Yanvar oyida taklif qilingan o‘rtacha ish haqi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi
Bugun “Kadrda” ruknini biz “Texnik o’zgarishlarni boshqarish” bo’linmasining texnik hujjatlar muhandisi haqida gapirish bilan boshlaymiz. U kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga tegishli barcha texnik o’zgarishlarning nazoratini amalga oshiradi. Tanishing, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni loyihalashdan to ishlab chiqarish liniyasiga tushgunga qadar nazoratni amalga oshiruvchi muhandis, shu bilan birga Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureati, Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibasi Tuxtasinova Gulsaraxon.
Giyohvandlik – umr zavoli
Joriy yilning 8-fevral kuni Pedagogika fakultetida tashkil etilgan tadbir “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” oyligi doirasida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi F.Azgarov, viloyat IIB xodimlari Sh.Xolboyev, Sh.Sharopov, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat mintaqaviy filiali vrach psixologi Z.Sanayeva, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatida mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining tarqatilishi, savdosi va iste’mol qilinishining oldini olish, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan narkotik moddalarni iste’mol qilishning zarari va ayanchli oqibatlari xususida yosh avlodni xabardor etishga yo‘naltirilgan targ‘ibot ishlarini olib borish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish kabi muhim mavzular xususida so‘z bordi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgani, narkotik moddalarni iste’mol qilishning zarari, giyohvandlikka qarshi kurash to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir davomida ushbu mavzuga bag‘ishlangan hujjatli film ham namoyish etildi.
8 sinf ingliz tili yillik ish reja
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan bir yil davomida 25%ga oshgan.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
O‘tgan yil davomida O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi chorak barobarga oshib, qariyb 5 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda “Spot”ga “HeadHunter” matbuot xizmati xabar berdi.
Xizmat mutaxassislari tomonidan ish beruvchilarning boʻsh ish oʻrinlari va ish izlovchilarning onlayn platformaga joylashtirilgan rezyumelari tahlil qilinib, joriy yilning yanvar oyidagi va oʻtgan yilning oʻzida taqdim etilgan ish haqi miqdori solishtirildi.
2023-yil yanvar oyining oxirida O‘zbekistonda ish beruvchilar tomonidan taklif qilingan o‘rtacha ish haqi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan bir yil davomida 25%ga (3,9 mln so‘mdan) oshdi.
Shu bilan birga, Toshkentdagi o‘rtacha ish haqi takliflari hamon O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda. Hozirda farq 11%dan yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadi.
Eng yuqori maosh yirik bo‘limlarning top-menejerlari va direktorlari (9 mln so‘m), IT-mutaxassislari (o‘rtacha 7,5 mln so‘m) va tahlilchilarga (7 mln so‘m) taklif qilindi.
Biroq, yanvar oyida barcha boʻsh ish oʻrinlarining 39%gacha savdo va marketing boʻyicha boʻlgan.
2022-yilda hh.uz saytida o‘rtacha ish haqi taklifi 12,3%ga oshib, 5,87 mln so‘mni tashkil qildi. Reytingda yetakchilar ham IT-mutaxassislari, boshqaruv xodimlari va konsultantlar bo‘ldi.
Avvalroq “Spot” 2022-yilda O‘zbekistonda frilanser sifatida ish izlovchilar soni uch barobardan oshgani haqida yozgandi.
- # headhunter
- # o’rtacha ish haqi
Yangiliklar
Bugun “Kadrda” ruknini biz “Texnik o’zgarishlarni boshqarish” bo’linmasining texnik hujjatlar muhandisi haqida gapirish bilan boshlaymiz. U kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga tegishli barcha texnik o’zgarishlarning nazoratini amalga oshiradi. Tanishing, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni loyihalashdan to ishlab chiqarish liniyasiga tushgunga qadar nazoratni amalga oshiruvchi muhandis, shu bilan birga Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureati, Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibasi Tuxtasinova Gulsaraxon.
Gulsaraxon Tuxtasinova professional tajribaga ega. U UzAuto Motors AJ Asaka avtomobil zavodidagi mehnat faoliyatini 2011 yilda ishlab chiqarish boshqarmasida ish yurituvchi lavozimida boshlagan.
Kompaniyadagi 12 yillik faoliyati davomida juda katta tajriba orttirgani haqida gapiradi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, korxona uning oilasiga aylanib ulgurgani va eng asosiysi UzAuto Motors’dek katta jamoada ishlash baxtiga muyassar bo’lgani, korxonaning erishgan maqsadlariga o’z hissasini qo’shib kelishi bu uning uchun katta baxt ekanligini bildiradi: “Korxonani bir oila deb olsak, adashmagan bo’laman, sababi bir kunda 8 soat umrim shu jamoada o’tadi hamda unda o‘ziga xos bir iliq muhit bor. Agarda uzoq vaqt ishga kelolmay qolsam, nimamnidir yo‘qotib qo‘ygandek his qilaman. Xabaringiz bor, korxonamiz o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan yangi GEM loyihasi CHEVROLET TRACKER modelining omadli startiga erishdi. Endigi maqsadimiz esa, CHEVROLET ONIX modelini doimiy ishlab chiqarish darajasiga erishish. Bu yo‘lda barchamiz bir jamoa bo‘lib mehnat qilmoqdamiz. Ushbu maqsadlarga erishishda oz bo‘lsada o‘z hissamni qo‘shayotganimdan mamnunman.”- deya xursandligini bildiradi.
Kompaniyadagi deyarli 12 yillik faoliyati davomida tashabbuskorligi sabab avtomobillardagi texnik o’zgarishlar bo’yicha ko’plab innovatsion loyihalarda ishtirok etgan. O’tgan davr mobaynida Gulsaraxon Respublika va chet mamlakatlardagi nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritgan. Bundan tashqari, korxonadagi fidokorona mehnatlari uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
Bugungi kunda uning kasbiy vazifalariga General Motors Global bilan hamkorlikda ECM-Engineering Change Management tizimida ishlab chiqarilayotgan mahsulotga kiritilayotgan texnik o’zgarishlar bo’yicha ishlarni olib borish kiradi.
Bunda qahramonimiz xorijiy hamkorlar bilan birgalikda taklif etilayotgan o‘zgarishni nimalarga ta’siri bor va qanday natijalarga erishish mumkinligini texnik tomondan ko‘rib, o’rganib chiqadi.
“Kompaniyadagi faoliyatim davomida katta ish tajribasiga hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo’ldim. Qo‘yilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish bo’yicha masalalarni tezda hal qilishni o‘rgandim. Ishimda eng muhimi mas’uliyatli bo’lish va yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish deb bilaman», – deydi mutaxassis.
Gulsaraxon texnik nazorat ustida ishlashdan tashqari, ikki farzandning onasi. U ayol kishi bo’lishiga qaramay, o’z ustida tinimsiz ishlaydi. Texnik bilimlarni yanada mustahkamlash uchun ilmiy izlanishlar bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari xorijiy tillardan birgina ingliz tili bilan cheklanib qolmay, Xitoy tilini ham o’rganmoqda. Shuningdek, kelgusi besh yilda ishlab chiqarish va ta’limni integratsiya qilgan holda PhD ilmiy darajasini olib, o’z mehnati va bilimi bilan korxona rivojiga hissa qo’shishni maqsad qilgan.
Бошланғич синф ўқувчиларига бепул овқат берилади — қонун лойиҳаси
Мазкур тизимни барча мактабларда келаси ўқув йилидан амалга ошириш режалаштирилган.
Президент фармони лойиҳасига мувофиқ, таълим сифатини ошириш мақсадида қуйидагилар белгиланмоқда.
2023 йил 1 сентябрдан ҳар бир туман (шаҳар)даги ҳар бир мактабда ўқувчиларни 2 та хорижий тил ва битта касб-ҳунарга ўргатиш амалиёти йўлга қўйилади.
2023/2024 ўқув йилидан:
босқичма-босқич янги ўқув дастурлари амалиётга киритилади;
республиканинг барча вилоятлари ва Тошкент шаҳрида бошланғич синф ўқувчиларини бепул овқат билан таъминлаш йўлга қўйилади;
коллеж ва техникумларнинг дуал таълим шакли бўйича ҳам давлат грантлари ажратилади.
2023 йил 1 апрелдан мактабгача таълим қамровини кенгайтириш мақсадида:
янги давлат боғчаларини кўп квартирали уйларнинг нотурар қаватларида ёки бошқа уйларни сотиб олиб ташкил этишга рухсат этилади;
давлат-хусусий шериклик асосида ижарага берилган ерда хусусий боғчани қурган хусусий шерикка ушбу бинони мазкур лойиҳа учун банк кредитлари бўйича гаровга қўйишга оид чекловлар бекор қилинади.
Маълумот ўрнида, 2022 йилда Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилоятларида ушбу тизим билан 273 минг нафар ўқувчи қамраб олинди.