O zbekiston Tarixi 7-sinf $ 2 dan 52 ta savol
Ularning boy ichki dunyosi, barcha narsani yaxshilash va takomillashtirish istagi shaklida amalga oshiriladigan cheksiz imkoniyatlarni saqlaydi. So’zlar, rejalar, loyihalar, g’oyalar, odamlar — ular hamma narsani hozirgisidan ko’ra yaxshiroq qilishni xohlaydilar. Ularning fikriga ko’ra, hatto eng yaxshi narsani ham yanada yaxshiroq qilish mumkin. Yakunlanganlikka intilishadi.
Psixologik testlar: xarakterni aniqlash uchun onlayn sinov
Mayers-Briggs tipologiyasi (MBTI) — 1940-yillarda Yunga tipologiyasi asosida yuzaga kelgan va AQSh va Yevropada keng tarqalgan shaxs tipologiyasidir. Bu psixologik test shaxs xarakterini aniqlash uchun muhim kalit bolib qolmoqda. Umumiy qilib aytganda, uning yordamida kishilarning dunoyni qanday idrok etishi va qay tarzda qaror qabul qilishi aniqlanadi. Ko’pgina G’arb kompaniyalari ishga qabul qilishdan oldin xodimlardan Mayers-Briggs testidan o’tishni talab qiladi.
Xarakterni bilib olish uchun psixologik test: Mayers-Briggs bo’yicha
Test 10 daqiqadan kamroq vaqtingizni talab qiladi.
Savollarga to’g’ri javob berishga urinib ko’ring (savol sizga yoqmasa ham).
Javoblarni ochiq qoldirmaslikka harakat qiling.
Natija:
Sizning shaxs tipingiz:
16 xil shaxs turlari: test natijalarini talqin qilish
Testni bajarib, yuqorida tavsiflangan 4 deskriptorning kesishishi natijasida shakllangan 16 ta shaxs tipologiyasidan biri bo’lgan natija olinadi. Ushbu 16 turni tushunish osonroq bo’lishi uchun har bir toifaga shartli umumiy ism berilgan. Quyidagi xarakterni aniqlash uchun ta’rif siz olgan natijalarga tegishlidir.
Realist, administrator, boshqaruvchi: ESTJ
Juda ishchan, ijtimoiy-moslashgan tip, doimo boshlagan ishini oxiriga yetkazish kerakligini his etadi. Faoliyatini rejalashtiradi, atrofdagi narsalarga amaliy nigoh tashlaydi. Yaqinlariga muhabbat va g’amxo’rligini ko’rsatishga, shovqinli bazmlar, kompaniyani yaxshi ko’radi. Yumshoq ko’ngilli, ammo keskinroq, jahldor va qaysar bo’lishi mumkin.
Ular dunyoni «qanday bo’lsa, shunday» tarzda ko’rib, o’z sezgilarini ob’yektiv tilga o’giradilar. Ular o’z baholash tizimini boshqalarga ham uqdirishni, muayyan dasturga tayangan holda qat’iy harakat rejasini tuzish zarurligini his qilishadi. Biron joyda tartibni boshqarish — ular uchun eng tabiiy bo’lgan mashg’ulot. Bu toifada:
- Erkaklar — 11%
- Ayollar — 6%
Komandir, tadbirkor: ENTJ
U o’z imkoniyatlari va qobiliyatlarini aniq ajrata oladi, osonlikcha ilhomlanadi va yangi ishlarni boshlaydi, u ekstremal his-tuyg’ularni beradigan dinamik sport turlariga qiziqadi. Yangi tendentsiyalarni his qiladi, sezgisiga tayanib, tavakkalchilik qiladi. O’z ishida ishonch bilan yangi texnologiyalarni qo’llaydi, o’zini va atrofidagi dunyoni chuqur tahlil qiladi. Ijobiy fikrlash va odamlar bilan yaqin muloqot qilishga moyil. Deyarli har qanday vaziyatdan yo’l topib chiqib keta olishadi.
Barchasini nazorat qilishga ehtiyoj sezadi va noodatiy yetakchilik qobiliyatlariga ega. Ular yangi imkoniyatlar va tashabbuslarga doimo ochiq. Ular uchun hayot o’rganish maqsadida doimiy kurash, bahs, atrofdagilar bilan tortishishdan iborat.
- Erkaklar — 3%
- Ayollar — 1%
Tashkilotchi, inspektor: ISTJ
Ular tartibni va qat’iyatni yaxshi ko’radi, turli tomonlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilgan holda ishga chuqur sho’ng’ishadi. Muayyan pedantizm bilan ajralib turishadi. Barcha narsaga real ko’z bilan qaraydi, ishlarga faqat uni yakunlay olishiga to’liq ishonsagina kirishadi. Ular kishida ishonch uyg’otadi, lekin boshqa odamlar bilan qisqa kasbiy aloqalarini afzal ko’radi.
Ularda mas’uliyat hissi bor. Ularning xatti-harakatlari yakuniy natijalarga qaratilgan. Ob’yektiv, aniq, tezkor axborotlar ularda darhol «ichkariga» uzatiladi va diqqat bilan tahlil qilinadi. Ularning «shu yerda va hozir» ga asoslangan moyilligi biron narsaga umid qilgan holda qaror qabul qilishga imkon bermaydi. Ko’radigan barcha narsalari ular uchun ob’yektiv va his etiluvchi haqiqat bo’lib, bunda ular darhol ma’lum bir tartibni o’rnatadilar.
- Erkaklar — 16%
- Ayollar — 7%
Murabbiy: ENFJ
Juda emotsional shaxs, empatiya va keng spektrdagi emotsiyalarni aks ettirishga moyil. Ajoyib mimikaga ega, so’z ustasi. Ko’pincha ular yetakchilar hisoblanadi. Turli hodisalarni oldindan sezish va ularga tayyorlanishga qodir. Boshqalarning so’zlari va his-tuyg’ularidagi ziddiyatlarni darhol «tutib» oladi. Ko’pincha rashkka moyil bo’ladi, juftining sevgisiga ishonchi komil emas.
Ularning diqqati atrofidagi kishilarga qaratiladi va kim nimaga muhtoj ekanligini juda yaxshi biladilar. Ularning boy tasavvuri va ilhomlantiradigan tabiatlari o’zlarini juda aniq va uyushqoq tarzda ifoda etadi, bu ularga o’z fantaziyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Vaziyatni intuituv tushunish qobiliyatiga ega.
- 3% ayollar
- 2% erkaklar
Ustoz, tarbiyachi, entuziast: ESFJ
Odamlarga emotsional bosim o’tkazish orqali ularga ta’sir qilish qobiliyatiga ega, shu bilan birga ular bilan yaxshi kelishadi, kayfiyatni ko’tarish, boshqa inson uchun o’z manfaatlarini qurbon qilishga va yaqinlariga mehr va g’amxo’rlik ko’rsatishga qodir. Ishda u har narsaga o’z mehnati orqali erishadi, boshqalar uning afzalliklariga e’tibor qaratishlarini yoqtiradi. Bunday kishilar ko’pincha mashxur bo’lishadi.
Yechimga moyillik ularga istalgan kishi bilan osonlikcha aloqa o’rnatish uchun kerak bo’lgan hamma narsani beradi. Ularning sub’yektiv sezgirligi har qanday vaziyatga uyg’unlik kiritadi va bir vaqtning o’zida uni tartibga solishga urinadi, voqealar rivojini ma’lum bir oqim bo’ylab yo’naltiradi: va ular buni yumshoq, lekin qat’iy ravishda bajarishadi.
- 17% ayollar
- 8% erkaklar
Tahlilchi, bashoratchi, ilhomlantiruvchi: INTJ
Asosiy vazifani ikkinchi darajali vazifalardan ajrata oladi, quruq gaplarni yoqtirmaydi, aniq amaliy fikrlashga moyil bo’ladi. Bu kishilarda hayotning har bir jabhasi uchun rejalari bor. Ishda bu toifa shaxslar boshqalarga qaram emasligini namoyish etgan holda noodatiy g’oyalarni qo’llashni yoqtiradi. To’g’ri javoblarni bilmagan vaziyatlarda intuitsiyani qo’llaydi. Shovqinli kompaniyalarni xush ko’rmaydi, boshqa odamlar bilan munosabatlarni o’rnatishda qiyinchiliklarga duch keladi.
Ularning boy ichki dunyosi, barcha narsani yaxshilash va takomillashtirish istagi shaklida amalga oshiriladigan cheksiz imkoniyatlarni saqlaydi. So’zlar, rejalar, loyihalar, g’oyalar, odamlar — ular hamma narsani hozirgisidan ko’ra yaxshiroq qilishni xohlaydilar. Ularning fikriga ko’ra, hatto eng yaxshi narsani ham yanada yaxshiroq qilish mumkin. Yakunlanganlikka intilishadi.
- Erkaklar 3%
- Ayollar 1%
Maslahatchi, konsultant, insonparvar: INFJ
Odamlar o’rtasidagi munosabatlarning xarakterini chin qalbdan his qiladi, ishonchga katta ahamiyat beradi, xiyonatni kechirmaydi. Tarbiyachi qobiliyatiga ega, boshqalarning yashirin qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga qodir. U o’z ustida ko’p ishlaydi, odamlar ko’pincha unga maslahat olish uchun murojaat qiladi. Juda nozik, agressiya va muhabbat yetishmasligini qiyin qabul qiladi. Juda sirli va sokin inson bo’lib ko’rinadi, qalbida idealist hisoblanadi.
Ularning harakatlantiruvchi kuchi — ichga yo’naltirilgan intuitsiya — ularga abadiy fikr va imkoniyatlar oqimini beradi. INFJ toifa shaxsda introversiya qanchalik katta rol o’ynasa, ularga hayot shunchalik o’zgaruvchan, bosiq va ochiq ko’rinadi. Ammo tashqi dunyo ilhom manbai bo’lgan bu ijodiy faoliyat oqimining yo’nalishini o’zgartiradi: ular odamlarga xizmat qilish kerakligini his etishadi va buni juda tartibli va uyushgan holda amalga oshiradi.
- Ayollar 2%
- Erkaklarning 1%
Ijrochi, qo’riqchi, himoyachi: ISFJ
Munosabatlarda soxtalik va yolg’onni yaxshi sezadi, odamlarni psixologik masofani belgilab, yaqin va begonalarga ajratadi. O’z tamoyillar va qarashlarida qat’iy turadi. O’zi va yaqinlari uchun «turib beradi», boshqalarning axloqiy ustunligiga toqat qilmaydi. O’zlarini va boshqalarni chuqur tahlil qilishga qodir. O’ta ma’suliyatli.
Ular tartibli, xushmuomala va yuqori darajada ijro etuvchi va g’amxo’rlik qiladigan shaxdir, ular barcha ko’radigan, eshitadigan, his qiladigan va ta’tiydigan narsalaridan kuch olishadi. Ushbu kuchlar atrofdagilarga xizmat qilishga yo’naltiriladi, bunda faoliyat rejalashtirilgan va hisoblab chiqilgan bo’ladi. Ular boshqalarga yordam berish va ularni yanada baxtli qilishni o’zlariga maqsad qilib qo’yadi.
- 19% ayollar
- 8% erkaklar
Kashf etuvchi, izlovchi, hayolparast: ENTP
U keng doiradagi qizishlar bilan ajralib turadi, yangi sharoitlar va ish uslublariga yaxshi moslashadi. G’oyalar generatori hisoblanadi, odatlar va oddiylikni yoqtirmaydi. Murakkab g’oyalarni o’zi birinchi marta tanishib chiqqan bo’lsa ham yaxshi tushuntirishga qodir. Fikrlashda ko’proq sintez qilishga moyil, tayyor komponentlardan yangi g’oyalarni yaratadi. Ular intellektual bahsdan hech qachon qochishmaydi.
Bu toifa kishilarning ixtirolar qilishga qodirligi Sprofessional va noprofessional sohalarda doimo keng tatbiq etishni izlaydi. Bularning barchasi yaxshi intuitsiyadan tomir oladi. Bu hamma narsa g’oyalar va sxemalarga aylanishiga olib keladi. Ularni yangi g’oyalar ko’proq qiziqtiradi, ular doimiy izlanishda bo’ladilar.
- Erkaklar — 4%
- Ayollar — 2%
Marshal, Realist: ESTP
Har qanday yo’l bilan g’alaba qozonish uchun jismoniy kuch ishlatishga moyil. To’siqlar uning g’alaba qozonish istagini faqatgina kuchaytiradi. U bo’ysunishni toqat qilmaydi, balki rahbarlik qilishni yaxshi ko’radi. Vaziyatni tahlil qilib, aniq harakat rejasini ishlab chiqishni afzal biladi va unga aniq rioya qiladi. Tavakkalchilikni xush ko’radi va g’alabaga erishsa, bundan cheksiz quvonadi.
Ularning e’tibori odamlarga va ob’yektlar dunyosiga qaratilgan. Ma’lumotlar besh sezgi a’zolari orqali to’planadi. Kelgusida axborot ob’yektiv baholanadi va tahlil qilinadi, biroq ayni paytda ular harakatchan va yangi muqobillar uchun ochiq bo’ladi. Har qanday vaziyatda tezkor, aniq, qimmatli, ob’yektiv va ifodali javob berishga qodir.
- Erkaklar — 6%
- Ayollar — 3%
Mediator, chempion: ENFP
Boshqa odamlarni nozik his etishga qodir, yaxshi rivojlangan fantaziyaga ega. Ijodiy ishlarni yaxshi ko’radi, monotoniya va oddiylikni yoqtirmaydi. Gapchan, odamlar bilan muloqot qilish sohasida amaliy maslahatlar berishni yaxshi ko’radi. Fikrlashi erkin, ijodkor shaxslar. Bu toifa kishilar sizning yuzingizda doimo tabassum uyg’ota olishadi.
Ekstraversiya, intuitsiya, sezuvchanlik va yaxshi o’zlashtirishga moyillik ularga yaxshi samarali hamkorlik qilish, turli tadbirlarda qatnashish va kutilmagan hodisalarga qarshi turish qobiliyatini beradi. Hayotni imkoniyatlarning xilma-xilligi bilan qabul qilishadi va bu imkoniyatlarni odamlarga bo’lgan ta’siri nuqtai nazaridan talqin etadilar. Bularning barchasi atrofdagi olam bilan faol hamkorlik qilish bilan birga kechadi, ularning qiziquvchan pozitsiyasi doimiy ravishda o’zgaruvchan vaziyatlarda to’g’ri orientatsiya olishga imkon beradi.
- 10% ayollar
- 6% erkaklar
Animator, siyosatchi, arbob: ESFP
Boshqalarning qobiliyatlarini ko’ra biladi va bu bilimlarni manipulyatsiya qilish maqsadida ishlatishga qodir Zaif nuqtalarini aniq belgilagan holda o’zidan zaifroqlar ustidan rahbarlik qiladi. Ular masofani saqlashni xush ko’radi, muloqotda ko’proq o’zining manfaatlarini o’ylaydi. Boshqalarning ko’zida ajoyib insonga o’xshab ko’rinishga harakat qiladi, lekin ko’pincha aslida bunday emas. Shunga qaramay, ular bor davrada hech kim zerikmaydi.
Ular uchun faqat «shu yerda va hozir» bilan bog’liq narsalar yetarlicha ishonchli. Ular asosan bugungi kun bilan yashaydilar. Yakunlashdan ko’ra ko’proq ish boshlashadi. Zudlik bilan erishiladigan natijalarga e’tibor qaratish ularni har qanday muolajalarga, shablonlar va boshqa to’siqlarga betoqat qilib qo’yadi. Ular har bir daqiqani foydali suhbatni boshlash uchun sarflashga harakat qiladilar. Insoniy munosabatlarning uyg’unlashishiga intiladi.
- 10% ayollar
- 7% erkaklar
Me’mor, tanqidchi, tahlilchi: INTP
Ushbu tip — falsafiy aqlga ega bo’lgan erudit. Juda ehtiyotkor, qarorni o’tmishni kelajak bilan bog’liq holda tahlil qilib va uning to’g’riligiga ishonchi komil bo’lganda qabul qiladi. U kuchli hissiyotlarni yoqtirmaydi, iliqlik va qulaylikni qadrlaydi. Ular o’z bilimlariga kuchli ishonishadi.
O’ychanlik ularga intuitsiya beradigan barcha narsani o’rganishga undaydi. Ob’yektivlikka intilishi ularning barcha ma’lumotlarini batafsil tahlil qilishini talab qiladi. Ular ko’pincha tinimsiz ravishda oshib borayotgan ma’lumotlarni bittaga jamlashga urinadi. Biroq, yangi xabarlar va dalillarning doimiy ravishda paydo bo’lishi bunga yo’l qo’ymaydi. Natijada, ularning g’oyalari va rejalari qanchalik puxta ishlangan bo’lmasin, so’nggi daqiqada ularga yangilik kiritilishi mumkin. Shu sababli ular doimo tarang holatda bo’lishadi.
- Erkaklar — 5%
- Ayollar — 2%
Usta, ishbilarmon: ISTP
His-tuyg’ulari ular uchun dunyoni o’rganishning asosiy manbai hisoblanadi. Empatiyani namoyish etadi, boshqa odamlarni yaxshi ko’radi va nozik his etadi, sun’iylik va yolg’onni rad etadi. Texnik fikrlash bilan ajralib turadi, qo’l mehnatini yoqtiradi va vazifalarni doimo kerakli vaqt ichida yakunlashga ulguradi. Juda botir va tajribalardan qochmaydigan kishi.
E’tiborni o’zlarida jamlaydi, qaror qabul qilishda ob’yektivlikka moyil, ular tezda o’z yechimini taklif etish va kurashga kirishishdan ko’ra ko’proq tahlil qilish, kutishga afzallik beradi. Dunyoga nisbatan ularning nuqtai nazari juda aniq, lekin ularning ochiqliklari bilan birgalikda, bu oldindan aytib bo’lmas harakatlarga olib kelishi mumkin.
- Erkaklar — 9%
- Ayollar — 2%
Passiv kuzatuvchi, shoir, tabib: INFP
Hayolparast va lirik shaxsiyat, intuitiv ravishda voqealar rivojini bashorat qilishi mumkin, odamlarning farqiga boradi, ularni yaxshi ko’radi va «his qiladi». Yaxshi hazilkashlik tuyg’usi bor, odamlarda do’stlashish istagini uyg’otadi. Bu turdagi shaxslar tashqi ko’rinishga katta ahamiyat beradi. Tejamkorlikni bilmaydi, ish vaqtida uzoq vaqt dam olishni yoqtiradi. Juda mehribon insonlar.
O’z-o’zini anglash, o’z taqdirini o’zi belgilash va o’zi bilan murosaga kelishga intiladi. Introvertlar fazilatlari tufayli, ularning fikrlari o’zlariga qaratilgan, intuitiv xossalari ularni cheksiz imkoniyatlar tuyg’usi bilan ta’minlaydi. Ta’sirchanlik ushbu xususiyarlani o’zingiz va boshqalarning foydasi uchun qanday foydalanishi haqida o’ylashingizga undaydi, qabul qiluvchi xislatlari esa doimiy axborot oqimiga sezgirlikni saqlab qolishga imkon beradi.
- 5% ayollar
- 4% erkaklar
O’ylab topuvchi, bastakor: ISFP
Oddiy hayotdan bahramand bo’ladi, oddiylik va monotoniyaga qarshi emas. Odamlar bilan yaxshi chiqishad, ularning shaxsiy makoniga hurmat bilan qaraydi va ulardan ham huddi shunday munosabatni talab qiladi. Hazil qilish, quvontirishni yoqtiradi, mojaroli vaziyatlaridan qochishga harakat qiladi. Ko’pincha yordamchi bo’lib faoliyat ko’rsatadi, boshqa odamlar nazarida kerakli va ahamiyatli bo’lib ko’rinishni yoqtiradi.
Mehribon va g’amxo’r, ochiq va harakatchan, o’ychan va bosiq, amaliy va oyog’i yerdan uzilmagan. Bu odamlar boshqalar ustidan rahbarlik qilishni va ularga ta’sir o’tkazishni xush ko’rmaydi, dunyoni o’zgartirishga intilmaydi va uni boricha qabul qiladilar.
- 10% ayollar
- 8% erkaklar
O’zbekiston Tarixi 7-sinf $ 2 dan 52 ta savol
Qang’ davlatidan ajralib chiqqan davrda Xorazm davlatini qaysi sulola vakillari boshqara boshlaydilar?
- ? Afrig’iylar
- ? Xioniylar
- ? Xorazmshohlar
- ? Xorazmshohlar
Xorazmshoh Afrig’ qachon o’z davlatining poytaxtini Kat shahriga ko’chiradi?
- ? 305 yilda
- ? 256 yilda
- ? 301 yilda
- ? 306 yilda
Xorazmshoh Afrig’ zarb qilgan tanganing bir tarafiga shoh orqasiga ____ tasviri tushirilgan edi.
- ? suvoriy
- ? burgut
- ? arslon
- ? shohbozlochin
Abu Rayxon Beruniyning yozishicha xorazmshoh unvonini dastlab qaysi sulola qabul qilganlar?
- ? Siyovushlar
- ? Ma’muniylar
- ? Afrig’iylar
- ? Anushteginiylar
Ma’lumotlarga ko’ra Xorazmni quyidagi qaysi sulolalar boshqargan?
- ? Hammasi
- ? Anushteginiylar, Ma’muniylar
- ? Oltintoshlar
- ? Afrig’iylar
Ma’lumotlarga ko’ra Xorazmni ma’muniylardan keyin qaysi sulola boshqargan?
- ? Oltintoshlar
- ? Afrig’iylar
- ? Anushteginiylar
- ? Ma’muniylar
Qo’lida burgut qo’ndirilgan ushlagan hukmdor haykali qaysi manzilgohdan topilgan?
- ? Tuproqqal’a
- ? Ellikqal’a
- ? Kat
- ? Anqaqal’a
Qo’lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushurilgan tanga qayerdan topilgan?
- ? Anqaqal’a
- ? Tuproqqal’a
- ? Kat
- ? Ellikqal’a
Xorazmning VI asrning 60-yillarida Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borganligi haqida yozib qoldirgan tarixchini aniqlang?
- ? Menandr
- ? Prokopiy
- ? Tatsit
- ? Mavrikiy
Ilk o’rta asrlarda Xorazmshohlarning hukmdorlik ramzi nima bo’lgan?
- ? burgut va lochin
- ? burgut va arslon
- ? suvoriy va lochin
- ? burgut va suvoriy
Xioniylar O’rta Osiyoga qachondan kirib kela boshlaganlar?
- ? IV asr o’rtalaridan
- ? V asrning 20- yillaridan
- ? III asrdan
- ? IV asrning 70- yillaridan
Qachon xioniylar So’g’dga bostirib kiradilar?
- ? 353 yilda
- ? 356 yilda
- ? 359 yilda
- ? 370 yilda
Xioniylar O’rta Osiyoga qayerdan kirib kelganlar?
- ? Sharqiy Turkiston va Yettisuvdan
- ? Sirdaryo va Orol bo’ylaridan
- ? Eron va Kaspiyortidan
- ? Badaxshondan
Quyidagi shaxslardan xioniylar hukmdorini aniqlang.
- ? Grumbat
- ? Mihirakula
- ? Kidar
- ? Eftalon
Xioniylar sosoniylarning qaysi hukmdori bilan jang olib borganlar?
- ? Shopur II
- ? Ardasher
- ? Pero’z
- ? Anushervon
Xioniylar O’rta Osiyoda qachondan boshlab uzil-kesil hukmronlik o’rnatganlar?
- ? IV asrning 70- yillaridan
- ? III asrdan
- ? IV asr o’rtalaridan
- ? V asrning 20- yillaridan
Quyidagi davlatlardan qaysi biri 120 yil hukmronlik qilgan?
- ? Xioniylar
- ? Afrig’iylar
- ? Eftaliylar
- ? Kidariylar
Kidariylar qachondan boshlab O’rta Osiyoga kirib bostirib kirdilar?
- ? V asrning 20- yillaridan
- ? IV asrning 70- yillaridan
- ? IV asr o’rtalaridan
- ? III asrdan
Toxarlar O’rta Osiyoga qaysi hudud orqali kirib keldilar?
- ? Sirdaryo va Orol bo’ylaridan
- ? Eron va Kaspiyortidan
- ? Badaxshondan
- ? Sharqiy Turkiston va Yettisuvdan
Toxarlar kimlarning avlodlari edilar?
- ? Kushonlar
- ? Xioniylar
- ? Dulu qabilasi
- ? Xunnlar
Kidariylar davlatining poytaxtini aniqlang.
- ? Balx
- ? Marv
- ? Tolikon
- ? Poykand
V asrning 30-50 yillarida bir-biri bilan ayovsiz urush olib borgan davlatlarni aniqlang.
- ? Kidariylar va Sosoniylar
- ? Guptalar va Kidariylar
- ? Sosoniylar va Eftaliylar
- ? Xioniylar va Sosoniylar
Eftaliylardan zarbaga uchragan kidariylar Shimoliy Hindistonda yana necha yil davomida hukmronlik qilganlar?
- ? 75 yil
- ? 120 yildan ortiq
- ? 50 yil
- ? 200 yil
Qadimda eftallarning ilk ajdodlari yashagan Xitoyning shimoliy-g’arbiy hududi qanday nomlangan?
- ? Xesi
- ? O’tukan
- ? Sinszyan
- ? Dunbey
Eftaliylar yurtimizga qachon kirib kelganlar?
- ? V asrning o’rtalaridan
- ? V asr boshlaridan
- ? IV asr o’rtalaridan
- ? IV asrning 70- yillaridan
“Eftal” degan nom xeptal shaklida qanday manbalarda uchraydi?
- ? Arman
- ? Turk
- ? Hind
- ? Vizantiya
Eftaliylarning O’rta Osiyoga yurishlariga qaysi shoh boshchilik qilgan?
- ? Vaxshunvor
- ? Mihirakula
- ? Kunxa
- ? Kanik
Eftaliylar va sosoniylar o’rtasidagi urushlar qaysi sosoniy podshosi davrida avjiga chiqadi?
- ? Pero’z
- ? Anushervon
- ? Ardasher
- ? Shopur II
Qaysi Vizantiya impеratori bеrgan o’lpon evaziga sosoniylar shohi Pеroz qutqarib qolinadi?
- ? Zеnon
- ? Yustin
- ? Yustinian
- ? Еvsеviy
Sosoniylarning eftaliylarga beradigan boj-yasoqlari nima miqdorida belgilangan edi?
- ? kumush
- ? ipak
- ? oltin
- ? g’alla
Sosoniylar podshohi Kubod hukmronlik qilgan sanalarni aniqlang.
- ? milodiy 488-531 yillar
- ? milodiy 500-531 yillar
- ? milodiy 459-484 yillar
- ? milodiy 531-579 yillar
Zaiflashib borayotgan Qang’ davlatidan birinchi bo’lib ____ ajralib chiqadi.
- ? Xorazm
- ? Davon
- ? Kushon
- ? Choch
Milodiy III-asr o’rtalarida Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi qaysi hududda joylashgan bo’lgan?
- ? Qoraqolpog’istonning Ellikqal’a tumanida
- ? Xorazmning Xozarasp tumanida
- ? Qoraqolpog’istonning Qo’ng’irot tumanida
- ? Xorazmning Xiva shahri o’rnida
Qaysi shahar harobalari ikki qavatli shoh saroyi va shohona joylar rangdor tasvirlar qabartma ganchkor naqshlar hamda haykallar bilan bezatilgan?
- ? Tuproqqal’a
- ? Ko’zaliqir
- ? Qo’yqirilganqal’a
- ? Jonbosqal’a
IV asrda Xorazmning Afrig’ shohlari kumush tangalari qanday tasvirlangan?
- ? betide shoh va orqasida suvoriy tasviri
- ? old tomonida mulkdorlarning surati, orqasida gajak dumli bars yoki qoplon tasviri
- ? old tomonida hukmdor va malika, orqasida quyosh tasviri
- ? yuza qismida otashparastlik, orqasida ayri tamg’a tasvirlangan
Quyidagilardan Shimoliy Hindistonda 75 yil hukmronlik qilgan sulolani ko’rsating.
- ? Kidariylar
- ? Sayyidlar
- ? Xioniylar
- ? Eftaliylar
Quyidagilardan 120 yildan oshiqroq mavjud bo’lgan davlatlarni ko’rsating.
- ? Yunon-Baqtriya, Xioniylar
- ? Salavkiylar, Kushon podsholigi
- ? Yunon-Baqtriya, Kidariylar
- ? Yunon-Baqtriya, Parfiya
Qachon O’rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o’rnatildi?
- ? IV asrning 70–yillarida
- ? IV asrning 60–yillarida
- ? IV asrning 80–yillarida
- ? IV asrning 50–yillarida
Toxarlar kimlarning avlodlari bo’lgan?
- ? Kushonlar
- ? Saklar
- ? Massagetlar
- ? Xunnlar
Qachon kidariylar bilan sosoniylar o’rtasida ziddiyat tobora kuchayib,ular bir-biriga dushman bo’lib qolgan?
- ? V-asrning 30-50-yillarida
- ? V-asrning 50-70-yillarida
- ? IV-asrning 70-80-yillarida
- ? VI asrning 20-yillarida
Qaysi sosoniy davrida eftaliylar bilan munosabat tinchlik tusini olgan?
- ? Kubod, Anushervon
- ? Pero’z, ShopurII
- ? Kubod, Pero’z
- ? Shopur II, Grumbat
Sosoniylar bilan urishlardan keyinchalik Eftaliylar qayerlarni o’z tasarrufiga olgan?
- ? Barchasi to’g’ri
- ? Urumchi, Qorashar
- ? Qobul, Panjob
- ? Xo’tan , Koshg’ar
Ilk o’rta asrlarning yangi qudratli davlati hisoblangan Eftaliylar birlashtirgan hududlarni aniqlang.
- ? V asrning ikkinchi yarimi VI asr boshlarida O’rta Osiyo, Sharqiy Eron. Shimoliy Hindiston, Sharqiy Turkiston
- ? VI asrning ikkinchi yarmi VIIasr boshlarida O’rta Osiyo, Sharqiy Eron. Shimoliy Hindiston, Sharqiy Turkiston
- ? IV asrning ikkinchi yarmi VI asr boshlarida O’rta Osiyo , Shimoliy Hindiston, Sharqiy Turkiston
- ? VI asrning ikkinchi yarmi VII asr boshlarida O’rta Osiyo, Sharqiy Eron. Shimoliy Hindiston, Sharqiy Turkiston
G’arbiy Rim imperiyasi qulashidan 20 yil oldin O’zbekiston tarixida qanday voqea sodir bo’lganini aniqlang.
1) Turk xoqonligi tashkil topdi
2) Eftaliylar Xitoyga o’z elchilarini yubordilar
3) Sosoniylar bilan bo’lgan jangda Kidariylar qaqshatqich zarbaga uchradi
4) Turk xoqnligi ikki qismga bo’linib ketdi
5) Eftaliylar bilan Sosoniylar o’rtasida hal qiluvchi jang bo’lib o’tdi
“Eftal” degan nom ilk bor “xeptal” shaklida _____ manbalarida uchraydi?
- ? V-asrda Arman
- ? V-asrda Vizantiya
- ? IV-asrda Xitoy
- ? VI-asrda Arab
Kidariylar nima uchun bunday atalgan?
- ? Hukmdor nomidan olingan
- ? Qabila nomidan olingan
- ? Avlodlari nomidan olingan
- ? Hukmdorning shu nomli o’g’lidan olingan
Qachon kidariylar va sosoniylar o’rtasida ziddiyat tobora kuchayib bir-biriga dushman bo’lib qolgan?
- ? V asrning 30-50 yillarida
- ? V asrning 30-40 yillarida
- ? IV asrning 70-yillarida
- ? IX asrning birinchi yarmida
Amudaryo havzasi hamda g’arbiy va janubiy so’g’d yerlarini ishg’ol etib xioniylar davlatining janubiy qismida o’z hukmronligini o’rnatgan davlatni ko’rsating.
- ? Kidariylar
- ? Sosoniylar
- ? Toxariylar
- ? Eftallar
IV asr 70- yillarida O’rta Osiyoda …….
- ? Xoinlar hukmronlik o’rnatilgan
- ? Kidariylar hukmronligi o’rnatildi
- ? Eftaliylar hukmronligi o’rnatildi
- ? Turk xoqnligi hukmronligi o’rnatildi
Franklar davlati vujudga kelishidan 30-yil oldin ………
- ? Eftaliylar Xitoyga elchi yuboradilar
- ? Peroz eftaliylarga qarshi uchunchi marta yurishga otlandi
- ? Xioniylar So’g’dga bostirib kiradilar
- ? Kubod hukmronligi boshlandi
IV asr o’rtalarida O’rta Osiyoga hujum boshlagan xion nomli ko’chmanchi chorvador qabilalar qayerdan kelganlar?
- ? Yettisuv va Sharqiy Turkistondan
- ? Sirdaryo va Orol bo’ylaridan
- ? Xuroson va Movaraunahrdan
- ? Tohariston va Chag’aniyondan