Press "Enter" to skip to content

8 sinf adabiyot kitob pdf

“Men 66-maktabda matematika fanidan dars beraman. Maktab sobiq sovet davrida qurilgan bo‘lsa-da, taʼmirlangan, sharoitlari qoniqarli. Ishga kelgan yilimiz xo‘jayinim bilan maslahatlashib, Cobalt avtomobilini xarid qilgandik. Bugungi kunda maoshimizdan mashina pulini ham to‘lab bormoqdamiz” — dedi mutaxassis.

“Ayolim bilan 1500 dollar ishlab topyapmiz” — Buxorodan Qashqadaryoning chekka qishlog‘iga borib o‘qituvchilik qilayotgan oila hikoyasi

O‘zbekistonda 2021-yildagi prezident qaroriga muvofiq, chekka hududlardagi budjet tashkilotlarida boshqa joylardan kelib ishlayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislar moddiy rag‘batlantirilmoqda. Xususan, bir viloyatdan boshqasiga borib dars beradigan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanyapti. “Daryo” Buxoro viloyatidan Qashqadaryo viloyatiga borib ishlayotgan va mazkur imtiyozdan foydalanayotgan o‘qituvchilar oilasining hayoti, faoliyati va maqsadlari haqida hikoya qiladi.

Asli buxorolik bo‘lgan Sadillo Sharipov va Zamira Eshonqulovalar oilasi 2021-yilda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi qishloqqa ko‘chib borgan. Ular hozirgacha tumanning chekka va tog‘li hududlari — “Obikanda” va “Tuyaboshi” MFYlaridagi 64 va 66-umumiy o‘rta taʼlim maktablarida matematikadan dars berib kelmoqda.

“Daromadimiz oyiga 14-15 million so‘m”

Sadillo Sharipov va Zamira Eshonqulova Qashqadaryoga kelishdan avval 30 yildan ortiq vaqt davomida Buxorodagi maktablarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Sadillo Sharipov 33 yillik, Zamira Eshonqulova 35 yillik ish stajiga ega.

“Prezidentimizning olis hududlarga malakali mutaxassislarni jalb qilishga doir qarori chiqqan payti oilam bilan chekka qishloqlardagi bolalarga taʼlim berishga qaror qildik va shartnoma asosida shu yerga keldik. 2021–2022-yillarda 64-maktabga rahbarlik qildim. O‘zim 17 yil davomida (2003-2020-yillar) Buxoro tumanidagi 37-maktabni boshqarganman. Tuman markazidan ancha olisda (20 km) bo‘lgani uchun qishloqqa taraqqiyot ham asta-sekin kirib kelmoqda. Bu yerda aloqa, elektr energiyasi, suyultirilgan gaz taʼminoti mavjud. Maktablarda sharoitlar yaxshi, qishda isitiladi. Ayniqsa, yozda bu yerning tabiati ajabtovur bo‘ladi. Ishlash va dam olish uchun ham sharoitlar ajoyib”, — deydi Sadillo Sharipov.

O‘qituvchining qo‘shimcha qilishicha, ular topayotgan daromad ko‘pchilik havas qiladigan miqdorda.

“Shu yerdagi maktabda direktor bo‘lib ishlagan vaqtimda har oy ayolim ikkalamiz 18 million so‘mgacha oylik olganmiz. Hozir esa daromadimiz oyiga 14-15 million so‘m. “Obikanda” qishlog‘idagi hovlida istiqomat qilamiz. Qishloqda ijara narxi juda arzon va hamyonbop”, — dedi u.

“Daryo” muxbiri bilan suhbatda Zamira Eshonqulova ham taassurotlarini bayon qildi.

“Men 66-maktabda matematika fanidan dars beraman. Maktab sobiq sovet davrida qurilgan bo‘lsa-da, taʼmirlangan, sharoitlari qoniqarli. Ishga kelgan yilimiz xo‘jayinim bilan maslahatlashib, Cobalt avtomobilini xarid qilgandik. Bugungi kunda maoshimizdan mashina pulini ham to‘lab bormoqdamiz” — dedi mutaxassis.

“Masala pul bilan bog‘liq”

Sadillo Sharipov bunday chekka qishloqqa kelish sabablari haqida gapirarkan, masala iqtisodiy tomonga borib taqalishini aytdi.

“Bu yerga kelishimizdan oldin Buxoro tumanidagi maktabda o‘qituvchilar soni ortgan va dars soatlari kamayib ketgandi. Bunday holatda odam bor kuchi bilan ishlay olmaydi. Ayrim o‘qituvchilar qo‘shimcha daromad izlashga tushadi. Mashina olib, kira qiladiganlar ham bor. Yozgi dam olish vaqtlari ustachilik bilan shug‘ullanadiganlarini ham uchratasiz. Shunday vaziyatda “Obikanda”ga oilam bilan kelib, ishlash taklifi menga juda maʼqul ko‘rindi. Bu yerda ortiqcha bosimlarsiz ishlaymiz, bor diqqatimizni taʼlimga qaratamiz. Tog‘ bolalari sodda, to‘pori. Lekin juda intiluvchan bo‘ladi. Hozirda 11-sinflarni ham o‘qityapman. OTMlarga o‘qishga kirish uchun qattiq intilayotgan shogirdlarim bor, — deya taʼkidladi Sadillo Sharipov.

O‘qituvchilar oilasi har chorak va yozgi taʼtil paytida Buxoroga borib, yaqin qarindoshlar holidan xabar olib keladi. Hozirda oilaning ikki farzandi ham pedagogika sohasidan ketib, Buxoro tumanidagi 37-maktabda faoliyat yuritmoqda.

Sadillo Sharipov “Obikanda” qishlog‘ida internet sifati yaxshiligi va undan ko‘p foydalanishlarini aytdi.

“Internetning yaxshi ishlashi onlayn platformalar, jumladan, kundalik.com saytidan foydalanishda, o‘z ustimizda ishlashga sharoit yaratadi. Qolaversa, internet orqali fan va taʼlim yangiliklarini kuzatib boramiz. Oilamizning hobbisi – kitob mutolaa qilish. O‘qituvchi qanday fandan dars bermasin, badiiy adabiyot va kitob uning hamrohi bo‘lishi kerak. Badiiy adabiyot uning tilini burro qiladi, o‘quvchining ko‘ngliga kirib borishga yordam beradi”, – deydi Sadillo Sharipov.

Suhbat davomida matematiklar oilasi nafaqaga chiqqunga qadar qishloqdagi maktablarda dars berish niyatida ekanini aytdi.

8 sinf adabiyot kitob pdf

Добро пожаловать

Нужна помощь в поиске?

Принтеры

Принтеры

Сканеры

Струйные и лазерные картриджи

ПК

Ноутбуки

Настольные компьютеры

Рабочие станции

Мониторы и аксессуары

Мониторы

Компьютерные мыши

Клавиатуры

Выберите свои язык и страну/регион.

HP Worldwide

popUpSRBeginingLabelString

Выберите свои язык и страну/регион.

  • Как купить
  • Позвонить представителю HP
  • Поиск официального дилера
  • Промо акции от HP
  • Поддержка
  • Поддержка
  • Загрузка драйверов
  • Поддержка и устранение неполадок
  • Сообщество
  • Регистрация продукта
  • Контроль выполнения ремонта
  • Обучение и сертификация
  • Партнеры HP
  • Партнерская программа HP Amplify
  • HP Partner Portal
  • Developers
  • Отзыв |
  • Переработка продуктов |
  • Специальные возможности |
  • Конфиденциальность |
  • Файлы cookie и варианты рекламы |
  • Условия использования |
  • Условия ограниченной гарантии |

© Copyright 2023 HP Development Company, L.P.