O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Farg‘ona viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib xabar qilishicha, jumladan, velosport yo‘nalishida abituriyent D. B.ning haqiqatda to‘plagan 105,2 balli soxtalashtirilib, Davlat test markazining elektron ma’lumotlar bazasiga pasaytirilgan holda 67,4 ball kiritilishi oqibatida talabalikka tavsiya etilmagan.
O‘zDJTSU Farg‘ona filialida 356 abituriyentning ballari o‘zgartirilgani aniqlandi
2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (O‘zDJTSU) Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari o‘rganilib, 356 nafar (shundan, qo‘shilgan 322, kamaytirilgan 34) abituriyentning haqiqatda to‘plagan ballariga soxta yozuvlar kiritish orqali, yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilmay qolinganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Farg‘ona viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib xabar qilishicha, jumladan, velosport yo‘nalishida abituriyent D. B.ning haqiqatda to‘plagan 105,2 balli soxtalashtirilib, Davlat test markazining elektron ma’lumotlar bazasiga pasaytirilgan holda 67,4 ball kiritilishi oqibatida talabalikka tavsiya etilmagan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan 10 dekabr kuni Bosh prokuratura orqali Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi raisiga xat kiritilib, unda idoralararo ishchi guruhi tuzilgan holda O‘zDJTSU Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini qayta ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha taklif kiritish so‘ralgan.
Shunga ko‘ra, ma’sul vazirliklar mutaxassislaridan iborat tarkibda idoralararo ishchi guruhi tuzilib, har bir abituriyentlarning natijalari qayta ko‘rib chiqilgan va 145 nafari asossiz ravishda talabalikka qabul qilinmasdan qolganligi aniqlangan.
O‘rganish natijalari 14 fevral kuni Komissiya majlisida muhokama qilinib, yuqoridagi 145 nafar (3 nafar davlat granti va 142 nafar to‘lov — kontrakt) abituriyentlarni talabalikka tavsiya etish haqida qaror qabul qilingan.
Ushbu qarorga asosan filial direktorining 16 fevraldagi 10, 31 va 32-sonlibuyruqlari bilan yuqoridagi 145 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinib, ularning buzilgan huquqlari tiklandi.
Yoshlar huquqlarini buzgan filialning sobiq direktori R. Rasulov hamda qabul komissiyasi mas’ul kotibi M. Muxriddinovga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, javobgarlikning muqarrarligi ta’minlandi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Bosh prokuratura O‘zDJTSU hamda uning Farg‘ona filialida qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi. Xususan, ijodiy imtihon ballari oshirib qo‘yilgan, kvotalar sun’iy oshirilgan, korrupsiya va talon-toroj qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilgani haqida xabar bergan edi. Xususan, Farg‘ona filialida o‘qishga qabul kvotalari sun’iy ravishda oshirilib, 3160 o‘rinli universitetga 13 634 nafar yoki sig‘imga nisbatan 4,5 baravar ko‘p talabalar qabul qilingan.
- # abituriyent
- # farg‘ona
- # jismoniy tarbiya va sport universiteti
- # o‘zdjtsu