Fransiyada o‘quvchi dars vaqtida o‘qituvchini o‘ldirdi
Mahalliy matbuotning xabar berishicha, voqea bugun ertalab dars vaqtida sodir bo‘lgan.
BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARI JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH USULLARI
Yurtimizda ta‘lim mazmuniga alohida e‘tibor qaratilib, DTS o‘quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o‘tkazilmoqda, pedogogik texnologiyalar asosida o‘quv jarayoniningsamaradorligi oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o‘zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O‘qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko‘pgina metodlaridan foydalaniladi.
Name | Size | |
---|---|---|
NAZAROVA MAFTUNA 314-317 JUSR.pdf md5:efe302977c2318e225a08fc7ba369335 |
510.0 kB | Preview Download |
Fransiyada o‘quvchi dars vaqtida o‘qituvchini o‘ldirdi
Fransiyaning Sen-Jan-de-Lyuz shahrida o‘rta maktab o‘quvchisi ispan tili o‘qituvchisini pichoqlab o‘ldirdi, deya xabar beradi Kazinform.
Mahalliy matbuotning xabar berishicha, voqea bugun ertalab dars vaqtida sodir bo‘lgan.
Rasmiylar polisiya va mahalliy prokuratura voqea joyida ekanligini tasdiqladi.
Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. Xususiy katolik muassasasi bo‘lgan maktabning kirish va chiqish yo‘llari to‘sib qo‘yilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum ertalab soat 10:00 atrofida ispan tili darsi vaqtida sodir bo‘lgan. Ishga yaqin manbaning Le Figaro nashriga aytishicha, hujumni amalga oshirgan 16 yoshli o‘quvchi tunda ispan tili o‘qituvchisini o‘ldirishni so‘ragan «ovozlarni eshitgan».
Hujumdan keyin bir muncha vaqt o‘z sinflarida bo‘lgan maktab o‘quvchilari endi asta-sekin muassasadan evakuasiya qilinmoqda, dedi Le Figaro nashriga polisiya manbasi.
Vazirlar kengashi yig‘ilishidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida hukumat vakili Olivye Veran: «Bu o‘quvchilarga qanday shikast yetkazishi mumkinligini tasavvur qila olmayman» dedi. Uning ta’kidlashicha, voqea joyiga Milliy ta’lim, yoshlar va sport vaziri Pap Ndiaye yetib keladi.