Таълим / Образование
8-синф
Телеканал: “5-8-sinflar”
Online-maktab darslari uzatiladigan telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar
Joriy yil 14 sentyabrdan boshlab Respublika umumta’lim maktablarida 2020/2021 o‘quv yili boshlanadi. Bunda ta’lim shaklini onlayn tarzda tanlagan hamda maktabining faoliyati hali tiklanmagan o‘quvchilar belgilangan dars jadvali asosida o‘quv dasturini o‘zlashtirib borishlari mumkin. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Televizion darslar joriy yilning 14 sentyabridan boshlab O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 3 ta telekanalida dushanbadan shanbagacha har kuni soat 8:30 dan boshlab Online-maktab turkumida namoyish etib boriladi.
Online-maktab darslari «UzDigital TV» tarmog‘ida quyidagi telekanallar orqali efirga uzatiladi:
- 1-4 sinf o‘quvchilari uchun — «National Geographic»;
- 5-8 sinf o‘quvchilari uchun — «Eurosport»;
- 9-11 sinf o‘quvchilari uchun — «Oxota i ribalka».
Kabel televideniyesi va IP TV tarmoqlarida:
- 1-4 sinf o‘quvchilari uchun — «National Geographic»;
- 5-8 sinf o‘quvchilari uchun — «TVS»;
- 9-11 sinf o‘quvchilari uchun — «Fashion TV».
Darslarni parallel ravishda quyidagi internet resurslar orqali kuzatib borish mumkin:
- https://t.me/uzeduonlinemaktab;
- mover.uz/channel/uzedu
- Youtube kanali;
- Kundalik.com hamda http://online-maktab.uz/ elektron portali orqali.
Shuningdek, darslar Mediabay.uz, Mover.uz saytlariga hamda Telegram kanallariga ham joylashtiriladi.
Online-maktab televizion darslari Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda «ZOʼR TV» bilan hamkorlikda tasvirga olinmoqda.
Darslarni tasvirga olish uchun A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Respublika tashxis markazida jami 6 ta studiya tashkil etildi.
Televizion darslarni tasvirga olishga jami davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridan jami 117 nafar tajribali va malakali pedagoglar, 12 nafar surdo-tarjimon va 15 nafar muharrirlar jalb qilindi.
Televizion darslarning jadvali kunlik tarzda Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sahifalari orqali e’lon qilib boriladi.
Таълим / Образование
2022 йил 25 январь куни 1-11 синф ўқувчилари учун эфирга узатилган телевизион онлайн дарслар
Ушбу саҳифада 2022 йил 25 январь куни ўқувчилар учун эфирга узатилган телевизион дарслар билан танишиб чиқишингиз мумкин.
1-синф
Телеканал: “1-4-sinflar”
8:30 ― Математика
8:39 ― Она тили ва ўқиш саводхонлиги
8:52 ― Она тили ва ўқиш саводхонлиги
9:01 ― Инглиз тили
2-синф
Телеканал: “1-4-sinflar”
10:23 ― Математика
10:36 ― Она тили ва ўқиш саводхонлиги
10:55 ― Рус тили
11:08 ― Инглиз тили
3-синф
Телеканал: “1-4-sinflar”
11:56 ― Она тили
12:14 ― Математика
12:35 ― Инглиз тили
4-синф
Телеканал: “1-4-sinflar”
13:44 ― Она тили
13:58 ― Математика
14:15 ― Инглиз тили
5-синф
Телеканал: “5-8-sinflar”
8:30 ― Инглиз тили
8:46 ― Математика
9:06 ― Информатика
9:23 ― Француз тили
6-синф
Телеканал: “5-8-sinflar”
10:42 ― Инглиз тили
10:56 ― Математика
11:19 ― Информатика
11:35 ― Француз тили
7-синф
Телеканал: “5-8-sinflar”
13:00 ― Инглиз тили
13:15 ― Алгебра
13:33 ― Информатика
13:50 ― Кимё
8-синф
Телеканал: “5-8-sinflar”
15:11 ― Инглиз тили
15:24 ― Алгебра
15:37 ― Информатика
15:48 ― Кимё
9-синф
Телеканал: “9-11-sinflar”
8:30 ― Она тили
8:46 ― Адабиёт
8:54 ― Алгебра
9:11 ― Кимё
9:30 ― Рус тили
10-синф
Телеканал: “9-11-sinflar”
11:02 ― Рус тили
11:17 ― Биология
11:27 ― Немис тили
11:40 ― Физика
11:27 ― Она тили
11-синф
Телеканал: “9-11-sinflar”
13:39 ― Физика
13:55 ― Геометрия
14:14 ― Она тили
14:32 ― Француз тили
7-sinflar o’rtasida informatika fanidan online olimpiadada g’olibligi uchun taqdirlandi
III. Yangi mavzu bayoni: Avvalgi darslarda axborotni aniqlash va undan foydalanishga oid mashqlarni bajardingiz. Bunda Siz berilgan qonuniyatlarga ko’ra axborot oldingiz, ya’ni axborot to’pladingiz (hosil qildingiz), olingan axborotni daftaringizga qayd etdingiz, ya’ni saqlab qo’ydingiz, shu axborotga asosan
o’ylab ko’rib xulosa chiqardingiz, ya’ni qayta ishladingiz va berilgan vazifani hal etdingiz, ya’ni axborotni ishlatdingiz. Mashqni bajarish jarayonida axborotni eslab qolish va boshqa ko’rinishga o’tkazishga to’gri keldi. Bu darsda shu kabi axborotlar ustida bajariladigan amallardan asosiylarini ko’rib chiqamiz. Axborotli jarayonlar Axborot ustida hosil qilish, to’plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o’lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko’rinishga o’tkazish, tarqatish, bo’laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formallashtirish, kodlash, buzish kabi amallarni bajarish mumkin. Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog’liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi. Axborotlar ustida bajariladigan amallarning ko’plari Sizga tanish. Masalan, axborotni to’plash, birlashtirish, saqlash, his etish, eslab qolish, ishlatish bilan fanlarni o’zlashtirish jarayonida, boshqa ko’rinishga o’tkazish yoki formallashtirish amallaridan matematika va fizika darslarida formulalar, tenglamalar va jadvallar tuzib, nusxalash amalidan esa Paint va Word dasturlarida ko’p foydalandingiz. Keyingi darslarimizda axborotlar ustida bajariladigan kodlash va buzish amallari bilan tanishasiz. To’plangan axborotlardan kerak bo’lganda foydalanish uchun ularni saqlab qo’yish kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi. Shu kabi axborot tashish vositalariga ko’plab misol keltirish mumkin. Axborotni qayta ishlash va uzatish A xborotlarni qayta ishlash deganda bir axborotdan biror-bir amal bajarib boshqa axborotni hosil qilish tushuniladi. Axborotlarni qayta ishlash axborotlarni ko’paytirish va ko’rinishlarini o’zgartirish uchun zarurdir. Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va energiyadagi kabi, ularni to’plash (hosil qilish), uzatish, saqlash, bir ko’rinishdan boshqa, kerakli ko’rinishga o’tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin.
- TK1-kommunikativ kompetensiya
- Axborot ustida qanday amallar bajarish mumkin?
- Axborotni hosil qilish, to’plash, soddalashtirishga misollar keltiring.
- Inson tanasida axborotni to’plash va qayta ishlashga misol keltiring.
- Axborotni nusxalash, o’lchash, buzishga misollar keltiring.
- Axborotlarni uzoq masofaga uzatish usullariga misollar keltiring.
- Axborotlarni kompyutersiz va kompyuterda saqlash vositalariga misollar keltiring.
- Kodlash deganda nima tushuniladi?
- Tarixda axborotlar nima uchun kodlangan?
- Axborotlarni kodlashning qanday usullarini bilasiz?
- Morze kodlash usulida nechta belgi ishlatiladi?
- Alilbo bilan bog`liq qanday kodlash usullari bor?
- O’zingizning kodlash usulingizni ishlab chiqing va “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” iborasini kodlang.
- O’zingizning kodlash usulingizdan foydalanib do’stingizga axborot uzating
IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa.
III. Yangi mavzu bayoni: Kompyuter bilan bog‘liq sanoq sistemasi faqatgina ikkilik sanoq sistemasini emas, balki sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemasini ham o‘z ichiga oladi. Shu sababli sanab o‘tilgan sanoq sistemalari sonlari orasidagi bog‘liqlikni aniqlash muhimdir.Bir sanoq sistemasidagi butun sonni o‘nlik sanoq sistemasida tasvirlash Asosi o‘n bo‘lmagan pozitsiyali sanoq sistemasidagi manfiymas butun sonni o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun uni ixcham ko‘rinishidan yoyiq ko‘rinishga o‘tkazish va yig‘indi natijasini hisoblash kifoya. Masalan:
- O‘nlik sanoq sistemasidagi butun son boshqa sanoq sistemasiga qanday o‘tkaziladi?
IV. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baxolash: V. Uyga vazifa:
2. a) O`nlik sanoq sistemasidagi 5310 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o`tkazing. Javob: 5310 = 1101012 b) Ikkilik sanoq sistemasidagi 10111012 sonini o`nlik sanoq sistemasiga o`tkazing. Javob: 10111012 = 9310 3. Triada kodlash usulidan foydalanib, o`tkazishni bajaring: a) 1111001012 = ?8 111`100`1012 = 7458 b) 65478=?2 65478 = 110`101`100`1112 4. Tetrada kodlash usulidan foydalanib o`tkazishni bajaring: a) 10110110112 = ?16 10`1101`10112 = 2DB b) 1DAE16 = ?2 1DAE16 = 1`1101`1010`11102 5. Bir kitobda 640 ta sahifa bo`lib, har bir sahifa 32 ta satrdan va har bir satr 72 ta belgidan iborat bo`lsa, kitobdagi axborotni 24 Kbt/sek tezlik bilan uzatilganda necha daqiqa vaqt sarflanadi? Yechilishi: Kitobdagi axborot hajmi: 640*32*72= 1 474 560 bayt = 1440 Kbt. Sarflanadigan vaqt: 1440 kbt:24Kbt/sek=60 sek=1daqiqa
III. Uyga vazifa Takrorlash.
- TK1-kommunikativ kompetensiya
- Axborot texnologiyasi dcganda nimani tushunasiz?
- Axborot texnologiyasining tashqi omillariga misol keltiring.
- Agar kompyuterlar tarmoqqa birlashtirilmasa, ular qandayusulda axborot almashinadi?
IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 1. Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ishlab chiqilgan qanday dasturlar bor? 2. Web-brauzerlarning asosiy vazifalarini aytib bering. 3. Birinchi Web-brauzer qachon va kim tomonidan ishlab chiqarilgan? 4. Nima sababdan Internet Explorer boshqa brauzerlarga nisbatan ko’proq qo’llaniladi? 5. Internet Explorerni ishga tushirish usullarini amalda ko’rsatib bering. V. Uyga vazifa Mashqlar 1. Chap ustundagi so’zlarni o’ng ustundagi jumlalarga moslab qo’ying.
MS Word | Web-brauzerlar |
Opera | |
MS Internet Explorer | |
MS Paint | Microsoft firmasi dasturlari |
Netscape Navigator | |
AdWiper |
2. Nuqtalar o’rniga o’ng ustundagi mos keladigan so’zlarni joylashtirib ko’chiring.
Birinchi . 1990-yil Tim Berners Li tomonidan ishlab chiqilgan. | Web-sahifa |
Web-brauzerlar . ni ko’rsatishni ta’minlovchi dastur | Tahrir menyusi |
. yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish amallari bajariladi. | Web-brauzer |
- TK1-kommunikativ kompetensiya
- TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi
- TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni. bilish kerak?
- Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so’zlab bering.
- Qanday qidiruv tizimlari adresini bilasiz?
- Axborot qidiruv tizimlarida qidiruv satri nima uchun kerak?
- Axborot qidiruv tizimlarida bo’iimlardan nima uchun foydalaniladi?
- Agar qidiruv tizimi bir nechta hujjatni topsa, ulardan keraklisini qanday aniqlash mumkun?
- Axborot qidiruv tizimi yordamida O’zbekiston davlati haqida ma’lumot toping.
- Axborot qidimv tizimi yordamida Internetdan sportga oid yangiliklarni toping.
- Internetdan kompyuterlarga oid yangiliklarni toping.
- TK1-kommunikativ kompetensiya
- TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi
- TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni. bilish kerak?
- Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so’zlab bering.
- Qanday qidiruv tizimlari adresini bilasiz?
- Axborot qidiruv tizimlarida qidiruv satri nima uchun kerak?
- Axborot qidiruv tizimlarida bo’iimlardan nima uchun foydalaniladi?
- Elektron pochtaning oddiy pochtadan asosiy afzalligi nimada?
- Uyingizdagi pochta qutisi bilan elektron pochta qutisining qanday farqi bor?
- Elektron pochtaning oddiy pochta bajara olmaydigan qanday imkoniyatlarini bilasiz?
- Outlook Express dasturining menyulari va ularning asosiy vazifalari haqida so’zlab bering.
- Outlook Express dasturida uskunaiar paneli tugmalarining vazifalari haqida so’zlab bering.
- Outlook Express dasturining papkalar oynasi haqida so’zlab bering.
- Elektron pochta qutisiga ega bo’lishning qanday imkoniyatlarini bilasiz?
Web-sahifa | Elektron pochtalar |
Kelganlar | |
edunet.uz | |
Pochta qutisi | Web-saytlar |
eduportal.uz | |
Qabul qilish |
2. Nuqtalar o’rniga o’ng ustundagi kerakli so’zlarni joylashtirib ko`chiring.
. . . dastur interfeysining ko’rinishini o’zgartirish, shrift o’lchami va xabarlarni saralash usulini tanlash kabi ishlari bajarishga mo’ljallangan | Fayl menyusi |
. . . yordamida elektron pochta orqali xabar yuborish, xabarlarni qabul qilish, dastur parametrlarini o`zgartirish kabi amallar bajariladi | Ko’rinish menyusi |
. . . yordamida asosan yangi xabar hosil qilish, avval hosil qilingan xabarni ochish, xabarni chop etish, dasturdan chiqish amallari bajariladi | Servis menyusi |
- TK1-kommunikativ kompetensiya
- Elektron pochtaning oddiy pochtadan asosiy afzalligi nimada?
- Uyingizdagi pochta qutisi bilan elektron pochta qutisining qanday farqi bor?
- Elektron pochtaning oddiy pochta bajara olmaydigan qanday imkoniyatlarini bilasiz?
- Outlook Express dasturining menyulari va ularning asosiy vazifalari haqida so’zlab bering.
- Tarmoqqa ulangan vaqtingizda kompyuteringizga ruxsatsiz “kirish” va uni sizning manfaatingizga zid tarzda masofadan boshqarish;
- Internetda uzatilayotgan axborotlarni yo`lda ushlab olinib, ulardan nusxa olish yoki o’zgartirish;
- Turli virus (kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni o’chirish, o’zgartirish kabi ishlarni bajaruvchi va boshqa dastur tarkibiga qo’shilib olish, “yuqish” xususiyatiga ega bo’lgan maxsus dastur) dasturlarini Web-sahifalarga “yashirib qo’yish”;
- Turli davlat tashkilotlari va xususiy korxonaiarga tegishli axborotlarni o’g’irlash va raqobatchi tashkilotlarga sotish yoki ma’lum miqdorda tolov talab qilish;
- Jamiyat mafkurasi va ma’naviyatiga zid axborotlarni Internetda e’lon qilish.
- Shaxsiy va lokal tarmoqdagi kompyuterlarga tashqaridan Internet orqali kirishni cheklovchi va nazorat qiluvchi texnik va dasturiy vositalardan foydalanish;
- Internet orqali faqat ishonchli manbalardan axborot olish va ularning asl nusxasiga mosligini tekshirish;
- Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda kriptografiya (axborotni kodlash) usullaridan foydalanish;
- Kompyuter viruslariga qarshi nazoratchi va davolovchi dasturlardan foydalanish.
- Axborotlarni himoya qilish nima uchun kerak?
- Internet orqali kompyuter va uning axborot resurslariga qanday zarar yetkazilishi mumkin?
- Viruslarning qanday guruhlari bor?
- Fayi viruslari qanday “ko’payadi”?
- Axborot xavfsizligi va “elektron jinoyatchi”lardan himoyalanishni ta’minlovchi chora-tadbirlar haqida so’zlab bering.
- Kriptografiya deganda nimani tushunasiz?
- Kompyuter viruslari yaratilishiga kim turtki bo`lgan?
- Kompyuter viruslariga qarshi qanday kurashish mumkin?
- Boot-viruslar haqida so`zlab bering.
Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi:____________________ o`rinbosari:_________________
SINF | 7”____” | 7”____” | 7”____” | 7”____” |
SANA | ___ – _______201__ yil | ____ – _______201__ yil | ____ – _____201_ yil | ____ – _____ 201__ yil |
Mavzu: Nazorat ishi
Maqsad: O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash. I. Tashkiliy davr II. Nazorat ishi topshiriqlarini bajarish. 1. Informatika faniga qachon asos solindi? A) XX asrning 60-yillarida. B) XX asrning 40-yillarida. C) XX asrning 50-yillarida. D) XX asr boshida. 2. „Informatsiya” so’zining ma’nosi? A) lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, „avtomatlashtirish” degan ma’noni anglatadi. B) lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, „ma’lumot”, „tushuntirish”, „tavsiflash” degan ma’nolari anglatadi. C) lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, „hujjatlashtirish” degan ma’nolari anglatadi. D) to`g`ri javob berilmagan 3. “Axborot” deganda nimani tushunamiz ? A) barcha sezgi organlarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta’sirini, bog’liqlik darajasini. B) kindalik axborotlar C) eshitgan voqealarimiz D) ko`rgan hodisalarimiz. 4. Axborot qanday shakllarda uchrashi mumkin? 1. matn, 2. rasm, 3. chizma, 4.ovoz signallari; 5. radioto’lqinlar; A) 1,2,3; B) 1,2,3,4,5; C) 1,2,3,5; D) 1,4,5; 5. Axborot asosan qanday sifatlarga ega bo`lishi kerak? A) aniqlik, ishonchlilik, cheksizlik; B) takrorlanuvchanlik, ishonchlilik, ma’lum darajada qimmatlilik C) aniqlik, ishonchlilik, ma’lum darajada qimmatlilik; D) aniqlik, ishonchlilik, alohidalik 6. Axborotlar shakliga ko`ra qanday turlarga bo`linadi? A) uzluksiz, uzlukli B) chekli, cheksiz C) tovush, matn D) rasm, chizma 7. Axborotni qayta ishlash uchun qulay bo’lgan belgilar bilan almashtirish jarayoni nima deb ataladi? A) axborotni to`plash B) axborotni kodlash C) axborotni uzatish D) to`g`ri javob berilmagan 8. Analog axborotlar … bo`ladi. A) Uzluksiz B) Uzlukli C) A va B D) to`g`ri javob berilmagan 9. Diskret axborotlar … bo`ladi. A) Uzluksiz B) Uzlukli C) A va B D) to`g`ri javob berilmagan 10. Axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar: … 1. axborotlarni to`plash; 2. axborotlarni qayta ishlash; 3. axborotlarni uzatish. A) 1 B) 2 C) 2va 3 D) 1,2,3 11. Rim raqamlarida 2008 soni qanday yoziladi? A) MM00VIII B)MMVIII C) LLVIII D) CCVIII 12. Ayirishni bajaring: 10102 – 1012 A) 9092 B) 1012 C) 112 D) 1102 13. O`nlik sanoq sistemasidagi 15 sonini ikkilik sanoq sistemasida yozing. A)10112 B) 11112 C) 11012 D) 10012 14. Dastlabki Web-brauzer qachon, kim tomoni-dan yaratilgan? A) 1990 yil, T. Brauzer-Li B) 1990 yil, T. Berners-Li C) 1992 yil, B. Geytis D) 1991 yil, P. Norton 15. Web-sahifalar adreslari hamisha qaysi yozuv-dan boshlanadi? A) html:// B) htpp:// C) http:// D) www:// E) @:// 16. Elektron pochta adresida Web-sahifa adresidan farqli qanday belgi bor? A) @ B) // C) # D) * E) hech qanday 17. Elektron pochtadan qaysi dastur yordamida foydalaniladi? A) Internet-Explorer B) Outlook-Express C) E_mail D) MS Access E) Word 18. Keyinchalik kompyuter viruslarining yaratilishiga turtki bo’lgan dastur muallifi? A) Igor Danilov B) Fred Koen C) Kasperskiy D) Aniq emas 19. Kompyuter viruslari shartli ravishda qanday guruhlarga ajratiladi? A) fayl viruslari; Boot-viruslar; havfli viruslar; tarmoq viruslari. B) fayl viruslari; yangi viruslar; makrovinislar; tarmoq viruslari. C) tezkor viruslar; Boot-viruslar; makrovinislar; tarmoq viruslari. D) fayl viruslari; Boot-viruslar; makrovinislar; tarmoq viruslari. 20. Kompyuterdagi ma’lumotlarni viruslarda himoya qiluvchi dasturlar … deb ataladi. A) himoya dasturlari B) brauzerlar C) antiviruslar D) doktorlaz