5 sinf uchun misollar
14. To’rt kishidan iborat oilaning jami yoshi 68 yosh bo’lib, 4 yil oldin 53 ga teng edi. Oilaning kichik a’zosining yoshi nechada?
Musiqa fanidan 5-sinf uchun dars ishlanma V.A.Mocart.dune-tan-olgan-bastakorlarning-operalari
Mavzu: “V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari”.
Vazifalar: O’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va kengaytirish.
Shakl: Suhbat-munozara, kichik guruhlar va jamoada ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar, audio SD disk yozuvlari, fortepiano cholg`u asbobi, rag`barlantiruvchi kartochkalar.
Usul: Tayyor yozma materiallar.
Nazorat: Og`zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish. O’z-o’zini nazorat qilish.
Mavzu: V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari”.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda musiqaga bo’lgan mehrlarini uyg`otish va estetik his tuyg`ularini shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarda jahon musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Musiqa asarlarining manaviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini shakllantirish.
Dars metodi: Hikoya, suhbat, “Klaster”, “Test”.
Dars jihozi: 5-sinf musiqa darsligi, yillik ish reja, reja konspekt, fortepiano musiqa cholg`u asbobi, texnik vositalar (Audio SD disk yozuvlari), rag`barlantiruvchi kartochkalar, tarqatma materiallar.
Darsning blok chizmasi:
b) davomat aniqlanadi,
v) o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
1. Jamoa bo’lib kuylash: R.Abdullayev musiqasi “Parvozdagi qushchalar” qo’shig`i takrorlanib, Sh. Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” (darslik 75 bet) qo’shig`i jumlalarga bo’lib o’rgatiladi. Sof intonatsiyada kuylashga erishiladi.
2. O’qituvchining tushuntirishi.
Darsning borishi: O’quvchilar sinfga o’qituvchi tanlagan musiqa sadolari ostida kirib kelishadi.
Tashkiliy qism: Salomlashib, davomat aniqlanadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. O’tilgan mavzularni takrorlab mustahkamlash uchun har bir qatordagi 10 tadan o’quvchiga savollar tarqatiladi va berilgan 4 daqiqa ichida savollarga tug`ri javob berishgan o’quvchilar quvnoq notachalar bilan rag`barlantiriladi.
- Orkestr deganda nimani tushunasiz?
- Qanday orkestr turlarini bilasiz?
- O’zbek xalq cholg`ulari orkestri necha guruhdan iborat?
- O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`ular kiradi?
- O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining mezrobli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
- Nog`ora, qayroq, safoil, doyra cholg`u asboblari o’zbek xalq cholg`ulari orkestrining qaysi guruhiga kiradi?
- O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining torli-kamonli cholg`ular guruhiga kiruvchi cholg`ularni ayting?
- Simfonik orkestr deganda nimani tushunasiz?
- Simfonik orkestr necha guruhdan tashkil topadi?
- Simfonik orkestrning yog`och damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
- Simfonik orkestrning mis damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
- Litavra, baraban, tarelka simfonik orkestrning qaysi guruhiga kiradi?
- Simfonik orkestrning torli-kamonli cholg`ular guruhiga kiruvchi cholg`ularni ayting?
- Xor deganda nimani tushunasiz?
- Xorda qanday ovozlar bor?
- “Tenor” va “Bas” ovozlar kimlarga xos? “Soprano” va “Alt” ovozlar-chi?
- Sahnaviy musiqa asarlariga qanday asarlar kiradi?
- “Balet” deganda nimani tushunasiz?
- “Opera” deganda nimani tushunasiz?
- “Musiqali drama” janri haqida gapirib bering?
- O’zbek raqs san’atining rivojlanishiga xissa qo’shgan raqqosalardan kimlarni bilasiz?
- “Musiqali komediya” janri haqida gapirib bering?
- Qanday o’zbek baletlarini bilasiz?
- O’zbek kompozitorlarini ayting?
- J.Verdi yaratgan operalarni ayting?
- Musiqali dramalarga misollar keltiring?
- Alteratsiya belgilarini sanab bering?
- Musiqada qanday intervallarni bilasiz?
- Musiqada qanday dinamik belgilar bor?
- Milliy raqs uslubidagi baletlarni ayting?
Har bir qatorga slaydda musiqa savodxonligi va utilgan mavzular yuzasidan rasmlar kursatiladi va qatorlarga qo’yidagi savollar beriladi.
1-qatorga “O’zbek bastakorlarining ismi shariflarini ayting”
2-qatorga “Bular qanday belgilar. Bu belgilar nota chizig`ida qanday yoziladi va vazifasini ayting”
3-qatorga “Bu cholg`ular qaysi orkestrda chalinadi va qaysi guruhlarga hos”
Har bir qatordagi o’quvchilar javobini yozib borishadi va fikrlar umumlashtirilib, qatorlar quvnoq notachalar bilan rag`barlantiriladi.
Jamoa bo’lib kuylash: O’qituvchi xoxishiga ko’ra ovoz sozlash mashqlari bajarilib, R.Abdullayev musivasi “Parvozdagi qushchalar” qo’shig`i takrorlanib, Sh. Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” (darslik 75 bet) qo’shig`ining mualliflari qo’shiq haqida o’quvchilarga tushuncha beriladi. Qo’shiq o’quvchilarga o’qituvchi tomonidan kuylab berilib, jumlalarga bo’lib o’rgatiladi. Sof intonatsiyada kuylashga erishiladi. (10 daqiqa)
Yangi mavzu: Opera san’ati paydo bo’lgandan buyon qancha-qancha bastakorlar bu janrda qalam tebratib ko’rishgan. Turli tillarda operalar saxnalashtirilgan. Ulardan ayrimlari faqat bir marta saxnada qo’yilgan. Lekin kamdan-kam kompozitorlarning operalari. J.Verdining operalari kabi asrdan-asirga o’tib kelmoqda. V.A.Motsart, J.Beze, P.I.Chaykovskiy, N. Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan kompozitorlarning nomlari va ular yaratgan opera durdonalari butun dunyoga mashhurdir. “Klaster” fikrlarning tarmoqlanishi metodidan foydalanib opera durdonalari haqida tushuntiriladi.
V.A.Motsart 1756 yil 27-yanvarda Zalsburg shahrida tug`ilgan. U musiqaga juda yoshlagidan qiziqa boshladi. U 3 yoshida klavishda chalishni, 4 yoshida esa musiqa asarlarini yarata boshladi. 6 yoshidan konsertlarda ishtirok etadi. Uning myunxen, Vena, Parij, London va boshqa shaharlardagi ajoyib konsertlari hammani qoyil qoldirdi. 12 yoshida Motsart bir necha opera, simfoniya, konsert va boshqa musiqa asarlarining muallifi bo’lib tanilgan edi. Motsartni XVIII asr mujizasi deb atashdi.
V.A.Motsart 1791 yil 15 dekabrda 36 yoshida vafot etdi. O’zining qisqa hayoti davomida u 18 ta opera, 50 dan ortiq simfoniya, 40 ta konsert, ramanslar, ariyalar bir qancha cholg`u asarlarini yaratdi. Motsart mashaqqatli xayot kechirishiga qaramay, o’z asarlarida shodlik va baxtni kuylaydi.
Musiqa tinglash: Nota yozuvlari audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, dunyo tan olgan bastakorlarning oper musiqa parchasidan namuna eshittirib suhbat-munozara o’tkaziladi.Tinglangan asar tahlil qilinadi. O’z fikrlarini bildirgan o’quvchilar quvnov notachalar bilan rag`barlantirib boriladi.
Dars yakuni: Testdan foydalanib, mavzu mustahkamlanadi. O’qituvchi test yozilgan kartochkalarni har bir qatordagi o’quvchilarga tarqatadi, o’quvchilar ketma-ket javob berishadi.
- “Opera” deganda nima tushuniladi?
- a) musiqa va raqs xarakatlari orqali vovealar yaratish san’ati
- b) lebretto ya’ni sheriy-dramatik p’esa asasida yaratilgan asar
- d) musiqa sadolari ostida raqsga tushish
- V.A.Motsart yaratgan operalar qaysilar?
- a) “Aida”, “Ivan Susanin”
- b) “Sehrli nay”, “Figaroning uylanishi”
- d) “Ruslan va Lyudmila”, “Buron”
- “Qor qiz” operasini qaysi kompozitor yaratgan?
- a) Rimskiy-Korsakov
- b) V.Motsart
- d) M.Glinka
- Qaysi qatorda sahnaviy-musiqa asarlari tug`ri ko’rsatilgan?
- a) opera, lapar, kantata
- b) orkestr, kantata. syuita
- d) opera, balet, musiqali drama va komediya, operetta
- J.Bize yaratgan opera qaysi?
- a) “Karmen”
- b) “Qor qiz”
- d) “Aida”
- P.I.Chaykovskiy qayerlik kompozitor?
- a) Angliyalik
- b) Rossiyalik
- d) Avstriyalik
- P.I.Chaykovskiy yaratgan operalar qaysilar?
- a) “Sehrli nay”, “Aida”
- b) “Qor qiz”, “Otello”
- d) “Yevgeniy Onegin”, “Toppon xonim”
- Rimskiy-Korsakov yaratgan operalarni toping?
- a) “Sadko”, “Qor qiz”, “Shox Sulton xaqida ertak
- b) “”Sexrli nay”, “Buron”
- d) “Karmen”, “Rigoletto”
- “Balet” deganda nimani tushunasiz?
- a) ham kuylab, ham raqsga tushishni
- b) qo’shiq kuylashni
- d) Musiqa va raqs harakatlari orqali obrazlar, voqealar yaratish san’ati.
Faol qatnashgan o’quvchilarga rag`barlantiruvchi quvnoq notachalar tarqatiladi. Har bir qatordagi o’quvchilar dars faoliyati davomida olishgan qizil, (5 ball), yashil (4 ball), ko’k (3 ball) notachalar umumlashtirilib, doskada yoziladi va darsda g`olib qator aniqlanadi. Quvnoq notalarni qulga kiritgan o’quvchilar rag`barlantirilib, kundalik daftarlariga baho qo’yiladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish. Sh.Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” qo’shig`ini yodlash.
Matnda xato topdingizmi? Xato matnni belgilang va Ctrl+Enter ni bosib habar bering! Oldindan rahmat!
5- 6-Sinflar uchun matematikadan masalalar
2. Koordinatalar nurida 68 va 96 sonlari orasida nechta birlik kesmalar joylashgan?
To’g’ri to’rtburchakning bo’yi 48sm , eni esa bo’yidan 10 sm qisqa . Perimetri to’g’ri
to”rtburchakning perimetriga teng bo’lgan kvadratning yuzini toping.
3. Ikki xonali sonning raqamlari yig’indisi 8 ga teng. Agar o’nliklar soni birliklar
sonidan 3 marta katta bo’lsa , bu sonni toping.
4. Koordinatalar nurida 48 va 89 sonlari orasida nechta birlik kesmalar joylashgan?
5. To’g’ri to’rtburchaknining eni 4 sm , bo’yi esa enidan 10 sm uzun . Perimetri to’g’ri
to’rtburchakning perimetriga teng bo’lgan kvadratning yuzini toping.
6. Ikki shaxar orasidagi masofa 480 km , xaritaning mashtabi 1:1000000. xaritada bu
shaxarlar orasidagi masofa qancha bo’ladi?
6. Poyezd 72 km\soat tezlik bilan 3 soat 20 minut, 60 km soat bilan esa 2 soatu 15 minut
yurdi. Poyezd jami necha km yurdi.
7. Bir biriga qarab kelayotgan 2 delfin orasidagi masofa 33 km . Agar delfinlardan
birining tezligi ikkinchisidan 10km\soatga ortiq va tezliklarining nisbati 5:6 bo’lsa ular
qancha vaqtda uchrashadi?
8. To’gri to’rtburchakning bo’yi 3,7 sm eni bo’yidan 1,4 sm qisqa . Shu to’g’ri
to’rtburchakni perimetrini toping.
9. Katerning turg’un suvdagi tezligi 18.5 km\ soat daryo oqimining tezligi 2.8 km\soatga
teng. Katerning daryo oqimimbo’yicha tezligini toping?
10. To’ri to’rtburchakning yuzi shaklidagi maydonning yuzi 40.5 m
to’g’ri to’rtburchakning bo’yini toping?
11. To’g’ri to’rtburchakning bo’yi 8.3 sm, perimetri 31 sm . Shu to’g’ri to’rtburchakning
12. To’g’ri to’rtburchakning yuzi 30.25 sm
, eni 6.05 sm . Shu to’g’ri to’rtburchakning
13. Teng tomonli uchburchakning perimetri 28.8 sm gat eng. Uning tomoni uzunligini
14. Teng yonli uchburchakning perimetri 43,4 sm ga , yon tomoni uzunligi esa 15,5 sm
gat eng. Shu uchburchakning asosini uzunligini toping.
15. Uchburcharning bir burchagi 40
, ikkinchisi 1,5 marta katta . Uchburchakning
uchunchi burchagini toping.
16. Aylana radiysi 3 sm ga teng. Aylana uzunligini toping.
17. Magazinda bir kunda 750 kg kartoshka sotildi. Tushgacha tushdan keyingiga
qaraganda 2 marta kam sotildi. Tushdan keyin qancha kartoshka sotilgan?
18. Stol stuldan 5 marta qimmat. Ikkalasi birga 24000 turadi. Stol stuldan necha so’m
19. O’quvchi bir son o’yladi uni 10 ga va 6 ga alohida- alohida ko’paytirdi va birinchi
ko’paytma ikkinchisidan 240 ta ortiq ekanligini aytdi. O’quvchi o’ylagan sonni toping.
20. Muzqaymoqda 7 qism suv 2 qism qaymoq va 2 qism shakar ( og’rliklari bo’yicha)
turadi. 3 kg 300 gr musqaymoq tayyorlash uchun qancha shakar kerak bo’ladi?
21. Bug’doyni tegirmonda tortganda 8 qism un 2 qism kepak chiqadi. Agar 1 tonna
bug’doy toptilsa qancha un olinadi?
22. Olcha murobbosi tayyorlash uchun 2 qism olchaga 3 qism shaker solinadi. Agar
shaker olchadan 3 kg 300 gr ko’p bo’lsa, murobboga qancha olcha va qancha shakar
23. Ko’chaning bir tomonidagi uylar ikkinchi tomondagiga qaraganda ikki marta ko’p.
Shu ko’chada 12 ta uy qurilgandan keyin hamma uylar 99 ta bo’ladi. Oldin ko’chaning
har qaysi tomonida nechta uy bo’lgan?
24. Sport zalining yuzi sinf honasining yuzidan 6 marta katta . Agar zalning yuzi sinf
honasining yuzidan 150 m
katta bo’lsa , zalning yuzini toping?
25. Kutubxona 1800 ta kitobni muqovalashi kerak. Birinchi ustshona bu ishni 3 kunda ,
ikkincisi 6 kunda bajara oladi. Agar ikkala ustahona bir vaqtda ishlasa bu kitoblarni
necha kunda muqovalasi mumkin?
26. Temir yo’lda 750 tonna yukni tashish kerak. Buning uchun 60 tonna yuk
ko’taradigan nechta vagon krrak bo’ladi?
27. Cho’yan g’o’lachaning massasi 16 kg . Har birining massasi 12 kg bo’lgan 53 ta
detal tayyorlash uchun nechta g’olacha kerak bo’ladi?
28. Bronzan tarkibida 41 qism mis 8 qism qalay , va 1 qism rux bo’ladi. Agar bronza
parchasi qalay massasidan 99 kg kam bo’lsa , uning ogirligi qancha?
29. Ikki sonning yig’indisi 549 . Ulardan biri ikkinchisidan 8 marta katta . Shu sonlarni
30. To’g’ri burchakli parallelepipedning barcha qirralari yig’indisi 80 sm gat eng.
Qirralarining uzunliklari tub sonlarda ifodalanadi. Shu parallelepiped sirtini yuzini
31. Qirralari 3 sm bo’lgan kubni yoyilmasi (shakli)ni chizing va hajmini toping?
32. O’lchamlari 4sm,5sm va 6sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepipedni va yoyilmasi
33. O’lchamlari 5 sm,8 sm va 10 sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped sirti yuzini
34. Qirrasi 1m bo’lgan kubning sirti yuzini toping.
35. To’g’ri burchakli parallelepipedning qirralari tub sonlar bilan ifodalanadi. Uning
ga teng. Barcha qirralari uzunliklarining yig’indisini toping.
36. To’g’ri burchakli parallelepipedning barcha qirralari yzunliklari yig’indisi 60 sm ga
teng. Qirralarini uzunliklari tub sonlarda ifodalanadi. Shu parallelepipedning hajmi va
sirti yuzini toping.
37. O’lchamlari 5 sm,8 sm va 10 sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped hajmini
38. Kubning qirrasi 4 sm . Shu kubning hajmini toping.
39. To’g’ri burchakli parallelepipedning asosining yuzi 36 sm
, balandligi esa 1 dm
.Uning hajmini toping.
40. Kubning hajmi 1m
. Uning qirrasi uzunligini toping.
41. Poyezd 180 km masofani 2 soatu 30 minutda o’tadi. Uining tezligini toping.
42. Poyezdning tezligi 60 km\soat. U 90 km masofani qancha vaqda o’tadi.
43. Bir yo’lovchi 30 minutda 2500 m, ikkinchi yolovchi esa 15 minutda 1500 m yurdi.
Qaysi yo’lovchi teziroq yurgan.
44. To’g’ri burchakli yer maydonining bo’yi va eni yig’indisi 600m. Maydonning eni
bo’yidan 4 marta qisqa. Shu maydonning yuzini toping.
45. Uchta do’konga hammasi bo’lib 2461 kg sabzavot keltirildi. Birinchi do’kon 81 kg,
ikkinchisi 212 kg , uchunchisi esa 368 kg sabzavot sotgandan so’ng, ularda teng
miqdorda sabzavot qoldi. Har bir do’kon qanchadan zabzavot sotgan.
46. Dilnozada 21 ta 100 so’mlik, 33 ta 50 so’mlik va bir nechta 25 so’mlik bor. Agar
uning jami puli 4 775 so’m bo’lsa, Dilnozada nechta 25 so’mlik bo’lgan?
47. Kubning qirrasi 5 sm . Uning hajmini toping.
48. Kubning qirrasi 3 sm . Uning perimetri va sirti yuzini toping.
49. Sayyoh 1 soatda 4 km yo’l yurdi. U shunday tezlik bilan 2 soatda; 4 soatda necha km
50. Avtomobil 85 km tezlik bilan 8 soat yo’l yurdi. Agar u soatiga 60 km tezlik bilan
yursa , o’sha masofani necha soatda bosib o’tadi?
51. To’g’ri to’rtburchakning yuzi 360 sm
, asosi esa 20 sm . Shu to’rto’rtburchakning
52. To’g’ri to’rtburchakning balandligi 5 sm , asosi esa balandligidan 2 marta uzun.
Uning perimetri va yuzini toping.
53. fermer xo’jaligining paxta maydoni 150 ga . 1 ga erdan 40,8 sr hosil olindi. Fermer
xo’jaligi jami necha tonna hosil yig’ib olgan?
54. Santimetrda ifodalang: 2m; 4m 30 sm; 6dm; 80 mm
55. Metrlarda ifodalang: 5 km; 1km 300m; 4km 30m.
56. Velosipedchi 70 km ni 14km\soat tezlik bilan va 39 km ni esa 13 km soat tezlik bilan
bosib o’tdi. U necha soat yo’lda bo’lga?
57. temir yo’l ko’pirigi uch qismdan ibotat. Birinci qismining uzunligi 61 m . Uchunchi
qismi birinchidan 27 km uzun, ikkinchisi birinchisidan 17 m qisqa. Shu ko’prikni
58. Jami 3 xonali , 4 xonali, 5 xonali sonlarni topin va bir biriga qo’shing.
59. 10111213….383940 soninig raqamlari yig’indisinintoping. (199)
60. Kitob 192 betli . Uning detlarini nomerlash uchun qancha raqam kerak bo’ladi (
61. 34567891011…5051 soni necha xonali? (91)
62. 1 dan 9 999 gacha (9 999 ham kiradi) katta bo’lmagan natural sonlar ketma ket (
bitta son kabi) yozilgan. Hosil bo’lgan sonda : 1) chapdan o’nga hisoblaganda 10 000-
o’rinda qanday raqam turadi? 2) 1 raqami necha marta yozilgan.
63. Kitob betlarini nomerlash, odatda , 3- betdan 3 raqami bilan boshlanadi . Kitob
betlarini nomerlash uchun 562 ta raqam ishlatildi. Kitob necha betli? (224 betli)
64 Piyoda soatiga 4 km tezlik bilan ketmoqda . Shunday tezlik bilan u 2 soat-u 40
minutda necha km yo’l bosadi?
65. Mashina soatiga 72 km. tezlik bilan 3 soat-u 20 minit yurdi. Ushu masofani 2 soat-u
40 minutda o’tishi uchun qancha tezlik bilan yurisi kerak. ?
66. Ombordagi o’zuqa 8 ta qo’yga 15 kunga etadi. Shu ozuqa 6 ta qo’yga necha kunga
67. Ikki shahar orasidagi masofa 480 km . Xaritaning mashtabi 1:1000000 . Xaritadagi
shaxarlar orasidagi masofa qancha bo’lgan.
68. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi bog’ning 1: 200 mashtabli chizmasi o’lchamlari
50sm va 60 sm gat eng. Bog’ning yuzini va perimetrini toping.
Олга Узорова, Елена Нефедова: Математика. Бошланғич синфлар учун барча мавзулар бўйича мисоллар ва топшириқлар
Бу – мактаб ўқувчиларига ҳисоблаш кўникмаларини ўргатиш учун ноёб қўлланмадир. У бошланғич мактаб учун математика курсининг барча мавзулари бўйича мисоллар ва топшириқларни бирлаштиради.
Қўлланма 16 бўлимдан иборат бўлиб, уларнинг ҳар бири алоҳида мавзуга бағишланган. Бўлим уч қисмдан иборат:
– Тезлик учун ҳисоблаш кўникмаларини машқ қилиш учун мисоллар. Саҳифада ўртача 35 та мисолдан иборат 3-5 та устун мавжуд. Устун охирида талабанинг ечимга сарфлаган вақти ёзилади. Пастки чап бурчакда назорат рақамлари жойлашган: битта устундаги мисолларни ечиш учун идеал вақт, қониқарлилик ва натижа ўқувчини ўйлашга мажбур қилиши керак. Амалиёт шуни кўрсатадики, талаба 4-7 сония ичида мисол ечиб, жавобни ёзса, мавзуни тўлиқ ўзлаштирган бўлади. Бунда санаш малакаси автоматизмга келтирилади деб ҳисобланади.
– Назорат ва текшириш ишлари. Уларнинг ёрдами билан ўқитувчи ўқувчиларнинг ҳисоблаш қобилиятларини тезда баҳолайди ва «заиф» томонларини аниқлайди.
– Мантиқий мисоллар. Бу топшириқларни бажариш мантиқий ва математик фикрлашни, хотирани ва диққатни ривожлантиради. Ўқитувчининг хоҳишига кўра, мисоллар олимпиада ишларида ҳам, мураккаблиги юқори бўлган топшириқларда ҳам, ўтилган мавзуни такрорлаш ва мустаҳкамлаш учун ҳам ишлатилиши мумкин.
Қўлланма математика дарсларида қўшимча материал сифатида, шунингдек, уй вазифалари учун тавсия этилади.
Характеристики
ISBN | 978-9943-8028-0-3 |
Язык | На узбекском |
Надпись | Латиница |
Количество страниц | 464 |
Издательство | Mindbook Company |
Тип обложки | Мягкая |
Формат бумаги | А3 |
Год издания | 2022 |
Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан
5- sinf matematika darsi Mavzu: Misollar yechish Dars maqsadi: ta’limiy maqsad
Matematik bilimlarni amaliyotda qo’llash, mantiqiy fikrlash.
Amaliyotga oshirish usuli: amaliy masalalarni yechish.Nutqda matematik terminlarni savodli qo’llay olish.Tashabbus ko’rsatish,tadbirkorlik,masalalar yechishda faoliyat ko’rsatish bo’yicha bilimlarni oshirish.Aqliy hujum.
Dars turi: mustahkamlash.
Dars jihozi: tarqatmalar, AKT, darslik.
D A R S N I N G B O R I SH I
I.Tashkiliy qism:
2014- yil__ “Sog’lom bola yili”
II.O’tilgan mavzuni so’rash:
Uy vazifasini tekshirish:
№19 Qo’shishni bajaring va natijani aralash son ko’rinishida ifodalang:
25 25 25 25
19 19 19 19 19
№20 Kilometrda ifodalang: 1 km=1000m
a)6 km 200 m = b) 18 km 750 m = c) 11 km 925 m =
javobi: a) 6 200 km b) 18 750 km
1000 1000
d) 11 925 km
1000
”Aqliy hujum”
1) Ulush deb nimaga aytiladi? (Butunning teng bo’laklariga ulush deyiladi.)
2) Oddiy kasr deb nimaga aytiladi?( Surat,maxraj va kasr chizig’idan iborat bo’lgan yozuvga aytiladi.)
3) Kasrlar necha xil bo’ladi?( Kasrlar 2 xil bo’ladi: to’g’ri va noto’g’ri kasr)
4) Qanday kasr to’g’ri kasr deb ataladi?( Surati maxrajidan kichik bo’lgan kasrga to’g’ri kasr deyiladi.)
5) Qanday kasr noto’g’ri kasr deyiladi?( Surati maxrajidan katta bo’lgan yoki teng bo’lgan kasrga noto’g’ri kasr deyiladi.)
6) Qanday kasrlar 1 dan kichik bo’ladi?( To’g’ri kasrlar 1 dan kichik bo’ladi.)
7) Noto’g’ri kasr 1 dan kichik bo’lishi mumkinmi?( yo’q,noto’g’ri kasr 1 dan kichik bo’lmaydi.Noto’g’ri kasr 1 dan katta yoki 1 ga teng bo’ladi.)
8) Aralash son deb qanday songa aytiladi?( Butun va kasr qismi ajratib yozilgan sonlarni aralash sonlar deyiladi.)
9) Aralash sonning butun va kasr qismi qanday topiladi?( Noto’g’ri kasrning suratini maxrajiga bo’lib, aralash sonning butun va kasr qismi topiladi.)
10) Aralash son noto’g’ri kasrga qanday aylantiriladi?(Butun qismi maxraj bilan ko’paytiriladi va ko’paytmaga surat qo’shilib,suratga yoziladi.maxrajning esa o’zi yoziladi.)
Matematik diktant:
1) 3 4 (uch butun beshdan to’rt)
2) 8 1 (sakkiz butun uchdan bir)
3) 15 7 (o’n besh butun to’qqizdan yetti)
III. Yangi dars mazmuni:
№10 Qo’shishni bajaring va natijani aralash son ko’rinishida ifodalang.
№11 Soatlarda ifodalang: 1 soat = 60 minut 1 minut = 1 soat
b) 4 43 (soat)
d) 6 14 (soat)
№12
Oila bir haftada 12 kg kartoshka iste’mol qildi. Oila bir kunda o’rtacha necha kg kartoshka iste’mol qilganini toping. Javobni aralash son ko’rinishida ifodalang.
1 haftada____ 12 kg
1 kunda _____ ? kg yechish: 1 haftada= 7 kun
1 kunda : 12 = 7 + 5 = 7 + 5 = 1 + 5 = 1 5
7 7 7 7 7 7
Javob: Oila bir kunda o’rtacha 1 5 kg kartoshka iste’mol qiladi.
IV.Mustahkamlash
№13 yechish: 2 9 = 39 (m)
Sim uzunligi _______ 2 9 (m ) 15 15
bo’lak uzunligi ______ 1 m n=15:15∙39=39 (ta)
hosil bo’ldi _______ n ta-? Javob: 39 ta bo’lak sim bo’ldi.
d) 21 = 5 1 e) 11 = 3 2
4 4 3 3
VI.Uyga vazifa: №19-20-21-22
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Turli yo’nalishlarda matematik boshqotirmalar to’plami, ularning yashiringan javoblari va turlari
Salom mening qadri baland qadrdonlarim! Siz uchun bugun on’gni rivojlantirish siri, ya’ni matematik boshqotirmalar haqida gaplashamiz hamda maqola oxirida bir qancha jumboqlar javoblari bilan keltirib o’taman. Avval diqqat bilan o’qing. So’ng javobini ko’rmasdan javob toping. Bu aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ushbu usul aql mashqlari deyilishi haq gap. Rivojlanish doimiy mantiqiy fikrlashni talab qiladi. Imkoniyatni boy bermang hamda hoziroq aql “bo’roni”ni kashf eting.
Hamma ham matematikani yoqtirmasligi aniq. Murakkab tenglamalar ustida ko’p soat ishlash har qanday odamni zeriktirishi mumkin. Lekin jumboqli savollar oʻzaro o’yin tarzida bo’lib, zerikish hissi bo’lmaydi.
Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )
- Jumboqlarni yechishning on’gni rivojlantirishda qanday ahamiyati bor
- Boshqotirmalarning qanday turlari mavjud
- Og’zaki boshqotirmalar
- Buyumli boshqotirmalar
- Matnli boshqotirmalar
- Rasmli boshqotirmalar
- Matematik boshqotirmalar to’plami, yashiringan javoblari bilan
- Xulosa
Jumboqlarni yechishning on’gni rivojlantirishda qanday ahamiyati bor
Zero, jumboq javobini topishda, to’laqonli fikrlash, tasavvuriy idrok, xotira, holatga noodatiy yondashuv qobiliyati rivojlanadi. Bolalarga boshqotirmalar nafaqat ajoyib o’qitish vositasi, balki zerikarsiz dam olish uslubi hamdir, bunday holatlarda javob topishdan haqqoniy rohatlanishadi.
Javob topishda sizga maxsus kasb yoki bilim shartmas, balki o’zgacha yondashuv, tezkorlik, zukkolik, sezgirlik va mantiqan toʻgʻri fikrlash zarur.
Qoida! Boshqotirmalarni yechish aniq bilim bermaydi, lekin matematika, geometriya, mantiq va shu kabilarni tushunishda yordam beradi. Zehn moslashuvchanligi va masalani turli jihatlardan ko’ra olishga turtki boʻladi, real hayotdagi muammolarda o’ziga ishonchni his qilishga yordam beradi. Shu sababdan jumboq yechish barcha oila a’zolarga ham foydalidir.
Boshqotirmalarning qanday turlari mavjud
Matematik jumboqlar turli shakllarda keladi. Ular shartlariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
• Kategoriya bo’yicha: bolalar, yoshlar, kattalar.
• Murakkablik darajasiga ko’ra: eng qiyin, qiyin, oddiy, juda oddiy.
• Strukturasiga ko’ra: matnli, og’zaki, rasmli (chizmali bo’lishi ham mumkin), buyumlar bilan.
Yuqoridagilar haqida sizga misollar asosida javoblari bilan quyida ma’lumot beraman.
Qani, boshladik unda!
Og’zaki boshqotirmalar
Og’zakilarga topishmoq va mantiqiy personaj savollar kiradi va ular og’izdan-og’izga ko’chib yuradi:
-It o’zining dum qismiga bog’langan tovaning taraqlagan ovozini eshitmasligi uchun qanday tezlikda harakatlanishi kerak?
Javobni ko’rish >>>
Harakat qilmasligi darkor ya’ni nol m/s tezlik bilan harakatlanishi kerak.
-Ikkita ota va ikkita o’g’il yo’lda borayotib, uchta nok topib olishdi. Ularning har qaysisi bittadan nok oldi. Qanday qilib bunday bo’ldi?
Javobni ko’rish >>>
Ular ota, dada va farzand bo’lishgan.
Buyumli boshqotirmalar
Buyumlar bilan foydalaniladigan buyum turiga qarab: gugurt cho’pli, kubik, palochka va hk. Ularni yig’ish, sochish, qayta qurish….mumkin. Hozirda dunyoda eng ommalashgani bu kubik Rubik.
Matnli boshqotirmalar
Matnlilarga esa Sudoku, krosvord, skanvord va boshqalar. Kattalar orasida sudoku keng tarqalgan. Uning maqsadi 1dan 9gacha sonlarni har bir katakka vertikal va gorizontal yoʻnalishda takrorlamasdan joylashtirish kerak.
Rasmli boshqotirmalar
Rasmli jumboqlar insonning ko’z xotirasini mukammallashtiradi. Bunga chizmalar, labirintlar, pazllar,… kiradi.
Boshqotirmalar bolalarda mustaqil fikrlash, oqilona qaror qabul qilish qobiliyatini, moliyaviy savodxonlikni oshiradi hamda eng asosiysi dunyoqarashni kengaytiradi. Ko’p hollarda ish beruvchilar ishga qabul qilishda kandidatlarni tekshirishda boshqotirmalardan foydalanishadi. O’zingiz orzu qilgan kasbni egallash uchun poydevor yaratasiz.
Matematik boshqotirmalar to’plami, yashiringan javoblari bilan
- Dilshodbek onasiga yordam berdi va velosipedda sumkalarni tashidi. Bir martada uchtadan sumka tashiy oladi. 8ta sumkani tashish uchun necha marta qatnaydi?
Javobni ko’rish >>>
2. Nok daraxtida 5 ta shox bor, har shoxda 5 tadan shoxchalari bor, bu shoxchalar ham 5 tadan novdalarga bo’lingan va ularning har birida 1 tadan nok bo’lsa, Hammasi bo’lib nechta nok bor.
Javobni ko’rish >>>
3. Ishchilar brigadasi 1-kun piyozpoyani yarmi va 2gektarni yulib bo’ldi, 2-kun qolgan qismining 25%i va 6gektarni yulib bo’ldi. Jami piyozpoya ekilgan maydonni toping.
Javobni ko’rish >>>
4. Mansur ishga piyoda boradi, uyga esa transportda qaytadi, jami yo’lga bir yarim soat sarflaydi. Agar butun yo’lni transportda bosib o’tsa 30 minut sarflaydi. Ishga piyoda borib kelish uchun qancha vaqt ketadi?
Javobni ko’rish >>>
5. Atirgul kunduzi 3-detsimetr, kechasi 2- detsimetr o’sadi. U necha kunda bir metrga ko’tariladi?
Javobni ko’rish >>>
6. O’quvchilar maktabni tugatishda bir birlari bilan o’z fotosuratlarini almashishdi. Sinfda 31 ta o’quvchi bo’lsa, jami necha marta almashtirish talab etiladi?
Javobni ko’rish
31*30=930 marta.
7. Feruzada Dilshodga nisbatan 5 so’m ko’p pul bor. Feruza Dilshodga 4 so’m qarz berdi.Ularning qaysinisida pul ko’p va qanchaga?
Javobni ko’rish >>>
Dilshodda Feruzaga qaraganda 3 so’m ko’p.
8. Buvi, ikki ona va ikki qiz birgalikda beysbol matchiga borishdi va bittadan bilet sotib oldi. Ular jami nechta bilet sotib olishdi?
Javobni ko’rish >>>
3ta (Buvi ham ona, ona ham qiz).
9. Temurbek yuk ortish payti bitta yashikka 10 ta kichik quticha yoki 8 ta katta quticha joylashtirdi. Hammasi bo’lib bitta partiyada 96 ta quticha jo’natildi. Kichiklari kattasiga nisbatan kam. Jami qancha miqdorda yashik jo’natildi?
Javobni ko’rish >>>
11 ta yashik, 4*10=40 va 7*8=56.
10. Qachonki, Navro’za 6 yosh bo’lganda, uning singlisi Gulsanam yarmiga teng edi. Agar Navro’za 40 yosh bo’lsa, Gulsanam necha yoshda?
Javobni ko’rish >>>
U 37 yoshda.
11. Sizga 3 ta butun son berildi. Siz bu sonlarni birgalikda qo’shishingiz va ko’paytirishingiz mumkin. Natija bir xil bo’ladi. Bular qaysi sonlar?
Javobni ko’rish >>>
12. 7 va 8 sonlari orasiga qaysi belgi qo’yilsa, natija 7 dan katta va 8 dan kishik bo’ladi?
Javobni ko’rish >>>
Kasr belgisi, ya’ni 7,8.
13. Muhammadali akvariumda ishlaydi. U har bir toshbaqani alohida idishga solib qo’ymoqchi bo’lsa, unda bitta toshbaqa ortib qoladi. Yo agar u ikkita toshbaqani bitta idishga qo’ysa, bitta idish ortib qoladi. Nechta toshbaqa va qancha idish bor?
Javobni ko’rish >>>
4 ta toshbaqa va 3 ta idish bor.
14. To’rt kishidan iborat oilaning jami yoshi 68 yosh bo’lib, 4 yil oldin 53 ga teng edi. Oilaning kichik a’zosining yoshi nechada?
Javobni ko’rish >>>
15. Besh ishchi 5 soatda 5 metr ariq qaziydi. 100 metr ariqni 100 soatda qazib bo’lish uchun nechta ishchi kerak?
Javobni ko’rish >>>
16. Bitta g’ishtning og’irligi bir kilogram va o’z vaznining yarmiga teng. Bitta g’isht necha kilogram chiqadi?
Javobni ko’rish >>>
17. Kuchukchalar va o’rdaklar birgalikda 44 oyoq va 17 boshga ega. Qancha kuchukcha va nechta o’rdak bor?
Javobni ko’rish >>>
5 kuchuk va 12 o’rdak.
18. Mansur bir son o’yladi. Bu songa birni qo’shib, so’ngra 2ga ko’paytirdi, ko’paytmani 3ga bo’ldi va bo’linmadan 5ni ayirdi, natijada 5 hosil bo’ldi. Anvar qanday son o’ylagan?
Javobni ko’rish >>>
19. Guruhda 30 ta talaba tahsil oladi. Ulardan 20 tasi nemis tilini biladi. 18 tasi fransuz tilini biladi. Savol: qanchasi ikkala tilni ham biladi?
Javobni ko’rish >>>
12 ta nemis, 10 ta fransuz, 8ta har ikki tilni biladi.
20. Beshta 2 yordamida 200 sonini qanday hosil qilish mumkin?
Javobni ko’rish >>>
21. Shilliqqurt daraxtda kunduzi 20 sm tepaga, kechasi 5 sm pastga yuradi. Necha kunda uch metr masofani bosib o’tadi?
Javobni ko’rish >>>
22. 300 metr uzunlikdagi poyezd minutiga 300metr tezlik bilan 300 metr uzunlikdagi tuneldan o’tishi zarur. Qancha vaqtda tuneldan o’tadi?
Javobni ko’rish >>>
Ikki minutda.
23. Men uch xonali sonman. Ikkinchi nomerim uchinchisidan 2 marta katta, birinchi nomerim esa ikkinchisidan 3 ga kichik. Men qaysi sonman?
Javobni ko’rish >>>
24. To’qqizga besh qo’shdim va natija ikki chiqdi. Javob to’g’ri, qanday qilib?
Javobni ko’rish >>>
Qachonki ertalab soat to’qqiz bo’lsa, unga besh soatni qo’shamiz va soat 14 bo’ladi.
25. Stolga ikkita gugurt donasini qo’ying. Yana ikkita gugurt dona qo’shib sakkiz sonini hosil qiling.
Javobni ko’rish >>>
Rim belgisida sakkiz yasaymiz.
26. Faqat qo’shish ishorasidan foydalanib, sakkizta sakkizdan 1000 sonini hosil qiling.
Javobni ko’rish >>>
888+88+8+8+8=1000.
27. Zooparkda 100 juft it bor. Ularni har biri ikki juftdan bolaladi. Afsuski, 23 ta kuchukcha yashay olmadi. Jami nechta it qoldi?
Javobni ko’rish >>>
977 it (100*2=200; 200+800=1000; 1000-23=977).
28. Qanday qilib beshdan ikkini olsak 4 qoladi?
Javobni ko’rish >>>
F I V E so’zidan F va E harfini olamiz, IV qoladi.
29. Agar siz bu sonni har qanday boshqa songa ko’paytisangiz yana shu son hosil bo’ladi. Bu son qaysi?
Javobni ko’rish >>>
30. Raqamni raqamning o’ziga qo’shing va keyin 4 ga ko’paytiring. Raqamni yana 8 ga bo’ling va siz yana bir xil raqamni olasiz. Bu raqam nima?
Javobni ko’rish >>>
Har qanday raqam.
31. 12 soat ichida devor qurish uchun 12 kishi kerak bo’ldi. Shunda 6 kishi bir xil devor qurish uchun qancha vaqt ketadi?
Javobni ko’rish >>>
Vaqt yo’q! Qayta qurishning hojati yo’q, ish allaqachon bajarilgan.
32. Bobo, ikki ota va ikki o’g’il birgalikda bog’ga kelishdi va ularning har biri bittadan kirish chiptasini sotib olishdi. Ular jami nechta chipta sotib olishdi?
Javobni ko’rish >>>
3 (atigi 3 kishi bor edi, chunki otasi ham o’g’il, bobosi ham ota).
33. Meni o’zingizga qo’shing va 4 ga ko’paytiring. Meni 8 ga bo’ling va siz meni yana topasiz. Men nimaman?
Javobni ko’rish >>>
Har qanday raqam.
34. Tovuq bir oyog’ida turganda 2 kg kelsa 2 oyog’ida tursa necha kg?
Javobni ko’rish >>>
35. Menda bir bochka vino bor, sizning vazifangiz esa undan bir gallon o‘lchash. Sizga besh litrlik idish va uch litrlik idish olsam bo’ladimi? Menga qanday yordam bera olasiz?
Javobni ko’rish >>>
Avval 3 gallonli idishni sharob bilan to’ldiring. Shundan so’ng, siz xuddi shu narsani 5 litrli idishga o’tkazishingiz kerak. Keyin 3 gallon idishni to’ldiring va sharobni to’liq bo’lguncha 5 gallon idishga o’tkazing. 3 gallonli idishdagi qolgan qismi 1 gallon sharobdir.
36. Mening javonimda ma’lum miqdordagi kitoblar bor, men bir kitobni oldim, o’ngdan oltinchi, chapdan to’rtinchisini. Mening javonimdagi kitoblar sonini bilib olasizmi?
Javobni ko’rish >>>
9 ((6 + 4) -1. Yoki siz 10 ta kitobdan iborat to’plamni joylashtirasiz va uning qanday ishlashini ko’rasiz).
37. Tomning og’irligi Piterning yarmi va Jerriniki Tomdan uch baravar ko’p. Ularning umumiy vazni 720 funtni tashkil qiladi. Har bir erkakning vaznini aniqlay olasizmi?
Javobni ko’rish >>>
720 ni 6 ga bo’lish orqali Tomning vazni 120 funt ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu ko’rsatkichni hisobga olsak, Piterning vazni 240 ,Jerri esa 360.
38. Yashnardan necha yoshda ekanligini so’rashdi. Uning javobi shunday bo’ldi: » siz besh yil oldin bu haqida so’raganingizda mening yoshim 2 yildan keyin ikki barobar katta bo’ladi». Uning yoshi nechada?
Javobni ko’rish >>>
12. Yashnar X yoshga to’lsin. X + 2 = 2 (X-5); X + 2 = 2X-10; X = 12.
39. 100 ga teng bo’lgan matematik tenglamada to’rtta to’qqizdan foydalaning.
Javobni ko’rish >>>
– 99+ (9/9) = 100.
40. Yetti bola ziyofatda uchrashishdi. Ularning har biri faqat bir marta qo’l silkitadi. Qo‘l siqishlarning umumiy soni qancha?
Javobni ko’rish >>>
Yigirma bir.
41. Uyga qaytayotganda Muslim yerda bir nechta sigaret qoldiqlarini ko‘rdi. Shu kurtaklardan sigaret yasashni o‘yladi, 4 ta sigaret qoldig‘i bitta sigaret bo’ladi. Yerda 16 ta sigaret qoldig‘i bor edi. U ulardan maksimal qancha sigaret yasashi mumkin?
Javobni ko’rish >>>
5. Birinchidan, u mana shu 16 ta sigaretdan 4 ta sigaret yasay oladi. Bu 4 ta sigaretni cheksa, u yana 4 ta chekishni oladi va undan yana sigaret yasashi mumkin.
42. Bayramga 100 nafar qiz keldi. Ulardan 85 tasi qizil sumkada, 75 tasi jigarrang tuflida, 60 tasi soyabon bilan kelgan, 90 tasida uzuk taqilgan.Bu toʻrtta narsaning hammasi nechta qizda bor edi?
Javobni ko’rish >>>
43. Ota va o’g’ilning yoshi jami 66 yosh. Otaning yoshi – o’g’ilning yoshi teskari tartibda. Ular necha yoshda bo’lishi mumkin?
Javobni ko’rish >>>
Buning uchta mumkin bo’lgan echimi bor: ota-o’g’il dueti 51 va 15 yoshda, 42 va 24 yoshda yoki 60 va 06 yoshda bo’lishi mumkin.
44. Agar to’rtta olma bo’lsa va uchtasini olsangiz, sizda nechtasi bor?
Javobni ko’rish >>>
Siz uchta olma oldingiz, aniqki, sizda uchta bo’ladi.
45. Sizga telefon beriladi va qurilmaning raqamli klaviaturasidagi barcha raqamlarni ko’paytirish so’raladi. Javob nima bo’ladi?
Javobni ko’rish >>>
Nol (raqamli klaviaturada 0 raqami mavjud bo’lganligi sababli, istalgan raqamni nolga ko’paytirsangiz, javob nolga teng bo’ladi).
46. Ikki tovuq ikki daqiqada ikkita tuxum qo’yishi mumkin. Agar bu eng yuqori tezlik bo’lsa, 500 daqiqada 500 ta tuxum olish uchun qancha tovuq kerak bo’ladi?
Javobni ko’rish >>>
2 ta tovuq.
47. Maryamning 7 ta qizi bor, ularning har birining ukasi bor. Meri farzandlarining umumiy sonini sanab bera olasizmi?
Javobni ko’rish >>>
8 farzand, chunki opa-singillarning faqat bitta ukasi bor.
48. Kichkina bola do’konga borib, 12 ta pomidor sotib oladi. Uyga qaytayotganda, to’qqiztadan boshqasi ezilib ketdi. Yaxshi holatda qancha pomidor qoldi?
Javobni ko’rish >>>
49. Bir paytlar yetti mitti bor edi, ularning hammasi birodar edi. Ularning barchasi ikki yil farq bilan tug’ilgan. Eng yosh mitti yetti yoshda. Uning katta akasi necha yoshda?
Javobni ko’rish >>>
Katta akasi 19 yoshda.
50. Bir o’rdakning narxi 9 so’m, o’rgimchak 36 so’m turadi, asalari esa 27 so’m. Ushbu ma’lumotni hisobga olgan holda, mushukning narxi qanday bo’ladi?
Javobni ko’rish >>>
18 so’m (har bir oyoq uchun 4,50 so’m).
51. Hammasi bo’lib 600 kishilik golf klubi bor. Klubdagi erkaklarning 5 foizi bitta tatuirovkaga ega. Ishtirokchilarning qolgan 95 foizini hisobga olsak, ularning yarmida ikkita tatuirovka bor, qolgan erkaklarda esa hech qanday tatuirovka yo’q. Klubda qancha tatuirovka ko’rishingiz mumkin?
Javobni ko’rish >>>
600. Maʼlumotlarga koʻra, ularning 5 foizi yoki 30 nafarida bitta tatuirovka bor. Qolgan 95% yoki 570 erkaklarning yarmida ikkita tatuirovka bor, qolgan yarmida esa yo’q. Bu ularning barchasida tatuirovka borligi bilan tengdir.
52. 5 ta ovchi 5 kunda 5 dona bedana yeydi. Sizningcha, 15 ta ovchi 15dona bedanani necha kun yeyishadi?
Javobni ko’rish >>>
15 ovchi ham 5 kun ichida 15 dona bedana yeydi. Agar 5 ta ovchi ma’lum vaqt ichida 5 dona bedana yesa, 15 ta ovchi bedanani eyishni tezligidan 3 barobar ko’p, shuning uchun ular 5 kun ichida 15 dona bedana yeyishadi.
53. Bir banka suvning og’irligi 500 gramm. Xuddi shu banka kerosin bilan 350 grammni tashkil qiladi. Kerosin suvdan 2 baravar engilroq. Bo’sh banka og’irligi qancha?
Javobni ko’rish >>>
54. Qanday qilib 5 ta olmani beshta bolaga teng bo’lish mumkin, qachonki har biri bittadan olma oladi va savatda bitta olma qoladi?
Javobni ko’rish >>>
Bir bola savat bilan olma oladi.
55. Xonaning to’rtta burchagi bor. Har bir burchakda mushuk bor. Har bir mushukning qarshisida uchta mushuk bor. Har bir mushukning dumida bitta mushuk bor. Xonada nechta mushuk bor?
Javobni ko’rish >>>
Xonada faqat to’rtta mushuk bor.
56. Bir kishidan “Yoshingiz nechada?” deb so’rashibdi. U shunday debdi: “10 yil oldin o’g’limdan 4 marta katta, 10 yil keyin undan ikki marta katta” deb javob beribdi. Bu kishi necha yoshda?
Javobni ko’rish >>>
50 yosh. Otasini x yosh desak, o’g’lini y desak. Tenglamalar sistemasi tuzamiz: x-10=4(y-10), x+10=2(y+10).)
57. 10 ta apelsinni 12 talabaga teng taqsimlang, har bir apelsinni 3 tadan ko’p bo’lmagan teng qismlarga bo’lish sharti bilan.
Javobni ko’rish >>>
Biz 6 ta apelsinni yarmiga, qolganlarini esa 3 ta teng qismga kesib tashladik, shundan so’ng biz har bir talabaga apelsinning yarmini va uchdan birini beramiz.
58. Daraxtda 6 ta chumchuq o’tirgan edi. Ovchi otib ikkitasini urib yubordi. Daraxtda nechta chumchuq qolgan?
Javobni ko’rish >>>
Qolmagan – qolganlarning hammasi uchib ketishdi.
59. Bir tuxumni 4 daqiqa qaynatib oling. Keyin u pishirilgan hisoblanadi. 5 ta tuxumni necha daqiqa pishirish mumkin?
Javobni ko’rish >>>
4 daqiqada.
60. Tikuvchining 18 m mato bo’lagi bor va har kuni 3 m kesadi. U oxirgi marta qaysi kuni kesadi?
Javobni ko’rish >>>
Beshinchisida.
61.Yashnarda ikkita tanga mavjud. Hammasi bo’lib, ular uch so’m. Ularning biri bir so’mlik emas. Bu tangalar qanday?
Javobni ko’rish >>>
Bir va ikki so’mlik
62. Mahmud va Anvar bir yarim soat shaxmat o’ynadi . Ularning har qaysisi qancha vaqt o’ynadi?
Javobni ko’rish >>>
Bir yarim soat
63. Sobirning uyida to’rtta kuchuk bor. Har bir kuchuk nahorda ikkita sosiska yeydi. Bugun Sobir hamma kuchuklarini to’ydirishga bitta sosiska yetmay qoldi. Bugun unda nechta sosiska bor ?
Javobni ko’rish >>>
64. Beshta ekskavator 5 soatda 5 m xandaq qaziydi. 100 soatda 100 m ariq qazish uchun nechta ekskavator kerak bo‘ladi?
Javobni ko’rish >>>
Xuddi shu beshta ekskavator kerak bo’ladi, ortiq emas. Aslida beshta ekskavator 5 m zovurni 5 soatda qazishadi; demak, beshta ekskavator 1 soatda 1 m ariq qazigan bo’lardi, 100 soatda esa 100 ta ekskavator.
65. Jasur va Muhayyoning 4 ta o’g’li bor. Har bir o’g’lining bitta opasi bor. Jasurlarning jami nechta farzandi bor?
Javobni ko’rish >>>
To’rt o’g’il va bir qiz.
66. 10 km uzunlikdagi ko’prik, roppa-rosa 30 tonnani ko’tara oladi. To’liq jihozlangan yuk mashinasi, haydovchi bilan og’irligi 30 tonna bo’lib, ko’prikda harakatlanyapti. Ko’prikning markazida 100 gramm og’irlikdagi qaldirg’och mashinaga qo’ndi. Lekin ko’prik buzilmaydi. Nega?
Javobni ko’rish >>>
Mashina ko‘prikning o‘rtasiga yetarkan, yonilg‘i tugagan.
67. Tantani 15 bo’lakka ajratish uchun nechta joyidan kesish zarur?
Javobni ko’rish >>>
68. Sonning yarmining yarmi yarimga teng. Bu qaysi son?
Javobni ko’rish >>>
Bu 2. Buning yarmi 1 ga teng va bu raqamning yarmi yarimga – 0,5 ga teng.
69. Birda yuzgacha raqamlar ichida necha marta sakkiz qatnashadi?
Javobni ko’rish >>>
70. 22=11, 12=6, 6=4, 4=4. Bu tenglik nimani hisobiga bajariladi?
Javobni ko’rish >>>
Harflar sonidan olingan.
71. Uch yil oldin Akmalning amakivachchasi yoshiga nisbati hozirgidek edi. Qanda holatda?
Javobni ko’rish >>>
Ularning yoshi teng bo’lgan.
72. Doktor kasalga to’rtta dori yozib berdi va har 30 daqiqada qabul qilishni aytdi. Dorilarni ichish qancha davom etadi?
Javobni ko’rish >>>
73. Tuya 10 pud yukga bir soat chidaydi. 1000 pud yuk uchunchi?
Javobni ko’rish >>>
Yo’q. Tuya bu og‘irlikni ko‘tarolmaydi.
74. Vasila 7 yoshda. Va Zuxra 13 yoshda. Uch yildan so’ng ular orasidagi yosh farqi qancha bo’ladi?
Javobni ko’rish >>>
Olti yil (yosh orasidagi farq o’zgarishsiz qoladi).
75. Uyda 20 ta yoritgich mavjud, ulardan 6 tasi kuyib qolgdi. Qancha yoritgich qoldi?
Javobni ko’rish >>>
Yigirmata (15 donasi ishlaydi va 6 donasi kuygan).
76. To’qqizta hassada qancha uch mavjud?
Javobni ko’rish >>>
O’n sakkizta.
77. Nexia 3 avtomobili Andijonga ketyapti. Yo’ davomida to’rtta mashinaga duch keldi. Andijonga qarab nechta mashina ketyapti?
Javobni ko’rish >>>
78. Avvalgi kun Jasmina 20 yoshda bo’lsin. kelayotgan yili u 23 ga kiradi. Shunday bo’lishi mumkinmi?
Javobni ko’rish >>>
Ha. Bugun birinchi yanvar va Jasminaning tavallud topgan kun 31 dekabr bo’lsa. Bir kun oldin (30 dekabr) Jasmina 20 yoshda edi, kecha (31 dekabr) 21 yosh bo’ldii, bu yil 22 yoshga kiradi, keyingi yili 23 yosh bo’ladi.
79. Radiusi 100 metrli aylanasimon koʻl va 2 ta daraxt mavjud boʻlib, birinchisi qirgʻoqda suvga yaqin joyda, keyingisi koʻlning markazida orolchada joylashgan. Suzishni bilmagan odam masofasi 2000 detsimetrdan bir oz uzunroq bo’lgan trosdan foydalanib orolchaga borishi darkor. Qanday holatda boradi?
Javobni ko’rish >>>
Trossni uchini chekkada joylashgan daraxtga bog’laydi, ko’lni aylanib o’tish va arqonning ikkinchi tomonini o’sha daraxtga bog’lash darkor. Oxirida, orolchaga boorish uchun daraxtlar orasiga ikki qavat tross bog’lanadi.
80. Agar kechasi soat 12 da yomg’ir yog’sa, 96 soatdan keyin quyoshli ob-havo bo’lishini kutish mumkinmi?
Javobni ko’rish >>>
Yo’q, chunki 96 soatdan keyin yana yarim tun bo’ladi.
81. Trassa atrofidagi postda 2 ta chegarachi bor. Birinchisi trassaning yon tarafiga, keyingisi qarama-qarshi tarafga yuzlanadi, lekin ular bir birlarini ko’radi. Qanda holatda? Oyna yordamidagi usul va boshqalar. – nazarda tutilmagan.
Javobni ko’rish >>>
Chegarachilar qarama-qarshi tarafga yuzlansalar ham, ular orqagamas, balki bir-birlariga qarama-qarshi turadi.
82. 2 va 3 o’rtasida qaysi belgini qo’ysak, ko’rinish 4 dan katta va 5 dan kichik bo’ladi?
Javobni ko’rish >>>
83. Abdulazizning 13 ta echkisi bor. 11 tadan boshqa barchasi o’ldi. Nechta echki qoldi?
Javobni ko’rish >>>
84. Xaridor gul va guldonni 22 so’mga oldi. Gul 20 so’m turadi. Gul guldonga nisbatan 20 so’m narxi ko’p. Guldonni narxi qancha?
Javobni ko’rish >>>
1 so’m (1+20= gul narxi).
Xulosa
Agar siz murakkab matematikadan qochishni afzal ko’rsangiz, siz uchun ajoyib jumboqlar mavjud. Maqolamiz boshida tilga olgan sir ham shu edi aslida. Siz azizlardan turli jumboqlarni kommentariyada kutib qolaman va albatta birgalikda yechamiz.