Press "Enter" to skip to content

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI LUG‘ATINI FAOLLASHTIRISH USULLARI

O‘quvchilarni so‘zlarning paradigmatik aloqalarni ajratish va o‘zlashtirishga o‘rgatuvchi mashqlar ular lug‘atining boyishiga yordam beradi. Bunday mashqlar kerakli so‘zni tanlash, jumla mazmunini aniq yetkazish, so‘zning ma’no qirralarini tushunish qobiliyatini shakllantiradi.

Qatar shayxining “MYU”da amalga oshirishi kerak bo‘lgan to‘rt vazifasi

“Manchester Yunayted”ni sotib olish uchun asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan qatarlik Yassim Bin Hamad al-Taniy klubni yana shonli davrdagi holatiga qaytarishini bildirdi. Qatar bankining rayisi hisoblangan shayx, juma kuni rasmiy taklif bilan chiqqan edi. Taklifdagi bandlarda bir nechta bosqichlarda klub yana eski davrdagidek kuchli qilinishi bildirilgan. Unda stadion va infrastruktura tuzilmalarini yaxshilash ham ko‘zda tutilgan. Hatto, yangi xo‘jayinlar qo‘lida “Old Trafford” butunlay buzib tashlanib, o‘rnida yangi o‘yingoh qad rostlashi ham mumkin. Quyida, klub, agarda shayxlar qo‘liga topshirilsa, beshta qilinishi mumkin bo‘lgan ishlar sanab o‘tiladi. Muxlislar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish Qatarliklar taklifida aytilishicha, “klub yanada muxlislarning qalbiga yaqinroq bo‘ladi”. So‘nggi yillarda Gleyzerlarga qarshi jamoa muxlislarining noroziliklari tinmay kelayotgan edi. Shayx Yassim esa muxlislarga birinchi o‘rindagi omil sifatida qarashini bildirgan. Ya’ni, uni davrida muxlislar istagi oldingi o‘rinlarda turadi. Klub qarzlaridan qutulish Muxlislar noroziligining bir uchi, klubning qarzlari ortib borishi bilan ham bog‘liq edi. Yangi ega, Yassim qo‘lida esa hammasi boshqacha bo‘ladi. Xususan, u o‘zining taklifini shunday deydi: “Taklif shayx Yassimning “Nine Two” fondi orqali klubni barcha qarzlaridan ozod etishni ko‘zda tutadi”.
2022 yilning sentyabr oyida berilgan ma’lumotlarda Gleyzerlar jamoani so‘nggi 12 oy ichida 95 million funt qo‘shimcha qarzga olib kirgani aytilgandi. Shayxlar esa klubga hech qanday qarz yuklamaydi. Oldingi qarzlaridan esa qutqaradi. Erkaklar bilan birga ayollar futboliga ham sarmoya kiritish Shayxning taklifida “MYU” nomidagi har bir toifadagi jamoalarga sarmoya qilinishi aytiladi.
“Qizil iblislar” yanvar oyida moliyaviy yetishmovchilik sababli futbolchi sotib olmagandi. Bir nechta o‘yinchilar esa, faqat ijaraga olingan xolos. Agarda Yassim boshqaruvga kelsa, ayollar jamoasiga ham yetarlicha pul ajratiladi. Ayollar klubi 2018 yilda professional maqomiga o‘tkazilganidan beri chempionlikka erisha olmagan. Ammo, ayni damda ayollar jamoasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Agarda ularga ham sarmoya berilsa, “MYU” ayollari doimiy chempionlikka kurashadigan jamoaga aylanadi. Klub qarorgohi va Karringtonni ta’mirlash Shayx Yassimning taklifi qabul qilinsa, mashg‘ulotlar maydoni va infratuzilma ham bundan foyda ko‘rishi aytiladi. Hamma jihozlar va kerakli uskunalar yangilanishi belgilab qo‘yilgan.
Klub afsonalaridan biri Krishtianu Ronaldu o‘z intervyusidagi tanqidlar ichida, aynan shu omilni ham qo‘shib ketgandi. Shu sababdan Karrington zamon talablariga moslashtirilishi lozim. Buning uchun esa Gleyzerlardan ko‘ra saxiyroq boshqaruvchi zarur. ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk

Kiritildi: 21:21, 19.02.2023. O’qildi: 4462 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo’limga tegishli boshqa xabarlar

  • “Manchester Yunayted” yozda ko‘p pul sarflamaydi
  • Gleyzerlar parda ortida “MYU”ni qanday “emirgan” edi?
  • «Tottenxem» Konte o‘rniga asosiy nomzod topgan
  • “PSJ” prezidenti va klub egasining fikri bir joydan chiqmayapti
  • «Lids»ga yangi murabbiy tayinlandi
  • Kampush “PSJ” sport direktorligidan ketishi mumkin
  • “Hatayspor” klubi sport direktori zilzilalarda vafot etgani ma’lum bo‘ldi
  • Gleyzerlar oldida ikkita variant mavjud. Klub kimning qo‘lida kuchayadi?
  • “Liverpul” “Ayntraxt” sport direktorini jamoaga taklif qilmoqchi
  • “Valensiya” so‘nggi 40 yildagi eng yomon mavsumini o‘tkazmoqda

To’purarlar jadvali

So’nggi xabarlar

22 FEVRAL

  • Sayt ruknlari
    • Rasmiy xabarlar
    • Yangiliklar
    • Tahlil va maqolalar
    • Sharh va anonslar
    • Reportajlar
    • Intervyular
    • Reytinglar
    • Stadionlar
    • Oliy liga
    • Angliya Premer-ligasi
    • Ispaniya La-ligasi
    • Italiya A-seriyasi
    • Germaniya Bundesligasi
    • Rossiya Premer-ligasi
    • Yoshlar ligasi
    • Birinchi liga
    • JCH-2014
    • ECHL
    • Yevropa ligasi
    • Osiyo kubogi
    • OCHL
    • U16 Osiyo chempionati
    • U19 Ociyo chempionati
    • U22 Osiyo chempionati
    • LIVE
    • Futbol bashorati
    • Onlayn viktorina
    • Bloglar
    • Konferensiyalar
    • Afsonalar
    • TV-Dasturlar
    • Videolar
    • Facebook
    • Twitter
    • Telegram
    • Odnoklassniki
    • Vkontakte
    • Reklama
    • Aloqa

    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI LUG‘ATINI FAOLLASHTIRISH USULLARI

    Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘z ma’nosini tushuntirish va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari lug‘atini faollashtirish usullari bayon qilingan. В данной статье излагается методика обяснения значений слов учащимся начальных классов и пути активизации словарья младших школьников.

    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishning asosiy yo‘nalish-laridan biri so‘z ustida ishlash, ya’ni lug‘at ishidir. Ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishi o‘quvchining so‘z boyligini oshirishda muhim ahamiyat-ga ega. M. R. Lvovning ma’lumot berishicha, IV sinfgacha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlashtiradigan yangi so‘zlarning yarmi o‘quvchilar lug‘atiga ana shu darslar orqali kiradi. “Lug‘at ishi ‒ o‘qituvchi faoliyatidagi bir lavha emas, balki rus tili kursining barcha bo‘limi bilan bog‘langan tizimli, yaxshi tashkillashtiril-gan, pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tuzilgan ishdir” ‒ deb yozgan edi taniqli metodikachi olim A. V. Tekuchev [9].

    Lug‘at ishi bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1) so‘z ma’nosini tushuntirish, 2) so‘zni faollshtirish, 3) so‘zni nutqda qo‘llash.

    O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish ‒ ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun o‘qituvchining vazifasi ‒ o‘quvchi lug‘atidagi nofaol so‘zlarni faol lug‘at zaxirasiga o‘tkazish uchun o‘quvchiga nofaol so‘zlarning birikuvchanligi va qo‘llanish sohasini o‘zlashtishga yordam berishdan iborat. O‘quvchi biror so‘zni o‘z qayta hikoya-lashi, hikoyasi, suhbati, xati, bayoni, inshosida atigi bir marta qo‘llasa ham, bu so‘z faollashgan hisoblanadi. So‘zni o‘zlashtirish uning ma’nosi, birikuvchaligi va qo‘llanish doirasini bilishdan iborat.

    O‘quvchiga yangi so‘z ma’nosini tushuntirish, uning so‘zni to‘g‘ri tushunishiga erishish zarur. Buning uchun esa o‘qituvchi so‘z ma’nosini tushuntirish usullarini bilishi va ulardan o‘rinli foydalanishi lozim. M. R. Lvov so‘z ma’nosini tushuntirishning quyidagi usullarini ajratadi: ko‘rgazmali, kontekstual, sinonim keltirish, mantiqiy ta’rif berish, batafsil tavsiflash, antonim keltirish, so‘zning yasalish tarkibini tahlil qilish [7, 17‒24].

    “Ona tili” va “O‘qish kitobi” darsliklarida o‘quvchilar uchun tushunarsiz va ularning nutqida nofaol bo‘lgan bir qancha so‘zlar uchraydi. O‘quvchilar lug‘atini faollashtirishda asosan ana shu so‘zlar ustida ishlash zarur.

    O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

    1.So‘z ma’nosini bir yoki bir necha usul yordamida tushuntirish:

    a) kontekst yordamida;

    b) shu so‘zning ma’nodoshi yordamida;

    d) shu so‘zning antonimi yordamida;

    e) tavsifiy yo‘l bilan (lug‘atdan foydalanib yoki o‘qituvchning o‘zi mustaqil ravishda).

    2.So‘zni o‘qish va yozish (so‘zning to‘g‘ri talaffuzi va imlosi ustida ishlash).

    3.So‘zning qo‘llanish namunalari ustida ishlash (tayyor so‘z birikmasi va gaplar ustida ishlash).

    O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘rganilayotgan so‘zlar qo‘llangan tayyor so‘z birikmalari va gaplar bilan tanishtiradi.Ularning ayrimini aytib turib yozdirish mumkin.

    4.So‘zning semantik aloqalari ustida ishlash.

    O‘quvchilarni so‘zlarning paradigmatik aloqalarni ajratish va o‘zlashtirishga o‘rgatuvchi mashqlar ular lug‘atining boyishiga yordam beradi. Bunday mashqlar kerakli so‘zni tanlash, jumla mazmunini aniq yetkazish, so‘zning ma’no qirralarini tushunish qobiliyatini shakllantiradi.

    5. O‘rganilayotgan so‘zlar ishtirokida mustaqil ravishda so‘z birikmasi va gap tuzdirish.

    Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish kitobida uchraydigan o‘quvcilar uchun tushunarsiz so‘zlar mazmuniy xususiyatiga ko‘ra turlichadir. Shuning uchun bu so‘zlarning ma’nosini tushuntirishda ularning xususiyatiga mos ravishda eng samarali usulni tanlash lozim. Bu o‘rinda bir necha darslikdagi so‘zlar misolida so‘z ma’nosini tushuntirishning samarali usulini tanlash haqidagi fikrlarimizni bayon qilamiz.

    Boshlang‘ich sinf “Ona tili” va “O‘qish kitobi” darsliklarida o‘quvchilarga ma’nosi tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar ancha uchraydi. Ularning ma’nosini yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa usullar bilan tushuntirish mumkin.

    1. Darsliklarda uchraydigan quyidagi so‘zlarning ma’nosini rasmini ko‘rsatish yo‘li bilan tushuntirish mumkin: yalpiz, isiriq, kiyiko‘ti, ermon (1,6), kashta (1,7), garmdori, qal’a, fabrika, raketa (1,17), chang‘i (1,19), qur’on (1,19), so‘na (1,19), so‘gal (1,19), sa’va (1,19), to‘ng‘iz (1,19), turna, sholi (1,21), sharshara (1,21), charos(1,22), shabnam (1,22) gumbaz (1,22), marvaridgul (1,77), soda (1,29), sa’va (1,29), olxo‘ri (1,31), husayni (1,38), chang‘i (1,41), konki (1,41), paroxod (1,42), qayin (1,43), zarg‘aldoq (1,46), do‘lana (1,51), tola (1,67), parovoz, teplovoz, elektrovoz, vagon (1,71), tog‘olcha (1,77), metro (1,78), kamalak (1,79), tuman (1,79), mosh (1,80), binafsha (1,80), chuchmoma (1,80), gulsapsar (1,80), norin (1,80), shilpildiq (1,80), qarag‘ay (1,85) karvon (1,87), zangori (1,90), feruza (1,96), pe-shayvon (1,109), na’matak (1,177), qirg‘iy (1,178), olcha (1,137), saroy (6,7), piyma (6, 11), tunuka (6, 12), po‘stin (6, 14), soy (6,16), arpa (6,16), chuchmoma, yalpiz, jag‘jag‘, ismaloq (6,43), turna (6,44), ko‘za (6, 54), pona (6, 60), chinor (6,102), xarita (3,10), minora (3, 13), chayla (3, 22), umrboqi, ko‘kalapish, doniyor ( 3,22), taqa (3,75), tivit, tovus, beqasam (3,90).

    Ko‘rinib turibdiki, bu so‘zlar aniq, ya’ni ko‘z bilan ko‘riladigan narsalarning nomini bildiradi. Ot va sifat turkumiga mansub so‘zlarning ma’nosini tushun-tirganda narsa tasvirlangan suratni, fe’l turkumiga oid so‘zlarni tushun-tirganda esa sujetli suratni ko‘rsatish lozim.

    2. Quyidagi so‘zlarning ma’nosini ularga sinonim keltirish orqali tushun-tirish mumkin. Istiqlol – mustaqillik, nurafshon – yorug‘, muborakbod etmoq – tabriklamoq, samo – osmon, ko‘k, gulshan – gulzor, sabo – shabada, munosabat – bog‘lanish, dorivor – shifobaxsh, yaproq – barg, hadya etmoq – bermoq, sovg‘a qilmoq, tub – tag, ahil – inoq, huvullamoq – bo‘shamoq, javon – shkaf, dastyor – yordamchi, alloma – olimlar, muhlat – vaqt, darg‘azab bo‘lish – g‘azablanish, shu’la – nur, ehtirom – hurmat, badavlat – boy, tazyiq – zug‘um, an’ana – odat, ta’na – dashnom, ta’ziya – aza, ma’lumot – xabar, ma’yuslanmoq – xafa bo‘lmoq, chashma – buloq, choq – payt, arg‘imchoq – ip, darz – yoriq, ranj – qiyinchilik, ganj – boylik, xazina, sust – sekin, bol – asal, tabassum – kulgi, muddat – vaqt, tasalli – yupanch, musaffo – sof, toza, mutolaa – o‘qish, do‘kon – magazin, zoriqmoq – muhtoj bo‘lmoq, noyob – topilmas, undirmoq – o‘stirmoq, mamnun – xursand, gavjum – to‘la, surkash – surtish, ohista – sekin, et – go‘sht, daromad – kirim, xontaxta – stol, xazonrezgilik – barglarning to‘kilishi, ezgulik – yaxshilik, boldoq – zirak, najot – yordam, mo‘‘tadil – o‘rtacha, sarvqomat – tik, chanqagan – suvsiragan, so‘yla – gapir, so‘zla, toblanmoq – chiniqmoq, gazlama – mato, yo‘ldosh – hamroh, choyshab – ko‘rpa, silliq – tekis, intizom – tartib, olam – dunyo, mug‘ombir – ayyor, chaqa – tanga, parranda – qush, istirohat – dam olish, nishon – mo‘ljal, tebranmoq – qimirlamoq, husn – chiroy, sohil – qirg‘oq, pardoz – bezak, chaman – gulzor, parvarish qilmoq – boqmoq, olishmoq – kurashmoq, urishmoq, jajji – kichkina, mitti, mador – quvvat, g‘ubor – chang, dog‘, jussa – gavda, o‘git – nasihat, yumush – ish, jamlamoq – to‘plamoq, lazzat – rohat, jasorat – jasurlik, ulug‘ – buyuk, tortig‘ qilmoq, sovg‘a qilmoq, suyukli – sevimli, boqmoq – qaramoq, maftun bo‘lmoq – mahliyo bo‘lmoq, beg‘ubor – toza, sof, ko‘lanka – soya, ensiz – qisqa, enli – keng, g‘alati – qiziq, hushyor – sezgir, ziyrak, sayyoh – sayohatchi, turist, ilk – birinchi, tashna – suvsiz, chanqoq, hangu-mang – hayron, bezovta – notinch, maysa – o‘t.

    Bu usulni qo‘llaganda o‘qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, so‘zlarni sinonim orqali tushuntirish o‘quvchilar har bir izohlovchi sinonimning ma’nosini yaxshi tushungandagina maqsadga yetadi. Shuning uchun so‘zning ma’nosini tushuntirish uchun keltiraligan sinonim sifatida faqatgina bolalar yaxshi tushunadigan umumiste’mol so‘zlarni tanlash kerak.

    3. Darsliklardagi o‘ta umumiy, keng tushunchani bildiruvchi so‘zlarning ma’nosini ular nomlaydigan narsalarni sanab keltirish orqali tushuntirish mumkin.

    Hasharot bu – qurt, chumoli, ari, qo‘ng‘iz, o‘rgimchak.

    Meva – olma, nok, anjir, o‘rik, shaftoli.

    Matn – hikoya, she’r, ertak.

    Poliz – qovun, tarvuz, handalak.

    Ajdod – ota, bobo, buvi, bobokalon.

    Avlod – farzand, nevara, evara, chevara.

    Texnika – traktor, mashina, kombayn, televizor, dazmol.

    4. Darslikdagi ko‘pgina so‘zlarning ma’nosini ularning tarkibiy qismlari – morfemalar orqali aniqlash mumkin. Shu narsa ma’lumki, kattalar ham, o‘quvchilar ham noma’lum so‘zni bo‘lish va ma’lum bo‘lgan o‘zakdosh so‘z bilan mazmuniy aloqa o‘rnatish asosida ochishga harakat qiladi. 3-sinf darsligida quyidagi so‘zlarni so‘z yasalish tarkibi – o‘zak va yasovchi qo‘shimcha orqali tushuntirish mumkin.

    Oromgoh – orom – o‘zak, -goh – so‘z yasovchi qo‘shimcha, joy degan ma’noni anglatadi. Demak, bu so‘z orom, dam oladigan joy ma’nosini bildiradi. Xabardor – xabar – o‘zak, -dor – so‘z yasovchi qo‘shimcha, egalik ma’nosini bildiradi. Demak, bu so‘z xabari bor degan ma’noni bildiradi, qalamkash – qalam – o‘zak, kash – so‘z yasovchi qo‘shimcha, tortmoq, chizmoq degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z qalam bilan ishlovchi kishini, ya’ni shoir, yozuvchilarni bildiradi. Ma’rifatparvar – ma’rifat – o‘zak, parvar – so‘z yasovchi qo‘shimcha, otdan anglashilgan narsani tarbiyalash, shunga yaxshi munosabat kabi ma’nolarini bildiradi. Demak, bu so‘z ma’rifatni sezuvchi, unga intiluvchi degan ma’noni bildiradi. Da’vogar – da’vo – o‘zak, gar – so‘z yasovchi qo‘shimcha, otdan ishlab chiqaruvchi kasb yoki faoliyat egasini bildiruvchi shaxs oti yasaladi. Demak, bu so‘z da’vo qiluvchi degan ma’noni bildiradi. Ta’sirchan – ta’sir – o‘zak, chan – so‘z yasovchi qo‘shimcha, egalik, ortiqlik ma’nosini bildiradi. Demak, bu so‘z ta’siri bor, kuchli yoki ta’sirga tez uchraydigan degan ma’noni bildiradi. Ma’murchilik – ma’mur – o‘zak, -chilik – so‘z yasovchi qo‘shimcha. Bu so‘zning ma’nosini bilish uchun o‘zakning ma’nosini bilish kerak. Ma’mur so‘zi o‘zbek tilining izohli lug‘atida obod, farovon, to‘kin deb izohlangan. Demak, ma’murchilik so‘zi to‘kinchilik ma’nosini bildiradi. Childirimkash – childirma – o‘zak, -kash – so‘z yasovchi qo‘shimcha, kasb-hunar egasi bo‘lgan shaxs oti yasaydi. Demak, bu so‘z childirma chaluvchi degan ma’nonini bildiradi.

    Gulchambar – guldan qilingan chambarak.

    Sharsimon – shar – o‘zak, -simon – so‘z yasovchi qo‘shimcha, o‘xshash degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z sharga o‘xshash degan ma’noni bildiradi.

    O‘quvchilarga so‘z yasovchi qo‘shimchaning ma’nosi bir marta tushuntirilsa, shu qo‘shimcha qo‘llangan boshqa so‘zlarning ma’nosini ularning o‘zi aniqlayveradi.

    Serqatnov – qatnov – o‘zak, ser – so‘z yasovchi qo‘shimcha, ko‘p degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘zning ma’nosi qatnoy ko‘p degani.

    Serhikmat – hikmati ko‘p, hikmatga boy.

    Sohibkor – sohib – o‘zak, -kor – so‘z yasovchi qo‘shimcha, kasb egasi mutaxassislik, mashg‘ulot bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs oti yasaydi. Bu so‘z o‘z kasbining ustasi degan ma’noni bildiradi.

    Badfe’l – fe’l – o‘zak, bad – so‘z yasovchi qo‘shimcha, yomon degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z fe’li yomon degan ma’noni anglatadi.

    G‘o‘zapoya – g‘o‘za – o‘zak, poya – so‘z yasovchi qo‘shimcha. Bu so‘z g‘o‘zaning poyasi degan ma’noni bildiradi. Jangovor – jang – o‘zak, ovor – so‘z yasovchi qo‘shimcha. Bu so‘z kurashchan, faol degan ma’noni bildiradi. Mashinasoz – mashina – o‘zak, soz – so‘z yasovchi qo‘shimcha, tuzatuvchi degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z mashina tuzatuvchi degan ma’noni bildiradi.

    Hazilkash – hazil – o‘zak, kash – so‘z yasovchi qo‘shimcha, qiluvchi degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z hazil qiluvchi degan ma’noni bildiradi.

    5. Darsliklardagi sinonimi mavjud bo‘lmagan quyidagi so‘zlar ma’nosini o‘quvchilarga tasviriy yo‘l bilan tushuntirish mumkin.

    Anjuman – keng ko‘lamli, katta yig‘ilish.

    Fuqaro – biror mamlakatning doimiy aholisi.

    Ma’vo – turar joy.

    Tazyiq – kuch bilan, zo‘rlab o‘tkazilgan ta’sir, siquv.

    An’ana – avloddan-avlodga o‘tib boradigan urf-odat.

    Ma’rifat – tabiat, jamiyat va inson haqidagi chuqur hamda ezgulikka yo‘naltirilgan bilim.

    Qur’on – musulmonlarning Olloh tomonidan Muhammad payg‘ambarga vahiy qilingan (tushirilgan) muqaddas kitobi.

    Qit’a – yerning dengiz va okeanlar bilan qurshalgan oltita alohida qismidan har biri.

    So‘gal – badanga ko‘pincha qo‘l yoki oyoqda bo‘ladigan qattiq yumaloq o‘simta.

    Mo‘jiza – odatdan tashqari kishini hayron qoldiruvchi hodisa yoki ish, narsa.

    So‘na – urg‘ochisi hayvonlarning qonini so‘radigan, erkagi o‘t bilan ovqatlanadigan yirik pashsha.

    6. Mavhum tushunchani bildiruvchi so‘zlar ma’nosini obrazlar yordamida tushuntirish mumkin. (Bu haqda batafsil qarang: [8].) Bir-ikkita misol keltiramiz.

    Adolat so‘zini obrazli ravishda quyidagicha tushuntirish mumkin: «O‘quvchilar, adolat bu odamlarga bir xilda munosabatda bo‘lishdir. Adolat taroziga o‘xshaydi. (O‘qituvchi tarozining rasmini ko‘rsatadi.) Tarozining ikkala pallasiga bir xil yuk qo‘yilsa, uning ikki pallasi teng bo‘ladi. Bir pallasiga og‘irroq yuk qo‘yilsa, tarozining bir pallasi baland, bir pallasi past bo‘ladi. endi hayotdan misol keltiraman. Masalan, bir otaning 2 o‘g‘li bor. Ota bozordan 4 ta olma olib keldi. Ikkala o‘g‘ilga 2 tadan olma bersa, bu adolatdan bo‘ladi. Bir o‘g‘liga bitta, ikkinchi o‘g‘liga uchta olma bersa, bu adolatsizlik bo‘ladi».

    Jur’at so‘zini obrazli tarzda quyidagicha tushuntirish mumkin: « O‘ qu v chilar, jur’at – bu xavf-xatar, qiyinchiliklardan hayiqmay qilingan ish. Hayotda ko‘p holda kishiga jur’at kerak bo‘ladi. Masalan, tishingiz og‘rib qolsa, tish shifokoriga borishingiz uchun jur’at kerak. Yoki matematikadan sizga qiyin misol berilgan bo‘lsa, uni yechish uchun ham jur’at kerak. Jur’atni, o‘quvchilar, jarlik ustidan sakrab o‘tayotgan otga o‘xshatish mumkin. Chunki jarlik ustidan sakrab o‘tish uchun katta jur’at, jasorat kerak. O‘quvchilar, hayotda qiyinchiliklardan qo‘rqmay, jur’at bilan ish tutsangiz, ko‘zlagan maqsadingizga erishasiz».

    So‘z ma’nosini tushuntirish ‒ hali o‘quvchilar lug‘atini boyitishning birinchi bosqichi xolos. So‘z o‘quvchining “o‘z mulki”ga aylanishi, ya’ni faol lug‘atiga kirishi uchun katta ishni amalga oshirish talab qilinadi. Nutq o‘stirish bo‘yicha tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu borada shablon va rejasizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir dars uchun rejalashtiriladigan so‘z ustidagi izchil, puxta, doimiy ish olib borilishi lozim.

    O‘quvchilar uchun tushunarsiz va nofaol so‘zlarni faollashtirishning quyidagi yo‘llari mavjud:

    1. Boshlang‘ich sinf “Ona tili” darsliklarida berilgan o‘quvchilar lug‘atini faollashtirishga doir mashqlarni bajartirish.

    2. O‘qish darslarida o‘qiganlarini qayta hikoyalash, suhbat, bayon, inshoda yangi va nofaol so‘zlarni qo‘llash.

    3. Ona tili va o‘qish darslarida o‘qituvchining o‘zi tomonidan tuzilgan mashq va topshiriqlardan foydalanish.

    4. Ona tili darsligidagi mashqlarga qo‘shimcha topshiriqlar ilova qilish.

    Biz bu maqolada uchinchi va to‘rtinchi yo‘l haqida so‘z yuritamiz.

    Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar lug‘atini faollashtirish uchun o‘qituvchining o‘zi tomonidan tuziladigan quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

    1. Har bir qatordagi o‘zakdosh so‘zlarni toping.

    Qadrli, aziz, qadrdon;

    Vafodor, sadoqatli, bevafo;

    Mehrli, xushfe’l, mehribon;

    Qo‘pol, qo‘rs, qo‘pollik.

    O‘zakdosh so‘zlarni ajratib yozing. O‘zagini belgilang. Shu so‘zlardan istagan birini qo‘llab gap tuzing.

    2. Sabr, hurmat, e’tibor so‘zlariga o‘zakdosh so‘zlar toping.

    Izohli lug‘atdan bu so‘zlarning ma’nosini o‘qing va eslab qoling.

    1) Insonni nima uchun hurmat qilish mumkin?

    2) Har qanday odam hurmatga loyiqmi?

    3. Har bir so‘zning qaysi turkumiga kirishini aniqlang.

    Ishonch, ishonmoq, e’tibor, ishonchli, mehmondo‘st, mazax qilmoq, xafa qilmoq, xushfe’l, bag‘ritosh, nafratlanmoq, yaxshi ko‘rmoq, loqayd, hurmat, halol, rost, rostgo‘y, shafqatsiz, insonparvar.

    So‘zlarni uch ustunchaga ajratib yozing: ot, sifat, fe’l. Insonning ijobiy xislatlarini ayting. Bag‘ritosh va mehribon so‘zlarining ma’nosini tushuntiring.

    4. Berilgan so‘zlarga qarama-qarshi ma’noli so‘zlar topib yozing.

    Dono odam ‒ nodon odam ; xushfe’l yigit ‒…; jasur askar ‒…; shirinso‘z bola ‒…; bag‘ritosh odam ‒…; qahrli nigoh ‒…

    Foydalanish uchun so‘zlar: badfe’l, mehribon,qo‘rqoq, qo‘pol, mehrli.

    5. Berilgan sifatlarning umumiy jihati nimada? Ularning ma’nosida qanday farq bor?

    Xushmuomala, shirinso‘z, xushfe’l, nazokatli, odobli, muloyim, kirishimli, dilkash.

    6. Lug‘at diktanti.

    Birinchi ustunchaga odamlar qanday bo‘lishi kerakligi bildiruvchi, ikkinchi ustunchaga qanday bo‘lmasligi kerakligini bildiruvchi so‘zlarni yozing.

    Xushfe’l, qo‘pol, yolg‘inchi, halol, vijdonli, qasoskor, sabrli, shafqatli, to‘g‘ri-so‘z, shafqatsiz.

    Shu so‘zlardan uchtasini tanlab gap tuzing.

    7.Quyidagi gaplardan to‘g‘ri so‘zining ma’nolarini qiyoslang.

    To‘g‘ri odam yolg‘on gapimaydi.Nodirning javobi to‘g‘ri.

    Qaysi so‘zlar birinchi gapga, qaysi so‘zlar ikkinchi gapga mos keladi: halol, aniq, insofli, rost.

    8.Yumshoq va muloyim so‘zlarini quyida berilgan qaysi otlar bilan bog‘lash mumkin?

    Divan, so‘z, odam, mum, kulgi, yostiq, xamir, ko‘rpa, muomala.

    9.Qarama-qarshi ma’noli so‘z yozib, ma’nosini izohlang.

    shafqatsiz ‒…;

    xushmuomala ‒ …;

    Boshlang‘ich sinf “Ona tili” darsliklaridagi mashqlarga quyidagi qo‘shimcha topshiriqlarni tavsiya qilamiz:

    1. 2-sinf “Ona tili” darsligidagi [4] 25-mashqqa. Inoq, intizom, ilg‘or, ilm, pichan, nihol, koinot so‘zlari ishtirokida so‘z birikmasi tuzing.

    Foydalanish uchun so‘zlar: do‘stlar, rioya qilmoq, mamlakat, maktab, o‘rmoq, o‘tqazmoq, cheksiz, olmoq.

    Inoq, ilm, nihol, koinot so‘zlariga ma’nodosh so‘zlar toping .

    2. 2-sinf “Ona tili” darsligidagi 53-mashqqa. Haykal, hamshira, handalak, hashar, harorat, hoshiya so‘zlari ishtirokida so‘z birikmalari tuzing.

    Foydalanish uchun so‘zlar: xushbo‘y, Navoiy, ayol, umumxalq, xona, daftar.

    Shu so‘z birikmalaridan uchtasini tanlab gap tuzing.

    3. 3-sinf ”Ona tili” darsligidagi [1] 21-mashqqa. Anhor, olxo‘ri, javon, nordon, arqon, poda, beda, sabr so‘zlari ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: katta, kitob, uzun, qora, tezoqar, ko‘m-ko‘k, olma.

    Poda so‘zining uyur, gala so‘zlaridan farqini ayting.

    4. 3-sinf “Ona tili” darsligidagi 39-mashqqa. An’ana, marifat, e’tirof, ta’na, ta’ziya so‘zlarining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang.

    Shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing.

    An’ana, marifat, ta’na so‘zlariga ma’nodosh so‘zlar toping.

    5 . 3-sinf “Ona tili” darsligidagi 40-mashqqa.

    Ma’naviyat, ma’rifat, da’vogar, ta’sirchan, ma’murchilik, mas’uliyat, ta’-minot, e’tiqod, ma’yuslanmoq so‘zlarining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang. Ta’sirchan, ma’murchilik, ma’suliyat, e’tiqod, ma’yuslanmoq so‘zlariga ma’nodosh so‘zlar toping. Shu so‘zlar ishtirokida bittadan gap tuzing.

    Mashqda berilgan mazkur so‘zlar ma’nisini 3-sinf o‘quvchisi bilmaydi. Bu so‘zlar ustida lug­‘at ishi o‘tkazilmasa, ular hatto o‘quvchining nofaol lug‘atiga ham kirmay qoladi.

    6. 3-sinf “Ona tili” darsligidagi 42-mashqqa. Lu g‘ atdan foydalanib qur’on, qo‘rg‘on, mo‘jiza, da’vat, so‘na, ma’sul, me’mor, qit’a, so‘gal, sa’va, to‘ng‘iz so‘zlarining ma’nosini izohlang.

    Shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: mustahkam, tabiat, hushyorlik, shaxs, o‘qimoq, bino, olti, g‘adir-budur, mitti, ovlamoq.

    7. 3-sinf ”Ona tili” darsligidagi 310-mashqqa. (Mashqda “Mening onam” mavzusida 5-6 gapdan iborat matn yozing” deb topshiriq berilgan.) Matnda quyidagi so‘z va iboralardan foydalaning: oq yuvib, oq taragan, mehribon, istamoq, ko‘maklashmoq, tortiq qilmoq.

    8. 3-sinf ”Ona tili” darsligidagi 326-mashqqa. Kezaman so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.

    9. 4-sinf “Ona tili” darsligidagi [2] 94-mashqqa.Teatr, radio, manfaat, kakao, mutolaa, chavandoz so‘zlarining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang.

    Bu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: aktyor, ko‘rmoq, mohir, ichmoq, kitob, eshitmoq.

    10. 4-sinf “Ona tili” darsligidagi 103-mashqqa. Jadval, jayron, jurnal, ijozat, tarjimon so‘zla-rining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang.

    Shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: go‘zal, ko‘paytirish, olmoq, “G‘uncha”, mohir.

    Jayron va jiyron so‘zlarining farqini ayting.

    Foydalanilgan adabiotlar:

    1. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili 3-sinf uchun darslik. – Toshkent.: «O‘qituvchi», 2014. – 144 b.

    2. Ikromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonqulova D. Ona tili. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent: «O‘qituvchi», 2015. – 192 b.

    3. Matchonov S., Shojalilov A., X. G‘ulomova, Sh. Sariyev, Z. Dolimov. O‘qish kitobi. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent: “Yangiyo‘l poligraf servis”, 2015. – 240 b.

    4. Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili. 2-sinf uchun darslik. – Toshkent.: «Cho‘lpon», 2014. – 128 b.

    5. G‘afforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X. Ona tili. 1-sinf uchun darslik. – Toshkent: “Sharq”, 2015. – 112 b.

    6. G‘afforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X. O‘qish kitobi. 1-sinf uchun darslik. – Toshkent: “Sharq”, 2015. – 112 b.

    7. Львов М.Р. Речь младших школьников и пути её развития. ‒ Москва: «Просвещение», 1975. – 176 c.

    8. Сафаров Ф. С. Бошланғич синф ўқувчиларига мавҳум тушунчаларни образ воситасида тушунтириш. ‒ “Педагогик маҳорат” журнали. Бухоро, 2013, 2-сон, Б. 50 – 53 .

    9. Текучев А. В. Методика преподавания русского языка в средней школе. Москва, 1980. – 224 c .