Press "Enter" to skip to content

1-dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf 6 «A» 6 «B» Mavzu: O zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji

1. Bulbulning maqomlari, kuylari to’qqiz yuz to’qson to’qqiz emish. (Oybek) 2. Hamma yerim o’ttiz yetti gektar. (G’afur G’ulom) 3. Bitta qovun kamida o’n so’m turadi. (X. To’xtaboyev) 4. Go’yo quyoshning botishini birinchi marta ko’rayotgandek ko’zlarida hayrat aks etdi. (N. Arslonov) 5. Poyezddan tushgan uch-to’rt yo’lovchi tarqalib, bekatda Yigitalining yolg’iz o’zi qoldi. (Tohir Malik)

6 sinf ona tili javoblari 400 mashq

assiteuz
5177 o‘rin, 1 roliklar
194

O’xshashlar

  • 03:00Tili-tili-bom – AMW. Tili-tili-bom – AMW. 5 194
  • 10:36Shukurullo Isroilov – “Nemis. Shukurullo Isroilov – “Nemis. 0 603
  • 08:59Otasi hind, onasi nemis, o’zbe. Tara Pandeyya. 0 804
  • 02:17Chempionlar lanati: Nemis mosh. Youtube da «Charm To’P» futbol. 0 246
  • 01:32Kinolar nemis tilida. Telegram kanalimizga a’zo bo’l. 0 300
  • 00:19O’zbek tili shunchali chiroyli. O’zbek tili shunchali chiroyli. 0 208
  • 03:22QUSH TILI ‘Milliy’ pishirig’i. QUSH TILI ‘Milliy’ pishirig’i. 0 378
  • 04:20Ona tili 2-sinf. Gap (Surdo ta. Ona tili 2-sinf. Gap (Surdo ta. 1 22
  • 01:1321-oktabr – O’zbek tiliga davl. She’r. 0 32
  • 43:50Yaponiyaga qonuniy ishlash uch. Yaponiyaga qonuniy ishlash uch. 0 8

2023 © MyTube.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

1-dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf 6 «A» 6 «B» Mavzu: O’zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji

1. Yetti o’lchab, bir kes (Maqol). 2. Qishpolvon o’z vazifasin uch oy ichra o’tarkan, Xizmat qilish navbat bilan Bahoroyga o’tarkan. (Po’lat Mo’min) 3. Kuzatishimcha, odamlar gapirayotgan gapning, taxminan, yetmish-sakson foizi ortiqcha ekan. (Asqad Muxtor) 4. Ular yana besh qadam bosishgach, o’ra labiga kelishdi. (Tohir Malik) 5. Bu sopol ko’za-chi, so’zimga ishon, Sodiq xizmat qildi ming yil odamga. (Qodir Dehqon)

1. Sanoq sonlar nimani bildiradi va ular qanday ifodalanadi?

2. Yuzlik sonlar qanday hosil qilinadi?

399-mashq. Uyga vazifa. «Ko’chat ekib, bog’ yarating» mavzusida matn tuzing. Matnda sanoq sonlardan foydalaning.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _______________________

Ona tili» 6– “A”, “B” sinf

Sana: ___________ _________ Soati______

MAVZU: DONA SON, UNING YASALISHI

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini organish jarayonida oquvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali oquvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: Oquvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga orgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish

II. Otgan mavzuni sorash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Quyidagi sonlarga –ta qo’shimchasi, dona, nafar, bosh, tup, bog’ so’zlarini qo’shib birikmalar tuzing.

Olti, besh, uch, o’ttiz, ellik, yetmish.

BILIB OLING. Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi. Ular -ta qo’shimchasi yordamida yasaladi.

Donalash ma’nosi -ta qo’shimchasidan tashqari dona so’zi bilan ham ifodalanadi.

Donalab sanalayotgan narsalarning turini ta’kidlash uchun -ta qo’shimchasi o’rnida bosh (hayvonlar), nafar (shaxslar), tup (o’simliklar, litr (suyuqlik), gramm (og’irlik) kabi so’zlar ham ishlatiladi.
400-mashq. Gaplarni yozing. Sonlarning yasalishini tushuntirib bering.

1. Kecha tog’ang berib ketgan zog’oradan ikkitasini olib qo’yganman, birgalashib choy ichamiz. 2. Nafis chayqaladi bir tup na’matak Yuksakda shamolning belanchagida, Quyoshga ko’tarib bir savat oq gul, Viqor-la o’shshaygan qoya labida. (Oybek) 3. Derazamning oldida bir tup O’rik oppoq bo’lib gulladi. (Hamid Olimjon) 4. Bir tup kessang, o’n tup ek. (Maqol) 5. Jo’jalardan ikkitasini kalxat oldi, qolgan ikki kam o’ttiztasi o’sib tovuq bo’ldi. Sakkiztasini olib qolib, yigirmatasini bozorga olib borib sotib, bitta ona-bola echki olib kelib, bularni ham boqa berdi. (Ertakdan)

401-mashq. Dona sonlarni qatnashtirib gaplar yozing. Dona sonlarni yasovchi vositalarning tagiga chizing.
402-mashq. Qavs ichidagi sonlarni kerakli shaklga solib, gaplarni ko’chiring.

1. So’ylasin Afrosiyob-u So’ylasin O’rxun xati, Ko’hna tarix shodasida (bir) marjon, o’zbegim. (E. Vohidov) 2. Saidiy kelganda Murodxo’ja domla (to’rt) gina sigirni sog’ib eplamagan xotinining palpisligidan koyib urishmoqda edi. (Abdulla Qahhor) 3. (Bir) kampir Ahmadjonni (ikki) sherigi bilan uyiga olib kirdi. (Abdulla Qahhor) 4. Meni qo’rqitayotgandir desam, (ikki)si chindan sudrab chiqib avtomobilga soldi. (Abdulla Qahhor) 5. Birinchi arava g’ildiraklariga bog’langan (uch) ot bor-u, qolgan otlardan darak yo’q. (Mirmuhsin)

1. Dona sonlarning yasalishi haqida gapiring.

2. -ta qo’shimchasi va dona, tup, nafar, bosh so’zlari yordamida hosil bo’lgan dona sonlar ishtirokida gaplar tuzing.
403-mashq. Uyga vazifa. Dona sonlarni qatnashtirib «Bahorgi dala ishlari» mavzusida hikoya yozing. Dona sonlarning yasalishini tushuntirib bering.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____________________

Ona tili» 6– “A”, “B” sinf

Sana: ___________ _________ Soati______

MAVZU: CHAMA SON, UNING YASALISHI

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini organish jarayonida oquvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali oquvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: Oquvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga orgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish

II. Otgan mavzuni sorash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan sanoq sonlarga -tacha -lab, -larcha qo’shimchalarini qo’shing. Ma’noda qanday o’zgarish bo’lganini ayting.

Bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yetti, yuz, ming.

BILIB OLING. Narsaning miqdorini taxminlab, chamalab ko’rsatadigan sonlarga chama son deyiladi. Ular -tacha, -lab, -larcha kabi qo’shimchalar yordamida yasaladi.
404-mashq. Gaplarda qatnashgan sonlarni aniqlang. Ulardan chama son shakllarini hosil qilib, o’zi birikkan so’z bilan ko’chiring.

1. Bekatda o’n odam avtobus kutib turishardi 2. Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo’lsa ham, qomati sambitdek tik. (X To’xtaboyev) 3. Mashrab bilan Akmal esa o’n besh-yigirma bolaga javobgar. (O. Yoqubov) 4. Ichkaridan yoshi yetmishlardan oshgan nuroniy bir chol chiqib kelibdi. (N. Aminov) 5. Shoikrom o’n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so’ragan edi. (O’. Hoshimov) 6. Yo’q, uning oldida bundan besh-olti yil ilgarigi yarimta tana emas, katta qalb, katta hayot egasi go’zal hayot qo’shig’ini kuylardi. (O’. Umarbekov)

405-mashq. Gaplardagi sonlarni guruhlarga ajratib, jadvalga joylashtiring.

1. Axir o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. (Abdulla Qodiriy) 2. Og’zini yumganicha, ovozini ichiga yutib, bir-ikki kulib oldi u. (X To’xtaboyev) 3. Uch-to’rt pud g’alla ketsa ketar. Bir qop g’alla deb, hammasidan ayrilib qolmaylik tag’in! (O. Yoqubov) 4. Tarixingdir ming asrlar, Ichra pinhon, o’zbegim. Senga tengdosh Pomir-u Oqsoch Tiyonshon, o’zbegim. (E. Vohidov) 5. Bayroq dastasida, stanokda, g’ishtda ming-minglab qo’llar taftini sezaman. (Asqad Muxtor)

406-mashq. Birdan o’ngacha bo’lgan sanoq sonlardan chama sonlar hosil qiling va ular ishtirokida birikmalar tuzing.

l. Chama sonlarni hosil qiluvchi vositalar haqida gapirib bering. 2. Adabiyot kitobingizdan chama sonlar qatnashgan 6 ta gap topib yozing. Ularning yasalishini tushuntiring.

407-mashq. Uyga vazifa. «Ertaklar olamiga sayohat» mavzusida hikoya tuzing. Unda chama sonlardan foydalaning.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________

Ona tili» 6– “A”, “B” sinf

Sana: ___________ _________ Soati______

MAVZU: JAMLOVCHI SON, UNING YASALISHI

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini organish jarayonida oquvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali oquvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: Oquvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga orgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish

II. Otgan mavzuni sorash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan sanoq sonlarga -ala, -ov qo’shimchalarini qo’shib ko’chiring. Bu qo’shimchalarni qaysi sonlarga qo’shib bo’lmasligini ayting. Sanoq sonlarga qo’shilgan yuqoridagi qo’shimchalarning qanday ma’no ifodalashini tushuntiring.

Bir, ikki, uch, besh, olti, sakkiz, o’n.

2-topshiriq. Unli bilan tugagan ikki, olti, yetti sonlariga -ala, -ov qo’shimchalari qo’shilganda asos qismda qanday o’zgarish bo’lganini aniqlang.
BILIB OLING. Narsalarning miqdorini jamlab ko’rsatadigan sonlar jamlovchi sonlar deyiladi. Ular -ov, -ala, -ovlon kabi qo’shimchalar yordamida yasaladi.
ESDA SAQLANG. -ov, -ala qo’shimchalari faqat ikkidan o’ngacha bo’lgan sonlarga qo’shilib, jamlik ma’nosini ifodalaydi. Bu qo’shimchalar unli bilan tugagan sanoq sonlarga qo’shilganda asos qismdagi i unlisi tushib qoladi.

408-mashq. Avval sanoq sonli, keyin dona sonli, so’ng chama va jamlovchi sonli gaplarni yozing.

1. Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi. (Ibrohim Rahim) 2. Sizlar mana shu to’qqizta xivichni birga qo’shib sindirib ko’ringlar-chi! (Ertakdan) 3. U yig’lab, to’rt tomonga yuguribdi. (Ertakdan) 3. Bunyod yetti kun kezdi. Yetti qora tun kezdi. Eng oxiri tun chog’i Bir hid sezdi dimog’i. (Hamid Olimjon) 4. Po’lat qizga nisbatan bir yosh katta bo’lsa ham bir-biriga yondosh bo’lib, qadrdon qo’shni edilar. (Sh. Rashidov) 5. Yuragi shuvullab, cheklanib o’tarkan, uch-to’rt yashar qizchaga ko’zi tushdi. (Oybek) 6. Durroj ham Sherning so’zini ma’qul ko’rdi va shu o’rmonda ikkovi do’stona yashay boshladi. (Navoiy) 7. To’rtko’z bo’lsa bizdan o’n qadamcha ilgariroqda chopib borar, goh bizga yaqin kelib, atrofimizda o’ynoqlar edi. (G’ayratiy)

409-mashq. Nuqtalar o’rniga quyida berilgan sonlardan mosini qo’yib, gaplarni ko’chiring.

1. . tepalik orqasiga o’tib qarasak, bir chuqurga tushib qolgan To’rtko’z badanidan qon oqib ingrab yotibdi. (G’ayratiy) 2. Umidjon jonholatda . qo’li bilan boshini ushlab: «Yo’q, kerak emas, podshoh bo’lmayman», deya qichqirib yubordi. (N. Aminov) 3. Har . mehmon: «Biz, farosatsizlarni kechiring, otaxon», deya mezbonning oyog’iga yiqilishdi. (N. Aminov). 4. Hotamjon . oyog’ini qimirlatolmay yotardi. (O’. Umarbekov) 5. . dalaning poynagiga qarab yurdilar. (G’afur G’ulom)

Sonlar: Ikkalamiz, uchala, ikkala, uchovlari, bir, bitta.

410-mashq. Birdan o’ngacha bo’lgan sonlarga -ov, -ala qo’shimchalarini qo’shib, jamlovchi sonlarni hosil qiling. Ularni qatnashtirib gaplar tuzing va yozing.

1. Jamlovchi sonlar qanday yasaladi? Ular nima uchun shunday nomlanadi?

2. Jamlovchi son yasovchi qo’shimchalar qaysi son asoslariga qo’shilganda ular tarkibida o’zgarish yuz beradi?

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____________________

Ona tili» 6– “A”, “B” sinf

Sana: ___________ _________ Soati______

MAVZU: TAQSIM SON, UNING YASALISHI

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini organish jarayonida oquvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali oquvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: Oquvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga orgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish

II. Otgan mavzuni sorash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

1-topshiriq. Berilgan sanoq sonlarga -tadan qo’shimchasini qo’shing. Ma’noda qanday o’zgarish bo’lganini ayting.

Bir, ikki, o’n, yuz, ming.

BILIB OLING. Narsalarning miqdorini taqsimlab ko’rsatadigan sonlarga taqsim son deyiladi. Ular -tadan qo’shimchasi yordamida yasaladi.
412-mashq. Gaplarni o’qing. Taqsim sonlarni topib, yasalishini tushuntiring.

1. Azim har yelkasiga to’rttadan odam sig’adigan yigit bo’libdi. (Abdulla Qahhor) 2. Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan. (Ertakdan) 3. U bu yilgi bahorda har yuz ona qo’ydan bir yuz yigirma bittadan qorako’l qo’zisi oldi. (G’afur G’ulom) 4. Eshakning ustiga ikkitadan bo’lib mindik. (X To’xtaboyev) 5. Ular ikkitadan bo’lib saf tortishdi.

413-mashq. Arab raqamlarida berilgan sonlarni harflar bilan yozing, ular ishtirokida gaplar tuzing.

7—8 tadan, 15 ovi, 2 tasi, 25 tadan, 50 tadan, 3 tachasidan, 9 tadan, 1 tadan, 7 tadan.

414-mashq. Gaplarni ko’chiring. Taqsim sonlarning tagiga chizib, hosil bo’lishini tushuntiring.

1. Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. (Oybek) 2. Qurolsiz, navkarsiz mulla Fazliddin Ahmad Tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi?! (P. Qodirov) 3. Har birining oldiga bir siqimdan mayiz, ikkitadan non, bir choynakdan choy qo’yib chiqdim. (M. Abdullayev) 4. Pakana buvi tuxum olib hammamizga ikkitadan ulashib chiqdi. (X. To’xtaboyev) 5. Odamlar bitta-ikkitadan bo’lib maydonga to’plana boshlashdi. (A. Abdumalikov)

415-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni o’qing, sonlarni ajratib oling va ularni taqsim sonlarga aylantirib gaplar tuzing.

1. Bulbulning maqomlari, kuylari to’qqiz yuz to’qson to’qqiz emish. (Oybek) 2. Hamma yerim o’ttiz yetti gektar. (G’afur G’ulom) 3. Bitta qovun kamida o’n so’m turadi. (X. To’xtaboyev) 4. Go’yo quyoshning botishini birinchi marta ko’rayotgandek ko’zlarida hayrat aks etdi. (N. Arslonov) 5. Poyezddan tushgan uch-to’rt yo’lovchi tarqalib, bekatda Yigitalining yolg’iz o’zi qoldi. (Tohir Malik)

1. Taqsim sonlar qanday hosil qilinadi?

2. Ular gapda qanday gap bo’lagi vazifasini bajaradi?

3. Taqsim sonlar ishtirokida gaplar tuzing.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa