Press "Enter" to skip to content

Zoologiya 7-Sinf

O‘zbek adabiyoti:
�� “Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov)

7 sinf zoologiya darslik kitobi

«O’qish – o’sish demakdir»

Loyihalar:
�� Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
�� Kitob izlash: @ilmbot
Sovrinli tanlov: @kitobxonlar_ligasi
Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656

Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling.

About
Blog
Apps
Platform

Elektron kitobxona
17.3K subscribers

Agar kambag‘allik va johillikka qarshi kurashmasak, bir kun kambag‘al va johillarga qarshi kurashishga majbur bo‘lamiz.

Mutaxassislarning vatandan chiqib ketishi vatanga xiyonat emas. Balki bu holat vatan bo‘lishga yaraydigan muhitni izlab ketishdir.

Agar yolg‘onni yetarli miqdorda takrorlasang, yo ilmiy haqiqatga yoki siyosiy nazariyaga aylanadi. (Ayman Yog‘iy)

Xalqlar ma’rifati qanchalik oshsa, istibdod shunchalik kamayadi. (Molik ibn Nabiy)

Elitasi istiqlol mas’uliyatini bo‘yniga ololmagan xalqlarga ozodlik juda og‘ir yuk bo‘ladi. (Molik bin Nabiy)

Tinchligi uchun erkini qurbon berganlar, ikkovisiga ham haqli emaslar. (Benjamin Franklin)

Haqiqat erkinlikdan hech qachon qo‘rqmaydi. Undan faqat egrilik, jaholat va adolatsizlik xavfsiraydi. (Shayx Muhammad Gʻazzoliy)

Birov saning ustingga faqat egilganingdagina minib olishi mumkin. (Martin Lyuter King)

– Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan nuktalar (3)

6.8K views edited 13:52

«Ayol kishining nimaligini xudoning oʻzi biladi, men ularni miridan-sirigacha oʻrganganman! Lekin qilgan gunohing uchun undan bo’yningni egib kechirim so’rab koʻr-chi, «oldingizda aybdorman, kechiring, boshqa qilmayman», deb bor-chi, ana undan keyin bilasan nima bo’larkin, boshingga ta’nadashnomlar do‘lday yogʻiladi! O’la qolsa boʻldi, kechirdim demaydi, seni lattaday ezadi, tahqirlaydi, aslida bo’lmagan narsalarni bo’ldi deb yuzingga soladi, hech narsani unutmaydi, yana oʻzidan ancha narsalarni ham yoniga qo’shadi, ana undan so’ng, balki, kechirganday boʻlar. Yana buni ularning eng yaxshisi qiladi! Hamma narsalarni qirib-qirtishlab boshingdan ag’daradi – ular hammasi shunaqa, teringni shilib oladi, bu farishtalarning hammasi bitta qolmay xuddi mana shunaqa. Ammo ularsiz biz bechoralarga kun yo’q! Azizim, senga ochig’ini aytay, har qanday o’zini tanigan-bilgan, risoladagi odam, kim boʻlmasin, qandaydir bir ayolning tovoni ostida yashashi kerak. Mening e’tiqodim shu; e’tiqod emas, hissiyot. Erkak keng bagʻirli olijanob boʻlmogʻi darkor, bu erkakni aslo pastga urmaydi. Jasur qahramonni ham yerga urmaydi, Sezarni ham pastga urmaydi! Shunday bo’lsa ham, baribir, kechirim so’rama, hech qachon, hech qanday holda soʻrama. Bu qoida esingda tursin, buni senga akang Mitya aytyapti, u xotinlar tufayli halokatga giriftor bo’ldi».

– Fyodor Dostoyevskiy. “Aka-uka Karamazovlar” romanidan

Yangi loyiha

Sahifamizda o‘zbek tilida yangi nashr etilgan kitoblar haqida kichik ma’lumotlar berib borishni reja qilyapmiz. Davomli va xayrli qilsin.

Beriluvchi (tavsiyamonand) kitoblar shaxsiy qarash va izlanishlar natijasi o‘laroq taqdim etiladi.

�� @e_kutubxona

• Kitob nomi: «G’oyam»
• Muallif: Najmiddin Erbaqon

• Tarjimon: Oybek Xaydarov
• Nashriyot: Azon kitoblari
• Til: O’zbekcha
• Yozuv: Kirillcha
• Betlar soni: 312
• Muqovasi: Yumshoq
• Chop etilgan yili: 2022

Ushbu kitob Turkiyaning davlat va jamoat arbobi, sobiq Bosh vaziri, bir nechta partiyalarning taʼsischisi va rahbari bo‘lgan Najmiddin Erbaqon qalamiga mansub memuar asardir.

Narxi qancha?
• Azon kitoblari: 34 ming so’m
• iBooK: 40 ming so’m
• Asaxiy Books: 45 ming so‘m

Kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.

7.2K views edited 06:00

Islom feminizmi

Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”da 17 yoshli Ra’noning savodi haqida shunday yozadi:

“Ra’no Nigor oyimning to‘ng‘uchi, bu yil o‘n yetti yoshni to‘lduradir. Savodni otasidan o‘qub, o‘n to‘rt yoshida ibtidoiy maktab pro‘g‘ramida bo‘lg‘an barcha darslarni bitirgan, masalan: diniy qismdan – “Haftiyak”, “Qur’on”, “Chahor kitob”, “So‘fi Olloyor”, “Maslaki muttaqin”, adabiyotdan – Navoiyning barcha asarlari, devoni Fuzuliy ma’a Layli Majnun; Amiriy, Fazliy va shulardek chig‘atoy-o‘zbek katta shoirlarining asarlari; forsiydan – Xoja Hofiz Sheroziy va Mirzo Bedil, xusni xat, insho va boshqalar.

Bu kunlarda bo‘lsa bir tomondan qizlarg‘a saboq berib onasig‘a ko‘maklashsa, ikkinchi tarafdan otasida kofiya (arab nahv va sarfi) hamda Shayxi Sa’diyning “Guliston”idan dars oladir va shuning qatorida o‘zi yaxshi ko‘rgan chig‘atoy-o‘zbek shoirlarining badi’a asarlaridan alohida bir majmu’a tuzib yuriydir.”

P.S.: Ba’zilar O‘rislar kelib ayol-qizlarimiz ilm oladigan bo‘ldi deyishar edi. 17 yoshli Ra’noning ilmi Zulfiya mukofotini olganlar uyoqda tursin, Zulfiyaning o‘zida ham bo‘lmagan bo‘lsa kerak.

«Vatan qachon xarob bo‘ladi?
– Qachonki johil qahvaxonada o‘tirganini, universitet talabasi esa unga qahva keltirayotganiga shohid bo‘lsang, shunda xarob bo‘ladi.»

– Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan

BIR ZAMONLAR g‘alati va miqti gavdali bir yigit yashagan ekan. U hayotda eng muhimi deb quyidagi uchta narsani bilardi:
1. Sochini hamma qaratgan tomonga emas, balki boshqa tomonga qaratib taraydi.
2. Kichkina, g‘alati mo‘ylov qo‘yadi.
3. Bir kun kelib dunyoni boshqaradi.

O‘sha yigit uzoq vaqt davomida tentirab yurib, dunyoni qanday qilib egallashi mumkinligi haqida o‘ylagan, rejalar tuzgan va kunlardan bir kuni nogahon eng mukammal reja miyasiga kelgan. U bolasi bilan yetaklashib ketayotgan onani ko‘rib qolgan. Ona o‘g’liga tinmay tanbeh beraverganidan bola yig‘lay boshlagan. Bir necha daqiqadan so‘ng ona farzandi bilan juda yumshoq ohangda gaplashgan va bola bir zumda tinchlanib, hatto tabassum qilgan. Yigit o‘sha onaning oldiga yugurib kelib, uni quchoqlagan va:
— So‘zlar! deya jilmaygan.
— Nima?
Ayolning savoli javobsiz qoldi. Yigit allaqachon ketib qolgan edi.
Ha, Fyurer dunyoni so‘zning kuch-qudrati bilan zabt etishga qaror qildi.
— Qurolga umumun ishim tushmaydi, chunki buning hojati yo‘q, — dedi u.
Ammo u anoyilardan emasdi. Uni umuman ahmoq odam deb bo‘lmas edi. Uning ilk hujum rejasi iloji boricha Vatanining hamma joyida so‘z ekib o‘stirishdan iborat edi. U har bir so‘zini kecha-yu kunduz parvarish qildi, ayamay ozuqa berdi. U butun Germaniya bo‘ylab so‘zlarning bepoyon o‘rmonlari paydo bo‘lishini kuzatib turdi. Xalq qolipga solingan fikr egalaridan tarkib topa bordi.
SO’ZLAR O‘SIB DARAXTGA AYLANGACH, bizning yosh fyurerimiz nishonlar o‘sib chiqishi uchun boshqa urug’larni sepdi va ular ham asta kurtak yoyishdi. Nihoyat fursat yetib kelgach, fyurer ishga kirishdi.
U odamlarni o‘zining ulug’vor bag‘riga yuragiga chorladi. O‘z qo‘llari bilan o‘rmonlardan uzib olgan eng go‘zal, eng qabih so‘zlari bilan boshqalarni o‘ziga qahrabodek torta boshladi. Ular kelishdi.
Ularning barchasi konveyerga o‘tkazildi va yugurik mashina orqali o‘n daqiqa ichida butun umrga arzigulik narsalar ko’rsatib chiqildi.
Og‘izlariga so‘zlar quyildi. Vaqt tushunchasi yo‘qolib qoldi. odamlar o‘zlari bilishlari kerak bo‘lgan hamma narsani bilib oldilar. Ular gipnozga tushib qolishdi.
Keyingi bosqichda ularga tegishli nishonlar tarqatildi va hamma o‘zida yo‘q baxtiyor bo‘ldi.
Ko‘p o‘tmay, ulug‘vor qabih so‘zlar va nishonlarga talab shu qadar oshib ketdiki, o‘rmonlar kengayishi bilan katta miqdorda daraxtlarni parvarishlovchi qo‘shimcha kuch topish zaruriyati paydo bo‘ldi. Ba’zi birovlarning ishi daraxtlarga tirmashib chiqish va pastda turganlarga so‘zlarni uzib uloqtirishdan iborat edi. Ularning og‘ziga fyurerning odamlaridan qolgan-qutgan so‘zlar quyilar edi.

– Markus Zusak. “Kitob o‘g‘risi”

#Oy_tavsiyalari
Fevral oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari

• Diniy-ma’rifiy:
�� “Vasatiya – hayot yo‘li” (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

• Jahon adabiyoti:
�� “Farengeyt bo’yicha 451 daraja” (Rey Bredberi)

O‘zbek adabiyoti:
�� “Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov)

• Biografik:
�� “Stiv Jobs” (Uolter Ayzekson)

• Shaxsiy rivojlanish:
�� “Liderlik qonunlari” (Teodor Ruzvelt)

Mumtoz:
�� “Mantiq ut-tayr” (Fariduddin Attor)

• Tarix:
�� “Alvido, Vatan” (A’zam Hoshimiy)

• Ilmiy-ommabop:
�� “Oq nilufarlar yurtida” (Grigoriy Petrov)

13.8K views 12:25

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​”Kitobxonlar klubi”da navbatdagi №168 mutolaa uchun Oybekning “Navoiy” romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning “Eng yaxshi kitobxoni” deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 11-fevral, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.

Ko‘p kuzatyapman, o‘zbeklar orasida ham “bla. bla. bla. ” deyish urf bo‘libdi.

Yana o‘risga taqlid! Yana o‘ylamay o‘rischa so‘zlarga sig‘inish! Yana o‘zbekchani kamsitish!

Kirmagani shu qoluvdi o‘zi! Muncha birovnikini yaxshi ko‘radigan millatmiz?!

Ichimizda “Meniki emassan sen! Tur yo‘qol! Menga o‘zimizniki yetadi!” degizdiradigan tuyg‘u yo‘qmi?! Qolmaganmi?! O‘lganmi?!

Do‘stlar! Aka-uka va opa-singillar!
Tilning ham o‘ziga yarasha mahramiyati bor. Til yetti yot begonalar ruxsat so‘ramay bostirib kirib ketaveradigan karvonsaroy emas! Har bir millat o‘z tilini xuddi qizini, opa-singlisini, xotini va onasini yomon ko‘zlardan, tajovuzlardan asragandek asrashi lozim!

Oldin ham ko‘p yozganman: TIL DAYUSI bo‘lib qolmaylik! Tilimizga rashkli, qizg‘anchiq bo‘laylik!

O‘zbek tilimizda ko‘plar qo‘llayotgan shu “bla. bla. bla. “ni aniq ifodalaydigan “valaqlash” degan juda chiroyli so‘z bor. “Valaqlayapti”, deng. “Valaqlama!” deng. “Valaqi-salaqi”, deng. Juda agar uch marta takrorlamoqchi bo‘lsangiz, “valaq. valaq. valaq. ” deng! Aytmang shu “bla. bla. bla. “ni!

Bo‘ladi-ku axir! O‘ris emassiz-ku axir! O‘zbeksiz-ku axir!

Oldin bilmagan yo unutgan bo‘lsangiz, endi bilib oldingiz. Iltimos, keling, bugundan boshlab shu o‘rischa “bla. “ni tilimizdan siqib chiqaraylik, kelgan yeriga haydaylik, o‘rniga o‘zimizning so‘zni tiklaylik! Yashataylik!

Nurulloh Muhammad Raufxon

Har bir musulmon quyidagilarni bilishi kerak:

1) Liberalizm
2) Islomning fikriy/intellektual tarixi
3) Zamonaviy/modern davlat tushunchasi
4) Sekulyarizm
5) Feminizm

Agar siz bu haqda hech narsa bilmasangiz, na o‘zingizni, na oilangizni va farzandlaringizni modernizatsiya hujumidan himoya qila olmaysiz.

«Men sizga tarixga oid kitoblarni qasddan ko’p yuborgan edim. Balki xabaringiz bordir, otangiz podshoh hazratlariga ham hamma vaqt tarix o’qimoqni tavsiya qilamen. Davlatning butun mas’uliyati sizlarning zimmangizdadir. Obodonlik yoki inqiroz sizlarning tadbir va harakatingizga bog’liqdir. Shuning uchun siz tarix oynasiga qarab turmog’ingiz kerak. Qaysi davrlarda qaysi sabablar bilan yurtlar obod boʻlgan, ellar shod-xurramlik ko’rgan ham qaysi zamonlarda va ne sabablardan mamlakatlar halok boʻlgan bularni o’rganmoq darkor. Aql va adolatning yorug’ kunduzini, zulm va jaholatning qora tunini hech bir ilm tarix kabi ravshan koʻrsata olmagan. Ulug’ bobongiz Temurxon tarixni shunday yaxshi bilur ekanlarki, u zamonning ibn Xoldun kabi eng peshqadam muarrixlarni hayratda qoldirganlari toʻgʻrisida ma’lumotlar bor».

Agar musulmon Islom kelajagi undan talab etadigan ilmiy va iqtisodiy faoliyatni unutgan holda, Ka’ba oldida umrbod ibodat bilan mashg‘ul bo‘lsa ham, bu ishi uni Alloh oldida hech narsadan behojat qilolmaydi.
Zero, zavodlar qurish masjidlar qurish bilan barobardir!

Shayx Muhammad Gʻazzoliy

#Maqola
Haqiqatparvarga 7 tavsiya

1. Boshingizga biron ish tushganda «haqiqatni aytganim uchun tazyiq qilyaptilar», demang. «Qarashlarim, fikrim, e’tiqodim, tadqiqotim uchun, kasbiy, vatandoshlik burchimni ado etganim yoki faktlarni yoritganim uchun» deng. Chunki yakuniy haqiqatning egasi siz emassiz. Haqiqatning egasi inson bo‘lsa, u haqiqat emas.

2. O‘zgalarning ham fikri, e’tiqodi va ular fakt deb hisoblagan asoslari bor. Ularni eshitishni va tushunishni o‘rganing. Tushunish qabul qilish degani emas. Lekin tushunmay hech narsani qabul qilmang. Bahsda birovning argumentini tushunib, uning asos-dalillarida zaiflikni ko‘rsata bilgan g‘olib bo‘ladi. Eng baqirog‘i emas.

3. Ehtiroslarning buzg‘unchi kuchi bor. Uning yaratuvchanlik xususiyati ham bor. Ehtiros qamrab olganda, uni nimaga yo‘naltirish sizning qo‘lingizda. Oxir oqibatni o‘ylash to‘g‘ri qarorni belgilaydi.

4. «Haqiqatgo‘ylik» birovlarning haqini, nomusini toptash uchun ruxsat emas.

5. Har qanday mafkura faktlar oldida bo‘yin egishi lozim. Mafkurangizga mos faktlarni tanlab, to‘g‘ri kelmaganini tashlab yuborish g‘irromlikdir. Faktlar noyob, qimmatbahodir. Tekshirilgan narsani fakt deb atash mumkin. Yaxshi tekshirilmagan ma’lumot asosida fikr yuritadigan bo‘lsangiz, buni o‘zingiz va boshqalar oldida tan oling: taxmin, fikr, mulohaza, gipoteza shakllari samimiy muloqotga yo‘l ochadi.

6. Haqiqat haqida savol berish, uni gumon ostiga olib tadqiq etishdan hech kim to‘silmagan. Hatto farishtalar Allohdan nima uchun Odamni yerga xalifa qilinishi haqida so‘radilar.

7. Haqiqatparvarni halok qiluvchi narsa kibrdir. Iblis kibrga mubtalo bo‘lgan «haqiqatgo‘y» edi.

Jamshid Muslimov

“Ba’zi kishilar mening da’vatlarimni eshitib, meni taraqqiyotga qarshi, rivojlanishdan uzoq inson, deyishibdi. Taajjub.
Men mashinaning o‘rniga eshak mining, samolyotni qo‘yib tuya mining, elektr tokini o‘chirib qo‘yib sham yoqing, shifoxonalarni qo‘yib sahrodagi o‘t-o‘lanlar bilan davolaning, agar sizga qarshi dushmaningiz raketa, samolyot va tanklar bilan urushsa siz ularga qarshi nayza, qilich va kamon bilan kurashing, deydigan jinniga o‘xshaymanmi?!
Yo‘q azizlar! Bu gapni faqatgina jinni aytishi mumkin. Dunyo sivilizatsiyasini uch davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davrga avvalgi asrlarda Fir’avnlar, Finikiyaliklar, Xusiylar, Bobilliklar, Yunonlar va Rimliklar kabi yaqin sharq davlatlari asos solishgan.
Ikkinchi davrga esa o‘rta asrlarda musulmonlar asos solishgan. O‘rta asrlarda Yevropa zulmat, qorong‘ulik, qoloq va vahshiylik ichida edi. Ammo islom sharqida taraqqiyot va madaniyat asri boshlangan edi.
Uchinchi davrga esa hammaga ma’lum Yevropaliklar asos solishdi. Ammo biz musulmonlar bu taraqqiyotga begona emasmiz. Bu taraqqiyotning manbasi aslida bizmiz. Bunda biz sherikmiz. Ammo biz bir zamon uyquda qoldik. Karvon o‘tib ketdi. Biz makonimizni yo‘qotib qo‘ydik. Uyg‘ongach yo‘qotganimizni topish uchun yugurdik. Uyg‘onishimiz bilan biz oldin ko‘rmagan, bizga begona bo‘lgan narsalarni ko‘rdik. Darrov ikkiga bo‘lindik. Birinchi guruh u narsalarni fahmlamasdan, tushunmasdan, ajratmasdan olaverdi. Bu xato edi. Aslida dinimizdagi sobit asoslarga xilof kelmaydigan, odatlarimizga zid bo‘lmagan, bizga manfaatli bo‘lgan narsalarni olishimiz to‘g‘ri bo‘lar edi. Nega endi madaniyat ne’matlarini tark qilishimiz kerak?!
Bugun bizdagi eng faqir kishi ham xalifa Abdulmalik ibn Marvondan yaxshi yashaydi. Abdulmalik ibn Marvonning tishi yemirilib kovak bo‘ldi. Undan sassiq hid chiqa boshladi. Uni davolash, plomba qo‘yish uchun shifokor topa olmadi o‘shanda. Bugun eng faqir inson ham tishi og‘risa shifokorga borib tishini davolab plomba qo‘ydirishi mumkin.
Xalifa Horun ar-Rashid Bag‘doddan Makkaga borishi uchun tuyada yoki biror hayvonda ikki oy yo‘l bosishi lozim edi. Biz esa bu masofani samolyotda ikki soatda bosib o‘tayapmiz.
Xalifa Abu Ja’far Mansur ichaklari og‘rishidan qattiq dard chekar, oddiy tabletkalarni topa olmas edi. Bizdan oddiy odam uni topib, ichaklarini virus va mikroblardan tozalashi, og‘rig‘ini qoldirishi mumkin.
Madaniyatning bu ne’matlarini tark qilishimiz kerak deb kim aytdi?! Axir Alloh taolo Qur’oni Karimda:
Alloh o‘z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!“, deb ayt”, deydi-ku!
Yo‘q! Ammo biz aytamizki, garchi barcha insonlar uni taraqqiyot deb bilsada, usiz yashab bo‘lmaydi deb hisoblasada, Yevropadan bizning aqidamizni buzadigan, bizni haromga tushiradigan narsalarni olmaymiz!

Ali Tantoviy rohimahulloh

5.4K views edited 11:04

Har qanday mustamlakachilik hikoyasidan oldin mustamlaka bo‘lishga munosib millat hikoyasi bo‘ladi.

– Molik bin Nabiy

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​”Kitobxonlar klubi”da navbatdagi №169 mutolaa uchun Markus Zusakning “Kitob o‘g‘risi” romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning “Eng yaxshi kitobxoni” deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 25-fevral, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.

Ijtimoiy, siyosiy, boshqaruvga oid va oilaviy qoida.

VATAN QURTLARI

1970-yilda Kuba o‘z fuqarolarini Amerikaga ko‘chib o‘tishini man qiluvchi qonun chiqardi. Maqsad Amerika razvedkasining Kuba fuqarolaridan Kuba yetakchisi Fidel Kastroga qarshi foydalanishining oldini olish edi.
1980-yil Amerika Kubani yana tashvishga qo‘yishni maqsad qildi. Prezident Jimmi Karter Kubaliklar uchun Amerikaning quchog‘i ochiq ekanini, ularga maosh va bepul uy-joylar berishlarini aytdi.
Fidel Kastro Gavana portida 600 ta kema tayyorladi. 125 ming inson yig‘ildi. Kastro: “Kim Amerikaga ketishni xohlasa marhamat, ketaversin“, dedi.
Muhojirlarga juda ko‘p jinoyatchilar, qamalganlar qo‘shildi. Ular Amerika tomon yo‘lga chiqishdi.
Amerika muhojirlarning ko‘pligini ko‘rgach ularning istiqboliga chiqmadi. Ular bir necha hafta kishilar va dunyoning ko‘z o‘ngida dengizda qolib ketishdi. O‘nlab qarilar, yosh bolalar va ayollar vafot etishdi. Nihoyat ularni Guantanamodagi boshpanalarga joylashtirishdi.
Qizig‘i, ular ketgach Kubaning iqtisodi ko‘tarila boshladi. Savdo, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.
Fidel Kastro ular haqida shunday degan edi:
Anavi qurtlar bizning ichimizda joylashib olgan Amerikaliklar edi“.
Karter o‘zining ahmoqligi sabab ko‘p tanqidlarga uchradi. Saylovda mag‘lubiyatga uchradi. Yangi prezident Reygan shunday degan edi:
“Agar muhojirlar Kubada qolishganda Kastro aniq sinar edi”.
Ibrat:
Har-bir vatanning o‘z qurtlari bo‘ladi. Ular vatanning kulfati va harob bo‘lishiga sabab bo‘lishadi. Ularning vatandan chiqib ketishi kishilarga rohatdir. Kim ketmoqchi bo‘lsa ketsin. Vatan o‘z aholisigadir! Xoinning vatani bo‘lmaydi!
_
Bu yerda oilam, yurtim kelajagi deb chetda yurganlar emas, aksincha vatanga tupurib qo‘yganlar nazarda tutilgan.

Zoologiya 7-Sinf

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik

App Size: 27M
Release Date: Jan 26, 2022
Price: Free
Download Apk
Google Play

Screenshots for App

Mas’ul muharrir:
Azimov D. A. – O‘zR FA akademigi, biologiya fanlari doktori, professor.
Siz O‘zbekistonimizning ko‘rar ko‘zlari, yorqin kelajagisiz. Biologiya darsligi sizni rang-barang va xilma-xil hayvonot dunyosiga olib kiradi. Darslik sizga hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishiga doir bilimlar beradi. Sizni faol bilim olish va mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Siz uni qunt bilan o‘qisangiz, hayvonlar hayotidan juda ko‘p narsalarni bilib olasiz. Bilganlaringiz esa sizga kelgusida kasb tanlashingizda yordam beradi. Hayvonot va o‘simliklar dunyosini yaxshi bilgan kishi uni sevadi va ardoqlaydi.
Ilm cho‘qqilari sari qadam tashlashingizda doimo omad yor bo‘lsin!
Muallif

More Information about: Zoologiya 7-Sinf
Price: Free
Version: 1.0
Release Date: Jan 26, 2022
Content Rating: Everyone
Developer: SOULDESIGN
Developer Apps

Zoologiya 7-Sinf

7-Sinf Kimyo darsligi

5-Sinf Ona-tili

9-Sinf Biologiya

10-Sinf Biologiya

Ingliz Tili 5-Sinf

Biologiya 11- Sinf

Ingliz-tili 6-Sinf

Related Apps

Adabiyot 6-Sinf 2-Qism

9-Sinf uchun darsliklar

Tarix 6-Sinf Qadimgi Dunyo Tarixi

7-Sinf Kimyo darsligi

5-Sinf Ona-tili

9-Sinf Biologiya

10-Sinf Biologiya

Ingliz Tili 5-Sinf

Biologiya 11- Sinf

Ingliz-tili 6-Sinf

5 Sinf darsliklar kitob ozbek

8-Sinf Kimyo Darsligi

9-Sinf Kimyo darsligi

Recent Releases Apps & Games

Go iptv Player pro

عالم التطبيقات

Cranium CoRE Remote

Thinkersize, LLC

DMS Cranium

Cranium Royal Aditama

Cerill

Agemonia

Finasana

PEPERLY LLC

Top Charts

  • Top Free Apps
  • Top Paid Apps
  • Top Grossing Apps
  • Top Grossing Games

Top New

  • New Free Apps
  • New Free Games
  • New Paid Apps
  • New Paid Games

More Pages

  • Top Free Games
  • Top Paid Games
  • Categories
  • Privacy Policy

Support

Copyright © 2023 STE Primo All rights reserved. | Privacy Policy | contacts

This website uses cookies to ensure you get the best experience on our website. More info. That’s Fine