7 sinf darsliklari elektron varianti
Choping bo’yang kuylangiz yuringlar
Sinf: 7″V”(rus)
Mavzu: II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarning qo’llanishi.
a) ta’limiy maqsad: II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarning qo’llanishini Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridan olingan parchalar misolida o’rganish.
b)tsrbiyaviy maqsad: o’quvchilarni yaxshilik qilish, rodtgo’y bo’lish va saxiylikni sevish ruhida tarbiyaladh.
v)rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning topqirlik, zukkolik qobiliyatlarini o’stirib, o’g’zaki va yozma nutqini rivojlantirish.
Dars turi: Noan’anaviy.
Darsda qo’llaniladigan usullar: savol-javob, “hamkorlik kvadratlari” mashqidan foydalanish orqali hamkorlikda kichik guruhlarda o’qitish usuli.
Dars jihozlari: mavzu, mavzu yuzasidan tuzilgan grammatik jadva, Alisher Navoiy rasmi, “Mahbub ul-qulub” asaridan olingan parchalar yozilgan slaydlar, sinf xonasidagi Navoiy portreti, mavzuga doir grammatik jadval,tarqatma materiallar, 7-,5-sinf darsliklari, E.Shodmonov.A.Rafiyev.S.G’oibovlarning o’rta maxsus o’quv yurtlari uchun “O’zbek tili” darsligi.
Darsni tashkil etish- 2 daqiqa.
O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini savol-javob asosida aniqlash- 13 daqiqa.
Yangi mavzu: II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarning qo’llanishini Alisher Navoiyning “ Mahbub ul-qulub” olingan parchalar misolida o’rganish- 20 daqiqa.
Darsni mustahkamlash- 8 daqiqa.
Dars yakuni: o’quvchilar bilimini baholash va uyga vazifa berish- 2 daqiqa.
Milliy an’anamizga ko’ra, odatdagidek “ Assalomu-alaykum” deb salomlashiladi , o’quvchilar diqqat –e’tibori, faoliyati darsga qaratiladi.
Uyga vazifa so’raladi:
-“Ona qalbi” rivoyati bo’yicha topshiriqlar ustida ishlaymiz. Dastlab, rivoyatdan -a, -y, -(i)b qo’shiimchali ravishdoshlar qatnashgan beshta gapni topib, daftarga yozib kelish edi.Bu gaplar haqida o’tgan darsda ham to’xtalib o’tgan edik. Taxtaga to’rt nafar o’quvchi chiqib, gaplarni yozadilar.
1) Ammo yigit uning ketidan qolmabdi, sevib qolganini qayta-qayta takrorlabdi.
2) U qizning iltimosini bajo keltirib, onasini o’ldirib, uning ko’kragidan yuragini kesib olibdi va ikki qo’llab ushlagancha qiz tomonga shoshilibdi.
3) Uning ko’ziga olisdagi qizdan bo’lak hech nima ko’rinmas, qizning oldiga shoshilib chopib boribdi.
4) Yigit oh urib yiqilibdi.
5) Yigit qilgan ishi uchun ming pushaymon bo’libdi, tiz cho’kib ona yuragi bo’laklariga qarab tavba-tazarru qilibdi, ammo endi kech bo’lgan edi.
O’quvchilar grammatik mavzuni qay tarzda o’zlashtirgani tekshirilgach, rivoyat g’oyasi yuzasidan savol-javobga o’tiladi.
- Ushbu rivoyatda qanday sevgi haqida hikoya qilinadi ?
- Unda qaysi sevgi ustunligi ko’rsatilgan?
- Sizningcha, nega sevgi-muhabbat go’zal pari timsolida berilgan?
- Nega yigit sevgilisiga yetolmadi?
- Nima uchun pari qiz yigitni sinamoqchi bo’ldi?
- Yigitning va onaning sevgisini bir-biriga taqqoslab ko’ringchi?
- Bu rivoyat turli manbalarda turlicha hikoya qilinadi, sizningcha u yana qanday tugashi mumkin edi?
Yangi mavzu: II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarning qo’llanishi
-O’quvchilar, sizlar bilan oldin ham fe’l mayllari haqidao’tgan edik. Bugun mana shu fe’l mayllaridan “Buyruq-istak maylidagi fe’llarning tuslanishi , uning II shaxsda qo’llanilishiga to’xtalib o’tamiz.
E’tiborimizni monitordagi slaydga qaratamiz. Unda ko’rib turganimizdek, buyruq-istak mayli (повелительно-желательное наклонение) buyruq-istak, iltimos kabilarni anglatadi.Bu mayldagi fe’llar shaxs va sonda quyidagicha tuslanadi:
II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llar ish-harakatni bajarishga oid iltimos, da’vat, buyruq, maslahat kabi ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: yur, o’yna, aytgin, olihg, kelinglar kabi.
Mavzu tushunturilgach, o’quvchilar yashil, sariq va qizil rangli doira shaklidagi qog’ozchalar yordamida 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh bir stol atrofida yig’ilib o’tirgach, ularga topshiriq konvertlarda beriladi. Topshiriq quyidagicha: konvert ichida kvadrat qog’ozga yozilgan matnni tiklash lozim. Siz matematika fanidan kvadrat nima ekanligini yaxshi bilasiz. Keling esimizga tushirib olamiz. Matn yozilgan to’rtburchak- bo’laklarga bo’lib qirqilgan.Matnni tiklash uchun vaqt 2 daqiqa. 1-chi daqiqada o’quvchilar so’zsiz imo-ishora bilan, 2-chi daqiqada ovoz chiqarib ishlashingiz mumkin. 2 daqiqada kvadrat hosil bo’lishi, qog’ozdagi matn mazmunan to’gri chiqishi kerak. Agar no’g’rilik bo’lsa, tuzatish uchun yana 1 daqiqa vaqt beriladi. “Kvadrat”dagi matnlar o’qiladi va matn mazmuni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgandan so’ng har bir guruh nomlanadi. Matn mazmunidan kelib chiqqan holda 1-guruh “Yaxshilik”, 2-guruh “Rostgo’ylik”, 3-guruh “Saxiylik” deb nomlanadi va bu nomlar yozilgan qog’ozlar guruh stollariga qo’yiladi.
Diqqat-e’tiborimizni yana monitordagi slaydga qaratamiz. Bu kishi buyuk inson Alisher Navoiy, uning “Mahbub ul-qulub” asari (Ko’ngillar sevgani).Asardan parchalar o’qidik. Hozir biz bu parchalarni yana bir bor o’qiymiz.
Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas.Yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas.
Yaxshilik qila olmasang-yomonlik ham qilma.Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang, yomonroq deb ham bilma.Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo’shil.Yaxshilik atrofida aylana olmasang, yaxshilar atrofida aylan.
Chin so’zni yolg’onga chulg’ama, chin ayta olur tilni yolg’onga bulg’ama.
Tilingni o’z ixtiyoringda asra, so’zingni ehtiyot bilan so’zla. Vaqtida aytiladigan so’zni asrama, aytmas so’z tevaragiga yo’lama. Tiling bilan ko’nglingni bir tut. So’zni ko’hglingda pishutmaguncha tilga olma. Nimaiki ko’nglingda bo’lsa tilga keltirma. Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.
Bitta kulchani ikki bo’lib, yarmini och odamga berganni saxiy deb bil. O’zi yemay hammasini muhtoj odamga berganni-axiy do’st deb bil. Sog’lik tilasang ko’p yema, izzat tilasang ko’p dema.Ta’magirdan yaxshilik tilama. Gadoydan aqcha so’rama. Mevasiz daraxt ham bir-u, o’tin ham bir. Yog’insiz bulut hsm bur-u, tutun ham bir.
Demak Navoiy bobomiz insonlarni qanday bo’lishga chorlayapti? . Ha, albatta,yaxshilik qiluvchi, rostgo’y, saxiy bo’lishga.
Sizlarga yana bir topshiriq: matnlardagi II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarni topsangiz. … O’quvchilar javoblaridan so’ng darsning mustahkamlash qismiga o’tiladi.
Endi 5-sinf darsligini qolimizga olib, 174-betdagi 2-topshiriqni o’qiymiz va II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarni topib ma’nosini izohlaymiz. Shuningdek, “ To’g’ri talaffuz qiling!” ruknida berilgan so’zlarni o’qiymiz va daftarimizga yozib olamiz.
O’qituchi doskaga yozib beradi.
Oling o’ynang aytingiz tuzinglar
Tuzing sanang so’zlangiz boshlanglar
Kuting tozalang tinglangiz boringlar
Choping bo’yang kuylangiz yuringlar
Mana biz hozir II shaxs buyryq-istak maylidagi fe’llarni qatnashtirgan holda uyda “Shahrimiz obod bo’lsin” mavzusida vatn yozib keeling.
O’quvchilarning har bir javobi bitta “yaproqcha” yoki “gul” bilan dars jarayonida baholab boriladi. Har bir o’quvchining yiqqan ballari qo’shilib, umumiy baho qo’yiladi.
-O’quvchilar dars sizga yoqdimi? Biron-bir yangi ma’lumot ola oldingizmi? Mayli, xayr.
7 sinf darsliklari elektron varianti
Bugungi sanada: 6 ta
Bugungi sanada: 1 ta
Bugungi sanada: 2 ta
BUGUN: 07-Mart, 2023-yil. Seshanba
Muallif: Administrator
Singular and Plural Nouns (Birlikdagi va ko‘plikdagi otlar)
Muallif: Administrator
Bu fan XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga keldi.
Muallif: Administrator
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik
Muallif: Administrator
2015-2016-o’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-6-sinflar o’quvchilari uchun imtihon materiallari va metodik tavsiyalar
Muallif: Administrator
2015-2016-o’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-8 -sinflar o’quvchilari uchun imtihon materiallari va metodik tavsiyalar
Muallif: Administrator
Taqdim etilayotgan ushbu ma`lumotnoma umumta`lim maktablari kasb-hunar kolleji, akademik litsey o`quvchilari, Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun mo`ljallangan.
Muallif: Administrator
Matematik bilimlarning uzliksizligini ta`minlashga yordam beruvchi usbu to`plam keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan bo`lib kasbiy masalalarni yechishda ham keng foydalanish mumkin.
Muallif: Administrator
Ushbu kitob akademik litsey va kasb-hunar kollej o‘quvchilari uchun darslik bo‘lib, unda fizika kursining “Optika” va “Kvant fizikasi asoslari” bo‘limlari bayon etilgan. Har bir mavzu bo‘yicha sinov savollari, boblarning oxirida masala yechish namunalari, mustaqil yechish uchun masalalar va test savollari keltirilgan.
Muallif: Administrator
Ushbu kitobda fizika kursining “Mexanika” bo‘limi bayon etilgan bo‘lib, har bir mavzu bo‘yicha sinov savollari, masala yechish namunalari, mustaqil yechish uchun masalalar va test savollari keltirilgan.
Muallif: Administrator
Umumta`lim maktablarining 8-sinf o`quvchilari uchun o`quv qo`llanma. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tavsiya etgan. Ushbu darslik O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi “Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish Markazi” tomonidan tayyorlangan.