Press "Enter" to skip to content

Odam Va Uning Salomatligi 8 Sinf – Скачать mp3 бесплатно

Летний Дождь Группа Экспресс

a.ahmedov_odam_anatomiyasi.pdf

0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY УА 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI A.G‘. AHMEDOV ODAM ANATOMIYASI Pediatriya fakultetlari talabalari uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tibbiyot institutlarining bakalavriat yo‘nalishidagi talabalari uchun darslik sifatida nashrga tavsiya etilgan (to‘g ‘rilangan va qayta ishlangan IInashr) TOSHKENT «IQTISOD-MOLIYA» 2007

Post on 23-Dec-2015

Documents

  • 0 ZBEK IST0N RESPUBLIKASI OLIY 0 RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI 0 ZBEK IST0N RESPUBLIKASI SOGLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI A.G. AHMEDOV ODAM ANATOMIYASI P ediatriya fakultetlari ta laba lari u ch u n 0 zbek iston R espublikasi oliy va o r ta m axsus ta lim vazirligi to m o n id a n tibb iyot in stitu tlarin ing bakalavriat y o nalishidagi ta labalari u c h u n darslik sifatida nashrga tavsiya etilgan (to g rilangan va qayta ishlangan IInashr) TOSHKENTIQTISOD-MOLIYA 2007
  • Taqrizchilar tibbiyot fanlari doktori, professor Yu.N. Nishonov tibbiyot fanlari doktori, professor Sh.M. Ahmedov tibbiyot fanlari doktori, professor 0 .M. Mirsharopov Mazkur kitob 0 zbekiston Oliy va orta talim vazirligi hamda 0 zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi to’monidan tibbiyot institutlarining bakalavriat yona- lishidagi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Undan shu soha mutaxas- sislari ham foydalanishlari mumkin. Kitobda bola tugilishidan borshlab, to yetuk shakllanguncha bo’lgan oziga xos anatomik o’zgarishlar batafsil yoritilgan. A G 1. AhmedovA98 Odam anatomiyasi: Tibbiyot institutlarining bakalavriat yonalishidagi talabalari uchun darslik / A .G . Ahm edov; 0 zbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta lim vazirligi, 0 zbekiston R espublikasi sogliqni saqlash vazirligi. – . : IQTISOD-M OLrYA, 2007. 444 b. BBK 28.70673 537-2007 ISBN 978-9943-13-030-2 IQTISOD-MOLIYA, 2007 A.G. Ahmedov, 2007
  • KIRISH Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning rivojlanish jarayoni, ayni vaqtda har bir azoning jinsiy jihatdan va yoshga qarab bo’lgan tafovutlari, shuningdek, muhit sharoitlarining a zolar tuzilishi hamda vazifalariga tasirini o’rganadi. Qadimda anatomiya fani a zolami alohida-alohida o’rganib, ulaming ozaro munosabatini, organizmning bir butunligini hisobga olmagan, faqat dalillar to plash bilan chegaralangan. Hozir bu fan a zolam ing o ‘zaro munosabatini, ulaming bir sistemaga birlashishi qonuniyatlarini o rganishda organizm ning yagona sistema ekanligini, uning tashqi m uhit bilan chambarchas bog’liqligini, azolaming shakli bilan funksiyasi bir-biriga bevosita aloqador ekanligini nazarda tutadi. Anatom iya grekcha soz bolib (anatome) kesaman degan m anoni anglatadi. Odam organizmining tuzilishida yoshga xos jinsiy va shaxsiy xususiyatlar ajratiladi. Bolalik va o’smirlik davrida oiganizm to liq yetilmagan, to qima elementlari to la-tokis takomillashmagan bo ladi. Anatom iya odam organizmini bir butun holda o rganadi, chunki organizm kopgina azolardan iborat bolib, ular nerv va qon tom irlar tizimi bilan bog’langan. Tibbiyotda anatomiya fanini bffish nihoyatda zarur. Professor Ye.O.Muxin (17661850) anatomiyani bilmagan shifokor, foydasizgina emas, balki zararlidir deb yozgan. Anatomiya fiziologiya bilan biigalikda tibbiy ilm poydevorini tashkil qiladi. Odam organizmining alohida a zolar yoki a zolar tizimi tuzilishini oddiy koz bilan makroskopik anatomiya (macros grekcha katta) organadi. Mikroskopik anatomiya (micros grekcha kichik) esa azolar- ning nozik tuzilishini, tarkibiy elementlarini mikroskop yordamida o’rganadi. Sistematik anatomiya odam organizmini tizimlaiga bo’Iib (suyak, mushak, ovqat hazm qilish a zolari va boshqalar) o’rgangani uchun uni m otadil anatomiya deb ham ataladi. Topografik anatomiya esa odamgavdasini sohalar boyicha, azolaming tuzilishi, shaklidan tashqari ulaming ozaro munosabatlaiini, chegarasini va tanadan tashqaridagi proyeksiyalarim ham o’rganadi. Patologik anatomiya azo va toqimalaming turli kasalliklarda o’zgarishini o’rganadigan fandir. Yoshga doir anatomiya oiganizmning tug’ilganidan boshlab, to hayotining oxirigacha bo’lgan davmi o’rganadi.
  • ANATOMIYANI 0 RGANISH USULLARI Odam anatomiyasi, asosan murdada o’rganiladi, lekin bu borada shifokorlik (vrachlik) ixtisosini egallaydigan kishi tirik odam bilan ham munosabatda bo’lishini etibordan chetda qoldirmasligi lozim. Shuning uchun odam oiganizmi va azolarining tuzilishi, topografiyasi, asosan murdada hamda turli usullar bilan va mavjud texnikadan foydalangan holda tirik odamlarda ham o’rganiladi. Bu usullar quyidagilar: 1. Kesib preparatlar tayyorlash usuli. Bunda skalpel (pichoqcha) va pinset bilan murda azolarini kesish orqali preparatlar tayyorlanadi. 2. Inyeksiya usuliichi kovak a zolar va qon tomirlariga turli xil rangli moddalar yuborib to’ldirib o’rganish usuli. 3. Palpatsiyatirik odamda azo va to’qimalami paypaslab korib o’iganish usuli. 4. Perkussiyaazo va to’qim alam i barmoq yoki bolg’acha bilan urib rib aniqlash. Bu ikki usul poliklinika va kasalxonalarda keng qo’llanilib, undan a zolaming chegaralarini aniqlashda foydalaniladi. 5. Auskultatsiya usuli maxsus eshitish asboblari yordamida azolar (yurak, o pka) ning ishlab turgandagi tovushi eshitib koriladi. Bu usul azolarning normal yoki kasallik holatini aniqlashda yaxshi yordam beradi. 6. Antropometriya usuli bunda gavdaning uzunligi, kengligi va og’irligi olchanib, olingan m alumotlar oiganizmning ayrim bolaklariga taqqoslanib, ulaming oshishi yoki o’zgarganligi kuzatib boriladi. 7. Rentgenoskopiya va rentgenografiya usullari bunda rentgen nuri yordamida azo va toqimalaming holati ko’riladi yoki tasvirga olib o’iganiladi. 8. Korroziya yoki yemirish usuli a zolar tez qotadigan m oddalar bilan to’ldirilib, to qimasi kuchli kislota ta sirida yemiriladi va a zolaming shakli 0iganiladi. Anatomiya fanining qisqacha tarbd Anatomiya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish yolini bosib otdi. Ammo qadimda odam murdasini kesib o’rganish gunoh hisoblangan, unga intilganlar esa hatto o lim jazosiga ham hukm etilgan. Aslida, odam organizmini o’rganish ilmiy tibbiyot davridan ancha keyinroq boshlangan. I Anatom iyaning haqiqiy rivojlanish davri qadimiy Y unonistondan boshlangan. Kos va Knidos tibbiyot maktablari tashkil etilib, unda ko’pchilik yunon olimlari tahsil olganlar. Pifagor (eramizdan awalgi 590-yillarda yashagan). U hamma naisa urug’dan paydo bo’lishini aytgan va tirik moddalaming kelib chiqishini o igangan. Alkmeon Krotonskiy (eramizdan 500 yillar ilgari yashagan) o’likni yorib Korib anatomiya haqida kitob yozgan. U birinchi bo’lib miya aqliy faoliyat markazi ekanligini tasdiqlagan.
  • Gippokrat (Buqrot) (eram izdan oldingi 460377-yillar) tibbiyot ilmining otasi, organizmning asosini to ‘rt xil suyuqlik: qon, shilliq, o t va qora o4 hosil qiladi degan talimotni yaratgan. Bu suyuqliklar miqdorining o’zgarishi turli kasalliklami keltirib chiqaradi deydi. Uning yozib qoldirgan 72 ta asaridan 2000 yil mobaynida tibbiyotda foydalanilgan. Shu bilan biiga u nervlarni paylardan ajrata olmagan, arteriyalarda havo oqadi (aer havo, terio oqadi) degan notogri fikrda bo’lgan. Aristotel (Arastu) (eramizdan oldingi 384322-yillarda yashagan) yunon xoqoni Isk an d ar Z u lqarnaynn ing ta rb iy ach is i b o lgan . U Gippokratning qon tomirlar bosh miyadan boshlanib tanagatarqaladi degan notogri fikrini rad etib, qon tomirlar yurakdan boshlanishini isbotlagan, shuningdek, paylami nervlardan, suyakni togaydan ajratgan va aortani birinchi marta aniqlagan. Ammo Aristotel nervlaming ichi boshliqdan iborat bolib, bosh miyada hosil boladigan ruh shu nervlar orqali organizmga tarqaladi, degan notogri fikrda bo’lgan. Gerofil (eramizdan 304 yil oldin tug’ilgan). Ptolomey II ning saroy tabibi bolgan. Bemorlami nima sababdan o’lganligini bilish uchun murdalami kesib o’rgangan. Shu usulda Gerofil bosh miya va uning pardalarini, vena boshliqlarini, bosh miya nervlarini va ulami bosh miyadan chiqishini o’rgangan. 0 n ikki barmoq ichakka birinchi bo’lib nom bergan, shuningdek arteriyalami venalardan ajratgan. Koz olmasi pardalarini va shishasimon tanani, ingichka ichak limfa tomirlarini o’rgangan. 0 zidan oldingi va o zi to’plagan m alumotlar asosida Anatomiya haqida kitobini yozgan. Erazistrat (eramizdan 350300 yillar oldin yashagan). Tomirlar tizimi: yurak qopqoqlari, aorta, kovak venalar, yirik arteriya va venalami o rganib, qon to m ir an asto m o zla ri haq idagi ilm ga asos solgan. E raz is tra t harakatlantiruvchi va sezuvchi nervlarni ajratgan, shuningdek, mushaklar qisqarishini o’rganib, harakat nazariyasini yaratgan. Klavdiy Galen (130201) anatomiya, fiziologiya va boshqa ko’pgina fanlami mukammal o’rgangan olim. U o ‘n ikki juft bosh miya nervlaridan 7 tasining tuzilishini, mushaklardagi biriktiruvchi to ‘qim a va nervlarni, bazi bir azolar qon tomirlarini, suyak va boylamlami, bosh va orqa miyani o’rgangan. Galen hayvonlar yuragmi va qon tomirlarini o’lganib, arteriyalarda havo emas, balki qon oqishini birinchi bo’lib ko’rsatgan. Galen davrida m urdani yorish mumkin bo’lmagani uchun, u anatomiyani hayvonlarda o’rgangan. Shuning uchun uning bazi m alumotlari xatolardan holi emas. Abu Bakr Ar-Roziy (865925-y.) buyuk hak im , klinisist, Bag’dodda shifoxona va uning qoshida tibbiyot maktabi tashkil etgan. Abu All ibn Sino (980-1037-y.). O ‘rta asrlar (VXI) da O ‘rta Osiyodan ham bir qancha m ashhur olimlar yetishib chiqdi. Ana shulardan b in har taraflama yetuk olim Abu Ali ibn Sinodir. Yevropada Avitsenna nomi bilan m ashhur bo ‘lgan bu olim falsafa, m atem atika, astronom iya, kimyo, adabiyot, musiqashunoslik va tibbiyot bilimidan xabardor bo’lgan. U Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan. Dastlabki bilimni Buxoroda
  • olgan va 17 yoshidayoq kop fanlami mukammal egallagan. Abu Ali Ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi bo’lib xizmat qilgan. Tibbiyot sohasidagi buyuk xizmatlari, kashfiyotlari uni butun dunyoga m ashhur qilgan. Ibn Sino 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin uning 242 tasi bizgacha yetib kelgan. Shulardan 43 tasi tabobatga oiddir. Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shoh asari Tib qonunlari 1012 1023-yillarda yozilgan. U o’zining buyuk va o’lmas asarida tibbiyot sohasidagi barcha malumotlami to plab qolmasdan, o z kuzatishlari, tekshirishlari va tushunchalaii bilan asami boyitgan. Kitob besh jildlik bolib, birinchi jildi anatomiya va fiziologiyaga bag’islilangan. Kitob turli tillarda 40 marta qayta nashr etildi va dunyodagi barcha mamlakatlarda 600 yildan ziyodroq vaqt ichida tibbiyot bilim yurtlarida asosiy o quv qollanma bo’lib xizmat qilib keldi. Ibn Sino odam organizmini o’rganishda uning konstitutsiyasiga birinchi bo’lib e tibor berdi. Tib qonunlari jildlarida ichki kasalliklar, xirurgiya, farmakologiya, gigiyena va tibbiyotning barcha sohalari to’g’risida m alumot berilgan. Tib qonunlari birinchi marta 195456-yillarda o’zbek tilida Toshkentda bosilib chiqqan. Ibn al Nafis (XIII asrda yashagan) birinchi bo’lib o ‘pka qon aylanish doirasini ochgan. Anatomiya faniga qiziqish Uyg’onish davrida (XIIXVI asrlarda) Italiya, keyinchalik Fransiya mamlakatlarida boshlanadi. Olimlar talabi bilan har besh yilda bir marta murdani ochib o’rganishga ruxsat beriladi. Natijada dunyoda birinchi marta aniq m alumotlar asosida yozilgan anatomiya darsligi paydo bo’ldi. XIII asrdan boshlab universitetlarda tibbiyot fakultetlari tashkil etildi. Mondino da Lyussi (1275-1327) 1326-yilda ikkita ayol murdasini yorib, anatomiya darsligini yozgan. Leonardo da Vinchi (14521519) Uyg’onish davrining buyuk arbobi, italiyalik olim, m usawir, matematik, muhandis va faylasuf. Odam portretini to ‘g ‘ri va aniq chizish maqsadida 30 dan ortiq murdani yorib o’rgandi va azolar rasmini chizib chiqdi, o’zining rasmlarida u odamning turli a zolarini (dumg’aza, um urtqa pog’onasi egriliklari, ko’p mushaklar, ichki azolar, yurak qopqoqlari, bosh va orqa miya, miya qorinchalari, ko ‘z va boshqalami) tuzilishini aniq ko’rsatib bergan. U dunyoda birinchi bo’lib mushaklaming ishlash dinamikasini o’rgandi. Shu bilan plastik anatomiyaga asos soldi. Audrey Vezaiiy (15141564) ilmiy anatomiyaning asoschisi hisoblanadi. U murdalami yorib qilgan kuzatishlari asosida Odam tanasining tuzilishi haqida yetti kitobini yozadi. A. Vezaiiy Galenning xatolarini ko’rsatib bergan. Uning shogirdlari XVI XVII asrlar davomida odam azolarining tuzilishini to ‘g ‘ri yoritib berdilar. Gabriel Fallopiy (15231562) tarixda birinchi bo’lib kalla suyaklarining tuzilishi va taraqqiyoti, mushaklar, jinsiy a olar, bachadon nayi (bu azo muallif nom i bilan ham ataladi), eshituv va ko’ruv a zolarini o’rganib, Anatomik kuzatishlar* kitobini yozgan.
  • Bartolomey Yevstaxiy (15101574) koproq azolarning rivojlanish jarayoni bilan shugullandi. Tishlar, buyraklar, venalar va eshituv azosini o’rganib, birinchi marta halqum bilan o’rta quloq boshligini qo’shib turuvchi eshituv yo’lini aniqladi. Hozirgacha Yevstaxiy nayi, Yevstaxiy qopqogi uning nomi bilan nomlanib keladi. XVIXVII asriarda murdalami yorish ochiq yolga qo’yillb, buning uchun alohida joylar anatomik teatrlar qurildi. Migel Servet (1511 1553), ispan vrachi, undan 6 yil keyin AVezaliyning shogirdi Reald Kolombo (15161559) qon yurakning o ng yarmidan chap yarmiga opka tomirlari orqali o’pkadan o’tishini ko’rsatib berdilar. Ingliz vrachi, anatom i va fiziologi Vilyam Garvey (15781657) hayvonlarda tajriba otkazib qon aylanishini o’lgangan. Garvey oz izlanishlari natijalarini to’plab 1628-yilda elon qilgan Hayvonlarda yurakva qon harakatlari haqida anatomik izlanishlar nomli ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish sistemasini tarixda ilk bor isbotlab bergan. Garvey qon arteriyadan venalaiga kozga ko’rinmas mayda tomirlar orqali o’tishini taxmin qilgan bo’lsa, Marchelo Malpigi (16281694) 1661-yilda arteriya bilan venani bir-biriga qo’shib turadigan kapillarlar borligini mikroskopda ko’rib isbotladi. Ammo M. Malpigi qon arteriya kapillarlaridan dastlab oraliq bo’shliqqa, undan keyin vena kapillarlariga o tadi deb o’ylaydi. Uning bu fikrini A.M. Shumlyanskiy (1748-1795) buyrakni o’rganish jarayonida inkor etib, arteriya va vena kapillariari bevosita bog’langanligi va qon tomirlar tizimi yopiqligini ko’rsatgan. Fredrik Ryuysh (16381731) gollandiyalik anatom qon tom irlar anatomiyasini o’rganishga katta hissa qo’shgan. U qon tomirlarga rangli moddalar yuborib o’rgangan va murdalami balzamlashni yangi usulini ishlab chiqqan, o ‘z zamonasining eng yaxshi anatomik muzeyini tashkil qilgan. Uning muzeyida anatomik preparatlar bilan bir qatorda rivojlanish nuqsonlari va anomaliyalar ham joy olgan. Rus podshosi Pyotr I anatomiyaga qiziqqan va F.Ryuyshdan 1500 ta preparatni sotib olib Peterbuigdagi birinchi anatomiya muzeyi Kunst kamerani tashkil qilgan. P.A. Zagorskiy (17641846) S ank t-P eterburg tibbiy-xirurgiya akademiyasi anatomiya kafedrasiga rahbarlik qilgan. U ning 1802-yilda rus tilida yozgan birinchi anatomiya darsligi Vrachlik ilmini o’qiyotganlarga odam gavdasining tuzilishini o’rganish uchun qo’llanm a yoki qisqacha anatomiya besh m arta nashr etilgan. Ye.O. Muxin (17661850) Moskva universiteti professori 1812-yilda Anatomiya kursi darsligini yozgan. U kafedra qoshida anatom ik muzey tashkil qilgan. I.V. Buyalskiy (1789-1866) Zagorskiyning shogirdi. U 1844-yilda yozgan Odam gavdasining qisqacha umumiy anatomiyasi qo’llanmasida odam organizmining tuzilishi umumiy qonuniyatlarini keltirib, organizmning shaxsiy xususiyatlari haqidagi ta limotga asos solgan. O ‘zining Anatomo- xiruigik chizmalar asarida anatomiyani xiruigiya bilan bog’lagan. N .I. Pirogov (18101881) topografik anatom iya va harbiy dala xirurgiyasining asoschisi. U odam azolarini joylashishini o’rganish uchun
  • m urdani muzlatib qotirib qavatma-qavat arralab kesib o ‘rganish usulini taklif etgan. Qon tom irlar va fassiyalaming xirurgik anatomiyasi (1837), Amaliy anatom iyaning to la kursi (1844) va MuzlatiJgan m urdalam i arralab kesilganidagi topografik anatomiya atlasi (1859) uni dunyoga tanitdi. Anatom iya sohasida N .I. Pirogov kop yangiliklar ochgan, b o yindagi uchburchak va son kanalining chuqur halqasida joylashgan limfa tuguni uning nom i bilan ataladi. V.A. Bets (18341894) Kiyev universitetining professori, anatom. U buyrak usti bezining magiz qismini hamda bosh miya postlogini mikroskopik oiganib, uning V qavatidagi katta piramida hujayralarini topgan. Shuning uchun bu hujayralar uning nomi bilan atalgan. Odam miyasi pushtalarining turkumiari (1870) asarida u miya postlogining turli qismlarida hujayra tarkibi har xil ekanligini aniqlagan. D J. Zernov (18431917) Moskva universiteti professori, anatom. Miyaning pushtalari va egatlarini oiganib, qulay klassifikatsiya yaratdi. U dunyodagi turli millat vakillarining bosh miyasi tuzilishida farq yoqligini isbot etdi, shu xususda hukm surib kelgan idealistik talimotni rad etdi. Uning Odam tasviriy anatomyasidan qollanma asari 14 marta nashr etilgan. V.P. Vorobyov (18761937) Xarkov tibbiyot instituti professori. Periferik nerv tizimini makro-mikroskopik o rganishga asos solgan. 5 jildlik Anatomiya atlasini tuzgan. Zohidov Hakim Zohidovich (19121978) anatom olim va m ohir pedagog, 0 zbekiston fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor. 0 rta Osiyo Meditsina Pediatriya instituti odam anatomiyasi kafedrasining birinchi mudiri (1972 1978-yillar). 0 zbek tilida yozilgan Odam anatomiyasi (1964) darsligi va R uscha-ozbekcha-lo tincha anatom iya lugati mualliflaridan biri. Xudoyberdiyev Rahim Egamberdiyevicb (19222003) anatom , 0 zbekiston fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor. Toshkent Davlat birinchi tibbiyot instituti odam anatomiyasi kafedrasi mudiri (19601992). Odam anatomiyasi (1964) darsligi mualliflaridan biri. Darslik 3 marotaba qayta nashr etilgan. Abmedov Nosir Komilovich (19222004) 0 zbekiston fan arbobi Beruniy nomidagi Respublika mukofotining nishondori. Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot instituti odam anatomiyasi kafedrasi mudiri (19901998).2 jildlik Odam anatomiyasi atlasi va kopgina daisliklar muallifi. Yosbga doir anatomiyani o rganish tarixi Yoshga doir anatomiya odam anatomiyasining organizm tuzilishini hayotning turli davrlarida boladigan o’zgarishlarini o’iganadigan bo limidir. Yoshga doir anatomiya XIX asr oxirlarida alohida yonalish sifatida paydo boldi. Rossiyada bolalar oiganizmining anatomo-fiziologik xususiyatlari to grisidagi ilmga asos solindi.
  • N .P . Gundobin (1860-1908) rus pediatri. Uning Bolalar yoshining xususiyatlari (1906) asarida bolalar anatomiyasiga taalluqli juda kop m alum otlar to’plangan. V.G.Shtelko (18931945) yoshga doir anatomiya sohasida izlanishlar olib borgan olim. U Bolalar va o’sm irlam i jismoniy taraqqiyoti haqidagi materiallar (1925), Yoshga doir osteologiya (1947) va bir nechta asarlar muallifidir. F J .V a lk e r (18901954) Bolalar yoshin i to p o g ra fo -an a to m ik xususiyatlari (1938), 0 sayotgan organizmning morfologik xususiyatlari (1959) va Odam azolarining tugilgandan keyin o’sishi (1961) nomli asarlar muallifi. XX asming ikkinchi yarmida pedagogika fanlari akademigi A .A .M arkosyan tah riri ostida tayyorlangan Bolalar va o ‘sm irla r morfologiyasi va fiziologiyasi asoslari, Moskva tibbiyot universiteti professori L.F.G avrilovning Bolalarning harakat-tayanch apparati (1973) asari va shu universitet m ualliflar jam oasi tom onidan Bolalar yoshining operativ xirurgiyasi va topografik anatomiyasi (1986) darsliklari tayyorlandi. ToshPTI odam anatomiyasi kafedrasining birinchi mudiri professor X. Z. Zohidov va u rahbarligidagi jamoa bolalar organizmining o’zgarishlarini organishga oz hissalarini qoshganlar. Bu m alumotlar darslikni ayrim boblarida keltiriladi. Yosh davrlari Odam organizmining taraqqiyoti quyidagi davrlami oz ichiga oladi:1. Embrion davri pusht taraqqiyotining birinchi ikki oyini oz ichiga oladi.2. Homila davri pusht taraqqiyotining 3-oyidan to tugilgunicha bo’lgan davr.3. Bola tug’ilgandan keyingi hayotini o’z ichiga oluvchi davr.Yoshga doir anatom iya odam organizm ini tug ‘ilgan idan keyin bo ‘lad igan o ‘zgarishlarin i o ‘rganadi. Yosh davrlarining tasniflari har xil o ‘lchovlarga asoslangan. Biz bolalikni quyidagi davrlarga bo ‘lib o’rganam iz: 1. Yangi tug’ilgan chaqaloq2. Emiziklibola3. Ertabolalik4. Bolalikning I davri5. Bolalikning II davri 6. Balog’at davri 7. O’smirlik davri 1 10 kun.10 kundan 1 yoshgacha.13 yosh.47 yosh.812 yosh (o ‘g ‘il bolalar). 811 yosh (qizlar).13-16 yosh (o ‘g ‘il bolalar). 1215 yosh (qizlar).1721 yosh (yigitlar). 1620 yosh (qizlar).
  • Sathlar baqida tushuncha va anatomik nomlanish Anatom iyada a zolar va ulam ing qismlarini bo’shliqdagi holatini aniqlashda o zaro perpendikular joylashgan sagittal, frontal va gorizontal sathlardan foydalaniladi. Sagittal sath (grekcha sagitta o q-yoy) deb gavdani oldindan orqaga qarab teshib otayotgan oq-yoy yo’nalishida kesganda hosil bolgan yuzaga aytiladi. U gavdani o ng va chap bo’lakka ajratadi. Frontal sath (grekcha fronspeshona) esa gavdani peshonaga parallel qilib kesganda hosil bo’ladigan yuza. U gavdani oldingi va orqa qismlaiga ajratadi. Gorizontal sath gavdani sagittal va frontal sathlarga to gri burchak ostida kesganda hosil bolgan yuza. U gavdani yuqori va pastki qismlarga ajratadi. Bu uchta sathni odam gavdasini xohlagan nuqtasidan o’tkazish m um kin va ulam ing soni ixtiyoriy bo’ladi. Gavda qismlari va azolaming joylashishini aniqlashda anatomik terminlar tarkibiga kinivchi quyidagi nomlardan foydalaniladi: medialis agar azo o rta sathga yaqin joylashsa; lateralis agar a zo o ‘rta sathdan uzoqroq joylashsa; intermediusagar a zo ikkita hosilani orasida bo lsa; internus tananing ichkarisida joylashsa; externustananing tashqarisida joylashsa; har xil chuqurlikdagi a zolaming holatini aniqlashda profunduschuqur va superficialis-yuza nomlari qo’llaniladi. Qol va oyoqning qismlarini tanaga nisbatan proximalistanaga yaqin va distalistanadan uzoq deyiladi. Bazi a zolarni (yurak, o pka, plevra va boshqalarning) tana yuzasidagi proyeksiyasini aniqlash uchun tana bo’ylab vertikal yo ‘nalgan shartli chiziqlar o tkaziladi. Bularga to sh chizigi (linea sternalis) to sh suyagi chekkasi bo’ylab o tadi; o ‘rta o ‘m rov chizig’i (linea medioclavicularis); oldingi qo ‘ltiq osti chizig’i (linea axillaris anterior); o ‘r ta qo ‘ltiq osti chizig ‘i (linea axillaris media); orqa qo ‘ltiq osti chizig’i (linea axillaris posterior); kurak chizig’i (linea scapularis); um urtqa yon chizig ‘i (linea paravertebralis) kiradi. Odam organizmining tuzilishi Odam organizmining tuzilishi haqida bir necha xil fikrlar mavjud. Mexanistik materializm tarafdorlari organizmga a zolaming (D .M oigani), to’qim alam ing (K.Bisha) yoki hujayralaming (R.Virxov) yig’indisi sifatida qaraydi. Nemis olimi R.Virxov organizmni hujayralaming federativ davlatiga o’xshatadi va bunda har bir hujayra fedaratsiyasi alohida yashashi mumkinligini aytadi. Organizmni ayrim qismlarini bunday ajratish metafizika, alohida hujayra qismlarini alohida yashay olish xususiyatini vitalizm (vita hayot) deyiladi. Organizm bu o ‘zini o’ragan tashqi m uhit bilan m odda almashinish, o ‘sish va ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan yuqori tabaqadagi oqsil m oddalaming murakkab yig’indisidir. U tarixiy tuzilishga ega bir butun,
  • doimo ozgarib turuvchi, oziga xos tuzilishga va taraqqiyotga ega tizimdir. U tashqi muhitning m alum bir sharoitlariga moslashgan holda yashaydi. Oiganizm hujayralar, toqimalar, azolar, suyuq moddalardan tuzilgan, lining tarkibiy qismlarini bir tomondan tomirlarda harakat qiluvclii suyuqlik (humor) bir-biriga bog’lab tursa, ikkinchi tom ondan nerv tizim i bir- biriga bog’laydi va ulaming faoliyatini tartibga solib idora etadi. Hujayra tirik oiganizmning elementar zarrachasi, oiganizm hayot faoliyatining asosi. Hayotning asosiy xususiyatlari: kopayish, moddalar almashinishi va boshqalar, shu hujayralar tarkibiga kiruvchi oqsillar ishtirokida boladi. Hujayralar orasida hujayralararo modda joylashgan bo’lib, ular suyuq, liqildoq yoki zich holatdagi asosiy modda va turli tolalardan iborat. Hujayralar murakkab mikroskopik tuzilishga ega bolib, uning kattaligi bir necha mikrondan 200 mkmgacha. Har bir hujayra sitoplazma qobig’i, sitoplazma va ozak (yadro)dan tashkil topgan. Hujayra haqidagi to’liq malumot gistologiya fanida beriladi. To’qim alar kelib chiqishi, tuzilishi va faoliyati jihatidan bir xil bo’lgan hujayra va hujayradan tashqari moddalaming tarixan tashkil topgan yig’indisidan iborat. Organizmda 4 xil: epiteliy, biriktiruvchi, mushak va nerv to ‘qim a tafovut qilinadi. 1. Epiteliy to ‘q im a (textus epithelialis) bazal m em branada yotgan hujayralar qatlamidan iborat bo’lib, uning ostida yumshoq tolali biriktiruvchi to ‘qim a joylashgan. Bu hujayralar tana yuzasi (teri) va shilliq pardalami qoplab oiganizmni tashqi muhitdan ajratib himoya vazifasini bajaradi. Epiteliy ichki va tashqi sekretsiya bezlarini bez to’qimasini ham hosil qiladi. Epiteliy bir qavatli va ko’p qavatli boladi. Bir qavatli epiteliy shakl jihatidan silindrik, kubsimon va yassi turlaiga bo’linadi. 2. Ichki muhit to’qimasi (tayanch-trofik va himoya to’qimalari, biriktiruvchi to ‘q im a) m ezenxim adan hosil bo ‘lib , uning tarkibiga qon, limfa va biriktiruvchi to’qima kiradi. Biriktiruvchi to’qima tuzilishi va faoliyati jihatidan turlicha. Ular hujayralar, kollagen, elastik, retikular tolalardan iborat hujayralararo m odda va asosiy moddadan tashkil topgan. Biriktiruvchi to’qimaga xususiy biriktiruvchi to’qima, tog’ay va suyak to ‘qim alar kiradi. Xususiy biriktiruvchi to’qima yumshoq va zich tolali biriktiruvchi to’qimaga bo’linadi. Biriktiruvchi to ‘qim a tayanch, himoya va trofik (oziqlantiruvchi) vazifalami bajaradi. Yumshoq biriktiruvchi to’qim a fibroblastlardan tashkil topgan, u boshqa turdagi to ‘qim alam i bir-biriga bog’laydi, a zolar tarkibidagi bo’shliqlami to’ldiradi. Bu to ‘qim a ko’proq qon tomirlar atrofida joylashadi. Yog’ to’qima yumshoq tolali biriktiruvchi to’qima hujayralari sitoplazmasida yog’ kiritmalari to’planishidan hosil bo’ladi. U teri ostida, ko’proq qorinparda ostida, charvida va buyrak atrofida hosil bo’ladi. Zich biriktiruvchi to’qim a shakllanmagan: kop sonli zich chatishgan tolalar va ular o’rtasidagi oz sonli hujayra elementlaridan tashkil topgan (terming to ‘r qavati). Shakllangan zich biriktiruvchi to’qima tolalari dasta shaklida malum bir tartibda va yo’nalishda
  • joylashishi bilan farq qiladi (boylamlar, paylar). Oiganizmda tayanch vazifasini bajaradi. Togay to ‘qim a guruh bo’lib joylashgan 23 ta tog’ay hujayralari (xondrositlar) va gel shaklida joylashgan asosiy moddadan iborat. U gialin va elastik tog’aylaiga bo’linadi. Gialin tog’ay xira shisha ko’rinishida bo’lib, tashqi tom ondan tog’ay usti pardasi bUan qoplangan. Ular suyaklaming bo ‘g ‘im tog’aylarini, qovurg’alaming tog’ay qismini, nafas yllarining tog’ayini hosil qiladi. Kollagen tolali tog’ay to’qimasining asosiy moddasida kollagen tolalar ko ‘p bo’lib, tog’ayni mustahkamligini ta minlaydi. Ular bo ‘g ‘im ichi diski, menisklar va umurtqalararo diskning fibroz halqasini hosil qiladi. Elastik tog’ay to’qimaning asosiy moddasida ko’p sonli chatishgan elastik tolalar bo’lib, sariq rangga ega. U lar hiqildoq usti tog’ayi va quloq suprasi tog’ayini hosil qiladi. Suyak to ‘qim a o’zining mexanik xususiyatlari bilan farq qiladi. U ossein tolalari va noorganik tuzlari bo’lgan ohaklangan hujayralararo modda ichida joylashgan suyak hujayralaridan tashkil topgan. Suyak to ‘qim a organizmdagi eng qattiq va pishiq to’qimadir. 3.Mushak to ‘qim a (textus mnscularis) odam organizmida harakatni vujudga keltiradi. U qisqaruvchi miofibrillardan tashkil topgan. Mushak to’qima silliq va ko’ndalang-targ’il mushaklarga bo’linadi. Silliq mushak to ‘qim a duksimon shakldagi hujayralardan tashkil topgan bo’lib, qon tom irlar va naysimon ichi bo ‘sh azolar (meda, ichaklar va boshqa) devorida uchraydi. Silliq mushaklaming qisqarishi ixtiyordan tashqari bo’Ub, ulam i vegetativ nerv tizimi innervatsiya qiladi. K o ‘ndalang-targ ‘il m ushaklar skelet mushaklarini va bazi bir ichki a zolar (til, halqum, qizilo’ngachning yuqori qismi) tarkibiga kiradi. Ular ko ‘p o’zakli murakkab tuzilishga ega bo’lgan ko’ndalang-taig’il mushak tolalaridan iborat. Ulaming qisqarishi odam ixtiyori bilan boshqariladi. 4. Nerv to ‘qim a (textus nevrosus) nerv hujayralaridan va neyrogliyadan iborat. Nerv hujayrasi tanasining (uzun neyrit yoki akson) va qisqa (dendrit) shoxlari bor. Akson bo’ylab nerv impulslari ishchi a zolaiga yo’naladi. Dendritlaming uchlari tasimi qabul qilib, hujayra tanasiga o’tkazib beradi. Azo va a zolar tizimi Azolar (organonqurol degani) organizmning ajralmas bir qismi bo’lib, ular m alum bir shaklga ega va m alum bir vazifani bajaradi, shuningdek, gavdani tashqi muhitga moslashtiradi. Azolar organizmning evolutsion rivojlanish jarayonida mavjud muhitga moslashgan holda saqlanishga, ko’payishga va hayot kechirishga moslashib rivojlanadi. Azolar organizmdan tashqarida hayot kechira olmaydi. Azolaming tu z ilishi va vazifalari bir-biriga uzviy bog’liq. Shuning uchun azolaming tuzilishi va shaklining o’zgarishi ulaming faoliyatiga va aksincha ulaming faoliyati o’zgarishi azolar hajmi va tuzilishiga ta sir etadi. Bundan
  • tashqari, a zolaming tuzilishi, shakli va vazni odam jinsi va yoshiga qarab o’zgarib boradi. Bazan azolar o sishi davrida o’zining odatdagi tuzilishi va shakliga ega bolmay qolsa, gayritabiiy (anomaliya) holat vujudga keladi. Azolar, odatda, bir necha to qimadan iborat bo’lib, ulardan bittasi ko’proq bo’ladi. U a zoning tuzilishi va faoliyatini belgilaydi. Masalan: skelet mushagi faqat ko’ndalang- targ’il mushak to’qimadan iborat bo’lmay, uning tarkibida turli xil biriktiruvchi to ‘qim a (fibroz va elastik tolalar), nerv to’qimasi, qon tom irlam i hosil qiluvchi endoteliy va silliq mushak tolalaridan iborat bo’ladi. Ammo ko’ndalang-targ’il mushak to’qimasi ko’p bo’lib, mushakning tuzilishi va faoliyatini (qisqarish) ta minlaydi. Odam organizmida quyidagi azolar tafovut qilinadi:1. Organizmda moddalar almashinuvini ta minlovchi a zolar. Bular vositasida organizmga ozuqa moddalar va kislorod qabul qilinadi, ishlanib bo’lgan va organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan chiqindi moddalar tashqariga chiqarib yuboriladi. 2. Ko’payish yoki jinsiy a zolar.3. Qon aylanish va limfa tizimi azolari. Bu azolar qabul qilingan ozuqa moddalami, kislorodni tananing barcha to’qimasiga yetkazib beradi va modda almashinuvida hosil bo’lgan keraksiz moddalami ajratuv azolariga olib boradi. 4. Endokrin (ichki sekretsiya) azolar organizmdagi barcha kimyoviy o’zgarishlami tartibga solib turadi. Bu a zolar ishlab chiqargan gormon qon orqali organizmga tarqalib boshqa azolar faoliyatini boshqarib turadi. 5. Organizmni tashqi muhitga harakat vositasida moslovchi a zolar: suyaklar, bo ‘g ‘im lar va mushaklar. 6. Sezgi a zolari tashqi va ichki muhitdan keladigan tasirlami qabul qiladi.7. Nerv tizimi a zolari organizmda turli azolami bir-biriga bog’lab, ulaming faoliyatini idora etadi.Organizmda bir xil vazifani bajaruvchi a zolar o’zaro birlashib, a zolar tizimini hosil qiladi. Odam organizmida quyidagi azolar tizimi tafovut qilinadi:1. Tayanch-harakat azolar tizimi: a) nofaol (suyaklar va ulaming birlashmalari); b) faol qismlar (mushaklar tizimi) dan iborat.2. Ichki a zolar tizimi esa, o ‘z navbatida: a) hazm azolari tizimi; b) nafas a zolari tizimi; d) siydik ajratish a zolari tizimi; e) ko’payish yoki jinsiy a zolar tizimidan iborat. Siydik ajratish va jinsiy azolaming faoliyati turlicha bo’lgani bilan, ulaming rivojlanishi o ‘zaro bog’langanligi uchun ular bitta siydik-tanosil a zolari tizimiga birlashtiriladi. 3. Ichki sekretsiya bezlari tizimi.4. Yurak-qon tomirlar va limfa tomirlar tizimi.5. Nerv tizimibosh miya, orqa miya va ulardan chiquvchi nervlardan iborat.6. Sezgi a zolari tizimi tarkibiga ko’rish, eshitish, hid bilish, ta m bilish, og’riq va harorat sezgisi azolari kiradi.
  • Homila taraqqiyoti haqida tushnncha Embrionning rivojlanishini embriologiya fani o’iganadi. Homilada uchta parda tafovut qilinadi: 1) Homilaning tashqi pardasi ektodermadan terming tashqi qavati (epidermis) va uning hosilalari (tuklari, ter va sut bezlari, tirnoq), ogiz bo’shlig’i shilliq qavati epiteliysi va solak bezlari, tish emali, to gri ichakning pastki qismi va tashqi jinsiy azolar shilliq qavati epiteliysi, nerv tizimi va sezgi a zolarining epiteliysi hosil bo’ladi. Homilaning o rta pardasi mezodermadan teri osti yog* to’qimasi, skelet suyaklari ko’ndalang-targ’il mushaklar, buyrak va siydik chiqaruv yo’llari taraqqiy etadi. 2) Homilaning ichki pardasientodermadan nafas azolari, hazm azolari shilliq pardasi va uning bezlari, qalqonsimon, qalqonorqa, ayrisimon bezlar taraqqiy etadi. Odam qomatining tuzilishi. Odam bo’yining turiicha bo’lishi uning nasliga, ijtimoiy sharoitiga, atrof-muhitga bevosita bog’liq bo’ladi. Qomatning tuzilishi uch turga ajratiladi. 1. Dolixomorflar (asteniklar) uzunbo’yli, tor ko’krakli, yelka oralig’i qisqa, qo’l va oyoqlari uzun kishilar. 2. Braxiomorflar (gipersteniklar) past bo’yli, ko’krakqafasi, yelkalari keng, qo’l va oyoqlari nisbatan kalta, tiqmachoqdek bo’ladi. 3. M ezomorflar (normosteniklar) o ‘rta bo’ylilar, yuqorida bayon etilgan astenik va gipersteniklaming o’rtasidagi odamlar.
  • XUSUSIY QISM TAYANCH-HARAKAT AZOLARI TIZIMI Odam organizminmg asosiy vazifalaridan biri uning harakat qilish qobiliyatidir. Bu harakat suyaklar va mushaklar ishtirokida roy beradi. Tayanch-harakat apparati faol harakatchan qism-mushaklar va nofaol qism suyaklar ham da ulam i birlashtirib turgan bog’lamlardan iborat. Tayanch- harakat a zolar tizimi organizmning asosiy qismi (gavdaning umumiy og’irligini 72,5 %i) ni tashkil qiladi. OSTEOLOGIYA – SUYAKLAR HAQIDAGI BILIM Umumiy m alum otlar Osteologiya suyaklaming tuzilishini o rganadi. Organizmning qattiq asosini hosil qiluvchi suyaklar majmuyi skeletdir. Skelet (grekcha skeletos) quritilgan degan sozdan ohngan. U 200 dan ortiq alohida suyakdan iborat. Skeletning ogirligi 56 kg bo’lib, erkaklarda gavda umumiy ogirligining 10% ini, ayollarda 8,5 % ini tashkil qiladi. Skelet tayanch-harakat, himoya va biologik vazifalami bajaradi. 1. Tayanch vazifasi yumshoq to ‘qim a va azolarining skeletning ayrim qismlariga birikib turishi natijasida vujudga keladi. 2. Harakat vasifasi skeletni tashkil qilib turgan suyaklaming har xil richag hosil qilib, b o gim orqali birlashishi va nerv sistemasi yordamida mushaklar qisqarishi bilan namoyon boladi. 3. Himoya qilish vazifasi skeletning alohida qismlaridan vujudga kelgan bo’shliqlar orqali bajariladi. Masalan, umurtqa kanali orqa miyani, kalla suyaklari bosh miyani, kokrak qafasi opka va yurakni tashqi tasirlardan saqlab turadi. 4. Biologik vazifasi suyaldar tarkibida kop miqdorda mineral modda almashinuvida ishtirok etuvchi kalsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar bor. Bundan tashqari, suyaklaming epifizlarida joylashgan qizil ilik oiganizmda biologik himoya vazifasini bajaradigan qon elementlarini ishlab chiqaradi. Skeletda bosh, tana, qo1 va oyoq qismlari (1-rasm) tafovut qilinadi. Suyaklar tasnifi Odam skeleti 200 dan ortiq alohida-alohida suyaklardan iborat. Skelet quyidagi bolaklaiga ajratilgan tana suyaklari (umurtqalar, qovurgalar va tosh suyagi), kalla suyagi (miya va yuz qismlaridan iborat), yelka kamari (kurak va
  • o’m rov suyaklari), qo ‘l suyaklari (yelka, bilak va qo 1 panja suyaklari), chanoq suyaklari (yonbosh, qov va otiigich suyaklar) va son, boldir hamda oyoq panja suyaklaridan iborat. Suyaldar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga kora quyidagicha tasniflanadi.1. Naysimon suyaklar: uzun suyaklar yelka, bilak, son va boldir suyaklari qol va oyoq skeletini tashkil qilib, tayanch vazifasini bajaradi; 2) l-ra sm . Skeletning old tomondan korinishi. 1-bosh skeleti ; 2-um urtqa pog’onasi; 3-omrov; 4-qovurga; 5-tosh suyagi; 6-yeIka suyagi; 7-bilak suyagi; 8-tirsak suyagi; 9-kaft usti suyaklari; 10-kaft suyaklari; 11-qol kafti falangalari; 12-yonbosh suyagi; 13-dumgaza suyagi; 14-qov suyagi; 15-otirg ich suyagi; 16-son suyagi; 17-tizza qopqog’i; 18-katta boldir suyagi; 19-kichik boldir suyagi; 20-kaft oldi suyaklari; 21-oyoq kafti suyaklari; 22-oyoq panjasi barmoq falangalari. kalta suyaklar qol-oyoq kafti va barmoq falangalari. Naysimon suyaklar richag harakatini bajarib, tayanch va mudofaa vazifasini bajaradi Naysimon suyaklaming o’rta qismi tanasi diafizi (diaphysis) silindr yoki uchburchak shaklda. Naysimon suyaklaming tanasida suyak iligi kanali bor. U la rn in g kengaygan uchi epifiz (epiphysis) deb ataladi. Unda qo’shni suyak bilan birlashuvchi bo ‘g ‘im yuzasi (facies articularis) bo’lib, u bo ‘g ‘im tog’ayi bilan qoplangan. Epifiz asosan g’ovak moddadan tuzilgan, ustidan yupqa zich modda qoplab turadi. Suyakni g’ovak moddasi sohasida uni hosil qiluvchi suyak to’sinlari orasida bolalarda va kattalarda qizil ilik joylashgan. Diafizni epifizga o’tish joyi metafiz (metaphisis) deyiladi. Bu sohada zich modda yupqalashib kam ayib bo rad i; m etafiz g ‘o v ak tuzilishga ega. G ‘ovak suyaklar: a) uzun g’ovak suyaklar to’sh suyagi va qovurg’alar; b)kalta g’ovak suyaklaigaumurtqalar, q o ‘l-o y o q , kaft usti va kaft oldi suyaklari kiradi, u lar k o ‘p qirrali shaklga ega. U la r asosan g ‘ovak moddadan tuzilgan bo’lib, yupqa zich modda qatlami bilan qoplangan. Yassi suyaklar himoya vazifasini bajarib , tan a b o ‘sh liq la rin i hosil qiHshda ishtirok etadi (kalla qopqog’i, chanoq va kurak suyaklari). Bu suyaklar tashqi zich qavat (lamina externa) va ichki zich qavat (lamina interna)
  • ortasida joylashgan mayda katakchali g’ovak moddadan (diploe) tashkil topgan. Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega qismlardan iborat. Umurtqaning tanasi tuzilishi jihatidan g’ovak suyaklarga, ravog’i va o ‘sim talari yassi suyaklarga kiradi. Havo saqlovchi suyaklar tanasida shilliq parda bilan qoplangan havo bilan to ‘la bo’shliq bo’ladi. Ularga kallaning peshona, ponasimon, yuqori jag va g’alviisimon suyaklari kiradi. Har bir suyakning yuzasida mushaklar, ulaming paylari, fassiya, boylamlar boshlanadigan va birikadigan hosilalar bo’ladi. Ulami apofizlar (apophysis) deb ataladi. Bulaiga bo’rtiq (tuber), do’mboqcha (tuberculum), qirra (crista) va o’simta (processus) kiradi. Suyakning yuzalari o’zaro chekkalar (margo) bilan chega-ralanadi. Bazi bir suyakda nerv va qon tomirlar yotgan joylarda egatlar (sulcus) yuzaga keladi. Suyakning ichki yuzasida uning ichiga kiruvchi oziqlantiruvchi teshik (foramina nutricia) bo’ladi. Suyaklaming tuzilishida suyak to’qimasi muhim ahamiyatga ega. U metalldek qattiqlikka ega bo’lib, molekular massasi 1,93 (suvdan 2 barobar ko’p). Tirik suyak to’qim ada yoki yangi ajratilgan suyakda 50% suv, 28,15% oiganik moddalar, jumladan, 15,75% yog’ va 21,85% noorganik moddalar bor. Yog’sizlantirib quritilgan suyakni 1/3 qismini organik moddalar (ossein, xitin, muguz modda), 2/3 qismi esa noorganik moddalar (kalsiy tuzlari, ayniqsa ohak orta fosfati51,04%, kremniy va boshqa moddalar) tashkil qiladi. Noorganik moddalar yoki mineral tuzlar suyakni qattiq va pishiq qilsa, organik moddalar uning elastikligim taminlaydi. Agar suyak kuchli kislotaga solinsa, mineral tuzlar erib, ossein moddasi qoladi, bunda suyak qattiqligini yo’qotib elastik bo’lib qoladi. Agar suyakni temir o ‘qqa o’m atib yoqsak, oiganik moddalar yonib ketadi va suyakning elastikligi yo’qoladi, bunday suyak tezda kulga aylanadi. Bulardan tashqari, suyaklar tarkibida vitaminlar (A, D, C) ham bo’ladi. Agar D vitamini yetish- masa, suyakning mineral tarkibi buzilib, raxit kasalligi kelib chiqadi. A vitamini yetishmasa, suyaklar yo’g’onlashib, suyak bo’shliqlari va kanalchalarikattalashib ketadi. Suyakning taikibiy birligi osteonni (2-rasm) osteon plastinkalari (qatlamlari) va kanalchalari hosil qiladi. Osteon kanalchalaridan qon tomir va nerv tolalari o’tadi.Uning atrofmi zich suyak qatlami (kompakt) modda o’ragan. Osteon qatlamlari orasini oraliq m oddalar to ‘latib turadi, ular qattiq, ichida kollagen tolalari bor oqsil moddalardan iborat.Suyakning tashqi kompakt qavati naysimon suyaklaming diafizlarida qalin, epifizlari yassi va g’ovak suyaklarda yupqa bo’ladi. Uning ostida esa suyakning g’ovak moddasi joylashadi. 2-rasm. Osteon tuzilishi chiz- masi. 1-stiyak hnjayraiati; 2-os- teon qatlami; 3-ostdoti (kanali.
  • Naysimon suyaklaming diafizlarida suyak iligi boshligi (cavum meduDare) bor. Suyakning tashqi yuzasi suyak usti pardasi (periost) bilan qoplangan. Periost yupqa pishiq biriktiruvchi to qimadan iborat. U suyak ichiga kiruvchi tolalar vositasida suyakka yopishib turadi. Periost ikki: tashqi tolali fibroz to’qima qavati va qon tomir hamda nervlaiga boy bo’lgan suyak hosil qiluvchi (kambial) ichki qavatlardan iborat. Uning kambial qavati suyakka tegib turadi va yosh suyak hujayralarini hosil qilib, suyakning o’sishida ahamiyatga ega. Suyakning ichida suyak iligi bo’shlig’ida va g’ovak modda katakchalarida suyak iligi bo’ladi. Homila davrida va yangi tug’ilgan chaqaloqning barcha suyaklarida qizil ilik (medulla osseum rubra) bo’lib, qon ishlab chiqarish va himoya vazifasini bajaradi. Katta odamda yassi suyaklaming g’ovak moddasida, g’ovak suyaklarda va naysimon suyaklaming epifizlarida qizil ilik, uzun naysimon suyaklaming suyak iligi kanalida sariq ilik (medulla osseum flava) bo’ladi. Suyaklarning rentgenoanatomiyasi. M o’tadil rentgenogrammada suyak tasviri noorganik moddalar hisobiga hosil bo’ladi. Suyak moddasini asosini suyak to’sinlari hosil qilib, ular zich va g’ovak moddada bir xil joylashmaydi. Zich moddada suyak to’sinlari bir-biriga parallel yo’nalgan qatlamlar shaklida bo’lib, gomogen soya beradi. G’ovak moddada suyak to’sinlari turli yo’nalishda, o’zaro kesishgan bo’lib, to’rsimon ko’rinishga ega bo’ladi. Zich va g’ovak moddaning nisbati suyaklaming shakli va faoliyatiga bog’liq bo’ladi. Uzun naysimon suyaklaming diafizida zich modda quyuq, qalin soya beradi. Diafizning ichida joylashgan suyak iligi kanali zich modda hoshiyasi bilan chegaralangan qoramtir keng qatlam ko’rinishiga ega. G ‘ovak va yassi suyaklaming zich qatlami ingichka hoshiya ko’rinishidagi tekis quyuq soya beradi. Yangi tug’ilgan chaqaloq skeleti 270 ta alohida suyaklardan iborat. Ulaming 172 tasi tana va kalla sohasida, 98 tasi qo’l va oyoqlarda. Ulam ing suyagi yirik tolali suyak to’qim asidan iborat bo’lib, asosiy moddasi tartibsiz joylashgan. Suyak tola dastalari har tomonga yo’nalib, uni o’ragan biriktiruvchi to’qim aga birikkan. Suyakning asosiy qismi g’ovak moddadan iborat. Zich suyak modda kam rivojlangan, u suyak chetida yupqa qavatni hosil qiladi. G’ovak moddada qizil ilik bor. Yosh bola suyagi tarkibida mineral tuzlar kam, suv va qon tomirlar ko’p. Yangi tug’ilgan chaqaloqda zol suyak og’irligini yanniga, kattalarda esa 4/5 qismiga teng. Bola hayotining dastlabki 6 yilida yirik tolali suyak qatlamli suyak bilan almashinadi va osteonlar hosil bo’ladi. Ular konsentrik joylashgan bir necha qavat suyak qatlamlaridan iborat; har bir osteon ichida nay bo’lib, unda qon tom irlar va nervlar bor. Suyak ichidagi g’ovak modda qisman yemirilib, suyak iligi bo’shlig’i paydo bo’ladi. Qizil ilik yog’ to’planishi bilan asta-sekin sariq ilikka aylanadi. Yosh suyakni zichligi kam, g’ovak moddasi yaxshi takomillashmagan. Shuning uchun yosh bolalar suyagi uncha qattiq bo’lmay, pishiq va bukiluvchan; qon tom irlam ing ko’pligi suyaklaming oziqlanishi uchun sharoit yaratib beribgina qolmay, har xil yallig’lanish jarayonlarining tez tarqalishiga ham sabab bo’ladi. Suyak usti pardasi yosh bolalarda qalin, uning ichki qavati yaxshi takomillashgan.
  • Suyaklaming rivojlanishi Odam embrionida suyak to’qimasi boshqa to qimalarga nisbatan kechroq, ona qomidagi hayotining ikkinchi oyi o’rtalarida mezenximadan vujudga kelgan alohida hujayralar osteoblastlardan paydo bo’ladi. Bu osteoblastlar tayanch vazifasini bajaradigan oraliq suyak moddalarini ishlab chiqaradi. Hamm a suyaklar taraqqiyot davrida bir xilda rivojlanmaydi, ulaming bazilari (kallaning qopqoq va yuz qismi suyaklari) biriktiruvchi to ‘qim adan taraqqiy etadi yoki ikki bosqichni o’tadi. Bulami birlamchi suyaklar deb ataladi. Ularga kallaning qopqoq, yuz qismi suyaklari va o’m rov kiradi; boshqa suyaklar uch bosqichni (parda, tog’ay, suyak) o ‘tib ikkilamchi suyaklar deyiladi. Suyaklanish jarayoni quyidagi to ‘rt turga bo’linadi: 1. Endesmal suyaklanish (enichida, desmos – boylam) da birlamchi suyaklar vujudga keladi, bunda bo’lajak suyakni biriktiruvchi to’qimasining m alum nuqtasida osteoblastlar zo’rberib ko’payadi va suyaklanish nuqtasini (punstum ossfficationis) hosil qiladi. Bu nuqta har tomonga qarab nur shaklida qator-qator bo’lib tarqaydi. Biriktiruvchi to’qimani yuza qavati periostga aylanadi va yosh suyakni ustini qoplaydi. Periost hisobiga suyak qalinlashadi. 2. Perixondral suyaklanish (periatrof, chondrostog’ay) homila hayotining 8-haftasida mezenximadan hosil bo’ladigan suyakning shakU paydo bo’ladi. Tog’ayni tashqi tomondan qoplagan tog’ay usti pardasi ichki qavatidagi yosh suyak hujayralar osteoblastlami hosil qiladi va gialin tog’ayga aylanadi. Bu osteoblastiar ko’payib, suyak qatlamini hosil qiladi va asta-sekin tog’ay to’qimaning o ‘m ini egallab, suyakning zich (kompakt) moddasiga aylanadi. 3. Tog’ay suyaklanib bo’lgandan keyin tog’ay usti pardasi suyak parda periostga aylanadi. Keyingi davrlarda suyaklami eniga o’sishi (yo’g’onlashishi) ana shu suyak parda hisobiga bo’ladi va suyaklanishining bu turi periostal suyaklanish deb ataladi. 4. Endoxondral suyaklanish (endo ichida, chondros tog’ay) tog’aylar ichida tog’ay usti pardasi ishtirokida vujudga keladi. Tog’ay usti pardasidan tog’ay ichiga qon tomirlar o’sib kiradi va tog’ay yemirila boshlaydi. Qon tomirlar bilan birga kirgan biriktiruvchi to ‘qim adan osteoblastiar hosil bo’ladi. Bu osteoblastlardan paydo bo’lgan suyak nuqtasi tashqariga qarab o’sib, suyakning g’ovak moddasini hosil qiladi. Bu xildagi suyaklanishda tog’aylar to ‘g ‘ridan-to ‘g ‘ri suyak moddasiga aylanmaydi, balki ular yemirilgan tog’ay o ‘m ida vujudga keladi. Naysimon suyaklaming birinchi suyak nuqtasi homila hayotining 2- oyida suyak tanasida paydo bo’ladi. Homila davrida suyakning uchi tog’aydan iborat bo’ladi. Ularda suyaklanish nuqtasi pastki uchida emizikli davrda, yuqori uchida esa 2 yoshdan keyin paydo bo’ladi. 89 yoshlarda suyak qirralari va mushak bo’rtiqlarida qo’shim cha suyak nuqtalari paydo bo’lib, balog’at yoshida suyaklaming ayrim qismlari o’zaro qo’shiladi. Naysimon suyaklaming diafizi bir-biriga yaqin joylashgan ikki qatlamli zich suyak moddasidan tuzilgan:
  • tashqi qatlam po’stloq perixondral yol bilan rivojlanadi. Po’stloq qavatining qon tomirlari ham periostdan tarqaladi. Ichki qatlam endoxondral yo’l bilan taraqqiy etadi va suyak iligi qon tomirlari orqali oziqlanadi. Diafiz organizmda tayanch va himoya vazifasini bajaradi. Epifizlar ichida qizil ilik bo’lgan g’ovak moddadan tuzilgan bo’lib, endoxondral yo’l bilan suyaklanadi. Suyaklaming rivojlanish davrida yangi osteonlaming paydo bo’lishi, eski osteonlaming so’rilib ketishi bilan bir vaqtda kechadi. Osteoklast hujayralari suyak diafizini endoxondral qismini yemiradi va suyak iligi bo’shlig’i paydo bo’ladi. Ikkinchi tom ondan periostning ichki qavatidagi osteoblastlar yangi suyak tuzilishini boshlaydi. Bir qavat ustiga ikkinchi qavatni taxlanishi natijasida suyak eniga o’sadi. Tana skeleti Tana skeleti umurtqa pog’onasi (coliunna vertebralis) va ko’krak qafasi (compages thoracis) dan iborat. Umurtqa pog’onasi 33 34 ta (7 ta bo’yin, 12 ta ko’krak, 5 ta bel, 5 ta dumg’aza va 3-5 ta dum) umurtqalaidan hosil bo’lgan. Umurtqa pogonasining o’rtacha uzunligi erkaklarda 7375 sm, ayollarda esa 6971 sm cha bo’ladi. Odamning umurtqa pog’onasi tana uchun tayanch bo’libgina qolmay, balki umurtqa kanalida joylashgan orqa miyani muhofaza qilib turadi va tana hamda kallaning harakatida faol qatnashadi. Ko’krak qafasi 12 ta ko’krak umurtqasi, 12 juft qovutg’a va to’sh suyagidan iborat. Umurtqalar Umurtqalar umurtqa pog’onasining qaysi qismida joylashganidan qatiy nazar umumiy tuzilishga ega. Um urtqa (vertebra) (grekchaspondylos) tana (corpus vertebrae) va yoy qismidan (arcus vertebrae) iborat. Umurtqa tanasi oldinga qaragan bo’lib, tayanch vazifasini bajaradi, u pastga tomon gavdaning og’irligiga qarab kattalashib boradi. Umurtqa yoyi tananing orqasida joylashib, tana bilan ikkita umurtqa oyoqchalari (pedunculi arcus vertebrae) vositasida birikib, umurtqa teshigini (foramen vertebrae) hosil qiladi. U m urtqa teshiklari o ‘zaro qo’shilishidan umurtqa kanali (canalis vertebralis) hosil bo’ladi. Tananing yoyga qaragan yuzasi bukilgan bo’lib , unda qon tom irlar o ‘tad igan oziqlantiruvchi teshik (foramina nutricia) bor. Umurtqa yoyida mushaklar birikadigan o’simtalar bor. Oiqada o’rta chiziqdan toq qirrali o’simta (processus spinosus) chiqadi. Frontal sathda yon tomonga yo’nalgan juft ko’ndalang o’simta (processus transversus) joylashgan. Umurtqa yoyining tanaga yaqin qismida yuqoriga yo’nalgan yuqorigi bo’g’im o’simtasi (processus articularis superior) va pastga yo’nalgan pastki bo’g ‘im o’simtasi (processus articularis inferior) joylashadi. Ulaming har birida yuqorigi va pastki bo’g ‘im yuzalari (facies articularis superior et inferior) b o ‘lib , qo ‘sh n i um urtqalar bilan bo’g ‘im hosil qiladi. Yuqorigi va pastki bo ‘g ‘im o’simtalarining asosi
  • bilan umurtqa tanasi ortasida yuqorigi va pastki umurtqa o ymalari (incisura vertebrates superiores et inferiores) bor. Pastki umurtqa oymasi nisbatan chuqurroq. Umurtqalar ozaro birlashganida yuqorigi va pastki o’ymalar ong va chap tomonda umurtqalararo teshikni (foramen Intervertebrale) hosil qiladi. Bu teshiklar orqali orqa miya nervlari va qon tomirlar otadi. Bo’yin umurtqalari (vertebra cervicales) 7 dona (3-rasm). Ularga og’irlik kam tushgani uchun tanasi nisbatan kichikvaellipssimon shaklda. Boyin umurtqalari tanasi III umurtqadan VII ga qarab kattalashib boradi. Ulaming ustki va pastki yuzalari egarsimon bukilgan. Umurtqa teshigi esa katta, uchburchak shaklida. Boyin umurtqalarining oziga xos xususiyatlaridan biri u lam ing k o ndalang o sim talaridagi tesh ikd ir (foramen processus transversus). Boyin umurtqalarining ko’ndalang osimtalari yuqori yuzasida joylashgan orqa miya nervi egati (sulcus nervi spinalis) uni oldingi va orqa domboqchaga (tuberculum anterius et posterius) ajratadi. VI umurtqaning oldingi domboqchasiga uyqu arteriyasi yaqin joylashgani uchun u uyqu do’mboqchasi (tuberculum caroticum) deyiladi. Arteriya jarohatlanganda uni shu do ‘m boqchaga bosib, qon oqishini to ‘x ta tish m um kin. B oyin umurtqalarining bo’g ‘im o’simtalari qisqa. Ulaming yuqorigi bogim yuzasi orqaga va yuqoriga, pastki bogim yuzasi esa oldinga va pastga qaragan. IIVI bo’yin umurtqalarining qirrali o’simtalarining uchi ayri shaklida tugaydi. VII bo’yin umurtqasining qirrali o’simtasi boshqa bo’yin umurtqalariga nisbatan uzun va yo’g’on bo’lib, tirik odamda teri ostida bilinib turadi. Shuning uchun bu um urtqani turtib turuvchi umurtqa (vertebra promenens) deyiladi. I va II bo’yin umurtqalari boshqa bo’yin umurtqalaridan tuzilishi jihatidan farq qiladi. I bo’yin umurtqasi atlantning (atlas) (4-rasm) tanasi taraqqiyot davrida II bo’yin umurtqasiga tish hosil qilib birikib ketadi. Natijada uning tanasi o ‘m ida oldingi ravoq (arcus anterior) hosil bo’ladi va um urtqa teshigi kengayadi. Oldingi ravoqning old yuzasida oldingi bo’rtiq (tuberculum anterius), ichki tom onida II umurtqa tishi uchun bo ‘g ‘im chuqurchasi Bo’yin umurtqalari 3-rasm. VIboyin umurtqasi. 1-corpus vertebrae; 2-tuberculum anterius; 3-tuber- culum posterius; 4-processus spinosus; 5- processus articularis superior. 4-rasm. I boyin umurtqasi. 1-arcus anterior; 2-fasies articularis inferior; 3-processus transveises; 4-for. transver- sarium; 5-arcus posterior; 6-fovea dentis.
  • (fovea dentis) bor. Orqa ravoqning (arcus posterior) orqa yuzasida-orqa bo’rtiq (tuberculum posterius) bolib, uning oldingi va orqa ravoqlari o zaro yon massalar (massae lateralis) vositasida birikadi. Yon massalaming ustida joylashgan yuqorigi bogim chuqurchasi (foveae articularis superiores) oval shaklda, ensa suyagi bogim bortigi bilan bo’g’im hosil qiladi. Ostki bo’g’im chuqurchasi (fades articularis inferiores) yassi, yumaloq bo’lib, II bo’yin umurtqasi bilan bo’g ‘im hosil qiladi. Orqa ravoqning yuqori yuzasida umurtqa arteriyasi egati (sulcus a. vertebralis) bor. Birinchi bo’yin umurtqasining tog’ay davrida uning yon massalari va orqa ravog’i uchun bir juft suyak nuqtasi bo’lib, ular o’zaro tog’ay qatlam bilan ajralgan. Oldingi ravoq uchun ikkita suyak nuqtasi bir yoshda paydo bo’ladi va uch yoshda o’zaro qo’shiladi. Uning orqa yarim ravoqlari esa 25 yoshda, oldingi va orqa ravoqlar 59 yoshlarda o’zaro birikadi. II bo’yin umurtqasi, tishli umurtqa (axis) (5-rasm) boshqa umurtqalardan tanasining ustki yuzasida joylashgan tishsimon o’simtachasi (dens) borligi bilan farq qiladi. Bu o’simta silindr shaklida, uchi (apex dentis) bor. I va II bo’yin umurtqalari o’zaro birlashganida, tishsimon o’simta atlantni kalla suyagi bilan birga o’ngga va chapga aylanuvchi o ‘q vazifasini bajaradi. Tishsimon o’simtaning umurtqa tanasiga o’tish sohasi bo’yincha (collum dentis) deyiladi. Tishning oldingi bo ‘g ‘im yuzasi (facies articularis anterior) I bo’yin umurtqasi bilan, orqa bo’g’im yuzasi (facies articularis posterior) atlantning ko’ndalang boylami bilan bo’g ‘im hosil qiladi. Tishning yon tomonlarida atlant bilan birlashuvchi yuqorigi bo’g’im yuzasi bor. II bo ‘yin umurtqasi uchta 10 suyak n u q ta s in in g 2 ta s i – ravog’ida, uchinchisi tanasida3 I joylashgan. Ular o’zaro 2 yoshda * birikadi.Ko’krak umurtqalari 5-rasm. II boyin umurtqasi. 1-facies articularis posterior; 2-lamina arcus vertebrae; 3-proces- sus spinosus; 4-processus amicularis inferior; 5-pro- cessus transverses; 6-for transveisarium; 7-facies articularis superior; 8-corpus vertebrae; 9-facies articularis anterior; 10-dens. K o’krak um urtqalarining (vertebrae thoracicae) tanasi (tepadan pastga tom on) hajm jihatdan kattalashib boradi (6- rasm). Um urtqa teshigi bo’yin umurtqalariga nisbatan kichik va yumaloq shaklda. K o ‘k rak u m rtq a larin in g o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularda qovurg’alar boshi bilan birikadigan qovurg’a chuqur- chalari borligidir. II-EX ko’krak umurtqalari tanasining orqa yon
  • tomonida ong va chap, yuqorigi va ostki qovurg’a chuqurchalari (fovea costales- superior et inferior) boladi. Bundan I um urtqa m ustasno bo’lib , tanasining yuqori qirrasida 1-qovurg’a uchun bitta b u tu n qov u rg ‘a chuqurchasi (fovea costales superior), tanasining pastida 2- qovurg’a chuqurchasi (fovea costales inferior) bo’ladi. X umurtqaning ikki ustki chekkasida (X qovurg’a uchun) bittadan yarim chuqurcha bor. XIXII um urtqalam ing yon tom onlarida esa bittadan to ‘liq chuqurchalar bor. 1-X u m u rtq a lam in g ko ‘nda lang o ‘s im ta la r in in g o ld in g i y u zas id a k o ‘n d a la n g o ‘s im ta n in g q o v u rg ‘a chuqurchasi (fovea costalis processustransversus) bor. U qovurg’a do’m bog’i bilan birlashadi. XI va XII ko’krak umurtqalarining ko’ndalang o’simtalari qisqa bo’lib, bo ‘g ‘im chuqurchasi yoq. Ko’krak umurtqalarining qirrali o’simtasi nisbatan uzun bo’lib, uchi pastga qaragan. Bo’g’im o’simtalari frontal sathda joylashgan, yuqorigi bo’g’im yuzalari orqaga, pastki bo ‘g ‘im yuzalari oldinga qaragan bo’ladi. 6-rasm . V III ko’krak umurtqasi.1-processus articularis superior; 2-fovea costalis superior; 3-corpus vertebrae; 4-fovea costalis inferior; 5-incisure vertebralis inferior; 6-processus articularis inferior; 7-processus spinosus; 8-proces- sus transverses; 9-fovea costalis transver- Bel umurtqalari Bel umurtqalari (vertebra lumbales) 5 ta (7-rasm) bo’lib, ulaiga og’irlik ko ‘p tushgani uchun tanasi kattalashgan va loviyasimon shaklda. Um urtqa teshigi uchburchak shaklida. Ko’ndalang o’simtasi rudiment holidagi qovuig’abo’lgani uchun qovurg’a o’simtasi (processus costarius) deyiladi. U uzun frontal sathda joylashgan. Bu o’simtaning orqa yuzasining asosida q o ‘sh im ch a o ‘s im ta (processus accesorius) bor. Qirrali o’simtasi qisqa, yassi, uchi qalinlashgan va orqaga qaragan. Bo’g’im o’simtalari yaxshi rivojlangan, ulaming bo’g’im yuzalari sagittal sathda joylashib, yuqorigi o’simtada medial tomonga, pastkisida esa lateral tomonga qaragan. Yuqorigi bo ‘g ‘im o’simtasining yon tom onida uncha katta bo’lm agan so ‘rg ‘ichsim on o ‘sim ta (processus mamillaris) bor. 5 6 7 37-rasm. Ill be) umurtqasi. 1-corpus vertebrae; 2-incisure vertebralis inferior; 3-pro- cessus articularis inferior; 4-processus spinosus; 5-processus costarius; 6-processus articularis superior; 7-incisura vertebralis superior
  • Dumgaza umurtqalari (vertebrae sacralis) 5 ta bo’lib, o’smirlik davrida ozaro birikib, uchburchak shaklidagi bitta butun dumgaza suyagini (os sacrum) hosil qiladi (8-rasm). Uning yuqori serbar qismi asosi (basis ossis sacri), pastga va oldinga yo’nalgan uchi (apex ossis sacri), oldingi chanoq yuzasi (facies pehina), orqa yuzasi (facies dorsalis) tafovut qilinadi. Dumgaza suyagi5-bel umurtqasi bilan birikkan joyda bo’rtm a (promontorium) hosil bo’ladi. Dumg’aza suyagining chanoq yuzasi yoysimon bukilgan va tekis. Unda umurtqalaming birikishidan hosil bo’lgan to rtta ko’ndalang izlar (linae transversae) kozga tashlanadi. Ulaming ikki uchida dumgazaning chanoq teshiklari (foramina sacralia pehina) joylashgan. Dumgazaning orqa yuzasi gadir-budir bortib chiqqan, bu yerda umurtqa o’simtalari beshta bo’ylama qirra bor. Toq o ‘rta dumg’aza qirrasi (crista sacralis mediana) qirrali o’simtalaming birikishidan hosil bo’ladi. Uning yon tomonida joylashgan juft oraliq dumg’aza qirrasi (crista sacralis intermedia) bo’g ‘im o’simtalarining birikishidan hosil bo’lsa, lateral dumg’aza qirrasi (crista sacralis lateralis) ko’ndalang o’simtalaming birikishidan hosil bo’ladi. Oraliq va lateral qirralar o’rtasida orqa dumg’aza teshiklari (foramina sacralia dorsalia) joylashgan. Undan tashqarida yon qismlar (partes lateralis) bor, undagi quloqsimon yuza (facies auricularis) yonbosh suyagidagi shunday yuza bilan bo’g ‘im hosil qilib, qo’shilib turadi. Uning yuqori qismida boylamlar va mushaklar birikadigan dumg’aza do’ngligi (tuberositas sacralis) bor. Dumg’aza umurtqalarining teshiklari o ‘zaro qo’shilib dumg’aza kanalini (canalis sacralis) tashkil etadi. Bu kanal pastga tom on torayib kanaldan chiqish teshigi (hiatus sacralis) bo’lib tugaydi. Uning ikki tomonidagi bo ‘g ‘im o’simtalari dumg’aza shoxini (cornu sacralis) hosil qiladi. 8-rasm. Dumg’aza suyagi. A. Old tomoni. I -basis ossis sacri; 2-processus articularis superior; 3-pars lateralis; 4-linae transversae; 5-forr. sacralia pelvina; 6-apex ossis sacri. B. Orqa tomoni. 1-canalis sacralis; 2-processus articularis superior; 3-tuberositas sacralis; 4-crista sacralis intermedia; 5-crista sacralis mediana; 6-hiatus sacralis; 7-comu sacralis; 8-forr.sacialia dorsalia; 9-crista sacralis lateralis.
  • Dum umurtqalari (vertebra coccygeae) 45 ta bo’lib, odam da qoldiq (rudimentar) um urtqalar hisoblanadi; ular katta odam da suyaklanib uchburchak shaklidagi dum suyagini (os coccygis) vujudga keltiradi. U oldinga qarab bukilgan bo’lib, asosi yuqoriga, uchi esa pastga qaragan. I dum umurtqasida dumg’aza suyagi bilan bo ‘g ‘im hosil qiladigan uncha katta bo’lmagan tanadan tashqari dum shoxi (cornu coccygeum) ham bor. Umurtqalaming rentgenoanatomiyasi. T o ‘g ‘ri rentgenogram m ada umurtqalaming tanasi aniq chegarali to’rtburchak soya ko’rinishida. Ulaming ustki va pastki chekkalari tekis. Umurtqalar g’ovak moddasining tarkibi, asosan ko’ndalang o’simtalari, kamroq qirrali va bo’g’im o’simtalari ko’rinadi. Umurtqalararo disklar umurtqalar orasida yorug’liklar hosil qiladi. Bo’yin umurtqalarining tanasi uncha baland emas, ustki yuzasi biroz botiq. Ulaming qirrali o’simtalari uncha katta bo’lmagan ayri ko’rinishida soya beradi. Yon proyeksiyada atlantning oldingi va orqa ravog’i, aksisning tishi, uning uchi, atlantning oldingi ravog’i bilan birikadigan yuzasi aniq farqlanadi. I va II ko’krak umurtqalarining qirrali o’simtalari shu umurtqalar sohasida ko’rinadi. Pastki ko’krak umurtqalariniki asta-sekin pastga yo’nalib, pastki umurtqalar tanasi va umurtqalararo disklar sohasida ko’rinadi. Ko’krak umurtqalaming qirrali o’simtalari uchburchak shaklidagi ingichka hoshiya ko’rinishida. Ulaming ko’ndalang o’simtalari qovuig’aning orqa qismiga qavatianadi. Yon proyeksiyada tananing orqa tom onida har bir umurtqaning yoyi va qirrali o’simtalarining soyasi ko’zga tashlanadi. To’g’ri proyeksiyada bel umurtqalarining tanasi to’g’ri burchakli shaklda. Tananing yon tomonida ko’ndalang o’simtalar soyasi bor. Yon proyeksiyada bel umurtqalari tanasi, bo’g’im va qirrali o’simtalari hamda umurtqalararo yoriqlami aniq ko’rish mumkin. Umurtqalaming tanasi katta to’rtburchak shaklda, oldingi yuzasi bukilgan bo’ladi. Umurtqalararo yoriqlar keng bo’lib, ravoqlar va umurtqalararo teshiklar aniq ko’zga tashlanadi. To’g ‘ri proyeksiyada dumg’aza suyagi asosi yuqoriga, uchi pastga yo’nalgan keng pona shaklida. Oldingi dumg’aza teshildari yumaloq yoki cho’zinchoq shaklda bo’lib, dumg’azani o’rta va yon qismlarga ajratadi. Dumg’aza mayda katakchali suyak tuzilishida bo’ladi. Dumg’aza umurtqalarining birikib ketgan qirrali o’simtalari o’rta chiziqda tekis ko’rinishga ega bo’lmagan ingichka chiziq hosil qiladi. Yon proyeksiyada dumg’azaning oldingi yuzasi silliq, orqasi notekis. T anasin ing orqasida bo ‘y lam a yoriq shaklidagi dum g ‘aza umurtqalarining ravoqlari dumg’aza kanali soyasi ko’rinadi. To’g’ri proyeksiyada dum umurtqalari dumg’aza uchi ostida o ‘rta sathda bo’lib, birinchi dum umurtqasi boshqalardan katta va keng bo’ladi. Yon rentgenogrammada dum umurtqalari dumg’azaning bevosita davomi bo’lib, ustma-ust joylashgan to’rtburchak soya shaklida ko’zga tashlanadi. Umurtqalaming rivojlanishi va bolalardagi xususiyatlari U m urtqalar sklerotomning skelet mezenximasidan homila tanasining segmentlariga mos ravishda taraqqiy etadi. Um urtqalar rivojlanishi uch
  • bosqichni otaydi. I bosqichda mezenxima asta-sekin osib, orqa to r (chorda dorsalis) va nerv nayini o rab birlamchi (parda) um urtqani hosil qiladi. Odam homilasida 38 ta umurtqa paydo bo’lib, ular 7 ta bo’yin, 13 ta ko’krak, 5 ta bel va 12-13 ta dumg’aza va dum umurtqalaridan iborat bo’ladi. Homila taraqqiyoti davrida oxiigi ko’krak umurtqasi I bel, oxirgi bel umurtqasi esa 1 dumg’aza umurtqasiga aylanadi. Keyinchalik dum umurtqalari yo’qolib ketib, bola tug’ilishi vaqtida 3334 ta umurtqa qoladi. Homila hayotining 5-haftasida um urtqalar tanasi va ravoqlarida alohida tog’ay to’plam lari paydo bo’ladi. Keyinchalik ular o ‘zaro qo’shilib tog’ay um urtqani hosil qiladi. U m urtqalaming suyaklanish jarayoni homila hayotining 2-oyi oxiri, 3-oyining boshida boshlanib, m alum bir tartibda kechadi. Suyaklanish 3-bo’yin umurtqasidan boshlanib pastga qarab 4-bel umurtqasigacha davom etadi. Bu davrda yuqoridagi umurtqalarning tog’ay modelida umurtqa yoyining ikkala yonida va tanasida 3 ta suyak nuqtasi paydo bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning 3 7-bo’yin, ko’krak va bel umurtqalari shakli kattalamikiga o’xshash, am m o ko’p qismi tog’aydan iborat (9-rasm). Ulaming yoyida joylashgan suyak nuqtalari o’zaro tog’ay qatlamlar vositasida ajrab turadi. Bola hayotining birinchi ikki yilida har bir yarim umurtqa yoyi suyaklanadi va bo ‘g ‘im o’simtasi shakllanadi. Uch yoshda yarim yoylar o’zaro birikib qirrali o’simtani hosil qiladi va umurtqa kanalining orqa tomoni yopiladi. Bu birikish 3-bo’yin umurtqasidan to 4-bel umurtqasigacha ketma-ket davom etadi. 37 yoshlarda umurtqa ravoqlari tanasi bilan yuqoridagi ketma- ketlikda qo’shiladi va umurtqa kanali osishdan to’xtaydi. 1617 yoshda umurtqalar suyaklanib bo’ladi, ammo ko’ndalang, bo’g ‘im , qirrali o’simtalaming uchlarida, tananing ustki va pastki yuzasi qirralarida tog’ay to’qimasi qolib, ularda qo- shimcha suyak nuqtalari vujudga keladi. Ular um urtqa bilan 18-20 yoshda qo ‘shiladi. Dumg’aza umurtqalari ham uchta asosiy suyak nuqtasidan taraqqiy etadi. 67 oylarda 3 ta yu-qorigi um urtqan ing yonida b ittadan qo’shimcha suyak nuqtalari paydo bo’ladi Yangi tug’ilgan chaqaloqning dumg’aza suyagi pona shaklida, tog’aydan iborat bo’ladi. 3 yoshgacha suyak nuqtalari kattalashadi va ular o’rtasidagi tog’ay qatlami yupqalashadi. Dumg’azaning umumiy hajmi kattalashib, suyak nuqtalari o’zaro qo’shiladi. 38 yoshlarda suyak o ‘z shaklini oladi. Bu davrda I um urtqa oldinga,IIIV umurtqalar orqaga qarab suriladi va dumg’aza kifozi paydo bo’ladi. 1725 yoshlarda dumg’aza umurtqalari o ‘zaro birikib bitta suyakn i h osil q ilad i. Y ang i tu g ‘i lg a n chaqaloqning dum um urtqalari 45 tog’ay 9-rasm. Yangi tug’ilgan chaqaloq umurtqasi. 1-corpus vertebrae; 2-pedinculi arcus vertebrae; 3-pro- cessus transversus; 4-lamina arcus vertebrae; 5-processus spinosus; 6-togay qatlami; 7-fovea costalis processus transversalis; 8-proces- sus articularis superior; 9-fovea costalis superior.
  • holatida bo’lib, I dum umurtqasining suyak nuqtasi 17 yoshda, qolganlari esa ikkinchi bolalik davrida yuzaga kelib, 30 yoshlarda suyaklanib bo’ladi. To’sh suyagi To’sh suyagi (sternum) frontal sathda joylashgan yassi suyak (10-rasm). Unda 1) yuqorigi qismi sopi, 2) o ‘rta qismi tana; 3) pastki qismi xanjarsimon o’simta tafovut qilinadi. To’sh suyagining sopi (manubrium sterni) uning kengaygan va qalin qismi bo’lib, yuqori qismida uncha chuqur bo’lmagan bo’yinturuq o’ymasi (incisura jugularis), uning yon tomonlarida o’m rov suyagi birikadigan o’mrov o’ymasi (incisura clavicularis) joylashgan. Undan pastda to ‘sh suyagi sopining yon tom onlarida I qovurg’a tog’ayi birikadigan o ‘ym a (incisura costalis I) bor. Sopning pastki chekkasida II qovurg’a uchun yarim o’yma bo’lib, to ‘sh tanasidagi yarim o’ym a bilan qo’shilib II qovurg’a o’ymasini vujudga keltiradi. Sop bilan tana qo’shilga’n joyda to ‘sh burchagi (angulus sterni) hosil boladi. To’sh suyagining eng uzun qismi tanasi (corpus sterni) bo’lib, uning pastki qismi yuqoriga nisbatan keng, oldingi yuzasida ta raq q iy o t dav rida suyak q ism larin ing qo’shilishidan hosil bo’lgan ko’ndalang g’adir- budir chiziqlar mavjud. Uning yon chekkasida chin qovurg’alar tog’ayi birlashadigan qovuig’a o’ymalari bor. VII qovurg’a o’ymasi tana bilan xanjarsimon o’simta o’rtasida joylashgan. Homila 5 haftaligida yuqorigi 9 juft tog’ay qovurg’alami oldingi uchlari kengayib, ikkala tom onda o ‘zaro qo’shiladi va to ‘sh yo’llari vujudga keladi. 2-oyning oxirida o ‘ng va chap to ‘sh yo ‘llarin ing yuqori uchlari o ‘zaro qo’shilib to ‘sh sopini hosil qiladi. Ulaming pastki qismlarining qo’shilishidan to ‘sh tanasi bilan xanjarsimon o’simta paydo bo’ladi. Agar to ‘s h y o ‘lla r in i pastk i q ism lari o ‘z a ro q o ‘sh ilm ay qolsa, xan jarsim on o ‘s im ta ayrisimon shaklni oladi. T o ‘sh suyagining birinchi suyak nuqtasi hom ila hayotining 46-oylarida uning dastasida yuzaga keladi. 78 – oylarda suyak tanasining yuqorisida va bola tug’ilishidan oldin o’rta qismida juft suyak nuqta 10-rasm . T osh suyagi.paydo bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning incisura jugularis; 2-incisura !____ __ . __ < j _ -1 __. 1 ., . , 1 clavicularis; 3-manibrum sterni;to sh suyagi tog aydan iborat bo hb, emizikli 4>7. incisura costalis. 5. corpus davrda uning suyak nuqtalari kattalashadi va stemi; 6-processus xipoideus.
  • tanani pastki qismida ikkita qo’shimcha suyak nuqta vujudga keladi. 3 yoshli bolada suyak nuqtalari yumaloq va o’zaro tog’ay qatlamlar bilan ajralib turadi. Sop va tana qismlari o’rtasida to ‘sh burchagi paydo bo’ladi. Bolalikning ikkinchi davrida to ‘sh suyagi sopining suyak nuqtasi uni to ‘liq qoplaydi. Tananing juft suyak nuqtalari o’zaro qo’shilib sternebrlarni, balog’at davrida esa ular o ‘zaro birikib butun tanani hosil qiladi. Xanjarsimon o ‘sim ta bilan tana 30 yoshlarda, sopi esa 40 yoshlarda birikadi, bazan birikmay qolishi ham mumkin. Qovurg’alar Q o v u rg ‘a la r (costae) 12 ju ft b o ‘lib , orqa to m o n d an k o ‘k rak umurtqalarining tanasiga birikadi (11 -rasm). Har qaysi qovurg’a ikki qismdan iborat. U ning orqa uzun qismi suyakdan (os costale), oldingi qisqa qismi tog ‘aydan (cartilage costalis) tuzilgan. Yetti juft (IVII) yuqoridagi qovurg’alar tog’ay qismlari bilan to ‘sh suyagiga birikadi va chin qovurg’alar (costae verae) deb ataladi. V IIIX juft qovurg’alar tog’ayi to ‘sh suyagiga yetib bormay, yettinchi qovurg’a tog’ayiga birikkani uchun soxta qovurg’alar (costae spurae) deyiladi. XIXII juft qovurg’alar tog’ayi qisqa bo’lib, hech qayerga birikmay, qorin mushaklari orasida erkin joylashadi va yetim qovurg’alar(costae fluctuantes) deb ataladi. Har bir qovuig’aning orqa uchida boshchasi (caput costae) bo’lib, unda ko’krak umurtqalari tanasidagi qovurg’a chuqurchasi bilan bo ‘g ‘im hosil qiladigan b o ‘g ‘im y u zas i ( fa c ie s articularis capitis costae) bor.I I X q o v u rg ‘a – la rn in g b o sh c h a s i ik k ita q o ‘s h n i u m u rtq a la r b ilan b irikkan i uchun bo’g’im yuzasini qovurg’a boshi qirrasi (crista capitis costae) ikkiga ajratib turadi. Bu q ir ra d a n q o v u rg ‘a boshchasini ko’krak umurtqasiga m u s ta h k a m lo v c h i b o y lam boshlanadi. I, XI, XII qovurg’a boshchalari faqat bitta umurtqa bilan birikkani uchun ularda bu qirra bo’lmaydi. Boshchadan keyin toraygan qovurg’a bo’yni (collum costae), uning yuqori chekkasida qirra (crista coffi) bor. I U-rasm. Qovurg’a. 1-caput costae; 2-facies articularis capitis costae; 3-collum costae; 4-sulcus costae; 5-corpus costae.
  • Bo’yinning tanaga otish joyida qovurg’a bo’rtig’i (tuberculum costae) bo’lib, uning bo ‘g ‘im yuzasi (facies articularis tuberculi costae) um urtqaning ko’ndalang o’simtasidagi qovurg’a bo’rtig’i chuqurchasi bilan bo ‘g ‘im hosil qiladi. XI, XII qovuig’alaming bo’rtig’i va bo’g’im yuzasi bo’lmaydi. Qovurg’a bo’yni va bo ‘rtig ‘i uning eng uzun qismi, qovurg’a tanasiga (corpus costae) davom etadi. Qovurg’a tanasi biroz bukilib, qovurg’a burchagini (angulus costae) hosil qiladi. Birinchi 2 ta qovurg’ada burchak qovurg’a bo’rtig’iga to’g’ri kelsa, keyingi qovurg’alarda burchak bilan qovurg’a bo’rtig’i orasidagi masofa uzoqlasha boradi. Qovurg’a tanasi yassi bo’lib, tashqi va ichki yuzasi, ustki va pastki qirralari tafovut qilinadi. Ichki yuzaning pastki qirrasi bo’ylab, qovurg’alararo qon tomirlar va nerv yotadigan qovuig’a egati (sulcus costae) joylashgan. I qovurg’ada ustki va pastki yuzalari, ichki va tashqi qirralari tafovut qilinadi. Uning yuqori yuzasida oldingi narvonsimon mushak bo’rtig’i (tuberculum m. scaleni anterioris) bor. Uning orqasida o’mrov osti arteriyasi egati (sulcus arteriae subclaviae), oldida esa o’mrov osti venasi egati (sulcus venae subclaviae) bor. Umurtqalaming ventral ravoqlari yon tomonga yo’l hosil qilib o’sib, m iotomlaming ventral qismi orasiga kiradi va qovurg’alami hosil qiladi. Qovurg’alar umurtqa va to’sh suyagiga nisbatan erta suyaldanadi. Homila 68 haftaligida VIVIII qovurg’alar burchagida, keyin boshqa qovurg’alarda suyak nuqtalari paydo bo’ladi. Ular ikki tomonga tarqalib, tez orada qovurg’a tanasini egallaydi. Yangi tug’ilgan chaqaloqda 7 juft chin, 2 juft soxta va 3 juft yetim qovurg’a bo’lib, u suyak va tog’ay qismlardan iborat. Bu qismlaming bir-biriga nisbati kattalamikiga o’xshash. Qovuig’a boshchasi va bo’rtig’i tog’aydan, bo’yni tog’ay va suyak qismlardan iborat. Qovurg’a tanasi yumaloq, burchagi va egati yaxshi bilinmaydi. Erta bolalik davrida qovurg’alaming o’sishi tezlashib, uning orqa qismi bo’yni hisobiga uzayadi. Oldingi qismi tez o’sib, tanasi yassilanadi va ichkariga qarab buriladi. Bolalikning birinchi davrida qovurg’a o’sishda davom etadi va uning burchagi aniq bilinadi. Bolalikning ikkinchi davrida qovurg’a boshi va bo’rtig’i uchun qo’shimcha suyak nuqtalari paydo bo’lib, u tana bilan18-25 yoshda birikadi. Balog’at davrida X qovurg’a tog’ayi qovuig’a ravog’i bilan qo’shiladi va 7 juft chin, 3 juft soxta va 2 juft yetim qovuig’a hosil bo’ladi. Q ol skeleti Qo’l skeleti yelka kamari (cingulnm membri superioris) va qo’lning erkin qismidan (skeleton membri superioris liberi) iborat. Q o1 skeletining rivojlanishi Homila hayotining 3-haftasida mezenxima hujayralari homila tanasining yon burmalarida to’planib, baliq suzg’ichlariga o’xshash qo ‘l kurtagini hosil qiladi, ular ustki tomondan ektoderma bilan qoplanadi. Burmalar kengayib
  • qo’l pilakchalarini hosil qiladi. Homila 7 haftaligida barmoq kurtakchalari shakllanadi. Dastlab ular o’zaro qo’shilgan bo’ladi, 8-haftalarga kelib ulardan beshta nur kabi barmoqlar hosil bo’ladi. Bo’lajak qo ‘l ayrim qismlarining taraqqiyoti distal qismidan boshlanib proksimal qismiga davom etadi. Ikkinchi oyda qo’lning ayrim qismlari: yelka, bilak va kaft belgilari ko’rinadi. Barmoqlar teri burmalari bilan birikib alohida turadi. Ikkinchi oyning oxirida qisqa barmoqlardan timoqsim on ortiqchalar vujudga keladi. Kurtak mezenxima to’qiqiasi qattiqlashib sekin-asta tog’ay oldi to’qimasiga aylanadi, homila hayotining 2-oyida esa tog’ay to’qimasi paydo bo’ladi. Qo’lning barcha suyaklari (o ‘m rov suyagidan tashqari) taraqqiyotning uch davrini o ‘taydi. Bu suyaklaming diafizlari ona qomidagi davrda suyaklansa, epifiz va apofizlari bola tug’ilgandan so’ng suyaklanadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning qo’li tanaga nisbatan qisqa, oyoqqa nisbatan uzun, uning qo’lida kattalarga xos qismlar: yelka kamari va qo’lning erkin qismi suyaklari bo’ladi. Ammo ulaming tuzilishi turli yoshdagi bolalarda o’ziga xos. Yangi tug’ilgan chaqaloq qo’lining yelka qismi qisqa bo’lsa, bilak, ayniqsa, kafti uzun. Bola o’sgani sari bu nisbatlar asta-sekin o’zgaradi. Yelka va bilakning o’sishi kaftga nisbatan tezroq kechadi. Balog’at davrida bolaning yelkasi yangi tug’ilgan chaqaloqqa nisbatan 4 marta, bilagi 3,5 m arta, kafti esa 3 m arta o’sadi. Bunday o’zgarishlar natijasida 20 yoshga yetganda qo’l qismlarining bir-biriga nisbati kattalamikiga o’xshab qoladi. Q ol suyaklari Qo’l m ehnat quroU sifatida erkin harakatlanadi. Qo’lda yelka kamari va erkin qismlar tafovut qilinadi. Yelka kamari o ‘m rov va kurak suyaklaridan iborat. Qo’lning erkin qismi yelka, bilak va tirsak ham da qo ‘l panjasi suyaklaridan tashkil topgan. Qo’l panjasi esa kaft usti suyaklari, kaft suyaklari va barmoq falangalariga bo’linadi. Yelka kamari suyaklari 12-rasm. Omrov soyagi. l-extremitas acromialis; 2-extremitas stemalis; 3-tuberculum conoideum; 4-linea trapezoidea; 5-facies articularis acromialis. Yelka kamari sohasida 2 ta: o’m rov va kurak suyagi bo’lib, ulardan o’m rov suyagi qo’lni tana bilan bog’lab turadigan yagona suyak. O ‘m ro v (c la v ic u la ) S sh ak lid a b u k ilg a n u z u n naysim on suyak (12-rasm ) b o ‘l ib , to ‘s h su y ag in in g o ‘m rov o’ym asi bilan kurak suyagining akromion o’simtasi o’rtasidajoylashadi. Uning tanasi
  • (corpus claviculae) to ‘sh uchi (extremitas sternalis) va akromion uchi (extremitas acromialis) tafovut qilinadi; to sh uchi oldinga turtib chiqqan va yogonlashgan bolib, to sh suyagi bilan birikadigan egarsimon bo ‘g ‘im yuzasi (facies articularis sternalis) bor. Uning akromion uchi to sh uchiga nisbatan keng va yupqa. U orqaga qaragan, kurak suyagining akromion o’simtasi bilan birlashadigan yassi bogim yuzasi (facies articularis acromialis) bor. O ‘m rov suyagining yuqori yuzasi silliq, pastki yuzasida boylamlar birikadigan konussimon bo’rtiq (tuberculum conoideum) va trapetsiyasimon chiziq (linea trapezoidea) mavjud. O ‘m rovendesmal yol bilan suyaklanadigan yagona naysimon suyak.Uning birinchi suyak nuqtasi homila hayotining 67 haftasida biriktiruvchi to ‘qim adan tuzilgan o’mrov tanasida paydo bo’ladi va keyinchalik undan akromion uchi va tanasi suyaklanadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqda uning tanasi suyaklanib bo’lgan, to ‘sh uchi tog’aydan iborat bo’ladi. Akromion uchi ingichka tog’ay hoshiya bilan qoplangan, u bola 7 yoshga kiiguncha bo’yiga va eniga o’sadi. Bolalikning ikkinchi davrida uning uchlarida g’adir-budirliklar kuzatiladi. Akromion uchidagi tog’ay hoshiya yo’qolib o’mida bo’g’im yuzasi vujudga keladi. Balog’at davrida uning to’sh uchida qo’shimcha suyak nuqtasi paydo bo’lib, u tanasi bilan 20-25 yoshda qo’shiladi. Rentgenoanatomiyasi. To’g’ri proyeksiyadagi rentgenogrammada o’mrovIIIIV qovurg’alar sohasida gorizontal joylashgan quyuq soya beradi; yuqori chekkasi tekis, pastki chekkasida uning ikkala uchi yaqinida g’adir-budirliklar ko’rinadi. Kurak suyagi Kurak (scapula) suyagi yassi uchburchak shaklida (13-rasm), u ko’krak qafasining orqa lateral tomonida, IIVII qovuig’a sohasida joylashgan. Uning 3 ta: yuqori burchak (angulus superior), tashqi burchak (angulus lateralis) va ostki burchagi (angulus inferior) ham da shunga mos ravishda 3 ta qirrasi: ichki qirra (margo medialis), tashqi qirra (margo lateralis) va yuqori qirrasi (margo superior) tafovut qilinadi. Kurakning orqa yuzasi (facies dorsalis) qavariq bo’lib, uni orqaga qarab chiqqan kurak qirrasi (spina scapulae) 2 ga: qirra usti chuqurchiasi (fossa supraspinata) va qirra osti chuqurchasiga (fossa infraspinata) ajratadi. Ularda shu nomdagi mushaklar yotadi. Kurak qirrasi tashqi burchak tom onga ko’tarilib borib kengayadi va akromionni (acromion) hosil qiladi. Uning uchida o’m rov suyagi bilan birikadigan bo ‘g ‘im yuzasi (facies articularis acromialis) bor. Kurakning oldingi qovurg’a yuzasi (facies costalis) biroz bukilgan kurak osti chuqurchasini (fossa subscapularis) hosil qiladi. U nda shu nomdagi mushak yotadi. Kurakning tashqi burchagi yo’g’onlashib yelka suyagi boshchasi bilan birlashadigan bo’g’im chuqurchasini (cavitas glenoidalis) hosil qiladi.
  • 13-rasm. Kurak suyagi. 1-angulus superior; 2-angulus lateralis; 3-angulus inferior; 4-spina scapulae; 5-processus coracoideus; 6-acromion; 7-cav- itas glenoidalis; 8-fossa infraspinata; 9-margo lateralis; 10-margo medialis; 11-fossa supraspinata. Uning yuqorisida bogim usti bo rtigi (tuberculum sup- raglenoidale) bo ‘lib , undan yelka ikki boshli mushagining uzun payi boshlanadi. Bo’g’im chuqurchasi tagjdagi bo’g’im osti bo ‘rtig ‘idan (tuberculum inf- raglenoidale) yelkaning uch boshli mushagining uzun boshi boshlanadi. Bo’g’im chuqurcha- sidan keyin toraygan kurak bo’yni (collum scapulae) bor. Kurakning yuqori qirrasida o’ymasi (iudsura scapulae) bo’lib, u bilan bo’yni o’rtasidan tumshuqsimon o’simta (processus corocoi-deus) ko’tarilib turadi. Rentgenoanatomiyasi. Old to’g’ri proyeksiyadagi rentgenogrammada kurak suyagi ko’krak qafasining yuqori tashqi qismida2 7 q o v u rg ‘a la r so h as id a uchburchak shaklida ko’rinadi. Kurak tashqi qirrasining quyuq soyasi uning bo’yniga o ‘tib ketadi, bo ‘g ‘im chuqurchasining soyasi qisman yelka suyagi boshchasiga qavatlanadi va aniq chekkali, ikki 1 -> tomonli qavariq linza shaklida bo’ladi. Bo’g’im fchuqurchasidan biioz yuqori va ichkariroqda tum shuqsim on o ‘sim ta soyasi bukilgan shaklda ko’rinadi. Yon rentgenogrammada kurak suyagining tanasi, kurak qirrasi va ; akromion o’simtasini aniqlash mumkin. Kurak suyagining birinchi suyak nuqtasi homila hayotining ikkinchi oyi oxirida uning bo’yni sohasida paydo bo’ladi. Bu suyak nuqtadan kurak suyagi tanasi va qirrasi Yangi tug’ilgan chaqaloq kurak suyagi (14-rasm) kattalaiga nisbatan yuqoriroq va tashqari joylashgan. Uning yuqori chegarasiI II, pastkisi esa IV V q o vurg ‘a lar sohasida. Shakli kattalamikiga o’xshasa ham , tanasi va tashqi qirrasidan tashqari qismlari tog’aydan iborat. Kurak o’ymasi katta, qirra 14-. Chaqaloqning chap kurak suyagi. 1-angulus superior; 2-fossa supraspinata; 3-fossa infiaspina- ta; 4-maxgo medialis; 5-angulus inferior; 6-maigo lateralis; 7-angulus lateralis; 8-acromion; 9-processus coro- coideus; 10-spina scapulae; 11-incisura scapulae; 12-maigo superior.
  • usti chuqurchasini egallab turadi, bogim yuzasi ovalsimon. Emizikli davr oxirida tumshuqsimon osimtada suyak nuqtasi paydo bo’ladi. Erta bolalik davrida suyaklanish suyak tanasidan bo’g’im yuzasi asosiga tarqaydi. Bogim yuzasi tez osib, bolalikni birinchi davrida tuxum shaklini oladi va bo gim usti bo’rtig ‘i yuzaga keladi. Balogat va o’smirlik davrlarida akromion, ostki burchagi va ichki qirrasida qo’shimcha suyak nuqtalari paydo bo’ladi. Akromion va tumshuqsimon osimta kurak suyagi bilan 1821 yoshda, ichki qirra va pastki burchagi (, , qo’shimcha suyak nuqtalari asosiy qism bilan 20 * r . j 21 yoshda qo’shiladi. Qolning erkin qismi suyaklari Yelka suyagi (humerus, 15-rasm ) uzun naysimon suyaklar turkumiga kiradi. Unda tanasi (corpus humeri) va 2 ta: yuqorigi (proksimal) va pastki (distal) uchlari tafovut qilinadi. Uning yuqori uchida ichkariga va biroz orqaga qaragan shaisimon boshchasi (caput humeri) bor. Uning chekkasidan uncha chuqur bo’lmagan egat anatomik bo’yin (collum anatomicum) o’tadi. Bu egat boshchani tashqariroq joylashgan katta bo’rtiq (tuberculum majus) va undan oldinda joylashgan kichik bo’rtiqdan (tuberculum minus) ajratib turadi. Har bir bo’rtiqdan pastga qarab katta va kichik bo’rtiq qirralari (crista tuberculi majoris et minoris) ketadi. Bo’rtiqlar va qirralar o’rtasida bo’rtiqlararo egat (sulcus intertubercularis) bo ‘lib , unda yelkaning ikki boshli mushagi uzun boshining payi o’tadi.Bo’rtiqlardan pastki qismi xipcharoq bo’Ub, xiruigik bo’yin (collum chirurgicum) deb ataladi. Suyak tanasining yuqori qismi silindr shaklida, pastki qismi uch qirrali bo’ladi. Bu qismida oldingi ichki yuza (facies anterior medialis), oldingi tashqi yuza (facies anterior lateralis) va orqa yuza (facies posterior) tafovut qilinadi. Suyakning orqa yuzasi ikkala oldingi yuzasidan ichki qirra (margo medialis) va tashqi qirra (margo lateralis) vositasida ajrab turadi. Suyak tanasining o’rtasidan yuqori qismida deltasimon mushak birikadigan b o ‘r tiq (tuberositas deltoideus) joylashgan. Undan pastda suyakning orqa yuzasida spiralsim on bilak nervi egati (sulcus nervi radialis) o’tadi. to 15-rasm. Yelka suyagi. 1-caput hymeri; 2-tuberculum minus;3-sulcus in te rtu b e rcu la ris ;4-collum chirurgicum; 5-fossa coronoidea; 6-epicondylus medialis; 7-trochlea humeri; 8-ca- pitulum humeri; 9-fossa radialis; 10-tuberositas deltoidea;11-crista tuberculi minoris;12-tuberculum majus; 13-col- lum ananomicum.
  • U suyakning ichki qirrasidan boshlanadi, uning orqa yuzasini aylanib o tib tashqi qirrasida tugaydi. Yelka suyagining pastki uchi kengayib yelka suyagi do’ngini (condulus humeri) hosil qilib tugaydi. Uning ichki tomonida tirsak suyagi bilan birlashuvchi yelka suyagi galtagi (trochlea humeri), tashqi tomonida esa bilak suyagi bilan birlashuvchi yelka boshchasi (capituhim humeri) bor. Old tomonda galtak ustida toj chuqurchasi (fossa coronoidea), boshcha ustida kichikroq bilak suyagi boshchasi chuqurchasi (fossa radialis) joylashgan. Orqa tomonda galtak ustida katta tirsak o’simtasi chuqurchasi (fossa olecrani) bo’ladi. Yelka suyagi do’ngini ichki va tashqi tomonlarida ichki va tashqi o’sim talar (epicondulus medialis et lateralis) bor. Ichki o’sim taning orqa yuzasida tiisak nervi egati (sulcus nervi ulnaris) o’tadi. Yuqori tomonga ichki o ‘sim ta ichki o ‘sim ta qirrasi (crista supracondularis medialis) bo’lib, yelka suyagining ichki qirrasiga davom etadi. Tashqi o’simta yuqoriga qarab tashqi o’simta qirrasini (crista supracondularis lateralis) hosil qilib, yelka suyagining tashqi qirrasiga o’tib ketadi. Rentgenoanatomiyasi. Yelka suyagi o’ziga xos rentgenoanatomik tuzilishga ega. Yelka suyagi boshchasining zich moddasi tashqi chegarasi aniq shaisimon soya shaklida ko’rinadi va qisman kurak suyagi bo’g’im chuqurchasiga qavatlanadi. Uning boshchasi -g’ovak moddasi mayda to ‘r shaklida bo’lib, katta bo’rtiq bilan yelka suyagi boshchasi o’ltasida uncha katta bo’lmagan torayma anatomik bo’yin aniqlanadi. Katta bo’rtiqdan pastroqda suyak tanasida xirurgik bo’yin , ko’zga tashlanadi. Bu yeida zich modda yupqalashib, g’ovak modda siyraklashgan tarkibga ega bo’lib, zich moddaning g’ovak moddaga o’tishi ro’y beradi. Suyakning bir tarkibini boshqasiga o’tishi shu sohaning qarshiligini kamaytiradi. Yelka suyagi diaflzi rentgenogrammasida zich modda qatlamlari o’rtasida joylashgan suyak iligi kanali ko’rinadi. Yelka suyagining pastki uchi uchburchak prizma shaklida bo’ladi. Unda tashqi va ichki o’simtalar ajratiladi. G’altakni yuqorisida suyak tarkibida aniq chegarali tojsimon va tiisak chuqurlari yorug’ligi bor. Yelka suyagining pastki uchi suyak to’qim asi mayda katakchali tuzilishga ega. Suyak trabekulalari asosan ko’ndalang yo’nalgan bo’lib, zich qatlami yupqa. Yelka suyagining birinchi suyak nuqtasi hom ila hayotining 8-haftasida uning diafizida paydo bo’ladi. Yangi 10 tug’ilgan chaqaloq yelka suyagi (16-rasm) nisbatan qisqa, uchlari katta; suyak tanasining katta, kichik bo’rtiqlari va ulaming qirrasidan boshqa qismlari suyaklanib bo’lgan. 16-rasm. Chaqaloqning o ng yelka suyagi (orqa tomondan korinishi). 1-caput hymeri; 2-collum chirurgicum; 3-facies posterior; 4-fossa olecrani; 5-epicondylus medialis; 6-trochlea humeri; 7-collum anatomicum; 8-tuberculum majus; 9-foramen nitrcum;10-epicondulus lateralis.
  • Yelka suyagining boshi tog’aydan iborat bo’lib, shakli yumaloq. Katta va kichik bo’rtiqlar, o’zaro chuqur egat bilan ajragan. Distal uchi tog’aydan tashkil topgan, uning relyefi kattalar suyagiga o’xshaydi. Emizikli davrda suyak boshida yumaloq suyak nuqtasi, tanasida esa so’rilish markazi paydo bo’ladi. Eita bolalik davrida katta bo’rtiqda, deltasimon bo’rtiq va pastki uchi boshchasida, bolalikning birinchi davrida kichik bo’rtiq, tojsimon va 1 chuqurchalarida, ichki o’simtada suyak nuqtalari paydo bo’ladi. Bolalikning birinchi davrida suyak o’sishi bilan birga uning relyefi yuzaga keladi. Bolalikning ikkinchi davri oxirlarida yelka suyagi tanasining taraqqiyoti tugab u kattalamikiga o’xshab qoladi. Yuqori uchi tanasidan yupqa tog’ay qatlam bilan ajraladi. Bu davrda pastki uchida tashqi o’simta va g’altakda qo’shimcha suyak nuqtalari vujudga keladi. O’smirlik davrida suyakning pastki epifizi tanasi bilan suyaklanib qo’shiladi. Yuqori epifizi esa tanasi bilan 2024 yoshda birikib, bir butun yelka suyagini hosil qiladi. Bilak suyaklari Bilak suyaklari ikkita uzun naysimon suyakdan iborat: ichki tom onda joylashgan tirsak suyagi harakat yo’nalishini aniqlasa, tashqi tomondagi bilak suyagi tayanch vazifasini bajaradi. Bu suyaklaming rivojlanishi bevosita ulaming vazifasiga bog’liq. Tirsak suyagi T irsak suyagini (ulna, 17-rasm ) yuqori uch i kengaygan bo’lib, yelka suyagi g’altagi bilan birlashadigan g’altak o’ymasi (incisura trochlearis) bor. Bu o’yma yuqori tom ondan katta tirsak o’simtasi (olecranon), pastdan kichikroq tojsimon o’simta (processus coronoideus) bilan chegaralangan. Tojsimon o’simtaning tashqi tomonida bilak suyagi boshi birlashadigan bilak o’ymasi (incisura radialis) joylashgan. Old tomonda undan pastroqda tirsak suyagi bo’rtig’i (tuberositas ulnae) bor. Tirsak suyagining tanasi uch qirrali. Unda uchta: orqa yuzasi (facies posterior), oldingi yuzasi (facies anterior) va ichki yuzasi (facies medialis) farqlanadi. Bu yuzalami o’zaro uchta: oldingi qirra (margo anterior), orqa qirra (margo posterior), oldingi va orqa yuza o’rtasida joylashgan bilak suyagi tarafdagi suyaklararo 17-. Tirsak suyagi. 1-olecranon; 2-incisura trochlearis; 3-processus coronoideus; 4-incisura radialis; 5-tuberositas ulnae; 6-crista musculi supinatoris; 7-margo anterior; 8-margo interossea; 9-circuferentia articularis; 10-processus styloideus; 11-margo posterior.
  • 18-rasm. Chaqaloqning ong tirsak snyagi (old tom ondan ko’rinishi). 1-olecranon; 2-incisura trochlearis; 3-processus coronoideus;4-tuberositas ulnae; 5-for. nitricum; -maigo interosseus; 7-circum- ferentia articularis; 8-processus styloideus; 9-margo anterior; 10-facies medialis; 11-corpus ulnae; 12-facies anterior, 13-caput ulnae. qiira (margo interossea) ajratib turadi. Suyakning pastki uchi yuqorisiga nisbatan ingichkaioq boIib, tiisak boshchasi (caput ulnae) bilan tugaydi. Suyak boshchasida bilak suyagi bilan birlashadigan b o ‘g ‘im yuzasi (circumferentia articularis) joylashgan. Boshchaning pastki yuzasi yassi. Suyak boshchasining ichki tomonida bigizsimon o’simta (processus styloideus) bor. Tirsak suyagini birinchi suyak nuqtasi uning diafizida homila hayotining 8-haftasida paydo bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning tirsak suyagi (18- rasm) asosi yuqoriga qaragan konus shaklida,

Odam Va Uning Salomatligi 8 Sinf – Скачать mp3 бесплатно

Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Odam Va Uning Salomatligi 8 Sinf в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Odam Va Uning Salomatligi Toʻgʻrisida Umumiy Tushuncha Nuriddinov Amriddin длительностью 8 мин и 55 сек, размер файла 11.73 MB.

Сейчас слушают

Odam Va Uning Salomatligi 8 Sinf

Psych Print In My Sweats Feat Aivan Tonez

Let It Go Frozen But Every Go Makes The Pitch Lower By Two Semitones

Brawl Stars Championship 2021 Trailer

Доченька Март 2018

Хлоя Ты Не Верь Слезам

Diadem Tańcz Mała Nowość 2009

Azər Zeynalov Potpurri

Tim Mayer Big P

Летний Дождь Группа Экспресс

Менің Атым Қожа Аудиокітап 01

Асбир Фа Иннака

Я Плачу Я Рыдаю Дорогая

704 Ақиқада Эчки Сўйиш Жоизми Абдуллох Зуфар Ҳафизаҳуллоҳ

Jordan Moozy On You

Ijan Zagorsky Hope

Situation Hot Meter

Akh Mazered Harout Pamboukjian

ODAM VA UNING SALOMATLIGI 8-sinf

ODAM VA UNING SALOMATLIGI 8-sinf. QON AYLANISH SISTEMASI Yurakning tuzilishi va ishlashi Qon aylanish doiralari Limfa aylanishi Qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi. Dars rejasi. Mavzu: Umumlashtiruvchi dars.

Uploaded on Oct 01, 2014

  • Eden Antonio
  • + Follow

Download Presentation

ODAM VA UNING SALOMATLIGI 8-sinf

Presentation Transcript
  1. ODAM VA UNING SALOMATLIGI8-sinf QON AYLANISH SISTEMASI Yurakning tuzilishi va ishlashi Qon aylanish doiralari Limfa aylanishi Qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi
  2. Dars rejasi Mavzu: Umumlashtiruvchi dars. • Kirish: Dars-o’quvchilar tomonidan tuzilgan guruhlar o’rtasida o’zaro bellashuv tarzida o’tishini ta’kidlab o’tish. Guruhlar bajarishi kerak bo’lgan shartlar bilan tanishtirish. • Asosiy qism: Guruhlar aytib o’tilgan shartlarni birma-bir bajarishadi. • Qon aylanish sistemasining strukturasini tuzish • Test topshiriqlarini bajarish • Sardorlar bellashuvi • Mustahkamlash: O’qituvchi ”Qon aylanish sistemasi” bobidagi tusunchalarni umumlashtirib, katta monitorda tushuntiradi. • Xulosa: G’olib bo’lgan guruhni aniqlash va o’quvchilarni baholash. So’ng ularga kerakli vazifalarni berish.
  3. 1.Yurakning sistolik hajmi- 2. Qonni yurak bo’lmalariga olib keladigan qon tomirlari- 3. Arterial qon bosimining normaga nisbatan pasayishi- 4.Chap qorincha bilan chap bo’lmacha o’rtasida ……bor 5.Eng yirik va pishiq qon tomir- 6. Yurakning massasi ayollarda- 7.Tanadagi barcha limfa tomirlarda- 8. Yurakning o’rta-muskul qavati- 9.Bosh miyaga qon quyilishi- Qon aylanish sistemasining strukturasi. (Test)
  4. Variantlar • a) 65-70 ml b) 70-72 ml c) 75-80 ml • a) arteriyalar b) venalar c) kapillyarlar • a) gipertoniya b) gipotoniya c) gomeostaz • a) yarimoysimon klapan b) 3 tavaqali klapan c) 2 tavaqali klapan • a) aorta b) arteriya c) vena • a) 220-300 g b) 180-220 g c)250-300 g • a) 500-800 ml b) 800-1200ml c) 1000-2000 ml • a) miokard b) endokard c) perikard • a) miokard infarkt b) gipertoniya c) insult
  5. 1.Yurakning sistolik hajmi- 2. Qonni yurak bo’lmalariga olib keladigan qon tomirlari- 3. Arterial qon bosimining normaga nisbatan pasayishi- 4.Chap qorincha bilan chap bo’lmacha o’rtasida …… bor 5.Eng yirik va pishiq qon tomir- 6. Yurakning massasi ayollarda- 7.Tanadagi barcha limfa tomirlarda- 8. Yurakning o’rta-muskul qavati- 9.Bosh miyaga qon quyilishi- 65-70 ml qon Venalar b)gipotoniya c)2 tavaqali klapan bor a)Aorta b)180-220 g c)1-2 l limfa suyuqligi a)miokard c)Insult Qon aylanish sistemasining strukturasi. (Test)
  6. 1. Yurakning o’zi 2 ta tojsimon arteriya orqali arterial qon bilan ta’minlanadi 2. Katta odamda tinch holatda qon bir marta aylanib ciqishi uchun 25-30 sek. vaqt ketadi 3. Yurak bir kech-kunduzda 100000marta qisqarib, 10 tonnaga yaqin qonni qon tomirlarga chiqaradi. 4. Arterial bosim 2 xil: maksimal va minimal bosimga bo’linadi 5. Minimal bosimni diastolik bosim ham deyiladi 6. Qon oqishining o’rtacha chuziqli tezligi aortada 40 sm/sek gacha sekinlashadi 7. Katta odamda tinch holatda yuragi 1 minutda 70-72 marta uradi 8. Arterial qon tomirining to’lqinlanishi arterial puls deyiladi 9. Arterial qon bosimining normaga nisbatan ortishi gipertoniya deyiladi
  7. Yurakning ishlashi • Joylashishi-to’sh suyagining or-qasida,2 la o’pkaning o’rtasida, ko’proq qismi ko’krak bo’shli-g’ining chap tomonida • Vazni-erkaklarda 220-300 g, ayollarda 180-220g • 3 qavat-endokard,miokard, pe-rikard (ichki qavat va epi-kard) • 1 minutda-5 l qon oqib o’tadi, tinch holatda 70-72 marta qis-qaradi va kengayadi • Sistolik hajm-65-70 ml • Minutlik hajm-70 ml*70=4.9 l
  8. Yurakning tuzilishi
  9. Yurak kameralarida qonning harakatlanishi • Klapanlar-2 tava-qali, 3 tavaqali,2 ta yarimoysimon • Kameralar-4 ta, o’ng va chap bo’l-machalar, o’ng va chap qorinchalar • Yurak sikli-bo’lmachalar va qorinchalarning bir martadan qis-qarib bo’shashishi U o’rtacha 0.8 sek. davom etadi
  10. Odam tanasida qon aylanishining umumiy sxemasi • Arteriyalar-yurakning chap qorinchasidan chiqib,tana-ning barcha qismlariga qon olib boruvchi qon tomirlari. Yurakdan boshlanadi. • Kapilyarlar-odam sochiga nisbatan 50 marta ingichka bo’-lib,barcha to’qimalar or-qali o’tadi • Venalar-qonni yurak bo’l-malariga olib keladigan qon tomirlari.Yurakka quyiladi
  11. UYGA VAZIFA Har bir o’quvchi bir-biridan farq qilgan holda “Qon aylanish sistemasi” bobiga tegishli bo’lgan 3 tadan atama yozib kelish

© 2023 SlideServe | Powered By DigitalOfficePro