8 sinf darsliklarining elektron variantlari
Qani, ekspert guruhi, ko`chma bozorimizning bugungi faoliyatini tahlil qilib bering.
8 sinf darsliklarining elektron variantlari
A) axborotlarni izlash, topish va saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalarini o’rgatuvchi fan
B) axborot, dasturlashni,kompyuterlarni boshqarishni
C) dasturlash va hisoblash
2. Informatika faniga qachon asos solingan?
A) XX asr 1980-yil B) XX asr 1950-yil
C) XXI asr 2003-yil D) XX asrr 1973-yil
3.Quyidagilardan qaysi biri pozitsion sanoq sistemasiga misol bo’ladi?
a) 956, 4105 ,XXVI b) XX, XVII,LXII
c) 913, 5496, 736 d) T.J.Y
4. MIL ni ma’nosini toping.
A) 1100000 B)1150 C)1049 d) 10150
5. 1101012+1100112=?
a) 1101002 b) 11010002 c) 11110002 d) 11011112
6. 101, 012-10, 102=?
a)10,102 b) 10,012 c)11,112 d) 10,11
7. 102*1012=?
a) 10112 b)10102 c)10002 d) 110
8.Mulohaza nima?
a) Biror voqea haqidagi habar
b) Narsa va hodisalarning sifatini anglatuvchi darak gap
c) Narsa va hodisalar haqidagi fikrlar.
9. Qaysi qatorda mantiqiy amallar to’g’ri berilgan?
a) AND,OR, NOT
b) AND,TO,BUT
c) BUT,OR,AND
10.A va B mulohazalar rost qiymat qabul qilsa, A۷ B ۸ ٦ A qanday qiymatga ega bo‘ladi?
a) rost b) yolg‘on c) T.J.Y
11. 2 kb/ sek necha bod?
a) 2 bod b) 1024bod c) 2048 bod d) 2 20 bod
12.DOSning asosiy vazifalari nechta?
a) 2 ta, Qurilmalarni boshqaradi, buyruq va ko’rsatmalarni bajaradi
b) 4 ta, Axborotlarni qabul qiladi,qayta ishlaydi,saqlaydi va uzatadi.
c) 3 ta , qurilmalarni boshqaradi,dasturlarni boshqaradi,buyruqlarni bajaradi.
d) 3 ta, Axborotlarni qabul qiladi, qurilmalarni boshqaradi, buyruq va ko’rsatmalarni bajaradi
13.Disklar kattaligi jihatdan necha hil bo’ladi?
a) 2 hil, 5,25 dyumli va 3,5 dyumli
b) 3 hil , 5,35 dyumli , 2,8 dyumli va 3,5 dyumli
c) 2 hi, 5,5 dyumli va 3,25 dyumli
d)3 hil , 5,5 dyumli , 2,8 dyumli va 3,25 dyumli
14. Monitorlarning imkon darajasi deganda nima tushiniladi?
a) piksellarning umumiy miqdori b) monitorning o’lchami
c) protsessorning sig’imi
d) monitorning ranglilik darajasi
15. 367328+237248=?
a)625668 b)627568 c)626568 d) 60456
16. Birinchi electron hisoblash mashinasi nechanchi yilda va kim tomonidan ishlab chiqarilgan?
a) 1946y, Trong Turong Ti b) 1973y, Trong Turong Ti
c) 1943y, Jon Ekkard va Jon Mouchli d) 1946y, Jon Ekkard va Jon Mouchli
17. Ma’lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo’ljallangan qurilma.
a) trigger b) registr c) tezkor xotira qurilmasi d) Sound adapter
18. Agar kompyuter 4Gb sig’imli flash-xotiraga 256Mb/s tezlikda yozsa, uni to’ldirish uchun qancha vaqt zarurligini hisoblang.
a) 16sek b) 15,625min d) 256sek e) 16min
19. 367328-237248=?__________________________________
20. Fayl nomida qanday belgilar ishlatilmaydi?_____________________________
21. Agar ekran sohasi 800X600 nuqtali va har bir nuqta 256 rangdan biriga ega bo’lsa, bu sohani saqlash uchun kerak bo’ladigan eng kam videxotira hajmini Kbaytda ifodalang.
______________________________________________________________
22. O’zbek tilidagi birinchi operatsion sistema nomini ayting va u nechanchi yilda ishlab chiqarilgan?
Geometriya 8-sinf
Zamonlarning zamonida rivojlangan yetilgan, Bobolarning merosidan bizga taqdim etilgan.
Al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug`beklar boyitgan
Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan.
-Assalomu alaykum, aziz o`quvchilar.
Darsimiz geometriya. Navbatchi axboroti so`raladi.
-qadrli o`quvchilar, jonajon yurtimizda, jahonda ro`y berayotgan voqealardan kim bizlarni xabardor qiladi?
-Aziz o`quvchilar, bugun darsimizni noan`anaviy usulda o`tkazamiz.
Bizlarga ma`lumki, qadimda yurtimiz hududidan buyuk ipak yo`li o`tgan. Bu ko`chma bozorlarda savdo-sotiqdan tashqari turli xil musobaqalar, bellashuvlar o`tkazilgan. Keling, bizlar ham bugun darsimizda ko`chma bozorni tashkil qilamiz. Lekin biz noyob, antiqa mahsulot, o`zimizning bilimimizni sotamiz. Bozorga kelgan har bir odam o`z mahsuloti- uyga vazifasi, chaqqonligi, bilimi bilan keladi.
Darsimizning shiori: “Yetti o`lchab, bir kes”. Darsning rejasi e`lon qilinadi.
-Aziz bolajonlar, kelinglar ko`chma bozor qonun –qoidalari bilan tanishamiz:
1. Og`zaki savol-javobiga 2 tanga
2. Sinf taxtasiga misol yechimiga 3 tanga
3. Test topshirig`iga 5 tanga
4. Qiziqarli savol-javobga 3 tanga
5. Ijodiy ishlarga 5 tanga
-Qadrli bolajonlar, sinfni ikki guruh Al-Xorazmiy va Beruniy guruhlariga bo`linib, bellashuv o`tkazamiz. Ko`chma bozorni nazorat qilish uchun ekspert guruhini tayinlaymiz.
- Darsda o`ng qo`l qoidalariga rioya qilish.
- O`zgalar fikrini tinglay bilish.
- Guruhlarda ahillik va hamkorlikni tashkil qilish.
- Faollik.
- Vaqtdan unumli foydalana olish.
- Uchburchakning yuzini topish uchun unig asosini balandligi yarmiga ko`paytirish kerak.
- Aylananing markazi nechta? (1 ta)
- Aylana diametri 4 sm, radiusi qanchaga teng? (2 sm)
- Aylana uzunligi 9,42 sm bo`lsa, diametrini toping. (3 sm)
- Aylanaga ikkita diametr o`tkazilsa, u nechaga bo`linadi? (4 ga)
- Aylana radiusi 2,5 sm bo`lsa, diametrini toping. (5 sm)
- Soat va minut mili 180 0 gaochilsa, soat necha bo`ladi? (soat 6 bo`ladi)
- Aylana yoyina teng 4 bo`lakka bo`ling.
- Aylana yoyina teng 8 bo`lakka bo`ling.
- 2007 yil qanday yil? (Ijtimoiy himoya yili)
- O`zbekiston konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? (1992 yil, 8 dekabr)
- To`g`ri to`rtburchakning bir uchi kesib tashlansa, necha burchak hosil bo`ladi? (Beshburchak)
- Navoiy viloyati qachon tashkil topgan? (1992 yil,27 yanvar)
- Maqolni davom ettiring: Sog` tanda,… (sog`lom aql)
- 2009 yil qanday yil edi? (Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili)
- “Ta`lim to`g`risida”gi qonunqachon qabul qilingan? (1997 yil, 29 avgust)
- 6 raqamida nechta burchak bor? (burchak yo`q)
- Navoiylik buyuk zotlarni bilasizmi? (Qosom Shayx, Parda Tursun)
- Maqolni davom ettiring: Ona yurting omon bo`lsa,… (rangu ro`ting somon bo`lmas)
- Aylananing radiusi 1 sm bo`lsa, uning diametrini toping.
-O`quvchilar, o`tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishganmiz?
O`quvchi: O`tgan darsda uchburchak, Pifagor teoremasi, uchburchak yuzini topishga doir nazoray ishi olgan edik. Uyga vazifa shu mavzularni takrorlash.
– O`quvchilar, 2010-2010 yilda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga katta e`tabor berilmoqda. Qani ko`raylikchi, Internet saytimizga xabar keldimi? Ana ko`chma bozorimizning birinchi xaridori Internet tarmog`iga ulanmoqdalar. Ular amerikalik Jon Keyn.
-Salom, mening aziz o`zbekistonlik bilimdonlarim. Sizning mamlakatingiz haqida juda ko`p eshitganmam. Sizlarga quyidagi savollarimni yuboraman:
1. Uchburchak nima, uning qanday turlari bor?
2. Pifagor teoremasini ayting?
O`quvchilar savollarga javob berayotgan vaqtda ko`rgazmalardan foydalanadilar.
– Uchburchak-bir to`g`ri chiziqda yotmaydigan 3 ta nuqta va bu nuqtalarni ikkitalab ketme-ket tutashtiruvchi 3 ta kesmadan iborat figura.
Uchburchakning burchaklariga ko`ra quyidagi turlari bor: o`tmas burchakli, to`g`ri burchakli, o`tkir burchakli; tomonlariga ko`ra esa teng yonli, teng tomonli, turli tomonli turlari bor.
To`g`ri burchakli uchburchakning katetlari kvadratlarining yig`indisi gipoteneza kvadratiga teng.
-O, juda yaxshi, men javobingizdan qoniqdim. Sizlarga omad, o`qishlaringizga zafarlar tilayman. Xayr.
Endigi xaridorimiz germaniyalik talaba Anna Braun.
– Sizning ko`chma bozoringizda men ham ishtirok etmoqchiman. O`zbekistonlik yoshlar meni hayratga solmoqda. Doim shunday zukko bo`lig. Savollarim quyidagicha:
1. Uchburchakning yuzi qanday topiladi?
2. To`rtburchaklarning qanday turlari bor?
Bundan tashqari uchburchakning yuzini topish uchun Geron formulasi mavjud:
To`rtburchaklarning bir necha xil ko`rinishlari mavjud: kvadrat, romb, trapetsiya, parallelogram, to`g`ri to`rtburchak.
-Juda yaxshi, xayr sog` bo`ling.
3. O`qituvchi so`zi (tayanch signallar)
-Bugungi darsimizning mavzusi:Aylana. Markaziy burchak
-Qani bolalar, aylanaga hayotiy misollar keltirib bilasizmi?
-Sportchilar foydalanadigan xalqa, globusda yer ekvatori.
-Bolalar, quyidagi savollarga javob berib ko`ring-chi:
2. Aylananing qanday elementlari mavjud?
3. Aylananing uzunligini topishni bilasizmi?
O`quvchilar bir varaqdan toza qog`oz oladilar. Unga o`zlarining aylanaga oid tushunchalarini yozadilar. O`quvchilar yozib bo`lgach, javoblarini o`qiydilar.Javoblar orasidan eng to`g`ri va toliq javob tanlanadi. O`quvchilar fikri tinglab bo`lingach, o`qituvchi aylana va uning elementlariga oid ko`rgazmalardan foydalanib, tayanch signallarni qo`llab yangi mavzuni to`la yoritib beradi.
Tekislikda berilgan nuqtadan bir xil uzoqlashgan barcha nuqtalar to`plami aylana deyiladi.
Berilgan nuqta aylananing markazi deyiladi va O nuqta bilan belgilanadi.
O`qituvchi sirkul yordamida aylanani sinf taxtasiga chizib ko`rsatadi.
Aylana markazini uning ixtiyoriy nuqtasi bilan tutashtiruvchi kesma aylana radiusi deyiladi.
Aylananing ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma vatar deyiladi. BC-vatar
Aylana markazidan o`tib, uning ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma diametr deyiladi. EF-diametr. Diametr 2 ta radiusga teng: D=2r
Aylana uzunligi quyidagicha topiladi:
C-aylana uzunligi; r-radius; d-diametr
Aylana uzunligi soni bilan diametrning ko`paytmasiga teng.
soni uchun doimiy qiymat 3,14 qabul qilinib, hamma aylanalar uchun bir xildir.chunki soni aylana uzunligining uning diametriga nisbatidir.
Endi aylana uzunligini topishga doir tarixiy ma`lumotlar:
-Buyuk bobolarimizdan Al-Xorazmiy o`zlarining “Al-jabr-val-muqobala” asarining 2-kitobi geometrik shakllar va ularning xususiyatlariga bag`ishlangan. Al-Xorazmiy sonini quyidagicha aniqlaganlar:
-Aziz o`quvchilar, sizlarga quyidagicha topshiriq beriladi:
sonining qiymatini aniqlashda qanday olimlaro`z hissalarini qo`shganlar? Bu ma`lumotlarni to`plab, referat yozing.
Uchi aylana markazida yotganbuchak markaziy burchak deyiladi.Burchak tomonlari aylanani ikki qismga, ya`ni ikkita yoyga ajratadi.Yoylarni nomlashda oraliq harflar qo`yiladi:
-O`quvchilar, agar sizlar geometric chizmalarni aniq, to`g`ri, chiroyli, estetik did bilan chizsalaringiz, kelajakda muhandislik kasbini egallamoqchi bo`lsalaringiz, juda yaxshi zamin yaratgan bo`lasiz.
4. “ To`g`ri so`z tuzing ” o`yini (tarqatmalar asosida)
Bu o`yinda ikkita guruhning o`quvchilariga tarqatmalar beriladi. Tarqatmani yechib bo`lgach javoblarini mos tartib raqamiga osib chiqadidar. Natijada plakatlar teskarisiga aylantirilganda
299-masala. Quyidagi chizmadan markaziy burchaklarni toping.
Mustaqil ish. 300-masala:
7. Test topshirig`i
2. Markaziy burchakka mos yoy aylananing 2/5 qismiga teng. Shu markaziy burchakni toping.
A) 110 0 B) 144 0 C) 216 0
3. Aylananing radiusi 1 sm bo`lsa, uning uzunligini toping.
A) 3,14 sm B) 6,28 sm C) 1 sm
Test natijalarini har bir guruhdan bittadan tayinlangan o`quvchi e`lon qiladi.
Masalan, bizinng guruhda 1-savolga 6 kishi A javobni, 3 kishi B javobni 2 kishi C javobni,…
O`qituvchi natijalarni tahlil qiladi.
8.“ Bilimingni sinab ko`r ” (Kubik strategiyasi)
Kubik strategiyasida o`quvchilarning zukkoligi, topqirligi, izlanuvchanligi sinaladi.
-Bunda “Hashar”o`yiinin o`tkazamiz.Biz bilamizki, yaqinda Navro`zi olam kirib keladi. Bayram munosabati bilan joylarda hasharlar o`rkaziladi, ariq-zovurlar tozalanadi, ko`chatlar o`tkqaziladi. Agar birinchi guruh topshiriqbi bajarolmasa, ikkinchi guruh hasharga borishi mumkin.
9. Darsni yakunlash.
-Darsimizning asosiy qismi tugadi. Endi natijalarni tahlil qilamiz.
Qani, ekspert guruhi, ko`chma bozorimizning bugungi faoliyatini tahlil qilib bering.
Guruhlar natijasini ekspertlar e`lon qiladilar.
Masalan, “Al-Xorazmiy”-65 tanga “Beruniy”- 70 tanga
-Endi sotuvchilarimiz-o`quvchilarning to`plagan tangalarini hisoblab ko`ramiz.
1-5 tanga “3” ball
6-12 tanga “4” ball
13-20 tanga “5” ball
O`quvchilar baholanib, ularning barchasiga “Eng faol”, “Eng izlanuvchan”, “Eng bilimdon”, “Eng zukko”, “Eng samimiy”, “Eng topqir” kabi va hokazo baholar beriladi.
Uyga vazifa: darslikdan 301-masala va shu mavzuga oid 2 tadan test tuzib kelish.
Shirin so`z sotilmas bebaho,
Yaxshilik bor bo`lsin doimo.
Bu yerda bo`lolsa, kim mamnun,
Bu eng oliy mukofot o`shalar uchun.
-Xayr o`quvchilar, sog` bo`linglar.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
8 Sinf O Zbekiston Tarixi Audio – Бесплатно скачать Mp3
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу 8 Sinf O Zbekiston Tarixi Audio в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию 8 Sinf O Zbekiston Tarixi To Liq Ўзбекистон тарихи тўлиқ длительностью 400.98 MB, размер файла 5 ч, 4 мин и 41 сек.
Все песни были найдены в свободном доступе сети интернет, а файлы с произведениями не хранятся и не загружаются на наш сервер. Если Вы являетесь правообладателем или лицом, представляющим правообладателя, и не хотите чтобы страница с произведением, нарушающие Ваши права, присутствовала на сайте, воспользуйтесь данной формой DMCA.
Сейчас слушают песни
8 Sinf O Zbekiston Tarixi Audio
Саша Атаман И Финик
Locked Out Of Heaven Tiktok Version
Garnan Caxik Es Du Ser Im Arachin
Monkey В Медленом
Сборная Снежногорска 2020
Эти Слова Изменили 50 Млн Человек Начни Прямо Сейчас
Chris Geschwindner In Your Orbit
Турецко Арабские Песни
Почему Друзья Не Могут Любить
Hosanna Feat Christy Nockels Passion
Сборник Дискотека Восьмидесятых
Эжын Турэhэн Газартаа
Сборник Николая Емелина
Переговоры По Рации Полиции
Cybertuan7 The 8 Planets