Press "Enter" to skip to content

5 sinf tarix darslik 2023

B) Kuz issiq va quruq kеladi

umumta’lim maktablarining 5-sinflarida “tarbiyaviy soat.

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI Umumta’lim maktablarining 5-sinflarida “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha metodik qo`llanma (sinf rahbarlari uchun) Toshkent – 2013

Post on 18-Feb-2018

Documents

  • XALQ TALIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TALIM MARKAZI Umumta’lim maktablarining 5-sinflarida Tarbiyaviy soat mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha metodik qo`llanma (sinf rahbarlari uchun) Toshkent – 2013
  • Tuzuvchi: Qurbonova Marhabo Toshkent shahar, Sergeli tumani 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabi Tarix, milliy istiqlol g`oyasi fanlari o`qituvchisi M.Omonova Respublika Ta`lim markazi bosh metodisti Taqrizchilar: Z.Arinova Toshkent shahar, Sergeli tumani 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabi Rus tili fani o`qituvchisi D.Norqobilova Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani 48-sonli umumtalim maktabi Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi
  • Tushuntirish xati Manaviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o`z-o`zidan kelmaydi, hammasining zamirida tarbiya yotadi. Islom Karimov O`zbkiston Rspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi Umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim standartiga o`zgartirishlar kiritish haqida 130 -sonli qarori asosida o`quv rjada o`quv yuklama 5 % ga qisqartirildi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmynan qayta ko`rib ciqilib, intgratsiyalashgan holda amalga oshirilishi blgilandi. Sinf rahbari o`ziga berilgan sinf uchun tayanch va masuldir. Umumiy o`rta talim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining Talim to`g`risidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining talim sohasidagi qarorlari, Xalq talimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli meyoriy hujjatlar va Xalq talimi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`iga 2-ilova: Talim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom asosida tashkil etiladi. Sinf rahbari – Talim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining amalda belgilangan talim va tarbiya olishlarini tashkil etadi. Mazkur qollanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta’lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida Tarbiyaviy soatlarning mashgulot ishlanmalari tavsiya etiladi. Tarbiyaviy soatlar rejasidagi 8 soatlik Yol harakati qoidalariga doir mavzularning dars ishlanmalari mazkur qollanmada aks ettirilmagan. Umumta’lim maktablarining 5-sinf oquvchilari uchun ishlab chiqilgan Tarbiyaviy soat mashgulot ishlanmalarida mazmunan oquvchilarda tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida, donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, shaxsiy gigiena, ozodalik, kiyinish odobi, bolalar huquqlari, tabiatni asrash, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalar va fan oyliklarini otkazishda nimalarga e’tibor berish togrisida tavsiyalar berilgan. Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mymkin: Kun shiori: I. Kirish; II. Asosiy sism: maruza, guruhlar ishi III. Yakuniy qism. Sinf soatida foydalahish uchun adabiyotlar jamlanmasi, mavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noananaviy tarzda tashkil etilishi mumkin. Beruniyning marifiy qarashlari.
  • Pand va nasihat. Beruniy pand-nasihat orqali bolalardagi ayrim nuqsonlarni anglatish zarur deb hisobladi: Va u quyidagi fikrlarni bayon qildi: Odamlar o`rgangan, odatlangan va ko`pchilikka maqul bo`lgan narsaga qarshilik ko`rsatmasdan o`rganish kerak. Yaxshi xulqlar yaxshilik alomatidir, yomon xulqlardan bolalarni saqlamoq lozim. Ayniqsa, maqtanish, buzuq niyatlik, chaqimchilik, besabrlik, nafs balosi, yolg`onchilik va boshqalar. Abu Ali Ibn Sino tarbiya haqida: Ibn Sino tarbiya masalalaridagi axloqiy tarbiyaga alohida o`rin ajratgan. Uning fikricha: Agar inson aqliy va jismoniy jihatdan qanchalik yetuk bo`lsa ham, undagi bilim axloq normalariga mos bo`lmasa, u kishi jamiyatning haqiqiy azosi bo`la olmaydi. Olim axloqiylik ko`proq vatanparvarlikda o`z aksini topadi deb tushungan. Ibn Sino ona-Vatani Turonni Hind, Eron va Chin kabi yirik davlatlardan ortiq hisoblab, unga xizmat qilishni o`z burchi deb bilgan. Vatanning fani, madaniyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo`shgan. Abu Nasr Forobiy tarbiya haqida: Tarbiya jarayoni, tajribali pedagog, o`qituvchi tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va malum maqsadlarga yo`naltirilishi lozim, chunki har bir odam ham baxtni va narsa-hodisalarni o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o`qituvchi lozim. Daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bo`lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanadi. Yusuf Xos Hojib ota-onalarni bola tarbiyasiga etibor berishga davat etar ekan, jamiyat farzandlar xulq-atvoriga qarab ota-onalarga baho berishini aytib, ularni ogohlantiradi. Mirzo Ulug`bek mehnat tarbiyasiga ham alohida ahamiyat beradi. Uning madrasasida o`qigan shogirdlar bu yerdagi har bir tadbirda, binoni tozalash, ko`kalamzorlash va boshqa ishlarda faol ishtirok etadilar. Alisher Navoiy o`qituvchini faqat dars beruvchi, bilim beruvchi kishigina deb bilmay, balki usta tarbiyachi ham bo`lishi kerak, deb hisoblardi. U ilm bilan odobning birga olib borilishini va o`qituv protsessida odob berilishini takidlab o`tadi. Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog`lom qilib o`stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomondan tarbiyalashda o`qituvchilarning faoliyatlariga alohida etibor beradi. 5-SINF
  • O`tiladigan mavzular Soati O`tish vaqti 1 Mustaqillik muqaddas ne’mat. 1 2 Ozodalik – sog`lik garovi 1 3 Tabiat umumiy uyimiz 1 4 Yo` l harakati qoidalariga oid bilimlarni tekshirish (Yo`l harakati qoidalari) 1 5 Ustozga ehtirom (1 oktabr O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati) 1 6 Tilga etibor, elga etibor ( Filologiya fanlari oyligi doirasida) 1 7 Til-dil kaliti (O`z.Res. Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). 1 8 Transport vositalarining harakati. (yol harakati qoidalari) 1 9 Mening kelajak orzuim. 1 10 Til bilgan el biladi. (Rus tili fani oyligi doirasida). 1 11 Ramziy timsollar (18 noyabr – Oz.Res. Davlat bayrogi qabul qilingan kun munosabati bilan). 1 12 Haydovchining ogohlantiruvchi ishoralari. (yol harakati qoidalari) 1 13 Oz huquqingizni bilasizmi? (8 dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan). 1 14 Ozbekiston Respublikasi madhiyasi (10 dekabr – Oz.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). 1 15 Tartibga soluvchining ishoralari. (yol harakati qoidalari) 1 16 Assalom yangi yil! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). 1 17 Ona yurtim – oltin beshigim! (14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). 1 18 Tarixni bilish ozlikni anglash (Tarix fani oyligi doirasida). 1 19 Haydovchining mehnati (yol harakati qoidalari) 1 20 Gazal mulkining sultoni. Madaniyat va jamoat arbobi (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan). 2 21 Qalbda shoir bolmagan odam matematik bola olmaydi (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida). 1 22 Oilada tejamkorlik 1 23 Har doim bolsin onam! (8 mart Xotin-qizlar kuni munosabati bilan). 1 24 Tabiat va inson (kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida). 1 25 Milliy urf-odatlarimiz va an’analarimiz (21 mart Navroz bayrami munosabati bilan). 1 26 Sohibqiron Amir Temur (Amir Temur tavalludining 676 yilligi munosabati bilan). 1 27 Eng baxtli odam kim? (Tasviriy san’at, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida). 1 28 Maxsus avtomobil va mototsikllar haqida suhbat (yol harakati qoidalari) 1 29 Yurt tinch- kongil tinch (Xotira va qadrlash kuni oldidan). 1 30 Birinchi tibbiy yordam korsatish. (yol harakati qoidalari) 1 31 Kop til organishning foydasi (Xorijiy tillar fanlari oyligi 1
  • doirasida). 32 Buyuruvchi belgilar. (yol harakati qoidalari) 1 33 Yozda qanday dam olamiz? 1 Jami: 34 soat 1-mavzu: Mustaqillik- muqaddas nemat Kun shiori: Ozod bo`lsang, ozod bo`l! Erkin bo`lsang, erkin bo`l! Mustaqil bo`lsang, mustaqil bo`l! Islom Karimov Maqsad: O`quvchilarga mustaqillik o`zbek xalqi uchun eng ulug` nemat ekanligini, mustaqillik so`zining manosini ilmiy va xalqona tarzda tushuntirish, qadimgi ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning mustaqillik uchun olib borgan kurashlarini ongiga singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitoblari, Mustaqillikni ifodalovchi rasmlar, O`zbkiston klajagi buyuk davlat, Mustaqillik bu avvalo huquqdir, Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang, Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, O`zbk xalqi hch qachon hch kimga qaram bo`lmaydi, Bizdan ozod va obod Vatan qolsin kabi mashhur iboralar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar.
  • Doskada: Mustaqillik biz uchun – davlatchiligimizni mustahkamlash, buyuk kelajagimizning poydevorini qurish,milliy ongimiz va faxrimizni yuksaltirish, jahon hamjamiyatida munosib o`rnimizni egallashdir. Islom Karimov Mashg`ulot: Vatanni madh etuvchi sher bilan boshlanadi. Shoir aytganidek, Ey Vatanim, osmon bo`lsang, Men bir yulduz erurman. Yoki ulkan ummon bo`lsang, Men bir tomchi suvdirman. Quyosh bo`lsang bir zarrangman Daraxt bo`lsang bir mevang Ona bo`lsang men bolangman, Bajargum sen ne desang. O`qituvchi: Prezidentimiz Islom Karimov takidlaganidek: O`zbekiston- mustaqil davlat. Bu o`z taqdiri va istiqbolini o`zi hal qilishdir, bu millatni manaviy, axloqiy, marifiy inqirozdan qutqarishdir: bu o`z yeriga, o`z yer osti boyliklariga egalik qilishdir, bu tenglararo teng bolish, keng dunyoga dallollar va vositachilarsiz chiqish, xalqaro munosabatlar o`rnatish, millatlar hamdostligiga qo`shilishdir:
  • O`zbekiston mustaqilligining asoslari, qoidalari, shartlari va talablari 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan. Davlat mustaqilligi haqida gi qonunda ifoda qilingan. Prezidentimiz Islom Karimovning bu so`zlarida mustaqil davlat bo`lish bizga, yurtimizga, Vatanimizga, xalqimizga inom etgan boyliklar, qulayliklar, huquqlar, imkoniyatlar nechog`lik salmoqli, mazmunli ekanini va bizning xalq, millat, davlat, hudud sifatida ko`tarilishimiz, xalqaro miqyosga chiqishimiz, ajdodlarimizning ulug`ligini munosib ravishda davom ettirish uchun o`zimizning bor imkoniyatlarimizni sarflashimiz kerak. Ongimizdagi sho`ro tuzumi qoldirgan sarqitlarni umuman yo`q qilishimiz kerak, shunda haqiqiy mustaqillikka katta hissa qoshamiz. O`quvchilarga Aqliy hujum usuli qo`llaniladi. Bunda har bir oquvchi o`zining mustaqil fikri bilan o`rtoqlashadi. Savol: Mustaqillik biz uchun so`zini izohlash. O`qituvchi eng tasirchan va mazmunli fikrlarni bildirgan o`quvchilarni rag`batlantirib boradi. Izoh:(Har yili mustaqilligimizning necha yilligi va qanday shior bilan atalganligiga ham bog`lab o`tiladi. Masalan, 2013 yil mustaqilligimizning 22 yilligi, Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekiston!) O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka va jonkuyarlikka undab boradi. 2-mavzu: Ozodalik – sog`lik garovi Kun shiori: Sog`liq oltindan qimmat Vilyam Shekpir Maqsad: O`quvchilarga sog`liq, ozodalik inson uchun eng ulug` nemat ekanligini, ozodalikka etiborni kuchaytirish, ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning pandu nasihatlarini ongiga singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitoblari,Sog`lom avlod-bizning kelajagimiz, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar. Doskada: Sog`lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo, sog`lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog`lom, imon etiqodi butun, bilimli, manaviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog`lom millat, sog`lom avlodgina qura oladi. Islom Karimov O`qituvchi: Oilaning sog`lomligini undagi muhit, ota-onaning totuvligi, bir-birini tushunishi, qo`llab-quvvatlashi, o`zaro izzat-hurmati belgilaydi. Atrof muhitdagi turli omillarning (havo, tuproq , iqlim) va ishlab chiqarish faoliyatining kishi sog`lig`iga tasiri hamda aholining hayot va mehnat
  • sharoitlariga bo`lgan talabini ilmiy amaliy jihatdan o`rganadi va zarur tibbiy choralarni ishlab chiqadi. Zero, atrof muhit sog`lom bo`lmasa, insonlarning salomat yashashlari mumkin emas. Odam organizmi bilan tashqi muhit o`rtasidagi muvozanatning buzilishi aksariyat xastaliklarga sabab bo`ladi. Inson yaratilibdiki, o`z sog`lig`ini saqlash, turli xavf xatarlardan o`zini muhofaza qilish harakatiga tushgan. Yashash joylari va tuproqni ifloslanishdan asrash, suv manbalarini tanlash va ichimlik suvini o`ziga moslab saqlash, o`simliklar va hayvonlarni go`shtidan ovqat tayyorlash, ovqatlanish meyorini bilish, badanni va idish tovoqlarni toza tutish, mehnat, dam olish va uyqu tartibiga rioya qilish, yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish, bunday kasallik bilan og`riganlar bilan alohida saqlash, murdalarni ko`mish va boshqa ko`plar yumushlar uzoq yillik hayot tajribalari mevasidir. Badanning salomat va quvvatli bo`lmog`i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o`qimoq, o`qitmoq va o`rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozumdir degan edi, Abdulla Avloniy bobomiz. Topshiriq: Rasmli izohlash mashqi, bunda I-guruh- Ozoda va obod shahrim, II-guruh- Sog`lom muhit mavzusida rasm chizadilar. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka va jonkuyarlikka undab boradi. 3-mavzu: Tabiat umumiy uyimiz. Kun shiori: Dunyoda chang va tutun bo`lmaganida, odamzod ming yil umr ko`rishi mumkin edi Abu Ali Ibn Sino Maqsad: O`quvchilarga fan oylikda etiborni kuchaytirish, qalbida tabiatga mehr-muhabbat uygotish, uni kelgusi avlodlarga sog`lom holda yetkazish,
  • bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini, tabiatni asrab-avaylash tuyg`ularini ular ongiga singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitoblari,Sog`lom avlod-bizning kelajagimiz, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar. Doskada: NNeekkii ssoo`rrssaakk,, bbeerrddiinngg bbaarriinnii,, CChheekkssiizz oossmmoonn,, yyeerrnniinngg qqaarriinnii,, OOyyuu qquuyyoosshh xxiizzmmaattiimmiizzddaa,, AAyyaammaaddiinngg hhaarr nnaa bboorriinnii.. BBiizz–cchhii,, sseennggaa qqiillddiikk xxiiyyoonnaatt,, BBiizznnii kkeecchhiirr,, OOnnaa ttaabbiiaatt.. KKoommiill SSiinnddaarroovv O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir deyiladi. Malumki, inson tabiatga beparvo, bo`lib unga g`amxo`rlik qilmasa, ekologiya buziladi, hayvonot dunyosi qiriladi. Shu bois go`zal va betakror tabiatni ardoqlash uni ko`z qorachig`iday asrash, tabiat nematlaridan oqilona foydalanish ham farz ham qarzdir. Insonning tabiatga notog`ri munosabati natijasida ko`plab o`simlik va hayvonlar yo`qolib ketdi va bugun ham yo`qotishlar davom qilmoqda. Tabiat – tiriklik sharti- Shunday ekan, tabiatga befarq qaramasligingiz lozim. Inson tabiatni qo`riqlash barobarida mamlakatimiz rivojiga hissa qo`shadi. Shunday ekan, o`quvchilar qalbida tabiat nematlarini boyliklarini qo`riqlash, ularni avaylab asrash hislarini rivojlantirish, tabiatga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash o`qituvchilardan chuqur bilim, izlanish va ijodkorlikni talab qiladi.
  • Topshiriq: Guruhlarga tabiatga oid so`zlardan Guldasta tuzish mashqi qo`llanadi. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka va jonkuyarlikka undab boradi. 4-mavzu: Yo`l harakati qoidalariga oid bilimlarni tekshirish (Yo`l harakati qoidalari) Ushbu mavzu 5-6 sinflarda Yo`l harakati qoidalarini o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz 5-mavzu: Ustozga ehtirom (1 oktabr O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan) Kun shiori: Dunyo imoratlari ichida eng ulig`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir (Yuksak manaviyat yengilmas kuch) Maqsad: O`quvchilarda o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`satishligini uqtirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar. Doskada: Haqiqatan ham ustoz ilm berishi bilan kishining nomini ulug`lab, avlodlar og`zida qoldiradi va ikkinchi hayot bag`ishlaydi Ogahiy To`rt narsa o`lik dilni tiriltiradi: ustod, yaxshi do`st, muvofiq yor va davlatu iqbol sababchisi bo`ladigan dono aql. Muiniddin Juvayniy Maktab bor ekan albatta, bu dargohda ustoz degan ulug` zot bor. Ustoz korgan elmiz illo, bu anana etar doimo
  • O`qituvchi: Ustozning tarix zarvaraqlaridagi o`rni Ibn Abbosdan: -Sen qanday qilib shuncha ilmga erishding,-deb soradilar. U shunday deb javob berdi: -Savol beruvchi til, biluvchi qalb va chidamli oqituvchi bilan. Bir kuni Iskandardan: -Sen ustozingni onangdan kora yaxshiroq hurmat qilar emishsan, shu rostmi?-deb soradilar. -Ha,-deb javob berdi Iskandar,-onam meni yoqlik osmonidan olib tushdi, ustozim esa yerdan kokka kotardi. Kimki ustodiga ixlos ila izzat qilsa, Haq aning manzilini jannati rizvon ayladi. Mashg`ulot davomida, O`quvchilarning ustozlariga bag`ishlangan tabriklari,tilaklari, sheru, qo`shiqlari va raqslari. Izoh: (Har yili 1 oktabr O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o`qituvchi o`z maktabining faollar zalida ustozlarni madh etuvchi tadbirlar o`tkazishi mumkin) O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi. 6-mavzu:Tilga etibor, elga etibor (Filologiya fan oyligi doirasida) Kun shiori: Ona tilim-jonu-dilim! Maqsad: O`quvchilarda filologiya fan oyligida uyushqoqlik bilan faol ishtirok etishi, o`z ona tilimizga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirishni uqtirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
  • Doskada: Har bir millatning dunyoda borlig`ini ko`rsatadurgan oinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo`qotmak millatning ruhini yo`qotmakdur. Abdulla Avloniy O`qituvchi: Til-millatning asosiy belgilardan biri. Dunyoda xalqlar ko`p. Lekin har bir xalq, avvalo, o`z tili, milliy urf-odat va ananalari, o`ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o`zligini namoyon qilishda tilning o`rni va ahamiyati beqiyos. O`zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo`shib kelmoqda. Bunda ona tilimizning xizmati katta. Chunki, bu til bo`lmasa, Mahmud Koshg`ariyning Devoni lug`atiturk kitobi, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiy Xamsasi, Bobur Mirzoning Boburnomasi, Abdulla Qodiriy romanlari, Cho`lpon va Abdulla Oripovning o`tli sheriyati yaratilmagan bo`lardi. Shuning uchun ona tilimiz millatimiz ruhining timsoliga aylanib ketgan. Buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy til insonni hayvondan farqlab turadigan nemat ekannini tariflab bunday degan: Tengriki, insonni qilib ganji rost, So`z bila hayvondin anga imtiyoz. Yani: Xudo insonga haqiqiy boylik bergan, bu uni hayvondan ajratib, ustun qilib turadigan tilidir. Topshiriq: O`quvchilar bilan Aqliy hujum usuli o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar Tilga etibor, elga etibor mavzusida bellashadilar. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi.
  • 7-mavzu: (O`zbekiston Respublikasi Davlat tili haqida gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan) Kun shiori: Ona tili bu millatning ruhidir Maqsad: O`quvchilarda Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirishni uqtirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Ona tilim, davlat tilim, o`z tilim-bo`lgin deyman-jahon tillaridan biri O`qituvchi: Ma’lumki, o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. Avvalo, respublika Oliy Kengashi qoshida davlat tili bo’yicha taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus komissiya tashkil qilindi. Komissiya a’zolari aholining turli ijtimoiy qatlamlari, siyosiy guruhlar, barcha millat va elat vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni atroflicha o’rganib, respublika rahbariyati va keng jamoatchilikka doimiy axborot berib borar edi. Ana shunday ishchanlik ruhida Oliy Kengash sessiyasiga taqdim etiladigan loyihaning har bir moddasi bo’yicha har taraflama fikr almashuv, bahs va munozaralar bo’lib o’tdi. Nihoyat, 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o’ta muhim masala Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qo’yildi. Va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so’ng mamlakatimizda o’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lmish ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. Bu Vatanimiz tarixida torn ma’nodagi buyuk voqea edi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo’yildi. Shu tariqa o’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.
  • Topshiriq: Til dil kaliti mavzusida kichik hikoya yaratish. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi. 8-mavzu: Transport vositalarining harakati (Yo`l harakati qoidalari) Ushbu mavzu 5-6 sinflarda Yo`l harakati qoidalarini o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz 9-mavzu: Mening kelajak orzuim Kun shiori: O`z orzuing yo`lida bo`sh kelmasdan harakat qil! Maqsad: O`quvchilarda orzu, uning roli va har bir shaxsning kelajakda o`z orzulari bo`lishligini va orzularining ro`yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va duoning o`rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Quyidagi to`rtlik Har insonning dilda bisyor niyati, Ezgu istak bilan go`zal hayoti. Sen Xudodan tog`dek tila, qir bergay, Orzuga ayb yo`q, yo`q buning uyati. Orzulari ro`yobga chiqqan, baxtli yurtdoshlarimizning fikrlari bilan o`rtoqlashamiz. (uyga vazifa holda o`quvchilarning yaqinlarining orzularining ro`yobi )
  • O`qituvchi: Bu dunyoda hech bir inson orzusiz yashay olmaydi. Shuning uchun keksalarimiz doimo bizga yaxshi orzu-niyatlar qilishliklarimizni tinmay uqtiradilar. Qanchalik ko`p tilak-orzular qilsak, albatta, ro`yobga chiqadi. Masalan, ajdodlarimiz bir umr tinchlik va mustaqillikni orzu qilib kelganlar. Bu orzulari ushalishida Olloh bizning xalqimizga Jalolliddin Manguberdi, Buyuk Amir Temur va Islom Karimovlarni berdiki, bugun xalqimiz o`z orzulariga yetishdi. Demak, biz tinchlik va mustaqillikning qadriga yetishimiz shart. Endi shaxs sifatida har bir insonning kelajakdagi orzusi bo`ladi, xalqimizda juda ajoyib naqllar borki, orzuga yetishish uchun olma pish, og`zimga tush deb, emas balki ozuimiz amalga oshishi uchun avvalo, mehnat, qanoat, chidam, ota-onalar va ustozlar duosini olish ham katta ahamiyatga ega. Biz ustozlarimizning orzulari o`quvchilarimizning jahon olimpiadalarida oltin va kumush medallarni olishi. Topshiriq: O`quvchilarga Menga aytingchi? mashqi qo`llaniladi. O`qituvchi quyidagicha savollar tuzishi mumkin: Orzu siz uchun qanday tuyg`u?- Orzuning chegarasi bo`ladimi?- Ota-onaning orzusi?- Ustozingizning orzusi?- O`zingizning orzungiz?- Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka undab boradi. 10-mavzu: Til bilgan el biladi ( Rus tili fan oyligi doirasida) Kun shiori: Qanchalik ko`p til bilsang, sening marifiy boyliging Maqsad: O`quvchilarda rus tili fan oyligida uyushqoqlik bilan faol ishtirok etishi, rus tiliga bo`lgan hurmatni rivojlantirishni uqtirish.
  • Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i, tarqatma materiallar. Doskada: Maksim Gorkiyning Ona romani yozildi shu tilda, Pushkinning sherlari jarangladi shu tilda O`qituvchi: Rus tili ham boy tillardan biri. Bizning yurtimizda deyarli hamma viloyatlarda rus xalqi necha asrlardan buyon biz bilan yashab kelmoqda. Biz ularning tilini bilamiz, ular bizning tilimizni hurmat qiladi. Rus tili jahon tillaridan biri hisoblanadi. Biz bugun siz bilan rus xalqining otashnafis shoirlaridan biri Aleksandr Sergeyevich Pushkin haqida siz bilan qisqacha suhbatlashamiz. A.S. Pushkinning Toshkent shahrida haykali, uning nomida ko`chalar ham bor. U 1799-yilning 6-iyunida Moskva shahrining Nemislar ko`chasida yashovchi qadimiy dvoryanlardan bo`lmish istefodagi mayor Sergey Pushkin oilasida tug`ildi. Pushkinlar o`qimishli, adabiyotga qiziqadigan, ijod ahli bilan bordi-keldi qiladigan kishilar edi. Pushkinning sheriy ijodi o`qiyotgan paytida boshlandi. Yosh shoirning dastlabki sheri 1814-yilda litseyda chiqadigan Yevropa xabarlari jurnalida chop etildi. Litseyda o`qib yurganidanoq Pushkinning tengsiz istedod egasi ekanligi ayon bo`lgandi. O`limidan ikki yil oldin litseydagi imtohonlarning birida qatnashgan keksa Derjavin Pushkinning sherini eshitgach, uning buyuk shoir bo`lajagini bashorat qiladi. Pushkin ijodi o`zbek o`quvchilariga juda yaxshi tanish. Shoirning asarlari o`zbek shoirlari tomonidan tarjima qilingan. Topshiriq: O`quvchilar rus tilida sherlar yod olishadi Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka undab boradi. 11-mavzu: Ramziy timsollar (18 noyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan) Kun shiori: O`zbekistonim bayrog`i yurtimiz zafarlari ila doimo dunyo bo`ylab tinmay hilpirayver Maqsad: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning roli kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishni singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston
  • mustaqillikka erishish ostonasida kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i, tarqatma materiallar. Doskada: O`zbekistonim bayrogi-doimo va mangu hilpirayversin jahon uzra. O`qituvchi: ilpira, bayrogim, hilpira magrur, Ozod, hur xalqimga bagsh etib surur. Birlashgan millatlar koshonasida, Hilpira bizlarga bagsh etib gurur. Qadimdan ham jahon tarixida davlatlar mavjud ekanki, ularning ramzlari bo`lgan. Bu ramzlar mazkur davlat fuqarolalariga go`yoki ruxsatnoma yoxud hujjat hisoblangan. Buyuk Amir Temur bobomiz davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat berganlar. Jumladan, jang maydonida lashkardan bir nafari omon qolsa ham, u mamlakat bayrog`ini baland tutsin, deb farmon berganlar. Bayroqning egilishi maglubiyat belgisi deb qabul qilingan. Har bir davlatning o`z bayrogi bo`ladi. Sohibqiron Amir Temurning yurishlarida lashkar oldida uning tug`i- bayrogi olib yurilgan. Xalq idrokida bayroqning yuqori qismi O`zbekistonning doim moviy osmonini, bayroq o`rtasi xalqimizning oq ko`nglini va uning oq paxtasini, bayroqning tub qismi esa bizning cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni ifoda qiladi. O`n ikki yulduz- keng va behad
  • O`zbekistonimizning azaliy tariximizga sodiqligini bildiradi, yarim oy esa yurtimizning tarixiy ananalari bilan bogliq. Ayni paytda qolga kiritilgan mustaqilligimizdan darak beradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l-mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ham ishora qiladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrogi mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis, O`zbekiston hukumati, mahalliy davlat idoralari, O`zbekistonning turli vakolatxonalari ish olib borayotgan binolarda, O`zbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda ko`tariladi. Bu qoidalar alohida qonun asosida belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`iga nisbatan hurmatsizlik bildirgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi. Topshiriq: O`quvchilarga rangli qog`ozlar tarqatiladi.(Istedodlilar va ijodkor o`quvchilar kuzatiladi, rag`batlantiriladi) Ular O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrogini yaratadilar. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 12-mavzu: Haydovchining ogohlantiruvchi ishoralari (Yo`l harakati qoidalari) Ushbu mavzu 5-6 sinflarda Yo`l harakati qoidalarini o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz 13-mavzu: O`z huquqingizni bilasizmi? (8 dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan) Kun shiori: Huquqiy savodxonlik-davr talabi Maqsad: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini o`rganishni, moddalarni sharhlashni bilishi, bola huquqlari to`g`risidagi konvensiyasini bilishini, qonunlarni hurmat qilishni, o`z huquqlarini himoya qila olishini o`rgatish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi risolasi, tarqatma materiallar. Doskada: O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatI nazar, qonun oldida tengdirlar . O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi.
  • O`qituvchi: Konstitutsiya baxtimiz qomusi O`zbekiston xalqi: Inson huquqlariga va davlat suvereniteti g`oyalariga sodiqligini tantanali ravishda elon ,qilib hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masuliyatni anglagan holda,o`zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib xalqaro huquqning umum etirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda respublika fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini taminlashga intilib insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishini ko`zlab ,fuqarolar tinchligini va milliy totuvligini taminlash maqsadida o`zining muxtor vakillari siymosida O`zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi. O`zbekiston Respublika Konstitutsiya o`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan va Konstitutsiya 6 ta bo`lim,26 ta bob,128 ta moddadan iborat. Konstitutsiya lotincha constitutio so`zining tarjimasi nizom qoidalar degan manolarni anglatadi. Har bir inson o`z huquq va burchlarini bilishi lozim. Insonning eng oliy huquqi tinch yashash huquqidir. Topshiriq: O`z huquqingizni bilasizmi? mavzusidagi ogzaki jurnal sahifalari quyidagicha nomlanishi mumkin: Sahifa. Huquq (tavsifnomasi). Sahifa. Bilim olish huquqi (yoshlar hayoti va faoliyati haqida). Sahifa. Barkamol avlod uchun keng imkoniyatlar.(dalillar bilan) Sahifa. Vatan bizga ishonadi (kelajakda amalga oshirmoqchi bolgan ishlar). Guruhlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar va namoyish etishlar yuqorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Guruhlarning chiqishlari ketma-ketlik bilan bir-biriga bog`langan holda amalga oshiriladi, iloji boricha guruhlarning namoyishida barcha guruh azolarining ishtiroki taminlanishi maqsadga mufoviq boladi. Guruhlar namoyishidan so`ng, o`qituvchi o`quvchilar bilan birgalikda guruhlar tomonidan namoyish etilgan sahifalarning ijobiy va salbiy tomonlarini muhokama qiladilar, ushbu mashgulot ularni nimalarga orgatgani va ular
  • nimalarni bilib olishgani bilan qiziqadi. O`qituvchi kerakli tavsiyalar va tushunchalar beradi, so`ngra mashg`ulotni yakunlaydi. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 14-mavzu: O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi (10 dekabr – O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan) Kun shiori: Tinch yurtim tongini madhiyam birla qarshi olaman Maqsad: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat etishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi, tarqatma materiallar. Doskada: Men madhiya matni muallifi bo`lsam-da, Madhiya qoshida oddiy fuqarolardan biri bo`lib bosh egaman va bo`ysunaman. O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasi Madhiyasida o`lkamizning serquyoshligi xalqimizning bag`rikengligi, ajdodlarimizning buyukligi va boy tariximiz va butundunyoni lol qilgan buyuk manaviyatimiz madh etilgan. Dunyoda bor turli malumot, Samolarda izlardi hayot. Ming taxminu, ming bir gumonlar, Berolmasdi biror malumot. Ne donolar quyoshga shoshdi,
  • Yulduzlarchi insondan qochdi. Galileydan oldin Ulug`bek, Falakiyot sirini ochdi. Shundan tiniq, toza osmanim, Ona yurtim O`zbekistonim. Komil Sindarov Topshiriq: Davlatimiz madhiyasini izohlab berish Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 15-mavzu: Tartibga soluvchining ishoralari (Yo`l harakati qoidalari) Ushbu mavzu 5-6 sinflarda Yo`l harakati qoidalarini o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz 16-mavzu: Assalom yangi yil! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan) Kun shiori: Yangi yil, Qorbobo kelmoqda, eshikni qoqib Maqsad: O`quvchilarda yangi yil bayramida maktab ichki qonunlarini hurmat qilishini rivojlantirish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida faol va odobli bo`lishni, qalblari ham qor kabi oppoq bo`lishini singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`quvchilar tomonidan qo`lda tayyorlangan yangi yil o`yinchoqlari, archa, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Yangi yil qalblarimizga qorday oppoq tilaklar olib kelsin . O`qituvchi: Yangi yil har bir davlatda turlicha nishonlanadi. Bizning yurtimizda ham yangi yilga o`zgacha bir yangiliklar bilan tayyorgarlik ko`riladi. Butun shahar va qishloqlarimizda bayram oldi tozaliklar, ko`chalarda yangi yilning kelayotganligini bildiruvchi Qorbobo,qorqiz, archa va bayram bilan bog`liq shiorlar, multfilm qahramonlari rasmlari chizilib,kayfiyatni ko`taradigan kechalar va tadbirlar amalga oshiriladi. Ayniqsa, bu bayramda farzandlarimizning quvonchlari alohida ahamiyat kasb etadi. Yangi yil qish fasli bilan bog`liq bo`lganligi uchun ham u insonlarda boshqacha tuyg`u aks ettiradi. Topshiriq: O`quvchilar yangi yil qahramonlari roli ni ijro etib beradilar Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. (yangi yil tadbirlarda har bir sinfda o`zgacha bir kengaytirilgan qiziqarli o`yinlar orqali ham amalga oshiriladi)
  • 17-mavzu: Ona yurtim oltin beshigim! (14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan) 1992-yil 14-yanvar 2014-yil 14-yanvar 22 yil Kun shiori: Osuda va farovon hayotimiz kafolati Maqsad: O`quvchilarda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lishini, milliy armiyamiz haqida malumotlarga ega bo`lishini, sarhadlarimiz tinchligi va daxlsizligini avaylab-asrayotgan harbiylarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, vatanparvarlikni singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida, Milliy Armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir kitoblari, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo`mondoni Islom Karimov va barcha Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilayotgan harbiylarni qutlug sana bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Ollohdan faqat uzoq-umr, baxt-saodat, tuganmas shijoat tilab qolamiz. O`qituvchi: Mening ezgu orzuim shuki, armiyamiz xalqimiz, millatimizning ming yillar davomida shakllangan asl qiyofasi, azaliy qadriyatlari va xislatlarini ozida mujassam etsin, uning saflarida xizmat qiladigan farzandlarimiz ozi tugilib osgan, voyaga yetgan, ota-bobolarining xoki yotgan muqaddas zaminimizga bir umr sadoqatli bolsin. Mabodo taqdir taqozo qilib, kurash maydoniga tushganida har qanday yovuz kuch va bosqinchilarga bas kela oladigan zamonaviy, qudratli armiyamizni korish baxti barcha yurtdoshlarimiz qatorida menga ham nasib etsin (Islom Karimov. Milliy Armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir.T. Ozbekiston 2003 yil, 15-25 yanvar. 29-bet) Ollohga shukurlar bolsinki, bugungi Milliy armiyamiz, Yurtboshimiz orzu qilganidek, qudratli va boshqa davlatlardan mutlaqo farq qiladigan Milliy armiyadir. Chunki bunday qudratli va zamonaviy Milliy armiyaning tashkil topishiga va bugungi islohotlar tashabbuskori Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qomondoni Islom Karimovning olib borayotgan ota kuchli siyosati sharofatidir.
  • Posbonlar Sizda orom qayda, Sizda tin qayda. Siz to`yib uxlagan bitta tun qayda. El-yurt oromini asragan zotlar, El mehri asrasin Sizni har joyda. Sizni uchrataman tog`da, dalada, Xizmatda hamisha-qorda, jalada. Sizga sabot bersin, Sizga kuch bersin, Buyuk zotlar ruhi shunday pallada Har kun oftob bilan sog` ko`rishib yuz, Uydan omon chiqib, omon qaytingiz. Rizqi ulug` bo`lsin, ko`ksi ulug` bo`lsin, Xonadoningizu mamlakatingiz. Yo`llar ravon bo`lsin, yo`llar oq bo`lsin, Bahor maysalari ko`kchiroq bo`lsin. Burchga sadoqatli ey fidoyilar, Pokligingiz Sizga ko`zmunchoq bo`lsin. Muhammad Yusuf Topshiriq: 3×4 texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi: Oquvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga; jamoa bolib ishlashga, izlanishga; fikrlarni jamlab, ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga oz fikrini otkazishga, uni maqullashga; qoyilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda otilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qollay olishga orgatish. Guruh azolari joylaridan turib soat mili yonalishi boyicha joylarini ozgartiradilar, yani 1-guruh 2-guruhning 2-guruh 3-guruhning, 3-guruh esa 4-guruhning orniga otadilar, agar noqulaylik bolsa, faqat tarqatma materiallar almashtiriladi.
  • Guruh azolari har bir partadagi tarqatma materialdagi fikrlar bilan tanishib, unga yana uchta fikr yozib qoyadilar. Misol tariqasida: Armiya bu- Milliy armiya bu- Qurolli kuchlar Bosh Qo`mondoni bu- 14 yanvar bu- Vatan posbonlari bu- Vatanni asrash bu- Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. (Vatan himoyachilari kunini keng qamrovli tarzda faollar zalida ham amalga oshiriladi) 18-mavzu: Tarixni bilish o`zlikni anglash ( Tarix fani oyligi doirasida) Kun shiori: G`aflatda yotgan xalqni yug`otish uchun,avvalombor uning tarixini uyg`otish kerak A.Avgustin Maqsad: O`quvchilarda tarixga bo`lgan qiziqishini, ayniqsa o`z tariximizni o`rganishga bo`lgan mehr va bilimini oshirish, vatanparvarlikni uyg`otish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida, Milliy Armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir kitoblari, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Vatan tarixi kitobi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: O`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi
  • O`qituvchi: O`z tarixini bilmagan, hech bo`lmasa uni bilishga qiziqmagan insonni tushunish qiyin. Zero, tarix bugungi kunimizni anglashga kelajagimizning oydinlashishiga xizmat qiladi. O`z o`tmishini yaxshi bilgan odam fikr mulohazali, g`ururli bo`ladi. Sho`rolar zamonida bizga ko`proq boshqalarning tarixini o`rgatishdi. Buyuk ajdodlarimiz merosidan faqat mavjud tuzumga xizmat qila oladigan parchalargina yulib olindi. Chunki, sho`rolar tuzumiga g`ururli insonlar emas, balki mute ijrochi kimsalar kerak edi. Tarix o`ziga xos ibrat maktabidir. Kechmishning katta kichik voqealari , zafarlar va mag`lubiyatlar, tantanalar, aslida shohlar, sarkardalar, adiblar, sanatkorlar qismati bilan uzviy bog`liqdir. Tarixni hamma emas, buyuk shaxslar yaratadi. Ularning hayot hikoyalari esa barchamizga ibrat va saboq. Ayniqsa, bizning yurtimizdan chiqqan buyuk shaxslar juda ko`pchilikni tashkil qiladi va ular bugun dunyoni lol qoldirgan. Misol qilib, Xorazm o`g`loni Jaloliddin Manguberdiga Chingizxon uning jasoratiga qoyil qoladi va shunday deydi: Ota o`g`il mana shunday bo`lishi kerak, chunki 10 ta o`g`il bo`lsayu, qo`rqoq, nomard, yurtini tashlab ketadigan, xalqning boshiga og`ir kunlar tushsa, beparvo bo`lsa, bunday o`g`ildan yo`gi yaxshi degan mano kelib chiqadi. Shoir aytganidek Jaloliddin uzoqlarda ayamasdan jon, Ot surganda qilichida yovlar zavoli, Nayza bo`lib sanchilganda ko`ksiga armon Madad bo`lgan unga tanho yurtin xayoli. Yevropa xalqi minnatdor bo`lgan buyuk Sohibqiron Amir Temur deganda biz o`zimizni bilamiz, o`zbek farzandining Amir Temurday o`g`lonni bergan Ollohga shukurlar qilishimiz kerak, O`zbekistonga Samarqandu, Buxoroni ato etib, tabiiy nematlar, yodgorliklar, topilmalar, boy manaviy meros, boy tarixni bergan, jannatmakon yurtni bergan, boshidan qanchadan-qancha suronli og`ir damlar tushganda ham o`zligini unutmagan, Olloh rizosi uchun sabr toqatli, o`zbek xalqini ato etgan bu yurtga, hammamizga yaxshi malumki, boy tariximizni tanishi, ko`rishi uchun har doim yurtimizga sayyohlar kelib , ko`rib tan bermoqdalar, havas qilmoqdalar. Mustaqillikka erishgandan keyin biz o`zimizni asl tariximizni endi o`rganayapmiz, 130 yil mustamlaka bo`lib keldik, tariximiz qoralab, buyuk insonlarimiz, buyuk merosimizni bilmay yashadik. Mana hozir mustaqillik yillarimizda har yili qaysidir buyuk siymoning, qadimiy shaharlarimiz yubileylari nishonlanib, ular haqida juda ko`plab malumotlar xalqimizga etib bormoqda. Yoshlar ongi tafakkuriga har kuni singdirib borishimiz kerakki, kechagi kun va bugungi kunni va kelajak uchun tarixni bilishimiz kerak, ko`proq fidoyi yoshlarimizdan tarixiy malumotlarni ko`proq bilishni uqtirish kerak. Millatning tarixiy xotirasi qanchalik boy, mazmunli va uzviy bog`langan bo`lsa , bu millat shunchalik uyushgan, tadbir, harakatchan,hamjihat bo`ladi, o`z ajdodlari va avlodlarining shaniga yarashadigan xizmatlarni, shularni bajarishga intiladi. Tarixi boy o`zbek millati ham hamma
  • sohada jahonda oliy yurushlarga chiqishi kerak, bunda millatimizni jipsligi, birligi, bilimi, fidoyiligi katta ahamiyat kasb etadi. Topshiriq: Hayot chizig`i mashqi. Tarix-kecha-bugun-ertaga. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 19-mavzu: Haydovchining mehnati (Yo`l harakati qoidalari) Ushbu mavzu 5-6 sinflarda Yo`l harakati qoidalarini o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz 20-mavzu: G`azal mulkining sultoni ( Alisher Navoiy tavalludi oldidan) Kun shiori: Mulki sher haqoni-Navoiy hazrat Maqsad: O`quvchilarda Alisher Navoiyga hurmat, uning ijodiga qiziqishni yanada rivojlantirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida, AAlliisshheerr NNaavvooiiyy aassaarrllaarrii,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Abadiyat bilan qay so`z egizak, Balki yaxshi orzu, yaxshi niyatdir? Mangulik anglanar Navoiy desak, Navoiyning o`zi Abadiyatdir. Abdulla Oripov O`qituvchi: O`zbek tilining asoschisi, g`azal mulkining sultoni, Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi munosabati bilan butun turkiy qavmni muborakbod etamiz!
  • O`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatgan ulug` zotlardan biri bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo“tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so`z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g`ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z san`atkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so`zlovchi biron-bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa. Inson qalbining quvonchu qaygusini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuygusi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni qanchalik bahramand etsak, milliy manaviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli marifiy qurolga ega bolamiz. (Islom Karimov. Yuksak manaviyat-yengilmas kuch. T.Manaviyat.2008 yil 47-48-betlar) 20-vzu: Madaniyat va jamoat arbobi (Z.M.Bobur tavalludi oldidan) Kun shiori: Dilbar shaxs Bobur Maqsad: O`quvchilarda Z.M.Boburga hurmat, uning ijodiga qiziqishni yanada rivojlantirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida, Z.M.Bobur aassaarrllaarrii,, PPiirriimmqquull QQooddiirroovvnniinngg YYuulldduuzzllii ttuunnllaarr aassaarrii,, MMaannaavviiyyaatt yyuulldduuzzllaarrii kkiittoobbii,,shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Toqatim toldi oqibat, Taxtni yov oldi oqibat. O`z yurtim qoldi oqibat, Afg`on ketdim daryo kechib Muhammad Yusuf
  • O`qituvchi: Z.M.Bobur O`rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheriyati o`ziga xos o`rin egallagan adib, shoir, olim bo`lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo`lsa, serjilo o`zbek tilida yozilgan Boburnoma asari bilan jahonning mashur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g`azal va ruboiylari turkiy sheriyatining eng nodir durdonalari bo`lib, Mubayyin (Bayon etilgan), Xatti Boburiy, Harb ishi, Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, sheriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo`lib qo`shildi. Z.M.Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijon, Farg`ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar,tog`-jiyanlar, amakivachchalar o`rtasida hokimiyat ulug` bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlash edi. Topshiriq: Mushoira mashqi. ( Bobur g`azallaridan namunalar) Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 21-mavzu: Qalbida shoirlik bo`lmagan odam matematik bo`la olmaydi (Matematika, informatika fan oyligi doirasida) Kun shiori: O`zbekiston zamini matematik daholarni dunyoga keltirgan zamin Maqsad: O`quvchilarda matematika, informatika fan oyligida faol bo`lishga, matematika va informatiuka faniga qiziqishini ortirishni, fan oyik doirasida tengdoshlariga mehr oqibatni, insoniylik tuyg`ularini rivojlantirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida, Manaviyat yulduzlari, sharq allomalarining
  • matematika haqidagi fikrlari, ular ijodidan namunalar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Beruniy aqlidan Amriqo malum Hakim kimligini Sinomiz aytar! Al-jabrdan bugun kim berar talim, Ko`hna Xorazmdan nidomiz aytar! O`qituvchi: Matematika fan oyligida biz asosan, sizga matematika faniga tamal toshini qo`ygan va o`z hissasini qo`shgan matematik ajdodlarimiz haqida qisqacha siz bilan o`rtoqlashamiz. Bulardan biri, hammamizga malumki, Xorazmiy bobomiz bo`lib, u kishi Xorazm o`lkasida tug`ilib, o`sdi. U dastlabki malumot va turli sohadagi bilimlarni asosan o`z yurtida, Markaziy Osiyo shaharlarida ko`pgina ustozlardan olgan. Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob algebraic asar, Hind hisobi haqida kitob yoki Qo`shish va ayirish haqida kitob- arifmetik asar, Kitob surat-ul-arz-geografiyaga oid asar. Zij, Asturlob bilan ishlash haqida kitob, Asturlob yasash haqida kitob, Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida, Kitob ar-ruhoma, Kitob at-tarix, Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola. Bu asarlarning to`rttasi arab tilida, bittasi Farg`oniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas. Xorazmiy hind raqamlari asosida o`nlik pozitsion sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qiladi. U sonlarning bunday yozilishidagi qulayliklar, ayniqsa, nol ishlatilishining ahamiyatini alohida takidlaydi. Keyin Xorazmiy arifmetik amallarni bayon qilishga o`tadi. Bunda Xorazmiy sonlarning martabalarini, yani razryadlarini etiborga olishni hamda nolni yozishni unutmaslikni uqtiradi, aks holda natija xato chiqadi, deydi u. Xorazmiy shunday deydi: Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o`z ichiga oluvchi Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob ni talif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol
  • taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda va shungdek, yer o`lchash, kanallar o`tkazishda, (amaliy) geometriya va boshqa shunga o`xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir. Topshiriq: O`quvchilarga informatika fanidan savollar beriladi: * Informatika fani nimani o`rgatar ekan? * Informatika fanining bugungi kundagi ahamiyati? * Komputerning qanday turlarini bilasiz? * Printer qanday vazifani bajaradi? Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi 22-mavzu: Oilada tejamkorlik. Kun shiori: Mol-mulkni behuda isrof qilishaqlsizlik, boylikni o`ylamasdan sarflash tanazzul alomatidir Hikmat Maqsad: O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida, PPeeddaaggooggiikkaa,, QQoobbuussnnoommaa,, MMaasshhrriiqq zzaammiinn HHiikkmmaatt bboo`ssttoonnii,, AAbbdduullllaa AAvvlloonniiyy ttaannllaannggaann aassaarrllaarr,,shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Har qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilik qilishda bo`lmaydi Otalar so`zi O`qituvchi: Iqtisod deb pul va mol kabi nematlarning qadrini bilmakni aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o`rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o`rni kelganda so`mni ayamas. Saxovatning ziddi baxillik o`ldig`i kabi iqtisodning ziddi isrofdur. Alloh taolo isrof qiluvchilarni suymas. Iqtisodni riyoya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yasharlar, arilar qish kunida yemak uchun bol
  • yig`ganidek, boshlariga keladurgan qora kunlarni o`ylab, oq pul yig`urlar. Toma-toma ko`l bo`ur, – demishlar. Har narsa ozdan ko`payur. Ko`pni ozayturg`uchi xotun kishi, Ozni ko`payturmak erur er ishi. Hozirgi zamonda maqsudga yetmak, o`z millatiga xizmat qilmak, xalqg`a maqbul bo`lmak uchun ilm va mol lozimdur. Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratli mol va boyliklari ila o`lchanadur. Har yerda boy millatlar og`ir kelub, pallani bosub, xo`ja o`lganidek faqirlari yengil kelub, qul va asir bo`lub,osilib qoladur. Mol topmakning eng barakatli yo`llari: hunarchilik, ekinchilik, chorvachilik, savdogarlikdur. Bularning har biriga ham bu zamonamizda bilim lozimdur. Bobolarimizning Bo`lsa bo`ar, bo`lmasa g`ovlab ketar zamonlari o`tub, o`niga Bilgan bitar, bilmagan yitar zamoni keldi. Amerikaliklar bir dona bug`doy ekub, yigirma qadoq bug`doy olurlar, yovrupolilar o`zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni kelturub, o`zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz osiyolilar, xususan, turkistonlilar, dumba sotub, chandir chaynaymiz, qaymoq berub, sut oshiymiz. So`zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo`lmak uchun ilm va marifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas say, bitmas g`ayrat olzimdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallallohu alayhi vasallam afandimiz: So`ng zamonlarda dinni saqlamak mol ila bo`lur.Iqtisod uzra harakatli kishilar faqir bo`lmas,-demishlar. Yana: Har narsada o`rta iqtisod yo`lini tutmak lozimdur. Ifrot va tafritdan ihtiroz qilmak kerak, hatto din amrinda ham biro dam ortuq so`fiylik sotsa, oxirida o`zi mag`lub bo`lur, – demishlar. Xalq ichinda mo`tabar bir narsa yo`q davlat kabi, Bo`lmag`ay davlat jahonda quvvat-u sihhat kabi. Iqtisod, insof ziynatdur vujudi odama, Yaxshi nemat yo`q kishiga say ila g`ayrat kabi. Abdulla Avloniy Topshiriq: Oilada tajamkorlikning Afzalligi Kamchiligi Xulosa: Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. (O`qituvchi Avloniyning
  • fikrlariga bugungi kundagi oilaga tajamkorlikda nimalarga etibor berish kerakligini bog`lab ketadi) 23-mavzu: Har doim bo`lsin onam! (8 mart Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan) Kun shiori: Jannat onalar oyo`i ostidadur Hadisdan Maqsad: O`quvchilarda aziz onalarga hurmat,munosib farzand bo`lishlik, farzandlari bilan faxrlanib yurishdek tuyg`ini singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida, AAlliisshheerr NNaavvooiiyy aassaarrllaarrii,, oonnaallaarrnnii mmaaddhh eettggaann sshhooiirrllaarr iijjooddiiddaann nnaammuunnaallaarr,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Bir umr axtardim samimiyatni Va uni onalar ko`zida kordim. Zaminday kimgadir topinmoqchiydim, Uni ham onaning o`zida kordim. Abdulla Oripov O`qituvchi: Ona aziz, ona mo`tabar, ona do`st, ona jismu-jonimiz, o`z jonidan farzandini aziz bilgan zot. Ona ertadan kechgacha farzandi tani-jonini, kamolini Ollohdan so`rab duo qilguvchi zot. Kasal bo`lsang, yoki biror bir g`amga botsang sen uchun qayg`urgan mehribon zot bu mushtipar onajoning. To`qqiz oy seni vujudida asragan, hattoki o`sha davrda ham tug`ilajak farzandini, har qanday balolardan saqlashini so`ragan, uni o`zicha katta bo`lsa farzandim buyuk ishlarga qodir farzand bo`ladi deb, orzu qiladi. Ona bir umr farzandi kelajagi uchun qayg`uradi. Ollohim shunday mehribonki, bandalariga ular uchun o`zidan keyin Onani berdi.
  • Kimga yaxshilik qilishim kerak, Rasululloh? Avval onangga, keyin yana onangga, keyin yana onangga, Songra otangga, ulardan keyin boshqa yaqinlaringga. ONA DUOSI. (rivoyat) Qadim zamonda buyuk kushoniylar davlati sarkardasi Pahlavon Shukrilloh otgan ekan. Uning pahlovonligi, dovyurakligi el ogzida doston bolib, jangga sobut-dubulgasiz, qalqonsiz qolida qilich bilan kirar va doim galaba qilar ekan. Davrlar otib Pahlavonning yoshi ellikka boribdi. Bir kuni temirchining oldiga borib, oziga qalqon, sovut buyurtiribdi. Navbatdagi jangda pahlavon sovut-qalqon va qilich bilan paydo bolibdi. Shunda atrofdagilar hayron bolib sorashibdi: Ey, sarkarda, bu holda hech janggakirmas edingiz-ku Sarkarda bir xorsinib debdi: Janglarda meni duo qilib turguvchi onaizorim olamdan otdi. Bu duo menga qolqon, sovut edi, oq otkazmas dubulga edi. Endi u kishi yoq. Qisqa savol-javoblar 1. Onaga atab yozilgan kitob va uning muallifi kim? A) Odil Yoqubov Kohna dunyo. B) Said Ahmad Ufq. C) Otkirov Hoshimov Dunyoning ishlari. D) Xudoyberdi Toxtaboyev Sariq devni minib. 2. Qaysi allomaning onasi Ollohdan iltijo qilib farzandining kozini ochishini sorab iltijo qiladi? A) Abu Ali Ibn Sinoning. B) Imom al-Buxoriyning. C) Imom at-Termiziyning. D) Abu Rayhon Beruniyning. 3. .-gul bilan lola. Maqolni davom ettiring. 4. Biz Vatanni kimga qiyoslaymiz va nima uchun? 5. Ona Vatan sozi rus tilida qanday ataladi? 6. Ona Vatan sozi ingliz tilida qanday ataladi? 7. 2001 yil Yurtboshimiz tomonidan qanday yil deb nomlandi? Topshiriq: Sinkveyn usuli 1.Ot. Ayol. 2. Sifat. (ikki sozdan iborat boladi) Latofatli, nozik xilqat. 3. Fel. (uchta sozdan iborat boladi).Ayol gozallikni yaratadi. 4. Gap. (tarif bering) Eng yaxshi ayollar farzandi kop, har bir ishda tadbirkor bolgan, samimiy va mehribon qalb egalaridir.
  • 5. Ot. (ozini yoki sinonimini yozasiz) Ayol yaratuvchi. 1. Ot. Mening onam. 2. Sifat. (ikki sozdan iborat boladi) 3. Fel. (uchta sozdan iborat boladi) 4. Gap. (tarif bering) 5. Ot. (ozini yoki sinonimini yozasiz). Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 24-mavzu: Tabiat va inson. (Kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida) Kun shiori: Inson bilan tabiat uzviy bir-biri bilan bog`liq, ularni ayro tasavvur etish mumkin emas Maqsad: O`quvchilarda biologiya, kimyo fan oyligida faol bo`lishga, tabiatga hurmat, insonlarga nisbatan mehr oqibatni, insoniylik tuyg`ularini rivojlantirish. . Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida, AAlliisshheerr NNaavvooiiyy aassaarrllaarrii,, sshhaarrqq aalllloommaallaarriinniinngg ttaabbiiaatt vvaa eekkoollooggiiyyaa hhaaqqiiddaaggii ffiikkrrllaarrii,, uullaarr iijjooddiiddaann nnaammuunnaallaarr,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Bobur bobomiz ajoyib botanik bo`lgan. O`qituvchi: Hayvonot dunyosi insonning eng qadimiy hamrohidir. Ota-bobolarimiz o`z farzandlarini tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiya qilganlar. Beziyon bo`lgan oddiy qurt-qumursqani ham o`ldirish gunoh deb ularni qulog`iga quyganlar. Til-
  • zaboni yo` jonivorga ozor berma, gunoh bo`ladi!, Sigir-oilaning bozori, Tovuq-yetti xazinaning biri, Qo`y bor uyda baraka bor singari hikmatli naqllar to`qilgan. Muhammad alayhissalom hadislaridan birida shunday deyilgan: Ekmoq niyatida qo`lingizda ko`chat turgan paytda, bexosdan qiyomat qoyim bo`lib qolishi aniq bo`lganda ham, ulgursangiz, uni ekib qo`ying. Inson ehtiyoji uchun zarur bo`lgan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdan olinadi, hattoki insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklash uchun zarur bo`lgan dori- darmonlar ham ona tabiatda yetishgan mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birirta ortiqcha azo bo`lmaganday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo`q. Ularning hammasi hayot uchun zarur. Bobur bobomiz ajoyib botanik bo`lgan. U o`simliklarni sevgan va yaxshi bilgan. U juda ko`p giyoh va mevalarni, ularning xosiyatlari va ahamiyatini tariflaganki, haqiqatda bog`bon bo`lgan kishi, asl tabiatshunosgina buning uddasidan chiqa oladi. Topshiriq: Munosabat texnologiyasi Umumiy tushuncha: Mashg`ulot boshida o`qituvchi o`quvchilarni mashg`ulotni o`tkazish tartib-qoidalari va unga qo`yilgan talablar bilan tanishtiradi va Tabiat va inson degan fikrni o`rtaga tashlaydi. So`ngra o`qituvchi o`quvchilar orasida Aqliy hujum o`tkazadi. Aqliy hujumni o`tkazish vaqtida o`quvchilar yuqoridagi fikrda keltirilgan shaxsning uchta sababi bo`yicha o`z fikrlarini erkin va faol bayon eta boshlaydilar. O`qituvchi bu fikrlarni o`quv xonasi taxtasiga yoki unga ilingan vatman qog`oziga yozib boradi: Tabiat Inson Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
  • 25-mavzu: Milliy urf-odatlarimiz va ananalarimiz (21mart Navro`z bayrami munosabati) Kun shiori: Har tuning qadr o`libon, Har kuning o`lsun Navro`z Alisher Navoiy Maqsad: O`quvchilarda milliy urf-odatlarimiz va ananalarimizga hurmat,milliyligini yo`qotmaslik, boy,qimmatli asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolishni singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida, AAlliisshheerr NNaavvooiiyy aassaarrllaarrii,, NNaavvrroo`zznnii mmaaddhh eettggaann sshhooiirrllaarr iijjooddiiddaann nnaammuunnaallaarr,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Yuraklarga solib hayojon, Eshik qoqar biz kutgan mehmon. Yelkasida bayram libosi, Qo`llarida ochil dasturxon. Dala dashtga bag`ishlab chiroy, Yurtga keldi yana ko`klamoy. Komil Sindarov
  • O`qituvchi: Aslida, har qanday anana, urf odat hamda rasm rusumlar muayyan hayotiy zarurat tufayli paydo bo`lgan. Ular muayyan xalqning turmush tarzi, ruhiyat, manaviy dunyosi orzu istaklarining ifodasi bo`lib, ketma ket kelguvchi avlodlar manaviy axloqiy qiyofasining shakllanishiga ham hal qiluvchi tasir o`tkazadi. Aksariyat ananalar mazmun mohiyatida xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikk, yaxshilikka chorlashdek o`lmas g`oyalar yotadi. Ular davrlar talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib, shunday ananalar borki ular o`zining ijobiy tasiri, ko`pchilikni ruhiy ehtiyojlariga mos tushishiga ko`ra umrboqiylik kasb etib, xalqning manaviy qadriyati darajasiga ko`tariladi. Sharq xalqlarining ana shunday manaviy boyliklaridan biri Navro`zdir. Navro`z yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg`onishiga guvoh bo`lmish yangi kunning boshlanishidir. Navro`z forscha so`zi bo`lib, yangi kun degan manoni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21 mart kuni kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, Navro`z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin tekin ishlarini boshlanish pallasiga to`gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday tariflaydi: Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi yu sochi, Tun kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z. Navro`z juda qadimiy bayramdir. Bu faktni o`tmish allomalarimiz o`z asarlaridan asoslab berganlar. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlikka Umar Hayyomning Navro`znoma , Abulqosim Firdavsiyning Shohnoma, Xoja Ali Termiziyning Navro`znoma , Alisher Navoiyning Saddi Iskandariy asarlari Navro`z va uning paydo bo`lish tarixi, u bilan bog`liq urf odat, rasm rusumlar haqida muhim malumotlarni beruvchi qimmatli manbalardir. O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov xalqqa va uning manaviyatiga qarshi qaratilgan xurujlarga dadil qarshi chiqib, Navro`zni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash lozimligini qatiy aytganidan keyingina bu ko`hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Mustaqillik yillarida esa Navro`z bayrami ilgari hech qachon ko`rilmagan ko`lam va shukuh la madaniy hayotimizdan munosib joy oldi.
  • TTooppsshhiirriiqq:: Navro`z bayrami bilan bog`liq bo`lgan anana va udumlarimizni Diolog usulida ochib beradilar. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 26-mavzu: Sohibqiron Amir Temur (Amir Temur tavalludining 678 yilligi munosabati bilan) Kun shiori: Amir Temur faxrimiz-g`ururimiz Islom Karimov Maqsad: O`quvchilarda Sohibqiron Amir Temur bo`lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish, Amir Temur bobomiz faxrrimiz-g`ururimiz ekanligini singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida, AAlliisshheerr NNaavvooiiyy aassaarrllaarrii,, TTeemmuurrnnoommaa,, TTeemmuurr ttuuzzuukkllaarrii,, SSaarrbbaaddoorrllaarr,, BBuuyyuukk TTuurroonn aammiirr yyooxxuudd aaqqll vvaa qqiilliisshh,, BBuuyyuukk ssiiyymmoo,, AAmmiirr TTeemmuurr cchhaammaannii kkiittoobbllaarrii,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: AAmmiirr TTeemmuurr bbeesshh nnaarrssaaggaa eettiiqqoodd qqoo`yyggaann:: 11.. AAlllloohh.. 22.. TTaaffaakkkkuurr.. 33.. QQiilliicchh.. 44.. IImmoonn.. 55.. KKiittoobb.. O`qituvchi: AmirTemur, Sharafuddin Ali Yazdiyning bergan malumotiga ko`ra, xijriy 736 yil ( milodiy 1336 yil 9 aprel) da Qashqadaryo vohasining Shaxrisabz (Kesh)
  • bekligiga qarashli Xo`ja Ilg`or qishlog`ida, barlos Tarag`ay xonadonida tavallud topgan. Temur o`smirlik yoshidanoq Quronni yod bilgan. Uni ulamolar imtihon qilishib, quvvai xotirasiga tasannolar aytishgan. O`n ikki yoshga to`lganida u: bolalarcha o`yinlardan orlanadigan bo`ldim va vaqtimni o`zimga tengqur o`spirinlar bilan o`tkazishga harakat qildim , deydi. Sohibqiron Amir Temur Movaounnahrning yagona hukmdori bo`lib olgach, buyuk saltanat barpo etishni o`z odiga maqsad qilib qo`yadi. O`zining porloq istiqboliga katta umid va ishonch bilan qaragan Temur ruhiyatini nafaqat o`zining tug`ma bahodirligi va jasorati bilan, balki ayni zamonda Allohga va Quronga bo`lgan ishonchu etiqodi bilan ham mustahkamlagan edi. Bu hol uning har qanday og`ir va qiyin sharoitlarda ham to`g`ri tadbir belgilash va undan chiqib ketishini taminlar edi. Taqdirni bilishda Quroni Karim, ilmi nujumga, tush tabirlariga, turli xil bashoratlarga va mushkul masalani hal qilmoqchi bo`lsa, avval Quronni dasturlamal deb bilardi. Amir Temurning buyuk saltanat barpo qilish bobidagi say-harakatini shartli ravishda ikki davrga bo`lish mumkin. Birinchi davr 1370-1388 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davrda Amir Temur asosan turkiy xalqlardan tashkil topgan Chig`atoy mulkini markazlashgan qudratli davlatga birlashtirish uchun kurashadi. Ikkinchi davr 1388-1405 yillardir. Bu davrda Amir Temur o`z davlati hududini kengaytirish va buyuk saltanat barpo etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Shu narsa alohida etiborga loyiqki, Sohibqiron qaysi bir mamlakatga lashkar tortib borganligidan qati nazar, u adolatni himoya qilgan, insof va diyonat uchun jangga kirgan. Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo`ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi. TTooppsshhiirriiqq:: TTaarriiff mmeettooddii,, bunda o`quvchilar Amir Temur bobomizga o`zlarining mustaqil tariflarini beradilar. Bunda avvalo o`quvchilarning so`z boyligi, shaxsiy dunyoqarashi, erkin fikrlashi, insonlarning xususiyatlarini anglay olish qobiliyati,zukkoligi shakllanadi. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 27-mavzu: Eng baxtli odam kim? ( Tasviriy sanat, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida) Kun shiori: Dunyodagi asl boylik o`z halol mehnating samarasi Maqsad: O`quvchilarda fan oyliklarida faol bo`lishga, mehnat qilishga o`rgatish, sanatni va musiqani tushunishni singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston
  • mustaqillikka erishish ostonasida, AAlliisshheerr NNaavvooiiyy aassaarrllaarrii,, TTeemmuurrnnoommaa,, TTeemmuurr ttuuzzuukkllaarrii,, SSaarrbbaaddoorrllaarr,, BBuuyyuukk TTuurroonn AAmmiirr yyooxxuudd aaqqll vvaa qqiilliisshh,, BBuuyyuukk ssiiyymmoo,, AAmmiirr TTeemmuurr cchhaammaannii kkiittoobbllaarrii,, MMaannaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Yoz oftobi qishga dori. Mehnat salomatlik garovi. Miskin O`qituvchi: Har bir xalq mehnarsiz, sanatsiz va musiqasiz hech qachon yashay olmaydi. Lekin, o`sha mehnat, tasviriy sanat va musiqa ham milliy va jahon talablariga javob bersagina. Mehnat, asosan, ikki turli bo`ladi: aqliy mehnat va jismoniy mehnat. Insoniyat qo`llari yordamida jismoniy kuch sarflab amalga oshiriladigan ishlar jismoniy mehnatni aqliy mehnatdan ajralgan holda tushunish mumkin emas. Jismoniy mehnat aql yordamidagina mazmunli, yaxshi sifatli va mahsuldor bo`ladi: aqlli odam ketmon chopsa ham, traktor haydasa yoki zavod-fabrikada biror jismoniy vazifani amalga oshirsa, uning ishi yaxshi natija beradi. Aql aralashmagan ishning mahsuli bo`lmaydi. Aqliy mehnat egalari o`qituvchilar, shifokorlar, olimlar, shoir-yozuvchilar, noshirlar va boshqalar bo`lib, ular manaiyat egalaridir. Agar jismoniy mehnat egalari jamiyatni iqtisodiy tomondan tamin etishsa, aqliy mehnat egalari insoniyatning manaviy yuksalishiga xizmat qiladilar. O`quvchi aqliy mehnat egasi bo`lib, hamisha o`qiydi, yozadi va o`z manaviy olamini boyitish yo`lida mehnat qiladi. Oilada, jamoat orasida jismoniy mehnat bilan shug`illanishga to`g`ri keladi, maktabda esa o`z sog`lig`ini mustahkamlash uchun badantarbiya darslariga qatnashadi. O`quvchining o`z odabini namoyish qiladigan yana bir imkoniyati borki, bu uning jamoa mehnatida faol ishtirok etishidir.
  • Topshiriq: O`quvchilarning I-guruhiga: Maktabda hashar mavzusida rasm chizadilar, II-guruhiga: Musiqa asboblarini tezlik bilan aytish. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 28-mavzu: Maxsus avtomobil va mototsikllar haqida suhbat (Yo`l harakati qoidalari) Ushbu mavzu 5-6 sinflarda Yo`l harakati qoidalarini o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz 29-mavzu: Yurt tinch- ko`ngil tinch (Xotira va qadrlash kuni oldidan) Kun shiori: Xotira uyg`onsa go`zal Maqsad: O`quvchilarda xotira muqaddasligini anglatishni, o`tganlar ruhini shod etishlikni, tiriklar qadriga yetib yashahlikni singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida, AAlliisshheerr NNaavvooiiyy aassaarrllaarrii,, TTeemmuurrnnoommaa,, TTeemmuurr ttuuzzuukkllaarrii,, SSaarrbbaaddoorrllaarr,, BBuuyyuukk TTuurroonn aammiirr yyooxxuudd aaqqll vvaa qqiilliisshh,, BBuuyyuukk ssiiyymmoo,, AAmmiirr TTeemmuurr cchhaammaannii kkiittoobbllaarrii,, MMaannaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Xotira dunyoda aziz, mo`tabar, U-ona, u-ustoz, u-suyuk padar.. Va lekin qimmati qolmasdi uning, Eslaydigan zuryod bo`lmasa agar. Abdulla Oripov O`qituvchi: Xalqimiz qadim-qadimdan o`z ajdodlarini munosib xotirlab kelgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 12 maydagi farmoyishiga binoan, 9 may Xotira va qadrlash kuni sifatida nisholanadigan bo`ldi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Vatan va
  • xalq ozodligi yo`lida qurbon bo`lgan fidoiylar xotirasini abadiylashtirish to`g`risidagi qarori ham e`lon qilindi. Ajdodlarimiz azal-azaldan vafot etgan yaqinlari, qarindoshlarini eslab qabristonlarga borishgan, qabrlarni tozalab, atrofiga tol-terak, gulu rayhonlar ekkan, yaxshi fazilatlarini xotirlashgan. Yurtimizda Islom dini joriy qilinishi bilan Qurbon hayiti, Ramazon hayiti arafalarida marhumlar eslanib, ularning ruhiga duoi fotiha o`qilgan. Tongda qabristonga borilib, qabrlar ziyorat qilingan. Marhum ota-onalar, aka-opalar, qarindosh-urug, ustozlar, jamiki bu dunyodan o`tib ketganlar esga olingan. Hozirgi vaqtda yurtimizda Xotira va qadrlash kunini nishonlash borasida talaygina ibratli ishlar qilinmoqda. Ajdodlarimiz xotirasini ezozlash borasidagi ana shunday olijanob ishlarga Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida Toshkent shahri markazida barpo qilingan Shahidlar maydoni, Motamsaro ona haykali yaqqol misol bo`la oladi. Xotira va qadrlash maydoni 1999-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va rahbarligida barpo etilgan memoriy majmuadir. U Mustaqillik maydoni xiyobonidagi mangu alanga yodgorligi atrofida joylashgan. Uning bir tomonida ayvonlar qad ko`targan bo`lib, uning tokchalariga o`rnatilgan metal taxtalarga Ikkinchi jahon urushida halok bo`lgan o`zbekistonlik barcha jangchilarning ismi-sharifi yozilgan. Ayvonlar milliy ananaviy memorlik uslubida qurilgan bo`lib, majmuani bunyod etishda o`ymakorlik bilan jozibador bezak ishlari amalga oshirilgan. Topshiriq: O`quvchilar 4 guruhga bo`linib, o`zlariga berilgan savolga malumotlar to`playdi. I-guruhga: Ikkinchi jahon urushi; II-guruhga: O`zbek xalqining urushga qo`shgan hissasi; III-guruhga: Ikkinchi jahon urushi qahramonlari; IV-guruhga: Ikkinchi jahon urushidan omon qaytganlarga etibor. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 30-mavzu: Birinchi yordam ko`rsatish (Yo`l harakati qoidalari) Ushbu mavzu 5-6 sinflarda Yo`l harakati qoidalarini o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz 31-mavzu: Ko`p til o`rganishning foydasi (Xorijiy tillar fan oyliklari doirasida) Kun shiori: Ko`p bilish davr talabi Maqsad: O`quvchilarda ko`p tillarini o`rganishga qiziqishni uyg`otish, ular qalbida boshqa tillarni hurmat qilish tuyg`ularini singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
  • Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch, O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida, AAlliisshheerr NNaavvooiiyy aassaarrllaarrii,, TTeemmuurrnnoommaa,, TTeemmuurr ttuuzzuukkllaarrii,, ,, MMaannaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Til- xalqlar o`rtasida do`stlik aloqasi mustahkamlaydi O`qituvchi: Hammamizga yaxshi malumki, xalqimiz azaldan bir necha tillarni bilgan. Chunki, allomalarimiz turkiy va fors tilida ashorlar bitgan. Bizning davlatimizda 130 dan ortiq millatlar yashaydi. Davlatimizda 7 tilda maktablar faoliyat yuritadi. O`zbek xalqi tojik, qozoq, turkman, uyg`ur, qirg`iz, qoraqalpoq tillarini bilgan. Bugun xalqimiz hattoki, jahon tillarini o`rganmoqda. Bizning yoshlarimiz orasida beshta, yettita tillarni biladigan yoshlar ko`paymoqda. Jahon tillari-ingliz, nemis, fransuz, ispan, rus tili, yapon, xitoy, kores tillariga etibor juda katta. Yozuvchi va shoirlarimiz ham jahon adabiyoti durdonalarini bizga chiroyli holda yetkazib bermoqda. Xalqimiz jahon durdonalridan har doim bahramand bo`lishadi. Topshiriq: O`quvchilar ingliz tilida Mening vatanim mavzusida kichik matn tuzadilar. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. 32-mavzu: Buyuruvchi belgilar (Yo`l harakati qoidalari) Ushbu mavzu 5-6 sinflarda Yo`l harakati qoidalarini o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz 33-mavzu: Yozda qanday dam olamiz? Kun shiori: Yoz qanday sozl Maqsad: O`quvchilarda yozgi tatilni mazmunli o`tkazishlikni, yozgi oromgohlarga borganda, yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Yozgi tatilda o`qiydigan kitoblar ro`yxati, yani bolalar yozuvchilarining asarlari. Doskada: Yoz. Vaqtning o`tganin bildirmagay hech, Yoz saxiy, qo`lida sovg`a-salomi.
  • Vujudni to`ldirib tindirmagay hech, Uch oy eslamagay hech zot zavolin. Usmon Azim O`qituvchi: O`quv yili ham tugab bormoqda. O`quv yilini har o`quvchi o`ziga xos bo`lgan holatda tugatdi. Bu davrda juda ilmlarga ega bo`ldingiz. Juda ko`p fan sirlaridan ogoh bo`ldingiz. Bir qancha tadbirlarda qatnashib, boy inteluktual bilimga ega bo`ldingiz. Hash-pash deguncha yozgi tatilga yetib keldingiz. Yoz juda yaxshi bu avvalo, bolalarga zavq bag`ishlaydi. Ko`pchilik o`quvchilarimiz oromgohlarga, bazilari tabiat quchog`iga, bazilari boshqa viloyatlarga dam olishga ketadilar. Dam olishga borganda

Daryolar(5-sinf,21-dars)

III – chorak 22 – dars
MAVZU: DARYOLAR
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga daryolar va ularning qismlari tarkibi, turlari, to‘yinishi, rejimi haqida bilim berish; tog‘ va tekislik daryolarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berisli; ularga tabiiy geograflk xaritalardan daryolarni topishni o‘rgatish va sayyoramizdagi yirik daryolarni nomlarini aytib xaritadan topa olishni, daryolarga reja asosida ta’rif yozish ko‘nikmasini sliakllanlirish.

Darsning vazifalari: o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarni shakillantirish, Tabiatga mehr va muhabbat uyg‘otish asosida ekologik tushunchalarni kengaytirish.

Darsning rivojlanliruvchi maqsadi: mustaqil ishlash va u orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o‘rgatish. nutqni o‘stirish, fanga qiziqishni orttirish.

Dars o‘tish usullari: “Aqliy hujum”, “ha-yoq”, “Grafik test”.

Dars jihozlari: Globus, mavzuga oid jadvallar, daryolar aks etgan rangli rasmlar, yozuvsiz xarita, 5-sinf o‘quv atlasi, tarqatma materiallar, yarimsharlar tabiiy xaritasi, O‘zbekiston tabiiy xaritasi, slaydlar.

Atama va tushunchalar: daryo, daryo havzasi, suv ayirg‘ich, daryolar manbai, mansabi, tog‘daryolari, tekislik daryolari, daryo vodiysi, daryo o‘zani, irmoq, daryo sistemasi, sharshara, ostona, daryolar to‘yinishi, daryolar rejimi, suv sarfi, suv sathi, daryolar suvini muhofaza qilish.

Geografik ob’yektlar:

Daryolar: Nil, Amazonka, Kongo, Missisipi, Gang, Volga, Dnepr, Ycni-sey, Ob, Lena, Yanszi, Xuanxe, Amudaryo, Sirdaryo. Sharsharalar: Anxel, Niagara, Viktoriya.

O‘quvchilar egallash lozim bo‘lgan BKM elementlari

  • Daryo va uning qismlari haqida bilish;
  • Daryo sistemasi haqida bilish;
  • Daryo vodiysi va uning elementlari bilish;
  • Ostona va sharsharalar haqida bilish;
  • Daryolarning to‘yinishi manbai va mansabi qayerdaligini bilish.
  • Daryo sistemasi va uning elementlarini aniqlay olish;
  • Daryo havzasi chegaralarini aniqlay olish;
  • Oqim yo‘nalishi va relyefning bog‘liqlik qonuniyatlarini ayta olish;
  • Xaritada daryo va uning elementlarini ko‘rsata olish;
  • Yozuvsiz xaritada daryo va uning elementlarini tasvirlay olish;
  • Daryoga reja asosida tavsif yoza olish.

Darsning blok chizmasi

davomiyligi

Nazorat bosqichi “Blis so‘rov”

a) “Klaster” usuli yordamida o’quvchilarning daryolar haqidagi bilimlar hajmi aniqlab olinadi.

b) yangi mavzu bayoni- daryo elementlarini ko‘rgazmali usulda muammoli bayon etish o‘quvchi bilimlarini to‘ldirish.

c) grafik usulida test topshirig‘i

d) mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa
8 daqiqa

Tashkiliy qism.

Dars avvalida salomlashib, o‘quvchilar davomati aniqlanadi. O‘quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof-muhitdagi tabiiy o‘zgarishlarga sharh beradilar. O‘quvchilaming darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.

Guruhlash.O‘quvchilar qatorlar orqali uch guruhga bo‘linadi: “Amudaryo”, “Orol”, “Sirdaryo” guruhlari.

Nazorat bosqichi

Nazorat bosqchi “Blis” so‘rov orqali sinf o‘quvchilarini to‘liq nazorat qilishdan iboratdir.

Nazorat bosqichida “Blis” so‘rov asosida barcha o‘quvchilar individual tekshirib chiqiladi. “Blits” so‘rov o‘tkazishda “ha-yoq” usulidan foydalanish yaxshi samara beradi.

BLIS” so‘rov topshiriqlari

Shakli: “ha-yoq”

  1. Granit va qumtosh suvni yaxshi o‘tkazmaydi
  1. Grunt suvlarining sathi bahorda yuqori bo‘ladi
  1. Tabiiy buloqlarning ko‘pchiligi grunt suvlaridan paydo bo‘ladi
  1. Shag‘al va qum qatlamlari orasida yer osti suvlari to‘planishi mumkin
  1. Tog‘ jinslari qancha g‘ovak bo‘lsa suvni shuncha sekin o‘tkazadi

BLITS” so‘rov topshiriqlari uchun javob varaqasi:

Topshiriqni bajarish tartibi:

  • 9-10 ta to’g’ri javob uchun “5” ball
  • 7-8 ta to’g’ri javob uchun “4” ball
  • 5-6 ta to’g’ri javob uchun “3” ball
  • 4 ta va undan kam javob uchun “2” ball

Yangi mavzuning bayoni

Reja:
1.Daryo va uning elementlari

2.Daryo havzasi va suvayirg‘ich

3.Tog‘ va tekislik daryolari

4.Daryolarning suv rejimi

5.Daryolardan xo‘jalikda foydalanish
Daryo nima? Kim daryoni ko‘rgan? Siz o‘zingiz ko‘rgan daryo haqida so‘zlab bering. Juda to‘g‘ri. O‘zan deb ataluvchi chuqurlik-da oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. O‘zan daryo vodiysining suv oqadigan chuqur qismi. 42- rasmdan daryo vodiysi haqida gapirib bering.

Odatda daryolar doim oqib turadi. Lekin iqlimi quruq o‘lkalarda issiq, yog‘in kam vaqtlarda goho qurib qoladigan daryolar ham bor. Ularni vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi.

Har bir daryoning boshi va quyar joyi bo‘ladi. Daryo boshlana-digan joy uning manbai deb ataladi. Sirdaryo va Amudaryo baland tog‘lardagi qor va muzliklardan boshlanadi. Volga daryosi tekislik-da, ko‘ldan boshlanadi. Daryolar qayerdan boshlanmasin, ularning irmoqlari bo‘lsa, katta sersuv daryolarga aylanadi. Irmoqlar deb daryo-ga yon tomondan kelib quyiladigan kichikroq daryolarga aytiladi. Ko‘pchilik daryolar okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryolarga kelib quyiladi.

Daryoning oke­an, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryoga quyiladigan joyi dar­yoning mansabi deyiladi (O‘rta Osiyoning tabiiy xaritasidan Sirdaryoning manbaini, mansabini, Chirchiq va Qoradaryo irmoqlarini toping.)

Bosh daryo o‘zining barcha irmoqlari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi

Daryo havzasi va suv­ayirg‘ich. Yerga shimilishga ulgurmagan va bug‘lanib ketmagan hamma suv daryolarga oqib tushadi. Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydoni daryo havzasi deb ataladi

Amazonka sayyoramizning eng yirik daryosi Uning uzunligi-(Ukayali daryosi bilan) 6400 km ni tashkil qiladi

Hamma daryolarning, hatto eng kichik daryolarning ham o‘z havzasi bo‘ladi. Amazonka havzasi dunyoda eng katta daryo bo‘lib, uning maydo­ni 7 mln km 2 dan iborat.

Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan che-gara suvayirg‘ich deyiladi. Suvayirg‘ichlar tog‘larning qirralariga, te-kisliklarda esa balandroq joylarga to‘g‘ri keladi.

Tog‘ va tekislik daryolari. Tog‘ daryolari tekislik daryolariga qaraganda juda tez oqadi. Vodiylari tor va chuqur bo‘ladi. Ko‘p daryolar tog‘lardan boshlanib, tekislikka oqib chiqadi va tekislik daryosiga aylanadi. Bunday daryolarga Sirdaryo, Amudaryo va Zaraf-shon daryolarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Sirdaryo Tyanshan tog‘larida 6000 m balandlikdan boshlanadi. Tog‘lar orasidagi chu­qur daralarda hayqirib oqadi. Tekislikka chiqqanidan keyin keng o‘zanda yoyilib, sekin oqadi. Daryolar tog‘larda yemirib oqizib kelgan tog‘ jinslari tekislikda cho‘kib, cho‘kindi jinslarni hosil qi­ladi. Daryolar suvidan cho‘kindi jinslarning cho‘kish qonuniyatini birinchi bo‘lib Abu Rayhon Beruniy aniqlagan.

Daryolar suvi baland joylardan otilib tushib, sharsharalar hosil qiladi. Dunyodagi eng baland sharshara Janubiy Amerikada, Churun daryosidagi Anxel sharsharasi. Uning balandligi 1054 m. Lekin suvi ko‘p emas. Eng sersuv sharsharalardan biri Shimoliy Amerikadagi Niagara sharsharasidir. Bu sharshara 51 m balandlikdan otilib tushadi. Yana bir katta sharshara Afrikadagi Viktoriya sharsharasi Unda suv 120 m balanddan otilib tushadi ( Nolari aytilgan sharsharalarni Yarim-sharlar xaritasidan toping).

Daryolarga suv qayerdan keladi? Daryolar yomg‘ir, qor, muz suv-lari, buloqlar suvilardan to‘yinadi. Baland tog‘lardan boshlanadigan daryolar tog‘lardagi muzliklar suvi bilan to‘yinadi. Ular yozda scrsuv bo‘ladi (Nega?). Amudaryo bilan Zarafshon daryosi ana shunday daryolar hisoblanadi. Ba’zi daryolarga yomg‘ir suvi ham, qor suvi ham, yer osti suvlari ham tushadi. Sunday daryolarni aralash to‘yinuvchi daryolar deyiladi. Sirdaryo shunday daryolar sirasiga kiracli.

Daryolar qadim zamonlardan kishilarni chuchuk suv bilan ta’min-laydigan asosiy manba bo‘lib kelgan. Suvdan yaxshiroq foydalanish uchun daryolarga suv omborlari quriladi, kanal va ariqlar qazib qurnq yerlarga suv chiqariladi.

Suvni iflos qilmasdan, tejab-tergab foydalanish har birimizning muqaddas burchimiz hisoblanadi. Buni aslo unutmaylik.
Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar.

Grafik test.
Daryoning elementlari rasmlardagi qaysi harflarga mos kelishini aniqlang?

1.daryoning manbai 2.daryoning mansabi 3.dayoning o‘ng irmog‘i

4.daryoning o‘zani 5.daryoning qayiri 6.daryoning chap irmog‘i

7.daryoning vodiysi 8.daryoning havzasi 9.daryoning suvayirg‘ichi

Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqni bajarish uchun tavsiyalar.

Topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlari:

  • Qisqa vaqtda mustahkamlash nazoratini amalga oshirish
  • Barcha o‘quvchilarning BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini nazorat qila olish
  • O‘quvchilarda geografik ob`ekt to‘g‘risida tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi
  • Nazorat usulining soddaligi
  • Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi

Topshiriqni bajarish tartibi:
1.Topshiriq doskada yoki slayd yordamida o‘quvchilarga taqdim etiladi.*
2.O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
a b c h k d m j e l

3. Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach oqituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini aniqlaydi
Uy vazifa uchun savol va topshiriqlar

1. Daryo tushunchasining eng muhim belgilarini ayting.

2. Daryo sistemasi, boshlanish joyi, quyilishi joyi, daryo havzasi, suv ayirg‘ich, daryo o‘zani deb nimaga aytiladi? Ularni chizmada aks ettiringchi?

3. Daryolardan biriga quyidagi reja asosida ta’rif bering.

2). Qaysi materikda va uning qaysi qismida joylashgan?

3). Qayerdan boshlanadi?

4). Qayerga quyiladi?

5). Qaysi okean yoki dengiz havzasiga mahsub?

6). Xo‘jalikdagi ahamiyati.

Uy vazifasini bajarish uchun tavsiyalar

Uy vazifasi uchun berilgan topshiriq murakkab topshiriqlardan sanaladi. U bir vaqtning o‘zida barcha BKM elementlarini qamrab oladi, shu sababli uy vazifasining o‘quvchilar tomonidan bajarilisiga o‘qituvchi alohidsa e`tibor berishi lozim.

  • Reja asosida ta`rif berish uchun ma`lumotlarni topish oson bo‘lgan daryolarni tanlang. Eng yaxshisi, agar mavjud bo‘lsa o‘zingiz yashaydigan joydagi daryoni tanlash yaxshi samara beradi.
  • O‘quvchilarga topshiriqni bajarish tartibini mukammal tushuntirib bering.
  • O‘quvchilarga uy vazifasini bajarishda zarur bo‘ladigan qo‘shimcha manbalar topishda yordam bering.

Darsni yakunlash:

Darsga yakun yasash, baholarni e`lon qilish.
IV – chorak 28 – dars
Mavzu: Ob-havo va iqlim
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda havo namligi, havodagi suv bug‘i, mutloq namlik haqidagi bilim va tushunchalarni shakllantirishda davom etish; boshlang‘ich sinfda Tabiatshunoslik fanidan ob-havo, ob-havodan darak beruvchi belgilar haqida olgan bilimlarini eslatish; ob-havo elementlari, uning ahamiyati, iqlim, iqlimning geografik kenglikka bog‘liqligi haqida bilim berish.

Darsning vazifalari:

O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas, xaritalar va rasmlar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.

O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.

Darsning uslubi: “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlar bilan ishlash”, “Amaliy mashg‘ulot”.

Kutilayotgan natijalar.

Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, barcha o‘quvchilar yakka tartibda baholanadi. boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.

O‘quvchi:

Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar

Dars jihozi:

Dunyoning tabiiy va iqlim xaritalari, mavzuga oid ko‘rgazmali rasmlar, 5-sinf o‘quv atlasi, yozuvsiz xarita, darslik, tarqatma savollar.

Dars rejasi:

1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa).

2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

3.“Amaliy topshiriq” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (8daqiqa).

4.Yangi mavzu bayoni. (10 daqiqa).

5.Ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga rasm chizish

6. Guruhlar taqdimoti (10 daqiqa).

7. “Qisqa muddatli test sinovi” (3 daqiqa).

8. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa).

9. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa).

1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa).

Darsning tashkil etilishi:

a) salomlashish, davomatni aniqlash;

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;

2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

O`quvchilar iqlim elementlariga ko`ra 5 ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi (emblemalar ilova qilinadi).

I-guruh. Quyosh

II-guruh. Bulut

III-guruh. Shamol

IV-guruh. Yomg`ir

V-guruh. Qor

O`quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi:

Oltin qoidalar:

2. Vaqtga rioya qilish.

3. Aytilgan fikrni takrorlamaslik.

5. To`g`ri javob uchun rag`bat.

6. O`ng qo`l qoidasi.

7. “Bir yoqadan bosh chiqarish”.

Ishlab chiqilgan oltin qoidalar doska chetiga osib qo‘yiladi.

3.“Amaliy topshiriq” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (8daqiqa).

Guruhlar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan topshiriqlarni tanlab oladilar. (topshiriqlar ilova qilinadi).

1-topshiriq
Kuzatuv materiallari asosida havo harorati (30 kunlik) grafigini chizing.

Kunlar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30
t 0 15 17 17 18 19 20 19 19 19 20 21 21 21 20 19 18 18 18 19 20 21 22 19 17 17 17 18 18 18 21

2-topshiriq
Toshkent shahrida mart oyi davomida shimoldan 2 marta, janubdan 5 marta, sharqdan 5 marta, g`arbdan 5 marta, shimoli – sharqdan 4 marta, janubi – sharqdan 2 marta, shimoli – g`arbdan 4 marta va janubi – g`arbdan 2 marta shamollar esgani kuzatildi. Ushbu hodisalarni “shamol guli” tarzida chizmada ifodalang.
3-topshiriq

Agar yog‘in miqdori 100 mm, namlik koefisenti 0,5 ni tashkil etsa, bug‘lanuvchanlikni aniqlang.

Yechish: 100 \b = 1\2 = 200 mm
4-topshiriq

Yillik yog‘in miqdori 200 mm, bug‘lanuvchanlik 1000 mm bo‘lsa, namlik koefisentini aniqlang.

Yechish: 200 : 1000 = 0,5 % ga teng
5-topshiriq
Toshkent shahrida sentyabr oyi davomida 7 kun bulutli, 2 kun qor, 2 kun yomgirli va 18 kun Quyoshli issiq kun kuzatildi. Ushbu hodisalarni aylana diogramma tarzida ifodalang.

O‘qituvchi tomonidan guruhlarning to‘g‘ri javobi uchun rag‘bat (globus maketchasi) beriladi. ( rag‘bat globuschasi o‘qituvchi tomonidan tayyorlab qo‘yiladiadi).

4.Yangi mavzu bayoni. (Guruhlarning ijodiy yondoshuvi)

Guruhlarga ijodiy yondoshish uchun yangi mavzu yuzasidan topshiriqlar beriladi.

O`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan topshiriqlar guruhlar tomonidan tanlab olinadi. ( topshiriqlar ilova qilinadi).

Ob-havo va iqlim

  1. Ob-havo nima? Ob-havoning asosiy elementlari haqida gapiring.
  2. Ob-havo elementlai va hodisalarining o‘zaro bog‘liqligi haqida gapiring.
  1. Ob-havoning inson hayoti va mehnat faoliyatidagi ahamiyati haqida gapiring.
  2. Ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilar haqida gapiring.
  3. Iqlimning joyning geografik kengligiga bog‘liqligi haqida gapiring.

5. Ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga rasm chizish (7 daqiqa).
Guruhlarga ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga kunlik kuzatuv natijalri va ko‘rsatilgan filmdan foydalangan holda rasm chizish topshirig‘i beriladi.
6. Guruhlar taqdimoti (10 daqiqa).
Ijodiy yondoshish uchun yangi mavzu yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar va ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga chizilgan rasmlar asosida guruhlar o‘rtasida bajarilgan topshiriqlar almashinib ko‘rib chiqilib guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi.

  1. Ob-havo deb troposferaning biror joydagi ayni paytdagi yoki ma’lum bir vaqtdagi ( sutka, hafta, oy, fasldagi) holtiga aytiladi. Ob-havoning asosiy elementlari – harorat, namlikva havo bosimidir. Troposferada ob-havo elementlariga bog‘liq ravishda shamol va bulutlar hosil bo‘ladi, yog‘inlar yog‘adi.
  2. Ob-havoning barcha elementlari va hodisalari o‘zaro bog‘langan bo‘lib, biror elementning o‘zgarishi boshqa elementlarning va butun ob-havoning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bahorda erta bilan Quyosh chiqishi oldidan havo salqin, shamilsiz bo‘ladi. Quyosh ko‘tarilishi bilan Yer yuzasidagi havo isib yuqoriga ko‘tariladi, big‘lanishkuchayadi. Iliq havo yuqoriga ko‘tarilib sovuydi. To‘p- to‘p va yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlar hosil bo‘ladi. Ba’zan yomg‘ir ham yog‘ib o‘tadi. Agar ob-havo bir necha kun o‘zgarmay bir xilda tursa, u barqaror ob- havo deyiladi.
  3. Ob-havoning inson hayoti va mehnat faoliyatida oldindan qanday bo‘lishini bilish juda zarur. Bunda troposferaning holati haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Bunda bizga meteorologik stansiyalar va kosmik yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlar tayanish lozim.
  4. Ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga masalan, yangi oy tug‘ilishi arafasida ob-havo o‘zgaradi; oy o‘tov tiksa-havo aynishi mumkin; tunda va ertalab shudring tushsa – havo ochiq bo‘ladi; osmonda patsimon bulutlarning suzib yurishi – uzoq davom etadigan yomg‘ir belgisi; olcha daraxtlarining bargi to‘kilmasdan qor yoqqan bo‘lsa-da, haqiqiy qish boshlanmaydi; asalarilar uchib ketmay inida g‘uvillashib tursa, havo aynib yomg‘r yog‘ishi mumkin; agar terak barglari kuzda uchidan sarg‘aya boshlasa, bahor erta keladi.
  5. Ob- havoning biror joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik rejimiga iqlim deyiladi. U avvalo joyning geografik kengligiga bog‘liq. Masalan, ekvatorga yaqin yerlar Quyoshdan eng ko‘p issiqlik oladi. Qutublarga yaqin o‘lkalarni esa Quyosh eng kam isitadi. Buning natijasida esa Yer yuzida issiqlik mintaqalri vujudga keladi. Bular tropik, ikkita mo‘tadil va ikkita sovuq mitaqalar. Qish sovuq, yoz issiq va yog‘in kam yog‘adigan iqlim kontenental iqlim deb ataladi.

7. O‘quvchilarni o‘tilgan yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalari qisqa muddatli test savollari orqali tekshirilib ko‘riladi. (test savollari ilova qilinadi)

8. Mavzuni mustahkamlash. (2 daqiqa)

O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning taqdimotiga yakun yasaydi va o‘quvchilar tomonidan bergan javoblardagi kamchiliklarni to‘ldirilib, guruhlarning to‘g‘ri javoibi uchun rag‘bat bayroqchasi beriladi.

9. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa)

Dars yakunida guruh o`quvchilari to`plagan globus (maketchalari) sanaladi, g`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruhlarga darsdagi ishtirokiga qarab ”Eng zukko guruh”, ”Eng faol guruh”, ”Eng intizomli guruh” ”Eng hamjihat guruh”, ”Eng chaqqon guruh” nominasiyalari o`z egalariga topshiriladi.

10. Uyga topshiriq:
Izoh: O‘qituvchi oldindan oq (vatmin) qog‘ozga uyga vazifa yozib osib qo‘yadi.
Darslikdan 25- mavzuni o‘qib, ob-havoning aynishidan darak beruvchi belgilarga rasm chizib kelish.

Dars davomida ”Amaliy mashg‘ulot”, “Guruhlar bilan ishlash”, usulidan keng foydalanganda o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga, vaqt reglamentiga rioya etishga o‘rgatiladi.

O‘quvchilarni o‘tilgan yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash uchun test savollari
I-variant
1. Ob-havoning asosiy elementlarini belgilang.

A) harorat, yog‘in, shamol

B) harorat, yomg‘ir, qor

C) namlik, shamol , bosim

D) namlik, harorat, havo bosimi.
2. Iqlim nima?

A) troposferada ob-havoning doimiy o‘zgarishi

B) ob-havoning ma’lum joyga xos bo‘lgan fasliy o‘garishi

C) ob-havoning muayyan joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik rejimi

D) ob-havoning biror joyga xos bo‘lgan mavsumiy va yillik rejimi.
3. Ob-havo deb nimaga aytiladi?

A haroratning doimo o‘zgarib turishi

B) troposferada ob-havoning tez-tez o‘zgarib turishi

C) troposferaning muayyan bir vaqtdagi va shu joydagi (sutkalik, hafta, oy, fasldagi) holati

D) stratosferaning biror vaqtdagi va aynan shu joydagi sutka va haftalik holati.
4. Qish sovuq, yoz issiq va yog‘in kam yog‘adigan iqlim …………… deb ataladi.

A) dengiz iqlimi

B) kontenental iqlim

D) tropik iqlim.
5. Havoda hosil bo‘ladigan yog‘inlar qaysilar?

A) shudring, qirov

II-variant
1.Kechqurun qalin shudring tushsa havo qanday bo‘ladi?

A) Havo yopiq shamol bo‘ladi

B) Osmon bulutli va bo‘g‘iq bo‘ladi

C) Chang to‘zon va shamol bo‘ladi

D) Havo ochiq-sеrquyosh bo‘ladi.
2.Qyosh botish oldidan havo och sariq rangda bo‘lsa, ertasi havo qanday bo‘ladi?

A) Bulutli va qattiq shamol bo‘ladi

B) Havo ochiq bo‘ladi

C) Ertasi kuni yomg‘ir yog‘adi

D) Havo soviydi.
3. Ertalab va kеchqurun kamalak ko‘rinsa havo qanday bo‘ladi?

A). Ertalab havo ochiq bo‘ladi,

kеchqurun yomg‘ir yog‘adi.

B) Ertalab ko‘rinsa yomg‘ir yog‘adi,

qеchqurun ko‘rinsa havo ochiq bo‘ladi

C) Ertalab havo sovo‘q,

qеchqurun issiq bo‘ladi.

D) Ertalab qirov tushadi,

kеchqurun havo ochiq bo‘ladi.
4. Yozda daraxtda sariq barglar paydo bo‘lsa, quz qanday keladi?

A) Kuz kеch boshlanadi

B) Kuz issiq va quruq kеladi

C) Kuz barvaqt boshlanadi

D) Kuz iliq kеladi.
5. Tunda va ertalab shudring tushsa havo qanday bo‘ladi?