Yanvarning 8 kunida budjet taqchilligi 5,5 trln so‘mga yetdi. Bu kutilayotgan yillik defitsitning beshdan biriga teng
2022 yilda hukumat davlat budjetining yalpi ichki mahsulot 3 foizi miqdoridagi chegarasini bajarmagan, shu sababli parlament xarajatlarni 2 milliard dollarga oshirish va YAIMning 4 foizigacha bo‘lgan chegarani tasdiqlagan. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov davlat xarajatlarining o‘sishi hisobiga inflyatsiya darajasi kutilganidan yuqori ekanini bildirgan. Inflyatsiyani ushlab turishda budjet konsolidatsiyasining roli oshganini ta’kidlagan.
Пойдет ли Minecraft : системные требования
Такое железо советуют разработчики для запуска с минимальными и рекомендуемыми настройками. Эти требования обычно очень приблизительны, но на них можно ориентироваться чтобы понять, какого уровня компьютер потребуется для игры.
Минимальные
Рекомендуемые
Видеокарта: Integrated: Intel HD Graphics 4000 (Ivy Bridge) or AMD Radeon R5 series (Kaveri line) with OpenGL 4.41 Discrete: Nvidia GeForce 400 Series or AMD Radeon HD 7000 series with OpenGL 4.4 Видеокарта: GeForce 700 Series or AMD Radeon Rx 200 Series (excluding integrated chipsets) with OpenGL 4.5 Процессор: Intel Core i3-3210 / AMD A8-7600 APU or equivalent Процессор: Intel Core i5-4690 / AMD A10-7800 or equivalent Оперативная память: 4 GB (2GB free) Оперативная память: 8 GB (4GB free) Жесткий диск: ~180 MB for program data, though worlds can drastically increase this amount. 1 GB should be enough for a normal amount of maps, resource packs, etc. Жесткий диск: 4 GB Операционная система: Windows 7 or later, OS X 10.9 Maverick, Linux: Any distribution from 2014 or later Операционная система: Windows 10 or later, OS X 10.12 Sierra, Linux: Any distribution from 2014 or later DirectX: нет данных DirectX: нет данных
Yanvarning 8 kunida budjet taqchilligi 5,5 trln so‘mga yetdi. Bu kutilayotgan yillik defitsitning beshdan biriga teng
O‘zbekistonda yanvar oyining 8 kunida davlat budjeti xarajatlari daromadlardan 2,3 barobar oshib, defitsit ko‘rsatkichi 5,54 trillion so‘mga yetdi. Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligining «Gazeta.uz» e’tiborini tortgan ma’lumotlarida aks etgan.
Vazirlik 2019 yildan boshlab #BudgetUz2019, #BudgetUz2020 va boshqa xeshteglar ostida davlat budjeti daromadlari va tushumlari, shuningdek, xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilib kelmoqda. Ma’lumotlar odatda ish kunlarida taqdim etiladi.
2023 yilda esa vazirlik 4−6 yanvar va 9−13 yanvar, ya’ni atigi 8 kunlik ma’lumotlarni e’lon qildi. Shundan so‘ng bu bo‘yicha ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi kanalida aks etmay qo‘ydi, taqqoslash uchun, 2022 yilda #BudgetUz2022 xeshtegi ostida jami 219 ta xabar e’lon qilingandi.
Ushbu davrdagi daromadlar 4,37 trillion so‘mni tashkil etdi, bu 2022 yilning 8 kunidagi daromadga nisbatan 18,9 foizga (5,39 trillion so‘m) va 2021 yilga (4,26 trillion so‘m) nisbatan 2,6 foizga kam hisoblanadi. Xarajatlar 73,6 foizga o‘sdi — 2022 yildagi 5,7 trillion so‘mdan 9,9 trillion so‘mgacha.
Agar 2021 yilning 8 kunida taqchillik 270,8 milliard so‘mni, 2022 yilning 8 kunida 318 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 5,54 trillion so‘mga yetgan (mos ravishda 17,4 va 20,4 barobar ko‘p). Raqamlar 2023 yilga rejalashtirilgan davlat budjeti taqchilligining 22 foiziga yetib ulgurgan — 25,13 trillion so‘m.
2023 yil boshida davlat budjeti tushum va daromadlarining kamayishi energetika inqirozi hamda elektr va gaz ta’minotidagi uzilishlar tufayli O‘zbekistonda ko‘plab korxonalar faoliyati to‘xtab qolgan paytga to‘g‘ri keldi.
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev fevral oyi boshida Farg‘ona vodiysiga tashrifi chog‘ida ham aytib o‘tgandi. «Bu yil qish juda sovuq keldi. Bundan ko‘plab tadbirkorlar jabr ko‘rganini bilaman», — degandi davlat rahbari.
Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band). Hisob-kitobga ko‘ra, zarur choralar ko‘rilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot o‘sishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).
️”Oldimizda dolzarb vazifa — «qattiq sovuq» oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish”, — degan Shavkat Mirziyoyev. Shu bois iqtisodiyotda yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida qaror imzolangan.
Shu munosabat bilan prezident birinchi chorakda YAIM pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qilgan. Tadbirkorlik subyektlariga kredit to‘lash muddati uzaytiriladi, qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, foiz va «penya» hisobini to‘xtatib turish va boshqa imkoniyatlar yaratiladi.
2022 yilda hukumat davlat budjetining yalpi ichki mahsulot 3 foizi miqdoridagi chegarasini bajarmagan, shu sababli parlament xarajatlarni 2 milliard dollarga oshirish va YAIMning 4 foizigacha bo‘lgan chegarani tasdiqlagan. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov davlat xarajatlarining o‘sishi hisobiga inflyatsiya darajasi kutilganidan yuqori ekanini bildirgan. Inflyatsiyani ushlab turishda budjet konsolidatsiyasining roli oshganini ta’kidlagan.
2023 yilda davlat budjeti taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3% miqdorida belgilangan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Gazeta.uz» so‘roviga hozircha javob bergani yo‘q.