Toshkentda yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinadi — prezident
Aholiga smartfon va mobil ilovalar yordamida oʻz sogʻligʻi va ovqatlanishini nazorat qilishni oʻrgatish, toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mobil ilova yaratish;
8 sinf ingliz tili fanidan to’garak ish reja va konspekt
Joriy yilgi Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1–4 sinflarida o‘quvchilarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish;
- 5–9-sinflarda o‘quvchilarga umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar berish;
- 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.
Qayd etilishicha, buning natijasida, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jamoa bo‘lib ishlash, muloqot qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari asosida o‘quvchini mantiqiy fikrlashga, o‘z fikrini ifoda eta olishiga va darslarda erkin muhitni shakllantirishga e’tibor beriladi.
10–11-sinflarda 14 ta majburiy fanlardan haftalik yuklamasi 31 soatni tashkil etadi. Takomillashtirilgan o‘quv reja asosida 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyati yaratiladi.
Toshkentda yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinadi — prezident
Toshkentda bosh reja tasdiqlanmaguncha, yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilishda ma’lum qildi.
Prezident qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, yashil maydonlar tashkil qilish ishlari qurilishlar bilan hamohang olib borilmayotganini tanqid qildi.
Shu bois, shaharning bosh rejasi tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinishi ta’kidlandi
Bundan tashqari, 2023 yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Shu maqsadda 100 gektar maydonda yangi bog‘ tashkil qilinadi. «Toshkent yashil belbog‘i» loyihasi boshlanib, bahor mavsumida 525 ming tup daraxt va butalar, 20 million tup gul ko‘chatlari ekiladi.
Yig‘ilishda poytaxtda chiqindi bilan ishlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yiliga 700 ming tonna chiqindi hosil bo‘lishi bilan, bugungi kunda bor-yo‘g‘i 18 foizi qayta ishlanmoqda.
Bundan tashqari, chiqindilarni saralab yig‘ish bo‘yicha qilinayotgan ishlar ham mutlaqo qoniqarsizligi ta’kidlandi. «Maxsustrans» faoliyatini isloh qilish, uning moliyaviy ahvolini yaxshilash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga shahar chiqindisini qayta ishlashni kamida 50 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
- # moratoriy
- # toshkent bosh rejasi
“Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” umummilliy harakati nimalarni oʻz ichiga oladi?
Davlat dasturida aholiga smartfon va mobil ilovalar yordamida oʻz sogʻligʻi va ovqatlanishini nazorat qilishni oʻrgatish, toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mobil ilova yaratish koʻzda tutilgan.
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Prezident farmoni loyihasiga koʻra, “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” umummilliy harakatini yoʻlga qoʻyish taklif etilmoqda.
Harakat quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Aholiga smartfon va mobil ilovalar yordamida oʻz sogʻligʻi va ovqatlanishini nazorat qilishni oʻrgatish, toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mobil ilova yaratish;
Bolalarga moʻljallangan nosogʻlom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talablarni kuchaytirish;
Taʼlim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyogʻlar miqdori yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, taʼm va rang beruvchi qoʻshimchalar roʻyxatini tasdiqlash va isteʼmolini kamaytirish;
Mahalliy mahsulotlar turlaridan kelib chiqib, aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun alohida-alohida sogʻlom ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish;
Yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar, kattalar va keksalar uchun toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari toʻplamini yaratish;
Ish joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishi va sogʻlom ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
Qayd etilishicha, mamlakatda 10,7 mln. aholi sogʻlom turmush tarzini olib bormaydi. Aholining 16,5 foizi tamaki va 4,7 foizi alkogol isteʼmol qilishi, 16 foizi meva va sabzavotlarni yetarli miqdorda isteʼmol qilmasligi (kuniga 400 grammdan kam), 36,6 foizi taomga qoʻshimcha tuz qoʻshishi, 32,9 foizida ortiqcha vazn va 23,5 foizida semizlik mavjudligi, 38 foizida yuqori arterial bosim va 8,4 foizi qonida qand miqdorining yuqoriligi, 26 foizining esa jismoniy faolligi sustligi aniqlangan.