Press "Enter" to skip to content

2020-2021 oʻquv yili uchun qaysi darsliklar qayta va yangidan nashr etilyapti

Murojaat uchun:
☎️+998974042700 | Теlegramdan yozish
☎️+998930082700 | Тelegramdan yozish

8 sinf darsliklari 2023 ona tili pdf

REGBOOKS nashriyoti tomonidan yaratilgan maxsus abituriyentlar kutubxonasi!

Eng yangi nashrdagi, zamonaviy yo’nalish hamda davr talabiga mos adabiyotlar bilan tanishtirib boramiz!

About
Blog
Apps
Platform

12K subscribers
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Regbooks nashriyoti xodimlari Navoiy shahri Gulzor savdo majmuasi Firdavs kitoblar do’konida!
Forwarded from Xurshid Rustamov

Regbooks xususiy nashriyoti kitoblari Farg’ona viloyati Rishton tumanida��

Xurshidbek aka kitob magazinida!

��Manzil: Farg’ona viloyati Rishton tumani markazi
Mo’ljal: Ibn Sino xususiy maktabi

2.0K views edited 06:45

⚡️BUGUN NASHRDAN CHIQDI.

Ushbu kitob barcha kimyo faniga aloqador keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, kitob kimyo fanini o‘rganish va o‘rgatish uchun qulay shaklda tuzilgan. Testlar mavzularni o‘rganish ketma ketligida osondan murakkabga tomon terib chiqilgan. Bunda abituriyentlar har bir o‘rgangan savolini mustahkamlash uchun o‘sha savolning genetik o‘xshash bir nechta savollari yordamida o‘zlashtirib olishadi.
Mavzular oxirida nazorat testlar qo‘yilgan bo‘lib, abituriyent o‘rgangan mavzusini qanchalik o‘zlashtirganini bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, kitobda hozirda DTM standartiga kiritilgan PISA testlar, rasmli, grafikli testlar mavjud.

Murojaat uchun:
☎️+998974042700 | Теlegramdan yozish
☎️+998930082700 | Тelegramdan yozish

�� @ABTbooks – Abituriyentlar kutubxonasi

2.7K views edited 09:12
Forwarded from Avazbek Tulovov | Blog

�� SAMARQANDDA MOTIVATSION TRENING

Mustaqil hayotga qadam bosib oliy o’quv yurtlariga kirish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan yoki endi boshlayotgan abituriyentlar, xorijiy tillarni o’rganish uchun tinimsiz mehnat qilayotgan o’quvchilar uchun Registon ta’lim loyihasi asoschisi Avazbek Tulovov tomonidan Samarqand viloyatida maxsus motivatsion trening bo’lib o’tadi.

�� Mavzu: Maqsadni aniqlash
Vaqti: 17-oktabr
�� Qatnashish: BEPUL

��Samarqand shahar filialida (soat 09:00)
�� Manzil: Samarqand shahri, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 32-uy
Mo‘ljal: Samsung texnika do’koni. “Povorot”
☎️ +998940042700

��Paxtachi tuman filialida (soat 14:00)
�� Manzil: Paxtachi tumani, Ziyovuddin shaharchasi, M.Rayimqulov ko’chasi 7-uy
Mo‘ljal: Visol to’yxonasi
☎️ +998938022700

2020-2021 oʻquv yili uchun qaysi darsliklar qayta va yangidan nashr etilyapti?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika taʼlim markazi hamkorligida “KOLORPAK“ va ”GREDO PRINT GROUP“ MCHJlari hamda ”Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyiga press-tur tashkil etildi.

Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov ishtirokchilarga 2020-2021 oʻquv yili uchun nashr etilayotgan darsliklarga kiritilgan yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Jurnalistlarning yangi chop etilayotgan darsliklar saviyasi va ularning avvalgi kitoblardan farqli jihatlari xususidagi savollariga javob berdi.2020-2021 oʻquv yili uchun rejaga asosan 1-, 4-, 5-sinflarning jami 558 nomdagi darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar chop etilishi rejalashtirilgan. Shundan:

  • 346 nomda – umumtaʼlim maktablari uchun;
  • 160 nomda – imkoniyati cheklangan bolalar uchun;
  • 52 nomda – multimedia ilovalari.

Umumtaʼlim maktablarning 346 nomdagi (27,9 mln.) darsliklarning 118 nomdagisi (34,1%) original maketlar va 228 nomdagisi (65,9%) tarjima maketlar hisoblanadi.Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrga tayyorlashda asosiy eʼtibor mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob berishiga qaratildi. Buning uchun amaliyotchi oʻqituvchilar hamda fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan darsliklar bir necha bor ekspertizadan oʻtkazildi.

Ekspertiza xulosalari asosida esa darsliklar mualliflari, nashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida darsliklar qayta ishlanib, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Bugungi kunda qayta nashrga tavsiya etilgan illyustratsiyasi eskirib ketgan, yorqin ranglarda boʻlmagan, chizilgan rasmlar oʻzining jozibadorligini yoʻqotgan darsliklarni takomillashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu yilgi chop etiladigan darsliklar qayta nashrdagi darsliklar boʻlganligi sababli asosiy urgʻu darsliklarning mazmuni va dizayniga qaratildi.

Hozirga qadar Respublika taʼlim markaziga foydalanuvchilarimiz tomonidan 8000 dan ortiq takliflar kelib tushdi. Darsliklar yuzasidan kelib tushayotgan oʻrinli taklif va mulohazalar Markazning fan metodistlari tomonidan oʻrganib chiqilib, darsliklarni davriylik asosida nashrga tayyorlash jarayonida inobatga olinmoqda. Darsliklar yuzasidan kelib tushgan takliflarga mutaxassis hamda metodistlar tomonidan tayyorlangan javoblar foydalanuvchilarga yuborilmoqda. Shuningdek, “Darsliklar muhokamasi” telegram kanaliga joriy yilda yangi va qayta nashr etiladigan darsliklarning PDF nusxalari bosqichma-bosqich qoʻyib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar bu kanalimizga 225 dan ortiq takliflar kelib tushdi.

Takliflarning asosiy qismi darslik mazmuni, bir qismi darslik dizayni hamda darslikdagi imlo xatolar toʻgʻrisida boʻlib, ushbu takliflar darsliklarni nashrga tayyorlash jarayonida inobatga olinmoqda.2020-2021 oʻquv yilida chop etiladigan darsliklarga kiritilgan oʻzgarishlar quyidagilar hisoblanadi. Joriy yildan 1-9-sinflar uchun “Tarbiya”, 5-, 8-, 9-sinflar uchun “Informatika”, 4-,5-sinflar uchun “Texnologiya”, 4-sinf “Oʻzbek tili”,10-11-sinflar uchun “Ona tili” va “Oʻzbek tili” oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar yaratilishi asosiy yangiliklardan hisoblanadi. Darsliklarni nashrga tayyorlashda birinchi navbatda, oʻquvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari inobatga olingan holda tayyorlandi.

Ikkinchidan, darslik mazmunida mavjud boʻlgan takrorlanishlar bartaraf etildi, xalqaro tajribaga suyangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga oʻzgartirishlar kiritildi.Yana bir eʼtiborli holat – fanlar kesimida fanlararo bogʻliqlik hamda sinflararo uzviylik taʼminlandi. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish boʻyicha darsliklar mazmuniga xalqaro baholash dasturi oʻquvchilar yoshiga mos tarzda TIMSS, PIRLS talablari singdirildi. Eng muhimi, darsliklar innovatsion yondashuv asosida tayyorlandi.

Bunda, oʻquvchilarda. mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan taʼlimiy oʻyinlar, mashqlar, masalalar va topshiriqlar amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirildi. Qolaversa, 4-, 5-sinf Texnologiya va 5-, 8-, 9-sinf Informatika darsliklari mazmuni oʻquvchilarning texnik qobiliyatini rivojlantirishga oid amaliy, kreativ, mantiqiy yondashuvga asoslangan topshiriqlar bilan boyitildi. 5-sinf “Ona tili”, 4-5-sinf “Texnologiya” darsliklari uchun ilk bor oʻqituvchi kitobi va multimedia ilovalari tayyorlandi. Koʻzi ojiz oʻquvchilar uchun chop etilayotgan brayl alifbosidagi darsliklarga boʻrtma shakldagi rasmlar va xaritalar kiritildi.

Ilk bor 10 va 11-sinflar uchun 9 nomdagi brayl darsliklari hamda kar va zaif eshituvchi oʻquvchilar uchun 4 nomdagi yangi darsliklar tayyorlanmoqda.Yangiliklardan yana biri darsliklardagi mavzularni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitish maqsadida darsliklarga QR-kod oʻrnatildi. Taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan maktablar uchun 5-sinf adabiyot darsliklariga oʻzbek va jahon adiblarining hayoti va ijodidan namunalar kiritilgani ham darsliklardagi yangilik hisoblanadi. “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori bilan yangi “Tarbiya” fani joriy etildi. Yangi darslikning avvalgilaridan farqi nimada? “Tarbiya” darsligi “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirdi.1–9-sinflarda – 2020/2021 oʻquv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

Darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq taʼlimi”, Cingapurning “Feʼl-atvor va fuqarolik taʼlimi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq taʼlimi” fanlari va darsliklari yaqindan oʻrganildi. Ilk marotaba darsliklarda 21-asr koʻnikmalari deb nom olgan “yumshoq koʻnikmalar” joriy qilindi. Darslik orqali oʻquvchida bilim berishdan tashqari koʻnikma shakllantiriladi. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar va mavzular oʻquvchida muvaffaqiyat motivlarini uygʻotadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi shakllantiriladi. Oʻquv fani mohiyati 50% nazariy, 50% amaliy asosga qurilgan.

“Tarbiya” darsliklarida “role-model”, yaʼni “namuna keltirish” zamonaviy pedagogik metodidan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi. Insonning kelajakda muvaffaqiyatli inson boʻlish eng avvalo toʻgʻri maqsad qoʻyishga bogʻliq. Deyl Karnegi, Brayan Treysi kabi mashhur lektorning taʼlimotiga koʻra, hayotda oʻz oldiga maqsad qoʻyish va unga erishishni oʻrganish ham aslida bir fan. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma-bosqich bolada maqsad qoʻyish va unga intilish koʻnikmasini shakllantirib boradi.

8 sinf darsliklari 2023 ona tili pdf

Farzand tug’ilishi Homiladorlik bo’yicha ro’yxatdan o’tish, homiladorlik va tug’ish ta’tiliga chiqish, ta’til muddati, suyunchi miqdori, tug’ruqxona xizmatlaridan foydalanish tartibi

Mehnat munosabatlari Ish qidiryapman, ishga kirishda hujjat rasmiylashtirilishi, ishsizlik nafaqasi, malaka oshirish va qayta tayyorlovdan o’tishda davlat xizmatlaridan foydalanish.

Nikoh va nihokdan ajralishni qayd etish Nikohni rasmiylashtirish, nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan nikoh tuzish, nikoh shartnomasi va uni tuzish, nikohni bekor qilish.

Pensiya rasmiylashtirish va uni olish Pensiya olishda ish staji qanday hisoblanishi, ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lmaganda, pensiyani bir turidan boshqa turiga o’zgartirish, ishlovchi pensionerga pensiya to’lovi.

Taʼlim Bolani bogʼchaga berish tartibi, bolani bogʼchaga joylashtirishda imtiyozlar, maktabga bolani qabul qilish tartibi, bolani maktabga topshirish uchun kerakli hujjatlar, bolani maktabga joylashtirish uchun onlayn ariza

Yashash joyida propiska qilish va ro’yxatdan o’tish Doimiy propiskani olish, doimiy propiska bekor bo’lishi, yashash joyi bo’yicha vaqtincha ro’yxatga qo’yish

Nogironlarning ijtimoiy himoyasi Nogironlik pensiyasini olish, nogironlikni belgilash mezonlari, nogironlik darajasini oʼzgartirish, nogironligi bor shaxslar tibbiy koʼrikdan oʼtib turishi, nogironlarga ijtimoiy yordam turlari, nogironlik pensiyasi, nogironlik pensiyasining miqdori, nogironligi bor shaxslar uchun imtiyozlar,

  • Vazirliklar
  • Davlat qo`mitalari
  • Davlat inspeksiyalari
  • Agentliklar
  • Qo`mitalar
  • Markazlar
  • Markaziy tashkilotlar
  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari
  • Kompaniyalar
  • Fondlar
  • Boshqalar
  • O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi
  • O`zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
  • O’zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
  • O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
  • O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
  • O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
  • O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
  • O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
  • O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi
  • O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi
  • O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
  • O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi