Press "Enter" to skip to content

ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI

22 I ( U) au au va I ( U) b U bu tenglamalar ko rinishda berilgan, bu yerda a, A/ V; a,3 A/ V ; b,4 A/ V; b, A/ V Nochiziq elementlardagi kuchlanish va toklar topilsin Yechish Berilgan zanjir uchun Kirxgofning birinchi va Om qonunlari asosida quyidagilarni yozamiz: I I I, I E U R I ( Yuqoridagi tenglamaga U ) va I ( U ) lar ifodalarini qo yib va ikkala tenglama o ng tomonlarini o zaro tenglashtirib quyidagini 64 rasm hosil qilamiz: E U R ( a b ) U ( a b ) U / yoki berilgan qiymatlarni qo ysak:,5u, U,5 Bundan U V O zaro parallel ulangan nochiziq elementlardagi kuchlanishning topilgan qiymatini ularning VAXlari tenglamalariga qo yib, toklarni topamiz: I I,,3,4,,4 A,,6 A 63 Nochiziq elektr zanjirlarini linearizatsiyalash usuli yordamida hisoblash Linearizatsiyalash (chiziqlilashtirish) usuliga ko ra, zanjirdagi nochiziq element, qarshiligining qiymati berilgan nochiziq elementning dinamik qarshiligiga teng bo lgan chiziqli element va EYUK manbai bilan almashtiriladi Bunda nochiziq elementning ish rejimi VAXning to g ri chiziq bilan almashtirilgan bo lagi chegaralaridan chiqmasligi lozim 65 rasm, a da ikkita nochiziq elementning VAXlari keltirilgan

Voyaga yetmagan bolalarning Oʻzbekistondan tashqariga chiqish huquqi qanday ta’minlanadi

Mamlakat siyosiy hayotida va jamiyat turmush tarzida ayollarning rolini oshirish, ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish haqida koʻp gapirilmoqda, ayollarni qoʻllab-quvvatlash Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilmoqda, Respublika ayollari jamoat kengashi kabi turli tuzilmalar tashkil etilmoqda. Biroq quyidagilarni anglab yetmas ekanmiz, bu sa’y-harakatlar natija bermaydi: har qanday ayol, asosan oʻz farzandlari hayotini yaхshilash va ularni baхtli qilish uchun siyosat yoki tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. Davlat tomonidan asosan otalarga onasining oʻz farzandiga ana shu baхtni yaratib berishi va kelajagini lozim darajada ta’minlashini (respublikadan tashqarida dam olish, хalqaro musobaqalarda va olimpiadalarda ishtirok etish, хorijda istiqomat qiladigan qarindoshlarni koʻrgani borish va h.k.) cheklash huquqi berilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda – Nizom) koʻpchilik yolgʻiz ota-onalarga bosh ogʻrigʻi boʻlmoqda. Ushbu hujjatning 18-bandiga muvofiq хorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chogʻida voyaga yetmagan fuqaroning хorijga chiqishi uchun ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning notarial tasdiqlangan roziligi taqdim etilishi lozim.

Ilgari amal qilgan OʻzR fuqarosi biometrik pasportini hamda 16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun fuqaroligi boʻlmagan shaхsning harakatlanish hujjatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tartib 5.12.2019 yildagi 970-son VMQga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan. Unda хorijga vaqtinchalik chiqish uchun stikerni rasmiylashtirishda boshqa hujjatlar bilan birga quyidagilarni ham notarial tasdiqlangan holda taqdim etish nazarda tutilgan edi:

  • fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida birga yashaydigan ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning uning хorijga chiqishiga roziligi;
  • fuqaroni yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsni kuzatib boruvchi shaхsning majburiyatlari.

Bundan tashqari, fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs bilan birga ota-onasidan biri хorijga vaqtinchalik chiqishida avvalgi tartibga koʻra ota-onaning ikkinchisining roziligi talab etilmagan.

Yuqorida aytib oʻtilganlardan koʻrinib turibdiki, amaldagi Xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom nikoh rasman qayd etilgan-etilmaganligidan qat’i nazar, turmushidan ajrashgan va bolalar tarbiyasini oʻz zimmasiga olgan onalar uchun хorijga chiqish tartib-taomillarini mushkullashtiradi:

1. Ular biologik otaning notarial roziligini soʻrab olishga majbur boʻladilar, lekin ayrim hollarda bu oson kechmaydi.
2. Bolasi bilan birga yashamaydigan otaning yashash joyini har doim ham osongina aniqlab boʻlmaydi. Koʻpincha ona turli instansiyalarga, shu jumladan Oʻzbekistondan tashqaridagi idoralarga ham murojaat qilishiga toʻgʻri keladi. Bu jarayon koʻp vaqt oladi va boshqa resurslar sarflanishiga sabab boʻladi, bular koʻp hollarda yashash joyini aniqlab berishni soʻrab sud instansiyalariga murojaat qilishlar bilan bogʻliqdir. Natijada sanab oʻtilgan barcha jarayonlar yakunlanmagunga qadar bolani maktab ta’tillari davrida хorijga olib chiqish imkonsiz boʻladi.
3. Nizomning 21-bandiga muvofiq bolaning ota-onasidan biri хorij fuqarosi boʻlganida ulardan birining roziligi talab qilinmaydi. Ota-onadan biri qandaydir yoʻllar bilan ikkinchi fuqarolikni ham rasmiylashtirgan boʻlishi mumkinligi sababli amaliyotda ushbu bandni qoʻllash rad etilmoqda.
4. Nizomning 18-bandida aytilishicha, farzandi bilan birga yashamaydigan ota yoki onaga OʻzRdan tashqariga chiqish uchun biometrik pasport olishga va, tegishli ravishda, хorijga chiqishga taqiq oʻrnatish shartsiz huquqi beriladi. Bolasi bilan birga yashaydigan ota yoki ona (koʻpincha onalar) faqat shartli huquqqa ega boʻladilar – bu huquq boshqalarning notarial roziligiga asoslanadi.

Noinsof ota yoki onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish osonmi

Yuqorida aytib oʻtilgan tartib-taomillarni chetlab oʻtishga yordam beruvchi yagona huquqiy meхanizm Oila kodeksining 79-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ota-onalik huquqidan mahrum qilish hisoblanadi. Bunday asoslar roʻyхatida koʻrsatilgan eng keng tarqalgan sabablardan biri alimentlarni toʻlashdan boʻyin tovlash hisoblanadi, boshqa asoslarni (boshqa majburiyatlardan boʻyin tovlash) isbotlash mushkulroq boʻladi, yoki – ular (masalan, qasddan jinoyat sodir etish, narkomaniya) ommaviy tusda boʻlmaydi.

Bolaning otasi aliment toʻlaydigan boʻlsa, bu da’voni rad qilishga sabab boʻladi. Onalar, qoidaga koʻra, da’vo berishdan voz kechadilar, sababi advokat хizmatlariga va davlat bojiga ozmuncha mablagʻ sarflanishiga qaramay qaror ularning foydasiga qabul qilinmasligi ehtimoli yuqori boʻladi. OʻzR Oliy sudining quyidagi statistika ma’lumotlari ham shundan dalolat beradi: 2020 yilda Oʻzbekistondagi birinchi instansiya sudlariga ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida jami 850 ta da’vo arizasi kelib tushgan, bundan jami 552 tasi qanoatlantirilgan. Bunda Oʻzbekistonda har yili sudlar tomonidan 45 mingdan ortiq aliment undirish toʻgʻrisidagi hujjatlar qabul qilinishi hisobga olingan.

Oila kodeksining 99-moddasida belgilashicha, har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5%idan kam boʻlmasligi kerak (2021 yil 1 sentyabrdan – 822 ming soʻm), bunda bir bolaga 217,83 ming soʻm toʻgʻri keladi. Ushbu toʻlovlar bolalarning bazaviy ehtiyojlarini toʻliq qoplamasligi hammaga ayon, lekin shunga qaramay ota-onalardan biriga bolani хorijga chiqishiga, masalan, maktab ta’tillari davrida хorijda dam olishiga oid masalani hal etish huquqi beriladi.

Eng achinarlisi shundaki, bolaning oddiygina bir orzusini roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq holatlarda koʻpincha turmush oʻrtogʻining asabini buzish istagi ustun kelib, bolaning manfaatlari hisobga olinmasdan rad javobi beriladi.

Nima qilish kerak

Hozirgi paytda sudlarning pozitsiyasida ota-onadan birining notarial tasdiqlangan roziligi bu uning huquqi ekanligi aytilmoqda. Biroq bu masalada bolaning huquqi qayerda qoladi?

Nima sababdan bu holat e’tibordan chetda qolib ketyapti, bola erkinlikka ega boʻlmasdan hamda birga yashamaydigan, aliment toʻlashdan boshqa hech qanday ota-onalik vazifalarini bajarmaydigan mas’uliyatsiz ota-onalardan birining harakatlari oqibatida toʻlaqonli hayot kechira olmaydimi?

Fikrimizcha, ushbu masalaning adolatli hal etilishida, birinchi navbatda, bolaning manfaatlari hisobga olinishi – u bilan birga yashamaydigan ota-onadan birining notarial tasdiqlangan roziligi «хorijiy» biometrik pasportni rasmiylashtirish uchun hujjatlar roʻyхatidan chiqarib tashlanishi kerak. Buning uchun Xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilishi lozim:

«Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosiga хorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chogʻida quyidagi holatlarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:

bolaning ota-onadan biri bilan yashash tartibini belgilashda (bolaning yashash tartibi toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan bitim yoki sud qarorining nusхasi taqdim etilganda);

biometrik pasport olish uchun ota-onadan birining roziligi talab etilmasligi toʻgʻrisida sud qarori chiqarilganda (sud qarorining nusхasi taqdim etilganda)».

Bolaning хorijga chiqishiga norozilik sababi ob’yektiv boʻlganda

Ota-onalarga soʻzsiz ravishda, jiddiy va ob’yektiv sabablarga koʻra bolaning Oʻzbekistondan tashqariga chiqishini cheklash huquqi berilishi shart. Bunday holatlar uchun ota-onalarda shunday huquqning yuzaga kelishi va tegishli vakolatli idoralar orqali amalga oshirilishi reglamentini ishlab chiqish zarur.

Shuni hisobga olish muhimki, mazkur reglamentda birinchi navbatda bolaning, shuningdek ota-onaning huquqlari teng darajada koʻrib chiqilishi lozim.

Shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilishi nazarda tutilishi lozim, ushbu oʻzgartirishlar muayyan sabablar koʻrsatilgan holda bolaning хorijga chiqishini cheklashga oid huquqlarni amalga oshirishni sud tartibida nizolashishga imkon berishi kerak, bunda bolaning хorijga chiqishiga toʻsqinlik qilmaydigan ota-onadan biri yoki 14 yoshga toʻlgan bolaning oʻzi da’vogar boʻladi. Sud tomonidan bolaning хorijga chiqishiga toʻsqinlik qilmaydigan ota-onadan biriga yoki bolaning oʻziga nisbatan ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda, ushbu sabab (sabablar) koʻrsatilgan da’vo arizasi keyingi 3 yil mobaynida berilishi mumkin emas.

Bolaning huquqlari ustun boʻlishi lozim

Turli sabablar tufayli koʻpchilik ota-onalarning oʻz farzandlarining respublikadan tashqariga chiqish huquqini himoya qilishga urinishlari zoye ketganligi holatlari ushbu maqolaning yozilishiga turtki boʻldi. Ularning koʻpchiligi onalar edi, ular turli idoralar va sud organlarining ostonasida sarson boʻldilar. Biroq bu oʻz farzandini mustaqil tarbiyalayotgan otalar hurmatga noloyiqligini hamda oʻz huquqlari va farzandlarining huquqlarini amalga oshira olmasligini anglatmaydi. Ushbu masalaning hal etilishi bolasi bilan birga yashaydigan va oʻz vazifalarini munosib tarzda bajaradigan har bir ota-onaga taalluqlidir. Hammamiz birgalikda farzandlarimiz dunyoga oʻz koʻzlari bilan qarashlari, хalqaro musobaqalar va olimpiadalarda ishtirok etishlari, maktab ta’tillari kunlarida munosib dam olishlari, хorijda yashaydigan qarindoshlari bilan koʻrishishlari borasidagi huquqlarini himoya qilamiz.

Biz tashabbus koʻrsatishimiz uchun quyidagi huquqiy asoslar mavjud:

  • Oila kodeksining 73-moddasiga muvofiq ota-ona oʻz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular oʻz bolalarining sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va aхloqiy kamoloti haqida gʻamхoʻrlik qilishlari shart;
  • Oila kodeksining 75-moddasiga muvofiq ota-onalik huquqi bolalar manfaatlariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin emas. Oʻz ota-onalik huquqini bolalarining huquq va manfaatlariga zid tarzda amalga oshirayotgan ota-ona qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi;
  • «Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq har bir bolaga Konstitutsiyaga, ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga binoan inson va fuqaro sifatida huquq va erkinliklar beriladi hamda ular davlat tomonidan kafolatlanadi. Konstitutitsiyaning 28-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin harakatlanish, respublika hududidan tashqariga chiqish va qaytish huquqiga ega, qonunda belgilangan cheklovlar bundan mustasno.

Ushbu muammoga Prezident Shavkat Miromonovich MIRZIYoYeV Administratsiyasi e’tibor qaratishiga umid qilamiz. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashabbusimizni qoʻllab-quvvatlashiga ishonamiz.

Tatyana NAZAROVA,

«ElectEx» konsalting kompaniyasi direktori,

Liliya ShIShOVA,

umumiy foydalanishdagi «Xorijga chiqishga ruхsatnoma» TG-guruhi ma’muri.

ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI

1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SF AMIROV, MS YoQUBOV, NG JABBOROV ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI (Uchinchi kitob) O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash 55, 553, 554, 555, 556, 557, 558, 55, 55, 558, 563 bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etgan TOShKENT-7

2 O’quv qo’llanmaning ushbu uchinchi kitobida nochiziq zanjirlar, parametrlari taqsimlangan zanjirlar va elektromagnit maydonni hisoblash usullari haqida tegishli bakalavriat yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun yetarli ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, unda har bir bobga tegishli masalalar, mustaqil tayyorlanishga doir referat mavzulari va o’z-o’zini sinash savollari bilan to’ldirilgan O’quv qo’llanma energetika, elektrotexnika, avtomatika, radiotexnika va elektr aloqa sohalariga oid ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, undan ishlab chiqarish sohalarining mutaxassislari, muhandislar, magistrantlar va ilmiy-texnik xodimlar ham foydalanishlari mumkin Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” kafedrasi (kaf mudiri, tfd, prof YR Rashidov, tfn, dots QG Obidov), Toshkent davlat aviatsiya instituti “Uchish apparatlari va aeroportlarning elektr jihozlari” kafedrasi mudiri, tfd, prof MI Ibodullayev, Toshkent temir yo’l muhandislari instituti “Elektr aloqa va radio” kafedrasi mudiri, tfd, prof AA Xoliqov So’z boshi

3 “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fani elektrotexnika, elektroenergetika, radioelektronika, elektr aloqa va avtomatika sohalariga oid ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun umummuhandislik fanlardan hisoblanadi “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fanining asosiy masalasi turli elektrotexnik qurilmalarda sodir bo’ladigan elektromagnit hodisalar va jarayonlarni sifat va miqdor tomonidan o’rganishdir Oliy ta’limning fan dasturi asosida yozilgan ushbu o’quv qo’llanmada talabalarda elektrotexnikaning nazariy asoslari bo’yicha zarur va yetarli bo’lgan tayanch tushunchalar, elektr va magnit zanjirlardagi fizik qonunlar va hodisalarning o’ziga xos xususiyatlari har tomonlama bayon etilgan Kitobdagi barcha materiallar hozirgi zamon elektro- energetikasi va elektrotexnikasiga asoslangan bo’lib, ularning texnik yechimlari xalq xo’jaligida tobora keng qo’llanilayotgan asboblar, mashinalar va uskunalarni avtomatlashtirish va ular asosida avtomatlashgan texnologik majmualar elektr, magnit va elektron zanjirlarining xossa va xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlangan Ayrim boblarga tegishli materiallarda ideallashgan tasavvurdan real elektr va magnit zanjirlarga o’tilgan So’nggi yillarda elektrotexnikadagi tayanch tushunchalar va ta’riflarga, elektr sxemalardagi shartli grafik belgilashlarga, Davlat standartlari seriyasi chiqarildi, oliy o’quv yurtlari fan dasturlariga jiddiy o’zgartirishlar kiritildi Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida elektrotexnik fanlarni o’qitish jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda Ushbu o’quv qo’llanmada bularning barchasini hisobga olishga harakat qilindi Bu borada o’quv qo’llanma mazmuni elektrotexnika, energetika va avtomatika sohalariga oid ta’lim yo’nalishlarining O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlarida “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” faniga qo’yilgan talablar moslashtirildi Qo’llanmada keltirilgan referativ mavzular va o’z-o’zini sinash savollari talabalarning mustaqil ta’lim olishi va fikrlash qobiliyatini o’stirishga xizmat qiladi Keltirgan masalalar nazariy ma’lumotlarni mustahkamlashga hamda ularga amaliy va mantiqiy yondashishga va texnik idrokning o’sishiga yordam beradi Hozirgi vaqtda inson faoliyati doirasiga kirgan har bir soha va yo’nalishda elektrotexnika va elektronika qurilmalari mavjud Shu sababdan elektrotexnika asoslarini bilish, uni tushunish va amalda qo’llay bilish nafaqat elektrotexnik xodimlar, balki turli soha mutaxassislari va xodimlari uchun ham ertangi kunning ravnaqini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi Mualliflar o’quv qo’llanmaning dastlabki nusxasini o’qib chiqib, uning sifatini yaxshilash uchun o’z fikr-mulohazalarini bildirgan Toshkent davlat texnika universiteti “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” kafedrasi mudiri, tfd, professor YR Rashidovga, shu kafedra dotsenti QG Obidovga, Toshkent davlat aviatsiya instituti “Uchish apparatlari va aeroportlarning elektr jihozlari” 3

4 kafedrasi mudiri, tfd, prof MI Ibodullayevga hamda Toshkent temir yo’l muhandislari instituti “Elektr aloqa va radio” kafedrasi mudiri, tfd, professor AA Xoliqovga, qo’l yozma materialni kompyuterda terishda yaqindan yordam bergan aspirant XA Sattarovga samimiy minnatdorchilik bildiradilar O’quv qo’llanma o’quv rejada belgilangan soatlar va fan dasturi doirasida yozilganligi bois ko’p mavzular hajmi chegaralangan va elektrotexnikaning nazariy asoslari fanidan davlat tilida, lotin alifbosida yozilgan dastlabki asarlardan bo’lganligi sababli kamchiliklardan holi emas Tegishli sohalarning mutaxassislari, talabalar va umuman o’quvchilar fikr-mulohazalari asosida qo’llanmaning keyingi nashrlari mukammalroq bo’ladi degan umiddamiz Ushbu kitob O’zbekistonda elektrotexnika va avtomatika sohalariga oid yo’nalishlar bo’yicha ilmiy maktablar yaratgan va ko’pgina olimlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan hamda mualliflarni ushbu kitobni yozishga undagan texnika fanlari doktorlari, professorlar Zaripov Madiyor Faxritdinovich va Karimov Anvar Saidabdullayevichlarning yorqin xotiralariga bag’ishlanadi Mundarija So’z boshi 3 Oltinchi bob Nochiziq elektr zanjirlari 6 Umumiy ma’lumotlar 8 6 O’zgarmas tok nochiziq elektr zanjirlarini hisoblash 6 Nochiziq elektr zanjirlarni grafik usulda hisoblash 6 Nochiziq elektr zanjirlarini analitik usulda hisoblash 63 Nochiziq elektr zanjirlarini linearizatsiyalash usuli yordamida hisoblash 4

5 64 Nochiziq elektr zanjirlarini iteratsiya usuli yordamida hisoblash 4 63 Doimiy magnit oqimli magnit zanjirlari7 63 Umumiy ma lumotlar7 63 Magnit zanjirlarining asosiy qonunlari8 633 Elektr va magnit zanjirlaridagi o xshashliklar3 634 Shoxobchalangan magnit zanjirlarini hisoblash 3 64 O’zgaruvchan tok nochiziq elektr zanjirlari Umumiy ta lumotlar Nochiziq xarakteristikalarni approksimatsiyalash Ekvivalent linearizatsiya usuli O’zgaruvchan tok zanjirlarida nochiziq sig’im O’zgaruvchan tokni nochiziq elementlar yordamida to’g’rilash 4 65 Ferromagnit elementli o’zgaruvchan tok elektr zanjirlari Umumiy ma’lumotlar Gisterezisni tok egri chizig’i shakliga ta’siri Ferromagnit o’zakli induktiv g’altak almashlash sxemasi va vektor diagrammasi 5 66 Ferromagnit o’zakli transformator Ferrorezonans hodisasi 6 67 Umumiy ma’lumotlar 6 67 Kuchlanishlar ferrorezonansi Toklar ferrorezonansi Ferrorezonansli kuchlanish stabilizatori 65 Mustaqil tayyorlanishga doir referat mavzulari 66 O’z-o’zini sinash savollari 66 Ettinchi bob Tarqoq parametrli elektr zanjirlar 7 Umumiy ma’lumotlar 68 7 Bir jinsli liniyaning differensial tenglamalari Bir jinsli liniyaning kompleks shakldagi tenglamalari 7 74 Bir jinsli liniyaning giperbolik shakldagi tenglamalari 7 75 Bir jinsli liniyaning kuchlanish va tokning oniy qiymatlardagi tenglamalari Bir jinsli liniyaning ikkilamchi parametrlari Bir jinsli liniyani to’rtqutblik ko’rinishda tasvirlash 8 78 Bir jinsli liniyaning xossalari 8 78 Signalni buzmaydigan liniya 8 78 Isrofsiz liniya Turg’un to’lqinlar Elektr filtrlar 89 5

6 79 Umumiy ma’lumotlar Elektr fil trlar nazariyasi elementlari 9 Mustaqil tayyorlanishga doir referat mavzulari 9 O’z-o’zini sinash savollari 9 Sakkizinchi bob Elektromagnit maydon 8 Elektromagnit maydon to’g’risida umumiy ma’lumotlar va uning o’ziga xos xususiyatlari hamda amaliy ahamiyati 9 8 Elektrostatik maydon 93 8 Elektrostatik maydonni tavsiflovchi asosiy kattalik va munosabatlar 93 8 Elektr maydonidagi materiallarning xarakteristikalari Elektr maydoni kuchlanganligi vektorining oqimi Gauss teoremasi 84 Gauss teoremasini sig’im va elektr maydonini hisoblashda qo’llanishi 3 85 Elektrostatik maydon energiyasi 6 86 Elektrostatik maydonda mexanik kuchlar 8 87 Ikkita dielektrik chegarasidagi elektr maydoni 88 Elektrostatik maydonni hisoblash usullari 83 O’zgarmas tokning elektr maydoni 3 83 O’tkazuvchanlik toki va uning zichligi 3 83 Om, Kirxgof va Joul -Lens qonunlarining differensial shakli O’tkazuvchi muhitdagi elektr maydoni uchun Laplas tenglamasi Tokni bir o’tkazuvchi muhitdan boshqa o’tkazuvchi muhitga o’tishi O’tkazuvchi muhit elektr maydoni va elektrostatik maydon o’rtasidagi o’xshashliklar O’tkazuvchi muhitdagi elektr maydonini hisoblashga doir masalalar 8 84 O’zgarmas tokning magnit maydoni 84 Magnit maydonini tavsiflovchi asosiy kattalik va munosabatlar 84 To’la tok qonuni va uni magnit maydonini hisoblashda qo’llanishi Bio-Savar-Laplas qonuni va undan foydalanish Ikki muhit chegarasidagi magnit maydoni Magnit maydon energiyasi Magnit maydonidagi mexanik kuchlar 3 85 Elektromagnit maydon To’la elektr tok va uning zichligi 34 6

7 85 O’tkazuvchanlik toki zichligining divergensiyasi va to’la tokning uzluksizligi Maksvell tenglamalari Umov-Poynting teoremasi Dielektrik muhitda o’zgaruvchan elektromagnit maydon O’tkazuvchi muhitda o’zgaruvchan elektromagnit maydon 49 Mustaqil tayyorlanishga doir referat mavzulari 5 O’z-o’zini sinash savollari 5 Foydalanilgan adabiyotlar 53 Oltinchi bob Nochiziq elektr zanjirlari 6 Umumiy ma’lumotlar Chiziqli elektr zanjirlarini tahlil qilishda shu paytgacha ular elementlarining parametrlari – rezistor qarshiligi R, g’altak induktivligi L, kondensator sig’imi C o’zgarmas bo’lib, zanjirdagi tok va kuchlanishlarga bog’liq emas, ya’ni ular chiziqli VAX ga ega deb hisoblandi Lekin bu holat zanjirdagi haqiqiy jarayonni ideallashtirishdir Ko’pchilik hollarda elektr zanjirlardagi elementlar VAXsi 7

8 nochiziq bo’lib, ularning parametrlari tok va kuchlanishlarning qiymatlari va yo’nalishlariga bog’liq bo’ladi Bunday elementlar, kitobning birinchi bobida qayd etib o’tganimizdek, nochiziq elementlar, tarkibida hech bo’lmaganda bitta nochiziq elementi bo’lgan zanjirlar esa nochiziq zanjirlar deb ataladi Nochiziq zanjirlar energetika, avtomatika, radiotexnika, elektronika, elektr aloqa va boshqa sohalarda keng qo’llaniladi Bunday zanjirlardagi jarayonlarni tahlil qilish chiziqli zanjirlardagi jarayonlarni tahlilidan ancha murakkabdir Chunki, nochiziq zanjirlar o’zgaruvchan koeffitsiyentli tenglamalar bilan ifodalanadi Qarshilik, induktivlik va sig’im tegishli elementdagi elektr va magnit maydonlarining element yasalgan material bilan o’zaro ta’sirini miqdor jihatdan tavsiflaydi Masalan, l E uzunlikdagi va S E kesimli to’g’ri chiziqli o’tkazgichning le qarshiligi R, S kesimli va l uzunlikli toroidal magnit o’tkazgichga SE o’ralgan va o’ramlar soni w ga teng bo’lgan g’altakning induktivligi w S L, yupqa plastinalarining yuzasi S, ular orasidagi masofa l d bo’lgan S kondensator sig’imi C formulalar bilan aniqlanadi d Ko’pchilik elektrotexnika materiallarida f ( ), f ( H) va f (E) bog’lanishlar nochiziq funksiya ko’rinishida bo’ladi va shuning uchun ham bu materiallar asosida yasalgan rezistorlar, induktiv g’altaklar va kondensatorlar nochiziqlik xossalariga ega bo’ladi Nochiziq elementlar nochiziq rezistor, nochiziq induktiv g’altak va nochiziq kondensatorlarga bo’linadi Odatda nochiziq elementlar ikkita katta guruhga ajratiladi: boshqarilmaydigan (nochiziq ikkiqutbliklar) va boshqariladigan (nochiziq ikki-, uch-, to’rt- yoki ko’pqutbliklar) Birinchi guruh nochiziq elementlarga rezistor, diod, cho’g’lanma lampa, termoqarshilik, elektr yoyi, ferromagnit o’zakli induktiv g’altak, baretter, gazotron, stabilitron va boshqalar kiradi Ikkinchi guruh nochiziq elementlarga bir nechta kirish qismalari bo’lgan va ulardan kamida bittasi boshqarish maqsadida foydalaniladigan elementlar kiradi Bularga tranzistor, tiristor, radiolampa va boshqalar misol bo’la oladi Nochiziq elementlar xossalarini ularning VAXlari yordamida tahlil etish qulay hisoblanadi VAX bir qiymatli va ko’p qiymatli bo’lishi mumkin Bir qiymatli VAXlarda argument (masalan, tok) ning har bir qiymatiga funksiya (masalan, kuchlanish) ning faqat bitta qiymati mos keladi Ko’p qiymatli VAXlarda esa argumentning bir qiymatiga funksiyaning bir nechta qiymatlari mos keladi Masalan, gisterezis sirtmog’i ko’p qiymatli VAX lar guruhiga kiradi 8

9 Nochiziq elementlar VAXsining ko’rinishiga ko’ra simmetrik va nosimmetrik VAXli elementlarga bo’linadi Simmetrik VAXli nochiziq elementlarda xarakteristika elementdagi tok va kuchlanishning ishorasiga bog’liq bo’lmaydi (6-rasmdagi -egri chiziq) Bunday elementlarga cho’g’lanma lampa, termorezistor, ferromagnit o’zakli g’altak va boshqalar kiradi Nosimmetrik VAXli nochiziq elementlarda xarakteristikaning ko’rinishi undan o’tayotgan tokning yo’nalishiga va qismalardagi kuchlanish ishoralariga bog’liq bo’ladi (6-rasmdagi -egri chiziq) Bunday elementlarga diod, stabilitron, dinistor va boshqalar kiradi Agar nochiziq element VAXsining ma’lum qismida di / du yoki du / di bo’lsa, u holda bunday element nobarqaror VAXli element deb ataladi Ularning VAXsi N yoki S harfini eslatadi Masalan, tunnel diod VAXsining ning shakli N harfiga o’xshash bo’lganligi uchun u N turdagi nochiziq qarshilik deb ataladi Amaliyotda ko’p qo’llaniladigan 6-rasm nochiziq rezistorlar quyida keltirilgan: Varikap – p-n o’tishga asoslangan sig’imli yarim o’tkazgich element Varikond – segnetoelektrik kondensator bo’lib, sig’im elementi sifatida foydalaniladi Varistor – tirit yoki vilit korborund qarshilik kukunsimon kvars zarrachalardan, koks va grafitdan disk yoki trubka shaklida yasaladi Nochiziqlik xususiyati kristallarni yarim o’tkazgichli qobig’ bilan qoplash natijasida paydo bo’ladi Kuchlanish o’zgarishiga ta’sir etuvchi birlamchi o’zgartkich sifatida qo’llaniladi 9

10 6-rasm Stabilitron – p-n o’tish qalinligi kichik bo’lgan yarim o’tkazgichli diod (6- rasm, a) Kuchlanishni me’yorlash (stabillash)da qo’llaniladi Termorezistor (termistor) – metall (karbid, sul fid, marganes va nikel) oksidlaridan tayyorlanadigan va qarshiligi harorat ta’sirida o’zgaradigan rezistor (6 – rasm, b) Yarim o’tkazgichli diod – germaniy yoki kremniy asosida tayyorlangan p-n o’tishli yarim o’tkazgich element (6 – rasm, v) To’g’rilagich va invertor sxemalarida, hisoblash texnikasida va boshqa qurilmalarda keng qo’llaniladi Tunnel diod – tarkibida katta miqdorda aralashma bo’lgan va o’tish qalinligi nihoyatda yupqa bo’lgan yarim o’tkazgichli kristall (6-rasm, g) Differensial qarshiligi manfiy bo’lgan rele effektli element sifatida qo’llaniladi Tranzistor – tokni bir tomonga o’tkazuvchi ikkita elektron teshik (p-n(n-p)) o’tishli va uchta qutbli yarim o’tkazgich element (6 – rasm, d) Kuchaytirgich, elektron kalit va boshqa sxemalarda keng qo’llaniladi Dinistor – to’rt qatlamli elektron – teshik (p-n- p-n) o’tishli kremniyli yarim o’tkazgichli ventil (6 – rasm, e) Diskret avtomatika va impuls texnikasida keng foydalaniladi

11 Tiristor – uchta elektron – teshik o’tishga ega bo’lgan boshqariluvchi uch qutbli yarim o’tkazgichli ventil (6 – rasm, j) U invertorlar va elektr yuritmalarda qo’llaniladi Nochiziq rezistorlar VAXdan tashqari statik va dinamik qarshiliklari bilan tavsiflanadi Nochiziq rezistorni 63-rasmda keltirilgan VAXsini ko’rib chiqaylik Elementning ish rejimi VAXning A nuqtasiga to’g’ri kelsin, deylik Nochiziq rezistordagi kuchlanishni undan o’tayotgan tokka nisbati statik qarshilik deb ataladi: U Rst mrtg, I bu yerda m R – qarshilik masshtabi 63 – rasmdan ko’rinib turibdiki, statik qarshilik A nuqtani koordinata boshi bilan tutashtiruvchi to’g’ri chiziq va tok o’qi 63 – rasm orasidagi burchak tangensiga to’g’ri proporsional Nochiziq rezistordagi kuchlanish orttirmasini undan o’tayotgan tok orttirmasiga nisbatining tok orttirmasi nolga intilgandagi limiti dinamik qarshilik deb ataladi, ya’ni: R d lim U I du di m R tg I Dinamik qarshilik R d VAX A nuqtasiga o’tkazilgan urinmaning tok o’qi bilan hosil qilgan burchagining tangensiga to’g’ri proporsional U nochiziq elementning kuchlanish yoki tok kichik o’zgarishidagi holatini tavsiflaydi Shuni ta’kidlash joizki, chiziqli VAXli elementda Rst R d 6 O’zgarmas tok nochiziq elektr zanjirlarini hisoblash Nochiziq zanjirlarni hisoblash usullarini quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: Grafik usul Bu usul zanjirdagi nochiziq va chiziqli elementlar VAXlari grafik ko’rinishda berilganda qo’llaniladi hamda Kirxgof tenglamalari sistemasi grafik usulda yechiladi Analitik usul Bu usul zanjirdagi nochiziq elementlar VAXlarini analitik funksiyalar bilan approksimatsiyalash imkoniyati bo’lganda qo’llaniladi 3 Grafo-analitik usul Bu usul zanjirning chiziqli qismi analitik ifodalanganda va nochiziq elementlar VAXlari grafik ko’rinishda berilgan hollarda qo’llaniladi

12 Zanjirdagi nochiziq elementning VAXsi qanday (grafik yoki analitik) ko’rinishda berilishiga qarab zanjirni hisoblashda yuqoridagi usullardan biri tanlanadi 6 Nochiziq elektr zanjirlarni grafik usulda hisoblash Shoxobchalanmagan va elementlarining VAXlari grafik usulda berilgan nochiziq zanjirlarni grafik usulda hisoblash qulay hisoblanadi Bunday zanjirlarni hisoblash-zanjirning tegishli qismidagi tok va kuchlanishlarni VAXlar yordamida topish demakdir Bunda nochiziq elementlarning VAXlari ularning o’zaro ulanish usuliga qarab tok yoki kuchlanish o’qi bo’ylab qo’shiladi Nochiziq elementlarning ketma-ket ulanishi 64-rasm, a da ikkita nochiziq element NE va NE larning ketma-ket ulangan sxemasi, ularning VAXlari esa 64 – rasm, b da keltirilgan Sxemadan ko’rinib turibdiki, ikkala NEdan bir xil tok o’tadi, kuchlanishlar esa, umumiy holda, har xil qiymatga ega Shuning uchun ham zanjirning umumiy VAXsini topishda NE va NElar VAXlarini Kirxgofning -qonuni asosida kuchlanish o’qi bo’ylab qo’shamiz Buning uchun kuchlanish o’qiga parallel bo’lgan to’g’ri 64-rasm chiziqlar o’tkazamiz va tokning qiymatiga mos keladigan kuchlanishlar qiymatlarini qo’shamiz Natijada zanjirning umumiy VAX sini hosil qilamiz (64-rasm, b) Manba kuchlanishining ma’lum (U) qiymatiga to’g’ri keladigan zanjirdagi tok (I) va NE va NE lardagi kuchlanish tushuvlari ( U, U) ni topish uchun kuchlanish o’qining U nuqtasidan zanjirning umumiy VAXsini kesib o’tuvchi tok o’qiga parallel to’g’ri chiziq o’tkazamiz Bu to’g’ri chiziqni umumiy VAXni kesishgan nuqtasidan tok o’qiga perpendikulyar tushiramiz Bu perpendikulyarni tok o’qi bilan kesishgan nuqtasi U kuchlanish ta’sirida zanjirda hosil bo’ladigan tok qiymatiga, uni NE va NE VAXlari bilan kesishgan nuqtalarining absissalari esa NE va NE elementlardagi kuchlanishlar tushuvi U va U ga teng bo’ladi va bunda albatta

13 U U U (Kirxgofning -qonuni) tenglik bajarilishi lozim Berilgan zanjirning ekvivalent sxemasi 64-rasm, v da keltirilgan Zanjirdagi elementlar soni uchta yoki undan ortiq bo’lganda ham hisoblash tartibi xuddi shunday bo’ladi Nochiziq zanjirni uning natijaviy VAXsini qurmasdan ham hisoblash mumkin Buning uchun manba kuchlanishining berilgan qiymati uchun U U U tenglikni grafikda hosil qilish yetarli bo’ladi Buning uchun I ( U) egri chiziqni kuchlanish o’qi bo’ylab koordinata boshidan manba kuchlanishining berilgan qiymati U ga parallel 65-rasm ko’chiramiz va uni tok o’qiga nisbatan burib, oyna tasvirini hosil qilamiz (65- ‘ rasm) Natijada I(U ) grafikni hosil qilamiz Bu grafikni I ( U ) grafik bilan kesishgan nuqtasidan kuchlanish o’qiga perpendikulyar tushirib NE va NE elementlardagi U va U kuchlanishlarni, shu nuqtadan tok o’qiga perpendikulyar o’tkazib zanjirdan o’tayotgan I tokni hosil qilamiz Nochiziq elementlarning parallel ulanishi 66-rasm, a da elementlari o’zaro parallel ulangan nochiziq zanjir sxemasi, elementlarning VAXlari esa 66- rasm, b da keltirilgan Agar manba kuchlanishi berilgan bo’lsa, u holda I ( U) va I ( U) VAXlar yordamida I va I toklarni, Kirxgofning – qonuni asosida esa I I I ni topamiz Agar zanjir tok manbaidan ta’minlanayotgan bo’lsa, u holda U kuchlanish, I va I toklarni topish uchun zanjirning umumiy VAXini qurish kerak bo’ladi Buning uchun tok o’qiga parallel bo’lgan to’g’ri chiziqlar o’tkazamiz va kuchlanish qiymatiga mos keladigan toklar qiymatlarini qo’shamiz Natijada ( I I) U umumiy VAXni hosil qilamiz (66-rasm, b) Bu VAXga mos sxema 66-rasm, v da keltirilgan I tok qiymatiga mos kuchlanish U, I va I toklar qiymatlarini topish uchun I tokka mos keluvchi tok o’qidan kuchlanish o’qiga parallel to’g’ri chiziq o’tkazamiz va uni umumiy VAX bilan kesishgan nuqtasidan kuchlanish o’qiga perpendikulyar tushiramiz hamda U, I va I qiymatlarini topamiz 3

14 66-rasm 3 Nochiziq elementlarning aralash ulanishi 67-rasm, a da NE, NE va NE3 nochiziq elementlar o’zaro aralash ulangan zanjir, 67- rasm, b da esa ularning VAXlari keltirilgan Bunda manba kuchlanishi ma’lum bo’lib, shoxobchalardagi toklar va elementlardagi kuchlanish tushuvlarini topish talab qilinadi Ushbu zanjir quyidagi tartibda hisoblanadi Avval parallel ulangan NE va NE VAXlari I ( U) va I 3( U3) tok o’qi bo’yicha qo’shiladi va ( I I3) U3 VAX hosil qilinadi (67-rasm, b) Bunda zanjir 67-rasm, v da keltirilgan sxema ko’rinishiga keladi Zanjirni umumiy VAXsini qurish uchun NE va NE3 elementlar VAXlarini kuchlanish o’qi bo’yicha qo’shamiz va I ( U) xarakteristikani hosil qilamiz Bu xarakteristikaga mos keluvchi zanjir sxemasi 67 – rasm, g da ko’rsatilgan Manba kuchlanishining qiymatiga mos keluvchi I tokni, so’ngra esa U va U3 kuchlanishlarni topamiz U 3 kuchlanish asosida I ( U) va I 3( U3) VAXlardan foydalanib I va I 3 toklar qiymatlarini aniqlaymiz 4

15 67-rasm 4 EYuK manbai va nochiziq element ketma-ket ulangan zanjir (68 – rasm) 68 rasm Bunday hollarda zanjirning umumiy VAX sini hosil qilish uchun NE VAXsi kuchlanish o’qi bo’ylab E birlikka suriladi Agar yo’nalishi zanjirdagi 5

16 tokning yo’nalishiga mos bo’lsa, u holda NE xarakteristikasi chapga, aks holda esa o’ngga E birlikka suriladi 5 Tok manbai va nochiziq element parallel ulangan zanjir (69 – rasm) Bu holatda zanjirning umumiy VAXsini hosil qilish uchun NE xarakteristikasini tok (ordinata) o’qi bo’ylab manba tokining qiymatiga teng bo’lgan kattalikka yuqoriga yoki pastga surish lozim bo’ladi Agar manba tokining yo’nalishi zanjirning shoxobchalanmagan qismidagi tok yo’nalishiga mos bo’lsa, u holda NE VAXsi yuqoriga, aks holda esa pastga J birlikka suriladi 6 Ikkita tugunga ega bo’lgan nochiziq zanjirni hisoblash Ikkita tugunga birlashtirilgan uchta parallel shoxobchali zanjirni ko’rib chiqamiz Zanjir ikkita EYuK manbai va uchta nochiziq elementdan tashkil topgan bo’lib, sxemasi va nochiziq elementlar VAXlari mos ravishda 6-rasm, a va b da keltirilgan Aytaylik E E bo’lsin Shoxobchalardagi toklar yo’nalishlarini ixtiyoriy tanlaymiz va har bir shoxobcha VAXsini quramiz I ( Uab) VAXni qurish uchun I ( U ) xarakteristikani kuchlanish o’qi bo’ylab E birlikka chapga suramiz, chunki E va I yo’nalishlari bir xil (6-rasm, v) I ( Uab) VAXni qurish uchun esa I ( U) xarakteristikani E 6

17 69-rasm birlikka o’ngga (E va I yo’nalishlari o’zaro qarama-qarshi bo’lganligi sababli) siljitamiz Kirxgofning -qonuniga ko’ra I I I3 Shuning uchun I ( Uab) va I ( Uab) VAX larni tok o’qi bo’yicha qo’shamiz va ( I I) U ab va I 3( Uab) VAX larni o’zaro kesishish nuqtasidan kuchlanish o’qiga perpendikulyar tushiramiz Bu perpendikulyarning I ( Uab) va I ( Uab) xarakteristikalar bilan kesishgan nuqtalarining ordinatalari bizga kerak bo’lgan I va I toklarni beradi 7

18 6-rasm 7 Shoxobchalangan nochiziq zanjirlarni hisoblashda ekvivalent generator usulini qo’llash Tarkibida bitta nochiziq element bo’lgan shoxobchalangan nochiziq zanjirni ekvivalent generator usuli yordamida hisoblash mumkin Buning uchun nochiziq elementli shoxobchani alohida ajratib, zanjirning qolgan chiziqli qismini aktiv ikki qutblik ko’rinishida tasvirlaymiz (6-rasm, a) Bizga ma’lumki, aktiv chiziqli ikki qutblikni ekvivalent generator bilan almashtirishimiz mumkin Bunda generator EYuKi ajratilgan shoxobcha qismalaridagi kuchlanishga, ichki qarshiligi esa passiv ikki qutblik kirish qarshiligiga teng (6-rasm, b) U ab si kuchlanish chiziqli zanjirlarni hisoblashda qo’llanilgan usullardan biri yordamida aniqlanishi mumkin 6- rasm, b da keltirilgan ekvivalent zanjirni grafik usulda hisoblash uchun avval ekvivalent generatorning tashqi xarakteristikasi quriladi 8

19 I Bu xarakteristika U ab E 6-rasm I R e ab e tenglama asosida quriladi, ya’ni U E va U da I E / R ab da ab e ab ab e e Nochiziq element VAXsi va ekvivalent generator tashqi xarakteristikasining o’zaro kesishish nuqtasining koordinatalari nochiziq elemendagi tok va kuchlanishni beradi Masala 6-rasm, a da keltirilgan zanjirdagi nochiziq elementdan o’tayotgan tok topilsin Bunda R 3 Оm, R 6 Оm, R3 Оm, R 4 Оm, E 36 V bo’lib, NE VAXsi 6 – rasm, b da berilgan Echish U ab si kuchlanishni topish uchun 6 – rasm, v dagi sxemadan foydalanamiz E 36 Is i 4 A, R R 3 6 E 36 Is i 9 A, R3 R4 Uab s i Is i R3 Is i R V Ekvivalent generator ichki qarshiligini topish uchun 6 – rasm, g dagi sxemadan foydalanamiz: RR R3R R 4 e Rich 3Оm R R R3 R4 3 Ekvivalent generator tashqi xarakteristikasini qurish uchun zanjirdagi qisqa tutashish tokini quyidagicha aniqlaymiz: I Ee Uab s i 6 t A R R 3 q e ich 6 rasm, b da ekvivalent generator tashqi xarakteristikasi E e 6 V da I va U da I qt = A (I qt – qisqa tutashish rejimidagi tok) nuqtalar 9

20 asosida qurilgan Bu xaratkeristikani NE VAX bilan kesishgan nuqtasining absissasi izlanayotgan tok qiymatiga teng bo ladi, ya ni I A ab 6-rasm 6 Nochiziq elektr zanjirlarini analitik usulda hisoblash Agar nochiziq zanjirlardagi nochiziq elementlar VAXlari analitik tenglamalar bilan ifodalansa, u holda zanjirni analitik usullar yordamida hisoblash imkoniyati paydo bo ladi Nochiziq element VAXsini analitik tenglama bilan ifodalash approksimatsiyalash deb ataladi Nochiziq elektrotexnikada approksimatsiyalash amalini bajarishda ko pchilik hollarda quyidagi funksiyalar qo llaniladi: ) darajali polinom y a ax ax ) eksponensial polinom n a n x ;

21 ax a y A A e Ae 3) trigonometrik polinom x A e y A A sin( x ) A sin(x ) A n sin( nx n); 4) kasr-darajali funksiya y Ax, bu yerda – kasr son; 5) turli transsendent funksiyalar y a bthx; y a barctg x; y ashx Approksimatsiyalash masalasi ikkita bosqichdan iborat: – berilgan nochiziq element VAXsiga to g ri keladigan approksimatsiyalovchi funksiya tanlanadi; – tanlangan approksimatsiyalovchi funksiyaning noma lum koeffitsiyentlari aniqlanadi O zaro ketma-ket ulangan chiziqli va nochiziq elementlardan tashkil topgan zanjirni ko rib chiqaylik (63 rasm, a) Nochiziq elementning VAXsi 63 rasm, b da berilgan Bu VAX darajali polinom bilan approksimatsiyalansa, maqsadga muvofiq bo ladi Agar darajali polinomni faqat ikkita hadi bilan chegaralansak, u holda nochiziq elementdagi kuchlanish pasayishining undan o tayotgan tokka bog liqligini quyidagicha ifodalash mumkin: U n a n x n ai ai ; 63 rasm Berilgan zanjir uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan quyidagi muvozanat tenglamasini hosil qilamiz: U U U RI ai ai Hosil qilingan kvadrat tenglamani yechib manba kuchlanishi va zanjir parametrlari qiymatlari berilganda zanjirdagi tok qiymatini topamiz Masala 64 rasmda keltirilgan zanjirda quyidagilar berilgan: E 3V; R Оm; NE va NE larning VAXlari mos ravishda

22 I ( U) au au va I ( U) b U bu tenglamalar ko rinishda berilgan, bu yerda a, A/ V; a,3 A/ V ; b,4 A/ V; b, A/ V Nochiziq elementlardagi kuchlanish va toklar topilsin Yechish Berilgan zanjir uchun Kirxgofning birinchi va Om qonunlari asosida quyidagilarni yozamiz: I I I, I E U R I ( Yuqoridagi tenglamaga U ) va I ( U ) lar ifodalarini qo yib va ikkala tenglama o ng tomonlarini o zaro tenglashtirib quyidagini 64 rasm hosil qilamiz: E U R ( a b ) U ( a b ) U / yoki berilgan qiymatlarni qo ysak:,5u, U,5 Bundan U V O zaro parallel ulangan nochiziq elementlardagi kuchlanishning topilgan qiymatini ularning VAXlari tenglamalariga qo yib, toklarni topamiz: I I,,3,4,,4 A,,6 A 63 Nochiziq elektr zanjirlarini linearizatsiyalash usuli yordamida hisoblash Linearizatsiyalash (chiziqlilashtirish) usuliga ko ra, zanjirdagi nochiziq element, qarshiligining qiymati berilgan nochiziq elementning dinamik qarshiligiga teng bo lgan chiziqli element va EYUK manbai bilan almashtiriladi Bunda nochiziq elementning ish rejimi VAXning to g ri chiziq bilan almashtirilgan bo lagi chegaralaridan chiqmasligi lozim 65 rasm, a da ikkita nochiziq elementning VAXlari keltirilgan

23 65 rasm Yuqorida aytilganlarga ko ra ularni quyidagi tenglamalar orqali ifodalanuvchi to g ri chiziqlar bilan almashtirish mumkin: U E IR, U E IR q q Bu tenglamalarga 65 rasm, b va v dagi sxemalar mos keladi Shunday qilib, nochiziq element ekvivalent chiziqli qarshilik va EYUK bilan almashtirilishi mumkin Bunda agar nochiziq element VAXsi nuqtasidan o tkaziladigan to g ri chiziq absissa (kuchlanish) o qini manfiy qismini kesib o tsa, u holda ekvivalent sxemada EYUK va tok yo nalishi mos, aks holda esa qarama-qarshi bo ladi bunday ekvivalent almashtirish natijasida nochiziq element chiziqli zanjir shoxobchasiga almashadi va uni hisoblash uchun chiziqli zanjirni hisoblashning an anaviy usullaridan foydalanishimiz mumkin Masala 66 rasm, a dagi sxema uchun nochiziq element va chiziqli qarshilikdagi kuchlanish pasayishlari va zanjirdan o tayotgan tok topilsin Quyidagilar berilgan: U 3V; R 9Оm, NE VAXsi 66 rasm, b da keltirilgan Yechish NE VAX ishchi qismini to g ri chiziq bilan almashtiramiz (66 rasm, b) Natijada quyidagini hosil qilamiz: U E IR d U 6 bu yerda, E 6V; Rd 3Оm I, Yuqoridagi almashtirish natijasida 66 rasm, v da ko rsatilgan chiziqli zanjirni hosil qilamiz Kirxgofning – qonuniga ko ra U U U IR E IR 9I 6 3I 49I 6 d 3

24 Bundan 66 rasm U I,6; U IR,6 9 V; U 6 I 3 6,6 3 V 64 Nochiziq elektr zanjirlarini iteratsiya usuli yordamida hisoblash Shoxobchalangan nochiziq zanjirda manba kuchlanishi, chiziqli qarshiliklar qiymatlari va nochiziq elementlar VAX lari berilgan bo lib, shoxobchalardagi toklarni topish talab qilinsin Berilgan zanjirning muvozanat tenglamalari Kirxgof qonunlari asosida tuziladi: I ; E ( RI U) Bu tenglamalarda o zaro VAXlar bilan bog langan kuchlanishlar va toklar noma lum kattaliklar hisoblanadi Bu masalani yechishni, ya ni noma lum toklarni topishni iteratsiya (ketmaket yaqinlashish) usuli yordamida amalga oshirish mumkin Bu usulga ko ra avval noma lum tok va kuchlanishlarning taqribiy qiymatlari topiladi Buning uchun zanjirdagi har bir nochiziq element chiziqli qarshilik va EYuK bilan almashtiriladi hamda zanjirning muvozanat tenglamalari noma lum toklarga nisbatan yechiladi Toklarning aniqlangan qiymatlariga mos keluvchi kuchlanishlar qiymatlari NElar VAXlaridan aniqlanadi Kuchlanishlar qiymatlari yana zanjirning muvozanat tenglamalariga qo yilib, ularni birgalikda yechib toklarning yangi qiymatlari topiladi Bu qiymatlar asosida NElar VAXlaridan yana kuchlanishlarning yangi qiymatlari topiladi va hk Bu jarayon to kuchlanishlar va toklar qiymatlari qaytarilib qolguncha davom ettiriladi Bu usulga ko ra noma lum kattalikning haqiqiy qiymatiga hisoblashlar natijasida bosqichma-bosqich yaqinlashib boriladi Shuning uchun ham bu usul ketma-ket yaqinlashish usuli deb ataladi 4

25 5 Masala 67 rasm, a da berilgan sxemadagi ikkita nochiziq elementning VAXlari 67 rasm, b da keltirilgan Ulardagi tok masshtabi, /, mm A m I kuchlanish masshtabi esa /,5 mm B m U Agar Оm R Оm R Оm R Оm R V E, 3,, 4, 4 3 bo lsa, nochiziq elementlardagi tok va kuchlanishlarni iteratsiya usuli yordamida aniqlang 67 – rasm Yechish Zanjirdagi kontur toklar shunday tanlanganki, nochiziq elementlardagi toklar bevosita kontur toklarga teng Sxema uchun Kirxgofning – qonuni asosida tenglamalar sistemasini quyidagicha tuzamiz:, ) ( ) ( ) (, ) ( ) (, ) ( ) ( I R R R R I R R I R R U I R R I R R R I U E I R R R I I R R bu yerda 3,, I I I – kontur toklar Oxirgi tenglamadan 3 I tokni topib, uni va tenglamalarga qo yamiz va natijada quyidagi ta tenglamani hosil qilamiz: ) )( (, ) )( ( U I R R R R R I R R R R R U E I R R R R R I R R R R R Chiziqli qarshiliklar va EYuK qiymatlarini qo yamiz:

26 ,5I I U, I,4I U Iteratsiya usuliga ko ra yechimga birinchi yaqinlashishni topish uchun nochiziq elementlar VAXlarini chiziqli qarshiliklar va EYuK lar bilan almashtiramiz va grafiklardan E 6 V va Rd 3 Оm, E,5 V, R d 4 Оm ekanligiga ishonch hosil qilamiz Linearizatsiyalangan NElarda tok va kuchlanishlar quyidagi tenglamalar bilan bog langan: U 3I 6; U 4I,5 Bu ifodalarni Kirxgof – qonuni asosida tuzilgan tenglamalarga qo yib toklarning taqribiy qiymatlarini topamiz: I,7 A, I,8A Toklarning topilgan qiymatlariga VAXlardan U 6 V va U,8 V kuchlanishlar mos keladi Ularni yana tenglamalar sistemasiga qo yib I va toklarning yangi qiymatlarini topamiz va hk Ketma-ket yaqinlashish natijalari quyidagi jadval ko rinishida berilgan: Yaqinlashish tartibi I U I U,7 6,8,8,46 5,4,8,7 3,37 5,,78,646 4,3 5,7,593 5,3 4,9,7,588 Jadvaldagi toklar va kuchlanishlar qiymatlaridan ko rinib turibdiki, 4 yaqinlashishdan keyin ularning qiymatlari qaytirila boshladi Shunday qilib, berilgan zanjir nochiziq elementlaridagi tok va kuchlanishlar quyidagiga teng: U U 4,9 V,,588 V, I,3 A, 63 Doimiy magnit oqimli magnit zanjirlari 63 Umumiy ma lumotlar I,75 A Ferromagnit elementlardan tashkil topgan elektrotexnik qurilmalarda magnit oqimi birlashgan yo llar majmuasi magnit zanjirini tashkil etadi Bunda ferromagnit elementlar magnit singdiruvchanligi yuqori bo lgan materiallardan yasaladi va magnit singdiruvchanlik magnit oqimining kattaligiga bog liq bo lganligi uchun magnit zanjirlari nochiziq zanjirlar turkumiga kiradi Agar magnit zanjiri bir xil magnit materialdan yasalgan bo lsa, u holda u bir jinsli magnit zanjiri deb ataladi Agar magnit zanjiri turli magnit xossali 6

27 materiallardan tashkil topgan bo lsa, u holda u bir jinsli bo lmagan magnit zanjiri deb ataladi Agar magnit zanjirining istalgan qismida magnit oqimi bir xil qiymatga ega bo lsa, u holda bunday zanjir shoxobchalanmagan magnit zanjiri deb ataladi Shoxobchalangan magnit zanjirning turli qismlarida magnit oqimi har xil qiymatga ega bo ladi Doimiy magnit oqimli magnit zanjirlarini hisoblash avvalgi paragraflarda ko rilgan o zgarmas tok nochiziq elektr zanjirlarini hisoblashga o xshab ketsada, ayrim farqli tomonlari mavjud Birinchidan, magnit gisterezis hodisasi hisoblashlarga ancha noqulayliklar tug diradi Ikkinchidan, magnit zanjirining uzunligi magnit oqimining taqsimlanishiga keskin ta sir ko rsatadi Shuning uchun ham magnit zanjirini hisoblashda maydon yoki parametrlari taqsimlangan zanjirlar nazariyalaridan foydalanishga to g ri keladi Umuman olganda, magnit zanjirlarini hisoblashda masalalar ikkita turga ajratiladi Birinchi tur masala: magnit oqimi yoki magnit induksiyasining berilgan qiymatiga ko ra chulg amning magnit yurituvchi kuch (MYuK)ini aniqlash Bu tur masalalar odatda analitik usulda oson yechiladi Ikkinchi tur masala birinchisiga teskari: MYuK ning berilgan qiymatiga ko ra magnit oqimini aniqlash Bu tur masalalar deyarli har doim grafik usulda yechiladi Yechish tartibi quyidagicha: magnit oqimiga ixtiyoriy qiymatlar berilib MYuK qiymatlari topiladi, ya ni birinchi tur masala yechiladi Hisoblash natijasiga ko ra zanjirning veber-amper xarakteristikasi quriladi Bu egri chiziqdan MYuKning berilgan qiymatiga mos keluvchi magnit oqimining qiymati topiladi Fizika kursidan ma lumki, magnit maydoniga aloqador hodisalar magnit induksiyasi, magnit oqimi, magnit maydoni kuchlanganligi, magnitlanganlik, magnit singdiruvchanlik va boshqa fizik kattalik va parametrlar bilan tavsiflanadi Magnit induksiyasi magnit maydonini tavsiflovchi asosiy kattalik bo lib, magnit maydonida V tezlik bilan harakatlanayotgan q zaradga ta sir etuvchi kuch bilan aniqlanadi: F q [ V B] Magnit oqimi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Ф B ds S Bir jinsli ( B const ) va magnit kuch chiziqlari S yuzaga perpendikular yo nalgan maydonda quyidagi tenglik bajariladi: Ф Ф BS yoki B S Magnitlanganlik magnit material elementar hajmining magnit momenti bilan aniqlanadi, ya ni: m M lim, V V 7

28 bu yerda momenti, V – elementar hajm, m is – tok elementar konturining magnit i, S – mos ravishda konturning toki va yuzasi Magnit maydoni induksiyasi va kuchlanganligi o zaro quyidagicha bog langan: B H ah, 7 Гн bunda – materialning nisbiy magnit singdiruvchanligi; 4 – м magnit doimiysi; a – materialning absolut magnit singdiruvchanligi 63 Magnit zanjirlarining asosiy qonunlari Magnit zanjirlarini hisoblash quyidagi ikkita qonunga asoslanadi: Magnit induksiyasi liniyalarining uzluksizligi qonuni Matematik jihatdan bu qonun quyidagicha ifodalanadi, ya ni: B d S yoki Ф, S ya ni, shoxobchalanmagan magnit zanjirining har bir qismida magnit oqimi bir xil qiymatga ega bo ladi Bu qonun Kirxgofning – qonuniga o xshash bo lib, unga ko ra magnit zanjirining istalgan tugunida magnit oqimlarining algebraik yig indisi nolga teng yoki boshqacha qilib aytganda yopiq sirtga kiruvchi magnit kuch chiziqlar soni undan chiquvchi magnit kuch chiziqlariga teng bo ladi To la tok qonuni Matematik jihatdan bu qonun quyidagicha yoziladi: H dl iw F yoki U F l Ushbu qonun quyidagicha ta riflanadi: «Biror berk kontur bo ylab magnit yurituvchi kuch (MYuK) shu kontur chegaralab turgan yuza bo ylab o tadigan to la tokka teng yoki boshqacha qilib aytganda magnit zanjirining ixtiyoriy berk konturida MYuK larning algebraik yig indisi shu konturga tegishli magnit qarshiliklaridagi magnit kuchlanishlar tushuvining algebraik yig indisiga teng» Bu qonun elektr zanjirlari uchun Kirxgofning – qonuniga o xshash Shuni aytib o tish joizki, magnit zanjirining a va b nuqtalari orasidagi magnit kuchlanish tushuvi deb shu nuqtalar orasidagi magnit maydon kuchlanganligi vektoridan olingan chiziqli integralga aytiladi (68 -rasm), ya ni: U ab b a H dl 8

29 To la tok qonuniga asosan: IW Hl IW yoki undan H Bu ifodani l yuqoridagi ifodaga qo yib, quyidagini hosil qilamiz: b l IW U ab Hdl dx IW [ A] a l Agar magnit zanjiri n ta bo lakchalardan iborat berk konturni tashkil etsa, u holda U n ab H klk k 68- расм 3 Magnit zanjiri uchun Om qonuni Quyidagi magnit zanjirini ko rib chiqamiz (69 – rasm) Bunda I o ramlar soni W ga teng bo lgan chulg amdan o tayotgan tok; S, l magnit zanjiri qismining ko ndalang kesim yuzasi va uzunligi To la tok yoki Kirxgofning – qonuniga ko ra quyidagilarni yozishimiz mumkin: F IW H l H l H l H l H, bunda B l5 B B B B B H 5 5 va ; Ф S – magnit H 3 4 ; H ; H3 ; H4 ; Ф S B Ф S ; B3 Ф S3 ; B4 Ф S4 ; B5 zanjirining tegishli bo lakchalaridagi maydon kuchlanganligi va induksiyasi 5 69-rasm H va B qiymatlarini yuqoridagi tenglamaga qo yamiz: 9

30 IW l Ф S l Ф S l Ф 3 S 3 l Ф 4 S 4 l Ф 5 S 5 ФR IW Ф R ФR ФR 3 ФR 4 ФR 5 ФR So ngi ifoda magnit zanjiri uchun Om qonuni deb ataladi magnit zanjiri i – bo lakchasining magnit qarshiligi deb ataladi R i i – Si l 633 Elektr va magnit zanjirlaridagi o xshashliklar Elektr va magnit zanjirlarida ayrim (Om va Kirxgof) qonunlarining o xshashligidan, ulardagi ayrim kattaliklarni bir-biri bilan solishtirish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, unga ko ra magnit zanjirini ham xuddi elektr zanjiri singari ekvivalent almashlash sxemalar yordamida tasvirlash mumkin Umumiy holda elektr va magnit zanjirlaridagi o xshashlik (analogiya) ni quyidagi jadval ko rinishida ifodalash mumkin: Elektr zanjiri Magnit zanjiri EYuK: E [V] MYuK: F IW [A] Elektr toki: I [A] Magnit oqimi: Ф [Vb] le l 3 Elektr qarshilik: Re [Om] Magnit qarshilik: R S S [/Gn] e 4 Elektr kuchlanish: U e Magnit kuchlanish: U Hl [V] Ue U 5 Om qonuni: I Om qonuni: Ф Re R 6 Kirxgofning -qonuni: I Kirxgofning -qonuni: Ф 7 Kirxgofning -qonuni: E Ue Kirxgofning -qonuni: F U Klassik o quv adabiyotlarda uchraydigan yuqorida qayd etilgan elektr va magnit zanjirlari o rtasidagi o xshashliklar ayrim kamchiliklarga ega Masalan, o zgarmas tok elektr zanjiridagi R e qarshilikda elektr energiya issiqlik energiyasiga aylansa, o zgarmas magnit oqimli magnit zanjiridagi R qarshilikda energiya magnit maydoni energiyasi ko rinishda to planadi, ya ni 3

31 R qarshilik reaktiv element vazifasini bajaradi Elektr zanjirida UI ko paytma quvvat birligida o lchansa, magnit zanjirida bu holat bajarilmaydi va hokazo Demak, elektr va magnit zanjirlaridagi munosabatlar yuqorida qayd etilgan tartibda solishtirilsa, tom ma nodagi o xshashlik (analogiya) yuzaga kelmaydi Shuning uchun turli (elektr, magnit, mexanik, issiqlik, gidravlik va hk) tabiatli zanjirlardagi jarayonlarni bir xil ko rinishdagi tenglamalar bilan ifodalash maqsadida professor Zaripov MF tomonidan quyidagi analogiya mezonlari taklif etilgan Energetik mezon: Har qanday tabiatli zanjirda kuchlanish va tokning ko paytmasi quvvat birligida o lchanishi lozim, ya ni: UI P [Vt] Statik mezon: Har qanday tabiatli zanjirda tokning qarshilikka ko paytmasi kuchlanishga teng, ya ni: IR U 3 Dinamik mezon: Har qanday tabiatli zanjirda tok zaradning vaqt bo yicha dq hosilasiga teng, ya ni: I dt Ushbu mezonlarga asoslanib, elektr va magnit zanjirlaridagi o xshashliklarni quyidagicha ifodalash mumkin: Kattalik va Zanjirning tabiati munosabatlar Elektr Kuchlanish U e yoki Е – EYuK [V] Tok dqe Ie [A] dt 3 Zarad Q e [Kl] 4 Qarshilik 5 Induktivlik 6 Sig im R e le e S e S L e W l Ce S l e e Magnit U Hl yoki F – MYuK [A] dф I [V] dt Q Ф [Vb] Se R Ge ele – uyurmaviy toklar yo lidagi elektr o tkazuvchanlik, [ / Om ] L S e – le uyurmaviy toklar yo lidagi elektr sig im, [Ф] S, [Gn] l С 3

32 Ushbu o xshashliklarga asoslanib, istalgan tabiatli zanjirni bir xil ko rinishdagi tenglamalar yordamida ifodalash va hisoblash mumkin bo ladi 634 Shoxobchalangan magnit zanjirlarini hisoblash Shoxobchalangan magnit zanjirida bir nechta magnit oqimlari zanjirning ayrim qismlarida o zaro qo shilishi yoki ayrilishi mumkin Bunday zanjirlarni hisoblashda xuddi elektr zanjirlariga o xshab ular kontur, tugun va shoxobchalarga ajratiladi va ularga nisbatan Om va Kirxgof qonunlari qo llaniladi Shoxobchalangan magnit zanjirlarini hisoblash tartibini 6- rasmda keltirilgan zanjir misolida ko rib chiqamiz Masala Berilgan magnit zanjiri shoxobchalaridagi magnit oqimlarining qiymatlari aniqlansin Quyidagilar berilgan: I A, W 5 o ram, l 3 sm, S 4 mm, I 5 A, W 5 o ram, l sm, S 6 mm, l3 3 sm, S3 4 mm, lh mm Ferromagnit o zakning magnit xossasi quyidagi jadval ko rinishda berilgan magnitlanish egri chizig i bilan ifodalanadi: В, Тl,,75,93,,4,8,47,53,57 Н, А/м Berilgan zanjirni quyidagi ekvivalent sxema ko rinishda tasvirlaymiz (6- rasm) 6-rasm 6 rasm U ab kuchlanishni o zak qismlaridagi MYuK va magnit qarshiligi orqali aniqlaymiz: 3

33 U ab F Hl Hhlh – o zakning chap qismi uchun, U ab F Hl – o zakning o rtadagi qismi uchun, U ab H 3 l 3 – o zakning o ng qismi uchun 3 Har bir o zak qismi uchun magnit induksiyasiga ixtiyoriy qiymatlar berib Ф ВS formula yordamida o zak qismlaridagi magnit oqimlarini hisoblaymiz 4 Magnitlanish egri chizig idan zanjirning ferromagnit qismidagi 3 kuchlanganliklarni aniqlaymiz Havo oralig idagi kuchlanganlikni Hh 8 V formula yordamida hisoblaymiz 5 O zakning har bir qismi uchun magnit kuchlanishlarni -bandda keltirilgan formulalardan foydalanib topamiz Hisoblash natijalarini jadval ko rinishida yozamiz 6 Bitta koordinatalar sistemasiga Ф f U ), Ф f ( U ), ( ab ab Ф3 f ( Uab) egri chiziqlar grafiklarini quramiz va Ф va Ф grafiklar ordinatalarini o zaro qo shish natijasida Ф Ф f ( U ) ni hosil qilamiz (6 – rasm) ab 6-rasm 7 Magnit zanjir uchun Kirxgofning -qonuni bajariladigan Ф Ф Ф3 a nuqtani topamiz va undan abssissa o qiga ab perpendikular tushiramiz Bu perpendikularning abssissa o qi bilan kesishgan nuqtasi berilgan zanjir uchun U kuchlanishning haqiqiy qiymatiga teng bo ladi To g ri chiziqning magnit ab oqimlari grafiklari bilan kesishgan nuqtalari esa magnit oqimlarining haqiqiy qiymatlarini beradi: Ф,3 mkvb, Ф 6 mkvb, Ф 7,3 mkvb 3 33

34 64 O zgaruvchan tok nochiziq elektr zanjirlari 64 Umumiy talumotlar Avvalgi paragraflarda aytib o tilganidek, nochiziq qarshilik chiziqli qarshilikdan quyidagi umumiy xossalari bilan tubdan farq qiladi: ) VAXning bir bo lagidan boshqa bo lagiga o tganda statik va dinamik qarshiliklar qiymatlari o zgarishsiz saqlanmaydi; ) statik va dinamik qarshiliklar umumiy holda bir-biriga teng emas (ular VAXning ayrim nuqtalari va bo laklarida bir xil bo lishi mumkin); 3) nozichiq element nosimmetrik xarakteristikaga ega bo lishi mumkin: qarshilikning qiymati elementga berilgan kuchlanish ishorasiga bog liq bo ladi, boshqacha qilib aytganda, nochiziq element ventil xususiyatiga ega bo ladi Nochiziq elementlarning o zgarmas va o zgaruvchan toklarda olingan xarakteristikalari ko pchilik hollarda bir-biridan tubdan farq qiladi Ammo ayrim guruh nochiziq elementlarda VAX, kulon-volt va veber-amper xarakteristikalar o zgarmas va o zgaruvchan toklarda bir xil bo ladi Bunday nochiziq elementlar noinersion nochiziq elementlar deb ataladi Shu nuqtai nazardan o zgaruvchan tok zanjiridagi nochiziq elementlar aktiv, induktiv va sig im elementlarga bo linadi Bu elementlarning har biri boshqarilmaydigan va boshqariladigan turlarga bo linadi 63-rasm Nochiziq va nosimmetrik VAXli element yordamida o zgaruvchan tokni to g rilash, ya ni o zgarmas tokka o zgartirish, signalni modulyatsiyalash yoki demodulyatsiyalash mumkin Simmetrik xarakteristikaga ega bo lgan nochiziq reaktiv elementlar yordamida chastotani ko paytirish, kuchlanishni mutadillash va boshqa amallarni bajarish mumkin Agar noinersion nochiziq elementga sinusoidal kuchlanish berilsa, u holda xarakteristikaning nochiziqligi tufayli elementlardan o tadigan tok nosinusoidal 34

35 bo ladi (63 rasm, а) O z navbatida nochiziq element orqali sinusoidal tok o tkazilsa, undagi kuchlanish tushuvi nosinusoidal bo ladi (63 rasm, b) Shunday qilib, aytish mumkinki, nochiziq element nosinusoidal kuchlanish va tok manbai bo lib xizmat qilishi mumkin Ayrim nochiziq qarshiliklarda xarakteristikaning nochiziqligi elementni tokdan qizishi natijasida undagi haroratning o zgarishi tufayli yuz beradi Haroratning o zgarishi inersion jarayon bo lganligi sababli nisbatan kichik (f=5 Gs) chastotalarda ham nochiziq elementning harorati va qarshiligi o zgaruvchan tok davri mobaynida o zgarmay qoladi Shuning uchun ham kuchlanish va tok oniy qiymatlari orasidagi bog lanish chiziqli bo lib, ularning ta sir etuvchi qiymatlari orasidagi bog lanish esa nochiziq bo ladi Bunday nochiziq elementlar inersion elementlar deyilib, ularga cho g lanish lampasi, baretterlar, yarim o tkazgichli termoqarshiliklar va boshqalar kiradi 64 Nochiziq xarakteristikalarni approksimatsiyalash Nochiziq element VAXsini analitik funksiya bilan ifodalash approksimatsiyalash deb ataladi Xarakteristikani aniq approksimatsiyalash uni ifodalovchi analitik funksiyani murakkablashtiradi Shuning uchun amalda soddaroq analitik funksiyalardan foydalaniladi Bularga darajali polinom, ko rsatkichli funksiya, bo laklab – chiziqli approksimatsiyalash va boshqalar kiradi Darajali polinom yordamida approksimatsiyalash Bunda i f (u) ‘ ” bog lanish uzluksiz va f ( u ), f ( u ) va hokazo hosilalari mavjud bo lganda u Teylor yoki Makloren qatoriga yoyiladi Qatorning hadlari qancha ko p bo lsa, u berilgan xarakteristikani shuncha aniq ifodalaydi Ko pincha, hisoblashlarda 3 darajali had bilan chegaralaniladi Masalan, agar xarakteristikasi 3 darajali polinom bilan approksimatsiyalangan nochiziq elementga u U m sint kuchlanish berilgan bo lsa, u holda elementdan o tayotgantok quyidagicha aniqlanadi: 3 3 i a au m sint au m sin t a3u m sin t 3 Bu ifodadagi sin t va sin t o rniga tegishli trigonometrik ayniyatlarni qo yib au m 3 3 i a au m a3u m sint 4 3 au m cost a3u m sin3t 4 35

36 Ko rsatkichli funksiya yordamida approksimatsiyalash Ayrim hollarda, nochiziq element xarakteristikasini ko rsatkichli funksiya bilan approksimatsiyalash qulay bo ladi Masalan, yarim o tkazgichli diod VAXsi quyidagi analitik funksiya bilan ifodalash mumkin: bи i ae, bu yerda a va b – o zgarmas sonlar Matematika kursidan ma lumki, ko rsatkichli funksiya qatorga quyidagicha yoyiladi: bи ( bи) ( bи) e bи!! 3! Nochiziq elementdagi tok: bи ( ) ( ) bи bи bи i a e a!! 3! Agar u U m sint bo lsa, u holda: 3 3 b U m b U m 3 i a bu sin t sin t sin t m! 3! Trigonometrik ayniyatlardan foydalanib va 3 darajali had bilan chegaralanib, tok uchun quyidagi ifodani hosil qilamiz: i A A sint A cost A3 sin3t 3 Bo laklab chiziqli approksimatsiyalash Bu usul berilgan nochiziq xarakteristikani bir yoki bir nechta siniq chiziqlar bilan almashtirishga asoslangan Bunday almashtirish zanjirni chiziqli tenglamalar yordamida ifodalash va hisoblash imkonini beradi Xarakteristikaning har bir chiziqli bo lagi uchun chiziqli tenglama tuziladi Bunda har bir bo lak oxiridagi kattalik keyingi bo lakning boshlanish kattaligi bo lib xizmat qiladi Bo laklab-chiziqli approksimatsiyalash nochiziq zanjirlardagi turg un va o tkinchi jarayonlarni hisoblashda foydalaniladi 643 Ekvivalent linearizatsiya usuli 3 3 Agar tadqiq qilinayotgan nochiziq zanjirda nochiziq elementlar xarakteristikalarining nochiziqlik darajasi nisbatan kichik, ya ni yuqori garmonikalarning ulushi kam bo lsa, u holda bunday zanjirning nochiziq elementlari linearizatsiya qilinishi mumkin 36

37 Zanjirdagi nochiziq element garmonik yoki energetik balans prinsipi asosida ekvivalent chiziqli element bilan almashtirilishi mumkin Bunda ikkala elementdan ham bir xil i Im sint sinusoidal tok o tadi, deb hisoblanadi Ekvivalent chiziqli elementni garmonik balans prinitsipi asosida tanlashda nochiziq elementdagi kuchlanish asosiy garmonikasining amplitudasi chiziqli elementdagi kuchlanish amplitudasiga teng qilib olinadi Energetik balans prinsipiga ko ra esa ekvivalent chiziqli qarshilik yoki energiya to plovchi elementni tanlashda chiziqli va nochiziq elementlardagi aktiv yoki mos reaktiv quvvatlar teng qilib olinadi Shu narsaga etibor berish joizki, ikkala prinsip ham bir xil natija beradi Ekvivalent chiziqli qarshilik Garmonik balans prinsipiga ko ra: T ur sin tdt RI m, T T bu yerda u R sintdt T – nochiziq elementdagi kuchlanish asosiy garmonikasining amplituda qiymati; RIm – ekvivalent chiziqli qarshilikdagi sinusoidal kuchlanish amplitudasi; u R f (i) – i Im sint tokning funksiyasi Energetik balans prinsipiga ko ra: T m I T ur sin tdt RI T Im bunda ur sin tdt T nochiziq qarshilikdagi aktiv quvvat; ekvivalent chiziqli qarshilikdagi aktiv quvvat m, RI m Zanjirdagi nochiziq qarshilik xarakteristikasi 3 u R ( i) ai ai ikki hadli toq polinom ko rinishida berilgan bo lsin ( a a) Nochiziq qarshilikdagi tok i Im sint bo lganda u R a ( i) a I I m m 3a 4 sint a I 3 m I 3 m sin a sint 4 3 t I 3 m sin3t – 37

O’zbekiston kelajagi buyuk davlat (insho)

Vatan tuyg’usi bu Vatanni anglash har bir umr davom etadigan uzluksiz jaroyondir. Biz har gal o’lkamiz bahori, yozi, kuzi va qishiga ro’baro’ kelganda, uning tog’-u toshlari, daryo-yu o’rmonlari, bepoyon dalalari, tarixiy obidalari, obod shahar-u qishloqlarini ko’rganda, ko’nglimizda yangi-yangi tuyg’ular paydo bo’ladi.

Shuning uchun inson o’z atrofidagi narsa-hodisalar bilan doim muloqotda bo’ladi. Ana shu muloqot uning tuyg’ularini boyitadi, tasavvurlarini kengaytiradi.

Inson o’z Vatani bilan ham bir umr muloqotda bo’lib yashaydi. Eng quvonchli yoki qayg’uli damlarida ota-onasini eslagani kabi Vatanni ham yodga oladi.Ona yurtining xursandchilik yoki tashvishli kunlari uchun o’zini burchli deb biladi.

Biz buni Vatan oldidagi farzandlik burchi deymiz. Ana shu burch tuyg’usi ota-bobolarimizni yurtimiz ozodligi uchun da’vat etgan. Bu tuyg’u Vatanni anglashda alohida o’rin tutadi. Xuddi sen ta’til kunlari maktabingdan yiroqlashib, uning qadrini seza boshlaganing kabi, Vatanning qadri ham undan olis ketganimizda yaqqol bilinadi.Chunki inson o’z yurtidan uzoqlashar ekan, uning sog’inchi, hasrat-armoni yuraklarini o’rtaydigan darajada kuchayadi.

Dunyodagi har bir xalq Yaratganning beqiyos mo’jizasi hisoblanadi. Chunki ularning har biri o’zining tabiati, urf-odat va an’analari, tili va dini, milliy xarakteri hamda turmush tarzi bilan alohida ajralib turadi.

Xalqlarning mana shunday ko’pligi va rang-barangligi ular o’rtasida do’stona aloqalarning rivojiga, o’zaro muloqot qilish, bir-biridan o’rganish, tajriba almashishga asos bo’ladi.

Bizning xalqimiz ham jahon sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo’shgan eng qadimiy xalqlardan biri hisoblanadi. Bu haqda atoqli shoirimiz G’afur G’ulom shunday deb yozgan:

Qadim o’zbek xalqisan, asl odam avlodi,
Misr ehromlaridan tarixing qariroqdir.

O’zbeklar turkiy xalqlar oilasiga mansub millat. Turon va Turkiston deb atalgan ulkan hududda yashagan va u yerdan turli el-elat va millatlarga bo’linib, butun dunyoga tarqalib ketgan xalqlar qadimda turkiylar deb atalgan. Turkiy xalqlarga o’zbeklardan tashqari, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, ozarboyjon, uyg’ur, tatar, boshqird, qorachoy, qolmiq, yoqut, turk, gagauz ( ko’k o’g’uz ) kabi millatlar kiradi.

Olimlarimizning aytishicha «o’zbek» atamasi o’ziga ishonadigan, mustaqil fikrlaydigan va ish tutadigan, botir, mard, yovqur, chekinmas singari ma’nolarni anglatadi. Shunday xususiyatlarni o’ziga fazilat qilib olgan insonlarga nisbatan o’zbek degan so’z qo’llangan. Shundan ham bilish mumkinki, ota-bobolarimiz qadim-qadimdan ozod va erkin yashagan, hech kimga qaram bo’lmagan.

Sen Prezidentimiz Islom Karimovning «O’zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi” degan so’zlarini eshitgansan. Bu so’zlar ham o’zbek degan atamaning ma’no-mazmunini, ya’ni ona xalqimizning mard va tanti, o’z haq-huquqini birovga berib qo’ymaydigan, g’ururi baland, zo’r ekanini tasdiqlab turibdi.

O’zbek xalqi dunyoning eng qadimiy o’troq xalqlardan biri hisoblanadi.
O’troq hayot uchun muayyan shart-sharoitlar lozim bo’ladi.

Avvalo, qo’nim topgan yerga muhabbat , bu makonning tabiatiga mos milliy xarakter, turmush tarzi, kasb-u hunar, qadriyat va an’analar shakllangan bo’lishi lozim.

Shuningdek , o’troq hayot tashqi dushmanga, har xil qiyinchiliklarga qarshi birlashish, ularni yengish uchun g’oyaviy va davlatchilik asoslarining bo’lishini ham taqozo etadi.Demak, xalqimiz qadim-qadimdan ana shunday asoslarning barchasiga ega bo’lgan.

Shu haqda Prezidentimiz Islom Karimovning ko’plab asarlarida, xususan, « Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q “ nomli suhbatida ko’pgina ma’lumotlar berilgan.

Xalqimizning nomini ulug’lagan, uning shan’-u sharafini oshirgan yana bir fazilat borki, bu uning hamisha yuksak ma’naviyatga, ilm va ma’rifatga intilib yashashidir. Shu tufayli xalqimiz dunyo madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo’shgan.

Bizning ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy va bebaho madaniy merosni butun dunyo tan oladi.

Bizning xalqimiz qadim-qadimdan dunyoga ko’plab allomalar, azizavliyolar, shoir va mutafakkirlarni yetkazib bergan. Ularning har biri nafaqat ulkan ilmiy, adabiy, diniy

merosi, balki noyob fazilatlari bilan ham millatimiz nomini, insonlik sharafini yuksaklarga ko’targan.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng o’zining taraqqiyot yo’lini belgilar ekan, nafaqat buyuk va mislsiz voqealarga boy bo’lgan olis tariximizni, balki xalqimiz qariyb 130 yillik mustamlakachilik davrida boshidan kechirgan og’ir va murakkab davrni, undan chiqadigan saboq va xulosalarni ham nazarga olib ish tutiladi.

Albatta har bir xalq o’zining milliy tarixni boshqa xalqlar tarixdan kam deb bilmaydi. Lekin har bir xalq tarixining qadimiyligi va buyukligini belgilashda uning o’zi tomonidan berilgan baho emas, balki dunyoda umume’tirof etilgan bir qator omillar alohida o’rin tutadi. Bular- o’sha xalq yashayotgan zaminda odamzodning paydo bo’lishi bilan bog’liq eng ko’hna manzilgohlarning mavjudligi; ilk sivilizatsiya, ya’ni madaniy taraqqiyotning paydo bo’lishi bilan bog’liq yodgorliklarning borligi, ushbu zaminning milliy davlatchilik va yuksak sivilizatsiya an’analariga boyligi; dunyo tarixida butun bir davrni tashkil etadigan, jahon taraqqiyotiga beqiyos ta’sir ko’rsatgan, nafaqat milliy, balki umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan ulkan voqealar, buyuk shaxslar, noyob osori atiqalar hamda muqaddas ziyoratgohlarning ko’pligi va boshqalar.

Bizning tariximiz bu mezonlarning barchasiga to’liq javob berishini bugungi kunda nufuzli xalqaro tashkilotlar ham, taniqli mutaxassislar ham tan olgan.

Biz aynan ana shu haqiqatga tayangan holda o’z tariximizni buyuk va qadimiy deb bilamiz hamda u bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Yurtimizdan turli sabablar bilan chetga olib ketilgan milliy madaniyatimiz namunalarini qaytarib olib kelish masalasini o’rganish maqsadida Oliy Majlis huzurida maxsus kamissiya tuzildi. Ushbu komissiya a’zolari to’plangan malumotlarga ko’ra, dunyoning eng yirik madaniy markazlari- London, Parij, Berlin, Moskva, Sankt-

Peterburg, Nyu-York, Dehli, Tehron, Dushanbe, Qohira va boshqa qator shaharlarda milliy merosimizning o’n minglab noyob namunalari mavjud.

Bu nodir ashyolar nufuzli muzey va kutbxonalarda shunchaki bezak uchun saqlanayotgani yo`q, albata. Ular asrlar davomida avvalo buyuk tarix va sivilizatsiya dalolati sifatida asrab-avaylab kelinmoqda.

Ko’hna zaminimizda bundan uch ming yillar ilgari dunyo taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi bo’lmish «Avesto” shakllana boshlagani bizning yurtimizdagi sivilizatsiya qanchalik chuqur ildizga ega ekanini ko’rsatadi. 2001- yilda o’lkamizda « Avesto”ning 2700 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlangani bizning tariximizga bo’lgan qiziqish va hurmat-ehtiromning yana bir isboti bo’ldi.

Yoki Buxoro, Xiva, Termiz kabi shaharlarimizning 2500 yillik to’ylari bayram qilingani, Shahrisabzning 2700 yilligi jahon miqyosida nishonlanishi – bularning barchasi bizning tariximiz haqida so’raganlarga munosib javob bo’ladi.

Amir Temur ta’biri bilan aytadigan bo’lsak, kimki bizning qudratimizga, tariximizga shubha qilsa, ajdodlarimiz qurgan imoratlarga nazar solsin.

Tarix orqali mard va tanti, oqil donishmand, qahramon va fidoyi ajdodlarimiz bilan yuzma-yuz ko’rishib, suhbat qurmoq, dunyoning qanchadan-qancha sirlaridan barhamand bo’lmoq baxtiga ne yetsin! Bugun tariximiz qayta uyg’onib, bizning ismimizni aytib, o’z bag’riga chorlab turibdi. Ana shu da’vatga labbay deb javob bermoq farzandlik burchimizdir.

Aniqroq qilib aytsak, davlatchilik to’liq shakllanib bo’lmasidan avval ham uning ayrim belgilari, ba’zi funksiya, ya’ni vazifalari amal qilgan. Masalan, odamlar yagona xalq, yagona davlat bo’lib birikmasidan ilgari ular o’rtasidagi munosabatlarni qabilachilik va urug’chilik qoidalari tartibga solib turgan.

Qabila a’zolari orasidan sardor- boshliq saylangan, unga hamma bo’ysungan. Qabilaning o’z tili, yashash joyi, urf-odatlari, turli jang-u jadallarda ishtirok etadigan jangovor yigitlari bo’lgan. Bularning barchasi yillar va asrlar o’tishi bilan asta-sekin davlatchilikka asos bo’lib borgan.

Turli qabilalar birlashib, muayyan xalqqa asos solgan. Ularning boshqaruv tizimi esa davlat idoralarini shakllantirishda muhim o’rin tutgan. Demak, davlatchilik shakllanishidan oldingi davrlarda ham yurtimiz hududida o’ziga xos hayot nishonalari mavjud bo’lgan. Milliy davlatchiligimiz, boy ma’naviyatimiz namunalari ana shunday hayot negizida vujudga kelib, takomillashgan.

Olimlar bergan ma’lumotlarga ko’ra, yurtimiz hududidagi ilk shahar miloddan oldingi ikki minginchi yillarning o’rtalarida paydo bo’lgan ekan. Bu – miloddan 15-16 asr ilgari, bizning davrimizdan esa uch yarim ming yil muqaddan deganidir.

O’sha makon hozirgi Surxondaryo hududidagi Jarqo’ton shahri bo’lgan ekan. Ko’hna Samarqand zaminida olib borilayotgan tadqiqotlar esa bu yerda 3 yarim ming yil oldin ham shahar bo’lganidan dalolat bermoqda.

Bu qadimiy shaharlar bo’lajak davlatlarning o’ziga xos modeli, andozasi bo’lib xizmat qilgan. Shuning uchun ularni ilk shahar – davlatlar desak, xato bo’lmaydi. Ana shu dalillarga asosan, olimlar o’zbek davlatchilik tarixi uch ming yildan ziyodroq tarixga ega, degan xulosalarga kelmoqda.

Buyuk Turk xoqonligi vujudga keladi. U tarixda Turon deb ham ataladi. Bu davlat hozirgi kunda Yevraziya – Ovruosiyo deb ataladigan bepoyon yerlarni o’z ichiga olgan edi.Ya’ni, uning hududi sharqda hozirgi Mo’g’uliston chegarasidan boshlanib, g’arbda Azov va Qora dengiz bo’ylarigacha, janubda Fors ko’rfazigacha cho’zilgan edi. Bu davlat oltinchi asr oxirlarida ikkiga bo’linib ketadi. Turkiston degan atama esa Turonning hozirgi Markaziy Osiyo mintaqasidagi hududlarini anglatgan.

Bu yerda turli davrlarda goh markazlashgan yagona davlat, goh har xil mayda davlatlar hukmronlik qilgan. Masalan, Sohibqiron Amir Temur butun Turkiston hududini yagona davlat sifatida birlashtirgan va buyuk davlatga asos solgan.

Buyuk bobomiz o’zining oliy farmonlarini quyidagi so’zlar bilan boshlagani ham bejis emas: « Bizkim, maliki Turon, amiri Turkistonmiz…” Temuriylar davlatiga qadar ham yurtimiz hududida turli davlatlar bo’lgan. Ular asosan hukmron sulolalar nomi bilan atalgan: somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar kabi.

Davlatchilik haqida gap ketganda, bir narsani yodingda tutginki, uni qo’lga kiritgach, saqlab qolish, doimo mustahkamlash zarur.

Vatanimiz mustaqilligiga erishgach, xalqimizning azaliy xohishirodasi, azm-u qarori bilan milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. Bu tarixiy jarayonda O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov buyuk xizmat ko’rsatdi. U sho’ro davrida xalqimizga nisbatan bo’lgan barcha zulm va zo’ravonliklarga qarshi mardona kurashib, yurtimiz istiqlolini amalga oshirishda bosh bo’ldi, mustaqil mamlakatimizning taraqqiyot yo’lini belgilab berdi, uning Konstitutsiyasini yaratishda, qonuniy asoslarini mustahkamlashda, davlatimizning ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqarishda, Qurolli kuchlarimizni barpo etishda, toptalgan milliy qadriyatlarimizni tiklashda bevosita rahbarlik qildi.

Xalqimiz asrlar davomida benihoya boy ma’naviyat meros yaratgan. U bizning ko’pmingyillik tariximiz, tilimiz va dinimiz, yozma va og’zaki yodgorliklarimiz, qadimiy shahar va qal’alarimiz, san’at va adabiyotimiz, ilm- fanimiz timsolida zamonlar osha yashab kelmoqda. O’ylaymizki, sen ularning har biriga o’zing ham misol keltira olasan, ular yordamida ma’naviyatimizning naqadar buyuk ekanini isbotlab bera olasan.

Milliy qadriyatlar millat va xalqning o’zi bilan birga asrlar, ming yilliklar mobaynida shakllanib, takomillashib boradi. Shuning uchun ularda orzu-intilishlar, ruhiyati va tafakkuri, hayot falsafasi, turmush tarzi to’liq mujassam bo’ladi.

Masalan, Navro’z bayramini olaylik. Navro’z bayramini xalqimiz o’troq hayotni boshlagan qadim davrlardan buyon yashab kelmoqda. Chunki bu bayram avvalo yerga, suvga, quyoshga, tabiatga, butun mavjudotga mehr uyg’otadi, olam bilan yashashga da’vat etadi, dunyoning go’zalligidan barhamand bo’lishga chaqiradi.

Biz bugungi kunda ham bu bayramning sumalak qaynatish, uloq chopish, kurash tushish, yer haydash, urug’ sochish, xonadonimiz, mahallamizni tozalash, tabiat bag’riga sayr qilish kabi marosimlarni ado etar ekanmiz, qalbimizda olis ajdodlarimizdan meros bo’lgan qadimiy tuyg’ular uyg’onadi: ona tabiatga yanada yaqinroq bo’lishga, uni sevib ardoqlashga, eng muhimi, ota-onalarimiz, yaqinlarimizga, shu tariqa barcha insonlarga mehr-oqibatli bo’lishga harakat qilamiz. Vatanni, kindik qonimiz tomgan diyor mohiyatini, uning qadrqimmatini teran anglash uchun biz birinchi galda yurtimizning boy va qadimiy tarixini, uning jo’g’rofiyasi, iqtisodi, siyosati, madaniyati, asrlar davomida shuyerda gullatib-yashnatibkelayotgan xalqimizning urfodatlari, marosimlari, turmush tarzi va qadriyatlarini yaxshi bilishimiz zarur.

MEN NECHUN SEVAMAN O’ZBEKISTONNI? (Abdulla Oripov she’ri)

Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo,
Nechun Vatan deya yer-u osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho?
Aslida dunyoda tanho nima bor,
Paxta o’smaydimi o’zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku butun Osiyo.
Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Bog’larin jannat deb ko’z-ko’z etaman,
Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men,
O’paman: «Tuprog’ing bebaho, Vatan…»
Aslida tuproqni odil tabiat
Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng.
Nechun bu tuproq deb yig’ladi Furqat,
O, Qashg’ar tuprog’i, qashshoqmiding sen?!

Xo’sh, nechun sevasan O’zbekistonni?
Sababini aytgin desalar menga,
Shoirona go’zal so’zlardan oldin
Men ta’zim qilaman ona xalqimga:
Xalqim, tarix hukmi seni agarda
Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo’lsayding,
Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga?
Vatanlar,
Vatanlar,
Mayli, gullasin,
Bog’ unsin mangulik muzda ham, ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun
Sevgan farzand bo’lsa kechirma also!

Vatan g’oyasi uchun da’vat qilguvchi, uning yo’lida jasur kurashchi bo’l. Shudagina baxt-saodat senga yor bo’ladi.

Ushbu referatni men 2007 yilda nashr etilgan 6- sinf darslik VATAN TUYG’USI kitobidan foydalandim. Kelgusida Ushbu mavzuni mukammallashgan va kengaytirilgan xolda ochib berishga harakat qilaman.