Press "Enter" to skip to content

Jomboy tuman xalq ta limi bo limiga qarashli 7-umumta lim maktabi rasmiy sayti

(19-7*1)+(9*1-8)=12+1=13 (19-7*2)+9*2-8)=5+10=15
(5*1-3)+(8*1+16)=2+24=26 (5*2-3)+(8*2+16)=7+32=39
O`qituvchi: Sinfimizda faol qatnashgan o`quvchilariga rag`bat kartochkalati beriladi va ballar qo`yiladi.

Rus Tilidan Individual Darslar

Chet tillarini organish- murakkab jarayon va oz hususiyatlariga ega. Bir vaqt kimdur kallasini devorga urib, hech bolmaganda «меня зовут вася» deyishni o’rganganda, boshqalar Gamlet asarlarini tarjimasiz asl nusxasida o’qishdan tashqari, chet elliklar bilan bemalol muloqot qiladi.

Rus va ingliz tilini o’rganishingizga yordam beramiz.

Bizga bog’laning: +998 90 963 46 23

Individual yondashuv bilan eng qisqa vaqtda rus va ingliz tillarini organing.

Nega kimdadur bu jarayon juda osonlik bilan kechadiyu, kimgadur juda qiyinlik qiladi? Buni biron bir siri mavjudmi? Bu haqida sahifani davomida bilib olasiz.
Chet tilini har kim o’rgana oladi. Bu hislat bizning tugilishimiz bilan miyyamizga joylangan. Aynan shuning uchun biz yoshlikda oz tilimizni beixtiyor va tabiy holda organamiz. Bundan tashqari, yosh bolalar chet el muhitiga joylashtirilsalar, ular hech qanday qiyinchiliksiz tilni organa oladilar. Shunga ahamiyat bering: bu hech qanday ayyorona uslublar, lingafon kurslar va boshqa metodik kitoblarsiz amalga oshadi. Tilni qanday organish kerak? Tilni tez va sifatli organish uchun bir necha maslaxatlarga amal qilishingiz kerak.
Interval qaytarishlar.
Sozlarni yaxshiroq eslab qolish uchun yod olgan sozlar va jumlalarni muayyan oraliqlardan keyin takrorlab turishingiz kerak. Masalan, yodlayotgan sozni birinchi kuniga 4 -5 marta , ertasiga yana 2- 3 bor, haftasiga 1 bor va shu yosinda oraliqni oshirib borish zarur.
Uyqu oldidan takrorlab oling
Til organish katta hajmdagi malumotlarni eslab qolishni talab qiladi. Amerikalik olimlarni takidlashicha uyqu oldidan takrorlab olingan malumot yaxshiroq eslab qolinadi.
Chet tilida boshqa fanlarni organing.
Xorijiy tilni ozini organishdan kora chet tilida boshqa fanlarni, tilga bogliq bolmagan malumotni organish yaxshiroq natija beradi.
Masalan chet tili grammatikasini orniga badiy asarlar, jurnallar va internet sahifalarini oqing. Bu ham foydaliroq, hamda qiziqarliroq boladi.
Muntazam shugullaning.
Kopchilik vaqt tanqisligidan haftasiga 2- 3 soat til organishga ajratadilar. Va bunday qisqa vaqtda katta malumotni eslab qolishga harakat qiladilar. Afsuski odam miyyasi bir vaqtning ozida katta malumotni eslab qola olmaydi. Undan kora har kuni birozdan shugullangan maqul.
Eski bilimlarni yangilari bilan aralashtiring.
Biz iloji boricha qisqa vaqt ichida kop yangi malumotni qabul qilishga harakat qilamiz. Agarda bunda siz oldingi mashgulotda olgan bilimlaringiz bilan birgalikda yangi malumotni organsangiz, bu ham takrorlash boladi, ham tushunishingiz osonroq boladi.
Va albatta mashgulot boshida oldingi mavzularni takrorlab oling.

Rus va ingliz tilini o’rganishingizga yordam beramiz.

Bizga bog’laning: +998 90 963 46 23

Individual yondashuv bilan eng qisqa vaqtda rus va ingliz tillarini organing.

Shu kabi maslaxatlar bilan, sizga o’qishingizda omad tilab qolamiz!

Hurmat bilan Brothers.uz jamoasi

Jomboy tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 7-umumta’lim maktabi rasmiy sayti

Mavzu : “Sonli va harfli ifodalar”
Dars taqsimoti :
1 Tashkiliy qism 5 daqiqa
2. O`tgan mavzuni so`rash 5 daqiqa
3. O`tgan mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa
4. Yangi mavzu bayoni 20 daqiqa
5. Yangi mavzuni mustahkamlash 6 daqiqa
6. Darsning yakuni.Uyga vazifa berish va baholash 4 daqiqa

Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: “Sonli va harfli ifodalar”
Soatlar soni: 1 soat
Mavzuni qisqacha ta’rifi: O’tilgan mavzuni mustahkamlash, sonli va harfli ifodalar mavzusi yuzasidan tushuncha berish
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: Guruhlash metodi
Shakl: jamoa va kichik guruhlar bilan ishlash
Jihoz: darslik, doska va bo’r, tarqatma materiallar
Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish
Baholash: o’quvchilar 5 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.
Darsning maqsadlari
Ta’limiy: Sonli va harfli ifodalar mavzusida yangi bilimlarni egallash, sonli va harfli ifodalarda misollar bilan mustahkamlash
Tarbiyaviy: mavzuni tushuntirish va mustahkamlash jarayonida o’quvchilarning hozirjavoblik, zukkolik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
Kutilayotgan natija
O’qituvchidan:
Mavzuning barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish, o’quvchilarning harfli va sonli ifodalar haqidagi misol va masalalarni yechishni o’zlashtirishga darsga o’quvchilarning faol qatnashishiga erishish
O’quvchilardan:
Chiroyli, to’g’ri, xatosiz yozishga o’rganadi. Turli mashqlar yordamida sonli va harfli ifodalarni o’rganish malakalari takomillashadi
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod Vaqt

1 – bosqich
Tashkiliy qism Salomlashish.O`quvchilarni darsga tayyorlab olish. Navbatchi hisoboti. She’rlar va maqollar aytish.
Savol – javob , suhbat , ko`rgazmalilik .

3 daqiqa
2 – bosqich
O`tgan mavzuni so`rash O`tilgan mavzu: ,,Natural sonlarni ayirish va uning xossalari“ mavzusini so`rash va nazorat qilish. Daftarlarni almashtirish. O`quvchilarni 4 guruhga bo`lish .
Savol – javob , suhbat .

5 daqiqa
3 – bosqich
O`tilgan mavzuni mustahkamlash . O`tilgan mavzuni ,, Qarmoq “ , ,,Pochtachi “ o`yinlari orqali mustahkamlash . Didaktik o`yin , musobaqa .

5 daqiqa
4 – bosqich
Yangi mavzu bayoni Yangi mavzu: “Sonli va harfli ifodalar”. Mavzu yuzasidan tushuntirish;
Darslikda 1-6-misol va masalalarni tushuntirish va
Guruhlar bilan birgalikda bajarish

Tushuntirish, ko`rgazmalilik , musobaqa, o`yin .

20 daqiqa
5 – bosqich
Yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun metod va texnologiyalardan foydalanish
“Zinama-zina” didaktik o`yini
7 daqiqa
6 – bosqich
Dars yakuni Uyga vazifa 7-8- misol va masalalar. Uy ishini tushuntirish. Guruh ishini, darsga faol qatnashgan o`quvchilar bilimini baholash.

Tushuntirish , nazorat
5 daqiqa
Darsning borishi:
1-bosqich. Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga tayyorlab olish :
Salomlashish. Sinf tozaligini ko`zdan kechirish
O`qituvchi : Darsimiz qaysi dars ?
O`quvchilar : Matematika darsi.
O`qituvchi : Hamma darsga tayyormi ?
O`quvchilar : Tayyormiz.
O`quvchilar yaqinlashib kelayotgan davlat ramzlari bayroq va konstitutsiyamiz qachon qabul qilinganligi haqida ma’lumotlarni aytib o`tadilar.
Navbatchi hisoboti tinglanadi :
Bugun darsimizda 31 ta o`quvchi qatnashyapti. Shulardan 15 tasi qizlardir.O’lkamizda kuz faslining so’nggi oyi o’z jozibasini taratmoqda.
Ikkinchi navbatchi:
Sana, oy, yil haqida ma’lumot beradi. sinfimiz toza va ozoda .Gullarimizni yaxshi parvarish qilayapmiz
O`qituvchi : Barakalla,bugun navbatchilarimiz ishiga besh baho qo`yamiz.Ikki
navbatchiga “Eng dono” rasmlari beriladi.
2 – bosqich. O`tgan mavzuni so`rash
O`qituvchi : Qani bolajonlar , o`tgan darsimizda qaysi mavzuni o`tgan edik ?
O`quvchi : “Natural sonlarni ayirish va uning xossalari” . Uy ishi 18-19 – masala va misol berilgan edi .
O`qituvchi o`quvchilarni daftarlarida uy ishlarini kim yozib bajarib kelgan kelmaganliklarini bir nazorat qilib chiqadi , daftarlar almashtiriladi .
18- misol
1) 4487-923=3564
2) 3010-2318=692 3) 19334-15722=3612
19- masala
Kit akuladan 20 metr uzunroq. Agar kitning uzunligi 31 metr bo’lsa, akulaning uzunligini toping.
Yechish: 1) 31-20=11
Javob: akulaning uzunligi 11 metr.
Demak o’tgan darsimizni qisqacha takrorlab olamiz:

4-bosqich. Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi : Aziz o`quvchilar endi sizlar bilan yangi mavzuni o`rganishga kirishamiz.
Yangi mavzu: Sonli va harfli ifodalar
O`qituvchi : Bolajonlar, biz siz bilan sonli ifodalar ustida misol va masalalar yechishni o`rganib kelganmiz. Endi harfli ifodalar ham qatnashgan misollarni qaraymiz:
SONLI VA HARFLI IFODALAR
Sonli ifodalar
(280 – 120) + 60 yozuv sonlar, arifmetik amallar va qavslardan tuzilgan. Bunday yozuvlar sonli ifodalar deb ataladi.
Sonli ifodada amallar ko’rsatilgan tartibda bajarilsa, sonli ifodaning qiymati hosil bo’ladi. Yuqoridagi sonli ifodaning qiymati 460 ga teng.
1- misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan 6 dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
Yechish. Masalani sonli ifoda tuzib yechamiz. Ishchi ikkinchi soatda 12 + 6 dona detal tayyorlagan.
Demak, u ikki soat ichida 12 + (12 + 6) dona detal tayyorlagan.
12 + (12 + 6 ) yozuv sonli ifodadir. Uning qiymati 30 ga teng. Demak, ishchi ikki soatda jami 30 ta detal tayyorlagan.
2- misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan 8 dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
Yechish. Bu masalani yechish uchun 12 + (12 + 8) sonli ifodani hosil qilamiz. Bu ifodaning qiymati 32 ga teng. Demak, ishchi 2 soatda jami 32 dona detal tayyorlagan.
Harfli ifodalar
Yuqorida ko’rilgan ikki masala bir-biridan 6 sonini 8 soniga o’zgartirilgani bilan farq qiladi. Hargal bu masalalarni yangidan yechmaslik uchun, masaladan-masalaga o’zgarib borayotgan sonni m harfi bilan belgilaymiz. Unda bu ikki masala quyidagi yangi masalaga birlashadi:
3-misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan m dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
Yechish. Bu masalani yechish uchun ham 1- misoldagidek ifoda tuzamiz:
12 + (12 + m).
Bu ifodada sonlar bilan bir qatorda m harfi ham qatnashyapti. m harfi o’rniga 6 sonini qo’ysak, 1-masala uchun tuzilgan sonli ifodani, 8 sonini qo’ysak, 2-masala uchun tuzilgan sonli ifodani hosil qilamiz. Bu sonli ifodalar qiymatini hisoblab mos ravishda 1- va 2-masala yechimlarini topamiz.
Son va harflar qatnashgan ifoda harfli yoki harfiy ifoda deb ataladi.

Harfli ifodadagi harf o’rniga turli sonlarni qo’yish mumkin. Bu sonlar harfning qiymatiari deb ataladi. Harf o’rniga son qo’yib hisoblaganda chiqqan natija harfli ifodaning qiymati deyiladi.
Dam olish daqiqasi 1) Nafas olishga doir mashqlar

Keyingi bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash :
1-topshiriq Sonli ifodalarni topish uchun darchalarni to’ldirish daftarda bajariladi

2-topshiriq b=20 bo’lganda, harfli ifodaning qiymatini aniqlang

3-topshiriq daftarda bajariladi:

O`qituvchi : Aziz o`quvchilar bugungi darsimizni tushundilaringizmi ?
O`quvchilar – ha :
O`qituvchi : Unda uyga vazifani belgilab olingizlar .
Uyga vazifa : 8-9– masala va misollar.

28-12=16 28-24=4 139-109=30 523-109=414
9-misol

(19-7*1)+(9*1-8)=12+1=13 (19-7*2)+9*2-8)=5+10=15
(5*1-3)+(8*1+16)=2+24=26 (5*2-3)+(8*2+16)=7+32=39
O`qituvchi: Sinfimizda faol qatnashgan o`quvchilariga rag`bat kartochkalati beriladi va ballar qo`yiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati .
1) A . Yo . Yusupov ,, Matematika kechalari “ Toshkent . 1976 – yil
2) Bikboyeva N . U . Va boshqalar . ,, Boshlang`ich “ sinflarda matematika o`qitish metodikasi . Toshkent . ,, O`qituvchi “ 1996 – yil
3) Boltayev J . Qodirov B ,, Boshlang`ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar ,, Toshkent “ , ,, O`qituvchi “
4) Burxonov S., Xudoyorov O`., Norqulova Q., ,,Matematika “ 3-sinf. Toshkent ,, O`qituvchi “ 2012 – yil
5) Quchqarov A., Sariqova Sh., Usmonova P., Raxmonov U. “Matematika”.4-sinf. Toshkent. “O`qituvchi”. 2013-yil.
6) T . G`affarova ,, Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” 2012 – yil
7) ,, Boshlang`ich ta’lim jurnali 2009 – yil aprel 4 – son
8) ,, Boshlang`ich ta’lim “ jurnali mart 3 son .