Ozbekiston tarixi
Buxoro xonligi, keyinroq Buxoro amirligi, keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi.
O‘zbekistonning tarixiy bayroqlari
Buxoro xonligi, keyinroq Buxoro amirligi, keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi.
Buxoro amirligining bayrog‘i (1920-yil 1-sentabrgacha)
1919-yildan 1920-yil 20-sentabrgacha
1920-yil 20-sentabrdan 1921-yil 23-sentabrgacha
1921-yil 23-sentabrdan 1923-yil 11-oktabrgacha (boshqa ko‘rinishi)
1922-yil 6-apreldan 1923-yil 15-iyulga qadar cho‘zilgan xalq qo‘zg‘olonining bayrog‘i
1923-yil 11-oktabrdan 1924-yil 19-sentyabrgacha
1924-yil 19-sentyabrdan 1925-yilgacha
Xorazm, keyinchalik Xiva xonligi, keyin Xorazm Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi.
1917-yilgacha Xiva xonligining bayrog‘i
1917-yildan 1920-yil yanvargacha
1920-yil yanvardan 1920-yil 30-aprelgacha
1920-yil 30-apreldan 1921-yil maygacha
1921-yil maydan 1922-yil iyulgacha
1922-yil iyuldan 1923-yil 23-oktabrgacha
1923-yil 23-oktabrdan 1924-yil 2-oktabrgacha (boshqa ma’lumotlarda 1925-yilgacha)
Turkiston muxtoriyati (Qo‘qon muxtoriyati)
Sobiq Qo‘qon xonligining hududi 1917-yil Mustafo Cho‘qay boshchiligidagi jadidlar, erksevarlar tomonidan mustaqil Turkiston muxtoriyatiti e’lon qiladilar. Turkiston muxtoriyatining bayrog‘i Turkiya bayrog‘idan andoza olingan holda loyihalashtirilgan.
Turkiston (Qo‘qon) muxtoriyatining bayrog‘i 1917-yil 27-noyabrdan 1918-yil 22-fevralgacha
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi
1925-yil 22-iyuldan 1926-yil 9-yanvargacha
1926-yil 9-yanvardan 1931-yilgacha
1931-yildan 1935-yil yanvargacha
1935-yil yanvardan 1937-yilgacha
1937-yildan 1941-yil 16-yanvargacha
1941-yil 16-yanvardan 1952-yil 29-avgustgacha
1952-yil 29-avgustdan 1991-yil 18-noyabrgacha
1991-yil 18-noyabrdan hozirgacha
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli hisoblanadi. Bayroqdagi to‘q moviy rang mangu osmon va obihayot ramzi bo‘lib, bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, poklik, beg‘uborlik, soflik, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi.
Qizil chiziqlar esa tomirimizda jo‘shib oqayotgan ajdodlar qoni — hayotiy qudrat, barqarorlik va bardavomlik nishonasidir.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq bo‘lib, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. O‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tibor Vatanimiz sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan izohlanadi.
Savol: Amir Temur va Mirzo Bobur davlatlari bayrog‘i qanday ko‘rinishga ega edi?
Javob: Tarixiy manbalarda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Amir Temur davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat bergan. Amir Temur jang maydonida bir lashkar omon qolsa ham, u mamlakat bayrog‘ini baland tutsin, deb farmon bergan. Bayroqning egilishi mag‘lubiyat belgisi deb qabul qilingan.
Amir Temur davlatining bayrog‘i singari gerbi ham bo‘lgan. Jumladan, Amir Temur yaratgan markazlashgan davlat o‘zining gerbi – uch xalqa shaklidagi tamg‘asi bilan tanilgan. Sohibqironning yurishlarida lashkar oldida uning tug‘i – bayrog‘i olib yurilgan.
Amir Temur davlati bayrog‘ining ham rangi moviy rangda bo‘lgan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.
Ozbekiston tarixi
OZBEKISTON TARIXI
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 4-nashri
O ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta ‘limi vazirligi
tomonidan nashrga tavsiya etilgan
„O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAAIJODIY UYI
TOSHKENT —2019
2.
UO‘K: 94(575.1)(075.3)
KBK 63.3(50‘)
U 73
Respublika ta’lim markazi tarix fanlari ilmiy-metodik kengashming 2019-yil 4-martdagi
birinchi sonli yig‘ilishida nashrga tavsiya etilgan.
Mualliflar:
Usmon Jo’rayev, Qamar Usmonov,
Gulira’no Jo‘rayeva, I Naim Norqulov
Taqrizchilar:
Y. Boltaboyev – Namangan davlat universiteti ,,Tarix“ kafedrasi katta o‘qituvchisi;
N. Hakimov – Respublika taTim markazi metodisti;
Z. Mirzayeva – Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 295- maktab tarix fani
o’qituvchisi;
M. Majidova — Toshkent shah
o‘qituvchisi;
.
Jx)
ITLI BELCILAR
– mavzu ustida mustaqil ishlash;
7
– savol va topshiriqlar,
– esda tuting;
a
I
– tarixiy sanalar;
– atamalar mazmuni;
– diqqat bilan o’qing.
Respublika maqsadli kitob jamg’armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
ISBN 978-9943-22-371-4
© U. Jo‘rayev va b.
© „O‘qituvchi“ NMIU, 2019
3.
KIRISH
„Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U
xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi^
Shavkat Mirziyoyev
Aziz o‘quvchilar!
VIII sinf „O‘zbekiston tarixi“ darsligi Sizga Vatanimizning XVI
asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan tarixi haqida bilim beradi.
Tarixchi olimlar Vatanimiz tarixining bu davriga „So‘nggi o‘rta
asrlar“ yoki „Uch xonliklar davri“ deb nom berishgan. Bu davr tariximizning eng murakkab, ziddiyatlarga toTa davridir. Chunki bir
vaqtlar dunyoda mashhur boTgan, jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan
Temuriylar davlati XVI asr boshlarida toTa barham topdi. Siz buning
sabablarini VII sinf ,,0‘zbekiston tarixi“ darsligidan bilib olgansiz.
VIII sinfda ularni yana bir bor esga tushirasiz.
Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davrida erishilgan ulkan
yutuqlarni saqlab qola olmadilar. Shayboniylar hukmronligi davrida
oliy hukmdor — xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt
(udel) qilib boTib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy hokimiyatning
zaiflashuviga, yurt hokimlari hokimiyatining kuchayishiga, siyosiy
tarqoqlikning hukm surishiga olib keldi. Natijada, XVIII asr boshlarida Buxoro xonligi ikkiga boTinib ketdi. Xonliklarda yuz bergan
kuchli siyosiy tarqoqlik va markaziy hokimiyatning nihoyatda zaiflashuvi oxir-oqibatda dastlab shayboniylar, so‘ng ashtarxoniylar, Xiva
xonligida esa arabshohiylar sulolasi hukmronligining barham topishiga
olib keldi. Ulaming o’rnida urug‘-qabila (Buxoro xonligida o‘zbeklarning mangTtlar qabilasi, Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar qabilasi va
Qo‘qon xonligida minglar urug‘i) sulolalari hukmronligi qaror topdi.
Bu hodisa bir tomondan urug‘-qabila sulolalariga markazdan qochuvchi mahalliy hukmdorlaming qarshiligini sindirib markaziy ho3
4.
kimiyatni kuchaytirishga imkon berdi. Ikkinchi tomondan esa bir
xalqning uch davlatga bo’linib yashashiga olib keldi. Ya’ni bu uch
o‘zbek davlati aholisining katta qismini tashkil etuvchi o‘zbeklar o‘zlarining yagona o‘zbek xalqiga mansubligini to‘la his eta olmadi.
Biroq yuqorida aytilgan fikrlardan XVI-XIX asr birinchi yarmigacha
bo‘lgan davrni qamrab oluvchi 350 yillik tariximiz faqat qorong‘ilikdan iborat bo‘lgan ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz lozim.
Zero, o‘zbek davlatlarining taraqqiyotda orqada qolishi sabablarini
faqat hukmdorlar yuritgan siyosatdangina izlash adolatsizlik bo‘ladi.
Chunki bu davrda faqat O‘rta Osiyo emas, balki butun islom olami
tushkunlik davrini boshdan kechirayotgan edi. Siz darslikdan bularning sabablarini bilib olasiz.
Shunday qiyinchiliklarga qaramay, ajdodlarimiz Yevroosiyo karvon
savdosini rivojlantirdilar. Ayni paytda, dunyo ahlini hayratga soladigan
darajada me’morchilik obidalarini bunyod etdilar.
Qo‘lingizdagi darslik Sizni yuqorida qayd etilgan fikrlarning sabablari bilan tanishtiradi va Sizga XVI-XIX asr birinchi yarmida
kechgan tariximizni puxta o’rganib olishga yordam beradi.
Darslikdan foydalanayotganingizda har bir mavzuni o‘rganishda
sizga yordam beruvchi belgilarga e’tibor bering. Ular sizga tarixiy
bilimlarni puxta o’rganib olishingizda ko‘makchi bo‘ladi.
4
5.
I BOB. XV ASRNING OXIRI – XVI ASRNING
BOSHLARIDA MOVAROUNNAHR VA
XUROSONDAGI SIYOSIY VAZIYAT
§.
l-
Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat
XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida
„Dashti Qipchoq“ deb ataluvchi geografik
hudud tilga olinadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g‘arbiy yonbag‘ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar
cho‘zilgan dashtlarga nisbatan ishlatilgan. Ural (Yoyiq) daryosi Dashti
Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga ajratib turgan.
Dashti Qipchoq haqida
Bu hududlar rus manbalarida „Poloveslar yeri“ nomi bilan
yuritilgan. Chunki ruslar Dashti Qipchoq aholisini poloveslar deb
atashgan. Vizantiya manbalarida ular „kumanlar“, sharq manbalarida esa „qipchoqlar“ nomlari bilan qayd etilgan.
Dashti Qipchoqning sharqiy qismi aholisi o‘zbeklar deb atalgan.
(„O‘zbek“ atamasining ma’nosini siz VII sinf „O‘zbekiston tarixi“
darsligidan bilib olgansiz.)
1240-yilda Chingizxonning nabirasi, Jo‘jixonning (Chingizxonning
katta o‘g‘li) o‘g‘li Botuxon Oltin O‘rda xonligiga asos soldi. Bu
davlat Jo‘ji ulusi deb ham ataladi. U Xorazm, Shimoliy Kavkaz,
Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim va G‘arbiy Sibir hududlarini o‘z ichiga olgan. Rus esa unga o‘lpon to‘lab turgan. Oltin
O‘rda Jo‘jixonning o‘g‘illari o‘rtasida uluslarga bo‘linishi natijasida,
Dashti Qipchoqning sharqiy qismi Jo’jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybonga tegdi.
Vaqtlar o‘tishi bilan o‘zaro ichki nizolar
Sharqiy Dashti Qipchoqda
natijasida Shaybon ulusida markaziy hokio’zbek davlatining
miyat zaiflasha bordi. Oxir-oqibat ulus
tashkil topishi
mayda-mayda qismlarga bo‘linib ketdi.
Ayni paytda, toj-u taxt uchun o‘zaro kurash kuchaydi. Bu kurash,
ayniqsa, ulusning Shaybon naslidan bo‘lgan hukmdori Davlatshayx
1425-yilda vafot etgach yanada avj oldi. Ana shunday og‘ir vaziyatda
Davlatshayxning o‘g‘li Abulxayrxon siyosat maydoniga chiqdi. Abul-
5
6.
xayrxon yosh bo’lishiga qaramay kuchli sarkardalik qobiliyatiga ega
edi. Taxt uchun kurashda uni ulusdagi doimiy nizolardan aziyat chekayotgan boshqa o‘zbek qabilalari hamda ruhoniylar qo‘llab-quvvatladilar. Natijada, Abulxayrxon 1428-yilda „O‘zbek ulusi“ deb atalgan davlatga asos soldi. Janubi-g‘arbiy Sibirdagi Tura shahri bu
davlatning poytaxti deb e’lon qilindi. 1431-yilda esa o‘z davlatini
Oltin O‘rdadan mustaqil deb e’lon qildi. 1446-yilda esa Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan Sig’noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, O‘zgan
va Suzoq shaharlarini bosib oldi. Davlat poytaxtini esa Sig‘noqqa
ko‘chirdi. Bu endi Abulxayrxonning temuriylarga qarshi kurashga
kirishganligini anglatar edi. Temuriylar o‘rtasida Samarqand taxti uchun kurash kuchaygan bir paytda Abulxayrxon vaziyatdan foydalanishga harakat qildi. U 1451-yilda o‘zidan madad so‘ragan temuriyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashda yordam berish
bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon ko‘rsatgan yordami evaziga
kattadan katta sovg‘alar bilan o‘z yurtiga qaytdi. Minnatdorchilik
tariqasida Abu Said Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni
Abulxayrxonga nikohlab berdi.
1468-yilda Abulxayrxon vafot etgach, u tuzgan davlat parchalanib
ketdi. Uning dushmanlari tomonidan Abulxayrxonning qarindoshlari
va tarafdorlari qirg‘in qilindi. Faqat nabiralari – aka-uka Muhammad
Shayboniy va Mahmud Sulton, o‘g‘illari Ko‘chkunchixon va Suyunchxo‘jaxon kabi juda ozchilik omon qoldi.
.
Muhammad Shayboniy va uning ukasi
Muhammad Sha^moniy Mahmud gultonlar Abulxayrxonning o‘g‘li
siyosiy kuras
kurash
Shohbudog‘ Sultonning o‘g‘illari edi. ivr..
Mumaydonida
hammad Shayboniy 1451-yilda tug‘ilgan.
Otasi yosh vafot etgan edi. Shuning uchun ham bobosi Abulxayrxon
ularning tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaradi. Uyg‘ur qavmidan
bo‘lgan, Shohbudog1 Sultonga otaliq qilgan amir Boyshayxni bu ikki
shahzodalarga ham otaliq etib tayinladi. Shahzodalar o‘z davrining
yetuk shaxslari bo‘lib yetishdilar.
Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana
topdilar. Keyinchalik ular Buxoroga keldilar. Shayboniy Buxoro
madrasalarida ilm oldi. Iste’dodli shoir sifatida tanildi. Shayboniy
Buxoroda ilm olishdan tashqari nufuzli davlat va din arboblari bilan yaqinlashib ham oldi. Uning ko‘nglida bobosi Abulxayrxon davlatini tiklash orzusi jo‘sh ura boshladi va Dashti Qipchoqqa yo‘l
6
7.
oldi. Bu davrda Dashti Qipchoqda toj-u taxt
uchun ayovsiz kurash davom etardi. Aholining
turli tabaqalari ulusda tinchlik o‘rnatilishini
xohlamoqda edi. Bu omil yaxshi harbiy ta’lim
olgan, mustahkam intizomli yollanma qo‘shin
tuza olgan Shayboniyga juda qo‘l keldi. Biroq
qo‘shinni saqlash katta xarajat talab qilar edi.
Shuning uchun to‘lov evaziga Movarounnahr
va Xuroson temuriyzodalariga hamda Mo‘g‘uliston hukmdorlariga ichki raqiblariga qarshi
kurashda harbiy yordam ko‘rsata boshladi. Bu
harbiy yurishlarda Shayboniy o‘zining moShayboniyxon
hir lashkarboshilik qobiliyatini namoyon etdi.
Turli temuriy hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar
davlatidagi vaziyatni yanada yaxshi bilib olishga imkon berdi.
Shayboniy bobosi Abulxayrxon vafotidan keyin parokanda bo‘lib ketgan qabilalami birlashtirdi va beayov kurashlar natijasida
XV asrning 80-yillarida bobosi bunyod etgan O’zbek ulusi davlatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi hamda xonlik taxtiga o’tirdi.
Vaqtlar o‘tib, Shayboniyxon Sirdaryo bo‘ylaridagi qo‘rg‘onlarni
ham egalladi. Bu qo‘rg‘onlar kelgusida unga Movarounnahrni istilo
qilish uchun tayanch vazifasini o‘tadi.
1428-yil — Sharqiy Dashti Qipchoqda O‘zbek ulusi davlati tuzildi.
1451-yil — Muhammad Shayboniyxon tug‘ildi.
1468-yil — O‘zbek ulusi davlati parchalandi.
1480-yil – Muhammad Shayboniyxon bobosi bunyod etgan 0‘zbek
ulusi davlatini qayta tikladi.
1. Dashti Qipchoq deyilganda qaysi geograflk hudud tushuniladi?
2. Abulxayrxon qachon, qayerda va qanday davlatga asos soldi?
3. Abulxayrxonning temuriy hukmdorlar bilan siyosiy aloqasi haqida
nimalarni bilib oldingiz?
4. Qanday omillar Muhammad Shayboniyga Temuriylar davlatidagi
ichki vaziyatni yaxshi bilib olishiga imkon berdi?
Mulohaza yuriting!
Nega Chingizxon avlodlari bora-bora turkiylashib ketgan?
7
8.
§.
2„
Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat
. .
x
. .
Sizga VII sinf „O‘zbekiston tarixi“ dars-
Movarounnanrda temuriylar
,
,,
, . . . .
„ .,
.
,
.
hgidan malumki, Amir lemur vatotidan
ortasidagi o‘zaro kurash
,
. .
. .
,
. , ..
.
so ng toj-u taxt uchun ohb borilgan kurashlarda oxir-oqibat uning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzo g‘olib chiqdi.
Shohrux Mirzo davrida Temuriylar saltanati amalda ikki mustaqil
davlatga boTib boshqarildi. Ularning biri Xuroson (poytaxti Hirot),
ikkinchisi esa Movarounnahr (poytaxti Samarqand) davlatlari edi. Xurosonda Shohrux Mirzo, Movarounnahrda esa o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek
hukmronlik qildi.
Mirzo Ulug‘bek oTimidan so‘ng Movarounnahrda toj-u taxt uchun
o‘zaro kurash kuchaydi. Bu kurashda oxir-oqibat 1451-yilda Mironshohning nabirasi Sulton Abu Said Mirzo Abulxayrxon yordamida
g‘alaba qozondi.
1458-yilda Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur vafot etgach
Xurosonni ham egalladi. 1469-yilda Abu Said Mirzo avval temuriylar
tasarrufida boTgan Eronning g‘arbiy qismini egallab olgan oq qo‘yunlilarga qarshi kurashda halok boTdi. Bu halokatdan so‘ng Movarounnahr uning o‘g‘illari hukmdor boTgan amalda uch mustaqil
davlatga boTinib ketdi. Chunonchi, Samarqandda Sulton Ahmad, Farg‘onada Umarshayx Mirzo, Hisor, Xuttalon va Badaxshonda Sulton
Mahmud Mirzo hukmronlik qildilar. Shunday bo‘lsa-da, Sulton Ahmad
rasman Movarounnahr hukmdori hisoblanardi. Uning davrida aholi
tinchlik va osoyishtalikda yashadi.
Uning vafotidan so‘ng Movarounnahr taxtini ukasi Sulton Mahmud
Mirzo, 1495-yilda esa o‘g‘li Boysung’ur Mirzo egalladi. Tez orada
Movarounnahr taxti uchun kurashga Farg‘ona hokimi Bobur Mirzo
ham qo‘shildi. U 1497-yilda Boysung‘urni qal’aga yashirinishga majbur etdi. Bu vaqtda shahar ichida oziq-ovqat tanqisligi vujudga kelganligi tufayli Boysung‘ur askarlari orasida parokandalik ro‘y berdi.
Qamalga bardosh berishga ko‘zi yetmagan Boysung‘ur Turkistonda
(Yassida) turgan Shayboniyxondan yordam so‘radi. Shayboniyxon
qulay fursatdan foydalanib, tez orada Samarqandga kelib, Bobumi
sarosimaga solib qo‘ydi. Buning ustiga Boburning askarlari sovuq
tufayli tevarak-atrofdagi qishloqlarga tarqalib ketgan edi. Oz sonli askar bilan Shayboniyxonga yuzma-yuz kelish xatarli edi. Lekin bundan
boshqa yo‘1 ham yo‘q edi. Bobur bor askari bilan dushmanga qarshi
8
9.
chiqishga majbur bo‘ldi. Biroq kutilmaganda Shayboniyxon shahar
ichkarisiga qarab yurdi, lekin Boysung‘ur uni shaharga kiritmadi.
Chunki Boysung‘ur uni shahar tashqarisida bo‘ladigan jangda ittifoqchi bo‘lishga taklif qilgan edi. Bundan ranjigan Shayboniyxon
Turkistonga qaytib ketdi.
Samarqand qamali 7 oydan ziyod davom etdi. Shayboniyxondan
yordam ololmagan Boysung’ur qochib ketishga majbur bo’ldi. Bobur
esa Samarqand taxtini egallashga muvaffaq boTdi. U bobosi Amir
Temur taxtining sohibi deb e’lon qilindi. Biroq sohiblik uzoqqa
cho‘zilmadi. Bunga Bobuming dushmanlari Farg‘ona taxtiga ukasi
Jahongirni o‘tqazish uchun ko‘targan isyon sabab boTdi. Vujudga
kelgan harbiy-siyosiy tanglikni tushungan Bobur qanday boTmasin
Farg‘onada hokimiyatini saqlab qolishga qaror qildi va Samarqandga
o‘z beklaridan birini qo‘yib Andijonga qaytishga majbur boTdi. Bobuming yo‘qligidan Boysung‘urning ukasi Sulton Ali Mirzo foydalanib
qoldi va 1498-yilda Movarounnahr taxtini egalladi. 1500-yilda akauka Bobur va Jahongir Mirzolar o‘rtasida sulh tuzildi. Unga ko‘ra,
Sirdaryoning shimoliy tarafl Axsi shahri bilan Jahongirda va daryoning
janubiy tomoni Andijon shahri bilan Boburda qoldi.
Xurosondagi
Amir Temuming to‘rtinchi o‘g‘li, Xuroson hukmsiyosiy ahvol
dori shohrux Mirzo 1447-yili vafot etgach, toj-u
taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Natijada, Xuroson
davlati o‘n bir qismga boTinib ketdi. Ularning har biri amalda
mustaqil davlatlar edi. Va nihoyat, 1458-yilda Amir Temurning
uchinchi o‘g‘li Mironshohning nabirasi Sulton Abu Said Mirzo temuriylar davlatini bir qadar birlashtirishga muvaffaq boTdi. 1469-yili
Abu Said Mirzo halok boTgach, Amir Temurning ikkinchi o‘g‘li
Umarshayxning nabirasi Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini
egalladi. Salkam 40 yil hukmronlik qilgan Sulton Husayn Boyqaro
davrida ham mamlakatda toTa osoyishtalik o’rnatilmadi. Shunday
boTsa-da, Xuroson davlatining xo‘jalik va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Mamlakat obodonchiligi yoTida katta ishlar amalga oshirildi.
Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik ta’minlandi. Bunda Husayn Boyqaroning hukmdorlik salohiyati muhim o‘rin tutdi. Vazir
Alisher Navoiyning xizmatlari ham benihoya katta boTdi. Biroq Husayn Boyqaro bilan o‘g‘li Badiuzzamon o‘rtasidagi munosabatlarda
keskinlik vujudga keldi. Bu holat ota va o‘g‘il o‘rtasiga nizo urugTni
sochgan qora kuchlarning Badiuzzamonning 11 yoshli begunoh o‘g‘li,
9
10.
komil nabira, Alisher Navoiy chuqur e’tiqod qo‘ygan Mo‘min Mirzoning qatl etilishiga erishganlaridan so‘ng yanada kuchaydi. Qora
kuchlarning maqsadi taxtga Boysung‘urni emas, uning o‘gay ukasi
Muzaffar Husaynni o‘tqazish edi.
Badiuzzamon oqil va tadbirkor, harbiy salohiyati yuqori, adolatpesha shahzoda edi. U o‘z saroyida olimlar, shoirlar, ulamolar, san’atkorlarni yig‘ib anjumanlar o‘tkazardi. O‘zi ham go‘zal g‘azallar bitardi. Ulug‘ Alisher Navoiy uning bu fazilatlariga juda yuqori baho
bergan.
Otasi Sulton Husayn Boyqaroning Muzaffar Husayn Mirzoga nohaq yon bosishi, o‘g‘li Mo‘min Mirzoning qatl etilishi oxir-oqibat
Badiuzzamon va otasi o‘rtasida urush keltirib chiqardi. Urushda Badiuzzamon yengildi. O‘zaro qirg‘inbarot urushlar oxir-oqibat sulh
tuzish bilan yakunlandi. 1506-yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot
etdi. Shundan keyin mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik vujudga keldi.
Badiuzzamon va Muzaffar Husaynlar bir vaqtda hukmdor deb e’lon
qilindilar. Bu esa shuningsiz ham og‘ir kunlami kechirayotgan Xuroson davlatini parokandalikka olib keldi.
Temuriylar saltanatida boshlangan toj-u taxt uchun ayovsiz kurash
oqibatida saltanat inqirozga yuz tutdi. Natijada, ko‘pdan buyon Temuriylar saltanati hududlarini egallashni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ygan Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni
egallab olishi uchun qulay sharoit vujudga keldi.
1447-yil – Shohrux Mirzo vafot etdi.
1458-yil – Sulton Abu Said Mirzo vaqtincha boTsa-da Temuriylar
saltanatini birlashtirdi.
1506-yil – Husayn Boyqaro vafot etdi. Xurosonda qo‘shhokimiyatchilik vujudga keldi.
1. Movarounnahrda temuriylar hukmronligining inqirozga yuz tutishiga
nimalar sabab boTdi?
2. Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi haqida nimalarni
bilib oldingiz?
3. Xurosonda temuriylar hukmronligining zaiflashib qolishiga nimalar
sabab bo’ldi?
/37\ Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy ahvolni taqqoslang. O‘zaro
o’xshash va o‘ziga xos jihatlarni aniqlang hamda ularni yozma
ravishda qayd eting.
10
11.
Zahiriddin Muhammad Bobur va Muhammad
Shayboniyxon munosabatlari
§.
3-
Avvalgi mavzuda ta’kidlanganidek, XVI asr
bo‘sag‘asida Temuriylar davlati taxti uchun kumaydoniga Zahiriddin Muhammad Bobur
Mirzo ham chiqdi. Bobur Mirzo Sulton Abu Said Mirzoning nabirasi
edi. U 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida tug‘ildi. Bolalik
va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o‘tdi. Otasi Umarshayx Mirzo (1455-1494) saroyida o‘z davriga yarasha barcha zarur
bilimlarni egalladi. Abu Said Mirzo o‘g‘li Umarshayx Mirzoni o‘z
hukmronligi davrida, dastlab Kobul viloyatiga, so‘ng Farg‘ona viloyatiga hokim etib tayinladi. Keyinchalik akasi Sulton Ahmad hukmronligi davrida Toshkent va Sayram ham Umarshayx Mirzoga berildi.
Biroq o‘zaro ichki kurashlar natijasida Umarshayx Mirzo qo‘1 ostida
faqat Farg’ona, Xo‘jand va O‘ratepagina qoldi. Umarshayx Mirzo
1494-yilda baxtsiz hodisa tufayli halok boTgach, hokimiyat 12 yoshli
o‘g‘li Bobur Mirzo qoTiga o‘tdi.
„ .
.
.
o urning siyosa^
may oniga c lqis 1
rfjjj
Bobur yosh boTganligi uchun davlat ishlarini ishonchli beklardan Hojiqozi va o’qimishli, oqila onasi Qutlug* Nigorxonim
yordamida boshqarardi.
Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi Temuriylar
saltanatida harbiy-siyosiy vaziyat nihoyatda ogTrlashgan sharoitga
to‘g‘ri keldi. U ham barcha taxt da’vogarlariga xos xususiyatlardan
xoli emasdi. Uning orzusi ulug‘ bobosi Amir Temur saltanatining
poytaxti boTmish Samarqand taxtini egallash edi.
Shayboniyxonning asosiy maqsadi TemuMuhammad
riylar
saltanatiga butunlay barham berish
Shayboniyxonning
edi.
Bobur
Mirzo bilan uning o‘rtasidagi
Movarounnahr uchun
munosabat
Shayboniyxonning ana shu
kurashga qo’shilishi
niyatini yaqqol ko‘rsatib berdi. Onasining
gapi bilan ish tutgan Movarounnahr hukmdori Sulton Ali Mirzoning
kaltabinligi sababli Shayboniyxon 1500-yilda Samarqandni jangsiz
egalladi. Bundan xabar topgan Bobur Mirzo qayg‘uga botdi. Bu safar
ham orada xiyonat borligi uni chuqur iztirobga soldi. Shayboniyxon
Samarqandni egallagach, Sulton Ali Mirzoni qatl ettirdi.
11
12.
Movarounnahrning nufuzli davlat arboblari shayxulislom Abulmakorim boshchiligida Bobur Mirzoni Samarqand taxtini
egallashga da’vat etdilar. Sulolasi manfaatiga sadoqatli bo‘lgan Bobur Mirzo
1500-yiLning kuzida Samarqandga yurish
bosbladi va taxtni ikkinchi marta egalladi.
Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan
tashqarida – Konigil (shahardan tashqaridagi
hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy)da turar edi.
Shayboniyxon bu voqeani eshitgach,
bo
‘
lajak
hal qiluvchi jangga tayyorgarlik
Zahiriddin Muhammad
ko
‘
rdi.
Bobur
Mirzo bu galgi urush hal
BobuT
qiluvchi urushligini bilib Andijon, Toshkent,
Hisor, Hirot va boshqa yerlarga yordam yuborishlarini so‘rab elchilar
yubordi. Biroq amakisi – Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro
va Qashqardagi tog‘asi Sulton Mahmudxondan yordam kuchi kelmadi.
1501-yilda olti oylik qamaldan so‘ng Shayboniyxon Bobur Mirzoga
sulh taklif etdi. Bobur Mirzo hech qayerdan yordam ololmagach, noiloj, sulhga rozi boTdi. Sulh shartlari Bobur Mirzo uchun juda haqoratli boTsa-da, unga rozi boTmaslikdan boshqa chorasi yo‘q edi.
Og’ir va nochor ahvolga tushib qolgan Bobur Mirzo Samarqandni
tark etib, ko‘p mashaqqatlarni boshdan kechirib, o‘zga yurtlarga ketishga majbur boTdi. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim (15231603-yillarda yashagan) o‘zining „Humoyunnoma“ asarida bu haqda
quyidagilarni yozgan edi: „Xudoga tavakkal qilib Badaxshonot va
Kobulga yuzlandilar“.
1504-yilda Kobul viloyatida (Kobul – hozirgi Afg’oniston davlatining poytaxti) o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Bu yerda mustaqil davlat
tuzishga jadal kirishdi. Qattiq intizomga bo‘ysunuvchi qo‘shin tuzdi.
Qurilish, obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor berdi. Ko‘plab bog‘rogTar yaratdi. Ulaming ichida Bog‘i Bobur ayniqsa mashhurdir.
Kobuldagi Bolo Hisor qaFasini o‘zining qarorgohiga aylantirdi.
Shayboniylaming tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora ko‘rish maqsadida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy
hukmdorlar qatorida Bobur Mirzoni ham maslahat yigTniga taklif
12
13.
etganligi, uning yuksak nufuzga ega bo‘lganligini tasdiqlaydi. Bobur
Mirzo shu taklifga ko‘ra Hirotga otlandi. Biroq Husayn Boyqaroning
1506-yilda to‘satdan vafot etishi vaziyatni og‘irlashtirdi. O‘zaro nizolari kuchliligi tufayli temuriyzodalar dushmanga qarshi ittifoq tuza
olmadilar. Bu esa oxir-oqibat Temuriylar saltanatining butunlay barham topishiga olib keldi.
Bobur Mirzo tariximizda buyuk shoir, Movarounnahmi shayboniylar
istilosidan saqlab qolish yoTida sobitlik bilan kurashgan hukmdor va
sarkarda sifatida nom qoldirdi.
1494-yil
1500- yil
1501- yil
1504-yil
—
—
—
—
Bobur Mirzo Andijon taxtiga o‘tqazildi.
Shayboniyxon Samarqandni egalladi.
Bobur Mirzo Shayboniyxondan yengildi.
Bobur Mirzo Kobulda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi.
1. Bobur Mirzo qanday sharoitda siyosat maydoniga kirib keldi?
2. Nima uchun Muhammad Shayboniyxon g‘alaba qozondi?
Mulohaza yuriting!
< V**
Temuriylar davlati qulamasligi mumkin edimi?
§.
4-
Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar
hukmronligining o‘rnatilishi
Dashti Qipchoqdagi o‘zbek qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so‘ng boshlangan
o‘zaro qirgTnlaming yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Ularda Muhammad Shayboniyxonning qirg‘inga yo‘1 qo‘ymasligiga ishonch paydo boTdi.
Bundan tashqari, Dashti Qipchoqdagi o‘zbek qabilalari ko‘pdan
buyon toTa o‘troq tarzda yashashni umid qilib kelardilar. Bu umidning ushalishi o‘zgalaming unumdor yerlari hisobiga ro‘yobga chiqishi
mumkin edi.
O‘zbek qabilalarining sardorlari Muhammad Shayboniyxonni o‘z
umidlarini ro‘yobga chiqarishga qodir birdan bir shaxs deb hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar Muhammad Shayboniyxonni
qoTlab-quvvatladilar.
Shayboniyxon
hokimiyatining
kuchayishi
13
14.
Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o‘lkalarda,
birinchi navbatda, Movarounnahrda Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining o‘rnatilishi o‘troq hayotga o‘tish imkonini berishini ham
yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining
kuchayishiga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufczini
yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning
toj-u taxt uchun o‘zaro kurashlaridan charchagan ham edi. Movarounnahr zodagonlari va hatto oddiy aholining ma’lum qismi ham Muhammad Shayboniyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o‘rnatishga
qodir yagona shaxsni ko‘rdilar.
Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar saltanati hududlarida ham o‘z hokimiyatini o‘matishi uchun barcha zarur shartsharoit yaratildi.
Ayni paytda, Rossiyaning sharqqa qarab tobora kengayib borishi
ham Shayboniyxonning Movarounnahrga yurishini tezlatib yubordi.
Shayboniyxon Temuriylar saltanatiga butunlay
Movaronnnahrda
barham berish maqsadida boshlagan harbiy yuShayboniyxon
rishi paytida raqiblarini sarosimaga solib qo‘yhukmronligining
gan jang usuli — to’lg’amani qo‘lladi. U Sao‘rnatilishi
marqandni dastlab 1500-yilda qisqa muddatga
boTsa-da egalladi va yangi o‘zbek davlati — Shayboniylar davlatiga
asos soldi. 1501-yilda esa Samarqandni uzil-kesil bo‘ysundirdi. Endi
butun Movarounnahrni egallashga kirishdi.
1503- yilda Toshkent va Shohruxiya shaharlari egallanadi. Shayboniyxon Ulug‘bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sultonbegimning o‘g‘illari boTgan amakilari Ko‘chkunchi Sultonni Turkistonga va uning ukasi Suyunchxo‘ja Sultonni Toshkentga, o‘zining
ukasi Mahmud Sultonni Buxoro viloyatlariga hokim etib tayinladi.
1504- yilda esa Farg‘ona egallandi. Shayboniyxonning harbiy yurishlarida eng faol qatnashgan amakisining o‘g‘li Jonibek Sultonga
Axsi va Andijonni tortiq qildi.
Jonibek Sulton Abulxayrxonning boshqa bir o‘g‘li Xo‘ja Mahmud
Sultonning o‘g‘li edi.
Shu tariqa, butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. Samarqand shahri esa poytaxt etib belgilandi.
14
15.
Movarounnahrda mustahkamlanib olgan Shayboniyxon 1505-yilda Xorazmga yurish qildi va uni
ham egalladi.
1505-yilning kuzida esa Xurosonga yurish boshladi. So‘nggi yillarda o‘zaro ichki nizolar oqibatida inqirozga yuz tutgan temuriylarning Xuroson davlatini egallash Shayboniyxon uchun qiyin kechmadi. 1506-yilda Balx, 1507-yilda esa Hirot egallandi. Shundan
so’ng Hirot o‘zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi
nufuzini yo‘qotdi.
Xurosonning ham bo‘ysundirilishi bilan amalda Shayboniyxon butun mintaqani yagona bir markaz – Samarqand qo‘l ostida birlashtira
oldi va temuriyzodalar amalga oshira olmagan ishni bajardi. Bu
uning davlatchiligimiz oldidagi xizmatidir. Shu tariqa, Movarounnahr,
Xorazm va Xurosonni o‘z ichiga olgan hududda Shayboniyxon hukmronligi o‘rnatildi va shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi.
Etnik ‘ara on
sinfda bilib olganingizdek, Movarounnahr
va Xorazmda o‘zbek xalqi IX-XII asrlarda shakllangan. To‘g‘ri, bu hududlarda yashagan ajdodlarimiz XVI asrgacha
o‘zbeklar deb atalmaganlar. Qadim-qadimdan tarixiy turkiy etnik
guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki boshqa o‘lkalarda,
shu jumladan, Dashti Qipchoqda ham uzoq yillar davomida yashab
keldilar. Dashti Qipchoqni XIII asr boshlarida zabt etgan mo‘g‘ullar
bora-bora bu o‘lkada yashovchi turkiy qabilalar tarkibiga singib ketdilar va o‘z milliyligini yo‘qotdilar. Shayboniylar yurtimizni egallagach esa Dashti Qipchoqda yashovchi turli o‘zbek qabilalari Movarounnahr va Xorazmga ko‘chib kela boshladilar. Bu hodisa Vatanimiz
hududidagi etnik jarayonga ta’sir etmay qolmadi.
Avvalo, XVI asrdan boshlab yurtimizda o‘zbek xalqining tarkibi
kengayib bordi. Ikkinchidan, ko‘chib kelgan turli o‘zbek qabilalari
iqtisodiy va madaniy taraqqiyot jihatidan o‘zlaridan ustun bo‘lgan
mahalliy qardoshlari bilan yaqinlashdilar. Uchinchidan, ular mahalliy
aholi turmush tarziga xos hamma ijobiy jihatlarni qabul qildilar. Borabora esa Movarounnahr va Xorazmda awaldan yashab kelayotgan
qardoshlari tarkibiga singib ketdilar.
„O‘zbek“ nomi O‘zbekiston tarixining XVI asrdan keyingi taraqqiyot bosqichlarida mahalliy aholi ruhiga singdi. O‘zbek atamasi butun bir xalqning etnik nomiga va milliy iftixoriga aylandi.
15
Xorazm va
Xurosonning
egallanishi
16.
Bu vaqtda Eronda shoh Ismoil Safaviy
hukmdorlik qilayotgan edi. U o‘z davri
uchun katta va qudratli qo‘shin tuza oldi.
Ismoil Safaviy tuzgan saltanat tarixda Safaviylar davlati nomi bilan
mashhur.
Shoh Ismoil davlati kattagina hududlarni o‘z ichiga olardi. Bu
davlatning bir sarhadi Xuroson bilan, ikkinchi sarhadi esa Usmonli
davlati bilan tutashgan edi. Shoh Ismoil boshliq Eron safaviylarining
Xurosonga tazyiqi tobora kuchayib, talonchilik harakatlari avj oldi.
Endi bu ikki hukmdor o‘rtasida urush bo‘lishi muqarrar bo‘lib qoldi.
Nihoyat, 1510-yilda ikki hukmdor qo‘shini to‘qnashdi. Marv (hozirgi Turkmaniston hududi) yaqinida bo‘lgan jangda Eron qo‘shini
g‘alaba qozondi. Shayboniyxon va uning safdoshlari jangda halok
bo‘lishdi. Bu g‘alaba natijasida shoh Ismoil butun Xurosonni egalladi.
Eron shohi Ismoil
Safaviy bilan qonli
to‘qnashuv
To‘lg‘ama — jang chog‘ida dushman qo‘shinini qanotlaridan aylanib
o‘tib, quTshab olib zarba berish usuli.
1500-yil – Movarounnahrda yangi o‘zbek davlati – Shayboniylar
davlatiga asos solindi.
1503- yil – Toshkent egallandi.
1504- yil – Farg‘ona egallandi.
1505- yil – Xorazm cgallandi.
1507-yil – Hirot egallandi.
1. Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga sabab bo‘lgan omillar
nimalardan iborat edi?
2. Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni nisbatan oson egallab olishiga nimalar asosiy sabab bo‘ldi?
3. Shoh Ismoilning g‘alabasi oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Yurtimizga Dashti Qipchoqdan turli o‘zbek qabilalari ko‘chib kelgach, etnik jarayon qanday kechdi?
16
17.
II BOB. BUXORO XONLIGI VA
BUXORO AMIRLIGI
§.
5-
Buxoro xonligining tashkil topishi
Shayboniyxon halok bo‘lgach, uning o‘rniga
amakisi Ko‘chkunchixon taxtga o‘tirdi. Biroq
1511-yilda Bobur Mirzo Samarqandni uchinchi
marta egallaganida shayboniylar vaqtinchalik
hokimiyatdan mahrum bo‘lib qoldilar. 1512-yil 28-apreldagi jangda shayboniylar Bobur Mirzo bilan uning ittifoqchisi safaviylar
qo‘shinini tor-mor qilib, Samarqand taxtini qayta qo‘lga kiritdilar.
Ko‘chkunchixon 1530-yilgacha hukmronlik qildi.
Ko‘chkunchixondan so‘ng taxtga o‘g‘li Abu Said (1530-1533)
o‘tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o‘g‘li Ubaydullaxon (1533-1540) qo‘liga o‘tdi. U
1533-yilda xonlik poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko‘chirtirdi.
Shu tariqa, Shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshladi.
Ubaydullaxon Buxoroga otameros mulk deb qarar edi. Chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sultonga
bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlatlari endilikda Buxoro xonligi deb ataladigan boTdi.
Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil
Safaviy qo‘shinining hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahmi ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi.
Ubaydullaxon safaviylarga qarshi kurashda o‘zining ma’naviy ilhomchisi Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo‘lgan din peshvosi Abdulla Sabroniy tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. U Ubaydullaxonning
do‘sti ham edi. Ubaydullaxon safaviylar ustidan erishgan g‘alabasi
tufayli Vatan mustaqilligini, xalq erkini va din-u diyonatini, or-nomusini saqlab qoldi. Ubaydullaxon bu g‘alabani Mir Arabga bag‘ishladi va 1533-1536-yillarda Buxoroda uning nomi bilan mashhur
madrasa qurdirdi. Mir Arab madrasasi hali-hamon ilm-ma’rifat o‘chog‘i bo‘lib qolayotir.
Tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriy bekorga „Uning davlati va
xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullabyashnadi”, deb yozmagan edi.
Ko‘chkunehixon
va Ubaydullaxon
hnkmronligi
2—O‘zbekiston tarixi, 8-sinf
17
18.
Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi
nufuzi har tomonlama o‘sdi.
Ubaydullaxon o‘z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi
sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Ilirotni ishg‘ol etgan
Eron qo‘shinini bir necha marta mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ayni
paytda, u mamlakat ichkarisidagi siyosiy tarqoqlikka barham berdi.
„.
.
Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdullaxon I
.
, .
. . . ..
ning qLsqa hukmronligidan so ng Movarokurashmng kuchayishi
. ,
, ,, , . .
, . , .
unnahrda qo shhokimiyatchilik, ya ni bir
vaqtning o‘zida ikki hukmdor hokimiyati o‘matildi.
Ulardan biri – Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon Buxoroda,
ikkinchisi Ko‘chkunchixonning yana bir o‘g‘li Abdulatifxon Samarqandda hukmronlik qila boshladilar. Biroq ularning hokimiyati
mustahkam emas edi. Mamlakat amalda bir nechta mustaqil qismlarga
bo‘linib ketdi. Chunonchi, Balx va Badaxshonda Pirmuhammadxon I,
Toshkent va Turkistonda Navro‘z Ahmadxon, Karmana va Miyonqolda
Iskandarxon mustaqil bo‘lib oldilar.
Mamlakatda ro‘y bergan siyosiy tanglikdan Toshkent va Turkiston hukmdori, Suyunchxo‘janing o‘g‘li Navro‘z Ahmadxon foydalanib qolishga qaror qildi. Samarqand hukmdori, amakivachchasi
Abdulatifxon bilan ittifoq tuzib 1540-yilda Buxoroni egalladi va hokimiyatni o‘z tarafdorlariga topshirdi. 1548-yilda Abdulatifxon vafot
etgach, Samarqand taxtini egalladi. O‘z nomidan tanga pul zarb ettirdi. Movarounnahrning ko‘p shaharlarida uning nomi xutbaga qo‘shib o‘qildi.
Biroq Karmana va Miyonqol hukmdori Iskandarxon va uning
o‘g‘li Abdullalar Navro‘z Ahmadxonga itoat etishni istamadilar. Bunga
qarshi Navro‘z Ahmadxon Miyonqolga yurish boshladi. Kuchlar nisbatida Navro‘z Ahmadxonning ustunligini bilgan ota-o‘g‘il Balxga
ketishga majbur bo‘ldilar. Abdullaxon Balx hukmdori – amakisi Pirmuhammadxonning yordamida Navro‘z Ahmadxonga qarshi bir necha
bor yurish qilganidan so‘nggina g‘alabaga erishdi. MagTub boTgan
Navro‘z Ahmadxon Buxoroni tashlab Samarqandga qaytdi. So‘nggi
jangda har ikki tomon ham g‘alaba qilishga ko‘zlari yetmagach, o‘rtada sulh imzolandi. Sulhdan so‘ng Abdullaxon Amudaryodan o‘tib
Maymanaga, Navro‘z Ahmadxon esa Buxoroda noibini qoldirib Samarqandga qaytdi va 1556-yilda vafot etdi.
18
19.
1512-yil – Shayboniylar Movarounnahr taxtini qayta egalladilar.
1533-yil – Shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshlandi.
1. Nega shayboniylaming Movarounnahrda tashkil etgan davlati Buxoro xonligi deb ataldi?
2. Shayboniy Ubaydullaxonning davlatchiligimizdagi tarixiy roli nimadan iborat?
3. Navro’z Ahmadxonning Movarounnahr hukmdori taxtini egallashiga
qanday omillar sabab bo’ldi?
Mulohaza yuriting!
Nega shayboniylar davrida ham ichki nizolar barham topmadi?
§.
6-
Abdullaxon II davrida Buxoro
xonligining yuksalishi
Navro‘z Ahmadxon vafot etgach, mamlakatdagi siyosiy tarqoqlik xavfi yanada kuchaydi.
Mamlakatdagi parokandalikka chek qo‘yish
uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash
va kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni urushlarsiz amalga oshirib
bo‘lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol
hokimi Iskandar Sultonning o‘g‘li Abdullaxon II (1534-1598) chiqdi. U shayboniylar sulolasining yorqin vakillaridan biri, nomi 4-mavzuda qayd etilgan
Jonibek Sultonning nabirasi edi.
Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinidagi Jo‘ybor qishlog‘ida istiqomat qiluvchi,
g‘oyatda katta nufuzga ega bo‘lgan shayx
Muhammad Islomning ixlosi baland bo‘lganligi Abdullaxon II ga bu kurashda juda katta
madad bo’ldi.
Muhammad Islom va uning avlodlari
o‘zlarining kelib chiqishini ota tomonidan
Muhammad payg‘ambar avlodlariga, ona
tomonidan esa Chingizxon va Jo‘jiga bog‘lar
Abdullaxon II
edilar. XVI asrning ikkinchi yarmida Mu(miniatura, 1572)
Abdullaxon Ilnmg
hokimiyat tepasiga
kelishi
19
20.
hammad Islom, keyinchalik uning o‘g‘li Abubakr Sa’d Buxoroda
shayxulislom lavozimida faoliyat yuritdilar.
1556-yilda Navro‘z Ahmadxon vafot etDavlatning
gach, Abdullaxon II darhol Karmana va
markazlashtirilishi
Shahrisabzda o‘z hukmronligini tikladi. Muhammad Islomning ko‘magi bilan esa Buxoro taxtini egalladi va uning
poytaxt maqomini qayta tikladi. Markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni
istamagan Samarqand, Toshkent, Sayram, Turkiston va Farg‘ona qilich
kuchi bilan bo‘ysundirildi. Biroq raqiblarining taxtga yoshi katta
shayboniy o‘tirmadi-ku, deb qilishi mumkin bo‘lgan ta’nalariga o‘rin
qoldirmaslik uchun bir oila doirasida bo‘lsa-da, dastlab amakisi Pirmuhammad Ini, uning vafotidan so‘ng esa otasi Iskandarxonni taxtga
o‘tqazdi.
1583-yilda otasi vafot etgach, Abdullaxon II rasman xon deb
e’lon qilindi.
Shu tariqa, Abdullaxon II Movarounnahrda o‘z hokimiyatini to‘la
o‘rnatdi. Shuningdek, Xuroson tarkibidagi, lekin shayboniylar qo‘lida
qolgan Balx, Maymana, Badaxshonda markaziy hokimiyatga qarshi
ko‘tarilgan isyonlarni bostirdi.
Safaviylarga qarshi olib borilgan kurash natijasida Xurosonning
sharqiy qismi egallandi. Binobarin, butun Movarounnahr, Xorazm va
Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan hududlar yagona hukmdor
qo‘li ostida birlashtirildi. Shu tariqa, Abdullaxon II ning jasoratli kurashi natijasida XVI asr oxirida Buxoro xonligi markazlashgan ulkan
davlatga aylandi. Bunday ulkan natijaga buyuk Amir Temurdan keyin
Abdullaxon II erisha oldi, xolos.
Rossiyada bu davlatga nisbatan bekorga „Ben0Kaa Byxapna“ (Buyuk Buxoro) iborasi qo‘llanilmagan edi.
Abdullaxon II mamlakatni birlashtirish jaShayboniylar sulolasi
rayonida shayboniy sultonlarning markaziy
hukmronligining
hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga
barham topishi
qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib
bordi. Bu maqsad yo‘lida qarindoshlariga ham shafqat qilmadi. Biroq
Abdullaxon II qanchalik urinmasin, ichki nizolarga to‘la barham bera
olmadi. Toj-u taxt masalasida hatto o‘zining o‘g‘li Abdulmo‘min bilan
kelisha olmadi. U valiahd sifatida Balx viloyatini boshqarar edi.
20
21.
Abdullaxon II 1598-yilda vafot etgach, taxtni o‘g‘li Abdulmo‘min
egalladi. Biroq o‘sha yilning o‘zidayoq Abdulmo‘min fitnachilar tomonidan oTdirildi. Undan qolgan ikki yashar o‘g‘ilning xonlik huquqini hech kim tan olmadi. Taxt uchun boshlangan kurash natijasida taxtga Abdullaxon II ning amakivachchasi – Balx hokimi
Pirmuhammad II o‘tqazildi. Ichki nizolar tufayli Buxoro xonligida
sodir boTgan og‘ir vaziyatdan foydalangan Eron hukmdori shoh
Abbos bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egalladi.
Xorazm esa xonlik tasarrufidan chiqib, davlat mustaqilligini tiklab
oldi.
Pirmuhammad II Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi.
1601-yilda u bilan kelib chiqishi ashtarxoniylardan boTgan, Samarqand hokimi Boqi Muhammad o‘rtasida qonli to‘qnashuv yuz berdi. MagTub boTgan Pirmuhammadxon II oTdirildi. Shu tariqa, Abdullaxon II vafotidan atigi 3 yil o’tgach, bir asr hukmronlik qilgan
shayboniylar sulolasi barham topdi.
E
9
* 1556-yil – Abdullaxon II amalda, 1583-yilda esa rasman xonlik
taxtini egalladi.
• 1598-yil – Abdullaxon II vafot etdi.
• 1601-yil – Buxoro xonligida shayboniylar hukmronligi barham topdi.
1. Abdullaxon II ning o‘zbek davlatchiligi oldidagi xizmati nimadan
iborat?
2. Shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topishining sabablarini
tartib bilan yozing.
3. Nega Abdullaxon U ham davlatni sulola vakillari bilan bahamjihat
boshqara olmagan?
Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi
hukmronligining o‘rnatilishi
§.
7-
O zaro tchki mzolar oqibatida Jonxon ulu.
,
,, , .
x
st – Oltin O rda amalda btr nechta mustaqil xonliklarga boTinib keta boshladi. Ulardan biri XV asrning
30-yillarida Volgabo‘yi yerlarida tashkil topgan Ashtarxon (Hoji
. ,
. .
.
Ashtarxoniylar haqida
21
22.
Tarxon) xonligi edi. Hozirgi Rossiya Federatsiyasiga qarashli Astraxon
(Ashtarxon) shahri uning poytaxti boTgan. Rossiya bu xonlikni
1556-yilda bosib oldi.
Ashtarxon xonligi tugatilgach, xon xonadoniga mansub kishilar
jon saqlash uchun turli taraflardan boshpana izlashga majbur boTdilar.
Ana shulardan biri shayboniylarga amakivachcha Yormuhammadxon
xonadoni edi. Yormuhammadxon va uning xonadoni Buxoro xonligidan
boshpana topdi. U Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning
otasi) bilan yaqin munosabatda boTgan.
Iskandarxon ularni izzat-ikrom bilan kutib oldi va qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o‘g‘li Jonibek
Sultonga turmushga berdi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o‘g‘il
(Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko‘rdi. Otao‘g‘illar Buxoro xonligida yuksak mavqega erishdilar.
Shayboniylar sulolasidan taxt vorisi qolmagach, Jonibek Sulton
xonlik taxtiga eng munosib nomzod boTib qoldi. Xonlikning nufuzli
kishilari unga taxtni taklif etdilar. Lekin u o‘g‘li Din Muhammad
foydasiga taxtdan voz kechdi. Biroq bu orada Xurosonda Eron
hukmdori Shoh Abbos qo‘shini bilan yuz bergan jangda Din Muhammad halok boTdi.
Natijada, 1601-yilda Jonibek Sultonning ikkinchi o‘g‘li, Samarqand hokimi Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o‘tqazildi. Shu
tariqa Buxoro xonligi tarixida yangi sulola – ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi.
Boqi Muhammad (1601-1605) mamlakat
sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko‘p
urindi. 1602-yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim
etib tayinladi. 1603-yilda Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan
qo‘shinlarini magTubiyatga uchratdi.
1605-yilda Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad
taxtga o‘tqazildi. Biroq qabila amirlari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay,
muxolifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon
22
Markaziy boshqaruv
hokimiyatini mustahkamlash uchun kurash
23.
uyushtirganligidan xabar topgan Vali Muhammad qochih ketdi. Amirlar
taxtga Boqi Muhammadxonning o‘g‘li Imomqulixonni (1611 — 1642)
o‘tqazdilar.
Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari
uchun qozoqlar, jung‘orlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi.
1613-yilda Toshkentni qozoqlardan ozod etdi.
Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi.
Imomqulixondan keyin taxtni egallagan ukasi
Siyosiy tarqoqlikning
Nodir Muhammad (1642-1645) davrida esa
knchayishi
siyosiy tarqoqlik kuchaydi. Bunga xonning
mamlakat viloyatlarini o‘g‘illariga va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab berganligi sabab boTdi. Oqibatda, davlatchilik asoslari
zaiflashdi. 1645-yilda qozoqlar yana Movarounnahrga yurish qilib,
Xo’jandgacha yetib keldilar.
Nodir Muhammad ularga qarshi o‘g‘li Abdulaziz boshchiligidagi
katta qo‘shinni safarbar etdi. Xondan norozi boTgan bir guruh
amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e’lon qildilar va uni taxtga o‘tqazdilar. Nodir Muhammad esa Balxga hokim etib tayinlandi
(1645-1651). Nodir Muhammad toj-u taxtni qaytarib olish maqsadida
Hindiston podshohi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so‘radi. Shoh
Jahon Balx viloyatini o‘ziga bo‘ysundirish maqsadida qo‘shin yubordi.
Uning asl niyatini payqab qolgan Nodir Muhammad hind qo‘shiniga
qarshi chiqdi. Biroq u jangda yengildi va Eronga qochib ketdi. Abdulazizxon Balxni ikki yildan so‘nggina qaytarib oldi. 1649-yilda
otasi Nodir Muhammadni yana Balx hokimi etib tayinladi. Biroq
otasining Eron yordamida o‘z mavqeyini mustahkamlashga uringanligi
Abdulazizxonni tashvishga solib qo‘ydi. Endi u otasiga qarshi ukasi
Subhonqulixon yetakchiligida qo‘shin yubordi.
1651-yilda Subhonqulixon Balxni egalladi. Ayni paytda, u Balx
hokimi etib tayinlandi. Otasi Nodir Muhammad esa Makkaga hajga
borayotib yoTda vafot etdi.
Buxoro Xiva
®uxoro xonligidagi o‘zaro kurashlardan foydalangan
munosabatlari Xiva xonlarining Buxoroga talonchilik yurishlari
kuchaydi. 1655-yilda Xiva xoni Abulg‘oziy
Bahodirxon katta qo‘shin bilan yurish qilib, Buxoro atroflarini ikki
bor talon-taroj qildi.
23
24.
1681-yilda keksayib qolgan Abdulazizxon ichki ziddiyatlar va
tashqi hujumlar Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini murakkabiashtirib yuborganligi va siyosiy vaziyat izdan chiqqanligi tufayli taxtdan voz kechdi.
Abdulazizxondan keyin taxtga o‘tirgan Subhonqulixon (1681-1702)
davrida ham ahvol o‘nglanmadi. Subhonqulixon bir tomondan o‘g‘illariga qarshi, ikkinchi tomondan viloyatlardagi amir va beklaming
markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lish yo’lidagi harakatlariga qarshi
kurash olib borishga majbur bo‘ldi.
Xonlikdagi o‘zaro ichki kurashlar Xiva xonligiga qo‘l keldi. Buxoroga qarshi yurish boshlagan Xiva xoni Anushaxon ma’lum muddat
Samarqandni egalladi. Hatto o‘z nomiga xutba ham o‘qittirdi va tanga
pullar zarb ettirdi. Biroq Subhonqulixon qatag‘on urug‘idan bo‘lgan
Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva qo‘shinlarini
Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi. U Xiva hujumiga chek qo‘yish uchun Anushaxonga qarshi fitna tayyorladi. Buning natijasida
Anushaxon taxtdan tushirildi va 1688 -yilda xonlikni Buxoro tasarrufiga kiritdi.
Subhonqulixon Mahmudbiy otaliqqa Xiva xonligiga qarshi kurashida bergan yordami evaziga Balx hokimligini ham topshirdi. Xonning bu qarori ko‘plab kishilarni norozi qildi. Ichki nizolar oxir-oqibat mamlakat iqtisodiyotini chuqur tanazzulga uchratdi.
• 1601-yil — Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi
o’matildi.
■ 1688-yil – Xiva xonligi Buxoro tasarrufiga kiritildi.
1. Shayboniylar sulolasining barham topishiga nimalar sabab bo’ldi?
2. Ashtarxoniylar kimlar edilar va ular Buxoroga qanday kelib qoldilar?
3. Boqi Muhammadning Buxoro xonligi taxtini egallashi haqida nimalami bilib oldingiz?
4. Imomqulixon mamlakat mustaqilligini saqlash yo’lida qanday tadbirlar ko‘rdi?
5. Subhonqulixon davrida Buxoro-Xiva munosabatlari qanday kechdi?
24
25.
§.
8-
Buxoro xonligida markaziy
hokimiyatning zaiflashuvi
1702-yili Subhonqulixon vafot etdi. Taxtni o‘g‘li Ubaydullaxon II (1702-1711) egalladi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni
tugatishdan iborat edi. U ana shu maqsad yo‘lida goh isyonkor
qabilalarga qarshi, goh bo‘ysunmas mahalliy hukmdorlarga, goh davlat sarhadlariga bostirib kirgan ko‘chmanchilarga qarshi urush olib
borishga majbur bo‘ldi.
Dastlab u Balxni bo‘ysundirish yo‘lini izladi. Ma’lumki, Ubaydullaxon II ning otasi Subhonqulixon Balxni qatag‘on qabilasi boshlig‘i, Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliqqa alohida xizmatlari uchun
tortiq qilgan edi. Ubaydullaxon davrida Mahmudbiy Balxda hokimiyatni to‘liq o‘z qo‘liga oldi va o‘zini 1706-yilda xon deb e’lon
qildi. Bu Mahmudbiyga qarshi bir necha bor uyushtirilgan harbiy
yurishlar natija bermagach, Ubaydullaxon uning mustaqilligini tan
olishga majbur bo‘ldi.
Ubaydullaxon II o‘tkazgan islohotlar ham muvaffaqiyatsizlikka
uchradi. MaTumki, ichki va tashqi dushmanlarga qarshi tinimsiz
urushlar olib borish katta mablag‘ talab etardi, albatta. Ubaydullaxon
aholidan yig‘iladigan soliqlami 4 barobarga ko‘paytirdi. Natijada,
xalq xonavayron boTdi. Ana shunday bir sharoitda pul islohotini
ham o‘tkazdi. Xonlikda tarkibining 35 foizini kumush tashkil etuvchi
tanga pul ishlatilardi. 1708-yilda esa bu tangalaming bittasidan 4 ta
yangi tanga zarb etila boshlandi. Natijada, yangi pulning tarkibidagi
kumush miqdori 4 marta, binobarin, amalda pulning qadri ham 4
marta kamaygan boTsa-da, yangi tanga avvalgi eski tangaga qiymat
jihatdan teng deb belgilandi.
Tanga tarkibida kumush foizining kamayishi do‘kondor va hunarmandlarning keskin noroziligiga sabab boTdi. Endi ular o‘z mahsulotlarini sotmay qo‘ydilar. Savdo ishlari susaydi va oqibatda, mamlakat iqtisodiy hayoti inqirozga yuz tutdi.
OgTr ahvolga chiday olmagan xalq qo‘zg‘olon ko‘tardi, biroq
qo‘zg‘olon shafqatsizlarcha bostirildi.
Ubaydullaxon markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida hatto
o‘sha davrning eng ta’sirchan kuchi – yirik yer egalari hamda Jo‘ybor shayxlarining ta’sirini kamaytirishga ham urindi. Ubaydullaxon
25
Buxoro xonligi
Ubaydnllaxon II
davrida
26.
ularni soliq to‘lamaslik imtiyozidan mahrum etdi. Natijada, ular
Ubaydullaxonning eng xatarli dushmaniga aylandilar.
Ayni paytda, Ubaydullaxon tanhodorlami o‘z mulkidan keladigan
daromadlaridan mahrum etdi, soliq va majburiyatlar miqdorini ko‘paytirdi.
Bunday keskin o‘zgarishlarga toqat qila olmagan qudratli kuchlar
Ubaydullaxonga qarshi fitna tayyorlay boshladilar. 1709-yilda Farg‘ona vodiysining Buxoro xonligidan ajralib chiqishi esa siyosiy ahvolni yanada murakkablashtirdi. Va nihoyat, fitnachilar 1711-yilda
Ubaydullaxonni o‘ldirdilar. Taxtga fitna ishtirokchisi, Ubaydullaxonning
ukasi Abulfayzxon o’tqazildi.
Ubaydullaxon tariximizda mahalliy hokimlaming o‘zboshimchaligiga
chek qo‘yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan
so‘nggi ashtarxoniy hukmdor sifatida nom qoldirdi.
Taxtga o‘tqazilgan Abulfayzxon kundan kunmamlakat hayotida nufuzi kuchayib bolikning yanada
rayotgan amirlar va zodagonlar qo‘lidagi bir
kuchayishi
qo‘g‘irchoqqa aylandi. Uning farmonlari saroy ostonasidan nariga o‘tmaydigan bo‘lib qoldi.
Xon hokimiyatining bu darajaga tushib qolishiga xonlikning muntazam qo’shinga ega bo’lmaganligi ham sabab bo‘ldi. Muntazam
qo‘shin tuzishga va uni saqlashga esa mablag‘ yetishmasdi. Bunga
esa xonlik iqtisodiyotining nochorligi sabab bo‘ldi.
Abulfayzxon davrida o‘zbeklarning mang‘it qabilasidan chiqqan
Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo‘lib oldi. U barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig‘i deb tan olindi. Bu boshqa qabilalar
aslzodalarining qat’iy noroziligiga sabab bo‘ldi. Natijada, Shahrisabz
hokimi, kenagas qabilasidan chiqqan Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol
hokimlari bilan til biriktirib, Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti
Samarqand bo‘lgan davlat tuzishga qaror qildi. 1723-yilda Samarqandni
egallab, kuyovi Rajab Sultonni taxtga o‘tqazdi. Ibrohimbiy o‘ziga
„amir ul-umaro“ („ulug‘ amir“) unvonini oldi.
Ibrohimbiyning navbatdagi maqsadi Buxoro taxtini egallash, Rajab
Sultonni Buxoro taxtiga o‘tqazish hamda shu yo‘l bilan xonlikning
eng nufuzli kishisi bo‘lib olish edi. Abulfayzxon siyosatidan norozi
bo‘lgan amirlar Ibrohimbiyga qo‘shildilar. Ibrohimbiy Buxoroga yurish
boshladi. U va Rajab Sultonlar ularga qo‘shilganlarga g‘alabadan
26
27.
so‘ng juda katta boylik va amal va’da qildilar. Jangda Muhatnmad
Hakimbiy otaliq boshchiligidagi Buxoro qo‘shinlari mag‘lubiyatga
uchragan bo‘lsa-da. Rajab Sulton Buxoro shahrini egallay olmadi.
Ibrohimbiy va Rajab Sulton oqibatini chuqur o‘ylab ko‘rmasdan,
o‘z maqsadlariga erishish maqsadida, ko‘chmanchi qozoqlardan yordam so‘radilar. Ularga katta o‘ljalar va’da qildilar.
Jung‘or ko‘chmanchilarining bosqinidan katta talafot ko‘rgan,
talangan hamda ocharchilikka duchor etilgan qozoqlar bu taklifga
rozi bo‘ldilar. Biroq mamlakatga kirib kelgan qozoqlar talon-tarojni
avj oldirdilar. Na Buxoroda, na Samarqandda ularni to‘xtatishga
qodir kuch topilmadi. Bunday sharoitda ichki nizolar yanada avj
oldi. Aholining Abulfayzxondan noroziligi kuchayib ketdi. Nihoyat,
Abulfayzxon yaqinlarining talabi bilan Muhammad Hakimbiyni Buxorodan chiqarib yuborishga qaror qildi. Hakimbiy Qarshiga hokim
etib tayinlandi. Biroq u qulay fiirsat tug‘ilishi bilanoq, Buxoroda hokimiyatni yana o‘z qo‘liga olish niyatidan qaytmadi.
Abulfayzxon esa vaqtini ko‘ngilxushlik ishlariga sarflab, davlat
ishlarini deyarli nazorat qilmay qo‘ydi. Samarqand, Qarshi, Balx,
Farg‘ona va Badaxshon amalda mustaqil bo‘lib oldilar.
Parokandalik – mamlakat viloyatlarining markaziy hokimiyatga bo‘y-
sunmasligi, siyosiy tarqoqlik.
1708- yil – Ubaydullaxon II pul islohoti o‘tkazdi.
1709- yil – Farg’ona vodiysi Buxoro tarkibidan ajralib chiqdi.
1711-yil – Ubaydullaxon II fitna qurboni bo‘ldi.
1.
2.
3.
4.
Markaziy hokimiyat zaiflashuvining asosida doimo nima yotgan?
Nega Ubaydullaxon II o’tkazgan pul islohoti natija bermadi?
Nega Ubaydullaxon II fitna qurboni bo‘ldi?
Mang‘it qabilasi sardori Muhammad Hakimbiy hokimiyatining kuchayib ketishiga qanday omillar sabab bo‘ldi?
Shayboniylar va ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligidagi ichki
siyosiy holatni taqqoslang. Xulosalaringizni daftaringizda qayd
eting.
27
28.
§.
9-
Buxoro xonligida davlat boshqaruvi
Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan
davlat hududining chegarasi har doim ham
muqim bo‘lmagan. Xususan, Shayboniyxon
hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga
Movarounnahrdan tashqari Xorazm va Xuroson hududlari ham kirgan.
Uning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo’ldan chiqdi. Xurosonning
katta qismi esa Eron safaviylari tomonidan egallab olindi.
Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi
yana kengaydi. Chunonchi, Xorazm va Xuroson yana Buxoro xonligiga
bo‘ysundirildi. Uning vafotidan so‘ng esa Eron Xuroson hududini
bo‘ysundirgan bo‘lsa, Xorazm yana mustaqil davlatga aylandi.
XVI asr boshlarida Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida
Movarounnahr va Xorazmga 500-600 ming Dashti Qipchoq o‘zbeklari
kirib kelgan.
XVI asr boshlarida xonlik aholisi ko‘chib kelgan o’zbeklardan
tashqari „turk chig‘atoy“ va tojiklardan iborat bo‘lgan. Manbalarda
XVII asr oxirlarida esa o‘zbek va tojiklardan iboratligi qayd etilgan.
Markaziy boshqaruv
Buxoro
ma’muriy jihatdan viloyatlar
va tumanlarga bo‘lindi. Xonlikda oliy davlat idorasi temuriylar davridagidek dargoh, ijro etuvchi hokimiyat
esa avvalgidek devon (vazirlik) deb atalishda davom etdi. Unga devonbegi (Bosh vazir) rahbarlik qildi.
Devonbegi, ayni paytda, davlatning moliya va xo‘jalik ishlarini
ham boshqarardi. Biroq shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga dargohdagi mansablar
mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi.
Yana bir katta davlat mansabi – otaliq edi. Xon siyosatining
viloyatlardagi ta’siri otaliq mansabiga tayinlanganlaming nufuzi bilan
belgilangan. Xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlab berar ekan,
ularga ustoz, rahnamo etib o‘z nazoratchisini, ishongan kishisini tayinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb atalgan. Bu
nom otaliq qiluvchi, otasining o‘mini bosuvchi ma’nolarini anglatgan.
Yana bir davlat mansabi – parvonachi deb atalgan. Uning vazifasi
xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul shaxslarga, ijrochilarga
yetkazishdan iborat bo‘lgan.
28
Xonlik hududi,
geografik joylashuvi
va aholisi
29.
Dodxoh mansabida ishlagan amaldor esa dargohga tushgan arizalarni qabul qilgan va ularga javob qaytargan. Shuningdek, dodxoh
mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini ham nazorat qilib
borgan.
Eng muhim davlat mansablaridan yana biri – ko’kaldosh mansabi edi. Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina tayinlangan. Ko‘kaldosh xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o‘rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan.
Bugungi kun voqeligi bilan aytganda, ko‘kaldosh davlat xavfsizlik
xizmati idorasi rahbari bo‘lgan. U nafaqat oddiy kishilarning, balki
davlat amaldorlarining va hatto valiahdlarning ham hukmdorga nisbatan qiladigan munosabatiga javobgar bo‘lgan.
Xon va shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar masalasi bilan xon
yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug‘ullangan.
Xonlikda eshikog’aboshi lavozimi ham muhim sanalgan. Chunki
bu mansabga tayinlangan shaxs dargoh x
:ligi va unda o‘rnatilgan
tartibga rioya qilinishi uchun
I
Katta mavqega ega bo’lgan shayxulislom lavozimini egallagan
shaxs shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan.
Qozikalon (Bosh qozi) esa barcha bosqichlardagi sudlov ishlariga
boshchilik qilgan.
Muhtasib (rais) lavozimni egallagan shaxs esa mamlakatda jamoat
tartibining saqlanishi, diniy marosim va amallarga rioya etilishi, bozorlarda narx-navo va tarozilaming to‘g‘riligi uchun mas’ul bo‘lgan.
Mehtar lavozimiga tayinlangan mansabdor esa zakot va boshqa
tushumlaming zarur o‘rinlarda ishlatilishini nazorat qilardi.
Xonlikda davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da, naqib unvoniga sazovor bo‘lgan shaxsning xon saroyida nufuzi baland edi.
Chunonchi, u xonning yaqin va ishonchli kishisi sanalgan. Ayni
paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning maslahatchisi ham hisoblangan. Zarur bo‘lganda elchilik vazifasini ham
bajargan.
Avvalgi mavzularda aytilganidek, shayboniylarning davlat boshqaruvida dastlab an’anaviylik saqlandi. Oliy hukmdorlik, ya’ni xonlik
otadan bolaga emas, balki sulolaning yoshi eng katta vakiliga o‘tgan. Xususan, Muhammad Shayboniyxondan keyin taxtga o‘tirgan
29
30.
Ko‘chkunchixon Shayboniyxonning farzandi emas, amakisi bo‘lganligini bilib olgan edingiz. U shayboniylarning yoshi eng kattasi
bo‘lganligi uchun taxtni egalladi. Ikkinchi yoshi katta – shayboniy
Ko‘chkunchixonning ukasi Suyunchxo‘ja valiahd etib tayinlandi. Biroq u Ko‘chkunchixondan avval vafot etganligi uchun xonlik taxtini
egallash unga nasib etmadi. Biroq XVI asming 40-yillaridan boshlab
o‘zaro nizolar oqibatida bu an:ana buzildi. Endi taxt otadan bolaga
meros bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.
Mahalliy boshqaruv Yuqorida ta’kidlanganidek, shayboniylar davrida xonlik viloyat va tumanlarga bo‘lingan.
Viloyatlar, asosan, sulola namoyandalari orasidan tayinlangan hokimlar
tomonidan boshqarilgan. Hokimlar ham markazdagidek o‘zlarining
boshqaruv mahkamasini tuzishgan.
Keyinchalik, markaziy hokimiyat zaiflashgach, ayrim qudratli qabila boshliqlari – amzrlar ham shu mansabga tayinlangan. Tumanlarni
tuman hokimiari boshqargan. Boshqaruvning eng quyi tizimi amlok
deb atalgan (ya’ni bir nechta katta-kichik qishloqdan iborat boshqaruv
tuzilmasi). Amloklarni tuman hokimi tomonidan tayinlangan shaxs amlokdor boshqargan.
Amlok boshqaruvi ma’muriyati amlokdor, mirzo (kotib), mirob
(suv taqsimlovchi), amin (soliq yig‘uvchi) va oqsoqol (har bir qishloqning boshlig‘i)dan iborat bo‘lgan.
Ashtarxoniylar davrida davlat boshqaruvi
.davlat
, . .boshqaruvidagi
., .
o‘z tuzilishi,’ mohiyati
iihatidan shayboniyJ
J
J
J
ayrim o‘zgarishlar
davridagidan deyarli farq qilgan bo‘lsa-da, ayrim o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Chunonchi, shayboniylar davrida otaliq lavozimidagi shaxs xondan
keyingi o‘rinda turuvchi devonbegi lavozimidagi shaxs martabasiga
tenglashtirildi. Bora-bora u amirlar amiriga aylandi. Shuningdek, ashtarxoniylar davrida saroy qutvoli davlat lavozimi joriy etildi. U davlat
mablag’i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, qal’a devorlari va
imoratlarni ta’mirlash, shuningdek, obodonchilik ishlarini boshqarardi.
Shuningdek, ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod
bo‘ldi. Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qoldi. Natijada, devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan
chiqardi. Bu esa, o‘z navbatida, viloyatlarda butun hokimiyat viloyat
30
31.
hokimlari va ulami qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo’lida to‘planib qolishiga olib keldi. Bu omil ashtarxoniylar davrida markaziy
hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi.
1. „Davlat va huquq asoslari“ fanidan olgan bilimlaringizga tayanib
davlat tushunchasiga izoh bering.
2. Xonliklarda markaziy hokimiyatning zaiflashuviga yo‘l ochilmasligi
uchun nimalar qilinmasligi kerak edi?
3. Buxoro xonligida mavjud boTgan asosiy davlat lavozimlari haqida
nimalarni bilib oldingiz?
4. Sizningcha, bobolarimiz davlat boshqaruvida joriy etgan davlat lavozimlarining qaysi biridan hozir ham foydalanish mumkin?
\ Bugungi kunda O’zbekistonda davlat boshqaruvining eng quyi organi qanday nom bilan atalishini va qanday shakllantirilishini aniqlab keling.
10- §. Buxoro xonligid
ish
Ma’lumki, har qaysi davlatning siyosiy nufuzi ko‘p jihatdan qo‘shinining qudratiga
bog‘liq ekanligi tarix isbotlagan haqiqatlardan biridir. Shuning uchun
shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘lganlar. Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurolyarog‘larning barcha turidan mohirona foydalana olgan.
Qo‘shin tarkibiga ko‘ra, asosan, otliq va piyoda askarlardaa. iborat
edi. Tuzilishiga ko‘ra, qalb, o‘ng va chap qanot, manglay (avangard),
ilg’or, manglay qorovul, tug’chi, hirovul kabi qismlarga bo‘lingan.
Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli
va tartibli bo‘lgan. Qo‘shinning asosini o‘ng qanot (barong’or) va
chap qanot (javong’or), hamda hirovul (orqa qism) bo‘linmalaridan
iborat qalb, ya’ni markaziy qism tashkil etgan. Qo‘shin harbiy yurish boshlagan vaqtda uning oldida ilg‘or deb ataluvchi qism borgan.
Uning vazifasi yo‘lning xavfsizligini, pistirma qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini aniqlash edi. Ilg‘ordan so‘ng manglay (avangard) borgan. Unga
qalbni dushmanning bexosdan qilinadigan hujumidan saqlash yuklatilgan. Qo‘shinning qorovul qismi umumiy qo‘shinni qo’riqlab borgan.
Katta va kichik g’ullar esa maxsus qism bo‘lib, Oliy bosh qo‘mondon (xon) va sarkardalarni himoya qilgan. Chanoh esa qo‘shinning
o‘ng va chap qanotlarini qo‘riqlovchi maxsus qism edi. Barcha qism31
Xonlik qo‘shinining
tnzilishi
32.
lar o‘rtasida maxsus choparlik xizmati tashkil etilgan. Bu xizmat Oliy
bosh qo‘mondonning buyruq va ko’rsatmalarini sarkardalarga yetkazib
turardi.
Qo‘shin tarkibida tug’chi qism ham bo‘lib, u davlat bayrog‘ini
qo‘riqlagan. Bundan tashqari, zabongiri (dushman tomonidan asir olib
keluvchi) hamda xabargiri (razvedka) deb ataluvchi maxsus bo‘linmalar ham bo‘lgan. Ba’zan vaziyat taqozo etganida bu maxsus xizmatlar qo‘shinning ilg‘or yoki qorovul qismi tomonidan ham amalga oshirilgan. Harbiy harakat vaqtida Oliy bosh qo‘mondon uchun
maxsus rasmiy qabul marosimi o‘tkazadigan joy – borgoh ham tayyorlangan. Borgoh xonning maxsus saralangan bo‘linmasi tomonidan
qo‘riqlangan.
Xon qo‘shinning Oliy bosh qo‘mondoni edi.
Qo‘shinning boshqaQo‘shinning o‘ng va chap qanotlari hamda
rilishi, harbiy
qalb shayboniy sultonlar va shahzodalarga
mansablar
topshirilgan. Chunonchi, 1512-yilda G‘ijduvonda shayboniylar bilan safaviylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jangda
shayboniylar qo‘shinining qalb qismiga Ubaydullo Sulton, o‘ng qanotga Shayboniyxonning o‘g‘li Muhammad Temur, chap qanotga
Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abu Said Sultonlar qo‘mondonlik qilishdi.
Qo‘shinda tavochi mansabiga tayinlangan amaldor harbiy askarlarni to‘plash, ularni harbiy yurishga tayyorlash masalasi bilan shug‘ullangan. Shuningdek, u qo‘shinning moddiy ta’minoti uchun ham
mas’ul bo‘lgan.
Jevachi mansabida xizmat qilgan amaldor esa qo‘shinni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash masalasi bilan shug‘ullangan. Ayni paytda, u
xonning qurol-yarog‘i uchun ham javobgar bo‘lgan.
Oliy bosh qo‘mondon va sarkardalarning alohida topshiriqlari yasovul deb ataluvchi zobit tomonidan bajarilgan.
Xon qurchi tomonidan qo‘riqlangan. Yalovbardor esa davlat bayrog‘ini ko‘tarib borgan.
Qo‘rxona boshlig’i lavozimida xizmat qilgan harbiy esa harbiy
qurolsozlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan. An’anaga ko‘ra, qo‘shin askarlar soniga qarab bo‘lingan. Ularga o‘nboshi, ellikboshi, yuzboshi
va mingboshilar boshchilik qilishgan.
32
33.
Qo‘shin o’q va yoy, nayza, bolta, qilich, qalqon,
cho’qmor kabi qurollar bilan qurollantirilgan.
O‘q va yoy asosiy qurol edi. Ular hujum paytida ham, shahar yoki
qal’a mudofaasida ham ishonchni to‘la oqlagan.
Yoy (kamon) o‘qi joylashtirib qo‘yiladigan moslama sadoq deb
atalgan. Askarning o‘zini o‘zi himoya qila olishida sovut va dubulg’a
muhim rol o‘ynagan.
Tofang (miltiq) bilan qurollantirilgan guruh tofandoz deb atalgan. Qo‘shinda to‘fangni doimiy ravishda qo‘llash XVI asrning o‘rtalaridan boshlandi. Bu davr to‘fanglarining stvoli misdan tayyorlangan
edi. Keyinchalik ular Usmonli davlatining stvoli temirdan yasalgan
to‘fanglari bilan almashtirildi. Biroq butun XVII asrda ham o‘q-yoy
otliq askar uchun asosiy qurol bo‘lib qolaverdi. Harbiy yurish chog‘larida otlarni o’qlardan himoya qilish uchun otlar ustiga kejim deb
ataluvchi maxsus yopinchiq yopishgan. Bunday yopinchiq Yevropadan
ham olib kelingan.
Harbiy harakatlarda naftandoz (neftni yondirib otuvchi) va manjanaq (tosh otuvchi) qurollar, asosan, shahar yoki qaPalarni qamal
qilishda, shuningdek, dushman qo‘shinining safini to‘zg‘itib yuborishda qo‘llanilgan.
Manbalarda qayd etilishicha, xonlik qo‘shinida zambarak\ax ham
bo‘lgan. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida xonlikning iqtisodiy taraqqiyoti tobora pasayib bordi. Buning asosiy sababi markaziy hokimiyatning nihoyatda kuchsiz bo‘lib qolishi natijasida siyosiy parokandalik yuz berganligi edi. Iqtisodiy tanazzul oqibatida ashtarxoniylar
davrida xonlik muntazam qo‘shin saqlay olmadi.
_
.
t.
1. Qo’shin turlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Qo’shinda xizmat qilgan tug‘chi, yalovbardor, tavochi, yasovul va
jevachi mansabidagi harbiylar qanday ishlar uchun mas’ul bo‘lishgan?
3. Qo‘shin qurol-yarog‘larning qanday turlari bilan qurollantirilgan?
Maktabingizdagi „Chaqiriqqacha bo’lgan boshlang’ich tayyorgarlik”
o’qituvchisi yordamida bugungi 0‘zbekiston armiyasi qanday tarkibiy qismlardan tashkil topganligini aniqlab keling!
3-O‘zbekiston tarixi, 8-sinf
33
34.
11- §. Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Shayboniylar Movarounnahrga yangi ishlab chiqarish munosabatlarini olib kelgani yo‘q. Aksincha, temuriylar davrida shakllangan ijtimoiy munosabatlami qabul qildilar va unga moslashdilar.
Xonlikda barcha yerlar davlat mulki edi. Bu mulk mamlakai podshoh yoki mamlakai sulton deb atalgan. Yemi tasarruf etish xonning
ixtiyorida edi. Xon davlat yerlarini mulki xos, mulki xolis (mulki
hur), mulk va vaqf yerlari shaklida taqsimlagan.
Bevosita shaxsan xonning o‘ziga tegishli yerlar mulki xos deb
atalgan. Bu yerdan olingan daromad xonning xarajatlariga hamda
vaqflarga xayr-ehson uchun sarflangan.
Mulki xolis davlatdan yer sotib olish orqali qaror topgan. Biroq
bu oson emas edi. Chunki shartga ko‘ra, davlatdan yer sotib olgan
kishi shu yeming 2/3 qismini davlat ixtiyorida qoldirgan. O‘ziga qolgan 1/3 qism yer uning mulki hisoblangan va davlatga soliq to‘lashdan ozod etilgan.
Mulk yer esa suyurg’ol va tanho shaklida belgilangan. Chunonchi,
Muhammad Shayboniyxon temuriylarga, temuriylar davri amaldorlariga
qarashli barcha yerlarni musodara qildi. Ularni faqat o‘z sulolasi vakillariga bo‘lib berdi.
Yer egaligining suyurg’ol shakli dastlab xonga uning egalarini
itoatda tutib turishning kuchli vositasi bo’lib xizmat qildi. Muhammad
Shayboniyxon istagan vaqtda viloyat hokimlarining o‘mini almashtira
olardi. Markaziy hokimiyatga ozgina itoatsizlik qilgan suyurg’ol egasini bunday huquqdan mahrum qilardi. Vaqtlar o’tishi bilan suyurg‘olning otadan bolaga meros bo‘lib o’tishi belgilandi.
1512-yilda shayboniylar Movarounnahrni ikkinchi marta egallagach,
shayboniy sultonlar mamlakat viloyatlarini qayta taqsimlashni shayboniylarning eng nufuzli vakili Jonibek Sultonga topshirdilar. Uning
ra’yiga ko‘ra, Samarqand Ko‘chkunchixonga, Toshkent viloyati Suyunchxo‘jaga, Buxoro va uning atroflari Ubaydulla Sultonga meros
mulk qilib berildi. Miyonqol viloyati Jonibek Sultonning o‘ziga tegdi.
Hududlarning yaqin qarindoshlariga boTib berilishi mamlakatda
yagona sulola oila hukmronligini ta’minladi. Yurt egalari o‘z huduYer egaligi
munosabatlari
34
35.
didagi qo‘shinga ham qo‘mondonlik qilardilar. Binobarin, qo‘shin
ham, oliy harbiy lavozimlar ham sulola vakillari qo‘lida to‘plandi.
Lekin suyurg‘ol mulklar bora-bora markaziy hokimiyatdan mustaqil
bo‘lishga intiluvchi kuchlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Vaqtlar
o’tishi bilan esa ular xonga ham bo‘ysunmay qo’ydilar. Shayboniylar
davrida mulk egaligining ikkinchi shakli – tanho ham qaror topdi.
Shayboniylargacha mavjud bo‘lgan yer egaligining iqto turi yangicha
nom — tanho (tanaxo) nomi bilan saqlab qolindi. U davlat arboblariga,
harbiylarga, shuningdek, kichik davlat amaldorlariga davlat oldidagi
sodiq xizmatlari uchun berildi.
Tanho yer olganlar tanhodorlar deb atalgan. Tanhoning hajmi,
tanhodoming xizmatiga yarasha bir necha xonadondan yoki bir necha
qishloqdan iborat boTgan. Tanhoga faqat ekin ekiladigan yer emas,
balki tanho hududida joylashgan tegirmon va moyjuvozlardan keladigan daromadlar ham qo‘shib berilgan. Shu tariqa, yer egalarining
yangi qatlami shakllandi. Biroq tanho tanhodorning xususiy mulki
hisoblanmagan. Tanhodor davlat xizmatidan ketganida yoki vafot etganida tanho yerlari boshqa davlat xizmatchisiga berilgan.
,
.
Shayboniylar davrida vaqf yer-mulkining
hajmi tobora ortib bordi.
Yerlaming turli shakllarga boTinishi bevosita davlat xazinasiga tushadigan soliq daromadlarining kamayishiga
olib kela boshladi. Soliq tushumining kamayishi shayboniylami qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish uchun qator chora-tadbirlar ko‘rishga majbur
qildi. Soliqlar ogTrligidan va mulkdorlar jabr-zulmidan, shuningdek,
mamlakat ichkarisidagi notinchlikdan o‘zlari yashab kelgan joylardan
qochib ketgan dehqonlar va mayda yer-mulk egalari topib kelindi
hamda yerlari qaytarib berildi. Yemi ishlab chiqarishga kiritishda
ularga davlat tomonidan yordam berildi.
Muhammad Shayboniyxon xonlik iqtisodiyotini tartibga solish va
savdoni rivojlantirish maqsadida 1507-yilda pul islohoti ham o‘tkazdi. Unga ko‘ra, to shu vaqtgacha muomalada boTgan turli oTcham va og‘irlikdagi tangalar o‘rniga vazni bir xil – 5,2 gramm
boTgan yangi kumush va mis tanga zarb qilindi. Temuriylar davrida
bitta kumush tanganing ogTrligi 4,8 gramm boTib, uning qiymati
oltita mis tangaga teng edi. Islohotdan keyin 5,2 grammli kumush
tanganing qiymati 24 ta mis tangaga teng boTdi. Bu islohot, ayni
35
36.
Mis tanga. XVI asr
paytda, dehqonlarning soliq to’lash imkoniyatini oshirishga, davlat
mulkini ko‘paytirishga xizmat qildi.
Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan bu va boshqa tadbirlar,
o‘z mohiyatiga ko‘ra, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga xizmat
qildi.
Shayboniy Abdullaxon II o‘tkazgan pul islohoti ham Buxoro
xonligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. U mazkur islohotni
o‘tkazishda kumush narxining ko‘tarilganini hisobga oldi. Islohotga
ko‘ra, yangi kumush tanganing qiymati 30 ta, eskisi esa 27 ta mis
tangaga tenglashtirildi. Abdullaxon II ning pul islohoti tufayli kumush
tanga ko‘p miqdorda chiqarildi. Natijada, narxi ko‘tarilgan kumushning
ko‘plab miqdorda boshqa davlatlarga chiqib ketishiga chek qo‘yildi. U
oltin pul zarb etishni ham yo‘lga qo‘ydi va uning tarkibiga qiymati
past bo‘lgan boshqa ma’danlar aralashtirilmasligini qattiq nazorat ostiga oldi. Bu pullar xonlikning butim hududida muomalaga kirdi. Bu
islohot, o‘z navbatida, hokimiyatning markazlashuviga, xazinaga katta
daromad tushishiga olib keldi. Shuningdek, ichki va tashqi savdo-sotiq yanada rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Iqtisodiy hayot
Shayboniylar davrida ham dehqonchilik iqtisodning yetakchi tarmog‘i bo‘lib qolaverdi. Uning
rivojlanishi sun’iy sug‘orish bilan bog‘liq muammolarning qanchalik muvaffaqiyatli hal etilishiga bog‘liq edi. Shuning uchun ham
bu masalaga jiddiy e’tibor bilan qaraldi. Sulola vakillari Sangzor,
Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg‘ob daryolari imkoniyatlaridan unumli foydalanish choralarini ko‘rdilar.
Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati yerlarini sug‘orish
uchun 10 dan ortiq kanallar qazildi. Sun’iy sug’orish ishlari, ayniqsa,
Abdullaxon II davrida keng rivojlandi. Masalan, 1556—1585-yillar
oralig‘ida Zarafshon daryosida qator suv ayirg‘ichlari, ko‘plab suv
omborlari bunyod etildi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Bek36
37.
Zarafshon daryosida qurilgan ko‘prik – suv ayirg’ich
larsoy darasida joylashgan qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o‘rnida ulkan
to‘g‘on – Abdullaxon bandi qurildi. Uning ravoqlarini to‘g‘on tepasida turib ocbish yoki berkitish mumkin edi. Abdullaxon bandiga
1 million 200 ming kub metr suv to‘plangan.
Abdullaxon II karvon yo‘llarini qayta tiklash, sardobalar, bozorlar,
karvonsaroylar qurish va ta’mirlash masalasiga ham alohida e’tibor
berdi. Xususan, 1577-yilda Buxoroda yirik, usti berk bozor – tim
qurildi. Bu inshoot Abdullaxon timi deb ataladigan bo‘ldi.
Abdullaxon timi
37
38.
Xonlikda asosiy soliq sug onladigan yerdan
..
,.
. .
,?
°
, .
__
ohnadigan xiroj edt. U daromadnmg 30
foizdan 40 foizgachasini tashkil qilardi. Davlat muassasalari, qo‘shin
va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadigan soliq ixrojot
deb atalardi. Aholi mol-mulkidan olinadigan soliq – zakot, hukmdor
uchun yig’iladigan maxsus soliq – zobitona, harbiy soliq – madadi lashkar deb nomlangan edi. Davlat pulga muhtoj bo‘lganida favqulodda soliqlar ham joriy etilgan.
Aholiga davlat oldida o‘tashi shart bo‘lgan yasoq deb ataluvchi
mehnat majburiyati ham yuklatilgan. Bu majburiyat aholini kanallar,
zovurlar qazishga, yo‘l va ko‘priklar qurishga, yem-xashak tayyorlashga jalb etishni nazarda tutgan. O‘zaro urushlar ko‘payib ketgan
yillari soliqlar bir necha yil uchun oldindan olinardi. Og‘ir yillarda
aholiga hatto jizya – jon boshi solig‘i solinardi.
„
.
„
Soliq va maiburiyatlar
1. Buxoro xonligida yer egaligining qanday turlari bo’lgan va ular
qanday shakllantirilgan?
2. Mulki xolis qanday tartibda shakllantirildi?
3. Suyurg‘ol yer egaligining salbiy oqibatlari haqida nimalarni bilib
oldingiz?
4. Shayboniyxon va Abdullaxon II o‘tkazgan pul islohotlarini bir-biri
bilan taqqoslang va xulosalaringizni bayon eting.
5. Buxoro xonligida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun amalga
oshirilgan ishlarni qayd eting.
Quyidagi savollarga javob topib keling:
1. O‘zbekiston Respublikasida pul islohoti qachon o’tkazildi?
2. Avvalgi zamonlarda bo’lganidek, hozirgi kunda ham hamma yer
davlat mulki. 0‘zbekistcnda shu mulkdan hozirgi kunda qanday
shakllarda foydalanilmoqda?
12- §. Buxoro xonligining tashqi siyosati
Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabati XVI asrning ikkinchi yarmidan rivojlana bordi. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini
yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali o‘z davlatining siyosiy
ahvolini mustahkamlashga ham erishmoqchi edi. Chunki podsho Ivan
38
Buxoro xonligi va Rossiya
39.
Grozniy davrida Rossiyaning mavqeyi ko‘tarildi. Xususan, Qozon xonligi (1552-yil), Hojitarxon xonligi (1556), Volga bo‘ylari va G‘arbiy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib
olindi. Bu hol Rossiyaga savdo yo‘llarini nazorat qilish imkonini berdi.
Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq
ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kelgan savdogarlar uchun ancha qulay edi.
Ularga eng yaqin qo‘shni mamlakat Rossiya
bo‘lib qolgandi. Qolaversa, qozon tatarlari,
orenburgliklar va boshqirdlar bilan din va til
yaqinligi ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1557-1558-yillarda Buxoro xonligidan MosIvan Grozniy
kvaga elchi yuborildi.
Ayni paytda, Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor edi. Bu manfaatdorlik avvalo xonliklarning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligida edi.
Ikkinchidan esa, Rossiya O‘rta Osiyo orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lardi.
Bu o‘rinda, birinchi navbatda, Hindistonga chiqish maqsadi hisobga
olindi. 1555-yilda Moskvada ingliz-rus iqtisodiy aloqalari rivojiga
xizmat qiluvchi „Moskva kompaniyasi“ tashkil etildi. 1558-yilda
kompaniya Rossiya orqali Sharqqa yo‘l ochish uchun o‘z elchisi
Antoniy Jenkinsonni Buxoroga yubordi. Elchi Abdullaxon II tomonidan
qabul qilindi. Antoniy Jenkinson elchiligi natijasida Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasida yaxshi savdo va diplomatik aloqalar yo‘lga
qo‘yildi.
Rossiya bilan Buxoro munosabatlarida Ashtarxon (Astraxon) orqali Buxoro xonligi fuqarolarining Makka shahriga Haj safariga borishi masalasi ham muhim o‘rin tutgan. Chunki Xuroson orqali haj
safariga borishdagi eng qulay yo‘l Eron safaviylari nazoratiga o‘tib
qolgan edi. Haj safariga Ashtarxon orqali borish masalasini hal qilish borasida Buxoro xonligi Usmonli davlati bilan birgalikda harakat
qilishga qaror qildi. Bu bejiz emas edi. Chunki Usmonli davlati sultonlari musulmon olamining xalifasi hisoblanar edi.
XVI asrda yevropaliklar tomonidan dengiz savdo yo‘lining ochilishi Buyuk ipak yo‘lining ahamiyatini pasaytirdi. Shu tufayli Usmonli
39
40.
davlati hech ho‘lmaganda Ashtarxon yo‘lini o‘z nazoratida saqlab qolishdan manfaatdor edi. Shuning uchun oxir-oqibat Rossiyaga qarshi
harbiy harakat boshlashga qaror qildi. Tabiiyki, Usmonli sultoni buni
Haj safari yoTini ochish uchun harakat deb eTon qildi.
1569-yilda Rossiya – Usmonli davlati o‘rtasida urush boshlandi.
Urushda Usmonli davlati yengildi. Shunday boTsa-da, sulton Rossiyadan Haj safari yoTini ochib qo‘yish talabini davom ettirdi. Oxiroqibat Rossiya 1572-yilda sultonning talabini qondirdi.
Rossiya — Buxoro manfaatlari Sibirda ham to‘qnashdi. Zero, Janubi-g‘arbiy Sibir shaybon ulusi tarkibiga kirgan.
1563-yilda Abdullaxon II ning harbiy yordami bilan Shayboniy
Ko‘chimxon Sibir xonligi taxtini egalladi.
1581-yilda Rossiya Sibir xonligiga qarshi Yermak boshchiligida
qo‘shin yubordi. Dastlab u g‘alaba qozonsa-da, 1584-yilda magTubiyatga uchrab halok boTdi. Abdullaxon II o‘z davlatidagi ichki
ziddiyatlami bartaraf etish va harbiy yurishlar bilan band boTganligi
uchun keyinchalik Ko‘chimxonga yordam bera olmadi. Shunday bo‘1sa-da, u Ko‘chimxonga yuborgan xatida o‘zaro ichki ziddiyatlami va
kurashlami tugatish orqali xonlikni halokatdan saqlab qolish mumkinligini uqtirdi. Shundan so‘ng Rossiya bosib olgan hududlami
qaytarib olish lozimligini ta’kidladi. Biroq 1598-yilda Rossiya va
Sibir xonligi o‘rtasidagi hal qiluvchi jangda ms qo‘shini g‘alaba qozondi.
1598-yilda Abdullaxon II va Ko‘chimxon vafot etgach, Buxoro
xonligining Sibirdagi siyosiy ta’siri butunlay yo‘qqa chiqdi. Lekin
savdo-sotiq ishlari davom etaverdi.
XVII asrda Rossiyada markazlashgan davlat tarkib topa boshladi.
Asr oxiriga kelganda Rossiya Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga
aylandi. Butunrossiya bozori shakllandi. Bu omillar Rossiyaning O‘rta
Osiyo xonliklari bilan savdo munosabatlarini yanada rivojlantirishni
hayotiy zaruriyatga aylantirib qo‘ydi. Natijada, Rossiya 1620-yildan
1675-yilgacha o‘tgan davrda xonliklarga 4 marta elchilarini yubordi.
XVII asrda O‘rta Osiyo va Rossiya o‘rtasida savdoda tovar ayirboshlash 100 ming mblni tashkil etdi.
Rossiya elchilari Buxoro xonligi bilan faqat savdo aloqalarini kengaytirish masalalarini hal etibgina qolmadilar. Xususan, 1620-yilda
Buxoroga yuborilgan Rossiya elchisi I.D.Xoxlovga Buxoro xonligining
tashqi siyosiy ahvoli to‘g‘risida maTumot to‘plash, Rossiyaning
40
41.
kuch-qudratiga xonni ishontirish, Buxoro xonligi qurolli kuchlari,
xonlikning xazinasi ahvolini batafsil o‘rganish, Buxoro—Xiva munosabatlari masalalarini tahlil qilib chiqish kabi vazifalar ham yuklatilgan. I. D. Xoxlov o‘ziga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajardi.
XVIII asrda Buxoro xonligi va Rossiya
XVin asrda Buxoroo‘rtasidagi munosabatlarda yangi davr
Rossiya munosabatlari
boshlandi. Bu davrga kelib Rossiyaning
O‘rta Osiyo xonliklari, jumladan, Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq
aloqlarida kamsitish siyosati yuritila boshlandi. Xususan, boj to‘lovi
miqdori oshirildi.
Ayni paytda, siyosiy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, tabiiy boyliklarga ko‘z olaytirish kayfiyati kuchaya bordi. Rossiyani, ayniqsa,
O‘rta Osiyo oltinlari ham qiziqtira boshladi.
Pyotr I Buxoroni siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas
deb hisobladi va amalda unga tazyiq o‘tkaza boshladi.
Shu maqsadda 1718-yilda Irtish daryosi sohilida yetti qo‘rg‘ondan
iborat shahar (Semipalatinsk) qurdirdi. Bu esa Buxoro xonligini tashvishga solib qo‘ydi. Shuning uchun ham Abulfayzxon Rossiyaga elchi
yubordi. U o‘z maktubida Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini
ham so‘radi. Bunga javoban Rossiya hukumati 1721-yili Florio Benevenini elchi qilib jo‘natdi. Rossiya elchisiga O‘rta Osiyoga olib
boriladigan suv va quruqlik yo‘llarini o‘rganish, rus savdosini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash, Buxoro xonini Rossiya bilan
ittifoq tuzishga ko‘ndirish, xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish;
qayerda qancha oltin konlari borligini aniqlash va ularni xaritaga tushirish; xonlikdagi qal’alar va qo‘shinning ahvolini o‘rganish hamda
xonlikning ichki ahvolini, shuningdek, Eron, Xiva va Usmonli bilan
o‘zaro munosabatlarini o’rganish vazifalari ham yuklatildi.
F.Beneveni Buxoroda 3,5 yil turib o‘z oldiga qo’yilgan masalalar bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va
1725-yilda Peterburgga qaytib ketdi.
Pyotr I ning yurtimizni bosib olish niyati uning hayotligida
amalga oshmagan bo‘lsa-da, keyinchalik vorislari tomonidan amalga
oshirildi.
Buxoro va Eron manfaatlari to‘qnashgan asoBuxoro-Eron
siy hudud Xuroson bo‘ldi. Buning sababi Xumunosabatlari
rosonning harbiy-siyosiy va savdo-iqtisodiy
41
42.
jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligida edi. Bundan tashqari,
Xuroson Buxoro xonligi, Eron va Hindiston yo‘nalishida o‘ziga xos
darvoza vazifasini ham o‘tar edi. Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar va safaviylar o‘rtasida keskin kurash ketdi. Bu
masalada Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon
II hukmronligi davrida shayboniylar ustunlik qildilar. Xususan, Abdullaxon II Xurosonning Marv, Nishopur va Mashhad kabi yirik
shaharlarini egalladi.
Abdullaxon II Eronga qarshi kurashda Usmonli davlati bilan ittifoq tuzishga urinib ko‘rdi. Biroq maqsadiga erisha olmadi va oxiroqibat Eron Xurosonni Movarounnahrdan ajratib tashlashga muvaffaq
bo‘ldi.
Ashtarxoniylar davrida ham Eron bilan munosabatlar keskinligicha
qoldi. 1740-yilda esa Eron Buxoro xonligini qaram davlatga aylantirishga erishdi.
Hindistondagi Boburiylar saltanati bilan BuBuxoro – Hindiston
xoro xonligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarmunosabatlari
ning o‘rnatilishi Bobur va Ko‘chkunchixonlar
nomi bilan bog‘liq. Ko’chkunchixon hukmronligi davrida Buxoro
xonligi Boburiylar davlatini tan oldi. U bilan savdo va elchilik munosabatlarini o‘matdi.
Buxoro elchisi xon tomonidan Boburga Movarounnahming mashhur
mayizlaridan, subhoni o‘riklaridan va boshqa noyob ne’matlaridan
iborat sovg‘a-salomlari qatorida 200 ta
yaxshi ot ham olib keldi. O‘z navbatida,
Bobur ham Buxoro xonligiga elchilar yubordi. Ikki davlat o‘rtasidagi bunday munosabatlar keyingi shayboniy va boburiy
hukmdorlar davrida yanada kengaydi. Xususan, Abdullaxon II safaviylarga qarshi
kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intildi. Shu sababdan Abdullaxon II
Akbarshoh huzuriga bir necha marta elchilarini yubordi. Abdullaxon II Akbarshohga
Eronni o‘zaro taqsimlab olishni taklif qildi.
Lekin Akbarshoh bunga rozi bo‘lmadi.
Akbarshoh
Chunki Akbarshoh fuqarolari turli din va
42
43.
diniy yo‘nalishlarga e’tiqod qiluvchi davlatlaming bir-biriga toqat
qilib yashashlari tarafdori hamda diniy bag‘rikenglikni davlat siyosati
darajasiga ko‘targan hukmdor edi. Qolaversa, u Eron bilan yaxshi
munosabatda ham edi.
1586-yilda Akbarshoh Abdullaxon II ga yo‘llagan maktubida Usmonli davlati Eronning bir qismini bosib olganligidan tashvishlanayotganligini bayon etdi. Ayni paytda, Buxoro va Hindiston birgalikda Eronga yordam ko‘rsatishi zarurligini ta’kidladi. Biroq Eron
shayboniylar davlatini o‘zining asosiy raqiblaridan biri deb hisoblab
kelayotgani uchun Abdullaxon II Akbarshoh taklifiga rozi bo‘lmadi.
Boburiy hukmdorlar Shoh Jahon va Avrangzeb Olamgirlar hukmronligi davrida ashtarxoniylar bilan savdo-sotiq aloqalari davom etdi.
1. Qanday omillar Buxoro-Rossiya o‘rtasida savdoning rivojlanishiga
xizmat qildi?
2. Buxoro-Rossiya manfaatlari to’qnash kelgan masalalami qayd
eting.
3. XVIII asrda Rossiya-Buxoro munosabatlarida nima sababdan o‘zgarish yuz berdi?
4. Buxoro—Eron munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Buxoro—Hindiston munosabatiga oid asosiy jihatlami qayd eting.
Bugungi kunda do’stona Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistonda
atom elektr stansiyasi qurishiga oid ma’lumotlarni to‘plab keling.
13- §. Buxoro xonligida madaniy hayot
Shayboniy hukmdorlar orasida ham o‘qimishli,
.
,
, , , . ,
,. TT.
,
,
ZLyoli davlat arboblan bor edi. Ular madrasa ta limini olgan, dunyoviy va diniy bilimlarni egallagan shaxslar edi.
Shuningdek, o‘zbek, fors va arab tillarini bilishgan. Ayniqsa, she’riyat
borasida o‘ta iste’dodli bo‘lishgan. Forschani g‘azal yozish darajasida
mukammal egallashgan.
Ilm-fan, adabiyot, san’at va me’morchilikning ravnaq topishida
sulola vakillarining xizmati katta bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, shayboniylar temuriylar davrida yurtmizda yuksak rivojlangan va dunyo
e’tirof etgan ilm-fanga munosib voris bo‘la olmadilar.
T1
,
.
Ilm-fan rivoji
43
44.
Shayboniylar davrida tibbiyot, matematika va astronomiya kabi
fanlar maTum darajada rivojlandi. Tibbiyot ilmidagi rivojlanish o‘z
zamonasida „tabiblar iftixori“ deb sharaflangan Muhammad Mazid,
jarroh mavlono Baqo, ko‘z kasalliklarini davolashda nom chiqargan
Shohali ibn Sulaymon, „Davolash bo‘yicha dastur“ asari muallifi
Sultonali Samarqandiy, „Ko‘z kasalligiga doir asosiy kitob“ asarlari
bilan mashhur boTgan Ubaydulloh Kahhol kabi alloma tabiblarning
nomlari bilan bogTiqdir. Muhammad Amin, Bobokalon Samarqandiy,
mavlono Kavkaviylar matematika, Muhammad Husayni Buxoriy „Qibla tomonini topish ma’rifati“, Mahmud ibn Ahmad Faroziy esa „Oy
fazolarining tengligi haqida risola“ asarlari bilan astronomiya fanlari
rivojiga munosib hissa qo‘shdilar.
Afsuski, ashtarxoniylar davrida jamiyat hayotida diniy mutaassiblik
keng yoyildi. Barchadan diniy aqidalarga so‘zsiz itoat etish talab
etildi. Bu omillar ilm-fan ravnaqiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shunday
boTsa-da, ilm-fan to‘xtab qolgani yo‘q.
Xususan, Mir Arab madrasasining mudarrisi Muhammad Sharif
Buxoriy tarix, fiqh, tilshunoslik, astronomiya va boshqa fanlarga oid
20 dan ortiq asar yozib qoldirgani buning dalilidir. Ular orasida
„Xoqonga foydali maslahatlar“ asari alohida ahamiyatga ega.
Subhonqulixon hukmronligi davrida tibbiyot ilmi rivojlandi. Uning
tashabbusi bilan Buxoroda „Dor ush-shifo“ qurildi va bemorlarni davolash ishi yoTga qo‘yildi. Tibbiyotga ixtisoslashgan madrasa qurilib,
shifokorlar tayyorlandi. Subhonqulixonnmg tibbiyotga oid kitoblar
jamlangan nodir kutubxonasi boTgan. U „Subhoniy tibbiyoti bo‘yicha
davolash“ nomli kitob ham yozib qoldirdi.
_ .
.
Shayboniylar davrida tarix fani sohasida ko‘parixnavis 1
asar]ar yaratildi. Ular orasida Kamoliddin Binoiyning „Shayboniynoma“, Muhammad Solihning „Shayboniynoma“, Muhammad Haydaming „Tarixi Rashidiy“, Fazlulloh ibn
Ro’zbexonxnng „Mehmonnomayi Buxoro“, Hofiz Tanish al-Buxoriyning
„Abdullanoma“, („Sharafnomayi shohiy“), Sulton Muhammad Hofiz
Toshkandiyning „Tarixi jadidayi Toshkand“ kabi asarlari shular jumlasidandir.
K. Binoiyning „Shayboniynoma“ asari Dashti Qipchoq va Movarounnahming XV asr o‘rtalaridan XVI asr boshlarigacha boTgan davr
voqealarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, shayboniylar bilan Eron
safaviylari o‘rtasidagi munosabatlar haqida muhim maTumotlar beradi.
44
45.
Muhammad Solihning „Shayboniynoma“si esa o‘zbek tilida yozilgan asar bo’lib, u Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag‘ishlangan.
„Abdullanoma“ asari muallifi mazkur asarini Chingizxonning Movarounnahr istilosi, chingiziylar hukmronligining o’rnatilishi, Dashti
Qipchoqda Abulxayrxon davlatining tashkil etilishi, Shayboniyxonning
harbiy yurishlari, uning o‘limidan so‘ng Movarounnahrda vujudga
kelgan ahvol, Abdullaxon II ning mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirish yoTida olib borgan kurashi tarixiga bag’ishlagan.
XVII-XVIII asming birinchi yarmida ham Buxoroda tarix fani
sohasida qator tarixiy asarlar yozildi. Xususan, Muhammad Yusuf
Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“, Muhammad Amin Buxoriyning
„Ubaydullanoma“ va Abdurahmon 7oZening „Abulfayzxon tarixi“ kabi
asarlari shular jumlasidandir.
. . ..
Bu davr adabiyotida Muhammad Shayboniyxon,
uning jiyani Ubaydullaxon, Kamoliddin Binoiy,
Muhammad Solih va boshqalar alohida o‘rin tutadi.
Umrining asosiy qismini jang-u jadallarda o‘tkazgan Muhammad
Shayboniyxon, ayni paytda, she’riyat bilan ham shug‘ullandi. U o‘zidan yuqori saviyali badiiy asarni meros qilib qoldirdi. Uning asarlari
dunyoning turli mamlakatlariga olib ketilgan. Masalan, uning yagona
she’rlari to‘plami – „Devon“i Istanbul shahri kutubxonasida saqlab
kelinmoqda.
Muhammad Shayboniyxon she’rlarida, ayniqsa, Samarqand va
Buxoro shaharlarini eng ko‘p madh etdi. Chunonchi, bir she’rida
Samarqandni jannatga qiyoslaydi. U she’rlarining birida bunday deb
kuylaydi:
Ketmadi ko’ngildan hech diydori Samarqandning,
Ko ‘zimdin uchar har dam guizori Samarqandning.
Har negaki shahd o ‘isa dunyoda latif, ammo
Barchadin erur yaxshi bemori Samarqandning.
Buxoro shahrini esa Ka’ba darajasida ulug‘ladi.
Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon o‘zining g‘azal,
ruboiy, qit’a va tuyuqlari bilan she’riyat taraqqiyotiga katta hissa
qo‘shdi. U „Ubaydiy“, „Ubaydullo“ va „Qul Ubaydiy“ taxalluslari
bilan ijod qildi:
45
46.
Muhtojga qayishish — asli karomat shuldir,
Bir ishki, yo‘q ortida malomat – shuldir.
Har ikki jahonda, soliko, iymonni
Qutqaruvchi chin ruhi salomat shuldir.
U fors va arab tillarini yaxshi bilganligi uchun shu tillarda ham
ijod etdi. O‘zbek, fors va arab tillaridagi she’rlarini uch devonda
to‘pladi. Keyinchalik ular bitta muqova ichiga jamlandi va u
„Kulliyot“ deb nomlandi.
Ruboiynavislikning Bobur Mirzodan keyingi taraqqiyoti Ubaydullaxon nomi bilan bog‘liq. U ayni paytda Ahmad Yassaviy asos
solgan hikmatnavislik an’anasini rivojlantirdi. Undan 220 dan ortiq
hikmat meros qoldi.
Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxon 1—11 larning kutubxonalari o‘z zamonasining ajoyib kitob xazinasi bo‘lgan
edi.
XVII-XVIII asr birinchi yarmi adabiy muhitida Bedil (asli
ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-1721 )ning o‘rni katta. U asli keshlik
(Shahrisabz) bo‘lib, Dehlida vafot etgan. Uning yirik asari — „To‘rt
unsur“ nasrda yozilgan bo‘lib, unda havo, suv, yer, olov haqida,
shuningdek, o‘simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida
o‘z qarashlari bayon etiladi. U she’rlarida jamiyatdagi jabr-zulm,
adolatsizlik kabi illatlarni qoraladi. Bedil „Abulma’oniy“ („Ma’nolar
otasi“) nomi bilan shuhrat qozondi.
Bu davr adabiyotining yirik namoyandalaridan yana biri shoir
Sayido Nasafiy edi. U Nasaf (Qarshi) shahrida tug‘ilgan. Zamondoshlari uni „Buxoro shoirlari taxtida sulton“ deb ulug‘laganlar.
Uni mashhur qilgan „Hayvonotnoma“ nomli majoziy munozara
asari edi. Nasafiy mazkur asarida hayvonlar timsoli orqali zodagon va
amaldorlaming mehnatkash xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini, ularning
poraxo‘rligi va ma’naviy pastkashliklarini fosh etdi. Bo‘ri va sher
timsolida zodagonlaming yirtqichlikdan iborat asl basharalarini ochib
tashladi. Asarda sher barcha hayvonlar ustidan g‘alaba qozonsa-da,
mehnatkash xalq timsoli bo‘lgan chumolidan yengiladi.
Bu davr adabiyotida Turdi Farog’iy ham munosib o‘rin egallaydi.
Turdi jamiyatdagi adolatsizliklarni, Subhonqulixonning xalqni og’ir
soliqlarga duchor etganligini va buning oqibatida xalq tortayotgan
azob-uqubatlarini ro‘yirost tanqid qila olgan jasoratli shoir edi:
46
47.
Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
G’asb ila molin olib, qo’ymadingiz bitini.
Turdi xalqning tilidan mamlakatni xonavayron qilgan siyosiy tarqoqlik, u keltirib chiqargan qirg‘inbarot urushlami la’natlagan. Urug‘
va qabilalarni birlashishga va o‘zaro hamkorlik qilishga da’vat etgan. Urug‘ oqsoqollarini va beklarni bir yoqadan bosh chiqarishga
chaqirgan.
Bu o‘rinda Turdining „Tor ko‘ngullik beklar“ she’ri alohida ahamiyatga ega:
Tor ko ‘ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
To’qson ikki bovli o’zbek yurtidir, tenglik qiling.
,
.
Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning
e morc 11
atroflarini obod qilishga harakat qildilar. XVI asr
davomida shu davming barcha muhandislik imkoniyatlari va jamiyatning ma’naviyat va madaniyati darajasiga mos ravishda ko‘plab
binolar, me’moriy majmualar, inshootlar bunyod etildi.
Ulaming orasida Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Qulbobo Ko’kaldosh, Nodir devonbegi, Ernazar elchi’, Samarqandda qurilgan Shayboniyxon, Toshkentda qurilgan Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari
me’morchiligimizning yorqin namunalari hisoblanadi. Baroqxon madrasasi shayboniy hukmdor Suyunchxo‘janing o‘g‘li Baroqxon tomonidan qurildi. Madrasa gumbazining balandligi 22 metrni tashkil
etadi. Bu madrasada yurtimizning mustaqillik yillarida ham katta
ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
XVII asrda Samarqand Registon ansamblining hozirgi qiyofasi
shakllantirildi. XVI asrning birinchi yarmida Samarqand hokimi Ya-
Nodir devonbegi
47
48.
Registon maydoni
langto‘sh Bahodir vayrona holatiga tushib qolgan Registon maydonida
Ulug’bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida esa
Tillakori madrasa-masjidizn o‘z mablag‘lari hisobidan bunyod ettirdi.
Unga tilladan ishlov berildi. Samarqand Registon ansambli o‘zining
rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor pesbtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi
sifatida jahon jamoatchiligi va sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb etib
kelmoqda.
_
, .
Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohot
Buxoro xonhg.darflim
o dorlar guruhini shakllantirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga
aylantirish zarurati sabab bo‘ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo‘yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo‘lgan amaldorlar
zarur edi. Islohotga ko‘ra, ko‘p bosqichli o‘qitish tizimi joriy etildi.
Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi
joriy etildi. Bolalarga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo‘ldi. Maktabda
ikki yil o‘qigach, o‘quvchilar madrasaga o‘tkazilardi.
Madrasa ta’limi uch bosqichli bo‘lib, uning har bir bosqichida 7
yildan o‘qilgan va o‘quv jarayoni 21 yil davom etgan. O‘quvchilar
ilohiyot ilmi, hisob-kitob, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’atidan ilm olishgan.
XVII -XVIU asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktabxonalar
faoliyat ko‘rsatgan. O‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda
o‘qitilgan. O‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo‘jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida
48
49.
tashkil etilgan bo‘lib, masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli
kishilar o‘qituvchilik qilishgan. Ulami domla deyishgan. Qiz bolalar
maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayollar uylarida tashkil
etilgan. Qizlami otinoyi, otinbibi, bibixalifa, bibiotin deb atalgan ayol
o‘qituvchilar o‘qitishgan. Bolalar maktabga 6-7 yoshdan berilgan va
ular 5-8 yil davomida boshlang‘ich ta’lim olganlar.
O‘quvchilarga avval harflar, keyin esa bo‘g‘inlar, ulami qo’shish
orqali so‘z tuzish, „Haftiyak“ (Qur’oni Karimning yettidan biri) kitobini o‘qish o‘rgatilgan. Hisob darslarida sonlar va to‘rt amal o‘rgatilgan. 0‘quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Sa’diy Sheroziy, Hoflz Sheroziy va So‘fi Olloyor asarlarini, „Chor kitob“ni
o‘qib saboq olganlar. Qizlar maktabxonalarida uy-ro‘zg‘or tutish, pazandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o‘rganishga ko‘proq e’tibor berilgan.
Bolalar o‘qishni to‘liq o‘zlashtirib olganlaridan keyingina yozishga
o‘tganlar. Maktabxonalarda imtihonlar o‘tkazilmagan. O‘quvchilarga
maktabni bitirgani to‘g‘risida hujjat ham berilmagan. Bolaning ravon
o‘qishi, to‘g‘ri yoza olishi, hisob-kitobni bilishi maktabni bitirganligining isboti bo‘lgan.
Madrasa o‘rta va oliy o‘quv yurti hisoblangan. Madrasaga maktabxonalarni tugatganlar qabul qilingan. Madrasa ta’limi talabalar iqtidoriga qarab 7-12 yil davom etgan. Buxoro xonligi shaharlarida 150
dan ortiq madrasa bo‘lgan. O‘qish „Avvali ilm“ deb nomlangan fors
tilidagi o‘quv qo’llanmasini o‘zlashtirishdan boshlangan. So‘ng arab
va fors tilida yozilgan kitoblar o‘qitilgan. Ular talabalarga mudarris
tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. Keyin arab tili grammatikasi
o‘qitilgan. Fiqh (huquq)ni o’rganisli majburiy hisoblangan. Xonlikda
ta’lim xarajatlari vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga oshirilgan.
E’tibor bergan bo‘lsangiz maktabxonalarda eng muhim tabiiy fanlar o‘qitilmagan. Buning sababi, birinchidan, diniy mutaassiblikning
kuchayganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xonlikning tashqi aloqasi
o‘zi kabi kam taraqqiy etgan davlatlar bilan cheklanib qolgan hamda
ilg‘or Yevropa davlatlari bilan aloqani yo‘lga qo‘ya olmaganligida
edi. Shuning uchun ham ajdodlarimiz zamonaviy, tabiiy va texnika
fanlari yutuqlaridan bexabar qolishdi. Natijada, mamlakat taqdiri
uchun mas’ul bo‘lgan hukmdorlar, davlati arkon, sulola vakillari o‘z
qobig‘iga o‘ralashib qoldilar.
4-O‘zbekiston tarixi, 8-sinf
49
50.
1. Shayboniylar davrida ilm-fanning qaysi sohalari rivojlandi?
2. Tarix fani sohasida yaratilgan yirik asarlarni qayd eting. Ulaming
bugungi avlodlar uchun ahamiyati nimada?
3. Subhonqulixonning tibbiyot ilmiga qo‘shgan hissasi haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Muhammad Shayboniyxon va Ubaydullaxonlarning o‘sha davr adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissalari haqida so’zlab bering.
5. Bedil va Sayido Nasafiy ijodlarini taqqoslang.
6. Turdi ijodiga xos jihatlami qayd eting.
7. Nega ajdodlarimiz eng muhim tabiiy va texnika fanlari yutuqlaridan
bebahra qoldilar?
1. Bobolarimiz bunyod etgan eng mashhur me’morchilik obidalarining ro’yxatini tuzing.
*
2. Buxoro xonligidagi ta’lim tizimi bidlan O‘zbekistondagi bugungi
taTim tizimini taqqoslang.
14-§. Buxoro amirligining tashkil topishi
Buxoro xonligida vujudga kelgan parokandalik Eronning Buxoroga hujum
– s 1
qilishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Shuning uchun ham 1736-yilda Eron shohi Nodirshohning o‘g‘li Rizoquli yetakchiligidagi qo‘shin Amudaryodan o‘tdi va ko‘pgina hududlami bosib oldi.
Shunday og‘ir sharoitda Buxoro xoni Xiva xonidan yordam so‘rashga majbur boTdi. Xiva xoni Elbarsxonning yordamga kelayotganligi sababli Rizoquli qo’shinni orqaga qaytarib ketishga majbur boTdi.
1740-yilda endi Nodirshohning o‘zi Buxoroga qarshi qo‘shin
tortdi. Buxoro xonligida muntazam qo‘shinning mavjud boTmaganligi
va o‘z xonligida ichki nizolarni bartaraf etish bilan ovora boTib
qolgan Xiva xonining Buxoroga yordam bera olmaganligi Nodirshohga
juda qo‘1 keldi.
Buning ustiga Muhammad Hakimbiy otaliqning o‘g‘li Muhammad
Rahim Nodirshoh tomoniga o‘tib ketdi. Nodirshohning yaqinlashib
kelayotganidan qo‘rquvga tushgan Abulfayzxon Qarshidan Hakimbiy
otaliqni chaqirib oldi va Nodirshoh huzuriga elchi qilib jo‘natdi.
Unga Nodirshohning Buxoro xonligini xarobaga aylantirmaslik shart50
.
Buxoro *?.D .lg.min?
mustaqilligini yo‘qotishi
51.
lari haqida kelishuvga erishish vazifasini yukladi. Hakimhiy bu vazifani uddaladi.
Buxoro Eron bosqiniga qarshi tura olmagach, Abulfayzxon taslim
bo‘lish shartlari haqidagi shartnomani imzolashga majbur bo‘ldi.
Shartnomaga ko‘ra, Nodirshoh oliy hukmdor, Buxoro xonligi esa
Eronga qaram davlat deb tan olindi. Shuningdek, katta miqdorda o‘lpon to‘landi. Bundan tashqari, Buxoro xonligi aholisidan 10 ming
nafarlik qo‘shin to‘planib, Nodirshoh ixtiyoriga jo‘natildi. Bu qo‘shinga Muhammad Hakimbiyning o‘g‘li Muhammad Rahim qo‘mondon etib tayinlandi. Shu tariqa, Abulfayzxon amalda Eronga qaram
qo‘g‘irchoq hukmdorga aylandi. Muhammad Hakimbiy esa qo‘shbegi
(Bosh vazir) lavozimini egalladi. Butun hokimiyat amalda uning qo‘lida to‘plandi. Endi ashtarxoniylar hukmronligining barham topishi
muqarrar bo‘hb qoldi.
Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi
Mang’itlar sulolasi
davrida o‘zbek qabilalaridan biri mang‘itlarhokimiyatining
ning nufuzi baland edi. Bu qabila hokimiyat
o‘rnatilishi
to‘la ashtarxoniylar qo‘lida bo‘lib turgan
davrlarda ularga sadoqat bilan xizmat qildi. Biroq, keyinchalik, Buxoroda mang‘itlar alohida nufuzga ega bo‘lish uchun astoydil kurashdilar va Hakimbiy davrida bu maqsadga erishdilar.
Muhammad Hakimbiy 1743-yilda vafot etgach, Rahimbiy o‘z qo‘shini bilan Buxoroga qaytib keldi va o‘zining muntazam qo‘shinga
egaligidan foydalanib, hokimiyatda otasi kabi alohida mavqe uchun
da’vogarlik qila boshladi. So‘nggi ashtarxoniy Abulfayzxon uni otasining o‘rniga tayinlashga majbur bo‘ldi.
Nodirshoh 1747-yilda o’ldirilganidan so‘ng Eronda boshlangan
ichki kurashlar Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga
yo‘l ochdi. Uning buyrug‘i bilan Abulfayzxon 1747-yilda o‘ldirildi.
Muhammad Rahimbiy taxtga Abulfayzxonning o‘g‘li Abdulmo‘minni
o‘tqazdi va uni o‘ziga kuyov qilib oldi. Ko‘p o‘tmay Muhammad
Rahimbiy soxta xonlarni ham qatl ettirdi va 1756-yilda hokimiyatni
to‘la egalladi. Biroq mang‘itlar chingiziylar nasliga mansub emas
edilar. Shuning uchun mang‘it hukmdorlari o‘zlarini xon deb emas,
amir deb atadilar.
51
52.
XVIL-XVUI asrlarda O‘rta Osiyo xonliklari
Bafxashi
ko‘li
Ko ‘hna – Urganch □
Urgunch\& ,
I
V
Axj,VAfl“
fiazorasp
YORKENT-
!-■’■■
u/
(Jhorjo >’
)-,”SS“”
v,– /7
\
Qundu-
‘Andxud
^a^x
1
C1
S H A R T L I
?
■
’
7 \Darpicfiavi-Neinefc L
——-
/e.;
t ‘ iilSMHON
–
B ELG1 LAR
_____ XVII asr boshida ImomquLixon
1 zamonida davlatlar chegaralari
^SaY
tr
ri
XVI11 asr oxirida Shohmurod
davrida daviatlar chegaralari
t_ XVIII asrda kichik rnustaqil
mulklarning bekliklarining
taxniiniy chegaralari
MASSHTAB 1:7 000 000
53.
Shunday qilib, 1756-yili Buxoroda hokimiyat tepasiga yangi
sulola – mang’itlar sulolasi keldi. Sulola davlatni 1920-yilgacha
idora qildi. 1756-yildan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro
amirligi deb ataladigan bo’ldi.
Amir Muhammad Rahim mamlakatda o’zining
mutlaq hokimiyatini o’rnatish hamda ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini yuritdi. Bu siyosatdan ko‘zlangan maqsad – davlatni markazlashtirish edi. Muhammad Rahim maqsadini ro‘yobga chiqarishga qat’iy
kirishdi.
Mustaqillikni da’vo etib yurgan Miyonqol, Nurota, Qo’bodiyon,
Boysun, Shahrisabz hamda Urgut viloyatlarini to‘rt yil davomida
bo‘ysundirdi. Ayni paytda, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka
urinayotgan qabilalarni yashab turgan joyidan ko’chirtirib yuborish
amaliyotini ham qo’lladi.
Muhammad Rahim vafotidan so‘ng uning
Doniyolbiy otaliq va
amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o‘z
Amir Shohmurod
qo‘liga oldi (1758-1785). U qo‘shinni
mustahkamlashga, unga tayanib ish ko‘rishga harakat qildi. Barcha
mang’it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib berdi. Xalqdan olinadigan soliqlarni ko‘paytirdi. Bundan norozi xalq qo‘zg‘olon ko‘tarar,
Doniyolbiy esa ularni bostirishga ulgurmasdi. Uning davrida Balx,
Hisor, Ko‘lob, O‘ratepa viloyatlarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta yer egalarining o‘zboshimchaligi haddan oshdi. Doniyolbiy shunday sharoitda taxtni o‘g‘li Shohmurodga (1785-1800)
topshirdi. Shohmurod darveshona hayot kechirar, shayx maslahati
bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keytn esa pichoqqa qin yasab
sotib, shu orqali ro‘zg‘or tebratdi. Shohmurod faoliyatida ommaga tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. Shu jihatlari
bilan xalq orasida katta obro‘ qozongan edi.
Amir Shohmurod yoshligidan xudojo‘y, porso (pokiza) bo‘lib
o‘sdi. Madrasani bitirib, darveshlik jamoasi targ‘ibotchisidan biriga
aylandi. Xalq uni hurmat bilan „amiri ma’sum“ (begunoh amir) deb
atadi.
Amir Shohmurod islohotlar o‘tkazib, davlatni mustahkamlashga
erishdi. U mamlakat hayotida savdogar va hunarmand qatlamining
53
Markaziy
hokimiyatni
mustahkamlash
54.
qanchalik ahamiyatga egaligini to‘g‘ri baholay oldi. Shuning uchun
ham savdo va hunarmandchilikning o‘sishi uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlab berdi. Xususan, Buxoro aholisiga Tarxon yorlig‘i yozib
berdi. Unga ko‘ra, aholi savdo daromadidan to’laydigan boj solig‘idan
ozod etildi. Hunarmandlardan pul yig‘ish, ularni majburiy mehnatga
jalb etish taqiqlandi. Asosiy soliq – xiroj miqdori kamaytirildi.
Shuningdek, urush kelib chiqqanida qo‘shinning xarajati uchun jul
deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi. Zarafshon vodiysida, Amudaryo
va Qashqadaryo vohalarida sug‘orish tizimlarini qayta tiklatdi. Ayni paytda markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan viloyat hokimlariga qarshi shiddatli kurash olib bordi. Rais (muhtasib) va qozi
askar (harbiy sud) mansablarining nufuzini yanada orttirdi. Mamlakat
iqtisodini yo‘lga qo‘yishda Shohmurod o‘tkazgan pul islohoti ham
muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan
tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Islohotga ko‘ra,
sof kumush tanga muomalaga kiritildi. Shuningdek, kimda kumush
bo‘lsa, zarbxonaga kelib undan pul zarb ettirib olishiga ruxsat etildi.
Bu kumush chayqovchiligining oldini oldi.
Shohmurod joriy qilgan qonun bo‘yicha kim mol-mulkka xiyonat
qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat’i nazar qattiq jazoga tortilardi.
Bu xalq manfaatlariga qarshi qilinadigan tajovuzlarning oldini oldi.
Amir Shohmurod faoliyatiga yuksak baho bergan mashhur olim
Ahmad Donish bunday deb yozgan edi: „ U amirlik qalamini kambag‘allik kiyimi bilan bezadi. Jahon bog’idan dushmanlik va yomonlikni tomiri bilan sug‘urib tashladi va adolat nihollarini o‘tqazdi“.
1756-yil – ashtarxoniylar hukmronligi to‘la barham topdi. Hokimiyat mang‘itlar sulolasi qo‘liga o‘tdi.
1. Buxoroning Eronga qaram davlatga aylanib qolishining sabablarini
qayd eting.
2. Nima uchun Xiva xonligi Buxoroga yordam bera olmadi?
3. BuxoToning taslim bo‘lishi to‘g‘risidagi BuxoTO-Eron shartnomasining mazmunini so‘zlab bering.
4. Buxoroda mang‘itlar sulolasi hokimiyatining o’rnatilishiga qanday
omillar yordam berdi?
5. Amir Shohmurodning davlatchilikni mustahkamlash borasida amalga
oshirgan ishlari ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
54
55.
22^ O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra, majburiy mehnat qaysi hollarda
qo’llaniladi?
15- §. Amirlikda markaziy hokimiyatning
mustahkamlanishi
„
.
. ,
.
Amir Haydar hukmronhgi
Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga
Ayrim viloyatlar hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalanib,
markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka urindilar. Biroq Amir Haydar
katta qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, ulardan aksariyatining qarshiligini
sindira oldi va markaziy hokimiyatga bo‘ysundirdi. Aksariyat viloyatlar
mustaqilligining tugatilishi davlat yerlari zaxirasini ko‘paytirdi. Bu
esa davlat yerlarini ijaraga olib ishlovchilar sonining oshishiga olib
keldi. Bu omil amirlik iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qildi.
Ayni paytda, Amir Haydar qanchalik harakat qilmasin, amirlikda
to‘la osoyishtalikni ta’minlay olmadi. Bunga bir tomondan markaziy
hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan ayrim viloyat hokimlarining harakati, ikkinchi tomondan esa jamiyat hayotidagi adolatsizliklarga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari sabab bo‘ldi. Chunonchi, Amir
Haydar Shahrisabz va Miyonqolni amirlik tarkibida saqlab qolish
uchun kurash olib borishga majbur bo‘ldi. O‘ratepani qo‘lda saqlab
qolish uchun esa Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy harakatlar olib
bordi. Ayni paytda, o‘zi 1806-yilda Xiva xonligi hujumiga uchradi.
Amir Buxoroning butun aholisini mamlakatni himoya qilishga da’vat etdi. Xiva qo’shini Amudaryo qirg’oqlarida mag‘lubiyatga uchradi. Garchand Xiva qo‘shini quvib chiqarilgan bo‘lsa-da, mamlakatda tinchlik qaror topgani yo‘q. Tez orada davlat va uning
amaldorlarining adolatsiz siyosatiga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi.
Ayrim viloyat hokimlari va yirik zodagonlar markaziy hokimiyatdan
mustaqil bo‘lish maqsadi yo‘lida foydalanib qolishga urindilar. Chunonchi, Amir Haydaming ukasi Dinnosirbek hokimlik qilayotgan
Marv viloyati aholisi 1804-yilda qo‘zg‘olon ko‘tardi. Amir Haydarga
qarshi bo‘lgan kuchlar esa undan foydalanib, Dinnosirbekni amirlik
taxtiga o‘tqazmoqchi bo‘ldilar. Biroq markaziy hukumat bunga qarshi
keskin choralar ko’rishga majbur bo‘ldi.
Amir Haydar ukasi Dinnosirbek boshliq qo‘zg‘olonchilarga qarshi qo’shin yubordi. Qo’shin sarkardasining buyrug‘i bilan Marv vo55
56.
hasini suv bilan ta’minlab turgan Sultonbandi to‘g‘oni buzib tashlandi. Suvsiz qolgan marvliklar o‘zlari yashab turgan joylardan
boshqa yurtlarga ketishga majbur bo‘ldi. Dinnosirbek esa Erondan
boshpana topdi. Ilarbiy harakatlar oddiy mehnatkashlaming buningsiz
ham og’ir ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Bu ham yetmaganidek, harbiy harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik va yer solig‘ining muddatidan oldin yig’ib olinishi 1821-yili Miyonqolda qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keldi. Uni bostirishga qanchalik urinilmasin, amir
qo‘shini qo‘zg‘olonchilarning kuchini sindirolmadi. Amir oxir-oqibat
qo‘zg‘olonchilarga yon bosishga, ularning mulki va shaxsiy daxlsizligi
xususida yorliq berishga majbur bo‘ldi.
Amir Haydar vafot etgach, qisqa vaqt oralig’ida
Amir Nasrullo
uning ikki o‘g‘li taxtga o‘tirdi. Biroq ular fitna
hukmronligi
qurboni bo‘lishdi. Nihoyat, taxtni uning uchinchi
o‘g‘li Nasrullo egalladi (1826-1860).
Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklami yagona davlatga birlashtirish yo‘lida qat’iyat bilan kurash olib bordi.
Shahrisabz va Kitob bekliklarini to‘la bo‘ysundirish uchun kurash
30 yil davom etdi. Nihoyat, 1856-yildagina u Shahrisabz va Kitobni
bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, mang‘it amirlari o‘zlarining mutlaq hokimiyatini
qaror toptirishni bosh vazifalaridan biri deb hisobladilar. Shu maqsadda ular amir shaxsiga sig‘inish siyosatini yuritdilar. Natijada, fuqarolar jazoga tortilishdan qo‘rqqanlaridan uning nomini baland ovoz
bilan ayta olmaydigan bo‘lib qoldilar. Hukmron tabaqalar amirga
xushomadgo‘ylik qilardilar. Amaldorlar amirdan ko‘rsatma kutib o‘tirmasdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har bir amaldor amiming, kichik amaldor o‘zidan katta amaldoming qahriga uchrab qolishdan qo‘rqib yashardi. O‘zining bugungi mavqeyi, mulki,
hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo‘rquv muhiti vujudga
keltirildiki, natijada hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor
bo‘la olmaydigan bo‘lib qoldi.
Buxoro amirligining o‘z qo‘shnilari Qo’qon va
Qo‘shni o’zbek
xonliklari bilan
Xiva xonliklari bilan munosabatida o‘zaro tomunosabat
qatsizlik ustun edi. Bu toqatsizlikning asosida
Buxoro amirligining mintaqada yetakchilikka erishish va bu ikki xonlik hisobiga mustahkamlanib olish maqsadi yotardi.
56
57.
Shuning uchun ham Buxoro amirligi 1842-yilda hatto Qo‘qon
xonligini ham bosib oldi. Biroq Qo‘qon xonligining Buxoro amirligiga
qaramligi uzoqqa cho‘zilmadi. Shu yilning o‘zidayoq Qo‘qonda Buxoro bosqiniga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon xonligining mustaqilligi tiklandi.
Tez orada bu ikki davlat o‘rtasida yana urush kelib chiqdi.
1843-yilda amir Nasrullo Xo‘jand va O‘ratepani qoTga kiritish uchun
Qo‘qon xonligiga qarshi kurash boshladi. Bu ikki shahar o‘n yillar
davomida qoTdan qoTga o‘tib kelardi. Nihoyat bu safar Buxoroning
qoTi baland keldi.
1843-yilda Marv viloyati uchun talashayotgan Buxoro va Xiva
o‘rtasida urush harakatlari kelib chiqdi. Xiva qo‘shini Hazorasp yaqinida Buxoro qo‘shinini magTubiyatga uchratdi. Lekin Marv Buxoro
amirligi tarkibida qoldi. Faqat 1845-yildagina Xiva xonligi Marvni
egalladi.
1. Amir Haydar markaziy hokimiyatni mustahkamlash borasida qanday
tadbirlarni amalga oshirdi?
2. Amir Nasrullo davrida qanday omillar amirlik hokimiyatining kuchayishini ta’minladi?
3. Nega mangTtlar davrida ham o‘zbek davlatlari oTtasida keskinlik
davom etdi?
16- §. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi
Amirlik davlat tizimiga ko‘ra mutlaq monarxiya edi. Oliy hukmdor – amir cheklanmagan huquqqa ega boTgan. Butun hokimiyat uning qoTida to‘plangan. Amir,
ayni paytda, davlatning ma’naviy rahnamosi ham edi. Chunki u
eng oliy martabali amaldorlar (arkoni davlat) hamda qabilalarning
boshliqlari bilan maslahatlashib ish tutgan.
Amirlikda davlat boshqaruvi sohasida ayrim islohotlar o‘tkazildi.
Chunonchi, ashtarxoniylar davrida mavjud boTgan boshqaruvning
dargoh va devonlar tizimi tugatildi. Davlat vazifalarini ijro etish
to‘g‘ridan to‘g‘ri saroydagi u yoki bu lavozimda, yoki biron-bir
nufuzli davlat arbobi qoTida to‘planuvchi tartib joriy etildi. Unga
Davlat tuzumi va
ma’muriy boshqaruv
islohotlari
57
58.
ko‘ra, qo’shbegi lavozimiga davlat maqomi berildi, ya’ni u davlatda
amirdan keyingi ikkinchi shaxsga aylandi. Shuning uchun ham u
amir Arkida yashagan. Bundan tashqari, ashtarxoniylar hukmronligi
davrida davlatda juda katta nufuzga ega bo‘lgan otaliq lavozimi
oldingi mavqeyini yo‘qotdi. Bir so‘z bilan aytganda, amirlikda turli
davlat lavozimlarining maqomi yo ko’tarildi, yo tushirildi. Shunga
yarasha u yoki bu lavozim egasining vakolat doirasi kengaytirildi
yoki cheklab qo‘yildi. Saroyda jami uch yuzga yaqin katta-kichik
amaldorlar guruhi xizmat qilishgan. Ulardan 30 nafarga yaqini yuqori
davlat lavozimlari sanalgan.
Amirlik ma’muriy jihatdan viloyat va tuAmirlikning
wartlarga bo‘lingan. Adabiyotlarda mang‘itlar
ma’muriy bo’linishi
davrida amirlikda 27 ta viloyat (beklik) mavjud bo‘lganligi qayd etilgan.
Viloyatlami beklar – hokimlar boshqarishgan. Hokim lavozimiga,
asosan, qabila sardorlari (amir) tayinlangan. Qolgan ma’muriy-hududiy
birliklarga sug‘oriladigan yer miqdori asos qilib olingan. Jumladan,
bir nechta ariq va kanal orqali sug‘oriladigan yuz ming tanob yer
bir tumanni tashkil etgan, Bitta katta ariq bilan sug‘oriladigan ellik
ming tanob yer hazora, yigirma besh ming tanob yer nim (yarim)
hazora, 10-15 ming tanob sug‘oriladigan yerga ega qishloq obikori,
400 tanob yerga ega qishloq qoriya, 300 tanob va undan kam yeri
bo‘lgan hudud, aholi yashasa-yashamasa, marza deb atalardi. Ba’zi
qishloqlar joylashgan hudud maydoni katta bo‘lmagan. Binobarin,
ulaming har birini alohida-alohida boshqarish iqtisodiy jihatdan o‘zini
oqlamas edi. Shuning uchun ham bir nechta katta-kichik qishloqlar
biriktirilib eng quyi ma’muriy birlik tashkil etilgan va u amlok deb
atalgan. Uni amlokdor qishloq oqsoqollari, amin va mirobiwga tayanib boshqargan.
Amlokdor („mulk egasi“ degan ma’noni anglatadi) yetishtirilgan
hosilning hisobini yuritgan va soliqlar hamda boshqa tushumlarning
belgilangan muddatlarda yig‘ilib borishini nazorat qilgan. Amin
(„ishonchli“, „halol odam“ ma’nosini anglatadi)ning asosiy vazifasi
soliq va boshqa tushumlami yig‘ish, aholi ustidan nazorat olib borish
hamda ariqlardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash bo‘lgan. Qishloq
mirobi esa suv inshootlarining o‘z vaqtida ta’mirlanishini, qishloqlar
58
59.
uchun ajratilgan suvning ariqlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlagan.
Amirlik davlat muassasalari ma’muriy, moliyaviy,
Yuqori davlat
qozilik, mirshablik va harbiy idoralaridan tashlavozimlari
kil topgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, amirlikda
oliy ijroiya hokimiyat – qo‘shbegi, ya’ni Bosh vazir (vaziri buzruk
ham deyilgan) qo’lida to‘plangan. U poytaxt Buxoro shahridagi ahvol,
mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalarni nazorat qilgan. Ayni paytda, barcha viloyatlar unga bo‘ysungan.
Amirlikda qo‘shbegidan keyingi o‘rinda moliya vaziri (devonbegi)
turgan. U quyi qo’shbegi deb ham atalgan. Moliya vaziri zakot
masalasi bilan shug‘ullangan. Shayboniylar, ayniqsa, ashtarxoniylar
davrida katta mavqega ega bo‘lgan otaliq lavozimiga tayinlangan
amaldor endilikda Buxoro va Samarqand viloyatlarini sug‘orish, shuningdek, suv taqsimoti bilan bog‘liq ishlar uchun mas’ul qilib qo‘yildi.
Parvonachi lavozimida ishlagan amaldoming asosiy vazifasi Buxoro xonligida bo‘lganidek oliy hukmdoming yorliqlarini u yoki bu
amaldorga yetkazish bo‘lgani holda, amirlikda istiqomat qilib kelayotgan arablar jamoasi masalalari bilan ham shug‘ullanadigan bo‘ldi.
Ba’zi hollarda parvonachi lavozimida ishlayotgan amaldorga uning
shaxsi, amirlik siyosiy hayotida tutgan o‘miga qarab, muhim vazifalar ham yuklatilgan. Chunonchi, Amir Haydar Marvda unga qarshi
ukasi Dinnosirbek boshchiligida ko‘tarilgan isyonni bostirish uchun
Niyozbek parvonachini qo‘shinga qo‘mondon qilib jo‘natgani bunga
dalildir, Yoki Amir Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni ishg‘ol etgach, u
yerga Ibrohim parvonachi mang‘itni noib etib tayinlaganida, shubhasiz,
uning amirlik hayotidagi mavqeyini hisobga olgan. Bir so‘z bilan
aytganda, u yoki bu davlat lavozimining nufuzi shu lavozimda kim
o‘tirganligiga ham bog‘liq bo‘lib qoldi.
Bosh inoq lavozimiga tayinlangan amaldor amirning buyruqlarini
quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish, mazkur
buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinlanishi mumkin bo‘lgan xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan
shug‘ullangan.
Kichik inoq esa chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni
qabul qilib olgan. Shuningdek, amir muhri uchun javobgar bo‘lgan.
59
60.
Yana bir muhim davlat mansabi to’qsoba edi. U davlat bayrog‘ining
daxlsiz saqlanishini ta’minlash, shuningdek, eng ishonchli shaxs sifatida oliy davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish kabi
nihoyatda mas’uliyatli vazifani bajargan. Vazifa nihoyatda mas’uliyatli
bo‘lganligi uchun unga daromad manbai sifatida bitta tuman biriktirib 40‘yilgan.
Davlat boshqaruvida, shuningdek, ko’kaldosh (davlat xavfsizlik
xizmati boshlig‘i), mehtar (soliq va boshqa yig‘imlardan tushgan
mablag‘laming belgilangan o‘rinlarda qanchalik to‘g‘ri sarflanganligini
nazorat qiluvchi amaldor), qutvol (davlat hisobidan amalga oshiriladigan qurilish ishlariga mas’ul amaldor), eshik og‘aboshi, miroxur (amir
otxonasining boshlig‘i), qorovulbegi (shahar va yo‘llar posboni), shig‘ovul (chet mamlakatlar elchilarining qabul qilinishini tashkil etuvchi), mushrif (amirga in’om etilgan sovg’alarni ro‘yxatga olish va
soliqlar tushumini yozib boruvchi amaldor), dasturxonchi (amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor), kitobdor (amir
kutubxonasining boshlig‘i), dodxoh (jabrlanuvchi arizasini amirga yetkazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas’ul amaldor) kabi
yuqori davlat lavozimlari ham bor edi.
.
.
.
Jamiyat va davlat hayotida shariat qoShariat talablanga rioya
< ■ ■
,
. . • ,
,
. . ■
x
nunlanning amal qilishi shayxuhslom,
etilishi ustidan nazorat
i * -i. / • \
qozikalon, mujtiy, muhtasib (rais) va
sadrlar tomonidan ta’minlangan.
Shayxulislom barcha musulmon ruhoniylar (diniy tashkilotlarda
diniy lavozimda xizmat qiluvchilar)ning boshlig‘i bo‘lib, davlatda eng
yuqori martabali ruhoniy, din arbobi sanalgan. Uning martabasi shu
darajada yuqori bo‘lganki, hatto bo‘lajak hukmdor ham shayxulislomning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan.
U mamlakatda shariat talablarining aniq bajarilishi ustidan nazorat
olib borgan. Shayxulislomga hatto Qozikalon – Oliy qozi (bugungi
kun voqeligi bo‘yicha aytganda Oliy sud raisi) ham bo‘ysungan.
Qozikalon lavozimi mavqeyiga ko‘ra shayxulislomdan keyingi ikkinchi lavozim edi. U sudlov ishlarini amalga oshirishdan tashqari,
boquvchisini yo‘qotganlarning, beva-bechoralarning haq-huquqlari nechog‘lik himoya qilinayotganligi ustidan nazorat olib borgan. Amirlikda viloyat, tuman va qishloqlarda ham sudlar tashkil etildi.
Amirlikda muhtasib (rais)ning vakolati kengaytirildi. Ma’lumki,
muhtasib bozorda qalloblikka, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘y60
x j
61.
maslik, og‘irlik (tosh-u tarozi) va uzunlik o‘lchovlarining to‘g‘riligi
hamda aholining shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari
ustidan bevosita nazorat olib borgan. Masjidlarga borib namoz o‘quvchilar ro‘yxatini tekshirgan. Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga hamda sudxo‘rlikka qarshi choralar ko‘rgan.
Shuningdek, bu tizimda muftiy va 5« ega boTishgan. Chunonchi, muftiy Qozikalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo‘yicha shariatga asoslanib fatvo
chiqaruvchi ulamo edi. U chiqargan fatvosini o‘z muhri bilan tasdiqlagan. Qozi shu fatvo asosida hukm chiqargan. Smirlar esa vaqf
mulklarining boshqaruvchilari edilar.
£
.
Tanob (chilvir, arqon) – ekin maydonini oTchash uchun qoTlanila-
digan yuza birligi. 1 tanob yer maydoni 8,33 sotix. 1 gektar yer
esa 12 tanobni tashkil etgan.
Amirlikning davlat boshqaruvida qanday o’zgarishlar yuz berdi?
2. Amirlikning ma’muriy-hududiy jihatdan boTinishida nima asos qilib
olingan va nega shunday qilingan?
3. Amlok nima edi va u qanday boshqarilgan?
4. AmiTlikdagi yuqori davlat lavozimlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Amirlikda sudlov ishlari qanday amalga oshirilgan?
Bugungi kunda ham dunyo davlatlari orasida monarxiyalar mavjud.
„Davlat va huquq asoslari“ fanidan olgan bilimlaringizga tayanib
ular o‘rta asr monarxiyalaridan qaysi jihatlari bilan farq qilishini
aniqlang.
17- §. Buxoro amirligida harbiy ish
Amirlik hukmdorlari muntazam qo‘shinning boTmasligi davlat xavfsizligi uchun
fojiali oqibatlarga olib kelishini ashtarxoniylar qismatidan yaxshi bilib
olgan edilar.
XVIII asming ikkinchi yarmida ham qo‘shin hamon nomuntazam
(qora cherik) boTib, u ichki va tashqi xavfni bartaraf etishga qodir
emas edi. Buxoro amirlari XIX asr boshlaridan boshlab muntazam
61
Amirlikda muntazam
qo‘shinning tuzilishi
62.
qo‘shin tuzishga kirishdilar. Bu ishni Amir Haydar boshlab berdi.
Muntazam qo‘shin navkariya deb ataldi.
Qora cherik amirning farmoniga ko‘ra, harbiy harakatlar paytida
tinch aholidan to‘planardi. Farmon bozorlarda e’lon qilingan va o‘sha
yerga qora cherikka chaqiriluvchilar ro‘yxati osib qo’yilgan. Mamlakatda tinchlik o‘rnatilgach, qora cherikka uylariga qaytib ketishga
ruxsat berilgan.
,
. . • • . . . Muntazam qo‘shin tuzish bilan bog’liq
1837-yilgi narbiy islohot
,
. . ..
„
,
,, ° ,,
muammolar Amir Nasrullo davnda to la
yechimini topdi. U 1837-yilda harbiy islohot o‘tkazdi. Unga ko‘ra,
sarboz, navkar
to’pchi askarlardan iborat 3 turdagi muntazam qo‘shin tuzildi. Muntazam piyoda askarlar sarboz, otliq askarlar esa navkar deb ataldi. Dastlab sarbozlar qismi 800 kishidan, to‘pchi qismi
esa 250 kishidan iborat qilib tuzildi. Sarbozlar yuztalik, elliktalik,
yigirma beshtalik va o‘ntalik bo‘linmalarga ajratildi.
Muntazam qo‘shin uchun maxsus kiyim-bosh joriy etildi. Kiyimbosh har 3 yilda almashtirilib turildi. Muntazam qo‘shinni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash jarayoni bir yildan ortiq davom etdi.
Amir Nasrullo muntazam qo‘shinni bir joyda saqlash maqsadida
Buxoro shahri chetida 800 uydan iborat „Sarbozxona“ deb atalgan
manzilgoh qurdirdi. Muntazam qo‘shinning xizmat muddati cheklanmagan. Sarbozxonada yashayotgan askarlar u yerda hunarmandchilik
va savdo-sotiq bilan ham shug‘ullanganlar.
Buxoro qo‘shini
62
63.
Amir davlat boshlig‘i sifatida amirlik qo‘shinining Oliy bosh qo‘mondoni edi. Undan
keyingi o‘rinda vaziri harb (harbiy vazir)
turgan. U qo‘shinning Bosh qo‘mondoni sanalgan va to‘pchiboshi deb
ham atalgan. Unga barcha harbiy qismlaming sardorlari bo‘ysungan.
Qo‘shinda pansodboshi (beshyuzboshi), yuzboshi, ellikboshi (panjaboshi), o ‘nboshi (dahboshi) kabi harbiy unvonlar bo‘lgan. Qal’a va
qo‘rg‘onlardagi harbiy qism (garnizon) to’qsoba unvonidagi sarkarda
tomonidan boshqarilgan. To‘qsoba unvoni o‘sha davr Rossiya harbiy
unvonlariga taqqoslaganda polk sardori mavqeyiga teng bo‘lgan.
Zaruriyat taqozo etganida dodxoh (bir necha polk sardori maqomida) va parvonachi (qo‘shin sarkardasi maqomida) harbiy harakatlarga jalb etilganlar.
Harbiy harakatlar chog‘ida harbiy qarorgoh (bugungi til bilan
aytganda, shtab) boshlig’i vazifasi naqibga yuklatilgan. Qarorgoh
boshlig‘i sifatida u harbiy harakatlarni rejalashtirgan. Harbiy kuchlarni
jang maydonida to‘g‘ri taqsimlanishiga mas’ul bo‘lgan. Naqiblar harbiy yurish paytida qo‘shinning tuzilishi, qurollanishi va joylashuvi,
uning harakatlanishi hamda urush olib borish borasida yetarli bilimga
ega bo‘lgan. Ayni paytda, qo‘shinning old qismi, orqa qismi va o‘ng
hamda chap qanoti, markazi, pistirmalari haqida yetarlicha ma’lumotga
ham ega bo‘lgan.
Amirlik qo‘shiniga qozi askar, muhtasiblar va muftiy askarlar
ham xizmat qilishgan. Ulaming har biri o‘z mansabi doirasidagi masalalarni hal etgan. Chunonchi, muhtasib harbiylarning shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklarini nazorat qilib borgan.
Qozi askar bo‘lsa, harbiy qismlarda sodir etilgan jinoyat ishlarini,
ariza va shikoyatlami ko‘rib chiqqan va ular yuzasidan hukm chiqargan.
Muftiy askar esa harbiylar ustidan qozi askar chiqargan hukmning
shariatga qanchalik mosligi masalasini tekshirib ko‘rgan.
Amirlik muntazam qo‘shini vaqt-vaqti bilan ko‘rikdan o‘tkazib
turilgan. Ko‘rikni amir, amir ishtirok eta olmaganida qo ‘shbegi o‘tkazgan.
XIX asrning birinchi yarmida o‘zbek davlatQurol-yarog‘lar va
lari, xususan, Buxoro amirligi qo‘shinining
qo‘shin ta’minoti
qurol-yarog‘lari sifati past edi. Chunonchi,
63
Harbiy mansab va
64.
amirlik askarlari piltamiltiq, to’pponcha, uzun nayza va egri qilich
bilan qurollantirilgan. Askarlar o’zini o‘qdan saqlay olishlari uchun
sovut, temir duhulg’a bilan ta’minlangan.
XIX asrning o‘rtalaridan boshlab o‘tochar qurol (miltiq va to‘p)
larning salmog‘i oshdi. Sarkardalar to’pponcha va qilichdw. tashqari
ikki stvolli miltiq bilan qurollangan. Qo‘shinning to‘pchilar qismi
ixtiyorida jami 50 ta to ‘p bor edi. To‘plarning sozligi rus va fors
mutaxassislari nazoratida bo’lgan. Kichik kalibrli „xitoychi“ deb atalgan to‘p harbiy harakatlar chog‘ida tuyalaming egarlari ustiga mahkam qilib o‘rnatilgan.
Amirlikda qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi ustaxonalar ham qurilgan. Masalan, to‘plar Samarqand shahridagi ustaxonada quyilgan
bo‘lsa, porox Qarshi shahrida tayyorlangan. Uni ishlab chiqaruvchi
hunarmandlar dorukash deb atalgan.
Harbiy harakatlar chog’ida qo’shinni joylashtirish masalasi sarboz
va to‘pchilarning har bir o‘nlik bo‘linmasiga bittadan chodir ajratish
orqali hal etilgan. Qurol-yarog1, o‘q-dori va jang uchun barcha zarur
anjom-uskunalar manzilga ot-aravalarda yetkazib berilgan.
Amir Nasrullo muntazam qo’shinning ehtiyojlarini, dastlab, kundalik iste’mol mahsulotlari berish orqali qanoatlantirgan. Keyinchalik
muntazam qo‘shin askarlari uchun maosh to‘lanadigan bo‘ldi. Chunonchi, sarboz va to‘pchi askar uchun har uch oyda bir tilla maosh
belgilandi. Tabiiyki, yuqori mansabli sarkardalaming maoshlari miqdori
balandroq bo’lgan. Masalan, yuzboshi oyiga olti tilla, qorovulbegi
to‘rt yarim tilla, panjaboshi (ellikboshi) sakson besh tanga, bosh sarkarda esa ikki ming tilla maosh olardi.
Bundan tashqari, harbiy harakatlar chog‘ida mansab va unvonidan
qat’i nazar har bir qatnashchiga kuniga bir tilla berilardi. Undan
tashqari, oddiy askar har uch kun uchun bir tanga, o‘nboshi har ikki
kun uchun bir tanga, qorovulbegi kuniga ikki tanga va yuzboshi esa
to‘rt tanga qo‘shimcha haq olardi.
Ayni paytda, muntazam qo‘shin askarlari xizmat davomida turli
soliq va majburiyatlardan ozod etilgan. Jangda halok bo‘lgan askami,
shuningdek, xizmat qilayotgan askarning vafot etgan oila a’zolarini
dafn etishda ma’lum miqdorda pul va kafanlik berilgan.
64
65.
1. 1837-yilgi harbiy islohot qanday ahamiyat ega bo‘ldi?
2. Amirlik muntazam qo’shinining tarkibiy qismlarini qayd eting.
3. Amirlik qo’shinining qurol-yarog‘lari qanday qurollardan iborat
bo’lgan?
4. Qo‘shinning moddiy ta’minoti haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Qo’shindagi harbiy mansablar va unvonlar ro‘yxatini tuzing.
0‘zbekiston Respublikasida harbiy xizmatchilar uchun qanday imtiyozlar qo’llanilayotganligi haqidagi ma’lumotlarni to‘plah keling.
§.
18-
Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
XEX asrda amirltk chegarast Zarafshon vodiy. _ ,
,
.,
„ . . ,
.
„
si, Qashqadaryo viloyati, lojikistomung Panjikent, Hisor vodiysi, Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari, Zarafshon daryosining yuqori oqimi hududlarini, hozirgi Afg‘onistonning bir qismi,
Turkmanistonning Murg‘ob daryosigacha bo‘lgan qismi, Qozog‘istonning Turkistonigacha bo‘lgan barcha hududlarini o‘z ichiga oldi
va 200 ming km2 ni tashkil etdi. Binobarin, amirlik hududi ashtarxoniylar davridagiga nisbatan bir necha martaga kengaydi.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab amirlik iqtisodiyotida
rivojlanish yuz berganligi, o‘z navbatida, aholi sonining oshishiga
sabab bo‘ldi. XIX asming birinchi yarmida amirlik aholisi 2 million
kishidan iborat edi. Aholining aksariyat qismini o‘zbeklar tashkil
etgan.
Amirlikda o‘zbeklardan tashqari tojiklar, turkmanlar, qozoqlar,
qirg‘izlar, qoraqalpoqlar, forslar, arablar, yahudiylar va boshqa xalq
vakillari ham yashashardi. Aholining katta qismi o’troq hayot kechirgan. Aholining ijtimoiy tarkibini hukmron zodagonlar, ulamolar, diniy
va dunyoviy muassasalar xizmatchilari, savdogarlar, hunarmand va
dehqonlar tashkil etgan.
„ ,
. Amirlik iqtisodiyotida qishloq xo‘ialigi yetakchi
Hududi va aholisi
,. on
.
, .. ,
.
,
,
tarmoq edi. 90 ioiz aholi shu tarmoqda mehnat
qilardi. Sug‘oriladigan yerlarning 75 foiziga paxta ekilgan. Qolgan
yerlarda bog‘, poliz va sabzavot mahsulotlari, tog‘larda esa butun
Osiyoda mashhur tog‘ pistasi yetishtirilgan.
„ ,
.
Hududi va aholisi
5-O‘zbekiston tarixi, 8-sinf
65
66.
Chorvachilik ham juda rivojlangan. Uning asosini qo‘ychilik tashkil etgan. Mamlakat yaylovlarida 12 million bosh qo‘y boqilardi.
Ayniqsa, husndor jingalak, qimmatbaho teri beradigan qorako‘l qo‘ychiligi nihoyatda rivojlangan edi. „Qorako‘l qo‘ylari“ deb ataladigan
qo‘yning vatani Qorako‘l bekligi bo‘lgan. Shuning uchun qo‘yning
bu nasli qorako‘l deb atalgan. Qo‘zilarining terisi jahon bozorlarida
ham juda xaridorgir bo‘lgan.
O‘rta Osiyo sharoitida hamma zamonlarda sun’iy sug‘orishsiz
qishloq xo‘jaligini rivojlantirib bo‘lmagan.
Mehnatkashlaming matonatli mehnati, sabr-toqati, sug‘orish inshootlarining muqim ishlashini ta’minlar edi. Dehqonlar suvdan foydalanishda asrlar davomida juda katta tajriba to‘plagan edilar. Ular
shunday sug‘orish inshootlarini bunyod eta olganlarki, unga tan bermaslikning iloji yo‘q edi. Xususan, suv ayirg‘ich to‘g‘oni qurishdagi
mohirlik buning isbotidir.
Daryo va kanallarga o‘rnatilgan chig‘ir eng ko‘p ishlatiladigan
suv ayirg‘ich edi. Shunday chig’irlar ham yaratilganki, ular suvni
hatto 4 metr va undan ham balandga chiqarib bera olardi. Suvni
chuqur ariqlardan chiqarib olish uchun tutqichli suv ayirg‘ichlar ishlatilar, bunda ot, tuya, eshak va ho‘kiz kuchidan foydalanilar edi.
Dehqonchilik mehnat qurollari nihoyatda sodda edi. Oddiy dehqon
so‘qasi (omoch) asosiy dehqonchilik quroli edi. Ot, ho‘kiz, tuya,
eshak dehqonning suyanchig‘i hisoblangan.
Yer e ali i
Amirlikda avvalgidek yer egaligining davlat (bu
amlok yerlar deb ham atalgan), mulk (xususiy) va
vaqf shakllari saqlanib qoldi. Davlat yerlarining suvsiz dasht, to‘qayzor qismi ko‘chmanchi jamoalarga bo‘lib berildi. Ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga belgilangan tartibda soliq
to‘lashgan. Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. Davlat
yerlarining boshqa bir qismi hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat
mansabdorlariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg’ol shaklida in’om etilgan edi. Lekin mang‘itlar hukmronligi davrida suyurg‘ol egalari ashtarxoniylar davridagidek mavqedan mahrum etildi.
Suyurg‘ol egasi davlat xazinasiga xiroj to‘lashi hamda oliy hukmdoming chaqirig‘iga ko‘ra, zarur holatlarda o‘z qora cherigi bilan
harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi.
66
67.
Mang‘itlar davrida tanho in’om etish kuchaydi. Tanhodor yerga
emas, mansabining darajasiga qarab shu yerdan olinadigan soliqning
ma’lum qismiga egalik qilardi. Eng kichik tanho yeri 36-60 tanob
(3-5 gektar)ni tashkil etgan. Xazinaga eng ko‘p soliq ham ana shu
yerlardan tusha boshladi. Shuningdek, mang’itlar davrida dehqon jamoalari tugatildi. Uning o‘rnida ijarachi dehqon shakllana bordi. Yermulk egaligining bir qismi davlat xizmati bilan bogTiq bo‘lmagan.
Bunday yerlar, asosan, amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablar jamoasiga qarashli bo‘lgan. Bu yerlardan 1/10 qismi miqdorida
soliq olingan. Mulk yerlarining ikkinchi qismi (mulki hur) davlat
xizmati bilan bogTiq edi. Bunday yerlar urushlarda jasorat ko‘rsatgan
yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajarishda namuna ko‘rsatgan
shaxslarga berish natijasida vujudga kelgan.
Bunday yerga ega bo‘lgan shaxslarga maxsus yorliqlar berilgan
hamda ular barcha soliqlardan ozod etilgan.
Vaqf yerlari — bu masjid, mozor, xonaqoh, maktabxona, madrasa
va maqbaralar uchun ajratilgan yerlar edi. Bu yerlar musodara etilgan,
davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga
vujudga keltirilar edi. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy sarfxarajatlari, shuningdek, talaba, mudarris hamda mutavallilarga beriladigan nafaqa va maoshlar vaqf yerlaridan olinadigan daromad hisobidan qoplanar edi. Vaqf mulkini mutavalli tasarruf etishi belgilab
qo‘yilgan.
Xiroj amirlik davrida ham davlatning asosiy soSoliq siyosati
ligT bo‘lib qolaverdi. Uning miqdori hosilning
2/5 qismini tashkil etgan. XIX asrda xirojning bir qismi pul bilan
ham yig‘ila boshlandi. Bog‘, poliz, sabzavot ekilgan yerlardan esa
tanobona deb atalgan soliq olingan. Bu soliqning miqdori ekinzorning
bozorga uzoq-yaqinligiga bog‘liq edi.
Keyinchalik polizlarga yangi soliq – qo‘sh puli solinadigan bo‘ldi.
Uning miqdori yer haydashga yaroqli har bir juft ho‘kiz hisobidan
kelib chiqib belgilangan. Zakot deb ataluvchi soliqning hajmi soliq
solinadigan mol-mulk miqdorining va qiymatining 2,5 foizini tashkil
etgan. Zakotga, asosan, chorva mollari egalari va savdogarlar tortilgan. Tanobona, zakot, qo‘sh puli soliqlari esa faqat pul shaklida
olingan. Harbiy harakatlar chog‘ida aholi uchun favqulodda soliq to‘la joriy etilgan.
67
68.
1. Amirlik joylashgan hudud chegaralarini qayd eting.
2. Amirlik aholisining milliy tarkibi kimlardan tashkil topgan edi?
3. Amirlikda qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun qanday tadbirlar
amalga oshirildi?
4. Sug‘orish inshootlari vositalari va qishloq xo‘jaligida qoTlaniladigan
mehnat qurollari ro‘yxatini tuzing.
5. Amirlikda yer egaligining suyurg‘ol shaklida qanday o‘zgarish yuz
berdi?
6. Amirlikda qanday soliqlar amalda bo‘lgan?
Bugungi O‘zbekistonda joriy etilgan soliq turlari haqida ma’lumot
to‘plang.
19- §. Amirlik shaharlari. Ichki va tashqi savdo
Shaharlar hamisha mamlakatning iqtisodiy,
siyosiy va madaniy hayotida g‘oyatda katta
ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Chunki shaharlar davlat hokimiyatining tayanchi, savdo va hunarmandchilik markazi, madaniyat hamda ilm-fan o‘chog‘i
vazifasini o‘tagan. Ulardan biri „Tangrining jamoli“, „islom dinining
gumbazi“ va „islom dinining quvvati“ deb ulug’langan 2500 yillik
tarixga ega Buxoro shahridir. Buxoro shahri 1533-yilda Buxoro xonligining poytaxti etib belgilandi.
Shayboniy Abdullaxon II davrida esa uzil-kesil poytaxtga aylandi.
Ashtarxoniylar va mang‘itlar hukmronligi davrida ham Buxoro poytaxt bo‘lib qolaverdi (1601-1920). Buxoro butun O‘rta Osiyoning
ma’rifat markazi edi. Bu yerda Xiva, Qo‘qon, Hisor, Samarqand va
Rossiyaning musulmonlar yashaydigan viloyatlaridan kelgan talabalar
ham ilm olishgan. Chunki madaniyat, ilm-ma’rifat o‘chog‘i Samarqand
avvalgi mavqeyini yo‘qotgan edi.
Shahar pishiq g’isht va paxsa devor bilan o‘ralgan. Shaharga 12
ta darvoza orqali kirilgan. 60 mingga yaqin aholi yashagan. Shuningdek, shaharda 100 dan ortiq madrasa, 300 dan ortiq masjid, 38
ta karvonsaroy bor edi. Karvonsaroylarga har yili 12-15 ming tuya
mol kelib turgan. Savdo-sotiq ishlariga, savdogarlar xavfsizligiga karvonboshi mas’ul bo‘lgan.
Amirlikning iqtisodiy
hayotida yirik
shaharlarning o‘rni
68
69.
„Dunyoning husni“ deya ulugTangan Samarqand
. c
.
,
.,
. . .
. .
. .
ko p yillar davomida o zining avvalgi mavqeyini
yo‘qotib qo‘ygan edi. Bunga ashtarxoniylar davrida o‘zaro urushlaming
kuchayganligi, tashqi ko‘chmanchi qabilalaming xonavayron qiluvchi
hujumlari sabab boTdi.
MangTtlar esa xarobaga aylangan Samarqandni tiklash chorasini
ko’rdilar. Xususan, Rahimbiy shaharni tiklash ishini unga suv chiqarishdan boshladi. Biroq shahar aholisi sonining nihoyatda kamayib
ketganligi kutilgan natijani bermadi.
Amir Shohmurod esa bu masalada keskin choralami qoTladi. U
shahami tiklash va aholi sonini ko‘paytirish uchun boshqa shaharlardan majburiy ravishda aholi ko‘chirib keltirdi. Shaharda katta bunyodkorlik ishlari uning vafotidan so‘ng ham davom ettirilgan boTsa-da,
shahar asosan uning davrida deyarli qayta bunyod etildi.
Manbalarda bunday deb yozilgan: „Samarqandning hozirgi obodonchiligi 1780-yil, ya’ni Shohmurod 1809-yillarda bir shahar yo‘siniga kirgizildi“.
XIX asr boshlarida shahar baland devor bilan o‘raldi. Shaharga
6 ta darvozadan kirilardi. Shaharda ko‘plab bogTar, ariq-zovurlar va
hovuzlar, karvonsaroylar va hammomlar ishlab turgan. Ko‘chalar shaharning 6 ta darvozasini Registon maydoni bilan bogTardi. Amalga
oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli tez orada shahar aholisi soni
25-30 ming kishiga yetdi.
„
, ,
Hunarmandchilik amirlik shaharlarining iqtiHunarmandchilik
,. ,
.
,.
,
. .
sodiy hayotida muhim ahamiyatga ega edi.
Hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to‘qimachilik boTgan. Buxoro olachasi, bo‘zi, bo‘zga gul bosish yo‘li bilan tayyorlanadigan
chiti, shoyisi, Samarqandning to‘q qizil rangli baxmali mashhur edi.
Yigirilgan ipdan ro‘mol, choyshab, salla to‘qish ham keng tarqalgan.
Temirchilik ham hunarmandchilikning asosiy tarmoqlaridan hisoblanardi. Temirchilar o‘roq, pichoq, shuningdek, qurol-yarog‘ yasashgan. Zargarlik, kulolchilik, yog‘ochsozlik, to’qimachilik, kiyimkechak, poyabzal tikish kabi hunarmandchilik sohalari ham juda
taraqqiy etgan.Yog‘ochdan eshik, beshik, deraza, arava, sandiq, qayiq
va boshqalar yasalardi. Yog’och o‘ymakorligi alohida ahamiyatga
ega edi. Novdalardan savatlar to‘qilardi. Uy sharoitida namat, gilam
to‘qish, oshlangan charmdan egar-jabduqlar, ayillar, pichoq qinlari,
„
,
Samarqand
69
70.
hamyonlar tayyorlanardi. Bozorda har bir turdagi hunarmandchilik
mahsulotlari alohida-alohida rastalarda sotilgan.
Ichki savdo
^VI asrdan boshlab Buyuk ipak yo‘li ahamiyatining yo‘qola borishi bora-bora O‘rta Osiyo davlatlari iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bu esa Buxoroning jahon bozorida faol ishtirokchi bo‘lishi mumkinligi imkoniyatini pasaytirdi. Oqibatda, davlat hayotida iste’mol
ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun bo‘lolmadi. Bu esa, o‘z navbatida, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi.
Natijada oddiy hunarmandchilik ishlab chiqarishi sanoat ishlab chiqarishi darajasiga ko‘tarilmadi. Shuning uchun ham ichki bozorda
odatdagi hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi
yetakchi o‘rin egalladi.
Bozorlarda kimki xaridor haqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga duchor etilardi. Xususan, bundaylar yarimyalang‘och holda aravada
bozor ahliga sazoyi qilinardi va ovozi boricha: „Men shayton yo‘liga
kirib, xaridorni aldadim“, deb jar solishga majbur etilardi.
Bozorlar faqatgina xo‘jalik vazifasini o‘tab qolmagan. Ular ayni
paytda o‘ziga xos jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham o‘tagan.
Xususan, bozorlarda hukmdorning farmonlari o‘qib eshittirilgan. Aybdorlar jazolangan. Bayram kunlari esa turli tomoshalar namoyish etilar edi.
Tash i savdo
Buyuk ipak yo‘li o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa-da, mamlakatning tashqi savdo aloqalari to‘xtab
qolgani yo‘q. Buxoro Hindiston, Afg‘oniston, Eron, Xitoy bilan savdo
aloqalari olib bordi. Bu davlatlarga amirlikda ishlab chiqarilgan ip
gazlamalar, baxmal, qog‘oz, egar-jabduqlar, qurollaming ayrim turlari,
meva va boshqa mahsulotlar eksport qilinardi. Asosiy savdo transporti
tuya edi. Ba’zi savdo karvonlarining tuyalari bir necha yuz boshga
yetardi.
Mamlakatning Samarqand va Buxoro kabi shaharlariga ko‘plab
chet ellik savdogarlar kelib turishardi. Buxoroda hatto hind savdogarlari va sudxo‘rlari yashaydigan alohida mahallalar ham bor edi.
Ular hind gazlamalari, bo‘yoqlari, shifobaxsh va ziravor o‘tlar, doridarmonlar, qand-shakar bilan savdo qilardilar.
Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo aloqalari tobora o‘sib
70
71.
bordi. Chunki Rossiya sanoat mahsuloti taklif qila olar edi. Ayni
paytda, Rossiya savdo yo‘llarining xavfsizligini ta’minlay oldi.
1804-yili Orenburgda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi
qurildi. Ular Rossiya bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi savdoda muhim o‘rin tutdilar. Savdogarlar qarorgohi tobora kengayib bordi.
Shu tariqa, amirlik iqtisodiyoti Rossiya bilan savdo qilishga mo‘ljallangan o‘ziga xos yo‘nalishga ega bo‘la bordi. Buni, xususan,
amirlikda yetishtirilgan 16 ming tonna paxtaning hammasi Rossiyaga
sotilganligi, amirlikka har yili faqat to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining o‘zidan ikki million rublli tovar eksport qilinganligi, shuningdek, 1844-yilda O‘rta Osiyo davlatlari — Rossiya tashqi savdosida amirlikning ulushi 25 foizni, 1864-yilga kelib esa 42 foizni
tashkil etganligi ham tasdiqlaydi.
1. Buxoro shahriga berilgan ta’riflar haqida mulohaza yuriting.
2. Buxoroning butun 0‘rta Osiyoda ma’rifat markazi bo‘lganligiga
misollar keltiring.
3. Samarqand shahriga berilgan ta’rif bilan Buxoroga berilgan ta’rifni
solishtiring va xulosalaringizni bavon eting.
4. Samarqand shahrining qayta tiklanishida amir Shohmurodning
o‘rniga berilgan baho nimadan dalolat beradi?
5. Nega amirlik iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarishda ustun bo‘la
olmadi?
6. Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo aloqalari o‘sib borganligi
haqida keltirilgan faktlardan qanday xulosa chiqarish mumkin?
Ota-onangiz yordamida Rossiya Federatsiyasi va 0‘zbekiston o‘r34 tasidagi savdo aloqalariga oid ma’lumotlami to‘plang.
■a
20- §. Buxoro amirligining tashqi siyosati
Amirlik tashqi siyosatining asosiy tamoyillarini, birinchidan, O‘rta Osiyoda mavjud uch
o‘zbek davlatlari orasida yetakchi mavqega
ega bo‘lish va qulay imkoniyat tug‘ilganida
ularni bo‘ysundirish; ikkinchidan, Xurosonda mustahkam o‘rnashib
olish; uchinchidan, Rossiya va boshqa davlatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish; to’rtinchidan, O‘rta Osiyo mintaqasidagi barAmirlik tashqi
siyosatining asosiy
tamoyillari
71
72.
cha musulmonlarning amiri (mang‘itlar o‘zlarini shunday deb hisoblaganlar) sifatida musulmonlarning Astraxon orqali Makkaga Haj
safariga borib kelishlarini ta’minlab turishni yo‘lga qo‘yishdan iborat
bo‘lgan.
Mang‘it amirlari Rossiya bilan munosabatlarga
Buxoro-Rossiya
doimo katta ahamiyat berdilar. (Buning samunosabatlari
bablarini avvalgi mavzularda bilib olgan edingiz.) Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlaming qaror
topishida elchilar almashinuvi muhim rol o’ynadi. Ayniqsa, XVIII
asrning so‘nggi choragida elchi Ernazarbiyning Rossiyaga ikki bor
tashrifi bu o‘rinda tengsiz bo‘ldi. Ernazarbiy (Ernazar Maqsutov) keng
dunyoqarashga va bilimga ega diplomat va savdogar edi. U har ikki
davlat o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan munosabat qaror topishi
uchun astoydil harakat qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni
mustahkamlash ishiga qo’shgan hissasi uchun Ernazarbiyga hatto
Rossiya imperatori Yekaterina II Buxoroda madrasa qurish uchun
pul ham ajratdi. Ana shu pulga qurilgan va Ernazarbiy nomi bilan
ataluvchi madrasa hozirgacha qad ko‘tarib turibdi.
U elchi sifatida savdo aloqalarini rivojlantirishdan tashqari Astraxon shahrida Rossiya tomonidan jome masjidi qurdirishga hamda
amirlik fuqarolarining Astraxon orqali Haj safariga erkin borib kelishlarining kafolatlanishiga erishdi.
Ernazarbiy elchiligidan Doniyolbiy siyosiy maqsadlami ham ko‘zlagan edi. Chunonchi, Buxoro-Usmonli davlati munosabatlari haqida
rus hukumatining qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida, uning
topshirig‘iga ko‘ra, elchi rus hukumatiga Buxoroning Usmonli davlati bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga harakat qilishini ham
ma’lum qildi. Shuningdek, Rossiya orqali Istanbul shahriga borish
uchun ruxsat so‘radi. Albatta, rus hukumati Buxoroning asosiy raqiblaridan biri Usmonli davlati qatorida turishini istamas edi. Shuning
uchun ham rus hukumati Doniyolbiyning barcha iltimoslarini bajardi.
Buxoro—Rossiya siyosiy munosabatlarida 1797-yilda amir Shohmurod yuborgan Polvonquli qurchi elchiligi alohida o‘rin egallaydi.
Polvonquli elchiligining yuborilishiga Eronning Buxoro amirligi xavfsizligiga tahdid sola boshlaganligi sabab bo‘ldi. Bu davrda Kavkazda
Rossiya-Eron munosabatlari ham keskinlashgan edi. Amir Shohmurod
bu omildan foydalanishga qaror qildi va Buxoro-Eron o‘rtasida urush
72
73.
kelib chiqqudek bo‘lsa, birgalikda harakat qilishni taklif etdi. Biroq
Yevropadagi muammolari bilan band bo‘lgan Rossiya bu taklifni
qabul qilmadi. Amir Haydar va Amir Nasrullo hukmronligi davrida
ham Rossiya-Buxoro munosabatlari davom etdi. Har ikki tomon
bir-biriga elchilar yuborib turishdi. Amir Haydar yuborgan elchilar
Rossiya hukumati oldiga Ural daryosining Osiyo qit’asi qismidan
amirlik savdogarlariga haq to‘lamasdan chorva mollari boqishlari
uchun joy ajratib berish, Buxoroga po‘lat sotish, savdo karvonlarining
talanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarni qo‘ydilar.
Ko‘tarilgan masalalardan chorva mollari boqishga ajratiladigan
yerlar uchun haq to‘lamaslik iltimosi qabul qilinmadi. Savdo karvonlari qaroqchilariga birgalikda qarshi kurashga rozilik berildi.
Amir Nasrullo hukmronligi davrida yuborilgan elchilar rus hukumati
oldiga, asosan, Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini kamaytirish, tog‘-kon ishlari olib borish uchun mutaxassislar yuborish
hamda amirlikka zambarak quroli sotish kabi masalalarni qo‘ydilar.
Bu davrda Buyuk Britaniya josuslari va tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishining kengayishi Rossiyani xavotirga solib qo‘ydi.
Chunonchi, Banoras (Hindiston)dan kiritilayotgan ingliz tovarlari bu
yerda o‘z narxidan 6-9 marta arzon bahoda sotila boshlandi.
Amir Nasrulloning tog‘-kon mutaxassislari yuborish to‘g‘risidagi
iltimosi qabul qilindi. Ular Buxoroga qaytib kelayotgan savdo karvoniga qo‘shib jo‘natildi. Biroq karvon yo‘lda hujumga uchradi va
muhandislar ekspeditsiyasi katta qiyinchiliklar bilan Orenburgga qaytib ketdi.
1858-yilda Buxoroga polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya
elchilari keldi. Bu Buxoro amirligining mustaqil davlat maqomidagi
oxirgi elchilik bo‘ldi. Muzokaralar davomida Rossiya bilan savdo-sotiq ishlarida Buxoro savdogarlariga katta imtiyozlar berildi.
Ayni paytda, Amir Nasrullo Buyuk Britaniya elchilarini qabul qilmasligini, Afg‘oniston amiridan ularni Buxoroga o‘tishlariga ruxsat
bermasligini so‘rashini ma’lum qildi. Biroq Rossiya imperiyasi hukmron doiralari o‘zlarini Buxoro amirligiga qanchalik do‘st qilib ko‘rsatmasinlar, ular O‘rta Osiyoni butunlay bosib olishga zimdan tayyorgarlik ko‘rmoqda edilar. Shuning uchun ham Rossiya Ignatyev
elchiligidan keyin boshqa elchi yubormadi.
73
74.
XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasida O‘rta Osiyoossiya raqo atc 1 lgi
raqobat kuchayib ketdi. Bunga bu ikki
mustamlakachi davlatlarning o‘zbek davlatlari hisobiga yangi mustamlakalarga ega bo‘lishga, ularning bozorlarini va boy xomashyo
manbalarini qo‘lga kiritishga intilishlari sabab bo‘ldi.
Hindistonda mustahkam o‘mashib olgan Buyuk Britaniya Rossiyaning o‘zbek davlatlaridagi ta’sirini yo‘qqa chiqarish hamda ularni
o‘z ta’sir doirasiga olish maqsadida maxsus ekspeditsiyalar yubora
boshladi. Ekspeditsiyalar zimmasiga, ayni paytda, mahalliy nufuzli
kuchlar bilan aloqa o‘rnatish vazifasi ham yuklatildi.
Buyuk Britaniya dastlab 1825-yilda zobit
U. Murkford boshchiligida ekspeditsiya yubordi. Ekspeditsiya natijasida inglizlar Buxoro
amirligini har tomonlama o‘rganishga va mahalliy hukmdorlar orasida
o‘zlariga tarafdor guruhni shakllantirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya tashvishga tushdi.
Natijada, Rossiya hukumati Buxoro amiri Haydarga inglizlarning Buxorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildirdi.
1832-yilda Aleksandr Byorns boshchiligida navbatdagi ingliz missiyasi Buxoroga keldi. U o‘zini arman savdogari deb tanitdi va Buxoro amirligi qo‘shbegisi bilan aloqa bog‘lay oldi. Buyuk Britaniya
hukumati Hindiston bilan O‘rta Osiyo o‘rtasida savdo aloqalarining
kengayishiga o‘zining o‘zbek davlatlaridagi ta’sirini qaror toptirishning
asosiy yo‘li deb qarar edi. Shuning uchun ham Buyuk Britaniya hind
savdogarlariga o‘zbek davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga
qo‘yishlarida katta yordam ko‘rsatdi.
A. Byorns mamlakat hududida katta razvedka ma’lumotlari ham
to‘play oldi. Bu elchilik missiyasi O‘rta Osiyoda Buyuk Britaniya
savdosining rivojlanishiga yordam berdi.
1839-yili Buyuk Britaniya Afg‘onistonga qarshi harbiy harakatlar
boshlaganida Rossiya—Buyuk Britaniya munosabatlari yanada keskinlashdi. Agar Afg‘oniston bosib olingudek bo‘lsa, navbat O‘rta Osiyoga
kelishi mumkin edi.
Rossiyaning Qrim urushidagi mag‘lubiyati O‘rta Osiyoning Rossiya
uchun siyosiy va strategik ahamiyati qanchalik katta ekanligini ko‘rsatdi.
74
75.
Rossiyaga Buyuk Britaniya harbiy flotining Qora dengizdan xavf
solish imkoniyatini yo‘qqa chiqara oladigan omil zarur edi. O‘rta
Osiyoni egallash ana shunday omil bo‘la olardi. Chunki Rossiya Buyuk Britaniya uchun o‘ta muhim bo‘lgan Hindistonga bevosita tahdid
solish imkoniga ega bo‘lardi. Buyuk Britaniya esa buni aslo istamas edi. Rossiyaning Hindistonga tahdid solishi mumkinligi Buyuk
Britaniyani Qora dengiz sohillariga tutash Rossiya hududlariga xavf
solish imkoniyatidan mahrum etdi. Ikkinchidan, O‘rta Osiyoni egallash
rivojlanib borayotgan Rossiya sanoatini arzon xomashyo bilan to‘la
ta’minlash imkonini ham berardi. Ana shu ikki omil bundan keyin
Rossiyaning O‘rta Osiyo davlatlari, jumladan, Buxoro amirligiga nisbatan tutadigan bosqinchilik siyosatini belgilab berdi.
9
1. Amirlik tashqi siyosatining asosiy tamoyillarini qayd eting.
2. Nima uchun Buyuk Britaniya O‘rta Osiyoga e’tibor bera boshladi?
3. Rossiya elchisi polkovnik Ignatyev 1858-yilda amir bilan qaysi
masalalarda kelishuvga erishdi?
4. XIX asrning birinchi yarmida o’zbek davlatlari masalasida Rossiya-Buyuk Britaniya raqobati kuchayishiga nimalar sabab bo‘ldi?
5. Buyuk Britaniyaning O‘rta Osiyoga yuborgan ekspeditsiyalari qanday vazifalarni bajardi?
6. Rossiyani O‘rta Osiyoni harbiy kuch bilan egallashini tezlashtirishga undagan omillar haqida nimalarni bilib oldingiz?
Mulohaza yuriting!
Bugungi kunda davlatlararo munosabatlar qanday tamoyillarga asoslanadi?
§.
21-
Buxoro amirligida madaniy hayot
Ashtarxoniylar hukmronligi davridan boshlab madaniy-ma’naviy hayot rivojining to‘sig‘iga aylangan
diniy mutaassiblik mang‘itlar hukmronligi davrida ham texnika va
tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon bermadi. Chunki diniy mutaassiblik namoyandalari bu fanlar sohasida amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan har qanday kashfiyotni Xudoning irodasiga shak keltirish deb
baholardilar. Shu tufayli bu davrda asosiy asarlar tarix, adabiyot,
san’at va me’morchilik sohasida yaratilgan. XIX asr birinchi yarmida
Tarix ilmi
75
76.
ijod etgan tarixchi olim Muhammad Ya’qub ibn Doniyolbiy „Gulshan
ul-muluk“ („Podshohlar gulshani“) nomli asar yozib qoldirdi. Bu asar
ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi Buxoroning qadimgi tarixi,
uning hukmdorlari shajarasi bayoniga bag‘ishlangan. Asarning ikkinchi
qismida esa O‘rta Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi
bayon etilgan. XIX asrda yozilgan Mirzo Shams Buxoriymng „Bayoni
ba’zi havodisoti Buxoro, Ho‘qand va Qoshg‘ar“ („Buxoro, Qo‘qon va
Qashqaming ayrim voqea-hodisalari bayoni“) asari, shuningdek, Mir
Olim Buxoriyning „Fathnomayi sultoniy“, Muhammad Hakimxonning
„Yilnomalar to‘plami“, shuningdek, bu davrda bitilgan „Tarixi Amir
Haydar“ kabi asarlar tariximiz uchun muhim manbalar hisoblanadi.
Adabivot
*^avr a yozuvchilari ijod qildilar. Ulardan biri o‘ziga xos
iste’dod egasi Muhammadniyoz Nishotiy edi. Shoir 1778-yilda o‘zming
ajoyib „Husn-u Dil“ dostonini yaratdi. O‘zbek adabiyotining katta
yutug‘i sanalgan bu asami shoir majoziy shaklda yozgan. Doston
qahramonlari – Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va boshqalarning har biri g‘oyat go‘zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fasod, Nafs obrazlari esa salbiy sifatlar hamda turli yovuzliklarning
timsoli edi.
Dostonda odamlar va davlatlar orasidagi nizolar, baxillik va boshqa axloqiy qusurlar qoralandi. Yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi qarashlarda xayrli intilishlar, aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi.
Bundan tashqari, Nishotiyning adabiy ijodidagi yana bir o‘ziga xoslik adabiyotda munozara janri taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganligidir.
Bu o‘rinda uning „Qushlar munozarasi“ majmuasi katta ahamiyatga
ega. Asarda o‘sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illat, jaholat, mansabparastlik majoziy shaklda tanqid qilingan. Mehnat ahlining kamtarligi esa ulugTangan. Asarda laylak, zog‘, bulbul, tovus, to‘ti,
humo kabi jami 14 ta qush o‘rtasida boTib o’tgan bahs tasvirlangan.
Bu davming yana mashhur shoirlari Mujrim Obid va Vblalar
edi. Mujrim Obidning asarlarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik va odamlar feTidagi illatlar tanqid ostiga olinadi.
Volaning (1770-1842) ko‘zi tug‘ma ojiz boTsa-da, tabiat unga
kuchli iroda, aql, xotira va qobiliyat hamda yoqimli ovoz in’om etgan edi. Shoir o‘z she’rlaridan 2 ta devon tuzdi. Bizgacha 3 ming
misra she’rlari yetib keldi. O‘z she’rlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlami kuyladi.
76
77.
Buxoroda xattotlik, miniatura hamda qo‘lyozmalarni naqshli bezash san’ati rivojlandi. Bu
sohaning qator yetuk bilimdonlari zamonasiga
yarasha yodgorlik qoldirdilar. Chunonchi, Amir Haydar davrida ijod
qilgan Mir Ma’sum Olamiyon „Axloqi Muhsiniy“ kitobini hamda
Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezadi.
Mirzo Sodiq Jondoriy Nasrulloxon amirligi davrida qo’lyozma
kitoblarga lavhalar, Sa’diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari
tasvirlangan rasmlar ishladi.
Yirik olim, shoir Ahmad Donish (1827-1897) 20 yil mobaynida
Buxoro saroy kutubxonasida xattotlik va rassomlik bilan shug‘ullandi.
U tibbiyot va riyozat fanlari, me’morchilik va musiqa san’atini ham
o‘rgandi. Ahmad Donish ko‘chirgan, bezagan yoki rasm ishlagan
qo‘lyozmalar ichida „Shohi darvesh“, „Ajoyib at-tabaqot“ va boshqa
asarlar buning dalilidir.
Buxoro yuksak ustozona musiqa san’atining markazlaridan biri
bo‘lgan. Chunonchi, Buxoroda vujudga kelgan „Shashmaqom“ buning
yorqin dalilidir. Buxoro Shashmaqomi Buzruk, Rost, Navo, Dugoh,
Segoh va Iroq maqomlaridan iborat bo‘lib, 250 dan ortiq har xil
shakldagi kuy va ashula namunalaridan tashkil topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev bunday degan
edi: „Xalqimiz badiiy tafakkuri mahsuli bo‘lgan „Shashmaqom“, ya’ni
olti maqomni, ta’bir joiz bo‘lsa, olti azim daryoga qiyoslash mumkin.
Bu daryolar asrlar davomida jahon madaniyat ummoniga quyilib,
uni har tomonlama to’ldirib, boyitib kelmoqda. Shuning uchun ham
bu muazzam musiqiy durdona YIJNESKO tomonidan jahon madaniy
merosi ro ‘yxatiga kiritilgani chuqur ma ’no va ahamiyatga ega “.
Maqom ashulalarining she’riy matni Rudakiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Bobur, Nodira va Mashrab singari turkiy va forsiy tilli
mumtoz shoirlaming lirikasidan tuzilgan. Shashmaqom og‘zaki tarzda
ustoz-shogird an’anasi shaklida avloddan avlodga o‘tib kelmoqda.
Tasviriy san’at
va musiqa
2018-yilning 6-10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqarc
maqom san’ati anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 73 davlatidan
300 ga yaqin yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoalar ishtirok etishdi.
Anjumanning bosh mukofotini Tojikiston maqom akademiyasi qoTga
kiritdi.
77
78.
Buxoro amiriigida ta’lim tizimi ashtarxoniylar davridagi ko‘rinishda saqlab qolindi. Ya’ni o‘quv yurtlari amirlikda ham boshlang‘ich (maktabxona) va oliy (madrasa) maktabdan iborat edi. Maktabxonalar, asosan, masjidlar qoshida ochilgan.
Ularda imomlar o‘qituvchilik qilishgan. Amir Haydar 1803-1804-yillarda islohot o‘tkazdi. Unga ko‘ra amirlikda hamma fuqarolar uchun
zaruriy umumiy ta’lim joriy etildi. Islohotni amalga oshirish uchun
har bir beklikka maxsus vakillar jo‘natildi. Ayni paytda jiyani – Qarshi begi Sayyid Ahmad xoja Fayziy amirlik bo‘yicha mas’ul etib
tayinlandi. Amir Haydar jiyaniga yo‘llagan xatida, jumladan, bunday
deb yozgan edi: „Siz. muallimlarga tayinlangki, ular zaruriy umumiy
ta’limni barcha tobe xalq puxta egallamog’ini ta’minlasinlar. Barcha
kishilar umumiy zaruriy ta’limni puxta egallasinlar“. Madrasa ta’limi
uch bosqich edi. Bu davrda Buxoroda 60 ta madrasa, 300 ta masjid
faoliyat ko‘rsatardi. Madrasalarda 9 mingdan 10 mingtagacha talaba
ilm olgan.
Aniq fanlardan tashqari tarix, geograflya, til va adabiyot, arab tili,
shuningdek, ilohiyot ilmidan ta’lim berilgan. Tabiiy fanlar, asosan,
o‘rta asrlar mualliflarining asarlarini takrorlashdan nariga o‘tmagan.
Tarix darslari esa muallifi noma’lum bo‘lgan „Tarixi Iskandariy“ va
XIII asrda yashab o‘tgan Alouddin Otamalik Juvayniyning „Tarixi
Jahonkushoy“ asarlari asosida olib borilgan.
Juvayniy (1226-1283) tarixchi olim va davlat arbobi bo‘lgan edi.
U arab, fors, mo‘g‘ul va uyg‘ur tillarini mukammal egallagan. O‘z
asarini Mo‘g‘uliston, O‘rta Osiyo hamda Eronning XIII asrdagi tarixiga bag‘ishlagan. Asar uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida Chingizxonning istilochilik urushlari, shuningdek, Jo‘jixon va
Chig‘atoy hamda ulaming avlodlari tarixi haqida hikoya qiladi.
Ikkinchi qismi esa Xorazmshohlar va Xurosonning mo‘g‘ul hukmdorlari davri tarixiga bag‘ishlangan.
Uchinchi qismida Xulokuxonning Eronni zabt etishi kabi voqealar
tarixi yoritilgan.
Asaming 1-2-qismlari O‘rta Osiyo tarixi uchun alohida qimmatga
ega.
Maktabxona va madrasalardagi ta’lim xarajatlari vaqf mulki hisobidan amalga oshirilgan.
78
79.
Hukmdorlar ta’lim tizimi moddiy ta’minotini nazoratda tutganlar.
Madrasa ilmining ahvoli bilan qiziqib turganlar. Chunonchi, Amir
Haydar o‘z davrining bilimdon hukmdorlaridan biri edi. Qur’oni Karimni yoddan bilardi. Amir huzurida tez-tez diniy va ilmiy mnnozaralar
o‘tkazilib turilgan. Buxoro madrasalariga chet davlatlardan o‘qishga
keluvchilar soni ortib borgan. Ular uchun qulay sharoit yaratish choralari ko‘rilgan. Amir Haydaming o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qib turgan.
Maqom – musiqada bir qismli yoki turkumli cholg‘u va ashula yo‘l-
lari; musiqiy uslub.
1. Tarix ilmi sohasida yaratilgan asarlaming ro‘yxatini tuzing.
2. Muhammadniyoz Nishotiy ijodiga mansub asarlaming mazmuni
haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Shoir Mujrim Obid she’riyatida tanqid qilingan illatlar nimadan
dalolat beradi?
4. Xattotlik va miniatura sariati sohasidagi ijod namunalariga misollar
keltiring.
5. Musiqa san’atining maqom janri haqida so‘zlab bering.
Buxoroda XVIXIX asrning birinchi yarmida
rukmronlik qilgan sulolalar
JVs
Sulolalar nomi
Hukmronlik
yillari
Sulolaning
eng mashhur
hukmdorlari
Yaratilgan
tarixiy asarlar
1.
2.
3.
79
80.
Xorazm Shayboniyxon hujumi arafasida
temuriy Suiton Husayn Boyqaro hukmdor
bo‘lgan Xuroson davlati tasarrufida edi.
Husayn Boyqaro Xorazmga qo‘ng‘irot qabilasidan chiqqan Chin So‘fini noib etib tayinlagan.
1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh
Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning bukmronligi
uzoqqa bormadi. Xorazmliklar safaviylar hukmronligiga qarshi kurash
boshladi. Bu kurashga mahalliy aslzodalar boshchilik qildi. Xususan,
Xorazmni Eron safaviylaridan ozod etish va mustaqil davlat tuzish
uchun boshlangan kurashning tashabbuskori o‘sha davrda Xorazmning
markazi bo‘lgan Vazir shahrining qozisi Umar qori bo‘ldi. U xorazmliklami safaviylarga qarshi kurashga da’vat etdi. Xorazm xalqini
mustaqillik uchun kurashga ko‘tarishda Sayid Hisomiddin qattol ham
katta rol o‘ynadi.
Xorazmning bo‘lajak hukmdori hokimiyatining qonuniy maqomga
ega bo‘lishi juda muhim edi. Shu sababli mustaqillik uchun kurashning rahnamolari Xorazm taxtiga Dashti Qipchoqdagi Shaybon avlodidan bo‘lgan Berka Sultonning o‘g‘li Elbarsxonni taklif etdilar.
Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand
bir shajaradan bo‘lsa-da, bir-biriga dushmanlik munosabatida edilar.
1480-yilda o‘zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon
tomonidan o‘z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning o‘ldirilganligi buning sabablaridan biri edi. Elbarsxon 1512yilda Xorazm taxtiga o‘tqazildi.
Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch
shahriga ko‘chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo‘shinlaridan
ozod etgach, bu g‘alaba sharafiga o‘z o‘g‘illari nomiga „g‘ozi“ laqabini qo‘shib aytishni buyurdi.
Xorazmning mustaqilligi
80
81.
Erksevar Xorazm xalqining ozodlik uchun kurashida erishgan
g‘alabasi natijasida, 1512-yilda Xorazmning mustaqilligi tiklandi va
bu mustaqil davlat keyinchalik Xiva xonligi deb atala boshlandi.
Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770-yilgacha davom etdi.
Xiva shayboniylari Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon naslidan
bo’lgan Arabshoh ibn Po’lodning avlodlari bo‘lganligi uchun arabshohiylar deb ham ataladilar.
Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati singar| xiva xonligi ham bir qancha kattakichik mulklarga bo‘lindi. Xonlikda yirik
o‘zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga aylandi. Ular xonlikning butun ijtimoiy-siyosiy hayotiga hal etuvchi ta’sir ko‘rsatib keldilar.
Ayni paytda, ular markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka, mustaqillikka intilishdi. Bu hol o‘zaro nizolami chuqurlashtirdi. Buning
ustiga, XVI asrning 70-yillarida Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo‘ldi. Uning asosiy sabablaridan biri – Amudaryoning o‘z o‘zanini o‘zgartirib, Orol dengizi yo‘nalishida oqa boshlagani edi. Buning oqibatida eski o‘zan atrofidagi yerlar cho‘lga aylandi. Aholi esa
xonlikning boshqa hududlariga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi. Bundan tashqari, Xiva xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi
tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o‘zaro qabilaviy nizolar, og‘ir
soliqlar hamda turli to‘lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavayron qildi. Savdo-sotiqqa katta putur yetdi.
Markaziy Osiyoda dastlab tashkil topgan ikki
XVI asrda
o‘zbek davlati – Buxoro va Xiva xonligi o‘rtaXiva-Buxoro
sida o‘zaro sovuq munosabatlar hukm surdi.
munosabatlari
Buning asosiy sababi – xonliklarnmg bosqinchilik
urushlari hisobiga o‘z hududlarini bir-birining hisobiga kengaytirishga
urinishlari bo‘lsa, ikkinchisi, Buxoro va Xiva xonligida hukmron sulolalarning bir-biriga g’anim bo’lib qolgan xonadonlarga mansubligi
edi.
Buxoro xoni Ubaydullaxon 1537-1538-yillarda Xorazmga hujum
qilib, Xiva xonligini bo‘ysundirdi. Ubaydullaxon o‘g‘li Abdulazizni
Xorazmga noib etib tayinladi. Biroq bu ahvol uzoq davom etmadi.
Erksevar Xorazm xalqining ozodlik uchun kurashi natijasida mamlakatning mustaqilligi tiklandi. Ubaydullaxon yuborgan qo‘shin esa
.
Ijtimoiy-iqtisodiy va
6-O‘zbekiston tarixi, 8-sinf
81
82.
tor-mor keltirildi. Abdulazizxon Buxoroga qochib kelishga majbur
bo‘ldi. Keyingi hukmdorlar davrida ham bu ikki xonlik o‘rtasidagi
adovat va g‘animlik to‘xtamadi.
Jumladan, Buxoro xoni Abdullaxon II Xiva xonligini bir necha bor,
1598-yilda esa uzil-kesil bo‘ysundirdi. Biroq shu yilda Abdullaxon
II ning vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o’zaro toj-u
taxt uchun kurashlar oqibatida Xiva xonligi yana mustaqil davlatga
aylandi.
1510-yil – Ismoil Safaviy Xorazmni bosib oldi.
1512-yil – O‘rta Osiyoda ikkinchi o‘zbek davlati – keyinchalik
Xiva xonligi deb atalgan davlat tashkil topdi.
1. Xiva xonligining tashkil topishi haqida so’zlab bering.
2. XVI asrda Xiva xonligi iqtisodiy hayotida ro‘y bergan inqiroz sabablarini qayd eting.
3. Xiva va Buxoro xonliklari munosabatlarida g‘animlik kayfiyati
kuchli bo’lganligini misollar yordamida asoslab bering.
23-§. XVII—XVIII asrning birinchi yarmida
xonlikdagi siyosiy ahvoi
XVII asrdan boshlab Xiva xonlari davlat hayotiga
oid har bir masalani qabila boshliqlarisiz mustaqil
parokandalik
1 ,
,
,.
, .
, .
?
hal eta olmaydigan bo lib qoldilar. Aym paytda,
ular xon taqdirini hal etardilar. Binobarin, bu holat Xiva xonligida
davlat parokandaligi yuz berganligini anglatar edi. Parokandalik Arab
Muhammadxon davrida (1602-1623) yuqori nuqtasiga yetdi. Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi bu davrda ham davom etdi. Natijada,
Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini Urganchdan Xivaga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. Xorazm davlati endilikda Xiva xonligi deb atala
boshlandi. Yuz bergan iqtisodiy tanglik davlatning siyosiy ahvoliga
juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bundan tashqi kuchlar foydalanib
qolishga urindilar. Chunonchi, Arab Muhammad davrida Rossiya chegarasini qo’riqlab turgan ataman Nechay va ataman Shamay boshchiligidagi Yoyiq kazaklari birin-ketin Urganchga hujum qildilar. Garchand bu hujumlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa-da, xonlik
iqtisodini xonavayron qildi.
‘y Y .
82
83.
Toj-u taxt orzusida Arab Muhammadxon
u i.
i.’iu
1+ i
nmg
o « g«-n
lllan’ tr
Habash
va Blbars
sultonlar
ayrim qabilalarning boshliqlariga tayanib, otalariga qarshi isyon ko‘tardilar. 1621-yildagi isyon chog‘ida otalari Arab Muhammadxon tarafida uning boshqa ikki o‘g‘li – Asfandiyor va Abulg‘oziy sultonlar
urushda qatnashdilar. Bu urushda Habash va Elbars sultonlar g‘olib
chiqdi. Noqobil farzandlarning amri bilan ota asir olindi.
Abulg’oziy Bahodirxon Buxoro xoni Imomqulixon saroyida panoh topdi. Asfandiyor esa Eron shohi Abbos I huzuriga yo‘l oldi.
1623-yilda uning yordamida Xiva taxtini egalladi va Habash hamda
Elbars qatl etildi. Bu voqeadan xabar topgan Abulg‘oziy Bahodirxon
Xivaga qaytdi. Asfandiyorxon (1623-1643) uni Urganch hokimi etib
tayinladi. Biroq tez orada aka-uka o‘rtasidagi munosabatlar buzildi.
Natijada, Abulg‘oziy Bahodirxon Turkiston, Toshkent va Buxoroda
qochib yurishga majbur bo‘ldi. Asfandiyorxon siyosatidan norozi
bo‘lgan turkmanlaming chaqirig‘i bilan u yana Xivaga qaytib bordi.
Akasi unga Xivani topshirishga majbur bo‘ldi. Biroq 1630-yilda uni
Eron shohi huzuriga garov tariqasida jo‘natib yubordi. Abulg‘oziy
Bahodirxon Eronda 10 yil tutqunlikda yashadi. Nihoyat, tutqunlikdan
qochib, Orol o‘zbeklari qarorgohiga yetib keldi. Asfandiyorxon vafot
etgach, 1644-yilda Xiva xonligi taxtini egalladi.
Abulg‘oziy Bahodirxonning davlatchilikni mustahkamlashga
qaratilgan islohotlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U davlatning
boshqaruv tuzilmasini o‘zgartirdi. Ayrim viloyatlarning hokimligiga
urug‘ boshliqlari tayinladi. Bir-biri bilan o‘zaro nizo qiluvchi
urug‘lar boshliqlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish uchun
u Amudaryoning quyi oqimida yashovchi aholini to‘rtta birlashmaga
bo‘ldi. Ularning har biriga yer ajratib berdi. Davlat apparatida
muhim ma’muriy mansablami egallaydigan shaxslar ularning orasidan
tayinlanadigan bo‘ldi.
Har bir qabilaviy guruhga inoq tayinlandi. Abulg‘oziy Bahodirxonning farmoniga muvofiq, urug‘laming yuqori tabaqasidan xonga
maslahatchilik qiladigan kishilar guruhi ajratib olindi. Eng e’tiborli
amaldorlar hisoblanuvchi inoqlar ham ularning orasidan chiqqan edi.
Abulg‘oziy Bahodirxonning islohotlari ma’lum muddatga bo‘lsada, hokimiyatning markazlashuviga hamda ko‘chmanchilar va yarim
ko‘chmanchilarning o‘troqlashish jarayonini kuchaytirishga xizmat
qildi.
A
.
Abulgoziy
&
J Bahodirxon
83
84.
Afsuski, Xiva-Buxoro munosabatlari keskin
kechdi. Buxoro xonligi Xiva xonligini o‘z mulkiga qo‘shib olish uchun bir necha bor urinib
ko‘rdi. Abulg‘oziy Bahodirxon Buxoroning hujumini qaytardi. Keyinchalik qulay imkoniyatlar bo‘lganida o‘zi ham bir necha bor Buxoro
hududlariga bostirib kirdi. Va nihoyat, 1662-yilda Buxoro xonligi bilan sulh tuzdi. Abulg‘oziy Bahodirxon 1663-yilda hokimiyatni o‘g‘li
Anushaxonga topshirdi. Uning davrida ikki davlat munosabatlari yanada keskinlashdi. Anushaxon davrida Xiva-Buxoro munosabatlari
qanday kechganligi haqida awalgi mavzularda bilib olgan edingiz.
Anushaxonni taxtdan ag‘dara olgan Subhonqulixon eshikog‘aboshi
Shohniyozni Xivaga noib etib tayinladi. Biroq tez orada Xiva xonligida Buxoro, Rossiya va Eron manfaatlari to‘qnashdi.
Manfaatlar to‘qnashuvi Shohniyozning Subhonqulixonga xiyonat
qilishidan boshlandi. Shohniyoz o‘z hokimiyatini mustahkamlashga va
Buxoroga qaramlikdan qutulishga intilib, Rossiya siymosida kuchli
homiyga ega bo‘lmoqchi bo‘ldi. 1700-yilda u Subhonqulixonga bildirmay, Pyotr I huzuriga elchi yuborib, o‘ziga tobe bo‘lgan butun
xalq bilan birga Rossiya qaramog’iga qabul qilishni so‘radi. Pyotr I
1700-yilning 30-iyunidagi farmon bilan bu iltimosga rozilik bildirdi.
Biroq bu farmon amalda hech naf keltirmadi. Xiva xonligining
parokandaligi Sherg‘oziyxon davrida (1715 — 1727), ayniqsa, yaqqol
namoyon bo‘ldi. O‘zaro ichki mojarolar tufayli yemirilayotgan
davlatning ichki ahvoli chet davlatlarning aralashuvi sababli yanada
mushkullashdi. Chunonchi, 1714-yilda Pyotr I uyushtirgan A.BekovichCherkasskiy boshchiligidagi ekspeditsiya o‘sha paytda qudratli Rossiya
davlatining Xivani o‘z ta’siriga bo‘ysundirish yo‘lidagi dastlabki urinishi bo‘ldi. Ammo bu ekspeditsiya fojiali tugadi. Shundan keyin
Xiva ancha vaqtgacha Rossiya tomonidan hujum bo‘lishi xavfi ostida
yashadi. Biroq „Shimoliy urush“ bilan band bo‘lgan Rossiya harbiy
harakat boshlay olmadi. Shunday bo‘lsa-da, Bekovich-Cherkasskiy
harbiy „ekspeditsiyasi“ning halokati Xiva-Rossiya munosabatlarini
keskinlashtirib yubordi. Bunday sharoitda Sherg‘oziyxon Buxoro bilan
munosabatlarni yumshatishga harakat qildi. Lekin Rossiya hujumi xavfi
saqlanib turgan bir paytda har ikki o‘zbek xonligi o‘zaro hamjihat
bo‘lishga intilish o‘miga ulaming munosabatlaridagi keskinlik yanada
Xiva-Buxoro
munosabatlari
84
85.
kuchaydi. Bunga Buxoro xoni Abulfayzxonning orolliklarni Xiva xoniga qarshi gijgijlashi sabab bo‘ldi. Natijada, Orolbo‘yi aholisi Xiva
xonligidan ajralib chiqdi. Xiva xonligida boshlangan o‘zaro kurash
goh u, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg‘oziyxonning vafotiga qadar davom etdi. Qabilalar o‘zaro kelisholmagach, endi
taxtga Qozoq xonligidan chingiziy sultonlami o‘tqazish boshlandi.
1728-yilda taxtga o‘tqazilgan Elbarsxon ularning birinchisi bo‘ldi
(1728-1740). Eron shohi Nodirshoh xonlikdagi siyosiy beqarorlikdan
foydalanib, 1740-yili Xivani bosib oldi va Xivaga o‘z odamini hokim etib tayinladi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o‘rnatildi. Biroq
Eronga qaramlik davrida ham ichki nizolar to‘xtamadi. Aksincha,
taxt uchun qabilalararo ayovsiz kurash boshlandi. Taxtga esa atayin
chingiziylar avlodiga mansub xonlarni o‘tqazish davom etdi va ular
tez-tez almashtirib turildi. Bu hodisa xonlik tarixiga „xonlar o‘yini“
nomi bilan kirdi.
Xonlar esa amalda inoqlar qo‘lida itoatkor boTib qoldilar. O‘zaro
ichki kurashlarda maTum muddat turkman yovmutlarining qoTi baland
keldi. Ular 1764-yilda hokimiyatni amalda o‘z qoTiga oldilar. Biroq
ular davlatni boshqarishni eplay olmadilar. Ularning zo‘ravonlik va
talonchiliklari xonlik aholisini, ulami qoTlab-quwatlagan kuchlarni
ham o’zlariga qarshi qilib qo‘ydi. Xonlikdagi bu ichki boshboshdoqlik
qo‘ng‘irot qabilasi hokimiyat tepasiga kelgunga qadar davom etdi.
9
1. XVII asrdan boshlab Xiva xonligida kuchayib borgan ikki jarayonni qayd eting.
2. Abulg‘oziy Bahodirxon qanday qilib hokimiyat tepasiga keldi?
3. Xiva-Buxoro munosabatlaridagi keskinlik qanday oqibatlarga olib
keldi?
4. Xiva xonligining Eron tomonidan bosib olinishiga sabab boTgan
omillarni aniqlang.
5. Qanday omillar Xiva xonligida hokimiyatning qo‘ng‘irotlar sulolasi
qoTiga o’tishiga yo‘1 ochdi?
85
86.
24- §. Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar sulolasi hnkmronligining
o‘rnatilishi. XVIII asr oxiri – XIX asr birinchi yarmida
xonlikning siyosiy ahvoli
Xiva xonligidagi boshboshdoqliklarga
va o‘zaro to‘xtovsiz ichki urushlarga
kimdir chek qo‘yishi tarixiy zaruriyatga
aylandi. Chunki xonlikning iqtisodiy ahvoli, avvalo, siyosiy tarqoqlikdan va o‘zaro ichki urushlardan, shuningdek, dushman davlatlar
hujumidan katta zarar ko‘rdi. Ikkinchidan, xalq o‘zining beomon
talanishi, tinimsiz urushlar tufayli xonavayron bo‘lishi oqibatida tevarak-atrofdagi yurtlarga qochib ketib jon saqlashga majbur bo‘ldi.
Natijada, ko‘plab yerlar tashlandiq holatga tushib qoldi. Bu omillar,
o‘z navbatida, zodagonlar va qabilalar o‘rtasidagi mojarolami to‘xtatishga qodir bo‘lgan kuchli markaziy hokimiyatning barpo etilishini
taqozo etmoqda edi.
Bunday hokimiyatni barpo etishga qodir kuch sifatida maydonga
o‘zbeklaming qo‘ng‘irot qabilasi chiqdi. XVIII asrning 60-yillaridan
boshlab Xiva xonligida hokimiyatni qo‘ng‘irot qabilasi o‘z qo‘liga
ola boshladi. Yirik zodagonlar va ruhoniylar tabaqasining madadiga
tayangan qo‘ng‘irot qabilasining yo‘lboshchisi Muhammad Amin
1761-yilda inoqlik lavozimiga ko‘tarildi. U turkman qabilalariga
qarshi kurash olib bordi. Biroq dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab,
Buxoro amirligiga — Doniyolbiy otaliq huzuriga ketdi. Turkman qabilalari Xorazmni egalladilar va ko‘plab, Hazorasp, Xonqa, Urganch,
Kat, Shohobod shaharlarini xonavayron qildilar. Ocharchilik va vabo
tarqalib, aholi Orolbo‘ylari va Buxoroga ketishga majbur bo‘ldi.
Buxoro amirligi madadiga tayangan Muhammad Amin inoq
1770-yilda Buxorodan qaytib keldi va turkman qabilasini Xivadan
quvib chiqardi va mahalliy beklarni ham bo‘ysundirishga muvaffaq
bo‘ldi. Shu tariqa Xiva xonligida hokimiyat uning qoTiga o’tdi.
Muhammad Amin mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik vaziyatini yaratishga erishdi. Bulaming barchasi mamlakat iqtisodining
ko‘tarilishini ta’minladi. Jon saqlash uchun o‘zga yurtlarga qochib
ketgan fuqarolar yana qaytib kela boshladilar.
Qo‘ng‘irot sulolasining
hokimiyat tepasiga kelishi
86
87.
xrx ASR O‘RTALARIDA
XIVA XONLlGf
QORAQIJM
iKaim
Sirda
DKfl.
,N-
I? IA<> Zl
‘
Oqmachit
Qo‘ngbirot
\XI VA
N.V*
/
4
■
xiva © o
Hazonisp
y °
0
@3J
BOXORO
J Xiva xonligi
ri-ri Ruxnrnaniirligihilan Xiva xonligi
LLL talashyerlar
ITT Turkman qabilalariniug Xiva xnnlipiga vaqtineha
qaram bo’lib qolgan yerlan
n Qo’qon xontigi
&°o
Maymana
J Xiva xonligiga qaram bo’lgan quzoq yerlari
□ Duxoro aniirligi
yerir^.
—— Xonliklaming taxtmniy chegaralari
Shu tariqa, 1770-yilda xonlikda qo‘ng‘irotlar sulolasining hukmronligi o‘rnatildi. Biroq bu sulola chingiziylar avlodiga mansub
bo’lmaganligi uchun taxtda awalgi sulola vakillarini saqlab keldilar.
Ular aslida soxta xonlar bo’lib, amalda hech qanday hokimiyatga
ega bo‘lmaganlar.
87
88.
Avaz Muhammad inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan
ancha mustahkamlandi. Muhammad Amin (1770-1790) ham, uning
o‘g‘li Avaz (1790-1804) ham davlat hokimiyatini inoq unvonida
boshqardilar. Faqat Avazning o‘g‘li Eltuzar 1804-yilda o‘zini xon deb
eTon qildi. Bu sana xonlik tarixiga qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligi
rasman o‘rnatilgan sana sifatida kirdi. Sulola 1920-yilga qadar Xiva
xonligini idora qildi.
Eltuzarxon xonlikda markazlashgan davlat siyosati yuritish uchun
harakat qildi. Biroq u 1806-yilda Xiva-Buxoro urushida halok
Muhammad Rahimxon I
davrida Xiva xonligi
,
,
n
,
,
.
Eltuzarxon vafot etgach, taxtga unmg
ukasi Muhammad Rahimxon I o‘tirdi.
Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga
kirishdi. Bu juda muhim, kerak bo‘lsa, hayot-mamot masalasi edi.
Chunki Rossiya tomonidan mustahkamlangan Orenburg liniyasining
paydo bo‘lishi Xiva xonligiga bevosita tahdid solmoqda edi.
Ikkinchidan, Buxoro amirligining hujumlariga qarshi tura olish ham
zarur edi. Xonlikni siyosiy jihatdan birlashtirmasdan va markaziy
hokimiyatni mustahkamlamasdan turib chet el davlatlari tahdidining
kuchini kamaytirish qiyin edi. Birlashtirish jarayoni turkman qabilalarini bo‘ysundirishdan boshlandi. Turkmanlaming turli qabilalari qanchalik qattiq qarshilik ko‘rsatmasinlar, birin-ketin bo‘ysundirib borildi. Bo‘ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko‘chib ketdi.
Biroq Eron hukumatining tazyiqi ostida hamda yaylov maydoni yo‘qligi natijasida yana Xiva xonligi hududiga qaytib keldilar. Endi ular
Xiva xoni tomonidan ajratib berilgan hududga joylashishga majbur
bo‘ldilar. Shu davrdan boshlab, yovmut qabilasining taqdiri Xiva xonligi bilan uzil-kesil bog‘landi va xonlik fuqarolari tarkibiga olindi.
Ularga ham soliq to‘lash belgilandi. Shuningdek, xon qo‘shiniga belgilangan miqdorda navkar yuborish majburiyati ham yuklandi.
Ular xon qo‘shinida sidqidildan xizmat qildilar. Muhammad Rahimxon I o‘zbeklar va turkmanlardan tuzilgan „xon navkarlari” deb
atalgan muntazam qo‘shinga tayanib yirik zodagonlar va Orolbo’yi
o‘zbeklari qarshiligini sindirdi. 1811-yilda esa qoraqalpoqlar ham
bo‘ysunishga majbur etildi. Shu tariqa, Muhammad Rahimxon I davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni paytda, uning hududlari yanada kengaytirildi.
88
89.
Mamlakatda nisbiy barqarorlik ta’minlandi.
Ayn’ Paytda’ davlat b0SManivi, soliq tizimida islohotlar o‘tkazildi. Bojxona xizmati
va zarbxona tashkil etildi. 1809-yilda tilla tangalar zarb etish yo‘lga
qo‘yildi. Davlat boshqaruvi sohasida o‘tkazilgan islohotga ko‘ra, xon
huzurida yuqori boshqaruv organi – Oliy Kengash ta’sis etildi.
Vakolati cheklangan bo‘lsa-da, Kengash xon farmonlarini tasdiqlovchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifasini bajardi. Oliy Kengashga xonning o‘zi rahbarlik qildi. Oliy Kengash ishida xonning yaqin
qarindoshlari, mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib, shayxulislom,
bosh qozi, inoq, otaliq va biylar qatnashganlar. Oliy Kengash majlisi
haftada bir marta o‘tkazilgan va unda davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid eng muhim masalalar muhokama etilgan. Ayni paytda,
xonlik hayotiga oid kundalik masalalami hal etish uchun Kichik
Kengash ham ta’sis etildi. Bu kengash ishida xondan tashqari mehtar,
qo‘shbegi, devonbegi, naqib va shayxulislom qatnashganlar.
Soliq tizimida o’tkazilgan islohotga ko‘ra, soliqlaming muntazam
undirilishi ta’minlandi. Bunga yerdan olinadigan soliqning mahalliy
hokimlar tomonidan yig‘ilishiga chek qo’yish, soliqlarning xon tomonidan tayinlangan davlat amaldorlari tomonidan yig‘ilishi tartibining
o‘rnatilishi orqali erishildi. Ayni paytda, yer solig‘ining ancha qismi
pul shaklida yig‘iladigan va ulaming hammasi umumdavlat xazinasiga
topshiriladigan bo‘ldi. Shuningdek, bojxona xizmatining tashkil etilganligi va oltin tangalar zarb etilib muomalaga chiqarilganligi davlat xazinasiga tushumning ko‘payishiga xizmat qildi. Muhammad Rahimxon I mamlakatda ichkilikni taqiqladi.
MU1M,“7ohdotShimXOn
1809-yilda zarb etilgan oltin tanga (Xiva)
Xiva xonligi
Olloqulixon davrida
Muhammad Rahimxon I 1825-yilda vafot etgach, taxtni katta o‘g‘li Olloqulixon egalladi
(1825-1842). U mamlakat iqtisodini yanada
89
90.
ko‘tarish maqsadida yangi kanallar qazdirib, sug‘oriladigan yer maydonlarini kengaytirdi. Bundan tashqari, mamlakat obodonchiligi yo‘lida
ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. Chunonchi, Arabxon va
Muhammad Amin inoq madrasalari qaytadan qurildi. Shuningdek,
o‘zining nomi bilan ataluvchi madrasa, karvonsaroy, tim, 111 xona
va bo‘lmali Toshhovli (Olloqulixon) saroyi va boshqa ko‘plab me’moriy binolar bunyod ettirdi. Uning davrida koshinkorlik san’ati
yuksak cho‘qqiga chiqdi. Bu san’at, ayniqsa, Pahlavon Mahmud maqbarasi va Ko‘hna arkni koshin bilan bezatishda o‘zining yorqin ifodasini topdi. Shuningdek, Xiva shahri atrofi mudofaa devori bilan
o‘raldi. Shaharning ichki qismidan tashqarisida yashayotgan aholining
xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6250 metrli tashqi qal’a qurildi.
Olloqulixon markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lishga harakat qilgan turkman va qoraqalpoqlarning qo‘zg‘olonlarini shafqatsizlik bilan
bostirdi. U 1842-yilda vafot etdi va hayotligida tayyorlab qo‘ygan
Pahlavon Mahmud maqbarasiga dafn etildi.
1. Qo’ng’irotlar sulolasi hokimiyat tepasiga kelishi arafasida Xiva
xonligidagi siyosiy ahvol haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Qo‘ng‘irotlar sulolasi qay tariqa hokimiyatni egalladi?
3. Muhammad Rahimxon I ning mamlakatda nisbatan siyosiy barqarorlikni ta’minlay olganligining sabablarini qayd eting.
4. Muhammad Rahimxon I o‘tkazgan iqtisodiy islohotlar qanday natija berdi?
5. Muhammad Rahimxon I davlat boshqaruvi sohasida qanday islohot
o’tkazdi?
6. Olloqulixon amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari haqida nimalami
bilib oldingiz?
25- §. Xiva xonligida davlat boshqaruvi
Xiva xonligi tashkil topgan davrda uning hududi katta bo‘lmagan. Xonlik g‘arbda Kaspiy
dengizi, shimolda Orol dengizi havzasi, janubda
esa Atrek daryosi (hozirgi Eron va Turkmanistondagi daryo, uzunligi
669 km, Kaspiy dengiziga quyiladi) hamda Saraxs (Turkmanistondagi
shahar) atrofigacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olar edi.
Xonlik hududi
va aholisi
90
91.
XIX asrning butun birinchi yarmi davomida xonlik hududi harbiy
harakatlar natijasida tobora kengaytirilib borildi va shu asrning
40-yillarida uning hududi 19 ming km2 ni tashkil etdi. Xonlik qozoq juzlari, Eron va Buxoro amirligi bilan chegaradosh bo‘ldi. Ayni
paytda, XVIII asrdan boshlab Rossiya chegarasining janubga siljib
borishi natijasida ikki davlat chegaralari yaqinlashdi. Xonlik aholisining umumiy soni 800 ming kishiga yaqin edi. Uning 65 foizini
o‘zbeklar, 26 foizini turkmanlar, qolgan qismini esa qoraqalpoqlar,
qozoqlar, qisman arablar tashkil etardi. Bu raqamlar qat’iy bo‘lmagan.
Chunki xonlik hududining kengayib borishi bilan aholi soni ham
ortib bordi. Poytaxt Xiva shahrida 20 mingdan ortiq aholi yashagan.
Xonlikning butun hududi urug‘-qabila tamoyili asosida taqsimlangan. Xususan, Abulg‘oziy Bahodirxon ko’chib kelgan 32 ta o‘zbek
qabilalarini 4 ta guruhga bo‘ldi. Bular: Uyg‘ur—nayman, qo‘ng‘irot—
qiyot, nukuz-mang‘it, qang‘li-qipchoq.
Bo‘lish chog’ida qabilalarning urf-odatlari, turmush tarzi va qarindoshlik aloqalari hamda joylashgan yeri hisobga olindi. Har bir
qabilani inoq boshqargan. Har bir qabilaviy guruhdan 4 nafar kishi
eng yuqori davlat lavozimlariga tayinlangan. Xon inoqlar orqali qabilalar hayotiga tegishli masalalami hal qilardi. Inoqlar xonning eng
yaqin maslahatchisi sifatida saroyda istiqomat qilganlar.
Xonlik hududi 23 ta ma’muriy birlikka bo‘lingan. Shundan 20
tasi beklik (viloyat), 2 tasi noiblik edi. Yigirma uchinchisi esa poytaxt Xiva shahri va uning atrofidagi hududlar edi. Viloyatlar esa
shahar va masjid qavmlariga bo‘lingan. Boshqaruvning eng quyi
ma’muriy birligi masjid qavmlari (qishloq) deb atalgan. Viloyatlarni
beklar, noibliklarni noiblar, shaharlarni hokimlar va masjid qavmlarini
esa oqsoqollar boshqarishgan. Oqsoqollar masjid qavmlari tomonidan
saylangan va xon tomonidan tasdiqlangan. Qolgan ma’muriy birliklar
boshliqlari – beklar, noiblar va hokimlar xon tomonidan tayinlangan.
Xiva va uning atrofidagi hududlarni xonning o‘zi boshqargan.
Xiva xonligi ham Buxoro amirligi singari
Davlat tuzumi va
mutlaq monarxiya edi. Oliy hukmdor – xon
boshqaruv tizimi
davlat boshlig‘i sanalardi. Xiva xonligi mutlaq
monarxiya bo‘lsa-da, Buxoro amirligidan farqli o‘laroq xonlikda, avvalgi mavzularda ta’kidlanganidck, Oliy va Kichik Kengashlar faoliyat
91
92.
koTsatgan. Oliy Kengash, ayni paytda, taxt vorisi masalasini ham
hal ctgan.
Taxt otadan katta o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tgan. Qo‘ng‘irotlar
davrida ham boTajak xonni oq namat (kigiz)ga o‘tqazib, uning to‘rt
uchidan xonlikning eng yuqori martabali a’yonlari taxtgacha ko‘tarib olib borish an’anasi saqlanib qolgan. Bosh vazir mansabiga
tayinlangan amaldor mehtar deb atalgan. Bu lavozimga o‘troq aholi
vakillari orasidan tayinlangan. Shuningdek, u vaziri a’zam, dasturi
mukarram, nizom al-mulk sifatlari bilan ulugTangan.
Keyingi martabali mansabdor qo’shbegi esa xonlikda to‘planadigan
soliqlarning davlat xazinasiga tushishini ta’minlagan hamda moliya
ishlari uchun, shuningdek, qo‘shinning holati uchun javobgar boTgan.
Barcha harbiy harakatlarda ishtirok etgan. U amir, „sohibi devoni a’lo“
sifatlari bilan ulugTangan. Qo‘shbegi ko‘chmanchi qabilalar vakillari
orasidan tayinlangan. Markaziy hokimiyatning kuchayishi natijasida
avvallari xonlikda juda katta nufuzga ega boTgan inoqlaming mavqeyi
XIX asrning birinchi yarmidan boshlab pasayib bordi. Muhammad
Rahimxon I saroydagi amaldorlar sonini 360 nafardan 100 nafarga
tushirdi. Biy, otaliq va inoq mansablarini bekor qildi. Xonlikda 3 ta
devon (vazirlik) faoliyat ko‘rsatdi. Bular xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy
va harbiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi devonlar edi. Ularning faoliyatiga devonbegi rahbarlik qilardi. Xonlik tarkibidagi qozoq va
qoraqalpoqlar esa o‘zlarining biylari, turkmanlar esa ularning vakili
tomonidan boshqarilardi. Ularning lavozimi avloddan avlodga meros
boTib o‘tsa-da, nomzodini xon tasdiqlashi shart edi. Oliy Kengash
a’zosi yasovulboshi xonlik xavfsizlik xizmatini boshqargan. Xonning
qoTiqlanishi va maxfiy davlat hujjatlarining saqlanishi uchun javobgar boTgan. Urush harakatlari vaqtida qo‘shinga qo‘mondonlik qilgan hamda turkman qabilalaridan tuzilgan harbiy qismni ham boshqargan. Xonlikda mirob, parvonachi, qutvol, shug’ovul (chet el
davlatlari elchilarini qabul qiluvchi va ulaming ta’minoti uchun
mas’ul amaldor), mahram (xonning maxfiy maslahatchisi, alohida topshiriqlarini bajaruvchi, zarurat boTganida elchi qilib jo‘natiladigan
mansabdor shaxs) kabi lavozimlar ham mavjud edi.
.
Xonlikda sud ishlari islom dini huquqshunoslari qo‘u is ari
Har bir beklikda 1 nafardan 4 nafargacha
qozi boTgan. Qozilikka islom huquqining eng bilimdon vakillari
92
93.
orasidan imtihon o‘tkazish yo‘li bilan saralab olingan. G’oliblar xon
farmoni bilan taqdirlanganlar. G’olibning qozi etib tayinlangani to‘g‘risida ularga xon yorlig‘i („Yorlig‘i xumoyun-u ali“) berilgan.
Muftiy qozi hukmining shariatga qanchalik mos kelishi haqida fatvo chiqargan. Sud qarori muftiy unga o‘zining muhrini qo‘yganidan
so‘nggina rasmiy maqomga ega bo‘lgan. Xiva shahrida 7 nafar muftiy
faoliyat yuritgan. Ularga islom huquqining eng obro‘li namoyandasia’lam rahbarlik qilgan. U muftiylar bergan xulosani ko‘rib chiqib
uni yo tasdiqlagan, yo qaytargan. Sud ishi bo‘yicha shikoyatlar Xiva
shahridagi 2 nafar Oliy qozilar tomonidan o‘rganib chiqilgan. Ularning biri qozi kalon, ikkinchisi esa qozi o‘rda edi. Ayni paytda,
qozi xoss mansabi ham bo‘lib, u xon xonadoni a’zolari o‘rtasidagi
masalalarni ko‘rib chiqqan.
Qozi askar esa qo‘shinda sodir bo‘lgan islom qonunlarining buzilishi bilan bog‘liq ishlar ustidan hukm chiqargan. Naqiblar – payg‘ambar avlodlari jamoasi vakillari bo‘lib, jamiyatning diniy hayoti
sohasi uchun mas’ul edilar. Ular xonning eng ishonchli kishilaridan
sanalgan va harbiy harakatlar chog‘ida doimo unga hamrohlik qilgan.
Shuningdek, ular taTim sohasi ishlari uchun ham javobgar edi. Rais
(qozi rais) esa jamiyatda shariat qonun-qoidalariga qanchalik amal
qilinayotganligi ahvolini, shuningdek, ota-onalaming bolalarini maktabga yuborayotganligini kuzatib borgan.
Harbi ish
Xiva xonligida Muhammad Rahimxon I davrida
muntazam qo’shin tuzildi. Mazkur qo‘shin xon navkarlari deb ataldi. Uning umumiy soni 2 ming askardan iborat edi.
Qo‘shinning Bosh qo‘mondoni yasovulboshi deb atalgan.
Tinchlik paytida xon navkarlari xon va uning oilasini ham qo‘riqlagan. Qo‘shin va harbiy mansabdorlar Xiva shahriga yaqin atrofdan ma’lum miqdorda yer maydoni hamda maosh bilan ta’minlangan. Xonlikda, shuningdek, nomuntazam qo‘shin — xalq lashkari
ham mavjud edi. XIX asr o‘rtalarida ularning soni 9-10 ming kishini tashkil etgan. Biroq Buxoro qo‘shinidan farqli ravishda Xiva
xonligi doimiy qo‘shini maxsus harbiy kiyim-boshga ega boTmagan. Harbiylar, asosan, har xil chopon kiyishgan. Xonlikda davlat
chegarasini qo‘riqlash uchun ham qo‘shin ajratilgan. Chegara qo‘shiniga qorovulbegi qo‘mondonlik qilgan.
93
94.
1. Xiva xonligining hududi va aholisining tarkibi haqida nimalarni
bilib oldingiz?
2. Abulg‘oziy Bahodirxon nega Dashti Qipchoqdan ko‘chib kelgan
qabilalarni guruhlarga bo‘lib joylashtirdi?
3. „Inoqlar boshqaruvi” dcyilganda nima tushuniladi va u qachondan
boshlandi?
4. Xonlikdagl eng yuqori mansab – mehtar va qo‘shbegi lavozimlarini
bir-biriga taqqoslang.
5. Xiva xonligida sudlovni amalga oshirish qanday tartibda olib borilgan?
Yasovul va mahram lavozimlarini bir-biri bilan taqqoslang, O‘xshash va farq qiluvchi jihatlarini daftaringizga yozing.
4
26-§. Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
Shaharlar hayoti
Yer xonlikning asosiy boyligi edi. Barcha yer
davlat mulki sanalgan. Egalik shakliga ko‘ra
Xiva xonligi yerlari ham davlat (podshoh),
mulk (xususiy yerlar) va vaqf yerlariga bo‘lingan. Davlat yerlarining
bir qismi xon va uning qarindosh-urug‘lariga hamda oliy martabali
ruhoniylarga tegishli
Xonga tegishli yerlar mulki xolis, mulki xossa, amloki xossa,
mulki maxsusa nomlari bilan atalgan.
Xonga tegishli yerlardan davlat xazinasiga soliq to‘lanmagan. Yirik
martabali amaldorlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun tarxon yerlari
berilgan. Tarxonni meros qoldirish, boshqaga o‘tkazish man etilgan.
Undan faqat vaqtincha foydalanish mumkin edi. Davlat yerlarining
bir qismi xususiy mulk shaklida sotilgan. Shu tariqa, yer egaligining
mulk (xususiy yerlar) shakli vujudga kelgan. Yerning xususiy mulk
qilib sotilganligi haqida davlat nomidan bitim imzolangan. Shundan
so‘ng yerning sotib olinganligi haqida mulk egasiga vasiqa berilgan.
Davlat yerlarining yana bir qismi mayda dehqon xo‘jaliklari qo‘lida
bo‘lgan. Davlat xazinasiga daromad, asosan, ana shu yerlardan tushgan. Chunonchi, 10 tanobdan ortiq yer berilgan xo‘jaliklar 3 tilladan,
5 tanobdan 10 tanobgacha yer berilganlar 2 tilladan, 5 tanobgacha
Yer egaligi
munosabatlari
94
95.
yer berilganlar yiliga 1 tilladan soliq to‘laganlar. Davlat yerini ijaraga
oluvchilar bevatan, xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar koranda, vaqf
yerlarini ijaraga oluvchilar esa vaqfchi deb atalgan. Ijaraga olingan
15 tanob yerga ishlov beruvchi yersiz dehqonlar 34, 10 tanob yerga
23 va 5 tanob yerga esa 12 kumush tanga miqdorida soliq to‘lagan.
Xonlikda keng tarqalgani vaqf yerlari edi. Uning hajmi sug‘oriladigan va aholi yashaydigan yerlarning 40 foizga yaqinini tashkil etgan. Vaqf yerlari ham yuqorida aytilganidek, ijaraga berilgan.
Xiva xonligida shartli (vaqtincha) yer egaligining boshqa ikki
o‘zbek davlatlarida mavjud bo‘lmagan otliq deb atalgan shakli ham
mavjud edi. Xiva xonlari harbiy yurish chog‘larida, asosan, turkman
qabilalarining otliqlariga tayanganlar. Harbiy harakatning qanday natija bilan tugashi ko‘p jihatdan ularga bog‘liq edi. Shuning uchun ham
har bir otliq hisobiga foydalanish uchun 30-50 tanob yer mulki
berilgan. „Otliq“ olgan yer egasi xon talab qilgan vaqtda bir otliq
askarni qurollantirib xon huzuriga yuborgan. Yerlar har uch yilda bir
marta qayta xatlovdan o‘tkazilgan.
Nihoyatda noqulay tabiiy sharoitda ekinzorlarga suv chiqarish va
dehqonchilik qilish xonlikda ancha mashaqqatli mehnat talab etardi.
Mehnatkash xalq bu mashaqqatlami mardonavor yengib o‘tgan.
Mehnatkash xalq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini juda og‘ir tabiiy
sharoitda yetishtirganlari uchun adolat yuzasidan ijaradorlaming ulushi
yetishtirilgan hosilning 75% ini tashkil etgan.
_
.. .
Barcha davlatlarda bo‘lganidek, Xiva xonSoliq va maiburiyatlar .. ., ,
,. ,
ligida ham aholi to laydigan soliqlar va
ular o‘taydigan majburiyatlar belgilab qo‘yilgan. Xonlikdagi asosiy
soliq yer solig’i bo‘lib, u salg‘ut deb atalgan. Hunarmandlar, tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi savdogarlar, chorvadorlar zakot to‘lashgan. Uning miqdori mulk qiymatining 2,5% ini tashkil etgan.
Ba’zi hollarda barcha soliq yilning boshidayoq yoki bir necha yillik
soliq avvaldan undirilishi mumkin edi. Soliqqa tortishning bu shakli barot deb atalgan. Bundan tashqari, aholi begar deb ataluvchi
rasman 12 kunlik davlat majburiyatiga jalb etilgan. Begar chog‘ida
qishloqning har bir xonadonidan bir kishidan odam jalb etilgan. Ular
har yili kanal qazishda, sug‘orish inshootlarini bunyod etishda yoki
ta’mirlashda, yo‘llarni tuzatishda va turli binolar qurilishida mehnat
qilganlar.
95
96.
Xorazm davlati (keyinchalik Xiva xonligi)
tarixida Ko‘hna Urganch, Vazir, Yangi Urganch va Xiva poytaxt maqomiga ega bo‘lgan shaharlardir. Ko‘hna
Urganch (asl nomi Gurganj, miloddan avvalgi I asrdagi manbalarda
uchraydi) X asming ikkinchi yarmida Xorazmda markazi Gurganj
shahri bo‘lgan amirlik tashkil etildi. Amir Ma’mun ibn Muhammad
995-yilda Kot shahridagi xorazmshohlar hokimiyatini ag‘dardi va
o‘zini Xorazm hukmdori – Xorazmshoh deb e’lon qildi.
Shu tariqa, Gurganj Xorazm davlatining poytaxtiga aylandi. Shahar tez sur’atlar bilan rivojlandi. Ilm-fan yuksaklikka ko‘tarildi. Xorazmshoh ma’muniylar tashkil etgan ilm-fan markazi (Ma’mun akademiyasi)da zamonasining Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino
kabi o‘nlab allomalari shu ilm maskanida faoliyat yuritdilar. Ko‘hna
Urganch Buyuk Xorazmshohlar davlatining ham poytaxti bo‘lgan.
Biroq shahar Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shini tomonidan
vayron qilindi.
mavzuda
22ta’kidlanganidek, Amudaryo o‘z o‘zanini o’zgartirib
Kaspiy dengiziga emas, Orol dengiziga quyila boshlashi tufayli Gurganj shahri suvsiz qoldi. Natijada, odamlar har tomonga ko‘chib keta
boshladi. Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon 1646-yilda boshqa shahar – Yangi Urganch shahrini qurdirdi. Sarson-sargardon bo‘lib yurgan aholini shu shaharga ko‘chirtirib keldi. Avvalgi Gurganch (Urganch) shahri endi Ko‘hna Urganch deb ataladigan bo‘ldi. Abulg‘oziy
Bahodirxonning o‘g‘li Anushaxon hukmronligi davrida Yangi Urganch
yaqinida Shohobod nomi berilgan katta kanal qazildi. Kanal shahar
obodonchiligida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Xiva Xorazmning eng mashhur va eng qadimiy
iva s a n shahridir. U mil. avv. V asrda bunyod etilgan. Uning
butun tarixi Xorazm tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib keldi.
Xivaning mashhurligi bunyod etilgan davrlardanoq u orqali Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi savdo yo‘li o‘tganligi bilan izohlanadi. Xiva
XVII asrning birinchi choragidan 1920-yilgacha xonlikning poytaxti
bo‘lib keldi. 1997-yilda (xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan) Xiva shahrining 2500 yilligi katta shodiyona va faxr bilan nishonlandi. Shahar dunyoda „Ming gumbaz shahri“ nomi bilan ham
mashhurdir.
96
97.
XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida ikkita xon saroyi,
o‘n yettita masjid va yigirma ikkita madrasa mavjud bo’lgan. XIX
asrda Xiva shahri bir-biridan devor bilan ajralib turuvchi ikki qismga – Ichan qal’a (Ichki shahar) va Dishan qal’a (Tashqi shahar)ga
bo‘lindi.
Tchan qal’a
Ichan qal’a bobolarimizdan qolgan O‘rta Osiyodagi
yirik va noyob me’moriy yodgorlikdir. Ichan
qal’a Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) qismidir. Ichan qal’a
Dishan qal’adan devor bilan ajralib turadi. Unga Bog‘cha, Polvon,
Tosh va Ota deb nomlangan to‘rtta darvoza orqali kirilgan. Xorazm
o‘lkasi me’morchiligining ajoyib obidalari – madrasa, masjid, xon
saroyi, ma’muriy binolar, bosh maydon va minoralar Ichan qaTada
joylashgan. Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad
Aminxon hukmronliklari davrida Ichan qal’ada keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Muhtasham saroy, madrasa va
maqbaralar barpo etildi. Ko‘hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi.
Muhammad Aminxon Ichan qal’aning g‘arbiy qismidagi Ko’hna ark
yoniga Kalta minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minorani qurdirdi.
Xiva. Ichan qal’a
7-O‘zbekiston tarixi, 8-sinf
97
98.
Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me’morlari O‘rta Osiyoda qadimdan
davom etib kelayotgan an’ana – inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul „qo‘sh“ deb ataladi. Bundan
tashqari, binolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham
amal qilingan. Masalan, Polvon darvozasi oldidagi bir necha masjid,
madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday
o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi. Noyob me’morchilik obidasi bo‘lgan Ichan qal’a 1961-yilda me’moriy yodgorlik sifatida alohida muhofazaga olindi va muzey-qo’riqxonaga aylantirildi. Uning maydoni
26 ga. ni tashkil etadi. Unda 54 ta tarixiy-me’moriy obida joylashgan.
1969-yildan muzey-qo‘riqxona „Ichan qal’a muzey-qo‘riqxonasi“ deb
ataldi. 1990-yilda Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga
kiritildi.
Dishan al’a
Dishan qal’a — Tashqi qal’a Xiva shahrining rabod
qismi hisoblanadi. Unda savdo va hunarmandchilik
do‘konlari, mahallalar joylashgan. 1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon
Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida
shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7-8 metr, qalinligi esa 5 — 6
metr bo‘lgan devor bilan o’ratgan. Ichan qal’a 4 darvozali boTsa,
Dishan qal’a 10 darvozali boTgan.
Xonlikning ichki va tashqi savdosi tobora riIchki va tashi
vojlanib bordi. Ichki savdo-sotiqda Xivaning usti
savdo
yopiq bozori alohida ahamiyatga ega boTgan.
Xonlikdan, asosan, qorako‘1 teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari
Eron, Hindiston, Xitoy va Usmonli kabi davlatlarga eksport qilingan.
Xiva xonligining Buxoro, Eron va Afg‘oniston bilan savdo qiluvchi
savdogarlari „buxorochi“ deb atalgan. Xivaliklar Eronga ipak, qorako‘1 teri, barra qo‘zi terisi, kunjut, bug‘doy va turkman otlarini
olib borishgan. Xiva savdogarlari Erondan murch, imbir kabi hind
mollari bilan birga ipak mato, feruza, salla uchun ishlatiladigan
kirmonshoh shollari olib kelishgan. Rossiya bilan boTgan savdo-sotiq
Xiva xonligining iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega edi. Xiva
Rossiyaga paxta, jun, ipak chiqarardi. Rossiyadan esa ip, gazlama,
movut, qand-shakar, metall buyumlar, temir, mis, cho‘yan keltirardi.
Savdo-sotiq tekis bormasa-da, lekin o‘sib borardi. 1844-yilda Xiva
Rossiyaga 137 ming rublli, 1867-yilda 1,5 million rublli tovar eks-
C
98
99.
port qildi. Rossiyadan tegishli ravishda 270 va 486 ming rublli tovar keltirildi. Bu Xivaning tovar chiqarishi 23 yil ichida 10 baravar, tovar keltirishi esa 1,5 baravar ko‘payganini hildiradi. Rossiya,
ayni paytda, Xivani jahon bozori bilan bog‘lay oladigan tayanchiga
ham aylandi. Shuning uchun ham savdogarlar bu aloqani yanada
mustahkamlashga intildilar.
7
1. Xiva xonligida yer egaligi shaklida Buxoro amirligida uchramaydigan jihatni toping.
2. Yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqlar miqdori nimaga
bog‘liq edi?
3. Davlat qanday soliqlar joriy etgan edi?
4. Ko’hna Urganch va Vazir shahri haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Xiva nimasi bilan dunyoni lol qoldirib kelmoqda?
6. Xiva-Rossiya savdo aloqalarining ‘ ‘langanligini tasdiqlovchi
misollar keltiring.
27-§. Xiva xonligining tashqi siyosati
XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining
Buxoro, Qo‘qon, Afg‘oniston, Eron, Hindiston
va Usmonli kabi davlatlar bilan savdo-iqtisodiy
va elchilik aloqalari rivojlandi. Bunga, bir tomondan, Xiva xonligi hududining O‘rta Osiyo savdogarlari va Haj
safariga boruvchilarning Kaspiy dengizi orqali muqaddas Makka va
boshqa shaharlarga o‘tish manzilgohiga aylanganligi, ikkinchidan esa
chet davlatlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish davlat xazinasiga daromad keltirayotganligi sabab bo‘ldi.
Avvalgi mavzulardan Sizga ma’lumki, Xiva-Buxoro munosabatlari
har doim ham silliq kechmadi. Bu holat keyinchalik ham davom
etdi. Chunonchi, ularning manfaati Marv viloyatida ham to‘qnash
keldi. Chunki Marv O‘rta Osiyo davlatlarini Eron bilan bog‘lovchi
muhim savdo yo‘li ustida joylashgan edi. Shuning uchun ham XIX
asrning birinchi yarmida bu ikki davlat o‘rtasida bir necha bor o‘zaro
urushlar yuz berdi. Chunonchi, Muhammad Rahimxon I 1822-yilda
Marvni Buxorodan qaytarib oldi. Shundan keyin ham Marv uchun
kurash to‘xtamadi. Ikki davlat o‘rtasida bir necha bor yuz bergan
Xonlikning Osiyo
davlatlari bilan
aloqalari
99
100.
urushlardan so‘ng, nihoyat, 1845-yilda Xiva xonligi Marvni uzil-kesil
o‘ziga qo‘shib oldi. Biroq munosabatlar qanchalik keskin bo‘lmasin,
o‘zaro savdo aloqalari to’xtab qolmadi.
1812-yilda Xivaga Eron va qozoqlarning O‘rta juz xonligidan elchilar kelishdi. Ular bilan davlat chegaralari xavfsizligi va savdosotiq masalalarida kelishuvga erishildi. XIX asr boshlarida Xiva va
Afg‘oniston o‘rtasida elchilik munosabatlari o’matildi. Muhammad
Rahimxon I hatto Afg‘onistonda hokimiyat uchun kurashayotgan shoh
Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishida yordam ham
berdi. Buning evaziga Afg‘oniston Xiva xonligi savdogarlariga Kobul
bozorida erkin savdo qilish huquqini berdi.
Xiva xonligi Qo‘qon xonligi bilan ham o‘zaro munosabatlami
mustahkamlashga harakat qildi. Chunonchi, 1843-1844-yillarda Xivaga Qo‘qon xonligi elchilari keldi. Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida hamdo‘stlik va o‘zaro savdo aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishildi. Tabiiyki, u yoki bu davlatga chet ellardan
savdogarlarning muntazam kelishi ularga yaratiladigan qulay sharoitga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham Xiva xonlari chet ellik savdogarlarga shunday sharoit yaratish masalasiga katta e’tibor berganlar. Chunonchi, Olloqulixon ajoyib me’moriy obida, xonlik ustalari
yuksak mahoratining ko‘zgularidan biri bo‘lgan Karvonsaroy majmuasini bunyod ettirdi. Bu majmua 14 gumbazli tim (yopiq bozor), karvonsaroy va omborxonadan iborat qilib qurilgan. Bozorda
Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya, Buxoro va Qo‘qon kabi davlatlardan
keltirilgan mollar sotilardi. Karvonsaroy ikki qavatli bo’lib, 105 hujrali edi. Xiva xonligining anori, qovuni, uzumi, nashvatisi, anjiri va
o‘rigining shirinligi chet ellarda ham mashhur bo‘lgan.
Xiva-Rossiya munosabatlarida muhim jihat
Xiva – Rossiya
shunda ediki, o‘zaro savdodan har ikkala davmunosabatlarining
lat ham birdek manfaatdor edi. Xiva savdoo‘ziga xos jihatlari
garlari uchun Rossiyaga boradigan savdo
yo‘llari xavfsiz edi. Shuningdek, Xiva xonligida Rossiya sanoatining
tayyor iste’mol mahsulotlariga ehtiyoj baland edi. Ayni paytda, Rossiya Xiva xonligiga o‘z mahsulotlarini sotadigan bozor deb qarar
edi. Rossiya mahsulotlari Yevropaning ilg‘or davlatlari tovarlari bilan
raqobat qila olmayotgan bir davrda bu juda muhim edi. Ikkinchidan,
100
101.
Xiva xonligi Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo mahsulotlarini
arzon narxlarda yetkazib beruvchi o‘lka ham hisoblanardi. Xivadan
Rossiyaga paxta, ipak, bo‘z, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari.
quritilgan meva va boshqa mahsulotlar olib borilgan. Xiva savdogarlari
Nijniy Novgorod shahrida o’tkaziladigan yarmarkalarda qatnashganlar.
Rossiyadan esa Xivaga metall, to‘qimachilik mahsulotlari, turli rangli
bo‘yoqlar, mo‘yna terilari, qurol-aslaha keltirilardi.
Biroq har ikki davlat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining qaror topishiga har ikki tarafning Kichik juz qozoqlarini va
qoraqalpoqlami o‘z fuqarolari deb hisoblashlari, shuningdek, har ikki
tomonning o‘zaro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida uzoq
vaqt bir to‘xtamga kela olmaganliklari ham to‘sqinlik qilmoqda edi.
Maqsadi O‘rta Osiyoni egallashdan iborat
Xiva-Rossiya
bo‘lgan Rossiya o‘zbek davlatlariga, xususan,
munosabatlarining
Xiva xonligiga turli bahonalarni ro‘kach qikeskinlashuvi
lib, bosim o‘tkazishni kuchaytirib bordi.
Rossiya 1822-yilda O‘rta juz va 1824-yilda esa Kichik juz xonliklarini bo‘ysundirdi. Endi Rossiya chegarasi bevosita Xiva xonligi
chegarasiga yaqinlashib qoldi. Bunday sharoitda Xiva xonligi qozoq
cho‘llarining ikki davlat o‘rtasida bir-birini ajratib turuvchi hudud
bo‘lib qolishi uchun harakat qildi. Biroq Rossiya buni istamadi. Oqibatda, ikki davlat o‘rtasidagi munosabat keskinlasha bordi.
Bu orada Buyuk Britaniya razvedkasi o‘zbek davlatlariga suqilib
kira boshladi. Buyuk Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini to‘ldirish xavfl ham vujudga keldi. Shunday sharoitda Rossiya hukumati Xiva xonligiga nisbatan o‘z talablari ko‘lamini tobora kengaytirib bordi. Chunonchi, u Xivadan Amudaryoda Rossiya savdo
kemalarining suzishiga ruxsat berilishini ham talab etdi. Bora-bora Rossiya Xiva bilan munosabatni harbiy kuch orqali tartibga solish yo‘lini tanladi. Shu maqsadda 1839-yilda V. Perovskiy harbiy
ekspeditsiyasi tashkil etildi. Biroq Ustyurtning qattiq sovug‘i, oziqovqat va yem-xashakning yetishmasligi oqibatida ekspeditsiya talafot
ko‘rdi. Oqibatda, V.Perovskiy orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. Lekin
ekspeditsiya izsiz ketmadi. V. Perovskiy ekspeditsiyasi Xiva xonini
Rossiya bilan kelishuv yo’lini axtarishga majbur etdi.
101
102.
„Majhuriyatlar akti‘‘
Rossiya hukumati endi Xiva xonligiga o‘z
majburan 0 maqsadga erishish uchun G. Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi.
Muzokaralar yakunida Rossiya bosimi ostida 1842-yilning 27-dekabrida Xiva-Rossiya o‘rtasida „Majburiyatlar akti“ deb ataluvchi
shartnoma imzolandi. Shartnomada Xiva xonining Rossiya bilan
tinchlik, mustahkam do‘stlik munosabatida bo‘lishi e’lon qilindi. Xiva
xoniga, bundan tashqari, Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlari
sodir etmaslik, savdo karvonlarining talanishiga yo‘l qo‘ymaslik, Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’mmlash kabi
majburiyatlar yuklandi.
Bular aslida Rossiyaning o‘z xohish-istaklarini majburan bajartirishidan boshqa narsa emas edi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi
savdo aloqalariga ham katta e’tibor berildi. Mazkur masalada ham
Rossiya o‘z xohish-istagini majburan qabul qildirdi. Chunonchi, boj
to‘lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5 foiz miqdoridan oshmasligi
belgilab qo‘yildi. Biroq Rossiya shartnomaning ana shu bandini ham
amalda bajarmadi. Oqibatda, o‘zaro munosabatlar tobora keskinlashib
bordi.
1847-yilda Rossiya xonliklarga olib boradigan yo‘lda harbiy istehkomlar qurdi. Bu istehkomlar Rossiya siyosatida O‘rta Osiyoni
harbiy yo‘l bilan ishg‘ol etish tomon burilish ro‘y berganligining
tasdig‘i edi. Bu hol o‘zbek davlatlarini tashvishga solib qo‘ydi.
O‘zbek davlatlarining Rossiyaga qarshi turishda Buyuk Britaniyaga
suyanishi mumkinligi ehtimoli ham o‘zini oqlamadi. Bunga Rossiya-Buyuk Britaniya munosabatlarida o‘zgarish yuz berganligi sabab
bo‘ldi. Afg‘onistonga qarshi urushda mag’lubiyatga uchragan Buyuk
Britaniya Rossiya bilan kelishishga qaror qildi. Bu kelishuvga binoan
Rossiya O‘rta Osiyo bilan cheklanadigan bo‘ldi. Ayni paytda, Hindistonga chiqish niyatidan voz kechdi. Buyuk Britaniya esa Rossiyaning o‘zbek davlatlariga nisbatan tutadigan siyosatiga qarshilik qilmaydigan bo‘ldi. Afg‘oniston esa Buyuk Britaniya va Rossiyaning
Osiyodagi mustamlakalari o‘rtasida ularni ajratib turuvchi hudud sifatida e’tirof etildi.
102
103.
O‘zbek davlatlari endilikda yakkalanib qoldi. Ularni faqat o‘zaro
ittifoqliklarigina saqlab qolishi mumkin edi. Afsuski, o‘zaro ziddiyatning kuchliligi hamda Rossiyaning harbiy qudrati oldidagi ojizlikdan
paydo bo‘lgan qo‘rquv tufayli ular birlasha olmadi.
1842-yil – Rossiya-Xiva o’rtasida „Majburiyatlar akti“ imzolandi.
Xiva xonligining Osiyo davlatlari bilan munosabatiga doir faktlar
ro‘yxatini tuzing.
Xiva xonligi chet ellik savdogarlar uchun qulay sharoit yaratish
maqsadida qanday tadbirlarni amalga oshirdi?
3. Xiva-Rossiya munosabatlarida keskinlik boshlanishiga qanday
omillar sabab boTdi?
4. „Majburiyatlar akti“ shartnomasining mazmuni haqida so‘zlab bering.
xVN
5. Nega o‘zbek davlatlarining Rossiyaga qarshi turishda Buyuk Britaniyaga tayanishlari mumkinligi ehtimoli To‘yobga chiqmay qoldi?
6. Nega o‘zbek davlatlarining o’zlari Rossiya xavfiga qarshi o‘zaro
ittifoq tuza olmadilar?
28-§. Xiva xonligida madaniy hayot
Xiva xonligida boshqa ikki o‘zbek davlati Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligiga qaraganda
iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishga intilish kuchliroq edi. Buning sababi Xiva xonlarining maqsadi bilan
izohlanadi. Xonlarning maqsadi esa Xorazmning avvalgi salobatini
tiklash va O‘rta Osiyoning markazi bo‘lish edi. Ko‘hna Xorazm bu o‘zbek davlatchiligining tamal toshi qo‘yilgan diyor. Bu diyorda
ma’muniy xorazmshohlar davrida birinchi ilm-fan markazi – Xorazm
Ma’mun akademiyasi tashkil etilgan. Shuningdek, Xorazm dunyoning
eng yirik va qudratli saltanatlaridan biri – Anushtegin Xorazmshohlar
saltanati vujudga kelgan yurt.
To‘g‘ri, Xiva xonligida ilm-fan darajasi ma’muniy xorazmshohlar
davri ilm-fani darajasi bilan tenglasha olmaydi. Biroq davlatning
iqtisodiy imkoniyatlari yetarli boTmasa-da, xonlikda shahar qurilishiga,
kanallar qazilishiga, eng boy kutubxona yaratilishiga juda katta mabMadaniy hayot
manzarasi
103
104.
lag‘ sarflanganligi o‘sha maqsad bilan izohlanadi. Maqsad qanday
bo‘lishidan qat’i nazar u ezgulikka xizmat qildi. Bobolarimizdan biz
avlodlarga dunyoni lol qoldiradigan me’morchilik namunalari meros
qoldi.
Bu davr xonlik adabiyotida Amir Avazbiy o‘g‘li
Adabiyot
Shermuhammad (taxallusi Munis Xorazmiy) va
uning jiyani Erniyozbek o‘g‘li Muhammad Rizo (taxallusi Ogahiy)
lar alohida ajralib turadilar. Murtis Xorazmiy yoshlik chogflaridan
adabiyot va tarix faniga mehr qo‘ydi. 1800-yilda otasi vafot etgach,
saroy kotibi etib tayinlandi. 1804-yilda birinchi she’rlarini o‘z ichiga
olgan devon – „Devoni Munis“ni yaratdi. Munisning „Oshiqlar do‘sti“
devoni 20 mingdan ortiq misradan iborat. U xattotlar tomonidan ko‘chirilib, ajoyib kitob holiga keltirilgan.
Bu davr adabiyotining yana bir mashhur namoyandasi Ogahiy
1809-yilda Qiyot qishlog‘idagi mirob oilasida tug‘ildi. Xiva madrasalarida ilm oldi. Arab va fors tillarini puxta egalladi. Ayniqsa, Alisher
Navoiy ijodini qunt bilan o‘rgandi. 1829-yilda amakisi Munis vafot etgach, Olloqulixon uni amakisining o‘rniga mirob mansabiga
tayinladi. Uning shoir sifatida yaratgan asarlar to’plami „Oshiqlar
tumori“ deb ataladi va u 19 ming misradan iborat. Uning g‘azallari
„Shashmaqom“ning hamma kuylariga tushadi. Ogahiy o‘z davrining
mohir tarjimoni ham edi. U Sa’diy Sheroziyning „Guliston“, Abdurahmon Jomiyning „Yusuf va Zulayho“ hamda Nizomiy Ganjaviy „Xamsa“sining ba’zi dostonlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.
Xorazm tarixnavislik maktabiga asos solgan shaxs
Tarix
Abulg’oziy Bahodirxondir. U ham hukmdor, ham
tarixchi olim sifatida tarixda nom qozondi. O‘zining „Shajarayi turk
va mo‘g‘ul“ asari bilan tarixda nom qoldirdi. Asarning „Taqi Shaybonxon avlodidin Xorazm mamlakatinda podshohlik qilg‘onlaming
zikri“ deb nomlangan I bobi Xorazmning 1512-1663-yillardagi tarixiga bag‘ishlangan. Abulg‘oziy Bahodirxon yozgan bu asarning qimmati yana shundaki, u o‘zbek tilida yozilgan.
„Dastur ul-amal“ asari Abulg‘oziy Bahodirxonning topshirig‘i bilan
yozilgan. Afsuski, bu asar muallifining nomi aniqlangan emas. Mazkur
asarda Sohibqiron Amir Temurdan tortib, Zahiriddin Muhammad
Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir
104
105.
hukmdorga qoTyozmaning bir bo‘limi bag‘ishlangan. Xorazm tarixi
bo‘yicha eng qimmatli asarlardan biri „Firdavs ul-iqbol“ („Jannat
bog‘i“) asari Munis qalamiga mansub bo‘lib, unda Xorazmning qadimgi davridan 1825-yilgacha bo‘lgan tarixi bayon etilgan. Biroq
Munis asarni yozib tugata olmadi. Asarning qolgan qismi jiyani
Ogahiy tomonidan yozildi. Ayni paytda, Ogahiyning o‘zi ham „Davlatning jannat bog‘i“, „Tarixlar sarasi“, „Sulton voqealarining majmuasi“ hamda „Davlatlar gulshani“ kabi tarix faniga oid asarlar
yozib qoldirdi. Ogahiy „Davlatning jannat bog‘i“ („Riyoz ud-davla“)
asariga 1825-yildan 1842-yilgacha, „Tarixlar sarasi“da („Zubdat uttavorix“) 1843 -1846-yillargacha, „Sulton voqealarining majmuasi“
(„Jomi ul-voqeati sultoniy“) asarida esa 1846-1855-yilgacha bo‘lgan
Xorazmning tarixini bayon etdi.
XVI asrda Xiva xonlari kutubxonalarida xatQo lyozma kitob
totlik, husnixat maktabi shakllandi. Mashhur
sa.n~a.ti
■
xattot Hamadoniy 1556-yilda Eshmuhammadxonga „Shohnoma“ni miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib ko‘chirib
berdi. XVII—XVIII asrlarda Xivada Muhammad Yusuf Roziy, Bobojon
Sanoiy, Muhammad Rizo Oxund kabi usta xattotlar ijod qildilar. Ular
she’riy asarlar, tarjima va tarixiy kitoblarni katta mahorat bilan ko‘chirdilar. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bitta kitobni husnixat bilan
yozish bir kishining mehnati emas edi. Shuning uchun har bir kitobni
bezashda bir necha soha ustalari, xususan, qog’oz qirquvchi, kotibxattot, muzahhib (oltin suvi yurituvchi), lavvoh (sarlavha bituvchi),
miniaturachi rassom va sahhof (muqovalovchi)lar ishtirok etishgan.
Xonlikda ta’lim tizimi Xiva ^onligida ham taTim ikki bosqichli
edi. Quyi bosqich – boshlang‘ich maktab
bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘qish-yozishni o‘rganganlar. XIX asrda xonlikda 1,5 mingga yaqin boshlang‘ich maktab faoliyat ko‘rsatgan. Madrasalar soni esa 103 tani tashkil etgan. Shundan 22 tasi Xiva shahrida
joylashgan. Munis ta’lim sohasi rivojiga o‘zining 1804-yilda yozgan
„Savodi ta’lim“ asari bilan hissa qo‘shdi. Bu she’riy qoTlanma savod
chiqarishni yengillashtirishga, shuningdek, husnixatni rivojlantirishga
moTjallangan edi.
Madrasa taTimning oliy bosqichi boTib, unda diniy ilm bilan birgalikda arab tili grammatikasi, mantiq, nutq madaniyati, matematika,
105
106.
geografiya, tarix fanlari o‘qitilgan. Madrasani bitirganlar qozi, uning
yordamchisi, masjid imomi lavozimlarida ishlaganlar. Ayrimlari mudarrislik ham qilishgan. Ta’limning harcha xarajatlari, mudarris va
talabalarning ta’minoti vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga
oshirilgan.
1. Xiva xonligida Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligiga qaraganda
2.
3.
4.
5.
madaniy sohada bunyodkorlik ishlari keng ko’lamda olib borilganligining sababi nimada?
Xiva xonligida ijod qilgan adabiyot namoyandalari va ular yaratgan asarlar haqida nimalarni bilib oldingiz?
Tarix fani sohasida yaratilgan asarlar ro‘yxatini tuzing.
„Firdavs ul-iqbol“ va „Riyoz ud-davla“ asarlari haqida nimalami
bilib oldingiz?
*
Xiva qo‘lyozma kitob san’ati haqida so‘zlab bering.
29-§. Xlva xonligi tarixi bo‘yicha manbalar
Mana’ Siz Xiva xonligining XVI-XIX asr
birinchi yarmi tarixi bilan tanishib boTdingiz.
Xo‘sh, Siz bilib olgan tarixiy maTumotlar qayerlardan olingan? Ular,
birinchi navbatda, tarixiy hujjatlarni o‘rganish natijasida to‘plangan.
Xiva xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, 1873-yilda
xon devonida saqlanayotgan hujjatlar ham Peterburg shahriga olib
ketildi. Olib ketilgan hujjatlar faqat 1962-yildagina Toshkentdagi
O‘zbekiston Davlat arxiviga olib kelindi. Xiva xonligi hujjatlarining
maTum qismi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
xazinasida ham mavjud.
Arxiv hujjatlari Xiva xonligining davlat tuzumi, soliq va majburiyatlar, pul muomalasi, davlatning ma’muriy-hududiy boTinishi, aholining xo‘jalik mashg‘uloti, savdo-sotiq ishlari kabi masalalar haqida
qimmatli maTumotlar beradi.
XVII asrda yashagan Hasanbek RumluMahalliy tarixchilarning
ning „Eng go‘zal tarix“ asari XVI asrXiva xonligi tarixi
ning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga
to‘g‘risidagi asarlari
bag‘ishlangan. Xiva xoni, tarixchi olim
Abulg’oziy Bahodirxonning (1603 — 1664) „Shajarayi turk“ asari,
ayniqsa, katta ahamiyatga egadir. Asarda juda katta tarixiy dalilArxiv hujjatlari
106
107.
lar to‘plangan. Asar turkiy qabilalar shajarasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. U kitobxonni Xiva va xivaliklar, shuningdek, Abulg‘oziy Bahodirxonning o‘zaro urushlar oqibatida parchalanib ketgan
davlatni birlashtirish yo‘lida olib borgan shiddatli kurashi bilan ham
tanishtiradi. Asarning 1512-1663-yillardagi Xiva ijtimoiy-siyosiy tarixiga, Xiva-Buxoro munosabatlariga bag‘ishlangan IX bobi tarix fani
uchun katta ahamiyatga ega.
Mahalliy mualliflar orasida Munis va Ogahiylammg tarixiy asarlari
ham tarix uchun muhim manba hisoblanadi. Munisning „Firdavs uliqbol“ deb ataluvchi tarixiy asarining ahamiyati shundaki, unda Xorazmning 300 yillik tarixi (1572-1825) yaxlit, tarixiy ketma-ketlikda
bayon etilgan.
Munis vafot etgach, xonlik tarixini yozish ishini Ogahiy davom
ettirdi. Uning tarix fani bo‘yicha yozib qoldirgan asarlari haqida oldingi mavzuda ma’lumotga ega bo‘ldingiz.
Xudoyberdi Avaz Muhammadning 1831 -1832-yillarda yozilgan
„Dili g‘aroyib“ asari ham Xiva xonligi, uning shaharlari haqida muhim ma’lumotlar beradi.
„.
. . . . , . .
Rossiya
elchisi I.D.Xoxlov 1620-1622-yilXiva tarixi bo’yicha
, ,
rossiyalik mualliflarni™ larda Buxoro va Xlva xonhklanda bo ldi.
asarlari
Unga ikki xonlik hukmdorlarini Rossiya bilan do‘stlashishga, savdo va elchilik aloqalarini kengaytirishga ko‘ndirish, ularni Rossiyaning qudratli davlat
ekanligiga ishontirish, tabiiy boyliklari va harbiy qudratini aniqlash
kabi vazifalar yuklatilgan edi.
Uning elchiligi natijalari Rossiya podshosiga yuborilgan ma’lumotlarda yozib qoldirilgan. Ma’lumotlar uning o‘ziga yuklatilgan
vazifaning katta qismini bajarganligini tasdiqlaydi. Chunonchi, u
Xiva va Buxoro munosabatlarining sovuq ekanligini, Xiva va Eron
munosabatlari ham yaxshi emasligini, bojxona to‘lovlari savdoni
rivojlantirishga to‘siq bo‘layotganligi, chunonchi, boj bir davlatdan
ikkinchisiga o‘tgandagina emas, balki bir mamlakatning o‘zida bir
viloyatdan ikkinchisiga o‘tganda ham olinishini qayd etgan.
1725-yilda Xivaga Rossiya elchisi bo‘lib kelgan Florio Beneveni
esdaliklarida ilmiy jihatdan muhim ma’lumotlar yozib qoldirilgan.
Rossiya imperatori Pyotr I unga juda muhim vazifalarni yuklagan.
107
108.
Chunonchi, u Buxoro xoniga Xivaga qarshi ittifoq tuzishni taklif
etishi lozim edi. Beneveni o‘z esdaligida, jumladan, quyidagilarni qayd
etgan: ,jtgar Xiva xoni Sherg’oziyxon yo’qotilsa, bu yerda tinchlik
o’rnatiladi va hamma yo’llar ochiq bo’ladi. Rossiya Sherg’oziyxonga
qarshi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashi foydali bo’ladi”.
Rossiya elchisi sifatida Xiva xonligiga 1819-yilda kelgan N.I.Muravyov ham yozib qoldirgan esdaliklar eng qimmatli manbalar qatorida turadi. „Esdaliklar“ Xiva to‘g‘risida, qadimiy obidalar, davlat
boshqaruvi tizimi, hunarmandchilik va savdo-sotiq to‘g‘risida batafsil
ma’lumotlardan iborat. Shuning uchun ham bu kitob fransuz va nemis
tillariga tarjima qilingan edi. Muallif asarida o‘zbek xalqiga xos
xususiyatlar haqida to’xtalib, o‘zbeklarni „aql-idrokli, suhbati yoqimli
va o‘tkir, qafiyatli, matonatli, urf-odati oddiy, yolg’on va aldovdan
nafratlanuvchi, harbiy ishda hormay-tolmaydigan mard va jasur kishilarf deb ta’riflagan. N. LMuravyov o‘z fikrini davom ettirib, yana
quyidagilami qayd etgan: „Xiva aholisi o ‘zining mashaqqatli mehnati
bilan cho ‘l-u biyobonni hosildor o ‘Ikaga aylantirgan. Atrof ekinzor
maydon – bug’doyzor, sholipoya, uzumzor va shirin-shakar bog‘“.
1842-yilda Xiva va Rossiya o‘rtasida „Majburiyatlar akti“ shartnomasining imzolanishiga erishgan elchi G. Danilevskiy o‘zi bilan
Xivaga kelgan tabiatshunos olim R.Baziner hammuallifligida „Xiva
va xonlikning boshqa shaharlari hamda qishloqlari savdo-sotig‘i va
sanoati” nomli asar yozib qoldirdilar.
1858-yilda Xiva va Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya rahbari N.Ignatyev yozib qoldirgan esdaliklar ham Xiva tarixi bo‘yicha
muhim manba hisoblanadi.
Taniqli sharqshunos olim N. Vasilevskiyning „O‘zbeklar Xorazmda“,
„Inoqlar hukmdorligi“ va „Qo‘ng‘irot sulolasi“ asarlari Xiva xonligining XVI asr va undan keyingi asrlar tarixiga bag‘ishlangan. Bundan
tashqari, Xiva bilan Rossiyaning XVIII-XIX asrlardagi o‘zaro aloqalari yana bir sharqshunos olim S. Jukovskiyning „Rossiyaning keyingi 300 yilda Buxoro va Xiva bilan aloqasi“ asarida o‘z ifodasini
topgan.
Yevropa mamlakatlari sayyohlari va olimlari
Yevropa sayyohlari va
yozib qoldirgan asarlar ichida ingliz savdo
olimlari yozib qoldirgan va diplomatiya vakili A. Jenkinsonning esmanbalar
daliklari Xiva xonligining XVI asr tarixi
haqida muhim maTumot beradi. Bu esdalik „Jenkinsonning Rossi108
109.
yadagi Moskov shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahriga sayohati“ deb
nomlangan. Yevropa sayyohlari ichida taniqli venger sharqshunos olimi X. Vamberi yozib qoldirgan ,,0‘rta Osiyo bo’ylab sayohat“ deb
ataluvchi asar Xiva tarixi bo‘yicha ham eng qimmatli manbalardan
hisoblanadi. Bu esdalik o‘zbek tilida ham chop etilgan.
O‘zbekiston olimlari ham Xiva xonliO‘zbekiston olimlarining
gi tarixini o‘rganish ishiga katta hissa
Xiva xonligi tarixiga
qo‘shdilar. Ular orasida akademik I.Mo‘asarlari
minov boshchiligida yaratilgan „Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi“ (1976-yil)
alohida qimmatga ega. Shuningdek, akademik Y. G ‘uiomovning „Xorazmning sug‘orilish tarixi“ (Qadimgi zamonlardan hozirgacha),
akademik M. Yo ‘Idoshevning „.Xiva xonligida feodal yer egaligi va
davlat tuzilishi“ hamda D.Alimova tahri
etilgan „O‘zbekiston tarixi“ (XVI-XIX asming birin
tilida) kitobi,
shuningdek, O’zbekiston milliy ensiklc
■ va 12-jildlaridagi Xiva xonligi tarixiga oid maqo.
muhim ahamiyatga
ega.
Xorazmning eng qadimgi davrdan to hozirgi kungacha, shu jumladan, XVI—XIX asrlar birinchi yarmi tarixi haqida Xiva shahrining
2500 yillik yubileyi munosabati bilan chop etilgan „Xiva – ming
gumbaz shahri“ kitobi ham tarixiy dalillarga juda boy asardir (1997yil).
1962-yil – Xiva xonlari arxivi Toshkent shahriga olib kelindi va
u hozir 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanmoqda.
1. Nima uchun davlatlar tarixiga oid o‘tmish manbalarini bilish zarur?
2. Xiva xonligining arxiv hujjatlari bu xonlik tarixini o‘rganishda
qanday ahamiyatga ega?
3. O‘rtaosiyolik olimlardan kimlar Xiva xonligining XVI-XIX asrlar
tarixiga oid asarlar yozib qoldirganlar?
4. Rossiya diplomatlari, olimlarining Xiva tarixiga oid asarlari va
ulaming ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Yevropa sayyohlari Xiva xonligi tarixi bo‘ylcha qanday asarlar yozib qoldirganlar?
109
110.
30- §. XVI-XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar
Dunyoda xalqlar juda ko‘p. Ulardan ikki
yUZdan Ortig‘i o‘z milliy davlatiga ega.
. , , ,.
, . ,
.
O zining davlatiga ega xalqlardan bin qoraqalpoq xalqidir. Ularning davlati O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi
Qoraqalpog‘iston Respublikasidir. Xo‘sh, uzoq tarixda bu xalqning
o‘tmishi qanday kechgan? Qoraqalpoqlarning Amudaryo quyi etagida
turkiy bijanaklar negizida xalq sifatida shakllanish jarayoni VIII asrda
boshlangan edi. Bu jarayon X-XI asrlarda nihoyasiga yetdi. Shu
davrda ularning davlati ham tashkil etilgan. O‘z hukmdori va davlat
boshqaruvi tizimiga ega bo‘lgan Kerder shahri (hozirgi Kegeyli tumani
hududida joylashgan shahar edi) poytaxt etib belgilangan. Qoraqalpoq
davlati Chingizxon hujumi natijasida XIII asrning 20-yillarida barham
topdi.
Turli ko’chmanchi qabilalarning siquviga bardosh bera olmagan
qoraqalpoqlarning bir qismi Volga daryosi ortlariga, janubiy rus
dashtlariga ko‘chib o‘rnashganligiga tarix guvoh. Shuning uchun ham
o‘sha davr rus yilnomlarida ular „uepHi>ie KJio6yKn“ („qora qalpoqlilar“) deb qayd etilgan.
. .
Qoraqalpoq xalqining
shakllanishi
Qoraqalpoqlar tepa tomoni ingichkalashib chiqqan bosh kiyim —
qalpoq kiyib yurganlan
yurganlari uchun shunday nom bilan atalganlar.
Chingizxon Xorazmshohlar davlati poytaxti Urganch shahrini egallagach, uni suvga bostirish maqsadida Amudaryo to‘g‘onini buzdirib
tashlaganligi oqibatida Amudaryoning o‘zani ham o‘zgardi. Oqibatda,
suvsiz qolgan Orolbo‘yi qoraqalpoqlarining bir qismi Volga va O‘rol
(Yoyiq) daryolari bo’ylariga, Sirdaryo vohalariga ko‘chib ketishga
majbur bo‘ldilar.
Oltin O‘rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqdi. Bu davlatlarning biri – XIV asr oxirida tashkil
topgan No‘g‘ay (Mang‘it) xonligi edi. Uning chegarasi — Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo‘ylaridan Kama daryosigacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olardi. Binobarin,
qoraqalpoqlar ko‘chib borib joylashgan hududlar XIV-XVI asrlarda
No‘g‘ay xonligi hududiga kirdi. No‘g‘ay va qoraqalpoq xalqlari o‘zaro siyosiy hamkorlikda, birlashma boTib yashadilar. Ayni paytda, qo110
111.
raqalpoqlar No‘g‘ay xonligi tarkibida o‘zlarining boshqaruv tizimiga
ega edi. Keyinchalik No‘g‘ay xonligi parchalangach, 1556-yilda qoraqalpoqlar Sirdaryoning quyi etagiga ko‘chib keldilar va qozoqlaming
Kichik Juz xonligi tarkibiga kirdilar. Shunday bo‘lsa-da, ular poytaxti
Jankent shahri boTgan o‘z davlatlariga ega edi. Qoraqalpoqlarning
bir qismi esa Xiva xonligi hududi chegarasida Orolbo‘yi o‘zbeklariga
yaqin hududda yashab qolgan qoraqalpoqlarga kelib qo‘shildilar. Bir
guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi — Toshkent tomonga, yana bir guruhi
Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu tariqa qoraqalpoqlar
shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar“ va „quyi qoraqalpoqlar“ga
bo‘linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o‘rtasida
bo‘sh yotgan yerlarga ham o‘rnashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv
chiqarib, dehqonchilik bilan shug‘ullandilar.
rrtj
Qoraqalpoqlaming alohida bir xalq ekanligini 1598-yilda Buxoro
xoni Abdullaxon II ning bir yorlig‘ida „qoraqalpoqlar“ degan so‘z
qayd etilganligi ham tasdiqlaydi.
1723-yilda iung‘orlar bostirib kelib, Sir,
.
.
„
’
daryoning o‘rta qismmi egallagach, qoraqalpoqlar yana ko‘chishga majbur
bo‘lishdi. Ko‘chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo‘linib ketdi. Qoraqalpoqlar shunday sharoitda Rossiya bilan aloqa o’rnatishga harakat
qildi. Chunki jung‘orlar hujumidan omon qolish juda muhim edi.
Ikkinchidan, Rossiya bilan savdoni yoTga qo‘yish ham zarur edi.
1726-yilda qozoqlarning Kichik Juz xoni Abulxayrxon Peterburgga
o‘z elchilarini jo’natdi. Uning tarkibida qoraqalpoqlar vakili ham bor
edi. Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya o‘z elchisi M.Tevkelevni
Abulxayrxon huzuriga jo‘natdi. Muzokaralar natijasida Kichik Juz tarkibidagi qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi. Ayni paytda, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik Juz xonligiga yasoq
toTashi tan olindi. Qoraqalpoqlarning Rossiya fuqaroligiga qabul qilinishi – ularni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi.
Asta-sekin qoraqalpoqlaming Orolbo‘yi o‘zbeklari bilan yaqinlashuvi yuz bera boshladi.
Orolbo‘yi o‘zbeklari Xiva xonligi hokimiyatiga bo‘ysunishni istamas edi. Xon hukumati o‘z oldiga Orolbo‘yi o‘zbeklarini hamda
„
,
„ .
munosabatlari
Qoraqalpoq va Rossiya
111
112.
qoraqalpoqlarni bo‘ysundirish maqsadini qo‘ydi. Nihoyat, uzoq kurashlardan so‘ng, 1735-yildagina Orolbo‘yi o‘zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olishga majbur etildi. 1811-yilda
esa qoraqalpoqlar Xiva xonligiga to‘la bo‘ysundirildi.
1827-yili Xiva xonligi zulmiga qarshi qoraqalOydo‘stbiy
poqlar qo‘zg‘olon ko‘tardi. Qo‘zg‘olonga qoraqalboshchiligidagi
poqlar biyi Oydo’stbiy boshchilik qildi. 1827-yil
qo‘zg‘olon
25-iyul kuni Xiva xoni Olloqulixon Oydo‘stbiy
boshchiligidagi qo‘zg‘olonni bostirish uchun qo‘shin jo‘natdi. Kuchlar
noteng bo’lgan jangda qo‘zg‘olonchilar tor-mor qilindi. Oydo‘stbiy
esa qatl etildi. Qo‘zg‘olon bostirilsa-da, xalqning zulmga qarshi nafrati kuchayib bordi. 1859-yilda Xiva xoni Said Muhammadxon qoraqalpoq xalqining qattiq bosimi ostida ularga o‘zini o‘zi boshqarish
huquqini berdi. Bu bilan Xiva xonligi tarkibida bo‘lsa-da, qoraqalpoq
davlatchiligi amalda tiklandi. Butun hokimiyat Biylar og’asi qo‘lida
to‘plandi. Uning maqomi xon maqomiga tenglashtirildi.
j. . . . Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug‘chilik,
qabilachilik munosabatlari ancha kuchli edi.
Har bir urug‘ yoki qabilaga b/ylar boshchilik qilardi. Harbiy qismlarni botirlar boshqarardi. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo’jalarning ham o‘mi katta edi. Ovul boshlang‘ich ma’muriy bo‘g‘in
bo‘lib, ularning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilardi.
Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi
ma’muriy mansablar ham bor edi.
Biylar og’asi ilgari urug‘ yig‘inlarida saylangan bo‘lsa, qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo‘ysundirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan
bo‘ldi. Xon tomonidan tayinlangan Biylar og‘asiga urug‘ biylari
bo’ysungan. Amudaryoning so‘l sohilidagi Qo‘ng‘irot, o‘ng sohilidagi
Chimboy shaharlari qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga aylandi.
4.
. Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va choro ja i ayoti
vachilik bilan shug‘ullanib keldilar. Qoraqalpoqlar
Orol bo‘ylarida, Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi yerlarda dehqonchilik bilan shug‘ullanardilar. Bug‘doy, arpa, tariq nsl boshqa ekinlar
ekib, mo‘l hosil olganlar. Yangi (Jana)daryo va Quvondaryo havzalarida
qoraqalpoqlar tomonidan barpo etilgan kanal va sug‘orish inshootlari
dehqonchilikning yetakchi o‘rinda turganligidan guvohlik beradi. XVIII
112
113.
asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko‘1, Kegayli, XIX
asr o‘rtalarida Chimboy, Qo‘ng‘irot dehqonchilik vohalari vujudga
keldi. Dehqonchilikda omoch, mola, ketmon, belkurak, o’roq kabi
mehnat qurollaridan foydalanilgan. Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida
chorvachilik ham muhim o‘rin tutgan. Chorvadorlar ho‘kiz va tuya
qo‘shilgan aravalarda poda va otarlari bilan yil davomida sero‘t yaylovlarga ko’chib yurganlar.
Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida baliqchilik va ovchilik ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
9
Qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni haqida nimalarni bilib
oldingiz?
2. „Qoraqalpoq“ atamasi qanday kelib chiqqan?
3. Yurtimizda dastlab „qoraqalpoqlar“ deb tilga olingan hujjat kimga
tegishli edi?
4. Qoraqalpoq-Rossiya, Qoraqalpoq-Xiva munosabatlariga oid faktlar
ro‘yxatini tuzing.
5. Oydo‘stbiy qo‘zg‘olonining sababi va oqibatlari haqida so’zlab bering.
6. Nega Xiva xoni Qoraqalpoqlarga o‘zini o‘zi boshqarish huquqini
berishga majbur bo‘ldi?
Ma’lumki, Qoraqalpog’iston Respublikasi bugungi kunda O‘zbekiston tarkibidagi davlat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi bobi va moddalarida O‘zbekiston Respublikasi bilan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar qanday tartibda hal etilishi belgilab qo‘yilganligini aniqlab, mazkur moddalaming mazmunini o’rganib keling.
31- §. Qoraqalpoqlarda madaniy va ma’naviy hayot
,
Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida ko’chmanurmus arzi
chilik turmush tarzidan o‘troqlikka o‘tish jarayonini boshidan kechirdilar. Aholining asosiy qismi o’tov va paxsa
wylardan iborat ovw/larda yashardi. Keyinchalik qo’rg’on (qal’a) va
shaharlar vujudga keldi.
Qoraqalpoqlar bir necha urug‘lardan iborat bo‘lib, har urug‘ a’zosi o‘z urug‘ining mustahkamligini ta’minlashga intilardi. Bir urug‘
8—O‘zbekiston tarixi, 8-sinf
113
114.
ichida o‘zaro nikoh taqiqlangan. To‘yda haxshilar dostonlardan qo‘shiqlar kuylashardi, aytishuvlar avjiga chiqardi. Polvonlar kurashga
tushardi.
Qoraqalpoqlar qishlovni ko‘pincha dengiz va daryo bo‘ylarida
o‘tkazganlar. Arava, qayiq, sol va ot asosiy transport vositasi bo‘Igan.
Qoraqalpoqlar kiyim-kechagida milliylikka alohida e’tibor berganlar.
Bu narsa, ayniqsa, ayollar va qiz bolalar savkeli (qalin bo‘zdan tikilib, kumush va maijonlar bilan bezatilgan bosh kiyim)da yaqqol namoyon bo‘lgan.
Qoraqalpoqlar Qo’ng’irot, Chimboy, Xojayli kabi yiShaharlar
shaharlami bunyod etganlar. Shulardan Qo‘ng‘irot
va Chimboy qoraqalpoqlarning ma’muriy markazlari edi. Bu shaharlar
XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida barpo etildi. Xo‘jayli shahri
Orol va Xiva oralig‘idagi savdo markazi bo‘lib, bojxona shu shaharda joylashgan. Shaharlar baland devorlar bilan o‘rab olingan. Shahar ichkarisida ko‘rkam binolar, saroylar barpo etilgan. Janaqal’a,
Oydo‘stqal’a, Ernazarqal’a, Ko‘ko‘zakqal’a, Eshonqal’a kabi qal’a
shaklida qurilgan shaharlar qoraqalpoq xalqi tomonidan yaratilgan
me’morchilik madaniyati yodgorliklari hisoblanadi.
Shaharlarda XIX asr boshlarida 318 ta maktab, Qoraqum eshon,
Qalila oxun, Egambergan oxun, Oyimbet eshon mavzelarida, Eshonqal’ada madrasalar mavjud bo‘lgan. Hunarmandlar 12-13 yoshli bolalarni shogirdlikka qabul qilib, ularga hunar sirlarini o‘rgatganlar.
Qoraqalpoq yoshlari Xiva va Buxoro madrasalarida ham ta’lim olganlar.
. .
Qoraqalpoqlarning xalq og‘zaki ijodi juda boy.
Qoraqalpoq folklor namunalari 20 jildligisan a va musiqa
nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular
so‘z ustalari bo‘lgan chechanlami, baxshi (jirov)larni sevadilar. E1
oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan. O‘zbeklaming
Afandisi kabi qoraqalpoqlaming qiziqchisi – O‘mirbek laqqisi bor.
O‘mirbek laqqi o‘z latifalarida jamiyatdagi kamchiliklar ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalanadi. U adolatsiz amaldorlar,
qozilar, so‘zi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylarning kirdikorlarini
fosh qilib, mardlik, to‘g‘rilik, haqiqat, adolatni kuylagan. Latifalarini
yengil mutoyiba, achchiq hajv bilan ixcham ifodalab, tinglovchilarni
xursand qilgan.
114
115.
Qahramonlik dostonlari „Qirqqiz“, „Alpomish“, „Qublon“, „Mastposhsho“, „Edigey“ dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy
tarixi kuylanadi. Masalan, .,Edigcy“ dostonida Amir Temur, To‘xtamish
faoliyati bilan bog‘liq voqealar bayon etilsa, „Qirqqiz“da qoraqalpoq
xalqining ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga
qarshi kurashi o‘z badiiy ifodasini topgan.
Qoraqalpoqlarning xalq qo‘shiqlarida el-yurt yo‘lboshchilari, qahramonlari — Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo‘stbiy, Emazarbiylar
ulug‘lanadi.
Qoraqalpoqlar tasviriy san’atidagi o‘ziga xoslik, ayniqsa, ular to‘qigan gilam va kashta buyumlarda yorqin ifodasini topgan. Ularga
tushirilgan naqshli bezaklar suv ramzini aks ettiruvchi to‘lqin ko‘rinishiga ega bo‘lgan. Bu bejiz emas edi. Chunki qoraqalpoqlar qadimdan daryo va ko‘l bo‘ylarida yashab kelganlar. Bundan tashqari, qoraqalpoq tasviriy san’atining yana bir o‘ziga xosligi uning qadama
naqshli yog‘och o‘ymakorligida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Qoraqalpoqlar qo‘shiqchiligi mazmuniga ko‘ra xalq, tarixiy va marosim qo‘shiqlariga bo‘lingan. Ular qo’biz, dutor, g’ijjak, surnay, nog’ora kabi musiqiy cholg‘u asboblari yordamida ijro etilgan. Doston
ijrochilari jirovlar, baxshilar va qissaxonlar deb ataluvchi uch guruhga
bo‘linganlar. Ular bir-biridan aytadigan dostonlarining mazmuni, ijro
etish uslublari, kuy va musiqiy cholg‘u asboblari bilan farq qilganlar.
Masalan, jirovlar qahramonlik dostonlarini qo‘biz jo‘rligida, baxshilar
esa dutor va g‘ijjak jo‘rligida ijro etganlar. Qissaxonlar esa doston
qo‘lyozmalarini zo‘r mahorat bilan o‘qib yoki yoddan aytib berganlar.
XVIII—XIX asrning birinchi yarmida qoraQoraqalpoq yozma
qalpoq adabiyotining ko‘zga ko‘ringan bir
adabiyoti
nechta namoyandalari qalam tebratganlarkim, ularning nomlari bugungi kunda ham ardoqlanadi. Ulardan
biri Jiyen Jirov (1730-1784) mashhur baxshi, hajvchi shoir sifatida kamol topdi. „Hoy yigitlar, yigitlar” va „Yuragimda ko‘p dog‘im“ kabi qator she’rlarida jamiyatdagi nohaqliklami, hukmron
tabaqalarning kirdikorlarini, xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini fosh
etadi. Qoraqalpoqlar — erksevar xalq. Shuning uchun ham ular doimo o‘z erklari uchun ozodlik kurashi olib borgan. Ma’lumki, qozoqlarning Kichik Juz xoni Abulxayrxonga qarshi olib borilgan
urushda qoraqalpoqlar yengilgan edi. Bu mag‘lubiyat natijasida ular
115
116.
azob-uqubatlarga duchor etildi. Xususan, Sirdaryo bo‘ylaridagi qoraqalpoqlar har yoqqa tarqab ketdi. Ularning bir qismi Toshkent
atrofiga (Chirchiq bo‘ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali
Xorazmga (Orol dengizining janubiy sohillariga) ko’chib ketdi. Mana
shu ko‘chishlarning guvohi boTgan Jiyen Jirov „Darbadar el“ nomli
doston yozib, unda qoraqalpoqlarning mashaqqatli davri tarixini haqqoniy bayon etdi. Baxshi sifatida „Alpomish“, „Qirqqiz“ kabi dostonlami zo‘r mahorat bilan kuyladi.
Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko‘ringan vakillaridan yana biri
Kunxo‘ja Ibrohim (1799-1880) edi. Uning ayniqsa „O‘roqchilar“,
„Cho‘ponlar“, „E1 bilan“ kabi she’rlari xalq orasida mashhur edi.
Bu asarlarda qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi tobeligiga tushib
qolgan davrdagi og‘ir ahvoli, erksiz turmushi va hukmron tabaqalar
kirdikorlari katta mahorat bilan fosh etilgan.
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li (taxallusi Zevar) ham
(1824—1878) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan
biridir. U boshlang‘ich taTimni Mo‘ynoqdagi eski maktabda o‘qidi.
Keyin Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida ilm oldi. Ajiniyozdan yuzdan ortiq she’r va dostonlar meros qoldi. She’rlarida Vatan, insonparvarlik g‘oyalarini kuyladi. Shoirning „Bo‘zatov“ dostonida esa qoraqalpoq xalqining boshqa
yurtlarga ko‘chib ketishga majbur etilganligi katta mahorat bilan tasvirlangan. „Kerak“, „Bo‘ladi“, „Bo‘lmasa”, „Yaxshi“, „Yigitlar“ kabi
asarlarida Ajiniyozning insonparvar g‘oyalari,
falsafiy qarashlari ifodalangan. Asarlari xalq
orasida keng tarqalgan, „Qiz Mengesh bilan aytishuv” (1878) asari mashhur. Uning hayoti haqida shoir Ibroyim Yusupov „AJiniyoz“ asarini
yaratgan. Uning asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan („Tanlangan asarlar” va boshqalar).
Aj iniyoz
1999-yilda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. Nukusda Ajiniyoz maydoni barpo etildi va unga haykal o’matildi.
116
117.
Qoraqalpoq adabiyotining asoschisi Berdaq (1827-1900) (taxallusi;
asl ismi Berdimurod Qarg’aboy o‘g‘li) nomi bilan mashhurdir. Berdaq avval ovul maktabida,
so‘ngra madrasada tahsil oldi. Navoiy, Fuzuliy,
Mahtumquli, Kunxo‘ja asarlarini mutolaa qilib,
she’riyat san’atini ulardan o‘rgandi. Berdaq tarixni,
xalq og‘zaki ijodini mukammal o‘zlashtirib oldi.
Uning ijodi 18-19 yoshlarida do‘mbira chertib,
she’r aytishdan boshlandi. 25 yoshida xalq orasida iste’dodli shoir sifatida xalqqa tanildi. Uning
Bcrdaq
„Bo‘lgan emas”, „Umrim“ va „Soliq“ kabi she’rlarida mehnatkash xalqning og‘ir hayoti, shuningdek, Xiva xonlari va
amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi o‘z aksini topdi.
„O‘g‘limga“, „Ahmoq bo‘lma“ kabi she’rlari orqali esa yoshlarni
Vatanni sevishga, ma’rifat cho‘qqilarini egallashga chaqirdi. Berdaq
xalq hayotini, uning ezgu orzu-istaklarini yaxshi bilgan shoir edi.
Shuning uchun ham uning she’rlarida xalqparvarlik ruhi kuchli edi.
Berdaq tarixiy mavzularda ham qalam tebratdi. U „Omongeldi“,
„Oydo‘stbiy“, „Ernazarbiy“ kabi asarlarida xonlar zulmiga qarshi
kurashgan xalq qahramonlarini faxr bilan kuyladi. „Avlodlar“ asari
esa tarixiy voqealar solnomasi bo‘lib, unda xalqlarning kelib chiqishi,
qoraqalpoq xalqining boshqa turkiy xalqlar bilan aloqasi, ularning
hayotidagi umumiylik kabi jihatlar bayon etilgan. Xiva xonligi zulmiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon „Ernazarbiy “ dostonida ham aks
ettirildi.
1998-yilda mamlakatimizda Berdaq tavalludining 170 yilligi
keng nishonlandi. Toshkent shahridagi xiyobonlarning biriga Berdaq
nomi berildi va haykali o‘rnatildi. Shoir tug‘ilgan joy – Bo‘zatovda
va Nukus shahrida ham haykal qo‘yildi.
1. Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Nega adabiyotning asosini she’riyat va dostonchilik tashkil etgan?
3. Jiyen Jirov, Kunxo‘ja va Ajiniyozlarning qanday asarlarini bilib
oldingiz va ularning mazmuniga nisbatan o‘z munosabatingizni bildiring.
4. Qoraqalpoq adabiyotining asoschisi – Berdaq asarlarida qanday g‘oyalar ilgari surilgan?
117
118.
iv
bob. xvin-xrx asrning
BIRINCHI YARMIDA QO‘QON XONLIGI
32- §. Qo‘qon xonligining tashkil topishi
Farg‘ona vodiysi ashtarxoniylar hukmronligi davrida Buxoro xonligi tasarrufida edi.
XVIII asr boshlarida Buxoro xonligida markaziy hokimiyat ichki kurashlar oqibatida zaiflashdi. Bunday vaziyatdan foydalangan jung‘orlar Farg’ona vodiysiga tez-tez bostirib
kirib, talon-taroj qila boshladilar. Ikkinchi tomondan Sin imperiyasi
(Xitoy) ham xavf solmoqda edi. Vaziyat ichki kuchlami birlashishga,
mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Shunday sharoitda vodiydagi
o‘zbeklaming ming urug‘i oqsoqollari yig‘ilishib, Buxoro xonligidan
alohida mustaqil davlat tuzishga qaror qildilar.
_______________________________________________________________
1709-yilda ming urug‘i vakillari Farg‘ona vodiysida hokimiyatni
rfJJ o‘z qoTlariga oldilar. Shu tariqa, keyinchalik Qo‘qon xonligi deb
atalgan yangi o‘zbek davlati vujudga keldi. Hukmdorlik taxtiga
Shohruxbiy o‘tqazildi.
Shohruxbiy – xonlik
asoschisi
Tepaqo‘rg‘on Shohruxbiyning qarorgohiga aylantirildi. To‘g‘ri, bu
o‘zbek davlati hukmdorlari birdaniga xon unvonini olmaganlar. Aksincha, bu davlatga rasman Buxoro xonligining tarkibiy qismi deb
qaralgan, Shuning uchun ashtarxoniy Abulfayzxon Shohruxbiyga
„otaliq“ unvonini bergan. Qolaversa, mustaqil davlatning asosiy belgilaridan biri – pul zarb etilmagan. Aksincha, Buxoro xonligining
puli muomalada saqlanib turdi. Biroq bu holat uzoq davom etmadi.
Chunki ashtarxoniylarning Farg’onani o‘z qo‘1 ostilarida saqlab turishga kuchi yetmas edi. Abulfayzxon hokimiyatining umri esa nihoyasiga yetib borardi.
Endi minglar sulolasi oldida sulola hokimiXonlik Shohruxbiy
yatiga qonuniy tus berish muammosi ham
vorislari davrida
turar edi. Chunki Farg‘ona vodiysida katta
118
119.
nufuzga ega bo‘lgan qipchoqlar qabilasi minglar hokimiyatini tan
olmadi. Shohruxbiy vafot etganidan so‘ng taxtga o‘tirgan o‘g‘li Abdurahimbiy otasi davrida boshlangan Qo‘qon shahrini obod qilish va
keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini davom etdirdi va uni xonlik
poytaxtiga aylantirdi. Shuningdek, davlatning hududini kengaytirish
maqsadida Buxoro xonligi tasarrufida bo’lgan Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlarini qo‘shib oldi. Afsuski, u fitna qurboni bo‘ldi. Taxtni ukasi
Xo‘jand hokimi Abdulkarimbiy egalladi (1733-1750). U akasining
Qo‘qon shahrini obodonlashtirish borasida olib borgan ishini davom
ettirdi. Shuningdek, shahar atrofini devor bilan o‘ratdi.
1740-yilda Farg‘ona vodiysiga jung‘orlar hujum qildi. Hujum juda
qiyinchilik bilan qaytarildi. Jung‘orlarga qarshi kurashda minglarga
qipchoqlar yordam berishdi. 1745-yilda jung‘orlar yana hujum qildi.
Dahshatli dushmanga qarshi minglar, yuzlar, qipchoqlar va qirg‘izlar
birgalikda kurashdilar. Ularga o‘ratepaliklar ham yordam berishdi.
Garchand xonlikning mustaqilligi saqlab qolingan boTsa-da, bu hujum
xonlikning iqtisodiy va siyosiy ahvolini juda mushkul holatga solib
qo‘ydi. Ayni paytda, jung‘orlarga qarshi birgalikda kurashgan o‘zbek
qabilalarining ittifoqi uzoqqa cho‘zilmadi. Bunga qipchoqlaming zo‘ravonligi, talonchiligi sabab boTdi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay
markaziy hokimiyat qipchoqlar isyonini bostirdi. Abdulkarimbiy vafotidan so‘ng toj-u taxt uchun boshlangan kurashda oxir-oqibat Abdurahimbiyning o‘g‘li Erdonabiy g‘olib chiqdi (1751-1762). Tez
orada Qo‘qon xonligi Xitoy hujumiga uchradi. Unda Qo‘qonning
yengilishi Erdonabiyning hokimiyatini inqirozga uchratdi. To‘g‘ri,
Erdonabiy hukmronligi davrida xonlikning ichki va tashqi siyosatda
muvaffaqiyatlarga erishilgan davrlar ham boTdi. Chunonchi, u O‘sh
va O‘zgan viloyatlarini ham bo‘sundirdi. Qo‘qonni Buxoro amirligi va
Sin imperiyasi (Xitoy) bilan tengma-teng kurasha oladigan davlatga
ham aylantira oldi.
1763-yilda taxtga Abdulkarimbiyning nabiXonlik Norbo’tabiy
rasi
Norbo‘tabiy o‘tqazildi (1763-1798).
hukmronligi davrida
Norbo‘tabiy tez orada Chust (hozirgi Namangan viloyatidagi tuman)ni bo‘ysundirdi. So‘ng o‘zining yana bir
raqibi Namangan hokimi Irisqulibiyga qarshi qo‘shin tortdi. Bu yurish ikki tomon o‘rtasida sulh tuzish bilan yakunlandi. Norbo‘tabiy
119
120.
o‘zidan norozi bo‘lgan shahzodalarni turli viloyat va tumanlar hokimi
etib tayinladi. Shu yo‘l bilan muxolifatning qarshiligini susaytira oldi.
1776-yilda Norbo‘tabiy Qo‘qon xonlaridan birinchi bo‘lib xonlikning fals deb atalgan o‘z pulini zarb ettirdi. Manbalarda qayd etilishicha Norbo‘tabiyning bir falsiga bir bosh qo‘y sotib olish mumkin
bo‘lgan. Xonlikning mustaqil ravishda o‘z pulini zarb etishining
tarixiy ahamiyati bu davlatning amalda ham mustaqil davlat ekanligini
anglatishi bilan belgilanadi. Norbo‘tabiy davrida ekinlardan mo‘l hosil
olinishi evaziga bozorda narx-navo arzonlashdi. Xonlikning qudrati
har tomonlama oshdi. Norbo‘tabiy siyosiy barqarorlikka erishgach,
vafotidan oldin, katta o‘g‘li Muhammad Aminbekni Marg‘ilonga, o‘rtancha o‘g‘li Olimbekni To‘raqo‘rg‘onga hokim etib tayinladi. Norbo‘tabiyning vafotidan so‘ng xonlikda bir-biriga muxolifatchi bir nechta guruh vujudga keldi. Ulardan biri Olimxon va ukasi Umarxonni,
Norbo‘tabiyning o‘gay akasi Xo‘jibiy boshchiligidagi ikkinchi guruh
esa Norbo‘tabiyning kenja o‘g‘li Rustambiyni qo‘llab-quvvatladilar.
1709-yil – O‘rta Osiyoda uchinchi o‘zbek davlati — Qo‘qon xonligi
tashkil topdi.
1776-yil – Norbo‘tabiy xonlikda birinchi bo‘lib Qo‘qonning o‘z
pulini zarb ettirdi.
1. Qanday omillar Farg’ona vodiysini yagona davlatga birlashtirishga
zamin yaratdi?
2. Nima uchun Shohruxbiy davlatni „otaliq“ unvonida boshqargan?
3. Norbo‘tabiyning xonlik tarixidagi o‘rni uning qaysi xizmati bilan
belgilanadi?
33- §. XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asrning
birinchi yarmida Qo‘qon xonligida siyosiy ahvol
_..
Avvalgi mavzularda qayd etilgan ikki guruh
kurashda Olimxonni qo‘llab-quvvatlagan guruhning qo‘li baland keldi. Olimxon
1798-yilda taxtga o‘tqazildi. Uning hukmronligi davrida (1798-1810)
xonlikning mavqeyi har qachongidan ham yuksaldi. Davlat endi
Qo‘qon xonligi nomi bilan atala boshlandi. 1805-yilda Olimxon
.
_
x
unxonnin^ ax ga
120
121.
o‘zining xonlik nomi yozilgan kumush tanga pul (dinor)ni zarb
ettirdi va o‘zini xon deb e’lon qildi.
Mazkur pul davlatning moliya va soliq tizimida tartib o‘rnatishga
xizmat qildi. Olimxon minglar sulolasi hokimiyatining qonuniyligi
e’tirof etilishi uchun sulolaning kelib chiqishi Bobur Mirzodan
boshlanishi haqidagi rivoyatdan foydalandi.
Rivoyat tarixiy kitoblarga „Oltin beshik” nomi bilan kirgan.
Rivoyatga ko ‘ra, Bobur Mirzo shayboniylardan yengilib, Movarounnahrdan Farg’ona orqali chiqib ketadi. Yo’lda Bobur Mirzoning
ayollaridan biri o’g’il farzand ko’radi. Biroq uni olib ketmaydilar,
aksincha, qimmatbaho ziynat buyumlar bilan bezatilgan beshikka
belaydi va xizmatkorlardan birini bola bilan birga qoldiradilar.
Bola qoldirilgan joyda o’zbeklarning qirq, qipchoq, qirg’iz va
ming urug’larining ovullari bor edi. Ular bolani topib oladilar
va unga Oltinbeshik deb ism qo’yadilar. Oltinbeshik ming urug’i
orasida tarbiyalanadi. Voyaga yetgach uylanadi. Ming urug’idan
uylangan turmush o’rtog’i o’g’il farzandni durryoga keltiradi. Vnga
Tangriyor deb ism qo ‘yadilar. Rivoyatda qayd etilishicha, Tangriyor
keyinchalik Farg’ona hukmdori bo’lgan. Davlatni esa biy unvonida
boshqargan.
Xalq orasida hukmron sulola shajarasining temuriylarga borib
taqalishi mamnuniyat bilan qabul qilirtdi. Qolaversa, Olimxon nomiga „Sohibqiron” unvoni ham qo’shib yoziladigan bo’ldi. Bu ham
minglaming kelib chiqishi temuriylarga borib taqalishini asoslashga
xizmat qilishi lozim edi.
Olimxon muntazam qo‘shin tuzish maqsadida harbiy islohot o‘tkazdi. Bu islohot unga
xonlik hududini kengaytirish maqsadida keng
miqyosda harbiy harakatlar olib borish imkonini berdi. Chunonchi,
Ohangaron vohasi, Chimkent, Sayram, Turkiston bosib olindi. Rossiya
bilan savdo aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Sirdaryo o‘rta oqimining deyarli barcha o‘ng qirg‘og‘i (Qurama)ni xonlik tarkibiga
qo‘shib oldi. Bundan tashqari, O‘ratepa va Xo‘jand uchun Buxoro
amirligi bilan ketma-ket urush harakatlari olib bordi. Bu ikki viloyat
Xonlik hududining
kengaytirilishi
121
122.
goh u tomon, goh bu tomon tasarrufiga o‘tib turdi. Bir so‘z bilan
aytganda, Olimxon hukmronligi davrida xonlik hududi deyarli ikki
marta kengaydi.
Olimxon ichki siyosatda markaziy hokimiyatni yanada mustahkamlashga harakat qildi. Bu yo‘lda qattiqqo‘llikka ham yo‘l qo‘ydi. Bu
esa turli qabila rahnamolarining, ayrim yuqori mansabdorlarning keskin noroziligiga sabab boTdi. Olimxon kambag’al va qalandarlarga
yer hamda chorva mollari berib, ularni mehnatga jalb etdi.
Olimxonga qarshi kuchlar taxtga uning ukasi Umarxonni o‘tqazishga zimdan tayyorgarlik ko‘rdilar. Olimxon bu xabarlarga dushmanlar
tarqatayotgan ig‘vo deb qaradi. Yaqinlashib kelayotgan davlat to‘ntarishining oldini olish o’rniga hozirgi Qozog‘iston Respublikasi hududidagi Chimkent, Sayram, Turkiston viloyatlariga 1810-yilning fevral
oyida harbiy yurish uyushtirdi. Qishning sovug‘i qo‘shinda norozilik
uyg’otdi. Qo’shinning noroziligi fitnachilar uchun ayni muddao bo‘ldi.
Ular qo‘shin orasida Olimxon vafot etdi, degan uydirmani tarqatdilar.
Taxtga esa ukasi Umarxonni o‘tqazdilar. Olimxon xiyonatdan xabar
topgach, Qo‘qonga qaytdi. Biroq yo‘lda fitnachilar tomonidan otib
tashlandi. Olimxon tarixda davlatni xonlik maqomiga ko‘targan jasur
hukmdor sifatida nom qoldirdi.
j,
■
■
.
Umarxon ■ham ■barcha
o’‘tgan
hukmdorlar
Xonlik L’marxon\ y
qatori o‘z hokimiyatini mustahkamlashga kihukmronligini davrid
rishdi. Avvalo, kelgusida xonlik taxtiga xavf
solishi mumkin bo’lgan
boTga shaxslarni o‘rtadan olib tashladi. So‘ng o‘zining nomi bilan kumush dirham zarb ettirdi. 1817-yildan boshlab
zarb etila boshlangan kumush va tilla pullarga „Musulmonlar amiri,
Sayid Muhammad Umar sulton“ deb yozila boshlandi. Umarxon pul
zarb etish orqali rasman o’zining hukmdorlik maqomini tasdiqlab
oldi.
Xonlik hududini yanada kengaytirish maqsadida 1812-yilda Buxoroga qaramlikni e’tirof etgan Turkistonga ham qo‘shin jo‘natdi va
uni ishg’ol etdi.
Bu yurishdan keyin din peshvolari Umarxon hokimiyatining qonuniyligini asoslash maqsadida „Qaysi hukmdor 12 ming lashkarni kerakli qurol-yarog‘ va anjomlar, otlarini esa yem-xashak bilan ta’minlasa, uni musulmonlar amiri (Amir al-muslimin) deb atash joiz“
degan fatvo chiqardilar.
122
123.
Hisob-kitoblar xonlik bo’yicha Umarxondan fatvoda qayd etilganidan ancha ko‘p kishi ta’minot olishini aniqlab berdi. Shundan so‘ng
Umarxon o‘ziga Amir al-muslimin unvonini qabul qildi va bu haqda
xutba ham o‘qildi.
Usmonli davlati sultoni Qo‘qon xonligining Buxoro amirligidan
toTa mustaqil davlat ekanligini tan oldi.
Umarxon davrida xonlik hududi yanada kengaytirildi. Endilikda
xonlik chegarasi shimolda Rossiya chegaralaridan Ko‘xiston va Qashqargacha ulandi.
Umarxon 1822-yilda vafot etdi. Taxtga katta o‘g‘li Muhammad
Alixon (Madalixon) o‘tirdi.
Muhammad Alixon Q°‘q°n xonligining hududi Umarxonning o‘g‘li va vorisi Muhammad Alixon (Madalixon)
davrida (1822-1841) yanada kengaydi. Qo‘qon qo‘shini Farg‘onaning
janubida joylashgan, asosan, tojik o‘troq aholisi yashaydigan Qorategin, Darboz va Ko‘lobni ishg‘ol etdi. Biroq Madalixon tez orada
ko‘ngli tusagan ishlarni qilaverishini qo‘llab-quvvatlovchi a’yonlar
ta’siriga tushib qoldi. Yosh xon marhum otasining eng obroTi a’yonlarini ta’qib qila boshladi. Umarxon davrida xon hokimiyati bilan
mahalliy zodagonlar o‘rtasida mustahkamlangan ittifoq buzila boshladi. Amaldorlarning ayrimlari surgun qilindi, ba’zilari qatl etildi
va ba’zilari esa Buxoroga qochib ketishdi. U hatto ammasi Oftoboyimning oilasiga ham shafqat qilmadi. Uning turmush o‘rtog‘i, xonlikning shayxulislomi va o‘g‘li Hakimxonni badarg‘a qildi. Viloyat
(beklik) hokimlari esa tez-tez almashtirib turildi. Bular aholining
barcha tabaqalarini Madalixonga qarshi qilib qo‘ydi. Ruhoniylar xonni
turli axloqsizlik va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi
ochiq targ‘ibot olib borishdi. Oxir-oqibat, 1841-yilda Madalixon o‘z
ukasi Sulton Mahmudxon foydasiga taxtdan voz kechishga majbur
boTdi. Shuningdek, xondan norozi kuchlar Buxoro amiri Nasrullodan
yordam so‘radilar. Amir Nasrullo 1842-yilda o‘z qo‘shinini Qo‘qonga
qarshi safarbar etdi va Qo‘qonni bosib oldi. Madalixon, ukasi Sulton
Mahmudxon o‘z a’yonlari bilan tutib olindi va Amir Nasrullo buyrugTga binoan qatl etildi. Amir Nasrullo hatto Madalixonning onasi
Nodirabegimga ham shafqat qilmadi.
Amir Nasrullo istilosidan
Nasrulloning Qo‘qon xonligidagi
keyingi siyosiy ahvol
hukmronligr uzoqqa cho‘zilmadi. Chunki
amirning Qo‘qondagi noibi Ibrohim dod123
124.
xoh Qo‘qoo xonligi aholisini avval undirib kelingan soliqqa qo‘shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni ham to‘lashga
majbur qildi. Natijada, butun Qo‘qon xonligi hududida 1842-yili katta
qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uning oqibatida amirning Qo’qondagi noib va
beklar hokimiyati tugatildi. Buxoro amiri hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonni tashkil etgan mahalliy kuchlar qipchoqlar madadiga tayangan
edilar. Qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon xonligining mustaqilligi tiklandi.
Taxtga Norbo‘tabiyning ukasi Hojibekning o‘g‘li Sheralixon (18421845) o‘tqazildi. Qo‘qon xonligi mustaqilligini tiklashda minglar qabilasiga katta madad bergan qipchoqlar xonlikning ijtimoiy-siyosiy
hayotida katta mavqega ega boTib oldilar.
Ulaming sardori Musulmonqul mingboshi etib tayinlandi. Qo‘qondagi magTubiyatga chiday olmagan Amir Nasrullo yana Qo‘qonga
yurish qildi. U Qo‘qon shahrini 40 kun qamalda tutdi. Biroq Amir
Nasrulloning qamalni davom ettirishiga Xiva xoni Olloqulixonning
Buxoro amirligiga qilgan hujumi xalaqit berdi. Amir Nasrullo Buxoroga qaytishga majbur boTdi.
Musulmonqul 1845-yilda O‘sh aholisining soliqlarning haddan
tashqari ogTrligidan norozi boTib ko‘targan qo‘zg‘olonini bostirish
uchun qo‘shin bilan yuborildi. Bundan foydalangan Isfara hokimi Samarqandda istiqomat qilib turgan marhum Olimxonning o‘g‘li Murodxonni olib kelib, Qo‘qon taxtiga o‘tqazdi. Biroq Musulmonqul
Namanganga qaytib keldi va qizini marhum Sheralixonning o‘g‘li Xudoyorga nikohlab berdi. 13 yoshli Xudoyorxon bu davrda Namangan
hokimi edi. Shundan keyin Musulmonqul Murodxonni taxtdan ag‘dardi
va kuyovi Xudoyorni oTqazdi.
. .
.
Xudoyorxon yosh boTganligi tufayli xonlikni
amalda qaynotasi Musulmonqul boshqarardi.
Shunday qilib, xonlikda qipchoqlar hukmronligi davri boshlandi. Endilikda qipchoqlar Qo‘qonga yoppasiga ko‘chib
kela boshladilar. Mahalliy aholini shahardan haydab chiqarib, ulaming
uy-joylariga o‘rnashib ola boshladilar. Sug‘orish inshootlarini qoTga
kiritdilar. Aholi endi suv uchun ham soliq toTaydigan boTdi.
Bu siyosat mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab boTdi va
xonlikda hukmronlarga qarshi qo‘zg‘olon koTarish xavfini tug‘dirdi.
Bunday vaziyatda Musulmonqul o‘z mavqeyini yo‘qotmaslik uchun
ruslar bilan aloqa o‘rnatishga intildi va rus qo‘mondonligi vakili
124
125.
V. Velyaminov-Zernov bilan maxfly ravishda uchrashdi. Qaynotasining
bu harakati Xudoyorxonni qattiq cho‘chitib qo‘ydi. Shuning uchun
ham u endi qaynotasi Musulmonqul va qipchoqlar hukmronligiga xotima bcrishga qaror qildi.
1852-yil 9-oktabr kuni Xudoyorxon Toshkentdan chaqirilgan qo‘shin bilan qipchoqlar qirg‘inini uyushtirdi. Qaynotasi Musulmonqul
asir olinib, qatl etildi. Qipchoqlaming mol-mulki musodara qilindi.
Shu tariqa, Musulmonqul va qipchoqlar hukmronligi barham topdi.
Qipchoqlarning hokimiyatdan chetlashtirilishi mamlakat ichida siyosiy barqarorlikka olib kelmadi. Aksincha, ichki beqarorlikdan foydalangan mahalliy bekliklar ayirmachilik harakatini kuchaytirdilar.
Oqibatda shimoldan Rossiya imperiyasi bosqini xavfi ostonaga yaqinlashib qolganiga qaramay ichki nizolarga barham bera olmadilar.
Toj-u taxt uchun beayov kurash davom etdi.
• 1798-yil – Olimxon taxtga o‘tirdi.tl
’
• 1805-yil – Olimxon o‘ziga xon unvonini qabul qildi va shu sanadan
boshlab davlal
ligi deb atala boshlandi.
• 1842-yil – Ai
li bosib oldi.
• 1842-yil – xc
alda qipchoqlar qoTiga o’tdi.
• 1852-yil – X
u qipchoqlar hokimiyatiga chek
qo‘yildi.
1. Olimxonning xonlik tarixidagi o‘rni nima bilan belgilanadi?
2. Nima uchun hukmdorlarga o‘z hokimiyatining qonuniyligini asoslash zarur sanalgan?
3. 0‘ylab ko‘ringl Nega Buxoro amirlari va Qo’qon xonlari Usmonli
davlati sultonlariga murojaat qilardilar?
4. Nega Madalixon davrida davlat parokandaligi yuz berdi va u qanday oqibatlarga sabab boTdi?
5. Xonlikda qipchoqlar hukmronligi o‘rnatilmasligi mumkin edimi?
6. Qipchoqlar hukmronligiga qay tariqa chek qo‘yildi?
Aka-uka Olimxon va Umarxonlar o‘z hokimiyatlarining qonuniy“ ligini qanday usullar bilan asoslaganliklarini taqqoslang.
125
126.
34- §. Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi
Dastlab faqat Farg‘ona vodiysi hududi bilan
cheklangan Qo‘qon xonligi hududi jihatdan
XIX asming birinchi yarmida O‘rta Osiyoda
eng katta davlatga aylandi. Xonlik shimolda Rossiya (ulami Bedpakdala cho‘li ajratib turgan), sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Xiva
xonligi va Buxoro amirligi bilan, janubda esa Madalixon davrida xonlikka qo‘shib olingan Qorategin, Darvoz, Ko‘lob va Shug‘nan bekliklari bilan chegaradosh boTgan. Mazkur chegara Sirdaryo o‘rta oqimining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Qurama, Toshkent vohasi, Dashti
Qipchoq (hozirgi QozogTstonning janub va janubi-g‘arbi), Yettisuv,
shuningdek, Issiqko‘1 qirg‘oqlarigacha hududlarini o‘z ichiga olgan.
Bundan tashqari, Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi o‘rtasida qoTdan
qoTga o‘tib turgan Xo‘jand va O‘ratepa ham ma’lum muddat xonlik
hududi tarkibida edi.
Bir so‘z bilan aytganda, Qo‘qon xonligi hudud jihatdan uch o‘zbek davlati orasida eng kattasi edi. Qo‘qon xonligi ma’muriy jihatdan
bekliklarga (viloyatlar), sarkorliklarga, oqsoqollikiarga va aminlikiarga
boTingan. Xonlikda 15 ta beklik mavjud boTib, ularda 3 millionga
yaqin aholi yashagan. Aholining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etgan. Shuningdek, tojiklar, qirgTzlar va qashqar (uyg‘ur)lar ham yashashgan.
Oqsoqolliklar katta-katta qishloq yoki bir qancha kichik-kichik
qishloqlar birlashmalari edi. Ularni aminlar, oqsoqollar va sarkorlar
boshqarganlar. Yashash tarziga ko’ra, aholi oTroq, ko‘chmanchi va
yarim ko‘chmanchilardan iborat edi.
Xonlikda davlat
Qo boshqaruvi
xonligi kabi davlat tuzumiga ko‘ra mutlaq monarxiya edi. Cheklanmagan huquqqa ega boTgan
xon davlatni hukmron minglar urug‘i, shuningdek, boshqa qabilalaming
nufuzli tabaqalari, yuqori mansablarga tayinlangan davlat amaldorlari,
ruhoniylar va harbiylarga tayanib boshqargan.
Buxoro amirligidan farqli oTaroq Qo‘qon xonligida harbiy lavozim
egalarining, ayniqsa, qo‘shin Bosh qo‘mondoni – mingboshining nufuzi nihoyatda yuqori boTgan. Mingboshi nafaqat qo’shinning Bosh
Xonlikning hududi
126
127.
qo‘mondoni, ayni paytda, Bosh vazir ham hisoblangan. Butun ijro
etuvchi hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan.
Bundan tashqari, har bir ma’muriy birlik harbiy okrug ham sanalardi va hokimlar harbiy kuchlarning qo‘mondonlari ham edilar.
Harbiy okrug hududida yashovchi barcha urug‘lar hamda ko‘chmanchi
qabila a’zolari yashash joyi yoki manzili bo‘yicha okrugda yuritilgan
ro‘yxatga yozib qo‘yilardi. Ro‘yxatga olinganlar xonning birinchi
chaqirig‘idayoq belgilangan joyga yetib kelishi shart edi. Bu tartib
xonga agar zarurat taqozo etsa 60 mingga yaqin askarni va oziqovqat ortilgan 12 ming aravani tezda yig‘a olish imkonini berardi.
Mahalliy hokimlar amaldorlarni, soliq tushumini kuzatib boruvchi
nazoratchilarni tayinlardi. Soliqlar miqdorini tasdiqlardi va moliya
ishlarini boshqarardi. Shu bilan birga, yuqorida aytilganidek, qo‘shinga
qo‘mondonlik ham qilardilar.
Qo‘qon, Toshkent, Marg‘ilon, Shojixon, Andijon, Baliqchi, Chortoq, Koson bekliklari yirik okruglar bo‘lib, ular orasida Toshkent
eng muhim o‘rin tutgan. Shuning uchun ham xon Toshkentga o‘z
qarindoshlarini yoki eng ishonchli kishilarini hokim etib tayinlagan.
Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvining o‘ziga xos yana bir xususiyati shunda ediki, markaziy hokimiyat mamlakatda barqarorlikni
saqlash uchun o‘troq va ko‘chmanchi turli urug‘ va qabilalar o‘rtasida
manfaatlar muvozanatini hisobga olishga majbur edi. Umarxon va
Madalixonlar bu omilni eng ko‘p darajada hisobga olgan hukmdorlar
edi.
Qo‘qon xonligi Buxoroga qaramlikdan ko‘chmanchi qipchoq va
qirg‘iz qabilalari yordamida ozod etilgach, ular xonlik siyosiy hayotida yetakchi mavqega da’vo qila boshladilar va bunga erishdilar.
Ularga xonlik taxti kerak emas edi. Aksincha, ular uchun taxtda
minglaming balog‘atga yetmagan vakilini o’tqazish muhim edi.
Chunki shunday qilinsa, ular regentlikni qo‘lga kiritgan bo‘lardilar.
Regentlik ularga xonlikni istagan yo‘sinlarida boshqarish imkonini
berardi. Avvalgi mavzuda bilib olganingizdek, amalda shunday bo‘ldi
ham.
Qipchoq va qirg‘iz qabilalarining ayrim yetakchilari madrasa ilmi
nima ekanligini u yerda o‘qigachgina tushunib yetgan edi, xolos.
Ulardan biri, keyinchalik xonlikda qo‘shin qo‘mondoni lavozimini
127
128.
egallagan qipchoq qabilasidan bo‘lgan Aliquli „Diniy ta’lim menga
o‘zimni tanitdi“, deb tan olganligi tarixiy kitoblarda qayd etilgan.
Xonlik hayotining yana bir o‘ziga xos jihati – bu davlat ishlarida
ruhoniylarning ta’siri Buxoro amirligidagidek sezilarli darajada bo‘lmaganligi edi.
Xonlikda boshqa o‘zbek davlatlari kabi manXonlikda yuqori
sabdorlar ikki toifaga boTinganlar. Birinchi
davlat lavozimlari
toifa umaro (dunyoviy ishlar masalalari bilan shug‘ullanuvchilar), ikkinchisi esa ulamo (din ishlari bilan shug‘ullanuvchilar).
Umaro mansabdorlari ichida eng nufuzlisi mingboshi – Bosh vazir, qo‘shinning Bosh qo’mondoni va tashqi siyosat masalalarida xonning bosh maslahatchisi edi. (Xiva xonligida Bosh vazir qanday nom
bilan atalganligini eslang.)
Devoribegi ham yuqori davlat mansabi bo‘lib, u xonlik devonxonasiga rahbarlik qilgan, shuningdek, moliya ishlarini boshqargan.
Mirza xazinaga tushgan tushumning hisob-kitobini olib borgan.
Dasturxonchi — xon dasturxoniga taom tortuvchi mansabdor edi.
Tarixdan ko‘plab hukmdorlarning zaharlab o‘ldirilgani, zahar ko‘pincha taomga yoki ichimlikka qo‘shib berilganligi ma’lum. Shuning
uchun ham xon dasturxonchi lavozimiga eng ishonchli odamni qo‘ygan.
Xiva xonligida bo‘lganidek, Qo‘qon xonligida ham mehtar lavozimi boTgan. Biroq bu xonlikda u xonlikning moliya ishlariga mas’ul
boTgan devonbegining o’rinbosari edi, xolos. Shuningdek, xonlikda
shig’ovul, inoq, otaliq, dodxoh, qo’shbegi, parvonachi, xazinachi kabi
yuqori martabali lavozimlar mavjud edi.
Ulamo mansablari ichida shayxulislom, qozi kalon, xo’ja kalon
(naqib), qozi askar, muftiy, qozi a’lam va rais lavozimlari alohida
o‘rin tutardi. Ulamo mansablarini egallagan har bir shaxsning qanday
masalalar bo‘yicha mas’ul ekanligini avvalgi mavzularda bilib oldingiz.
1. Xonlik joylashgan va egallab olgan hududlar haqida nimalami bilib
oldingiz?
2. Xonlik hududi ma’muriy jihatdan qanday birliklarga boTingan?
128
129.
3. Xonlikning davlat boshqaruvi qaysi jihatlari bilan Buxoro amirligiga o’xshaydi va qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
4. Xonlikdagi mavjud bo‘lgan yuqori davlat mansablarini Xiva xonligidagi shunday mansablar bilan taqqoslang.
Mulohaza yuriting!
Nima uchun o‘zbek xonliklarida davlat tuzumi boshqaruv shakli va
yuqori davlat lavozimlari deyarli o‘xshash bo‘lgan?
,,0‘zbek davlatlarining siyosiy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar,
davlat boshqaruv shakli va davlat lavozimlari“ jadvalini to‘ldiring.
Savollar
1.
XVIII asrda davlatlaming siyosiy hayotida ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar
2.
Hokimiyat tepasiga kelgan sulolalaming
nomlari
Buxoro
amirligi
«
Xiva
xonligi
Qo‘qon
xonligi
3. Davlat tuzumiga ko‘ra o‘xshashliklaT
4.
Ma’muriy birliklarning soni
5. Eng quyi ma’muriy birliklaming nomi
6. Bosh vazirning atalishi
7. Moliya ishlariga javobgarlar
8. Qo‘shinning Bosh qo‘mondoni
35- §. Qo‘qon xonligida harbiy ish
Qo‘qon xonlari ham ichki va tashqi siyosatJa qo‘shinning ahamiyatini juda yaxshi
anglaganlar. Shuning uchun ham Olimxon
1805-yilda birinchi bo‘lib xonlikda 10 ming kishilik muntazam qo‘shin tuzdi. Bu qo‘shinning asosini tog‘li tojiklar tashkil etdi. Navkariya deb atalgan mazkur muntazam qo‘shin o‘qotar qurollar bilan
qurollantirildi va tez orada barcha qo’shinning zarbdor kuchiga
.
.
Muntazam^qo^shinning
9—O‘zbekiston tarixi, 8-sinf
129
130.
aylandi. Umarxon davrida ularning soni 12 ming kishiga yetkazildi.
Xudoyorxon esa Usmonli davlatidan sifatli tayyorlangan miltiq (vintovka) olib keltirdi. Ayni paytda, xonlikda qilquyruq, qoraqozon va
qoracherik deb ataluvchi nomuntazam qo‘shin ham saqlab qolindi.
Ular yordamchi bo‘linma hisoblanardi. Yordamchi bo‘linma zaruratga
qarab aholi soniga va hududlarning iqtisodiy ahvoliga qarab to‘plangan.
XIX asming 30—40-yillarida xonlikda jami 30 ming askar bor
edi. Xonlikdagi barcha mehnatga yaroqli erkaklar harbiy xizmatga
chaqirilishi mumkin edi. Qaysi hudud qancha askar yuborishini hukumat oldindan belgilab qo‘yardi. Muntazam qo‘shinga olish meros tarzida bo‘lgan. Ya’ni ota vafot etsa yoki harbiy xizmatga noloyiq bo‘lib
qolsa, o‘miga o‘g‘li chaqirilgan. Askarlik ro‘yxatiga kiritilgan kishi
o‘z xohishiga ko‘ra undan chiqa olmagan. Ayni paytda, oilaning yolg‘iz erkagi xizmatga olinmagan. Tinchlik vaqtlarda har kuni askarlarning 1/10 qismiga oila a’zolari bilan ko‘rishib kelishga ruxsat etilgan.
. .
. .
Qo‘shin tarkibiy jihatdan sipoh (otliq), to‘pQo shinning tarkibiy
(artilleriya), sarboz (piyoda) va saraqisnu va boshqansh
.
‘
, ,7.
, , ,
langan maxsus bo hm (galabotit va merganlar) deb ataluvchi 4 qismdan iborat bo‘lgan.
Tabiiyki, u davrda otliq qo‘shin qo‘shinning asosini tashkil etgan.
Muntazam tartibda xizmat qiladigan har bir otliq askarga davlat tomonidan bahosi 80 tillagacha turadigan ot va egar-jabduq berilgan.
Xonlikda 20 ming nafar otliq askar xizmat qilgan.
Xudoyorxon nisbatan zamonaviy to‘pchi qo‘shirtn.1 tuzdi. Qo‘shin
qo‘mondoniga harbiy harakat chog‘ida amiri lashkar unvoni berilgan.
U qo‘shinning Bosh qo‘mondoni sanalib, harbiy harakat uchun shaxsan mas’ul bo‘lgan. Qo’shinda mingboshi (oliy qo‘mondon), amiri
lashkar, qo ‘shbegi (o‘z qo‘shiniga ega beklik hokimi), botirboshi
(bekliklardagi harbiy ishning ahvoli uchun mas’ul), valiy (noib,
artilleriya qo‘mondoni), qal’abon (harbiy qal’alar uchun mas’ul
shaxs), qo ‘rboshi (qurol-aslaha ishlab chiqarish ustaxonasi va omborxona boshlig‘i), yovar (amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshlig‘i), to’pchiboshi (to‘pchilar bo‘linmasining boshlig‘i), to’qsoba (o‘z
tug‘iga ega bo‘lgan harbiy bo‘linma boshlig‘i) va ponsadboshi (500
nafardan iborat harbiy qo‘shin qo‘mondoni) kabi oliy darajali harbiy mansablar mavjud edi. Harbiy harakatlar paytida xonning xos
130
131.
soqchilarl askarlarni jangda ruhlantirib turgan, Chekinayotganlarga
burch haqida eslatib turish ham ularning vazifalariga kirgan.
Qozi askar harbiy harakat boshlanishidan oldin xon nomidan jihod e’lon qilgan. Bundan tashqari, o‘ljani baholagan va qo‘shinning
ma’naviy qiyofasi uchun ham javobgar bo‘lgan.
Qozi rais esa qo‘shin muftiysi bergan fatvo ijrosining ta’minlanishini nazorat qilgan.
Harbiy harakatlar chog‘ida har bir bo‘linmada 5 kishilik guruh
ham faoliyat yuritgan. Ularning vazifasi yarador bo‘lgan askarlarni
jang maydonidan olib chiqish hamda halok bo‘lganlami dafn etishdan
iborat edi.
Harbiy harakatlarni boshlashdan oldin qo‘shin ilg’or (oldingi qism),
maymana (o‘ng qanot), maysara (chap qanot) va markaz qismlariga
bo‘lingan. Xonlikda 1000 kishidan iborat qo‘shin bo‘linmasi tug‘
(minglik), 500-1000 tagacha qo’shin bo‘linmasi bayroq deb atalgan.
Yuzlik boTmma esa elliklikka, elliklik esa o’nZzika bo‘lingan.
Har bir davlatda, ayniqsa, kam taraqqiy etQo‘shin ta’minoti
gan davlatlarda qo‘shin saqlash juda katta
xarajat talab qilgan. Xarajatlarning bari soliq tushumlari hisobiga
qoplangan, albatta. Shuningdek, harbiy xarajatlarni qoplash uchun
aholiga „miltiq puli” deb ataluvchi soliq ham joriy etilgan bo‘lib,
u o‘rtahol oilalar uchun 2,5 tilla, boy oilalar uchun 5 tilla miqdorida
belgilangan. Harbiy xizmatchilarga unvoniga qarab bir yilga 200 tangadan 8 ming tangagacha pul, shuningdek, 20 botmondan 2 ming
botmongacha g‘alla berilgan.
Yuzboshiga bir yilda 147 kumush tanga, ellikboshiga 98 tanga,
o‘nboshiga 65 tanga, oddiy askarga esa 43 tanga haq to‘langan. Harbiy harakatlar oldidan esa yuzboshiga 2 tilla, ellikboshi va oddiy
askarga 1 tilladan berilgan. To‘g‘ri, xonlikning harbiy kuchlari, ularning harbiy tayyorgarlik darajasi juda past boTgan. Chunki qo’shin
uchun zobitlar tayyorlaydigan maxsus harbiy bilim yurtlari tashkil
etilmagan. Askarlarga harbiy ish maxsus harbiy ta’lim olmagan kishilaming o‘z saviyalariga yarasha, to‘plagan tajribalariga tayangan holda
o‘rgatilgan, xolos. Bunday kishilar shogirdpeshalar deb atalishgan.
Muntazam qo‘shin yiliga ikki marta harbiy ko‘rikdan o‘tkazib turilgan.
131
132.
Xonlik sarhadlarining xavfsizligini mustahkamlash uchun o‘sha davrda harbiy qal’a va istehkomlar qurilishi muhim bo‘lgan. Shuning
uchun ham bu masalaga alohida c’tibor bilan
qaralgan. Harbiy qaPalar ahamiyati va kattakichikligiga qarab 3 guruhga bo‘lingan.
Birinchi guruh – bir necha ma’muriy birliklarning markazlarida
joylashgan qaTalar (Toshkent, MargTlon, Qo‘qon, Andijon, Namangan
shaharlari).
Ikkinchi guruh – mahalliy boshqaruv ixtiyoridagi qal’alar (Turkiston, Chimkent, Avliyoota, O‘ratepa, Pishpak, Oqmasjid).
Uchinchi guruh – yirik markazlami bir-biri bilan bogTovchi yo‘1larda qurilgan kichik qal’alar.
Qo‘qon shahri qaTasi ikkita himoya devori bilan o‘ralgan. Uning
ichida yana devor bilan o’ralgan bir nechta binolar ham qurilgan.
Binolarda askarlarning otlari, qurol-yarogTari, zaxirasi saqlangan. Ayni paytda, askarlarning yashashi uchun ham xonalar boTgan. Qal’alar
xonlikning tashqi xavfsizliginigina emas, balki mamlakatni uzoq-yaqin
hududlar, davlatlar bilan bogTovchi savdo yoTlarini qo‘riqlashda ham
tayanch vazifasini bajargan.
Xonlikning shimoliy qismi mustahkam himoyalangan boTib, bu
yerda Turkiston, Chimkent kabi shahar-qal’alar, shuningdek, yirik
iqtisodiy va siyosiy markaz – Toshkent shahri ham joylashgan edi.
Ohangaron va Chirchiq vohasida Kerovchi, To‘ytepa va Bo‘ka
istehkomlari bunyod etilgan. Xonlikning g‘arbiy qismida esa strategik
jihatdan katta ahamiyatga ega 0‘ratepa, sharqiy qismida O‘sh va
Pishpak (hozirgi Bishkek shahri, QirgTziston Respublikasi poytaxti)
qaTalari bunyod etilgan edi. Qal’alarning barchasi devor bilan o‘ralgan. Devorning tashqarisida chuqur xandaklar qazilib suv bilan to‘1dirilgan. Qal’a himoyachilari dushmanga qarata o‘q otishlariga qulaylik yaratish uchun maxsus teshiklar (burjlar) qo‘yilgan. Qal’a
minorasidan tevarak-atrof kuzatib turilgan. To’plar qal’a darvozasi
tepasiga hamda minoralar ustiga o‘rnatilgan.
Sarhadlarni
mustahkamlash
uchun ko‘rilgan
choralar
Botmon – og‘irlik oTchov birligi, 1 botmon taxminan 164 kg.ga
teng.
Strategik – umumiy maqsadga erishish uchun muhim boTgan.
132
133.
1. Muntazam qo’shin bilan nomuntazam qo’shinni taqqoslang, xulosalaringizni daftaringizga tushiring.
2. Qo’qon xonligida nomuntazam qo‘shin qanday nomlar bilan atalgan
va ular qanday tartibda to‘plangan?
3. Xonlik qo’shinining tarkibiy qismlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Olly tnartabali harbiy lavozimlar ro’yxatini tuzing.
5. Qo’shin ta’minoti qanday amalga oshirilgan?
Yurtimizda joriy etilgan „Safarbarlik chaqinrv rezervi” xizmati qanday maqsadda joriy etilganligini va n qanday tartibda o‘talishini
aniqlah keling.
§.
36-
Qo’qon xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
ali i
Qo‘Qon xonligida ham barcha yer davlat mulki edi.
8
Ayni paytda, u egalik shakliga ko‘ra, amlok (davlat),
xususiy va vaqf yerlariga bo‘lingan.
Amlok yerning ma’lum qismi xonga tegishli bo‘lgan va u 3
qismga bo‘lingan. Birinchisi xos mulk deb atalgan. Undan olingan
daromad saroy ahli va soqchilari xarajatlari uchun sarflangan. Ikkinchi qismi esa taqiq yer (qo‘riq yer) deb atalgan va u yaylov, qamishzor va chakalakzorlardan iborat bo‘lgan. Uchinchi qismi esa
chek yerlar deb atalib, bevosita xonga tegishli bo‘lgan. Xususiy yer
egaligi yirik davlat amaldorlariga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer
ajratib berish, shuningdek, xususiy kishilarga sotish (mulki hur xolis)
orqali vujudga keltirilgan. Xususiy yer egasi bo’lgan birinchi toifa
vakillari yerga emas, balki undan olinadigan daromadga hamda shu
yerda qurgan imoratiga egalik qilganlar. Shuningdek, yetishtirilgan
hosilning 1/5 qismi miqdorida soliq to‘laganlar. Yerni meros qilib
qoldirish huquqiga ega bo‘lmaganliklari uchun hozircha egalik qilib
turgan yerlarning ma’lum qismi farzandlarida saqlanib qolishi uchun
vaqf avlod qilganlar. Ma’lumki, vaqf yerlar sotilmaydi, hadya qilinmaydi va meros qilib ham qoldirilmaydi. Shuning uchun diniy muassasalar ixtiyoriga vaqf avlod qilingan yerdan olinadigan daromadning vaqf hujjatida ko‘rsatilgan qismi yerni vaqf mulki ixtiyoriga
o‘tkazgan amaldorning avlodlariga tegishli bo‘lardi. Ikkinchi toifa esa
sotib olingan yerga bevosita egalik qilgan. Bunday yerlardan soliq
Yer
133
134.
olinmagan. Davlat yerining sotilganligi va sotib olinganligi to‘g‘risidagi hujjat qozixonalarda imzolangan. Unda yer sotuvchining, ya’ni
xonning o‘zi ham ishtirok etgan. Xususiy yer-mulk egaligi harbiy
xizmatchilarga yer berish orqali ham shakllantirilgan. Harbiylarga berilgan yerlar tanho yerlari deb atalgan.
Mulklaming ko‘pchiligi 30 sotixdan 60 sotixgacha bo‘lgan. Yerlar
ishlov berish uchun dehqonlarga ijaraga berilar edi. Dehqonlar xon
yerlarida ham mehnat qilar edilar. Xon yerlarida ishlash uchun safarbar etilganlarning soni 10 ming nafargacha yetardi. Ular mardikorlar, xususiy yerlarda hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi
yersiz, ot-ulovsiz kambag‘allar esa chorikorlar deb atalar edi. Bundan
tashqari, korandalar deb ataluvchilar ham bo‘lib, ular hosilning 1/2
qismini olish sharti bilan yerlami ijaraga olib, o‘z mehnat qurollari,
ot-ulovlari bilan yollanib ishlar edilar.
Asosiy soliq – xiroj bo‘lib, uning miqdori ekin
Soliq va
ekiladigan yer maydoni va ekin turiga qarab
majburiyatlar
hosilning 1/3-1/5 qismigacha belgilanar edi.
Ko‘chmanchi chorvadorlardan olinadigan zakotning turlari ko‘p edi.
Ularning asosiylari „qo‘raboshi“, „tutun haqi“, „yig‘im soliq“ deb
atalar edi.
„Qo‘raboshi“ – ko‘chmanchi chorvadorlardan mol boshiga va qo‘rasiga qarab olinadigan zakot. Bu zakot qishda mollar qo‘ralarda turganida yig‘ib olingan.
„Tutun haqi“ — bahor kelganda yangi o’tloqlarga ko‘chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo‘y bilan olinadigan soliq (zakot).
„Yig‘im soliq“ esa zakot to‘lamaydigan toifalarning bekka beradigan 9 buyumdan iborat in’omlari yig‘imi bo‘lgan.
Mehnatkash xalq deyarli hamma narsa uchun soliq to‘lar edi.
Chunki hamma qo‘riq yerlar, chakalakzorlar, to‘qaylar, daraxtzorlar,
ko‘llar va barcha yaylovlar xonning ixtiyorida edi. Aholi qal’a devorlarini ta’mirlash, istehkomlar qurish, kanallar qazish, ariqlarni tozalash
va yo‘l qurilishida ishtirok etish kabi majburiyatlarni o‘tagan.
Qishloq xo‘jaligi,
Qo‘qon xonligida ham Xiva xonligi va Buhunarmandchilik va xoro amirligida bo‘lgani kabi sun’iy sug‘osavdo
rish mahorati mukammal egallangan va suvdan oqilona foydalanilgan. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekini bug‘doy va
paxta edi. Shuningdek, meva, sabzavot va poliz ekinlarining deyarli
134
135.
barcha turlari yetishtirilgan. Chorvachilikda makkajo‘xori va beda
yetakchi o‘rinda turgan.
Farg‘ona vodiysida paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Rossiyaning o‘zbek davlatlaridan, jumladan, Qo‘qondan paxta sotib ola
boshlashi bu ekin maydonlarining yanada kengayishiga sabab boTdi.
Paxta savdosiga hatto boj ham bekor qilindi.
Qo‘qonda hunarmandchilikning miskarlik, zargarlik, o’ymakorlik,
kulolchilik, qog‘ozgar, to‘quvchi, do‘ppi tikuvchi, kashtachi, ko‘priksoz, temirchi, novvoy, aravasoz, baxmalbof, bo‘yoqchi, dorukash, devorzan, degrez, ko‘nchi, miltiqsoz, nayzagar, panjarasoz, pillakash,
po‘stindo‘z, taqachi, paranjido‘z, chevar, chitgar, gilamchi kabi turlari
nihoyatda rivojlangan.
Qo‘qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qashqar, Hindiston, Afg‘oniston, Eron, Xitoy va Rossiya bilan
olib borilgan savdo aloqalari katta o‘rin egallagan. 1832-yilda imzolangan Qo’qon—Xitoy shartnomasiga ko‘ra, Qo‘qon xoni Qashqarda
savdogarlardan boj yig‘ish huquqini olgan.
„ . .
Xonlikning bosh shahri – Qo‘qonga oid
maTumotlar X asrdan boshlab uchraydi.
Manbalarga ko‘ra, uning yoshi 2000 yildan ortiqdir. MaTumotlarda
„Havoqand“, „Ho‘qand“ degan nomlar bilan qayd etilgan. Havoqand
so‘zi „go‘zal“, „yoqimli“, „xushmanzara“, „shamol shahri“ degan
ma’noni anglatadi, degan fikrlar ham mavjud. Mahalliy aholi o‘z
shahrini Ho‘qandi latif yoki Qo‘qon deb ataganlar. Qo‘qon shahri
XVIII-XIX asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning, ayni paytda,
O‘rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi. 1842-yilda Qo‘qon mustahkam devor bilan o‘raldi. Shaharga 12 darvozadan kirilardi. Shaharning 12 darvozali boTishiga sabab, uning ma’muriy jihatdan 12
dahaga boTinganligi edi. Bu davrda shaharda 30000 aholi yashagan.
XIX asr o‘rtalarida Qo‘qondagi madrasalar ichida Madalixon, Norbo‘tabiy, Jome, Hokimoyim, Hoja dodxoh, Mingoyim madrasalari alohida ajralib turadi. Ularning har birida 38 tadan 100 tagacha hujrasi
boTgan.
0‘rta Osiyoning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan
Andijon
Andijon „Buyuk ipak yo‘li“da bunyod etilgan. Arablar istilo qilgan davrda shahar „Andukon“ deb atalgan. Tarixchi
olim, akademik A. Muhammadjonovning ta’kidlashicha, „Andijon“ soy
135
136.
bo‘yidagi shahar, degan ma’noni anglatadi. Andijon XV asrdan boshlab Farg‘ona vodiysining markaziga aylandi. Zahiriddin Muhammad
Bobur davrida Andijonda xo‘jalik, fan va madaniyat ravnaq topdi.
U „Boburnoma“da Andijonga „Oshlig‘i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo‘lur. Movarounnahrda Samarqand va Kesh
qo‘rg‘onidin so’ngra mundin ulug’roq qo’rg’on yo‘qtur. Uch darvozasi bor. To‘qqiz tarnov suv kirar”, deya ta’rif bergan.
Qo‘qon xonligi tashkil topgach, shahar Andijon bekligining markazi bo‘lib qoldi. XIX asr o‘rtalarida Andijon 4 dahaga. bo‘lindi. Har
dahaga qozi va mingboshi tayinlandi. Dahalar mahallaiazga bo‘lingan
bo‘lib, ularni oqsoqol boshqargan.
Toshkent
2009-yilda 2200 yilligi nishonlangan Toshkent ham
O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlaridan biridir. U turli
davrlarda Choch, Shosh, Binkat kabi nomlar bilan atalib kelindi. XI
asrdan boshlab esa hozirgi nomi bilan atala boshlandi.
Toshkent o‘z tarixida turli vaqtlarda yurtimizga bostirib kirgan
davlatlarga qaramlik davrlarini boshidan kechirdi. 1503-yilda esa
Shayboniylar davlati tarkibiga kiritildi. XVI asrda shaharda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Chunonchi, Baroqxon, Ko‘kaldosh
madrasalari kabi me’moriy obidalar bunyod etildi. 1723-yilda Toshkentni ko‘chmanchi jung‘orlar egallab oldilar. Jung‘orlarga qaramlik
1758-yilgacha davom etdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkentda
to’rt hokimlik vujudga keldi (Shayxontohur, Beshyog‘och, Ko‘kcha va
Sebzor). 1784-yilda to‘rt hokimlik tugatildi va yagona Toshkent bekligi tashkil etildi. 1810-yilda Olimxon hukmronligi davrida Qo‘qon
xonligi tarkibiga qo‘shib olindi.
Toshkent muhim xalqaro savdo yo‘li chorrahasida joylashgani sababli hunarmandchilik yuksak darajada rivojlandi. Chorsu shahar hayotining markazi edi.
Xonlikda yer egaligi munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
Vaqf avlod tushunchasi nimani anglatgan?
Mardikor, chorikor, koranda tushunchalariga izoh bering.
Soliq turlarini qayd eting.
Rossiya-Qo‘qon, Qo’qon-Qashqar savdo munosabatlarining rivojlanib borganligiga misollar keltiring.
6. Xonlikning Toshkent va Qo‘qon shaharlarini bir-biri bilan taqqoslang va xulosalaringizni daftaringizga qayd eting.
1.
2.
3.
4.
5.
136
137.
2019-yildan boshlab 0‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida
fuqarolar toTaydigan soliq tizimida qanday o‘zgarishlar amalga
oshirilganligini soliq to‘lovchi ota-onangiz yordamida aniqlab keling.
37-§. Qo‘qon xonligining tashqi siyosati
Qo‘qon xonligintng Sin imperiyasi bilan munosabatlari juda og‘ir kechdi. Bunga, bir tomondan,
Xitoyning 1755-1759-yillar mobaynida Sharqiy
Turkistonni o‘ziga bo‘ysundirishi, ikkinchidan, Qo‘qon xonligini kuchsizlantirishga urinishi sabab boTdi.
Erdonabiy hukmronligi davrida Xitoy jung‘orlarni tor-mor etib,
qozoq juzlari yeriga hujum boshladi va Toshkent chegaralariga yaqinlashib keldi. Sharqda esa O‘sh viloyatini (hozirgi Qirg’iziston
Respublikasi hududida) bosib oldi. Andijon, Marg‘ilon va Namangan
bekliklari esa Xitoyga vassalligini tan oldilar. Shunday sharoitda
Erdonabiy Xitoy bilan Qo‘qon xonligi uchun tahqirli shartnoma imzolashga majbur boTdi. Unga ko‘ra, Qo‘qon xonligi o‘zining Xitoyga
qaram ekanligini tan oldi. Xitoyga katta tovon toTadi, imperatorga
esa qimmatbaho sovg‘a-salomlar jo‘natdi.
Sharqiy Turkiston (Qashqar) – uyg‘ur xalqining vatani. Uni Xitoy
bosib olgach, Qashqar hukmdorlari Qo‘qondan boshpana topgan edilar.
Xitoy hukumati Umarxonga ularni Qashqarga o‘tkazmaslik shartini
qo‘ydi. Madalixon davrida Qo‘qon-Xitoy munosabatlari yanada keskinlashdi. Bunga Madalixonning Xitoyga umuman bo‘ysunmaslikka
qaror qilganligi hamda davlat chegarasini tobora Sharqiy Turkiston
tomon kengaytirib borayotganligi, shuningdek, 1825-yilda Qashqar
aholisining Xitoyga qarshi ozodlik kurashini qoTlab-quvvatlagani sabab boTdi. Xitoy hukumati bunga javoban 1829-yilda Qo‘qonning
Sharqiy Turkistonda yuritadigan savdo ishlarini taqiqladi. Qo‘qonlik
savdogarlarning aksariyat qismini haydab, mol-mulklarini musodara
qildi.
Madalixon esa Sharqiy turkistonliklaming Xitoyga qarshi ozodlik
kurashi rahbari Jahongirxo‘ja va uning ukasi Yusufxo‘ja ixtiyoriga yordam uchun qo‘shin jo‘natdi. Natijada, Yusufxo‘ja Qashqami egalladi
va Yorkentni egallash uchun harbiy harakatni davom ettirdi. Bu esa
Xitoy hukumatini qattiq tashvishga solib qo‘ydi va Yusufxo‘jaga qarshi katta qo‘shin yubordi.
Qo‘qon-Xitoy
munosabatlari
137
138.
Qo‘zg‘oloiichilarning safida mustahkam birlik yo‘qligi hamda Buxoro-Qo‘qon munosabatlari yomonlashuvi oqibatida Qo‘qon xonining Sharqiy Turkistonga yuborgan qo’shinini chaqirib olishi tufayli
Yusufxo‘ja mag‘lubiyatga uchradi. Oqibatda, Yusufxo‘ja Sharqiy
Turkistonni tashlab chiqdi. U bilan 70 ming uyg‘ur oilasi Farg‘ona
vodiysiga ko‘chib keldi. Keyinchalik ham Qo‘qon xonligi o‘z chegaralarini tobora Sharqiy Turkiston tomon kengaytirish siyosatini davom
ettirdi. Ayni paytda, Xitoy moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Qo‘qon
xonligiga qarshi ochiqdan ochiq urush harakatlari olib borishga qodir
emas edi. Natijada, 1832-yilda Pekinda Xitoy-Qo‘qon shartnomasi
imzolandi. Unga ko‘ra, Qo‘qon Jahongirxo‘ja avlodlarini Sharqiy Turkistonga o‘tkazmaslik majburiyatini oldi. Bundan tashqari, Xitoy Sharqiy Turkistonda qo‘qonlik savdogarlar faoliyatini taqiqlashni bckor
qildi. Shuningdek, Qo‘qon savdogarlariga Sharqiy Turkistonda boj
to‘lamasdan savdo qilish huquqi ham berildi. Sharqiy Turkistondan
Qo‘qon savdogarlari chiqarib yuborilganda ulardan tortib olingan molmulklari evaziga Qo‘qon xonligiga tovon to‘landi. Va nihoyat, Sharqiy
Turkistonda savdo qiluvchi o‘rtaosiyolik savdogarlar to‘laydigan bojlarni yig‘ib olish huquqi Qo‘qon xonligiga berildi.
Ruarnrn
munosabatlari
amirl i ainino
Cln‘nnn
vnnlioi
hndndi
shayboniylar va ashtarxoniylar davrida Buxoro
avvalo, ikki davlat munosabatlarida dushmanlik kayfiyatining ustunlik
qilishiga sabab boTdi.
Ikkinchidan, Buxoro amirligi o‘zini uchta o‘zbek davlati o‘rtasida
yetakchi deb hisoblardi va bu maqomning qolgan ikki o‘zbek davlati
tomonidan e’tirof etilishini istar edi.
Uchinchidan, Qo‘qon xonligi o‘z hududini Buxoro amirligi ko‘zlagan yoki uning hokimiyatini tan olgan viloyatlar hisobiga ham
kengaytirib bordi. O‘zaro qurolli to‘qnashuvlarda goh Buxoro amirligining, goh Qo‘qon xonligining qoTi baland kelib turdi.
Umarxon davrida Buxoro amiri Haydar hatto butun musulmon
olamining xalifasi deb e’tirof etilgan Usmonli davlati sultoni Mahmud
II ga Xiva va Qo‘qon xonliklari ustidan arz qilib xat ham jo‘natgan.
U xatida Movarounnahr, Qo‘qon, Dashti Qipchoq, Marv, Balx, Ko‘lob va Badaxshon avvaldan Buxoroga bo‘ysunib kelganligini, Qo‘qon va Xiva xonlari esa Buxoro amirligining oliy hokimiyatini tan
138
139.
olmayotganligini qayd etgan. Biroq sulton Mahmud II Qo‘qon xonligining Buxoro amirligi oldida mustaqil davlat maqomini tan olganligi
Umarxonga katta ma’naviy quvvat bag‘ishladi.
Madalixon ham Usmonli sultonligiga elchi jo‘natgan. Sulton nomiga yozilgan xatda Madalixon sultonning „musulmonlar xalifasi“
maqomini tan olishini, Xitoyga qarshi muqaddas urush olib borganligini ma’lum qildi. Ayni paytda, sultondan Qo‘qonga qurol-aslaha
ustalarini yuborishni so‘radi. Ustalarning yuborilishi Buxoro-Qo‘qon
munosabatlari tobora keskinlashayotgan bir davrda juda muhim edi.
Biroq bu iltimos rad etildi.
o (
_R .
Madalixon Sharqiy Turkistondagi musulmonlarni
munosabatlari3
Xitoy tazyi(lidan lumoya qilishda Usmonli sultonidan zarur madad va qo‘shinni zamonaviy
asosda qurollantirish uchun mutaxassislar yuborilishiga erisha olmagach, endi Rossiya bilan munosabatlami yo‘lga qo‘yishga qaror qildi.
Shu maqsadda 1831-yilda Rossiyaga elchi yubordi. Lekin elchilik
muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Buning asosiy sababi har ikki davlatning
ham O‘rta juz qozoqlari homiysi bo‘lishga da’vogarligi edi. Shuning
uchun ham Rossiya hukumati Qo‘qon elchilarini Orenburgdan nariga
o‘tkazmaslik haqida ko‘rsatma berdi.
Tabiiyki, Madalixonning qurol-yarog‘ sotish va artilleriya zobitlari
yuborish haqidagi iltimosi ham rad etildi. Nihoyat, oradan 10 yil
o‘tgach, 1842-yilda Madalixondan keyin taxtga o‘tirgan ukasi sulton
Mahmudxon Rossiyaga ikkinchi elchilar guruhini jo‘natdi. Chunki
xonlikka Buyuk Britaniya xavf solishi ehtimoli aniq bo‘la boshlagan
edi. Bu xavfga qarshi tura olish uchun Rossiyaning madadiga erishish
juda muhim masala edi. O‘rta Osiyoda Rossiya-Buyuk Britaniya
manfaatlari to‘qnash kelayotgan bir paytda Qo‘qon elchilari Rossiya
imperatori Nikolay I tomonidan qabul qilindi. Ayni paytda, asosiy
e’tibor ikki davlat o’rtasida savdo aloqalarini yanada rivojlantirish,
shuningdek, Qo‘qon xonligiga tog‘-kon mutaxassislarini yuborish masalasiga ham qaratildi. Biroq 1842-yilning bahorida Buxoro amirligining Qo‘qon xonligiga hujumi elchilik natijalarini yo‘qqa chiqardi.
Endi Rossiya Qo‘qon xonligining zaiflashib qolganligidan foydalanib
qolishga qaror qildi.
Shuning uchun ham Qo‘qon xoni Xudoyorxonning Rossiya Qo‘qonga nisbatan yuritayotgan siyosati xususida bildirgan e’tirozlari
inobatga olinmadi.
139
140.
141.
Shunga qaramay, Xudoyorxon Qo‘qon chegarasida yangi istehkomlar qurilganligidan norozi bo‘lib Rossiyaga elchi yubordi. Xudoyorxon
Nikolay I ga yo‘llagan maktubida Qo‘qon xonligida jamoat tartibi
tiklanganligini, savdo yo‘llari yaxshi qo‘riqlanayotganligini, rus savdogarlari uchun hech qanday xavf-xatar yo‘qligini bildiradi. Ayni
paytda, Raim istehkomi qurilganligidan norozi ekanligini ham ma’lum
qildi.
Nikolay I javob maktubida Qo‘qonda tartib o‘rnatilganligidan
mamnun ekanligini, ikki davlat o‘rtasida yaxshi munosabatlarni saqlab qolinishini xohlashini bildirdi. Tashqi ishlar vaziri esa Raim istehkomi buzilmasligini maTum qildi. U o‘z fikrini Raim istehkomining, avvalo, Rossiya hududida qurilganligi, ikkinchidan esa, bu
istehkom u qurilgan hududda tartib va tinchlikni hamda savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilayotganligi bilan asosladi. Biroq tez orada Qo‘qon qal’asi bo’lgan Oqmasjidni Rossiya
bosib olishni mo’ljallayotgani maTum boTgach, Rossiya —Qo‘qon
munosabatlari yanada keskinlashdi. Endi ertami-kechmi, Rossiyaning
Qo‘qon xonligiga qarshi bosqinchilii
[inchilik yurishi boshlashi muqarrarligiga
shubha qolmadi.
• 1759-yil – Xitoy Sharqiy Turkistonni bo‘ysundirdi.
• 1825-yil – Madalixon Sharqiy Turkiston aholisining Xitoyga qarshi
ozodlik kurashini qoTlab-quvvatladi.
• 1832-yil – Pekinda Qo‘qon-Xitoy shartnomasi imzolandi.
1. Qo’qon—Xitoy munosabatlarida saqlanib turgan keskinlikning sababini qayd eting,
2. Erdonabiy va Umarxon davrida Qo‘qon-Xitoy munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Madalixon hukmronligi davrida Qo‘qon-Xitoy munosabatlarining
keskinlashuviga nimalar sabab boTdi?
4. 1832-yilda Pekinda imzolangan Xitoy-Qo‘qon shartnomasining
mazmuni haqida so‘zlab bering.
5. Nega Qo’qon-Buxoro munosabatlarida doimo keskinlik saqlanib
turdi?
6. Qo’qon-Rossiya munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
141
142.
38- §. Qo‘qon xonligida madaniy hayot
Xonlikning savdo va hunarmandchihk mar,
. ■■
~ t
,,
t.,
* .
kazl oo”gan Qo qon, Marg llon, Andijon,
Namangan, Toshkent va boshqa shaharlari,
ayni paytda madaniyat markazlari ham edi. Chunonchi, birgina Qo‘qon
shahrida 120 ta maktabxona, 40 ta madrasa va masjid, Marg‘ilonda
80 ta maktabxona, 10 ta madrasa va masjid faoliyat ko’rsatgan. Bu
yerda XVIII—XIX asrning birinchi yarmida ilm-ma’rifat sohasida
mashhur ijodkorlar yetishib chiqdi. Qo‘qon xoni Umarxon esa ilm,
madaniyat, adabiyot rivojiga, madrasalarda o‘qish-o‘qitish ishlarini
yaxshilashga, turli kasb-hunar maktablarining ochilishiga e:tibor berdi.
TT
,
.
Umarxon va madaniy
muhit
Umarxon va uning umr yoTdoshi, mashhur o‘zbek shoirasi
Nodiraning sa’y-harakatlari natijasida XIX asr boshlarida Qo‘qon
ilm-ma’rifat markaziga aylandi va bu yerda Qo‘qon adabiy muhiti
shakllandi.
Umarxonning o‘zi „Amiriy“ taxallusi bilan ko‘plab she’rlar yozdi. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir to‘plandi. 1821-yilda Fazliy
Namangoniy, Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she’rlarini o‘z
ichiga olgan „Majmuayi shoirort“ to‘plamini tuzdi. 10 ming misradan
ortiq o‘zbek, fors-tojik tilidagi g‘azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi
she’rlar to‘plangan devon yaratildi.
Arab va fors tillaridagi kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Noyob kitoblar iste’dodli xattotlar tomonidan ko‘chirildi va nozik tasvirlar bilan bezatildi.
Maxmur va Gulxaniy
Umarxon davridagi yirik shoirlardan
biri Maxmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr
oxirida tug‘ilib, 1844-yili vafot etdi. Qo‘qondagi Madrasayi Mirda
ta’lim oldi. Keyin qo‘shinda sipohilik qildi. Maxmurning hajviy she’rlari devoni saqlangan boTib, unda 69 ta asar (3717 misra) jamlangan.
U milliy adabiyotda ijtimoiy hajviyani yuksak pog‘onaga ko‘tardi.
Hajviy asarlarida xalqqa jabr yetkazgan amaldorlami keskin tanqid
ostiga oldi. Xususan, „Hapalak“ she’rida Hapalak qishlog‘idagi xalq
hayotining ayanchli manzarasini aks ettirsa-da, aslida bu she’r butun
xonlik hududidagi xalq hayotining manzarasini ifodalar edi. Mazkur
she’rda quyidagi satrlar bitilgan edi:
142
143.
Xalqini ko ‘rsang agar, o ‘lasi-yu, qoq-u xarob,
Ochligidart egilib, qomati misli kamalak.
Bori yo‘q uylarini, banda, bayon gar qilsam,
Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, to’rt katalak.
O‘zbek mumtoz adabiyotining tanqidiy yo‘nalishini rivojlantirgan
Maxmur merosi keyingi davrdagi qalam ahlining hajvgo‘ylik ijodiga
samarali ta’sir ko‘rsatdi. Bu davr adabiyotining yana bir yirik namoyandasi Gulxaniy (Muhammad Sharif) edi. U 1770-yilda hozirgi
Tojikistonning Tavildara tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni
qishlog‘ida oldi. Muhtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik
qildi. Keyinchalik esa Qo‘qonda istiqomat qildi. Bu yerda hammomda
go‘lax (o‘t yoquvchi) bo’lib ishladi. Shu boisdan „Gulxaniy“ taxallusi
bilan ijod qilgan.
Gulxaniy birinchi bo‘lib o‘zbek adabiyotida poeziyaga masalni
mustaqil janr sifatida kiritgan ijodkor. Gulxaniyning butun sharq adabiyotida mashhur hisoblangan asari „Zarbulmasal‘’dir.
Asardagi „Maymun va Najjor”, „Tuya bilan Bo’taloq”, „Toshbaqa
bilan Chayon” kabi masallari chuqur axloqiy-taTimiy ahamiyatga
ega. Asardagi Yapaloqqush va Boyo‘g‘li, Ko‘rqush va Hudhud, Kulonkir Sulton va Malik Shohinlarning obrazlari orqali o‘sha davr jamiyatidagi illatlarni, hukmron tabaqalaming xalqqa o‘tkazgan jabrzulmlarini, xalqning og‘ir turmush sharoitini haqqoniy tarzda katta
badiiy mahorat bilan ochib berdi.
Qo‘qon adabiy muhitini Jahon otin (taxallusi Uvaysiy, 1779-1845) va Mohlaroyim (taxallusi Nodira)
lar ijodisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uvaysiy oilasi o‘z davrining ilg‘or va ma’rifatli oilalaridan edi. Otasi ham o‘zbek, ham tojik tilida
qalam tebratgan. Oiladagi muhit Uvaysiyda ijod qobiliyatini yuzaga
chiqardi. Uvaysiy Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy va Jomiy ijodlarini
qunt bilan o‘rgandi.
Amir Umarxon Marg‘ilon hokimi bo‘lib turgan yillarda Uvaysiy el
orasida tanilgan shoira edi. Undagi shoiralik iste’dodi Umarxonning
xotini Nodirani o‘ziga rom etdi. Umarxon Qo‘qon taxtiga o‘tirgach,
Uvaysiy Qo‘qonga taklif etildi va bu yerda u juda ko‘p yoshlarga
murabbiylik qildi. Nodira bilan ijodiy hamkorligi qaror topdi. Uning
ijodi xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Manbalarda ta’kidlanishicha,
143
144.
Uvaysiydan to‘rtta lirik devon va uchta doston meros bo‘lib qolgan.
Uvaysiy asarlarida insonni e’zozlash, do‘stlik, vafo, sadoqat g‘oyalari,
el-yurt dardi, xalq hasrati kuylanadi.
„ ..
.
_T ..
O‘zbek shoirasi, ma’rifatparvar davlat arboMohlaroym _ Nod.ru fe. Mohlaroyim _ Nodka (1792_1842) An-
dijonda tug‘ildi. Otasi Rahmonqulibiy Andijon hokimi bo‘lib, Qo‘qon
xoni Olimxonning tog‘asi edi. Umarxon Marg‘ilonga hokim etib
tayinlanganidan keyin Nodira bilan turmush qurdi. Nodira Uvaysiy
bilan tanishgach, uni yosh qizlar va kanizaklami o‘qitish uchun muallimlikka taklif etdi. Nodira o‘g‘li Muhammad Alixon taxtga o‘tirgach, davlatni idora etishda faol ishtirok etdi, madrasalar qurdirdi.
Olimlar, xattot va naqqoshlarni Qo‘qonga to‘pladi, ko‘p kitoblarni
qayta ko‘chirtirdi. Kitob muqovasining did bilan ishlanishiga e’tibor
berdi. Yaxshi xattotlarga, naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon
sovg‘a qildi. Nodiraning o‘zi ham o‘zbek, ham tojik tillarida ijod
qildi. Mohlaroyim Nodira taxallusida 180 she’r jamlangan devon,
Komila taxallusida 19 g‘azal, Maknuna taxallusida 333 g‘azaldan
iborat devon tuzdi. Nodiradan 10 ming misraga yaqin lirik adabiy
meros qoldi. She’rlarida muhabbat, sadoqat, mehr-vafo, ayni paytda,
Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, oh-fig‘onlari kuylanadi. Bundan
tashqari, Nodira Navoiy, Fuzuliy va Bedil g‘azallariga muxammaslar
ham yozgan.
Boborahim MaGnl Q0^011 xonligida ijod qilgan iste’dodli shoirlardan yana biri Boborahim Mashrab edi
(1640-1711). U Namanganda tug‘ildi. 15 yoshidan boshlab tasavvuf
ilmini egallay boshladi. 18 yil davomida dunyoning juda ko‘p mamlakatlarini kezib chiqdi.
O‘z she’rlarida hukmron tabaqalaming mehnatkash xalqqa o‘tkazgan
jabr-zulmlarini, ochko‘zligini, ba’zi soxta din peshvolarining, avom
xalq ruhini do‘zax va oxirat azoblari bilan dahshatga solayotganligini
ayovsiz fosh etdi. Xalqning og‘ir, ayanchli ahvoliga achindi. Mashrab
bitgan quyidagi satrlar buning dalilidir:
Dili tig’i sitamdin pora bo‘lg‘on xalqni ko’rdim,
Tani dard-u alamdan yora bo ‘Ig ‘on xalqni ko ‘rdim.
Mashrab g‘animlarning ig‘vosi bilan dinga shak keltirganlikda
ayblanib, 1711-yilda o‘lim jazosiga hukm etildi.
144
145.
XVIII-XIX asrlarda Qo‘qon xonligida ko‘plab tarixiy asarlar yaratildi. Mazkur davr tarixchilaridan
Abdulkarim Fazliy Namangoniy 1822-yilda Umarxonning topshirig‘iga
binoan, „ Umarnoma“ asarini yozib tugatdi. U 5000 baytdan iborat
tarixiy asardir.
Xon saroyida qozi askar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar
Mushrif Isfarangiy Amir Umarxonning maslahati bilan „Shohnomayi
nusratpayom“ („G‘alabadan xabar beruvchi shohnoma“) tarixiy asarini
yozdi.
Umarxon davrining ko‘zga ko‘ringan tarixchisi, Norbo‘tabiyning
nabirasi Muhammad Hakimxon to‘ra ibn Ma’sumxon to‘radan
(1802-1870) „Muntaxab ut-tavorix“ („Saralangan tarixlar“) asari meros qoldi. Bu asar Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi tarixiga doir
muhim manbalardan biri sanaladi. Unda O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga doir qimmatli maTumotlar mavjud.
Toshkentlik tarixchi olim Muhammad Solihning „ Tarixi jadidayi
Toshkand“ („Toshkentning yangi tarixi“) asari Vatanimiz tarixini o‘rganishda muhim manba sanaladi. U XV-XIX asrlar Turkiston tarixi,
jumladan, Toshkent tarixi, Qo‘qon xonligi tarixi ilmiy nuqtayi nazaridan yozilgan qimmatli asardir.
M ,
.
Xonlikda me’morchilik ham juda rivojlangan. Bue morc 11
xoro(jail pjr gumh binokorlar taklif etilib, ko‘plab
madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, ko‘prik va muhtasham binolar
bunyod etildi. Xalq orasida Madrasayi Mir nomi bilan mashhur bo‘lgan Norbo’tabiy madrasasi, Daxmayi Shohon ansambli va Norbo’tabiy
daxmasi kabi hozirgacha saqlanib kelinayotgan me’moriy obidalar
shular jumlasidandir.
Norbo‘tabiy madrasasi XVIII asrning oxirida bunyod etilgan. U
to‘g‘ri to‘rtburchakli, bir qavatli, hovlili va to‘rt minorali me’moriy
obida. Madrasada gumbazli masjid va panjaralar o‘rnatilgan 12 ta
derazali darsxona ham mavjud. Hovlisi atrofida esa peshayvonli
hujralar joylashgan. Daxmayi Shohon (shohlar maqbarasi) esa XIX
asrning birinchi choragida qurilgan. Unda Norbo‘tabiy va uning avlodlari dafn etilgan. Daxmaga peshtoq orqali kirilgan. Daxmayi
Shohonda xonning onasiga atab qurilgan Modarixon maqbarasi ham
joylashgan. Xonlikda Madalixon, Kamol qozi, Tunqator, Haqquli
Tarixnavislik
10-O‘zbekistcn tarixi, 8-sinf
145
146.
Xudoyorxon o’rdasi
mingboshi, Miyon hazrat, Mohlaroyim, Hakim To’ra, Xonxo’ja eshon,
Buzrukxo ‘ja, Pirmuhammad yasovul, Xojabek, Oxund devonbegi,
Mingoyim, Jome kabi madrasalar bunyod etildi.
Xudoyorxon davrida xon saroyi – Xudoyorxon o ‘rdasi bunyod
on va Ko ‘kaldosh madrasalari qayta
etildi. Toshkentda esa
ta’mirlandi. Shayx Xovandi
hur me’moriy majmuasi hozirgi ko‘rinishda shakllanti:
yniddin bobo uchun yangi maqbara qad
ko‘tardi.
9
1. ,,Qo‘qon adabiy muhiti” deyilganda nima tushuniladi va u qanday
vujudga keldi?
2. Umarxonning adabiyot sohasidagi ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Maxtnur va Gulxaniy ijodini taqqoslang: o’xshash va farq qiluvchi
jihatlarini aniqlang.
4. Uvaysiy va Nodira ijodida qanday o‘xshashliklar mavjud?
5. Xonlikda yaratilgan tarixiy asarlarning nomlarini daftaringizga taTtib bilan yozing.
O‘zingiz „Qo‘qon xonligining madaniy hayoti“ jadvalini tuzing va
uni to‘ldiring.
146
147.
39- §. Qo‘qon xonligida ta’lim
Maktabxona ta’limi boshlang‘ich ta’lim
va tartib-qoidalari
edl- Maktablar ko pincha bitta sinfxonahaqida
dan iborat bo‘lganligi uchun maktabxona
deb atalgan. Xonlikda 350 ta maktabxona
faoliyat ko‘rsatgan. Boshlang‘ich maktab bolalarga umumiy ma’lumot
beruvchi va xat-savod chiqarish maskani edi. Unda arab imlosida
savod chiqarish, yozish va o‘qish ko‘nikmalari shakllantirilgan. Shuningdek, hisoblash qoidalari va ko‘nikmalari hosil qildirilgan. Tevarakatrof, jamiyat, islom dini haqida bilim va tushunchalar berilgan.
Shuningdek, odob-axloq me’yorlariga amal qilish o‘rgatilgan.
O‘g‘il bolalar maktabxonalarining aksariyati masjidlar, madrasalar,
qorixonalar qoshida, shuningdek, xususiy maktabdor xonalarida
ochilgan. Qiz bolalar maktabxonalari otin ayollar uylarida yoki badavlat kishilarning maktab yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida
tashkil etilgan.
Ana shu otinlardan biri Dilshodi Rahimqul so‘fi qizi (taxallusi
Dilshod Otin, Bamo, Dilshodi Barno) edi. XIX asrda Qo‘qonda ijod
qilgan shoira. U, ayni paytda, maktabxona maktabdori boTib ham
faoliyat yuritgan. O‘zining maktabdorlik (otinlik) faoliyati haqida,
jumladan, shunday deb yozgan edi: „Mening suhbatdoshlarim va
dugonalarim aqlli qizlar va iste’dodli shoiralar edi. 51 yil davomida
men maktabdorlik (o ‘qituvchilik) qildim va yiliga o ‘rtacha 20 nafardan 30 nafargacha o’quvchilarim bo’lib, 890 nafar qizning savodini
chiqardim. Bulardan deyarli to‘rtdan bir qismi she’riyatga qobiliyatli
bo ‘lib, shoira va o ‘z davrining aqlli hamda dono odamlari edilar“.
Xususan, Anbar Otin uning iqtidorli o‘quvchilaridan boTgan.
Dilshod Otinning qalamiga mansub „Muhojirlar tarixi“, „Inson matonati va muhojirlar tarixi“ hamda „ Barnoning tanlangan she ’rlari” asarlari bizgacha yetib kelgan. Asarlarida xonlikdagi o‘zaro
urushlar, uning xalq ommasi turmushiga ko’rsatgan ayanchli ta’siri
kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Shoira, ayni paytda, yaxshi
kunlar kelishiga ishonib asarlarining birida: „Bu jabr-u zulmat albat
muvaqqat”, deb yozgan. Shuningdek, turkistonliklami do‘st va inoq
boTib yashashga ham da’vat etgan. Maktabxona maktabdorligiga (o‘qituvchiligiga) masjid mutasaddilari ishga taklif etishgan. Maktabdorga
maktabdan uzrsiz ketib qolmaslik sharti qo‘yilgan, Maktabxonalarda
,, ., ,
.
.
147
148.
o‘quvchilar soni 10-60 nafarni tashkil etgan. O‘qishga 5 yoshdan
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilingan va o‘qish 5-7 yil
davom etgan. Kimning maktabxonada necha yil o‘qishi o‘qituvchining
mahoratiga, o‘quvchining zehniga va oilasidagi muhitga bog‘liq edi.
Maktabxonalarda dars mashg‘ulotlari quyosh chiqishidan to kechgacha davom etgan. Juma va bayram kunlari dars mashg‘ulotlari
bo‘lmagan. Yoz fasli va ramazon (ro‘za) oyida o‘quvchilarga ta’til
berilgan.
—
.
Dars mashg‘ulotlari avval kalimai shahodat
va toyiba yod olinganidan so ng arab alitbosini o‘rganishdan boshlangan, Alifbe darslarida dastlab harflarning
yozilishi mashq qilingan. So‘ng harflarning turli o‘rinlardagi shakllari
o‘rganilgan. Keyin esa zeru-zabar, ya’ni harflarning osti va ustiga
qo‘yiladigan farqlovchi belgilar va ularning qo‘llanishi, shuningdek,
ular yordamida bo‘g‘in tuzish qoidalari o‘rgatilgan. Maktabdor (o‘qituvchi) harflami yog‘ochga yoki qattiq lavhalarga yozib devorga osib
qo‘ygan. Unga qarab harflar yod olingan. Harflami bir-biriga qo‘shib
yozish mashq qilingan. Duoyi salomni yoza olgan o‘quvchi „xati
chiqqan“ hisoblangan.
Alifbe o’rganilib bo‘lingach, „Haftiyak“ (muqaddas Qur’oni Karimning 1/7 qismi ko‘chirib yozilgan kitob)ni o‘rganishga kirishilgan.
„Haftiyak“ tugallangach, „Tavjud“ (Qur’oni Karimni qiroat bilan
o‘qish san’ati to‘g‘risidagi ilm)ga o‘tilgan. Undan so‘ng esa bevosita
„Qur’oni Karim“ ning o‘zini o‘qitish boshlangan.
Shundan so‘ng „Farzi ayn“, ya’ni shariatga ko‘ra barcha musulmonlarga buyurilgan va bajarilishi shart bo‘lgan amallar haqida tushunchalar berilgan. U o‘rganilib bo‘lingach, islom dinining asosiy
qoidalari bayon etilgan „Chor kitob“ („To‘rt kitob“)ni o‘rganishga
kirishilgan. Undan keyin kattaqo‘rg‘onlik So‘fi Olloyorning „Sabot
ul-ojizin“ („Ojizlar saboti“) kitobi o‘qitilgan. Mazkur asarda islom
dinining asosiy qoidalaridan tashqari, go‘zal insoniy fazilatlar, axloqiy
tarbiyaga oid hikmatlar, ibratli hikoyalar, she’r va dostonlar o‘rin olgan.
„Sabot ul-ojizin“dan so‘ng shu asaming fors tilida yozilgan va
„Maslak ul-muttaqin“ („Taqvodorlar maslagi“) deb atalgan asl nusxasi
o‘rganilgan. „Sabot ul-ojizin“ „Maslak ul-muttaqin“ning turkiy tilda
qisqartirib yozilgan nusxasi bo‘lib 12 ming baytdan tuzilgan ilohiy
ma’rifatning she’riy talqinidir.
148
149.
So‘fi Olloyor asari o‘rganib bo‘lingach, Sharq olamida mashhur
bo‘lgan, XIII asrda yashab o‘tgan Sa’diy Sheroziyning „Bo’ston” va
„ Guliston ” asarlari o‘rganilgan.
Sa’diy asarlari boshqa Sharq shoirlaridan hayratlanarli darajada
hayotiyligi bilan alohida ajralib turadi. „Bo‘ston“ va „Guliston“ hayotiy hikoyalardan tashkil topgani, donishmand shoirning bu hikoyatlar so‘ngida qissadan hissa tarzida keltirgan she’rlari kundalik turmushdan chiqarilgan xulosalar ekanligi bilan jahon ilm-u adab ahlini
birday o‘ziga tortib kelmoqda.
BMTning Tinchlik Kengashi binosi peshtoqiga „Guliston“ asaridan olingan quyidagi misralar bitilgan: „Odam bolalari ibtidoda bir
gavhardan bino bo ‘lganligi tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Binobarin, zamon uning bir a’zosiga jarohat yetkazsa, boshqa a’zolari
ham o ‘z tinchini yo ‘qotadi
Keyingi bosqichda Xo‘ja Hofiz Sheroziyning (1326-1389) „Devon‘‘ini o‘rganish boshlangan. Mazkur „Devon‘‘ lirik she’rlar to‘plami
boTib, o‘quvchilaming axloqiy tarbiyasida asosiy qoTlanma sanalgan.
Maktabxonalarda arab grammatikasi, Alisher Navoiyning she’riy to‘plamlari hamda husnixat, hisob-kitob (arifmetika) ham o‘qitilgan.
.
Qo‘qon xonligida madrasalar ham faoliyat ko‘rMadrasa talimi
.
v
-u
satgan. Xususan, 1841-yilda Qo qon shahn
madrasalarida 1000 nafar mulla taTim olgan. Ularning faoliyatiga
mutavakkillar boshchilik qilishgan. Madrasalarga o‘quvchilar 13-15
yoshidan boshlab qabul qilingan. O‘qish muddati esa 15-20 yil davom etgan.
Madrasalarda kalom (islom diniy taTimotini asoslab beruvchi ilm),
qiroat, hadis (Muhammad s.a.v.ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari va
ko‘rsatmalari), fiqh (islom huquqshunosligi) ilmlari, shuningdek, arab
grammatikasi, mantiq, notiqlik, xattotlik, tijorat ilmlaridan ham saboq
berilgan.
Bundan tashqari, tarix, adabiyot, geografiya, matematika fanlari
o‘qitilgan. Maktabxonada o‘qitilgan darsliklar materiallari madrasada
yanada chuqurroq o‘rganilgan. TaTimning madrasa bosqichida, shuningdek, „Kalila va Dimna” hamda „Qobusnoma“ asarlari ham o‘qitilgan.
1. Qo‘qon xonligida maktabxona faoliyati qanday tashkil etilgan?
2. Maktabxonalarda arab alifbosi qanday tartibda o‘rgatilgan?
149
150.
3. „Qur’oni Karim“ni o’rganish qanday bosqichlardan tashkil topgan?
4. Maktabxonalarda So‘fi Olloyorning asarlari asosiy darsliklardan biri
etib belgilanganligi nimalami anglatadi?
5. Nega Sa’diy SheToziyning darslik o‘mida foydalanilgan „Bo‘ston“
va „Guliston“ asarlarining mazmuni hali-hamon o‘z ahamiyatini
yo‘qotmay kelmoqda?
6. Xonlikdagi madrasa ta’limi haqida nimalami bilib oldingiz?
40- O’zbek davlatlarining taraqqiyotda
§.
orqada qolish sabablari va oqibatlari
G‘arbiy Yevropaning ilg‘or mamlakatlarida
sanoa^ jshlab chiqarishning yetakchi tarmog‘iga aylanib bordi. XVI asming o‘rtalaridan boshlab to‘qimachilik, qog‘oz, shisha ishlab chiqarishda
mehnat taqsimoti va qo‘l hunari texnikasiga asoslangan korxona manufakturalar (lotincha manus — qo‘l, faktura – tayyorlash)lar vujudga keldi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida asbob-uskunalami harakatga keltiruvchi bug‘ mashinasi (motor) ixtiro qilindi. Natijada, asosiy ishlarni
mashinalar bajaruvchi fabrika-zavodlar vujudga keldi.
Bug‘ mashinasi bilan harakatlanuvchi parovoz, paroxod, cho‘yan
va po‘lat oluvchi domna pechlar yaratildi, temiryo‘llar qurildi.
Yirik boy tabaqalarning tashqi savdodan, mustamlakalardan, manufakturadan orttirgan boyliklari sanoatni rivojlantirish uchun sarmoya
sifatida qo‘yildi. Bu sanoatning rivojlanishida muhim omil bo‘ldi.
Eng muhimi, xo‘jalik yuritish uchun zarur bo‘lgan mashinalami ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, og‘ir sanoat vujudga keldi.
Biroq bu jarayon jahon mamlakatlarida nihoyatda notekis bordi.
Ko‘pgina mamlakatlar, jumladan, o‘zbek xonliklari ham bu jarayondan
chetda qolib, taraqqiyotda orqada qolib bordi.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xonliklar davri
tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, quyidagi savollar bilan murojaat
qiladi:
„Nega jahonga Ahmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino,
Abu Rayhon Beruniy, Imom al-Buxoriy, Amir Temur, Ulug’bek, Alisher
Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII—XIX
Jahon taraqqiyotidagi
150
151.
asrlarga kelib to shu chog’gacha erishgan yuksalish darajalaridan
tushib ketdi? Nega so‘nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan
chiqmay qoldi?“
Asrlar davomida bir butun bo‘lib kelgan mamQoloqlik sabablari , , . .
,
■
, .
lakatmng, bir lqtisodiy va ma navLy-madamy
makonda yashab kelgan o‘zbek xalqining uch davlatga bo‘linib ketishi,
ular o‘rtasida davom etgan qarama-qarshiliklar, urushlar mamlakatni
umumbashariy taraqqiyot jarayonidan uzilib, rivojlanishda orqada qolishga mahkum etdi. Har bir o‘zbek davlatida markaziy hokimiyatni
egallash uchun ichki kurash, o‘zaro nizo-janjal, ig‘volarning doimiy
tus olisbi mamlakatni xonavayron qilardi.
Xonliklarning asrlar davomida o‘zgarmay kelayotgan davlat boshqaruv usuli taraqqiyotga g‘ov bo‘lib qolgan edi.
Xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar, etnik nizolar urug‘-qabila
jamoalarini bir joydan boshqa joylarga ko‘chishini keltirib chiqarardi.
Yoki ular zo’rlik bilan yashab turgan joylaridan ko’chirilar edi. Bu
jarayon etnik guruhbozlikni keltirib chiqarardi. Aholini bir butun xalq
bo‘lib jipslashishiga xalaqit berardi. Davlat darajasida yagona xalq,
yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi. Turkistonni,
xalqni birlashtirish g‘oyasi ostida uyushtira oladigan yoTboshchi, siyosiy kuch topilmadi. \
Hukmdorlar va saroy amaldorlari eski ishlab chiqarish usulini
himoya qiladilar. Xonliklarning asosiy boyligi boTgan yerga egalik
qilishning, mulkchilikning eski usuli asrlar davomida o‘zgarmadi.
Yerning egasi hukmdor alohida xizmat ko‘rsatgan kishilarga bir hovuch yer hadya qilardi. Yerni ijaraga olib ishlovchi dehqon yerning
egasi emas edi. Shu boisdan dehqon yerni asrab-avaylashga, uning
unumdorligini oshirishga intilmadi, chunki u bundan manfaatdor
emasdi. Ayni paytda, dehqon yer egasi boTmagani sababli boshqa
joylarga ketaverardi.
Aholi og‘ir soliqlardan, tinkani qurituvchi yigTm va majburiyatlardan azob chekardi. Turmush darajasi past boTib, aholi iste’mol
uchun eng zarur boTgan tor doiradagi oddiy buyum va mahsulotlar
bilan qanoatlanishga majbur edi. Ishlab chiqarish, asosan, iste’molga
yo‘naltirilganligi uchun u iqtisodiyotning o‘sishi uchun turtki boTolmadi.
151
152.
Dehqonchilik nochor ahvolda qoldi. Yerga ishlov berish o‘shao‘sha – bir juft ho‘kiz, so‘qa-omoch darajasida qolib ketdi. Sanoat
ishlab chiqarishi rivojlantirilmadi. Rangli metallar, oltingugurt, marmar, toshko‘mir, neft kabi tabiiy boyliklarga ega bo‘lgan konlar
bo‘Isa-da, ularni izlab topish, tog‘-kon ishlarini yo‘lga qo‘yishga
e’tiborsizlik qilindi. O‘lkada yirik daryolar bo‘lsa-da, baliqchilikni
sanoat darajasiga ko‘tarish, kemasozlikni yo‘lga qo‘yishga e’tibor berilmadi. Oqibatda tovar-pul munosabatlari rivojlanmadi. O‘rta Osiyo
jahon bozoridan ajralib qolgani yetmaganidek, o‘zaro nizolar tufayli
o‘zbek davlatlari o‘rtasida yagona ichki bozor ham tashkil topmadi.
O’zbekistonning Birinchi Prezidenti LKarimov ta’kidlaganidek,
„ Yurt hukmdorlari va amaldorlari xalqning taqdiri va kelajagi haqida
qayg ‘urish o ‘rniga, o ‘z shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun
qo‘yib, jaholat va g’aflatga berilib ketishi oqibatida biz bugun yashayotgan mintaqa umumbashariy taraqqiyot jarayonlaridan uzilib,
rivojlanishdan keskin orqada qolib ketdi”.
n . .
.. .. .
O‘zbek davlatlarining iahon taraqiyotidan
orqada qolishi o ta salbiy oqibatlarga
olib keldi. Iqtisodiy qoloqlik va harbiy nochorlik, ijtimoiy-siyosiy
beqarorlik O‘rta Osiyoni o‘z tasarrufiga kiritib olishga intilayotgan
davlatlarga qo‘l keldi.
Abdulla Qodiriy o‘zining ,,0‘tkan kunlar“ romanida Yusufbek hoji
tilidan quyidagi alamli so‘zlarni bayon qilgan edi:
„Ittifoqning nima ekanligini bilmagan, yolg’iz o‘z manfaati, shaxsiyati yo’lida bir-birini yeb-ichgan mansabparast va shuhratparast
muttahamlar Turkiston tuprog’idan yo’qolmasdan turib, bizning odam
bojishimizga aqlim yetmay qoldi. Biz shu holatda ketadigan, birbirimizning tagimizga suv quyadigan bo’lsak, yaqindirki, podsho istibdodi Turkistonimizni egallar”.
Haqiqatan ham shunday bo‘ldi. O‘zbek davlatlaridagi o‘zaro nizo
va urushlar, parokandalik, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi
tomonidan mustamlakaga aylantirilishi uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Yurtimizning o‘zgalarga qaramligi 1991-yil 31-avgustgacha davom
etdi. O‘tmish xotiralaridan zarur xulosalarni chiqargan yurt rahbarlari
O‘zbekistonni rivojlantirish, mustaqilligini mustahkamlashning va jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘miga ega bo‘lishiga xizmat
qiluvchi rejalarni hayotga muvaffaqiyatli tadbiq eta oldi.
152
153.
Bugungi kunda esa muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev rahbarligida xalqimiz 2035-yilga borih jahonning eng rivojlangan 50
ta davlati qatoridan joy olishdek ulug‘vor maqsadni ro‘yobga chiqarish yo‘lida buyuk bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. Siz
ham hademay bu ulkan bunyodkorlik ishiga o‘zingizning munosib
hissangizni qo‘shishingizga hech shubha yo‘q.
1. Nima sababdan o‘zbek davlatlari jahon taraqqiyotidan orqada
qolib ketganligining sabablarini daftaringizda tartib bilan aks
ettiring.
2. Bugungi O‘zbekiston o‘z oldiga qisqa muddatlarda (2035-yilda)
jahonning eng rivojlangan 50 ta davlati qatoridan joy olishdek
ulug’vor maqsadni qo’ygan. Bu maqsadni ro’yobga chiqarish
borasida tumaningizda va mahallangizda qanday bunyodkorlik
ishlari amalga oshirilayotganligi haqida axborot tayyorlab keling.
Yakuniy dars
(mustaqil ishlash)
Darslik matnidan foydalangan holda quyidagi jadvallami to‘ldiring.
jadval
lBuxoro xonligi
Buxoro xonligi
qachon tashkil
topgan?
Shayboniylar
hukmronlik
qilgan yillar
Ashtarxoniylar hukmronlik qilgan
yillar
1
2
3
Mang‘itlar
Amirlikning
hukmronlik
yer mayqilgan yillar doni, aholisi
4
5
153
154.
Amirlikdagi
yuqori davlat
mansablari
6
Yer egaligi
shakllari
Aholiga
solingan asosiy soliqlar
Aholi
o‘tashi kerak bo’lgan
asosiy majburiyatlar
Amirlikda
ichki savdo
rivojlanmaganligining
sabablari
7
8
9
10
-aJ
2-jadval
Abulg‘oziyxon hukm- Qo‘ng‘irotXiva
ronlik
lar suloxonligi
Xonlikning
qilgan
lasining
tashkil
asoschisi
yillar va
hokimiyat
topgan yil
u hitgan
tepasiga
tarixiy
kelishi
asarlar
1
154
2
3
4
Xonlik
aholisining
umumiy
soni
Aholining
milliy
tarkibi
5
6
155.
Xonlikda
Bosh
Muhanunad
vazir
Rahimxon
qanday
o‘tkazgan
nom bilan islohotlar
atalgan?
7
8
Aholiga
solingan
asosiy
soliqlar
Aholi
o‘tashi kerak bo‘lgan asosiy
majburiyatlar
Ichan
qal’a nodir tarixiy yodgorlik
Xiva
xonligi tarixida yuz
bergan eng
muhim
tarixiy
voqealar
9
10
11
12
3-jadval
on xonligi
k
Xonlik
tashkil
topgan
sana
1
Xonlik
OlimxonXonlikning ning xonlik aholisining
asoschisi
tarixidagi
umumiy
soni
o‘rni
Aholiga
solingan
asosiy
soliqlar
„01tin
beshik“
rivoyatining mazmuni
3
5
6
2
4
155
156.
Qo‘qon
Xonlikda
xonligi taBosh
rixida yuz
vazir
bergan eng
qanday
muhim
nom bilan
tarixiy
atalgan?
voqealar
7
156
8
Umarxon
va Qo‘qon
adabiy
muhiti
9
Qanday
sababga
ko‘ra qipchoqlar
Yer egaligi
Buxoro shakllari,
xonlik
Qo‘qon
soliqlar va
siyosiy
munosabatmajburiyathayotida
lari
lar
katta mavqega ega
bo’lib olgan edilar?
10
11
12
157.
MUNDARIJA
Kirish . 3
I BOB. XV ASRNING OXIRI – XVI ASRNING
BOSHLARIDA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDAGI
SIYOSIY VAZIYAT
1- §, Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat . 5
2- §. Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat . 8
3- §. Zahiriddin Muhammad Bobur va Muhammad
Shayboniyxon munosabatlari . 11
4- §. Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar
hukmronligining o‘rnatilishi . 13
II BOB. BUXORO XONLIGI VA BUXORO AMIRLIGI
5- §. Buxoro xonligining tashkil topishi . 17
6- §. Abdullaxon II davrida Buxoro xonligining yuksalishi . 19
7- §. Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi
hukmronligining o‘rnatilishi . 21
8- §. Buxoro xonligida markaziy hokimiyatning
zaiflashuvi . 25
9- §. Buxoro xonligida davlat boshqaruvi . 28
10- §. Buxoro xonligida harbiy ish . 31
11- §. Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot . 34
12- §. Buxoro xonligining tashqi siyosati . 38
13- §. Buxoro xonligida madaniy hayot . 43
14- §. Buxoro amirligining tashkil topishi . 50
15- §. Amirlikda markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi . 55
16- §. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi . 57
17- §. Buxoro amirligida harbiy ish . 61
18- §. Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot . 65
19- §. Amirlik shaharlari. Ichki va tashqi savdo . 68
20- §. Buxoro amirligining tashqi siyosati . 71
21- §. Buxoro amirligida madaniy hayot . 75
157
158.
III BOB. XIVA XONLIGI
22- §. Xiva xonligining tashkil topishi . 80
23- §. XVII-XVIII asrning birinchi yarmida
xonlikdagi siyosiy ahvol . 82
24- §. Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligining
o‘rnatilishi. XVIII asr oxiri – XIX asr birinchi yarmida
xonlikning siyosiy ahvoli . 86
25- §. Xiva xonligida davlat boshqaruvi . 90
26- §. Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
Shaharlar hayoti . 94
27- §. Xiva xonligining tashqi siyosati . 99
28- §. Xiva xonligida madaniy hayot . 103
29- §. Xiva xonligi tarixi bo‘yicha manbalar . 106
30- §. XVI—XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar . 110
31- §. Qoraqalpoqlarda madaniy va ma’naviy hayot . 113
IV BOB. XVIII-XIX ASRNING
BIRINCHI YARMIDA QO‘QON XONLIGI
32- §. Qo‘qon xonligining tashkil topishi . 118
33- §. XVIII asrning ikkinchi yarmi — XIX asrning btrinchi
yarmida Qo‘qon xonligida siyosiy ahvol . 120
34- §. Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi . 126
35- §. Qo‘qon xonligida harbiy ish . 129
36- §. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-iqtisodiyhayot . 133
37- §. Qo‘qon xonligining tashqi siyosati
. 137
38- §. Qo‘qon xonligida madaniy hayot . 142
39- §. Qo‘qon xonligida ta’lim . 147
40- §. O‘zbek davlatlarining taraqqiyotdaorqada qolish
sabablari va oqibatlari . 150
Yakuniy dars (mustaqil ishlash) . 153
158
159.
63.3(5O‘)
U 73
Jo‘rayev U. va boshqalar.
O‘zbekiston tarixi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi
uchun darslik / U.Jo‘rayev va boshq. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan
4-nashri. – Toshkent: ,,O‘qituvchi“ NMIU, 2019. – 160 b.
ISBN 978-9943-22-371-4
UO‘K: 94(575.1X075.3)
KBK 63.3(5O‘)
USMON JO‘RAYEV, QAMAR USMONOV,
GULIRA’NO JO‘RAYEVA, NAIM NORQULOV
O‘ZBEKISTON
8-sinf uchun darslik
Qayta ishlangan va toTdirilgan 4-nashri
„O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent – 2019
Muharrir J. Yaxshiboyev
Badiiy muharrir Q.Shomuratov
Texnik muharrir N. Niyazmuhamedova
Musahhihlar: E.Najimova, Sh.Jahonov
Kompyuterda sahifalovchi O‘.Qurbonova
Nashriyot litsenziyasi AI Xe012. 20.07.2018. Original-maketdan
bosishga ruxsat ctildi 17.06.2019. Bichimi 70X901/,,;. Kegli 11, 12 shponli.
„Tayms“ gamiturasi. Ofset bosma usulida bosildi. Ofset qog‘ozi.
Shartli b.t. 11,70. Hisob-nashriyot t. 11,0. Adadi 506584 nusxa.
Buyurtma
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining „O‘qituvchi“
nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-206, Yunusobod tumani,
Yangishahar ko‘chasi, 1-uy. Shartnoma JVa 244-18.
160.
Ijaraga beriladigan darslik holatini ko’rsatuvchi jadval
0‘qu.vchming
ismi va
familiyasi
O‘quv
yili
Darslikning
olingandagi
holati
Sinfrahbarining
imzosi
Darslikning
topshirilgandagi
holati
Sinfrahbarining
imzosi
1.
2.
3.
4.
5.
6.
DarsLik ijaraga berilib, o’quv yili yakunida qaytarib
olinganda yuqoridagi jadval sinf rahbarlari tomonidan quyidagi
baholash mezonlariga asosan to’ldiriladi:
Yangi
Darslikning birinchi marotaba foydalanishga berilgandagi holati.
Yaxshi
Muqova butun, darslikning asosiy qismidan ajralmagan.
Barcha varaqlari mavjud, yirtilmagan, ko‘chmagan, betlarida yozuv va
chiziqlar yo‘q.
Qoniqarli
Muqova ezilgan, birmuncha chizilib, chetlari yedirilgan, darslikning
asosiy qismidan ajralish holati bor, foydalanuvchi tomonidan qoniqarli
ta’mirlangan. Ko’chgan varaqlari qayta ta’mirlangan, ayrim betlariga
chizilgan.
Qoniqarsiz
Muqovaga chizilgan, yirtilgan, asosiy qismidan ajralgan yoki butunlay
yo‘q, qoniqarsiz ta’mirlangan. Betlari yirtilgan, varaqlari yetishmaydi,
chizib, bo‘yab tashlangan. Darslikni tiklab bo‘lmaydi.