Press "Enter" to skip to content

Физика, 6 синф, Турдиев Н. Ш, 2017

FIZIKA TARAQQIYOTI TARIXIDAN MA’LUMOTLAR.
Fizika grekcha «phyusis» – tabiat degan so‘zdan olingan bo‘lib, tabiat haqidagi fan degan ma’noni anglatadi. Inson o‘zini o‘rab turgan tabiat haqidagi bilimlarni yashash uchun bo‘lgan ayovsiz kurashlar jarayonida o‘rganib borgan. Dastlabki ilmiy ma’lumotlarni to‘plash, insonlar ekin ekib, o‘troq hayot kechiradigan joylarda boshlangan. Bunday qulay imkoniyatga ega bo‘lgan misrlik va bobilliklar to‘plagan bilimlaridan foydalanib piramidalar, ibodatxonalar, qal’alar, to‘g‘onlar qurganlar. Qurilishda oddiy mexanizmlardan: richaglar, yumalatuvchi xodalar, qiya tekislikdan foydalanishganlar. Fizika haqidagi ma’lumotlarni birinchi bor kitob shaklida qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel (Arastu) (milod.avval. 384–322-y.) bayon etgan. Olamning nimadan tuzilganligi haqidagi nazariyani miloddan avvalgi 341–270- yillarda yashagan Epikur bergan. Uning g‘oyalarini shoir Lukretsiy o‘zining «Narsalarning tabiati haqida» nomli poemasida keltiradi. Unga ko‘ra barcha jismlar ko‘zga ko‘rinmaydigan, bo‘linmaydigan atomlardan tashkil topgan va ular to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi.

Maktablarda SCIENCE fani joriy etiladi. O‘qituvchilarni qiziqtirayotgan savollarga javoblar

O‘zbekiston ta’lim tizimida ham 2021/22 o‘quv yilidan boshlab 1–6-sinflarda tabiiy fanlarni o‘zida jamlagan «Tabiiy fan» (SCIENCE) joriy etilishi haqida xabar berilgan edi.

Kun.uz muxbiri mazkur mavzuga aloqador savollarga javob olish, yangi fanning qay tartibda joriy etilishi haqida ma’lumot olish uchun Respublika Ta’lim markazi direktori o‘rinbosari Mehriniso Pardayeva bilan bog‘landi.

«Tabiiy fan o‘quvchiga fanlarni o‘qish qiyin emas, qiziq bo‘lishiga yordam beradi. »

— Tabiiy fan (SCIENCE) amalga kiritilishidan oldin xalqaro amaliyot, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xususiy va xorijiy maktablar tajribasi o‘rganildi.

Yangi fan o‘quvchilarni kichik yoshidan tabiiy fanlarni o‘qishga rag‘batlantirish, ularda olam haqida yaxlit tasavvur paydo qilishga yordam beradi. Buning bilan bola tabiiy fanlar, jumladan fizika va kimyo qiyin emas, qiziq fanlar ekanini anglaydi va uni o‘rganishga o‘zida rag‘bat sezadi.

Tabiiy fan (SCIENCE) qaysidir fandan voz kechish yoki qaysidir fanning o‘rniga joriy etilayotgani yo‘q. Aksincha, u ta’lim sifatini oshirish uchun mavjud fanlarni integrativ tarzda o‘qitilishini ta’minlaydi.

Tabiatda yuz berayotgan hodisalarni, masalan, yomg‘ir hodisasini o‘rganish jarayonida bola uning tarkibi (biologiyaga oid tushunchalar), fizik xususiyatlari, qaysi fasllarda va qayerlarda ko‘proq yog‘ishi (geografik xususiyati), yomg‘ir ta’sirida Yerda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi, o‘simliklar uchun foydasi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.

Mazkur fan 1–2-sinflarda «Atrofimizdagi olam», 3–4-sinflarda tabiatshunoslik, 5–6-sinflarda esa 3 ta alohida fan – geografiya, biologiya va fizika fanlari mazmunini va kimyo fanining boshlang‘ich tushunchalarini uyg‘unlikda o‘qitadi. 7-sinfdan boshlab esa biologiya, geografiya va iqtisodiyot, fizika, kimyo fanlari alohida o‘qitiladi.

«Yangi tartibning joriy qilinishi 5 yilgacha muddatni oladi»

— Tabiiy fan (SCIENCE) bosqichma-bosqich tarzda joriy qilinadi. Birinchi bosqich 2021/22 o‘quv yilida 1–2-sinflarda, keyin boshqa sinflarda joriy qilinadi.

Bu muddatda yangi o‘quv yili boshlangunga qadar 1–2-sinf o‘qituvchilariga mazkur fanni o‘qitish bo‘yicha maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi va kelgusida fanni o‘qitadigan mutaxassis o‘qituvchilar ham tayyorlanadi. Zarur bo‘lsa, qayta tayyorlov kurslari tashkil etiladi.

«Tabiiy fan boshqa fanlarni qisqartirmaydi»

— Ayni paytda 1–2-sinfda «Atrofimizdagi olam» – 1 soat, 3–4-sinfda tabiatshunoslik – 1 soat, 5-sinfda biologiya – 1 soat, geografiya – 1 soat, 6-sinfda fizika – 2 soat, biologiya – 2 soat, geografiya va iqtisod – 2 soatdan o‘qitilib, 1–5-sinflarda jami 12 soatni tashkil qiladi.

Hozirgi takliflarga ko‘ra, tabiiy fan 1-sinfda bir soat, 2–4-sinflarda ikki soatdan, 5–6-sinfda esa 3 soatdan, jami 13 soat o‘qitilishi tavsiya etilmoqda. Bu – hali taklif.

Tabiiy fanlarni joriy etishdan oldin tanlab olingan maktablarda shu o‘quv yilining to‘rtinchi choragida tajriba-sinov asosida fanni o‘qitamiz. Bu muddatda o‘quv dasturlari, darsliklar, dars soati tahlil qilib ko‘riladi. Va tajriba-sinov natijalari asosida 13 soatlik taklif o‘zgarishi mumkin.

Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarda tabiiy fanlar soatlari kamayib ketadi, boshqa fanlar soatiga o‘tkazib yuboriladi, deya fikr bildirmoqda. Lekin bular asossiz: dars soati kamaytirilmaydi. Olimlar, mutaxassislar xulosalari bilan balki ko‘paytirilishi mumkin.

Yuqorida aytilganidek, 7–11-sinflardan esa fanlarning o‘qitilishi doimiy tartibda davom etadi.

Tabiiy fanlardan qaysi o‘qituvchilar dars beradi?

— Agar boshlang‘ich sinflar darsliklari bolalar uchun jozibali, qiziqarli, rang-barang qilib ishlab chiqilsa, fanni o‘rganish o‘quvchilarga oson bo‘ladi. Xuddi shuningdek, fanni o‘qitish uchun eng maqbul metodlarni, tavsiyalarni o‘z ichiga olgan o‘qituvchilar uchun ham alohida metodik qo‘llanma – o‘qituvchi kitoblari ishlab chiqiladi. Ular yordamida dars berish ustozlar uchun ham og‘ir bo‘lmaydi.

1-4-sinflarda tabiiy fanni o‘qitish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga yuklatilishi tavsiya etiladi. Hozir ham «Atrofimizdagi olam» fanidan asosan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari dars berib kelmoqda.

Ayni paytdagi darsliklarda ayrim mavzular o‘qish, «Atrofimizdagi olam», odobnoma fanlarida ham aynan takrorlangan. Tabiiy fan (SCIENCE) fanida mavzular boshqa fanlar bilan bir-birini mantiqiy to‘ldiruvchi, fanlararo uzviylikni ta’minlagan holda ishlab chiqiladi.

Ona tilida biror mavzudagi matnning mantiqiy jihati, tabiiy fanda esa matnda keltirilgan hodisa, jarayon yoki o‘rganish predmetining tabiiy xususiyatlari o‘rganiladi.

5-sinfda tabiiy fan 3 soat o‘qitilishi va uni biologiya, geografiya va iqtisod fani o‘qituvchilari, shuningdek, 6-sinfda biologiya, geografiya va iqtisodiyot, fizika fanlari o‘qituvchilari o‘tishi tavsiya qilinmoqda.

Bunda savol tug‘iladi: geografiya o‘qituvchisi fizikani, fizika muallimi biologiyani o‘qita oladimi?

Buni aniqlash uchun o‘qituvchilar bilan ishlanadi. Ularning malakasini oshirish, qayta tayyorlash orqali ular shu darslarni o‘tishga tayyorlanadi. Bunday imkoniyat ularga maxsus maqsadli o‘quv kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladi.

«Tabiiy fan (SCIENCE) o‘qitadigan mutaxassislar tayyorlanadi»

— Tabiiy fan joriy etilgach, tegishli normativ huquqiy-hujjatlar ishlab chiqilgandan so‘ng, pedagogika universitetlariga tabiiy fan (SCIENCE) fanini o‘qituvchi kadrlarni tayyorlashga buyurtma beriladi.

Pedagogika institutlarida fizika yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalarga geografiya, biologiya bo‘yicha dars soatlarini yoki aksincha, geografiya yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar uchun qolgan 2 ta fan bo‘yicha dars soatlarini kiritish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga takliflar ham beriladi.

«Pedagoglar jamoasi o‘zgarishlarga ochiq bo‘lishi kerak»

— Ta’limda joriy etilayotgan har bir yangilik nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham o‘zini oqlayotgan tajribaga asoslanishi kerak. Agar tizimni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun o‘nlab yillar tajriba-sinov qilinadigan bo‘lsa, unda ko‘p narsa yo‘qotish mumkin. Aslida, o‘z samaradorligini isbotlagan ta’lim modellari mavjud.

Insoniyat kashfiyotlarini amaliyot davomida isbotlagan paytlar ko‘p bo‘lgan. Faqat buning uchun hamma harakat qilishi kerak. O‘zgarishlarga ochiq bo‘lishimiz, o‘z ustimizda ishlashimiz kerak. Shuning uchun pedagoglardan iborat jamoatchilikni yangiliklardan qo‘rqishga emas, ularni amalga oshirishga intilishga chaqiraman.

Zilola G‘aybullayeva suhbatlashdi.

  • SCIENCE fanining taklif etilayotgan o‘quv dasturi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

Физика, 6 синф, Турдиев Н.Ш., 2017

Китобе, ки дар даст доред, барои шумо аввалин китоби дарсии фанни нави омґзишии «Физика» ба ҳисоб меравад. Омґхтани фанни
физикаро оянда дар синфҳои 7–9-ум низ давом медиҳед. Аз чҝ сабаб фанни физикаро омґхтан лозим?
Агар шумо ба атроф назар кунед, боридани барф ё борон, абрҳои дар осмон шинокунанда, ҹґйбор ё дарёи обаш ҹориро мебинед. Ҳамаи инҳо ҳодисаҳои табиат ба шумор мераванд. Дигаргуниҳо дар табиате, ки Шумо ва моро иҳота кардааст, бевосита ба ҳаёти мо таъсир мекунад. Омґхтани қонуниятҳои ҳодисаву ҹараёнҳои табиат имкон медиҳад, ки аз онҳо пурратар истифода барем. Ин қонуниятҳоро омґхта инсон мошинро ихтироъ намуд, ки меҳнати вайро сабук менамояд. Мо ҳаёти ҳаррґзаи худро бе электр (барқ), сґзишворҝ ва оби соф тасаввур карда наметавонем.

БУЗУРГИҲОИ ФИЗИКҜ ВА ЧЕН КАРДАНИ ОНҲО.
Баъзе параметрҳо – и ҹисмҳо ё ки ҳодисаҳои физикиро бо ёрии таҹриба чен кардан мумкин. Ин параметрҳо, бузургиҳои физикҝ номида мешавад. Масалан, дарозҝ, ҳаҹм, ҳарорат, массаҳои ҹисм ва ҳоказо.

Як бузургҝ айнан барои муайян кардани якто хосияти ҹисмҳо ва ҳодисаҳои гуногуни физикҝ истофода бурда мешавад. Масалан: дарозии қадам, дарозии миз, дарозии ресмон. Лекин ин бузургҝ барои ҳолатҳои дар боло гуфта шуда ба қиматҳои гуногун соҳиб мешавад. Барои аз ҹиҳати миқдор муайян кардани бузургиҳои физикҝ, қимати ададҝ ва воҳидии онро донистан лозим аст. Масалан, ҳангоми дар мактаб дарс 45 дақиқа давом меёбад гуфтан, бузургии физикии «вақт» номидашаванда дар ҳолати аз ду қисм иборат будан ифода карда мешавад. Рақами – 45-и якум қимати ададии онро, калимаи «дақиқа» – и дуюм «воҳид»-и онро мефаҳмонад.

МУНДАРИҶА.
Муқаддима.
Боби I. МАЪЛУМОТҲОИ ИБТИДОИ ДАР БОРАИ СОХТИ МОДДА.
Боби II. МАЪЛУМОТҲОИ ИБТИДОИ ОИДИ ҲОДИСАҲОИ МЕХАНИКИ.
Боби III. МУВОЗИНАТИ ҶИСМҲО. МЕХАНИЗМҲОИ ОДДИ.
Боби IV. МАЪЛУМОТИ АВВАЛИН ДАР БАРОИ ҲОДИСАҲОИ ГАРМЙ.
Боби V. МАЪЛУМОТҲОИ ИБТИДОИ ОИДИ ҲОДИСАҲОИ ЭЛЕКТРИКИ.
Боби VI. МАЪЛУМОТИ ИБТИДОИ ОИДИ ҲОДИСАҲОИ РӮШНОЙ.
Боби VII. МАЪЛУМОТҲОИ ИБТИДОИ ОИДИ ҲОДИСАҲОИ САДО.
Адабиётҳо истифодабурдашуда.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Физика, 6 синф, Турдиев Н.Ш., 2017 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2014

Qo‘lingizdagi kitob Siz uchun yangi o‘quv predmeti bo‘lgan «Fizika» darsligining birinchisidir. Keyingi 7–9- sinflarda ham «Fizika»dan o‘quv darslari davom etadi.
Darslikda shu hodisalarga doir murakkab bo‘lmagan va o‘zingiz bajarib ko‘ra oladigan qiziqarli topshiriqlar beriladi.

FIZIKA TARAQQIYOTI TARIXIDAN MA’LUMOTLAR.
Fizika grekcha «phyusis» – tabiat degan so‘zdan olingan bo‘lib, tabiat haqidagi fan degan ma’noni anglatadi. Inson o‘zini o‘rab turgan tabiat haqidagi bilimlarni yashash uchun bo‘lgan ayovsiz kurashlar jarayonida o‘rganib borgan. Dastlabki ilmiy ma’lumotlarni to‘plash, insonlar ekin ekib, o‘troq hayot kechiradigan joylarda boshlangan. Bunday qulay imkoniyatga ega bo‘lgan misrlik va bobilliklar to‘plagan bilimlaridan foydalanib piramidalar, ibodatxonalar, qal’alar, to‘g‘onlar qurganlar. Qurilishda oddiy mexanizmlardan: richaglar, yumalatuvchi xodalar, qiya tekislikdan foydalanishganlar. Fizika haqidagi ma’lumotlarni birinchi bor kitob shaklida qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel (Arastu) (milod.avval. 384–322-y.) bayon etgan. Olamning nimadan tuzilganligi haqidagi nazariyani miloddan avvalgi 341–270- yillarda yashagan Epikur bergan. Uning g‘oyalarini shoir Lukretsiy o‘zining «Narsalarning tabiati haqida» nomli poemasida keltiradi. Unga ko‘ra barcha jismlar ko‘zga ko‘rinmaydigan, bo‘linmaydigan atomlardan tashkil topgan va ular to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi.

Fizika qonunlarini harbiy texnikada keng ko‘lamda qo‘llagan olimlardan biri Arximed edi. Arximed miloddan avvalgi 287- yilda Sitsiliya orolidagi Sirakuza shahrida tug‘iladi. Bu davrda Sitsiliya oroli Rim va Karfagen orasidagi urush maydoni edi. Oroldagi hokimiyat mustaqilligini asrab qolish uchun mudofaa inshootlarini quradi. Bunda Arximedning muhandislik qobiliyati qo‘l keladi. Rimliklar Sitsiliyaga ham dengizdan, ham quruqlikdan hujum qilishadi.

MUNDARIJA.
Kirish.
1-mavzu. Fizika nimani o‘rganadi? Fizik hodisalar.
2-mavzu. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma’lumotlar.
3-mavzu. Jamiyat rivojlanishida fizikaning ahamiyati. O‘zbekistonda fizika taraqqiyoti.
4-mavzu. Fizikada ishlatiladigan ayrim atamalar.
5-mavzu. Kuzatishlar va tajribalar.
6-mavzu. O‘lchashlar va o‘lchash aniqligi.
7-mavzu. Fizik kattaliklar va ularni o‘lchash.
I BOB. MODDA TUZILISHI HAQIDA DASTLABKI MA’LUMOTLAR.
Kirish suhbati.
8-mavzu. Modda tuzilishi haqida Demokrit, ar-Roziy, Beruniy va Ibn Sino ta’limotlari.
9-mavzu. Molekulalar va ularning o‘lchamlari.
10-mavzu. Molekulalarning o‘zaro ta’siri va harakati. Broun harakati.
11-mavzu. Turli muhitlarda diffuziya hodisasi.
12-mavzu. Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekular tuzilishi.
13-mavzu. Suyuqliklarda diffuziya hodisasini o‘rganish (uyda bajariladi).
II BOB. MEXANIK HODISALAR.
Kirish suhbati.
14-mavzu. Jismlarning mexanik harakati. Trayektoriya.
15-mavzu. Jismlarning bosib o‘tgan yo‘li va unga ketgan vaqt. Bosib o‘tilgan yo‘l (masofa) va vaqt birliklari.
16-mavzu. Tekis va notekis harakat haqida tushuncha. Tezlik va uning birliklari.
17-mavzu. Massa va uning birliklari.
18-mavzu. Laboratoriya ishi. Shayinli tarozi yordamida jism massasini o‘lchash.
19-mavzu. Zichlik va uning birliklari. Beruniy va Hozinning zichlikni aniqlash usullari.
20-mavzu. Laboratoriya ishi. Qattiq jismning zichligini aniqlash.
21-mavzu. Jismlarning o‘zaro ta’siri haqida ma’lumotlar. Kuch.
22-mavzu. Og‘irlik kuchi.
23-mavzu. Laboratoriya ishi. Dinamometr yordamida kuchlarni o‘lchash.
24-mavzu. Bosim va uning birliklari.
25-mavzu. Bosimni oshirish va kamaytirish usullari.
26-mavzu. Suyuqlik va gazlarda bosimning tabiati.
27-mavzu. Paskal qonuni va uning qo‘llanilishi.
28-mavzu. Suyuqlikning idish tubiga bergan bosimi.
29-mavzu. Tutash idishlar.
30-mavzu. Atmosfera bosimi. Torrichelli tajribasi.
31-mavzu. Arximed qonuni va uning qo‘llanilishi.
32-mavzu. Harakatlanuvchi suyuqlik va gazlarning jismga ta’siri.
33-mavzu. Ish va energiya haqida tushuncha.
34-mavzu. Energiya turlari. Quvvat.
III BOB. JISMLARNING MUVOZANATI. ODDIY MEXANIZMLAR.
Kirish suhbati.
35-mavzu. Jismlarning massa markazi va uni aniqlash. Muvozanat turlari.
36-mavzu. Kuch momenti. Richag va uning muvozanat sharti.
37-mavzu. Laboratoriya ishi. Richagning muvozanatda bo‘lish shartini o‘rganish.
38-mavzu. Oddiy mexanizmlar: blok, qiya tekislik, vint, pona va chig‘iriqning qo‘llanilishi.
39-mavzu. Mexanizmlardan foydalanishda ishlarning tengligi.
40-mavzu. Mexanikaning oltin qoidasi. Mexanizmning foydali ish koeffitsiyenti.
IV BOB. ISSIQLIK HODISALARI.
Kirish suhbati.
41-mavzu. Issiqlikni hosil qiluvchi manbalar. Issiqlik qabul qilish.
42-mavzu. Jismlarning issiqlikdan kengayishi.
43-mavzu. Qattiq jism, suyuqlik va gazlarda issiqlik uzatilishi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Konveksiya.
44-mavzu. Nurlanish. Turmushda va texnikada issiqlik uzatilishidan foydalanish.
45-mavzu. Issiqlik hodisalari haqida Forobiy, Beruniy va Ibn Sino fikrlari.
46-mavzu. Temperatura. Termometrlar. Jismning temperaturasini o‘lchash.
47-mavzu. Laboratoriya ishi. Termometr yordamida havo va suyuqlik temperaturasini o‘lchash.
48-mavzu. Ichki energiya va uni o‘zgartirish usullari.
49-mavzu. Ichki yonuv dvigatellari. Bug‘ turbinasi.
50-mavzu. Reaktiv dvigatel. Issiqlik mashinalari va tabiatni muhofaza qilish.
V BOB. YORUG‘LIK HODISALARI.
Kirish suhbati.
51-mavzu. Yorug‘likning tabiiy va sun’iy manbalari.
52-mavzu. Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishi. Soya va yarim soya.
53-mavzu. Quyosh va oy tutilishi.
54-mavzu. Yorug‘likning tezligi. Yorug‘likning qaytishi va sinishi.
55-mavzu. Yorug‘lik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sinoning fikrlari.
56-mavzu. Yassi ko‘zgu.
57-mavzu. Linzalar haqida tushuncha.
58-mavzu. Shisha prizmada yorug‘likning tarkibiy qismlarga ajralishi. Kamalak.
59-mavzu. Laboratoriya ishi. Yassi ko‘zgu yordamida yorug‘likning qaytishini o‘rganish.
60-mavzu. Shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish.
VI BOB. TOVUSH HODISALARI.
Kirish suhbati.
61-mavzu. Tovush manbalari va uni qabul qilgichlar.
62-mavzu. Tovushning turli muhitlarda tarqalishi.
63-mavzu. Tovush kattaliklari.
64-mavzu. Tovushning qaytishi. Aks-sado.
65-mavzu. Musiqiy tovushlar va shovqinlar. Tovush va salomatlik. Me’morchilikda tovush.
QO‘SHIMCHA MASALALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2014 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу