6-sinf uchun jismoniy tarbiya fanidan dts talablari asosida uzviylashtirilgan taqim-mavzuviy ish rejaga ilova
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.
6 sinfning tarbiya kitobi
Mendirman Jaloliddin serial 17. 18. 19. 20. 21. 22. 23. 24. 25. 26. 27. 28. 29. 30 Qismlar Uzbek tilida mendurman seryal ozbek tilida tarjima kino o’zbek film
Pusanga ketayotkan kema 2023 Uzbek tilida Premyera HD Tarjima kino skachat
Bo’ri ovlash loyihasi (2022) Korea qonli daxshatli filmi Yangi premyera Uzbek tilida Tarjima kino jangari boevik qo’rqinchlik film
Tungi Bo’rilar 97. 98. 99. 100. 101. 102. 103. 104. 105 Qismlar Uzbek tilida Skachat
Bo’ri ovi / Bo’ri ovlash Uzbek tilida 2023 O’zbekcha Tarjima kino FULL HD
Nikamma Hind kino 2023 Uzbek tilida O’zbekcha Tarjima xind film skachat HD
Arvoh ovchilari 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9. 10 Qism Uzbek tilida Serial Lokvud jamoasi seryal
Qo’rg’on Shahzodasi 28. 29. 30. 31. 32. 33. 34. 35 Qism Uzbek tilida Tarjima Serial Qorgon shaxzodasi seryal O’zbek tilida
Titragan zamin: Shriker oroli Uzbek tilida 2022 O’zbekcha tarjima kino HD
Pathan / Patxan (2023) Hind kino O’zbek tilida Yangi Tarjima kino Xind filmi 720p 1080p HD skachat
Pathan Uzbek tilida Hind kino 2023 Patxan Xind film O’zbekcha Tarjima HD
Mening buzilgan to’yim Uzbek tilida 2023 O’zbekcha Tarjima kino
Hukmdor Usmon Turk seriali 126. 127. 128. 129. 130. 131. 132. 133. 134. 135 Qismlar Uzbek O’zbek tilida Tarjima seryal
Yaxshilarga kun yo’q Uzbek tilida 2023 Jangari tarjima kino O’zbekcha FULL HD
Detsibel / Desibel Koreya filmi 2023 Yangi Tarjima kino Uzbek tilida Full HD
Adolat ligasi 2 / Zak Snayder Uzbek tilida 2021 O’zbekcha Tarjima kino 720p HD Jangari fantastik film
Asteriks va Obeliks 2023 O’rta Qirollik / Samoviy / Osmon Uzbek tilida Full HD Tarjima kino Астерикс и Обеликс
Samalyotning qulashi Uzbek tilida 2023 Tarjima kino Full HD 1080p 720p HD skachat
Bizning oxirgimiz so’ngimiz 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9. 10 Qism Uzbek tilida Ujas kino
Tug’ilmagan Ujas kino 2023 Uzbek tilida Qo’rqinchli Tarjima Ujis film O’zbekcha HD
Amerikalik telba psixopat Uzbek tilida 2023 qorqinchli tarjima kino HD
Qora Pantera 2 / Qora qoplon Orginal 1080p 720p Full HD Uzbek tilida 2022 Yangi Tarjima kino Ozbekcha
Majnu missiyasi / Mandju operatsiyasi Hind Kino Uzbek tilida 2023 Xind Tarjima kino Jangari Full HD 1080p 710p
Qindan chiqqan pichoqlar 2: Shisha piyoz 2023 Tarjima kino Uzbek tilida full hd O’zbekcha qiziqali film
6-sinf uchun jismoniy tarbiya fanidan dts talablari asosida uzviylashtirilgan taqim-mavzuviy ish rejaga ilova
Viloyat – maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
Dastur – 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Ushbu metodik tavsiyalarda Xalq ta’limi tizimda faoliyat yuritayotgan 31204 nafar o‘qituvchilarga DTS talablari bo‘yicha namunaviy dars ishlanmalari, belgilangan tayanch kompetentsiyalar hamda o‘quv-dasturlariga kiritilgan o‘zgarishlar va fanlar kesimida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning minimal talablari aks ettirilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil, 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining Davlat Ta’lim Standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-sonli qarori ishlab chqildi.
Vazir (arab. – yuk koʻtaruvchi) – oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
Respublika (lot. respublica, res – ish va publicus – ijtimoiy, umumxalq) – davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi: bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati. Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
Mezon (arab. – tarozi) – 1) zodiak yulduzlar turkumi (Libra). Ung yorugʻ yulduzi 2,6 vizual yulduz kattaligida Ilon, Ilon eltuvchi, Aqrab, Sunbula yulduz turkumlari orasida joylashgan. Oʻzbekistonda qish oxiri, bahor va yoz boshlarida koʻrinadi;
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida umumta’lim fanlarini o‘rganish bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda umumta’lim fanlarini o‘rganish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Standart darajalari Darajalarning nomlanishi A1 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi A1 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi A2 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning tayanch darajasi A2 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi B1 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning umumiy darajasi B1 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Mustaqillik – davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Asar (arab. – iz, qodsiq) – 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Texnika (techne – mahorat, sanʼat) – moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi. Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri. 6-SINF (68 soat, haftasiga 2 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Kommunikativ kompetensiya: mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, darslikdagi turli ko‘rinishga ega ma’lumotlardan foydalanish. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: jismoniy tarbiya faniga oid adabiyotlardan foydalana olish, ommaviy axborot vositalari hamda internet-saytlardan jismoniy tarbiyaga oid bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ulardan foydalanish. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: kun tartibi hamda gigienik qoidalarga amal qila olish; jismoniy tarbiyaga oid manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish; umumrivojlantiruvchi va gimnastika mashqlarini bajarish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘z oilasi, mahallasi, Vatan oldidagi burchini bilish; guruhlarda ishlay olish; o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilishi; jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish, muomala madaniyatga ega bo‘lish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lishni; orasta kiyinish, axloqiy madaniy me’yorlarga amal qilish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatdagi turli formula, model, chizma va diagrammalarni o‘qiy olish, sanoq, tezlik, epchillik, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish. 1-4-mavzular. Umumrivojlantiruvchi mashqlar (4 soat). Buyumlarsiz va buyumlar bilan quyi sinflarda o‘zlashtirilgan mashqlarni takrorlash hamda takomillashtirish. Juft-juft bo‘lib buyumlarsiz va buyumlar bilan mashqlar bajarish. Gimnastika devori yordamida mashqlar bajarish. Mustaqil ravishda 6-8 ta umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish. Jismoniy sifatlardan tezkorlik va kuchni rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish, mashqdan so‘ng nafasni to‘g‘ri olish va chiqarish. Belda gardishni 1 daqiqa davomida aylantirish, arg‘amchida 30 soniya davomida sakrash. 5-6-mavzular.Tayanib sakrash (2 soat). Qiz bolalar – dastlabki holat, uzunasiga o‘rnatilgan (balandligi 90 sm) gimnastika “kozyoli”ga yugurib kelib sakrab, ustiga tayanib tizzalarda turish va cho‘qqaygan holda qo‘llar bilan siltanib kerishib yumshoq sakrab tushish; eniga o‘rnatilgan gimnastika “kozyoli”dan oyoqlarni bukib sakrab o‘tish. O‘g‘il bolalar – balandligi 110 sm uzunasiga qo‘yilgan gimnastika “kozyoli”dan oyoqlarni kerib va bukib sakrash; gimnastika “kozyoli”dan oyoqlarni kerib sakrab 900 ga burilib tushish. 7-mavzu. Tirmashib chiqish (1 soat). Gimnastika narvoniga navbatma-navbat har xil usullar bilan tirmashib chiqish; gimnastika narvoniga chiqishda bir qo‘lda buyumlar (to‘p, tayoqcha) bilan tirmashib chiqish va tushish mashqlari; gimnastika narvonida yonbosh va orqa bilan bilan aralash ushlash usuli bilan osilib turish. O‘g‘il bolalar – 3 m, qiz bolalar – 2 m arqonga uch harakat usulda tirmashib chiqish va tushish.
Harakat – borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Nazorat ishi (1 soat) 8-9-mavzular. Osilishlar (2 soat). Gimnastika narvonida oyoqlar bilan osilib turishdan, oyoqlar bilan depsinib, kerishishdan osilishga o‘tish; qo‘shpoya poyalaridan oyoqlarni kerib oshirgan holda qo‘llarga tayanib tik turish. O‘g‘il bolalar – baland turnikka osilish, bir oyoq bilan siltanib va ikkinchisi bilan depsinib aylanib ko‘tarilish, qiz bolalar – past turnikka osilish, cho‘qqayib osilish. 10-mavzu. Tayanishlar (1 soat). Polda, gimnastika o‘rindig‘iga qo‘llar bilan tayangan holda bukish va yozish. 11-12-mavzular.Akrobatika (2 soat). Cho‘qqayib tayanib o‘tirgan holda, oyoqlarda depsinib oldinga umboloq oshish.30-40 sm balandlikdagi to‘siq ustidan umboloq oshib o‘tish; orqaga umboloq oshib yarim shpagatga tushish. 13-14-mavzular. Muvozanat saqlash mashqlari.(2 soat). Yakka cho‘p ustida oyoq uchlarida yurish va yugurishlar, “polka” qadamlar bilan oldinga siljishlar; gimnastika ko‘prikchasida turib, qo‘llar yakkacho‘p ustida, sakrab, yakka cho‘p ustida tayanib cho‘qqayishga chiqib olish (o‘qituvchi yordamida); yakka cho‘p ustida qo‘llarni har xil holatda tutib, “qaldirg‘och” hosil qilish. 70-80 sm balandlikdagi yakka cho‘p ustida o‘ng yoki chap oyoqda muvozanat saqlash; yakka cho‘p ustida 30-35° burchak yo‘nalishda yugurib kelib, sakrab tayanib cho‘qqayishga chiqish, turib oldinga “polka” qadamlar bilan siljish, chap oyoqda “qaldirg‘och” hosil qilish, o‘ng oyoq bilan oldinga siltanib, chapga burilish va oyoqlarni juftlab, yuqoriga sakrab, kerishib tushish mashqlari; yakka cho‘pdan yumshoq sakrab tushish va muvozanat saqlab qolish. Nazorat ishi (1 soat) 15-mavzu. Estafetali quvnoq o‘yinlar. (1 soat). O‘rgatilgan akrobatika mashqlari, sakrash, yurish, to‘siqlardan o‘tish, arg‘amchi, gardishlarda, gimnastik o‘rindiqlari, to‘plar bilan iborat estafetali quvnoq o‘yinlar o‘ynash. 16-mavzu. Yurish (1 soat). O‘qituvchi ko‘rsatmasiga asosan yo‘nalishni o‘zgartirib yurish; to‘siqlar ustidan oshib yurish; sportcha yurishning harakat elementlarini o‘rgatish. 17-18-mavzular.Yugurish (2 soat). Past startdan maksimal tezlikdan 30, 60 m masofalarga yugurish. 30-60 m masofalarga estafetali yugurish; balandligi 30-40 sm bo‘lgan to‘siqlardan oshib yugurish. Bir me’yorda 6 daqiqa davomida yengil yugurish; 4×10 mokisimon yugurish; yuqori stardan 800-1000 m ga yugurish; yuqori startdan tepalikka va tepalikdan pastga yugurib tushish. 19-mavzu.Sakrash qoidalari (1 soat). 20-mavzu.Bir va ikki oyoqlab chapga, o‘nga, orqaga burilib sakrash. (1 soat). 21-mavzu.Uzunlikka “oyoq bukish usuli”da sakrash.(1 soat). 22-mavzu.Balandlikka “xatlab o‘tish usuli”da sakrash.(1 soat). Nazorat ishi (1 soat) 23-25-mavzular.Uloqtirish.(3 soat). Tennis koptogini turgan joydan uloqtirish. Tennis koptogini yugurib kelib bosh ortidan yelkadan 4-6 qadam tashlab uloqtirish. Tennis koptogini mo‘ljalga uloqtirish. To‘ldirma to‘p (2 kg) ikki qo‘llab yon tomon bilan turib irg‘itish. 26-mavzu.Kross tayyorgarlik (1 soat). Joydagi tabiiy to‘siqlarni hatlab, sakrab, bosib qadamlab oshib o‘tish; to‘siq ustidan sakrab tushish. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar: Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi: buyumlarsiz va buyumlar mashqlarni bajara oladi; juft-juft bo‘lib buyumlarsiz va buyumlar bilan mashqlarni bajara oladi; gimnastika devori yordamida mashqlar bajara oladi; gimnastika narvoniga navbatma-navbat har xil usullar bilan tirmashib chiqish mashqlarini bajara oladi. Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi: gimnastika mashqlarini bajarishda me’yorlarini bajarishda qomat buzilishi va shikastlanishining oldini olish choralarini biladi va ularga amal qiladi; sakrash qoidalarini biladi, bir va ikki oyoqlab chapga, o‘nga, orqaga burilib sakrash mashqlarini bajara oladi; sakrashning “oyoqni bukib”, “xatlab sakrash” usullarini biladi; sakrash usullarini bajarishda me’yorlarni biladi va ularga amal qiladi. Nazorat ishi(1 soat) 27-31-mavzular. Basketbol. (5 soat). To‘pni yerga urib yo‘nalish va tezlikni o‘zgartirib yugurish. To‘pni bir qo‘l bilan yelkadan, joyida turib qadam tashlab va joyni o‘zgartirib uloqtirish. To‘pni o‘rganilgan usul bilan harakatda halqaga tashlash; to‘pni shitga tekkizib halqaga tashlash (o‘ng va chap tomonlardan). O‘rganilgan basketbol elementlarini qo‘llab ikki tomonlama mini-basketbol o‘ynash. To‘p bilan harakatlangan holda tezlikni oshirib (10 m masofaga) yugurish. 32-36-mavzular.Voleybol (5 soat). Voleybol o‘yinida turish holatini va joylarni o‘zgartirish qoidalarini o‘rgatish. Katta qadamlab chapga, o‘ngga, orqaga, oldinga tezlik bilan yurish qoidalarini o‘rgatish,to‘pni yuqoridan uzatish malakasini mustahkamlash. Pastdan kelgan to‘pni ikki qo‘lda qaytarishni o‘rgatish, voleybol setkasi ustidan, 4-6 m masofada turib, pastdan to‘g‘riga to‘pni bir qo‘lda ushlab, ikkinchi qo‘l bilan urib o‘tkazishni o‘rgatish. Nazorat ishi (1 soat) 37-41-mavzular.Gandbol (5 soat). Himoyada yakkama-yakka harakat qilish. To‘pni darvozaga pastdan, yuqoridan uloqtirishda to‘siq hosil qilish. Kuchni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni bajarish. 42-47-mavzular. Futbol. (6 soat). Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish (futbol) jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish asoslarini bilish. To‘pni olib yurish va to‘pni oyoq yuzasining ichki tomoni bilan tepish. To‘pni tepish texnikasini bajarish. Darvozabon o‘yini, o‘yin jarayonida “bo‘sh o‘rinni tanlash” taktik harakati. Nazorat ishi (1 soat) 48-50-mavzular. Shaxmat saboqlari.(3 soat). Shaxmat taxtasi, shaxmat donalarining harakati, o‘yin qoidalari. Donalarning yurish qoidalari, o‘yinning boshlang‘ich qismi. Yolg‘iz shoxni mot qilish, farzin bilan mot qilish, rux bilan mot qilish, ikki fil bilan mot qilish, ikki ot bilan mot qilish. 51-mavzu. Kurash qoidalari.
Kurash – sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.
(1 soat). 52-mavzu.Kurashda qulay holatni egallash. (1 soat). 53-mavzu.Kurash elementlari bo‘lgan harakatli o‘yinlar. (1 soat). 54-mavzu.Kurash usullari. (1 soat). 55-mavzu.Orqadan chalish. (1 soat). 56-57-mavzular.Oldindan chalish. (2 soat). 58-59-mavzular.Oyoqlarni yonidan qoqib yiqitish.(2 soat). 60-61-mavzular. Suzish.(1 soat). Brass usulini o‘rganish uchun maxsus suzish mashqlari; yengil narsalarni suv sathida ushlay bilish; suvdagi o‘yinlar: “Qutqaruvchilar”, “Sho‘ng‘ib quvlashmachoq”. O‘quvchilarda shakllantirilgan fanga oid kompetensiyalar: Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi: sport o‘yinlarining texnika va taktika qoidalarini biladi, sport o‘yinlarida hujum va himoya taktikalariga oid mashqlarni bajara oladi; xujum va himoya taktikalarini bajarish jarayonidaxavfsizlik qoidalariga amal qiladi; futbolda to‘pga beriladigan zarbalarni bilib oladi, darvoza burchaklari, darvozagaberiladigan zarbalar bajara oladi, to‘pni oyoq yuzi va tashqi yoni bilan olib yurishni bajaradi; kurash turlarini biladi, kurash usullarini bajarishdan avval tana a’zolarini chigal yozdi mashqlarini bajara oladi. Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi: kurash mashqlarini bajarishda xavfsizlik qoidalariga amal qiladi. Nazorat ishi (1 soat) Mavzularni o‘rganish uchun – 61 soat Nazorat ishlari uchun – 7 soat Jami- 68 soat
6-sinf Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fanidan o`qituvchi kitobi
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`qituvchilar uchun qo`llanma sifatida tavsiya etgan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.
Похожие статьи по теме
8-sinf O`zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi fanidan o`qituvchi kitobi
9-sinf Geografiya darsligi (o`zbek va rus tillarida)
8-sinf Geografiya darsliklari (o`zbek va rus tililarida)
Поиск по сайту:
Разделы:
-
Начальный курс
- Физическая география мира
- Физическая география Центральной Азии
- Физическая география Узбекистана
- Социально-экономическая география Узбекистана
- Социально-экономическая география мира
- Туризм
- Путешествие по миру
- Животный мир
- Растительный мир
- Гражданская оборона
- Практические задания
- Электронная библиотека
- Нормативные акты
- Экология
- Толковый словарь
- Важные даты
- Фотофакты
- Географические игры
- Аттестация НОВОЕ
- Конкурс НОВОЕ
Популярные статьи:
Толковый словарь на букву А
Географическое положение Узбекистана. Границы и площадь
Ответы на интересные вопросы по географии
Страны Юго-Западной Азии: экономико-географический обзор.
Природные условия и природные ресурсы Узбекистана
Евразия. Географическое положение материка и история её исследования.
Siz qayerdansiz? Ovoz bering.
Сейчас на сайте: 35
Гости: 33
Опрос:
Арxивные материалы:
Ключевые слова:
Требуется для просмотра Flash Player 9 или выше.
Последние новости:
О нас
- – Об авторе проекта
- – О проекте
- – Наша цель
- – Написать письмо
ПОЛЕЗНОЕ
- – Изучение мира
- – Открытия, изменивший мир
- – Исследование новой эры
- – Путешествие по миру
ИНТЕРЕСНОЕ
- – Знаете ли Вы?
- – Игры по географии
- – Ответы на интересные вопросы
- – Полезности от природы
БИБЛИОТЕКА
- – Онлайн репетитор
- – Нормативные акты
- – Практические задания
- – Электронная библиотека
Вся информация сайта охраняется законом Республики Узбекистан “Об авторском праве и смежных правах”.
Материалы, загруженные с сайта, несанкционированная печать строго запрещено без согласия владельца сайта.
В разработке сайта были использованы новейшие технологии HTML5 и CSS3 за счет, которого поддерживается адаптивность сайта
для всех типов браузеров и мобильных устройств.
РАЗРАБОТКА – INTERNO
СВЯЗЬ С НАМИ
ФИО: | Abdiyev Rustam |
---|---|
Контактный номер: | (+99893) 438-41-11 |
E-mail: | geografiya.uz@umail.uz, geografiya.uz@inbox.uz |
Адрес: | Республика Узбекистан, Навоийская область, г.Навои, ул. Мирзо Улугбека, д.6 |
Mavzu: Tarbiya psixologiyasi
Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimiz I.A.Karimov: «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O’zining qadr-qiymatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq mag’sadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga zga bo’lamiz» deb ta’kidlaganlaridek, «Ta’lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» vatanga kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda.
Xulq-atvor va odatni shakllantirish-ma’lumki, inson ongining yuksak belgilaridan biri-uning o’zini anglashidir.
Tarbiya psixologiyasi maqsadga muvofiq ravishda tashkil etilgan pedagogik jarayon sharoitida inson shaxsi shakllanishining qonuniyatlarini o’rganadi. Tarbiya har qanday jamiyatning muhim vazifasidir.
Tarbiya –bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko’rsatish jarayonidir.
Mavzu: Tarbiya psixologiyasi
Reja :
1.Xulq-atvor va odatni shakllantirish shaxsni tarbiyalashning asosiy yo’nalishi sifatida.
2. Shaxs shakillanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixologik shart–sharoitlari.
3. «Tarbiyasi qiyin»bolalar psixologiyasi.
4. Tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar.
5. Mustaqillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari.
Insonning o’zini anglashi o’z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odamning o’zini anglashi o’z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi.
Odam o’z tevarak – atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta’sir etuvchi sub’ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun ob’ektdir. Ana shu nuqtai– nazardan olganda, odamning o’zini anglashi sub’ektiv ravishda o’zini «Men» deb his qilishida ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot bo’lganligidan unga o’zligini anglash qobilyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o’zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda odamning o’zini anglashi,o’zini «men» deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o’zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o’zining o’tmishi va kelajagini anglashi, o’z huquq va burchini anglashi, va nihoyat o’zining fazilati hamda kamchiliklarini anglashi o’zini anglashiga kiradi.
Insonning tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqa qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munrosabatlarining o’sishi va o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir.
Inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo’lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin–asta tarkib topadi.
Inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi.
odam tug’ilib o’sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri
Odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim – tarbiya
Odamga nasliy yo’l bilan beradigan irsiy omillar
Insonning pisxik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamitga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o’tganimizdek, faqat shu faktorga mos, balki uchinchi bir faktorga ham bog’liqdir. Bu faktor nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlar beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, soch va ko’zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug’ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakkki, odamga hech vaqt tarbiya uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan berilmaydi. Nihoyat, nodir haollarda ayrim qobilyatlar, masalan, musiqa, matematika qobilyatlarda nasliy yo’l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ruyobga chiqishi uchun albatta, ma’lum sharoit bo’lishi kerak. Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan ist’dodli olimlar, muhandis– ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, ist’edodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo’l bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ro’yobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga kelganligini dalili bo’la oladi.
Bolalar maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni boshlanadi. Kichik maktab, o’smirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo’ladi. Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan o’rni) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o’zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadiryatlarga yo’nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yo’nalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo’lib xizmat qiladi.
Shaxsning ta’rifi xulq motivasiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l – atvor tuzilishini belgilaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o’zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzasiga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl – uning jamiyatdagi hayot yo’li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi.
Individ, shaxs va sub’ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga e’tibor qilishi zarur
inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart – sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari):
Insonning o’ziga taaluqli, asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari, mexanizimlari, evolyusiya bosqichi, barqarorlashuvi
Inson yaxlit tuzilishining asosiy tarkiblari, uning ichki qonuniyatlari, shaxsning tashqi ta’siriga javobi va munosabati
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda yaxshi muhiti tarixiy tajribani egallash interiorizasiya va eksteriorizasiya amalga oshadi.
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati prosessida hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional sistemasi prosesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko’nikma va malakalarini, kishining sosial tajribalarini o’zlashtiribgina qolmay balki o’zining idroki, tafakkuri, hayoli, hissiyotlari va irodasini bir so’z bilan aytganda, voqelikka bo’lgan ongli munosabatini hamda o’z harakatlari shaxsning hayoti faoliyatida ma’lum rolni bajaruvchi va har bir murakkab qurilmadan iborat bo’lgan hamda shartli ravishda to’rtta o’zaro mustahkam bog’langan funksional bosqichlarga birlashtiriladi:
Birinchisi – boshqaruv tizimi:
Ikkinchisi – stimullashtirish tizimi:
Uchinchisi – stabilizasiyalash tizimi:
To’rtinchisi – indikatsiyalash tizimi:
Shaxsning ana shu sotsial ahamiyatga ega bo’lgan barcha sifatlari ijtimoiy taraqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning hulq atvori va xatti – harakatlarini belgilaydi.
Birinchi tizimning hosil bo’lishida analizatorlar o’rtasidagi doimiy tabiiy aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o’ynaydi. Biroq, bu ilgari yuqorida ta’kidlab, o’tganimizdek ontogenez prosessida filogenetik analizatorlar o’rtasidagi aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qo’shilib keladilar. Bunda mazkur tizimning ichida perseptiv tizimiga o’tib ketadigan yuksak darajada integrasiyalangan ma’lum ichki sensor komplekslarni hosil qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko’rish hamda sensomotor komplekslarni kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi odamning hayot – faoliyati jarayonida o’zaro bir – biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sensor yaratadi. Insonning sensor – perseptiv jihatlari doimo takomillashib boradi.
Ikkinchi tizm barqaror psixik holatlarni o’z ichiga oladi. Bu holatlar bolaning aniq maqsadni ko’zlovchi va foydali faoliyatning ongli sub’ekti sifatida bola boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament, intellekt, bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.
Uchinchi tizim – shaxsni arbob sifatida stabilizasiya tizimidir. Yo’naltirilganlik, qobilyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Yo’naltirilganlik – shaxsning integral va generalizasiya qilingan xususiyatlardir.
Integral – (lotin tilida – «bugun», «tiklangan») – uzviy bog’liqlik, butunlik, birlikdir. |
Generalizatsiya (lotin tilida – «umumiy», «bosh») – shartli va shartsiz reflekslarning umumlashishi. |
Yo’naltirilganlik bilim, munosabatlarning hamda shaxsning xulq – atvori va hatti – harakatlarida ijtimoiy ahamiyat yetakchilik qilgan motivlarningbir butun ekanligida o’z ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyo qarashi, qiziqishlari va ma’naviy ehtiyojlarida namoyon bo’ladi.
Yo’naltirilganlik strukturasida g’oyaviy e’tiqod katta rol o’ynaydi. G’oyaviy e’tiqod – bu bilimning, o’sha shaxsga hos bo’lgan intelektual, emosional va iroda sifatlarining sintezi, g’oyalar va hatti – harakatlar bir butunligining negizidir.
To’rtinchi tizm o’z ichiga shunday xususiyatlar, munosabatlar va hatti – harakatlarni oladiki, ular real shaxslarning ijtimoiy (uy fikrlari va his tuyg’ulari) aks ettiriladi.
Ular bu shaxslarning siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy taraqqiyotning ma’sul arboblari sifatida xulq – atvorini belgilab beradi. Bunga gumanizm, kollektivizm, optimizim va mehnatsevarlik fazilatlari kiradi.
Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixolgik shart- sharoitlar.
Shaxs shakillanishida u yashayotgan muhit, kishilar jamiyatining roli juda kattadir. Masalan, biron mahallada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta’sir ko’rsatuvchi beshyuz ta o’ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tug’uladi: (tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta’sir -qiladi?)
Birinchidan ijtimoiy muhitdagi turli muassasalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga odamning o’zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o’z tabiatlariga ko’ra ilk yoshlik chog’laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo’ladilar. Bolalar katta oldamlarning barcha hatti – harakatlariga bevosita taqlid qilish or-qali bu hatti – harakatlarin, yaxshi – yomon fazilatlarni o’zlariga singgdirib boradilar. Bolalar oilada, ko’cha – kuyda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o’zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.
Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning rolit haqida gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, ayrim g’ayri tabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to’la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovoiy hayvonlar muhitigia tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar djuda siyrak bo’lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan hindistonlik doktor Sing Kalkutta yaqinidagi o’rmonzorda bo’ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to’rt oyoqlab yugurib yurganini ko’ribqoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib, bolalarini olib ketadi. Ulardan biriga Amala ikkinchisiga Kamala deb nom qo’yadi. Shunarsa harakterliki, bolalar yoshlikdan bo’ri muhitiga tushub qolganliklari tufayli, fe’l – atvorlari hatti – harakatlari, jihatdan bo’rilardan farq qilmas edilar.Nutq yo’q demak tafakur ham nihot darajada cheklangan edi. Juda katta qiyminchiliklar bilan qayta tarbiyaalanilayotgan bo’ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o’lib qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo’lishi kerakligini to’la tasdiqlaydi.
Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil – ta’lim – tarbiyaning tizimidir. Ma’lumki, ta’li – tarbiya inson ongini shakllanitradi, uning dunyo qarashi, e’tiqodi, hayotga bo’lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan, ta’lim – tarbiyaning o’zigagina bog’liq bo’lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim – tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan babbaravar taraqqiy etgan va deyarli bir shaxsiy xususiyatlarga ega kiishilarni yetishtirib chiqarar edik. Vaa holanki, bunday bo’lishi mumkin emas, shuni aytib o’tish kerakki bola shaxsining tarkib topishiga ta’li m- tarbiyaning ta’siri degvanda, albatta birinchi navbatda tarbiya muasssalarida, ya’ni bog’cha,maktab, initernat, letsiy va kollejlarda beriladigan ta’lim – tarbi tushuniladi. Biroq bunday oilada bolaga beriladigan ta’lim – tarbiya mutloqo mustasno emas. Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan ta’lim – tarbiyaning roli kattadir. Bola tarbisi bilan sistemali shug’ulnadigan va umuman shug’ullanmaydigan oilalarga misollar keltirish mumkin.
Yuqorida ayti b o’tiligan ikkita omildan tashqari uchinchi omil ham mavjud – bu nasliy husuiyatlardir.Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik hususiyatlari beriladi. Masalan tana tuzulishi sochi va ko’zlarining rangi ovozi gapirish uslublari ayrim harakatlari tug’ma berilishi mumkin. Lekin shuni he qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hech vaqtarbiya uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tosmonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan, ya’ni tug’ma ravishda berilmaydi. Nixoyatda nodir hollarda ayrim qobilyatlar, amasalan musiqa , matematik qobilyatlariga nasliy yo’l bilan byuerilishi mumkin.
Odamning ruhiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topiishi haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida to’xtab o’tish kerak. Hozirgi kunda tez – tez akselerasiya termenini ishlatayapmiz. Xo’sh akselerasiya bu nia? Akselerasiya – «tezlatish» degan ma’noni anglatid. Hozirgi kunda bolalarni ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan juda jadallik bilan rivojlanayotganliklarining guvohi bo’lib turibmiz. Xo’sh buning sababi nima? Albatta, bunga turli fikrlar bor.Ayrim olimlar akselerasiyaning sababini ilmi- texnika bilan bog’lab tushuntirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha ilmiy – texnikaning juda jadal tempi bilanrivojlanishi insoniyatning oldiga misilsiz ko’p informasiyalarni idrok qilish va fikrda qayta ishilash talablarini qo’ydi.Bu talab o’z navbatida insonni har tomonlama, ya’ni ham jismoniy , ham psixiuk djihatdan tez rivojlanishiga olib keldi.YUqorida aytib o’tilgan olimlarning fikricha, akselerasi – bu 20 asrning ikkinchi yarmiga xos bo’lgan xodisadir.
«Tarbiyasi qiyin» bolalar psixologiyasi
«Tarbiyasi qiyin» bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S. Vigotskiy fikricha, «qiyin» o’smir xayoti munosabatlar xarakterining natijasidir.
Bular avalo qaysar, injiq bollar, ularni qiziqarli faolyat turiga tortish, ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir.
Ularning ma’sul bir qismi intizomsiz, qo’pol bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o’zgartirish, ularga ba’zi xuquqlarni berish yo’li bilan ularga
ta’sir o’tkazish mumkin.
Tarbiya jarayoning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar tarbiyali bo’lim – bu xulq – atvorini nazorat qilishdan iboratdir: bunday nazorat qilishdan iborat: Bunday nazorat inson yomon hatti – harakatlarni bajarmaslik imkoniyatini beradi.
Agar shaxs xulq atvorini axloqiyligi haqida qayg’ursa,u ijtimoiylashuvga erishgan bo’ladi.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvini o’rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarda asoslanadi: Bola o’zini egosentirik emas, balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag’batlantirilishi kerak? Tarbiya o’z mohitiga ko’ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishdir. Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik hos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxo’rolik qiladigan ota – onasiga bog’lanib qoladilar. Ota – onaning oldida bo’lish, ular bilan muloqotda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ularning yo’qligi bolaga yoqmaydi. Ota – onaning g’amxo’rligini bildiradigan so’zlar hatti – harakatlar bola uchun juda katta ahmiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi. Xulq – atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: xulq – atvorning istalgan shakllari g’amxo’rlik va e’tibor bilan tag’dirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo’llab – quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq – atvolrni rag’batlantirish va yomon xulq atvor uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvining kichik bir qismidir. Biz ko’rib chiqqan xulq – atvor hamma bolalarga ham taluqli emas.
Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda anana vam urf odatlarning roli katta.
Xalq urf odatlari, ananalari va marosimlari katta trabiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir – biriga yaqinlashtiradi, do’stlik birodarlik his tuyg’ularini rivojlantiradi. Bular o’z navtaida yoshlar uchun ibrat namunasini o’taydi.
Mustaqil jamiyatning baxt – saodati yo’lida halol mehnat qilish: jamiyat boyligini saqlash va ko’paytirish yo’lida har bir kishining tinmay g’amxo’rlik qilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash; Jamiyat xayotida va shaxsiy hayotda halollik va rostgo’ylik, axloqiy sofdillik, odamiylilik va kamtarlik milliy va irqiy adovatlarga aslo yo’l qo’ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayoninining muhim hislatlaridir.
Tarbiya jarayonida g’amxo’rlikning funksiyasi kattadir. Boalalar befarq otana oanalarga nisbatan g’amxo’r otana onaga ko’proq taqlid qiladilar. G’amxo’r ota – oanalar bolaning saliby xulq atvoirini qo’llab quvatlamaganda bola o’z hatti – harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g’amxo’rlik bilan bir qatorda yaxshi ko’rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni – tushuntirishni, muhokama qilishni agar bolaning xulq – atvori shuni talab qilsa og’zaki tanbeh berishni yaxshi xulq – atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.
Tarbiya jarayoning texnologiyasini quyidagicha sharhlash mumkin: | ||
Tarbilovchini alohida takrorlanmasligini individuallik sifatida tushunmoq lozim. Uning ehtiyojlari strukturasini aniqlash kerak. | Ijobiy emosiyalar vositasida ijobiy xulq – atvor odatlari shakllantirmoq kerak. Ong ham, iroda ham motivlar ierarxiyasini shakillantira olmaydi. Zotan, bir ehtiyojning o’rnini faqat boshqa htiyojgina egallshi mumkin. | Shu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani qurollantirish tarbiya va tarbiyachidan muloqotni ham hamdardlikni ham emas, aynan shu vositalar bilan qurollantirishni kutadi. Arastu aytganidek «Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: istedod, ilmga, mashqqa». |
Mustaqillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari
Konfutsiy «Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi» degan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqqiyosida ta’lim – tarbiya ilm fan kasb – hunarga o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zururat sezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida ham qator o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. SHuni ta’kidlash lozimki,ma’rifat xalqimiz millatimiz qonidadir. Ananaviy sharqona qarashga ko’ra, ma’rifatliliylik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma’naviyatva go’zal axloq degani hamdir.
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga lamashishi shuningdek milliy mustaqillik va uning ne’matlari republikamiz fuqarolarida tub o’zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg’u, qiyofa, xarakter, tab, kuy, raqs, ma’naviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta’siri ostida o’zining tub mrohiyatini aks ettira boshladi.O’tmishning boy me’romi, uning ananalari milliy istiqlol tufayli o’z egalariga qaytarib berildi. Fuqarorlarning ijtimoiy ongi asta – sekin o’zgarib borishi natijasida etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi. Milliy umubashariylik xislatlari o’rtasida adolatlilik, teng xuquliylik aloqalari o’rnatilmoqda.
21 asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik darajasini diniy, xususan «Hadis» ilmining ahamiyati kattadir. Shaxslararo munosabatda tenglik, g’amxo’rlik, samimiylik. O’zaro yordam , sempatia. Antipatiya hamdardlik, sevgi muhabbat singari milliy xususiyatlarni tarkib toptirishda hadislarning roli yanada ortmoqda.
O’zbek oilasida tarbiya mohiyati mazmuni tarbiyaning kundalik va istiqlol rejasi bolalarga ta’sir o’tkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq ananalari yotadi.
O’zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlaridan unumli foydalanish har tomonlama taraqqiy etgan inson shaxsini tarkib toptirishda muhim rol o’ynaydi. Abdulla Avloniy aytganidek: «Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot yo najot yo halokat yo saodat yo falokat masalasidir».
Yosh avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, umuminsoniy, xalqchil milliy qadriyatlar, urf odatlar , an’analar yetakchi o’rin tutmoqi lozim. (Tarbiya etnopsixologik va etnopedogogik munosabat). Bular orqali yoshlarda qo’yidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim.
hayrihoxlik, odamlarga hurmat, mehr- shafqat;
o’zaro hamkorlikka intiluvchanlik
ayollarga hurmat;
ishbilarmonlik, mohirlik, ishchanlik, iqtisodiy tafakkur
kichik yoshdan mehnatsevarlik
jismoniy baquvvatlik;
axloq – odoblilik
Oilaparvar
lik
kattalarni hurmat qilish, e’zozlash
Yoshlarda vatanparvarlik his – tuyg’ularini shakllantirish
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
Tarbiya – bu qanday jarayon?
Shaxsni tarbiyalashning asosiy yo’nalishlari nimalardan iborat?
Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni ko’rsating?
«Tarbiyasi qiyin» bolalar klassifikasiyasini keltiring.
Tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizimlar nimalardan iborat?
Tarbiyaning entopsixologik masalalari qanday?
Adabiyotlar ro’yxati:
1.Karimov. «O’zbekiston buyuk kelajak sari». Toshkent. «O’zbekiston». 1998.
2.I.A.Karimov. «Barkamol avlod orzusi». Toshkent. 1999.
3.E.G’oziev. «Psixologiya». Toshkent. «O’qituvchi». 1994.
4.E.G’oziev. «Pedagogik psixologiya asoslari». Toshkent. 1997.
5.G`oziyev E.G`. Psixologiya(Yosh davrlari psixologiyasi). T., O`qituvchi, 1994.
6.Davletshin M.G., Do`stmuxamedova Sh.A., To`ychiyeva S.M., Mavlonov M.
Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. T.: TDPU, 2004 y.
7. Ibragimov X.I.,Yo`ldoshevU.A., Bobomirzayev X. Pedagogik psixologiya.