6-sinf uchun nazorat ishlari 1-Nazorat ishi. Mavzu
a). Scotland, Tashkent, Chirchik c). England, United Kingdom, America
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida yangi qonun qabul qilindi
Hujjatga muvofiq, yuridik shaхsning ERIsi bilan tasdiqlangan elektron hujjat, quyidagi barcha shartlar mavjud boʻlganda qogʻoz shakldagi yuridik shaхsning muhri bilan tasdiqlangan hujjatga tenglashtiriladi:
- Elektron raqamli imzo haqiqiyligi tasdiqlanganda;
- Elektron raqamli imzo kaliti sertifikati ERIning haqiqiyligi tasdiqlangan paytda yoki elektron hujjat imzolangan (hujjatni imzolangan vaqtini aniqlash imkoni boʻlganda) amalda boʻlganda;
- ERI uning kaliti sertifikatida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanilganda.
ERIdan foydalanish sohasida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari belgilanmoqda:
- ushbu sohada yagona siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash;
- davlat dasturlarini tasdiqlash;
- tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
- Oʻzbekistonning konsullik muassasalari, shuningdek diplomatik vakolatхonalarining konsullik boʻlimlari orqali ERI kalitlarini berish tartibini belgilash;
- “Ishonchli uchinchi taraf хizmati” faoliyati tartibini belgilash.
AKT vazirligining vakolatlari kengaymoqda:
- ERI kalitlarini roʻyхatga olish markazlari faoliyatini nazorat qilish va kamchiliklar aniqlanganda ularni bartaraf etish boʻyicha taqdimnomalar kiritish;
- “Ishonchli uchinchi taraf хizmati” faoliyatini tashkil etish.
ERI kalitlarini roʻyхatga olish markazlariga qoʻyiladigan talablar, ularni akkreditatsiya qilish, guvohnoma berish, akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish, guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish, bekor qilish, markazlarni tugatish, ularning huquq va majburiyatlarini belgilovchi normalar aks ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun: ERI kalitlarini roʻyхatga olish markazlari – ERIdan foydalanish sohasida faoliyat yurituvchi, akkreditatsiyadan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaхs.
ERI kalitlarini roʻyхatga olish markazlarining “bulutli teхnologiyalarida” (ishonchli saqlash tizimida) ERI kalitlaridan foydalanish kamida ikki omilli autentifikatsiya qilish tartib-taomilidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi
Shuningdek, tarqatilishi cheklangan elektron hujjatlar uchun ERI kalitiga qoʻshimcha talablar qoʻyilishi mumkinligi belgilangan.
ERI kalitini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishning muddati belgilanmoqda (1 ish kuni).
ERI kalitini roʻyхatdan oʻtkazish va olish uchun:
- jismoniy shaхslardan – shaхsini tasdiqlovchi hujjat, JShShR va ERI kalitidan foydalanish maqsadi koʻrsatilishi lozim;
- yuridik shaхslardan – STIR, yuridik shaхs ERI kalitini oluvchi shaхs koʻrsatilgan ishonchnoma, ishonchnomada koʻrsatilgan хodimning shaхsini tasdiqlovchi hujjat va ERI kalitidan foydalanish maqsadi koʻrsatilishi lozim.
Roʻyхatga olish markazlaridan jismoniy va yuridik shaхslardan ERI kalitlarini olish maqsadiga oid boʻlmagan ma’lumotlarni taqdim etishni talab etish taqiqlanadi.
Jismoniy va yuridik shaхslar bir nechta ERI kalitlariga ega boʻlishlari mumkin.
ERI kalitining sertifikatini amal qilish muddati roʻyхatdan oʻtkazilgandan boshlab 24 oy amal qiladi. Sertifikat amal qilish muddati ikki marotabadan ziyod uzaytirilishi mumkin emas.
ERI kaliti egasi – yuridik shaхs rahbari boshqa majburiyatlar qatorida shuningdek:
- yuridik shaхs qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda bu haqda roʻyхatga olish markaziga хabar berishi;
- u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor boʻlganda ERI kalitini topshirishi shart.
Yuridik shaхsning yangi tayinlangan rahbari yuridik shaхsga tegishli boʻlgan elektron raqamli imzoning kalitini belgilangan tartibda («bulutli teхnologiyalardan» foydalanilganda autentifikatsiya qilish omillarini almashtirish majburiyati bilan) qabul qilib oladi.
Qonun bilan ishonchli uchinchi taraf хizmati – aхborot va elektron hujjatlarni almashish chogʻida ishonchni ta’minlash maqsadida elektron hujjatdagi ERIning unga imzo qoʻygan shaхsga tegishliligini tekshirishga doir faoliyatining tartibi belgilanmoqda.
Ishonchli uchinchi taraf хizmatining vazifalarini amalga oshiradigan shaхs AKT vazirligi tomonidan tayinlanadi hamda idoralararo va transchegaraviy aхborot hamkorligi jarayonida elektron hujjatlarning daхlsizligi hamda ishonchliligini saqlash kafolatlarini vaqtning muayyan paytida ta’minlash boʻyicha aхborot vositachisi sifatida ish yuritadi, shuningdek ularning yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Chet davlatlarning ERI kalitlarining sertifikatlari Oʻzbekistonda ikki hil yoʻl bilan tan olinadi:
- хalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda;
- Ishonchli uchinchi taraf хizmati tomonidan haqiqiylikni tasdiqlash yoʻli bilan.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 14.01.2023 yilda kuchga kiradi.
Sobir Nurberdiyev.
6-sinf uchun nazorat ishlari 1-Nazorat ishi. Mavzu
6-sinf uchun NAZORAT ISHLARI
1-Nazorat ishi.
Mavzu:About myself.
Nazorat shakli: Diktant.
About myself
Let me introduce myself. My name is Sardor. I was born on the 8 of June 1999 in Fergana. Now I’m a pupil of the (sixth) form at the secondary school. I can speak Uzbek, Russian and English. I am neither short nor tall. My hair is short and black. I usually wear t-shirt and jeans in summer. I like to wear clothes made of cotton and wool. I enjoy playing sports. I like to swim and to play chess and football.
At school I study hard. My favourite subjects are literature, mathematics, geography and history. But most of all I like English. I have been learning English for many years. I want to become a student of the Fergana State University and to be an interpreter in future.
I have a large family. It consists of my parents, two sisters, three brothers and me. I always help my parents about the house. I have a lot of friends. They all are very nice.
2-Nazorat ishi.
Mavzu: At the grocery.
Nazorat shakli: Test.
1. Answer questions:
How many vegetables are there?
a). There are a lot of vegetables. b). There is no milk.
c). Lunch is ready. d). There is some tea.
2. How much milk is there?
a). It is milk. b). I like milk. c).There is a lot of milk. d). There is some tea.
3. Complete the sentences.
My mother likes … but she doesn’t like …
a). peaches/oranges b). some/any c). there is/there are d). rice/water
4. There is some … and a lot of …
a). some/any b). a lot of/few c). tea/bread d). a/tea
5. Write the questions:
1. many 2. How 3. there 4. vegetables 5. are
a). 1,2,3,4,5 b). 5,3,4,2,1 c). 5,1,4,2,3 d). 2,1,4,5,3
6. 1.there 2. Is 3. sugar 4. any?
a). 2,1,4,3 b). 4,3,2,1 c). 1,2,3,4 d). 2,3,1,4
7. Choose the correct form of the Past Indefinite tense.
I … to the supermarket yesterday.
a). go B. went c). gone d). was
8. … you … . Her at the party last night?
a) did/meet b). are/met c). did/met d). didn’t/meet.
9. She … 12 years old when I … her last year.
a). were/saw b). was/saw c). is/see d). saw/was
10. Why … you … to the movie. We … the film very much.
a). did/go/enjoying c). didn’t/go/enjoyed
b). didn’t/not go/to enjoy d). do/going/enjoyed
3-Nazorat ishi
Mavzu: Birthday
Nazorat shakli: Yozma ish
- O‘quvchi o‘zining tug‘ilgan kuni haqida yoza olishi.
- Ota-onasining tug‘ilgan kuni haqida yoza olishi .
- Matnni yozishda kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘llay olishi.
- Matn yozishda olmoshlarni (do‘sti, qarindoshlari haqida) to‘g‘ri qo‘llashi.
- Matnni chiroyli va bexato yozishi.
4-Nazorat ishi.
Mavzu: What you did yesterday.
Nazorat shakli: Test.
- Choose the articles:
a). a/the b). a/a c). the/a d). the/the e). -/a
2. We didn’t have … car five years ago.
a). a b). an c). the d). –
3. Choose the prepositions:
Kazakhstan is … the north … Uzbekistan.
a). in/to b). on/in c). about/of d). to/of e). of/for
4. … school he was interested … music and sport.
a). to/of b). in/to c). at/for d). for/on e). at/in
5. Choose the words:
In 1610 Shakespeare … London for Stratford where he lived.
a). went b). married c). left d). born e). died
6. People, animals and plants must have … to live.
a). trees b). rivers c). houses d). oxygen. e). gos
7. Choose the adjectives:
Some animals are … in winter.
a). white b) favourite c). hot d). wet c). clean
8. The flowers smell … .
This palov tastes ….
a). bad/good b). nice/attractive c). pretty/quiet D. sait/tasty
9. Choose the pronouns:
The Severn is longer than the Thames.
a). he/she b). you/your c). it/it d). they/them e). we/our
10. My friends want to help our teacher.
a). they/them b). they/him c). I/them d). you/your e). they/her
5-Nazorat ishi .
Mavzu: At the table
Nazorat shakli: Diktant.
A plate of soup
When we have dinner, we eat soup, bread, meat, fish, vegetables and other things. We finish our dinner with some fruit.
Now listen how a man wanted to eat a plate of soup.
A man asked for a plate of soup at a country inn. When the waiter brought the soup, the man looked at it and, “Waiter, I can’t eat this soup.”
The waiter took the plate away and brought another plate of soup.
“I think you’ll like it,” said he.
“I can’t eat this soup,” repeated the man.
“Why?” asked the waiter. “This soup is very good. Why can’t you eat it?”
“Well,” said the man, “because I have no spoon.”
6-Nazorat ishi.
Mavzu: Geography and population.
Nazorat shakli: Test.
1. Answer questions:
How many regions are in the Uzbekistan?
a). 12 b).14 c). 16 d). 50
2. Where’s the Aral Sea?
a). It’s in the west of Uzbekistan? b). In the north of 6t. Br.
c). It’s in the south of Uzbekistan? d). It’s in the west of Uzbekistan.
3. The population of Uzbekistan is approximately …
a). 27 million b). 17 million c). 20 million d). 29 million
4. There are three countries in Great Britain: They are …
a). Scotland, Tashkent, Chirchik c). England, United Kingdom, America
b). England, Scotland and Wales. d). Thames, UK, London
5. Translate the sentences
Canberra is the capital of Australia.
b) Canberra poytaxt shahar.
c) Australiya Canberraning poytaxti
d) Australiya katta shahar
6. The Zarafshan is Longer than the Thames.
a). Zarafshan Temzani yonida
b). Temza Zarafshondan uzunroq
c). Zarafshon Temzadan uzunroq
7. Complete the sentences:
Bukhara is in … Uzbekistan
a). north b). south c). west d). east
8. A famous sea in Uzbekistan is …
a). Aral sea b). White sea c). Chirchik sea d). Red sea
9. Choose the words.
English is the … of Australia
a). word b). speak c). tongue d). language
10. There are … in Australia.
a). frogs b). crocodiles c). hens d). fishes
7-Nazorat ishi.
Mavzu: Nature and climate
Nazorat shakli: Yozma ish
Climate of Uzbekistan
Uzbekistan is the Republic of sunshine. the climate of Uzbekistan is a continental climate with very hot in summer and very cold in winter. There is not much rainfall throughout the year; therefore there is a shortage of rainfall throughout the year, and thus resulting in a shortage of water. Temperature in winter may drop to 33-36 degrees below zero. The hottest summer month is July. The Temperature then can reach more than 45 degrees. High summer temperature makes it possible to cultivate heat loving crops such as cotton, grapes, fig, melons, water-melons and others.
Nazorat shakli: Test.
1. Choose the correct answer .
Your father’s or mother’s sister.
- aunt b) uncle c) librarian d) wool
A room in the house where we cook food.
- road b) rice c) bakery d) kitchen
We use it to make palov.
- fridge b) wool c) rice d) road
We can buy bread there.
- bakery b) librarian c) uncle d) curtain
We put it on the window.
- wool b) curtain c) rice d) road
A: Have you got … tomatoes?
B: Yes, over there.
A: How … are they?
- some/many b) a/much c) an/many d) any/much
B: There’s … bread and cheese in the fridge.
A: Oh bananas and apples! How … can I have?
- any/many/a/an b) some/many/a/an c) much/much/some/a
8. Match the word which rhyme.
20-dars. 1-Mustaqil ish.
Mavzu: Houses and homes.
Mustaqil ish shakli: Savollarga javob yozish.
- What’s for lunch?
- How many vegetables are there?
- How much ice-cream is there?
- How many chocolates are there?
- How much milk is there?
- Can I have some tea, please?
- Is there any milk in that cup?
- Are there some sweets?
- Are there any peaches?
- How many sweets are there?
38-dars. 2-Mustaqil ish.
Mavzu: At the market.
Mustaqil ish shakli: Rasmga qarab gap tuzish.
a) rasmda nima tasvirlanganini to‘g‘ri tasvirlay olishi
b) rasmga qarab gaplar tuza olishi
c) gapda tartib sonlarni to‘g‘ri qo‘llay olishi
- hikoya tuzishda Grammatik qoidalarni to‘g‘ri qo‘llashi
- gaplarni to‘g‘ri va ravon o‘qiy olishi
74-dars. 3-Mustaqil ish.
Mavzu: Round the world in 14 days.
Mustaqil ish shakli: Qit’a va materiklar mavzusiga doir 10 ta gap tuzish.
- gaplarni mavzuga mos tuzishi
- Qit’a va materiklar nomini to‘g‘ri yoza olishi
- Atoqli va turdosh otlarni ajrata olishi
- Grammatik qoidalarga amal qilgan holda gap tuzishi
- Gaplarda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llashi.
100-dars. 4-Mustaqil ish.
Mavzu: The world of fairy tales
Mustaqil ish shakli: Ertakni tarjima qilish.
- berilgan ertak nomini to‘g‘ri tarjima qilishi
- ertak qahramonlarini to‘g‘ri topishi
- ertak mazmunini qisqacha tushuntirib bera olishi
- ertakni o‘qishda so‘z turkumlarini to‘g‘ri ishlata olishi
www.hasanboy.uz
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
6 sinf ingliz tili nazorat ishi
· 1.Ta’li m shakllarining tarixan paydo bo’lishi.
· 2.Ta’limning asosiy shakli-dars va unga qo’yilgan talablar.
· 3.Darsning xil (tip)lari va ularning tuzilish shakllari.
· 4.Seminar va amaliy tajriba ishlari shaklidagi mashg’ulotlar.
· 5.Ta’limning samaradorligini ta’minlovchi noan’anaviy shakllar.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo’lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlarini odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog’langan hamda bilim berish, o’rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.
Davr o’tishi bilan ko’pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo’ladi, ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarni murakkablashuvi bolalarni guruh – guruh qilib, to’plab o’qitishni taqazo qilgan hamda ta’lim bilan shug’ullangan mutaxassislar – o’qituvchi tayyorlash zaruriyati kelib chiqadi.
Shu davrda dars va sinf – dars tizimi paydo bo’la boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar murabbiy, o’qituvchi bo’lib faoliyat ko’rsatadi.
Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug’ullanganligi “Avesto” va boshqa tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo qadim davrlardan ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma – bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.
Forobiyning “Fan va aql zakovat” asarida o’quv fanlarini guruhlarga bo’lib o’qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan.
Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning xizmatlari katta, uni sinf – dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan.
A.Ya.Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida o’quv mashg’ulotlarini guruh shaklida tashkil etish, o’quv yili va o’quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg’ulotlar orasida tanaffuslar berilishi, guruhdagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar diqqatini to’plash, materialni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.
«Ta’limni tashkiliy shakllari» mavzusiga klaster tuzamiz. (Uning qoidalari oldingi mavzularda tushuntirilgan)
Biz hammamiz sinf-dars tizimida o’qiganmiz. Xo’sh, bu tizimning mohiyati nimadan iborat va u qanday tuzilishga ega?
Ta’limning maqsadi – mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo’sha oladigan “barkamol avlod”ni tarbiyalash.
Ta’limning vazifasi – yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
Darsning maqsadi – o’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o’quvchilarga bildirishi va o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirib ko’rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni – uni o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf – deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilar guruhi tushuniladi.
Dars – aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotlardir. Dars – o’z oldiga qo’yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta’lim standartlari asosida belgilanadi. Dars o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
– Har bir sinfda o’quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lishi lozim.
– Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilangan muddatda olib borilishi kerak.
– Dars o’qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi.
– Dars, o’quv fanining xarakteri, o’qitilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi hamda ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi, navbatdagi bilimlarni o’zlashtirmoq uchun zamin yaratadi.
Shuni unutmaslik kerakki, ta’lim ishlari darsdan tashqari ham to’garak, ekskursiyalar shaklida olib boriladi.
Dars oldiga qanday talablar qo’yiladi? Ularning mohiyati nimadan iborat?
Har bir dars oldiga quyidagi talablar qo’yiladi: a) tarbiyaviy talab, b) didaktik talab, v) tashkiliy talab.
Darsga qo’yilgan didaktik talablar sirasiga quyidagilar kiradi:
1.Har bir dars aniq maqsadni ko’zlagan holda puxta rejalashtirilmog’i lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya’ni qanday tamomlash, ko’rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi.
2.Har bir dars aniq g’oyaviy mafkurafiy izlanishga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog’i lozim.
3.Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog’lanmog’i, ko’rsatmali vositalar bilan jihozlanmog’i lozim.
4.Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil etilishi lozim.
5.Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor.
6.Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faol munosabatda bo’lishi lozim, o’quvchi-talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim.
7.Mashg’ulotlar butun sinf bilan va har bir o’quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borilishi kerak.
8.O’qitilayotgan mavzuni mazmuniga bog’liq holda mustaqil yurtimizdagi o’zgarishlardan talabalarni xabardor qilish.
9.Darsda prezidentimiz I.A.Karimovning ta’lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizga, farzandlarimizga qarata qilgan murojaatlaridan o’z o’rnida foydalanish.
Dars bilim va ko’nikma, malakalar bilan o’quvchilarni qurollantirishda asosiy rol o’ynaydi. Shu sababli o’quv mashg’ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o’tish uchun sarflanadi.
Darsga quyilan tarbiyaviy talablar:
– Darsda o ’ rganiladigan o ’ quv materiallari bo ’ yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish ;
– Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ;
– Bolalarda o ’ qishga oid ijobiy motivlarni uyg ’ otish , bilish , o ’ qish – o ’ rganishga havas , ishtiyoq , qiziqishni shakllantirish ;
– Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish .
Darsga qo’yilgan tashkiliy talablar:
1. Dars uchun puxta o ’ ylangan konspekt yoki reja tuzish ;
2. Darsning logikasiga ( dars etaplarining o ’ zaro bog ’ liqligi , darsda amalga oshiriladigan ishlar ; o ’ quv topshiriqlarining o ’ zaro aloqadorligiga ) rioya qilish ;
3. Dars tempini o’quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish;
4. Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish;
5. Darsda ongli intizomni tashkil etish.
Dars tiplari nima, ular qanday tiplarga ajratiladi?
Dars turlari – darsning maqsadi va mazmuni, o’quvchining yosh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo’ladi. Endi biz darsning yanada ravshanroq ko’rsatib berish maqsadida darsni turlarga ajratamiz, saralaymiz va ularni tuzilishi bilan tanishamiz. Dars qanday tiplarga ajratiladi?
Ular quyidagilarga ajratiladi.
1.Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga bo’lish.
2.Darslarni o’qitish jarayonining analiziga qarab turlarga bo’lish.
3.Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish.
Dasrlarni turlarga ajratishda birinchi qoida eng ob’ektiv va ma’quldir. Darsning mazmuni dasturda ko’rsatilgan bo’ladi.
Darslarni saralash dars tuzilishini bilishimizga o’rganishimizga yordam beradi.
Ta’lim tizimida tajribadan o’tgan dars turlari quyidagilardan iborat.
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. O’quv materiallarini mustahkamlash.
3. Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darslari.
4. O’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish va baholash darslari.
5. Dars turlari uyg’unlashgan (aralash)darslar.
Yangi mavzuni o’tish darsida yangi mavzuni o’tish kerak ekan deb mashq qildirish yoki o’tgan mavzularni qaytarish mumkin emas deganlari noto’g’ri. O’quvchilarga biron nazariy mavzuni amaliyotga tadbiqini o’rgatganimizda, shu ishni qanday bajarilishini o’quvchilarning o’zlariga taklif etamiz. Bu ishlarni bir necha bor o’zlari sekin – asta shu ishni bajarishga ko’nikma hosil qiladilar. Shunday qilib oxirgi tegishli natijaga erishamiz.
O’tilgan mavzuni qaytarish mashq qildirish darsi o’qitilgan bilimlarnigina emas o’rgatilgan ishni qaytarish, mehnat malakalarini beradigan malakalarni o’tkazishdan iborat bo’lmog’i lozim.
O’quvchining bilimi, malaka va ko’nikmalarini tekshirish va ularga baho berish darsi bunda o’quv-chilarning olgan bilimi tekshirilib ular qanchalik o’zlashtirilganligiga qarab baho qo’yiladi.
Yuqoridagi asosiy turlardan boshqa yana qo’shimcha darslar turi ham mavjud. Bu dars turida yuqoridagi saralash nuqtai nazaridan olinganda, o’quvchilarni o’zlashtirishini tekshirish, yangi mavzuni o’tish va uni pishiqtirish uchun qaytarish kabi turli ishlar qo’shilsa ham lekin qo’shimcha darslarning asosini bu ishlarning bittasi, qo’-shimcha darslarning maqsadga to’laroq javob bera oladigani tashkil qiladi qo’shma darsdagi boshqa ishlar esa shu asosiy ishga yordamchilik vazifasini bajaradi.
Ta’lim jarayonida eng ko’p qo’llaniladigan yangi bilimlarni bayon qilish darsi va aralash darsning tuzilishida qanday farqlar bor? Buni ko’rib chiqamiz:
Aralash dars namunasi
1. O’tilganlarni takrorlash:
a)oldin o’tilgan mavzu yuzasidan berilgan faktlarni tahlil etish; b) savol-javob; v) qoida-ta’riflarni esga tushirish.
2. Yangi o’quv materialini o’rganishga tayyorgarlik:
a) darsning mavzusi va maqsadini bolalarga yetkazish; b) mavzuga oid faktlarni tahlil etish; v) bilishga rag’batlantiruvchi savollarni o’rtaga tashlash.
3. Yangi o’quv materialini bayon qilish ( tasvir, suhbat, mustaqil ishlash kabi metodlardan foydalanib yangi o’quv materialini tushuntirish).
4. Yangi o’quv materialini mustahkamlash(mashq qilish, mustaqil ishlash).
5. Uy vazifasini belgilash.
6. Bolalar bilimini baholash.
7. Darsni yakunlash.
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi namunasi
1. Bolalarni yangi o’quv materialini o’rganishga tayyorlash:
a) darsning mavzusi, maqsadi bilan tanishtirish; yangi mavzuga oid faktlarni tahlil etish.
2. Yangi o’quv materialini bayon qilish (tasvir, tushuntirish, suhbat metodlaridan foydalanib, kuzatilgan faktlarga asoslanib yangi mavzuni tushuntirish).
3.Yangi mavzuni mustahkamlash:
a) darslikning ma’lum betlarini o’qish; b) mashq, misol, masalalarni bajarish.
4.Oldin o’rganilgan mavzularni bugungi o’quv materialiga oid bilimlarni paralell takrorlash.
5. Uy vazifasini topshirish.
6. Bolalar bilimini baholash.
7. Dars yuzasidan yakuniy xulosalar chiqarish [1] .
Ta’lim tizimida takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari ham ko’p qo’llaniladi. O’qituvchi darsning ma’lum bir qismi, yirik mavzularni o’tib bo’lganidan so’ng bunday darslar uyushtiriladi. Bu darslar oraliq nazorat baholashda ham xizmat qiladi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko’p jihatdan mashg’ulotni to’g’ri tashkil qilishga bog’liqdir. Bu davrda sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish, bolalarni darsni tinglashga ruhiy jihatdan tayyor ekanliklarini o’rganish darkor. Shundan so’ng mahoratli pedagog fursatni qo’ldan boy bermay, shogirdlarini diqqatini chalg’itmay darsning asosiy qismini boshlab yuboradilar, chunki sinf o’kuvchilarini tezlik bilan mashg’ulotga faol kirishishlarini ta’minlash lozim.
Dars o’qituvchi va o’quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o’quvchilarda mustaqil fikrlay olish, iroda tarbiyalanadi. Nutq madaniyati rivojlanadi. Muammoli vaziyat orqali o’z yo’lini topa oladilar.
Har bir dars turidagi o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini quyidagi T-chizma orqali chuqur tahlil qilib chiqamiz:
Yangi bilim berish darsi
O’quv materia-lini mustah-kamlash darsi
Takror-lash va umumlash-tirish darsi
O ’ quv ishlarini tashkil etishing darsdan tashqari shakllari ham bormi ? Ularga nimalar kiradi ?
O ’ quv mashg ’ ulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari yana qo ’ shimcha qator ta ’ lim shakllari mavjud bo ’ lib , bular amaliy – tajriba mashg ’ ulotlari , qo ’ shimcha darslar , fakultativlar , ekskursiya kabilardir .
Bular darsda berilgan bilimlarni to ’ ldirish , mustahkamlash , amaliyot bilan bog ’ lash uchun uyushtirilgan qo ’ shimcha mashg ’ ulotlardir .
Bulardan tashqari o ’ quv yurtlari tajribasida fan tugaraklari , ishlab chiqarish amaliyoti , o ’ yin shaklidagi mashg ’ ulotlardan ham foydalanmoqda .
Laboratoriya mashg ’ ulotlarida bolalar turli o ’ quv predmetlari bo ’ yicha tajribalar , turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o ’ tkazishadi . Laboratoriya mashg ’ ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi . Amaliy darslarda o ’ quvchilar guruhlarga ajralib , turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi .
Seminar mashg ’ ulotlari nazariy muammolarni faol o ’ rganish shakli hisoblanadi . O ’ rta umumta ’ lim maktablarida seminarlar quyidagicha o ’ tkaziladi : seminar uchun mavzu tanlanadi ; mavzu buyicha reja , ko ’ rsatmalar beriladi ; tayyorganrlik uchun yetarli vaqt ajratiladi ; asosiy manbalar , ularning betlari aytiladi ; maslahatlar beriladi . Seminarga barcha o ’ quvchilar tayyorgarlik ko ’ rishadi . Seminarning oxirida o ’ qituvchi yakunlovchi suhbat o ’ tkazib , kelgusi seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi .
Oliy ta ’ lim tizimida ta ’ limning qanday tashkiliy shakllari qo ’ llanilmoqda ?
Uzluksiz ta ’ limning hamma bosqichlarida ta ’ limning o ’ ziga xos tashkiliy shakllari mavjud . Jumladan : ikki bosqichli oliy ta ’ lim tizimida o ’ ziga xos ta ’ lim shakllari mavjud . Bularga : ma ’ ruzalar , seminar va amaliy mashg ’ ulotlar , kafedra o ’ qituvchilarining ochiq ma ’ ruzalarida qatnashish , ma ’ ruza matnini tayyorlash va muhokama qilish , o ’ quv kurslari bo ’ yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar kiradi .
Oliy ta ’ lim tizimida ma ’ ruza o ’ quv jarayonining ham usuli , ham shakli hisoblanib , u talabalarga fan asoslarini og ’ zaki , uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi . Ma ’ ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga , fan ustida o ’ ylashga majbur etadi . Shu sababli ma ’ ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o ’ ziga xos maktabiga aylanadi .
Ma ’ ruzani shunday o ’ qish lozimki , uning ta ’ sirida talabalarda shu fanga , uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar , ilmiy e ’ tiqod , g ’ oya va milliy mafkura asoslari shakllansin . Buning uchun o ’ qituvchi har bir ma ’ ruzaning mazmunini , fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim .
Ma ’ ruza ijobiy hamkorlikka tayanib tashkil qilingandagina samarali natija beradi . Buning uchun ma ’ ruza jarayonida ham ta ’ limiy ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo ’ llaridan biri – o ’ qituvchilar bilan talabalar o ’ rtasidagi do ’ stona , faol munosabatlarni tiklab olishdan iborat .
Bundan tashqari dars va ma ’ ruzaning samarali natijasi o ’ quvchi talabalarning o ’ quv jarayonidagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog ’ liq . Shunday ekan ta ’ limni samarali tashkil etish , uning dars , ma ’ ruza va boshqa shakllaridan o ’ qitish jarayonida foydalanishlari uchun shubhasiz , o ’ qituvchining pedagogik mahorati , pedagogik madaniyati , o ’ z fanini puxta bilishligi va o ’ quvchi – talabalar bilan umumiy til topa olishlari g ’ oyat katta ahamiyatga egadir .
T a ’ limni tashkil etishning zamonaviy ( noan ’ anaviy ) shakllari zarurati nimada ? Uning qanday shakllari qo ’ llanilmoqda ?
Mustaqil O ’ zbekistonimizda « Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi » ni amalga oshirishda ta ’ lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog ’ liq ishlar qilinmoqda . T a ’ limni KVN , munozara , disput , konferensiya , mushoira , sud o ’ yinlari va boshqa shakllarda tashkil etishga harakat qilinmoqda . O ’ quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo ’ llanilmoqda . Bularga misol tariqasida Sinkveyn , Klaster , Aqliy hujum , T- Chizma , Insert jadvali , B – B – B jadvali , Venn diagrammasi , Konseptual jadval , Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin .
An’anaviy metodlarning afzalliklari:
– ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali.
– O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi.
– Vaqtdan unumli foydalanish.
– Aniq, ilmiy bilimlarga tayanish.
Kamchiliklari:
– O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.
– O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi.
– O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi.
– Eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bulmaganligi sababali, sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bulib kolishi mumkin.
– Mustaqil o’rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.
Noan’anaviy o’qitish metodlarining afzalliklari:
– O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi.
– O’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi.
– Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi.
– O’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi.
– Motivatsiyani yuqori darajada bo’lishi.
– O’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.
– Muloqatga kirishish ko’nikmasining takomillashishi.
– O’z-o’zini baholashning o’sishi.
– O’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati.
– Mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi.
– Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi.
– Muammolar yechish ko’nikmalarining shakllanishi.
Kamchiliklari:
– Ko’p vaqt talab etilishi.
– O ’ quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi .
– Juda murakkab mazmundagi material o ’ rganilayotganda ham o ’ qituvchi rolining past bo ’ lishi .
– « Kuchsiz » o ’ quvchilar bo ’ lganligi sababali « kuchli » o ’ quvchilarning ham past baho olishi .
– O ’ qituvchining o ’ zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko ’ nikmalariga ega bulishining talab etilishi X ULOSA : Ko ’ p yillar davomida an ’ anaviy dars o ’ tish ta ’ limning asosiy shakllaridan biri bo ’ lib keldi .
An ’ anaviy dars – muayyan muddatga mo ’ ljallangan , ta ’ lim jarayoni ko ’ prok o ’ qituvchi shaxsiga qaratilgan , mavzuga kirish , yoritish , mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta ’ lim modelidir .
Ma ’ lumki , an ’ anaviy darsda ta ’ lim jarayonining markazida o ’ qituvchi turadi .
An ’ anaviy dars o ’ tish modelida ko ’ prok ma ’ ruza , savol – javob , amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi .
Shu sabab , bu xollarda an ’ anaviy dars samaradorligi ancha past bo ’ lib , o ’ quvchilar ta ’ lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar . An ’ anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda , unga turli – tuman o ’ quvchilar faolligini oshiradigan metodlar bilan boyitib borilsa , o ’ quvchilar o ’ zlashtirish darajasini ko ’ tarilishiga olib keladi .
Buning uchun daras jarayoni oqilona tashkil qilinishi , o ’ qituvchi tomonidan o ’ quvchilarning qiziqishini orttirib , ularning ta ’ lim jarayonida faolligi muttasil rag ’ batlantirilib turilishi , o ’ quv materialini kichik – kichik bo ’ laklarga bo ’ lib , ularning mazmunini ochishda baxs , munozara , aqliy hujum , kichik guruhlarda ishlash , tadqiqot rolli o ’ yinlar metodlarini qo ’ llash , rang – barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi , o ’ quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash , rang – barang baholash usullaridan foydalanish , ta ’ lim vositalaridan urinli foydalanish talab etiladi .
Modellashtirish – real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilshan va soddalashtirilgan ko ’ rinishini ( modelini ) sinfxonada yaratish va ularda o ’ quvchilarni shaxsan katnashishi va faoliyat evaziga ta ’ lim olishini ko ’ zda tutuvchi metod .
Hamkorlikda o ’ rganish modeli – o ’ quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta ’ lim olishini ko ’ zda tutadigan metod .
O ’ rganishning tadqiqot modeli – o ’ quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo ’ naltirilgan , mustaqil tadqiqot olib borishini ko ’ zda tutuvchi metod .
Mustahkamlash uchun topshiriqlar :
1. Mutaxassisligingizga oid darslikdagi biror mavzu asosida noan ’ anaviy shakldagi mashg ’ ulot uchun ishlanma tuzing (T urli interfaol usullardan foydalanib ).
2. An ’ anaviy va noan ’ anaviy ta ’ lim shakllariga munosabatingizni yozma bayon eting .
3. An ’ anaviy va noan ’ anaviy ta ’ lim shakllarini taqqoslab quyidagi chizmani to ’ ldiring :
Ta’limning an’anaviy shakli
Ta’limning noan’anaviy shakli
Turkiya va Suriyada zilzila qurbonlari uch kun ichida 16 ming kishidan oshdi
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 6-fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 12 873 kishiga yetdi, yana 63 000 ga yaqin odam jarohatlangan. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Zilzila ta’sir qilgan qo‘shni Suriyada esa hozirgacha 3 508 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Al-Arabiya Suriya inson huquqlari monitoringi markaziga tayanib. Mamlakatda yana 5 000 dan ortiq odam jarohatlangan.
6-fevral kuni Turkiya janubida 7,7—7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng Turkiyada mingdan ortiq yerosti silkinishlari qayd etildi.
Mamlakatda minglab binolar vayron bo‘lgan, ular ostidan odamlarni qidirish davom etmoqda. Falokat zonalariga 70 dan ortiq davlat, jumladan, O‘zbekiston gumanitar yordam va qutqaruv guruhlarini yubordi.
Mavzuga doir
- Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi? 7 fevral, 18:49
- Turkiyadagi shaharlarning zilziladan oldingi va keyingi ko‘rinishi — foto 8 fevral, 17:18
Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Bugun, 10:31
Bugun, 10:17
Kecha, 22:20
Ko‘proq yangiliklarni yuklash
- Daryo
- Internet-nashr
- Tahririyat haqida
- Aloqa ma’lumotlari
- Foydalanish shartlari
- Maxfiylik siyosati
- Yangiliklar arxivi
- Instagram | Rasmiy
- Instagram | Lifestyle
- Instagram | Sport
- Facebook | Rasmiy
- OK | Rasmiy
- YouTube
- Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
- Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
- Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
- Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
- Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
- Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar
“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz
© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023
Yosh bo‘yicha cheklov
Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing