Press "Enter" to skip to content

7 sinf musiqa kitobi 2017

Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein

7-sinf Musiqa fanidan konspekt

Mazkur sahifada 7-sinf Musiqa fanidan konspekt faylni pastroqda “Yuklab olish” tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material ZIP formatda arxivlangan bo’lib, 1.3 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.

Bo’lim: Konspektlar
Versiya: 1
Hajmi: 1.3 MB
Fayl turi: application/zip
Ko’rishlar: 85 marotaba
Ko’chirishlar: 12 marotaba
Yuklovchi: Ustoz
Yaratilgan: 19-08-2022
Yangilangan: 19-08-2022

Yuklab olish
Fayl hajmi: 1.3 MB

Sifat bizning ustunligimiz! 7-sinf musiqa fanidan konspekt faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek konspektlar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.

Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein

7-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan

022-23-Memorchilik sanat diniy etiqod_Ozbek xalqining shakllanishi (27)
Testlar
1. Nurota tog’ tizmalarida qachon Xonbandi suv ombori qurilgan edi?
A) XIII asrda
B) XII asrda
C) XI asrda
D) X asrda
2. X-XI asrlarda boshlab me’morchilikda binolar nimadan qurilgan ?
A) tosh
B) pishgan g’ishdan
C) paxsa va xom g’ishtdan
D) yog’ochdan
3. Qonun – .
A) kuy turi
B) she’riy usul
C) musiqa asbobi
D) hukmdorning qarori
4. 2000 yilda Burhonuddin al-Marg‟loniyning necha yilligi nishonlandi?
A) 1000 yilligi
B) 800 yillig
C) 760 yilligi
D) 910 yilligi
5. Arab xalifaligida fan tili qaysi til bo‟lgan?
A) tojik tili
B) lotin tili
C) arab tili
D) fors tili
6. Al-Xorazmiyning gеografiyaga oid asarlarini aniqlang?
A) «Hind hisobi haqida»
B) «Zij»
C) «Usturlob bilan ishlash haqida kitob»
D) «Yer surati»
7. Buxoroda qachon “Faqihlar madrasasi” ochilgan edi?
A) XIV asrda
B) XI asrda
C) XII asrda
D) XIII asrda
8. Qur’oni Karimning sharhlari qanday nomlanadi?
A) “Zand”
B) “Odat”
C) “Tafsir”
D) “Hadis”
9. Qachondan boshlab Buxoro “Qubbatul islom” degan nom bilan yuritila boshladi?
A) IX asrdan
B) XII asrdan
C) X asrdan
D) XI asrdan
10. Qaysi tasavvuf yo‟nalishida « Qo‟ling ishda, ko‟ngling Ollohda bo‟lsin» dеgan aqidaga amal
qilinadi?

A) Kubroviya
B) Mashrabiya
C) Naqshbandiya
D) Yassaviya
11. Qaysi tariqatning asoslari “Hikmat” kitobida talqin qilingan?
A) Yassaviya
B) Naqshbandiya
C) Qalandarlik
D) Kubroviya
12. Sufiylik qachon va qayerda vujudga kеlgan?
A) VII asrda, Arabistonda
B) VII asr, Buxoroda
C) X asrda, O‟rta Osiyoda
D) VIII asr o‟rtalari, Iroqda
13. XIV asrda Buxoroda vujudga kelgan tariqatni aniqlang.
A) Qalandarlik
B) Naqshbandiya
C) Kubroviya
D) Yassaviya
14. Mahmud az Zamahshariyning arab tili fonеtikasi va morfologiyasiga bag‟ishlangan asarini
aniqlang?
A) «Al Mufassal»
B) «Notiqlik asoslari»
C) «Muqaddimat ul adab»
D) «Aruzda o‟lchov»
15. Ibn Sinoning bеvosita ustozini aniqlang?
A) Abu bakr ar Roziy
B) Abu Abdulloh
C) Gippokrat
D) Galеn
16. Quyidagi asarlardan qaysi biri Forobiy qalamiga mansub emas?
A) «Tirik mavjudot a’zolari haqida»
B) «Baxt-soadatga erishuv haqida»
C) «Hindiston»
D) «Musiqa kitobi»
17. 7275 ta sahih xadislar kiritilgan asarni toping?
A) «Pandnoma»
B) «Jomе’ as Sahih»
C) «Sahihi Tеrmiziy»
D) «Hadislar»
18. Buyuk allomalarimizning asarlari Еvropaga qaysi davlat orqali yoyilgan?
A) Krit
B) Italiya
C) Turkiya
D) Ispaniya
19. Najmiddin Kubro yashagan yillarni aniqlang.
A) 1144-1220 yillar
B) 1145-1221 yillar
C) 1145-1222 yillar
D) 1175-1223 yillar
20. Bahouddin Naqshband tomonidan yozilgan asarlarni aniqlang.
A) “Hikmat”

B) A va B
C) “Hayotnoma”
D) “Dalil al oshiqin”
21. Naqshbandiya tariqati quyidagi qaysi hududlarda tarqalgan edi?
A) Xuroson
B) Xorazm
C) Movarounnahr
D) hamma javob to’g’ri
22. Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xo’ja Ahror kabi yetuk allomalar qaysi tariqatning
rivojiga katta hissa qo’shganlar?
A) qalandarlik
B) yassaviya
C) kubroviya
D) naqshbandiya
23. Mil.avv III asrda Sirdaryoning o’rta oqimida turkiy va sug’diylar ittifoqi asosida vujudga kelgan
davlatni aniqlang.
A) Sug’diylar davlati
B) Kushon davlati
C) Baqtriya davlati
D) Qang’ davlati
24. Qang’ davlati davrida rivojlangan madaniy hayot arxeologiyda qanday nomlanadi?
A) Qovunchi madaniyati
B) Chust madaniyati
C) Eloq madaniyati
D) Choch madaniyati
25. Qachondan boshlab o’lkamiz “Turkiston” deb atala boshlangan?
A) X asrdan
B) VIII asrdan
C) IX asrdan
D) VII asrdan
26. O’zbek xalqi shakllandgan davrni aniqlang.
A) X- XIV asrlar
B) IX-XII asrlar
C) IX- X asrlar
D) IX-XIII asrlar
27. XVII asrda suvning bosim kuchini aniqlagan fransuz olimini aniqlang.
A) Rene Dekart
B) Rojer Bakon
C) Monten Fler
D) Blez Paskal

024-Xorazmshohlar davlatining Chingizxon davlati bilan munosabatlari (23)
Testlar
1. 1206 yilda sodir bo‟lgan voqеalarni bеlgilang.
A) Onon daryosi bo‟yida qurultoy bo‟lib o‟tdi va Mo’g’ullar davlatiga asos solindi
B) Chingizxon naymanlarni bo‟ysundirdi
C) hamma javob to’g’ri
D) Mo’g‟ullarning yasoq qonunlari amalga kiritildi
2. Mo’g’ullar davlatining asoschisi Temuchin yashagan yillarni aniqlang.
A) 1156-1231 yillar
B) 1155-1227 yillar
C) 1144-1224 yillar
D) 1156-1227 yillar
3. “Chingiz” so’zining asl ma’nosi nimani anglatadi?
A) bahodir, botir
B) kuchli, qudratli, toza
C) yo’lboshlovchi, yetakchi
D) sof, musaffo, dengiz
4. Chingizxon tuzgan kezik (keshik) kimlardan tashkil topgan edi?
A) 10 ming nafar oqsuyak xitoyliklardan
B) 10 ming nafar mo’g’ul zadogonlaridan
C) 10 ming nafar yapon jangchilaridan
D) 10 ming nafar turk azamatlaridan
5. Quyidagi voqealardan qaysi biri 1206 yilda sodir bo’lmagan?
A) Chingizxon uyg’urlarni bo’ysundirgan
B) Chingizxon ulug’ xon deb e’lon qilingan
C) Onon daryosi bo’yida qurultoy bo’lib o’tgan
D) Chingizxon naymanlarni bo’ysundirgan
6. 1207-1208 yillarda Chingizxon.
A) Xitoyga dastlabki yurishni amalga oshirgan
B) Dastlab Enasoy havzasi, so’ngra Yettisuvning shimoliy qismini zabt etdi
C) Xitoy poytaxti Szindi shahrini zabt etdi
D) Sharqiy Turkiston va Yettisuvni bosib oldi
7. Szindi shahri bu.
A) Yanchjou
B) Sian
C) Pekin
D) Seul
8. Chingizxon Xitoydagi qaysi sulolaga barham bergan edi?
A) Sun
B) Sin
C) Suy
D) Szin
9. 1218-1219 yillarda Chingizxon.
A) Xorazmshohlar elchisini qabul qildi
B) Katta qo’shin bilan Xorazmshohlar davlatiga yurish boshlagan
C) Xorazmga birinchi elchisini yubordi
D) Kuchluk davlatini qulatdi
10. Chingizxon Xitoyga bir necha marta qachon yurish qiladi?
A) 1206-1215-yillarda
B) 1215-1218-yillarda

C) 1225-1227-yillarda
D) 1211-1215-yillarda
11. 1215 yilda sodir bo‟lgan voqеalarni bеlgilang.
A) ikkita javob to’g’ri
B) Xorazmshoh o‟zining birinchi elchisini Chingizxon xuzuriga yubordi
C) Chingizxon Szin sulolasini taxtdan qulatdi
D) Chingizxon Pеkinni egalladi
12. 1216 yilda Xorazmshoh Chingizxon huzuriga kimni elchi qilib yuboradi?
A) Ibn Kafroj Bug‟ro
B) Badriddin Qozi
C) Mahmud Yalavoch
D) Bahouddin Roziy
13. 1218 yilda Xorazmshoh Mahmud Yalavochni qaysi shaharda qabul qiladi?
A) Gurganch
B) Buxoro
C) Samarqand
D) O‟tror
14. Chingizxon tomonidan 1218 yilda yuborilgan katta karvon qaysi shaharga qarab yo‟l olgan edi?
A) Buxoro
B) Xiva
C) Urganch
D) O‟tror
15. Chingizxon tomonidan 1218 yilda yuborilgan katta karvon kimlardan tashkil topgan edi?
A) 500 ta musulmon savdogari va 450 tuya mol
B) 450 ta musulmon savdogari va 500 tuya mol
C) 250 ta musulmon savdogari va 450 tuya mol
D) 450 ta musulmon savdogari va 450 tuya mol
16. Chingizxon tomonidan 1218 yilda yuborilgan katta karvon kim tomonidan talon taroj qilingan
edi?
A) O’tror hokimi Inolchiq
B) Samarqand noibi Usmon
C) Urganch amiri Xumortegin
D) Jand noibi Qutlug’xon
17. 1218-yilda Mahmud Yalavoch boshlik elchilarni Xorazmshoh qayerda kutib oladi?
A) Ko’hna Urganch
B) Buxoro
C) Samarqand
D) Urganch
18. O’tror hokimi Inolchiqning asl ismi kim bo’lgan edi?
A) Temur Malik
B) Qutlug’xon
C) G’oirxon
D) Xumortegin
19. Chingizxon 1218-yilda elchilarga boshlik qilib kimni yuboradi?
A) Qoracha Xojib
B) Badriddin Qozixon
C) Maxmud Yalavoch
D) Ibn Kafroj Bug‟ro
20. 1218 yildagi O’tror voqealardan keyin Chingizxon kimni Xorazmshohlar huzuriga elchi qilib
yuborgan edi?
A) Badriddin Qozixon
B) Qoracha Xojib

C) Badriddin Amid
D) Ibn Kafroj Bug’ro
21. XIII asr boshlaridagi Xorazmshohlar davlatiga berilgan ta’riflardan qay biri noto’g’ri?
A) Xorazmshohlar saltanati qo’shinlari soni Chingizxon harbiy kuchlaridan birmuncha kamroq edi
B) ayrim viloyat hokimlari nomigagina xorazmshohlarga bo’ysunar edi
C) Xorazmshohlar hokimiyati siyosiy jihatdan mustahkam emas edi
D) Xorazmshohlar qo’shining asosiy qismini qipchoq zadogonlari boshqarar edi
22. Sulton Muhammad tomonidan tashkil etilgan “Davlat Kengashi” kimlardan iborat edi?
A) 4 ta tajribali sarkarda
B) 3 ta harbiy qo’mondon
C) 6 ta bilimdon vakillar
D) 5 ta savdogar va vazirlar
23. Xorazmshoh Sulton Muhammadni volidasi kim edi?
A) Madina xotun
B) Malik xotun
C) Takina xotun
D) Turkon xotun

025-Chingizxon bosqini (30)
Testlar
1. Xorazmshoh Sulton Muhammad harbiy kengashda Chingizxon qo’shinlariga qarshi qanday chora
ko’rishga qaror qiladi?
A) har bir shahar o’zini-o’zi himoya qilishga qaratilgan mudofaa taktikasi
B) Urgach yaqinda mo’g’ul qo’shinlarini tor-mor qilish taktikasi
C) Samarqanddagi Qatvon dashtida mo’g’ullar qo’shini bilan jang qilish taktikasini
D) Sirdaryoning shimoliy qirg’og’iga qo’shinlari to’plab Chingizxon qo’shinlariga zarba berish
taktikasi
2. Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurish boshlagan sanani aniqlang.
A) 1218 yil bahor
B) 1220 yil qishida
C) 1219 yil bahor
D) 1219 yil kuzida
3. Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurishni boshlaganda qo‟shinining soni qancha edi?
A) 200 ming atrofida
B) 30 tuman jangchilaridan tashkil topgan qo’shin
C) 150 mingga yaqin
D) 250 mingga yaqin
4. Chingizxon o‟z qo‟shinlarini to‟rt qismga bo‟lganidan kеyin, qo‟shinning uchinchi bo‟lagiga kim
boshchilik qilgan edi?
A) Jo‟ji
B) Chingizxonning o‟zi
C) Oqtoy va Chig‟atoy
D) Aloqno‟yon va Sukatu Cho‟rbiy
5. Chingizxon o‟z qo‟shinlarini to‟rt qismga bo‟lganidan kеyin, qo‟shinning birinchi bo‟lagiga kim
boshchilik qilgan edi?
A) Oqtoy va Chig‟atoy
B) Jo‟ji
C) Chingizxonning o‟zi
D) Aloqno‟yon va Sukatu Cho‟rbiy
6. Chingizxon o‟z qo‟shinlarini to‟rt qismga bo‟lganidan kеyin, qo‟shinning ikkinchi bo‟lagiga kim
boshchilik qilgan edi?
A) Chingizxonning o‟zi
B) Jo‟ji
C) Oqtoy va Chig‟atoy
D) Aloqno‟yon va Sukatu Cho‟rbiy
7. Chingizxon qo’shinlari bo’lingandan keyin Jo’ji qaysi shaharlarni bosib olishga yuborilgan edi?
1.Banokat 2.Jand 3.Sig’noq 4.O’zgan 5.Yangikent 6.Xo’jand
A) 1, 3, 5, 6
B) 2, 3, 4, 5
C) 1, 3, 5
D) 2, 4, 6
8. Sirdaryo o’rta sohili bo‟ylab joylashgan shaharlarni aniqlang.
A) Jand, Buxoro
B) Xo‟jand, Binokat
C) Otror, Nishopur
D) Samarqand, Nur
9. Chingizxon o‟z qo‟shinlarini to‟rt qismga bo‟lganidan kеyin, qo‟shinning uchinchi bo‟lagiga
boshchilik qilgan Aloqno’yon va Sukatu Cho’rbiylar qaysi shaharlarni bosib olishga yuborilgan

edilar?
A) Jand, Buxoro
B) Otror, Nishopur
C) Samarqand, Nur
D) Xo‟jand, Banokat
10. Mo’g’ullar bosqini boshlanish arafasida O’trorga kim boshchiligidagi 10 ming kishilik qo’shin
kelib qo’shilgan edi?
A) Qoracha Hojib
B) Badriddin Amid
C) Shahobiddin Xivaqiy
D) Safiy Aqra’ Hojib
11. Mo’g’ullar bosqini boshlanish arafasida O’trorga Xorazmshoh tomonidan yuborilgan 50 minglik
qo’shin qanday nomlangan edi?
A) Lashkari mudofaa
B) Lashkari muhofaza
C) Lashkari berun
D) Lashkari madad
12. Manbalarga ko’ra O’tror qamali necha oy davom etgan?
A) bir oy
B) uch oy
C) yetti oy
D) besh oy
13. O’tror mudofaasining eng o’gir paytida kim o’z qo’shinlari bilan mo’g’ullarga taslim bo’lgan edi?
A) Safiy Aqra Hojib
B) Shamsiddin Hivaqiy
C) Badriddin Amid
D) Qoracha Hojib
14. O’tror hokimi Inolchiq qayerga olib borilib, qiynab o’ldirilgan edi?
A) Jand
B) Samarqand
C) Buxoro
D) Urganch
15. Chingizxondan shafqat so’rab borgan Buxoro qozisi kim edi?
A) Badriddin Buxoriy
B) Qoracha Hojib
C) Badriddin Qozixon
D) Shamsiddin Qozixon
16. 1220 yil 16 fevralda mo’g‟ullar qaysi shaharni egallaydilar?
A) Samarqand
B) O‟tror
C) Gurganch
D) Buxoro
17. 1220 yilning mart oyida Chingizxon o’z qo’shinlari bilan qaysi shaharga yetib keldi?
A) Jand
B) Samarqand
C) Buxoro
D) Urganch
18. Mo’g’ullar qo’shini Samarqandga qaysi darvozadan bostirib kirgan edilar?
A) Ohanin
B) So’zangaron
C) Namozgoh
D) Korizgoh

19. Qo‟rg‟oshin Nova qaysi shaharni suv bilan ta‟minlaydigan suv inshooti edi?
A) Gurganch
B) Buxoro
C) Samarqand
D) O‟tror
20. Xorazmshoh Sulton Muhammad umrining oxirini qayerda o‟tkazadi?
A) Hamadonda
B) Hirotda
C) Darbandda
D) Ashura orolida
21. Jand shahri mo’g‟ullar tomonidan egallangan sanani aniqlang.
A) 1220 yil may
B) 1220 yil mart
C) 1220 yil fevral
D) 1220 yil aprel
22. Mo’g’ullar bosqini davrida quyidagi qaysi shaharning qamali sakkiz kun davom etgan edi?
A) Samarqand
B) Buxoro
C) Sig’noq
D) Jand
23. Mo’g’ullar tomonidan vayron qilingan Banokat shahri keyinchalik qanday nom bilan qayta
tiklangan edi?
A) Toshkent
B) Bolasog’un
C) Shohruhiya
D) Xo’jand
24. Quyidagi qaysi shahar Sirdaryoning ikkiga ayrilgan joyida joylashgan edi?
A) Jand
B) Xo’jand
C) Banokat
D) Toshkent
25. Temur Malik Jo‟jiga qarshi jang qilib, qaytarib olgan shaharni aniqlang.
A) Xo‟jand
B) Banokat
C) O‟tror
D) Yangikent
26. Mo’g’ullarga qarshi qahramonona qarshilik ko’rsatgan Xo’jand noibi kim bo’lgan edi?
A) Temur Malik
B) Qutlug’xon
C) Shamsiddin Xivaqiy
D) Xumortegin
27. 1220 yil yozida mo’g’ullar qaysi hududni egalladilar?
A) Xuroson
B) Surxon vohasi
C) Naxshab
D) Farg’ona
28. Mo’g’ullar bosqini davrida quyidagi qaysi shahar 11 kunlik qamaldan keyin taslim bo’lan edi?
A) Samarqand
B) Termiz
C) Buxoro
D) Sig’noq
29. 1220 yilning kuzida mo’g’ullar qaysi shaharni egalladilar?

026-Xorazmshohlar davlatining halokati (18)
Testlar
1. Chingizxon qo’shinlari qachon Urganch shahriga yurish boshladi?
A) 1220 yilning boshida
B) 1221 yilning oxirida
C) 1220 yilning oxirida
D) 1221 yilning boshida
2. Jaloliddin Manguberdiga qarshi Urganchda fitna uyushtirgan shaxs kim edi?
A) Xumortegin
B) Oqshoh
C) Qutlug’xon
D) O’zloqshon
3. Mo’g‟ullar Xorazmshohlar davlatining qaysi shahrini egallashda juda ko‟p talofat beradilar?
A) Buxoro
B) Urganch
C) Samarqand
D) O‟tror
4. Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Oqshoh, O’zloqshoh va boshqalar Urganchni tark
etganlaridan keyin shahar mudofaasi kimning qo’lida qolgan edi?
A) Xumortegin
B) hech kimning
C) Qutlug’xon
D) Turkon xotun
5. Shayx Najmiddin Kubroning asl ismi qanday bo’lgan?
A) Yusuf Hamadoniy
B) Sulaymon Boqirg’oniy
C) Shahobiddin Xivaqiy
D) Ahmad ibn Umar Xivaqiy
6. Mo’g’ullar va Urganch shahri himoyachilari o’rtasidagi kurash qancha davom etgan edi?
A) to’rt oy
B) olti oy
C) yetti oy
D) besh oy
7. Jaloliddin Manguberdi mo’g’ullar bosqinidan ancha oldin qaysi hududlarga hokim etib
tayinlangan edi?
A) Eron, Armaniston va Gurjiston hududlariga
B) Iroqning sharqiy qismi va Ozarbayjonga
C) Hindistonning shimoli va Xurosonga
D) G’azna, Bomiyon va Hindiston hududlariga
8. Jaloliddinning mo’g’ul qo’shinlariga qarshi janglarda dastlabki yirik g’alabasi qaysi jang bo’lgan
edi?
A) Urganch yaqinidagi
B) Sind daryosi bo’yidagi
C) Valiyon qal’asi yaqinidagi
D) Hirot yaqinidagi
9. Jaloliddin Manguberdi qaysi jangda Shiki Xutuxu boshchiligidagi 45minglik qo’shinni yenggan
edi?
A) Bomiyon yaqinidagi jangda
B) Valiyon qal’asi yaqinidagi jangda
C) Parvon dashtidagi jangda

D) Qatvon dashtidagi jangda
10. Jaloliddin Manguberdi Parvon dashtidagi jangda jang tarixida birinchi bo’lib qanday jangavor
usul qo’llagan edi?
A) yuqoridagilardan barchasini
B) dushman otliqlariga qarshi ustiga o’t qo’yilgan tuyalarni yuborish uslubini
C) dushman suvoriylarini kamondan o’q otish bilan kutib olish uslubini
D) dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini
11. Sind (Hind) daryosi bo’yida Chingizxon va Jaloliddin qo’shinlari o’rtasida hal qiluvchi jang
qachon bo’lib o’tadi?
A) 1221 yil 15 avgustda
B) 1221 yil 25 sentabrda
C) 1222 yil 10 yanvarda
D) 1221 yil 25 noyabrda
12. Sulton Jaloliddin qaysi lashkarboshilari qo’shindan ajralib ketgandilar?
A) Sayfuddin Ag’roq, A’zam Malik, Muzaffar Maliklar
B) Muzaffar Malik, Temur Malik, A’zam Malik
C) Temur Malik, Sayfuddin Ag’roq, A’zam Malik
D) A’zam Malik, Sayfuddin Ag’roq, Temur Malik
13. 1231 yilda.
A) Botu Kiyev Rusi knyazliklar ustiga yurish boshladi
B) eng so’nggi Xorazmshohning hukmronligi tugadi
C) Buxoroda Mahmud Torobiy qo’zg’oloni bo’lib o’tdi
D) Ma’sudbek Chig’atoy ulusi noibi bo’ldi
14. Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi yurtimizda qaysi yil keng nishonlandi?
A) 1998 yilda
B) 2001 yilda
C) 1999 yilda
D) 2000 yilda
15. “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta‟sis qilingan sanani aniqlang.
A) 1998 yil 10 oktabrda
B) 1999 yil 18 yanvarda
C) 2000 yil 30 avgustda
D) 1999 yil 4 noyabrda
16. Mashhur Sultonband qaysi vohaning bosh to’g’oni edi?
A) Marv
B) Surxon
C) Zarafshon
D) Xorazm
17. Mo’g’ullar bosqinidan keyin qaysi shahar aholisini o’z ona shaharlarini tashlab chiqib
ketgandilar?
A) Samarqand
B) Hirot
C) Termiz
D) Buxoro
18. Mo’g’ullar bosqini davrida qaysi shahar suvga bostirilib, batamom vayron qilingan edi?
A) Banokat
B) Urganch
C) Samarqand
D) Buxoro

027-Chigatoy ulusining tashkil topishi (22)
Testlar
1. Chingizxon vafotidan keyin kim uning vorisi bo‟ldi?
A) Jo‟jixon
B) Tuluxon
C) O‟qtoy
D) Chig‟atoy
2. Chingizxon tomonidan shakllantirilgan uluslar hukmdorlari qanday nom bilan atalgan?
A) xon
B) qoon
C) noib
D) xoqon
3. Chingizxon vafotidan oldin o’z o’g’li Chig’atoyga qaysi hududlarni ulus qilib bergan edi?
A) Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrni
B) G’arbiy Mo’g’uliston va Tarbag’atoyni
C) Janubiy Sibir, Shimoliy Xorazm va Dashti Qipchoqni
D) Sharqiy Mo’g’uliston, Xitoy va Qirg’izlar yeri
4. Mo’g’ullar imperiyasining ulug’ xoqonining qarorgohi qaysi shahar edi?
A) Xo’jand
B) Pekin
C) Qoraqurum
D) Xonbaliq
5. Mo’g’ullar tomonidan 1236-40 yillarda qaysi davlat ishg’ol qilingan edi?
A) Eronni
B) Polshani
C) Iroqni
D) Rus davlatini
6. 1256 yilda yuz bеrgan voqеani aniqlang.
A) xalifalik tugatildi
B) ikkala javob to’g’ri
C) Mo’g‟ullar Eronni bosib olishdi
D) Xulagular davlati tashkil topdi
7. Xuloku abbosiylar sulolasiga xotima bergan yilni aniqlang.
A) 1268 yilda
B) 1259 yilda
C) 1256 yilda
D) 1258 yilda
8. Chig‟atoy ulusiga kirmagan hududni aniqlang.
A) Movaraunnahr
B) Еttisuv
C) Eron
D) Sharqiy Turkiston
9. Chig‟atoy ulusi tashkil topgan davrni aniqlang.
A) XIII asrning 40- yillari
B) XIII asrning 20- yillari
C) XIII asrning 50- yillari
D) XIII asrning 30- yillari
10. Chig‟atoyxonning ulusni boshqaradigan o‟rdasi qaysi daryo bo‟yida edi?
A) Amudaryo
B) Ural

C) Ili
D) Sirdaryo
11. Chig‟atoy ulusini boshqaruvini bеvosita qo‟liga olgan Mahmud Yalavoch o‟ziga qayеrni
qarorgoh qilib oladi?
A) Xo‟jand
B) Buxoro
C) Bеshbaliq
D) Samarqand
12. Mo’g‟ul tilida mahalliy hokim qanday yuritiladi?
A) tavochi
B) dorug‟a
C) bosqoq
D) tavg‟ach
13. Mo’g‟ullar davrida hunarmand va savdogarlardan qanday soliq undirilgan?
A) kalon
B) qopchur
C) targ‟u
D) shulen
14. Mo’g‟ullar davrida davlat xazinasi uchun olingan oziq-ovqat solig‟i qanday nomlangan?
A) qopchur
B) targ‟u
C) shulen
D) kalon
15. Mo’g‟ullar davrida kalon solig‟i hosilning nеcha qismidan olingan?
A) 1/8
B) 1/10
C) 1/5
D) 1/3
16. Mo’g’ullar davrida chorvadorlardan qanday soliq undirilgan?
A) shulen
B) kalon
C) qopchur
D) targ’u
17. Mahalliy amaldorlar tomonidan soliqlarni bir yo’la to’la to’lab yuborib, so’ngra aholidan yig’ib
olish tartibi qanday nomlangan?
A) tarxonlik tartibi
B) barot tartibi
C) suyurg’ol tartibi
D) yorliq tartibi
18. Mo’g’ullar davrida hunarmand va savdogarlardan olingan targ’u solig’i mahsulot yoki sotilgan
moldan qancha miqdorda olingan?
A) qirqdan bir
B) yigirmadan bir
C) o’ndan bir
D) o’ttizdan bir
19. 1238 yilda mo’g’ullarga qarshi qo’zg’olonga boshchilik qilgan Mahmud Torobiy kasbi nima
bo’lgan?
A) matolarga naqsh bosuvchi usta
B) tunukasoz usta
C) matolarga ohor beruvchi usta
D) g’alvir yasovchi usta
20. Mahmud Torobiyning eng yaqin safdoshini aniqlang.

A) Muhammad ibn Ali
B) Shamsiddin Mahbubiy
C) Ahmad ibn Umar Xivaqiy
D) Shahobiddin Xivaqiy
21. Mahmud Torobiy qo‟zg‟olon ko‟targan paytida, u o‟zini Buxoro va atrof viloyatlarining . si
dеb e’lon qiladi?
A) maligi
B) sultoni
C) podshosi
D) xalifasi
22. Movaraunnahrni boshqarishdan mahrum etilgan Mahmud Yalavoch O‟qtoy tomonidan
qayerning hokimi etib tayinlangan edi?
A) Pekin
B) Beshbaliq
C) Balx
D) Urganch