Press "Enter" to skip to content

Ona tili va o‘qish savodxonligi, 1-sinf, 1-qism, Azimova I, 2021

Lanka o‘ynagan bola to‘g‘ri nafas olishni o‘rganadi. Natijada tanasi kislorodga to‘yinadi. Yurak faoliyati yaxshilanadi. Yegan ovqati oson hazm bo‘ladi. Shu tariqa organizm chiniqadi. Eng asosiysi, lanka tepayotganda ovoz chiqarib sanash diqqatni jamlashga o‘rgatadi.

Toshkentda 11 sinf oʻquvchisi sinfdoshini pichoqlab qoʻydi

Uch nafar sinfdoshlar oʻrtasida janjal kelib chiqqan. 17 yoshli yigitga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Toshkentda sinfdoshlar oʻrtasida kelib chiqqan janjal pichoqbozlik bilan tugadi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Joriy yilning 21-fevral kuni soat taxminan 11:20 larda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida yashovchi 2006-yilda tugʻilgan M.A. avvalgi oʻqigan maktabi — Chilonzor tumanidagi 162-sonli maktabga baholar tabelini olish maqsadida kelgan.

M.A. sinfdoshlari bilan oʻtirgan vaqtida sinfdoshi 2005-yilda tugʻilgan R.I. M.A.ni tashqariga chiqishini aytgan, chiqqandan soʻng maktabga “nega meni ruxsatimsiz kelasan”, deb zoʻravonlik qilib, unga tarsaki tushirgan.

Shu payt M.A.ning oʻrtogʻi 2005-yilda tugʻilgan S.A. ularni ajratmoqchi boʻlgan vaqtida R.I. uni ham urgan. Shundan soʻng, S.A. yonida boʻlgan pichoq bilan R.I.ning qorin qismiga tan-jarohat yetkazgan. R.I. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, R.I.ga “Qorin old devorini teshib kiruvchi kesilgan-sanchilgan jarohati” tashxisi qo’yilgan.

Mazkur holat boʻyicha S.A.ga nisbatan JKning 104-moddasi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ona tili va o‘qish savodxonligi, 1-sinf, 1-qism, Azimova I., 2021

Ona tili va o‘qish savodxonligi, 1-sinf, 1-qism, Azimova I., 2021.

Учебник по родному языку и грамотность чтения для 1 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Sabzi va boshqa sabzavotlarning odamlarga qanday foydasi bor?
Kimyogarning mushugi odamlarga qanday foyda keltirdi?
Lanka va boshqa yinlarning qanday foydasini bilasiz?

LANKA.
Lanka – o‘zbek milliy bolalar o‘yini. U mavsumiy bo‘lib, asosan kuz faslida o‘ynaladi. Lanka shunchaki oddiy o‘yin emas, u bolani ham jismonan, ham ruhan tarbiyalaydi. Chinakam ma’nodagi xalq o‘yini.

Lanka o‘ynagan bola to‘g‘ri nafas olishni o‘rganadi. Natijada tanasi kislorodga to‘yinadi. Yurak faoliyati yaxshilanadi. Yegan ovqati oson hazm bo‘ladi. Shu tariqa organizm chiniqadi. Eng asosiysi, lanka tepayotganda ovoz chiqarib sanash diqqatni jamlashga o‘rgatadi.

YUNESKO lankani eng foydali o‘yinlardan biri deya baho-lagan. U jahon bolalari o‘yinlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili va o‘qish savodxonligi, 1-sinf, 1-qism, Azimova I., 2021 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Dars tahlillari va ularni amaliyotga qo`llash

Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o’quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o’quv faniga bo’lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o’qituvchiga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o’qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o’qituvchining o’quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko’rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to’g`ri qo’yishi, dars jarayonini to’g`ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni nazorat etishi, o’quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.

O’qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish, uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o’quvchilarining o’zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko’pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko’proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o’qituvchining ko’rsatmali qo’llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to’g`ri amal qilinganligi, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan-olmaganligi kabi masalalar to’g`risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o’qituvchining o’zini o’zi tahlil qilishiga e’tibor qaratmaslikdir. O’zini-o’zi tahlil qilish tamoyili o’qituvchining o’z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo’lni belgilab olishiga asos bo’ladi. O’qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Jumladan:

  • dars maqsadi bilan o’quvchilarni tanishtirmaslik;
  • interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;
  • dars jarayonida barcha o’quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik;
  • o’quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik;
  • o’quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik.
  • o’quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;
  • o’qituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi;
  • mavzuni amaliyot bilan bog`lab tushuntirmaslik;
  • mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik;
  • sinf doskasi, darslik, o’quvchi daftari, qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo’lga qo’yilmaganligi;
  • O’quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar.

Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilinishi lozim. Shundagina natijasi samarali bo’ladi va o’quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarish imkonini beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo’qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o’qituvchiga amaliy yordam ko’rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi.

Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo’lmay, balki maktabda o’quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O’qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo’l qo’yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O’qituvchilarning o’zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo’lib, dars o’tayotgan o’qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko’rsatsa, tahlil qiluvchi o’qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi.

Dars tahlili o’quv mashg`ulotini kuzatish, o’rganish shaklida olib boriladi. Shu o’rinda savol tug`iladi. O’qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O’qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo’limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o’qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi.

Buning uchun, eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi:

  • ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash;
  • o’qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;
  • ilg`or ish usullari va metodlarini o’rganish va ommalashtirish;
  • o’qituvchilarning o’zaro tajriba almashishi;
  • o’quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
  • o’quvchilarning bilish faoliyatini o’rganish;
  • dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xato va kamchiliklarning oldini olish, o’qituvchiga amaliy va metodik yordam ko’rsatish;
  • ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar psixologik xususiyatlarini o’ziga xosligini e’tiborga olish;
  • darsda o’quvchilarni faollashtirish va mavzuni o’zlashtirishlarini e’tiborga olinganligi.

Dars – o’quv jarayonining juda ko’p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko’ra darsni kuzatuvchi va tahlil qiluvchilardan maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi.