Press "Enter" to skip to content

Sifatli ta’lim-tarbiya — bosh vazifamiz

Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini pedagoglarga yetkazish maqsadida joriy yilning 13–14-iyul kunlari “Boshlang‘ich ta’limni mo­dernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish” mavzusida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun respublika forumi o‘tkaziladi.

Криминальные фильмы

WEBRip L 2020
триллер криминал США
Проводя социальный эксперимент, группа товарищей, любящих пранки, раскрывает схему торговли людьми.

Доспехи Бога 2: Операция Кондор

DVDRip 1991
боевик триллер комедия криминал приключения Гонконг
Азиатский Ястреб возвращается! На этот раз ему предстоит новая работа, из-за которой наш герой опять приезжает в Мадрид. Некий загадочный миллионер предлагает Ястребу заняться.

Семь воров

DVDRip 1960
драма криминал США
Тэо присылает своему старому подельнику Полу Мэйсону билет на самолет. Пол прилетает в Канны, где Тэо знакомит его с пятью остальными участниками задуманного им ограбления каз.

Белая мгла

HDRip DUB 2009
боевик триллер криминал детектив США Канада Франция
У служительницы закона Кэрри есть всего три дня на то, чтобы с помощью пилота самолета поймать первого серийного убийцу в истории Антарктиды, после чего континент накроет поля.

Волчья пасть

WEBRip L 2020
драма криминал Германия
В лесу обнаруживают тело мальчика пропавшего два года назад. Необычная пара полицейских расследует его смерть.

Спусковой крючок

WEBRip L 2022
ужасы триллер криминал США
Группа начинающих преступников решают затаиться в доме в глуши после совершенного ограбления. Но когда они узнают, что, возможно, они не одни в доме, наступает хаос.

Малышка Дикси

WEBRip L 2023
боевик триллер криминал США
Когда сделка между коррумпированным губернатором и безжалостным наркобароном срывается, бывший спецназовец Док оказывается под прицелом. Теперь, когда его семья в опасности.

Королева наркопритона

WEBRip L 2020
боевик драма криминал США
Драматическая история любви Кионны, студентки из приличной семьи и местного наркобарыги Тарика.

WEBRip L 2023
триллер драма криминал Испания
Пока коронавирус разрушает их жизни, двое детективов упорно преследуют похитителей ребенка и узнают, что это преступление — лишь часть зловещей картины.

Переполох на пляже

WEBRip L 2004
короткометражка криминал США
Четверо друзей отправляются в неожиданное приключение в надежде того, что они добьются высот в музыкальной индустрии.

Sifatli ta’lim-tarbiya — bosh vazifamiz

Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yilligi arafasida o‘tkazilayotgan an’anaviy avgust kengashlari “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etib, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mazmun-mohiyatini pedagoglarga yetkazish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, har tomonlama yetuk, bilimdon, jismonan baquvvat, ma’nan barkamol etib voyaga yetkazish, o‘quvchilarni kun sayin kengayib borayotgan axborot-ta’lim muhitida mustaqil faoliyat ko‘rsatish hamda axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qiladi.

O‘zbekiston o‘tgan 25 yil ichida qo‘l­ga kiritgan salmoqli yutuqlar bu­gun jahon ahlini hayratga solmoqda. Qayta tiklangan qadriyatlarimiz, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy so­halardagi tub o‘zgarishlar, ta’lim tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar yurtimiz shuhratini yanada oshirib, yuksak imkoniyatlar mamlakati degan nomga munosibligini ko‘rsatmoqda.

Ayni paytda o‘qitish sama­ra­dorligini oshirish, o‘quvchilarning davlat ta’lim standartlarida bel­gilangan bilim, ko‘nikma va mala­kalarni to‘la egallashlariga erishish, mustaqil bilim olishlarini ta’minlash, iqtidorli, iste’dodli hamda ayrim fanlarni o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilarga individual yondashish, bolalarning eng yaxshi fazilatlarini rivojlantirish, yoshlarning qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, intellektual xususiyati va shaxsiy sifatlarini aniqlagan holda darslarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish dolzarb vazifalardandir.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash, takomil­lashtirish, o‘qitish samaradorligini va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilayapti.

Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim jarayonini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, yangi avlod darsliklarini yaratish, DTS va o‘quv dasturlarini takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi orqali qonuniy asosga ega bo‘ldi. Barcha fanlardan yangidan-yangi ta’lim texnologiyalari va interfaol usullar ishlab chiqilib, muntazam moder­nizatsiyalashtirilmoqda.

Yurtimizda xorijiy tillarni o‘rga­nishga qiziqish tobora ortib borayot­ganini e’tiborga olib, chet tili o‘qituv­chilarining kasbiy malaka va mahoratini oshirish maqsadida 2015-yildan buyon Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilari uchun noan’anaviy tarzda “Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyuldagi 421-sonli farmoyishi asosida 1-, 2-, 3-sinf chet tili darsliklarining mantiqiy davomi sifatida mualliflar guruhi tomonidan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi asosida 4-sinf chet (ingliz, nemis va fransuz) tili darslik majmualari (darslik, mashq daftari, o‘qituvchi metodik qo‘llanmasi va multimediali ilova) yaratildi.

Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘rgatish tajribasidan kelib chiqib, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlarining o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari loyihalari tayyorlanib, hududlarda tajriba-tadqiqot ishlari o‘tkazildi.

Shuningdek, 18ta umumta’lim fani bo‘yicha ijodiy guruhlar tomonidan dunyoning rivojlangan davlatlari, xususan, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Singapur kabi mam­lakatlarning davlat ta’lim standartlari o‘rganib chiqildi va tahlil etildi. Natijada o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari loyihalarining takomil­lashtirilgan varianti tayyorlandi.

Iqtidorli bolalarning qobiliyatini erta aniqlash va rivojlantirish, iste’dodli, izlanuvchan, ijodkor pedagoglarni qo‘l­lab-quvvatlash, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ta’lim muas­sasalarida o‘quv-tarbiya jarayo­nining zamonaviy talablar darajasida tashkil etilishini ta’minlash, o‘qituv­chilarning pedagogik mahoratini oshirish maqsadida fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvi, “Ingliz tili bilim­donlari”, “Prezident asarlarini o‘rganamiz”, “Huquq bi­limdonlari”, “Soliq bilimlari — bola­larga”, “Yilning eng yaxshi fan o‘qi­tuvchisi” kabi ko‘rik-tanlovlar va fan oyliklari o‘tkazilib, o‘qituvchi va o‘quv­chilarning ijodiy izlanishi uchun keng imkoniyat yaratilmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini pedagoglarga yetkazish maqsadida joriy yilning 13–14-iyul kunlari “Boshlang‘ich ta’limni mo­dernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish” mavzusida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun respublika forumi o‘tkaziladi.

Mazkur sa’y-harakatlarning tub zamirida ta’lim sifati va sama­ra­dorligini oshirish, ma’nan va jis­monan barkamol avlodni tarbiya­lashdek ezgu maqsad mujassam.

Har yili an’anaviy avgust kengashlari o‘quv yili yakunlarini tahlil etish, erishilgan yutuqlarni mus­tahkamlash, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuq­sonlarning sabablarini aniqlash, yangi o‘quv yilida ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan vazifalarni belgilab olish, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga joriy etgan holda o‘quvchilarda barcha fanlarga qiziqish uyg‘otish maqsadida tashkil etiladi.

Bu yilgi anjumanlarni o‘tkazishda quyidagi vazifalarga e’tibor qaratish lozim:

— ta’lim jarayoniga tatbiq etiladigan o‘quv reja va dasturlar hamda darsliklardagi o‘zgarishlarni pedagog xodimlarga yetkazish;

— o‘qituvchilarga zamonaviy AKT, elektron ta’lim resurslari va multimedia vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushuncha berish;

— ta’lim sifati monitoringi, fan olimpiadasi, bilimlar bellashuvi, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi natijalarini tahlil etish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, tahlillar asosida hisobot taqdimotlarini o‘tkazish va yangi o‘quv yilida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar (bo‘shliqlarni to‘ldirish) yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar qabul qilish;

— umumiy o‘rta ta’lim mak­tablarining pedagogik kengashi, metodik kengashi va metod­birlashmalari faoliyati samaradorligini oshirish;

— ta’lim berishning yangi, za­monaviy metodlari bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida o‘quvlar, kon­fe­rensiyalar tashkil etish, ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilish, video­dars­lar, elektron dars ishlanmalari va tavsiyalarni internetdagi ta’lim por­talida berib borish orqali pedagog­larga metodik yordam ko‘rsatish;

— o‘qituvchilarni pedagogika fani taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan xabardor etish;

— o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy turlarini o‘tkazish va ularga tay­yorgarlik ko‘rish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun bu yilgi avgust kengashlarini “Sifatli ta’lim-tarbiya — bosh vazifamiz” shiori asosida quyidagi bosqichlarda o‘tkazish tavsiya etiladi:

1-bosqichda avgust kengash­lariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuza­sidan tashkil etiladigan res­publika o‘quv-seminari Res­pub­­lika ta’lim markazining videokon­ferensiya zalida Xalq ta’limi vazirligi, Res­publika ta’­lim markazi va tegishli tashki­lotlarning mutaxassislari to­mo­nidan masofaviy tarzda o‘tka­zilib, trenerlar tayyorlanadi. Hududiy studiyalarda qatna­shayotgan viloyat trenerlari bilan bahs-munozara aso­sida o‘quv mashg‘ulotlari olib bo­rilib, respublika o‘quv-seminari mate­riallari elektron variantda taqdim etiladi.

2-bosqichda fanlar bo‘yicha viloyat sho‘ba yig‘i­lishlarida tu­manlarda fanlar bo‘yicha o‘tka­ziladigan sho‘ba yig‘ilishlari uchun trenerlar tayyor­lanadi. Jarayonda res­publika o‘quv-seminari mate­riallari hududning xususiyati, o‘qituvchilar qiziqishi va eh­tiyojiga moslanishi, kelgusi rejalarni belgilashga qaratilishi lozim.

Fanlar bo‘yicha trenerlarni tayyor­lashda sho‘balarning va ularda qatnashadigan o‘qituv­chilarning sonidan kelib chiq­qan holda trener-o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllan­tirishga e’tibor qaratish kerak.

3-bosqichda fanlar bo‘yicha tumanlarda o‘tkazi­ladigan sho‘ba va yalpi yig‘i­lishlarda tumanlarda fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sho‘ba yig‘ilishi ishtirokchilari sonidan kelib chiqqan holda jadval tuzish va shu jadval asosida sho‘ba yig‘ilishlarini tashkil etish lozim. Tuman yalpi yig‘ilishlari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari yakunida o‘tkazilib, unda sho‘ba yig‘ilishida mu­hokama qilingan masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar umumlashtirilishi hamda tuman o‘qituvchilarining yangi o‘quv yilida amalga oshiradigan vazifalari aniq belgilab berilishi maqsadga muvofiq.

4-bosqichda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yillik yutuq va kamchiliklari sarhisob qilinadi. Qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosi bo‘yicha fikr yuritilib, metodik kengash ishlari yoritiladi. Shu­ningdek, metodbirlashma raislari va ilg‘or o‘qituvchilarning fikrlari asosida belgilangan mavzular muhokama etilib, kelgusidagi rejalar belgilab olinadi.

2016—2017-o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi masalalar avgust anjumani ishti­rokchilariga yetkazilishi zarur:

— Anjumanning bosh g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi ijrosi doirasida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda yosh avlodni sog‘lom, barkamol etib tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar mazmun-mohiyatini tushuntirish;

— 2016—2017-o‘quv yilida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash uchun o‘tgan o‘quv yilida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning o‘quvchilar tomonidan bajarilishini tahlil qilish, o‘qitish sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida sho‘ba ishtirokchilariga hamda tuman o‘qituvchilariga ma’lumot berish, pedagoglarga kelgusi yilda amalga oshirishi zarur bo‘lgan vazifalarni belgilab berish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;

— viloyat, tuman(shahar) sho‘ba­larida fanlar bo‘yicha o‘quv rejasi va dasturi hamda darsliklardagi yangi­liklar haqida barcha ma’lu­motlarni pedagog xodimlarga yetkazish;

— ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida o‘quv rejasi va dasturlarining ixtisoslik fanlariga mosligini o‘rganish hamda o‘quv rejasi, dasturlar va qo‘llanmalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga oid yo‘riqnoma berish;

— ta’lim muassasalarida sog‘lom ijodiy muhitni shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida odob-axloq qoidalarini muhokama etish;

— ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikat­-siya texnologiyalari, multimedia vositalaridan foydalanish, bu sohadagi ilg‘or tajribalarni keng yoyish va ommalashtirish;

— bilimlar bellashuvi, fan olim­piadasi, ta’lim sifati (fanlar bo‘yicha) monitoringi natijalarini tahlil qilish, tahlillar asosida o‘quvchilarga murakkablik qilgan mavzularni sodda usullarda o‘rgatish yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqish;

— ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida ijodkor o‘qituvchilar va “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ishtirokida fanlar kesimida “Mahorat darslari”ni tashkil etish;

— davlatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston — jahon e’tirofida”, “O‘zbek modeli”ni butun jahon tan olmoqda” mavzusida mustaqillik darslarini tashkil etishga oid tavsiyalar berish;

— boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari forumida tavsiya etilgan o‘quv va multimediali materiallardan dars jarayonida o‘rinli foydalanish yuzasidan ko‘rsatmalar berish;

— o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish orqali chet tillarni o‘qitishning innovatsion usullarini amaliyotda samarali qo‘llash yuzasidan o‘zaro fikr almashish;

— Xalq ta’limi vazirligining www.eduportal.uz axborot-ta’lim portali va rasmiy www.uzedu.uz veb-sayti hamda www.ziyonet.uz, Respublika ta’lim markazining www.rtm.uz va Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining www. multimedia.uz sayti va boshqa saytlardagi metodik materiallar (videodars, DTS, o‘quv dasturlari, dars ishlanmalari, tavsiyalar, darsliklarning multimediali ilovalari va hokazo) bilan tanishtirish va ulardan foydalanish yo‘l-yo‘rig‘ini tushuntirish;

— o‘quvchilarning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga ko‘maklashish maqsadida fanlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va to‘garak rejasini tuzish haqida ko‘rsatmalar berish;

— DTS talablarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish sifatini oshirishi hamda murakkab mavzularni o‘qitishga doir bahs-munozara va fikr alma­shuvlarni tashkil etish;

— darslikdagi multimediali ilovalar, axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga oid ochiq darslar tashkil etish;

— imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilardagi mavjud nuqsonlarni korreksiyalash, o‘qitish sifatini oshirish omillarini belgilash;

— viloyat, tuman sho‘ba yig‘ilishlarida ilg‘or o‘qituvchilarning ommalashtirilgan ish tajribalari yuzasidan alohida muhokamalar o‘tkazish, yaratilgan tavsiyalardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i viloyatda tashkil etiladigan an’anaviy avgust kengashining fanlar bo‘yicha sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lib, sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarga rahbarlik qilishni boshqarma huzuridagi metodika markazi direktoriga yuklaydi.

Markaz direktori mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun an’anaviy avgust kengashlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratishi tavsiya etiladi:

1) Videokonferensiya zalidagi uskunalarni soz holatga keltirish;

2) Jadval asosida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarning ishtirokini ta’minlash (berilgan materiallarni o‘zlashtirib, tuman sho‘balarida trenerlik qila oladigan tajribali, ijodkor o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish);

3) Viloyat seminarlarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan respublika forumida ishtirok etgan pedagoglar salohiyatidan foydalanish, forum tavsiyalarini bevosita amaliyotga joriy etish;

4) Respublika o‘quv seminarida taqdim etilgan materiallarni olib, o‘z hududiga (ta’lim sifatida aniqlangan bo‘shliqlarni e’tiborga olish) moslashtirish uchun qayta ko‘rib chiqish va kelgusi rejalarni belgilash, viloyat an’anaviy avgust kengashi materiallarini tayyorlash;

5) Viloyat seminarini o‘tkazish uchun tayyorlanadigan trener o‘qituvchilarni sho‘balar sonidan kelib chiqqan holda belgilash va ular ro‘yxatini shakllantirish;

6) Viloyat, tuman (shahar) miqyosida tashkil etiladigan har bir fan sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish uchun fan yo‘nalishidagi eng ilg‘or, texnik vositalar bilan ta’minlangan tayanch umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tanlab olish;

7) Uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida sho‘ba yig‘ilishlariga maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda hududiy XTXQTMOI o‘qituvchilarini taklif etish;

8) Sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha mutaxassislari, fan va madaniyat xodimlari ishtirokini ta’minlash va anjumanlarni qat’iy jadval asosida o‘tkazish;

9) Sho‘balarni shakllantirishda maktab rahbarlari (direktor, direktor o‘rinbosarlari), fan o‘qituvchilari, kutubxonachi, maktabdan tashqari va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari uchun ham yig‘ilishlar tashkil etish;

10) Tayanch umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tumanda ta’lim sohasida amalga oshirilgan ijodiy ishlarga oid videolavhalar, har bir umumta’lim muassasasining o‘quv yili yakunidagi ko‘rsatkichlari aks etgan ko‘r­gazmalarni tashkil etish;

11) Sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarga tuman ichki ishlar, moliya idoralari hamda huquq-tartibot organlari xodimlari, soha mutaxassislari, yozuvchilar, san’atkorlar va mahalliy hokimlik vakillarini jalb etish maqsadga muvofiqdir.

Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya tc “Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish

Tuman(shahar) XTMFMTTEB mudiri an’anaviy avgust kengashining fanlar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lib, sho‘ba yig‘ilishlariga rahbarlik qilishni ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhi fan metodistlariga yuklaydi.

Sho‘ba yig‘ilishlarini fanlar bo‘yicha olib borish uchun trenerlar tayyorlash, zaruriy materiallar hamda kerakli me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash talab etiladi.

Tuman(shahar) miqyosidagi barcha sho‘ba yig‘ilishlarida aniq maqsad va vazifalarni qo‘yish zarur. Toki unda ishtirok etgan har bir o‘qituvchi o‘z faoliyatida uchragan muammolarga yechim topishi, yangi o‘quv yili vazifalarini belgilab olishi hamda kengash yig‘ilishining yakuniy tavsiya va qarorlarini 2016-2017-o‘quv yili uchun tuziladigan ish rejasiga asos qilib olishi mumkin bo‘lsin.

Buning uchun sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazishdan 10 kun avval metodist ijodkor, izlanuvchan, tashabbuskor, tadbirkor, ilg‘or tajribali direktorlar, metodistlar, pedagoglardan iborat ishchi guruhni shakllantiradi. Ishchi guruh tumandagi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muas­sasalarining o‘quv yili yakuniga oid hisobotlarini, DTS talablarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi monitoringi va bilimlar bellashuvi natijalarini o‘rganib chiqadi.

Ishchi guruh ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish jarayonida har bir fanni o‘qitishdagi yutuq va kamchiliklarni izchil tahlil etib, aniqlangan muammolarning yechimini topishga doir vazifalarni belgilaydi. Shunga mos tarzda har bir fan va yo‘nalishlar kesimida an’anaviy avgust kengashlarining tuman(shahar) miqyosida sho‘ba yig‘ilishlari o‘tkaziladi. Buning uchun har bir hududda sho‘ba yig‘ilishlarini tashkil etuvchi va o‘tkazuvchi trenerlar belgilanadi.

O‘qitish sifatiga ta’sir etuvchi eng muhim omil bu — pedagog kadrlar salohiyati bo‘lib, sho‘ba yig‘ilishlariga barcha fan o‘qituvchilari jalb qilinishi shart.

Sho‘ba yig‘ilishlarida fanlar bo‘yicha amaliy treninglar o‘tkazilishini inobatga olib, o‘qituvchilar sonidan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlarni kichik sho‘balarga (25–30 nafar pedagogdan iborat guruhlarga) bo‘lib o‘tish mumkin.

Trenerlarning mahoratiga qarab sho‘ba yig‘ilishi 5—6 nafar peda­gogdan iborat kichik guruhlarda o‘tkaziladi. Sho‘ba yig‘ilishi faqat 2–3 nafar ishtirokchining bahs-munozarasi bilan cheklanmasdan, unga guruh a’zolarining barchasi jalb etilishi, fanlar kesimida o‘quv rejasi va dasturlar bo‘yicha muhokamalar olib borilishi maqsadga muvofiq.

Aksariyat hollarda jarayondagi munozarada ishtirokchilar teng qatnashmaydi. Bunday vaziyatlarda muhokamada jim o‘tirganlarni faollashtirish, ya’ni ularning fikrlarini so‘rash, tajribasi bilan o‘rtoqlashishiga imkoniyat yaratish lozim.

Sho‘ba yig‘ilishlarida tuman fan uyushmasining raisi tumandagi ta’lim-tarbiya jarayoni bo‘yicha umum­lashtirilgan hisobot asosida tahliliy ma’ruza qiladi. So‘ng ishtirokchilar bilan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quv dasturi asosida taqvim-mavzuviy reja tuzish, dars ishlanmalari yozish, pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish metodlarini ishlab chiqish, fandagi yangiliklar, darslik va o‘quv dasturidagi o‘zgarishlar, o‘qitish vositalari, dars jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish, nazorat ishlarini o‘tkazish, internetdan axborot olish va uni qayta ishlash mavzularida taqdimot, suhbat, ma’ruza, innovatsion o‘yinlar o‘tkazish, darslikda berilgan multimediali ilovalardan dars jarayonida foydalanish yuzasidan “Mahorat darslari”ni tashkil etish tavsiya etiladi.

Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlariga quyidagi mavzular asos qilib olinishi tavsiya etiladi:

1) 2016-2017-o‘quv yili rejasi va dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar hamda ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish;

2) Ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisos­lash­tirilgan davlat umumta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va dasturlariga kiritilgan o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish hamda ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish;

3) 2015-2016-o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi, fan olimpiadasi va bilimlar bellashuvida o‘quvchilarning bilimlarida aniqlangan bo‘shliqlar, o‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan mavzular yuzasidan tavsiyalar berish;

4) Ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia vositalari, elektron darsliklar, virtual laboratoriyalardan foydalanish hamda chet tillarni yanada chuqurroq o‘rganish bo‘yicha fikr­lashish;

5) Umumta’lim fanlarini o‘qitishdagi yangiliklar yuzasidan fikr almashish;

6) Ta’lim bosqichlarida o‘quv dasturlari asosida darsliklarga kiritilgan o‘zgarishlar xususida mulohazalarni tinglash;

7) Sinf rahbarining o‘quvchilarni komil insonlar etib voyaga yetkazishda tarbiyaviy soatlarni tashkil etish va o‘t­kazish metodikasi haqida fikr almashish.

Sho‘ba yig‘ilishi oxirida fanni o‘qitish sifatini oshirishga oid vazifalar belgilab beriladi.

Avgust kengashlarining yalpi yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar tc “Avgust kengashlarining yalpi yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha

O‘quv-tarbiya ishlarining sama­radorligi o‘quvchilarning ta’lim dar­gohida egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalari bilan birga, mahalliy hokimliklar tomonidan qo‘llab-quv­vatlanishi, “Kamolot” YIH boshlang‘ich tashkilotlarining chora-tadbirlar maz­muni, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, maktab rah­barining ma’naviy saviyasi, o‘qituv­chilarning pedagogik mahorati hamda bola yashayotgan oilaviy muhitga uzviy bog‘liqdir.

Shu bois yalpi yig‘ilishlarga tuman(shahar) hokimligining mas’ul xodimlari, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, fan va madaniyat vakillari, “Kamolot” YIH faollari, xalq ta’limi sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan fidoyi ustozlar, tajribali, ijodkor muallimlar, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari va yosh pedagoglar taklif etiladi.

Yalpi yig‘ilishlarni madaniyat saroylari, hokimlik binolari, istirohat bog‘lari yoki namunali tayanch maktablarda o‘tkazish tavsiya etiladi.

Avgust kengashlarining yalpi yig‘ilishlari sho‘ba yig‘ilishlaridan keyin o‘tkazilib, yosh o‘qituvchilar qasa­myodi, ularni o‘qituvchilar safiga qabul qilish, reytingi yuqori maktab rahbarlari va tajribali xalq ta’limi xodimlarini taqdirlash, yozuvchi, san’atkor hamda boshqa mehmonlarning chiqishlari asosida bayramona ruhda tashkil etiladi.

Hokimlik vakillari, tuman(shahar) XTMFMTTEB mudirlarining o‘quv-tarbiya jarayoni bo‘yicha umumlash­tirilgan hisoboti asosida tahliliy ma’ruza tinglanadi.

2016—2017-o‘quv yilida ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash maq­sadida o‘tgan o‘quv yili natijalari chuqur tahlil etilib, erishilgan yutuqlarni mustah­kamlash, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini aniqlash, ularning tak­rorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilinadi.

Yalpi yig‘ilishda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi, “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan mavzular mazmun-mohiyatini tushuntirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida odob-axloq qoidalarini targ‘ib etish, yoshlarning bilim saviyasi, du­nyoqarashi va ma’naviyatini yuk­saltirish, yot g‘oyalar(diniy aqida­parastlik, giyohvandlik kabi illatlar)ga qarshi kurashda bugungi kun talablarini pedagoglarga yetkazish, fan olim­piadasi va bilimlar bellashuvi, ta’lim sifati monitoringi natijalari, ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Kengaytirilgan yalpi yig‘ilish yakunida har bir ta’lim muassasasida yangi o‘quv yiligacha bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar belgilab beriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik kengashlarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar tc

“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik kengashlarni tashkil etish va

o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar”

2016-2017-o‘quv yili oldidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan pedagogik kengashlarni avgust oyining oxirgi haftasida — yangi o‘quv yili oldidan o‘tkazish tavsiya etiladi.

Pedagogik kengash yig‘ilishida umumta’lim maktabining direktori o‘qituvchilar va metodbirlashma rai­sining xulosaviy ma’lumoti hamda sinflar kesimida tayyorlangan monitoring natijalari asosida har bir o‘qituvchining faoliyatini tahlil qilib, hisobot beradi.

Hisobotda o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar chuqur, har tomonlama tahlil etilib, kelgusi o‘quv yilida ichki nazoratni to‘g‘ri belgilash va rejalashtirish ko‘zda tutiladi.

Ta’lim muassasasi rahbari bosh­qaruvning mohiyatiga nechog‘lik chu­qur kirib borsa, pedagogik kengash yig‘ilishini tizimli tashkil etsa, yangi o‘quv yilida uning faoliyati samarali bo‘lib, ta’limda sezilarli o‘sish kuzatiladi.

Pedagogik kengash yig‘ilishida ko‘riladigan asosiy vazifalar quyi­dagilardir:

1) “Mustaqillik darslari”ni maz­munli tashkil etish, O‘zbekiston musta­qilligining 25 yilligi munosa­bati bilan amalga oshirilgan bunyod­korliklar, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyat­larimiz to‘g‘risidagi ma’lu­motlarni o‘quvchilarga yetkazish bo‘yicha vazifalarni belgilash;

2) Davlat ta’lim standarti talablarining o‘quvchilar tomonidan bajarilishini tahlil qilish, tashqi va ichki nazorat natijalariga ko‘ra DTS talablarining bajarilishida aniq­langan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilash;

3) Ta’limga oid metodik huj­jatlarni o‘rganish, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar berish;

4) O‘qituvchilarga taqvim-mavzuviy rejalarning tuzilishi va mazmuni bo‘yicha tavsiyalar berish.

Pedagogik kengash yig‘ilishida o‘tgan o‘quv yilidagi yutuq va kamchiliklarni chuqur tahlil qilish, me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarning talab darajasida bajarilganini aniqlash hamda o‘qituvchilarga ehtiyoj asosida metodik ko‘rsatmalar berish yangi o‘quv yilida ta’lim muassasasi faoliyatini yaxshilash hamda o‘qitish sifatini ijobiy tomonga o‘zgartirishga asos bo‘ladi.

(Avgust anjumanlarini yanada samarali o‘tkazish uchun ushbu tavsiyalardan ijodiy yondashgan holda foydalanish mumkin.)

Respublika ta`lim markazi

Tarixda yil hisobi

Hozir dunyodagi davlatlarning ko‘pchiligida, jumladan O‘zbekistonda ham milodiy yil hisobi qo‘llanadi. (Siz bilan biz yashayotgan yil milodiy yildir). Milodiy yil hisobiga Iso payg‘ambar tug‘ilgan yil asos qilib olingan.

Milod (arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «tug‘ilish» degan ma’noni anglatadi) – hozirgi yil hisobimizning boshi. Tarix kitoblarida «milod» so‘zining o‘rnida «era» so‘zi ham ishlatiladi. «Era» so‘zi «boshlang‘ich raqam», ya’ni yil hisobining boshi ma’nosini anglatadi.

Milodiy yil hisobida 1-yanvar yil boshi deb e’tirof etilgan. U hozirgi yilimiz boshlangan birinchi kundir. Tarix kitoblarida, Iso payg‘ambar tug‘ilganidan avval bo‘lib o‘tgan voqealarga nisbatan «miloddan avvalgi» (qisqacha: mil. avv.) iborasi qo‘shib yoziladi. (Masalan: «Miloddan avvalgi IV–III asrlarda lotin alifbosi yaratilgan»).

Milodgacha yil hisobi

Milodgacha turli xalqlar yil hisobini turlicha olib borganlar. Masalan, dastlab yil hisobini ekinlarning hosilini yig‘ishtirib olish boshlangan kundan boshlaganlar va uni yilning birinchi kuni deb belgilab qo‘yganlar.

Rim raqamlari

Qadimgi yunonlarda esa yil hisobi birinchi Olimpiya sport o‘yinlari o‘tkazilgan yildan boshlangan. Rimliklar esa Rim shahriga asos solingan yildan boshlaganlar.

Siz tarixni o‘rganishda yana bir holatni yodda tutingki, tarix fanida tarixiy voqea va hodisalar ro‘y bergan asr Rim raqamida yoziladi.

Masalan, I (1), II (2), III (3), IV (4), V (5), VI (6), VII (7), VIII (8), IX (9), X (10), XI (11), XII (12), XIII (13), XIV (14), XV

(15), XVI (16), XVII (17), XVIII (18), XIX (19), XX (20), XXI (21) asr. XXI (21) asr

2001-yilning 1-yanvar kunidan boshlangan.

Yurtimizda ajdodlarimiz sug‘diy, xorazmiy, muchal va hijriy kabi yil hisoblaridan foydalanganlar.

Hijriy yil hisobi

Dunyoning qator davlatlarida hijriy yil hisobi ham qo‘llaniladi. U Arabistonda yaratilgan. Bu yil hisobiga payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning milodiy 622-yilning 16-iyulida Makka shahridan Madina shahriga hijrat qilgani, ya’ni ko‘chgan vaqti asos qilib olingan. Bu sanadan hijriy birinchi yil boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasida hijriy yil hisobidan diniy marosimlar va bayram kunlarini belgilashda foydalaniladi.

Xronologiya tushunchasi

Tarixda yuz bergan voqea va hodisalarning vaqtini aniqlash juda muhimdir. Busiz tarix fanini mukammal yaratib bo‘lmaydi. Tarixda yuz bergan voqea va hodisalarning vaqtini aniqlashda tarixchi olimlar xronologiya faniga murojaat qiladilar.

«Xronologiya» so‘zi yunoncha (grekcha) «xronos» – vaqt va «logos» – fan so‘zlari birikmasidan iborat bo‘lib, tarixiy voqea va hodisalar ro‘y bergan vaqtni aniqlovchi fandir.

Xronologiya vazifasiga ko‘ra tarix faniga yordamchi fandir. Bu fan yordamida olimlar qaysi tarixiy voqea va hodisa qachon ro‘y berganligini aniqlaydilar, ularning ro‘yxatini tuzadilar.

Atama mazmunini bilib oling

Payg‘ambar (xabar beruvchi) – xudoning so‘zlarini, ko‘rsatmalarini bandalariga (kishilarga) yetkazuvchi vakil, elchi. [1]

  1. Milod va era tushunchalarining mazmuniga izoh bering.
  2. «Miloddan avvalgi» iborasi nimani anglatadi?
  3. Qadimda yil hisobi qanday olib borilgani haqida nimalarni bilib oldingiz?
  4. Milodiy va hijriy yil hisoblariga qanday voqealar asos qilib olinganligini taqqoslang, ularning o‘xshash va farq qiluvchi jihatlarini aniqlang.
  5. Xronologiya nima va u tarix fani uchun qanday ahamiyatga ega?

[1] O‘zME. – T.: «¤çÌÝ». 2003. 6-jild. 646-bet.