Press "Enter" to skip to content

1.2. Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi

xalqaro iqtisodiy aloqalar regional iqtisodiy geografik sharoitni tasvirlaydigan

Fan: Geografiya Sinf: 6 Mavzu

• hamkorlikda ishlash ko`nikmalarini rivojlantiradilar.

Jihozlar: har bir guruh uchun 6-sinf o`quv atlasi, 1 ta dunyo tabiiy xaritasi va 2,3-guruhlar uchun ilova, topshiriqlar yozilgan kartochkalar.

Dars jarayoni:

1. o`qituvchi avvalgi darsda o`tilgan “Yevroosiyoning tabiiy-geografik o`rni, o`rganish tarixi” mavzusi yuzasidan o`quv suhbati o`tkazadi:

• yevroosiyo materigida qaysi davlatlar joylashgan?

• Materikni qaysi okeanlar o`rab turadi?

• yevroosiyo materigini qaysi sayohatchi-olimlar va sarkardalar o`rgangan?

O`qituvchi o`quvchilar javoblarini umumlashtiradi va yangi mavzu bilan bog`laydi.

2. O`qituvchi yangi mavzuni e`lon qiladi va sinf o`quvchilarini 5-6 kishilik guruhlarga ajratadi hamda har bir guruh uchun kerakli jihozlarni tarqatadi. 3 daqiqa

Guruhlar uchun topshiriqlar. 12 daqiqa

1-guruh. 6-sinf o`quv atlasidagi Dunyo geologik xaritasidan foydalanib, Yevroosiyo materigidagi harakatdagi vulqonlar va zilzila bo`lib turadigan hududlarni aniqlang. Ularning nomini ishchi daftarga yozing. Bu vulqonlar va zilzilalar qaysi davlatlar hududida joylashgan? Sizningcha bu hududdagi odamlar turmush tarziga vulqonlar va zilzilalar qanday ta`sir ko`rsatadi?
2-guruh. 6-sinf o`quv atlasidagi Dunyo tabiiy xaritasidan foydalanib, Yevroosiyo materigidagi foydali qazilmalarni aniqlang va ulaning nomini ishchi daftarda turlarga ajrating(1-ilovaga qarang). Foydali qazilmalarning qaysi birlari zahiralari cheklangan? Bu qazilmalarning qaysi biridan siz kundalik turmushda foydalanasiz? Ulardan foydalanishda qanday qoidalarga rioya etish kerak deb o`ylaysiz?
3-guruh. 6-sinf o`quv atlasidagi Yevroosiyo tabiiy xaritasidan foydalanib, Yevroosiyo materigidagi tog`larni aniqlang va ularning nomini ishchi daftarga yozing. Shu tog`larni guruhlaga ajrating(2-ilovaga qarang).Tog`larni Yeroosiyo materigida joylashgan davlatlarning iqtisisodiyoti qishloq xo`jaligi uchun ahamiyati nimada, deb o`laysiz?
4-guruh. . 6-sinf o`quv atlasidagi Yevroosiyo tabiiy xaritasidan foydalanib, Yevroosiyo materigidagi tekisliklarni aniqlang va ularning nomini ishchi daftarga yozing. Shu tekisliklarning Yevroosiyo materigida joylashgan davlatlarning iqtisodiyoti, qishloq xo`jaligi uchun ahamiyati nimada, deb o`ylaysiz?
5-guruh. 6-sinf o`quv atlasidagi Yeroosiyo siyosiy xaritasidan foydalanib, O`zbekiston Yevroosiyo materigida joylashgan qaysi davlarlar bilan o`zaro bog`liq bo`lishi mumkinligini aniqlang va shu davlatlarni nomini ishchi daftarga yozing. O`zbekiston shu davlatlar bilan qaysi sohalarda aloqa qiladi? Kundalik turmushimizda Yeroosiyo mamalakatlarida ishlab chiqarilgan qaysi mahsulotlaridan foydalanamiz?

Taqdimot. Har bir guruhdan 1 o`quvchi guruh ishini taqdimot qiladi va o`z guruhi bilan birgalikda boshqa o`quvchilar savollariga javob beradi.

• Mashg`ulot sizga yoqdimi? Nima uchun?

•Nimalrni bilib oldingiz?

• Guruhda qanday ishladingiz?

• Topshiriqni bajarishda qanday qiyinchiliklar bo`ldi?

• Uni qanday bartaraf etdingiz?

• Yevroosiyo hududida joylashgan davlatlar qaysi sohalarda o`zaro bog`liq , deb o`ylaysiz? Nima uchun?

Izoh: Yevroosiyo materigining relyefi boshqa materikalar relyeflarining maydoni jihatidan farq qilganligi uchun taqdimot bosqichida o`quvchilar aytib o`tmagan ma`lumotlarning o`quvchi to`ldiradi. Bu ma`lumotlarni berishda Yevroosiyo materigining relyefiga ko`proq e`tabor berish tavsiya etiladi. O`qituvchi sinf o`quvchilarini guruhlarga bo`lishi shaklini o`zi o`ylab ko`radi. O`qituvchi guruhlar topshirqni bajarishda atlasning qaysi sahifalaridan foydalanib, ma`lumotlar olishlari mumkinligini aytadi. Atlas bilan ishlaganda qiyinchilikka duch kelmaslik uchun o`qituvchi shartli belgilarni eslatib o`tadi. Vazifan bajarish jarayonida guruhlar darslikdan foydalanishlari mumkin.

Kengaytirish: Yeroosiyo materigining foydali qazilmalarini yozuvsiz xaritaga tushuring va foydali qazilmalar keng tarqalgan davlatlar nomini yozing.

Baholash: O`qituvchi guruh o`quvchilarini guruh topshirig`ini bajarganligiga asoslanib reyting tizimida baholaydi. Undan tashqari, muhokama qismidagi faollik uchun ham baholash mumkin.

1.2. Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi

O`ZBekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik va geografiya fakul`teti

1.2. Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Darslik bilan ishlash texnologiyasi
  • Geografiya darsligi bilan ishlash metodlari
  • MATN TURLARI MISOLLAR

1.2. Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi

Geografiya darsligining tuzilishi. Darslik bilan ishlash texnologiyasi

Geografiya ta`limida darsliklar asosiy bilim olish manbai bo`lib hisoblanadi,

shuning uchun ular asosiy o`qitish vositalaridir.

Geografiya darsliklari yuqori ilmiy darajaga ega bo`lishi, metodik va

pedagogik jihatdan asoslangan bo`lishi lozim. Darslikning metodik tuzilishi

o`quvchilarni o`qishga o`rgatishga yo`naltirilgan. Darslik juda ko`p ta`limiy

Darslik bilan ishlaganda o`quvchilar quyidagi ishlarni bajarishadi: matn

bilan ishlash usullari ; kartografik ma`lumotlar bilan ishlash usullari; statistik

ma`lumotlar bilan ishlash usullari; chizmalar, rasmlar, fotografiyalar bilan ishlash

usullari; matndagi jadvallar bilan ishlash usullari; matndan tashqaridagi materiallar

bilan ishlash usullari; darslikdagi ilovalar bilan ishlash usullari va x. k.

Geografiya o`qituvchisi darslikning mazmuni bilan yaxshi tanishgan va

o`zlashtirgan taqdirdagi darslik bilan ishlash ishlarini yaxshi tashkil qilish mumkin.

Geografiya darsliklari ikkita yirik qismga bo`linadi (1-rasm):

a) darslikning o`quv matni

b) matndan tashqaridagi materiallar. Mazkur qismlarning har biri yana o`z

navbatda alohida – alohida qismlarga bo`linib ketadi.

Darslikning asosini uning matni tashkil qiladi. Matnda o`quvchilar uchun

yangi ma`lumotlar beriladi.

Darslikning matnida ma`lum bir mavzuning bayoni berilgan va u quyidagi

qismlardan iborat: nazariyalar, tushunchalar, tavsiflar va metodologiya.

Nazariyalar, ilmiy tushunchalar, qonuniyatlari, tamoyillari, dunyoqarash g`oyalar

va yakuniy xulosalar iborat. Darsliklarda ko`p xollarda tushunchalarni

ifodalaydigan atamalar shriftlar bilan ajratiladi. Izohli material geografik aloqa va

Darslikning matnida tabiiy va iqtisodiy geogeografik komplekslar orasidagi

o`zaro aloqalarini ochib beradi, ishlab chiqarish tarmoqlarni joylanish

tamoyillarini, u yoki bu tabiiy voqea va hodisalarni sababini tushuntirib beradi.

Ayrim xollarda matndagi tushunchalar muammoli xususiyatlarga ega bo`lishi

mumkin, bu esa o`quvchilarni ijodiy tafakkurrini rivojlanishga va bilim faoliyatini

faollashuvga imkan beradi.

Geografik matnlarning asosiy xususiyatlaridan biri voqea va hodisalarni

bayoniga bag`ishlangandir. Masalan, sharoit tavsifi, iqtisodiy geografik tavsif, va

Darslikning matnida ilmiy belgilarni olish usullari hamda fanning metodlari

bilan tanishishga katta ahamiyat berilgan. Masalan, kartografik usul, landshaft

usul, aerometodlar, kosmik usul va h.k.

Darslik matnida o`quv metodlarini bayonida juda ko`p mantiqiy aloqalar

uchraydi. Masalan, shuning uchun, shunday qilib, demak, agar, shundan kelib

chiqqan holda va h.k. matn bayoni davomida ayrim hollarda topshiriqlar uchrab

qolishi mumkin. Masalan, tushuntirib bering nima uchun shimoliy yarim sharda

daryolar o`ng qirg`og`ini emiradi; aytingchi daryolarning nishabi ular tezligiga

qanday ta`sir qiladi; o`ylab ko`ring nima uchun Afrikada qaloq davlatlar ko`p va

h.k. shunday qilib matnni tuzilishini o`zi o`quvchilarni o`quv materialini

tushunishga yo`naltiriladi, yangi bilimlarni o`zlashtirishni osonlashtiradi.

Darslik matnini o`quvchilar tomonidan tushuntirishi va o`zlashtirilishi

murakkab jarayon xisoblanadi. U quyidagi omillarga bog`liq:

a) o`quvchilarda zarur bilimlarni bor yoki yo`qligi;

b) matndagi tanish va notanish so`zlarning nisbatiga;

v) matnni o`qish ko`nikmasini shakllanish darajasiga.

Matndan tashqaridagi ma`lumotlar o`qitish va nazorat vazifalarini bajaradi.

Matndan tashqaridagi ma`lumotlarga quyidagilar kiradi:

a) savol va topshiriqlar;

b) mundarija, shriftlar, sanali belgilar;

v) ko`rgazma metodlar.

Har bir darslik juda ko`p savol va topshiriqlar tizimi berilgan. Ular

tushunchalarni o`zlashtirishga, geografik voqea va xodisalar orasidagi aloqalarni

aniqlashga, ko`nikmalarni qo`llash yo`naltirilgan. Savol va topshiriqlar darslikni

turli joylarida uchraydi: yangi mavzuni oldida; matnni ichida; matnni oxirida.

Darslik matnini oldida joylashgan savol va topshiriqlar o`quvchilar

tomonidan ilgari olingan bilimlarni faollashtirishga yo`naltirilgan bo`ladi.

Masalan, biror xududni iqlimini o`ganishdan oldin iqlim hosil qiluvchi omillar

haqidagi bilimlarini faollashtirish.

Matnni ichidagi savol va topshiriqlar o`quvchilarini fikrlash faoliyatini

yangi o`quv materialini o`zlashtirishga yo`naltiradi. Matnni so`ngida berilgan

savol va topshiriqlar esa olingan bilim va ko`nikmalarni qo`llashga yo`naltiradi.

Masalan, daryolar mavzusini o`tganda, daryo nima, o`zan nima, daryo vodiysi,

daryoni to`yinishi haqida olingan bilimlarni qo`llash mumkin.

Yirik bo`limlar so`ngida berilgan savol va topshiriqlar umumalashgan

xususiyatga ega, bilimlarni tartibga ega bilimlarni tartibga undaydi, o`quvchilarni

umumiy dunyoqarash xulosalar qilishga olib keladi.

Matndagi ko`rgazmali materiallarga quyidagilar kiradi: matndagi kartalar :

muqovadagi kartalar ; diagrammalar, chizmalar va jadvallar; rasmlar va

fotografiyalar; turli xil kesmalar; orografik chizmalar. Ko`rgazmalar faqat matnni

mazmunini boyitibgina qolmasdan alohida bilim manbai bo`lib ham hisoblanadi.

Geografiya darsliklarining oxirida berilgan atama va tushunchalar lug`atda

mazkur kursda berilgan tushunchalar tizimining ro`yxati beriladi.

Darslik bilan ishlash texnologiyasi

Darslik bilan ishlash geografiya ta`limida muntazam olib boriladi. Darslik

bilan ishlash texnologiyasi qo`yidagi qismlardan iborat: darslik bilan tanishish va u

bilan ishlash qoidalarini o`rgatish; darslik matnni bilan ishlash; darslikdagi kartalar

bilan ishlash; matndagi tizmalar bilan ishlash; matndagi rasmlar bilan ishlash;

matndagi jadvallar bilan ishlash; darslik ilovalari bilan ishlash; darslik bilan

ishlashni tashkil qilish; har bir sinf darsligi bilan ishlashni o`ziga xos xususiyatlari.

O`quv yilini boshida o`qituvchi o`quvchilarni darslik bilan tanishtiradi.

Darslik bilan tanishtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab darslikni

nomi, mualliflari, qaysi nashriyotda va qachon chop etilgani o`quvchilarga

tushuntiradi. Shundan so`ng darslikning tarkibiy tuzilishi ochib beriladi. (Kirish,

necha qism, necha bob, ilovani bor yo`qligi) Masalan, 9-sinf darsligini oladigan

bo`lsak, darslik Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi deb nomlanadi,

darslikning mualliflari A.Qayumov, I.Safarov, M.Tillabaeva hisoblanadi, darslik

“ O`zbekiston” nashriyotida 2014 yil chop etilgan.

Darslik kirish, ikkita bo`lim, 12-qism va ilovadan iborat. Darslikning birinchi

bo`limi jahonning umumiy tavsifiga bag`ishlangan, ikkinchi bo`limi esa jahonning

mintaqaviy tavsif bayoniga bag`ishlangan. Darslikning ilova qismi 4-ta jadvaldan

rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari, dunyo aholisining soni, aholisi 1mln. dan

ortiq shaharlar ) Darslikning umumiy hajmi 223bet. Darslikdagi rasmlar

kartalardan, diagrammalardan, chizmalardan iborat.

Shundan so`ng darslikdan foydalanish qoidalari tushuntiriladi (toza tutish,

darslik sahifalariga turli xil so`zlarni yozmaslik, buzmaslik, yiritmaslik va h.k)

Darslikning matni bilan ishlash. Darslikni matni bilan ishlash quyidagi

qismlardan iborat: izohli o`qish; matni asosida reja tuzish; matnni ma`lum bir

qismini o`qib so`ngra so`zlab berish.

Izohli o`qish o`qituvchi yoki o`quvchi tomonidan amalga oshirilishi

mumkin. Bundan matn qismlarga bo`linib o`qiladi so`ng o`qilgan matnga izoh

beriladi. Masalan, 7-sinf darsligining birinchi bo`limini 14-§ da quyidagi jumlani

keltirishimiz tekisliklar O`rta Osiyoning markaziy, g`arbiy va shimoliy qismlarda

joylashgan. O`rta Osiyoning anchagina qismlarida Turon tekisligi egallagan. Bu

tekislikda O`rta Osiyoning yirik cho`llari – Qoraqum va Qizilqum joylashgan (41

bet). Mazkur jurnalni o`qigandan so`ng o`qituvchi unga izoh beradi. Izoh deganda

u tekisliklar, ularning turlari, kelib chiqishi haqida so`zlab. O`rta Osiyodagi eng

yirik bo`lgan Turon tekisligini kartadan ko`rsatib, uning asosiy xususiyatlarini

Matnni ayrim qismlariga reja tuzilishi. Bunda matn ma`lum bir qismlarga

bo`linib o`quvchilarga bo`lib beriladi va ulardan matnning ushbu qismiga reja

tuzish vazifasi beriladi. Masalan, O`rta Osiyo xududining rivojlanish tarixi va

foydali qazilmalari mavzusini matnini quyidagi qismlarga bo`lish mumkin:

– paleozoy erasida xududning rivojlanishi:

– mezozoy erasida xududining rivojlanishi:

– kaynazoy erasida xududning rivojlanishi:

– kaynazoy erasida xududning rivojlanishi:

Shulardan foydali qazilmalar qismiga quyidagicha reja tuzish mumkin:

yoqilg`i foydali qazilmalari: (ko`mir, nef`t, gaz), qora metall konlari: rangli

metallar konlari: mineral o`g`itlar konlari: qurilish xom ashyosi konlari (marmar,

ohak, qum, granat).

Darslikdagi kartalar bilan ishlash. Har bir sinf geografiya darsligining

matnidagi mavzusiga oid turli xil kartalari bilan. Kartalar 6,7,8 va 9-sinf

darsliklarida ko`proq matndagi kartalar asosan mustaqil ishlarni bajarishda ko`proq

ishlatiladi. Masalan, 7-sinf darsligining 7-chi sahifasida evrosiyoning tabiiy

geografik o`lkalari kartasi berilgan. Ushbu karta bo`yicha quyidagi topshiriqlarni

o`quvchilarga berish mumkin:

– Janubiy Osiyoda joylashgan evrosiyo tabiiy geografik o`lkalarini aniqlang

va ularning geografik joylanishiga baho bering:

joylashgan tabiiy geografik o`lkalarni aniqlang:

– O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasi qaysi o`lkalar orasida joylashgan:

– Shimoliy Osiyo qanday tabiiy geografik o`lkalardan iborat va x.k.

Shunday taxlilda har bir mavzuli karta bo`yicha o`quvchilarga mustaqil ish

uchun vazifa berish mumkin.

Darsliklarda juda ko`p rasmlar ham berilgan. Mazkur rasmlar tabiiy va

iqtisodiy geografik ob`ektlarini tasviriga bag`ishlangan. Shuning uchun kartadagi

rasmlar bo`yicha ham o`quvchilarga mustaqil ishlar berish mumkin. Geografiya

darslaridagi rasmlarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: buyuk olim va

shayxlarning rasmlari : tabiiy landshaftlar manzarasini tasvirlaydigan rasmlar

(tog`lar, tekisliklar, vodiylar chuqurlar va h.k) tabiiy geografik jarayonlarning

oqibatlari va ko`rinishlari tasvirlaydigan rasmlar (nurash, sho`rxok, vulqon, zil-

zila va h.k) : iqtisodiy geografik ob`ektlarni tasvirlaydigan rasmlar (zavod,

fabrika, suv omborlari, qishloq xo`jalik ekinlari, yo`llar, kanallar va h.k)

Chizmalar kartalarga o`xshab darslikdagi juda ko`p uchraydi. Ular geografik

aloqalar va qonuniyatlarni ifodalaydi, ular orqali mavzuga tegishli qonuniyatlarni

o`quvchilarga oson tushuntirish mumkin. Masalan, erga quyoshdan keladigan

issiqlikni uni tushish burchagiga bog`liqligini ko`rsatuvchi chizmalar.

Darsliklarda berilgan chizmalarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:

– tabiiy geografiya boshlang`ich kurslarida berilgan chizmalar (litosfera,

gidrosfera, atmosfera, biosfera, er va olam mavzularida):

– materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi hamda O`rta Osiyo va

O`zbekiston tabiiy geografiya kurslari buyicha berilgan chizmalar:

– iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar. Mazkur

chizmalar asosan diagrammalardan iborat. Ular xalq xo`jaliq tarmog`ini ma`lum

bir qismlarini ko`rsatkichlarini tasvirlaydi.

Umumiy o`rta ta`lim maktablari geografiya darslarida jadvallardan

foydalanilgan. Tabiiy geografiya darslarida jadvallar asosan ilovalarda berilgan.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida matndagi jadvallar ko`proq o`rin olgan

jadvallarda ko`proq iqtisodiy ko`rsatkichlar berilgan. Ular orasida ma`lum bir

iqtisodiy tarmoqni o`sish dinamikasini ochib berish mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy

geografik darslardagi jadvallarni quyidagi guruhlarga bo`lishimiz mumkin: siyosiy,

geografik, demografik, tabiiy resurslar, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va

xalqaro iqtisodiy aloqalar regional iqtisodiy geografik sharoitni tasvirlaydigan

Jadvallarni tahlili bo`yicha o`quvchilarga juda ko`p mustaqil ishlar berish

Har bir sinfda darslik bilan ishlash o`ziga xos xususiyatlarga ega. Beshinchi

sinfda tabiiy geografiya boshlang`ich kursini o`rganishda izohli o`qish, matndagi

savollarga javob berish, matnining rejasini tuzish, matndagi asosiy fikrli aniqlash

muhim o`rin tutadi.

6-sinfda Materiklar va okeanlarning tabiiy geografiyasini o`rganishda

quyidagi holatlarga katta e`tibor berish lozim: qiyoslash: matnning mazmuni

bo`yicha chizmalar: rasmlar va jadvallar tuzish, matndan ma`lumotlarni ko`chirib

olish: geografik ob`ektlar ro`yxatini tuzish: matnni kengaytirilgan rejasini tuzish.

7-sinfda O`rta Osiyo tabiiy geografiyasini o`rganishda ishlar biroz

murakkablashadi. Mazkur kurs bo`yicha quyidagi topshiriqlarni berish mumkin:

matnga kengaytirilgan reja tuzish, chizmalar chizish, turli xil aloqalar va

bog`liqliklarni ko`rsatadigan jadvallar tuzish (tabiiy geografik o`lkalar) jadvalini

tuzish, iqlimiy jadvallar tuzish va h.k).

8 – sinfda “O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kurs o`tiladi.

Mazkur kurs darsligi bo`yicha quyidagi ishlarni bajarish mumkin: matnga reja

tuzish; turli xil kartalar bilan ishlash (foydali qazilmalar, ma`muriy, iqtisodiy,

transport va h.k. % jadvallar bilan ishlash (aholi, mineral resruslari, tarmoqlar

bo`yicha iqtisodiy ko`rsatkichlar); chizmalar (diagrammalari bilan ishlash) va h.k.

9 – sinfda “jahon iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi” kursida o`tiladi.

Mazkur kursni o`rganishda o`quvchilarga murakkabroq topshiriqlar beriladi:

matnni o`qib xulosalar tayyorlash; iqtisodiy geografik кartalarni tahlil qilib ma`lum

bir davlatni iqtisodiy geografik tavsifini tuzish, yoki bo`lsa sanoat va qishloq

xo`jaligi rivojlangan xududlarni aniqlash, jadvallarini tahlili asosida turli xil

chizmalar va diagrammalar tuzish va h.k.

Geografiya darsligi bilan ishlash metodlari

Geografiya darsligi bilan ishlash metodlari nihoyatda xilma-xil bo`lib ular

Matn bilan ishlash

Savol va topshiriqlar bilan ishlash

Darslikdagi illyustratsiyalar va raqamli materiallar bilan ishlash.

Darslik bilan ishlashdagi eng muhim hususiyat uning metodik tuzilishi

hisoblanadi. Bular quyidagilardan namoyon bo`lgan. Avvalo har bir matn

geografik kartalar bilan uzviy bog`langanligi geografik atama va nomlar, raqamli

ko`satkichlar va illyustrativ materiallarning mavjudligi bilan ajralib turadi.

Geografik matnlar bilan ishlashda o`qituvchi darslikdagi matn, karta,

o`qituvchi jonli so`zi, illyustratsiyani o`yg`unlashgan holda qo`llay olishi

Geografiya o`qituvchisi darslik bilan ishlashga kirishdan oldin avvalo

o`quvchilarning darslik bilan ishlashga tayyorgarligini aniqlashdan iborat.

O`quvchilarda boshlang`ich sinflardan va boshqa predmetlarda shakllangan darslik

bilan ishlashdagi ko`nikmalaridan ham foydalanishi kerak.

Darslik bilan ishlashda asosiy o`rinni darslik matni bilan ishlash egallaydi.

Avvalo geografiya o`qituvchisi o`quvchini darslik matnini o`qishga o`rgatish

maqsadga muvofiq. Buni quyidagicha amalga oshirish zarur.

O`kituvchi o`quvchilarning matn bilan ishlash jarayoniga rahbarlik qiladi,

javoblarini to`ldiradi, unga oid qiziqarli faktlarni aytadi. Rasmlarni tahlil qiladi.

O`quvchilarga matnni qanday o`qish zarurligi haqida ko`rsatmalar berib boradi.

Matnni o`qishda albatta o`quvchining izohlab va tushintirib borishi samarali

natijalar beradi. O`quvchilarning darslik bilan ishlash metodlari murakkablashib

borgan sari, ular qo`yilgan savollarga darslikdan mustaqil javob topa olishlari

asosiy o`rinni egallashi zarur. O`qituvchining oldindan tayyorlangan topshiriqlari

asosida o`quvchilarning matn bilan ishlashida quyidagi metodlarni tavsiya qilishi

Matndagi tushunchani topa olishi va unga ta`rif bera olish.

Qo`yilgan savolga darslik matnidan aniq javoblarni topa olish.

Matndan mavhum savollarga javob topa olishni o`rgatish.

Matnni tahlil qilish orqali quyilgan savolga javob topish.

Xulosalar chiqara olish u yoki bu hududning tabiiy sharoitini baholay

olishlari matn bilan ishlashdagi muhim omillardan biri sanaladi.

ko`nikmalarini shakllantirilmasa ko`zlangan maqsadga etishib bo`lmaydi. Chunki

o`quvchilarni majburlab matn bilan ishlashga o`rgatib bo`lmaydi. Ularni bunga

ongli va ijodiy yondoshishga o`rgatish kerak.

Hozirgi kunda barcha geografiya darsliklari o`quvchilarga u bilan qanday

ishlash kerakligi haqidagi eslatmalar bilan boshlanadi. Ammo ular etarlicha emas.

Geografiya o`qituvchisi darslik bilan ishlashda quyidagilarga e`tibor berishi kerak.

Darslik bilan ishlashga kirishdan oldin darslik nomi, mualliflar haqida ayrim

ma`lumotlar (agar o`qituvchi bu haqida ma`lumotga ega bo`lsa) darslikning yirik

mavzulari, mazmuni, ilovalari, rasmlari, kartalari bilan o`quvchilarni tanishtiradi

va ular bilan qanday ishlash zarurligi va yo`llarini uqtiradi.

Geografiya darsligi bilan ishlashga kirishishdan oldin barcha o`quvchilarda

atlas kartalar bo`lishiga erishish zarur. Aks holda ko`zlangan maqsadga erishib

bo`lmaydi. Darslik yoki o`quv ko`llanma asosida o`rganilayotgan matn qismlarga

bo`lib, o`rganilishi o`qtiriladi. O`quvchilar mastaqil ravishda har bir qismdagi

atamalar nomlarini topadi. O`qituvchi ularni doskaga, o`quvchilar esa daftarlarga

Darslik matni bilan ishlash metodlari xilma-xil bo`lib, har bir metod o`ziga

xos xususiyatga ega. Bular ichida darslik matnini tahlil qilish katta ahamiyatga

ega. Matn mazmunini tahlil etishda uning asosiy komponentlarini bilish zarur. Bu

komponentlar quyidagilardan iborat.

Umumgeografik tushunchalar ta`rifini aniqlash.

Ob`ektlar va hodisalarni ta`riflash. Bunda rel`ef, iqlim, foydali

qazilmalarga oid bo`lgan birinchi va ikkinchi darajali tomonlarini

yoritish, ya`ni asosiy va qo`shimcha bilimlarni aniq ko`rsatish.

Voqea va hodisalarni kelib chiqishi va o`zgarishiga oid ma`lumotlarni

Ta`riflovchi, izohlovchi, aralash matnlarini aniqlash va ajrata olish.

Darslikdagi matnlarni tuzilishiga ko`ra quyidagicha farqlash mumkin

MATN TURLARI

1. Sababdan oqibatlarga

2. Oqibatlardan sabablarga

3. Butundan qismlarga

Afrika rel`efidagi turli shakllariga

4. Faktlardan umumlashga

Matnlar mazmuniga ko`ra quyidagi turlarda namoyon bo`ladi

Matnlar mazmuniga ko`ra turlari

Daryolar, ko`llar, tog`lar va h.k.

Tog`larning tekisliklarning hosil bo`lishi

Darslik matnlari bilan ishlashning quyidagi keng tarqalgan turlari bor. Bular:

izohlab o`qish, tanlab o`qish, reja tuzish, savol-javob, matnni gapirib berish, sabab-

oqibatlarni o`rgatish, matndagi asosiy g`oyani topish, taqqoslash va boshqa

metodlardan iborat. Ko`pchilik geografiya o`qituvchilari darslik matnlari bilan

ishlashda konspekt olishga e`tibor beradilar. Bu metodni quyi sinflarda (VIII

sinfgacha) qo`llash yaxshi natijalar berishligi tajribalarda isbotlandi.

O`quvchilarni matn bilan ishlashida tayyor rejalardan fiydalanib matnni

o`rganishi yaxshi va samarali natijalar beradi. Matnlarning tabiat ob`ektlari va

hodisalarini, ularning o`zgarishini obrazli qilib yoritishi zarur. Matn mazmuni

odatda muammoli bo`lishi kerak. Matnning yoritilishi jarayonida savollar keltirishi

o`quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi. Eng muhimi o`quvchilar ham savollar

keltirishi o`quvchilarni fikrlashga izlanishga undaydi. Bu orqali ular savol va

topshiriqlar tuzishga o`rganadilar. O`quv materiali mazmuni asosida savol berishi

yoki uni o`qituvchilarga yoki uni o`qituvchilarga berish o`quvchilarda savol

topshiriqlar tuzish ko`nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

Savollar tuzish nafaqat darslik matni asosida balki kartalar va boshqa

illyustrativ materiallar asosida ham tashkil qilinsa, o`quvchilarda bu ko`nikma

malaka darajasiga ko`tarilishiga imkon tug`iladi. Darsda o`quvchilar tomonidan

mustaqil tuzilgan savol topshiriqlar sinf o`quvchilari o`rtasida muhokama etilishi

tahlil qilinishi maqsadga muvofiq. Mavzu matni bo`yicha qo`shimcha savollar

tuzib kelishni o`yga vazifa qilib berish yaxshi natijalar beradi.

Darslik matni bilan ongli ishlash yakunlaridan biri, o`quvchilarning u yoki

bu metodni mustaqil bajara olishi unda geografik fikrlash, tahlil, umumlashtirish,

hislatlarini shakllanganligidan dalolat beradi.

«Qiyoslash geografiyaning jonidir» degan edi buyuk geograf metodist

N.N.Baranskiy. Darslik matni asosida ob`ekt va hodisalarni qiyoslash orqali

matndagi yakka tushunchalarni shakllantirish imkoniyati tug`iladi. Quyida Janubiy

Amerika va Janubiy Sharqiy Osiyodagi nam ekvatorial o`rmonlarni qiyoslab

tasvirlash rejasini keltiramiz. O`qituvchi qiyoslash rejasini o`quvchilar diqqatiga

havola qiladi. O`quvchilar esa darslik matnidan har ikkala hududning o`xshash va

farq tomonlarini mustaqil aniqlaydilar. Qiyoslash rejasi taxminan quyidagicha

Har ikkala hududdagi nam ekvatorial o`rmonlarni joylashishi va ular