ko‘tarar» maqolini eslab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, darsliklarning aksariyati talabga javob bermaydi va yangilanishi kerak.
RTM ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda Milliy o‘quv dasturiga o‘tish doirasida 6, 7 va 10-sinflar uchun darsliklar tayyorlandi. «Gazeta» darslik mualliflariga murojaat qilib, bir nechta darsliklar — til va adabiyot darsliklari misolida ushbu darsliklarda nima o‘zgargani va nima sababdan o‘zgarganligini tushuntirishlarini so‘radi. Darsliklarning elektron variantlari RTM kanaliga joylashtirilgan.
RTM bo‘lim mudiri Barnoxon Tursunaliyeva hamda adabiyot bo‘yicha darsligi muallifi, filologiya fanlari doktori Zulxumor Mirzayeva til va adabiyot darsliklariga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida so‘zlab berishdi.
Darsliklardagi o‘zgarishlar
Ona tili: Qanday edi?
Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, o‘qituvchilarning «Ma’rifat» gazetasi o‘quvchilarining telegram guruhida o‘zbek maktablari uchun ona tilidan yangi darsliklar qizg‘in muhokama qilinmoqda. Muhokama ishtirokchilaridan ba’zilari «ona tili fani o‘z mohiyatini yo‘qotib, turli fanlar qorishmasiga aylanib qoldi», deb noliydi. Darhaqiqat, masalan, o‘zbek maktablarining 6-sinfi uchun ona tili darsligining mundarijasiga e’tibor qaratsangiz, odatiy mavzular, masalan, «Fe’l», «Fe’lning shaxs-son, zamon shakllari», «Sifatdosh» o‘rniga «Til — muloqot vositasi», «Global isish», «Eksport-import», «Soliqlar», «Raqamli dunyo» kabi mavzularni ko‘rishingiz mumkin.
Avvalgi ona tili darsliklari tilning tuzilishiga oid tizimli qoidalar va bu qoidalarning yod olinishini ta’minlovchi mashqlardan iborat edi.
Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning 6-sinflari uchun ona tili darsligi mundarijasi (2017 yil).
Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning 6-sinflari uchun «Ona tili» darsligidagi (2017 yil) mavzulardan biri. O‘quvchilar fe’l turlarini ajratishni o‘rganadilar.
Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarning 6-sinflari uchun «Rodnoy yazыk» darsligidagi (2017 yil) mavzulardan biri.
Nimalar o‘zgardi?
1. Darsning (yoki darslar ketma-ketligidan iborat mavzuning) asosiy o‘zagini avvalgidek grammatik qoida emas, balki matn tashkil etadi. Matnlar mavzu, uslub (badiiy, axborot, publitsistik, ilmiy-ommabop va boshqalar) hamda shakl (to‘liq matn, infografika, jadvallar, diagrammalar va boshqalar) jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.
2. Mashqlar matn asosida tuzilgan va o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan:
— matnni tushunish ko‘nikmalari;
— matn yaratish ko‘nikmalari (yozma yoki og‘zaki);
— tanqidiy va ijodiy fikrlash, shuningdek, tadqiqotchilik ko‘nikmalari;
— til qoidalarini o‘zlashtirish.
3. O‘rganiladigan til qoidalari tizimli tarzda (fonetika va leksikologiyadan morfologiya, sintaksis va uslubiyatgacha) emas, balki matnlar asosida (matnda uchrashiga qarab) beriladi. Aksariyat hollarda qoidalar ixcham, ortiqcha terminologiyadan xoli tarzda beriladi.
Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning 6-sinflari uchun ona tili darsligi mundarijasi (2022 yil).
Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning 6-sinfi uchun «Ona tili» darsligidagi (2022) bir mavzudan parchalar . Bolalar a) infografikani tushunishni, b) mavzuga oid atamalarni tushunishni, v) taqdimot qilishni o‘rganadilar.
Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarning 7-sinfi uchun «Russkiy yazыk» darsligidagi (2022) bir mavzudan parchalar. Matn asosida bolalar a) mavzu bo‘yicha o‘z fikrini bildirishni, b) bog‘lovchi va tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganadilar.
Nima uchun?
Ona tili bo‘yicha milliy darsliklarda ustun bo‘lgan tilning tuzilishini (fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, stilistika) izchil o‘rganish tilshunoslik bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar uchun zarurdir. Biroq tilshunos kadrlar tayyorlash umumta’lim maktabining vazifasi emas. Maktabdagi til ta’limining (ona tili va boshqa tillarning) vazifasi o‘quvchini turli muloqot vaziyatlarida tildan to‘g‘ri va samarali foydalanishga o‘rgatishdir. Buning uchun o‘quvchi quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak:
— hayotda duch kelishi mumkin bo‘lgan og‘zaki, yozma va vizual matnlarning har xil turlarini tushunish;
— o‘z fikrlarini boshqalarga yetkazish uchun matnlar (og‘zaki, yozma, vizual) yaratish va dialogda (polilogda) qatnashish;
— axborotni qidirish, topish, solishtirish va tahlil qilish.
Rus va o‘zbek tillari (ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun)
Qanday edi?
Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun rus va o‘zbek tillari darsliklari ham til tuzilishini (fonetika, morfologiya, sintaksis) tizimli o‘rganish asosida qurilgan edi. Matn va mashqlar asosan grammatikaga oid mavzularni o‘rganishga xizmat qilgan.
Ta’lim rus va boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 6-sinfi uchun «O‘zbek tili» darsligi sahifalari (2017).
Ta’lim o‘zbek va boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 7-sinfi uchun «Rus tili» darsligi sahifalari (2017).
Nima o‘zgardi?
Darslar kommunikativ mavzu asosida qurilgan bo‘lib, uning asosida tegishli daraja uchun leksika va grammatikasi mos bo‘lgan matn (dialog) tanlanadi. Ushbu matn til ko‘nikmalarini (o‘qilgan yoki eshitilgan matnni tushunish, og‘zaki yoki yozma muloqot) rivojlantirish hamda leksika va grammatikani o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim rus va boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 6-sinfi uchun «O‘zbek tili» darsligida bir mavzudan parchalar (2022). Bolalar a) o‘zini va boshqalarni tanishtirish, b) ayrim so‘zlarni to‘g‘ri ishlatishni o‘rganadilar.
Ta’lim o‘zbek va boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 5-sinfi uchun «Rus tili» darsligida bir mavzudan parchalar (2022). Bolalar a) dars haqida gapirishni, b) fe’lning o‘tgan zamon shaklini to‘g‘ri ishlatishni o‘rganadilar. RTM ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishdagi darsliklar rus tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi asosida yaratilgan va A. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tayyorlangan.
Nima uchun?
Ona tili bo‘lmagan tilni o‘qitishda kommunikativ yondashuv o‘quvchiga hatto cheklangan leksika (lug‘at boyligi) va grammatika doirasida ham tilni tushunish va muloqot qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, leksika va grammatikani kontekstda (matn bilan bog‘liq holda) o‘rganish ularni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
Darvoqe, shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan «muammo» — ta’lim rus va boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun o‘zbek tili darsligiga tadbirkor Murod Nazarov haqidagi matnning kiritilgani haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tish joizdir. Tillarni o‘qitish metodikasida «autentik material» degan tushuncha mavjud. Tillarni o‘qitishning zamonaviy usuli o‘quvchini real vaziyatlarda tildan foydalanishga tayyorlashni maqsad qiladi va buning uchun real hayotdan olingan turli xil materiallardan foydalanishni tavsiya qiladi.
Ommaviy axborot vositalaridagi matnlar, xaritalar, chiptalar, reklamalar, ko‘rsatmalar — til foydalanuvchisi real hayotda duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha narsalar «autentik material», ya’ni haqiqiy hayotdan olingan material bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Bunday materiallar til ko‘nikmalarini mashq qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim rus va boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun o‘zbek tili darsligida Murod Nazarov haqidagi matn o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun autentik material sifatida ishlatilgan. Bunday autentik materiallarga misol tariqasida darslik mualliflari Kembrij ingliz tili darsligidagi Simpsonlar haqidagi yoki Germaniyada nashr etilgan nemis tili darsligidagi Shvarsenegger haqidagi matnlardan misollar keltirdilar. Mana bu ro‘yxatda yangi darsliklarga kiritilgan mashhur shaxslar nomi keltirilgan.
Adabiyot
Qanday edi?
Adabiyot darsliklari asosan «yozuvchining tarjimai holi — asari (yoki undan parcha) — o‘qilgan asar haqidagi maqola — savol va topshiriqlar» tamoyili asosida qurilgan edi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarda asarni mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishni ko‘zda tutmaydi, chunki asar haqidagi maqolada asarning «to‘g‘ri tahlili» berilgan bo‘ladi.
Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning 6-sinfi uchun «Adabiyot» darsligidagi bir mavzudan parchalar (2017).
Nima o‘zgardi?
1. O‘rganilayotgan asarlar haqidagi maqolalardan voz kechishga qaror qilindi.
2. Badiiy matn bilan ishlash bir necha bosqichda quriladi, ularning har biri o‘ziga xos maqsadni ko‘zlaydi:
— matndan oldingi topshiriqlar o‘quvchilarni asarni tushunishga tayyorlaydi;
— matn ichidagi savollar asar matni bilan ishlash, undagi so‘zlar, voqealar, obrazlarni tushunishga yordam beradi;
— matndan keyingi topshiriqlar asarni tahlil qilishga (asar g‘oyasini aniqlash, qahramonlarga baho berish, lingvistik va badiiy xususiyatlarini tahlil qilish, unda ko‘tarilgan muammoni hayot bilan bog‘lash) yordam beradi.
3. Ko‘pgina mavzular maktabda o‘rganiladigan boshqa fanlar (tarix, tabiatshunoslik, til va boshqalar) bilan integratsiyani o‘z ichiga oladi.
4. «Adabiy kanonlar» bilan bir qatorda yangi mualliflar hamda o‘quvchilarga tanish, zamonaviy mavzular va muammolarga bag‘ishlangan asarlar kiritilgan.
Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning 6-sinfi uchun «Adabiyot» darsligidagi bir mavzudan parchalar (2022). Rey Bredberining «Bir kunlik yoz» hikoyasi asosida bolalar: a) joyning ilmiy va badiiy tasvirini solishtiradilar, b) maktablardagi bulling sabablari va oqibatlarini tahlil qiladilar hamda hamdardlikni o‘rganadilar, v) asardagi sifatlashlarni topish va ularning o‘quvchiga ta’sirini tushunishni o‘rganadilar.
Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarning 6-sinfi uchun «Adabiyot» darsligidagi bir mavzudan parchalar (2022).
Nima uchun?
Haqiqiy san’at asari turli talqinlarga imkon berishi kerak. Matn bilan ishlashda ko‘p bosqichli yondashuv o‘quvchilarga badiiy matnni yaxshiroq tushunish, o‘z talqinlarini yaratish va asardan xulosa chiqarish imkonini beradi. Yangi mualliflar va asarlar esa o‘quvchilarni turli madaniyatlar bilan tanishtirish, ularning kitob o‘qishga qiziqishini oshirish maqsadida kiritilgan.
Darsliklar ustida ishlagan mualliflar jamoasi yangi darsliklar o‘quvchilarga nafaqat mavzuni o‘zlashtirish, balki muloqot, tanqidiy fikrlash, izlanish va muammoni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berishi, darsliklarning rang-barang dizayni esa o‘quv jarayonini yanada qiziqarli qilishiga umid bildirishdi.
- # maktab darsliklari
- # respublika ta’lim markazi
- # rtm
Умумтаълим мактабларини дарсликлар ва ўқув-методик қўлланмалар билан таъминлаш тартиби тўғрисида Низом (АВ томонидан 14.01.2010 й. 2064-сон билан рўйхатга олинган 16.12.2009 й. Халқ таълими вазирлигининг 53-сон, Молия вазирлигининг 115-сон, Маданият ва спорт ишлари вазирлигининг ҚҚ-19-сон, Ўзбекистон матбуот ва ахборот агентлигининг 05-04-02-сон қарори билан тасдиқланган)
Мазкур Низом Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2006 йил 31 майдаги П Қ -362-сон “Умумтаълим мактабларини дарсликлар билан таъминлаш тизимини такомиллаштириш борасидаги қ ўшимча чора-тадбирлар тў ғ рисида”ги қ арорининг (Ўзбекистон Республикаси қ онун ҳ ужжатлари тўплами, 2006 йил, 22-сон, 190-модда) 7-бандига мувофи қ умумтаълим мактаблари ва бош қ а умумтаълим муассасаларини (кейинги ўринларда умумтаълим мактаблари деб юритилади) дарсликлар ва ў қ ув-методик қ ўлланмалар билан таъминлаш тартибини белгилайди.
I. УМУМИЙ Қ ОИДАЛАР
1. Мазкур Низом бюджет ва ҳ омийлик мабла ғ лари, хал қ аро молия институтлари кредитлари ва грантлари, дарсликлар учун белгиланган ижара тўловлари ҳ исобидан дарсликлар ва ў қ ув-методик қ ўлланмаларни харид қ илиш ҳ амда умумтаълим мактабларини дарсликлар ва ў қ ув-методик қ ўлланмалар билан таъминлаш ма қ садида қ ўлланилади.
2. Ушбу Низомнинг ма қ сади учун қ уйидаги асосий тушунчалардан фойдаланилади:
умумтаълим мактаблари – Ўзбекистон Республикаси Хал қ таълими вазирлиги (кейинги ўринларда Хал қ таълими вазирлиги деб юритилади) ҳ амда бош қ а вазирликлар ва идораларнинг таркибига кирадиган давлат умумий ўрта таълим мактаблари, мактаб-интернатлар ва ихтисослаштирилган мактаблар;
дарсликлар – умумтаълим мактаблари ў қ увчилари томонидан ишлатиш учун мўлжалланган ва Хал қ таълими вазирлиги томонидан ў қ ув жараёнида фойдаланишга тавсия этилган китоблар;
ў қ ув-методик қ ўлланмалар (кейинги ўринларда ЎМ Қ лар деб юритилади) – Хал қ таълими вазирлиги томонидан ў қ ув жараёнида фойдаланишга тавсия этилган умумтаълим мактаблари ў қ увчилари учун ў қ ув қ ўлланмалари ва иш дафтарлари, ў қ итувчилар учун методик қ ўлланмалар;
дарсликлар тўплами – ҳ ар йили Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ҳ узуридаги бюджетдан таш қ ари Республика ма қ садли китоб жам ғ армаси Васийлик кенгаши томонидан тегишли синф ва таълим тили бўйича тасди қ ланадиган ижара тизимига кирадиган дарсликлар рўйхати;
Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ҳ узуридаги бюджетдан таш қ ари Республика ма қ садли китоб жам ғ армаси (кейинги ўринларда Жам ғ арма деб юритилади) – бюджет ва бюджетдан таш қ ари манбалар ҳ исобидан молиявий мабла ғ ларни бирлаштириш йўли билан умумтаълим мактаблари учун дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид этиш ва етказиб бериш харажатларини бар қ арор ҳ амда узлуксиз мабла ғ билан таъминлашни амалга оширадиган ма қ садли жам ғ арма;
Жам ғ арма Васийлик кенгаши – Жам ғ арманинг ра ҳ барлик органи бўлиб, дарсликларни харид этиш учун квоталарни, Жам ғ арманинг даромадлари ва харажатлари параметрларини тасди қ лаш, дарсликлар учун ижара тўловларини ҳ исоблаш ва тўлаш тартибини, дарсликлар учун йиллик ижара тўлови ҳ ажмини белгилаш, Жам ғ арма ижрочи дирекцияси фаолиятини назорат қ илиш ва қ онунчилик билан белгиланган бош қ а вазифаларни амалга оширади;
дарсликлар билан таъминлаш – дарсликлар ва ЎМ Қ ларга бўлган э ҳ тиёжни ўрганиш, дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илиш, етказиб бериш ва утилизация қ илишни, шунингдек дарсликлар ва ЎМ Қ лар бўйича молиявий ва бош қ а ҳ исоботларни ташкиллаштириш бўйича чора-тадбирлар;
дарсликлар ижараси – умумтаълим мактаблари ў қ увчилари учун бир ў қ ув йилига бўлган муддатда мактаб кутубхона жам ғ армасидан зарур дарсликлар тўплами билан ва қ тинчалик пуллик фойдаланишни ташкиллаштириш;
ижара тўлови – Жам ғ арма Васийлик кенгаши томонидан ҳ ар йили белгиланадиган ва тегишли дарсликлар тўпламларини келгусида янгилаш учун исти қ бол харажатларни ҳ исобга олган ҳ олда ҳ исоб-китоб қ илиш йўли билан ани қ ланадиган тегишли ў қ ув йилида тегишли синф ва таълим тили бўйича дарсликлар тўпламларининг ижараси учун тўлов.
3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2006 йил 31 майдаги П Қ -362-сон “Умумтаълим мактабларини дарсликлар билан таъминлаш тизимини такомиллаштириш борасидаги қ ўшимча чора-тадбирлар тў ғ рисида”ги қарорига мувофи қ умумтаълим мактаблари биринчи синфларининг ў қ увчилари учун дарсликлар ҳ ар йили, 2 – 4-синфлар учун – икки йилда бир марта ва 5 – 9-синфлар учун – тўрт йилда бир марта янгиланади.
Бунда, дарсликлар ва ЎМ Қ лар мазмуни камида ҳ ар тўрт йилдан кейин янгиланади.
II. УМУМТАЪЛИМ МАКТАБЛАРИНИНГ КУТУБХОНА
ЖАМ Ғ АРМАЛАРИ Ҳ АМДА ЯРМАРКА САВДОСИ ВА
ЧАКАНА САВДО ТАРМО Ғ И ОР Қ АЛИ ЭРКИН СОТИШ
УЧУН ДАРСЛИКЛАР ВА ЎМ Қ ЛАРНИ НАШР ЭТИШГА
БУЮРТМАНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ВА БАЖАРИШ
4. Хал қ таълими вазирлиги ҳ ар йили 1 июнга қ адар Жам ғ арма ижрочи дирекциясига келгуси календарь йилига дарсликлар ва ЎМ Қ ларга бўлган исти қ бол э ҳ тиёжни мактаб кутубхона жам ғ армаларидан бепул ва ижара асосида дарсликлар билан таъминлаш кесимида та қ дим этади.
Якуний э ҳ тиёж Хал қ таълими вазирлиги томонидан ҳ ар йили 1 декабргача ани қ ланади ва Жам ғ арма ижрочи дирекциясига исти қ бол квоталар шакллантирилгандан сўнг та қ дим этилади.
5. Исти қ бол квоталарни шакллантириш учун Хал қ таълими вазирлиги ҳ ар йили 1 августга қ адар келгуси ў қ ув йилида фойдаланишга тавсия этилган дарсликлар ва ЎМ Қ лар рўйхатини мазкур Низомнинг 1-иловасига мувофи қ тасди қ лайди ва ҳ ар бир умумтаълим мактабига етказади, шунингдек мазкур рўйхатни оммавий ахборот воситаларида эълон қ илади.
6. Келгуси ў қ ув йилида фойдаланишга тавсия этилган дарсликлар ва ЎМ Қ лар рўйхати ҳ амда Жам ғ арма Васийлик кенгаши томонидан тасди қ ланадиган ижара тизимига кирадиган дарсликлар рўйхати мактаб кутубхона жам ғ армалари учун бюджет мабла ғ лари ҳ исобидан дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид этишга ҳ ар йилги буюртмаларни шакллантиришга ҳ амда ижара тўловлари ҳ исобидан дарсликлар ва ЎМ Қ лар билан таъминлашнинг исти қ бол кўрсаткичларини ани қ лашга асос бўлади.
7. Хал қ таълими вазирлиги дарсликларни харид қ илишга буюртмаларни шакллантириш учун талабнома шаклини ишлаб чи қ ади ва тасди қ лайди ҳ амда уни ҳ ар бир умумтаълим мактабига етказади.
8. Умумтаълим мактаблари, келгуси ў қ ув йилида фойдаланишга тавсия этилган дарсликлар ва ЎМ Қ лар рўйхати ҳ амда ижара тизимига кирадиган дарсликлар рўйхати асосида ҳ ар йили 15 сентябрдан кечиктирмасдан келгуси ў қ ув йилида ў қ увчиларни дарсликлар билан таъминлаш усулини танлаш тў ғ рисида ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар орасида сўровлар ўтказади.
9. Дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илишга буюртмаларнинг шакллантирилиши:
биринчи синф ў қ увчиларини қ абул қ илишнинг исти қ бол кўрсаткичлари;
мактаб кутубхона жам ғ армасининг хатлов натижалари;
ў қ увчиларни дарсликлар ва ЎМ Қ лар билан таъминлаш усулини танлаш тў ғ рисида ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар орасида ўтказилган сўровлар (мазкур Низомнинг 2-иловаси ) натижалари та ҳ лиллари асосида амалга оширилади.
Ў қ увчиларни дарсликлар ва ЎМ Қ лар билан таъминлаш усулини танлаш тў ғ рисида ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар орасидаги сўров, умумтаълим мактаби томонидан ота-оналар қ ўмитаси билан биргаликда ўтказилади.
Бунда, мазкур сўров мактаб кутубхона жам ғ армасидан дарсликлар тўплами билан бепул равишда таъминланадиган ў қ увчиларнинг ота-оналари ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар орасида ўтказилмайди.
10. Умумтаълим мактаби биринчи синф ў қ увчиларини қ абул қ илишнинг исти қ бол кўрсаткичларини ани қ лашда, ма ҳ аллий давлат ҳ окимияти органлари томонидан мазкур умумтаълим мактабига бириктирилган микроучасткада ҳ ар йили ўтказиладиган кузатувлар натижаларига амал қ илади.
11. Ижтимоий ёрдамга му ҳ тож бўлган оилалардаги ў қ увчиларни таъминлаш учун мактаб кутубхона жам ғ армасидаги дарсликлар ва ЎМ Қ ларга буюртманинг бир қ исми ўзини ўзи бош қ ариш органларининг илтимосномасига ва та қ дим этилган ота-оналар қ ўмитасининг хулосасига асосан шакллантирилади.
12. Мактаб кутубхона жам ғ армаси учун дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илиш учун буюртма лойи ҳ аси, келгусида фойдаланишга яро қ ли бўлган ва Хал қ таълими вазирлиги томонидан фойдаланишга тавсия этилган дарсликлар рўйхатига мувофи қ бўлган, мактаб кутубхона жам ғ армасини хатловдан ўтказиш натижасида ани қ ланган дарсликлар ва ЎМ Қ лар сонига камайтирилади.
Бунда, дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг келгусида фойдаланишга яро қ лилигини ба ҳ олаш мезонлари Хал қ таълими вазирлиги томонидан белгиланади.
13. Мактаб кутубхона жам ғ армаси учун дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илишга буюртма лойи ҳ аси ҳ амда дарсликлар ва ЎМ Қ ларни эркин сотишга исти қ бол кўрсаткичлар умумтаълим мактабининг педагогик кенгаши томонидан му ҳ окама қ илинади ва тегишли баённома билан расмийлаштирилади.
14. Умумтаълим мактаби бўйича дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илишнинг исти қ бол квотаси 1 октябрдан кечиктирмасдан қ о ғ озда (имзоланган ва тасди қ ланган ҳ олда) ҳ амда электрон шаклда туман (ша ҳ ар) хал қ таълими бўлимига та қ дим этилади.
15. Туман (ша ҳ ар) хал қ таълими бўлими келгуси ў қ ув йили учун дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илишнинг исти қ бол квоталарини фанлар, таълим тиллари, дарсликлар номлари ва синфлар кесимида ҳ ар бир умумтаълим мактаби бўйича экспертизадан ўтказади, уларни умумлаштиради ва ҳ ар йилнинг 10 октябрига қ адар туман (ша ҳ ар) бўйича дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илишнинг исти қ бол квоталарини Қ ора қ алпо ғ истон Республикаси Хал қ таълими вазирлиги, вилоятлар хал қ таълими бош қ армалари ва Тошкент ша ҳ ар хал қ таълими бош бош қ армасига (кейинги ўринларда ҳ удудий хал қ таълими органлари деб юритилади) та қ дим этади.
16. Умумтаълим мактаблари (туман (ша ҳ ар) хал қ таълими бўлимлари) томонидан та қ дим этилган дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг эркин сотишга исти қ бол кўрсаткичлари нашриётлар ва китоб савдо ташкилотларининг имкониятларини ани қ лаштириш ва кўриб чи қ иш учун Ўзбекистон матбуот ва ахборот агентлиги, “Ўзкитобсавдотаъминоти” МЧЖ, “Шар қ зиёкори” ОАЖ, Хал қ таълими вазирлиги томонидан “Ўзкитобсавдо” ДАК, Қ ора қ алпо ғ истон Республикаси Вазирлар Кенгаши, вилоятлар ва Тошкент ша ҳ ар ҳ окимликлари билан биргаликда ҳ ар йили (октябрь-ноябрь ойларида) барча вилоятлар марказларида ҳ амда Нукус ва Тошкент ша ҳ арларида ташкил этиладиган дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг ихтисослаштирилган кўргазма-ярмаркаларига ҳ удудий хал қ таълими органлари томонидан олиб чи қ арилади.
17. Ҳ удудий хал қ таълими органлари ҳ ар бир туман (ша ҳ ар) хал қ таълими бўлими бўйича дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илишнинг исти қ бол квоталарини та ҳ лил қ илади ва экспертизадан ўтказади, Жам ғ арма ижрочи дирекциясининг ҳ удудий вакиллари билан биргаликда дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг ихтисослаштирилган кўргазма-ярмаркаларида олинган натижаларини инобатга олган ҳ олда ўз ҳ удудлари бўйича умумлаштиради, 20 ноябрдан кечиктирмасдан келгуси ў қ ув йили учун дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илишнинг исти қ бол квоталарини фанлар, таълим тиллари, дарсликлар номлари ва синфлар кесимида тасди қ лайди ва Хал қ таълими вазирлигига та қ дим этади.
18. Ҳ удудий хал қ таълими органлари томонидан та қ дим этилган маълумотлар асосида Хал қ таълими вазирлиги келгуси ў қ ув йили учун фанлар, таълим тиллари, дарсликлар номлари ва синфлар кесимида, республика бўйича умумтаълим мактаблари ў қ увчилари учун дарсликлар ва ЎМ Қ лар харид қ илинишининг исти қ бол квоталарини мазкур Низомнинг 3-иловасига мувофи қ ва Хал қ таълими вазирлиги томонидан ишлаб чи қ иладиган шакллар асосида шакллантиради ҳ амда 1 декабрдан кечиктирмаган ҳ олда Жам ғ арма Васийлик кенгашига тасди қ лаш учун та қ дим этади.
Республика бўйича дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илишнинг ҳ ар йилги исти қ бол квоталарини шакллантиришда, умумтаълим мактаблари учун тегишли ҳ удудлар, синфлар ва таълим тиллари бўйича буюртманинг умумий ҳ ажмидан 10% гача мактаб кутубхона жам ғ армасининг захираси бўлиши мумкин.
Мактаб кутубхона жам ғ армасининг захираси буюртма шакллантириладиган дарсликлар ишлатилишининг ўрнатилган бутун даврида синфлар ва таълим тиллари кесимида ў қ увчилар контингентининг ўзгариши бўйича ўтказиладиган та ҳ лил асосида Хал қ таълими вазирлиги томонидан белгиланади.
19. Жам ғ арма Васийлик кенгаши қ арори билан исти қ бол квоталар тасди қ лангандан сўнг Хал қ таълими вазирлиги:
30 кун ичида кўзда тутилаётган захирани ҳ исобга олган ҳ олда тасди қ ланган исти қ бол квоталарни ҳ ар бир умумтаълим мактабига етказилишини ташкил этади;
Жам ғ арма Васийлик кенгашининг қ арори билан республика бўйича дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илиш учун исти қ бол квоталар тасди қ лангандан сўнг 120 кун мобайнида, биро қ 1 мартдан кечиктирмаган ҳ олда, қ онунчилик талаблари асосида умумтаълим мактабларининг кутубхона жам ғ армалари учун дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илиш ва етказиб бериш бўйича тендер ва (ёки) танлов савдоларининг ўтказилишини ташкил этади.
Дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илиш учун тасди қ ланган исти қ бол квоталарга фанлар, дарсликлар номлари, таълим тиллари ва синфлар кесимида қ ўшимчалар ва ўзгартиришлар Жам ғ арма Васийлик кенгашининг қ арорларига асосан киритилади.
20. Ўзбекистон матбуот ва ахборот агентлиги ярмаркаларда тузилган шартномалар бўйича дарсликларни чакана савдо тармо ғ и ор қ али эркин сотишни ҳ исобга олган ҳ олда, Хал қ таълими вазирлиги томонидан ҳ ар йили шакллантириладиган исти қ бол квоталари асосида, ҳ ар йили 1 июлга қ адар зарур ҳ ажмлар ва номлардаги дарсликлар ҳ амда ЎМ Қ лар чи қ арилишини ташкил этишни таъминлайди.
21. Хал қ таълими вазирлиги кўзда тутиладиган захирани ҳ исобга олган ҳ олда мазкур Низомнинг 4-иловасига мувофи қ ҳ ар бир ҳ удудий хал қ таълими органи бўйича дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг та қ симотини тузади ва ҳ ар йили 1 августгача харид этилган дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг ҳ ар бир умумтаълим мактабига етказилишини таъминлайди.
22. Хал қ таълими вазирлигининг та қ симоти асосида ҳ удудий хал қ таълими органлари туман (ша ҳ ар)лар хал қ таълими бўлимлари бўйича, туман (ша ҳ ар)лар хал қ таълими бўлимлари эса тегишли равишда ҳ ар бир умумтаълим мактаби бўйича та қ симотни тузади.
23. Дарсликлар ва ЎМ Қ ларни эркин сотишнинг исти қ бол кўрсаткичларидан келиб чи ққ ан ҳ олда Хал қ таълими вазирлиги нашриётлар, босмахоналар ва китоб-савдо ташкилотларининг талабномасига асосан чакана савдо тармо ғ и ор қ али сотиладиган дарсликларни ишлаб чи қ ариш учун квоталар ҳ ажмининг та қ симотини амалга оширади, ҳ амда Жам ғ арма Васийлик кенгаши томонидан исти қ бол квоталари тасди қ лангандан сўнг 15 кун ичида чакана савдо тармо ғ и ор қ али сотиладиган дарсликларни ишлаб чи қ ариш учун та қ симланган квоталар ҳ ажмлари тў ғ рисидаги маълумотларни ҳ удудлар ва умумтаълим мактаблари кесимида тегишли нашриётлар, босмахоналар ва китоб-савдо ташкилотларига етказади.
24. Дарсликлар ва ЎМ Қ ларни эркин сотишнинг тасди қ ланган исти қ бол кўрсаткичлари асосида нашриётлар, босмахоналар ва китоб-савдо ташкилотлари муста қ ил равишда чакана савдо тармо ғ и ор қ али сотиладиган дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг нашр этилишини, қ оидага кўра, ўз мабла ғ лари ҳ исобидан ташкил этади.
25. Чакана савдо тармо ғ и ор қ али сотиш учун нашр этилган дарсликлар ва ЎМ Қ лар “Ўзкитобсавдо” ДАК ва унинг ҳ удудий бўлинмалари, “Ўзкитобсавдотаъминоти” МЧЖ, “Шар қ зиёкори” ОАЖ, шунингдек бош қ а китоб-савдо ташкилотлари томонидан ша ҳ арларда, туман марказларида ва узо қ жойлашган а ҳ оли пунктларида а ҳ олига дарсликлар ва ЎМ Қ ларни сотиш учун махсуслаштирилган савдо тармо қ ларида, шу жумладан, мактаб бозорлари ва ярмаркаларини ташкил этиш йўли билан сотилади.
26. Дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илиш ва етказиб бериш харажатлари, шунингдек қ онунчиликда белгиланган Жам ғ арманинг бош қ а харажатлари тўловлари белгиланган тартибда Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг Ғ азначилиги томонидан Жам ғ арма мабла ғ лари ҳ исобидан амалга оширилади.
III. УМУМТАЪЛИМ МАКТАБЛАРИНИНГ АЛО Ҳ ИДА
ТОИФАДАГИ Ў Қ УВЧИЛАРИНИ ДАВЛАТ БЮДЖЕТИ
МАБЛА Ғ ЛАРИ Ҳ ИСОБИДАН ДАРСЛИКЛАР ВА
ЎМ Қ ЛАР БИЛАН АНИ Қ МАНЗИЛЛИ ТАЪМИНЛАШ
27. Дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илиш ва етказиб бериш харажатларини қ оплаш учун давлат бюджетининг мабла ғ лари қ уйидаги йўналишлар бўйича ажратилади:
давлат ва нодавлат умумтаълим мактабларининг биринчи синф ў қ увчилари учун;
“Ме ҳ рибонлик” уйлари, ихтисослаштирилган мактаблар ва мактаб-интернатларининг тарбияланувчилари бўлган ў қ увчилар учун;
ижтимоий ёрдамга му ҳ тож бўлган оилалардаги умумтаълим мактаблари ў қ увчилари учун;
ижара тизимини дарсликлар ва ЎМ Қ лар билан бирламчи таъминлаш учун.
28. Мазкур Низомнинг 27-бандида кўрсатиб ўтилган ў қ увчиларни давлат бюджети мабла ғ лари ҳ исобидан ани қ манзилли таъминлаш учун мўлжалланган ва умумтаълим мактаби томонидан унинг буюртмаси асосида қ абул қ илинган барча дарсликлар ва ЎМ Қ лар, ўрнатилган тартибда мактаб кутубхона жам ғ армасига кирим қ илиниши лозим.
29. Биринчи синф ў қ увчилари бепул фойдаланиш учун мактаб кутубхона жам ғ армаси ҳ исобидан дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг тўли қ тўплами билан таъминланади.
Олинган дарсликлар ва ЎМ Қ лар, ў қ ув йили якунида, кейинчалик ҳ исобдан чи қ ариш ва утилизация қ илиш учун тўли қ ҳ ажмда (иш дафтарлари бундан мустасно) кутубхонага қ айтарилади.
30. “Ме ҳ рибонлик” уйлари, ихтисослаштирилган мактаблар ва мактаб-интернатларнинг тарбияланувчилари бўлган ў қ увчилар мактаб кутубхона жам ғ армасидан тегишли синф ва таълим тили бўйича дарсликларнинг тўли қ тўплами билан бепул таъминланади.
31. Умумтаълим мактабларининг жисмоний ва (ёки) ру ҳ ий ривожланиш ну қ сонлари мавжуд бўлган ў қ увчиларининг дарсликлар ва ЎМ Қ лар билан таъминланиши, кейинчалик фойдаланишга яро қ ли бўлган мавжуд дарсликлар ва ЎМ Қ ларни ҳ исобга олган ҳ олда, мактаб кутубхона жам ғ армасини янгилаш ва тўлдириш йўли билан амалга оширилади.
32. Ў қ ув жараёнида ў қ увчиларга бепул фойдаланиш учун берилган дарсликлар ў қ ув йили якунида тўли қ ҳ ажмда мактаб кутубхонасига қ айтарилади.
33. Келгуси ў қ ув йили учун ижтимоий ёрдамга му ҳ тож бўлган оилалардаги ў қ увчилар рўйхати ҳ ар йили 1 сентябрга қ адар ани қ лаштирилади ва ўзини ўзи бош қ ариш органларининг илтимосномаси ва та қ дим этилган ота-оналар қ ўмитасининг хулосаси асосида умумтаълим мактабининг педагогик кенгаши томонидан тасди қ ланади.
Ижтимоий ёрдамга му ҳ тож бўлган оилалардаги ў қ увчилар давлат бюджети мабла ғ лари ҳ исобидан харид этилган дарсликларнинг тўли қ тўпламини бериш йўли билан мактаб кутубхона жам ғ армасидан дарсликлар билан таъминланади.
34. Ў қ увчи бош қ а умумтаълим мактабига ўтганида, ў қ увчини мазкур умумтаълим мактабидан ўтказилиши тў ғ рисидаги буйру қ чи қ арилгандан сўнг, уч кунлик муддатда, унга ва қ тинчалик фойдаланишга берилган дарсликлар тўли қ ҳ ажмда мактаб кутубхона жам ғ армасига қ айтарилиши лозим.
Бунда умумтаълим мактаби маъмурияти томонидан мазкур ў қ ув йилига ў қ увчи давлат бюджети мабла ғ лари ҳ исобидан дарсликларнинг тўли қ тўплами билан таъминланиши лозимлиги тў ғ рисида унга маълумотнома берилади.
Ў қ увчи бош қ а умумтаълим мактабига келганида, умумтаълим мактаби маъмуриятига кўрсатиб ўтилган маълумотномани та қ дим этади ва мактаб кутубхона жам ғ армасидан дарсликлар билан бепул таъминланади.
35. Бош қ а умумтаълим мактабида дарсликлар тўпламларининг етишмовчилиги мавжуд бўлганда, янгидан келган ў қ увчи зарур дарсликлар тўплами билан мазкур Низомнинг V бобида белгиланган тартибда таъминланади.
36. Умумтаълим мактаблари ў қ итувчилари, тегишли таълим тилидаги синфларда тегишли фанлар бўйича дарсларни ўтказиш учун зарур бўлган дарсликлар ва ЎМ Қ лар билан мактаб кутубхона жам ғ армасининг захираси ҳ исобидан бепул равишда таъминланади.
37. Ў қ итувчиларга бепул фойдаланиш учун берилган дарсликлар ва ЎМ Қ лар ў қ ув йили якунида тўли қ ҳ ажмда мактаб кутубхонасига қ айтарилади.
38. Дарсликлар ў қ увчиларга ва (ёки) ў қ итувчиларга фойдаланишга берилганда кутубхоначи томонидан дарсликларда белгиланган тартибда тегишли қ айдлар қ ўйилади.
39. Ў қ увчилар ва ў қ итувчиларга бепул равишда берилган ва мактаб кутубхонасига қ айтарилган дарсликлар ва ЎМ Қ лар ҳ исоб-китобининг юритилиши ва рўйхатга олиниши мазкур Низом асосида амалга оширилади.
IV. ДАРСЛИКЛАРНИ ИЖАРАГА БЕРИШ ВА УЛАР
БЎЙИЧА Ҳ ИСОБ-КИТОБЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШ
40. Ижара тизимига кирадиган дарсликлар рўйхати ҳ ар йили Жам ғ арма Васийлик кенгаши томонидан тасди қ ланади ва 1 августга қ адар келгуси ў қ ув йилига дарсликлар ва ЎМ Қ ларни харид қ илишга исти қ бол квоталарни шакллантириш учун умумтаълим мактабларига етказилади.
41. Ў қ увчиларга Хал қ таълими вазирлиги томонидан ижара тизимида фойдаланиш учун тавсия этилган дарсликлар ижарага берилади.
42. Дарсликлар тўплами учун синфлар ва таълим тиллари кесимида ижара тўлови республика бўйича ягона бўлади, унинг ми қ дори ва тўлаш шакли Жам ғ арма Васийлик кенгаши томонидан ўрнатилади ва 25 августдан кечиктирмаган ҳ олда Хал қ таълими вазирлиги томонидан оммавий ахборот воситаларида эълон қ илинади.
43. Дарсликларнинг тўплами учун ижара тўлови ми қ дори тегишли ми қ дордаги дарсликлар ва ЎМ Қ ларни келгусида харид қ илиш ва етказиб бериш учун зарур бўладиган мабла ғ ларнинг исти қ бол ҳ ажми ҳ амда қ онунчиликда белгиланган тартибда олинадиган ва амалга ошириладиган Жам ғ арманинг исти қ бол даромадлари ва харажатларидан келиб чи ққ ан ҳ олда ҳ исобланади.
Бунда, дарсликлар тўпламлари учун ижара тўлови ми қ дорларини ани қ лашда исти қ бол кўрсаткичлар қ ўлланганлиги сабабли, тегишли ў қ ув йилида ижара тўлови ми қ дорларининг ҳ исоблашда камчиликлар мавжуд бўлиши ва бунинг натижасида ижара тушумлари орти қ ча ёки кам тушиши мумкин.
Белгиланган ижара тўловлари ҳ исобидан йи ғ илган мабла ғ ларнинг орти қ ча ёки кам тушганлиги ани қ ланганда, мазкур орти қ ча ёки кам олинган сумма келгуси ў қ ув йилида тегишли синф ва таълим тили бўйича ижара тўловлари ми қ дорларини ҳ исоблашда камайтириш ёки ошириш йўли билан ҳ исобга олинади.
44. Дарсликлар тўплами учун ижара тўловининг тўловчилари сифатида ў қ увчиларнинг ота-оналари ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёхуд ҳ омийлар бўлади.
45. Ижарага дарсликларнинг берилиши умумтаълим мактаби маъмурияти ва ў қ увчиларнинг ота-оналари ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёхуд ҳ омийлар ор қ али мазкур Низомнинг 5-иловасига мувофи қ шартнома тузиш йўли билан амалга оширилади.
Бунда дарсликлар ў қ увчиларга ва (ёки) ў қ итувчиларга фойдаланишга берилганлиги тў ғ рисида кутубхоначи томонидан албатта дарсликларда тегишли қ айдлар қ ўйилади.
46. Ижара тўловининг белгиланган ми қ дори ҳ ар йилнинг 30 сентябрига қ адар тўли қ ҳ ажмда тўланади. Зарурат бўлганда, ў қ увчиларнинг ота-оналари ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ва қ тинчалик пул мабла ғ ларининг йў қ лиги сабабли ижара тўлови муддатини узайтириш тў ғ рисида умумтаълим мактаби маъмуриятига мурожаат қ илиши мумкин.
Умумтаълим мактаби васийлик кенгаши қ арори ва маъмурияти буйру ғ и асосида тўлов муддати узайтирилиши мумкин, бунда мазкур тўловнинг 50 фоизи жорий йилнинг 30 сентябригача, қ олган қ исми – 30 ноябригача тўланиши лозим.
47. Дарсликлар тўплами учун ижара тўловлари қ уйидагича амалга оширилади:
а) ёхуд, умумтаълим мактабининг махсус ҳ исоб ра қ амига ўтказиш учун умумтаълим мактаби ёки банкнинг кассасига на қ д пул мабла ғ лари билан тўлаш йўли билан.
Умумтаълим мактаби кассасига ижара тўловининг тўланганлиги умумтаълим мактабининг му ҳ ри ёки касса аппаратининг изи билан ҳ амда умумтаълим мактабининг бухгалтери ва кассир вазифасини бажарувчи масъул шахснинг имзоси билан тасди қ ланган кирим-касса ордери ва квитанция билан расмийлаштирилади. Бунда, кирим-касса ордери умумтаълим мактабининг бухгалтериясида қ олдирилади, квитанция эса ў қ увчиларнинг ота-оналари ёки уларнинг ўрнини босувчи шахсларга ёхуд ҳ омийларга та қ дим этилади.
Ижара тўловидан йи ғ илган на қ д пул мабла ғ лари уч банк иш куни мобайнида умумтаълим мактабининг кассири томонидан ўрнатилган тартибда уларни кейинчалик умумтаълим мактабининг махсус ҳ исоб ра қ амига ўтказиш учун тегишли банкка топширилади.
Ижара тўлови на қ д пул кўринишида банкка топширилганда, банк томонидан берилган ва тўловни тасди қ лайдиган квитанциянинг нусхаси тегишли умумтаълим мактабининг бухгалтериясига та қ дим этилади.
б) ёхуд, ў қ увчилар ота-оналари ёки уларнинг ўрнини босувчи шахсларнинг иш ҳ а қ и ва бош қ а даромадлари ҳ исобига ташкилотлар, шунингдек ҳ омийларнинг ҳ исоб ра қ амларидан, уларнинг пластик карточкалари ва (ёки) жам ғ арма (омонат) ра қ амларидан пул кўчириш йўли билан.
Бунда, ижара тўловининг тўланганлиги банкнинг тегишли белгиси билан тасди қ ланган тўлов топшири қ номасининг нусхасини ёки терминал чекининг нусхасини умумтаълим мактабининг бухгалтериясига та қ дим этиш йўли билан тасди қ ланади.
48. Ижара тўловлари тўланганлигини тасди қ ловчи тўлов ҳ ужжатларида ў қ увчининг фамилияси, исми, отасининг исми, синфи ва таълим тили, тегишли ў қ ув йили ҳ амда умумтаълим мактабининг ра қ ами ва унинг ҳ удудий мансублиги албатта кўрсатилади.
49. Дарсликлар учун ижара тўловлари сифатида келиб тушган на қ д ва на қ дсиз пул мабла ғ ларини ва бош қ а тушумларни умумтаълим мактабининг э ҳ тиёжларига, шунингдек бош қ а ма қ садларга сарфлаш та қ и қ ланади.
50. Ижара тизимига кирадиган дарсликлар ў қ увчиларга тегишли синф ва таълим тили бўйича тўли қ тўпламда қ уйидаги тартибда берилиши лозим:
а) ижара асосида дарсликлардан фойдаланадиган ў қ увчиларга тегишли шартнома тузилиб, мазкур Низомнинг 46-бандига мувофи қ ижара тўлови тўлангандан сўнг.
Бунда ижара тўловлари тўланганлигини тасди қ ловчи тўлов ҳ ужжатларининг нусхалари умумтаълим мактабининг кутубхоначисига та қ дим этилади ва мактаб кутубхона жам ғ армасидан ў қ увчиларга дарсликларнинг тегишли тўпламини беришга асос бўлади.
б) дарсликлардан бепул равишда фойдаланадиган ў қ увчиларга тегишли шартнома тузилгандан сўнг.
Дарсликларни тўли қ сиз тўпламда ижарага беришга йўл қ ўйилмайди.
51. Дарсликлар тўплами учун ижара тўлови тўлангандан кейин ў қ увчи бош қ а умумтаълим мактабига ўтганида, унга ва қ тинчалик фойдаланишга берилган дарсликлар тўплами мактаб кутубхона жам ғ армасига қ айтарилиши лозим.
Бунда, тўланган ижара тўлови қ айтарилмайди ва бош қ а умумтаълим мактабида ў қ увчининг худди шундай дарсликлар тўплами билан ижара асосида таъминланиши ижара тўлови олинмасдан амалга оширилади. Ижара тўловининг тўланганлиги тўлов ҳ ужжати нусхаси ва олдинги умумтаълим мактабининг маълумотномаси билан тасди қ ланиши лозим.
52. Дарсликлар ёки ЎМ Қ лардан фойдаланиш усулидан қ атъи назар, уларни йў қ отиш ёки кейинчалик фойдаланишга яро қ сиз ҳ олатга келтириш ҳ олатларида ў қ увчиларнинг ота-оналари ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёхуд ҳ омийлар ёки ў қ итувчилар зарарни худди шундай дарслик ва (ёки) ЎМ Қ лар билан қ оплайди, ёхуд бирламчи ҳ ужжатларда ( ҳ исоб-фактурада, юк хатида) кўрсатилган унинг қ ийматини қ уйидаги ми қ дорларда тўлайди:
а) умумтаълим мактаби биринчи синф ў қ увчиларининг ҳ ар бир дарслик ва (ёки) ЎМ Қ лар учун – бир баравари ми қ дорида;
б) 2 – 4-синф ў қ увчиларининг ҳ ар бир дарслик ва (ёки) ЎМ Қ лар учун – икки баравари ми қ дорида;
в) 5 – 9-синф ў қ увчиларининг ҳ ар бир дарслик ва (ёки) ЎМ Қ лар учун – тўрт баравари ми қ дорида.
53. Дарсликларни ижара тизими билан бо ғ ли қ маълумотлар билан ў қ увчилар ота-оналарини ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёхуд ҳ омийларни таъминлаш ма қ садида, умумтаълим мактаби маъмурияти, мазкур умумтаълим мактабининг кўринарли ва қ улай жойларида жорий ў қ ув йили учун ижара тўлови ми қ дорлари, дарсликлар тўпламларини фойдаланишга бериш ва ижара тўловини тўлаш тартиби, умумтаълим мактаби ва фойдаланувчиларнинг ҳ у қ у қ ва мажбуриятларини кўрсатган ҳ олда, дарсликлар тўпламларидан фойдаланиш шартлари ва муддатлари тў ғ рисида маълумотларни жойлаштиради.
54. Тегишли ў қ ув йили учун орти қ ча тўланган ижара тўловлари ёки нотў ғ ри ўтказилган мабла ғ лар мавжуд бўлганда, умумтаълим мактаби ёзма равишда Жам ғ арма ижрочи дирекциясига мурожаат қ илади.
Умумтаълим мактабининг мурожаатига асосан Жам ғ арма ижрочи дирекциясининг ҳ удудий вакили жойга чи қ иб, мазкур мурожаатнинг асослилигини ўрганади ва маълумотномани тузиб, уни Жам ғ арма ижрочи дирекциясига та қ дим этади.
Орти қ ча тўланган ижара тўловлари ҳ амда нотў ғ ри ўтказилган мабла ғ лар мавжудлиги тасди қ ланганида, мабла ғ ларнинг қ айтарилиши Жам ғ арма ижрочи дирекцияси томонидан тижорат банкида очилган Жам ғ арманинг жам ғ арма ра қ амидан умумтаълим мактабининг махсус ҳ исоб ра қ амига тегишли мабла ғ ларни ўтказиш йўли билан амалга оширилади.
Ў қ увчилар ота-оналари ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёхуд ҳ омийлар томонидан орти қ ча тўланган ижара тўловларини ҳ амда нотў ғ ри ўтказилган мабла ғ ларни умумтаълим мактабининг махсус ҳ исоб ра қ амидан кейинчалик қ айтарилиши, бевосита умумтаълим мактаби томонидан қ онунчиликда белгиланган тартибда амалга оширилади.
V. ДАРСЛИКЛАР ВА ЎМ Қ ЛАРНИ Қ АЙТА ТА Қ СИМЛАШ
55. Ў қ увчиларнинг дарсликларга бўлган э ҳ тиёжини тўли қ қ ондириш учун мактаб кутубхона жам ғ армасида дарсликларнинг етишмовчилиги мавжуд бўлганда, умумтаълим мактабининг маъмурияти, қ ўшимча дарсликлар тўпламларини ажратиш тў ғ рисида дарсликларни фойдаланишга бериш шартини, зарур бўлган сонини, синфи ва таълим тилини ани қ кўрсатган ҳ олда, туман (ша ҳ ар) хал қ таълими бўлимига ёзма равишда мурожаат қ илади.
56. Умумтаълим мактабларининг мурожаатига асосан, туман (ша ҳ ар) хал қ таълими бўлими умумтаълим мактаблари бўйича синфлар ва таълим тиллари кесимида ў қ увчилар контингентини ва уларнинг дарсликлар билан таъминланишини та ҳ лил қ илади.
Та ҳ лил натижасида туман (ша ҳ ар) хал қ таълими бўлими тегишли туман (ша ҳ ар) ҳ удуди доирасида умумтаълим мактаблари орасида дарсликлар тўпламларини қ айта та қ симлаш тў ғ рисида тегишли буйру қ чи қ аради. Умумтаълим мактаблари томонидан дарсликлар тўпламларининг берилиши ва қ абул қ илиниши улар орасида расмийлаштириладиган шартнома асосида амалга оширилади. Шартномада назарда тутилган қ онунчилик талаблари билан бир қ аторда, дарсликларни фойдаланишга бериш тартиби албатта кўрсатилган ҳ олда уларни 20 июнгача (ў қ ув йили тугагандан сўнг) қ айтариш шарти билан дарсликлар тўли қ тўпламларининг ва қ тинчалик фойдаланишга берилиши ҳ ам кўзда тутилади.
Мазкур ҳ олатда умумтаълим мактаби томонидан ижарага бериш шарти билан ва қ тинчалик фойдаланишга олинган дарсликлар учун ижара тўловлари ў қ увчининг ота-оналари ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёхуд ҳ омийлар томонидан дарсликларни фойдаланишга берган умумтаълим мактабининг махсус ҳ исоб ра қ амига тўланади.
57. Дарсликлар тўпламлари туман (ша ҳ ар) бўйича етишмовчилиги мавжуд бўлганида, туман (ша ҳ ар) хал қ таълими бўлими тегишли ҳ удудий хал қ таълими органига қ ўшимча дарсликлар тўпламларини ажратиш тў ғ рисида зарур бўлган сони, синфи ва таълим тилини ани қ кўрсатган ҳ олда ёзма равишда мурожаат қ илади.
58. Туман (ша ҳ ар) хал қ таълими бўлимларининг мурожаатларига асосан ҳ удудий хал қ таълими органлари туман (ша ҳ ар)лар, синфлар ва таълим тиллари ҳ амда дарсликларни фойдаланишга бериш шартлари кесимида ў қ увчилар контингентини ва уларнинг дарсликлар билан таъминланишини та ҳ лил қ илади.
Та ҳ лил натижасида, ҳ удудий хал қ таълими органлари ҳ ар йили туман (ша ҳ ар)лар орасида дарсликлар тўпламларини қ айта та қ симлайди.
Икки ва ундан кўпро қ туман (ша ҳ ар)лар орасида дарсликлар тўпламларининг қ айта та қ симланиши ҳ удудий хал қ таълими органининг тегишли буйру ғ и асосида амалга оширилади ҳ амда дарсликларни бир умумтаълим мактабининг балансидан бош қ а умумтаълим мактабининг балансига бе ғ араз ўтказилишини ҳ исобга олган ҳ олда умумтаълим мактаблари орасида тегишли бухгалтерлик ҳ ужжатлари билан расмийлаштирилади. Мазкур ҳ олатда дарсликлар учун ижара тўловлари дарсликларни ўзининг балансига қ абул қ илган умумтаълим мактабининг махсус ра қ амига тўланади.
59. Қ ора қ алпо ғ истон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент ша ҳ ри умумтаълим мактаблари орасида дарсликлар тўпламларининг қ айта та қ симланиши Хал қ таълими вазирлиги томонидан мазкур Низомнинг 58-бандида белгиланган тартибда амалга оширилади.
VI. МАКТАБ КУТУБХОНА ЖАМ Ғ АРМАСИНИНГ
ДАРСЛИКЛАР ВА ЎМ Қ ЛАРИНИ Қ АБУЛ Қ ИЛИШНИ
ВА Ҳ ИСОБДАН ЧИ Қ АРИЛИШИНИНГ
Ҳ ИСОБ-КИТОБИНИ ЮРИТИШ
60. Умумтаълим мактабларининг кутубхоначилари мактаб кутубхона жам ғ армасининг дарсликлар ва ЎМ Қ ларини қ абул қ илишни ва ҳ исобдан чи қ арилишининг тегишли ҳ исоб-китобини, уларнинг шакллантирилиши ва фойдаланилишини, ҳ исоби ва са қ ланилишини, хатловдан ўтказилишини, ҳ исоб-китоб ҳ ужжатларининг мавжудлигини ва ҳ аракатини, статистика ҳ исоб-китобининг юритилишини таъминлайди, шунингдек ў қ увчилар ўртасида дарсликларни авайлаб асраш туй ғ усини ривожлантиришга йўналтирилган тарбиявий ишларни олиб боради.
61. Мактаб кутубхона жам ғ армасининг дарсликлари ва ЎМ Қ ларнинг ҳ исоб-китоби ўз ичига дарсликлар ва ЎМ Қ ларни қ абул қ илиш, уларни маркировкалаш, қ абул қ илишда, жойдан жойга ўтказишда ва ҳ исобдан чи қ аришда рўйхатга олиш ҳ амда дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг жам ғ армада мавжудлигини текширишни олади. Бунда, дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг қ абул қ илиниши Хал қ таълими вазирлиги томонидан тасди қ ланадиган шаклдаги умумтаълим мактабининг кутубхонасига дарсликлар ва ЎМ Қ ларни қ абул қ илиш тў ғ рисидаги далолатнома билан расмийлаштирилади.
62. Полиграфик ну қ сонлари ва (ёки) бош қ а камчиликлари мавжуд бўлган дарсликлар ва ЎМ Қ лар кейинчалик уларни тегишли нашриёт ва (ёки) нашриёт-полиграфик ташкилотига қ айтариш учун, қ абул қ илингандан сўнг уч кун мобайнида умумтаълим мактаби томонидан дарсликлар ва ЎМ Қ ларни етказиб берувчи ташкилотларга қ айтарилади.
63. Камчиликлари мавжуд бўлган дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг алмаштирилиши ва кейинчалик уларнинг умумтаълим мактабига етказиб берилиши Хал қ таълими вазирлиги билан нашриётлар ва (ёки) нашриёт-полиграфик ташкилотлар орасида тузиладиган шартномага мувофи қ амалга оширилади.
64. Умумтаълим мактабининг кутубхонаси:
ижара тизимига кирадиган дарсликларнинг умумий ҳ исоб-китобини;
ижара тизимига кирмайдиган дарсликларнинг умумий ҳ исоб-китобини;
мактаб кутубхона жам ғ армасидаги барча турдаги дарсликларнинг умумий ҳ исоб-китобини;
мактаб кутубхона жам ғ армасига қ абул қ илинадиган ЎМ Қ ларнинг ўрнатилган ҳ исоб бирликларида умумий ва индивидуал ҳ исоб-китобини юритади.
65. Ҳ исоб-китобларнинг тў ғ ри юритилишини ташкил этиш ва мактаб кутубхона жам ғ армаси бўйича меъёрлар ва талабларига риоя қ илиниши устидан назоратни амалга ошириш, шунингдек мактаб кутубхона жам ғ армасининг дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг ҳ исоб-китоби қ оидалари бажарилиши учун шароитларни ташкил этиш бўйича жавобгарлик, лавозим йўри қ номасига асосан кутубхона мудирига (кутубхоначига) юклатилади.
66. Мактаб кутубхона жам ғ армасига қ абул қ илинадиган дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг барча турдаги нашри маркаланади (штемпелланади), шунингдек асосий дарслик ва ЎМ Қ ларга илова қ илинадиган барча турдаги материаллар маркаланади, уларга ҳ ам ўша белги (реквизит) қ ўйилади.
67. Дарсликларнинг умумий ҳ исоб-китоби ва ЎМ Қ ларнинг умумий ҳ исоб-китоби ало ҳ ида юритилади.
68. Мактаб кутубхона жам ғ армасига қ абул қ илинадиган ёки ҳ исобдан чи қ ариладиган дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг умумий ҳ исоб-китоби битта бирламчи ҳ ужжат ( ҳ исоб-фактураси, юк хати, далолатнома, реестр) асосида ало ҳ ида партиялар бўйича амалга оширилади.
69. Қ уйидагилар дарсликларнинг умумий ҳ исоб-китоби шакллари бўлади:
мактаб кутубхона жам ғ армасидаги ижара тизимига кирадиган дарсликларнинг умумий ҳ исоб-китобини юритиш китоби (мазкур Низомга 6-илова );
мактаб кутубхона жам ғ армасидаги ижара тизимига кирмайдиган дарсликларнинг умумий ҳ исоб-китобини юритиш китоби (мазкур Низомга 7-илова );
мактаб кутубхона жам ғ армасидаги барча турдаги дарсликларнинг умумий ҳ исоб-китобини юритиш китоби (мазкур Низомга 8-илова ).
70. Мактаб кутубхона жам ғ армасига қ абул қ илинадиган ва ҳ исобдан чи қ ариладиган ЎМ Қ ларнинг умумий ҳ исоб-китоби бадиий, билим орттириш, турли маълумотлар берадиган, методик адабиётлар ҳ исоб-китобини юритиш учун мўлжалланган мактаб кутубхона жам ғ армасининг умумий ҳ исоб-китобини юритиш китобида юритилади (мазкур Низомга 9-илова ).
71. Мактаб кутубхона жам ғ армаси дарсликларининг ҳ исоб-китобини юритиш китобларини, бадиий, билим орттириш, турли маълумотлар берадиган, методик адабиётлар ҳ исоб-китобини юритиш учун мўлжалланган мактаб кутубхона жам ғ армасининг умумий ҳ исоб-китобини юритиш китобини ва инвентарь китобини қ айта тўлдириш та қ и қ ланади ҳ амда фа қ атгина туман (ша ҳ ар) хал қ таълими бўлими мудирининг буйру ғ и асосида фав қ улодда ҳ олатларда рухсат этилади.
72. Ҳ ар бир ЎМ Қ лар нусхасининг ёки номининг индивидуал ҳ исоб-китоби индивидуал инвентарь ра қ амини бериш йўли билан амалга оширилади.
Индивидуал ра қ ам мактаб кутубхона жам ғ армасида ЎМ Қ ларнинг бўлган бутун даврида унга бириктирилади.
73. Ў қ ув ва бош қ а адабиётларнинг индивидуал ҳ исоб-китоб шакли сифатида инвентарь китоби (мазкур Низомнинг 10-иловаси ) ҳ исобланади ва у қ атъий ҳ исоботнинг асосий ҳ ужжати сифатида доимо са қ ланиши зарур.
74. Мактаб кутубхона жам ғ армасидан дарсликларнинг ҳ исобдан чи қ арилиши, мазкур Низомнинг 11-иловасига мувофи қ мактаб кутубхона жам ғ армасидан дарсликларнинг ҳ исобдан чи қ арилиши тў ғ рисидаги далолатнома билан расмийлаштирилади ва мактаб кутубхона жам ғ армасидаги:
ижара тизимига кирадиган дарсликларнинг умумий ҳ исоб-китобини юритиш китоби;
ижара тизимига кирмайдиган дарсликларнинг умумий ҳ исоб-китобини юритиш китоби;
мактаб кутубхона жам ғ армаси барча турдаги дарсликларнинг умумий ҳ исоб-китобини юритиш китобида акс эттирилади.
75. ЎМ Қ ларнинг мактаб кутубхона жам ғ армасидан ҳ исобдан чи қ арилиши мазкур Низомнинг 12-иловасига мувофи қ мактаб кутубхона жам ғ армасидан ЎМ Қ ларни ҳ исобдан чи қ ариш тў ғ рисидаги далолатнома билан расмийлаштирилади ва бадиий, билим орттириш, турли маълумотлар берадиган, методик адабиётлар ҳ исоб-китобини юритиш учун мўлжалланган мактаб кутубхона жам ғ армасининг умумий ҳ исоб-китоб китобида акс эттирилади.
76. Ҳ ар бир далолатномада қ уйидаги сабаблардан бирига асосан ҳ исобдан чи қ ариладиган дарсликлар ва ЎМ Қ лар тў ғ рисида маълумотлар қ айд этилади: эскирганлиги (жисмонан эскириш), ну қ сони бўлганлиги, мазмуни эскирганлиги, профилга оид бўлмаганлиги, йў қ олганлиги (йў қ олган ҳ олатини ани қ кўрсатган ҳ олда – кутубхона жам ғ армасидан йў қ олганлиги, фойдаланувчилар томонидан йў қ отилганлиги, ў ғ ирланганлиги, табиий ёки техноген хусусиятга эга бўлган ҳ одисалар натижасида йў қ олганлиги, ани қ ланмаган сабабларга кўра йў қ олганлиги (камомад)).
77. Мактаб кутубхона жам ғ армасидан дарсликлар ва ЎМ Қ ларни ҳ исобдан чи қ ариш далолатномалари умумтаълим мактабининг директори томонидан тасди қ ланади.
78. Очи қ фойдаланиладиган жам ғ армалардан ани қ ланмаган сабабларга кўра ў қ ув-методик адабиётларни ҳ исобдан чи қ ариш меъёри фойдаланишга бериладиган дарсликлар ҳ ажмидан 0,1% кўп бўлмаслиги лозим.
79. Мактаб кутубхона жам ғ армасидан дарсликларни ҳ исобдан чи қ ариш меъёри мазкур Низомнинг 3-бандига мувофи қ белгиланади.
80. Ҳ исобдан чи қ арилган дарсликлар ва ЎМ Қ лар тў ғ рисида маълумот барча ҳ исоб-китоб шаклларида – инвентарь китобида, мактаб кутубхона жам ғ армасини умумий ҳ исоб-китоб қ илиш китобларида, каталогларда, картотекаларда акс эттирилади ва бу тў ғ рисида ҳ исобдан чи қ ариш далолатномасида тегишли қ айдлар қ илинади.
81. Фойдаланувчилар томонидан йў қ отилган ва уларнинг айби билан фойдаланишга яро қ сиз ҳ олатга келган дарсликлар ва ЎМ Қ лар ўрнига қ абул қ илинган дарсликлар ва ЎМ Қ лар “Йў қ отилган дарсликлар ўрнига фойдаланувчилардан олинган китоблар ва бош қ а ҳ ужжатлар ҳ исоб-китобини юритиш Дафтари”да акс эттирилади. Мазкур Дафтарда қ илинган қ айдлар асосида фойдаланувчилар томонидан йў қ отилган дарсликлар ва ЎМ Қ ларни ҳ исобдан чи қ ариш ва тенг қ ийматли деб эътироф этилган дарсликлар ва ЎМ Қ ларни қ абул қ илиш тў ғ рисида (мазкур Низомнинг 13-иловаси ) далолатномалар тузилади ва булар бадиий, билим орттириш, турли маълумотлар берадиган, методик адабиётлар ҳ исоб-китобини юритиш учун мўлжалланган мактаб кутубхона жам ғ армасининг умумий ҳ исоб-китобини юритиш китобида ва барча турдаги дарсликларнинг умумий ҳ исоб-китобини юритиш китобида қ айд этилади.
Фойдаланувчилар томонидан йў қ отилган ва уларнинг айби билан фойдаланишга яро қ сиз ҳ олатга келган дарсликлар ва ЎМ Қ лар ўрнига пул мабла ғ ларининг қ абул қ илиниши мазкур Низомнинг 47 ва 52-бандларида белгиланган тартиб ва ми қ дорларда амалга оширилади.
82. “Йў қ отилган дарсликлар ўрнига фойдаланувчилардан олинган китоблар ва бош қ а ҳ ужжатлар ҳ исоб-китобини юритиш Дафтари”да ҳ ар бир қ айд ўзининг ало ҳ ида тартиб ра қ амига эга бўлади ҳ амда фойдаланувчи ва кутубхоначининг имзолари билан тасди қ ланади.
83. Умумтаълим мактабининг кутубхона мудири (кутубхоначиси) ў қ увчилар ўртасида дарсликларни авайлаб асраш туй ғ усини ривожлантиришга йўналтирилган тарбиявий ишларни олиб боради.
84. Ҳ омийлик ёрдами сифатида умумтаълим мактабларига та қ дим этилган ёки бюджетдан таш қ ари мабла ғ лар ҳ исобидан умумтаълим мактаблари томонидан харид этилган дарсликлар ва ЎМ Қ лар, умумтаълим мактабларига қ абул қ илинган пайтдан уч кундан кечиктирмаган муддатда манбаи кўрсатилган ҳ олда мактаб кутубхона жам ғ армасида ало ҳ ида ҳ исобга олинади.
VII. МАКТАБ КУТУБХОНА ЖАМ Ғ АРМАСИНИНГ
ДАРСЛИКЛАР ВА ЎМ Қ ЛАРИНИ ХАТЛОВДАН ЎТКАЗИШ,
КЕЙИНЧАЛИК ФОЙДАЛАНИШГА ЯРО Қ СИЗ Ҳ ОЛАТГА
КЕЛГАН ДАРСЛИКЛАР ВА ЎМ Қ ЛАРНИ ТАНЛАБ
ОЛИШ ВА УТИЛИЗАЦИЯ Қ ИЛИШ
85. Хал қ таълими вазирлиги ҳ ар йили 1 июнгача мактаб кутубхона жам ғ армаларидан ҳ исобдан чи қ арилиши лозим бўлган дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг рўйхатини (нашр йили, номи ва муаллифи ани қ кўрсатилган ҳ олда) ани қ лайди ва тегишли буйру қ билан уни тасди қ лайди. Мазкур буйру қ ва ҳ исобдан чи қ арилиши лозим бўлган дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг рўйхати оммавий ахборот воситаларида эълон қ илинади ва умумтаълим мактабларигача етказилади.
86. Кутубхонада дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг ҳ а қ и қ атда мавжудлигини ани қ лаш ма қ садида кутубхона жам ғ армасини ҳ исоб-китоб ҳ ужжатлар билан солиштириш ва жам ғ арма ҳ исобидан чи қ ариш учун танлаб олиш йўли билан дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг мактаб кутубхона жам ғ армалари ҳ ар йили 1 июлгача хатловдан ўтказилади.
87. Умумтаълим мактабининг кутубхонасида хатловлар мактаб кутубхона жам ғ армасини хатловдан ўтказиш тў ғ рисида буйру қ ни чи қ ариш ва таркиби кутубхона мудири (кутубхоначи), умумтаълим мактабининг маъмурияти, жамоат ташкилотлари, бухгалтерия вакилларидан иборат бўлган комиссияни тайинлаш йўли билан амалга оширилади.
88. Дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг йў қ отилганлиги ани қ ланганда, мазкур Низомнинг 52-банди билан ўрнатилган тартибда зарарни қ оплаш бўйича чоралар кўрилади.
Дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг орти қ часи ўрнатилган тартибда мактаб кутубхона жам ғ армасига кирим қ илинади.
89. Текшириш тушунтириш хати билан далолатномани ва мавжуд бўлмаган нашрлар рўйхатини (мазкур Низомнинг 14-иловаси ) тузиш билан якунланади.
90. Умумтаълим мактаблари, зарурат бўлганда, ҳ исобдан чи қ арилиши лозим бўлган дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг 5% гача бўлган ми қ дорини, ў қ итувчилар таркиби ва ў қ увчилар томонидан фойдаланиш учун, кутубхоналарнинг ихтиёрида қ олдиришлари мумкин. Келгусида фойдаланишга яро қ ли бўлган ва келгуси ў қ ув йилига фойдаланиш учун тавсия этилган дарсликлар ва ЎМ Қ лар рўйхатига мувофи қ келадиган дарсликлар ва ЎМ Қ лар ҳ ам мактаб кутубхона жам ғ армасида қ олдирилади.
91. Ҳ исобдан чи қ ариш учун белгиланган дарсликлар ва ЎМ Қ лар ало ҳ ида хонага жойлаштирилади ва ваколатли шахсларга топширилишига қ адар шу ерда са қ ланади.
92. Дарсликлар ва ЎМ Қ лар ҳ ар ў қ ув йилининг 1 сентябридан кейин, биро қ 10 октябрдан кечиктирмаган ҳ олда дарсликлар мактаб кутубхона жам ғ армасининг ҳ исоб-китоб ҳ ужжатларидан, инвентарь китоблардан, кутубхона каталогларидан рўйхатдан чи қ ариш йўли билан ҳ исобдан чи қ арилади, шунингдек умумтаълим мактабининг балансида бўлган уларнинг қ иймати ҳ ам ҳ исобдан чи қ арилади.
93. Мактаб кутубхона жам ғ армасидан дарсликлар ва ЎМ Қ ларни ҳ исобдан чи қ ариш далолатномалари ва уларга илова қ илинган рўйхатлар 3 йил давомида са қ ланади ва шундан кейин белгиланган тартибда йў қ қ илинади.
94. Туман (ша ҳ ар) хал қ таълими бўлимлари утилизация қ илинадиган дарсликлар ва ЎМ Қ лар ҳ ажми тў ғ рисида туман (ша ҳ ар)нинг барча умумтаълим мактаблари бўйича маълумотларни умумлаштиради ва ҳ удудий хал қ таълими органларига та қ дим этади.
95. “Ў қ ув таълим таъминот” давлат унитар корхонасининг ҳ удудий бўлимлари утилизация қ илинадиган дарсликлар ва ЎМ Қ ларни Хал қ таълими вазирлигининг тизимига кирадиган умумтаълим мактабларидан олиб чи қ иш учун ҳ удудий хал қ таълими органлари билан ҳ амда бош қ а вазирликлар ва идоралар тизимига кирадиган умумтаълим мактаблари билан утилизация қ илинадиган дарсликлар ва ЎМ Қ ларни олиб чи қ иш тў ғ рисида шартномалар тузади.
Бунда, утилизация қ илинадиган дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг олиб чи қ илиши ҳ ар бир умумтаълим мактабидан “Ў қ ув таълим таъминот” давлат унитар корхонасининг ҳ удудий бўлимлари томонидан ҳ ар йили 10 октябргача амалга оширилади.
96. Утилизация қ илинадиган дарсликлар ва ЎМ Қ ларни олиб чи қ ишда мазкур Низомнинг 15-иловасига мувофи қ топшириладиган партиянинг вазни кўрсатилган ҳ олда мактаб кутубхона жам ғ армасидан ҳ исобдан чи қ ариладиган ва утилизация қ илинадиган дарсликлар ва ЎМ Қ ларни қ абул қ илиш-топшириш далолатномаси тузилади.
97. “Ў қ ув таълим таъминот” давлат унитар корхонасининг ҳ удудий бўлимлари қ о ғ оз ма ҳ сулотларни қ айта ишлаш учун қ абул қ иладиган ташкилот билан тегишли шартнома тузади ва утилизация қ илинадиган дарсликлар ва ЎМ Қ ларни унга топширади.
Бунда, қ о ғ оз ма ҳ сулотларни қ айта ишлаш учун қ абул қ иладиган ташкилотнинг танлови “Ў қ ув таълим таъминот” давлат унитар корхонасининг ҳ удудий бўлимлари томонидан қ онунчиликда ўрнатилган тартибда амалга оширилади.
98. Ҳ исобдан чи қ арилган дарсликлар ва ЎМ Қ ларни утилизацияга топширишдан олинган мабла ғ лар “Ў қ ув таълим таъминот” давлат унитар корхонаси ҳ удудий бўлимларининг ҳ исоб ра қ амларига ўтказиб қ ўйилади ва ўтказилган кундан кейин уч банк куни мобайнида, биро қ умумтаълим мактабидан ҳ исобдан чи қ арилган дарсликлар ва ЎМ Қ ларни олиб чи ққ ан кундан кейин олтмиш кундан кечиктирмаган ҳ олда, Жам ғ арманинг асосий ғ азначилик ҳ исоб ра қ амига (мукофот пули суммаси ушлаб қ олиниб) кўчирилади.
Кўрсатилган хизматлар учун “Ў қ ув таълим таъминот” давлат унитар корхонасининг мукофот пули суммаси Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги томонидан белгиланади.
99. Ҳ удудий хал қ таълими органи “Ў қ ув таълим таъминот” давлат унитар корхонасининг ҳ удудий бўлими билан биргаликда утилизация қ илинган дарсликлар ва ЎМ Қ лар бўйича реестр тузади ва ҳ ар йили 1 ноябргача уни Жам ғ арма ижрочи дирекциясининг ҳ удудий вакилларига топширади.
VIII. БУХГАЛТЕРИЯ Ҳ ИСОБ-КИТОБИ ВА Ҳ ИСОБОТ
100. Дарсликлар ва ЎМ Қ лар бўйича ижара тўловлари, утилизация, дарсликлар ва ЎМ Қ лар йў қ отилганлиги ва фойдаланишга яро қ сиз ҳ олатга келганлиги натижасида зарарни қ оплашдан тушадиган тушумларнинг бухгалтерия ҳ исоб-китоби ва ҳ исоботлари умумтаълим мактабининг бухгалтерияси томонидан Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги томонидан ўрнатилган тартибда амалга оширилади.
101. Дарсликлар тўпламларининг фойдаланишга берилиши ва ижара тўловлари тушумлари устидан мониторинг юритиш ма қ садида умумтаълим мактаблари мазкур Низомнинг 16-иловасига мувофи қ умумтаълим мактабларининг фойдаланишга берилган дарсликлар тўпламлари тў ғ рисида ҳ исоботларни тузади ва ҳ ар йили июнь ва декабрнинг 5-санасига қ адар та ҳ лил қ илиш ва умумлаштириш учун туман (ша ҳ ар) хал қ таълими бўлимларига та қ дим этади.
102. Туман (ша ҳ ар)лар хал қ таълими бўлимлари бўйича умумлаштирилган ҳ исоботлар, шунингдек ҳ ар бир умумтаълим мактаби бўйича ҳ исоботлар июнь ва декабрнинг 10 санасидан кечиктирмасдан ҳ удудий хал қ таълими органлари ва Жам ғ арма ижрочи дирекцияси ҳ удудий вакилларига та қ дим этилади.
103. Жам ғ арма ижрочи дирекциясининг расмий талаблари асосида банклар ҳ удудлар бўйича ҳ ар бир умумтаълим мактаби кесимида умумтаълим мактабларининг махсус ра қ амларидан банк кўчирмаларини та қ дим этади.
104. Ижара тўловлари тушумлари бўйича ҳ ар бир ҳ удуд ва умумтаълим мактаби кесимида банкдан олинган кўчирмалар асосида ҳ удудий хал қ таълими органлари ва Жам ғ арма ижрочи дирекциясининг ҳ удудий вакиллари синфлар ва таълим тиллари кесимида ҳ ар бир умумтаълим мактаби бўйича ижара тўловлари тушумларини та ҳ лил қ илади ва ҳ ар йили июнь ва декабрнинг 15-санасига қ адар умумлаштирилган ҳ исоботларни, умумтаълим мактаблари ва ҳ удудлар кесимида, Хал қ таълими вазирлиги ва Жам ғ арма ижрочи дирекциясига та қ дим этади.
Зарурат бўлганда, Жам ғ арма ижрочи дирекциясининг ҳ удудий вакиллари томонидан бирламчи ҳ ужжатларни кўриб чи қ иш йўли билан умумтаълим мактабларида ижара тизими фаолиятининг ўрганишлари ўтказилади.
105. Ҳ исоботлар қ о ғ озда (имзоланган ва тасди қ ланган ҳ олда) ҳ амда электрон шаклда та қ дим этилади.
106. Ҳ удудий молия органлари томонидан ижара тўловлари мабла ғ ларини, дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг тегишли тартибда са қ ланиши ва фойдаланилиши, ҳ амда умумтаълим мактаблари томонидан дарсликлар ва ижара тўловлари бўйича бирламчи ҳ ужжатларнинг юритилиши устидан мониторинг амалга ошириш ма қ садида мазкур Низомнинг 16-иловасида кўрсатиб ўтилган хал қ таълими органлари томонидан умумлаштирилган ҳ исобот, уни ю қ ори турувчи хал қ таълими органларига та қ дим этишдан олдин, тегишли ҳ удудий молия органларига келишиш учун та қ дим этилади.
IX. УМУМТАЪЛИМ МАКТАБЛАРИ КУТУБХОНАЧИЛАРИНИНГ
ИШ НАТИЖАЛАРИНИ БА Ҳ ОЛАШ МЕЗОНЛАРИ
107. Қ уйидагилар умумтаълим мактаблари кутубхоначиларининг иш натижаларини ба ҳ олаш мезонлари бўлади:
а) дарсликлар ва ЎМ Қ лар мактаб кутубхона жам ғ армасининг тў ғ ри шакллантирилганлиги, улардан фойдаланилишининг та ҳ лил қ илинганлиги;
б) ҳ исоб-китоб ҳ ужжатларининг тўли қ ва тў ғ ри юритилиши таъминланганлиги ҳ амда дарсликлар ва ЎМ Қ лар жам ғ армасини са қ лаш учун тегишли шароитларнинг ташкил этилганлиги;
в) дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг ҳ а қ и қ ий мавжудлигини ани қ лаш учун белгиланган муддатларда дарсликлар ва ЎМ Қ лар жам ғ армасининг хатловдан ўтказилганлиги;
г) мактаб кутубхона жам ғ армасидан дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг ҳ исобдан чи қ арилиши ташкил этилганлиги ва амалга оширилганлиги, мактаб кутубхона жам ғ армаларидан дарсликлар ва ЎМ Қ ларни ҳ исобдан чи қ ариш бўйича ҳ исоб-китоб ҳ ужжатларининг тў ғ ри юритилганлиги ва са қ ланганлиги, ҳ исобдан чи қ ариладиган эскирган дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг мактаб кутубхона жам ғ армасидан тўли қ ҳ исобдан чи қ арилишининг таъминланганлиги;
д) ҳ исобдан чи қ арилган дарсликларнинг белгиланган муддатда ва тў ғ ри утилизация қ илинганлиги ҳ амда зарур ҳ ужжатларнинг мавжудлиги ва са қ ланганлиги;
е) ў қ увчилар орасида дарсликлар ва ЎМ Қ ларга э ҳ тиётлик билан қ араш туй ғ усини ривожлантиришга қ аратилган олиб бориладиган тарбиявий ишларнинг самарадорлиги;
ж) умумтаълим мактаби кутубхонасининг ишини ташкил этиш борасида дарсликлар ва ЎМ Қ лар мактаб кутубхона жам ғ армасини шакллантириш ва ҳ исоб-китобини юритиш ҳ амда китобларни авайлаб асраш туй ғ усини ривожлантиришга йўналтирилган тарбиявий ишларни амалга оширишда янги ахборот технологияларидан фойдаланилганлиги.
X. ЯКУНИЙ Қ ОИДАЛАР
108. Умумтаълим мактабида ў қ увчиларни ижара асосида дарсликлар билан таъминлаш тизимини ташкил этиш ва унинг самарадорли фаолиятини ташкиллаштириш, шунингдек ў қ увчиларни, уларнинг қ онуний вакилларини хабардор қ илиш, дарсликларни фойдаланишга бериш тў ғ рисида шартнома тузиш, ижара тўловлари тушумлари бўйича ҳ исоб-китоблар ва ҳ исобларни юритиш, на қ д пул мабла ғ ларини ўз муддатларида топшириш, дарсликлар ва ЎМ Қ ларнинг са қ ланиши ва ҳ аракати, ижара тизими учун ҳ ар йилги буюртмаларнинг шакллантирилиши учун умумтаълим мактабининг маъмурияти жавобгардир.
109. Олдиндан маълум бўлган нотў ғ ри ёки қ албаки ҳ ужжатлар асосида дарсликлар тўпламини бепул равишда фойдаланишга бериш ҳ олатлари ани қ ланганда, мазкур ҳ ужжатларни та қ дим этган шахс қ онунчиликда белгиланган тартибда жавобгарликка тортилади ва тўланмаган ижара тўлови суммалари ўрнатилган тартибда ундирилади.
20___/20___ ў қ ув йилида _______________ таълим
тилидаги ______ -синфлар учун фойдаланишга тавсия
этилган дарсликлар ва ў қ ув-методик қ ўлланмалар
Дарсликлар ва ў қ ув-методик
қ ўлланмалар номи
Ма қ бул нашрлар
(ижара асосида, кутубхона
жам ғ армаси, эркин савдо)
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili o‘qituvchilariga ochiq xat
Maktab partasida o‘tirgan bolalarimizning barchasi tilshunos bo‘lishi kerakmi? Aziz hamkasbim. Hurmatli ustozjonlar! Onadek mo‘tabar tilimizning ta’limi bilan shug‘ullanayotgan jonfido muallimjonlar!
Sizning mehnatlaringizni, aslida, hech bir tosh-u tarozi bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ba’zan o‘z farzandiga ham toshmehr odamlarga duch kelamiz, shundaylar haqida o‘qib qolamiz. Albatta, yoqa tutib aytamiz: “Inson zoti shunday bo‘lishi mumkinmi?”. Siz maktab partasida o‘tirgan yuzlab bolalarga mehr ko‘rsatasiz, bilim berasiz. Ularning yorqin kelajagi uchun qayg‘urasiz. Fidokorlikni o‘rgatasiz va fidoyilikda namuna bo‘lasiz. Tanlagan kasbimizning mashaqqati ham, sharafi ham shunda bo‘lsa kerak. Zero, “Bir soatlik ilm o‘rgatmoq, yuz soatlik toat-ibodatdan ko‘ra yaxshiroq” ekanligi bizning amaliy faoliyatimiz negiziga aylangan. Demak, qilayotgan ishimiz savob, savob va yana savobdan iborat. Shundaymikan?!
Keling, aziz hamkasbim, gapni uzoqroqdan boshlaylik. Biz ona tili ta’limi bilan shug‘ullanamiz. Ona tili — (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan) maktabda barcha o‘quv predmetlarini ham o‘rganish, ham o‘rgatish vositasi. Tili o‘zbek tilida chiqqan, o‘z ona tilida so‘zlashadiganlar uchun bu tafakkur tili hamdir. Demak, dunyoning lisoniy manzarasini har bir o‘zbek o‘zi uchun ona tili vositasida bunyod etadi, tom ma’noda, ona tili xazinasiga ega bo‘ladi va umri davomida bu tuganmas xazinadan foydalanaveradi, foydalanaveradi…
Vaholanki, bu yorug‘ olamda inson istalgan davraga so‘zi orqali kirib boradi, uning ortida ham so‘zi qoladi, inson so‘nggi nafasida ham lablari pichirlab so‘z aytadi. (Hatto tushlarimizni ham ona tilimizda ko‘ramiz.) Biz kalom ilmining ta’limi egalari va har bir o‘zbek uchun tafakkur tilining targ‘ibotchilari ekanligimizni inkor etib bo‘lmaydi.
Aytaylik, sizning o‘quvchingiz (o‘g‘il bola) maktabni o‘rtacha baholarda o‘qib tugatdi. Oliy ta’limga hujjat topshirdi, shartnomaga ilinishiga ham 5–10 ball yetmay qoldi. (Qo‘shimcha to‘lov asosida o‘qishi uchun oila budjeti “to‘g‘ri kelmadi”.) Xo‘sh, bola endi nima ish bilan shug‘ullanadi?! (Siz-u biz bu savolga javob berolmasligimizni bilaman.) Deylik, o‘sha o‘quvchingizning bobosi: “Bolam, er kishisan. Oilaga yordam berishni o‘rgan. Har kuni halol mehnat qilib uyga ikkitagina non kiritsang ham, katta gap. Hayotni, odamlar bilan muomalani o‘rgan” deb, kichikkina arava yasatib berib bolani bozorga chiqardi.
Bugun bolaning aravasiga hech kim yuk ortmadi. Qorni ochgan bola non do‘koniga kirsa, bitta obinon 1.200 so‘m va bitta buxanka non 1.700 so‘m turibdi. Bolaning cho‘ntagida ming so‘m puli bor. Bitta obinon sotib olishiga (arzimas pul) 200 so‘m yetmaydi. Sobiq o‘quvchingiz non do‘konidagi amakiga (yoki opaxonga) deyapti: “Men ergashgan qo‘shma gaplarning besh turini bilaman. Undalmali gaplar haqida bilaman. Fe’lning ma’noviy guruhlarini sanab beraymi? Kesim, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi haqidagi qoidalarni aytib beraymi? Holning oltita turini aytaymi? Ajratilgan izoh bo‘laklar…Unli, undoshlarning til oldi va til orqaligi, lablangan-lablanmaganligi, quyi keng, o‘rta keng, yuqori torligi, til undoshning lab-lab, lab-tish, til oldi, til yoni, til o‘rta, til orqa tovushining yaqin til orqa, chuqur til orqaligi…”.
O‘quvchi non olishi uchun yetmayotgan 200 so‘m uchun sizning 5-sinfdan 11-sinfgacha (naq 7 yil) o‘rgatganlaringizdan “madad so‘radi”. Tabiiyki, non sotuvchi 200 so‘m kamiga non sotmaydi va bolani telbalikda ayblab haydab soladi.
Sizning maktabda 7 yil davomida mashaqqat chekib, o‘quvchini sinfga qamab o‘rgatgan son-sanoqsiz qoidalaringiz bolaning bir martagina qornini to‘yg‘azishi uchun ham yaramadi-ya?!
Tahlil: Amaldagi maktab “Ona tili” darsliklariga e’tibor beraylik. Xo‘sh, ularda (“Bilib oling”, “Esda tuting” shaklidagi) qancha grammatik qoidalar berilgan?
5-sinf “Ona tili” darsligida – 192 ta;
6-sinf “Ona tili” darsligida – 194 ta;
7-sinf “Ona tili” darsligida – 117 ta;
8-sinf “Ona tili” darsligida – 51 ta;
9-sinf “Ona tili” darsligida – 40 ta;
10-sinf “Ona tili” darsligida – 26 ta;
11-sinf “Ona tili” darsligida – 25 ta.
Ammo bu hali hammasi emas. Agar 9-, 10-, 11-sinf “Ona tili” darsliklarida berilgan qoidalarning har biri 1-1,5 sahifa egallashini inobatga olsak, ular miqdori o‘rtacha uch barobarga oshadi. (Bu umumiy qoidalar miqdorining 800 dan oshishini ko‘rsatadi.)
Hadisi shariflardan birida shunday deyiladi: “Ilmga rag‘bati bo‘lmagan kishiga ilm o‘rgatmoq — gunohga botmoq, behuda ilm o‘rgatmoq esa ikki karra gunohga botmoqdir.” Biz o‘quvchilarimizga behuda ilm o‘rgatmayapmizmi?! Professor Bngliyev ta’biri bilan aytganda: “Maktabda yoshlarimiz ona tili mashg‘ulotlarida boshi ham, adog‘i ham yo‘q, buning ustiga darslikdan darslikka o‘tish, sinfdan sinfga ko‘chish bilan keskin o‘zgarib turadigan son-sanoqsiz ilmiy (lingvistik) qoidalarni yodlashga majbur bo‘lishayotganligi” bolaga nima beryapti?!
Biz qachon o‘quvchilarimizga til o‘rgatish bilan tilshunoslik asoslarini o‘rgatish masalasini farqlab olamiz? Qachongacha bolalarimizga “keraksiz ilmni o‘rgatib” ilm o‘rgatmoq savobidan bebahra qolaveramiz?
Agar bilsangiz, o‘quvchi uchun umr bo‘yi kerak bo‘ladigan 3 toifadagi qoidalar bor (men buni takror ta’kidlayapman). Bular:
1) orfografiya qoidalari (bu qoidalar umr bo‘yi kishining yozma savodxonligini tartibga solib turadi);
2) orfoepiya qoidalari (bu qoidalar umr bo‘yi kishining og‘zaki nutqini adabiy me’yorlarga moslashtirib turadi);
3) punktuatsiya qoidalari (Bu qoidalar umr bo‘yi kishining yozma nutqida nima demoqchiligini ko‘rsatib turadi).
Qolgan barcha qoidalar mutaxassis sifatida biz uchun, o‘zimiz uchun zarur.
Yana ta’lim berishda nega buncha darslikka “yopishib oldik?” Darslik nima o‘zi?! Darslik, avvalo, didaktik ta’lim vositalaridan biri. Didaktik ta’lim vositalari deganda ta’lim jarayonida ishlatiladigan, foydalaniladigan barcha vositalar — darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik tavsiyalar-u ishlanmalar, ko‘rgazmalar, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, testlar, nostandart topshiriqlar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar, qomuslar majmuyi tushuniladi.
Biz qanday darsliklar bilan ishlashni istayapmiz? Albatta, dastur asosida tuzilgan, ta’lim mazmunini aks ettiruvchi o‘quv materialini ham, uning o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilish usullarini ham, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi uchun zarur sanalgan tahlil (analiz), umumlashtirish (sintez) uchun materialni ham, o‘quv materialidagi tarqoq hodisalarni bir-biriga bog‘lovchi qonuniyatlarini ham o‘z ichiga olgan, bir so‘z bilan aytganda, ta’lim oluvchi uchun ma’lum miqdordagi bilimlarni, malaka, ko‘nikma, odatlarni o‘ziga singdirish uchun tayanch manbani istayapmiz.
Darslik (muayyan o‘quv predmeti ta’limidan kutayotgan natijamizga qarab) ta’lim maqsadi, mazmuni va usuli bilan uzviy bog‘liqlikda har xil bo‘ladi. O‘quvchiga qoida-yu ta’riflar asosida ma’lum miqdordagi bilimlarni berishga mo‘ljallangan darslik o‘quvchi o‘zlashtirishi nazarda tutilgan bilimlar va hosil qilinishi kerak bo‘lgan malaka hamda ko‘nikmalarni deyarli to‘la qamrab oladi va bu holatda o‘quv materiali, asosan, darslik bilan cheklanadi. Maqsad bitta: o‘quvchi darslik materialini bilsa bas. Bunday darslik bilan ishlash tom ma’nodagi ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi.
Darslik topshiriqlar tizimida o‘quvchining mustaqil izlanishi uchun yo‘llanmalar berib borganda, ta’lim oluvchining axborot banklariga doimiy murojaatini talab qilganda, uni ijodiy faoliyatga undagandagina u o‘z maqsadiga erishishi mumkin. Shuning uchun darslik bilan dars davomida ta’lim oluvchi bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlar tizimi(algoritmi)ni va zaruriy o‘quv materialini aralashtirmaslik lozim. Biz hozir darslik deganda ham mavzu talqinini, ham o‘quv materialini, ham ta’lim oluvchi bajarishi lozim bo‘lgan amaliyotlar va ularning tartibini ham, ta’lim oluvchi kelishi kerak bo‘lgan yechim(xulosa)ni ham o‘z ichiga olgan majmuani tushunyapmiz.
Haqiqiy ijodiy tafakkur sohibini shakllantirish va rivojlantirishga mo‘ljallangan darslik yuqorida zikr etilgan darsliklardan farq qilmog‘i lozim; yangi maqsadlar uchun yangi turdagi darsliklar zarur. Eski qolipda yozilgan darsliklardan xalos bo‘lmay, bolalarimizni yangicha fikrlashga o‘rgatish mumkin emas. Yangicha o‘qitishda, ijodiy
tafakkur sohibini yetishtirishda o‘quv materiali darslik materiallaridan ancha keng bo‘lmog‘i shart. Jumladan, ona tilidan darsliklar o‘quvchilarga xilma-xil lug‘atlardan (axborot banklaridan), qomuslardan, ma’lumotnomalardan, maktabda o‘qitiladigan boshqa o‘quv predmetlari bo‘yicha olgan bilimlari va ma’lumotlaridan, tajribali kishilar(o‘quvchilarning yaqinlari)dan qo‘shimcha material olishga, bu — darslikda berilmagan material ustida ijodiy ishlar tizimini loyihalashtirgan taqdirdagina ko‘zlagan maqsadiga erisha oladi. Aks holda, u o‘quvchi oyoq-qo‘liga kishan, tafakkuriga g‘ov bo‘ladi.
Bu borada amaldagi yangi 8-sinf “Ona tili” darsligida bir qadar ijobiy o‘zgarishlar seziladi. Darslikdagi milliyligimiz zaminidan uzilmagan, tarbiyaviy ahamiyati beqiyos matnlarning, fikr-u mulohazalarning o‘quvchi hukmiga havola etilishi, shuningdek, “behuda qoidabozlik”larning 5-, 6-, 7-sinf “Ona tili” darsliklariga nisbatan o‘rtacha uch barobar qisqargani, baralla aytish zarurki, quvonarli hol.
Yangi maqsadga yangi turdagi darslik, yangicha mazmun, yangicha usul va vositalar olib kelishi va yangi shaxsni — tadbirkor, axborot manbalarini chuqur biladigan, undan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni tez topa oladigan, bu ma’lumotlar ichida o‘zi yashab turgan muayyan sharoit uchun eng qulay va serunumidan foydalana oladigan tezkor tadbirkor shaxsni yetishtirishni ta’minlashi mumkin. Shuning uchun yangi darsliklar mashqlar majmuasidan emas, balki topshiriqlar tizimidan iborat bo‘lmog‘i kerak. Lekin bunday darslik bilan ishlash uchun ta’lim ishtirokchilari ona tilidan ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan axborot banklari bilan to‘la ta’minlangan bo‘lishi kerak.
“Ma’rifat” gazetasining joriy yil 19-fevral soni “Ona tilimizning nufuzini oshirish mavsumiy masala emas” shiori ostida to‘laligicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosiga bag‘ishlanganligi kishini sevintiradi. Shu sondagi bir maqolada: “Bu vazifalar(8-sinf yangi “Ona tili” darsligi topshiriqlari — izoh bizniki)ni bajarish uchun “O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” zarur. Muammo shundaki, bu kabi lug‘atlar o‘quvchilar tugul, hatto ko‘pchilik o‘qituvchilarda ham yo‘q! Internetdan topib yoki elektron nusxalardan foydalanish mumkin, ammo ulardan dars jarayonida foydalanish uchun hamma o‘qituvchida yoki maktablarda imkoniyat mavjudmi?!” degan mulohaza meni o‘ylantirdi. Negaki, bugun maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallab tayyorlangan lug‘atlarning 10 dan ortig‘i amalda. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (5 tomli)dan tortib “O‘zbek tili paronimlar lug‘ati”gacha yuzga yaqin lug‘at-u qomuslarning elektron nusxasi internet tizimida joylashgan. Shukurki, ularni istagancha saqlab olish imkoniyatimiz bor. Albatta, bu imkoniyat o‘quvchida ham bor.
“Shaharda hamma sharoiti muhayyo-da, gapiraveradi”, degan mulohazaga bormang. Yurtboshimiz tashabbusi bilan eng chekka qishloq maktablarida ham kompyuter sinflari tashkil etildi. Siz shu maktab kompyuterlari xotirasiga hech bo‘lmasa, ellikta lug‘atning elektron shaklini joylay oldingizmi? Ona tili mashg‘ulotlarini kompyuter sinflarida o‘tishga harakat qilib ko‘ryapsizmi? E’tibor bering. Dars payti o‘quvchingiz bir nafasgina bo‘sh qoldi deguncha telefoniga qarab oladi. Nega biz o‘quvchimizning telefoni xotirasiga o‘zbek tili lug‘atlarini joylay olmayapmiz? (Axir ingliz tili o‘qituvchilari buni yaxshi uddalashyapti-ku?!)
Muammolar bisyor. Biz hammamiz birgalashib muammolar yechimini izlashga harakat qilmayapmiz. (Chamamda, o‘zimizni harakat qilayotganga o‘xshab ko‘rsatyapmiz, xolos.)
Bugun maktab darsliklarini tanqid qilishga ko‘nikib qoldik. Bu qaysidir jihatdan yaxshi. Ammo dunyoda eng qiyin yumushlardan biri — darslik tayyorlash. Sababki, tayyorlagan mahsulotingdan ming-minglab kishi foydalanadi. Ta’lim oluvchi sen darslikda “chizgan chiziq” asosida bilim oladi va uning natijasi kamida 10–15 yilda jamiyatda “balqib chiqadi”. Masalan, maktab ona tili mashg‘ulotlari o‘z vazifasi — barcha darslar amaliy xarakterda bo‘lib ularda o‘quvchini so‘z mantig‘ini anglash, so‘z va birikmalarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish malaka va ko‘nikmalarini, shuningdek, sharqona nutq odobini o‘rgatish o‘rniga qoidabozlikka o‘tib ketdi. (Go‘yo maktab partasida o‘tirgan hamma o‘quvchi tilshunos bo‘lishi shartday?!) Natija nima bo‘ldi? Natijada ona tili mashg‘ulotlari hayotdan deyarli uzilib qoldi. O‘quvchi tarbiyasidagi o‘rnini boy berdi…
Zero, umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan ona tili darslari o‘quvchiga tilshunoslik asoslarini emas, tilning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishni, ya’ni tilni o‘rgatishi zarur.
Shu o‘rinda Respublika ta’lim markaziga ham ba’zi e’tirozlarimiz bor. Nega darsliklar tuzishda rivojlangan mamlakatlar(masalan, Yaponiya, Turkiya, Fransiya, Rossiya va b.)ning tajribalari maxsus o‘rganilmayapti? Nega maktab darsliklarini tuzish va amaliyotga tatbiq etish tanlovlari anonim tarzda o‘tkazilmaydi? (Ya’ni tayyorlangan darslik mutaxassis-ekspert tekshiruvidan keyin alohida tanlab olinmagan maktabning eksperiment sinfi amaliyotida omilkor o‘qituvchilar tomonidan (mualliflari sir saqlangan holda) sinab ko‘rilmayapti?) Nega yangi darsliklarning mualliflari kim bo‘lishi avvaldan ma’lum? “Maktab darsliklarini tayyorlashga faqat soha olimlari yoki professorlar haqli” degan yozilmagan, ammo rad etilmayotgan qonunlardan voz kechish payti allaqachon yetmadimikan?! Bugun darsliklar tuzish borasida “kim deganiga emas, nima deganiga boq”aylik.
Siz bugun maktab “qozonida qaynayapsiz”. O‘quvchiga nima kerakligini boshqalardan ko‘ra SIZ ko‘proq his etasiz. Nega yangi avlod darsliklarini tuzishga kirishmaysiz?! Juda boy tilning egasimiz. E’tibor bering-a, birgina go‘zal qiz birikmasi takibidagi go‘zal so‘zini qancha ma’nodoshi (yoki ma’no nozikligida farq qiluvchi muqobili) bilan almashtira olamiz: chiroyli qiz, bejirim qiz, xushbichim qiz, husnli qiz, husndor qiz, xushro‘y qiz, ko‘rkam qiz, ko‘hlik qiz, barno qiz, suluv qiz, nazokatli qiz, latofatli qiz, deganday qiz, zebo qiz, sohibjamol qiz, ketvorgan qiz, tamtam qiz… Hali bu sirani yana davom ettirish imkoni bor…
Onadek mo‘tabar tilimizning ta’limi bilan shug‘ullanayotgan jonfido muallim-u muallimajonlar.
Bugun qo‘l qovushtirib o‘tirmasdan bolalarimiz uchun ona tili darslarida zarur bo‘lgan ta’limiy vositalarni birgalashib tayyorlaylik. Chunki O‘zbekiston bolalari hammamizning farzandlarimizdir.
BuxDU filologiya fakulteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi