Press "Enter" to skip to content

8 sinf odam va uning salomatligi pdf скачать

Til erdamin, asig`in, yasin ayur. – “Tilning fazilati, foydalari va ziyonini aytadi”.

Buyuk faylasuf Suqrotning hikmatli so’zlari

1.Huzur-halovatning quli bo’lib qolgan kishi tanasini ham, ruhiyatini ham majruh qilib qo’yadi.

2.Oz narsaga qanoat qilgan inson donishmanddir. Negaki, bu qanoat uning ma’naviy boy ekanligini ko’rsatadi.

3. Go’zallik – hukmronligi tez o’tib ketadigan qirolichadir!

4. Kiyinishda oliftalikka bormay, nafis yurishga harakat qiling. Kamtarlik – ko’rk, isrofgarchilik esa o’ziga bino qo’yish belgisidir!

5. O’zini dono deb bilgan ayrim kimsalar johil va nodon ekanliklarini fosh etganim uchun – odamlar men bilan musohabani sog’inadilar.

6. Yaratganning o’zi meni shu holatimda yaratib, kuni bo’yi, tinmay, har joyda sizlardan har biringizni gaflatdan uyg’otish, dunyodan voqif etish, tergash va poklikka chorlash uchun – bu shaharga yuborgan!

7. Ishni yaxshi boshlasang, yarmini bajardim deyaver! Arzimagan va befoyda narsalarga keragidan ortiq vaqt sarflash nodonlikdir!

8.Insonning nafsiga qul bo’lishi – nodonlik , nafsidan ustun turishi esa – donishmandlikdir.

9.Hasad – bu qalb yarasidir.

10.Biliming borligi seni aqlli qilib qo’ymaydi.

11. Sinovsiz hayot – hayot emas.

12.Yaxshilik va yomonlikni ajrata olish – haqiqiy donolikdir.

13.Odam pulga kiyim sotib olishi mumkin, lekin baxtni emas, ovqat sotib olishi mumkinu, biroq ishtahani emas, yotoq sotib olishi mumkin, ammo uyquni emas, dori sotib olishi mumkinu, ammo sog’liqni emas, qul sotib olishi mumkin, lekin do’stni emas, o’yin-kulguni sotib olishi mumkin, biroq shodlikni emas, muallimni sotib olishi mumkinu, ammo bilimni emas.

14.Ko’zingni chirt yumginda, uylan. Yaxshi xotin uchrasa, xo’p-xo’p, xotining yomon chiqsa – faylasuf bo’lasan.

15.Nima uchun Yaratuvchi bizni ikki quloq, ikki ko’z bilan yaratib, birgina til ato etgan – ko’proq ko’rib-eshitib, kamroq gapirishimiz uchun.

16.Harakat qilgan odam yo’lini topadi, harakat qilmagan bahona qidiradi.

17.Farzandlaring senga qanday muomala qilishini istasang, ota-onangga ham shunday munosabatda bo’l!

18.Puli ko’p odam emas, kam narsaga qanoat qilgan odam haqiqiy boydir.

19.Qalbni davolamay turib, tanani davolab bo’lmaydi.

20.Inson yeyish uchun yashashi emas, yashash uchu yeyishi kerak.

Aholi salomatligi tizimining samaradorligini oshirish bo’yicha vazifalar belgilandi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 11-mart kuni mamlakatimizda jamoat salomatligini ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazdi.

Davlatimiz rahbarining shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida aholi salomatligini yaxshilash bo’yicha ustuvor vazifalar belgilangan edi.

Bugungi yig’ilishda ta’kidlanganidek, yurtimiz sog’liqni saqlash tizimida kasalliklarning oldini olishdan ko’ra ularni davolashga ko’proq e’tibor qaratiladi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko’ra, inson salomatligiga ta’sir etuvchi omillar orasida tibbiy ta’minot 10 foizni, irsiy omillar 15 foizni, atrof-muhitning holati 20 foizni tashkil etadi. Eng muhimi, insonning turmush tarzi (jismoniy faollik, ovqatlanish, zararli odatlar) uning salomatligiga 55 foizgacha ta’sir ko’rsatar ekan.

Shu sababdan, Sog’liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasiga ilg’or xorijiy tajriba asosida aholi salomatligini yaxshilash, odamlarimizni sog’lom turmush tarziga o’rgatishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish bo’yicha topshiriqlar berildi.

Aholi salomatligi profilaktikasi avvalo qishloqlardan boshlanishi va bunga javob beradigan yaxlit tizim bo’lishi kerakligi qayd etildi. Masalan, suvning ifloslanishi buyrak, oshqozon-ichak xastaliklariga, atmosferadagi radiatsiya, oziq-ovqat mahsulotlarida kimyoviy vositalarning ko’pligi onkologik, noto’g’ri turmush tarzi qon-tomir, yurak, endokrin, asab kasalliklarga sabab bo’lmoqda.

Bu masalalarni chuqur tahlil qilib, aniq dasturlar asosida joylarda manzilli ish tashkil etish vazifasi qo’yildi.

Hozirda jahon bo’ylab koronavirus infektsiyasining (COVID-19) tarqalishi yurtimiz aholisini ham ma’lum ma’noda xavotirga solmoqda. Dunyoda jamoat salomatligi tizimini, go’yoki, sinovdan o’tkazayotgan ushbu xastalikning O’zbekistonga kirib kelmasligini ta’minlash avvalo mamlakatimizda sog’liqni saqlash tizimi, profilaktika ishlarini yanada yuqori darajaga ko’tarishni taqozo etadi, dedi davlatimiz rahbari.

Shu munosabat bilan, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga bu borada ko’rilayotgan karantin va profilaktika choralari bo’yicha qo’shimcha topshiriqlar berildi.

Bunda, eng avvalo, xalqaro tajriba asosida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga Aholi sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash markazini biriktirib, Agentlik salohiyatini ushbu vazifalarni samarali tashkil etishga qaratish kerakligi ta’kidlandi.

Agentlikning viloyatlar hamda tuman va shaharlarda alohida markazlari tashkil etiladi. Qishloq poliklinikalarida bu ishlarni samarali yo’lga qo’yish uchun uchtagacha mutaxassislar ajratiladi. Ular qishloq aholisini to’g’ri ovqatlanish, gigienaga rioya qilish, onkologik, yurak qon-tomir kasalliklariga moyil bo’lganlarni barvaqt aniqlash bilan shug’ullanadi.

Qishloq vrachlik punktlari aholini yuqumli va yuqumli bo’lmagan kasalliklar bo’yicha maqsadli tibbiy ko’rik va so’rovdan o’tkazishni tashkil etishi zarurligi aytib o’tildi. Masalan, 40 yoshdan o’tganda infarkt, insult, diabetga, 35 yoshdan oshgan ayollarda esa saratonga moyillik paydo bo’ladi.

Shuningdek, Agentlik xodimlari har bir xonadon, ta’lim muassasalari va tashkilotlarga borib, aholi o’rtasida to’g’ri ovqatlanish, dam olish, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish ishlarini tashkillashtiradi.

Prezidentimiz ushbu sohada fanni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarini qo’llab-quvvatlash borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Mazkur muassasalar hududlardagi kasallik omillari va sabablarini tahlil qilib, ularning har biri bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishi, Agentlik har bir hudud bo’yicha dasturlar qabul qilishi va hokimliklar bilan ijrosini tashkil etishi lozimligi ta’kidlandi.

Shu bilan bir qatorda, ilmiy-tadqiqot muassasalarining hozirgi ahvoli bu ishlarni tashkil etishga tayyor emasligi ko’rsatib o’tildi.

Ovqatlanish, mehnat, o’smirlar gigienasi bilan shug’ullanadigan, sanitar me’yor va qoidalarni ishlab chiquvchi ilmiy-tadqiqot institutida atigi 13,5 ta shtat mavjud.

Shuningdek, yosh bolalar o’rtasida parazitar, raxit va distrofiya kasalliklari xavfi katta bo’lsada, ularni oldini olish va davolashning samarali tizimi yo’lga qo’yilmagan. Vaholanki, ushbu xastaliklar bolalarning immun tizimini ishdan chiqarib, boshqa dardlarga moyilligini kuchaytiradi.

Shu sababli, Samarqanddagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti bilan biriktiriladi. Ular negizida Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, davolash jarayoni ilm bilan birga amalga oshiriladi.

Davlatimiz rahbari yana bir muhim masalaga e’tibor qaratdi – xastalik omillarini tahlil qilib, davolovchi shifokorlarga profilaktika yo’nalishida asoslangan tavsiya beradigan mutaxasislarni tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

N.I.Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot ilmiy-tadqiqot universiteti hamda Turkiyaning Bahcheshehir universiteti filial va klinikalarini ochish ishlarini jadallashtirish kerakligi qayd etildi.

Yig’ilishda yuqumli va yuqumli bo’lmagan kasalliklarni barvaqt aniqlash, hisobini yuritish, tahlil va statistikasini to’g’ri yo’lga qo’yish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Masalan, 2018 yilda 24 mingtaga yaqin aniqlangan xavfli o’sma kasalliklarining 55 foizi 3 va 4-bosqichda aniqlangan. Bu har ikkinchi bemorning davolanishiga umid yo’qligini anglatadi.

Shu munosabat bilan, kasalliklarning oldini olishda sodda, lekin zamonaviy va samarali uslublarni qo’llash, ularni joriy etish ko’lamlarini kengaytirish lozimligi aytib o’tildi.

Misol uchun, oddiygina vazn, bo’y, bel aylanasi, qon bosimini o’lchab, turmush tarzini so’rab-surishtirib, insonda infarkt, insult, diabet, gipertoniya kabi ko’plab kasalliklarni barvaqt aniqlash mumkin.

Yig’ilishda aholi salomatligini nazorat qilish tizimini ham qayta ko’rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimi yaratilmagan, deyishga asoslar yetarli. Misol uchun, ularning tarkibida texnik palma moyining ishlatilishi qat’iyan taqiqlangan, lekin buni aniqlaydigan mexanizmlar yo’lga qo’yilmagan. Vaholanki, ushbu mahsulot inson organizmi uchun g’oyat zararli bo’lib, hayotiy muhim organlarni ishdan chiqarishi bilan birga onkologik kasalliklarga sabab bo’ladi.

Yig’ilishda muhokama qilingan masalalar bo’yicha mutasaddi rahbarlar hisobot berdi, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi – taraqqiyotning asosiy drayveri

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-yanvar kuni O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga erishish masalalari yuzasidan mulohazali takliflar o‘rtaga tashlandi.

Ayniqsa, ma’naviyat masalalari yana bir marta o‘rtaga tashlandiki, jamiyatimizda ma’naviyat va moddiy hayot uyg‘un ravishda olib borilishi va borilayotganligi o‘z tasdig‘ini topdi. “Kimki ma’naviyat masalasi – bu faqat Ma’naviyat va ma’rifat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi deb o‘ylasa, xato qiladi”, – deb ta’kidladi davlatimiz rahbari. Zero, ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalqimiz ham, davlatimiz ham shunchalik kuchli bo‘ladi.

Strategiyaning ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yo‘nalishi bo‘yicha Prezidentimiz bir qator vazifalarning ahamiyatini alohida qayd etdi. Xususan, mavjud 12 mingdan ziyod kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanib, kitobxonlikni ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 33 foizga yetkazish, mamlakatimizda Olimpia va Paralimpia harakatini yanada rivojlantirish kabi vazifalarni ta’kidlab o‘tdi. Bu vazifalar yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurishdek ezgu maqsadni amalga oshirishning tagzamini hisoblanadi.

Albatta, Prezidentimiz ma’naviyat masalasiga bejiz e’tiborni kuchaytirayotgani va jon koyitayotgani yo‘q. Avvalo, jahonda globallashuv jarayonlari kuchayib, yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Xususan, oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, jamiyatdagi uyushmagan yoshlar bilan maqsadli, g‘oyaviy-tarbiyaviy hamda mafkuraviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, radikal ruhdagi harakatlarga adashib qo‘shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajrimlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish har doimgidan ham muhim vazifaga aylanib bormoqda. Ayniqsa, milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi g‘oyaviy-mafkuraviy xavf va xatarlar tobora ortib bormoqda. Oqibatda, faqat o‘zini o‘ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati turli yo‘llar bilan aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilmoqda. Achinarlisi shundaki, bunday g‘oyaviy kurash natijasida ayrim yoshlarda azaliy qadriyatlarga nisbatan bepisandlik va boqimandalik kayfiyati paydo bo‘layotir.

Ikkinchidan, terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda. Ba’zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilmoqda. Davlatimiz xavfsizligini ta’minlashning asosi – mamlakatimiz yoshlari. Yoshlar – bizning tayanchimiz, ertangi kundan umidimiz, savob ishlarimizning davomchilari, deb ko‘p gapiramiz. Nafaqat xavfsizligimiz, balki davlatimizning kelajakdagi barqaror taraqqiyoti ham yoshlarimiz dunyoqarashi qanday shakllanishiga bevosita bog‘liqdir. Imoratning poydevori qanchalik baquvvat bo‘lsa, u shunchalik umrboqiy turadi. Mamlakatimiz poydevori, shubhasiz, aholining 60 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etgan yoshlardir.

Shu sababdan ham bugun dunyoda kechayotgan murakkab jarayonlarni tahlil qilishda ularga, avvalo, ma’naviyat ko‘zi bilan qarash, hayotimizga kirib kelayotgan, axloqimizga, mentalitetimizga zid g‘oyalarni aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga mos kelmaydigan jihatlarini ochib berish va tabiiyki, zarur choralar ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xo‘sh, mentalitetimizga zid g‘oyalar, axborot xurujlari qayerdan kirib kelyapti? Odamlarni hokimiyatdan norozi bo‘lishga chorlayotgan, qildan qiyiq qidirishga intilayotgan kuchlar qanday ish ko‘ryapti? Axir, tuppa-tuzuk barqaror davlatlarni beqarorlashtirib, boshi berk ko‘chaga kiritgan, “inson huquqlari va demokratiya” niqobi ostida xonavayron qilganlar i nternet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmadimi? Shuning uchun i nternet tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ya’ni, global axborot makoniga teran ko‘z bilan qarasak, unda mavjud barcha ma’lumot ni ham foydali va beziyon deb bo‘lmaydi. Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo‘lib, xalqimizning tinchligi, mamlakatimiz manfaatlarini o‘ylab yashash zarur. Shu bois loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun mutlaqo yangicha ta’sirchan usul va yondashuvlar talab etilayotgani, bunda nuroniylar tajribasi, hayotda halol mehnati , fidoyiligi bilan boshqalarga namuna bo‘la oladigan jonkuyar fuqarolarga tayanishimiz hamda jamoatchilik nazoratini sifat bosqichiga ko‘tarish juda ha m muhim.

Bir haqiqatni anglashimiz kerak, bundan buyog‘iga i nternetni cheklab qo‘yish yoki axborot olishni taqiqlash bilan muammo hal bo‘lmaydi. Shunday ekan, bu boradagi bizning muhim strategik vazifamiz tashqi va ichki axborotlarni tahlil qila oladigan, barqaror mafkuraviy immunitetga ega yoshlar qatlamini shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i lozim.

Siyosatda “Sen uxlaganingda dushmaning uyg‘oq bo‘ladi” yoki Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda , “Yoshlarning bo‘sh vaqti – dushmanning ish vaq ti”. Shuning uchun ham ma’naviy jihatdan g‘ofil bo‘lishlikka hech kimning haqqi yo‘q. Loqaydlikni bas qilish, mudroq holatdan uyg‘onish kerak. Buning uchun esa , avvalo, ilm sari harakat qilish, oila, bog‘cha, maktab, oliy ta’lim, mahalla, mutasaddi hamda jamoat tashkilotlari tizimli ravishda hamkorlikda ish olib borishi zarur. Ana shunda ta’lim-tarbiyada uzilish, ma’naviyatda bo‘shliq yuzaga kelmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlarimizning 30 yoshgacha ma’naviyatini to‘g‘ri shakllantirib olsak, barqaror taraqqiyotimizni kafolatlagan bo‘lamiz. Chunki ma’rifatli jamiyatning tub negizini ma’naviyatli yoshlar tashkil etishi lozimligini unutmasligimiz kerak.

“ Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi ” , deydi xalqimiz. Shu bois ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yagona tizimini yaratish, xususan, o‘g‘il-qizlarni bolaligidanoq bilimli va fazilatli etib tarbiyalash, buning uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga uslubiy yordam ko‘rsatish muhim. Shuningdek, maktablar, o‘rta maxsus va oliy ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish – davr taqozosi. Yaqindagina Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha oliygoh hamda ularning filiallarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor lavozimining joriy etilishi sohadagi ishlar samaradorligini oshirishga, sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqi sh ga xizmat qiladi.

Agar ma’nan va ruhan sog‘lom, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata biladigan, bu murakkab hayotning past – u baland ko‘chalaridan to‘g‘ri yo‘lni adashmay topa olishga qodir bo‘lgan ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalab yetishtirish vazifasi uddalansa, fikri tiniq, e’tiqodi sog‘lom bolalarni soxta oqimlarga ergashtirish, pana-pastqamlarda pisib yotgan har xil chalasavod, johil odamlarning tuzog‘iga ilintirishga urinishlar barham topadi.

Muhim vazifalardan yana biri, bu – el-yurt taqdiriga loqayd, ish uslubida mahalliychilikka, urug‘-aymoqchilikka, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yadigan sayoz rahbarlar bilan murosasiz bo‘lishdir. Bu illatlar alohida bir mamlakatda bugun yoki kecha paydo bo‘lgan emas. Ular hamma joyda va hamma vaqt ijtimoiy adolatning buzilishiga, halollik va vijdoniylik ildizlarining sustlashishiga, oshkoralik qolib, imi-jimida ish bitirishga sabab bo‘ladi. Shu bois, ma’naviy kemtiklar to‘ldirilsa, bunday nomaqbul holatlarga barham berish oson kechadi.

Albatta, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya uzviyligini ta’minlashda oila, ta’lim muassasalari, mahallaning o‘rni beqiyos. Ta’lim-tarbiya uchun faqat mutasaddilar mas’ul , desak , qattiq yanglishamiz. Shu Vatan, shu yurt, shu yoshlar bizniki, ertaga kelajagimiz porloq bo‘lishini istasak, bugun harakatni boshlashimiz kerak. Yurt taqdiriga loqaydlik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berish uchun hamkorlikda harakat qilishimiz lozim. Davlat tuzumini ichidan yemiradigan, ijtimoiy barqarorlik kushandasi bo‘lgan korrupsiya balosiga qarshi, byurokratiyaning har qanday ko‘rinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi keskin kurash olib borish samaradorligi ham ma’naviy tarbiyaga bog‘liq. Zero, oldimizda turgan ulug‘ maqsad – u chinchi Renessansga poydevor qo‘yish va uni barpo etish, avvalo, xalqimizning tafakkurini yuksaltirishdan hamda ma’rifatli yoshlar qatlamini shakllantirishdan boshlanadi.

Buning uchun ta’limning barcha bosqichida millati, irqi, dini, jinsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar yagona maqsadga, ya’ni shu aziz Vatan meniki, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish mening yuksak fuqarolik burchimdir, degan tamoyilga asoslangan ma’naviyatli yoshlarni ulg‘ay tirishga e’tibor kuchaytiril mog‘i lozim.

Sh u o‘rinda yana bir masalaga to‘xtalmasak bo‘lmas. U ham bo‘lsa, keyingi paytlarda ayrim davralarda kishining kundalik hayoti, faoliyatida moddiy va ma’naviy asoslar bir – biriga nisbatan qanday o‘rin tutishi, ularning qaysi biri ustuvorlik kasb etishi haqida turli-tuman, ba’zan esa ziddiyatli fikr va qarashlar aytilmoqda. Afsuski, moddiy ehtiyojlarni insonning ruhiy olamiga qarama-qarshi qo‘yish, ularning birini ustun deb bilgan holda, tiriklikning asosiy maqsadi sifatida qabul qilish qandaydir biryoqlama qarash ifodasi, desak, xato bo‘lmaydi. Qolaversa, bu masalaga bunday keskin yondashuv, xususan, odamning ruhiy dunyosini mensimaslik, uni ikkilamchi o‘ringa qo‘yish oxir-oqibatda jamiyat hayotida inqirozga olib kelishi muqarrar ekanini tarix ko‘p marotaba isbotlagan. Qisqacha aytganda, inson – o‘z timsolida ham moddiy, ham ma’naviy xususiyat va alomatlarni mujassam etgan noyob xilqat. Shuning uchun ham uning ichki dunyosi, unga ato etilgan fazilat va xislatlarni oxirigacha anglash, tushunishning o‘zi o‘ta murakkab bir masala. Mana shunday qarash va fikrlarni umumlashtirib, insonga xos orzu – intilishlarni ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslash mumkin. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, qachonki ana shu ikki muhim omil o‘zaro uyg‘unlashsa, tom ma’nodagi qo‘sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida o‘sish-o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi.

O‘zbekistonda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab xalqimizning asrlar davomida intilib kelgan orzu-maqsadlari va zamon talablarini, dunyoviy taraqqiyot mezonlarini hisobga olgan holda, jamiyat hayotida ana shu ikki omilning uyg‘un tarzda rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini, iqtisodiy-ijtimoiy yangilanish jarayonlarini aynan shu asosda tashkil etishga ustuvor ahamiyat berildi. Shu o‘rinda ba’zi bir ilmiy doira vakillarining jamiyatda oldin moddiy hayotni, keyin ma’naviy masalalarni o‘ylash kerak, degan mazmundagi fikrlari mutlaqo xato bo‘lib, yangi jamiyat, yangi hayot qurish jarayonida faqat zarar yetkazishi mumkinligini bugun hayotning o‘zi har qadamda tasdiqlab bermoqda.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, bozor munosabatlariga o‘tish davrida jamiyat a’zolarining o‘z salohiyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun ularga, birinchi galda, teng imkoniyatlar va erkinlik muhitini, ham qonuniy, ham amaliy shart-sharoitlarni yaratib berishga zo‘r berildi. Oddiy qilib aytganda, kuch-g‘ayrat bilan birga, bilim va tajribasi, aql-idroki, kasb malakasi yetarli bo‘lgan, qonunlarni, o‘z haq-huquqlari va majburiyatlarini yaxshi bilgan odamgina tadbirkorlik yoki fermerlik bilan shug‘ullanishi, o‘z xususiy ishini oqilona va samarali tashkil etishi mumkin.

Ko‘rinib turibdiki, moddiy va ma’naviy hayot tamoyillari bir-birini inkor etmaydi, aksincha, o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi. Yuksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o‘z hayotini aynan ana shunday uzviy bog‘liqlik asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi. Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un ravishda rivojlanib borishi doimo davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markazida. Aynan moddiyat va ma’naviyat uyg‘unligi tufayli tadbirkorlar, mulkdorlar o‘zini va oilasini boqishga, shu bilan birga, orttirgan daromadi hisobidan o‘z yaqinlari hamda muhtoj insonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish, el-yurt uchun xizmat qiladigan maktab, shifoxona, madaniyat va sport maskanlari barpo etish, kerak bo‘lsa, davlat va jamiyat zimmasidagi ko‘pgina vazifalarni amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Bunday insonlar yurtimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni saqlash va himoyalash, ertangi istiqbolimizni qurish yo‘lida astoydil jon kuydirib mehnat qiladi. Bularning barchasi ma’naviy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizdan oziqlangan iqtisodiy taraqqiyot yo‘li jamiyatimiz hayotiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganining yorqin ifodasidir. Eng muhimi, yurtimizda moddiy va ma’naviy jarayonlarning o‘zaro mutanosib tarzda rivojlantirilayotgani siyosiy-ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo‘lib xizmat qiladi.

Furqat JO‘RAQULOV,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining

birinchi o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori

“Qutadg`u bilig” asarining yaratilganiga 950 yil to`ldi

“Qutadg`u bilig” degan nomdagi qut so`zi – “qut, baxt; davlat” ma`nosida; -ad – fe`l yasovchi; -g`u – sifatdosh qo`shimchasi; qutadg`u – “qutlantiruvchi, baxtga eltuvchi” degani; bilig – “bilim; asar, kitob” anglamida. Shularga ko`ra, asarning oti “Baxtga eltuvchi, qut berguchi bilim” / “Baxtga eltuvchi kitob” ma`nolarini anglatadi.

“Qutadg`u bilig”ning nasriy muqaddimasida turkiy tilda bu kitobdan yaxshiroq asar yo`qligi, Sharq ellarida u turli nomlar bilan shuhrat qozongani ta`kidlanadi.

O`sha bitilganlarning mazmuni shunday: “Chinu Mochin olimlarining bari ittifoq bo`ldilarkim, Mashriq viloyatida, butun Turkiston ellarida Bug`raxan tilincha, turk lug`aticha hech kimsa ushbu kitobdan yaxshiroq tasnif qilgan emas. Bu kitob qaysi podshohliqqa, qay bir iqlimg`a etgan bo`lsa, g`oyat yaxshilig`idan, nihoyatda ortiq jozibaliligidan o`sha ellarning donishmandlari, olimlari qabul qilib, har biri bir turli ot-laqab qo`ydilar: chinlig`lar “Adabu-l-muluk” (“Maliklar odobi”) ot berdilar; Mochin malikining nodimlari “Ayinu-l-mamlakat” (“Mamlakatning ko`zi”) atadilar; mashriqlig`lar “Ziynatu-l-umara” (“Olimlar ziynati”) deb aytdilar; eronlig`lar “Shahnama-yi turkiy” (“Turkiy Shohnoma”) dedilar, ba`zilari esa “Pandnama-yi muluk” (“Maliklar pandnomasi”) demishlar; turonlig`lar “Qutadg`u bilig” (“Qut berguchi bilim”) deb aymishlar”.

Ushbu ma`lumotlar o`tmishda asar g`oyat dovrug` qozongani, uning qo`lyozmalari keng tarqalganligiga dalil bo`la oladi. Shunga ko`ra, asarning ilkin nusxasi xonga tortiq qilingan. Kitob butun mashriq, turku chin ellarida shuhrat qozongandan so`ng, uning yangi-yangi qo`lyozmalari yuzaga kela boshladi. Kitobning dovrug`i, turli otlar bilan atalgani to`g`risidagi ma`lumotlarga tayanib ayta olamizki, “Qutadg`u bilig” o`rta asrlarda turk dunyosidagina emas, butun sharq adabiyotida o`ta mashhur edi. Asar qo`shni sharq ellarida ham qiziqib o`qilgan. Hatto u boshqa tillarga ham tarjima qilingan bo`lishi mumkin.

Yana bir jihati, asar turkiy dunyoda “Qutadg`u bilig” deyilgan, boshqalari esa unga qo`shni ellarda berilgan otlardir.

Asarning tuzilishi va janr xususiyati

“Qutadg`u bilig” o`n uch ming misradan ortiq.

Asar nasriy muqaddima bilan boshlangan. Unda tangriga hamd, yalavoch alayhis-salom va uning to`rt eshiga na`t aytilib, so`ng kitobga ot berilishi va uning xonga tortiq qilingani, asar xonga ma`qul tushib, uning muallifini yuksak lavozimga qo`yganligi, asarda qatnashuvchi ramziy qahramonlar, ular o`rtasida savol-javob, munozara borajagi to`g`risida so`z yuritiladi.

Nasriy muqaddimadan keyin 77 baytli she`riy muqaddima keladi. Unda ham nasriy muqaddimada aytilgan gaplar, lekin endi she`riy yo`l bilan birma-bir bayon qilinadi.

Mazmuni va bayon uslubiga qaraganda, nasriy va she`riy muqaddimalar, chamasi, asarga keyinchalik, boshqa kimsa tarafidan kiritilgan.

Yana bir jihati, nasriy muqaddimada asarning muallifi, uning Koshg`arda bitilib, Tavg`ach Bug`raxonga tortiq qilingani, kitob xonga ma`qul tushgach, shoirga xos hojiblik lavozimi berilgani to`g`risidagi xabarlar shoirning emas, o`zga kimsa tilidan berilib, gaplarning kesimi ham shunga bo`ysungan: Tavg`achxan uskinga kekurmish (Tavg`achxon dargohiga keltiribdi), ati javi yazilmish (dovrug`i yoyilibdi) singari. She`riy muqaddimaning bayon uslubi ham xuddi shunday.

She`riy muqaddimadan keyin boblar mundarijasi (fihristi abvab) beriladi. Unda asar boblarining otlari ketma-ketlikda keltirilgan. Biroq, mundarijada berilgan boblarning sarlavhalari va ularning soni asarning ichida kelgan sarlavhalar va boblar miqdoridan farq qiladi. Yana asar nusxalari o`rtasidagi farq ham sezilarli. Masalan, Hirot qo`lyozmasidagi mundarijada 73 ta bob nomi keltirilgan, Namangan qo`lyozmasida – 68 ta, Qohira nusxasida esa 72 tadir.

Olimlar “Qutadg`u bilig”dagi boblar sonini 73 ta deb ko`rsatganlar. Biroq, mavjud qo`lyozma nusxalarni o`zaro chog`ishtirib, asarning yig`ma matni tuzilgudek bo`lsa, boblar soni 75 taga chiqadi.

Asarning dastlabki o`n bitta bobi debochadan iborat. Arab yozuvli Qohira qo`lyozmasining fihristida ular shunday atalgan:

Tangri azza va jallaning tavhidin aytur. – “Ulug` va qudratli Tangrining tavhidini aytadi”.

Yalavachimiz, alayhis-salam, fazlin ayur. – “Payg`ambarimiz alayhis salomning fazilatini aytadi”.

Sahabalarning, alayhis-salam, fazlin ayur. – “Sahobalarning, alayhis salom, fazilatlarini aytadi”.

Yaz fazlini, Bug`raxan o`gdisini ayur. – “Ko`klam fazilatlarini, Bug`raxon madhini aytadi”.

Eti kavakib, o`n iki yulduzni ayur. – “Etti kavokib, o`n ikki yulduzni aytadi”.

Adam o`g`li ag`irliqi bilig birla erdukin (ayur). – “Odam bolasining qadri bilim bilan belgilanajagini aytadi”.

Til erdamin, asig`in, yasin ayur. – “Tilning fazilati, foydalari va ziyonini aytadi”.

Kitap idisi o`z uzrini ayur. – “Kitob muallifi o`z uzrini so`raydi”.

Edgu o`t-savni so`zlayur. – “Ezgu nasihatlarini so`zlaydi”.

Bilig, uqush, ilm erdamini ayur. – “Bilim, zakovat va ilmning fazilatlarini aytadi”.

Kitap ati, yo`rugin, avuchg`aliqni ayur. – “Kitobning oti, yo`rig`i hamda (o`zining) qariligini aytadi”.

O`n ikkinchi bobdan boshlab bevosita voqealar bayoniga ko`chiladi. Shuning uchun ham ayni bob asarda So`z bashi deb atalgan. U Kuntug`di podshoh, ya`ni adl sifatlarining ta`rifi bilan boshlanadi. Mana o`sha bobning sarlavhasi:

So`z bashi. Kuntug`di elig – adl sifati(ni ayur). – “Kuntug`di elig – adl sifatini aytadi”.

Masnaviyning so`nggi uch bobi xotimadir. Arab yozuvli Qohira qo`lyozmasining fihristida xotima boblari shunday atalgan:

Yusuf chilbashi yigitlikka o`kunup, avuchg`alig`ni ayur. – “Yusuf chilboshi yigitlikka achinib, (o`z) qariligini aytadi”.

O`dlak artaqi, do`stlar jafasini ayur. – “Zamona vafosizligi, do`stlarning jafosini aytadi”.

Kitap idisi o`zinka pand berip, o`z uzrin qulur. – “Kitob muallifi o`ziga pand berib, o`z uzrini tilaydi”.

“Qutadg`u bilig” – masnaviyda yozilgan asar; qofiyasi a-a, b-b, c-c shaklidadir. Klassik adabiyotda voqeaband asarlar uchun she`rning ana shu turi tanlangan va shaklidan kelib chiqib, o`sha davr adabiyotshunosligida bunday asarlar “masnaviy” deb yuritilgan.

Asar vazni aruzning mutaqorib bahrida.

“Qutadg`u bilig”ning debochasidagi – Tangriga hamd, Muhammad alayhis-salom va uning to`rt eshlariga bag`ishlangan na`tlar, ko`klam fasli va Tavg`ach Bug`raxonga atalgan bob, etti yulduz va o`n ikki burjga bag`ishlangan boblar qasidalardir.

Yana bir jihati, asar davomida, o`rni-o`rni bilan, to`rtliklar keltirilgan. Yusuf Xos Hojib muayyan masala to`g`risida bahs yuritar ekan, so`zining oxirida Masal keldi turkcha mungar mengzatur (Bunga o`xshash turkcha maqol bor), Eshitkil neku ter bo`gu bilga beg (Bilag`on, dono bek nima degan, eshitgin), Neku ter eshit bu ajun tutmish er (Jahongir kishi nima deydi, eshitgin), Neku ter eshit emdi bilgi tengiz (Bilimi dengiz kishi nima deydi, eshit) singari ta`kidlar bilan bir to`rtlik keltiradi va aytilayotgan fikr ana shu o`git bilan yakun topadi. Ushbu to`rtliklar xalq og`zaki ijodidan olingan maqollar, sharq mutafakkirlarining o`gitlaridan bo`lib, asar muallifi ularni she`rga solgan. Shoir xalq maqollarini, o`zidan oldin yashab o`tgan donishmandlarning o`gitlarini o`z so`zlariga dalil sifatida keltiradi.

Asarning nasriy muqaddimasida bu kitob “Chin donishmandlarining masallari bilan yaratilgan, Mochin donishmandlarining ash`orlari bilan tartib berilgan” (Chin hakimlarining amsallari birla yaramish, Machin hakimlarining ash`arlari birla arasta qilmish) deya ta`riflanganda masnaviyga kiritilgan qadimgi turkiy maqollar va sharq donoligining ana shu hikmatlar xazinasi ko`zda tutilgan edi.

To`rtliklar shaklidagi ushbu xalq maqollari hamda o`gitlarni muallif masal, bayt, so`z, biliglig so`zi, sha`ir so`zi, o`glug so`zi degan istiloh va sifatlar bilan ataydi (jumladan, masal, bayt, so`z – adabiyotshunoslik istilohlari, biliglig so`zi, sha`ir so`zi, o`glug so`zi birikmalari esa ularning tasviriy ifodalaridir; bu narsa “maqol”ni “otalar so`zi” deganday gap).

Ushbu maqol va hikmatlarni aytib ketgan kishilar ham ma`lum; ular ko`pni ko`rgan, hayotning achchiq-chuchugini totgan, o`tmishda yashab o`tgan tajribali donishmandlardir. Yusuf Xos Hojib, fikr mazmuni bilan bog`liq ravishda, ularni sinamish kishi (sinagan kishi), sinamish qari (sinagan qariya), ko`samish kishi (kuzatgan kishi), saqinuq kishi (fikr-mulohazali kishi), saqinuq udug` (mulohazali xushyor), qilqi silig (fe`li muloyim), ajun tutmish er (dunyoni boshqargan pahlavon), o`zin qisg`an er (o`zini tiygan, qanoatli kishi), Ila atlig`i (Ila sardori), aziqlig` kur er (oziqli jasur er), atiqmish yag`ichi (dovrug` qozongan jangchi), she`r ayg`uchi (she`r aytuvchi), tajik bilgasi (tojik donishmandi), bag`irsaq qadash (mehribon do`st), el-kend begi (mamlakat hukumdori) singari sifatlar bilan tilga oladi. Muallifning urg`ulashicha, ushbu hikmatli so`zlarni o`sha donishmand kishilar aytib ketgan.

Asarning Hirot va Qohira nusxalarida ushbu to`rtliklar she`r degan sarlavhachalar bilan ajratib ketilgan. Namangan nusxasida esa ular zarhal rangda bitilib, tevaragidan maxsus jadvalga (chiziqqa) o`rab qo`yilibdi.

To`rtliklarning qofiyalanishi a-a-a-a yoki a-a-b-a shakllarida bo`lib, ko`p jihatdan ruboiylarga yaqin turadi. Masalan, baxtning bebaqoligi, davlatning bevafoligi xususida so`z yuritilgan bobda shunday to`rtlik bor (qofiyasi: a-a-a-a):

Edi yaqshi aymish biliglig so`zi,

Bu bilga so`zi-o`l biligsiz ko`zi:

Inigli ag`ar-o`l, ag`ig`li inar,

Yarug`li tunar-o`l, yurug`li tinar.

Ne-kim ishlar ersa, tugali ko`dar,

Tugagli tugasa, inishda inar.

(Bilimlining so`zi bu to`g`rida juda yaxshi aytilibdi,

Bilimlining bu so`zi bilimsiz uchun ko`zdir:

Yiqilgan ko`tariladi, ko`tarilgan yiqiladi,

Yorishgan qorong`ulashadi, yurgan tinadi.

Nimaiki ish qilinsa, barini ehtiyot qil,

Tugaydigan (narsa) tugasa, yuz tuban ketadi).

Yoki boshqa bir misol (qofiyasi: a-a-b-a):

Mungar mengzar emdi bu baytig` o`qi,

O`qisa acha berga ma`ni taqi:

Qamug`da qatig`raq o`lum-o`l firaq,

Firaqin to`kar yash ko`rugli qaraq.

Tirigla firaqqa visal bar umunch,

O`lugli visaldin sezigsiz yiraq.

(Endi bunga o`xshagan ushbu baytni o`qi,

O`qisang, ma`nosi tag`in ochila beradi:

Hammadan qattiqroq firoq – bu o`limdir,

Ko`ruvchi qaroqlar firoq bilan yosh to`kadi.

Tiriklikda firoqqa visol umidi bor,

O`lgan (esa) visoldan, shubhasiz, yiroqdir).

Qosimjon SODIQOV,

filologiya fanlari doktori, professor