Press "Enter" to skip to content

Ona tili va adabiyoti fanidan diktantlar to’plami diktant

12.Bo’g’in ko’chirish qaysi so’zlarda noto’g’ri bajarilgan? A) si-ngil. B) tar-tib. D) ko’n-gil.

Imtihon o’yinlari – Uzbek Tilida

Kino tavsifi
Отличница и медалистка Линн переводится в дорогую престижную школу, где учится золотая молодежь, и сразу заводит дружбу с Грейс, которая не сильна в математике. Однажды Линн помогает лучшей подруге на экзамене, и вот уже выстраивается очередь из богатеньких старшеклассников, желающих платить за экзаменационные ответы. Поскольку отец Линн — обычный школьный учитель, и живут они небогато, девушка решает продавать свои мозги и придумывает хитрую систему передачи правильных ответов.

Roles of actors:
1) Chutimon Chuengcharoensukying (Lynn)
2) Eisaya Hosuwan (Grace)
3) Teeradon Supapunpinyo (Pat)
4) Chanon Santinatornkul (Bank)
5) Thaneth Warakulnukroh (Lynn’s Father)
6) Pasin Kuansataporn (Tong)
7) Ego Mikitas (Test Center Supervisor)
8) Sarinrat Thomas (Headmistress)
9) Sahajak Boonthanakit (Pat’s Father)
10) Kanjana Vinaipanid (Pat’s Mother)
11) Yuthapong Varanukrohchoke (Mr. Sophon)
13) Vittawin Veeravidhayanant (Pat’s friend)
14) Suwijak Mahatthanachotwanich (Pat’s friend)
15) Narwin Rathlertkarn (Pat’s friend)
16) Thanawat Sutat Na Ayutthaya (Pat’s friend)
17) Thanachart Phinyocheep (Pat’s friend)
18) Pichatorn Santinatornkul (STIC client)
19) Thanwalai Pornjirattikal (STIC client)
20) Natchanok Kamonrattananan (STIC client)
21) Thanyarat Naovaratpong (STIC client)
22) Theerasak Udomsub (STIC client)
23) Sivapee Mapaisalkij (STIC client)
24) Bundit Saejiw (STIC client)
25) Kobrsak Noomnoi (Teen Genius host)
26) Uraiwan Puvichitsutin (Bank’s Mother)
27) Somchai Ruedikunrangsi (Bank’s Father)
29) Panot Sukhjitr (Hoodlum)
30) Boonyarich Baijiam (Hoodlum)
31) David Gray (Facetime father)
32) Laluna Nitze (Facetime daughter)
33) Rod Mabin (Australian News Anchor)
34) David Bloom (STIC officer)
35) Neil Hayes (STIC officer)
37) Amie Cicciarello (STIC officer)
38) Valerie Bentson (STIC officer)
39) Taffy Marufu (STIC Invigilator)
40) Markus Waldow (Test centre supervisor’s assistant)
41) Arisa Hansura (Embassy consul)
42) Napha Sinxayvoravong (STIC Thai student)
43) Arisa Ogata (STIC Thai student)
44) Suttida Wongpramoth (STIC Thai student)
45) Connor Malanos (Busker)
46) Salaithip Charubhumi (University professor)
47) Heather Prowse (Old lady at the station)
48) Benjamin Nitze (Confession officer)
49) Valentin Velkov (Confession officer)
50) Suquan Bulakul (News Anchor (voice))

People who worked on the film:
1) Traithep Wongpaiboon (Sound Designer)
2) Vanridee Pongsittisak (Producer)
3) Paiboon Damrongchaitham (Executive Producer)
4) Jina Osothsilp (Executive Producer)
5) Chonlasit Upanigkit (Editor)
6) Jira Maligool (Producer)
7) Vichaya Vatanasapt (Music)
8) Nattawut Poonpiriya (Screenplay)
9) Nattawut Poonpiriya (Director)
10) Suwimon Techasupinan (Producer)
11) Weerachai Yaikwawong (Producer)
12) Chenchonnee Soonthornsaratul (Producer)
13) Tanida Hantaweewatana (Screenplay)
14) Vasudhorn Piyaromna (Screenplay)
15) Boosaba Daorueng (Executive Producer)
16) Phaklao Jiraungkoonkun (Director of Photography)
17) Pawaret Wongaram (Costume Design)
18) Patchara Lertkai (Production Design)

Ona tili va adabiyoti fanidan diktantlar to’plami diktant

Ikki oshna yoshlikdan birga o’sdilar. Davr kelib ikkalasi ham o’z baxtini izlab yo’lga chiqsalar, ikki yo’l uchraydi. Biri bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga yo’l oladilar. Ulardan biri shaharma-shahar yurib ilm-u hunar orttiradi. Ikkinchisi, borgan shahrida podshoh saylash uchun uchirilgan semurg’ qush tasodifan uning boshiga qo’nib, shu shaharga shoh bo’lib qoldi. Yillar o’tib, do’sti shu shaharga keladi. Har yerga qo’yilgan shahar shohining rasmiga ko’zi tusha-di. Do’stining iqbolidan shodlanib, uni ko’rishga oshiqdi. Podshoh saroyiga borib uning huzuriga kirdi. Podshoh uni tanib, tanimaslikka oldi. U kuyunib, yonib «Axir men sening do’sting falonchiman-ku!» deb o’zini tanitdi. Podshoh esa: «Xo’sh, mendan nima istaysan», dedi. Do’sti esa «Sendan hech qanday iltimosim yo’q. Shahringga kelsam, xalq orasida podshohning ko’zlari ojiz bo’lib qolibdi, degan xunuk xabarni eshitdim. Shuning uchun do’stimning holidan xabar olay deb huzuringga kelgan edim», debdi-yu, yo’liga qaytibdi.

(133 so ‘z. «Saodatnoma»)

Go’zallik ta’rifi

Go’zallik deganda, ko’z oldimga birinchi bo’lib gul tasviri keladi. Balki gul go’zallik ramzidir. Go’zallikni his qilmay turib, u haqida gapirish go’yoki gulni ko’rmasdan uni tavsiflashga o’xshaydi. Go’zallik hech qanday qolipga sig’maydi. U o’z nomi bilan go’zallik. U haqida gapirganda uzoq yo’lga otlanish oldidan kerakli buyumlarini chamadonga solayotgan sayyohni eslayman. Sayyoh barcha kerakli narsalarai chamadonga joylab, uni arang berkitadi, kerakli nimasidir esiga tushib, yana ming azobda ochib yopadi, yana kerakli narsalar chiqaveradi-chiqaveradi. qoldirib ketishga ko’zi qiymaydi.

Insonda ichki go’zallik muhim deyishadi. Lekin sonlar xotirasida siz birinchi taassurotni chehrangiz bilan qoldirasiz. Qalbi go’zal insonlarning yuzi ham go’zal bo’ladi, deydiganlar yuz foiz haq. Chunki qalbdagi yuzlardan va nigohlardan taraladi. Go’zallik nafi yuzdan, so’zdan va amaldan, balki o’zingiz yashaydi maskandan ham ufurib turishi lozim. Inson xulq-atvorining atrofini go’zallashtirgani sari o’zi ham go’zallashib boradi.

(134 so ‘z. D. Abdusattorova “Ezgulik”)

Kamtarlik – inson qiyofasini bezovchi bebaho fazilatlardan biri. Haqiqiy kamtarlik, insonparvarlik, odamiylik kabi xislatlar bilan uzviy bog’liqdir. Kamtar odam o’zini hech qachon mehnatkash xalqdan ustun qo’ymaydi. Xalq bilan doimo bir tan, bir jon bo’lib yashaydi. Oilada, turmushda, yurish-turishda, kiyinishda oddiy odamlarga nisbatan samimiy munosabatda bo’ladilar.

«Kamtar kam bo’lmas», «Kamtarga kamol», – deydi dono xalqimiz. Isbot talab qilmaydigan bu haqiqat ming yilliklarning sinovidan o’tib kelmoqda. Shu bois, kuyunchak birodarlarimiz o’z yaqin qadrdonlariga doimo kamtar bo’l, kamsuqum bo’l, kam bo’lmaysan deb nasihat qiladilar. Chinakam kamtar, chinakam kamsuqum kishilardan har qanday buyuklikni, har qanday fidoyilikni kutish mumkin. Chunki, undaylar ota-ona-yu do’st – birodarlarga samimiy mehr-muhabbat ko’rsatishni, ko’zlagan maqsad sari sabr bardosh bilan intilishni o’z hayotlarining mazmun-mohiyati deb biladilar.

(116so’z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”)

Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o’qiydi. Bu kitobni o’qiganda u o’zini ajoyib bir bog’ ichida yurgandek his qiladi. Bugun ham uning ko’z o’ngida bahaybat semurg’ qushining Xitoy ustida parvoz qilib yurgani gavdalandi. Semurg’ qanotidan bir pat yerga tishib, butun mamlakatni nurga g’arq qilib yubordi. Nurga cho’mgan bir vodiyda kengash qurib o’tirgan to’ti, hudhud, qumri, tovus, bulbul, lochin va boshqa parrandalar Semurg’ qushini o’zlariga boshliq qilib olishga qaror qilib, uni topib keltirish uchun parvoz qildilar. Biroq yo’lda qushlarning ba’zilari charchab, izlariga qaytmoqchi bo’ladi. Ularga boshchilik qilgan hudhud ajoyib hikoyalarni aytib, yarim yo’ldan qaytish yaramasligini tushuntiradi: Qushlar uning gapini ma’qul ko’rib, yana parvoz qiladilar. Parrandalardan faqat o’ttiztasi bir manzilga borib yetadi. Semurg’ qush bunda ham topolmaydilar. Nihoyat, ular Semurg’ o’zlari ekanini, tojikcha «simurg’» o’ttiz qush demak ekanini anglaydilar. Charchamay-hormay bir maqsadga intilish ularni semurg’ darajasiga ko’targan.

(137so’z. Mirkarim O.

KEKSALIK – DONOLIK

Haqiqatan ham, keksalar juda dono bo’lishadi. Chunki ular o’z umrlari davomida ko’p narsalarni ko’rib-bilib, kerakli xulosalar chiqaradilar. Xalqimiz keksalarni e’zozlab: «Qarisi bor uyning – parisi bor» yoki «Qari bilganni – pari bilmas» maqollarini yaratgan. Bu maqollarda chuqur ma’no bor: qariyalar bor uy fayzli bo’ladi, chunki ular yoshlarga yo’l-yo’riq ko’rsatib, to’g’ri yo’lga boshlaydilar. Ularning ibratlari va nasihatlariga amal qilsangiz xonadoningiz nurga to’ladi.

Otaxon shoirimiz Quddus Muhammadiy «Aziz bobom» she’rida qariyalarni:

Bir aziz bobom bor dunyoda tanho,

Xushtabiat, xushqomat, muloyim, dono,

Ko’nglining kengligi yer, kurra, osmon.

Ko’zlari nuroniy oynayi jahon,

deb maqtaganlar. Inson hayoti bamisoli aylanguvchi charxpalakka o’xshaydi. U – bugun bola, so’ngra ulg’ayib ota-ona, keyin esa bobo, buvi bo’ladi. Buvilik, bobolik baxtiga muyassar bo’lganlar farzand va nabiralarini mehr-muhabbat bilan tarbiyalab, voyaga yetkazadilar.

Shuning uchun ham biz keksalarni doim e’zozlashimiz lozim. Prezidentimiz 2015-yilni «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilganlari bejiz emas.

NAVRO ` Z

Navro’z — quyosh yil hisobida yilning birinchi kuni O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalq larning qadimiy, an’anaviy bayrami. Bahor gi teng kunlikka, ya’ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to’g’ri keladi. Xivada «Nav ro’z» bayrami shodiyonasi ni boshlash bayrami ham hisoblanadi. Navro`z bayramida ommaviy xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan ko’katlardan tansiq taomlar pishirilgan, ba’zi ekinlarni ekish boshlangan. Dastlab, Navro`z bayramini o’tkazish o’troq dehqon larda rasm bo’lgan, keyinchalik ular orqali yarim o’troq va ko’chmanchi tur kiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan. Asrlar utishi bilan turli xalq larda Navro`z bayramini o’tkazish marosim lari ularning turmush tarziga, maf kurasiga moslashgan.

Tarixiy manbalarga ko’ra, Navro`zni bay ram qilish ahamoniylar davridan bosh langan va O’rta Osiyo, Eron, Afg’onis ton xalqlarida eng katta bayramlar dan biri hisoblangan. Bu o’lkalarga islom dini kiritilganidan keyin Navro`z bayrami man qilingan, ammo xalq o’z sevgan bayramini nishonlashda davom etgan. O’rta Osiyo va Eron xalklari arab xalifaligi hukmronligidan qutulgan davrdan boshlab, Navro`z bayrami ni o’tkazish yana rasmiy tus olgan.

Nonning nomi ulug‘, nomidan ham o‘zi ulug‘. Bolaga ins-jins ziyon yetkazmasin deb, ona o‘z go‘dagi yostig‘i ostiga non qo‘ygan. Ota o‘g‘lini o‘zga yurtga safarga otlantirib, oq fotiha berarkan, «balo-qazolardan saqlaydi» degan ma’noda farzandining qo‘liga non tutqazgan.

Yo‘lga chiqqan bahodirga ota-onasi yoki suyuklisi non tishlatgan. Toki non-nasiba tortib, u uyga sog‘-salomat, beshikast qaytsin. Xastani, keksalarni ko‘rish, ustozni ziyorat qilish, hol-ahvol so‘rash uyiga non tugib borishdan boshlangan.
(«Oltin sandiq ochildi» kitobidan).

Ikki tomoni shinam uylardan iborat ko’chadan o’tib bormoqdasiz. Har bir xonadon atrofi supurilgan, suv sepilgan. Ariqchadan suv oqib turibdi. Kimdir uyning ko’cha tomoniga tok ekib, so’ri qilingan. Boshqalar esa mevali daraxt ekkan. Kichik-kichik pollarga oshko’k sepilgan. Pomidor, baqlajon, bolgar garmdorisi o’sib yotibdi. Yana bir xonadon esa o’z hududiga zich qilib terak ekib tashlagan. Shu serfayz ko’chaning gavjumroq joyida “. mahalla idorasi” degan yozuvga ko’zingiz tushadi.

Mahalla haqida X asrda yashab o ‘ tgan buxorolik tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida ma’lumot ilk bor uchraydi. Hozir esa “mahalla” so’zini kunda bir necha bor eshitamiz va tilga olamiz. Buning sababi ko’pchiligimiz mahallada istiqomat qilamiz hamda uning ishida qatnashib turamiz.

Mahalla – asosan O’zbekistonga xos nodir hodisa. Mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi umumiy qoidalar va an’analar bilan bog’langan.

E’tibor bergan bo’lsangiz, mahallalarda ko’pincha katta ko’cha bir tomonning ma’lum qismini va uni oralab ketgan ko’chalar, torko’chalar, berk ko’chalarni qamrab oladi. Mahallalar qanday tarkib topgan? Mahallalar odatda, asrlar davomida kasb-hunar yoki milliy belgilar asosida vujudga kelgan. Hozir biz Qoshiqchi, O’qchi, Degrezlik kabi mahallalar nomini eshitib qolamiz. Demak bu mahallalardan, qosliiq, o’q yasovchi, qozon quyuvchi ustalar yashagan. Ayrim mahallalar o’sha joyning relyefidan yoki boshqa belgilaridan kelib chiqib nomlangan. Ganchtepa, Shahidontepa, Chuqurqishloq, Balandmachit, Qatortol singari nomlar shu tarzda kelib chiqqan. Hozirgi paytda mahallalar aholi bilan ishlaydigan g’oyat muhim organga aylangan. Unga maxsus qonun bilan o’zini-o’zi boshqarish huquqi berilgan. Binobarin, mahallaning, unda istiqomat qiluvchi aholining barcha muammolari o’sha yerning o’zida hal etiladi.

BOZOR VA FAROVONLIK

Qaysi yurtning tuprog’i hosildor, iqlimi yaxshi, eng asosiysi odamlari mehnatkash bo’lsa, o’sha yerda to’kin-sochinlik, farovonlik va fayz-baraka bo’ladi.

Qadimdan qolgan bir naql bor: «Yurtning farovonligini, elning kayfiyatini bilishni istasang, bozorga bor».

Yoz va kuzning serbaraka hosili bozorlarimizni to’ldirib, elimiz dasturxonini noz-ne’matlar bilan bezamoqda. Sharqona bozorlarimizni tomosha qilgan sayyohlar uning turli-tuman, shirindan shakar meva-chevalarga boyligini ko’rib, yurtimizga havas qilishmoqda.

O’zbekistonning barcha shahar va tumanlarida qadimiy, ko’hna bozorlar qayta ta’mirlanmoqda hamda yangi, ko’rkam zamonaviy bozorlar barpo etilmoqda.

Sotiladigan mahsulot turiga ko’ra bozorlarning dehqon bozori, yoyma bozor, qurilish mahsulotlari bozori kabi turlari bor.

Ota-bobolarimiz sotuvchi va xaridor o’rtasidagi muomala odobiga alohida e’tibor berganlar. Bu borada Yusuf Xos Hojib bobomiz: «Savdoda kimki rostgo’y, fe’li to’g’ri bo’lsa, zarur bo’lganda unga mol topilmay qolmaydi», – deya nasihat qilganlar. Kaykovus bobomiz esa «Qobusnoma» kitobida: «Ey, o’g’lim, bozorda narsa sotmoqchi bo’lsang, oz foydaga qanoat qil, xaridorlarni o’zingdan uzoqlashtirma, molingning narxini oshirma. Xalq sening oldingga bir narsani olish yoki sotmoq uchun kelsa, shunday xushmuomala, shirinso’z bo’lginki, ular o’z mollariga qimmat narx qo’yishdan sharm qilsinlar. Hamisha to’g’ri so’zla, baxil bo’lma, kambag’allarga ehson qil», – deganlar.

Xalq orasida bozor haqida qadim-qadimdan turli naqllar to’qilgan: «Bozorda – boriga baraka», «Bozorga borib, baxtingni sina». Husayn Voiz Koshifiy bozorga borganda quyidagi yetti qoidaga rioya qilish zarurligini ta’kidlaganlar:

1. Hech kimni yelkang bilan turtma.

2. Kishilarning orqasidan tikilib qarama.

3. Og’zingni ochib anqayib yurma.

4. Birovni uzoqdan baland ovoz bilan chaqirma.

5. Ishing bo’lmasa, peshtaxta oldida turma.

6. Xarid qilmaydigan bo’lsang, molning narxini so’rama.

7. Zaruriyat bo’lmasa, oldi-sotdiga aralashma.

Shunday ekan, bozorda turli qo’pol so’zlarni ishlatib, xaridor haqiga xiyonat qilib, tarozidan urib qolish, nopok yo’l tutib, pul qaytimini to’g’ri bermaslik kabi yaramas odatlardan saqlanish lozim.

BOLALIK – BEG`UBORLIK

Bolalik! Naqadar beg’ubor, sershovqin, qiziquvchanlig-u soddadillikka to’la umr fasli bu. Bolalikni bahor fasliga o’xshatadilar. Haqiqatan ham bolalik o’zining barcha xislatlari bilan bahorni eslatadi. Siz, aziz bolajonlar, hozir umringizning eng go’zal, shirin, beg’ubor faslida yashamoqdasiz. Siz atrofingizda bo’layotgan barcha narsalarni kuzatib ulgurishga, uni tushunishga, o’rganishga, taqlid qilishga intilasiz. Sizning zavqlanishingiz ham, ranjishingiz ham juda oson. Biror narsadan xafa bo’lsangiz bormi, tezda ko’zingizga marjondek yosh keladi. Agar ko’nglingizni ko’tarib, tasalli berilsa, yana quyoshdek charaqlab ketasiz. Mana shu xislatlaringiz xuddi bahor havosini eslatadi.

Bolalikni bahorga o’xshatilishining yana boshqa sabablari ham bor. Ya’ni kuzda ko’tariladigan xirmon bahorda sepilgan urug’ga bog’liq bo’lgani kabi, sizning qanday insonlar bo’lib yetishishingiz, albatta, bolalikda nimalarni o’rganishingiz, qanday odatlarga ega bo’lishingiz, odob-axloqni qay yo’sinda egallashingizga bog’liqdir. Mana shuning uchun ham sizning eng birinchi vazifangiz ota-onangizning, el-yurtingizning odobli farzandi bo’lishdir.

«Bola aziz, odobi undan aziz», – deydi dono xalqimiz. Bolalikdan boshlab shirinso’z, atrofdagi kishilarga nisbatan mehr-shafqatli bo’lish, rostgo’ylikka intilish, o’jarlik qilmaslik kabi odatlarga o’rganib borish lozimdir.

Bolalik orzularga to’la davr: bolalar «Katta bo’lsam baland binolar quraman», «Uchuvchi, kosmonavt, san’atkor, yozuvchi bo’laman», «Hammaga yaxshilik qilishni istayman» deb orzu qiladilar.

Maktabki jon, ilm-u havo-yu odob erur . . .

Maktab, bolalik, o’quvchilik onlari . . . Bular qanday totli, ma’noli, yoqimli va unutilmas kunlar . . . Har qanday buyuk yoki mashhur kishilarga: “O’quvchilik davringiz haqida gapirib bering”, – desak, albatta, ularning lablarida tabassum ko’ramiz. Chunki har bir inson o’quvchilik davrini ana shunday bir zavq bilan esga oladi. Bizning quvonchimiz, Shodligimiz, bilimimiz poydevori – shu maktab!

Chingiz Aytmatov aytganlaridek, unga beparvolik bilan qarab bo’lmaydi. Bizni o’qishga, yozishga, hisoblashga, . . . kelajakda qanday yo’lni tanlashga o’rgatadigan – shu maktab.

Biz fidoyi ustozlarimiz Latifa opa, Saodat opalarni bir umr tabarruk va ardoqli insonlar deb bilamiz. Ustoz borki, ularning har biridan qarzdormiz.

Chunki ustoz bilim chashmalari ko’zini ochadi, navqiron tadbirlar yo’nalishlarini belgilaydi. Ilm so’qmoqlari behadligi sababli ularga yo’l boshlaydi.

Ularning barchasi cheksiz ehtirom va hurmatga sazovordirlar. (114 so’z)

She’riyatmiz malikasi

Zulfiya opa deganda, daf’atan ko’z oldimizda turfa chechaklar bilan ziynatlangan bir chamanzor namoyon bo’ladi . Zulfiya opa qahramon, ulkan jamoat arbobi , murabbiy va muharridir. Shoira o’z suhbatlarida, maqolalarida o’zlarini g’oyatda kamtar tutib, kam ijod qilganliklarini chiroyli bir nadomat bilan aytib turadilar .

Mamlakatimizning eng nomdor adiblari Zulfiya opaga she’r bag’ishlaganlar yoki asarlarida opaning nomlarini ko’p bora ehtirom bilan zikr etganlar. Ular qatorida Nikolay Tixonov, Mirzo Tursunzoda, Chingiz Aytmatov , Rasul Hamzatov, Mustay Karim kabi siymolarning nomlarini keltirish mumkin. Adabiy davralarda Zulfiya opaga juda katta mehr bilan boqib, u kishini “ she’riyatimiz malikasi “ deb atab keladilar . Opaning hayot jasorati esa qalamkashlar uchun go’zal va afsonaviy mavzu bo’lib kelayotir .

Xalqimiz hayoti sadoqat va vafo bilan yo’g’rilgan farzandini, albatta, ardoqlaydi .

(110 so’z ) ( A.Oripov)

Sakkizinchi mo’jiza

Tasavvur qiling : siz tasviriy san’at muzeyiga kirdingiz . Polotnolardagi ranglarni, odamlarning qiyofasini ko’zingiz bilan ko’rib, hayajonga tushasiz. Tasavvur qiling : siz musiqa tinglayapsiz . Cholg’u ohanglari , xonandaning ovozini qulog’ingiz bilan eshitib , hayajonga tushasiz …

Deylik, konsertga tushdingiz. Sozanda soz chalyapti, xonanda qo’shiq aytyapti. Raqqosa raqs tushyapti. Siz tomoshani ko’zingiz bilan ko’rib, qulog’ingiz bilan tinglab zavqlanasiz. Endi, Tasavvur qiling : siz kitob o’qiyapsiz. Oq qog’ozda qora chizig’lar- harflardan bo’lak hech nima yo’q . Rang ham, ovoz ham, raqqosaning harakatlari ham … Ammo asarni o’qishga kirishishingiz bilan ko’z o’ngingizda rangin manzaralar paydo bo’ladi. Qulog’ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. Kitobdagi odamlarning qismatiga sherik bo’lib, o’zingiz bilmagan holda beixtiyor larzaga tushasiz … Hech shubhasiz, badiiy adabiyot – dunyodagi sakkizinchi mo’jiza !

( 108 so’z) ( O’.Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “ )

5-sinf .Ona tili. Diktantlar matni. DIMIlar uchun.

Gimnastika-jismonan kamol topishga,salomatlikni mustahkamlashga har tomonlama yordam beradigan maxsus jismoniy mashqlar tizimi. Gimnastika bilan muntazam shug’ullanganda yurak-tomir va nafas sistemalari faoliyati yaxshilanadi, tayanch –harakat apparati mustahkamlanadi,moddalar almashinuvi kuchayadi,turli jismoniy yuklamalarga moslashuv takomillashadi. Gimnastika jismoniy jihatdan har tomonlama o’sishga yordam beradi,gavdani to’g’ri shakllantiradi,qo’l,yelka kamari,qorin mushaklarini mustahkamlaydi,epchil,harakatchan bo’lishiga yordam beradi. Gimnastika jismoniy tarbiya tizimida keng qo’llaniladi.

Gimnastika mashg’ulotlarini shifokor maslahatisiz boshlab bo’lmaydi.Gimnastika mashg’ulotlari paytida shifokor nazoratidan muntazam o’tib turishi zarur.Bolalar va keksalar uchun uning ahamiyati ayniqsa katta.

Gimnastika mashg’ulotlari go’dak va maktabgacha yoshdagi bolalarni o’z vaqtida jismoniy va ruhiy jihatdan kamol toptirishning,to’g’ri tarbiyalashning muhim omillaridan biridir,bu mashqlar bolaning umumiy ratsional kundalik rejimiga kiritish lozim . (117 so’z)

Maktabimiz biqinida ariq oqardi . Ariqda charxpalak bor edi. Katta tanaffusda charxpalakni tomosha qilishni yaxshi ko’rardim… Yog’och gardishi ko’hna, temir paqirchalari zanglab ketgan . Parraklariga ko’kimtir suv o’tlari yopishgan … Birov yolg’ondan turtib yuborsa, rostdan qulab ketadigandek … Charxpalak nolali g’iyqillab aylanadi. Kaftida suv ko’tarib, yuqoriga olib chiqadi… Tepaga chiqib olgan suv ortiga qaytmaydi … Charxpalak ham bunga ranjimaydi. Yangidan yangi suv tomchilarini yuqoriga ko’tarib beraveradi …

Oradan ko’p yillar o’tib, o’sha charxpalak tushlarimga kiradigan bo’ldi. Nega shunday bo’lganini uzoq o’yladim …

So’ng … Bir haqiqatni angladim. Men charxpalakni emas, ustozlarimni qo’msar ekanman.

Suv – suv emas, men ekanman ! Charxpalak – charxpalak emas, o’qituvchilarim ekan !

Meni katta hayot yo’liga olib chiqib qo’ygan ustozlarim zahmatini oqlay oldimmikan ?

(108 so’z ) ( O’.Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “ )

Xalqimizning ajib udumlari bor.

Beshikda yotgan chaqaloqning yostig’i tagiga bir burda non qo’yib qo’yadilar.

Bola yo’lga kirsa, oyog’i orasidan kulcha dumalatib, nishonlaydilar.

Buvilarimiz sovchilikka non tugib boradilar.

Ikki yosh taqdiri qo’shilganining ramzi sifatida non ushatiladi .

Olis va xatarli safarga ketayotgan odamning nasibasi uzilmasin deb, non tishlatib qoladilar.

Chavandoz ko’pkari to’dasiga kirayotib, beliga non tugib oladi.

Dasturxonga eng avval non qo’yiladi .

Ota – bobolarimiz farzandlariga : “ Ko’chada yotgan non bo’lagini ko’rsang, ko’zingga surtib, pokiza joyga olib qo’y” ,-deb o’git beradilar.

“ Nondek aziz bo’l “, degan duo eng ulug’ olqish sanaladi.

Bu udumlar Alloh tomonidan insonga berilgan ne’matni qadrlash, uvoldan qo’rqish, farzandlariga halol luqma yedirish uchun odat tusiga kiritilgan…

Nonni iymon darajasiga ko’targan xalqqa ta’zim qiling!

(110 so’z ) ( O’.Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “ )

Qadimiy “Osiyo” so’zi “Sharq” degan ma’noni anglatadi. Bu qit’a Yevroosiyo materigining tarkibidadir. Osiyo bilan Yevropa o’rtasidagi chegara Ural tog’lari, bo’ylab o’tadi.

Osiyoda aholi shunchalik ko’pki, yer yuzidagi har ikki kishining birini osiyolik desa bo’ladi. Osiyo butun yer yuzidagi quruqlikning uchdan bir qismini egallaydi. Osiyo maydonining to’rtdan uch qismi tog’lar va yassi tog’liklardir.

Osiyo markaziy qismida Tibet yassi tog’ligi joylashgan. U yuqoriga ko’tarilgan kosaga o’xshaydi, janubiy chekkasidagi Yerdagi eng baland tog’lar – Himolay tog’lari qad ko’targan.

Osiyoning eng janubiy nuqtasi yer sharini ikki yarim shar – shimoliy va janubiy yarim sharlarga ajratib turuvchi hayoliy chiziq o’tadigan joy – ekvator yaqinida. Osiyoning eng shimoliy nuqtasi Shimoliy Muz okeani qirg’og’ida.

Osiyoning shimolida yil bo’yi qor saqlanib turadi, qorbo’ron va izg’irin, sovuq shamollar esadi. Qutb yog’dusi tovlanadi. Bu yerlar tundra deb ataladi.

Tilni bilgan elni biladi

Nutq eng katta boylikdir. Inson nutqi, gapira olishi bilan ulug’dir. Barcha asrlarda xalqlarni bir-biriga bog’laydigan, yaqinlashtiradigan asosiy vosita til bo’lgan. Ayrim tillar hatto xalqlar o’rtasida ko’prik vazifasini o’tagan. Shuning uchun “Til bilgan – el biladi” deydilar.

Hikoya qilishlaricha, kunlardan bir kun ulug’ vazir va shoir Alisher Navoiy Samarqand shahrida bir-biri bilan tortishib savdo qilayotgan ikki insonga duch kelib qolibdi. Ular bir-biriga baqirar,biri “se” desa, ikkinchisi “uch” derdi. Atrofdagi odamlar esa “Narxini tushirma” deb, ularni yanada urushtirar edi. Navoiy ularning oldiga yaqin keldi va har ikkoviga o’z tilida gapirib tushuntirdi. “Ey, odamlar ! Axir ikkovingiz ham bir xil narxni aytyapsiz-ku. Tojik tilidagi “se” o’zbek tilidagi “uch” degani-ku!”. Barcha odamlar xaxolab kulib yuborishibdi. Shuning uchun odamlar hamisha bir-birini tushunishi, ahil va inoq yashashi uchun bir-birlarining tillarini o’rganishga harakat qilib keladilar. Boshqa tillarni bilish har bir bilimli kishining ko’rkidir.

(140 so’z. “Oz-oz o’rganib dono bo’lur”)

O’sha paytlar juda yosh bola edim. Ko’zimda o’t chaqnab turardi. O’yindan boshqa tashvishim yo’q edi. Ba’zi narsalarga aqlim ham yetardi. Bir kuni onam chaqirib qoldi. Qo’llarida nimadir bor edi. Qand bo’lsa kerak. Yo’q. Boshqa narsa ekan. Borganimdan so’ng uni belimga bog’lab qo’ydilar. Onamdan buni nima ekanligini so’radim. – Bu belbog’ seniki. Otangda ham bor, bobongda ham bor, uning bobosida ham bo’lgan. Baxting shunda, belbog’ingni yecha ko’rma! – dedilar onam. Shu-shu bu belbog’ menga aziz bo’lib qoldi. Uni hech kimga ishonmadim. Chang-dog’ tegmasin deb asradim. Iplari so’kilmasin, deb juda juda hushyor bo’ldim. Yoshim ulg’aygan sari uni ham yaxshi ko’raverdim. Birovga berishni xayolimga ham keltirmadim. Endi u orim, nomusim, g’ururimga aylangandi. Unda otamning qo’llari, onamning nurli siymosi, yaqinlarimning tafti bor. Ajdodlarimining bo’ylari bor unda. Shukur, belbog’im – orim, faxrim, bor-budim o’zimda. Belbog’imdagi “Vatan” degan yozuvni ko’zlarimga surtaman.

(133 so’z. Behzod Fazliddin, “Hikoyalar”)

Bo’ston qishlog’ida og’ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to’ldi. Qishloqni halqaday o’rab oqayotgan anhor birdan tiniqlashdi. Telba to’lqinlar endi jilovlanib, yuvosh tortib qoldi.

Odamlar qishdan cho’chiganday, shosha-pisha harakatga tushdilar. Kimdir chorbog’idan o’tin arraladi, kimdir qo’shnisining bog’ ishlariga hasharga chiqdi.

Hamma yagona bir tashvish – kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan yotadigan bo’ldi.

Faqat bitta hovlida – qishloq chekkasidagi shundoqqina anhor yoqasida joylashgan hovlida sukunat hukm surar, faqat bir kishi o’z tashvishi bilan band edi.

Alimardon oz’ ovozidan cho’chib uyg’onib ketdi. Anchagacha qayerda yotganini bilolmay, ko’zlarini katta-katta ochgancha shiftga tikilib qoldi. A’zoyi badani o’t bo’lib yonar, peshonasini muzday ter bosgan, bir tutam sochi ter aralash qoshlariga yopishib qolgan edi.

(116 so’z. O’tkir Hoshimov)

Karvonsaroy

Xuroson mamlakati poytaxtiga aylangan G’azna shahriga kirish darvozasi yonida bunyod etilgan karvonsaroyda dunyoning hamma chekkalaridan savdo-sotiq ishlari bilan kelgan turli millat, qavm, elatlarga mansub savdo ahliga yo’liqasiz. Nariyog’i Iroq, Misr Yunoniston, Makka-yu Madinadan, berirog’i Qoshg’ar, Hindiston va Chindan, Buxoro, Samarqand singari mamlakat va shaharlardan kelganlarining son-sanog’i yo’qdek. Kashmiriy zarbof shohilar, turli qimmatbaho zargarlik buyumlari, nodir xitoyi chinni asboblar, don-dun, meva-cheva deysizmi, hamma-hammasi bor bunda. Bir tomondan turli gazlama, uy-ro’z’gor buyumlari ortilgan aravalar, tuyalar, ot-ulovlar tirband. Odamlar chehrasiga boqib, kelgan yurtini bilib olish qiyin emas.

Ayniqsa, Hindistondan keltirilgan mollar, turli, rangorang shohi sarilar yoki zargarlik buyumlari behisob.

Savdo ahlining G’aznaga oqib kelishiga tag’in bir sabab, bunda kundan-kun rivoj topib, keengayib borayotgan G’aznaviylar salatanati dovrug’i bo’ldi.

7 sinf ona tili imtihon diktant 2022

Joriy yilda oʻrta taʼlim muassasalarida boʻlib, oʻtadigan imtihonlar qay tarzda boʻlib oʻtishi haqida Toshkent shahar XTBB maʼlumot berdi. Unga koʻra oʻquvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradi:

5-sinfda 2 ta fandan: “Matematika”, “Chet tili”;

6-sinfda 2 ta fandan: “Tarix”, “Biologiya” (botanika);

7-sinfda 2 ta fandan: “Ona tili va adabiyot” hamda 1 ta tanlov fani (Tanlov fani sifatida “Oʻzbek tili/rus tili”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Matematika”, “Chet tili” fanlaridan 1 tasi tanlanadi);

8-sinfda 2 ta fandan: “Chet tili” hamda 1 ta tanlov fani (Tanlov fani sifatida “Davlat va huquq asoslari”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Matematika” fanlaridan 1 tasi tanlanadi);

9-sinfda 7 ta fandan:“Ona tili va adabiyot”, “Oʻzbek tili/rus tili” (taʼlim oʻzbek tilidagi maktablar uchun “Rus tili”, taʼlim rus va qardosh tillardagi maktablar uchun “Oʻzbek tili”), “Matematika”, “Biologiya”, “Tarix”, “Jismoniy tarbiya” hamda 1 ta tanlov fani (Tanlov fani sifatida “Informatika va axborot texnologiyalari”, Chet tili” fanlaridan 1 tasi tanlanadi);

10-sinfda 3 ta fandan:“Informatika va axborot texnologiyalari”, “Tarix” hamda 1 ta tanlov fani (Tanlov fani sifatida “Kimyo”, “Biologiya”, “Matematika”, “Geografiya” fanlaridan 1 tasi tanlanadi. Bunda, variativ oʻquv reja asosida taʼlim olgan oʻquvchilar ham ushbu tanlov fanlaridan birini tanlaydi);

11-sinfda 5 ta fandan:“Ona tili va adabiyot”, “Matematika”, “Chet tili”, “Oʻzbek tili/rus tili” (taʼlim oʻzbek tilidagi maktablar uchun “Rus tili”, taʼlim rus va qardosh tillardagi maktablar uchun “Oʻzbek tili”) hamda 1 ta tanlov fani (Tanlov fani sifatida “Kimyo”, “Biologiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Fizika” fanlaridan 1 tasi tanlanadi. Bunda, variantiv oʻquv reja asosida taʼlim olgan oʻquvchilar ham ushbu tanlov fanlaridan birini tanlaydi).

Do‘stlaringiz bilan bo‘lishing:

Tavsiya etamiz

Oʻzbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlarining ikki tomonlama muzokaralari hamda Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

4-sinf ona tili fanidan nazorat ishlari namunalari. Diktantlar maqsadiga ko`ra ikki turga bo`linadi

Boshlang’ich sinflarda ta’limiy diktantning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin.

1.Lug’at.diktant 5. Ta’kidiy diktant.

2.Saylanma diktant. 6. Izohli diktant.

3.Ko’rsatuv diktanti 7. Ijodiy diktant.

4.Yoddan yozuv diktanti 8. Erkin diktant.

Tekshiruv diktanti.

Tekshiruv diktant o’quv dasturining biror bo’limi o’rganilib,xilma-xil ta’limiy mashqlar bilan mustahkamlangach, ular o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganini sinash maqsadida o’tkaziladi.

Tekshiruv diktant uchun matnlardangina emas, balki o’rganilgan qoidalarni o’z ichiga olgan alohida terma gaplardan

ham foydalanish mumkin. Lekin har ikki holda ham gaplardagi soz’lar soni DTS talablariga mos bo’lishiga e’tibor berish lozim.

Tekshiruv diktanti uchun tanlangan matnda so’zlar soni DTSga

ko’ra quyidagicha bo’lishi lozim:

O`qituvchimiz bizga muhim topshiriq berdilar. Eng mazmunli insho yozish uchun harakat qilishimizni aytdilar. Insho mavzusi: “ Yaxshi dam, mehnatga hamdam”. U mavzu juda qiziqarlidir. Har kim o’z ko`rganlari, o`qiganlarini misollar bilan yozishi kerak. Eng yaxshi yozilgan inshoga o`rin berilar ekan.

Topshiriq: Matnda nechta gap bor? Bu gaplar qanday gaplar deyiladi?

2- nazorat ishi .Diktant.

Qishlog`imiz dalalariga paxta ekiladi.Kuzda yer traktor bilan o`z vaqtida haydaladi. Qishda dalaga o`g`it solinadi. Ariqlar tozalana-di. Dala ekishga tayyorlanadi.

Dehqonlar bahor kelishi bilan saralangan chigitlarni ekadilar.

Chigit unib chiqqach, g`o`za sug`oriladi, parvarish qilinadi va yaganalanadi.

Hozir sentabr oyi. Yaqinda “oq oltin” durdonalari yig`ib-terib olinadi. Paxta yurtimiz boyligi. ( 51 ta so’z)

Topshiriq: Gapdagi uyushiq bo`laklarning tagiga chizing.

3-nazorat ishi. Insho

1.Kuz faslida ob-havoning o`zgarishi.

2.Kuzda tabiatdagi o`zgarishlar.

3.Kuzda dehqon va bog`bonlarning yumushlari.

4-nazorat ishi. Diktant

Bir kuni bolalar bahslashib qolishdi.Ular dunyoda eng kuchli narsa nimaligi haqida o`z fikrlarini ma`qullamoqchi bo`ldilar. Anvar samolyot kuchli desa, Ma`ruf traktor kuchli derdi. Malik yuk mashinasi kuchli desa, Zokir teplovoz kuchli der edi. Ular uzoq vaqt tortishdilar.Ularning oldiga Mahmuda kelib qoldi. U sinfdoshlarining fikrlarini ma`qullamadi.Hamma narsadan odam kuchli ekanligini tushuntirib berdi.Demak, inson barcha narsadan kuchli ekan. ( 61 ta so`z)

Topshiriq: Uyishib kelgan kesimlarni toping.

5-nazorat ishi

1.Gapni belgilang. A) Aql bilan odob – egizak. B) Qor, yotmoq, bahor, issiq. D) O’simlik, yalpiz, xushbo’y.

2.Qaysi gaplarda imlo xatolarga yo’l qo’yilgan? A)Tikuvchi atlas ko’ylak tikdi. B)Qishdan keyin qaysi fasl boshlanadi. D)Osmonni qora bulut qopladi.

3.So’roq gaplarni belgilang. A)Sen qaysi kitobni o’qiyapsan. B)Eh,yoz qaanday ajoyib fasl. D)Kitobdan yaxshi do’st yo’q.

4.Uyushiq bo’lakli gaplarni belgilang. A)Unumli mehnat-keltirar davlat. B)Men,Sanjar vca Sardor ovga chiqmoqchi edik. D)Odamning yuzi oftobdan issiq.

5.Kesim uyushib kelgan gaplarni toping. A)Biz to’g’rilikni,vijdonlilikni,mehnatni sevamiz. B)Sinfimiz o’quvchilari maktabda,uyda,ko’chada barchaga o’rnak bo’lyaptilar. D)Kombayn o’radi,yig’adi,yanchadi,tozalaydi.

6Chizmaga mos gapni tanlang. _____, _____, _____va_____ . A)Musicha inidan uchib chiqibdi. B)Laylak,kakku,qaldirg’och va turnalar uchib keldi. D)Kitobni ko’p o’qing va seving.

7.Undalmali gapni belgilang. A)Bolalar rasm soldilar. B)O’quuvchilar! Bilimlarni qunt bilan egallangiz. D)Odobli bola elga manzur.

.Gapning bosh bo’laklarini belgilanng. A) ega. B)kesim. D)a va b.

9.Berilgan gapdagi bosh bo’laklarni aniqlang.Bolalar bog’da pishib yetilgan mevalarni termoqdalar. A) bolalar termoqdalar. B) pishib yrtilgan mevalarni. D) bog’da.

10.O’zbek tilde nechta undosh tovush bor? A) 6ta. B) 23ta D) 24ta.

11.Jarangli so’zida nechta harf va tovush bor? A) 9ta harf 9ta tovush. B) 6ta harf, 7ta tovush. 7ta harf yettita tovush.

12.Bo’g’in ko’chirish qaysi so’zlarda noto’g’ri bajarilgan? A) si-ngil. B) tar-tib. D) ko’n-gil.

13. So’z yasovchi qo’shimchali so’zni toping. A) tuzli. B) bahorda. D) kitobga.

14.So’z o’zgartuvchi qo’shimchali so’zni aniqlang. A) binokor. B) qalamning. D) guldon.

15.Nuqtalar o’rniga x harfi yoziladigan so’zni belgilang. A) e…tiyot. B) ra…m D) poyta…t.

16.O’zagi boshqa bo’lgan so’zni belgilang. A) yozuv. B) yozuvchi. D) yovuz.

  1. .Sifat qandy so’roqlarini belgilang. A) kim, nima? B) qancha nechta? D) qanday, qanaqa?

20So’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni ko’rsating. ____________

21.Baland so’ziga qarama-qarshi ma’noli so’z yozing._________

22.Qanotli do’stlarimizga ozor bermang. Gapidagi sifatnini toping. _____________________________________________________.

23.Felga misol yozing. _________________________________

24.Tushum kelishigining so’rog’ini yozing._________________

25.Tovushlarning yozuvdagi ifodasi nima deb ataladi? ________

6- nazorat ishi. Diktant

Ga`nijon juda yoshligidan shaxmat o`ynashga qiziqardi. Uning otasi va akalari shaxmat ustasi edilar. G`anijon doimo ularning o`yinlarini kuzatib borardi.Ko`pincha, akasiga o`rgatishni iltimos qilardi.Akasi ukasiga qanday qilib raqibiga hujum qilish yo`llarini qunt bilan o`rgatardi. G`anijon shaxhmat o`yinini o`rganib oldi. Keyinchalik maktabdagi shaxmat-shashka to`garagiga ham qatnasha boshladi. Hozir u shaxmat ustasi.O`rtoqlari uni G`anijon shaxmatchi deyishadi.Shaxmat ham qiziqarli sportdir. ( 63 ta so`z)

Topshiriq: O`zakdosh so`zni toping va belgilang.

7- nazorat ishi. Bayon

1.Dadam rayhonlarni qo`riqlashni menga topshirdi.

3.Chumchuq iniga ilingan rayxonlar.

4.Rayhon hidiga hasharot kelmas ekan.
8-nazorat ishi. Diktant

Har faslning o`z fazilati va o`ziga xos xislati bor. Qish fasllar ichida chiroyga boy, go`zal fasldir.

Qishda hammayoq oppoq qor bilan qoplanadi. Havo musaffo, yoqimli bo`ladi. Kishi qancha nafas olsa ham,to`ymaydi.Qish tongi kishiga o`zgacha orom beradi. Quyosh tog`lar ortidan qizarib chiqadi. Qorlar mayda zarralardek, turli-tuman rangda yaltiraydi. Daraxtlar oq kiyimga burkanadi. Ular xuddi xayol surib turganday tuyuladi.Bu faslda bolalar turli o`yinlar o`ynab quvonadilar.

( 68 ta so`z) Topshiriq: Bosh kelishikdagi otlarni tagiga chizing.
9- nazorat ishi. Diktant

1.Gapning oxiriga qanday tinish belgilari qo’yiladi? A) nuqta. B) so’zroq. D) nuqta,so’roq,undov.

2.O’zbekiston taraqqiyot yo’liga chiqdi Gapning maqsadga ko’ra turini aniqlang. A) darak. B) so’roq. D) buyruq.

3.Qaysi gapda qarama-qarshi ma’noli so’z mavjud? A) Ko’p o’qigan ko’p biladi. B) Yahshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga. D) Olim bo’lsang olam seniki.

4.Biz barcha fanlarni qunt bilan o’rganmoqdamiz. Gapning bosh bo’laklarini belgilang. A) fanlarni o’rganmoqdamiz. B) barcha fanlarni. D) biz o’rganmoqdamiz.

5.Ma’no jihatdan bo’glanmagan so’z qatnashgan gapni toping. A) Kuz faslida qovun, tarvuz kabi mevalar g’arq pishdi. B) Asalari guldan gulga qo’nib bol yig’ardi. D) Men kelajakda chagerachi bo’lib vatanimni qo’riqlayman.

6.Uyushiq bo’laklar ohang yordamida bog’lansa qanday tinish belgisi qo’yish kerak? A) vergul. B) ikki nuqta. D) nuqtali vergul.

7.Ikkinchi darajali bo’lak uyushib kelgan gapni belgilang. A) nodir she’rni o’qidi va yodladi. B) Nozikkina, chiroyli kapalak yguzorimda uchib yurardi. D) olma,behi,yong’oq kabi mevalar foydali ekanini bilasizmi?

.Matn haqidagi noto’g’ri fikrni belgilang. A) matn nutqning og’zaki shakli. B) matnga sarlavha qo’yish mumkin. D) matn mazmun jahatdan bog’langan gaplardan tuziladi.

9.Birinchi shaxs egalik qo’shimchalarini belgilang. A) –m, -im,-miz,-imiz. B)-ng,-ing,-ingiz. D) –I,-si-lari.

10.Yasama otlar berigan qatorni toping. A) kitobga,maktabdan.binpkor. B)bo’yoqchi, guldon,bog’bon. D)elim, chiroying, suhbati.

11.Son so’z turkumi qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A)qanday,qanaqa? B) kim,nima? D) qancha nechta.

12.Bo’lishsiz fel qatnashgan gapni toping. A) havo bulut bo’ldi, lekin yomg’ir yog’madi. B) dam olish kuni sayrga chiqdilar. D) Ahror kuchugiga Olapar deb ism qo’ydi.

13.Sanoqni bildirgan son qatnashgan gapni belgilang. A) tovug’im sakkizta jo’j a ochdi. B) men to’rtinchi sinfda o’qiyman. D) ukam ikkinchi bolalar bog’chasida tarbiyalanadi.

14.Yangi so’z hosil qiladigan qo’shimchalar qanday nomlanadi? A) so’z ozgartuvchi qo’shimcha. B) so’z yasovchi qo’shimcha. D) kelishik qo’shimcha.

15.So’z qismlaridan qaysi biri doimo ishtirok etadi? A)egalik qo’shimchasi. B)so’z o’zgartuvchi qo’shimca. D)o’zak.

16.Qaysi bo’laklar gapning asosiy mazmunini tashkil qiladi? A)bosh bo’laklar. B)ikkinchi darajali bo’laklar. D)a va b to’g’ri.

17.Quyosh bulutlar ortidan ko’rindi.Kesimga so’roq bering. A)nima? B)nima qildi? D)qanday?

1 .Men Vatanimni ko’z qorachig’iday asrayman.Ushbu gapga mos chizmani belgilang. A)____ _____ _____ _____ ______. B)_____ _____ ______ _______. D).____ ____ ____ ____.

19. Salima uy ishlarida onasiga ko’maklashadi.Gapning egasini toping. ______________________________________________.

20. Ot so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi?___________.

21.Sifat so’z turkumi so’roqlarini yozing.____________________.

22.Fe’l so’z turkumidagi so’zlar gapda qanday vazifani bajaradi?

23.Sanoq sonlarga qanday qo’shimcha qo’shish orqali tartib son

24.Hadya so’ziga yaqin ma’noli so’z toping.__________________.

25.Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni yozing.____________.

10- nazorat ishi. Bayon

1.Ibn Sino saroyga keldi.

2.Ibn Sinoning istagi.

3.Podsho qoyil qoldi.

11-nazorat ishi. Diktant

Bahorning oxirgi haftasi edi. Qirda mayin shabada esmoqda. Birdan momaqaldiroq gumburladi. Chaqmoq chaqdi. Yomg`ir yog`a boshladi. Cho`pon bobo qo`ylarni qo`raga haydadi. Nabirasi Islom ko`rinmay qol-di. Bobo uni yomg`irdan qo`rqib uyga ketgandir deb o`ylab, ho`l bo`lgan kiyimlarini almashtirdi va chodirdan tashqariga chiqdi.

Uzoqdan yangi tug`ilgan qo`zichoqni ko`tarib Islom kelardi.Ona qo`y qo`zichoqni yalamoqchi bo`lib, Islomning atrofida ma`rardi.Islom qo`zini cho`pon bobo oldiga qo`ydi. Cho`pon bobo nabirasiga mamnun bo`lib qaradi. ( 70 ta so`z)

Topshiriq: Kelishik qo`shimchalarini olgan so`zlarni kelishiklar tartibi bo`yicha yozing.

12- nazorat ishi. Diktant

Hovlimizda gulzor bor.Erta bahorda sap-sariq bo`tako`z , qip-qizil lola, may oyida esa oq va qizg`ish atirgul ochiladi.Hovliga kirishingiz bilan xushbo`y hid dimog`ingizga uriladi. Tong chog`ida bulbullarning yoqimli sayrashi kishi diliga huzur beradl. Quyosh nurida gul va barglardagi shabnam yiltiraydi .

Gulzor chetida katta, baland supa bor.Ertalab va kechqurun supada o`tirib dam olamiz.

Kapalaklar gullarni yoqtiruvchi go`zal hasharotlardir.Ular guldan-gulga qo’nib yayraydilar. ( 66rft ta so`z)

Topshiriq: Qanday?,qanaqa? So`roqlariga javob bo`lgan so`zlarni tagiga chizing.

13- nazorat ishi. Insho

1.Qish faslida tabiatning ko`rinishi.

2.Qishda qushlar va hayvonlar hayoti.

3.Bolalar tabiat quchog`ida.

4.Qish fasli shoirlar tarifida.
14- nazorat ishi. Diktant

Samoda juda katta hajmdagi dumli yulduzlar paydo bo`ladi.Uni ilmiy tilda kometa deyiladi.

Masalan: 1811-yilda ko`ringan kometaning diametri yer sharining diametridan 100 marta katta bo`lgan. 1882-yilda ko`ringan kometaning dumi 1 milliard kilometr. Ya`ni yer orbitasining diametridan3 marta katta bo`lgan.Kometa kunduzi quyoshning yonida ko`rinib, 40 ta to`in oy yorug`ligi darajasida nur sochgan. Bu holatni kuzatish qanday zavqli. ( 60 ta so`z)

Topshiriq: Sonlarni ko`chirib yozing.
15- nazorat ishi

7.Kishilarning ismi va familiyasi qanday harf bilan yoziladi? A) kichik harf. B) bosh harf. D) undosh harf.

.Alifbo tartibida yozilgan so’zlar qatorini toping.

A) atlas,bobo,do’ppi,etik,. B) anhor,ko’ylak,sadaf,varrak. D) ayiq, bahor, gilam,olam.

9.Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qiladi? So’roqlari qanday so’zlarga beriladi. A) shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlarga. B)shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlarga. D) shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlarga.

10.Gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi? A) so’roq. B) nuqta. D) so’roq,undov,nuqta.

11.Qaysi tovush bo’g’in hosil qiladi? A) unli. B) undosh. D) harf birikma.

12.O’zbek tilida nechta tovush bor? A) 29ta. B) 30ta. D) 24ta.

13.Nutqning qanday shakllari bor? A) o’g’zaki. B) yozma. D) og’zaki va yozma.

14.Nutqning yozma shakli nima deb ataladi? A) matn. B) gap. D) so’z.

15.Undalma qaysi kelishikdagi so’zlar bilan ifodalanadi? A) qaratqich kelishik. B) bosh kelishik. D) tushum kelishigi.

16.Uyishiq bo’laklar qaysi so’zlar bilan bo’g’langanda vergul qo’yilmaydi? A) ammo. B) va. D) lekin.

17.Gapda ikkinchi darajali bo’laklar nimaga bog’lanib keladi? A) ega yoki kesimga. B) egaga. D) kesimga.

1 .Til shirinligi ko’ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydalidir. Berilgan hikmatli gapda nechta to’rt bo’g’inli so’z bor? A) 4ta. B) 3ta. D) 2ta.

19.Gapning bosh bo’laklarini yozing.________________________.

20.Yumshoq so’ziga qarama-qarshi ma’noli so’z toping.________.

21. Alifboning yettinchi harfini yozing. _____________________.

22.Qaysi harf ikki tovushni ifodalaydi?______________________.

23.Shaxs va narsaning tartibini bidirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi? ________________________________________.

24.O’zbek alifbosida nechta harf birikma bor va ular qaysilar?____.

25.Egalik qo’shimchalarini ko’rsating. ______________________.
16- nazorat ishi. Diktant

Bir bor ekan, bir yo`q ekan.Gulzorda shohi qanotli kapalak yashar ekan. U guldan gulga qo`nar, qo`shiq aytib, raqsga tushardi. O`rtoqlari uni tomosha qilishar edi.

Kaplak o`z chiroyidan juda g`ururlanib ketibdi. O`rtoqlarini nazar-

pisand qilmabdi. Kapalaklar undan xafa ekanliklarini aytishibdi. Shohi qanotli kapalak ularning gaplariga parvo qilmabdi.

Bir kuni havo aynib, qattiq shamol turibdi. Kapalaklar qo`rqib, barg

va shox-shabbalar orasiga yashirihib olibdilar.Shohi qanotli kapalakni ham chaqirishibdi. Lekin u kelmabdi.Qattiq shamol esa uni uzoqlarga uchirib ketibdi. ( 79 ta so`z)

Topshiriq:Kishilik olmoshlarini ko`chirib yozing.

17- nazorat ishi. Diktant

Yozning issiq kunlari edi. Sobir, Salim, G`ani anhorga borishdi.Sobir yechinib suvga tushdi va anhorda baliqdek suzib ketdi. Salimning havasi keldi. Lekin suzishni bilmasdi. Sobir suvdan chiqdi. Salimning oldiga keldi. Issiq qumga yotib oldi.

Salimga juda alam qildi. Kiyimini yechib, anhorga sakradi. Og`ziga suv kirib, nafasi qaytib ketdi. Oyoq-qo`llarini chapillatdi. Shu payt uni kimdir suvdan tortib oldi. Salim qarasa,G`ani ekan. U akasiga mahkam yopishib oldi. Yig`lamoqchi bo`ldi-yu, ammo uyaldi. ( 72 ta soz) Topshiriq; Fe`llarni tagiga chizing.

18-nazorat ishi, Diktant

Onam choy shamasini tashlamaslikni aytdilar. Shama foydali ekan. Uni yig`ib, o`g`it qilish mumkin. Men bu yil shamani yig`ib, o`g`it qildim. Erta ko`klamda shama o`g`itiga pomidor, gullar urug`ini sepdim. Yumshoq o`g`itda urug`lar tez undi.Yashil bo`lib ko`kardi.Tejamli bo`lish yaxshi. Ekish uchun yuzta pomidor, yuzdan ortiq gul ko`chatlari tayyorladim. Onam bu ishimdan juda quvondilar. Kuzda qip-qizil pomidorlar mo`l hosil berdi. Gullarim chaman-chaman ochildi. Ularning urug`larini yig`dim. Kelasi yili yana ko`chat yetishtiraman. ( 72 ta so`z)

Topshiriq: Shaxs-son qo`shimchalarini belgilang.

19- nazorat ishi

1.O’zak va so’z yasovchi qo’shimchalardan iborat so’zni belgilang. A) navbatchi. B) darslikning. D) partada.

2.So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar qanday vazifani bajaradi? A) yangi so’zlar hosil qiladi. B) gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydi. D) narsaning qaysi shaxsga qarashli ekanini bildiradi.

3.O’zbek tilida nechta shaxs bor. A) 6ta. B) 4ta. D) 3ta.

4.Ko’plik ma’nosidagi egalik qo’shimchasini belgilang. A) –m,-ng,-si. B) –miz,-imiz,-lari. D) –ingiz, -im, -i.

5.O’rin payt kelishigi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) kimda, nimada, qayerda? B) kimga,nimaga,qayerga? D) kimdan, nimadan, qayerdan?

6.Qaratqich kelishigining qo’shimchasi qo’shilgan so’zni toping. A) kitobda. B) daraxtning. D) maktabga.

7.Tushum kelishigi qo’shimchasi otni qaysi so’z turkumiga bo’g’laydi? A) otni felga bog’laydi. B) otni otga bog’laydi? D) otni sifatga bog’laydi.

.Uzum… so’ziga mos so’z yasovchi qo’shimchani qo’ying. A) –dosh. B)-kor. D) –zor.

9.Bosh kelishikdagi otlar gapda qaysi bo’lak vazifasida keladi? A) ega. B) kesim. D) ikkinchi darajali bo’lak.

10.Bo’g’in ko’chirish noto’g’ri berilgan so’zni aniqlang. A) o’chi-rg’ich. B) ha-shak. D) qa-lam.

11.Nuqtalar o’rniga sifat yasovchi qo’shimchalar yoziladigan gapni belgilang. A) Tongda hovli… chiqdim. B) Bulbul juda yoqim.. sayraydi. D) Yozda men oromgoh… dam oldim.

12.Berilgan gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi? Bolalar, qushlarni asrang A) nuqta. B) undov. D) so’roq.

13.Qanday gaplarga so’roq gaplar deyiladi? A) xabar mazmunini bildirsa. B) kuchlu xis-hayajon bilan aytilsa. D) so’roq mazmunini bildirsa.

14.Keng dalalar, o’rmon,dengizlar.

Go’al bog’lar- bari bizniki.

Oltin tog’lar hur elimniki. Ushbu she’rda nechta sifat so’z turkumiga oid so’zlar bor? A) 3ta. B) 5ta. D) 4ta.

15.Uchinchi shaxs birlikda qo’llangan so’zni toping. A) kitobim. B) kitobi. D) kitobingiz.

16.Gap haqidagi noto’g’ri fikrni toping. A) gap tugallangan fikrni bildiradi. B) gap so’zlardan tuziladi. D) gap bo’g’inlardan tuziladi

17.Maydonda bolalar koptok o’ynadilar. Ushbu gapdagi kesimni toping. A) maydonda. B) bolalar. D) o’ynadilar.

1 .Shahar nomlari to’g’ri yozilgan javobni belgilang. A) Anjon. B) Toshken. D) Samarqand.

19.Oq terakmi, ko’k terak

Har bir ishga qunt kerak. Ushbu she’rda nechta so’z ko’chirish uchun bo’g’inlarga bo’limaydi? ___________________________.

20.Uch bo’g’inli so’zga misol yozing. ______________________.

21.Gaplar ifoda maqsadga ko’ra necha turga bo’linadi? _________.

22.Bosh bo’laklarni yozing._______________________________.

23.Momiq so’ziga yaqin ma’noli so’z toping._________________.

24.Olachipor tovug’im sakkizta jo’ja ochdi. Ushbu gapdagi son so’z turkumiga oid so’zni toping.___________________________.

25.Tutuq belgili so’zlardan misollar keltiring._________________.
O`qish fanining maqsad va vazifalari

Bola o’qish texnikasini egallashi uchun, avvalo, uning savodxonlik darajasini oshirish, og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish, to’g’ri talaffuz etishni o’rgatish lozim. Dastlab tanish, notanish matn ifodali o’qitilib, o’quvchidagi ko’nikma, malaka aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko’rtkich – o’qish tezligi, ravon o’qiy olishi, bir daqiqada nechta so’z o’qiy olishi belgilanadi. Bola matn mazmunini to’liq uqib olishi, shuningdek, o’zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi.

Boshlang`ich sinf yakunida o`quvchilar so’z tarkibidagi tovushlarni to’g’ri talaffuz qilib ongli, ifodali, ravon va tez o’qiy olish malakalariga ega bo`lishlari kerak.4-sinf o’quvchilari bir daqiqada 85-90 ta so’zni o’qiy olishi kerak.

O’quv yili yakunida 20 ta she’rni yoddan aytib berishi lozim.

1- nazorat ishi . Yod aytish

Tekshirilishi lozim bo’lgan BKMlar soni va nomi

1. Asar muallifini bilish. ( B )

2. So’zlarni to’g’ri talaffuz qilib yoddan aytish. ( K ) 3.Ketma –ketlikni buzmasdan aytish. ( B )

4.Tinish belgilariga rioya qilib yod olish. ( K )

5.She’rni his –hayajon va ohangiga ahamiyat berish. (M )

2- nazorat ishi. Hikoya yozish

O`zbekiston – Vatanim manim

Foydalanish uchun so`zlar: xushmanzara, bahavo, jannatmakon, tuprog`I zar, mustaqil yurt

3- nazorat ishi. Hikoya yozish

Foydalanish uchun so`zlar: oltin kuz,meva, poliz, to`kin sochin,barglar, qushlar, dehqon, paxta, hasharchilar.

4- nazorat ishi. Insho

Inson odobi bilan go’zal

2.Eng ulug` fazilat.

3.Insondagi yaxshi fazilatlar va yomon illatlar.

4.Donolarning hikmatli o`gitlari.
5- nazorat ishi

1.3-sinf o’qish kitobi qaysi bo’limdan boshlanadi? A) Istiqlolim-istiqbolim. B) O’zbekiston – vatanim manim. D) Vatan ostonadan boshlanadi.

2.1991-yilning qaysi kuni “mangulikka tatigulik kun” deb ataladi. A)2-iyul. B) 21-oktabr. D) 31-avgust.

3.Sen o’zbek elining farzandi

Istiqlol yurtining dilbandi… Ushbu misralar qaysi she’rdan olingan. A) Iqboli buyuksan. B) Istiqlol bolalari. D) Serquyosh o’lka.

4.Qodir boboning kasbini kim egallar ekan? A) nevarasi. B) o’g’li. D) qizi.

5.“Istiqlol bolalari” she’rining muallifi kim? A) Abdulla Oripov. B) Dilshod Rajab. D) Zafar Diyor.

6.Qishlog’ining haritasini birinchi bo’lib kim chizdi? A) Rasul. B) Samad. D) Akasi.

7.Bulbul chamanni sevar, odam vatanin. Maqoli mazmunan qaysi she’rlarga mos keladi. A) Gulg’unchalarmiz. B) Serquyosh o’lka. D) A va B javoblar to’g’ri.

.Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’rida “oltin oqar daladan” misrasida nima haqida yozilgan. A) suvning tiniq oqishi. B) Paxtaning oppoq ochilishi. D) Yer osti boyliklari.

9.Har bir faslning o’zini qiyosiy o’xshatishlari mavjud. Kuz faslini qanday atash mumkin. A) Saxovatli kuz. B) Oltin kuz. D) a va b javoblar to’g’ri.

10.Bolalar polizga nima uchun borishdi? A) polizni ko’rgani. B) sayr qilgani. D) qovun sayliga.

11.Qovunlarning turlarini belgilang. A) umrboqi,ko’kalapish,doniyor. B) qo’zivoy, D) charos,husayn, kelinbarmoq.

12.Shoir Sulaymon Rahmon dehqonni nima deb ataydi? A) mohir inson. B) yer naqqoshi. D) barakali inson.

13.“Salomlashish odobi” matnini kim yozgan? A) Yusuf xos Hojib. B) Husayn vaz Koshifiy. D) A. Navoiy.

14.Necha xolatda salom berish kerak. A) 7. B) 6. D) 9.

15.Bilimsiz kishilar nimaga o’xshatiladi? A) qurigan daraxtga. B) hayvonga. D) aqlsiz insonga.

16.Ota qimmatbaho uzugini qaysi o’g’ilga topshiradi? A) to’ng’ich o’g’il. B) o’rtancha o’g’il. D) kenja o’g’il.

17.O’rtancha o’g’il qanday yahshi ishni amalga oshiradi? A) olmos topib, egasiga topshiradi. B) cho’kayotgan bolani qutqaradi. D) yomonlikka yahshilik qaytaradi.

1 .Hokim otboqarni qanday mukofotladi? A) dorga ostirdi. B) katta amal berdi. D) qimmatbaho sovg’a berdi.

19.“Har kim ekkanin o’rar” she’rini yana qanday nomlash mumkin. A) qaytar dunyo. B) o’g’il va nevara. D) chol va sahro.

20.Odamdan nima qoladi? Mavzusi mazmuniga mos maqol yozing. __________________________________________________________.

21.Salom qanday ma’noni anglatadi?____________________________.

22. Safarga ketayotgan kishi do’stiga nima qoldirib ketadi?___________.

23.Omonat egasi xaltachani olib kimning oldiga bordi?______________.

24.Vatan haqida maqol yozing. _________________________________.

25.“Gulg’unchalar” deganda shoir Muhiddin Omon kimlarni nazarda tutgan? _________________________________________________.

Imtihon fanlar ro’yxati

* Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

– O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

– Samarqand davlat chet tillar instituti;

– Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

– Toshkent davlat pedagogika universiteti;

– Qo‘qon davlat pedagogika instituti;

– Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

CHET TILIDAN KASBIY (IJODIY) IMTIHONLARNI O’TKAZISH TARTIBI (VIDEO)

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

© 2022 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan. TDSHU saytidagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.

100060, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 20

+998 71 233 34 24

+998 71 233 52 24

Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.