Press "Enter" to skip to content

5-sinf mavzulari bo’yicha dars ishlanmalar

Nazorat bosqichi

Игры для Андроид бесплатно

Igry-Android – каталог лучших игр на Андроид. Для удобства перемещения между категориями имеется выпадающее меню. В каталоге для телефонов и планшетов представлены симуляторы, гонки, хорроры и прочие жанры игр. Для каждого приложения составлено подробное описание, представлены apk-, apks- или xapk-файлы оригиналов и модов.

Преимущества сайта

Igry-Android предоставляет возможность пользователю:

  1. Скачать игры на телефон и планшет Андроид бесплатно, без регистрации, вирусов и Плей Маркета.
  2. Ознакомиться с ТОПом самых затягивающих надолго приложений.
  3. Воспользоваться поиском по каталогу.
  4. Скачать новую или старую версию приложения на телефон или мобильное устройство Android таких брендов, как Samsung (Самсунг), Xiaomi, Honor и других, бесплатно с интерфейсом на русском или английском языке.
  5. Задать вопрос модератору, если не получается закачать или установить игру на телефон, планшет, обнаружен вирус, несоответствие описания и скринов реальности. В течение суток будет предоставлен подробный ответ.

К загрузке на мощный или слабый смартфон и планшет Андроид доступны бесплатные приложения с:

  • интересным сюжетом;
  • полной свободой действия геймера;
  • прикольной мультяшной или крутой 3D-графикой, отличающейся высокой реалистичностью;
  • ограничением времени для быстрого прохождения уровня.

5-sinf mavzulari bo’yicha dars ishlanmalar

5-sinf mavzulari bo’yicha dars ishlanmalar. Ushbu sahifada ingliz tili fanidan yangi darsliklar (Guess What va Prepare darsliklari) 1 soatlik namunaviy dars ishlanmalar namunalari bilan tanishishingiz mumkin.

1-CHORAK MAVZULARI

Unit 0. Around the world

  • 5-sinf Countries around the world
  • 5-sinf Where are you from?
  • 5-sinf When were you born?
  • 5-sinf Story
  • 5-sinf Festivals 1
  • 5-sinf Festivals 2

Unit 1. Family and pets

  • 5-sinf What is your family like?
  • 5-sinf Are your friendlier than your brother
  • 5-sinf Who’s taller?
  • 5-sinf Reading (story)
  • 5-sinf Circus
  • 5-sinf What are they good at?
  • 5-sinf Review
  • 5-sinf Ant families

Unit 2. On the playground

  • 5-sinf Actions
  • 5-sinf School rules
  • 5-sinf Follow instructions
  • 5-sinf Reading (story)
  • 5-sinf Playing games
  • 5-sinf Schools around the world
  • 5-sinf Review

2-CHORAK MAVZULARI

Unit 3 Under the ocean

  • 5-sinf Favorite sea animals
  • 5-sinf Comparing sea animals
  • 5-sinf Groups of animals
  • 5-sinf Review
  • 5-sinf Reading (story)
  • 5-sinf At the aquarium
  • 5-sinf Sea Turtle Rescue Center
  • 5-sinf An underwater food chain

Unit 4. Gadgets

  • 5-sinf Technology and gadgets
  • 5-sinf In the past
  • 5-sinf Asking about the past
  • 5-sinf Review
  • 5-sinf Feedback Reading (story)
  • 5-sinf Which gadgets to you have?
  • 5-sinf Max’s smartphone
  • 5-sinf Review
  • 5-sinf Review

3-CHORAK MAVZULARI

  • 5-sinf Reading a line chart
  • 5-sinf Project

Unit 5. Natural world

  • 5-sinf Natural features
  • 5-sinf My vacation
  • 5-sinf Your vacation
  • 5-sinf Review
  • 5-sinf Feedback / Project Presentations
  • 5-sinf Reading (story)
  • 5-sinf The most interesting animal
  • 5-sinf Billy’s vacation
  • 5-sinf Volcanoes
  • 5-sinf Project

Unit 6 Helping at home

  • 5-sinf
  • 5-sinf My jobs around the house
  • 5-sinf Helping in class
  • 5-sinf Review
  • 5-sinf Feedback / Project Presentations
  • 5-sinf Reading (story)
  • 5-sinf Homes
  • 5-sinf Sasha’s jobs at home
  • 5-sinf Castles
  • 5-sinf Project
  • 5-sinf Review
  • 5-sinf Review
  • 5-sinf Feedback / Project Presentations
  • 5-sinf Project presentations

Unit 7 Feelings

4-CHORAK MAVZULARI

  • 5-sinf How is she feeling?
  • 5-sinf Why are you tired?
  • 5-sinf Review
  • 5-sinf Feedback
  • 5-sinf Reading (story)
  • 5-sinf Favorite books
  • 5-sinf Jack and the beanstalk
  • 5-sinf How do animals communicate?
  • 5-sinf Project

Unit 8 Outdoor sports

  • 5-sinf Outdoor sports and activities
  • 5-sinf Last weekend
  • 5-sinf Past activities
  • 5-sinf Review
  • 5-sinf Feedback / Project Presentations
  • 5-sinf Reading (story)
  • 5-sinf Malia’s club
  • 5-sinf Unusual sports
  • 5-sinf What makes our bodies move?
  • 5-sinf Project
  • 5-sinf Review
  • 5-sinf Review

Siz yuqoridagi tayyor mavzular bo’yicha dars ishlanma olishingiz yoki tayyor yo’q mavzularga buyurtma berishingiz mumkin. Tanlagan mavzu bo’yicha shu namunada dars ishlanma tayyorlab beramiz. Telegram orqali @hasanboy_uz adresiga yoki telegramdan +998911800985 raqamiga bog’langing. Bog’lanish faqat telegram orqali. Telefon qilinganda yoki sms yozilganda javob bermasligim ehtimoli yuqori!

Sana: 09. 02. 2017 yil. Sinf: 5 –„D“ sinf Dars mavzusi

Dars mavzusi: „Oddiy kasrlar“ bo‘limi yuzasidan takrorlashga doir misollar yechish.

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy maqsad – o`quvchilardagi oddiy kasrlar haqidagi bilim, ko`nikma va malakalarini mustahkamlash, takrorlash;

b) tarbiyaviy maqsad – o`quvchilar jamoasini birdamlik va izlanuvchanlik ruhida tarbiyalash hamda matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad – o`quvchilarning matematik faollik, tasavvur qilish darajasini, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish.

Dars turi: Bilim, ko`nikma va malakalarini mustahkamlash, takrorlash;

Dars metodi: “Guruhlar taqdimoti”, “Guruhingni himoya qil”, “Topqirlar mashqi”, “O’zingni bahola“

Dars jihozi: kasrlarga oid rasmlar, darslik, sayd, monitor ekrani, tarqatmalar

Nazorat shakli: og’zaki, yozma

b)navbatchi axboroti;

d)yangi mavzu bilan tanishtirish;

f)sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lish.

Sinf taxtasiga sana va yangi mavzu yoziladi. O’quvchilar bilan g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi, yil nomlanishi yodga olinadi.

Sinf o’quvchilarini baholash uchun besh ballik tizimdan foydalaniladi.

To’g’ri kasrlar
Sinf o’quvchilarini guruhlarga ajratish uchun “Oddiy kasrlar” bo’limida o’rganilgan atamalardan foydalaniladi tanlandi.

Sinf o`quvchilari mavzu asosida

3 guruhga bo`linadi.

Noto’g’ri kasrlar

3-guruh

Aralash sonlar

  1. O’tilgan mavzuni takrorlash

To’g’ri kasrlar haqida

To’g’ri kasrlar”

Noto’g’ri kasrlar” guruhiga

Noto’g’ri kasrlar haqida

Aralash sonlar haqida

Aralash sonlar” guruhiga

  1. Mavzu yuzasidan misollarni bajarish.“Guruhingni himoya qil” usulida

Yechish: 1) 780*50=39000

Javob: 39000 kg un, 1250 kg yorma, 9750 kg kepak olinadi.

755-misol. a) Toshkent teleminorasining balandligi 375 m. Teleminora poydevori balandligi uning 33 dan 1 qismini tashkil qiladi. Poydevor balandligini toping.

b) Toshkent teleminorasi uzunligi 93 m bo’lgan oyoqlar ushlab turadi. Oyoqlar minora balandligining qanday qismini tashkil qiladi?

756-misol. quyidagi rasmlarda doiraning oltidan bir ulushlari berilgan. Ularni kasr ko’rinishida ifodalang. Bu kasrlarning qaysilari 1 ga teng? 1 dan katta? 1 dan kichik?

757-misol. Rasmga qarab AB, CD va EF kesmalarning har biri boshqalarining qanday qismini tashkil qilishini toping:

758-misol. Agar ikkita katak 1 ni ifodalayotgan bo’lsa, quyidagi shakllar qanday sonni ifodalayapti?

  1. Mavzuni mustahkamlash
  1. Maxraji 7 ga teng bo’lgan 5 ta to’g’ri kasr yozing.
  2. Maxraji 9 ga teng bo’lgan 5 ta noto’g’ri kasr yozing.
  3. Kasrlarni taqqoslang.
  1. va b) va d) va e) va
  1. Sonli labirint.

V. Baholash.

O’ziningni bahola” usuli

  • o`quvchilar mustaqil fikrlashga, xulosa chiqarishga o`rganadi;
  • olgan bilim, ko`nikma va malakalrini mustahkamlaydi;
  • vaqtni zoye ketkazmaslik, uning qadriga yetishi kerakligi haqida xulosa chiqarishadi.

VI. Uyga vazifa.

Uy vazifa. 332- mashq

Darsni yakunlash.

Sana: 11.02.2017 yil.

Sinf: 8 –„B“ sinf

Dars mavzusi: Elektron jadvalning elementlari.

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy maqsad – o`quvchilarga elektron jadvalning elementlari, jadvalga matn va raqamlarni kiritish haqidagi tushunchalarni yetkazish, bilim, ko’nikmalar hosil qilish ;

b) tarbiyaviy maqsad – o`quvchilarni tasodiflarga tayyor turishga, ishonch bilan harakatlanishga, oilafa tejamkorlikka yo’naltirish, informatika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad – o`quvchilarning elektron jadvallardan foydalanish qobiliyatini, matematik faollik, tasavvur qilish darajasini, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish.
Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi;

Dars metodi: “Davomini sen ayt”, „Domino“, “Modifikatsiyalangan ma‘ruza”, “Mozaika”, “Mustaqil ish“

Dars jihozi: kompyuterlar, elektron doska, darslik, sayd, monitor ekrani, tarqatmalar

Nazorat shakli: og’zaki, yozmaamaliy

b)navbatchi axboroti;

d) yangi mavzu bilan tanishtirish;

“Davomini sen ayt” usulida. Sinf taxtasiga sana va yangi mavzu yoziladi. O’quvchilar bilan g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi, yil nomlanishi yodga olinadi. Bu usulda Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g’azal yoki ruboiylaridan bir misradan o’qituvchi tomonidan aytilib, o’quvchilar davom ettiradilar va ular haqida qichqacha ma’lumotlar keltiriladi.

  1. O’tilgan mavzuni takrorlash.„Domino“ usulida.
  1. Yangi mavzuni o’rganish.“Modifikatsiyalangan ma‘ruza”usulida

Elektron jadvallar — ustun va satrlarning birlashmasidan iborat jadval bo‘lib, satr va ustun kesishmasi katakcha yoki yacheyka deb ataladi. Katakchaga quyidagi kabi ma’lumotlarni kiritish mumkin:

Matnli | Sonli | Sanali | Vaqt | Formula | Funksiya

Katakcha quyidagi xossalarga ega bolishi mumkin:

fon turi va rangi

shrift turi, olchami va rangi

tekislash turi

matn yo’nalishi turi

chegara turi, rangi va o‘tkazilish joyi

Katakchaning bu xossalari Format menyusining Katakcha (Ячейки) bolimi yordamida belgilanadi. Bu bo£lim o£z navbatida Son (Число), Tekislash (Выравнивание), Shrift (Шрифт), Chegara (Граница), Ko‘rinish (Вид), Himoya (Защита) bo£limlariga bo£linadi.

Jadval bilan ishlash uchun quyidagilarni bilish lozim:

Matn, son yoki formula

kiritiladi. Kiritish (Enter)

(tahrirlash holatiga o ‘tish)

klavishi bosiladi. Tahrirlash

bajariladi. Kiritish klavishi

chalar bloki belgilanadi.

0 ‘ch irish (D elete)

Son — raqam belgilaridan iborat (birinchi belgisi bo‘lishi mumkin), orasida faqat bitta (o‘nli kasming butun va kasr qismlarini ajratuvchi) belgisi bo‘lgan ketma-ketlik. Misollar: 3; 5,1234; 10,01. Kiritilayotgan son katakcha kengligiga sig‘masa, u holda Excel uni turiga qarab eksponensial yoki “# # # # # # # # ” ko‘rinishda ifodalaydi (E3- rasm).
Formula — katakchaga kiritilayotgan “= ” (tenglik) belgisidan boshlangan ketma-ketlikdir. Formulada sonlar, katakcha adreslari va funksiyalar arifmetik amallar orqali boglanadi. Misollar: = Cl — 1441, = A1 + 7 * B2.

a) har bir satr oxirida Alt + Enter klavishlari birgalikda bosiladi;

Har bir katakcha ustun va satming tartibidan kelib chiqqan holda o’zining adresi (nomi) ga ega boiadi. Masalan, Al, X2, АЗ, T4, AZ1963. Jadvaldagi belgilangan (hoshiyali) katakcha joriy katakcha deyiladi. Elektron jadvallarda yana katakchalar bloki tushunchasi bo’lib, u jadvaldagi katakchalardan iborat ixtiyoriy to’rtburchak yoki to’rtburchaklar to’plamidir. Masalan, A5:B7 — bloki A5, A6, A7, B5, В6, B7 katakchalami, M3:M8 – М3, M4, M5, M6, M7, M8 katakchalami o’z ichiga oladi. Excelda katakchaga nom berish imkoniyati bor. Buning uchun katakchani belgilab, Joylashtirish menyusining Nom — Berilsin (Имя — Присвоить) buyrugi tanlanadi va nom kiritiladi.

Elektron jadvallarda bir katakchadan boshqa joyga murojaat qilish mumkin. Murojaat — formula yozishda ishlatilayotgan katakcha, satr, ustun yoki katakchalar blokining (shu varaqdagi, boshqa varaqdagi, boshqa kitobdagi) adresidir. Elektron jadvallarda nisbiy va absolyut murojaat qo’llaniladi. Nisbiy murojaatda formula nusxasidagi katakchalar adreslari nusxa joylashtirilayotgan katakchaga mos o’zgaradi. Masalan, A2 katakchadagi“=A1 + B4” yig’indining A3 katakchaga nusxasi “=A2 + B5”, A7 katakchaga nusxasi “=A6 +B9”, F17 katakchaga nusxasi “=D16 +El9” kabi o’zgarib joylashadi. Absolyut murojaatda katakcha adresi o’zgarmaydi. Elektron jadvallarda absolyut adres xususiyatini ifodalash uchun maxsus belgidan (Excelda – $) foydalaniladi. Masalan, A2 katakchadagi “=A1+ $B$4” yig’indining F17 katakchaga nusxasi “=D16 + $B$4”, C7 katakchadagi “=B3 – C$6” ayirmaning F9 katakchaga nusxasi “=E5 – F$6” , Lll katakchadagi “=D6* $C3” ko’paytmaning M14

katakchaga nusxasi “=E9*SC6” kabi joylashadi. Bundan ko’rinadiki, $ belgisi qo’yilgan ustun yoki satr tartibi nusxa ko’chirilganda o’zgarmay qolar ekan. Quyidagi misolda absolyut va nisbiy murojaatlardan foydalanilgan. Bunda C3 katakchaga “= C l” formulani kiritgach, F4 klavishini bosib absolyut murojaat hosil qilamiz, so’ng formulaning davomini yozamiz.

2- misol. Hammamizga tanish bo’lgan bozordan mahsulot xarid qilish masalasini Excel elektron jadvali yordamida hal etamiz (E5- rasm).

1. a) A3 katakchaga “Tartib raqami” matnini 2 satrli qilib (Alt +Enter yordamida) kiritamiz;

b) A3 katakchani belgilab, Format menyusining Katakcha formati bo’limiga kiramiz;

d) Tekislash (Выравнивание) bo’limi yordamida matnni yozish yo’nalishini o’zgartiramiz.

2. a) A4, A5, A6, A7, A8 katakchalarga mahsulotlarning tartib raqamlarini kiritamiz;

b) A3:A8 blokini belgilab, Format menyusining Katakcha formati bo’limiga kiramiz; d) Katakchalar bloki uchun Ko‘rinish (Вид) bolimidan rang tanlaymiz.

3. Yuqoridagi usul bilan rasmdagi B3:B8, C3:C8, D3:D8 bloklari va E3 katakchasi to’ldiriladi.

4. a) B2:E2 blokini belgilash va piktogrammani tanlash orqali blokni yagona katakcha sifatida birlashtiramiz (bu holda birlashtirilgan katakchalar eng chapdagi В 2 adresga ega bo’ladi);

b) “Xarid masalasi” matnini kiritamiz;

d) Format menyusining Katakcha formati bo’limiga kirib, Chegara (Граница) bo’limi yordamida katakcha chegara chizig’ini rasmdagi ko’rinishda hosil qilamiz.

5. “Jami mahsulot narxi” matni ham yuqoridagi kabi kiritiladi.

6. a) E4 katakchaga “C4*D4” formulani “ = ” dan keyin kiritamiz; b) E4 katakchani E5, E6, E7, E8 katakchalarga Tahrirlash (Правка) menyusining nusxalash va joylashtirish bo’limlari yordamida nusxalaymiz.

7. a) E9 katakchaga “=E4 + E5 + E6+ E 7 + E 8 ” formulani kiritamiz, ya’ni E4:E8 blokidagi qiymatlar yig’indisi E4+E5 +E6+E7+E8 ni hisoblaymiz;

b) Format menyusining Katakcha bolimidagi Shrift (Шрифт), Chegara va Ko‘rinish bo’limlari yordamida jadvalni rang va chiziqlar bilan boyitamiz.

Tekshirib ko’£rish mumkinki, C4:C8 yoki D4:D8 blokidagi katakchalardagi qiymatlardan birortasining o’zgarishi E9 katakchadagi qiymatning o’zgarishiga olib keladi.

8. Katakchadagi ma’lumotlami tahrirlashni bajarish ketma-ket-

  1. Mavzuni mustahkamlash.

2). “Mustaqil ish“ usulida. O’quvchilar mavzu yuzasidan berilan mashqlarni kompyuterda mustaqil bajaradilar.

1. B3:B7 katakchalar blokini birlashtiring.

2. A5, A6, A7 katakchalarning fonini mos ravishda qizil, sariq va ko£k rang bilan bo’yang. Katakchalarning chegara chiziqlarini turli rang va qalinlikda o‘tkazing.

3. A5, A7 katakchalami matnli va kasr qismi 2 ta raqamdan iborat sonli formatga o‘tkazing.

4. A5 katakchaga familiyangizni sariq, A6 katakchaga ismingizni yashil rangda kiriting.

5. A1 katakchaga joriy yilni kiriting va u orqali A7 katakchada yoshingizni hisoblang.

6. 5 ta sinfdoshingizning familiyasi va ismini mos ravishda E va F ustunlariga kiritib, fizika fanidan olgan baholarining o’rtachasini hisoblash jadvalini tuzing.

V. Darsni umumlashtirish. O’quvchilarning bajargan ishlarini ko’rib chiqib baholash.

VI. Uyga vazifa.

Darsni yakunlash.

Foziljon Anapiyayev

2. Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi va to’g’ri burchakli parallelepiped va kub maketlari.

IV. Darsning rejasi:
Darsning bosqichlari
Foydalanishga tavsiya etiladigan usul
Vaqt taqsimoti
Tashkiliy qism
O’tilgan mavzuni takrorlash
Qisqa test yoki og’zaki so’rov
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik va motivatsiya
b) yangi mavzuni yoritish;
Savol-javob
Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a) guruhlarda ishlash;
c) yakka tartibdagi mustaqil ish.
Guruhlarda ishlash
Aqliy hujum
Mustaqil ish
Darsga yakun yasash va baholash
Uyga vazifa
V. Darsning borishi:

a) Tashkiliy davr. O’quvchilarning davomatini aniqlab ,sinf va o’quvchilar tozaligiga e’tibor beriladi;

b) O’tilgan mavzuni takrorlash uchun tarqatma materialdan foydalaniladi.
v) Yangi mavzuni tafsilotlari

O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta kartochkada yozilgan savollarni o’quvchilarga tarqatiladi va ularga javoblar olinadi .

Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan
Bilimlar:
– hajm birliklari orasidagi bog’lanishlarni;
– to’g’ri burchakli parallelepiped hajmini hisoblash formulasini;
– kub hajmi formulasini bilish.
Ko’nikmalar :
– o’lchamlari(bo’yi, eni, balandligi) berilgan to’g’ri burchakli parallelepipedning;
– qirrasi berilgan kubning hajmini hisoblay olish;
– kub va to’g’ri burchakli parallelepiped hajmiga doir formulalarni amaliyotga qo’llay olish.
Malakalar:
– to’g’ri burchakli parallelepiped va kubning hajmiga doir sodda mashqlarni mustaqil yecha olish
Kompetensiya turi:
– o’quv – o’rganish
O’tilgan mavzuni takrorlash uchun test topshiriqlari:
1. To’g’ri burchakli parallelepipedning nechta uchi bor?
A) 4 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 12 ta E) 2 ta
2. To’g’ri burchakli parallelepipedning nechta qirrasi bor?
A) 4 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 12 ta E) 2 ta
3. Berilgan ma’lumotlarga ko’ra kub sirtining yuzini toping.Kubning qirrasi 3 dm.
A) 36 dm 2 B) 48 dm 2 C) 54 dm 2 D) 64 dm 2 108 dm 2

4. Berilgan ma’lumotlarga to’g’ri burchakli parallelepipedning sirtining yuzini toping.a = 2 sm, b = 3 sm , c = 8 sm.

A) 92 sm 2 B) 24 sm 2 C) 48 sm 2 D) 64 sm 2 E) 52 sm 2
Yangi mavzuni borishi:

Hajm o’lchov birligi sifatida birlik kub hajmi olinadi. Qirrasi bir uzunlik birligiga teng bo’lgan kub birlik kub deyiladi.Berilgan jismning hajmini topish u nechta birlik kubdan tashkil topganini bilish demakdir.To’g’ri burchakli parallelepipedni n dona birlik kubga ajratish mumkin bo’lsa , uning hajmi n birlik kub hajmiga teng deyiladi.O’lchamlari (qirralari uzunliklari) a,b,c bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi V=a QUOTE b QUOTE c (kub birlik) ga teng bo’ladi. Odatda to’g’ri burchakli parallelepipedning a-bo’yi, b- eni, c-balandligi deyiladi. a.b – to’g’ri burchakli parallelepipedning asosi yuzi bo’lganidan quyidagi qoida kelib chiqadi:

T o’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi uning asosi yuzi bilan balandligining ko’paytmasiga teng.

Kub uchun barcha qirralar o’zaro teng:a=b=c. Kubning hajmi V=a.a.a=a 3 (kub birlik)ga tengdir.
Shundan keyin taxtada 1 va 2- masalalar yechib ko’rsatiladi.

To’g’ri burchakli parallelepipedning bir uchidan chiquvchi qirralari yig’indisi bir xil (o’zaro teng) bo’lsa-da, ularning hajmlari , sirtlari turlicha bo’lishi mumkin.

To’g’ri burchakli parallelelpiped hajmi formulasidagi a QUOTE ko’paytma asosinig yuzi S ni , c=qirra esa balandlik h ni ifodalasa V= SH formula hosil bo’ladi, ya’ni to’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi asosi yuzi bilan balandligi ko’paytmasiga teng.

V = a b c formuladan a = V : (bc); b = V : (ac) ; c = V : (ab ) hamda V= SH formuladan S = V : H va H = V : S degan formulalar kelib chiqadi.

Daryolar(5-sinf,21-dars)

III – chorak 22 – dars
MAVZU: DARYOLAR
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga daryolar va ularning qismlari tarkibi, turlari, to‘yinishi, rejimi haqida bilim berish; tog‘ va tekislik daryolarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berisli; ularga tabiiy geograflk xaritalardan daryolarni topishni o‘rgatish va sayyoramizdagi yirik daryolarni nomlarini aytib xaritadan topa olishni, daryolarga reja asosida ta’rif yozish ko‘nikmasini sliakllanlirish.

Darsning vazifalari: o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarni shakillantirish, Tabiatga mehr va muhabbat uyg‘otish asosida ekologik tushunchalarni kengaytirish.

Darsning rivojlanliruvchi maqsadi: mustaqil ishlash va u orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o‘rgatish. nutqni o‘stirish, fanga qiziqishni orttirish.

Dars o‘tish usullari: “Aqliy hujum”, “ha-yoq”, “Grafik test”.

Dars jihozlari: Globus, mavzuga oid jadvallar, daryolar aks etgan rangli rasmlar, yozuvsiz xarita, 5-sinf o‘quv atlasi, tarqatma materiallar, yarimsharlar tabiiy xaritasi, O‘zbekiston tabiiy xaritasi, slaydlar.

Atama va tushunchalar: daryo, daryo havzasi, suv ayirg‘ich, daryolar manbai, mansabi, tog‘daryolari, tekislik daryolari, daryo vodiysi, daryo o‘zani, irmoq, daryo sistemasi, sharshara, ostona, daryolar to‘yinishi, daryolar rejimi, suv sarfi, suv sathi, daryolar suvini muhofaza qilish.

Geografik ob’yektlar:

Daryolar: Nil, Amazonka, Kongo, Missisipi, Gang, Volga, Dnepr, Ycni-sey, Ob, Lena, Yanszi, Xuanxe, Amudaryo, Sirdaryo. Sharsharalar: Anxel, Niagara, Viktoriya.

O‘quvchilar egallash lozim bo‘lgan BKM elementlari

  • Daryo va uning qismlari haqida bilish;
  • Daryo sistemasi haqida bilish;
  • Daryo vodiysi va uning elementlari bilish;
  • Ostona va sharsharalar haqida bilish;
  • Daryolarning to‘yinishi manbai va mansabi qayerdaligini bilish.
  • Daryo sistemasi va uning elementlarini aniqlay olish;
  • Daryo havzasi chegaralarini aniqlay olish;
  • Oqim yo‘nalishi va relyefning bog‘liqlik qonuniyatlarini ayta olish;
  • Xaritada daryo va uning elementlarini ko‘rsata olish;
  • Yozuvsiz xaritada daryo va uning elementlarini tasvirlay olish;
  • Daryoga reja asosida tavsif yoza olish.

Darsning blok chizmasi

davomiyligi

Nazorat bosqichi “Blis so‘rov”

a) “Klaster” usuli yordamida o’quvchilarning daryolar haqidagi bilimlar hajmi aniqlab olinadi.

b) yangi mavzu bayoni- daryo elementlarini ko‘rgazmali usulda muammoli bayon etish o‘quvchi bilimlarini to‘ldirish.

c) grafik usulida test topshirig‘i

d) mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa
8 daqiqa

Tashkiliy qism.

Dars avvalida salomlashib, o‘quvchilar davomati aniqlanadi. O‘quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof-muhitdagi tabiiy o‘zgarishlarga sharh beradilar. O‘quvchilaming darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.

Guruhlash.O‘quvchilar qatorlar orqali uch guruhga bo‘linadi: “Amudaryo”, “Orol”, “Sirdaryo” guruhlari.

Nazorat bosqichi

Nazorat bosqchi “Blis” so‘rov orqali sinf o‘quvchilarini to‘liq nazorat qilishdan iboratdir.

Nazorat bosqichida “Blis” so‘rov asosida barcha o‘quvchilar individual tekshirib chiqiladi. “Blits” so‘rov o‘tkazishda “ha-yoq” usulidan foydalanish yaxshi samara beradi.

BLIS” so‘rov topshiriqlari

Shakli: “ha-yoq”

  1. Granit va qumtosh suvni yaxshi o‘tkazmaydi
  1. Grunt suvlarining sathi bahorda yuqori bo‘ladi
  1. Tabiiy buloqlarning ko‘pchiligi grunt suvlaridan paydo bo‘ladi
  1. Shag‘al va qum qatlamlari orasida yer osti suvlari to‘planishi mumkin
  1. Tog‘ jinslari qancha g‘ovak bo‘lsa suvni shuncha sekin o‘tkazadi

BLITS” so‘rov topshiriqlari uchun javob varaqasi:

Topshiriqni bajarish tartibi:

  • 9-10 ta to’g’ri javob uchun “5” ball
  • 7-8 ta to’g’ri javob uchun “4” ball
  • 5-6 ta to’g’ri javob uchun “3” ball
  • 4 ta va undan kam javob uchun “2” ball

Yangi mavzuning bayoni

Reja:
1.Daryo va uning elementlari

2.Daryo havzasi va suvayirg‘ich

3.Tog‘ va tekislik daryolari

4.Daryolarning suv rejimi

5.Daryolardan xo‘jalikda foydalanish
Daryo nima? Kim daryoni ko‘rgan? Siz o‘zingiz ko‘rgan daryo haqida so‘zlab bering. Juda to‘g‘ri. O‘zan deb ataluvchi chuqurlik-da oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. O‘zan daryo vodiysining suv oqadigan chuqur qismi. 42- rasmdan daryo vodiysi haqida gapirib bering.

Odatda daryolar doim oqib turadi. Lekin iqlimi quruq o‘lkalarda issiq, yog‘in kam vaqtlarda goho qurib qoladigan daryolar ham bor. Ularni vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi.

Har bir daryoning boshi va quyar joyi bo‘ladi. Daryo boshlana-digan joy uning manbai deb ataladi. Sirdaryo va Amudaryo baland tog‘lardagi qor va muzliklardan boshlanadi. Volga daryosi tekislik-da, ko‘ldan boshlanadi. Daryolar qayerdan boshlanmasin, ularning irmoqlari bo‘lsa, katta sersuv daryolarga aylanadi. Irmoqlar deb daryo-ga yon tomondan kelib quyiladigan kichikroq daryolarga aytiladi. Ko‘pchilik daryolar okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryolarga kelib quyiladi.

Daryoning oke­an, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryoga quyiladigan joyi dar­yoning mansabi deyiladi (O‘rta Osiyoning tabiiy xaritasidan Sirdaryoning manbaini, mansabini, Chirchiq va Qoradaryo irmoqlarini toping.)

Bosh daryo o‘zining barcha irmoqlari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi

Daryo havzasi va suv­ayirg‘ich. Yerga shimilishga ulgurmagan va bug‘lanib ketmagan hamma suv daryolarga oqib tushadi. Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydoni daryo havzasi deb ataladi

Amazonka sayyoramizning eng yirik daryosi Uning uzunligi-(Ukayali daryosi bilan) 6400 km ni tashkil qiladi

Hamma daryolarning, hatto eng kichik daryolarning ham o‘z havzasi bo‘ladi. Amazonka havzasi dunyoda eng katta daryo bo‘lib, uning maydo­ni 7 mln km 2 dan iborat.

Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan che-gara suvayirg‘ich deyiladi. Suvayirg‘ichlar tog‘larning qirralariga, te-kisliklarda esa balandroq joylarga to‘g‘ri keladi.

Tog‘ va tekislik daryolari. Tog‘ daryolari tekislik daryolariga qaraganda juda tez oqadi. Vodiylari tor va chuqur bo‘ladi. Ko‘p daryolar tog‘lardan boshlanib, tekislikka oqib chiqadi va tekislik daryosiga aylanadi. Bunday daryolarga Sirdaryo, Amudaryo va Zaraf-shon daryolarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Sirdaryo Tyanshan tog‘larida 6000 m balandlikdan boshlanadi. Tog‘lar orasidagi chu­qur daralarda hayqirib oqadi. Tekislikka chiqqanidan keyin keng o‘zanda yoyilib, sekin oqadi. Daryolar tog‘larda yemirib oqizib kelgan tog‘ jinslari tekislikda cho‘kib, cho‘kindi jinslarni hosil qi­ladi. Daryolar suvidan cho‘kindi jinslarning cho‘kish qonuniyatini birinchi bo‘lib Abu Rayhon Beruniy aniqlagan.

Daryolar suvi baland joylardan otilib tushib, sharsharalar hosil qiladi. Dunyodagi eng baland sharshara Janubiy Amerikada, Churun daryosidagi Anxel sharsharasi. Uning balandligi 1054 m. Lekin suvi ko‘p emas. Eng sersuv sharsharalardan biri Shimoliy Amerikadagi Niagara sharsharasidir. Bu sharshara 51 m balandlikdan otilib tushadi. Yana bir katta sharshara Afrikadagi Viktoriya sharsharasi Unda suv 120 m balanddan otilib tushadi ( Nolari aytilgan sharsharalarni Yarim-sharlar xaritasidan toping).

Daryolarga suv qayerdan keladi? Daryolar yomg‘ir, qor, muz suv-lari, buloqlar suvilardan to‘yinadi. Baland tog‘lardan boshlanadigan daryolar tog‘lardagi muzliklar suvi bilan to‘yinadi. Ular yozda scrsuv bo‘ladi (Nega?). Amudaryo bilan Zarafshon daryosi ana shunday daryolar hisoblanadi. Ba’zi daryolarga yomg‘ir suvi ham, qor suvi ham, yer osti suvlari ham tushadi. Sunday daryolarni aralash to‘yinuvchi daryolar deyiladi. Sirdaryo shunday daryolar sirasiga kiracli.

Daryolar qadim zamonlardan kishilarni chuchuk suv bilan ta’min-laydigan asosiy manba bo‘lib kelgan. Suvdan yaxshiroq foydalanish uchun daryolarga suv omborlari quriladi, kanal va ariqlar qazib qurnq yerlarga suv chiqariladi.

Suvni iflos qilmasdan, tejab-tergab foydalanish har birimizning muqaddas burchimiz hisoblanadi. Buni aslo unutmaylik.
Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar.

Grafik test.
Daryoning elementlari rasmlardagi qaysi harflarga mos kelishini aniqlang?

1.daryoning manbai 2.daryoning mansabi 3.dayoning o‘ng irmog‘i

4.daryoning o‘zani 5.daryoning qayiri 6.daryoning chap irmog‘i

7.daryoning vodiysi 8.daryoning havzasi 9.daryoning suvayirg‘ichi

Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqni bajarish uchun tavsiyalar.

Topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlari:

  • Qisqa vaqtda mustahkamlash nazoratini amalga oshirish
  • Barcha o‘quvchilarning BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini nazorat qila olish
  • O‘quvchilarda geografik ob`ekt to‘g‘risida tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi
  • Nazorat usulining soddaligi
  • Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi

Topshiriqni bajarish tartibi:
1.Topshiriq doskada yoki slayd yordamida o‘quvchilarga taqdim etiladi.*
2.O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
a b c h k d m j e l

3. Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach oqituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini aniqlaydi
Uy vazifa uchun savol va topshiriqlar

1. Daryo tushunchasining eng muhim belgilarini ayting.

2. Daryo sistemasi, boshlanish joyi, quyilishi joyi, daryo havzasi, suv ayirg‘ich, daryo o‘zani deb nimaga aytiladi? Ularni chizmada aks ettiringchi?

3. Daryolardan biriga quyidagi reja asosida ta’rif bering.

2). Qaysi materikda va uning qaysi qismida joylashgan?

3). Qayerdan boshlanadi?

4). Qayerga quyiladi?

5). Qaysi okean yoki dengiz havzasiga mahsub?

6). Xo‘jalikdagi ahamiyati.

Uy vazifasini bajarish uchun tavsiyalar

Uy vazifasi uchun berilgan topshiriq murakkab topshiriqlardan sanaladi. U bir vaqtning o‘zida barcha BKM elementlarini qamrab oladi, shu sababli uy vazifasining o‘quvchilar tomonidan bajarilisiga o‘qituvchi alohidsa e`tibor berishi lozim.

  • Reja asosida ta`rif berish uchun ma`lumotlarni topish oson bo‘lgan daryolarni tanlang. Eng yaxshisi, agar mavjud bo‘lsa o‘zingiz yashaydigan joydagi daryoni tanlash yaxshi samara beradi.
  • O‘quvchilarga topshiriqni bajarish tartibini mukammal tushuntirib bering.
  • O‘quvchilarga uy vazifasini bajarishda zarur bo‘ladigan qo‘shimcha manbalar topishda yordam bering.

Darsni yakunlash:

Darsga yakun yasash, baholarni e`lon qilish.
IV – chorak 28 – dars
Mavzu: Ob-havo va iqlim
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda havo namligi, havodagi suv bug‘i, mutloq namlik haqidagi bilim va tushunchalarni shakllantirishda davom etish; boshlang‘ich sinfda Tabiatshunoslik fanidan ob-havo, ob-havodan darak beruvchi belgilar haqida olgan bilimlarini eslatish; ob-havo elementlari, uning ahamiyati, iqlim, iqlimning geografik kenglikka bog‘liqligi haqida bilim berish.

Darsning vazifalari:

O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas, xaritalar va rasmlar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.

O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.

Darsning uslubi: “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlar bilan ishlash”, “Amaliy mashg‘ulot”.

Kutilayotgan natijalar.

Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, barcha o‘quvchilar yakka tartibda baholanadi. boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.

O‘quvchi:

Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar

Dars jihozi:

Dunyoning tabiiy va iqlim xaritalari, mavzuga oid ko‘rgazmali rasmlar, 5-sinf o‘quv atlasi, yozuvsiz xarita, darslik, tarqatma savollar.

Dars rejasi:

1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa).

2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

3.“Amaliy topshiriq” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (8daqiqa).

4.Yangi mavzu bayoni. (10 daqiqa).

5.Ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga rasm chizish

6. Guruhlar taqdimoti (10 daqiqa).

7. “Qisqa muddatli test sinovi” (3 daqiqa).

8. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa).

9. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa).

1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa).

Darsning tashkil etilishi:

a) salomlashish, davomatni aniqlash;

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;

2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

O`quvchilar iqlim elementlariga ko`ra 5 ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi (emblemalar ilova qilinadi).

I-guruh. Quyosh

II-guruh. Bulut

III-guruh. Shamol

IV-guruh. Yomg`ir

V-guruh. Qor

O`quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi:

Oltin qoidalar:

2. Vaqtga rioya qilish.

3. Aytilgan fikrni takrorlamaslik.

5. To`g`ri javob uchun rag`bat.

6. O`ng qo`l qoidasi.

7. “Bir yoqadan bosh chiqarish”.

Ishlab chiqilgan oltin qoidalar doska chetiga osib qo‘yiladi.

3.“Amaliy topshiriq” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (8daqiqa).

Guruhlar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan topshiriqlarni tanlab oladilar. (topshiriqlar ilova qilinadi).

1-topshiriq
Kuzatuv materiallari asosida havo harorati (30 kunlik) grafigini chizing.

Kunlar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30
t 0 15 17 17 18 19 20 19 19 19 20 21 21 21 20 19 18 18 18 19 20 21 22 19 17 17 17 18 18 18 21

2-topshiriq
Toshkent shahrida mart oyi davomida shimoldan 2 marta, janubdan 5 marta, sharqdan 5 marta, g`arbdan 5 marta, shimoli – sharqdan 4 marta, janubi – sharqdan 2 marta, shimoli – g`arbdan 4 marta va janubi – g`arbdan 2 marta shamollar esgani kuzatildi. Ushbu hodisalarni “shamol guli” tarzida chizmada ifodalang.
3-topshiriq

Agar yog‘in miqdori 100 mm, namlik koefisenti 0,5 ni tashkil etsa, bug‘lanuvchanlikni aniqlang.

Yechish: 100 \b = 1\2 = 200 mm
4-topshiriq

Yillik yog‘in miqdori 200 mm, bug‘lanuvchanlik 1000 mm bo‘lsa, namlik koefisentini aniqlang.

Yechish: 200 : 1000 = 0,5 % ga teng
5-topshiriq
Toshkent shahrida sentyabr oyi davomida 7 kun bulutli, 2 kun qor, 2 kun yomgirli va 18 kun Quyoshli issiq kun kuzatildi. Ushbu hodisalarni aylana diogramma tarzida ifodalang.

O‘qituvchi tomonidan guruhlarning to‘g‘ri javobi uchun rag‘bat (globus maketchasi) beriladi. ( rag‘bat globuschasi o‘qituvchi tomonidan tayyorlab qo‘yiladiadi).

4.Yangi mavzu bayoni. (Guruhlarning ijodiy yondoshuvi)

Guruhlarga ijodiy yondoshish uchun yangi mavzu yuzasidan topshiriqlar beriladi.

O`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan topshiriqlar guruhlar tomonidan tanlab olinadi. ( topshiriqlar ilova qilinadi).

Ob-havo va iqlim

  1. Ob-havo nima? Ob-havoning asosiy elementlari haqida gapiring.
  2. Ob-havo elementlai va hodisalarining o‘zaro bog‘liqligi haqida gapiring.
  1. Ob-havoning inson hayoti va mehnat faoliyatidagi ahamiyati haqida gapiring.
  2. Ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilar haqida gapiring.
  3. Iqlimning joyning geografik kengligiga bog‘liqligi haqida gapiring.

5. Ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga rasm chizish (7 daqiqa).
Guruhlarga ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga kunlik kuzatuv natijalri va ko‘rsatilgan filmdan foydalangan holda rasm chizish topshirig‘i beriladi.
6. Guruhlar taqdimoti (10 daqiqa).
Ijodiy yondoshish uchun yangi mavzu yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar va ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga chizilgan rasmlar asosida guruhlar o‘rtasida bajarilgan topshiriqlar almashinib ko‘rib chiqilib guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi.

  1. Ob-havo deb troposferaning biror joydagi ayni paytdagi yoki ma’lum bir vaqtdagi ( sutka, hafta, oy, fasldagi) holtiga aytiladi. Ob-havoning asosiy elementlari – harorat, namlikva havo bosimidir. Troposferada ob-havo elementlariga bog‘liq ravishda shamol va bulutlar hosil bo‘ladi, yog‘inlar yog‘adi.
  2. Ob-havoning barcha elementlari va hodisalari o‘zaro bog‘langan bo‘lib, biror elementning o‘zgarishi boshqa elementlarning va butun ob-havoning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bahorda erta bilan Quyosh chiqishi oldidan havo salqin, shamilsiz bo‘ladi. Quyosh ko‘tarilishi bilan Yer yuzasidagi havo isib yuqoriga ko‘tariladi, big‘lanishkuchayadi. Iliq havo yuqoriga ko‘tarilib sovuydi. To‘p- to‘p va yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlar hosil bo‘ladi. Ba’zan yomg‘ir ham yog‘ib o‘tadi. Agar ob-havo bir necha kun o‘zgarmay bir xilda tursa, u barqaror ob- havo deyiladi.
  3. Ob-havoning inson hayoti va mehnat faoliyatida oldindan qanday bo‘lishini bilish juda zarur. Bunda troposferaning holati haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Bunda bizga meteorologik stansiyalar va kosmik yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlar tayanish lozim.
  4. Ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga masalan, yangi oy tug‘ilishi arafasida ob-havo o‘zgaradi; oy o‘tov tiksa-havo aynishi mumkin; tunda va ertalab shudring tushsa – havo ochiq bo‘ladi; osmonda patsimon bulutlarning suzib yurishi – uzoq davom etadigan yomg‘ir belgisi; olcha daraxtlarining bargi to‘kilmasdan qor yoqqan bo‘lsa-da, haqiqiy qish boshlanmaydi; asalarilar uchib ketmay inida g‘uvillashib tursa, havo aynib yomg‘r yog‘ishi mumkin; agar terak barglari kuzda uchidan sarg‘aya boshlasa, bahor erta keladi.
  5. Ob- havoning biror joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik rejimiga iqlim deyiladi. U avvalo joyning geografik kengligiga bog‘liq. Masalan, ekvatorga yaqin yerlar Quyoshdan eng ko‘p issiqlik oladi. Qutublarga yaqin o‘lkalarni esa Quyosh eng kam isitadi. Buning natijasida esa Yer yuzida issiqlik mintaqalri vujudga keladi. Bular tropik, ikkita mo‘tadil va ikkita sovuq mitaqalar. Qish sovuq, yoz issiq va yog‘in kam yog‘adigan iqlim kontenental iqlim deb ataladi.

7. O‘quvchilarni o‘tilgan yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalari qisqa muddatli test savollari orqali tekshirilib ko‘riladi. (test savollari ilova qilinadi)

8. Mavzuni mustahkamlash. (2 daqiqa)

O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning taqdimotiga yakun yasaydi va o‘quvchilar tomonidan bergan javoblardagi kamchiliklarni to‘ldirilib, guruhlarning to‘g‘ri javoibi uchun rag‘bat bayroqchasi beriladi.

9. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa)

Dars yakunida guruh o`quvchilari to`plagan globus (maketchalari) sanaladi, g`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruhlarga darsdagi ishtirokiga qarab ”Eng zukko guruh”, ”Eng faol guruh”, ”Eng intizomli guruh” ”Eng hamjihat guruh”, ”Eng chaqqon guruh” nominasiyalari o`z egalariga topshiriladi.

10. Uyga topshiriq:
Izoh: O‘qituvchi oldindan oq (vatmin) qog‘ozga uyga vazifa yozib osib qo‘yadi.
Darslikdan 25- mavzuni o‘qib, ob-havoning aynishidan darak beruvchi belgilarga rasm chizib kelish.

Dars davomida ”Amaliy mashg‘ulot”, “Guruhlar bilan ishlash”, usulidan keng foydalanganda o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga, vaqt reglamentiga rioya etishga o‘rgatiladi.

O‘quvchilarni o‘tilgan yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash uchun test savollari
I-variant
1. Ob-havoning asosiy elementlarini belgilang.

A) harorat, yog‘in, shamol

B) harorat, yomg‘ir, qor

C) namlik, shamol , bosim

D) namlik, harorat, havo bosimi.
2. Iqlim nima?

A) troposferada ob-havoning doimiy o‘zgarishi

B) ob-havoning ma’lum joyga xos bo‘lgan fasliy o‘garishi

C) ob-havoning muayyan joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik rejimi

D) ob-havoning biror joyga xos bo‘lgan mavsumiy va yillik rejimi.
3. Ob-havo deb nimaga aytiladi?

A haroratning doimo o‘zgarib turishi

B) troposferada ob-havoning tez-tez o‘zgarib turishi

C) troposferaning muayyan bir vaqtdagi va shu joydagi (sutkalik, hafta, oy, fasldagi) holati

D) stratosferaning biror vaqtdagi va aynan shu joydagi sutka va haftalik holati.
4. Qish sovuq, yoz issiq va yog‘in kam yog‘adigan iqlim …………… deb ataladi.

A) dengiz iqlimi

B) kontenental iqlim

D) tropik iqlim.
5. Havoda hosil bo‘ladigan yog‘inlar qaysilar?

A) shudring, qirov

II-variant
1.Kechqurun qalin shudring tushsa havo qanday bo‘ladi?

A) Havo yopiq shamol bo‘ladi

B) Osmon bulutli va bo‘g‘iq bo‘ladi

C) Chang to‘zon va shamol bo‘ladi

D) Havo ochiq-sеrquyosh bo‘ladi.
2.Qyosh botish oldidan havo och sariq rangda bo‘lsa, ertasi havo qanday bo‘ladi?

A) Bulutli va qattiq shamol bo‘ladi

B) Havo ochiq bo‘ladi

C) Ertasi kuni yomg‘ir yog‘adi

D) Havo soviydi.
3. Ertalab va kеchqurun kamalak ko‘rinsa havo qanday bo‘ladi?

A). Ertalab havo ochiq bo‘ladi,

kеchqurun yomg‘ir yog‘adi.

B) Ertalab ko‘rinsa yomg‘ir yog‘adi,

qеchqurun ko‘rinsa havo ochiq bo‘ladi

C) Ertalab havo sovo‘q,

qеchqurun issiq bo‘ladi.

D) Ertalab qirov tushadi,

kеchqurun havo ochiq bo‘ladi.
4. Yozda daraxtda sariq barglar paydo bo‘lsa, quz qanday keladi?

A) Kuz kеch boshlanadi

B) Kuz issiq va quruq kеladi

C) Kuz barvaqt boshlanadi

D) Kuz iliq kеladi.
5. Tunda va ertalab shudring tushsa havo qanday bo‘ladi?