1-11-sinf yangi darslik audiolari
Latino Negro Madlib
6Sinf Adabiyot Audio Darslik Mp3 – Бесплатно скачать Mp3
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу 6Sinf Adabiyot Audio Darslik Mp3 в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию 1 Dars 8 Sinf Adabiyot Darsligida Berilgan Kuntug Mish Dostonidan Parcha длительностью 42.03 MB, размер файла 31 мин и 56 сек.
Все песни были найдены в свободном доступе сети интернет, а файлы с произведениями не хранятся и не загружаются на наш сервер. Если Вы являетесь правообладателем или лицом, представляющим правообладателя, и не хотите чтобы страница с произведением, нарушающие Ваши права, присутствовала на сайте, воспользуйтесь данной формой DMCA.
Сейчас слушают песни
6Sinf Adabiyot Audio Darslik Mp3
Latino Negro Madlib
Кремль Ссср Битва За Власть
Video Bokep Smp Simontok
Copyright ©Gtxmusic 2023
All Rights Reserved
Почта для жалоб и предложений: [email protected]
Слушайте и скачивайте бесплатно mp3 музыку. Популярная и свежая музыка всегда доступна для скачивания бесплатно!
1-11-sinf yangi darslik audiolari
Ingliz tilidan 2022-2023-o’quv yili uchun mo’ljallangan Cambridge Guess what va Prepare darsliklarining audiolari.
Fayl nomi | Turi | Hajmi |
1-sinf Guess what audio | rar | 113 MB |
2-sinf Guess what audio | rar | 233 MB |
3-sinf Guess what audio | rar | 162 MB |
4-sinf Guess what audio | rar | 185 MB |
5-sinf Guess what audio | rar | 196 MB |
6-sinf Guess what audio | rar | 203 MB |
7-sinf Prepare audio | rar | 162 MB |
8-sinf Prepare audio | rar | 148 MB |
9-sinf Prepare audio | rar | 240 MB |
10-sinf Prepare audio | rar | 361 MB |
11-sinf Prepare audio | rar | 363 MB |
1-11-sinf yangi darslik audiolari
Ushbu audiolarni disk yoki fleshka variantda arxivlanmagan holatda buyurtma berish uchun telegramdan @hasanboy_uz manziliga yozing
Telegram kanalimiz: @uzteachers
8Sinf Audio – Скачать mp3 бесплатно
Для вашего поискового запроса 8Sinf Audio мы нашли 50 песен, соответствующие вашему запросу. Теперь мы рекомендуем загрузить первый результат 8 Sinf Anatomiyadan Audio Kitob который загружен BIOLOGIYA UZ размером 12.94 MB, длительностью 9 мин и 50 сек и битрейтом 192 Kbps.
Обратите внимание:
Перед загрузкой вы можете послушать любую песню, наведите курсор и нажмите «Слушать» или «Скачать» для загрузки mp3-файла высокого качества. Первые результаты поиска – с YouTube, которые будут сначала преобразованы, после чего файлы можно загрузить, но результаты поиска из других источников могут быть сразу же загружены в MP3 без какого-либо преобразования.
Слушают сейчас
Бриллиантовая Свадьба Песня
Baba Скачать Песню
Нам Надо Дыма Без Матов
Намебини Чи Чури Мундам Ту Танхои
Кто Такой Песня
Аллахумма Салли Аля Саййидина Мухаммадин Mp3
Lagu Siku Siku Any Time
Чвк Вагнер Песня Хит 2022 Россия
Малый Бизнес Большая Игра
Е Песня Йоу Песня Йоу Йоу
О А И Но Вай Ноу Ремикс
Mana Senga Sher E Hudoyim Hudoyim Buncha Bu Kiz Muloyim
Гио Пика Синий Трактор Ремикс
Bezekli Adlar Herfler
Димаш В Америке Порвал Зал Первый Тур Dimash Performs S O S On The World S Best
Монгольская Музыка В Современной Обработке
Красивая Песня Я Буду Ждать Тебя
Болажонлар Хакида Кушиклар
Зачем Солнце Рано Пало
Mv Davichi Sunset Crash Landing On You Ost Part 3
Скачивают
Ermenita Hoxha Sekretet E Mia Tik Tok Remix Elsen Pro
Чтение Джуз Амма Шайх Абу Бакр Аш Шатири Красивый Природа Сура 78 114 Sheikh Abu Bakr Al Shatri
Афзалшо Шодиев Дунё 2022 Afzalsho Shodiev Dunyo 2022
02 Танцует Флексит 1080 Музыка Фулл
Bomba Fantastic Remix
Абдуллох Домла Чиройли Сабр Килинг Abdulloh Domla2022 Ilmnuri Abdullohdomla Абдуллохдомла Sabr
Как Же Красиво Спели Песню Ах Черемуха Белая Вячеслав Чен И Евгений Зачеславский
Я Знаю Только Лучшее В Тебе
Милые Добрые Взрослые Отмените Войну До Слез
Патимат Расулова Карие Глаза Cover Version Patimat Rasulova Tik Tok Trend Pakistan 2023 Xit
Ай Олвейс Камбек Мемы
Notice Me Senpai Sped Up
Музафар Шаропов Бародарам Да Барам Боши New Trek 2022
Имя Пик Название 13Карт
Ислам Итляшев Сборник Лучших Хитов Kavkaz Box
Mary On A Cross Ghost Sped Up
Made In Heaven Sound
Hide And Seek Nightcore By Lizz Robinett
Let Me Know By Juice Wrld Sped Up
XTV 8-sinf Adabiyot darsligida Asqad Muxtor to‘g‘risidagi ma’lumot bir necha marta takrorlanganiga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 8-sinf Adabiyot fani darsligida Asqad Muxtor to‘g‘risida ma’lumotning bir necha marotaba berilgani aks etgan video e’lon qilingandi. Holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Qayd etilishicha, videosi tarqalgan 8-sinf Adabiyot fani darsligi maketi 2010-yilda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan yaratilgan. Mazkur darslik so‘nggi marotaba ushbu nashriyot tomonidan 2019-yilda chop etilgan 4-nashr hisoblanadi.
Yuzaga kelgan vaziyatni o‘rganish maqsadida vazirlik tomonidan 14-sentabr kuni Surxondaryo, Xorazm, Navoiy, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari maktablarida aynan 8-sinf Adabiyot fani darsligi ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida keng muhokamaga sabab bo‘lgan holat ko‘zdan kechirilgan darsliklarda mavjud emasligi aniqlandi.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha muallifi farzandiga darslik qaysi maktabda berilganini aniqlash imkoniyati bo‘lmadi (videoda hech qanday ma’lumot berilmagan). Video muallifidan mazkur darslik haqiqatdan ham maktab kutubxonasidan berilgan bo‘lsa, uni vazirlikka @bookedu_bot Telegram boti orqali murojaat qilgan holda maktab kutubxonasiga qaytarib, o‘rniga sifatli darslikni olishini so‘raymiz. Shu bilan birga, videoni tarqatgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan holat yuzasidan ma’lumotni vazirlikka taqdim etishlarini va uni ijobiy hal qilinishida yordam berishlarini so‘rab qolamiz, — deyiladi munosabatda.
8 sinf adabiyot audio
Maqsad va
1.Ta’limiy: O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi hikoyalarni o`rganish, hikoyalar matni ustida ishlash.
2.Tarbiyaviy: o’quvchilarning e’tiborini onaga bo`lgan mehr hissiga qaratish, insonni avaylashga o`rgatish. O`quvchilarni badiiy ijodga muhabbat ruhida tarbiyalash;
3.Rivojlantiruvchi: og’zaki va yozma nutqni, aktyorlik mahoratini hamda eng ezgu insoniy fazilatlarni rivojlantirish.
Vazifalar: o`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish,ularda mavzu asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.Mustaqil ishlashga undash.
Mavzuga oid berilgan topshiriqlar qay darajada bajarilganini nazorat qilish va ularning bilimini baholash.
Dars uslubi: aralash
Dars usuli: noan’anaviy:”Tilsim”,”Rolli o`yinlar”, “Sirli sandiq” , “Assisiment”
Dars shakli: individual va kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, elektron darslik, videoproyektor, kompyuter, ekran, slayd tushirilgan disk, audiomatnlar, rag’bat kartochkalari, adib surati va asarlari.
Nazorat: og’zaki nazorat va savol-javob.
Kutiladigan
Yangi bilimlarni tezlik bilan egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o`rganadi va nutqi rivojlanadi. O`z-o`zini nazorat qiladi. Savollar ustida ishlaydi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo`ladi.
Kelgusidagi
Darsning blok-chizmasi:
a) slayd namoyishi;
b) “Rolli o`yinlar” (sahna)
a)”Sirli sandiq” (savol-javob)
b) “Topqirlik bahsi”
Darsning borishi:
I .Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash.
O`qituvchi: (“O`. Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobidan)
Odamzod nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan ko`ra sholg’om eksa, qozoniga tushadi-ku!
Odamzod nima uchun kitob o`qiyotib, suyukli qahramoni o`lib qolsa yig’laydi? Uni yozuvchi ichidan to`qib chiqarganini biladi-ku!
Odamzod nima uchun o`zga yurtlarga borib behisob mol-dunyo orttirsa-yu, ittifoqo bolaligi kechgan kulbasi tushiga kirib qolsa, tuni bilan yig’lab chiqadi? Axir u shohona qasrda yashaydi-ku!
Odamzod nima uchun bolasining boshida alla aytadi? Go`dak alla eshitmasa uxlamaydimi?
Gap shundaki, Odamzodni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor. Bu chegaraning nomi Ma’naviyat deb ataladi!
Qadrli o`quvchilarim! Sizning ana shunday yuksak ma’naviyat sohibi bo`lishingizni tilab ,bugungi darsimizni boshlayman!
Dars shiori: Ona- bitta! Vatan- yagona ! (O`tkir Hoshimov)
Sinf o`quvchilari 3 guruhga bo`linadi hamda I guruh “Mehr”, II guruh “Muruvvat”, III guruh “Oqibat” deb nomlanadi. O`quvchilarning dars davomidagi ishtiroki “Ofarin”,” Barakalla ”, “ Intiling ” kartochkalari yordamida baholab boriladi.
O`tilgan mavzuni takrorlash “Tilsim” ko`rgazmasi orqali amalga oshiriladi.
O`qituvchi: “TILSIM“ ko`rgazmasi umumiy o`rta ta’limning DTS talablari bilan belgilab berilgan adabiyot ta’limidan ko`zlangan maqsadni amalga oshiradi. Adabiyot olamidagi har bir adib ijodi — misoli tilsim. Bu tilsim sehrini ochish uchun siz shu adib haqida to`liq ma’lumotga ega bo`lishingiz, uning mashhur asarlarini bilishingiz lozim.
Aziz o`quvchilar! Ko’rgazmamizning pastki qismida arxiv-uyachalar bo’lib, unda bir nechta shoir va yozuvchining tug’ilgan yili, joyi, ilk asari, ish faoliyati, asarlari, mukofotlari, eng mashshur asari, vafot etgan sanasi aks etgan tarqatmalar aralash holda joylashtirilgan. Siz o`rganayotgan sevimli adibimiz ijodiga oid ma’lumotlarni arxiv-uyachalardan olib, ko`rgazmaning asosiy qismiga joylashtirishingiz kerak bo`ladi.
Guruhlar baholab olingach, o’qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi.
III. Mavzu jarayoni:
O’quvchilarga O’tkir Hoshimov hayoti va ijodi, «Dunyoning ishlari” qissasini o`rganish bo’yicha tayyorlangan slayd namoyish etiladi.
(Magnitofon orqali mumtoz musiqa yangrab turadi)
O`qituvchi internetdan olingan ma’lumotlar asosida mavzuni tushuntiradi:
O‘tkir Hoshimov 1982-yilda go‘zal asarni — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek mukofoti bilan taqdirlangan «Dunyoning ishlari» qissasini yaratib, ma’naviyat haqidagi bahsni davom ettirdi.
«Dunyoning ishlari» qissasi eng ezgu, eng samimiy tuyg’ular haqida , eng e’zozli zot- ona to`g’risida hikoya qiladi. Ona insonga hayot beradi, yuvib taraydi, tarbiyalaydi. Ona uchun eng to`tiyo narsa, o`g’ilmi-qizmi, uning farzandi. O`tkir Hoshimovning bu asari mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan.Undagi “Gilam paypoq”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “O`ris bolaning oyisi”,”Oq marmar, qora marmar”, “Iltijo” kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi, ularda o`g’li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido etishga tayyor, sharqona axloq-odob qoidalarini o`zida mujassam etgan Ona madh etiladi.Barcha hikoyalar mazmuni ona timsoli tufayli yaxlitlik kasb etadi.Asar ortiqcha tafsilotlar, jimjimadorlikdan xoli.Shu sabab ham katta qiziqish va hayajon bilan o`qiladi. Bu qissa O`zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek,”…dostondek o`qiladi. Uni o`qib o`z onalarimizni o`ylab ketamiz…”
O`tgan darsimizda qissadagi hikoyalarni o`qish va sahnalashtirishni vazifa qilib bergan edik. Bugun siz bilan “Alla”, “Qarz”, “Gilam paypoq”, “Iltijo” hikoyalari haqida gaplashamiz .
Asardagi “Alla” deb nomlangan bob nihoyatda ta’sirchanligi bilan kishini rom etadi. Alla inson bolasi hayotda tinglaydigan ilk qo`shiq, u vujudimizga ona suti bilan singgan va umrbod unutilmasdir.Yozuvchi bu ezgu qo`shiqni ilohiy kuchga ega bo`lgan, ko`ngilni eritadigan ohang sifatida ta’riflaydi. Ushbu bobni hayajonsiz, entikmasdan o`qish qiyin.
Proyektor orqali “Alla” qo`shig’i hamda alla haqidagi videolavha o`quvchilar e’tiboriga havola etiladi.
Shundan so’ng “Gilam paypoq” hikoyasining audiomatni eshittiriladi.
“Rolli o`yinlar” usuli asosida I guruh “Qarz”, II guruh “Gilam paypoq”, III guruh esa “Iltijo” hikoyalarini sahnalashtirib ko’rsatadi.
O’quvchilar sahna ko’rinishini ijro etgandan so’ng ularning mazmunini yoritib beradi.
I guruh: “Qarz” hikoyasida qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning insoniy fazilati qalamga olingan.Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo`shni farzandlar xursandchiligiga sarflaydi. O`tgan yili ularga tufli olib bergan bo`lsa, bu yil uch oyoqli velosiped, ko`ylak sovg’a qiladi. O`g’illariga esa “qarz oluvdim, qarzimni uzyapman” deb bahona qiladi. Hikoya oxirida o`g’il onasining nega bunday qilganini anglab yetadi va chuqur o`yga cho`madi.
II guruh: “Gilam paypoq” hikoyasida ona o`z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qilish uchun hatto jonini berishga ham tayyor. Ona qattiq shamollagan o`g’ilchasini “Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam o`lib qoladi!” degan tahlika bilan halloslagancha tabib Hoji buvining uyiga yuguradi.Bola darddan biroz yengil tortgach, o`z sog’lig’ini xavf ostiga qo`ygani- oyog’ini sovuqqa oldirgani ma’lum bo`ladi. Shu sabab ham o`g’il har yili onasiga gilam paypoq sovg’a qiladi.
III guruh: Qissaning “Iltijo” bobida ham insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to`lab bo`lmas qarz ekani nihoyatda ta’sirchan ifodalangan.Chunki onalarimizning hayotdagi o`rni beiyos. Ular bizni dunyoga keltiradi, oq sut berib boqadi, uzoq tunlar beshigimizni tebratib, atrofimizda parvona bo`ladi, parvarishlab voyaga yetkazadi. Buni teran idrok etgan yozuvchi onani qo`msash, uning beqiyos mehri oldidagi qarzdorlik tuyg’ularini g’oyat samimiy tasvirlay olgan.
“O`yla, izla, top!” usuli orqali o`quvchilarning adabiyot daftarlariga darslikdagi lug’at so`zlar yozdiriladi. O`quvchilar bu so`zlarning ma’nolarini yozishlari kerak bo`ladi. Shundan so`ng lug’at so`zlar ma’nolari elektron doskada aks ettiriladi va o`quvchilar o`z-o`zini baholash asosida tekshiradilar.
Lug`at bilan ishlash:
Tancha — sandal
Kavshandoz — uyning oyoq kiyim yechib kiriladigan joy
Kuchala — terak, tolning to`p guli
Qimiz — ot sutidan tayyorlanadigan ichimlik
Namat — yungdan bosib ishlangan palos, kigiz
Mavzuni mustahkamlash uchun adabiyot darsligidagi savol-topshiriqlar yuzasidan “Sirli sandiq” o`yini o’tkaziladi.Har bir guruhdan navbat bilan ikkitadan ishtirokchi chiqib, sandiqchadan savolni oladi va unga javob beradi.
Agar o`quvchi javob berolmay qolsa, o`z guruhidan yordam olishi mumkin.
- “Gilam paypoq” hikoyasida onaning bolasiga fidoyiligi nimalarda ko`rinadi?
2.Iltijo deganda nimani tushanasiz?
3.“Qarz” bobi so`ngida qo`shnining qizchasi Nilufar bilan suhbat chog’ida nega adibning qo`lidan konfetlar tushib ketdi?
4.“Haqqush” hikoyasida noahil aka-ukalar qanday jazoga tortildi?
5.“Alla” bobidagi ona allasining nima sababdan barcha uchun tushunarli ekanligini sharhlang.
6.Asarda tasvirlangan ona timsoli bilan barchamizning onalarimiz o`rtasida qanday o`xshashliklarni ko`ramiz?
T/r | Berilgan gaplar | Hikoya nomi |
1 | Vahima qilmang, poshsha, dardini bergan xudo davosiniyam beradi. | “Gilam paypoq” |
2 | …Onalar farzandlari hamisha birga bo`lishini istaydilar. | “Haqqush” |
3 | Bahoga uch oyoqli velosiped, Baxtiga kuylak… | “Qarz” |
4 | Negadir shu ohang bilan qalbimga orom kirganday bo`ldi-yu, o`z-o`zidan ko`zlarim yumilib keta boshladi. | “Alla” |
5 | Ertalab-chi, oyi, yomg’ir yog’di. | “Iltijo” |
Navbatdagi mashqimiz “Topqirlik bahsi“ deb nomlanadi. Bunda oquvchilar ekranda aks etgan quyidagi gaplar qaysi hikoyaga tegishli ekanligini aniqlaydilar.
Yakuniy bosqich “ONAGA EHTIROM” deb nomlanadi.
O`qituvchi: Ona farzandi uchun hamma narsaga,hatto jonini qurbon qilishga ham tayyor. Shuning uchun bo`lsa kerak, ona haqida behisob she’rlar to`qilgan, dostonlar, yirik asarlar bitilgan.Kichik maqollardan tortib muqaddas hadislarimizgacha ona madh etiladi, e’zozlanadi.
Bu bosqichda har bir guruh a’zolari “Onaga ehtirom” mavzusida taqdimot o`tkazishadi. 1-guruh ona haqida she’r o`qiydi, 2-guruh maqol va hikmatlardan yod aytadi, 3-guruh esa ona haqida matn tuzadi.
1-guruh: “Onajon” she’ri (Madina Xoliqova)
Izladim dunyodan mehr-oqibat,
Topmadim sizdan-da bir bag’ri kuyuk.
Onajon, izladim, lek topolmadim,
Sizdan-da ulug’ zot, sizdan-da buyuk …
Kerak emas menga hech narsa,
Siz baxtim, borlig’im,davlatim onam.
Hatto chumoliga ozor bermagan,
Oyog’i ostida jannatim onam!
2-guruh: Hikmatlar
- Ona bilan bola, gul bilan (maqol)
- Onalarning oyog’i ostidadur
Ravzai jannati jinon bog’i.
Ravza bog’in visolin istar esang,
Bo`l onaning oyog’in tufrog’i… (A.Navoiy)
3-guruh: ONA MEHRI (Matn)
Ona. Mehri quyoshga teng ona. O`z shafqati, nuri bilan bolaga qalb bergan, sevgi baxsh etgan- ona! Uning inoyat qilgan yuragi va muhabbati eng avval , onaning o`ziga qaratilib, bola uni sevdi, ardoqladi…
Ona – murabbiya. U kelajakka zo`r ishonch bilan qaraydi. Ona po`lat iroda sohibi: bolasi yo`lida hamma qiyinchiliklarni yengadi. Uning madhi hamisha kuylarda.
(Guruh a’zolari matnni tuzib, ketma ketlikda gaplarni o`qiydilar. Bu topshiriq orqali o`quvchilarda kommunikativ hamda adabiy bilimlarni amaliyotda qo`llash kompetensiyalari shakllantiriladi).
O`qituvchi: Darhaqiqat, «Dunyoning ishlari» qissasini o`qiganda qalbimizni ikki xil iliq his chulg’aydi — u ham bo`lsa, o`z onamizga va umuman, onalarga bo`lgan mehr hissi. Zero, adibning o`zi e’tirof etganidek, asar uning o`z onasi haqida emas, “…umuman, o`zbek ayoli haqida va umuman onalar to`g’risida”.Qissada bir-biridan qiziqarli voqealar juda ko`p. Shu tufayli sizga bu asarni to`liq o`qib chiqishni maslahat beraman.
Yurtboshimiz tashabbuslari bilan 2016-yil – “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilindi. Har bir ona jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o`ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar bilan yashaydi. Yurtboshimiz shunday deydilar: ”Yer yuzida hayot paydo bo`libdiki, odamzod mo`tabar ona siymosi oldida hamisha ta’zim qiladi. Eng muhimi, ona va bola sog’lom bo`lsa, oila baxtli, oila baxtli bo`lsa, jamiyat mustahkam bo`ladi”. Jamiyatimizda ona va bolaga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlarning poyoni yo`q. Onalarimiz — bizning baxtimiz. Ularni faqatgina tilimizda emas, chin dilimizdan e’zozlaylik. Purma’no o`gitlariga amal qilib, baxt manzili tomon dadil odimlaylik. Biz onalarimizni ezgu ishlarimiz, muvaffaqiyatlarimiz, a’lo o`qishimiz va namunali xulqimiz bilan baxtiyor qilaylik. Zero, bu bizning chin farzandlik burchimizdir.
Baholash uchun o’quvchilarning darsdagi ishtiroki inobatga olinadi va har bir guruhning hamda ishtirokchining bali e’lon qilinadi.
Uyga vazifa: O’tkir Hoshimov ijodiga mansub “Dunyoning ishlari” qissasidagi hikoyalar mazmunini o’rganish. “Mening onam hammadan yaxshi” mavzusida ijodiy ish yozish.