Press "Enter" to skip to content

8 sinf jahon tarixi audio

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

8 sinf jahon tarixi

III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

  1. salomlashish
  2. davomadni aniqlash
  3. tarbiyaviy minut

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: «Yangi tarix» tushunchasi haqida. Qo’lingizdagi VIII sinf «Jahon tarixi» darsligi Sizni xorij dav­latlarining XVI-XIX asri 60-yillari tarixi bilan tanishtiradi. Olimlar insoniyatning XVI asrdan boshlanadigan tarixiga «Yangi tarix» deb nom berganlar. Xo’sh, nega? Buning sababi shuki, XVI asr insoniyat tarixida yangi, keyinchalik industrial jamiyat deb atalgan jamiyatga asos soldi. Bu jamiyatning dastlab G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada qaror topa boorish jarayoni XVI-XIX asrlarni o’z ichiga oladi. Industrial jamiyat kapitalizm deb ham ataladi.

Bu jamiyatning nomi kapital so’zidan olingan. Kapital-o’z egasiga daromad keltiruvchi xususiy mulk va mablag’, o’zini-o’zi ko’paytiruvchi sarmoyadir. Bu sarmoyaning asosida erkin tadbirkorlik faoliyati yotadi. Kapitalizm Siz VII sinfda bilib olgan feodal jamiyatidan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi? Tub farq-bu jamiyatning xususiy mulkdan va yollanma mehnatdan foydalanishda kishilarga keng erkinlik berganligidir. Bu jamiyat o’rta asrlarda bo’lgani kabi, kishini kishiga qonun bilan majburlab bog’lab qo’ymagan jamiyatdir. Shu bilan birga, insonning qobiliyati, salohiyati, g’ayrati va shijoatiga katta yo’l ochgan jamiyat hamdir. Shu sababli kapitalizm insoniyat tarixida misli ko’rilmagan kash­fiyotlar va ixtirolar davri bo’ldi. Kapitalizm davrida kishilar motor, mashina, paroxod, parovoz, temir yo’l, dizel, martin pechi va boshqahirni kashf etdilar. Aviatsiya, telegraf, telefon, televideniye, radioni o’ylab topdilar. Yer yuzini elektr chiroqlari bilan yoritish boshlandi. Yangi-yangi energiya manbalari yaratildi. Yangi jamiyat-kapitalizm dastlab G’arbiy Yevropada, keyinroq esa Shimoliy Amerikada qaror topdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.

Fan Jahon tarixi 8 sinf

I.Mavzu: Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; buyuk geografik kashfiyotlar haqida, ularni amalga oshirgan xalqlar haqida

Tarbiyaviy maqsad; buyuk geografik kashfiyotlarning fan olamida qilgan yangiliklari haqida

Rivojlantiruvchi maqsad; kashfiyotlarning insoniyat tarixidagi ahamiyati haqida

III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

  1. salomlashish
  2. davomadni aniqlash
  3. tarbiyaviy minut

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi XV asr oxiri-XVII asr o’rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi. Geografik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma’lum bo’lgan yangi yerlarning qidirib topilishidir. Xo’sh, qanday omillar XV asr oxiridan boshlab buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan edi?

Birinchidan, XV asr oxiri-XVI asr boshlariga kelganda Yevropada tovar ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda o’sa boshladi. Bu esa xomashyoga bo’lgan talabni oshirib yubordi. Yevropaning o’zida xomashyo kam bo’lganligi uchun uni faqat boshqa o’lkalardan olib kelish zaruratga aylandi. Ikkinchidan, yangi davr hukmron tabaqalarning boylikka, pulga bo’lgan ehtiyojini yanada orttirib yubordi. Endi ularning ongini o’zga yurtlarning oltin-kumushlarini va boshqa qimmatbaho boyliklarini egallab olish ishtiyoqi chulg’ab oldi.

Uchinchidan, quruqlikdan va O’rta Yer dengizidan o’tadigan savdo yo’llari, shu jumladan, Buyuk Ipak yo’li ham xavfli bo’lib qoldi. Bu yo’llar ustidan nazorat Yevropa mamlakatlarining asosiy raqibi Usmonli turklar qo’liga o’tib ketdi. Binobarin, endi yevropaliklar oldida yangi dengiz savdo yo’llarini ochish tarixiy zaruratga aylandi. Dengiz savdo yo’llarini ochishga imkon beruvchi zamonaviy kemalar hamda harbiy qurollar mavjud edi. Bundan tashqari, dengizda kompasdan foydalanish, astrolyabiyaning ixtiro qilinganligi ham katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi. Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari Portugaliya va Ispaniya dengiz sayyohlari bo’lishdi. Tabiiyki, buyuk geografik kashfiyotlarni dovyurak dengizchi-sayyohlargina amalga oshira olar edilar. Shunday dengiz sayyohlaridan biri admiral Xristofor Kolumb (1451-1506) edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.

Fan Jahon tarixi 8 sinf

I.Mavzu: Yevropaliklarning mustamlaka uchun kurashi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; kashfiyotlardan so’ng Yevropa davlatlarining Amerika mamlakatlarini mustamlakaga aylantirishi haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda mustamlakachilikka qarshi kurashish tuyg’usini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; mustamlakachilikning kamchilik va nuqsonlari haqida

III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

  1. salomlashish
  2. davomadni aniqlash
  3. tarbiyaviy minut

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Ispaniya mustamlakalari. Buyuk geografik kashfiyotlar ayni paytda Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati uchun ham yo’l ochdi. Ispaniya bayrog’i himoyasi ostida yangi ochilgan yerlar Ispaniya qiroli mulki deb e’lon qilindi. Shu tariqa Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati boshlandi. Mustamlakalar bosib olgan hududlarda paxta va shakarqamish ekinzorlari barpo etildi. Ispaniya qiroli 1512-yilda mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlab qo’yuvchi qonun chiqargan bo’lsa-da, u mahalliy aholini shafqatsiz ekspluatatsiya qilishga xalaqit bermagan. Shafqatsiz ekspluatatsiya va yevropaliklar «olib kelgan» kasalliklar tufayli ularning soni keskin kamayib ketdi. Mustamlakachilar XVI asr o’rtalaridan boshlab endi Afrikada yashovchi aholini qullarga aylantirib, Amerikaga olib kela boshlaganlar. Tekin ishchi kuchiga ega bo’lgan mustamlakachilar 1510-yildan boshlab konkista siyosatini yurita boshladilar. Bu jarayon XVII asrning o’rtalarigacha davom etdi. XVI asrning dastlabki 50 yili ichida Ispaniya mus­tamlakalarida aholi soni 4,5 mln dan 1 mln ga tushib qoldi. 1679-yilgacha bo’lgan davr oralig’ida Ispaniya Amerika sivilizatsiyasi­ning markazi bo’lgan Mayya davlati-(bugungi Meksika)hududlarini to’la bo’ysundirdi. XVI asrning 20-40-yillari oralig’ida Kolumbiya, Ekvador, Peru va Boliviya, keyinchalik esa Chili va Argentina hududlari ham zabt etildi. 1503-yildan 1565-yilgacha Amerikadan Ispaniyaga 181 tonna oltin va salkam 17000 tonna kumush tashib ketildi. Bosib olingan mustamlakalarni boshqarish uchun ikkita vitse-qirollik tashkil etildi. Ulardan biri Yangi Ispaniya vitse-qirolligi (Meksika, Markaziy Amerika, Venesuela va Karib dengizi orollarini o’z ichiga olgan), ikkinchisi esa Peru vitse-qirolligi (Braziliyadan tashqari, deyarli butun Janubiy Amerika hududi) edi. Vitse-qirollarga o’z hududlarida to’liq harbiy va sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi berilgan. Vitse-qirollar ispan jamiyatining oliy tabaqasidan 3 yil muddatga tayinlangan. Ularga o’zi bilan oila a’zolarini olib ketish, u yerda ko’chmas mulk sotib olish va tadbirkorlik bilan shug’ullanish taqiqlangan. Vitse-qirollar faoliyati Ispaniyaning o’zida faoliyat ko’rsatuvchi «Hindiston kengashi» deb ataladigan kengash tomonidan nazorat qilingan. Kengashning vitse-qirolliklar bo’yicha qabul qilgan qarorlari qonun kuchiga ega bo’lgan. Mustamlakalar bilan olib boriladigan savdo esa «Sevilya savdo palatasi» tomonidan nazorat qilingan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.

Fan Jahon tarixi 8 sinf

I.Mavzu: Yangi davr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XVI-XVIII asrlarda G’arbiy Yevropada ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlar haqida ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; shu davrning yangiliklarining ahamiyati haqida

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davrdagi yangiliklarni boshqa davrdagi yangiliklar bilan solishtirish

III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

  1. salomlashish
  2. davomadni aniqlash
  3. tarbiyaviy minut

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Aholi tarkibidagi o’zgarishlar. Yangi davr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ruhoniylar va dvoryanlar Jamiyatning hukmron tabaqalari bo’lib qolaverdilar. Ayni paytda dvoryanlar tarkibida o’zgarish yuz berdi. Endilikda ular ichida savdo-sotiq va tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar ham shakllandi. Dvoryanlarning ba’zilari esa savdo kompaniyalarining aksiyadorlariga aylandilar. Ayrimlari esa hukumatdan turli soliq yig’imlarini yig’ib olish huquqini sotib oldilar. Dvoryanlarning katta qismi endi ishlab chiqarishda yollanma mehnatdan foydalanardilar. Ular o’z qo’rg’onlarida sanoat korxonalari ham tashkil etganlar va savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanganlar. Bunday dvoryanlar yangi dvoryanlar deb atalgan. Jamiyat ijtimoiy hayotidagi eng muhim o’zgarishlardan yana biri burjuaziyaning soni va jamiyat hayotidagi o’rni ortib borishi bo’ldi.

Savdoning rivojlanishi. XVI-XVII asrlarda savdo va tadbir­korlikning markazi bo’lgan shaharlarning o’sishi davom etdi. Bu esa, o’z navbatida, shaharda bozor savdosining o’sishiga olib keldi. Odatda bozorlar haftasiga bir yoki ikki kun bo’lardi. Shaharlarning o’sib borishi bilan bozorlar har kuni ishlay boshladi. XVII asrdan boshlab usti yopiq bozorlar qurilishi boshlandi. Bunday bozorlarning eng yirigi Parij va London shaharlarida qurilgan. Shu asr oxiriga kelib, bozor savdosi bilan do’kon savdosi o’rtasida raqobat vujudga keldi

Jahon savdosi. Gollandiya va Angliya jahon savdo-sotig’ining markazlariga aylandi. Dengiz osha savdo qilish ingliz savdogarlarini ham kompaniyalarga birlashishga majbur etgan. Angliyaga chetdan qalampir olib kelish huquqi faqat «Ost-Indiya» kompaniyasiga berilgan. Kompaniya qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi boylikka ega bo’ldi. Chunonchi, 1607-yildayoq o’z aksiyadorlariga, 500% miqdorida dividend to’ladi. Angliyaga paxta olib kelishhuquqi esa «Levantiy» kompaniyasiga berilgan. Bu kompaniya ayni paytda O’rta Yer dengizi mamlakatlari bilan savdo qilish huquqini ham qo’lga kiritgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.

Fan Jahon tarixi 8 sinf

I.Mavzu: Yevropada reformatsiya. Germaniyada dehqonlar urushi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’quvchilarga XVI asrda dinni isloh qilishga qaratilgan harakatning vujudga kelish shart-sharoitlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; dinning va reformatsiyaning jamiyat hayotidagi o’rni haqida

Rivojlantiruvchi maqsad; reformatsiyaning mazmun mohiyati haqida

III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

  1. salomlashish
  2. davomadni aniqlash
  3. tarbiyaviy minut

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Reformatsiya haqida. Reformatsiya-XVI asrda katolik cherkovi ta’limotini isloh qilish maqsadida Germaniyada bo’lib o’tgan va XVII asrning birinchi yarmida G’arbiy Yevropaning qator davlatlariga ham yoyilgan ijtimoiy harakatdir. Bu harakat oqibatida katolik cherkovida bo’linish yuz berdi. Zamon ruhiga mos, mutaassiblik va aqidaparastlikdan xoli, isloh qilingan yangi oqim ­protestantlik vujudga keldi.

Katolik cherkovining mavqei haqida. XVI asr boshlarida ham katolik cherkovi qudratli edi. Rim Papasining qudratini qavmlarning faqat Xudoga chuqur va sidqidildan ishonishigina belgilab qolmagan. Bu qudrat asosida Rim katolik cherkovining behisob boyliklarga egaligi ham yotardi. Zero, hamma-oddiy dehqondan tortib, to qudratli knyazlargacha o’z daromadining 1/10 qismini cherkovga tortiq qilardi. Ayni paytda cherkovning o’zi ham katta yer-mulk egasi edi. Bundan tashqari, indulgensiya savdosi ham cherkovga katta daromad keltirardi. Bu savdo orqali cherkov faqat sodir etilgan gunohnigina emas, kelajakda qilinishi mumkin bo’lgan gunohni ham kechirardi. Reformatsiyaning shartsharoiti. XVI asrda Angliya va Fransiya qirollari mutlaq hokimiyatga ega bo’lib olgan bo’lsalar, Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Ya’ni, u mayda-mayda davlatlarga (knyazliklarga) bo’linib ketgan edi. Shu sababli, Germaniya imperatori amalda real hokimiyatga ega bo’lmagan. Shuning uchun ham Germaniyada katolik cherkovining ta’siri hamon qudratliligicha qolayotgan edi. Germaniya aholisi ham o’z hukmdorlariga, ham cherkovga tinka­madorni qurituvchi soliq to’lardi. Bundan tashqari, katolik cherkovi Germaniyada katta mol-mulkka ham ega edi. Arxiyepiskop va yepiskoplar esa amalda mustaqil knyazlar sanalardi. Germaniya

imperatorini saylab qo’yadigan 7 nafar eng qudratli knyazning 3 nafari arxiyepiskoplar edi. Rim cherkovi o’z daromadining katta qismini Germaniyadan olgan. Imperatorning esa Rimga yuboriladigan soliqlar miqdorini kamaytirishga kuchi yetmagan. Qolaversa, katolik cherkovi Germaniya taraqqiyoti to’sig’iga aylangan siyosiy tarqoqlik va krepostnoylik munosabatlarining tayanchi ham edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.

Fan Jahon tarixi 8 sinf

I.Mavzu: Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XVI asrda Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishi va Angliyaning Yevropadagi kuchli davlatga aylanishi haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; Angliya misolida mamlakat ichki va tashqi siyosati haqida ma’lumot berish

Rivojlantiruvchi maqsad; Kuchli davlatlarning taraqqiyot yo’lini o’rganish.

III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

  1. salomlashish
  2. davomadni aniqlash
  3. tarbiyaviy minut

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Mutlaq monarxiya (absolutizm) – oily hokimiyatning huquqi hech qanday qonun bilan cheklanmagan yagona bir shaxs-monarx qo’lida to’planishidir. Boshqaruvning mutlaq monarxiya shakli siyosiy tarqoq mamlakatni yagona markaziy hokimiyat qo’l ostida birlashtirish natijasida vujudga keldi. Mutlaq monarxiya mamlakat tarqoqligiga barham berdi. Chunonchi, qirol Genrix VIII Tyudor (1509-1547) butun mamlakatni yagona markaz-Londonga bo’ysundirdi. Aynan mutlaq monarxiya feodallarning o’zaro ichki urushlariga barham bergan. Tyudorlar sulolasidan chiqqan yangi qirollar feodallar qo’shinlarini tarqatib yubordi. Bo’ysunishni istamagan feodallarning qo’rg’onlarini yer bilan yakson qildi. Isyonchilarning yerlari tortib olindi va qirollik mulkiga qo’shib yuborildi. Shaharlarning huquqlari cheklab qo’yildi. Toifaviy-vakillik organi bo’lmish parlament butunlay bo’lmasa-da, o’z ahamiyatini yo’qotdi. Yangi soliqlar joriy etish masalasidagina parlament roziligining shartligi belgilab qo’yildi. Ingliz qirollari veto huquqiga ega edilar. Bu huquq ularga par­lamentning har qanday qarorini taqiqlay olish imkonini berardi. Mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishini parla­ment emas, tarkibini qirol tuzadigan Maxfiy Kengash belgilar edi.

8 sinf jahon tarixi audio

–>

Adabiyot [561]
Arxitektura [40]
Astranomiya [38]
Axborot [71]
Biologiya [387]
Biznes [47]
Bojxona [42]
Davlat Huquq Asoslari [4]
Dunyo din tarixi [32]
Ekologiya [109]
Estetika va Etika [30]
Falsafa [48]
Fizika [254]
Fransuz-Tili [22]
Geografiya [141]
Geometriya [6]
Huquqshunoslik [281]
Informatika [643]
Texnologiya [274]
Internet [43]
Ingliz tili [680]
Iqtisodiyot [1133]
Jahon tarixi [276]
Jamiyatshunoslik [24]
Kimyo [82]
Kasbiy Ta’lim [11]
Konsitutsiya [60]
Ma’naviyat [48]
Matematika [89]
Milliy G’oya [128]
Musiqa [2]
Nemis-tili [30]
Ona-tili [50]
Oshpazlik [39]
O’zbekiston tarixi [197]
Pedagogika [104]
Prezident Asarlari [17]
Psixologiya [149]
Rus-tili [44]
Qishloq xo’jaligi [92]
Siyosatshunoslik [25]
Soliq va Soliqga tortish [18]
Tilshunoslik [9]
Tibbiyot [64]
Turizm [172]
va Boshqalar. [332]
Sport [7]
Sxemotexnika [13]

–>

JAHON TARIXI 8-SINF

Yukladi: routerboy Fan: Jahon tarixi

Diqqat! Agar referat yuklashda muammo bo’lsa ushbu silka orqali YUKLAB oling!

Qaytish Yuklandi: 8179

  • 9- sinf Jahon tarixi testlar
  • AQSH II – Jahon urushidan so’ng va hozirda (jahon tarixi
  • O’zbekiston tarixi 8-sinf kitobi
  • 8-sinf adabiyoti
  • JAHON ADABIYOTI
  • Jahon otin Uvaysiy
  • Jahon otin Uvaysiy.
  • Jahon xalqlari maqollari
  • Jahon Otin Uvaysiy
  • Ko’hna dunyo tarixi
  • O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (davomi). (106-156-betlar)
  • O’ZBЕK ADABIYOTI TARIXI
  • Shox Jahon
  • O’zbek adabiy tili tarixi
  • Ekologiyaning rivojlanish tarixi
  • GULLI O`SIMLIKLAR SISTEMATIKASINING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI
  • Ekologiya fanining rivojlanish tarixi
  • Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
  • Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
  • Jahon transporti

Hurmatli sayti foydalanuvchisi.Saytdan to’liq foydalanish uchun
Biz sizga ro’yhatdan o’tishni yoki saytga kirishingizni tavsiya etamiz.