Press "Enter" to skip to content

6 sinf matematika darslik 2023 скачать

5.Prezidentimizning bugungi kunda yoshlarga yaratib berayotgan sharoitlar va davlatimizda yaratilayotgan yangiliklar haqida savol javoblar.(3-slayd),(4-slayd)

6 sinf matematika darslik 2023 скачать

6-sinflar uchun matematika fanidan “Bilimlar bellashuvi” testlari

1. 240 soning 15% ni toping va unga 11%i 176 bo`lgan sonni qo`shing.

A) 36 B) 1600 C)1336 D)1636

2.Sayyoh mo`ljallangan yo`lning 36% ini o`tgach, hisoblab ko`rsa , yo`lning yarmini o`tish ucnun yana 7 km yo`l yurishi kerak ekan. Mo`ljallangan yo`l necha km?

A) 350 B) 70 C) 50 D) 87,5

3. 20 ta sigirga 3 oyga 4t ozuqa kerak. 15 ta sigirga 5 oyga qancha ozuqa kerak?

A) 5t B) 4,8t C)5,5t D) 6

4. To`g`ri burchakli parallelepipedning sirti yuzi formulasini ko`rsating:

a) S=2*(ab+ac+bc) b) S=6* a 2 C) S=a*b D) S=4a

A) 4 B) 72 C) 198 D) 1444

6.450 sonining natural bo`luvchilari sonimni toping.

A) 6 B) 18 C)16 D)8

7. * o`rniga shunday raqam qo`yingki natijada hosil bo`lgan son 3 ga qoldildiqsiz bo`linsin

A) 0,1,4,7 B) 3,1,4,7 C)1,4,7 D) 3,6,9

8.Tengsizlikning tub yechimlari sonini toping:

A) 4 B) 10 C) 9 D) 50

9. n ning qanday eng kichik qiymatida 86-n soni eng kam tub ko`paytuvchilarga ajraladi?

A) 3 B) 5 C) 1 D) 7

A)3370 B) 3380 C) 3360 D) 80

11. x ning o`rniga shunday son qo`yinki, natijada tenglik o`rinli bo`lsin :39/40= 117/x

A) 35 B)20 C)130 D) 120

12. n ning nechta qiymatida 12/n ifoda qisqarmas kasr bo`ladi?

13. Kasrlarni taqqoslang: 1991/2007 va 1992/2008

A) 1-si B)2-si C) teng D) taqqoslab bo`lmaydi

14. O`rik quritilganda undan 7/20 qism turshak olinadi. 260 kg o`rikdan qancha qism turshak olinadi?

A)300 B)73 C)91 D) 81

15. To`g`ri to`rtburchak shaklidagi bog`ning 2/5 qismiga olma , ¼ qismiga nok , qolgan 63/50 ga olxo`ri ekilgan. Olma necha ga yerga ekilgan?

A)1,44 B)3,6 C)8,8 D)0,8

16. 2( 53,725-x) +4,56= 24,854-12,604

A)12,25 B)12,225 C)7,69 D) 46,035

17. 325 kv.dm ni gad a ifodalang

A)3,25 B)0,000325 C)0,0325 D)325000

A) 45 B) 36 C)55 D)9

19. O`lchamlari 15, 10, va 2 m bo`lgan to`g`ri burchakli parallelepiped ko`rinishidagi basseynni suv bilan to`ldirish moqchi. Gar quvurdan har minutda 1 kub metr suv basseynga tushsa , basseyn qancha vaqtda to`ladi?

20. 3/4 qismi bilan 5/8 qismining ayirmasi 128ga teng bo`lgan sonni 5/9 qismining 4/5 qismi 28 ga teng bo`lgan songa ko`paytiring.

21. Birinchi vagonda 2-vagonga qaraganda 4/3 marta kam yuk bor. Agar 2-vagondan 2,9 t yukni tushurib, 1-vagonga 12,1 t yuk ortirilsa, uholda ikkala vagondagi yuk baravardan bo`lib qoladi. Har bir vagonda qanchadan yuk bo`lgan?

22. Bir nechta sonning o`rta arifmetik qiymati 25 ga teng . Bu sonlar qatoriga 75ni qo`shib o`rta arifmetik hisoblansa u 35 ga teng bo`ladi. Dastlab qo`shiluvchilar soni nechta bo`lgan?

23. 821 ga qanday eng kichik musbat natural sonni qo`shganda yig`indi 6 ga qoldiqsiz bo`linadi?

24. Nechta 2 xonali son 15ga qoldiqsiz bo`linadi?

25. Sonlarni o`sish tartibida joylashtiring: a=5/11 b=6/13 c= 7/15

Sinf: 6 Fan: Matematika

Maqsad: Ta’limiy: o’quvchilarga kasrni kasrga ,kasrni natural songa ,natural sonni kasrga bo’lish qoidalari va aralash kasrlarni bo’lish qoidasini tushuntirish,amaliyotda mustaqil qo’llashni o’rgatish.TK1:o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda mantiqiy izchillikda ,to’g’ri,aniq va ravshan ifodalay olish;TK6:aniq hisob- kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish;FK1:oddiy kasrlarni bo’lishni bilish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,hamda tadbirkorlikka qiziqtirib,iqtisodiy tarbiya berish.TK4:guruhlarda ishlash faoliyatini tashkil eta oladi,boshqalar fikrini tinglab tushuna oladi.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mustaqil fikrlash hamda mantiqiy tafakkurini rivojlantirish,turli o’yinlar va metodlar orqali fanga bo’lgan qiziqishini orttirish.

TK3:mustaqil ravishda o’quv masalasini topa oladi va ifodalay oladi.

Dars turi: Yangi bilim,ko’nikma,malakalarini shakllantiruvchi dars

Dars metodi: savol-javob,tushuntirish, guruhlarda ishlash,interfaol,”Bingo”metodi,”Beshinchisi ortiqcha “ o‘yini,”Estafeda” o’yini.

Dars jihozi: darslik,internetdan ma’lumotlar, slaydlar, baholash uchun “Kredit kartochkalari”, “Bingo” jadvallari, magnit doska,qalin qog’ozdan yasalgan qayiqchalar va misollar yozilgan varaqalar,AKT.

  1. Tashkiliy qism: 3 daqiqa
  2. O‘tilgan mavzu: 10 daqiqa
  3. Yangi mavzu: 20 daqiqa
  4. Mustahkamlash: 10 daqiqa
  5. Baholash va uyga vazifa: 2 daqiqa

Tashkiliy qism:1. Salomlashish.Navbatchi axboroti. Davomot.

2.Matematika doir yangiliklar.

3.Bugungi dars maqsadi va vazifalari aytib o’tiladi.(2-slayd)

4.2017-yil qanday nomlanadi.

5.Prezidentimizning bugungi kunda yoshlarga yaratib berayotgan sharoitlar va davlatimizda yaratilayotgan yangiliklar haqida savol javoblar.(3-slayd),(4-slayd)

O’tilgan mavzuni so’rash:

O’quvchilar 3 guruhga ajratiladi.

Har bir guruhdagi o’quvchilar darsda ishtiroki uchun kredit kartochkalari bilan baholab boriladi ,eng ko’p kredit kartochkalarini olgan guruh g’olib hisoblanadi va “Yosh tadbirkorlar” guruhiga aylanib ,bank mijoziga aylanadi va bank syurpriziga ega bo’ladi.

A)O’tilgan mavzularga doir “Bingo” o’yini orqali savol-javob o’tkaziladi.O’quvchilar o’yin sharti bilan tanishtiriladi.

Bu o’yinda har bir guruhga A1 formatda jadval beriladi,jadvalda 1 dan 9 gacha sonlar har xil tartibda joylashtirilgan.(7-slayd)

Sinf jamoasiga 9 ta savol birin ketin o’qishni boshlagandan so’ng qaysi guruh binchi bo’lib jadvaldagi 3 ta ketma-ket(eniga,bo’yiga) savolga to’ri javob bersa “Bingo” degan so’zni aytadi va o’yin g’olibiga aylanadi.