Fizika fanini o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va steam texnologiyasi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
3. Berdiyeva O.B., Mirsaburov M. Educational-methodical complex on the module of methods of teaching mathematics. – Termez 2020.
Fizika 7- sinf. Fazo va vaqt dars ishlanma
Darsning maqsadi. a)“Mexanika” kursini o‘rganishning maqsad va vazifalari bilan nishtirish, mexanika tarixi haqida ma’lumotlar berish orqali bu kurs haqida o‘quvchilarda unyoqarashni shakllantirish, o‘rta asrlarda yashab o‘tgan buyuk mutafakkirlarning mexanika vojlanishiga qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarda ularga hurmat ruhini singdirib toptirish.
b) Aqliy tarbiya berish
s) Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot anbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Darsning turi: Yangi bilim berish.
Darsning shakli: Izlanib o’rganish.
Darsning usuli: Suhbat. BBB.
Dars jihozlari: Taqdimot, darslikning l-§ matni, Aristotel, Arximed, Al- Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Galiley, Nyutonning portretlari.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (3 minut).
2. Fizikadan 6-sinfda o‘tilgkn asosiy fizik hodisalar va tushunchalarni eslatish maqsadida quvchilar bilan suhbatlashish (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
1. O’tilganlarni eslash: 6-sinfda o’tilgan mavzularni eslash
2. Yangi mavzuning bayoni:
Yangi mavzu bayonining rejasi.
1. Fizikaning “Mexanika” bo’limida nimalar o’tilishini qisqacha bayon qilish.
2. Mexanika nimani o‘rganishini tushuntirish.
3. Mexanika kursidan olinadigan bilim, ko’nikma va malakalar kundalik turmushda, fan va texnikada keng qo‘llanilishi haqida ma’lumot berish.
4. Mexanika tarixidan ma’lumotlarni bayon qilish.
5. Darslikdan qanday foydalanish haqida suhbatlashish.
Kinematika nimani o‘rganishi haqida ma’lumot berish.
1.Mexanik harakat haqida suhbatlashish, ta’rifini tushuntirish.
2.Harakatning nisbiyligini misollar orqali tushuntirib berish.
3.Koordinatalar sistemasi, sanoq jismi, sanoq sistemasini tushuntirish.
4.Fazo haqida ma’lumotlar berish, misollar orqali fazo haqida o‘quvchilarda tasawur hosil
5.Vaqt va uning birligi haqida ma’lumotlar berish, vaqt haqida o‘quvchilar bilan suhbatlashish.
Yangi mavzuni bayon etish
Fizikaning “Mexanika” bo‘limida nimalar o’rganilishini tushuntirishda “mexanika” so‘zining kelib chiqishi, insonning aql-zakovati va mehnati tufayli qadimda oddiy mexanik qurilmalaming yaratilishi, davrlar osha mexanik qurilmalarning takomillashib borishi (masalan, arava, uning g‘ildiragi, uning harakati uchun kuchning zarurligi, transport vositalarining asrlar osha takomillashuvi, avtomashinalar, samolyotlar va raketalaming yaratilishi) haqida ma’lumotlar beriladi, savol-javoblar o‘tkaziladi va suhbatlashiladi.
“Mexanika” uch qismdan — “Kinematika”, “Dinamika” va “Statika” bo’limidan iborat ekanligi. “Statika” bo’limining eng muhim mavzulari 6-sinfda “Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar” bobida kengroq o’tilganligi, shuning uchun bu mavzularga 7-sinfda to’xtalinmasligi uqtiriladi. 7-sinfda “Mexanika”ning “Kinematika” bo‘limi darslikning “Kinematika asoslari” bolimida, “Dinamika” bo‘limi esa darslikning “Dinamika asoslari” bolimida o’rganiladi. Darslikning “Saqlanish qonunlari” va “Tebranish va to‘lqinlar” bo‘limida “Mexanika” kursining barcha qismlari — “Kinematika”, “Dinamika” va “Statika” o‘zaro
uyg’unlashgan holda qo‘llaniladi.
Mexanika tarixidan ma’lumotlarni bayon etishda Aristotel, Galiley, Nyutonning mexanika sohasidagi ijodiy ishlari, shuningdek, Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan mexanikaning rivojlanishiga hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berilishi maqsadga muvofiq. Bunda quyida keltirilgan qo’shimcha materiallardan foydalanish tavsiya etiladi
Mavzu bo’yicha qo’shimcha materiallar. Fazo haqida
Har bir jism ma’lum uzunlik, sirt va hajmga ega, u fazoda ma’lum o‘rin egallaydi. Uzunlik, sirt va hajm fazoning muhim xossalaridandir. Boshqacha aytganda, jism va uning fazodagi harakatini fizikada o’rganish eng muhim asosiy tushunchalardan bo’lgan fazo tushunchasi bilan uzviy bog‘langa»dir. Biz fazo tushunchasi to‘g‘ri va mukammal shakllanishiga erishmog‘imiz zarur.
Faraz qilaylik, bizda zanglamaydigan tunukadan yasalgan idish bolsin. Bu idishda suv saqlash yoki unga bug‘doy, guruch, mosh solib qo‘yish mumkin. Idishning hajmiga undagi moddalar (suv, guruch va boshqalar) ta’sir qiladimi yoki idish unga solingan moddalarga ta’sir etadimi, deb savol berish mumkin. Moddalar solinishi uchun idish yasalganmi, mavjudmi yoki moddalar bolmasa ham idish o‘zicha mavjudmi? Yana savol: Idishning hajmi cheklanganmi?
Bu savollarning barchasiga darhol osonlikcha javob berish mumkin.Endi «fazo» tushunchasiga qaytaylik. Daryolar, tog’lar, daraxtlar-u bog‘lar, samodagi Yer, Oy, Quyosh va yulduzlar — ulaming barchasi fazoda («idish»da) kezib yuribdi. Bu «idish»ga (fazoga) undagi barcha borliqning ta’siri bormi? Yoki fazoning shu barcha borliqqa ta’siri bormi? Bu fazoning (oddiy idishdagi kabi) chegarasi bormi yoki uning chegarasi yo’qmi? Bu savollarga endi javob berish qiyin.
Olimlarning javobiga quloq tutaylik. Lukretsiy (miloddan awalgi I asrda yashagan rimlik shoir, faylasuf) «Narsalarning tabiati haqida» kitobida tabiatni, olamni fazo va undagi jismlar tashkil qiladi, fazo va undagi jismlarning har biri o‘z-o‘zicha mustaqil emas, fazo chegarasizdir, deb yozgan edi. Keyinroq, italiyalik olim-astronom Jordano Bruno (1518-1600) olamning chegarasi yo‘q, Yer sharidan boshqa juda ko‘p shunday olamlar bor, deb ko‘p marta takrorladi. Bunday fikrlar o‘sha vaqtdagi din vakillariga yoqmadi va uni olovda yondirdilar.
Galiley va Nyuton fazoni quyidagicha tasawur etganlar: fazo cheksiz, uning barcha yo‘nalishlari bir xil, barcha nuqtalari bir xil; qisman materiya bilan to‘lgan. Ular fazoni bo‘sh va harakatsiz idishga o‘xshatishgan. Bunday xossalarga ega mutlaq bo‘sh va harakatsiz fazo —bu Evklid fazosidir. (Qadimgi yunon matematigi Evklid miloddan awalgi III asrda yashagan).
Vaqt haqida
Biz fazoda va vaqt davomida yashaymiz. Hamma voqealar, hodisalar va jarayonlar fazoda va vaqt davomida sodir bo’ladi. Fazo va uning xossalari maxsus fan — geometriyada o’rganiladi. Uning ba’zi xossalari bilan biz yuqorida tanishdik. Ammo «vaqt» tushunchasi maktabda maxsus o’rganilmaydi. Vaholanki, vaqt nihoyatda ajablantiradigan obyekt bo’lib, kishini chuqur o’ylantirishga majbur qiladi.
Vaqt to‘xtovsiz, faqat bir tomonga: o‘tmishdan kelajakka «oqadi», «hozirgi zamon» esa tutib, sezib bo‘lmaydigan bir on bo‘lib, u o’tmishni kelajakdan ajratadi (o’tmish bilan kelajak orasidagi chegaraviy ondir). Xuddi shu o’tmish bilan kelajak- ning chegarasi — hozirgi zamon bilan birlikda hamma narsa, barchamiz o‘tmishni orqada qoldirib, kelajak tomon harakatlanamiz.
Shu bilan birga insonga vaqtni sezish hissiyoti nasib etganligi kishini hayratlantiradi. Masalan, odam o‘ziga «ertalab soat 6:00da uyg’onishim zarur» deb buyruq bersa, xuddi shu vaqtda uyg‘onish mumkin.
Inson xuddi o‘zining «ichki soati»ga egaday ko‘rinadi. Olimlar (fiziologlar, psixologlar) inson shunday xislatga ega deb hisoblaydilar. Darhaqiqat, insonda yurak ritm bilan urib turadi; nafas olish ritmli ravishda sodir bo‘ladi; bosh miyaning ritmli ravishdagi faoliyati hozirgi zamonda ma’lum.
Insonlarning vaqt va fazo haqidagi tushunchalari o‘zgarib, chuqurlashib bordi. Qadimgi yunon faylasuflari fazo va vaqt harakat orqali bir-biri bilan bog‘liq deb qaraganlar. Masalan, Lukretsiy «Narsalarning tabiati haqida» kitobida yozadi: vaqtni jismlarning tinchligi yoki harakatidan tashqarida sezib bo‘lmaydi, o‘z-o‘zicha vaqt mavjud emas.
Nyuton vaqtni shunday tushuntiradi: uning yurishiga barcha hodisalar, jarayonlar bo’ysunadi, ammo bular vaqtning o‘tishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi, vaqt o‘zicha yashaydi. Hamma uchun, bizlar uchun
ham, uzoq galaktikalar uchun ham vaqt bir xil, bir me’yorda «oqadi». Uning onlari barcha vaqtlarda va olamning barcha joylarida birday o‘tadi. Vaqtni o’lchash uchun takrorlanuvchi jarayonlardan foydalaniladi. Vaqtning etalonini aniqlashga ehtiyoj uning birligini aniqlash zaruriyatini tug‘dirdi. Yurakning urishi, mexanik tebranish, Quyoshning chiqishi yoki botishi kabi takrorlanuvchi jarayonlarni vaqtni o‘lchash uchun etalon sifatida qabul qilish mumkin. Ammo kuzatishlar ko’rsatadiki, ular o’zgaradi.
Shuning uchun vaqt etaloni sifatida Yerning bir yillik vaqt davomida o‘z o‘qi atrofida aylanishlaridan olingan o‘rtacha bir marta aylanishi davri — o‘rtacha sutkasi qabul qilingan. Bu vaqt etaloni o’rtacha Quyosh sutkasi deb yuritiladi. Bu etalonga ko‘ra, bir sekund o’rtacha Quyosh sutkasining 86400 qismidan biriga teng, ya’ni:
1 sekund = 1/86400 o‘rtacha quyosh sutkasi.
Bunday aniqlangandagi vaqtni butun jahon vaqti deyiladi. Vaqt etalonini bunday aniqlashdagi xatolik 10 8 s ni tashkil etadi.
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishiga asoslangan vaqtning bunday etaloni jahon laboratoriyalarida vaqtni aniqlash va taqqoslashda noqulaylik tug‘diradi. Juda katta aniqlikni talab qiladigan hollarda bu vaqt etaloni olimlarni qanoatlantirmadi. Shu sababli aniqlik darajasi yuqori bo‘lgan soatlarga katta ehtiyoj tug‘ildi. Shu maqsadda elektron soatlar, atom tebranishlariga asoslangan atom soatlari yaratildi. 1967-yilda vaqtning atom etaloni sifatida seziy 133 atomning 9.192.631.770 ta tebranishlari davrining davomligi bir fizik sekund deb qabul qilindi. Bunda aniqlik darajasi 1012s bo‘lib, bu 30000 yilda bir sekundgacha xatolik bo‘lishi mumkin demakdir. Bu etalon vaqtning tabiiy birligi deb yuritiladi.
4. Mustahkamlash:
1. 1/2; 1; 1,5; 2; 2,5; 3 minutlami o‘z Sezgilaringiz orqali aniqlang. Har bir aniqlaganingizdagi
va o’rtacha aniqlaganingizdagi xatoliklarni soatga solishtirib aniqlang va ularni yozing.
2. Tunuka banka olib, tagini kichik mix bilan teshing. Suvni bankaga to’ldirib, so‘ng tag
teshikdan 5 s, 10 s, 15 s, 20 s da oqib chiqqan suv miqdoiini aniqlang. Suv miqdoriga qarab,
vaqtni (sekundlarda) aniqlash mumkinligini tushuntiring.
3. 4 ta parrakli ventilator ishlayapti. Uning parraklari 4 ta tirqishli stroboskopdan qaralganda
harakatsizday ko‘rinishi uchun stroboskop 10 s da 80 marta aylanadi. Parraklaming aylanish
tezligi qanday? Parraklardan biri rangli bo’lsa, javob qanday bo‘ladi?
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilarni baholashda ularning darsga ishtirok etishi
6. Uyga vazifa: mavzuni o’qish
Fizika fanini o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va steam texnologiyasi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axmedova Zamira Raxmatovna
Fizika grekcha “tabiiy”, “tabiat” so’zlaridan olingan bo’lib, tabiiy borliq haqidagi fan hisoblanadi. Fizika fanini maktabda o’qitish o’quvchilarning borliq haqidagi, atrof-olam haqidagi bilimlarini oshirishga yordam beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda uzluksiz ta’limni rivojlantirish, xalqaro texnologiyalarni xalq ta’limiga olib kirish takomillashmoqda. Ushbu maqola fizika fanini o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va STEAM texnologiyasining ahamiyatiga bag’ishlangan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Axmedova Zamira Raxmatovna
Kimyo o’qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasida interfaol metodlardan foydalanish
Tarix fanini o’qitishnda zamonaviy yondashuvlar
Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishning samarali usullari
Tarix fanini o’qitishda innovatsion usullar
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
RESEARCH TECHNIQUES AND STEAM TECHNOLOGY IN TEACHING PHYSICS
Physics Greek is a science about natural existence, derived from the words” natural“,” nature”. Teaching physics in school helps to increase the students’ knowledge about being, the surrounding world. Today, the development of continuous education in our country, the introduction of international technologies into public education is improving. This article is devoted to the methods of scientific research in the teaching of physics and the importance of STEAM technology.
Текст научной работы на тему «Fizika fanini o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va steam texnologiyasi»
FIZIKA FANINI O’QITISHDA ILMIY TADQIQOT METODLARI VA
Axmedova Zamira Raxmatovna zamira-axmedova@inbox.ru Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 32-maktab
Annotatsiya: Fizika grekcha “tabiiy”, “tabiat” so’zlaridan olingan bo’lib, tabiiy borliq haqidagi fan hisoblanadi. Fizika fanini maktabda o’qitish o’quvchilarning borliq haqidagi, atrof-olam haqidagi bilimlarini oshirishga yordam beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda uzluksiz ta’limni rivojlantirish, xalqaro texnologiyalarni xalq ta’limiga olib kirish takomillashmoqda. Ushbu maqola fizika fanini o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va STEAM texnologiyasining ahamiyatiga bag’ishlangan.
Kalit so’zlar: BBB metodi, “Test” metodi, STEAM texnologiyasi, Evristik ta’lim metodi.
RESEARCH TECHNIQUES AND STEAM TECHNOLOGY IN TEACHING
Axmedova Zamira Raxmatovna zamira-axmedova@inbox.ru School No 32, Kitob district, Khashkadarya region
Abstract: Physics Greek is a science about natural existence, derived from the words” natural”,” nature”. Teaching physics in school helps to increase the students’ knowledge about being, the surrounding world. Today, the development of continuous education in our country, the introduction of international technologies into public education is improving. This article is devoted to the methods of scientific research in the teaching of physics and the importance of STEAM technology.
Keywords: method of BBB, method of test, technology of STEAM, education method named Evristik
Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion va ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo’lida harakat shiddat bilan ortib borayotgan bir davrda yosh avlodning tarbiyaviy, ma’naviy- axloqiy , innovatsion, ilmiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, o’quv jarayonlariga yangi-yangi o’qitish metodlari, texnologiyalari va innovatsiyalarni tatbiq qilish asosiy burchimizdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
www.openscience.uz 259 i m^^bi
tasdiqlash to’g’risida”gi famonida ham O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy -axloqiy va intellektual rivojlantirishnisifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish, o’quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsad qilingan.
Ta’lim, bir so’z bilan aytganda, mamlakatning kelajakdagi istiqbolini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalash, savodli qilishdir.Turli ilmiy tadqiqot metodlarini fizika fanini o’qitish jarayonida qo’llash ta’lim samaradorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda mavzuni o’rganishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, olingan bilimlarni mustahkamlash, o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.
Pedagogik texnologiyalarni amalga oshirishning muhim vositasi bo’lgan interfaol metodlar turli fanlar, turli guruhlarda qayta takrorlanishi o’qituvchilarga qulaylik yaratadi. “Klaster”, “Sinkveyn”, “Idrok xaritasi”, “Venn diagrammasi”, “Blits -so’rov”, “Tushunchalar tahlili”, “Charxpalak”, “Zinama-zina”, “Zig-zag” kabi interfaol metodlar qayta takrorlanishi, egiluvchanlik xususiyatiga egaligi ularni turli fanlarni o’qitishda qo’llash imkoniyatini yaratadi.Qolaversa, hozirgi kunda umumta’lim maktabi o’qituvchilari tajribasida “Charxpalak”, “Aqliy hujum”, “Dumaloq stol”, “BBB”, “Bumerang” “Klaster”, “Test”, “PIZA” va kichik guruhlarda ishlash metodlari qo’llanilmoqda.
Masalan: “BBB” (Bilaman, Bilishni xohlayman, Bilib oldim )metodi o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Bilimlarni o’zlashtirishga mas’uliyat va qiziqishni tarbiyalaydi. 7-sinf fizika darsida bu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin. Buning uchun o’qituvchi doskaga uch ustundan iborat jadval tuzadi.Birinchi qismga “Bilaman”, ikkinchi qismga “Bilishni xohlayman”, uchinchi qismga “Bilib oldim” deb yozadi . Sinfda fikrlar tugagandan so’ng o’quvchilarga yana murojaat qilib, “Dinamika” haqida yana nimalar bilishni xohlashini so’raydi.
Keyin uchala ustunni umumlashtirib, birgalikda xulosa qilinadi:
Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim
Dinamika -jismlarning kuch ta’ sirida harakatini o’rganadigan bo’lim. Dinamika yunoncha “kuchga oid” degani. Dinamikaning asosiy qonunlari uchta bo’lib, ular harakat qonunlari 2-qonuni: jismning boshqa jismlar bilan o’zaro ta’sirlashishi natijasida olgan tezlanishi unga ta’sir qilayotgan kuchga to’g’ri proporsional, shu jismning massasiga teskari proporsionaldir. a=F/m, birligi N/kg Isaak Nyuton kashf qilgan harakat qonunlari 1687-yilda e’lon qilingan. Bu qonunlar uning sharafiga “Nyuton qonunlari” deb ataladi. 3-qonuni: o’zaro ta’sirlashuvchi ikki jism bir- biriga miqdor jihatdan
deyiladi. teng, va bir to’g’ri chiziq
1-qonuni: har qanday bo’yicha qarama-qarshi
jism unga boshqa jism tomonga yo’nalgan
ta’sir etmaguncha o’zining kuchlar bilan ta’sirlashadi.
tinch holatini yoki to’g’ri Fi= -F2
chiziqli tekis harakatini
Maktab o’quvchilarining bilimlarini monitoring qilish uchun qo’llanadigan “Test” metodi haqida. “Test” atamasi birinchi marta amerikalik psixolog J.Kettel tomonidan 1890-yilda kiritilgan. “Test” atamasi inglizcha “test” so’zidan olingan bo’lib, tekshirish, nazorat, sinov ma’nolarini bildiradi. Pedagogikada “test” atamasi o’ziga xos shaklga va mazmunga, turli qiyinlik darajasiga ega bo’lgan, o’quvchilar o’zlashtirishi darajasini xolisona baholash imkoniyatini beradigan topshiriqlar tizimidan iborat. Test topshiriqlari – ta’lim natijalarini xolisona nazorat qilishning didaktik va texnologik vositalaridan hisoblanadi. Test sinovlari yordamida barcha o’quvchilarning bilimini bir vaqtda tekshirish, ularni mashg’ulotlarga puxta tayyorgarlik ko’rishga, mustaqil o’qish ko’nikmalarini rivojlantirishga o’rgatish, intizomini mustahkamlash kabi imkoniyatlar yaratiladi. Testlarning o’quvchilar o’zlashtirishi darajasi bo’yicha turlari va tasnifi:
1. Tanib olish testlari – “ha” yoki “yo’q, “to’g’ri” yoki “noto’g’ri” deb javob beriladigan savoldan iborat bo’ladi. Topshiriqda albatta o’quvchi bilishi yoki xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo’lishi lozim bo’lgan obyekt haqida so’raladi.
2. Farqlash testlari – bir yoki bir necha to’g’ri javobga ega bo’lgan testlar.
3. Qiyoslash testlari – o’rganilgan obyektlarda umumiylik yoki farqlarni topish so’raladi, bunda qiyoslanayotgan xususiyatlar yoki parametrlar topshiriq shartida berilgan bo’ladi.
4. Bir necha variantli test-topshiriqlar – topshiriq sharti va barcha kerakli boshlang’ich ma’lumotlar beriladi, javoblar variantlari keltiriladi. Oquvchi berilgan topshiriq yechimini va to’g’ri javob qaysi ekanligini ko’rsatishi kerak bo’ladi.
STEAM texnologiyasi haqida. STEAM ta’lim texnologiyasi maktab o’quvchilarini yangicha o’qitish metodikasi bo’lib, an’anaviy o’qitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U o’quvchilarni bir vaqtning o’zida beshta – fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy san’at (Art), matematika (Math) bo’yicha o’qitishga mo’ljallangan. STEAM fan bo’yicha emas, balki mavzular bo’yicha integratsiyalashgan o’qitish tizimidir. STEAM ta’limi deganda amaliy mashg’ulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo’llash tushuniladi.
STEAM texnologiyasida foydalaniladigan metodlardan biri Evristik ta’lim metodi hisoblanadi. Evristik degan so’zning ma’nosi savol javobga asosan “topaman” demakdir. Evristik metod bilan o’qitish maktablarda asosan XIX asr boshlaridan
www.openscience.uz 261 | m^^wi
boshlab qollanila boshladi. Fizikada mashg’ulotlar qiziqarli bolishi uchun, bu mashg’ulotlardagi har bir masala yoki topshiriq so’zma so’z quruq yodlash uchun emas, balki ularning oliy faoliyatlarini ishga soladigan xarakteri bolishi kerak. Amerikalik olim D. Poya evristik ta’lim metodi to’g’risida shunday degan edi: “Evristikani maqsadi yangiliklarga olib boruvchi metod va qoidalarni izlash demakdir”. U evristik metod mohiyatini quyidagidek izchillikda tuzilgan reja orqali amalga oshirishni tavsiya qiladi: 1. Masala yoki amaliy topshiriqning qo’yilishini tushunish. 2. Masalaning yechish rejasini tuzish. 3. Tuzilgan rejani amalga oshirish. 4. Orqaga nazar tashlash (hosil qilingan yechimni tekshirish). Bu rejani amalga oshirish jarayonida o’qituvchilar quyidagi savollarga javob topadilar. 1. Masalada nima noma’lum? 2. Masalada nimalar ma’lum? 3. Masalaning sharti nimalardan iborat? 4. Ilgari shunga o’xshagan masalalar yechilganmi? 5. Agar shunga o’xshagan masalalar yechilgan bolsa, undan foydalanib qo’yilayotgan masalani yecha oladimi? Albatta yuqoridagi reja-sxema o’quvchilarning ijodiy fikrlash faoliyatilarni shakllantiradi, ammo bu reja sxema o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantiruvchi birdan bir yo’l bola olmaydi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, umumta’lim maktablarida ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanish, ta’lim jarayonlariga STEAM texnologiyasini keng joriy etish, tahsil olayotgan yosh avlodning nazariy bilimlarinigina oshiribgina qolmasdan, ularni tezroq amaliy va kasbiy jarayonlarga kirishga undaydi. Bu esa mamlakatimiz zamonaviy ta’limining yutuqlaridan biridir.
1. “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
2. Ishmuhamedov R.J., Yo’ldoshev M. Ta’lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – T.: – Nihol nashriyoti, 2016
3. Berdiyeva O.B., Mirsaburov M.Matematika fanini o’qitish metodikasi moduli bo’yicha o’quv uslubiy majmua. – Termiz-2020.
4. https: //pm.piima.uz/steam-ta-lim/
1. “The concept of development of the public education system of the Republic of Uzbekistan until 2030
2. Ishmuhamedov R.J., Yuldashev M. Modern pedagogical technologies in education and upbringing. – T .: – Nihol Publishing House, 2016
3. Berdiyeva O.B., Mirsaburov M. Educational-methodical complex on the module of methods of teaching mathematics. – Termez 2020.
4. https: //pm.piima. uz/steam-ta-lim/
Физика 7-8 класс
Программа познакомит обучающихся с различными физическими явлениями. В процессе обучения будут рассматриваться как задачи базового уровня для закрепления пройденного материала, так и задачи повышенной сложности для олимпиадной подготовки обучающихся. В рамках данной программы запланирована подготовка участников к экспериментальным турам олимпиад.
Для кого эта программа
Вам интересно исследовать физические явления
Вы хотели бы узнать, как различные физические законы применяются на практике
Вы интересуетесь, как устроен наш мир
Условия отбора:
Для участия в отборе необходимо:
- Оставить индивидуальную заявку через систему «Навигатор дополнительного образования».
- Зарегистрироваться на сайте «Веги» и добавить в личном кабинете данные о ребёнке/детях.
- Прикрепить на странице программы портфолио личных достижений — кнопка «прикрепить портфолио» по биологии и экологии, которое включает скан-копии дипломов, сертификатов, грамот различных уровней за последние 2 года, подтверждающие участие претендента в олимпиадах, конкурсах по выбранному направлению деятельности (физика).
Результаты отбора будут опубликованы на официальном сайте Веги не позднее 17 апреля.
Результаты программы
- решать олимпиадные задачи несколькими способами;
- понимать задания в различных формулировках и контекстах;
- ясно и понятно излагать свои мысли при решении задач;
- использовать приобретённые знания и умения в повседневной жизни.
Программа курса:
- Кинематика;
- Простые механизмы. Рычаги и блоки;
- Тепловые явления;
- Гидростатика;
- Электрические цепи;
- Геометрическая оптика.
Руководитель программы
Жабина Анастасия Михайловна
Специалист центра естественно-научного образования
Телефон: | 234-02-58 |
E-mail: | science@vega52.ru |
Отзывы о курсе
Воронина Наталья Николаевна
Отзыв на программу по лингвистике: Спасибо большое за такую возможность! Присутствовала с дочерью на каждом занятии (все-таки 1-й класс, надо немного технически помогать). Очень грамотно составленная программа, приятные преподаватели. Все ясно и понятно. Очень надеемся на продолжение
Великанова Мария Михайловна
Отзыв на программу по лингвистике. Моя дочь Женя, учится в 4-м классе гимназии с углубленным изучением английского языка. Данные занятия построены таким образом, что способствуют повторению уже пройденного материала, его закреплению, расширению словарного запаса, а также расширению кругозора, благодаря подробному изучению культуры и традиций стран Великобритании. Особую благодарность хочется выразить педагогу нашей группы – Полине Андреевне, большое Вам спасибо за интересные и нескучные занятия!
Муравина Мария Евгеньевна
Отзыв на программу по лингвистике. Моему сыну очень нравится обучаться по этой программе. Для него, на данный момент, приоритетом является изучение немецкого языка. И данная программа является хорошим подспорьем. Кроме того, где,кроме школы, можно дополнительно, а главное бесплатно, улучшить свои знания? Поэтому, большая благодарность за эту программу.
Полякова Вера Александровна
Отзыв на олимпиаду «Интеллект». Вот и подошел к концу наш курс «Внимание». Хочу поблагодарить организаторов и преподавателей за чудесную возможность в развитии моей дочери! Мне важно чтобы ребенок занимался и взаимодействовал с людьми, вдохновленными и горящими тем делом, которым занимаются. Считаю это один из главных факторов в развитии детей. Спасибо за вклад в наших детей
Кулизина Ирина Александровна
Отзыв на олимпиаду «Интеллект». Спасибо вам огромное за классный курс! Ребёнок в восторге, результат наивысший! Было здорово!